Press "Enter" to skip to content

Dunyoning ishlari ->

Оплатите покупку онлайн с помощью Payme, Click, Apelsin или наличными.

Книга Dunyoning ishlari O’tkir Hoshimov

Мы отправляем вашу покупку в курьерскую службу в день заказа.

УДОБНАЯ ОПЛАТА

Оплатите покупку онлайн с помощью Payme, Click, Apelsin или наличными.

ВЫСОКОКЛАССНЫЙ СЕРВИС

Команда с многолетним опытом работы. Профессионалы своего дела.

ХХ аср ўзбек адабиётида ўз ўрни ва услубига эга бўлган адиб – Ўзбекистон хал? ёзувчиси Ўткир ?ошимов, айтиш мумкинки, ХХI аср ў?увчисининг ?ам севимли адиби бўлиб ?олади. Жонли ва ?аётий тасвирлар, соф ўзбекона ёндашув ва характер, ?а?рамонлар ўртасидаги су?батлар мутолааси ў?увчини ўз таъсирига олади. Нафа?ат миллат, балки чин инсонийлик тараннуми ёзувчи асарларида етакчилик ?илиши китобхон учун тарбиявий ва ?аётий сабо? бўлади. Хо? жиддий, хо? ?ажвий бўлсин Ўткир ?ошимов асарларида ?аёт ?айнайди: унда ?ар биримиз ўзимизни, оиламизни, дўст-у ёримизни, ?атто ?еч кимга ўхшамаган онамизни кўрамиз. Бир инсон умрини ?амраган роман бўлсин, ?атор новеллалардан иборат ?исса ёки ?икоя бўлсин, жанридан ?атъи назар, Ўткир ?ошимов асарларида дунёнинг ишлари мужассам. Мутолаа ?ар ?андай ў?увчи учун катта ?аётий хулоса беришига ишонами

Книга Dunyoning ishlari O’tkir Hoshimov отзывы

Отзывов об этом товаре пока нет. Будьте первым!

Загрузка данных авторизации

Dunyoning ishlari

Dunyoning ishlari“ — Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Oʻtkir Hoshimov qalamiga mansub memuar qissa. Asar katta-kichik hikoyalardan iborat, uzoq yillar davomida yozilgan va toʻliq tarzda 2005-yilda “Sharq nashriyoti” tomonidan nashr etilgan. Keyinchalik boshqa nashriyotlar tomonidan ham koʻp bora qayta nashr etildi.

Jumladan 2015-yilda Yangi asr avlodi nashriyoti tomonidan 336 betli qattiq muqovada nashr etildi. Shu yili Meriyus nashriyoti tomonidan 272 betda, 3000 nusxali qattiq muqovada nashr etildi. Ushbu nashrning ustki qismida qishloq koʻchasidagi uylar va adibning onasi tasvrilangan.

Kitobning orqa tomonida adibning quyidagi soʻzlari keltirilgan: “Dunyoda hech bir chegarani tan olmaydigan va quyosh kabi muttasil nur sochib turadigan sehrli kuch bor. Bu—Ona mehri! Alloh Onani shunday yaratgan!”

Oʻtkir Hoshimov asarini 2005-yilgi nashrida shunday tariflagan: Bu qissa katta-kichik novellardan iborat. Biroq ularning barchasida eng aziz odam — onam siymosi bor. Bundagi odamlarning hammasini oʻz koʻzim bilan koʻrganman. Faqat baʼzilarining ismi oʻzgardi, xolos. Bu odamlarning qismati ham qaysidir jihatdan onamga bogʻlangan.

Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Oʻtkir Hoshimov 20-asr oʻzbek adabiyotida oʻz oʻrni va uslubiga ega boʻlgan adib. Uning asarlari oddiy va xalqchilligi bilan ajralib turadi. Dunyoning ishlari asari ham anashunday xalqchil asarlar sirasiga kiradi.

Oʻtkir Hoshimovning qirqdan ortiq asarlari nashr etilgan. Ushbu kitoblarning umumiy tiraji 2 million nusxadan oshiq. Yozuvchi asarlari koʻpgina xorijiy tillarga tarjima qilingan [1] [2] .

Asar haqida [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

Jonli va hayotiy tasvirlar, oʻzbekona yondashuv va xarakter, qahramonlar oʻrtasidagi suhbatlar mutolaa tasirini kuchaytiradi. Asar adibning bolalik davridagi voqealari asosida qurilgan. Sovet davridagi oddiy qishloq oilalaru, odamlar turmush tarzi adibning onasi bilan uygʻunlashtirib tasvirlangan. Oʻtkir Hoshimov shu kichik asarida ham dunyoning ishlarini mujassamlashtirgan.

Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Said Ahmad qissani shunday tariflagan : “„Dunyoning ishlari“ asarini qissa emas, doston deb atashni istardim. U qoʻshiqday oʻqiladi. Uni oʻqib turib, oʻz onalarimizni oʻylab ketamiz. Shu mushfiq, shu jafokash onalarimiz oldidagi bir umr uzib boʻlmas qarzlarimizning aqalli bittasini uza oldikmi, degan bir andisha, bir savol koʻz oldimizda koʻndalang turib oladi. Qissa bizni insofga, insonni qadrlashga, hurmat qilishga chaqiradi” [3] .

Manbalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  1. ↑https://kitoblardunyosi.uz/dunyoning-ishlari
  2. ↑https://kh-davron.uz/kutubxona/multimedia/otkir-hoshimov-dunyoning-ishlari-asardan-osti-chizilgan-parchalar.html
  3. ↑„arxiv nusxasi“ . 27-sentabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 27-dekabr 2020-yil.

Havolalar [ tahrir | manbasini tahrirlash ]

  • Dunyoning ishlari asari haqidaWayback Machine saytida arxivlandi (2021-09-27).