Press "Enter" to skip to content

Toshkent islom universiteti

Izoh qoldirish uchun saytda ro’yxatdan o’ting

Dunyodagi top 10 kitoblar

O‘zbekiston Milliy kutubxonasining Adabiyotlarni berish va dispetcherlik xizmati foydalanuvchilar tomonidan eng ko‘p so‘ralgan kitoblar TOP-10ligini e’lon qildi.

1. Aleksandr Dyuma. Graf Monte-Kristo
2. Fyodor Dostoyevskiy. Jinoyat va jazo
3. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Baxtiyor oila
4. Tohir Malik. Shaytanat
5. Ahmad Lutfiy Qozonchi. Saodat asri qissalari
6. Jaloliddin Rumiy. Ichindagi ichindadur
7. Rashod Nuri Guntekin. Choliqushi
8. Stefani Mayer. Sumerki
9. Said Ahmad. Ufq
10. Hamlet.

O’xshash yangiliklar

Izoh qoldirish uchun saytda ro’yxatdan o’ting

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring

«Xabar.uz» axborot-tahliliy portali 2017-yilning 27-dekabrida elektron OAV sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Guvohnoma raqami: 1210. Muassis: «Xabar» gazetasi tahririyati. Tahririyat manzili: 100000, Toshkent shahri, Amir Temur 1-tor ko‘chasi, 2-uy (mo‘ljal: Oloy bozori). Mas’ul muharrir Abdug‘ani Abdurahmonov. Elektron manzil: mail@xabar.uz
Materiallarimizdan to‘liq yoki qisman foydalanilganda «Foydalanish shartlari»ga amal qilinishi shart. Barcha huquqlar O‘zbekiston Respublikasining ommaviy axborot vositalari to‘g‘risidagi hamda mualliflik va turdosh huquqlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda himoyalangan.

Saytda imloviy yoki uslubiy xatoga ko’zingiz tushdimi? Xato jumlani belgilang va CTRL+ENTER bosish orqali bizga xabar bering.

Portalning barcha imkoniyatlari saytning to’liq talqinida. Ishlab chiquvchi ActiveMedia Solutions.

Toshkent islom universiteti

Dunyodagi eng ko’p o’qilgan kitoblar (mashhur kitoblar) Shunday kitoblar borki ular millonlab insonlar tomonidan katta qiziqish bilan o’qiladi. Dunyo tarixida eng ko’p o’qilgan va hozirda ham o’qilayotgan kitoblar ro’yxatini tuzdik. Balki bu kitoblar sizga ham tanish bo’lsa kerak…. insoniyat qadim zamonlardan buyon o’z tajriba va g’oyalarini avlodlarga meros sifatida qoldirish uchun qog’oz va qalamdan foydalanib kelmoqda. Bu qog’ozlar jamlanib kitob holiga keladi va keyingi avlodlar undan foydalanadi. Ana shunday kitoblar yordamida qadimgi dunyo tarixi o’rganiladi. Boshqa yurtdagi insonlar hayoti haqida tasavvur paydo bo’ladi. Yoki biror bir g’oya yoki ilmiy kashfiyot insonlarga ma’lum qilinadi. Xullas, kitobninig foydalari haqida har qancha gapirish mumkin. Shunday kitoblar borki, bu kitoblar nafaqat tarixda balki hozirgi kunimizda ham millionlab insonlar tomonidan katta qiziqish bilan o’qib kelinmoqda. Qo’ldan kelgancha ana shu kitoblar ro’yxatini tuzishga harakat qildik. Dunyo tarixida va hozirda eng ko’p o’qilgan va o’qilayotgan kitoblar: 1. Qur’oni karim – Bu ilohiy kitob bo’lib Payga’mbarimiz Muhammad (alayhissalom) ga Alloh tomonidan yuborilgan ilohiy ko’rsatmalardir. Ushbu kitobning asl nusxasi arab tilida bo’lib dunyoning deyarli barcha tillariga tarjima qilingan. Barcha musulmonlar tominidan har kuni tilovat qilinadi. Bu kitobni millionlab insonlar to’liq yoddan biladi. Qur’oni karimni o’qigan insonda ruhiy o’zgarish va xotirjamlik paydo bo’ladi. 2. Bibliya (injil) – Bu ham asli ilohi kitob bo’lib Payg’ambar Iso (alayhissalom) ga Alloh tomindan nozil qilingan. Bu kitob Qur’ondan ilgari kelgan edi. Lekin bu kitob vaqt o’tishi bilan insonlar tomonidan o’zgartirilib asl nusxasi yuqolgan. Shunday bo’lsa ham undagi ko’p ko’rsatmalar Qur’oni karimga o’xshab ketadi. Bibliya ham eng ko’p o’qilgan kitoblardan biri hisoblanadi. 3. Sahihi Buxoriy – Bu kitobning mualligi imom Al Buxoriy bo’lib, unda Payg’ambar Muhammad (alayhissalom)ning nasihatlari, qadimda sahobalar davrida bo’lgan voqealar bayon qilingan. Unda insoniyat uchun kerak bo’ladigan nasihatlar, axloq-odob qoidalari, ilm olish, yaxshilik qilish, va boshqa malumotlar bayon etilgan Navbatdagi ro’yxat esa turli davrlarda yozilgan kitoblar bo’lib ularning qay biri eng ko’p o’qilgani aniq ma’lum emas. Ular quyidagilar: – Tib qonunlari. Muallif: Abu ali ibn sino – Urush va Tinchlik. Muallif: Lev Tolstoy – Kalila va Dimna. Muallifi noma’lum. Aytishlaricha bu kitob tarixda Hind podshosining dono vaziri tomonidan yozilgan. Kitobda hayvnlar tilidan insonlardagi munosabatlar bayon etiladi. – Robinzon Kruzo. Muallif: Daniel Defo – Insonlar bilan munosabat, Bezovtalikdan qutulish, Notiqlik san’ati. Muallif: Deyl Karnegi. – Masnaviy. Muallif : Jaloliddin Rumiy. Ushbu kitob Turk va Fors mutafakkiri Jaloliddin Rumiyning she’riy falsafiy asaridir. Bu kitob ham dunyoning ko’plab tillariga tarjima qilingan. – Mening Kurashim (Mayn Kampf). Muallif: Adolf Gitler. Bu kitobni Gitler qamoqxonada jazo o’tayotgan davrda yozgan bo’lib, unda Gitlerning o’z hayoti va falsafiy qarashlari bayon etilgan. O’z zamonasida bu kitob ommaviy ravoishda o’qilgan. Bu kitobni o’qishdan aslida hech qanday foyda bo’lmasa-da, Lekin tarixga qiziquvchgichilar va tadqiqotchilar tomomindan qiziqish bilan o’rganilgan.