Dunyodagi eng zo‘r 100 kitob sirasiga kirgan “1984” romani o‘zbek tilida nashr qilindi
Dunyodagi eng katta kitob holida chop etilgan majmua Irlandiya universiteti tomonidan 1968–1972-yillarda chiqarilgan 1112 jildli «Britaniya parlamenti hujjatlari»dir. Majmua 3,3 tonnani tashkil etadi. Uni to‘liq o‘qib chiqish uchun 6 yil ketadi.
Dunyodagi eng zo’r kitob
Kitobdan yaxshiroq do‘st yo‘q.
Kitob nurdir. U zimiston qalblarni yorug‘ qiladi. Kitob ilmlar xazinasidir. U bilimimizni yuksaltiradi. Aqlimizni charxlaydi. Kitob ma’naviy ehtiyojlarimizni qondiradi. Kitobdan yaxshiroq do‘st yo‘q. Bugun dunyo bo‘yicha nafaqat eng ko‘p mutolaa qilingan, balki o‘z o‘quvchilarining ma’naviy olamini boyitgan, qalbiga ziyo olib kirgan eng sara badiiy asarlarga to‘xtalamiz.
- Fyodor Dostoyevskiy – «Jinoyat va jazo»
Rus yozuvchisining ushbu romani 1886-yilda Rossiyada chop etilgach, uning nomi tez orada butun Yevropaga tanildi. Ko‘hna qit’ada «Jinoyat va jazo»ni mutolaa qilishni istaganlar shu qadar ko‘payib ketdiki, ba’zilar asarning tarjima qilinishini ham kutmay, rus tilini o‘rganishga bel bog‘lashdi. Bugunga kelib «Jinoyat va jazo» 100 dan ortiq tilga tarjima qilingan va qayta-qayta nashr etilgan. Hisob-kitoblarga ko‘ra, Dostoyevskiyning «Jinoyat va jazo»sini 3 milliarddan ko‘proq odam sevib mutolaa qilgan. Qizig‘i, ko‘pgina qamoqxonalarda mahbuslar yonida «Jinoyat va jazo»ni olib yurishi aniqlangan.
1599 — 1601-yillarda yozilgan ushbu tragediya Shekspirning shoh asarlaridan biri sanaladi. To‘g‘ri, uning qo‘lyozmasi o‘quvchilar tomonidan avvaliga u qadar ko‘p o‘qilmagandir, biroq uning teatrda sahnalashtirilishi «Hamlet» mutolaasini yanada kuchaytirdi. «Hamlet» ham xuddi «Jinoyat va jazo» singari ko‘p tillarga tarjima qilingan. Ammo u dunyoning barcha davlatlari teatrlarida sahnalashtirilganiga shubha yo‘q. Shu bois ham «Hamlet» o‘quvchilar eng sevib o‘qiydigan asarlar ro‘yxatida doimo oldingi o‘rinlarda turadi.
- Aleksandr Dyuma – «Graf Monte Kristo»
Dyuma 1827-yilda tanishgan do‘sti Jozef Meri bilan uchrashish uchun Marselga kelgan edi. Dyuma do‘sti Meri tufayli Marsel bilan qattiq bog‘lanib qoladi. 1834 yilda u Fransiya janubiga sayohat qiladi. Marsel esa bu safarning so‘nggi nuqtasi edi. U safarining nihoyasida If qal’asini ko‘rish uchun kemada sayohat qiladi. O‘shanda 1834-yilning 10 dekabr sanasi edi.
Ehtimol, bu yirik asar g‘oyasi ham ana shu pallada dunyoga kelgandir? Ammo shunisi aniqki, u Dantes haqidagi yirik asarni yozishga bel bog‘laganida voqea joyi sifatida o‘zi yaxshi bilgan va ko‘rgan mana shu portni tanlaydi. Adibning tasavvur doirasi shu qadar keng ediki, uning asaridagi voqealar hayotdagidan ko‘ra hayotiyroq, haqiqatning o‘zidan ko‘ra haqqoniyroq chiqqan. If qal’asining bunchalik shuhrat qozonishida Dyumaning asari katta o‘rin tutgan desak, yanglishmagan bo‘lamiz.
- Ernest Xeminguey – «Chol va dengiz»
Xeminguey asarlari o‘zining jozibasi bilan har bir o‘quvchining qalbiga kirib boradi. U tom ma’noda kitobxonni asir etadi. Yozuvchiga Nobel mukofotini olib bergan ushbu asar millionlab xonadonlarning kitob javonida saqlanadi. Har bir kitobxon har gal qo‘liga ushbu asarni olishi bilan uning ichiga qanday kirib ketganini bilmay qoladi. Ha, Ernest Xemingueyning mahorati ham shunda. Hatto futbolchilarni ham ilhomlantirgan. «Manchester Yunayted» klubi hamda Fransiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Erik Kantonadan «Gol urish uchun nimadan ilhomlanasiz?» deb so‘rashganida «Xemingueyning asarlaridan» deb javob bergan.
Jek London doimgiday o‘z qahramonlarini kurashga, hayotga, yashashga intiltirganiday «Oq tish»da ham bu an’anasiga sodiq qolgan. «Tun bilan birga qo‘shilib, atrofga dahshat beruvchi hodisalar ham boshlandi. Uyqusizlikdan Genrining oyoqda turishiga ham majoli qolmagandi. Harchand urinmasin uyqu uni mahv eta boshlagandi. Uyqudan turganida o‘zidan yarim qadam narida dahshatli qurtni ko‘rdi. ». Bu asar o‘z vaqtida butun Amerikada qo‘lma-qo‘l bo‘lib ketgan. «Oq tish» 100 dan ortiq tilga tarjima qilingan. Uning o‘quvchilari soni yildan-yilga ortib bormoqda.
Ro‘yxatdan yana bir buyuk rus yozuvchisi Lev Tolstoyning romani o‘rin olgan. Ushbu roman ham chop etilgan zahoti nafaqat yozuvchiga sharaf olib keldi, balki o‘quvchilari sonini ham kundan-kunga orttirib yubordi. O‘sha paytlarda Yevropadagi kiborlarning obro‘si xonadonida «Anna Karenina» borligi bilan o‘lchanadigan bo‘lib qolgandi. Bugun ham Tolstoyning ushbu shoh asari qadri tobora yuksalib bormoqda. Yevropada ham, Amerikada ham, Osiyoda ham. Yozuvchi sof muhabbatning qadri hamma narsadan ustunligini zo‘r mahorat bilan qalamga olgan. «Anna Karenina»ni o‘qimagan, undan bahra olmagan kitobxon bo‘lmasa kerak, deyishadi ruslar. Shu bois ham ushbu asar jahonning ko‘plab tillariga tarjima qilingan. Ma’lumotlarga ko‘ra, «Anna Karenina»ni o‘qiganlar soni bir milliarddan oshadi.
Gyote hali 25 yoshga to‘lmay turib yozgan bu asari haqiqiy klassikaga aylanishini kutmagan bo‘lsa kerak. Ushbu asar chop etilgach, tanqidchilar Gyotega shunday ta’rif berishgan: «Adabiyotga romantik qahramonni armug‘on etgan adib». «Yosh Verterning iztiroblari» ham kitob holida o‘quvchilar qo‘liga tushishi bilan eng sevimli asarlar qatorida tilga olina boshlagan. Bugungacha ushbu asarni o‘qiganlar soni bir milliardga yetgan.
- Rashod Nuri Guntekin – «Choliqushi»
«Choliqushi» ilk bor 1922-yilda Turkiyaning «Vakit» gazetasida parchalar holida chop etilgan. Asar o‘quvchilarni shu qadar o‘ziga bog‘lab olgandiki, gazetaning keyingi soni chiqishini intiqlik bilan kutadigan bo‘lib qolishgandi. Shundan keyin o‘sha yilning o‘zida kitob holida bosmadan chiqdi. 1939 yilga qadar «Choliqushi» besh bor nashr etildi. Shunda ham «Choliqushi» tanqisligi kuzatilgach, Rashod Nuri Guntekin asarni o‘z hisobidan yana nashr ettiradi. Asar ingliz, nemis, fransuz, rus, o‘zbek, ozarboyjon tillariga tarjima qilingan. Uning o‘quvchilari soni ham bir milliardga yetadi.
Dilmurod Parpiyev tayyorladi.
Dunyodagi eng zo‘r 100 kitob sirasiga kirgan “1984” romani o‘zbek tilida nashr qilindi
Toshkentlik 28 yashar tadbirkor Firuz Allaev buyuk ingliz yozuvchisi Jorj Oruell tarafidan 1949 yilda yozilgan antiutopiya janridagi eng mashhur kitob – “1984” romanini o‘zbek tiliga tarjimasi va nashr qilinishini moliyaladi. Newsweek jurnali tarafidan tuzilgan “Insoniyat tarixidagi eng zo‘r 100 kitob“ reytingida ikkinchi o‘rinda turadigan bu roman Markaziy Osiyoda ilk marta tarjima qilindi.
Joriy yilning 12 noyabrida O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi tarafidan bosishga izn berilgan bu asar yozuvchi Karim Bahriev tarjimasida “Nihol” nashriyotida 5000 adadda bosildi. Kitob chiqarishga pul tikkan «Asaxiy Books» loyihasi rahbari Allaevning Ozodlikka aytishicha¸ “adad cheklanmagan”:
Киритиш (Embed) Улашиш
Фируз Аллаев билан суҳбат
Киритиш (Embed) Улашиш
Коддан алмашув буферингизга нусха кўчирилди.
URL-манзилдан алмашув буферингизга нусха кўчирилди
- Facebook-да ўртоқлашинг
- Twitter-да ўртоқлашинг
Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас
0:00 0:03:02 0:00
Бевосита линк
- 64 kbps | МР3
- 128 kbps | МР3
Янги саҳифани очинг
– Buyurtma asosida nashriyot bizga kitob chiqarib beraveradi. Hali kitob chiqmasidanoq 700 kishi buyurtma bergan edi.
“1984” romanini o‘zbekcha nashr qildirgan tadbirkor Firuz Allaev
Kitobni chiqarishda tashkilotchilik qilgan filolog Eldor Asanovning Ozodlikka aytishicha¸ “Jorj Oruell romanidan tashqari Nobel mukofoti sovrindori O‘rxon Pamuqning “Mening otim qirmizi” romani ham ayni loyiha doirasida nashrga tayyorlanmoqda”.
Ayni paytda antiutopik romanning o‘zbek tilidagi tarjimasi tor kitobxon doirasidagina o‘qilib, keng kitobxonlar ommasiga borib yetmasligi haqida ham aytilmoqda.
Eldor Asanovning fikricha, kitobning elektron va audio variantlari ham chiqarilsa “o‘quvchilar doirasi ancha kengayadi”.
Киритиш (Embed) Улашиш
Элдор Асанов билан суҳбат
Киритиш (Embed) Улашиш
Коддан алмашув буферингизга нусха кўчирилди.
URL-манзилдан алмашув буферингизга нусха кўчирилди
- Facebook-да ўртоқлашинг
- Twitter-да ўртоқлашинг
Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас
0:00 0:07:14 0:00
Бевосита линк
- 64 kbps | МР3
- 128 kbps | МР3
Янги саҳифани очинг
“Shuningdek, kitobning lotin yozuvidagi varianti ham chiqarilishi rejalangan”, dedi Asanov.
Kitob nima haqda ?
Bu kitobning o‘ta mashhur va muhimligi haqida Ozodlikka gapirgan taniqli yozuvchi Hamid Ismoilovga ko‘ra¸ asar bugungi O‘zbekistonni tahlil qilish uchun “miya xamirturushi rolini o‘ynaydi”:
– Asar tarjimoni Karim Bahrievni muborakbod qilaman. Asar xayoliy totalitar davlatning partiya a’zosi hukumat qudratiga qarshi turishga harakat qilgani haqida. U o‘z tafakkurini “buyuk og‘a” manipulyatsisidan” himoya qilishga tirishadi.
Киритиш (Embed) Улашиш
Ҳамид Исмойилов билан суҳбат
Киритиш (Embed) Улашиш
Коддан алмашув буферингизга нусха кўчирилди.
URL-манзилдан алмашув буферингизга нусха кўчирилди
- Facebook-да ўртоқлашинг
- Twitter-да ўртоқлашинг
Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас
0:00 0:06:02 0:00
Янги саҳифани очинг
Hamid Ismoilovning fikricha, “kitob 1949 yilning o‘zidayoq o‘zbekchaga tarjima qilingani” ma’qul edi.
Jorj Oruellning “1984” romanidan parcha
«G‘alaba» uyi eskirgan bino edi, 1930 yilda yo shu atrofda qurilgandi, hozir butkul puturdan ketgan edi. Devorlar va shiftdan doim suvoq ko‘chib, to‘kilar, har bir qattiq sovuqda quvurlar yorilar, ozroq yomg‘ir yo qor yog‘sa, tomdan suv sizib o‘tar, isitish tizimi yarim bosimda ishlardi — albatta, agar iqtisod nuqtai nazaridan o‘chirib qo‘yilmagan bo‘lsa. Agar o‘zing tuzata olmasang, tuzatish ishlari olib borish uchun yuqori martabali komissiyalarning farmoyishi zarur bo‘lardi, ular esa oddiy derazaning singan oynasini tuzatish masalasini hal qilish uchun ikki yillab majlis qilardi. (tarjima Karim Bahrievniki)
Nega aynan bu kitob tarjima qilindi?
Bu savolni loyiha rahbari Firuz Allaevga berdik.
– Facebook va ijtimoiy tarmoqlarni kuzatganimizda, odatda ko‘p kitob o‘qiydigan bloggerlarimiz, ziyolilarimiz yoshlarimizga qaysidir kitobni maslahat berganlarida, birinchi bo‘lib odatda «o‘zbek tilida bormi?» degan savol qayta va qayta takrorlanishini ko‘p kuzatdim. O‘sha vaqtlardayoq o‘zbek tiliga qachon tarjima qilinar ekan mashhur kitoblar, kim tarjima qilar ekan deb ko‘p o‘ylardim va asta-sekinlik bilan miyada loyiha shakllanib boshladi. Iyulь oyida Yevropadagi safarim davomida Fransiyadagi kitob bozorini juda katta qiziqish bilan o‘rgandim, ko‘plab savollarga javob topdim va yanada yangi fikrlar, yangi shijoat bilan qaytib keldim. Tanlangan kitoblar tarjimonlarga bo‘lib berildi va jarayon boshlandi. Ilk tarjimasi tugatilgan kirob Jorj Oruellning dunyoga mashhur «1984» romani bo‘ldi¸– dedi Allaev.
Insoniyat tarixidagi eng zo‘r kitoblardan biri
Roman muallifi 1950 yilda olamdan o‘tgan Jorj Oruell bugun keng ishlatiladigan «sovuq urush» atamasining muallifi hisoblanadi.
Jorj Oruell
Kitob 2003-yilda BBC tomondan tuzilgan “Insoniyat tarixidagi eng zo‘r 200 kitob“ reytingida 8-o‘rinni egallagan
2009-yilda “Times“ nashri “1984“ romaning “Eng zo‘r 60 kitob“ reytingiga kiritgan.
“Newsweek“ jurnali “Insoniyat tarixidagi eng zo‘r 100 kitob“ reytingida “1984“ romaniga ikkinchi o‘rinni bergan.
Kitob 1988-yilgacha SSSR hududida rasman taqiqlab qo‘yilgan.
Jorj Oruell asaridagi “Katta og‘a” timsoli
Asarda “ikki karra ikki – besh“ degan mashhur ibora bor. Ushbu ibora Oruellning xayoliga Sovet Ittifoqidagi «pyatiletku v chetire goda» shiorini eshitgandan so‘ng kelgan.
“Apple“shirkati 1984 yili mashhur rejissyor Ridli Skot bilan birga chiqargan reklamada “1984“ romanidan iqtibos keltiriladi.
Rolikda IBM kompyuteri “Katta og‘a“ sifatida taqdim etiladi.
Umuman, jahonda turli film va kitoblarda diktatura va totalitarizm ramzi sifatida bu kitobdan iqtibos keltirish urf bo‘lgan.
Dunyodagi eng qadimiy, qimmatbaho, katta va og‘ir kitoblar qaysi va ular qayerda saqlanadi?
Dunyodagi eng qadimiy kitob — Priss papirusi. U eramizdan avvalgi 3350-yili yozilgan. Ushbu qo‘lyozma 1839-yili uni Fivadan topgan Emil Priss sharafiga nomlangan. Qo‘lyozma muallifi — fir’avnning vaziri Pta-Gotep. U yoshlarning tarbiyasizligi, dangasa va axloqsizligidan noligan.
Dunyodagi eng katta lug‘at «Nemis lug‘ati» («Deutsches Wortetbuch») bo‘lib, u 1854-yili Yakob va Vilgelm Grimm tomonidan tuza boshlangan. Bu ishga keyinchalik turli olimlar hissa qo‘shib, 1971-yili yakunlangan. 33 jildli ushbu lug‘at 34519 betdan iborat.
Mashhur golland vrachi German Burxavening «Tibbiyot san’atining yagona va teran sirlari» nomli kitobi muallif o‘limidan so‘ng (1738-yil) 10 000 dollar oltinga auksionda sotilgan. Bejirim bezalgan va g‘iloflangan kitob ochilganida uning barcha sahifalari bo‘sh edi. Faqatgina ilk sahifasida shunday yozilgan edi: «Boshingni sovuqda qoldirsang ham, oyog‘ingni issiq tut. Shundagina sen eng zo‘r vrachlarni ham kambag‘al qilasan».
Dunyodagi eng qimmat badiiy asar Leonardo da Vinchi tomonidan ko‘chirilgan «Leychester kodeksi» kitobidir. Uni «Microsoft» asoschisi Bill Geyts 1994-yili Nyu-Yorkdagi «Sotbis» auksionidan 30,8 million dollarga sotib olgan.
Dunyodagi eng katta kitob holida chop etilgan majmua Irlandiya universiteti tomonidan 1968–1972-yillarda chiqarilgan 1112 jildli «Britaniya parlamenti hujjatlari»dir. Majmua 3,3 tonnani tashkil etadi. Uni to‘liq o‘qib chiqish uchun 6 yil ketadi.
Dunyodagi eng yuqori gonorar Rim imperatori Mark Avreliy tomonidan shoir Oppianga to‘langan. Uning baliq tutish va ov haqidagi dostonining har bir satri uchun 1 oltin tanga hadya qilingan. Uning ikki dostoni 20 000 baytdan iborat.
Savolga O‘zbekiston Milliy kutubxonasi xodimi Nasiba XOLDOROVA javob berdi.