Press "Enter" to skip to content

Dunyoning ishlari kitob pdf

3.Asardan keltirilgan parchalar yuzasidan sahna ko’rinishlari ijro qilish.

O’tkir Hoshimov “Dunyoning ishlari”

2.O’tkir Hoshimov hayoti va ijod yo’li haqidagi videorolik namoyishi.

3.Asardan keltirilgan parchalar yuzasidan sahna ko’rinishlari ijro qilish.

4.Boshqotirma yechish.

5.3/3 metodi orqali matn ustida ishlash

Darsning borishi

I.Tashkiliy qism:Dars adabiyot fani haqidagi she’r bilan boshlanadi:

Adabiyot o’tmish,adabiyot kelajak,

Adabiyot achchiq qismatlar darsi.

Kinolarga o’xshaydi bu dars

Ba’zan o’lar suyuk qahramon,

Nega hayot buncha teskari,

Xoinlarni saqlaydi omon.

Davomat aniqlanadi,uyga vazifa so’raladi

O’qituvchi:Aziz o’quvchilar!Xalqimiz o’zi suygan farzandlarini doimo e’zozlab kelgan. El ardog’idagi odam”deya bu insonlarni barcha birdek qadrlagan,yaxshi va yomon kunlarida mudom yonida kamarbasta bo’lgan. Shu boisdanmi, ularning yurt ravnaqi yo’lidagi fidokorona xizmatlari hammaning dilida mangu saqlanadi.Yozuvchi O’tkir Hoshimov nomini ana shunday faxr tuyg’ulari bilan tilga olamiz. Bugun biz darsimizda O’zbekiston xalq yozuvchisi,adabiyot va madaniyat arbobi,dramaturg,jamoat arbobi O’tkir Hoshimovning hayoti va ijodi hamda uning ,,Dunyoning ishlari” asari yuzasidan olgan bilimlaringizni mustahkamlab olamiz .Darsimizni guruhlar bilan ishlab olib boramiz.

II.O’tilgan mavzuni va uyga vazifani so’rash

O’tilgan mavzu ,,Aqliy hujum”metodi orqali mustahkamlanadi.

Har bir guruhga O’tkir Hoshimovning hayoti va ijodi hamda ,,Dunyoning ishlari”asari yuzasidan beshtadan savol beriladi.O’quvchilar berilgan savollarga guruh bilan birga javob berishadi.

1-guruh uchun savollar:

1. O’tkir Hoshimov qachon va qayerda tavallud topgan?(Toshkentning Do’mbirobod mahallasida 1941-yil 5-avgustda tavallud topgan)

2.Adibning hayot yo’liga nazar tashlaydigan bo’lsak, qanday sohalarda ishlaganligining guvohi bo’lamiz?(Xat tashuvchi,musahhih,muxbir,gazetada bo’lim mudiri,nashriyotda va jurnalda bosh muharrir)

3. Dunyoning ishlari”qissasi qachon yozilgan va u haqida qaysi adib yuksak baho bergan?(1982-yilda yozilgan bo’lib,O’zbekiston qahramoni adib Said Ahmad asar haqida ,,dostondek o’qiladi,uni o’ylab o’z onalarimizni o’ylab ketamiz.Ular oldidagi uzib bo’lmas qarzlarimizning aqalli bittasini uza oldikmi degan savol ko’ndalang bo’lib turadi” deb yozadi)

4. O’tkir Hoshimovning qaysi daramatik asarlari sahnalashtirilgan?(,,Qatag’on”. Inson sadoqati”. To’ylar muborak”,,Birovning tashvishi”, ,,Sizdan ugina,bizdan bugina’’)

5. O’tkir Hoshimov qaysi asari uchun qachon Hamza nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo’lgan?(1986-yilda ,,Ikki eshik orasi”romani uchun )

2-guruh uchun savollar

1. O’tkir Hoshimovning birinchi kitobi?(1962-yilda ,,Po’lat chavandoz “nomi bilan

2. O’tkir Hoshimov qaysi asari uchun mashhur yozuvchi Abdulla Qahhordan maqtov ehitadi?(1963-yilda yozilgan,,Cho’l havosi asari uchun ,,sof ,samimiy,tabiiy,iliq,rohat qilib o’qiladigan asar yozgani uchun maqtov eshitadi.)

3. O’tkir Hoshimovning romanlari qaysi?(,,Ikki eshik orasi”, ,,Nur borki soya bor”, ,,Tushda kechgan umrlar”)

4. O’tkir Hoshimov qaysi asari uchun qachon Oybek nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo’lgan?(1982-yilda ,,Dunyoning ishlari’asari uchun)

5. O’tkir Hoshimovning ko’p yillik samarali mehnati,o’zbek adabiyotiga qo’shgan beminnat hissasi hukumatimiz tomonidan qanday taqdirlangan?(1991-yilda Ozbekiston Xalq yozuvchisi unvoni bilan,1996-yilda ,,Mehnat shuhrati” ordeni,2001-yilda ,,Buyuk xizmatlari uchun “ordenlari bilan mukofotlangan)

3-guruh uchun savollar;

1. Dunyoning ishlari’qissasi qanday tuzilgan?(Asar kichik hikoyalardan iborat.Bu haqida adibning o’zi shunday yozadi. Bu qissa katta-kichik novellalardan iborat.Biroq ularning barchasida men uchun eng aziz odam-onam siymosi bor”

2. O’tkir Hoshimov hikoyalari qaysilar?(,,Muhabbat’, ,,Urushning so’nggi qurboni”

3. Dunyoning ishlari” qissasidagi qaysi hikoyalarni bilasiz?(Alla,Iltijo, Haqqush,Gilam paypoq,Oltin baldoq,O’ris bolaning onasi, Tasalli)

4. O’tkir Hoshimovning qissalari qaysilar?(,,Odamlar nima derkin?”, ,,Dunyoning ishlari”, ,,Bahor qaytmaydi”, ,,Ikki karra ikki besh”. Shamol esaveradi”)

5. Dunyoning ishlari”qissasining qaysi bobida adib onasining ,,Meni ham kitob qilib yozsang-chi ,bolam “degan gaplarini esga oladi?(,,Iltijo’)

S avol-javob baholanadi.

III.Yangi mavzu bayoni:

Yangi mavzu e’lon qilingach, O’tkir Hoshimovning hayoti va ijodi haqidagi videorolik namoyish qilinadi.So’ngra asardam keltirilgan parchalar asosida guruh a’zolari tomonidan tayyorlangan sahna ko’rinishlari ijro etiladi.1-guruh ,,Gilam paypoq”,2-guruh ,,Oltin baldoq”,3-guruh ,,Qarz”hikoyalari bo’yicha ishlangan sahna ko’rinishlari ijro etishadi.So’ngra har bir guruh sahna ko’rinishi yuzasidan savillar beradi.

Savollar quyidagicha bo’lishi mumkin.

1.Nima uchun adib har yili dam olishga borganda onasiga gilam paypoq sovg’a qilardi?

2.Xosh,ayting-chi,oltin baldoqni haqiqatan ham, qo’shni ayol olganmikan?

3.Ayting-chi, nima uchun adibning qo’lidan konfetlar tushib ketadi?

IV.Mustahkamlash.

M avzu bo’yicha mustahkamlash boshqotirma yechish sharti bilan davom ettiriladi.Boshqotirma ,,Dunyoning ishlari”asari bo’yicha tuzilgan bo’lib,har guruhga beriladi.Guruh a’zolari uni birgalikda yechishadi.

BOSHQOTIRMA

Savollar quyidagicha bo’lishi mumkin.

1,,Iltijo”hikoyasida adib onasining nima haqidagi hikoyasini eslaydi?

2.Qaysi hikoyada Hakima ayaning o’z nafaqasini qo’shnilarining xursandchili uchun sarflashi bayon qilingan?

3. Haqqush” hikoyasidagi aka-ukalardan birining nomi?

4. Qarz’hikoyasidagi qo’shni qizning ismi kim edi?

5.Qaysi hikoyada onaning o’z farzandi uchun hatto o’z jonidan kechishga ham tayyor ekanligi bayon etilgan?

6.Qaysi hikoya ilohiy kuchga ega bo’lgan,ko’ngillarni eritadigan ohang haqida?

7.Qaysi hikoyada insonning ona oldidagi farzandlik burchi hech qachon to’lab bo’lmas qarz ekanligi tasvirlanadi?

3/3 metodi orqali har bir guruh a’zolari matn bo’yicha 3 ta xato,3 ta to’g’ri ma’lumot yozilgan qog’ozlarni bir-biriga berib, to’g’ri va xato javoblarni topishadi.

V.Darsni yakunlash .

Guruhlar to’plagan ballar hisoblanib, g’olib guruh aniqlanadi,o’quvchilar baholanadi.

O’qituvchi:Aziz o’quvchilar ,mana bugun biz ,,Dunyoning ishlari”asari bo’yicha olgan bilimlarimizni takrorlab ,bilim,ko’nikma va malakalarimizni mustahkamladik. Darsimiz so’nggida shunday xulosa yasashimiz mumkinki,har birimiz oilamiz ustuni, umrimiz mazmuni bo’lgan ota-onalarimizning qadriga yetaylik ,ularning har bir so’zini jon qulog’imiz bilan tinglab ,pand-u nasihatlariga quloq tutaylik.Bu hayotda ularning duolarini olib yashaylik.Chunki ota-onamiz oy va quyosh yanglig’ hayotimizni nurafshon qilib turishadi.Alisher Navoiy bobomiz aytganlaridek:

Boshni fido ayla ato boshig’a,

Jismni qil sadqa ano qoshig’a.

Tun-kuningga aylagali nurposh

Birisin oy angla,birisin quyosh.

VI.Uyga vazifa: ,,Ona –ulug’ zot” mavzusida matn yaratib kelish.

O’tkir Hoshimov. Dunyoning ishlari. Asardan osti chizilgan parchalar & Adib haqida videofilm

Қисса ҳақида Ўзбекистон халқ ёзувчиси Саид Аҳмад шундай деганди: “Дунёнинг ишлари” асарини қисса эмас, достон деб аташни истардим. У қўшиқдай ўқилади. Уни ўқиб туриб, ўз оналаримизни ўйлаб кетамиз. Шу мушфиқ, шу жафокаш оналаримиз олдидаги бир умр узиб бўлмас қарзларимизнинг ақалли биттасини уза олдикми, деган бир андиша, бир савол кўз олдимизда кўндаланг туриб олади. Қисса бизни инсофга, инсонни қадрлашга, ҳурмат қилишга чақиради”.

ОНАЛАРНИНГ БИЗ ТУШУНМАЙДИГАН,
БИЗНИНГ ЎЛЧОВИМИЗГА СИҒМАЙДИГАН
ЎЗ ОЛАМИ БОР
“Дунёнинг ишлари” қиссасидан парчалар

Ўзбекистон халқ ёзувчиси Ўткир Ҳошимовнинг қирқдан ортиқ асарлари минг-минглаб китобхонларнинг маънавий мулкига айланишга улгурган. Ушбу асарлар жой олган китобларнинг умумий тиражи эса 2 миллион нусхадан ошган. Ёзувчи асарлари кўпгина хорижий тилларга таржима қилинган. Бу натижалар ҳар қандай ижодкор орзу қиладиган, интиладиган маррадир.

Биз қачон китобни севиб ўқиймиз? Унда таниш қисматлар акс этган бўлса, қаҳрамонлар билан дарддош, бахтдош бўла олсаккина. Шу нуқтаи назарда Ўткир Ҳошимовнинг “Дунёнинг ишлари” қиссаси ўқувчилар қалбидан чуқур ўрин эгаллаган асар сифатида қадрли. Қисса ҳақида Ўзбекистон халқ ёзувчиси Саид Аҳмад шундай деганди: “Дунёнинг ишлари” асарини қисса эмас, достон деб аташни истардим. У қўшиқдай ўқилади. Уни ўқиб туриб, ўз оналаримизни ўйлаб кетамиз. Шу мушфиқ, шу жафокаш оналаримиз олдидаги бир умр узиб бўлмас қарзларимизнинг ақалли биттасини уза олдикми, деган бир андиша, бир савол кўз олдимизда кўндаланг туриб олади. Қисса бизни инсофга, инсонни қадрлашга, ҳурмат қилишга чақиради”.

Қуйида “Дунёнинг ишлари” асаридан кўпчилигимизга қадрдон бўлган парчаларни келтирамиз.

Юлдузлар тўла осмонга тикиламан. Эҳтимол, осмондаги энг ёруғ юлдузлар оналарнинг жонидир. Эҳтимол, оналарнинг сўнган юлдузлари бирлашиб қуёшга айлангандир. Офтобни она дейишлари, эҳтимол, шундандир.

— Волидаи меҳрибонингиз хўп ярлақаган одам эканлар. Тўшакда ётмабдилар, бировга зориқмабдилар… Бунақа беозор ўлим ҳар кимга ҳам насиб этавермайди.
Эҳтимол шундайдир. Онам бу дунёда камсуқумгина яшарди. Ҳеч кимга озор бермасди. Ҳеч ким билан ҳеч нарсани талашмасди. Эҳтимол табиатнинг энг шафқатсиз элчиси билан ҳам олишиб ўтиришни хоҳламагандир.

Илгари бир ҳақиқатни билардим. Она учун боланинг катта-кичиги бўлмайди. Энди яна бир ҳақиқатни англадим. Бола учун ҳам онанинг катта-кичиги бўлмас экан. Она она экан. Унга бошқа сифат керак эмас.

Оналар фарзандлари ҳамиша бирга бўлишини истайдилар. Қисмат эса уларни қанот чиқариши билан ҳар ёққа учириб кетади. Ҳаёт лоақал шу масалада ҳам оналарга шафқат қилмайди.

Ҳақиқат ҳавога ўхшайди. Нафас олиб турасизу ўзини кўрмайсиз. Онам айтган афсоналар ҳам ҳаётдек оддий, ҳаётдек чуқур ҳақиқат экан.

— Нимага бировнинг боласи бўлар экан! – тўсатдан онамнинг жаҳли чиқиб кетди. – Йиғлаб турган боланинг бегонаси бўладими? Уялмайсанми шунақа дегани? Йиғлаб турган норасидага раҳми келмаган одам – одамми?

Индамадим. Аммо барибир ўшанда онамни ноҳақ ҳисоблаган эдим. Йўқ, чамамда, оналарнинг биз тушунмайдиган, бизнинг ўлчовимизга сиғмайдиган ўз олами борга ўхшайди.

Ҳар ким ҳар кимнинг кўзига чўп солиши мумкин, ҳар ким ҳар кимга хиёнат қилиши мумкин. Фақат она ўз боласига ҳеч қачон хиёнат қилмайди. Эҳтимол, инсон ҳаётининг шунча йиллардан буён давом этиб келаётгани шундандир.

Эҳтимол, дунёнинг бу четида туриб бир одам айтган қўшиқни дунёнинг нариги чеккасидаги бошқа бир одам тушунмас. Эҳтимол, дунёнинг бу чеккасида туриб бир одам айтган энг оқилона фикрни дунёнинг нариги чеккасидаги бошқа бир одам тушунмас. Бироқ дунёнинг бу чеккасида туриб она айтган аллага дунёнинг нариги чеккасидаги гўдак бемалол ором олади. Нега шунақа? Наҳотки, гўдак тушунган нарсага биз тушунмасак? Эҳтимол, бунинг боиси бошқа жойдадир. Эҳтимол она тушунган нарсани бизлар тушунмасмиз. Балки шунинг учун ҳам она – табиатнинг энг буюк ихтиросидир.

Оқ мармар, қора мармар… Бу сўзларнинг ҳар битта ҳарфига қанчадан қанча кўзёши томганини биламан. Эҳтимол булар инсон боласининг ҳаётда энг рост сўзларидир. Фақат… ҳар гал уларни ўқиганда бир нарсани ўйлайман: мана шу сўзларни юрак-юракдан, изтироб билан айтган фарзанд онаси ҳаёт эканлигида қанчалик кўнглини ололди экан?

Фақат бир нарсани аниқ айтишим мумкин. Мабодо Тангри марҳумларга қайта жон ато қилса-ю оналар тирилиб қолса, ҳаёт пайтида меҳр берганми, бермаганми – барибир фарзандларини мақтаб гапирган бўларди. Оналар ҳатто вафотидан кейин ҳам оналигича қолади.

Баҳор деворининг офтобрўя этакларидан бошланмайди. Баҳор ариқларнинг кунгай соҳилларидан бошланмайди. Баҳор мана шу ердан бошланади. Қабрлар устида қўнғироқ чалган чучмомалар, ловиллаб ёнган қизғалдоқлар оналарнинг фарзандини юпатиш учун тақдим этган чечаклари бўлса ажаб эмас…

Замира РЎЗИЕВА тайёрлаган

5 avgust — O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimov tug‘ilgan kun

Qissa haqida O‘zbekiston xalq yozuvchisi Said Ahmad shunday degandi: “Dunyoning ishlari” asarini qissa emas, doston deb atashni istardim. U qo‘shiqday o‘qiladi. Uni o‘qib turib, o‘z onalarimizni o‘ylab ketamiz. Shu mushfiq, shu jafokash onalarimiz oldidagi bir umr uzib bo‘lmas qarzlarimizning aqalli bittasini uza oldikmi, degan bir andisha, bir savol ko‘z oldimizda ko‘ndalang turib oladi. Qissa bizni insofga, insonni qadrlashga, hurmat qilishga chaqiradi”.

ONALARNING BIZ TUSHUNMAYDIGAN,
BIZNING O’LCHOVIMIZGA SIG’MAYDIGAN
O’Z OLAMI BOR
“Dunyoning ishlari” qissasidan parchalar

O’zbekiston xalq yozuvchisi O’tkir Hoshimovning qirqdan ortiq asarlari ming-minglab kitobxonlarning ma’naviy mulkiga aylanishga ulgurgan. Ushbu asarlar joy olgan kitoblarning umumiy tiraji esa 2 million nusxadan oshgan. Yozuvchi asarlari ko’pgina xorijiy tillarga tarjima qilingan. Bu natijalar har qanday ijodkor orzu qiladigan, intiladigan marradir.

Biz qachon kitobni sevib o’qiymiz? Unda tanish qismatlar aks etgan bo’lsa, qahramonlar bilan darddosh, baxtdosh bo’la olsakkina. Shu nuqtai nazarda O’tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” qissasi o’quvchilar qalbidan chuqur o’rin egallagan asar sifatida qadrli. Qissa haqida O’zbekiston xalq yozuvchisi Said Ahmad shunday degandi: “Dunyoning ishlari” asarini qissa emas, doston deb atashni istardim. U qo’shiqday o’qiladi. Uni o’qib turib, o’z onalarimizni o’ylab ketamiz. Shu mushfiq, shu jafokash onalarimiz oldidagi bir umr uzib bo’lmas qarzlarimizning aqalli bittasini uza oldikmi, degan bir andisha, bir savol ko’z oldimizda ko’ndalang turib oladi. Qissa bizni insofga, insonni qadrlashga, hurmat qilishga chaqiradi”.

Quyida “Dunyoning ishlari” asaridan ko’pchiligimizga qadrdon bo’lgan parchalarni keltiramiz.

Yulduzlar to’la osmonga tikilaman. Ehtimol, osmondagi eng yorug’ yulduzlar onalarning jonidir. Ehtimol, onalarning so’ngan yulduzlari birlashib quyoshga aylangandir. Oftobni ona deyishlari, ehtimol, shundandir.

— Volidai mehriboningiz xo’p yarlaqagan odam ekanlar. To’shakda yotmabdilar, birovga zoriqmabdilar… Bunaqa beozor o’lim har kimga ham nasib etavermaydi.

Ehtimol shundaydir. Onam bu dunyoda kamsuqumgina yashardi. Hech kimga ozor bermasdi. Hech kim bilan hech narsani talashmasdi. Ehtimol tabiatning eng shafqatsiz elchisi bilan ham olishib o’tirishni xohlamagandir.

Ilgari bir haqiqatni bilardim. Ona uchun bolaning katta-kichigi bo’lmaydi. Endi yana bir haqiqatni angladim. Bola uchun ham onaning katta-kichigi bo’lmas ekan. Ona ona ekan. Unga boshqa sifat kerak emas.

Onalar farzandlari hamisha birga bo’lishini istaydilar. Qismat esa ularni qanot chiqarishi bilan har yoqqa uchirib ketadi. Hayot loaqal shu masalada ham onalarga shafqat qilmaydi.

Haqiqat havoga o’xshaydi. Nafas olib turasizu o’zini ko’rmaysiz. Onam aytgan afsonalar ham hayotdek oddiy, hayotdek chuqur haqiqat ekan.

— Nimaga birovning bolasi bo’lar ekan! – to’satdan onamning jahli chiqib ketdi. – Yig’lab turgan bolaning begonasi bo’ladimi? Uyalmaysanmi shunaqa degani? Yig’lab turgan norasidaga rahmi kelmagan odam – odammi?

Indamadim. Ammo baribir o’shanda onamni nohaq hisoblagan edim. Yo’q, chamamda, onalarning biz tushunmaydigan, bizning o’lchovimizga sig’maydigan o’z olami borga o’xshaydi.

Har kim har kimning ko’ziga cho’p solishi mumkin, har kim har kimga xiyonat qilishi mumkin. Faqat ona o’z bolasiga hech qachon xiyonat qilmaydi. Ehtimol, inson hayotining shuncha yillardan buyon davom etib kelayotgani shundandir.

Ehtimol, dunyoning bu chetida turib bir odam aytgan qo’shiqni dunyoning narigi chekkasidagi boshqa bir odam tushunmas. Ehtimol, dunyoning bu chekkasida turib bir odam aytgan eng oqilona fikrni dunyoning narigi chekkasidagi boshqa bir odam tushunmas. Biroq dunyoning bu chekkasida turib ona aytgan allaga dunyoning narigi chekkasidagi go’dak bemalol orom oladi. Nega shunaqa? Nahotki, go’dak tushungan narsaga biz tushunmasak? Ehtimol, buning boisi boshqa joydadir. Ehtimol ona tushungan narsani bizlar tushunmasmiz. Balki shuning uchun ham ona – tabiatning eng buyuk ixtirosidir.

Oq marmar, qora marmar… Bu so’zlarning har bitta harfiga qanchadan qancha ko’zyoshi tomganini bilaman. Ehtimol bular inson bolasining hayotda eng rost so’zlaridir. Faqat… har gal ularni o’qiganda bir narsani o’ylayman: mana shu so’zlarni yurak-yurakdan, iztirob bilan aytgan farzand onasi hayot ekanligida qanchalik ko’nglini ololdi ekan?

Faqat bir narsani aniq aytishim mumkin. Mabodo Tangri marhumlarga qayta jon ato qilsa-yu onalar tirilib qolsa, hayot paytida mehr berganmi, bermaganmi – baribir farzandlarini maqtab gapirgan bo’lardi. Onalar hatto vafotidan keyin ham onaligicha qoladi.

Bahor devorining oftobro’ya etaklaridan boshlanmaydi. Bahor ariqlarning kungay sohillaridan boshlanmaydi. Bahor mana shu yerdan boshlanadi. Qabrlar ustida qo’ng’iroq chalgan chuchmomalar, lovillab yongan qizg’aldoqlar onalarning farzandini yupatish uchun taqdim etgan chechaklari bo’lsa ajab emas…

Zamira RO’ZIEVA tayyorlagan