Press "Enter" to skip to content

Ushbu kitobga o xshash asarlar

Dutor-basning tuzilishi

Dutor darslik kitobi

1. Musiqa cholg’ularidan « Ud, Rubob, Dutor, Qonun» cholg’usini paydo bo’lishi.

2. Xalq cholg’ularini yasalishi va guruhlarga bo’linishi.

3. O’zbek xalq mezrobli cholg’ularini ijrochilikda qo’llanilishi.

4. Cholg’u asboblarning ijroviy imkoniyatlari.

5. Tjrli – mezrobli cholg’ularining mashhur ijrochilari.

Ud juda qadimiy musiqa asbobidir. Uning bizga ma’lum bo’lgan dastlabki shakli Ayritomdan topilgan. Eramizning birinchi asrlariga oid ajoyib madaniyat yodgorligida o’z aksini topgan. Ud arabcha so’z bo’lib, uning lug’aviy ma’nosi turlichadir. U birinchidan, yog’ochi qora tusli daraxatning nomidir. Ud dastlab shu daraxtdan yasalgan bo’lishi kerak. Ikkinchidan, ud iborasi bayram, to’y-tomosha, xursandchilikni ifodalaydigan «iyd» iborasining ma’lum shaklidir. Bu o’rinda xushchaqchaqlik kayfiyatni bag’ishlovchi soz ma’nosida ham kelishi mumkin.

Udning dastlabki nomi «Barbad» bo’lganligini ba’zi manbalarda ko’rsatib o’tiladi. Barbad ikki so’zdan iborat bo’lib Bar-qomat, bad-o’rdak ma’nolarda keladi. Barbad qorni katta va dastasi kalta musiqasi asbobidir. Unga o’rdak qomatiga o’xshagani uchun barbad nomi berilganmish. Barbad ko’p manbalarda hamma torli asboblarning yuzaga kelishida asos bo’lgan, deb ko’rsatiladi. Uning eng takomillashgan keyingi shakli go’yo ud emish.

Ud qariyb XVII asrlargacha yashagan, deb taxmin qilinadi. Keyinchalik esa Œ rta Osiyoda iste’moldan chiqib ketgan hamda udning xususiyatlari va funksiyasini bajara oladigan boshqa qadimiy musiqa asboblari uning o’rnini ola boshlaydi.

Œ rta Osiyo xalqlarining, jumladan o’zbek, tojiklarning cholg’u asboblari rang-barangdir. Albatta, bu xalqlarning madaniyati qadimdan boy bo’lganligi, tinmay rivojlanganligidan dalolat beradi.

Œ rta Osiyodan yetishib chiqqan buyuk allomalar al Forobiy (X), Abu Ali ibn Sino (X-XI), Qutbiddin Sheroziy, Safiuddin Urmaviy (XIII-XIV), Abdul Qodir Marog’iy (XV asr), Abdurahmon Jomiy (XV asr), Darvish Ali Changiy (XVII asr) singari mutafakkir olimlar ijodlarining bir qancha mavzularini musiqa faniga bag’ishlaganlar.

Bizning davrimizga kelib, hozirda ud cholg’usi kavkaz xalqlarida, arablarda, eron, turk va boshqa xalqlarda iste’moldan chiqmagan holda qo’llanilib kelinmoqda. Yaqin yillar davomida o’zbek va tojik xalqlari orasida ham sozandalarda qiziqish uyg’ondi, qolaversa, respublikamiz musiqa san’atining jonkuyarlari tashabbusi bilan ud cholg’usini mukammalroq o’rganib ya’ni, xalqimizning qadimiy musiqa asboblari qatoriga qo’shishdek xayrli ishlar olib borilmoqda. Yuqorida aytib o’tganimizdek, buyuk olimlar, mumtoz adabiyotimizning ulkan shoirlari, musiqa san’atini chuqur tahlil qilgan holda, inson salomatligi-yu ruhiga, tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko’rsatishi, qolaversa, inson hayoti go’zalligini ajralmas bo’lagi va ramzi, deb o’qtirganlar.

Qadimiy udlar, avvalo ikki torli bo’lib, ular «zir» va «bam» deb nomlangan. Bam-pastdagi, zir-yuqoridagi ingichka tor. Keyinchalik uch-to’rt torli bo’lgan. Al-Forobiy esa unga beshinchi torni o’rnatgan. Ana shundan buyon ud cholg’usining asosiy torlari beshta juft tordan iborat. Oltinchi tori (bitta tordan iborat) esa ayrim kuylar ijro etilganda qo’shib chalinadi.

Qadimda udning torlari ipakdan ishlanganligi ayrim musiqa risolalaridan bizga ma’lum. Oltinchi tor esa taxminan yaqin yillardan beri ishlatila boshlandi. Bu tor ud cholg’usining tembri, ya’ni tovushining yanada boyitdi.

Udning tuzilish i

Ud asbobi kosa, dasta, bosh qismdan tashkil topgan. Kosasi-bir-biriga yopishtirilgan bir necha qovurg’asimon taxtachadan iborat. Ustiga yog’ochdan tayyorlangan qopqoq zich qilib biriktiriladi. Qopqoqda uchta rezonator-ovoz tebranib chiqadigan teshik bo’lib, ustiga torlar tayanadigan xarrakni zich qilib tutashtiriladi.

Dasta-kosaga mahkam biriktirilib, unga parda bog’lanmaydi. U g’ijjak dastasiga o’xshab sof, tekis bo’ladi. Udning bosh qismi, torlarni mahkamlash va tortish uchun mo’ljallangan bo’lib, unga 11 ta yog’och (beshtasi o’ng va oltitasi chap tomonda) o’rnatilgan. Udning bosh qismi bilan dasta tutashgan yerda shayton xarrak joylashgan. U ochiq torlarni tayanchi hisoblanadi. Udning ishchi qismi ana shu yerdan boshlanadi.

Udning sozlanishi

San’atshunos olimlar va musiqa nazariyotchilarning ilmiy risolalariga qaraganda ud sozining birinchi, ikkinchi, uchinchi, to’rtinchi juft torlari oralig’ining sozlanishi sof kvartadir. Faqat eng pastki torlari ya’ni to’rtinchi bilan beshinchi va beshinchi bilan oltinchi torlarining oralig’i katta sekunda intervalida sozlangan.

Oltinchi tor «sol» kichik oktava, beshinchi «lya» kichik oktava, to’rtinchi «si» kichik oktava, uchinchi «mi» birinchi oktava, ikkinchi «lya» birinchi oktava, birinchisi «re» ikkinchi oktava.

Udning umumiy ijrochilikdagi imkoniyati keng bo’lishiga qaramasdan, bizning an’anaviy ijrochilikdagi uslubimizga har bir pardasidan kuy jumlasini boshlaverish to’g’ri kelmasligi, amaliy o’zlashtirishimizda o’z ifodasini topdi. Ana shu imkoniyatlarni va ko’pgina maqom kuylarimizning diapozon jihatidan kengligini inobatga olgan holda, ud soziga biroz o’zgartirish kiritdik. Ud torlarning yuqoridan birinchi, ikkinchi, uchinchi, to’rtinchi juft torlar oralig’idagi sozini saqlagan holda, to’rtinchi bilan beshinchi tor oralig’ini sof kvartaga, beshinchi bilan oltinichi tor oralig’ini esa katta sekundaga moslab sozladik. Misol uchun mi, fa#, si, mi, lya va re. Darslikka kiritgan kuylar ham ana shu o’zgartirilgan sozga mo’ljallangan. Kuylarni notaga olishda sol kaliti (yoki skripka kalitida) yozilishida, yosh mutaxassis sozandalariga bir oz qulaylik yaratilishi mumkin.

Rubob

Rubobning paydo bo’lish tarixi uzoq qadim zamonlarda borib taqaladi. Ma’lumotlarga qaraganda eng dastlabki ruboblar eramizdan oldingi ikki minginchi yillarda dunyoga kelgan deb taxmin qilinadi. Asrlar o’tib rubob cholg’usi shakllanib bizgacha yetib keldi. Rubob cholg’usidan uyg’ur, o’zbek, tojik va boshqa xalqlar ham keng foydalanadilar. Qashqar rubobi tut, chinor, o’rik va boshqa qattiq yog’ochlardan ishlanib, kuchli jozibali, serohang, jarangdor tovushga ega.

Qadimgi œ yma ruboblarning pardalari ichakdan eshilib uning dastasiga bog’lanar edi. Shu ruboblarning tovushqatori diatonik joylashgan bo’lib, maqomlar va mumtoz kuylarimiz ijro etilardi. Endilikda esa, 1936 yildan boshlab, barcha o’zbek musiqa cholg’ularimiz qatori rubob ham takomillashtirilib, xromatik tovushqatorga ega bo’ldi. Bu esa butun dunyo xalqlari musiqa asarlarini, shuningdek G’arbiy Ovropa klassik asarlarini ham ijro etish imkoniyatini berdi.

O’z rubobi bilan xalq hurmatiga sazovor bo’lgan marhum sozandalarimizdan: Muhammadjon Mirzayev, Ergash Shukrullayev, Abbos Bahromov, Nusrat Inoqovlardir. Ular ijro etgan kuylardan bahramand bo’lib turish shu sinfda tahsil ko’rayotgan har bir bo’lg’usi rubobchining eng asosiy burchi hisoblanadi. Hozirgi kunda ijro etib kelayotgan rubobchilar: Qobil Usmonov, Tohir Rajabov, Rahmatjon Tursunov, Husan Nabiyev, Anvar Inoqov, Rifatilla Qosimov, Rustam Karimov, Ari Boboxonov, Olimboy Rahmonov, Ravshan Hamroqulovlardir.

Rubobning sozlanishi

Rubobning kosasiga asosan baliq terisi ba’zi hollarda buzoqning yurak terisi ham qoplanadi. Rubob notasi yozilishidan ko’ra bir oktava past sozlanadi (ovoz beradi). Rubob besh tordan iborat. Uning birinchi tori juft bo’lib, fortepianoning yoki changning birinchi oktavadagi lya pardasiga va ikkinchi tori ham juft bo’lib, mi pardasiga, oxirgi ichakdan eshilgan yo’g’on tori bitta bo’lib, u chalinadigan kuyining mohiyatiga qarab, si yoki lya pardasiga sozlanadi.

Rubob xalq ansambli va orkestrda yetakchi vazifani bajaradi. Uning yoqimli tovushi mayin, serjilo, ohangi boshqa sozlardan ajralib turadi. Rubobning bir necha turlari bo’lib, ular rubob prima, rubob sekunda, rubob tenor deb ataladi.

Afg’on rubobi

Afg’on rubobi Sharq xalqlarining o’tmishdan cholg’u asbobi hisoblanib kelingan. Ushbu afg’on rubobi Hindiston, Pokiston, Eron, Afg’oniston, O’zbekiston, Tojikistonda keng tarqalgan bo’lib, bizning davrimizgacha yetib kelgan qadimiy cholg’u hisoblanadi. Bu rubobning nomlanishi bir necha xil bo’lgan. Tojik rubobi, Buxoro rubobi, badaxshon rubobi deb ham ataladi. Ayrim risolalarda Hindiston rubobi deb yuritilgan.

Ushbu afg’on rubobi cholg’usi to’g’risida musiqashunos olim Al-Forobiy, Darvish Ali o’zlarining risolalarida ta’riflab o’tganlar. Afg’on rubobining mayin tovushi xuddi ud cholg’u asbobining tovushiga o’xshaydi, shakli esa boshqacharoq.

O’zbekistonda ushbu cholg’u asbobini afg’on rubobi deb yuritiladi. Bu cholg’u asbobi o’ziga xos shaklga ega bo’lib, chertib chalinadigan torli-mizrobli cholg’ular guruhiga kiradi. Ushbu cholg’uning yasalishiga kelsak, usti teri bilan qoplangan katta va chuqur o’yma kosasining toraytirilgan yon tomonlaridan yuqori qismiga yupqa qopqoq yelimlangandir. Odatda korpus bilan bir butun yo’niladigan yo’g’on dastasida ichakdan atigi to’rt parda bog’langan bo’lib, qolganlarining yog’och qopqog’i ustiga cho’p qalamchalar yopishtiriladi.

Odatda afg’on rubob beshta chalinadigan asosiy pay tor (shu jumladan, unison sozlanadigan 1-2-juft va 3-4 juft torlar) hamda yon quloq (go’shak) larga tortiladigan 10-11 ta aks sado beruvchi sim torlarga ega bo’lib, asosiy kuychan torlar o’zaro kvartaga sozlanadi. Aks sado beruvchi simlar esa, pog’onama-pog’ona ko’tariluvchi sekundalarni tashkil etadi. Afg’on rubobining diapozoni ikki oktava bo’lganiga qaramay, deyarli professional xalq sozandalari ansambllarda va yakkanavoz ijroda keng qo’llaniladi.

Afg’on rubobining qayta ishlangan turi rubob tenor deb nomlanadi. Unda beshta tor bo’lib, hammasi ichakdan. Sozi kvarta intervali oralig’ida. 5-tor katta oktavadagi si, lya tovushiga, 4 va 3 juft torlar kichik oktavadagi mi tovushiga (unison), 2 va 1 torlar kichik oktavadagi lya tovushiga (unison) sozlanadi. Umumiy ovoz hajmi katta oktavadagi si tovushidan ikkinchi oktavadagi do, lya tovushiga qadar. Notalar eshitilishiga nisbatan oktava yuqorida skripka kalitida yoziladi.

Tanbur

Xalq musiqa cholg’ulari uzoq o’tmishda paydo bo’lgan, ilk cholg’ular eramizdan oldingi ikki minginchi yillarda paydo bo’lgan degan taxminlar bor.

IX-X asrlarda yashab ijod etgan musiqashunos olim Al-Forobiy tanburni shunday tasvirlaydi. Tanbur – bu forscha so’zdan olingan bo’lib, «Tan» bu yurak, dil degan ma’noni bildiradi. «Bur» esa kesmoq, qitiqlamoq, larzaga solmoq demakdir. Tanbur ham uzoq asrlardan beri o’zbek, tojik va uyg’ur xalqlariga madaniy xizmat qilib kelayotgan sernola, serohang dilrabo milliy musiqa cholg’ularimizdan biri bo’lib, uni tinglayotgan shinavandalar qalbini larzaga solib kelmoqda.

Tanburning yasalishi

Tanburning kosasi tut yog’ochidan, dastasi esa, asosan o’rik, yong’oq va boshqa yog’ochlardan yo’nilib yasaladi. Dasatasiga esa ichak pardalar bog’lanadi. Ichak pardalar diatonik tovushqatorda joylashgan bo’lib, ba’zilarida esa xas pardalar joylashgan bo’ladi. Torlari misdan tortilib, «Noxun» deb ataluvchi metaldan ishlangan moslama yordamida chalinadi.

Tanburning sozlanishi

Tanbur fortepianoning kichik oktava sol-re tovushiga sozlanadi. Asosan tanburda bitta chaluvchi, va ikkita ba’zan uchta sadolantiruvchi torlar bo’ladi.

Mashhur tanburchilardan Rixsi Rajabiy, Shobarot Tanburchi, Usta Ro’zimatxon Isabayev, Emmanuel Barayev, Shohnazar Sohibov (Tojikiston) va boshqalar. Hozirgi kunda xizmat qilib kelayotgan tanburchilar Turg’un Alimatov, Abdulla Umarov, Hasan Rajabiy, Mahmud Tojiboyev, va boshqalar.

Dutor

Dutor juda qadimiy musiqa asbobi, uning paydo bo’lish tarixiga kelsak, eramizdan avvalgi asrlarga borib taqaladi. Dutor tojikcha so’z bo’lib ikki tor degan ma’noni bildiradi.

Dutor asr-asrlardan o’zbek xalqiga madaniy xizmat qilib kelayotgan milliy musiqa cholg’ulardan biri hisoblanadi. Bu cholg’u faqat o’zbek xalqining cholg’usi bo’lmay, balki uni qardosh tojik, uyg’ur, qoraqalpoq, turkman xalqlari ham o’zlarining sevimli cholg’usi deb hisoblashadi.

Dutor kvarta, kvinta, oktava va unisonga ham sozlanadi. Bizda qo’llanilayotgan dutor-alt deb ataladi. Bu cholg’u kichik oktava lya va mi notalarga sozlanadi. Dutorga o’xshash cholg’uni, qozoqlarda «Do’mbira», qirg’izlarda «Qo’buz» deb atashadi.

Dutorning yasalishi

Dutorlar asosan ikki xil turda yasaladi. Qadim o’tmishda sozandalarimizga xizmat qilib kelayotgan dutor dastasiga ichak yoki ipakdan eshilgan pardalar bog’langan diatonik tovushqatorda (mumtoz kuylar va maqom yo’llari ijro etilardi) bog’langan va bu dutorlarni xalq dutorlari deyilgan.

Dutor yasalishi jihatdan ikki qismdan iborat (dasta va kosa) bo’lib, bularni birlashtiruvchi qismini «Bug’iz» deb ataladi. Dutorning kosasi o’yma va qovurg’achalarning birlashganidan yasalishi mumkin. «O’yma dutor» Samarqand, Xorazm, Tojikiston va Turkmanistonda qo’llanilib, bir bo’lak tut yog’ochidan o’yib ishlanadi. Qobirg’ali dutor ham tut yog’ochidan ishlanib, 8-10 bo’lak yupqa taxtachani egib birlashtiriladi. Kosa ustiga yopishtiriladigan qopqoq ham tut yog’ochidan tayyorlanadi. Odatda dutor yasaladigan tut yog’ochi soyada quritiladi. Dutorning umumiy uzunligi 1200-1300 mm, ayrim joylarda esa 750-800 mm ni tashkil etadi.

1936-37 yillarda Toshkentda o’zbek musiqa cholg’ularini takomillashtirish ustaxonasi ochilib, boshqa sozlar qatori nota ilmiga moslashtirilgan yog’och pardali, kapron torli yangi dutorlar ishlab chiqarila boshladi. Hozirgi kunda bu dutorda malakali o’qituvchilarimiz tomonidan yosh dutorchilarga ijrochilikdan saboq berilmoqda. Dutor haqida gap borganda, albatta, uning mohir ijrochilarini eslab o’tish joizdir.

Mashhur dutorchilar: H.A.Abdurasulov, Abdusoat Vahobov, Davlatoxun Qodirov, Yunus Rajabiylar dutor cholganlarida kishilar og’ir sukunatga cho’mib, olam-olam ma’noli hissiyotlar ummoniga botar ekan. Ulardan keyin esa Shokir Sartarosh, Orif Qosimov, Zokirjon Obidov, To’xtamurod Rasulov va boshqalar.

Hozirda esa xizmat qilib kelayotgan dutorchilar G’ulom Qo’chqorov, Abdurahim Hamidov, Mirsodiq Ergashev, Ro’zibibi Hojiyeva, Malika Ziyayeva, Obidjon Odilov, Sulton Qosimov va boshqalar.

Dutor prima.

Dutor prima dutorning kichraytirilgan turi. Buning qopqog’i tut o’rniga archa daraxtidan qilinadi. Ipak torlari o’rniga ichak tor tortilgan. Pardalar dastasini o’yib xromatik holda doimiy o’rnashtirilgan. Torlar kvarta bo’yicha birinchi oktavadagi mi va lya ga sozlanadi. Notalar skripka kalitida, eshitilishiga nisbatan oktava yuqorida yoziladi. Xajmi kichik oktavadagi mi-lya dan birinchi oktavadagi sol va ikkinchi oktavadagi do ga qadar. Dutorlar oilasiga mansub bu cholg’u asbobi eng baland tovushga ega bo’lib, skripka kalitida yoziladi. Ikki kapron ipak toridan iborat ushbu cholg’u asbobi kvarta oralig’ida sozlanadi. Applikatura jihatidan rubob prima g’ijjak asbobiga o’xshab ijro etiladi. Masalan: pissikato, bidratma, stakatto va hokazolar.

Dutor primani sozlanishi birinchi tor (pastki tor) mi va ikkinchi tor (yuqorigi tor) lya tovushlaridir. Dutor primaning umumiy ovoz hajmi birinchi oktavadagi mi tovushidan uchinchi oktava lya tovushiga qadar. Dutor prima orkestrda solo chalish va jo’rnavozlik vazifasini bajaradi.

Dutor sekunda

Yangi ishlangan dutorlar oilasiga kiruvchi ushbu dutor-sekunda cholg’usi, ovoz jihatidan o’rtacha registrda. Uning ham torlari ikki ipak tordan iborat bo’lib, kvarta oralig’ida sozlanadi. Tashqi ko’rinishi dutor primadan bir oz kattaroq qilib ishlangan, ya’ni dutorlarning kosasi bir xil bo’lib, dastasinnng uzunligi har xil bo’ladi. Dutor-bas va dutor-kontrabas cholg’u asboblarini kosasi katta bo’ladi. Dutor sekunda cholg’usining birinchi tori kichik oktava lya tovushiga, ikkinchi tori kichik oktava re tovushiga sozlanadi. Umumiy ovoz hajmi kichik oktavadagi lya tovushidan ikkinchi oktavadagi re tovushigacha.

Dutor-bas

Dutor-bas maxsus sinfi Toshkent Davlat konservatoriyasida 1948 yil ochilgan bo’lib, A.Nazarov ushbu sinfni tugatib, hozirgi kunda 1960 yildan buyon ushbu sinfda dars berib kelmokda. Dutor-bas iqtisosligi bo’yicha ijrochilarni tayyorlash va tarbiyalashda dosent A.K.Nazarovning xizmatlari kattadir. Dutor-bas asbobi o’zbek xalq cholg’u ansambli tarkibida bas tovushini mustahkamlash uchun xizmat qiladi. Ushbu asbobni sozanda o’tirgan holda ijro etadi.

Dutor-basning tuzilishi

Dutor bas-dutorning katta qilib ishlangan turi. Dutor basning to’rtta tori bo’lib, bular kvinta bo’yicha sozlanadi. To’rtinchi tor katta oktavadagi do, uchinchi tor katta oktavadagi sol, ikkinchi tor kichik oktavadagi re va birinchi tor kichik oktavadagi lya tovushlariga sozlanadi. Lya tori ichakdan qilingan bo’lib, qolganlari metaldandir. Notalar eshitilishi bo’yicha, bas kalitida yoziladi. Ovoz hajmi katta oktavadagi do dan birinchi oktavadagi sol ga qadar.

Dutor-kontrabas.

Dutor kontrabasning kosasi katta-katta “Qobirg’alar” dan iborat bo’lib, dutor basdan ancha kattaroq qilib ishlangan. Dastasi dutor bas asbobidan uzunroq bo’ladi, quloqlari temir metaldan ishlangan bo’lib, qattiq, tortib turish vazifasini bajaradi. Dutor kontrabasning torlari juda qalin bo’lib, orkestrda o’zining yo’g’on bas tovushi bilan, pastki registr tembrini mustahkamlaydi. Dutor kontrabasning kosasiga maxsus tayyorlangan tayoqcha o’rnatilib, o’tirgan holda ijro etiladi.

Qonun

Qonun yaqin va o’rta Sharq mamlakatlari cholg’usi hisoblanadi. Xususan, qonun cholg’usi Forobiy tomonidan musiqa nazariyasining qonuniyatlarini ifoda etuvchi cholg’u sifatida ixtiro etilgani haqida ma’lumotlar bor. Bu cholg’u Armaniston, Ozarbayjon, Turkiya, Sharqiy Turkiston markaziy Osiyoda keng ishlatilgan.

XVII asrda Darvishali Changiy yozib qoldirgan «Risolayi musiqiy» da qonunning qadimiy cholg’u asboblaridan ekanligi qayd qilinadi. Bu cholg’u bizda XX asrning 30-yillardan boshlab ishlatilmadi va nihoyat 1978-1980- yillarda mohir sozanda, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Abdurahmon Xoltojiyev tomonidan yanada qaytadan o’lkamizga olib kelindi va ishlatila boshlandi.

Cholg’ular haqidagi kitobning arfaga bag’ishlangan bo’limida, Forobiy eslatgandek «Ma’zif» cholg’usi ovozining yo’nalishi jihatidan arfaga yaqin, sadosi ochiq torlarning tebranishi orqali hosil bo’ladi. Safiuddin Urmaviyning XII asr yozishicha, ikki turdagi qonun mavjud bo’lgan.

XV asrda «Kanz-al-tuxaf» nomli (anonim) fors traktatida qonun va nuzxa haqida rasmlar bilan ma’lumot berilgan. Muallifning yozishicha, qonun olxo’ri daraxtidan tayyorlangan yoki uzumning zangidan. Pastki qismining uzunligi 81 sm, qarama-qarshi qisqa tomoni 45,5 sm, qiya tomoni 74,25 sm. O’sha davrning qonunida 13 ta uchtalik torlar bo’lgan. O’ng tomonida xarrak, yana shu qiya tomonida quloqlar joylashgan.

Nuzxa qonunga nisbatan ikki barobar katta, shamshod, kiparis yoki qizil tol daraxtidan tayyorlangan. Ustki qismi (dekasi) ud sozinikiga o’xshash, juda ham yupqa qilingan. Torlarining bir qanchasi uchtalik. Ular butun ustgi qobiq bo’ylab tortilgan. Ular orasida bittalik turli uzunlikdagi torlar joylashgan. Quloqlar cholg’uning chap tomonida joylashgan. Nuzxani ham, qonun singari, ikkala qo’l barmoqlarida chalishgan.

Qonunning tuzilishi

Hozirda qo’llaniladigan qonun ko’p torli, yassi sathli, trapsiya ko’rinishdagi cholg’udir. Uzunligi 800-900 mm, eni 380-400 mm bo’lib, chinor, tut, yong’oq, o’rik daraxtlari yog’ochidan tayyorlanadi. Daraxt yog’ochidan yasalgan qopqog’i (deka) asosiy vazifani bajaradi. Dekaning ozroq qismi hayvon yoki baliq terisi bilan qoplanadi. Qopqoqning ustida turli gul shaklidagi uchta tovushxonasi mavjud. Pastki qopqog’i va atrofi aksariat hollarda klyon daraxti yog’ochidan yasaladi. Ustki qopqog’i oralig’ida 24-25 ta (uchtalik) ichak – yupqa torlari va ya’ni 72-75 dona torlar joylashgan. To’g’ri burchak shakldagi qismida teshik orqali torlar o’tkazib bog’lanadi va yopib qo’yiladi. Uchburchak shaklidagi qismida maxsus kalit bilan buraladigan yog’och quloqlariga, torlarning boshqa tomoni soat millariga qarama-qarshi ravishda o’ralib, maromiga yetgunga qadar sozlanadi. Teri qoplamining ustida torlar, ostida uzun yog’och xarrak joylashadi. Boshqa tomonidagi shayton xarrak orasidan simlar o’tkaziladi. Shayton xarraklari yonida 1-2-3 tagacha maxsus «Urb» moslamalari joylashtirilgan. Urb moslamalari ijro vaqtida torlarni kichik sekunda, katta sekunda va kichik tersiyagacha ko’tarib-tushirish imkoniyatini beradi.

Qonunga o’xshash cholg’ulardan: ruslarda Gusli, latishlarda Kuokle, estoniyada Kannel, latviyada Konkles, ozarbayjonda Cheng, ukrainada Bandura, osetinlarda Duadastanon, G’arbiy Ovrupada Simbala deb yuritiladi.

Qonunni noxun va mediator bilan ijro etadilar. O’ng va chap qo’l ko’rsatgich barmoqlariga, ba’zida boshqa barmoqlarga ham noxun taqilib, barmoq va noxun orasiga mediator kiydirib ijro etiladi. Mediator 30-40 mm uzunlikda va 1,5-2 mm qalinlikda, eni esa 0,5-0,7 mm bo’ladi. Noxun esa bo’yi 25-30 mm, eni 10-15 mm bo’lib, sozandaning qo’liga osongina moslashtirish mumkin bo’lgan holda metaldan yasaladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Akbarov Il. Musiqa lug’ati T., San’at 1990 yil.

2. Vizgo T. O’rta Osiyo musiqa asboblari. Moskva., 1980 yil.

3. Karomatov F. O’zbek chlg’uchilik musiqasi. Moskva., Muzika 1980yil.

4. Odilov A. O’zbek xalq cholg’u asboblarida ijrochilik tarixi.

Toshkent., O’qituvchi 1995 yil.

5. Fitrat A. O’zbek klassik musiqasi va uning tarixi.

Toshkent., Fan., 1993 yil.

6.Petrosyants A.I. Cholg’ushunoslik T., San’at 1990 yil.

7. Nurmatov H. Rubob darslik T., O’qituvchi 2004 yil.

Dutor darslik kitobi

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o’qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro’yxatdan o’tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to’ldirish mumkin, kerak bo’lgan kitob uchun qanday to’lovni amalga oshirish

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo’lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Liderlar kitobi

Ko‘rganlar, jami:
Nashr yili:
ISBN raqami:

Kitob mahsulotlarining xarakteristikalari, yetkazib berish shartlari, tashqi ko’rinishi va rangi haqidagi ma’lumotlar faqat ma’lumot uchun mo’ljallangan va joylashtirilgan paytda mavjud bo’lgan eng so’nggi ma’lumotlarga asoslanadi.

Elektron kitob:

Mavjud emas.
Buyurtma uchun: (90) 959-25-26

Do‘stlarizga tavsiya eting

  • Annotatsiya
  • Fikr va mulohazalar

Ушбу нашрда жуда кўп янги ғоялар, ҳаётга теран назар билан қараш, ғолибликка интилиш, саодат ва комиллик учун дадил қадам ташлаш, жасурлик ва мардлик каби инсоний фазилатларни ўзида шакллантириш, Ватан ривожига, унинг иқтисодини юксалтиришга астойдил киришиш, ақл-заковатни, илмни ҳар қандай ишдан устун қўйиш каби ҳолатлар мавжуд бўлган. Унутманг, Лидер дегани, аввало ўз устида ишлайдиган ва ўзгаларга ёрдам қўлини чўзадиган инсондир.

Ўқувчилар эътиборига ҳавола қилинаётган ушбу китоб давлат хизматчилари, хусусий сектор вакиллари, ёш олимлар, талаба ва бўлажак Лидерлар ҳаёт йўлида кўмакчи бўлади, деб ўйлаймиз.

Tabiiy fanlar, 2 sinf, Suyarov K., 2021

Учебник по естествознанию для 2 класса на узбекском языке.

Фрагмент из книги:
Bahor va yozda bir qancha ishlar bajariladi. Xususan, erta bahorda dalalar shudgor qilinib, ekinlar ekiladi. Yozda sabzavot ekinlari, handalak, bodring, pomidor yetiladi. Mevalardan qulupnay, o‘rik, gilos, olmalar pishadi. Maktablarda o‘qish yakunlanib, o‘quvchilar yozgi ta’tilga chiqishadi.

BAHOR VA YOZ.
Bahorda yog‘in ko‘p yog‘ishining qanday ijobiy tomonlari bor?
Bahor kelishi bilan tabiat uyg‘onadi, daraxtlar gullab, meva tugadi.

Yer yuzasini yam-yashil maysalar qoplaydi. Bahor yilning yomg‘irli mavsumi hisoblanadi. Bahorda havo asta-sekin isiy boshlaydi. Bahorgi iliq kunlar boshlanishi bilan qorlar erib, daryo va ko‘llar, suv omborlari suvga to‘ladi.

Bahorda bulutli kunlar ko‘p bo‘ladi. Chaqmoq va momaqaldiroq singari tabiat hodisalari ham ko‘pincha bahor faslida kuzatiladi.

MUNDARIJA.
1-BOB. TABIAT.
1-mavzu. Men izlanuvchiman!.
2-mavzu. Amaliy mashg‘ulot. Rangli eritma yordamida gulni bo‘yash.
3-mavzu. Tirik organizmlar va jonsiz tabiat.
1-bob yuzasidan topshiriqlar.
2-BOB. O‘SIMLIKLAR.
4-mavzu. O‘simliklarning xilmaxilligi.
5-mavzu. O‘simlik organlari.
6-mavzu. O‘simliklarning hayot sikli.
7-mavzu. Amaliy mashg‘ulot. Urug‘ning tuzilishini o‘rganish.
8-mavzu. Loyiha ishi. Urug‘ning unib chiqish jarayonini o‘rganish.
2-bob yuzasidan topshiriqlar.
3-BOB. HAYVONLAR.
9-mavzu. Hayvonlarning xilmaxilligi.
10-mavzu. Amaliy mashg‘ulot. Umurtqasiz va umurtqali hayvonlarni o‘rganamiz.
11-mavzu. Hayvonlarning oziqlanishi.
3-bob yuzasidan topshiriqlar.
4-BOB. ODAM.
12-mavzu. Odamning tana qismlari.
13-mavzu. Sog‘lom turmush tarzi.
14-mavzu. Amaliy mashg‘ulot. To‘g‘ri ovqatlanish.
4-bob yuzasidan topshiriqlar.
5-BOB. YASHASH JOYI.
15-mavzu. Cho‘l.
16-mavzu. O‘rmon.
17-mavzu. Tog‘lar.
18-mavzu. Suvdagi hayot.
19-mavzu. Amaliy mashg‘ulot. O‘simlik va hayvonlarni yashash joyiga mos ravishda joylashtirish.
5-bob yuzasidan topshiriqlar.
6-BOB. BIZNING SAYYORA.
20-mavzu. Yer yuzasi qanday o‘zgaradi?.
21-mavzu. Amaliy mashg‘ulot. Zilzila vaqtida to‘g‘ri harakatlanishni o‘rganamiz.
22-mavzu. Suv havzalari.
23-mavzu. Amaliy mashg‘ulot. Suv havzalarini farqlash va ularni tasvirlash.
6-bob yuzasidan topshiriqlar.
7-BOB. OB-HAVO.
24-mavzu. Haroratni o‘lchash.
25-mavzu. Yer yuzidagi sovuq va issiq joylar.
26-mavzu. Amaliy mashg‘ulot. Eng issiq va sovuq joylar tabiati hamda hayvonlarini farqlash.
7-bob yuzasidan topshiriqlar.
8-BOB. TABIIY BOYLIKLAR.
27-mavzu. Tabiiy boyliklar.
28-mavzu. Amaliy mashg‘ulot. Tuproq unumdorligini oshirishni o‘rganish.
29-mavzu. Insonning tabiiy boyliklarga ta’siri.
30-mavzu. Amaliy mashg‘ulot. Tosh, qum va tuproqning xususiyatlarini o‘rganish.
8-bob yuzasidan topshiriqlar.
9-BOB. QUYOSH SISTEMASI.
31-mavzu. Yulduzlar va sayyoralar.
32-mavzu. Yer – sayyora.
33-mavzu. Amaliy mashg‘ulot. Kun va tun almashinuvi.
9-bob yuzasidan topshiriqlar.
10-BOB. YIL FASLLARI.
34-mavzu. Bahor va yoz.
35-mavzu. Kuz va qish.
10-bob yuzasidan topshiriqlar.
11-BOB. ENERGIYA. ISSIQLIK VA YORUG‘LIK. TOVUSH.
36-mavzu. Energiya nima?.
37-mavzu. Yorug‘lik va issiqlik.
38-mavzu. Amaliy mashg‘ulot. Jismlarga issiqlik ta’sirini o‘rganamiz.
39-mavzu. Atrofimizdagi tovushlar.
40-mavzu. Amaliy mashg‘ulot. Tovushlarni hosil qilish.
41-mavzu. Antiqa telefon.
11-bob yuzasidan topshiriqlar.
12-BOB. HARAKAT.
42-mavzu. Harakat va tezlik.
43-mavzu. Amaliy mashg‘ulot. Harakat turlarini o‘rganish.
44-mavzu. Magnit nima?.
45-mavzu. Amaliy mashg‘ulot. Magnit ta’sirini o‘rganish.
12-bob yuzasidan topshiriqlar.

Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Tabiiy fanlar, 2 sinf, Suyarov K., 2021 – fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.

Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России. Купить эту книгу