Press "Enter" to skip to content

Умиджон Обудов блоги

Demak, hayotimiz shu so‘z bilan chambarchas bog‘liq ekan. Qanday ish qilishimizdan qat’iy nazar, hattoki dam olayotganimizda ham IT hizmatlaridan foydalanar ekanmiz. Oddiy mobil telefonimiz ham IT qurilma hisoblanadi, chunki biz bu qurilmada qandaydir ma’lumotlar saqlaymiz.

Matematika olami haqida qiziqarli ma’lumotlar

Matematika — kichik yoshimizdan tanishishni boshlaydigan keng ilm. Shu sabab uning birinchi sinfdan dars sifatida o‘qitilishi bejiz emas. Axir umumiy matematik bilimlarsiz zamonaviy dunyoda judayam nochor bo‘lib qolardik. Xuddi ilmlar qirolichasisiz kimyo, fizika, tibbiyot va boshqa ko‘plab fanlar mavjud bo‘lmagani kabi. Keling, matematika to‘g‘risidagi qiziqarli ma’lumotlar bilan tanishamiz.

Foto: Pixabay

Tarixdagi birinchi matematik ayol aleksandriyalik Gipatiya bo‘lgan.

«Teng» belgisi XVI asrda, manfiy sonlar esa faqat XIX asrga kelib ilk marta qo‘llanilgan.

Birdan yuzgacha bo‘lgan jami sonlar yig‘indisi 5050 ga teng.

Lahza nima? Bu bor-yo‘g‘i ibora emas, 0,01 soniyaga teng bo‘lgan vaqt o‘lchov birligi ekan.

Tayvan orolida to‘rt sonidan juda qo‘rqishadi, chunki u mahalliy aholi uchun o‘limni anglatadi. Bu holat shu darajaga yetganki, ba’zi uylarda to‘rtinchi qavat va mana shunday raqamli xonadonlar yo‘q.

Foto: Pixabay

Raqamlar to‘g‘risidagi qiziq faktlar

Matematika fanlari yetuk professori Stiven Xoking shu darajada iste’dodli ediki, barcha materiallarni o‘zi mustaqil o‘rgangan. Uning so‘zlariga ko‘ra, matematika fanini maktabdagina o‘rgatishgan.

Rossiya imperiyasida davlat tomonidan qo‘yilgan taqiq sabab ayollar ilmiy faoliyat bilan shug‘ullana olishmagan.

Shunisi qiziqki, Rim imperiyasida nol raqami mavjudligi haqida bilishmagan. Bu raqamsiz matematika ma’nosiz ekani hisobga olinib, rivojlangan sivilizatsiyalardan biri bo‘lishlariga qaramay, hisobni bir raqamisiz bir amallab yuritishgan.

Bir kuni Jorj Dantsing universitet talabasi bo‘lgan vaqtida darsga kech qoldi va doskada tushunarsiz tenglamalarni ko‘rdi. U vazifani uy ishi sifatida qabul qildi, qiyinchilik bilan bo‘lsa-da, ularni yechdi. Kelasi kuni u dunyodagi hech bir professor yechimini topa olmagan g‘aroyib masalalar ekani ma’lum bo‘ldi.

XX asrning boshiga qadar matematika bo‘yicha barcha bilim va hisoblar 80 ta katta bo‘lmagan nashrlarga sig‘ar edi. O‘sha paytdan beri soha shu qadar kengaydiki, matematika asoslarini 800 ta kitobga joylashtirish imkonsiz bo‘lardi.

Microcoft Office Excel – nima degani va unda ishlashni nimadan boshlash kerak

Salom do’stlar. Bugungi maqolam Microdoft Office Excel dasturi haqida bo’ladi. Microsoft Office Word barchangizga, ayniqsa, kopirayterlarga juda tanish dastur hisoblanadi. Excel dasturini Word dasturidan farqi: bu dastur jadvallar orqali ishlaydi.

Oldingi maqolamizda Word dasturi bilan ishlashni o’rgangan edik. Bugungi maqolada esa Microsoft Office Excel dasturi haqida ma’lumot va undan qanday foydalanish mumkinligini bilib olasiz.

Internetda ishlashni endi boshlaganlar uchun qo’llanmalar

Maqola mundarijasi ( Ochish / Yopish )

  1. Microsoft Excel nima?
  2. Excelni nimalarda ishlatish mumkin
  3. Sonlarning eng katta umumiy bo’luvchisini hisoblash (EKUB)
  4. Worddagi ma’lumotlarni Excelga qanday eksport qilish mumkin
  5. Xulosa

Microsoft Excel nima?

Microsoft Excel raqamli ma’lumotlarni yozib olish va tahlil qilish uchun foydalaniladigan elektron jadval dasturi. Siz bu dasturda Word dasturiga o’xshab jadval yaratib o’tirmaysiz. Bu dasturga kirishingiz bilanoq, tayyor elektron jadvalga ko’zingiz tushadi. MS Excelda fayllar “.xlsx” kengaytmaga ega. Bu dasturda moliyaviy ishlarda juda ko’p foydalanish mumkin.

Microsoft Office Excelda algebrik amal belgilari quyidagilar:

+ (qo’shish); – (ayirish); * (ko’paytirish); / (bo’lish); ^ (darajaga ko’tarish).

Aytib o’tishim kerak, Excelda diagrammalardan ham foydalanish mumkin. Ammo, bu dasturda Word dasturidagidek, referatlar yozib bo’lmaydi. Chunki, bu dastur jadvallar bilan ishlash uchundir.

Excelni nimalarda ishlatish mumkin

Excel ko’plab ma’lumot to’plamlarini saqlash va tartibga solish uchun ishlatilishi mumkin bo’lgan qulay dasturdir. Uning xususiyatlari va formulalaridan foydalanib, ma’lumotlaringizdan mantiqiy amallarni bajarishda ham foydalanishingiz mumkin. Masalan, ma’lumotni kuzatish va o’rtacha yig’indilarni avtomatik ravishda ko’rish uchun ham elektron jadvallardan foydalanish imkoni bor.

Yuqoridagi ma’lumotlar orqali Excel dasturi haqida tushunchaga ega bo’lgan bo’lsangiz kerak. Unda tushunganlarimizni amalda sinab ko’ramiz. Yaxshisi keling, siz Exceldan foydalanishni osonroq ishlar bilan boshlang.

Siz har qanday yaxshi ofis ishida ishlashingiz uchun, avvalambor, Excel dasturida ishlashni o’rganishingiz kerak. Chunki, ofisda ko’pincha jadvallar bilan ishlashga to’g’ri keladi.

Sonlarning eng katta umumiy bo’luvchisini hisoblash (EKUB)

Siz excelda ishlashni yaxshi o’zlashtirish uchun ko’proq amaliy mashg’ulot qiling. Robert Kiyosaki amaliyot haqida shunday deydi: “Kitobda qancha o’qiganingiz bilan velosiped uchishni o’rganolmaysiz”. Siz ham faqatgina ma’lumot o’qish bilan cheklanib qolmasadan o’qiganingizni amalda ham sinab ko’ring.

Biz hozir Excelning eng oddiy usullaridan foydalanib sonlarning eng katta umumiy bo’luvchisi (EKUB) ni hisoblashni o’rganamiz. Buning uchun birinchi navbatda Microsoft Office Excel dasturini ochamiz. Bu mashqni bajarishda, 4ta ixtiyoriy sonni oling. Misol uchun, 6; 10; 30; 60 sonlarini eng katta umumiy bo’luvchisini hisoblaymiz. Birgalikda bajaring, juda ham oson.

  1. A1 katakka 6 sonini, B1 katakka 10 sonini, A2 katakka 30 sonini, B2 katakka 60 sonini kiriting. Birinchi bo’lib, 6 va 10 sonini, keyin esa 30 va 60 sonini hisoblaysiz;

Formulalar yordamida hisoblashni boshlaymiz:

  1. Enter tugmasini bosing, natijada quyidagi oyna hosil bo’ladi:

Bu 6 va 10 sonlarining eng katta umumiy bo’luvchisi edi. Endi esa 30 va 60 sonini hisoblaysiz.

  1. C4 katakka yana yuqoridagi formulani kataklarni harfini o’zgartirgan holda, quyidagicha kiriting:
  1. Enter tugmasini bosasiz, quyidagi oyna hosil bo’ladi:

O’ylaymanki, bu oson mashqni a’lo darajada bajardingiz. Bu Excelning eng oddiy imkoniyatlaridan biri edi. Shunungdek, bu dasturning tayyor formula va funksiyalaridan ham foydalanib, turli xil hisob-kitoblarni amalga oshirish mumkin.

Worddagi ma’lumotlarni Excelga qanday eksport qilish mumkin

Sarlavhadan ham tushungan bo’lsangiz kerak, hozir wordni excelga o’tkazishni o’rgataman. Ya’ni Word dasturidagi tayyor jadvalingizni Excelga nusxalash. Buning uchun word dasturidagi tayyor jadvalingizni Ctrl+A tugmasini bosib, belgilang. So’ngra, Ctrl+C tugmalarini bosgan holda, nusxa qilib oling:

Nusxa olish nihoyasiga yetdi. Endi Excel dasturini ishga tushiring. Jadvalni joylashtirmoqchi bo’lgan katakni faollashtiring. Songra, klaviaturadan Ctrl + V tugmalarini birgalikda bosing. Qarabsizki, jadval tayyor.

Jadvalning yozuvlari kataklarga to’g’ri kelmasligi mumkin. Shuning uchun, ularni ideal holatga keltirish uchun, yuqoridagi surat kabi kataklarni uzaytirishingiz kerak. Mana jadval ham tayyor.

IT (AT) haqida boshlang‘ich ma’lumotlar

Hozirgi kunda, juda ko‘p joylarda «IT» so‘zini uchratishimiz mumkin, xo‘sh bu so‘z o‘zi nima?

IT — ingliz tilidan olingan «Information Technology» so‘zlarining qisqartmasi bo‘lib, o‘zbek tilida «Axborot texnologiyalari» deb yuritiladi. Shunday bo‘lsa ham, biz bu so‘zni IT ko‘rinishida talaffuz qilamiz va ishlatamiz.

Navbatdagi savol, «Information Technology» nima degani?

Information Technology bu — axborotni hosil qilish, uni yig‘ish, tarqatish, saqlash, qayta ishlash, himoyalash kabi vazifalarni bajaruvchi hisoblash texnikasidir. Hozirgu kunda hisoblash texnikasi vazifasini kompyuter bajarmoqda, shunday ekan IT so‘zi ishlatilganda asosan kompyuter texnologiyasi tushuniladi.

IT so‘zini ishlatganda bir narsaga e’tibor bering, hech qachon «IT texnologiyalari» deb gapirmang, sababi, agar bu gapingizni to‘liq to‘g‘ri yozadigan bo‘lsak »Information Technology» texnologiyalari, yoki o‘zbekchaga o‘girsak «Axborot texnologiyalari texnologiyalari» ko‘rinishida namoyon bo‘ladi, bu sal g‘alati bo‘lsa kerak.

Nazariy ma’lumotlar bilan tanishib oldik, xo‘sh xayotda bu so‘z bilan nimalarni bog‘lashimiz mumkin?

— Muloqot paytida (ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar, elektron pochta, chat,…);

— axborot olish chog‘ida (xabarlar, ob-havo ma’lumotlari,…);

— axborotni qayta ishlashda (matematik amallarni bajaruvchi dasturlar, grafiklar, video, yozuv,…);

— o‘qish jarayonida (elektron kitoblar, interaktiv darslar, qo‘llanmalar,…);

— dam olishda (kinolar, musiqalar, o‘yinlar,…).

Demak, hayotimiz shu so‘z bilan chambarchas bog‘liq ekan. Qanday ish qilishimizdan qat’iy nazar, hattoki dam olayotganimizda ham IT hizmatlaridan foydalanar ekanmiz. Oddiy mobil telefonimiz ham IT qurilma hisoblanadi, chunki biz bu qurilmada qandaydir ma’lumotlar saqlaymiz.

Ish jarayonimiz kompyuter texnologiyalari bilan bog‘liq bo‘lgani sababli, har bir korxonada alohida IT bo‘limlar mavjud, hattoki umuman kompyuterga aloqasi bo‘lmagan korxonalarda ham. Demak, bu sohaga qiziqish va talab katta.