Press "Enter" to skip to content

Dunyo dinlari tarixi — nazariya nima deydi? (foto)

Invasion Davuiside Payin Top Dolla

11 Sinf Jahon Tarixi Audio Kitob – Скачать mp3 бесплатно

Здесь Вы можете прослушать и скачать песни по запросу 11 Sinf Jahon Tarixi Audio Kitob в высоком качестве. Для того чтобы прослушать песню нажмите на кнопку «Слушать», если Вы хотите скачать песню или посмотреть клип нажмите на кнопку «Скачать» и Вы попадете на страницу с возможностью скачать песню, прослушать ее и посмотреть клип. Рекомендуем прослушать первую композицию Jahon Tarixi XX Asr Oxiri XXI Asr Boshlaridagi Xalqaro Munosabatlar 1 Dars PREP UZ длительностью 10 мин и 31 сек, размер файла 13.84 MB.

Сейчас слушают

11 Sinf Jahon Tarixi Audio Kitob

Озода Нурсаидова Кечалар

Terraria Calamity Mod Music Wasteland Theme Of The Sulphurous Sea

Fruit Juice Photo Manipulation Effect Photoshop Tutorial

Леха Прошу Не Умирай Я Вытащу Пулю Из Тебя Ставим Супер Хедшоты С Mp5

Драгни Если Попросишь Уйти

Troisième Leçon De Ténèbres À 2 Voix François Couperin Pierre Hantaï Montserrat Figueras Maria Cristina Kehr Jordi Savall Rolf Lislevand

David Garrett Christmas Classic

Shravana Bhargavi Amba Dari

Школа Школа Я Скучаю

Nikko Culture Let Me Nezhdan Remix

Invasion Davuiside Payin Top Dolla

Гулмира Избасханова Қазақым Минус

Rip Manson 9 Cocked

Злая Маринетт Комикс Леди Баг И Супер Кот Часть 1

Dunyo dinlari tarixi — nazariya nima deydi? (foto)

Ma`lumotlarga ko`ra, dunyoda 10 mingdan ortiq din mavjud. Salkam 8 milliardni tashkil etuvchi jahon aholisining etnik tarkibiga nazar solsak, ikki mingga yaqin millat va elatdan iborat ekaniga guvoh bo`lamiz. Qiziq millatlar sonidan ham ko`p bo`lgan dinlar qanday yuzaga kelgan. Bu borada nazariyada qanday faktlar va tarixiy ma`lumotlar bor. Ushbu maqolada shu xususda olib borgan izlanishlarimizni jamladik.

Fanda dinlarning shakllanishi tarixiga oid ikki xil qarash mavjud. Birinchi qarashga ko`ra dinning paydo bo`lishi bevosita insoniyatning yaralishi bilan bog`liq. “Teologik yondashuv” ya`ni birinchi qarashga ko`ra, Xudo ilk insonlarni yaratishi bilan ularga O`zini tanitgan, natijada inson ilk dinga e`tiqod qila boshlagan. Bugun mavjud bo`lgan har qanday din o`zining tarixini insoniyat yaralishi – ilk inson bilan bog`lashini ko`rishimiz mumkin. Jumladan, islom dinida – Odam va Havvo, yahudiylik va xristianlikda – Adam va Eva, zardushtiylikda – Govmard va boshqalar. Mazkur ta`limotlar dinlarning muqaddas manbalarida bayon qilingan.

Teologik yondashuvga ko`ra, turli buyumlarga sig`inish va ko`pxudolik, jumladan animizm, totemizm, fetishizm va shomonlik yakkaxudolilikdan keyin yuzaga kelgan. (1-rasm)

1. Fetishizmga e’tiqod qiluvchilarning ma’budlari

Dinlarning kelib chiqishi haqidagi ikkinchi qarash fanda “materialistik yondashuv” deb nomlanadi. Mazkur qarashlarning paydo bo`lishi antik davrga borib taqalib, ilk bor qadimgi yunon faylasuflari qarashlarida aks etgan. XVII asrga kelib Evropada cherkov hokimiyatining susaya boshlashi, hurfikrlilik namoyandalari – din tanqidchilarining paydo bo`lishi, XIX asrning ikkinchi yarmida Charlz Darvin tomonidan “Turlarning kelib chiqishi” (1859) nomli asarning chop etilishi ham turtki bo`ldi. Qator olimlarning fikriga ko`ra din bu ijtimoiy hodisa, inson tafakkuri, emosiyalari mahsulidir. Mazkur qarash tarafdorlari dinlar soddadan – murakkabga, umumiylikdan – xususiylikka, ko`pxudolikdan – yakkaxudolikka tomon uzoq tarixiy evolyusion jarayonni bosib o`tgan deb hisoblashadi.

Materialistik qarash qo`rquv dinlarning kelib chiqishida asosiy rol o`ynagan hissiy holat ekanini ilgari suradi. Jumladan, ingliz faylasufi Gerbert Spenser (1820–1903) ham ibtidoiy qabila dinlarining kelib chiqishiga qo`rquv natijasida “ajdodlarga sig`inish” sabab bo`lganligini ta`kidlaydi. Spenser ijtimoiy hisob–kitoblarga suyangan holda, hayot qo`rquvining dinlardagi o`rniga alohida degan nazariyani ilgari surgan.

Raqamlarga murojaat qilsak, bugun eng ko`p tarafdorlarga ega dinlar 5 ta bo`lib, ular Islom, Xristianlik, Yahudiylik, Buddaviylik, Hinduizm sanaladi. Diniy e`tiqod mavzusi shaxsiy va erkin tanlovga asoslangan huquq bo`lishiga qaramay, bu borada turli-tuman statistikalar e`lon qilib boriladi. O`tgan 2021 yilgi raqamlarga ko`ra, xristianlik eng ko`p tarqalgan din bo`lib, unga dunyo bo`yicha 2,38 milliard kishi e`tiqod qiladi. Islom diniga e`tiqod qiluvchilar soni esa bugungi kunda 1,91 milliardni tashkil etmoqda. Hinduiylikka sig`inuvchilar soni esa 1,16 milliardga teng. Bu din tarqalish darajasi bo`yicha jahonda uchinchi o`rinda. Buddizmga esa esa 507 million kishi e`tiqod qiladi. Navbatdagi eng keng yoyilgan din yahudiylik bo`lib, unga e`tiqod qiluvchilar soni 14,6 million kishini tashkil etadi. Keling, endi eng ommalashgan ushbu besh dinning paydo bo`lish tarixiga nazar solsak.

1. Demak, izdoshlari soni bo`yicha dunyoda birinchi o`rinda turadigan Xristianlik (yunoncha christos – «muqaddas yog` surtilgan», «xaloskor») milodning I asrida Falastinda yuzaga kelgan. Xristianlik ta`limotining paydo bo`lishi Iso Masih shaxsi bilan bog`liq. Iso shaxsi haqidagi munozaralar fanda mifologik va tarixiy maktablarning paydo bo`lishiga olib kelgan. Mifologik maktab vakillari Isoni to`qima obraz sifatida bilishsa, tarixiy maktab tarafdorlari uning real shaxs bo`lganiga ishonch bildirishadi.

311 yilda xristianlik din sifatida rasmiy ravishda tan olindi. Shu asrning oxirida, imperator Konstantin davrida xristianlik davlat muhofazasini ado etuvchi va unga rahnamolik qiluvchi davlat diniga aylandi.

Xristianlikning muqaddas manbasi “Qadimgi Ahd” va “Yangi Ahd” deb nomlanuvchi ikki bo`limdan tarkib topgan “Bibliya” (yunoncha – “kitoblar”) kitobi hisoblanadi. (2-rasm)

2. “Bibliya” kitobi

1054 yilda xristianlik dini doirasida ilk yirik bo`linish ro`y berib, natijada pravoslav (Sharqiy xristianlik) va katolik (G`arbiy xristianlik) cherkovlari yuzaga keldi.

Pravoslavlik tarixan xristianlikning sharqiy yo`nalishi sifatida shakllandi. Nomlanishi yunoncha “orthodoxia” – “to`g`ri e`tiqod” tushunchasining rus tiliga tarjimasidan – Pravoslavlik so`zidan kelib chiqqan.

Katoliklik xristianlik dinining eng yirik yo`nalishi hisoblanadi. “Katolik” so`zi butun jahon, butun dunyo (umumiy, dunyoviy) degan ma`noga ega.

2. Islom dini eng keng tarqalgan navbatdagi din bo`lib, bu so`zning arab tilidagi lug`aviy ma`nosi – taslim bo`lish, bo`ysunish ma`nolarini beradi. Islom dini ta`limoti bo`yicha Muhammad payg`ambar (a.s.) avvalgi payg`ambarlar ishini davom ettirgan, ular dinini qayta tiklagan, Qiyomat oldidan yuborilgan oxirgi payg`ambar (Xotam al–anbiyo) – nabiy va rasul deb tan olinadi.

Islom dini VIIasrda Hijoz (G`arbiy Arabiston)da paydo bo`lgan. Islom dinining paydo bo`lishi xususida Islom manbalariga asoslangan diniy an`anada u ilohiy hodisa, insonlarni to`g`ri yo`lga solish uchun Alloh taolo tomonidan yuborilgan oxirgi ta`limot deb hisoblanadi. Islom talqinida dastlab yahudiy va xristianlar ham aynan musulmonlar e`tiqod qilgan Xudoga ishonganlar.

3. Qur`oni karim — Islom dinining muqaddas kitobi

Qur`oni karim Islom dinining muqaddas kitobi hisoblanadi. Mazkur kitobning bir necha nomlari bo`lib, ulardan “Qur`on” (arabcha – o`qish), “Furqon” (farqlovchi), “al–Kitob” nomlari mashhur. Qur`on 114 ta sura, 6236 oyatdan iborat. Sura Qur`ondan bir bo`lak bo`lib, eng kami uchta, eng ko`pi 286 oyatni o`z ichiga oladi. (3-rasm)

Qur`ondagi suralar o`z mazmuniga yoki nozil bo`lgan vaqtiga, ya`ni xronologik tartibiga qarab emas, balki Muhammad (s.a.v.) belgilab bergan tartib asosida payg`ambar vafotidan keyin jamlab yozilgan.

3. Yahudiylik dunyodagi eng qadimiy milliy dinlardan biri bo`lib, taxminan miloddan avvalgi ikkinchi ming yillikda Misrda paydo bo`lgan. Yahudiylik yagona Xudoga, muqaddas kitobga va payg`ambarlarga imon keltirilishi bilan milliy dinlardan, milliylashtirilishi bilan esa, ilohiy dinlardan ajralib turadi. Yahudiylikda diniylik va milliylik o`zaro birlashib ketgan bo`lib, ularni bir–biridan alohida tushunish mumkin emas. Yahudiylik dini vakillari tarixiy va adabiy – badiiy manbalarda “yahudiy”, “ibroniy” va “isroil o`g`illari” kabi nomlar bilan tilga olinadi.

4. “Tavrot” — Yahudiylikning muqaddas kitobi

“Tanah” va “Talmud” Yahudiylikning muqaddas kitoblari hisoblanadi. “Tanah” kitobi “Tora” (“Tavrot”), “Naviim” (“Payg`ambarlar”) va “Ketuvim” (“Kitoblar”) kabi uch bo`limdan tashkil topgan. “Tanah” nomi esa, ana shu uch bo`limning ibroniycha bosh harflarining qo`shilishidan hosil bo`lgan. (4-rasm)

4. Hinduiylik atamasi “Hind daryosi atrofida yashovchi” ma`nosini bildiruvchi fors so`zidan kelib chiqqan bo`lib, g`arb olimlari mintaqa xalqining dinini ifodalash uchun uni ishlatganlar. Hindlar esa o`z dinlarini “Sanatana Dxarma” – azaliy–abadiy din, deya nomlaydilar. Mazkur din, asosan Hindistonda tarqalgan bo`lib, mamlakat aholisining 83 foizi unga e`tiqod qiladi.

5. Hinduizm dinining ilohlari haykali

Hinduiylikda totemistik unsurlar yorqin namoyon bo`lib, bu, asosan, sigir, maymun, ilon kabi xayvonlarning ilohiylashtirilishida namoyon bo`ladi. Hinduiylikning aqidaviy, marosimiy va ramziy sohalardagi juda ham murakkab tizimi unga e`tiqod qiluvchilarning turlicha talqinida yana ham murakkablashib ketadi. (5-rasm)

5. Diniy–falsafiy ta`limot sifatida vujudga kelgan Buddaviylik bugungi kunda e`tiqod qiluvchilar soniga ko`ra, xristianlik, islom dinidan keyingi o`rinda turadigan jahon dinlaridan biri hisoblanadi.

Buddaviylik miloddan avvalgi VI–V asrlarda Shimoliy Hindistonda vujudga kelgan. Bu davrga kelib ko`p xudolikka asoslangan vedachilik, braxmanlik, jaynizm yangi ijtimoiy sharoitga javob bera olmay qolgan edi.

Buddaviylikning asoschisi Siddhartha (sanskritcha “ezguliklar keltiruvchi”) Gautama Shak`yamuni (mil. av. 567–488 y.) real tarixiy shaxs bo`lib, Hindiston va Nepal chegarasidagi Kapilavasta viloyatining Shak`ya qabilasi hukmdori oilasida tug`ilgan. Manbalarda uning ot minish, ov qilish, yugurish, kurash, she`r o`qish, husnixat va boshqa sohalarda mahoratli bo`lgani, bilimlarni oson o`zlashtirgani uchun donishmandlar unga saboq berishga ojiz qolganlari qayd etiladi. (6-rasm)

6. Budda haykali. Yaponiya

Umuminsoniy g`oyalarning targ`ib etilishi hamda har bir millatning Budda ta`limotini o`z tilida o`qib–o`rganishi mumkinligi buddaviylikning turli hududlarga tarqalishiga zamin yaratgan. Milodning birinchi asrlarida buddaviylik butunlay boshqacha tus oladi. Budda ilohiylashtirilib, xudo darajasiga ko`tariladi va unga sig`iniladi. Buddaviy donishmandlar fikricha, har bir inson juda ko`p ezgu va yaxshi ishlar qilish orqali Buddaga aylanishi mumkin.

Buddaviylik qoidalari va axloqiy tamoyillarini o`zida mujassam etgan kitob “Tipitaka” ushbu dinning muqaddas manbasi sanaladi. Hozirda “Tipitaka”ning ilk qo`lyozma nusxasi Shri Lanka (Seylon)da saqlanadi.

Yuqorida dunyo xalqlari orasida eng keng tarqalgan besh dinning kelib chiqish tarixiga oid bo`lgan nazariy ma`lumotlarni jamladik. Ta`kidlash lozimki, ushbu dinlarning tub mohiyatida ezgulik va insoniylik g`oyalari ulug`lanadi. Shunday ekan, dinimiz, millatimiz va irqimizdan qat`iy nazar ezgu qadriyatlarni, insoniylikni unutmaylik.

Risolat MAXSIMOVA tayyorladi