Elektron darslik yaratish tamoyillari
Matn , sodda grafik, giper shiorlardan foydalanib electron darslik yaratish.
Bunday darsliklarni WORD matn muharri imkoniyatlaridan foydalanib yaratish.
Matn, grafika, multimediya vositalari yordamida interaktiv rejim asosida ishlaydigan elektron darsliklar. Bu darsliklarning ahamiyatli tomoni foydalanuvchi dialog rejimida kompyuterdan foydalanadi. Kerak bo’lsa o’rgangan mavzu bo’yicha test savollariga javob berib, bilimlarini tekshirishi mumkin.
Masofaviy o’qishda moslangan elektron darslik. Bunday darsliklarni internet tarmog’i orqali o’qish mumkin bo’ladi. HTML ko’rinishida rasmiylashtiriladi.
Bunday darsliklarni yaratishda axbarot ko’rinishlaring barcha turlaridan foydalaniladi.
Mavzu: Elektron darslik yaratish tamoyillari
O’zbekiston Milliy unversiteti Jurnalistika fakukteti o’zbek filologiya yo’nalishi 218 – guruh talabasi Norqobilova Shodiyaning “Kompyuter lingvistikasi ” fanidan tayyorlagan taqdimoti.
O’zbekiston Milliy unversiteti Jurnalistika fakukteti o’zbek filologiya yo’nalishi 218 – guruh talabasi Norqobilova Shodiyaning “Kompyuter lingvistikasi ” fanidan tayyorlagan taqdimoti.
Mavzu: Elektron darslik yaratish tamoyillari.
Tekshirdi: Keldiyorova.G.
Reja;
1.Elektron darsliklarni yaratish tamoyillari va ularning mazmuni;
2. Elektron darslikka qo’yiladigan asosiy talablar va ularning mazmunidan kelib chiqadigan xulosalar;
3. Elektron darslik yaratish dasturiy vositalari. Courslab dasturlari va uning imkoniyatlari;
Elektron darslik o’quv jarayonida oddiy darslikdan ko’ra inson miyyasining qabul qilish yo’llarini (tovush, emotsiyonal xotira, kompyuter testlar) jalb etib, eng asosiy tushuncha va misollarni tushunish va yodga olish jarayonlarini maksimal yengilashtirish uchun xizmat qilish kerak.
Matn qismi chegaralangan bo’lishi kerak, chunki buning uchun oddiy darsliklar mavjud. Kompyuterdan olingan materialarni chuqurroq o’zlashtirish uchun esa qog’oz va qalamlar xizmat qilish kerak. Shuning uchun, electron darsliklar yaratish jarayonida bir necha pirnsip va yondashishliklarni ishlatmoq zarur.
Bularni bir nechta pirinsiplar asosida ko’rishimiz mumkin
Kvantlash pirinsipi: materialarni minimal hajmdagi modullardan iborat bo’limlarga bo’lish.
Tarmoqlanish pirinsipi: Har bir modul gipertekst ilovalar bilan boshqa modular bilan bog’langan bo’lib, axborotlarni o’zlashtirish ketma – ketligini nazarda tutadi.
Kompyuter yordami pirinsipi : Elektron darslikni ishlayotgan har bir paytda kompyuter yordamini olish mumkinli (murakkab matematik hisob, lug’at, o’z bilim saviyasini tekshirish va boshqalar.
To’plash pirinsipi: Yagona elektron komplekslarda va bibiliotekalarda joylashtirish va ularda yangi bo’lim va temalar bilan kengaytirish formatida bajarilgan bo’lish lozim.
Boshqarish pirinsipi: O’quvchi kadrlar almashinishi o’zi boshqaradi, kerakli murakkablik darajadagi misollarni ochib, o’zini tekshirishi mumkin.
To’lalik pirinsipi: Har bir modulda kompanentlar mavjud bo’lish kerak. Masalan bularga misol qilib: Nazariy yadro, nazariy savollar, misollar kabi.
Ochiqlik pirinsipi: Har bir modulda matnlarni yangi tushuncha va usullarni o’zlashtirishni yengilashtiruvchi vizuval kadrlar bo’lish kerak.
Adantatsiya pirinsipi: Elektron darslik o’quv jarayonining ma’lum paytdagi o’quvchi ehtiyojini qondirish lozim.
Elektron darslik darslik kunduzgi, sirtqi va masofaviy tarzdagi o’quvchilarning mustaqil ishlash uchun zarur, chunki;
Elektron darslik darslik kunduzgi, sirtqi va masofaviy tarzdagi o’quvchilarning mustaqil ishlash uchun zarur, chunki;
O’quvchilarning talablari va tayyorgarlik, intellectual darajasiga moslanadi;
Murakkab hisob-kitoblarda vaqtning tejalishi hisobiga fanni chuqurroq o’zlashtirishga sharoit yaratiladi;
Ishning har bir bosqichida o’zini tekshirish uchun teng shararoitlar yaratiladi;
Bajarilgan ishni zamonaviy shaklda fayl yoki printerda chop qilishga sharoit yaratiladi;
Chegaralanmagan sonli tushuntirish takrorlash va yordamchi materiallar taqdim etib, sabrli murabbiy vazifasini bajaradi;
O’qilayotgan materiallar chop etilgan o’quv darsliklardan o’zga, boshqa usullar (qabul etish yo’llarini oshishi) qo’llash munosabati bilan o’zlashtirishni yengillashtiriladi;
Yuqoridagilardan kelib chiqib, elektron darsliklarni yaratishda quyidagi tamoyillarga amal qilish tavsiya etiladi:
Kvantlash tamoyili.
Yig’uvchanlik tamoyili.
Kompyuterlik qo’llab quvvatlash tamoyili.
Ko’nikuvchanlik tamoyili.
Boshqaruvchanlik tamoyili.
Tarmoqlanish tamoyili.
Ko’rgazmalik tamoyili.
To’liqlik tamoyili.
Elektron darslik kompyuterda moslashtirilgan darslik. Elektron darsliklarning farqi ularda matn va rasmdan tashqari tovush, multiplikatsiyalardan, giper matndan foydalanib o’quvchiga tez, oson, qulay shaklda taqdim etish mumkin. Elektron darsliklarning quyidagi turlari mavjud.
Elektron darslik kompyuterda moslashtirilgan darslik. Elektron darsliklarning farqi ularda matn va rasmdan tashqari tovush, multiplikatsiyalardan, giper matndan foydalanib o’quvchiga tez, oson, qulay shaklda taqdim etish mumkin. Elektron darsliklarning quyidagi turlari mavjud.
Matn , sodda grafik, giper shiorlardan foydalanib electron darslik yaratish.
Bunday darsliklarni WORD matn muharri imkoniyatlaridan foydalanib yaratish.
Matn, grafika, multimediya vositalari yordamida interaktiv rejim asosida ishlaydigan elektron darsliklar. Bu darsliklarning ahamiyatli tomoni foydalanuvchi dialog rejimida kompyuterdan foydalanadi. Kerak bo’lsa o’rgangan mavzu bo’yicha test savollariga javob berib, bilimlarini tekshirishi mumkin.
Masofaviy o’qishda moslangan elektron darslik. Bunday darsliklarni internet tarmog’i orqali o’qish mumkin bo’ladi. HTML ko’rinishida rasmiylashtiriladi.
Bunday darsliklarni yaratishda axbarot ko’rinishlaring barcha turlaridan foydalaniladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
Foydalanilgan adabiyotlar:
- Karimov I.A. Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. – Toshkent: Sharq, 1999. – 15 b.
- A.A.Abduqodirov, A.X.Pardayev, Masofaviy o’qitish nazaryasi va amaliyoti, Monografiya, Toshkent: Fan, 2009.146 b.
- M.Aripov va boshqalar, Axborot texnologiyalari, O’quv qo’llanma, Toshkent: Noshir, 2009. 368 b.
- Uzluksiz ta’lim tizimi uchun o’quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish konsepsiyasi. Toshkent – “ Sharq”. – 2002.
- D.M.Amirov va boshqalar, Axborot komunikatsiyasi texnologiyalari, Izohli lug’at, Toshkent, 2010. 576 b.
Elektron darslik yaratish tamoyillari
Ma’lumoti bo‘yicha talablar
Malakasi bo‘yicha talablar
Tarjimon quyidagi uchta talabdan kamida bittasiga loyiq bo‘lishi lozim:
1. Tarjimonlik, filologiya yo‘nalishlari(mutaxassisliklari) bo‘yicha oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplomga ega chet tili va ona tilini mukammal biladigan oliy ma’lumotli mutaxassis, bakalavr yoki magistr.
2. Mazkur yo‘nalish bo‘yicha PhD, fan nomzodi yoki fan doktori ilmiy darajasiga, dotsent yoxud professor ilmiy unvoniga ega olim-mutaxassis.
3. Tarjimon huquqiga ega (sertifikat yoki boshqa rasmiy hujjat bilan tasdiqlangan) bo‘lgan, chet tilini IELTS-6.0va undan yuqori darajada(shu jumladan, boshqa chet tillaridan tarjima qilishda muvofiq daraja nazarda tutiladi)biladigan (tasdiqlovchi hujjat bilan) mutaxassis.
Tarjimon tarjima predmetini har ikkala til vositalarida oson ifoda qila oladigan, til xususiyatlarini biladigan va uni tarjimada to‘laqonli amalga oshira oladigan bo‘lishi hamda quyidagi malaka talablaridan kamida bittasiga loyiq bo‘lishi lozim:
1. Professional tarjimon yoki professional xorijiy til filologi malaka talablariga javob beradigan mutaxassis.
2. Chet tilini o‘zlashtirishning Umumyevropa xalqaro standarti bo‘yicha kamida V2+ yoki S1 darajasida biladigan yuqori malakali, og‘zaki va yozma tarjima yo‘nalishida tajribaga ega bo‘lgan mutaxassis.
3. Respublikada yoki xorijiy mamlakatlarda ilmiy, ilmiy-ommabop, ilmiy-texnik (sohalar bo‘yicha) matnlarni tarjima qilish tajribasiga ega, tarjimalari rasmiy matbuotda, ilmiy va ommabop nashrlarda chop etilgan va tan olingan mutaxassis.
4. Chet el oliy ta’lim muassasalarining bakalavriati yoki magistraturasini bitirgan yoxud kamida 2 yil davomida PhD dasturi bo‘yicha o‘qigan yoki malakasini oshirgan mutaxassis.
Muharrir quyidagi talabdan kamida bittasiga loyiq bo‘lishi lozim:
1. Fan, ta’lim yo‘nalishi yoki ta’lim sohasi bo‘yicha oliy ma’lumotli mutaxassis, bakalavr yoxud magistr diplomiga ega bo‘lgan soha mutaxassisi.
2. Mazkur yo‘nalish bo‘yicha PhD, fan nomzodi yoki fan doktori ilmiy darajasiga, dotsent yoxud professor ilmiy unvoniga ega bo‘lgan soha mutaxassisi.
Muharrir quyidagi malaka talabidan kamida bittasiga loyiq bo‘lishi lozim:
1. Tegishli fan yoki turdosh o‘quv fanlaridan kamida 5 yil dars berib kelayotgan professor yoki o‘qituvchi.
2. Sohani mukammal biladigan, ilmiy maqola, o‘quv va ilmiy adabiyotlarni tayyorlab nashr qilgan mutaxassis.
Chet tilini biladigan fan yoki yo‘nalish mutaxassislariga afzallik beriladi.
Sohaga oid ta’lim muassasasi, ilmiy muassasa va boshqa tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan oliy ma’lumotli mutaxassis (rahbar).
Sohani mukammal biladigan, sohaga oid respublika va jahondagi tendensiyalardan xabardor bo‘lgan mutaxassis.
Chet tilini biladigan fan yoki yo‘nalish mutaxassislariga afzallik beriladi.
“Elektron ta’lim” imkoniyatlari
“Yangi O‘zbekiston” gazetasining shu yil 12-avgust sonida TDYUU professori v.b, yuridik fanlar doktori Xurshida Abzalovaning “Elektron ta’lim” imkoniyatlari” nomli maqolasi chop etildi.
Milliy ta’lim tizimining xalqaro hamjamiyatga integrasiyalashuvi yo‘lidagi sa’y-harakatlar bugungi jadal islohotlarda o‘z ifodasini topmoqda. Xususan, oliy ta’limni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi va boshqa bir qator me’yoriy hujjatlar qabul qilingani bunga yorqin misoldir.
Prezidentimizning 2020-yil 29-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va fanni tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni soha rivojida muhim qadam bo‘ldi.
“Elektron universitet” (E-University) tizimini joriy etgan holda, ochiq, shaffof, sub’yektivlik va suiiste’molchilikdan xoli ta’lim muhitini yaratish kabi ustuvor vazifalar ijrosi Toshkent davlat yuridik universiteti faoliyatida ham o‘z aksini topmoqda. Hozirgi kunda universitet professor-o‘qituvchilari masofadan turib onlayn va oflayn tarzda videodars, audiodars, elektron kitob va o‘quv materiallari asosida ta’lim bermoqda.
2020/2021-o‘quv yilidan boshlab joriy etilgan kredit-modul tizimi (ECTS Yevropa kredit tizimi)ning nafaqat talabalar, balki professor-o‘qituvchilar faoliyati, o‘z vazifasiga ko‘rsatayotgan ijobiy ta’sirini his qilmaslik mumkin emas.
Bu tizim mashg‘ulotlar sifati va samarasini keskin oshirish barobarida talabalar bilimini baholashda ham ob’yektivlik va shaffoflik ta’minlanishining kafolati bo‘lyapti.
Nazorat turlari — sinov va imtihonlarni olish va baholash tartibi maxsus elektron tizim orqali amalga oshirilishi, bunda talaba ism-sharifi yashirilgan holda tekshirishga berilishi, bu jarayon elektron tizimda shaffof namoyon bo‘lib, o‘qituvchi tomonidan qo‘yilgan baho hamda ish yuzasidan sharh talabaga darhol ko‘rinishi har qanday noxolislikning oldini oladi.
Universitetda o‘quv va boshqaruv tizimini raqamlashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘quv jarayoni uchun qator elektron tizimlar joriy qilingan. Talabalar uchun har qanday masala yuzasidan elektron murojaat qilish imkoniyati yaratilib, “yagona darcha” tamoyili asosida faoliyat yurituvchi Talabalarga xizmat ko‘rsatish markazi tashkil etildi. Bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertasiyalari hamda ilmiy rahbarlarni tanlash elektron tizimi, to‘lov shartnomasini elektron ravishda olish hamda to‘lov bo‘yicha qarzdorlikni nazorat qilib borish mexanizmi ishga tushirildi.
Universitetning masofaviy ta’lim platformasi (http://distant.tsul.uz) dunyo bo‘yicha e’tirof etilgan Moodle (ob’yektga yo‘naltirilgan dinamik ta’lim muhiti) tizimida yo‘lga qo‘yilib, yanada takomillashtirildi. Jumladan, ma’ruza mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun videochat (Big Blue Button) va Zoom dasturiy vositasi, nazorat ishlarini topshirish hamda ularni antiplagiat tizimdan o‘tkazish mexanizmlari integrasiya qilindi. Ta’lim platformasiga 21 mingdan ortiq elektron kontent (videoma’ruza, audio, elektron adabiyotlar, ma’ruza matnlari, test va topshiriqlar, qo‘shimcha amaliyot materiallari) joylashtirildi.
Bundan tashqari, universitet elektron kutubxonasi ham tashkil etilib, unda 10 mingdan ziyod manba joylashtirildi, huquqshunoslar uchun mo‘ljallangan WestLaw, LexisNexis va JSTOR xalqaro ma’lumotlar bazalaridan foydalanish imkoniyati yaratildi. Universitet tomonidan yangi avlod darsliklarini yaratishga alohida e’tibor qaratildi. Yangi ishlab chiqilgan talablar, xorijiy adabiyotlar namunalari asosida hamda xorijiy professorlarni jalb etgan holda, darsliklar tayyorlash ishlari, shuningdek, Oksford va Kembrij kabi xorijiy nashriyotlar bilan shartnomalar tuzilib, ularning eng mashhur huquqiy adabiyotlarini o‘zbek tiliga tarjima qilish va nashr etish yo‘lga qo‘yildi. Buning natijasida har yili 20 dan ortiq dars lik va o‘quv qo‘llanmalar nashr etib borilmoqda.
Start-up ekotizimini yaratish maqsadida TDYUUda Legal Tech laboratoriyasi tashkil etilgan. U yoshlarning startap loyihalarini axborot-texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Hozirgi kunda laboratoriya tomonidan Huquqiy shahar elektron platformasi va mobil ilovasi ishlab chiqildi. Mobil ilova Google Play Market platformasiga joylashtirildi hamda yuklab olish imkoniyati yaratildi. Platforma orqali universitetda tayyorlangan dolzarb mavzulardagi 20 ta ilmiy-ommabop risola joylashtirildi. Bundan tashqari, platformada fuqarolarga huquqiy sohaga oid savol yuborish ham mumkin. Hozirgi kunda fuqarolardan Huquqiy shahar mobil ilovasi orqali kelib tushgan savollar bo‘yicha huquqiy asoslangan tushuntirishlar berib borilmoqda.
Universitet ta’lim platformasi orqali o‘quv jarayoni onlayn darslar uchun barcha imkoniyatlarni yaratib bermoqda va ta’lim sifatini oshirmoqda. Ushbu platformada ma’ruzalar hamda amaliy mashg‘ulot va seminarlar uchun forum ochishda Big Blue Button imkoniyatlaridan foydalanilmoqda. Kredit-modul tizimining asosiy kriteriysi talabalarning mustaqil ta’lim olishi bo‘lib, buning uchun barcha manbalar platformaga joylashtirilgan.
Shuningdek, mustaqil ta’lim jarayonida o‘zlashtirilgan bilimlarni platforma orqali avtomatik baholash imkoniyati mavjud. Darsda qatnashmagan yoki darsni o‘zlashtira olmagan talaba professor-o‘qituvchilar ma’ruzalarini qayta ko‘rish imkoniyatiga ega. Forum vositasida onlayn muloqot qilish barcha muammolarni birgalikda hal etishga yo‘l ochadi.
“Elektron ta’lim” sohasida Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya, Daniya va Rossiya kabi davlatlar tajribasida axborotlashtirishning asosiy maqsadi, birinchi navbatda, ta’lim sifatini oshirishga, so‘ng esa jarayonlarni avtomatlashtirish orqali oliy ta’lim muassasasi xodimlari va professor-o‘qituvchilari faoliyatida ko‘p takrorlanadigan vazifalar uchun ketadigan vaqtni tejashga qaratilgan. Ta’lim sifatini oshirishda asosiy e’tibor ta’lim kontentlarini yaratish va ulardan ochiq foydalanishni tashkil etishga ahamiyat beriladi.
Muxtasar aytganda, “elektron ta’lim”ning yuridik kadrlarni tayyorlashdagi o‘rni huquqiy ta’limni ixtisoslashtirish va huquqshunos kadrlarni muayyan yo‘nalishlar bo‘yicha tayyorlashda muhim ahamiyatga ega.