Dunyoning eng chiroyli kutubxonalari
Baʼzida kitoblar bilan birgalikda ularni xarid qiladigan makonlarimiz ham biz uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Qadimdan ham eski binolarda joylashgan yohud zamonaviy dizaynlar asosida barpo qilingan kutubxonalar oʻquvchilarning koʻp diqqatini tortgan.
Dunyoning eng mashhur kitoblar
Baʼzida kitoblar bilan birgalikda ularni xarid qiladigan makonlarimiz ham biz uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Qadimdan ham eski binolarda joylashgan yohud zamonaviy dizaynlar asosida barpo qilingan kutubxonalar oʻquvchilarning koʻp diqqatini tortgan.
Bugun sizlarga dunyoning eng mashhur noodatiy 10 ta kitob doʻkonini tanishtirib oʻtmoqchimiz.
1. “Selexyz Bookstore”, Gollandiya.
Bu kitob doʻkoni 700-yillik tarixga guvoh boʻlgan qadimiy ibodatxona binosida joylashgan.
2. “Livrario Lello”, Portugaliya.
Neogotik uslubda bunyod qilingan binoda joylashgan bu kitob doʻkoni 1906-yilda ochilgan. «Garri Potter» filmining baʼzi sahnalari bu yerda suratga olinganidan soʻngra u yana-da mashhurlikka erishadi.
3. “Cook and Book”, Belgiya.
Gʻayrioddiy dizayn va koʻrinishga ega boʻlgan bu kitob doʻkonida kitob sotib olmoq bilan birga lazzatli taomlar tanovul qilmoq ham mumkin.
4. “El Ateneo Grand Splendid”, Argentina.
Dunyoning eng mashhur kitob magazinlaridan sanalgan “El Ateneo Grand Splendid”, avvallari kino va teatr markazi boʻlgan binoda joylashgan. Bu yerda tomoshabin oʻrindiqlari oʻrniga kitob javonlari oʻrnatilgan.
5. “Shakespeare and Company”, Fransiya.
1919-yilda oʻz faoliyatini boshlagan bu kitob doʻkonida turli xil kitoblar bilan birga qadimiy Fransiya meʼmorligini tomosha qilib ham zavq olmoq mumkin.
6. “Atlantis Books”, Yunoniston.
Egey dengizining sohilida, Santorini mehmonxonasida joylashgan bu kitob doʻkoni sayyohlarning eng sevimli joyi hisoblanadi.
7. “Ler Devagar”, Portugaliya.
Lissabonda joylashgan bu kitob doʻkonida kafe va restoran ham mavjud. Doʻkonda tez-tez kitob yarmarkalari tashkil qilinadi.
8. “Libreria Acqua Alta”, Italiya.
Venetsiyada joylashgan bu kitob doʻkonining javonlari qayiqning ichiga joylashtirilgan boʻlib, uni kuzatishning oʻzi ham odamga ilhom bagʻishlaydi.
9. “Brattle Bookshop”, AQSH.
Bu kitob doʻkonining eng maroqli jihatlaridan biri doʻkonning bir qismi koʻchada joylashganidadir.
10. “Livraria da Vila”, Braziliya.
“Livraria da Vila” Braziliyaning eng katta kitob doʻkonlaridan biri boʻlishi bilan birga modern uslubdagi koʻrinishi odam diqqatini tortadi.
Tarjimon va toʻplovchi:
Rahmat Bobojon (“Xalq soʻzi”)
Do‘stlaringiz bilan bo‘lishing:
Tavsiya etamiz
Oppoq qorga burkangan Toshkent — fotoreportaj
Oʻzbekiston Prezidentining 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bir qator muassasalarga tashrifi jarayonlaridan “Xalq soʻzi” muxbiri fotoreportaji
Shohimardonda kumush qish tarovati
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo’larsiz?
Dunyoning eng chiroyli kutubxonalari
Hozirgi vaqtda dunyoning eng boy kutubxona fondlari millionlab kitoblarga ega, lekin ma’lumot diqirilishi qulayligi bilan internet va elektron o’qish tizimlari ularga katta raqib sanaladi. Ammo bilimlar cherkovi muhiti haligacha saqlanib kelgan ba’zi kutubxonalar haliyam bor. Bu kutubxonalar zallari bilan hamisha bahra olib qarab tursa bo’ladi.
Biz sizlar uchun barchani o’zining arxitekturasi va hajmlari bilna lol qoldiradigan, dunyoning 5 eng chiroyli kutubxonalarini yig’dik.
1. Admont abbatligi kutubxonasi, Avstriya
Admont abbatligi kutubxonasi dunyodagi kattaligi bo’yicha ikkinchi cherkov kutubxonasi hisoblanadi. U Ens daryosi qirg’og’idagi Alp yoqasida joylashgan. Kutubxonada 70000 ta qo’lyozma va 200000 ta kitob yig’ilgan, ular ichida o’rta asr qo’lyozmalari, 1500 yilga qadar chop etilgan inkunabulalar, va kam uchraydigan manuskriptlar. 13-metrli potoloklar Bartolomeo Altomontening insoniyat o’z-o’zini rivojlantirishi bosqichlari aks ettirilgan freskalari bilan yozib chiqilgan.
2. Shtutgarddagi shahar kutubxonasi, Germaniya
Kunida 24 soatlik kutubxona yaqinda, ya’ni 2011 yilning noyabrida ochildi. To’qqiz qavatli binoning interyer va eksteryeri minimallik uslubida qilingan. Bu yerda hammasi to’liq avtomatlashtirilgan. Mijozlik bileti o’rniga barmoq izi, kompyuter esa o’zi kitoblarni ajratadi va kerakli javonlarga joylashtiradi. Kutubxona zalida eng yangi uskuna bu grafoteka bo’ldi. Xohlagan inson o’ziga vaqtinchalikka rasmni olishi mumkin. Mahalliy muzeylardan biri kutubxonaga Pikasso asarlaridan birini vaqtinchalik bergan edi.
3. Dublindagi Triniti-kollej kutubxonasi, Irlandiya
Inshootning asosiy xonasi Uzun xona hisoblanadi, va uning uzunligi 65 metrni tashkil qiladi. U Triniti-kollejni bitirgan mashhur yozuvchilar va faylasuflar mramorli byustlari bilan bezatilgan, va ular ichida Oskar Uayld va Jonatan Svift. Bugungi kunda kutubxonaning butun kompleksini 5 ta bino tashkil qiladi, va ularda hammasi bo’lib 4 miilionga yaqin kitoblar saqlanadi.
4. Marfa saroyidagi qirollik kutubxonasi, Portugaliya
Kutubxonada 40 000 ga yaqin kitoblar bor, va ular ichida ko’p asrli tarixga ega va oltin betli kitoblar nusxalari mavjud. Ushbu kutubxonada kitoblar xafvsizligi uchun ko’rshpalaklar javob berishadi, ular qimmatbaho kitob kolleksiyasi uchun xavfli bo’lgan hasharotlarni o’ldirishadi.
5. Viktoriyaning davlat kutubxonasi, Avstraliya
Kutubxona omborxonalari 1,5 milliondan ortiq kitob qismlari va 16 000 ta davriy nashrlarni o’z ichiga oladi. Kutubxona xazinalari orasida – shahar asoschilari Djon Byutman va Djon Paskou Fokner kundaliklari, hamda kapitan Djeyms Kuk mehnatlari va taniqli avstraliyalik qariqchi Neda Kellining qo’lyozmalari bor.