Press "Enter" to skip to content

Elektron Darslar Jadvali

Elektron darslik yaratishda amal qilinishi zarur bo’lgan tamoyillar (kvantlashtirish, to’liqliligi, ko’rgazmaliligi, tarmoqlashuvi, boshqarish, moslashtirish, kompyuterli ta’minot, to’planuvchanligi) hisobga olinib, Elektron darslik yaratish texnologiyasini loyihalashtirish 7 bosqichni o’z ichiga oladi:

Mavzu: Elektron dasrlik va uning turlari Reja

Elektron pedagogikaning asosiy maqsadi shundan iboratki, zamonaviy AKT muhitda o’qitish-ta’lim jarayonini samarali tashkil etish. Elektron pedagogikaning predmeti pedagogik tizim hisoblanadi. Pedagogik tizim qo’yidagi komponentlarni o’z ichiga oladi: o’qituvchi, o’quvchi, ta’limning maqsad va vazifalari, o’qitish mazmuni, o’qitish shakl, usul va vositalari. Zamonaviy AKT ushbu barcha komponentlariga o’zini hissasini qo’shib kelmoqda.

An’anaviy va zamonaviy AKT muhitida tashkil etilgan ta’limni qiyosiy tahlili

An’anaviy ta’lim Zamonaviy ta’lim
1 Yangi avlodga bilim va tajriba berish Talabalarning shaxsiy barkamolligini ta’minlash va rivojlantirish
2 Talabalarni hayotga tayyorlash Qiyinchiliklarsiz yashashga o’rgatish
3. Hozirgidan kelgusida yaxshi bo’lishga tayyorlash Doimiy o’zgarish jarayonida yashashga o’rgatish
4 Ta’lim maqsadi – bilim olish Ta’lim maqsadi – o’zini rivojlantirish, barkamollilik
5 Talabalar maqsadini tayyor holda oladilar O’zining huquqiy maqsadlarini qo’yishi va unga erishish yo’llarini tanlash
6 Talabalar nazorat turlaridan qochadilar Ob’ektiv va o’z vaqtda nazoratga intilish
7 O’quv muassasalari o’zaro o’xshash Har bir o’quv muassasasi yuksalish sari intiladi.
8 Aniq o’qituvchi O’qituvchi tanlash imkoniyati

Elektron o’quv-uslubiy majmua – zamonaviy AKT muhitida fanning asosiy komponenti hisoblanadi, chunki unda fanning maqsad va vazifalari, mazmuni, o’qitishning zamonaviy shakl, usul va vositalari hisobga olingan.

  • mazmun bosqichi – bu bosqichda elektron vositalarning axborot-ta’lim resurslarini shakllantirish va uning axborot ta’minoti mazmuni yaratiladi;
  • tashkiliy bosqich – bu bosqichda elektron vositalar yaratishning texnik jihatlari bilan bir qatorda, foydalanuvchilarning toifalarini aniqlashtirish, mavjud resurslarni tizimlashtirish va yangilab borish mexanizmlarini ishlab chiqish, ta’lim muassasalaridagi mavjud resurslarni integratsiyalash, elektron ta’limni tashkil etish, axborot-ta’lim resurslariga bo’lgan talabni aniqlash maqsadida foydalanuvchilar bo’yicha statistik ma’lumotlarni yig’ish va tahlil etish amalga oshiriladi;
  • metodik ta’minot bosqichi – bu bosqichda elektron vositalardan o’quv jarayonida foydalanish metodikasini ishlab chiqish, maslahat xizmatlarini bajarish yo’lga qo’yiladi.
  1. Maqsadga yo’naltirilganlik tamoyili.
  2. Integratsiya tamoyili.
  3. To’laqonlilik tamoyili.
  4. Yaxlitlik tamoyili.
  5. Ochiqlik tamoyili.

Elektron darslikda fanning o’quv materiallari talabaga interaktiv usullar bilan, psixologik va pedagogik jihatlar, zamonaviy axborot texnologiyalari, audio va video animatsiyalar imkoniyatlaridan o’rinli foydalaniladi.

Elektron darsliklar quyidagi qismlardan iborat bo’lishi zarur:

1. O’rgatuvchi qism – gipertekstga asoslangan va statik, dinamik rasmlardan iborat.

2. Mashq qildiruvchi qism – xatolarni ko’rsatib beruvchi va to’g’ri xulosaga olib keluvchi.

3. Nazorat qiluvchi – testlar orqali nazorat qiluvchi tizim asosida shakllanadi.

  • ta’limni va o’quv mashg’ulotlarini yuqori sifatli darajada olib borilishini ta’minlashi;
  • mustaqil ta’lim olish va egallangan bilimlarni mustaqil baholash imkoniyatining berilishi;
  • ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarning uyg’unligi;
  • axborot-ta’lim resurslarini rivojlantirish va tezkor yangilab borish imkoniyatining mavjudligi;
  • matn, shuningdek, boshqa axborot materiallarini maxsus navigatsiya (gipermatn) va illyustratsiya (multimedia vositalari, rasmlar, diagrammalar va jadvallar) orqali taqdim etilishi.

I. Foydalanish maqsadlariga ko’ra: jamoa bo’lib va individual foydalaniladigan elektron darsliklar.

Jamoa bo’lib foydalaniladigan elektron darsliklar kompyuterning katta tizim resurslarini talab qilmaydigan bo’lishi maqsadga muvofiq bo’lib, ular server kompyuterga joylashtiriladi va ulardan kompyuter tarmoqlari (Internet yoki Intranet) orqali foydalanish mumkin.

Individual foydalaniladigan elektron darsliklar o’quv materiallarini o’qituvchining ishtirokisiz o’rganishga mo’ljallangan bo’ladi.

Elektron darsliklarning bu ikki turidan auditoriya mashg’ulotlarida ham foydalanish mumkin.

II. O’quv materiallarini taqdim etishi bo’yicha: tartibli va ixtiyoriy. Tartibli elektron darsliklar ma’lum bir bo’lim o’quv materiallarini o’zlashtirmasdan keyingi bo’limga o’tishga imkoniyat bermaydi.

III. O’quv materiallari va axborotlarni yangilash bo’yicha: uzluksiz va davriy yangilanuvchi. Uzluksiz ravishda yangilanadigan elektron darsliklar odatda elektron o’quv bazalar (portallar, veb-saytlar va boshqalar)ga va elektron kutubxonalarga joylashtiriladi. Davriy yangilanadigan elektron darsliklar asosan elektron axborot eltuvchilar (disketa, CD-disk va boshqa) kabilar bilan taqdim etiladi.

O’quv jarayonlarini axborotlashtirish maqsadlariga ko’ra elektron darsliklar quyidagi tamoyillarga javob berishi kerak:

1. Kvantlash tamoyili: o’quv materiallarini mazmunan yopiq, minimal hajmga ega modullarga ajratish. Modullar bir necha tashkil etuvchidan iborat bo’ladi.

2. To’laqonlilik tamoyili: o’quv materiallarining asosiy mazmunini qamrab olgan har bir modul o’zida quyidagilarni mujassamlashtirgan bo’lishi kerak:

gipermurojaatga ega kalit so’zlar;

nazariy materiallar bo’yicha nazorat savollari;

mustaqil yechish uchun masalalar;

modul bo’yicha nazorat savollari.

SHuningdek, modul tarkibiga quyidagi qo’shimchalar kiritilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi:

3. Ko’rgazmalilik tamoyili: Elektron darsliklar modullari matn va vizuallashtirilgan materiallarning ma’lum nisbatini saqlagan holda illyustratsiyalar va kadrlar jamlanmasidan iborat bo’lishi zarur.

4. Erkin boshqarish tamoyili: talabalar kompyuter ekranidagi kadrlarning almashishini mustaqil boshqarishlari, zarur materiallarni istalgan marta ekranga chiqarishlari va nazorat topshiriqlarini bajarish orqali bilimlarini mustaqil sinashlari imkoniyatlariga ega bo’lishlari kerak.

5. Moslashuvchanlik tamoyili: elektron darsliklar o’quv jarayonida ma’lum bir foydalanuvchining ehtiyojlariga moslanishni ta’minlashi, o’rganilayotgan materialning murakkabligini va chuqurligini, uning amaliy yo’naltirilganligini o’zgartirish, foydalanuvchining ehtiyojlaridan kelib chiqib, qo’shimcha illyustrjativ materiallarni shakllantirish imkoniyatlariga ega bo’lishi kerak.

6. Kompyuter ko’magi tamoyili: o’quv materiallarining mohiyatiga e’tibor qaratish maqsadida talaba istalgan vaqtda kompyuter ko’magiga ega bo’lishi kerak. Bunday qo’llash kompyuter yordamida uzundan-uzun hisoblashlarni amalga oshirishda, turli grafiklar chizishda va olingan natijalarni istalgan bosqichda tekshirishda foydalidir.

Elektron darslikni modullari

Elektron darslik yaratishda amal qilinishi zarur bo’lgan tamoyillar (kvantlashtirish, to’liqliligi, ko’rgazmaliligi, tarmoqlashuvi, boshqarish, moslashtirish, kompyuterli ta’minot, to’planuvchanligi) hisobga olinib, Elektron darslik yaratish texnologiyasini loyihalashtirish 7 bosqichni o’z ichiga oladi:

1) kontseptsiyasini ishlab chiqish (fan standarti va mashg’ulot o’tkazish metodikasiga tayanuvchi elektron darslik yaratishning asosiy g’oyasini ishlab chiqish, darslikning mazmunli qismini tuzish);

2) loyihalashtirish (ko’rinishida ishchi namunasini, axborot bloklari va ekran shakllari andozalari to’plamini, murojaatlar interfaolligini ta’minlovchi giperilovalar tuzilmasining tartibli sxemasini ishlab chiqish);

3) ekran shakli va axborot bloklari dizayni (aniq o’quv jarayoni, psixologik-pedagogik xususiyatlari, ergonomika talablari, o’quv materiallari tuzilishi va mazmuniga mos ravishda dizayn tuzilishini qurish);

4) o’quv materiallarini elektron shaklda tayyorlash va ularni bo’limlar bo’yicha bir ish seansi, ya’ni bir dars uchun mo’ljallangan elementar qismlarga–modullarga ajratish;

5) ilova tuzilmasi elementlarini to’ldirish (tayyorlangan materiallarni ishlab chiqilgan andozalar va ekran shakllariga joylashtirish, ilovalar tizimini to’ldirish hamda foydalanuvchi bilan qayta aloqa tashkil qilish);

6) test sinovlari va sozlash (har bir ilova, aloqa ishlari to’g’riligini va foydalanuvchi harakatiga dasturning javobini to’g’riligini tekshirish);

7) o’quv jarayoniga tatbiq etish (albatta, ta’lim beruvchilar va o’quvchilar refleksiyasi to’g’risidagi ma’lumotlarni to’plash bilan umumiy o’rta ta’lim maktablarida elektron darslikni qo’llash).

  1. Elektron pedagogikani asosini nima tashqil qiladi?
  2. AKT muhit deganda nimani tushunasiz?
  3. Pedagogik tizimga ta’rif bering. AKT pedagogik tizimning komponentlariga qanday ta’sir qo’rsatadi? Misollar keltiring.
  4. Elektron ta’lim vositalarni sanab o’ting.
  5. Elektron o’qitish shakllariga misol keltiring.
  6. Elektron darslik nima?
  7. Elektron darslikning komponentlarini sanab o’ting.
  8. Elektron qo’llanma yaratishga qanday talablar qo’yiladi?
  9. Elektron qo’llanma yaratishga qanday dasturiy taminotlardan foydalanamiz?
  10. Ta’limiy internet resurslarini sanab o’ting.
  1. Andreev A.A., Soldatkin V.I. Prikladnaya filosofiya otkrыtogo obrazovaniya: pedagogicheskiy aspekt. — M.: RITS «Alfa» MGOPU im. M.A.SHoloxova, 2002.
  2. Bordovskaya N.V. , Rean A.A. Pedagogika. Uchebnik dlya vuzov — SPb: Izdatelstvo «Piter», 2000.
  3. Zakirova F. va boshqalar. Elektron ukuv-metodik majmualar va ta’lim resurslarini yaratish metodikasi. -Toshkent: OUMTV. – 2010. – 64 b.
  4. Zakirova F. Metodicheskie aspektы sozdaniya i ispolzovaniya web-sayta prepodavatelya // J.Pedagogik ta’lim- Toshkent, 2010.- №2.- S. 79-86.
  5. Zakirova F. WEB 2.0. – innovatsiya v obrazovanii // J. TATU xabarlari. 2012.- №2. S. 101-102.
  6. Norenkov I.P., Zimin A.M. Informatsionnыe texnologii v obrazovanii. Uchebnoe posobie.M.: Izd. MGTU im. N.Baumana.2002-336s.
  7. George Siemens. Connectivism: A Learning Theory for the Digital Age. December 12, 2004.

Do’stlaringiz bilan baham:

Ma’lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma’muriyatiga murojaat qiling

Elektron Darslar Jadvali

BUGUNGI raqamlashgan dunyoda jamiki ma’lumotlar ekran ortiga ko‘chirilmoqda.
Insonlar oddiy qog‘ozdan ko‘ra shaffof oyna ortidagi ma’lumotlarni afzal
bilishmoqda. Bu esa qimmatli vaqtimizni tejashga xizmat qiluvchi omildir.
Ta’lim dargohlarida Dars Jadvali ayrim sabablar bilan o‘zgarib turishi mumkun. Uni
tuzish, o‘zgartirish va qayta qog‘ozga chiqarish, ortiqcha vaqt talab qiladi.
Oʻquvchilarning esa takroran shu jadvalga yuzlanishiga toʻgʻri keladi.
Xoʻsh, unda ortiqcha harakatlardan QANDAY QUTILISH MUMKIN?
Endi buning javobi ODDIY va OSON!

3.

Timetable
Elektron Darslar Jadvali

4.

Avtomatik qayta ishga tushish
Monitor elektr ta’minotidan uzilib
qayta
yoqilganda,
dastur
avtomatik tarzda qayta ishga
tushadi
Vaqt tejamkorligi
Dasturdan foydalangan holda sezilarli
darajada vaqtingizni tejaysiz. Jadvalni
o‘zgartirish koʻp vaqt va maʼlum joy
talab qilmaydi
5 daqiqada yangilash
Jadvalga kiritilgan o‘zgartirishlar 5
daqiqa ichida avtomatik tarzda
yangilanadi
Yuqori texnologiya
Foydalanishga qulay, zamonaviy va
minimalizm uslubidagi dizayn

5.

Foydalanish:
1. Kirish qismi.
Jadvalni tuzishga mas’ul oʻqituvchi(lar) saytga
birinchi kirganida rasmdagi oyna paydo
boʻladi. Berilgan login va parol ni kiritish
orqali keyingi sahifaga oʻtish mumkin.

6.

2. Birinchi oyna.
Saytga kirganda joriy oyna ochiladi.
Chap tarafdagi menyu orqali
ma’lumot kiritishingiz yoki yangisini
qo‘shish mumkin.
• Edit tables
(Umumiy ma’lumotlarni
o‘zgartirish);
• Add class
(Sinf qo‘shish);
• Timetable for week
(Haftalik jadval).

7.

3. Edit tables
Ushbu menyu orqali quyidagi jadvallarga
kerakli o‘zgartirishlarni kiritish mumkin:
Teachers Table
Rooms Table
Subjects Table
Period Table
Announcement
(Oʻqituvchi jadvali);
(Sinfxonalar jadvali);
(Fanlar jadvali);
(Vaqt jadvali);
(E’lon).

8.

• Teachers Table (Oʻqituvchi jadvali).
Kiritilgan ma’lumotni
o‘zgartirish va o’chirish
Yangi Oʻqituvchi qo’shish
Fan nomi
Oʻqituvchi ismi sharifi
Tugmani bosganda ushbu
oyna hosil boʻladi.
Shu oyna orqali oʻqituvchi
ma’lumotlari kiritiladi:
Umumiy dars soati
Oʻqituvchi ismi sharifini kiriting
Umumiy dars soatini kiriting
Fan nomini tanlang

9.

• Rooms Table (Sinfxonalar jadvali).
Kiritilgan ma’lumotni
o‘zgartirish va o’chirish
Yangi Sinfxona qo’shish
Xona raqami
Sinf nomi
Oʻquvchilar sig’imi
Tugmani bosganda ushbu oyna
hosil boʻladi.
Shu oyna orqali yangi
sinfxonalarini kiritish mumkin:
Xona raqamini kiriting
Oʻquvchilar sig’imini kiriting
Sinf nomini kiriting

10.

• Subjects Table (Fanlar jadvali).
Yangi Fan qo’shish
Kiritilgan ma’lumotni
o‘zgartirish va o’chirish
Fan nomi
Tugmani bosganda ushbu oyna
hosil boʻladi.
Shu oyna orqali yangi fan
kiritish mumkin:
Fan nomini kiriting

11.

• Period Table (Vaqt jadvali).
Yangi dars vaqti qo’shish
Darsning davriy ketmaketlik raqami
Tugmani bosganda ushbu oyna
hosil boʻladi.
Shu oyna orqali yangi dars
vaqtini kiritish mumkin:
Kiritilgan ma’lumotni
o‘zgartirish va o’chirish
Darsning boshlanish Darsning
vaqti
tugallanish vaqti
Darsning davriy ketma-ketlik raqamini kiriting
Darsning boshlanish vaqtini kiriting
Darsning tamomlanish vaqtini kiriting

12.

• Announcement
(E’lon).
Kiritilgan ma’lumotni
o‘zgartirish va o’chirish
Jadvalning quyi qismiga e’lon va/yoki ogohlantirish xabari kiritish mumkin.

13.

4. Add class.
Sinf nomini kiriting (masalan: 10A, 8B)
Sinf oʻquvchilari sonini kiriting

14.

5. Timetable for Week.
Ushbu formani toʻldirish orqali har bir fanning qachon boʻlishi, sinfxonasi, vaqti va qaysi
oʻqituvchilar tomonidan oʻtilishi belgilanadi.
Fanni tanlang (English)
Sinfxonani tanlang (108)
Oʻqituvchini tanlang (birinchi)
Oʻqituvchini tanlang (ikkinchi)
Sinfni tanlang (10A)
Darsning davriy vaqtini tanlang
Dars boʻladigan kunni tanlang (hafta kunlari)

15.

6. Classes.
Yuqorida toʻldirilgan forma natijasida ushbu jadval hosil boʻladi.
Sinflar

16.

7. Sinfxonani belgilash
Monitorga dastur oʻrnatilgandan soʻng shu
koʻrinishda roʻyxat paydo boʻladi. Har bir
sinfxonadagi monitorga oʻz raqami
belgilanadi.
Shu raqamni bir marta tanlash kifoyadir.
Monitor elektr ta’minotidan uzilgan
holatda ham kiritilgan ma’lumot oʻchib
ketmaydi, ya’ni boshida saylangan sinfxona
jadvalini koʻrsatib turadi.

17.

8. Natija
Saytga ma’lumotlarni joylashtirib, saqlash
(save) tugmasini bosgandan soʻng baza 5
daqiqa ichida yangilanib, ma’lumotlar
saqlanadi.
Shu tariqa har bir xonadagi monitorda oʻsha
sinfxonaga tegishli har kunlik darslar jadvali
paydo boʻladi.
Jadvalda: Sinf nomi, Fan nomi
oʻqituvchilar ismi shariflari joy oladi.
va

18.

Maqsadimiz.
Shiddat bilan rivojlanayotgan zamonda biz
ham yuqori texnologiyalar yordamida ta’lim
sohasining yana bir qadam oldinga siljishiga
oʻz hissamizni qoʻshish.

19.

E’tiboringiz
uchun rahmat!
OOO “TexnoPOS IT Mektebi”
Manzil:
R/s:
Bank:
MFO:
INN:
Tel:
G’a’rezsizlik ko’shesi 80/4;
20208000204839164001;
Aloqa Bank Nukus filiali;
00623;
307832859;
+99891 302 12 26.