Press "Enter" to skip to content

Dono yigit

— Eng shirin narsa yangi kelin-kuyovning turmushidir, eng achchiq narsa o’lim, — debdi vazir. Podshoh bu javobdan qanoatlanibdi va vazirning qo’liga bir ho’kizning arqonini berib, ikki oydan keyin shu ho’kizni bolasi bilan olib kelasiz, debdi.

ERTAKLARNING BOLALAR PSIXOLOGIYASIGA TA’SIRI VA ERTAK TERAPIYA

Yosh avlodni bilimli, dono va axloqli qilib tarbiyalashda ertaklarning o‘rni juda muhim. Ertak bola uchun axloqiy ta’limot va nasihatlardan ko‘ra afzalroqdir. U yaxshilikka ishonchni uyg‘otadi, qiyin vaziyatda yechim topishga, odamlar bilan munosabatlarni o‘rnatishga yordam beradi. Ertak bolaning adolat, sevgi, do‘stlik, yaxshilik va yomonlik haqidagi tasavvurini shakllantiradi.Ushbu maqolada ertaklar orqali bola psixologiyasiga qanday ta’sir o‘tkazish haqida so‘z boradi.

Kalit so'z

yosh avlod, ma’naviyat, tarbiya, ertak, psixologiya, ertak terapiya, qadriyat

Hozirda ta’lim-tarbiya tizimida asl milliy qadriyatlarga tayanish tobora qaror topib bormoqda va ko‘ngil tarbiyasiga, ya’ni inson ma’naviyatini shakillantirishga birlamchi vazifa sifatida yondashish ustuvor bo‘lib bormoqda. Binobarin, yosh avlodni yoshligidan ma’naviyatli qilib tarbiyalashga e’tibor berib borilsa, u o‘zining katta samarasini beradi. Bolalarimizda kitobga mehr, ishtiyoq uyg‘otish uchun, avvalo, o‘zimiz unga to‘g‘ri munosabatda bo‘lishimiz lozim. Adabiyotga mehr qo‘yishning o‘zida bir hikmat bor.

Bolalar ohangraboli olam hisoblanib juda tez o‘sish, rivojlanish va o‘zgarishlar ichida yashaydilar. Bu farzand tarbiyasida aynan shu palla qanchalik ahamiyatli ekanining yana bir isbotidir.Bugungi kun psixologlari bolalarni tarbiyalashning usullaridan biri sifatida ertak terapiyani juda ko‘p ta’kidlab o‘tishmoqda. Ertakterapiya bu bolani ertaklar orqali tarbiyalash va davolash metodidir.

Ertaklar aqlga ham, yurakka ham faol ta’sir ko‘rsatadi: aqlni to‘ldiradi, yurakni hissiyotchan qiladi. Barchamiz bolalarimizning jasur va intiluvchan, diyonatli, e’tiqodli, aqlli bo‘lib voyaga yetishini istaymiz. Buning uchun esa, uning tarbiyasiga ijobiy ta’sir qiladigan, aqliy salohiyatini o‘stiradigan ertaklardan foydalansak bo‘ladi. Ertakterapiya atrof-muhit bilan o‘zaro munosabatni mukammallashtirish hamda emotsional buzilishlarni to‘g‘rilashda foylaniladigan usuldir. Ertaklar bolaga umid beradi. Bola qanchalik Yangi yil kechasi sovg‘a olib keladigan Qorboboga ishonsa, u shunchalik hayotga optimist ko‘z bilan qaraydi. Ertaklar orqali biz bolani tarbilaymiz, uning ichki dunyosini boyitamiz, qalbini davolaymiz, hayot haqida bilim beramiz, xayolini o‘stiramiz. Haqiqiy ertakning asosiy belgisi bu – uning yaxshilik bilan tugashidir. Bu bolaga psixologik himoyalanganlik tuyg‘usini beradi. Ertaklarda nimaiki sodir bo‘lmasin,yaxshilik bilan yakun topadi, ertak qahramonlarining boshiga tushgan barcha sinovlar ularni yanada kuchli va aqlli qiladi. Boshqa tomondan, bola yomon xatti-harakatlarni amalga oshirgan qahramonlarning, albatta, qilmishlariga yarasha jazo olishlarini ko‘radi. Barcha sinovlardan mufaqqiyatli o‘tgan, o‘zining barcha ijobiy hislatlarini namoyon qilgan qahramonlarning esa albatta mukofotlanishiga amin bo‘ladi. Ana shunda hayotning asosiy qonuni yaqqol ko‘rinadi: Sen hayotga qanday munosabatda bo‘lsang, u ham senga shunday javob qaytaradi. Korney Ivanovich Chikovskiy shunday yozgan edi: “Menimcha ertakning maqsadi bolada birovning g‘am-tashvishi uchun qayg‘urish, o‘zganing shodligi uchun xursand bo‘lish, begona insonning taqdirini xuddi o‘ziniki kabi boshdan o‘tkazish kabi insoniylikni qanday bo‘lmasin tarbiyalashdan iboratdir”. E’tibor bering-a, bu yerda ikki insonning o‘zaro bir-birini tushunishi, bir-biriga g‘amxo‘rlik qilishi haqida gap bormoqda. Ertaklarga o‘z ijodida jahon psixologlaridan E.Fromm, E.Bern, E.Gordner, I.V.Vajkov, M.Osorina, E.Lisina kabi psixologlar murojaat qilganlar. Ertaklardan bolalar adolat va adolatsizlik haqida o‘zlarining ilk tasavvuriga ega bo‘ladilar. Ertak bolaning murakkab hayotiy muammolarini hal qilish usullarini ongida saqlab qolishga va qayg‘urishga majbur qiladi. Bunda hayotga qarama-qarshi kuchlarning to‘qnash kelishi va ularni hal qilish borasidagi tajriba ortib boradi hamda ijodiy tasavvur rivojlanadi. Aynan xotira bilan uyg‘unlashgan tasavvur bolaga hayotda shu kabi muammolarga duch kelganda qisqa vaqt ichida to‘g‘ri va samarali yechimni topishga imkon beradi. Ertak esa qahramonlarning xatti-harakatlarini misli ko‘rilmagan holatlarda aks ettiruvchi , ammo bolaning xotirasi va ongiga eng asosiy, ba’zan esa ilojsizdek tuyulgan, qiyin holatlarning ham baribir yechimi bor, degan tushunchani singdiruvchi hayotning o‘zidir. Hayotda boshi berk ko‘chalar bo‘lmaydi. Ko‘pincha inson shunchaki, ulardan chiqib ketishga tayyor bo‘lmaydi. Ertakterapiya bolaga nima beradi?

1. Ertakterapiya yordamida xayol, ijodiy tasavvur rivojlanadi, ko‘ngil xotirjamligiga erishiladi.

2. Bola o‘zgalar xatti-harakatlarini tahlil qilishni va bu bilimlarini o‘z xatti-harakatlarida qo‘llashni o‘rganadi.

3. Guruhdagi muloqot orqali ishtirokchilar o‘rtasida kommunikativ aloqa o‘rnatiladi.

4. Ertakterapiya kattalarga ham o‘z fobiya, qo‘rquvlarini yengishga yordam beradi, ulardagi agressivlik va xavotirlikni kamaytiradi. Ertaklar orqali biz bola qalbidagi muammolarni ochishimiz va yechishimiz mumkin. Bunday ertaklar terapevtik ertaklar deb nomlanadi. Ko‘pincha ertaklar kechqurun uyquga yotishdan oldin aytiladi, sababi bola bu paytda tinch bo‘lib, bu aynan unga ta’sir o‘tkazish uchun qulay paytdir. Shuning uchun kechqurun yaxshilik bilan tugaydigan pozitiv mazmunli ertaklar aytib berish kerak. Shuningdek, oila davrasida, kattalarning muhokamasi bilan tinglangan ertaklar muammoni hal qilishga , korreksiyalashga zamin yaratadi. Ertaklar bolani ulg‘aytiradi. Birinchi navbatda ertakni bolaga bajonidil aytib bermoq lozim, shunda xalq ijodidan bola ko‘proq narsa oladi. Ertak aytish jarayonida bola ruhan xotirjam, muhit tinch bo‘lsa, samarasi yaxshi bo‘ladi. Bolaga ertak aytib berayotib unga quyidagi savollarni berishingiz mumkin:

1. Bu ertak nima haqida?

2. Ertak qahramonlari qanday sifatlarga ega? Ular kimga o‘xshaydilar?

3. Nega ertak qahramonlari bunday xatti-harakatlarni amalga oshiradilar? Bu nima uchun kerak?

4. Bosh personaj qiyin vaziyatlardan qanday chiqib ketadi? Buni uning o‘zi uddalaydimi yoki unga bu ishda kimdir yordam beradimi?

5. Qahramonlarning xatti-harkatlari atrofdagilarga nima beradi – quvonchmi, qayg‘umi? Qahramonlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar qanday?

6. Ertak, uning ayrim qismlari qanday tuyg‘ularni uyg‘otadi? Bolalar uchun ertaklar ularning xayolini, mantiqiy va obrazli tafakkurini rivojlantirib, nutqini o‘stiradi. Ertaklar xavotirlikni yo‘qotib, o‘ziga ishonchni orttiradi. N.L.Kryajeva qizg‘anchiq egoist bolalarga, “Baliqchi va baliq” haqidagi ertakni qo‘rqoq bolalarga, “Qo‘rqoq quyonlar” haqidagi ertakni ishonuvchanlariga, “Buratinonaning sarguzashtlari”ni qaysar bolalarga, “No‘xat ustidagi malika” va “Etik kiygan mushuk” ertaklarini tinib-tinchimas bolalarga, aytib berishni taklif qiladi.

Xuddi shunday mazmundagi ertaklar o‘zimizning o‘zbek xalq ertaklari orasida ham uchraydi. “Zumrad va Qimmat” ertagi bolalardagi erinchoqlik va dangasalikka, “Ur to‘qmoq” ertagi yolg‘onchilikka, “Susambil” ertagi noahillikka qarshi kurashadi. Bunday misollarni yana ko‘plab keltirish mumkin. Barcha ertaklar tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lib, bola qalbiga ezgulik urug‘ini sochadi.

Ota-onalarga maslahatlar:

1.Ota-onalar farzandiga ertakni o‘qib emas,balki aytib bersalar maqsadga muofiqdir.Chunki bu ota-onaga dilbandining ertakga qanday munosabat bildirganligini kuzatish imkonini beradi. Qolaversa, ota-ona farzandi bilan birgalikda ertaklar olamiga sayr qiladi, bu esa bolaning unga yolg‘iz sayohatidan ko‘ra afzaldir.

2. Bolalar o‘zgalar tomonidan tasvirlangan obrazlarni yaxshiroq qabul qilish qobiliyatiga ega. Shuning uchun farzandingizga ertak aytib berish chog‘ida unda yozilgan barcha manzaralarni tasvirlab berishga harakat qiling.

3. Bolangizga ertakni o‘zi tanlash imkonini bering. Agar u o‘n martalab ,,Qizil qalpoqcha’’ haqida eshitishni xohlasa, demak bu bekorga emas. Bu ertak uning ongi shakllanishiga nimadir bermoqda, unda qandaydir jarayon sodir bo‘lmoqda.

4. Muhim bo‘lgan yana bir qoida – bolaga ertakning chuqur ma’nosini tushuntirib bermaslik karak. Aks holda ertak o‘ladi – o‘z ahamiyatini yo‘qotadi va undan hech qanday naf bo‘lmaydi.

5. Xalq ertaklariga iloji boricha tuzatish va o‘zgartirishlar kiritmaslik kerak, aynisa real hayot bilan bog‘liq bo‘lgan.Bu o‘zgartirishlar bolaning ertaklar olamini qabul qilishida qiyinchilik tug‘diradi. Ertakterapiyaning maqsadi va vazifasi bolalardagi agressivlik kayfiyatini yo‘qotish, o‘z-o‘zini emotsional boshqarish va o‘zgalar bilan ijobiy munosabatni rivojlantirishdir. Buning uchun ertakterapiya soddaligi va bolalarning ertakka bo‘lgan qiziqishi tufayli ular uchun tushunarli bo‘lgan ertak uslubi va bolalar bilan ishlash yo‘llaridan foydalaniladi. Har bir bola ertakni o‘zicha tushunadi va qabul qiladi. Shuning uchun bir ertak unda katta ta’surot qoldiradi , boshqasi esa uning his-tuyg‘ularini qo‘zg‘atmay, yonidan o‘tib ketadi. Lekin bu “Hayotiy vaziyatlar daftarchasi yana bir katakchaga ko‘paymadi” degani emas, u shunchaki bola bu kabi muammoga, masalan, kuyov va qaynona, kelin va qaynona o‘rtasidagi tanlov muammosi, biror bir muhim va aziz narsasini yo‘qotish yoki o‘g‘irlatish va hokazolarga duch kelmaguncha ta’sir kuchiga ega bo‘lmaydi. Ertak nafaqat insonning ongiga, balki ongostiga ham ta’sir qiladi, “ajdodlar xotirasi”ga yoki genetik xotiraga tayana olar ekan, syujetning murakkabligidan qo‘rqish kerak emas. Xatti-harakatdagi emotsional salbiy o‘zgarishlarni to‘g‘rilashga qaratilgan ertaklarda syujetni chuqur anglash emas, balki insonlarning o‘zaro munosabatlarini, ularning ko‘rsatgan qahramonliklarini, u yoki bu tanlovning natijasini, o‘zining ma’lum bir vaziyatga shaxsiy munosabatini , o‘zining shaxsiy hayoti bilan o‘zaro aloqalarini voqea va qahramonliklari yordamida eshitayotgan, o‘qiyotgan insonning qalbidadir. Buni hisobga olish zarur, zero ko‘p holatlarda ota-onalar o‘zlarining shaxsiy qo‘rquvlarini bolaning qo‘rquvi deb ta’kidlaydilar. Hayotiy qo‘rquv kabi o‘lim oldidagi qo‘rquv ham nafaqat bolalarga, aksincha, bolalardan ko‘ra, ko‘proq ota-onalarga xos bo‘ladi. Shu bilan birga bu hayotda o‘z o‘rnini topmaslik qo‘rquvi, turmush o‘rtog‘ini yo‘qotish oldidagi qo‘rquv, oilaning buzilishidan qo‘rqish, ishda obro‘-e’tiborga ega bo‘lmaslikdan qo‘rqishdir… Bu siz bilan bizning qo‘rquvimiz, ularni bolalarimizniki deb hisoblash kerak emas.

Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, bola xatti-harakatidagi emotsional buzilishlarni, albatta o‘yinlar, o‘yinchoqlar, bolaning tasviriy faoliyati, musiqa, teatr va umuman aytganda san’at yordamida ham to‘g‘rilasa bo‘ladi. Lekin, bolalar uchun eng tushunarli va sevimli usul bu – ertakdir. To‘g‘ri tanlangan ertak yordamida boladagi ko‘plab muammolar – qo‘rquv,injiqlik kabilarni yo‘qotish, bolada qat’iyat va irodani shakllantiradi. Ertaklarni faqatgina psixologik terapiyadagina qo‘llamay, balki oila davrasida muntazam qo‘llash bolalik davridagi eng iliq hislarni bola xotirasida muhrlashga imkon beradi. Ertaklar bolaning muammolaridan kelib chiqqan holda tuzilishi, ertak terapiyasini o‘tkazish mobaynida bolaning har bir xatti-harakatiga ahamiyat berib borilishi lozim.Bolaning individual xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ertakni qabul qilish darajasini muntazam kuzatib borish lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Zebiniso Ahmedova “Ertak terapiya” Toshkent- 2019

2. Z.T.Nishanova, G.F.L Alimova, A.G‘.Turg‘unboyeva, M.X.Asranboyeva “Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi” Toshkent – 2017

3. K.Qosimova, Safo Matchonov va boshqalar “Ona tili o‘qitish metodikasi” Toshkent “Nosir” nashriyoti – 2009

4. Ahmedov S., Qosimov B.,Qo‘chqorov R.,Rizayev Sh. Adabiyot 5-sinf darslik II qism T:2011

Dono yigit

O’tgan zamonda bir donishmand chol yashagan ekan. Uning uch o’g’li bo’lgan ekan. O’g’illari voyaga yetgach, chol ularga shunday debdi:
— Bolalarim, men sizni yeyish-ichishdan kamsitmay o’stirdim. Endi otlaninglar, turli shaharlarga borib, qo’rg’on solib kelinglar!
To’ng’ich o’g’li otasi topgan oltin-kumushlardan olibdi. Farg’ona vodiysining hamma shaharlariga boribdi. U yerlarga bittadan kattakon uy solibdi. O’rtancha o’g’il bo’lsa, Buxoro, Samarqand tomonlarga borib, qo’rg’onlar qurdiribdi. Kenja o’g’il oqil, dono ekan. U o’zicha : «Dadam turli shaharlarda qo’rg’on solinglar, deyish bilan har bir shahardan do’st, yor-birodar orttiringlar, demoqchi. Men boshqa shaharlarga borib, uy solib yurmayman! » debdi. Kenja o’g’il safarga chiqib ketipdi.
U qayerga borsa, u yerda eng yaxshi, vafodor kishilarni topib, ular bilan do’stlashibdi. U o’z safari davomida o’rtoqlari orasida mashhur bo’lib ketipdi. U akalaridan avval uyga qaytibdi.

Chol bir kuni:
— Qani, kim qaysi shaharga qanday qo’rg’on qurdi? Yuringlar, bir aylanib ko’rib kelamiz, — debdi.
U o’g’illari bilan birga katta o’g’li qurgan qo’rg’onga boribdi. Qarasa, uy-joyning o’zi so’ppayib odamsiz turgan emish. Chol indamapti. So’ngra o’rtancha o’g’ilning qilgan ishini ko’zdan kechiribdi. Uniki ham xuddi akasiniga o’xshar ekan.
— Bu qo’rg’onlarning odamlari qani? — deb so’rabdi chol. To’ng’ich va o’rtancha o’g’il unga javob bera olmabdi. Hammalari kenja o’g’ilning yor-birodarlari yashaydigan joylarga borishibdi. Ularni kenja o’g’ilning yor-u do’stlari izzat-hurmat bilan kutib olibdilar, ketma-ket ziyofatdan bo’shamay qolibdilar, shunda chol o’g’illariga qarab bunday debdi:
— Har bir shahardan orttirilgan do’st u yerga bir qo’rg’on qurish bilan teng. Mening maqsadimni faqat kenja o’g’lim tushunibdi. Mening ismim, bilim-tajribam unga meros bo’lib qolsin.

Oxshash xabarlar:

Оставьте комментарий Отменить ответ

Для отправки комментария вам необходимо авторизоваться.

Dono qiz — bolajonlar uchun ertaklar to’plami

Dono qiz — bolajonlar uchun ertaklar to’plami ni bolajonlarga o’qib bering.

Bir bor ekan, bir yo’q ekan, qadim zamonda bir podshoh bilan vazir bo’lgan ekan. Podshoh vazirini juda yaxshi ko’rar, uni hammadan yuqori ko’rar ekan. Bu holga saroy ahlining ko’pchiligi hasad qilar va podshohga vazirni yomonlar ekanlar.

Kunlarning birida podshohga, «Vaziringiz kaltafahm, uncha-buncha narsaning fahmiga yetavermaydi», — deb yetkazibdilar va buni tekshirib ko’rishni so’rabdilar. Podshoh vazirini sinab ko’rmoqchi bo’libdi. U vazirga, ikkita savol beraman, qanday javob berar ekansan, debdi.

Birinchi savol: «Dunyoda eng shirin narsa nima va eng achchiq narsa nima?» — debdi. Vazir, ertaga javobini aytsam maylimi, deb podshohdan izn so’rabdi. Vazir uyiga qaytibdi. Uning go’zal va aqlli bir qizi bor ekan.

Otasining xomush kirib kelayotganini ko’rgan qiz, «Otajon, nega xomushsiz?» — debdi. Vazir bo’lgan gapni aytibdi.

—Shunga ham xafa bo’lasizmi? — debdi qiz va savolning javoblarini aytib beribdi.

Ertasiga vazir saroyga boigach, podshroh savoliga javob so’rabdi.

— Eng shirin narsa yangi kelin-kuyovning turmushidir, eng achchiq narsa o’lim, — debdi vazir. Podshoh bu javobdan qanoatlanibdi va vazirning qo’liga bir ho’kizning arqonini berib, ikki oydan keyin shu ho’kizni bolasi bilan olib kelasiz, debdi.

Vazir xafa bo’lib uyiga qaytibdi, lekin bu haqda qiziga hech narsa demapdi. Oradan ikki oy o’tgach, podshohning xabarchisi chaqirib kelibdi. Eshikni ochgan qiz hamma gapdan xabardor bo’libdi va xabarchiga:

— Podshohga borib ayting, otam hammomga tuqqani ketgan, — debdi. Bu gapni eshitgan podshoh darg’azab bo’lib:

— O’sha qizga borib ayting, ahmoq ekan, erkak kishi ham tug’adimi? — debdi.

— Ho’kiz tuqqanda erkak kishi tug’maydimi? — debdi qiz.

Bu javobni eshitgan podshoh qizning aqlliligiga tan beribdi va qirq kechayu qirq kunduz to’y-tomosho qilib, unga uylanibdi. Podshoh qizga: «Davlat ishlariga aralashmaysan, davlat ishiga aralashgan kuning saroyda o’zing sevgan nimaiki bo’lsa olib, otangnikiga ketishing mumkin», — debdi. Ular tinch yashay boshlaptilar. Bir kuni podshoh ovga chiqadigan bo’libdi. Podshoh ovga ketgach, saroyda bir janjalli voqea bo’lib, unga malikaning aralashishini so’rabdilar. Malika bu janjalga aralashib, uni podshoh kelgunicha bir yoqli qilibdi. Podshoh ovdan qaytgach, bu gapni eshitib, xotiniga shartini eslatibdi va otasinikiga ketaverishi mumkinligini aytibdi. Ayol ketish oldidan bir bazm qiling, deb podshohdan o’tinibdi. Podshoh kechqurun bazm berib, hammadan oldin o’zi mast bo’lib qolibdi. Bir payt podshoh o’ziga kelsa, notanish yo’llarda aravada ketayotgan emish. Yonida xotini o’tirgan emish.

Meni qayoqqa olib ket’yapsan? — so’rabdi podshoh.

— O’zingiz aytdingiz-ku, saroydagi o’zing sevgan narsani olib ketaver, deb. Men sevgan narsa faqat siz, shuning uchun sizni olib otamnikiga ketayapman, — debdi ayol.

Podshoh xotinining donoligiga tan beribdi va orqaga qaytishni buyuribdi.

Ular umrlarining oxirigacha tinch-totuv yashab, murodlariga yetibdilar. Dono qiz — bolajonlar uchun ertaklar sizga yoqqan bo’lsa ushbu ertaklarni ham o’qing.