Press "Enter" to skip to content

Elektron darsliklar yaratishda nimalardan foydalaniladi

Munozarali darslar ham muammoli ta’lim texnologiyalariga asoslanadi. Munozarali darslar mazmuni va mohiyatiga ko’ra:

Iqtisodiyotda foydalaniladigan dasturiy mahsulotlar

1. 1-TAJRIBA MASHG’ULOTI MAVZU: IQTISODIYOTDA FOYDALANILADIGAN DASTURIY MAHSULOTLAR.

2.

Bugungi
kunda
axborotkommunikatsiya
sohasini
rivojlantirishning asosi hisoblangan
dasturiy
mahsulotlarni
ishlab
chiqarish
milliy
iqtisodiyot
rivojlanishining
muhim
sharti
sifatida alohida ahamiyat kasb
etmoqda.

3.

Hayotimizning
har
jabhasida
faol
qo‘llanilayotgan
axborot
almashinuv
texnologiyalaridan samarali foydalanish ulardagi
dasturiy
ta’minotlarning
o‘ziga
xosligi,
ommabopligi va innovatsion yangiligiga bog‘liq.
“Axborotlashtirish
to‘g‘risida”gi,
“Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi, “EHM
dasturlari va ma’lumotlar bazasini himoya qilish
to‘g‘risida”gi qonunlar soha rivojida muhim
ahamiyat kasb etmoqda.

4. Iqtisodiyotda foydalaniladigan dasturiy mahsulotlar

Dasturiy ta’minotdan foydalanish juda ko’p vaqtni
tejaydi va buxgalter va iqtisodchi ishini osonlashtiradi.
So’nggi yillarda buxgalteriya dasturlari oldinga katta qadam
qo’ydi. Bugungi kunda internetda bank operatsiyalariga
qadar debitorlik bilan boshlangan ko’plab buxgalteriya va
iqtisodiy muammolarni hal qilish uchun dasturiy ta’minotni
topish mumkin. Iqtisodchilar va buxgalterlar uchun foydali
bo’lgan ko’plab dasturlar mavjud, eng muhimlari, quyidagi
ro’yxatda kiritilgan:

5.

MICROSOFT
OFFICE
EXCEL-Microsoft
Office
dasturlari to’plamiga kiritilgan
universal
dastur.
Axborotni
saqlash, tashkil etish va tahlil
qilish qobiliyati bilan elektron
jadvallar bilan ishlash uchun
tengi yo’q dastur. Moslashuvchan
va ishlatish uchun qulay.

6.

1C: BUXGALTERIYA hisobi
buxgalteriya hisobini butunlay yangi
darajaga olib chiqqan eng mashhur
buxgalteriya dasturi. Unga ulangan
xizmatlar buxgalteriya vazifalari
bilan samarali ishlaydi. Ushbu
dasturning asosiy xususiyatlari
quyidagilardan
iborat:
qonun
hujjatlariga muvofiq buxgalteriya
hisobi,
biznes
operatsiyalarini
ro’yxatdan
o’tkazish,
foydalanuvchilarni
o’z
vaqtida
qo’llab-quvvatlash.

7.

1C:
ISH
HAQI
VA
XODIMLARNI
BOSHQARISHushbu dastur ish haqini hisoblash
va tashkilotning kadrlar siyosatini
amalga oshirish bilan bog’liq
masalalarni avtomatlashtirishga
imkon beradi. Xodimlar bo’limida
va buxgalteriya bo’limida keng
qo’llaniladi.

8.

1C:HUJJAT
ALMASHISHzamonaviy ECM tizimi (Enterprise
Content Management), biznes
jarayonlarini
boshqarish
va
xodimlarning ishlashi uchun keng
qamrovli
vositalar
to’plami.
Tashkilotdagi
hujjatlar
bilan
ishlashni avtomatlashtirish uchun
xizmat qiladi. Boshqaruv qarorlarini
qabul qilish va qabul qilish
muddatini
sezilarli
darajada
kamaytiradi.

9.

SBIS TIZIMI tashkilot ichidagi
elektron hujjat aylanishi va
kontragentlar, Internet orqali
barcha davlat organlariga hisobot
berish,
korporativ
ijtimoiy
tarmoq
(yangiliklar
va
munozaralar,
repostlar,
yoqtirishlar va sharhlar), savdo
nuqtasi va boshqalar kabi ko’plab
imkoniyatlarni o’z ichiga oladi.

10.

GLONASS
/
GPS-bu
avtomobilning
Real
vaqtda
harakatlanishini, haydovchining
ish va dam olish rejimini,
avtomobil tezligini va yonilg’i
sarfini kuzatish imkonini beruvchi
zamonaviy
vosita.
Yoqilg’imoylash materiallarini nazorat
qiluvchi iqtisodchi uchun maqbul
yechim.

11.

MIJOZ-BANK-qulay
tizim
bo’lib, u orqali mijoz hisob-kitob
operatsiyalarini amalga oshirishi,
telefon va kompyuter orqali bank
bilan ma’lumot va hujjatlarni
almashishi mumkin.

12.

13. TAJRIBA MASHG’ULOTINING TOPSHIRIG’I

1.
СУММЕСЛИ
FORMULASIDAN
FOYDALANIB, IQTISODIY MUAMMOLARNI
HAL QILISH
Masala: Do’kon xodimlari Ish haqlarining
bayonnomasi asosida sotuvchilar ish haqining
umumiy miqdorini aniqlang.

14.

2. Natijalar bo’yicha yil uchun foyda taqsimotini
hisoblash
MASALA: Hisobot yilining oxirida tashkilot xodimlar
o’rtasida mukofot sifatida taqsimlanishi kerak bo’lgan N
naqd pulga ega. Tarqatish xodimning ish haqi va ushbu
tashkilotda ishlash tajribasiga muvofiq amalga
oshiriladi.
Tushuntirishlar.
“№ P/p” (1), “xodimning nomi” (2), “ishga qabul qilish
sanasi” (3), “ish tajribasi” (4), “xodimning ish haqi” (5),
“o’zgartirilgan ish haqi” (6), “ishchi mukofoti” (7).
1, 2, 3 va 5 ma’lumotlarini o’zingiz belgilang.

15. Nazorat savollari

Avtomatlashtililgan ish joylariga ta’rif bering.
Avtomatik ish joylariga ta’rif bering.
Muammoga yo‘naltirilgan ish joylarini izohlang.
Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining ishlash texnologiyasi.
Banklararo elektron hisob-kitoblarni amalga oshirishda
telekomunikatsiya tarmoqlarining o‘rni nimadan iborat?
6. SWIFT tizimining mazmuni nimadan iborat?
7. SWIFTga a’zo bo‘lish qanday amalga oshiriladi?
8. SWIFTning afzalligi.
9. SWIFTning kamchiligi nimadan iborat?
10. SWIFT interfeyslari nima uchun kerak?
1.
2.
3.
4.
5.

Elektron darsliklar yaratishda nimalardan foydalaniladi

Yangi darsliklar, qisqaradigan fanlar va oyliklar. Prezident o‘qituvchilar bilan uchrashuvda nimalar haqida gapirdi?

Ustozlar bilan muloqotda Shavkat Mirziyoyev tuman, shahar va viloyat xalq ta’limi bo‘limlarini tanqid qildi, bu eski tizimdan voz kechish kerakligini aytdi. 11-sinflar 20-30 foizli oylik bilan ishlashi mumkinligini ta’kidladi, maktablarda fanlarni qisqartirishni taklif qildi.

29 dekabr kuni prezident Xalqaro kongress markaziga bordi. U yerda boshlang‘ich sinflar uchun ishlab chiqilgan yangi avlod darsliklari taqdimoti bilan tanishib, bir guruh pedagoglar bilan uchrashdi. Tadbir davomida davlat rahbari ta’lim sohasidagi muammolarni eslatib, bu borada 2023 yilda ko‘plab qaror, farmonlar chiqishini, qilinadigan ishlar ko‘pligini ma’lum qildi. Kun.uz uchrashuvda tilga olingan eng muhim yangiliklarni bir videoga jamladi.

Dastlab tadbirda so‘nggi 5 yilda amalga oshirilgan ishlar haqida gapirildi, yangi darsliklar 1 yanvardan tajriba-sinov tarzida maktablarga joriy etilishi ma’lum qilindi.

“Agar so‘nggi 5 yilligimizni, birgalikda ishlaganimizni inobatga olsak, biz mingta maktab qurdik, bundan oldingi davrda buning 30 foizini ham qilmagan edik. Agar bitta raqamda aytsak, 2022 yilda mana shu masalalarga 14 trlnga yaqin pul berdik. Yaqin 5 yil ichida yana 1 mln 200 mingta o‘rin tashkil qilamiz. Bu ham o‘zidan o‘zi bo‘lmaydi. Maktablarni quraveramiz, lekin uning ichidagi muallimlarni ham tayyorlash kerak.

2023 yil 1 yanvardan boshlab respublikaning 14 ta hududidagi maktablarda yangi darsliklarni joriy etish bo‘yicha eksperiment boshlanyapti, 1 sentabrdan esa 10 mingtasida boshlanadi. Sizlarga bu narsalar ma’qul kelyapti, to‘g‘rimi? Albatta, bu – birinchi qadamlarimiz. Bularni borgan sari sizlar ham takomillashtirasizlar, bizning ham kengashlar o‘tirib, takomillashtiradi”, – dedi prezident.

Uning aytishicha, yaqinda 14 ta hududga tajriba tarzida joriy etilayotgan darsliklardan keyingi bosqichlarda 5–11 sinflar uchun ham ishlab chiqiladi. Shuningdek, prezident o‘qituvchilarning obro‘sini ko‘tarish kerakligi haqida ham gapirib o‘tdi.

“Hozir farzandlarimiz o‘zlari talab qilishyapti: “Bizga kechagi ta’lim emas, sifatli ta’lim kerak”, – deyapti. 590 ming nafar muallim va murabbiylarga murojaat qilmoqchiman, faqat sizlar… Eng qimmat va eng katta boyligimiz – farzandlarimizni ustozlarga topshiramiz. Agar har birimiz o‘zimiz, farzandlarimiz, nevaralarimizning ertangi kunini qoldiramiz desak, faqat va faqat muallimning obro‘sini ko‘tarishimiz, faqat va faqat ularning sharoitini yaratishimiz kerak. Ko‘p millatli O‘zbekistonning har bir farzandlarini mening farzandim, ertangi kunimning poydevori, zamini – deb tarbiya qilsak, albatta, biz natijaga erishamiz”, – dedi Mirziyoyev.

Davlat rahbari o‘qituvchining sharoiti yaxshi bo‘lsa, jamiyatning ham kayfiyati o‘zgarishini, bu bo‘yicha har qanday takliflarni o‘rganishga tayyorligini aytdi. So‘ng imkon tug‘ilsa, o‘qituvchilarning maoshi oshirilishi ma’lum qilindi. Qolaversa, o‘qituvchilar uchun ipoteka shartlari yengillashtirilishi mumkinligi qayd etildi.

Muloqotda alohida gapirilgan mavzulardan yana biri – maktablardagi ta’lim sifati va fanlar masalasi bo‘ldi. Shavkat Mirziyoyev repetitor bir yilda bolalarga til o‘rgata olishini, ammo maktablar 10 yilda ham bu ishni qila olmasligini tanqid qilib, fanlar sonini qisqartirish, uning o‘rniga zamonaviylarini joriy etishni taklif qildi.

“Maktablarda 22 ta yo‘nalish, fan bor. Mening nazarimda, hozirgi bolalarga kreativ yo‘nalishlar, bilim, informatsion texnologiyalar qiziq, qaysidir fanlarni qisqartirsak ham bo‘ladi. Endi biz qisqartirishga qo‘rqamiz, chunki komissiya, «royono», «gorono», «oblono» bor, vazirlik bor. Bu – eski tizim. Bu eski tizimni haqiqatan buzolmas ekanmiz, biz hozirgi zamonaviy kadrni tayyorlay olmaymiz. Shuning uchun, mening fikrim, 10 sinfni tugatganidan keyin maktab kollektivi xalqimiz, ota-onalarning oldida bir majburiyatni olsa, biz aytgan 2 ta tilga ham, bitta kasbga ham 10-sinfni tugatganidan keyin bersak, shundan so‘ng joylardagi rahbarlar, hokimlar 10-sinfdan 11-sinfga o‘tganidan keyin o‘zining kasbi bo‘yicha 30-50 foizli oylik berib, 2 soat – 2 soat ularni ishlatsa. Bilasizlarmi, bu bilan ular hayotga qanchalik tayyor bo‘ladi. Agar 10-sinfni tugatganlarga 30-50 foizli oylik berib ishlatsak, u yo oliygohga boradi, yo ish bilan bo‘lib adashmaydi, o‘zining yo‘lini topadi”, – deya ta’kidladi prezident.

Bundan tashqari, Mirziyoyev 10 mingdan ortiq maktabdan 842 tasining birorta bitiruvchisi oliy o‘quv yurtiga kirmaganini eslab, eski tizimdan voz kechishni, darsliklar o‘zgarayotgan ekan, o‘qituvchilar ham o‘zgarishi kerakligini: “O‘zgarmasangiz xayrlashamiz. Shuning uchun ham bugun sizlar bilan ko‘rishib, gaplashyapmiz”,– deya ta’kidladi.

“Qiz farzandni, onani o‘qitsak, jamiyatni o‘qitgan bo‘lamiz”, – deb Mirziyoyev nutqini davom ettirdi. Uning ta’kidlashicha, bolalarni ayollar tarbiyalaydi, shuning uchun qizlarni, onalarni o‘qitish har qachongidan ham muhim.

Oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari maktabda o‘tilgan fanlar bo‘yicha o‘tkazilishi bo‘yicha berilgan taklif ma’qullandi. Prezident bu nomutanosiblikka barham berilib, maktabda o‘tilmagan fanlar bo‘yicha savollar tuzilmasligini, bu bo‘yicha topshiriq berilganini aytdi.

Albatta, maktablarda fanlar soni qisqartirilishi, ta’lim sifati yaxshilanishi muhim, ammo maktab o‘quvchilari va majburiy mehnat masalasi ham ular ichida ahamiyatlidir. Shavkat Mirziyoyev maktab o‘quvchilarini majburiy mehnatga jalb qilishning asoratlari haqida ham gapirdi. Uning aytishicha, buni taqiqlash to‘g‘risidagi qarorni qabul qilish oson bo‘lmagan.

“Bolalar paxtaga 7-sinfdan chiqardi. Tasavvur qiling, yosh-yosh qizlarimiz 20-25 kg yukni har kuni ko‘tarishga majbur edi. Shu tufayli qancha kasalliklar orttirib olinardi, ba’zi holatlarda uni davolashga ham imkoniyat bo‘lmasdi.

Vaholanki, ularning qanchadan qancha orzulari bor edi, ular farzand ko‘rishi kerak edi. Endi u kunlarga qaytmaymiz”, — dedi Mirziyoyev.

Uchrashuv davomida prezidentga murojaat qilgan o‘qituvchilardan biri xalqaro olimpiadalarga o‘quvchilarni tayyorlash uchun yetarlicha manba va mutaxassis yo‘qligi haqida gapirdi. Bu borada 1-2 oy davomida alohida o‘rganish qilinishi va manba, mutaxassislarni tayyorlash, ta’minlash borasida Xalq ta’limi vazirligiga topshiriq berildi.

Dilshoda Shomirzayeva tayyorladi.

Web sayt yaratishni nimadan boshlash kerak, qanday tartibda ishlash kerak, endi boshlayotganlar uchun yo’riqnoma

Assalomu aleykum blogimiz o’quvchilari! Hammamizga malumki, axborot texnologiyalari yildan-yilga rivojlanib, yanada mukammallashib borayapti. Shuning uchun, hozirgi paytda odamlarni, o’z web-sayti, web-sahifasi yoki internetda daromad olish imkoniyati bilan ajablantirish qiyin. Ammo, Yandex va Google qidiruv tizimlarida tez topiladigan va qiziqarli, web sayt yaratish oson ish emas. Lekin, nima qilish kerak, qanday qilish kerakligini qund bilan o’rgansangiz, bilsangiz, bundan oson ishning o’zi yo’q. Shu sababli bugun, web sayt yaratish to’g’risidagi maqolalar seriyasini boshlashga qaror qildim.

Bu maqolalar seriyasida, sayt tuzishni noldan boshlab, toki, targ’ib qilib, rivojlantirib, daromad olishgacha bo’lgan malumotlarni olishingiz mumkin.

Demak, sayt tuzishni nimadan boshlash kerak?

Eng avvalo, biz sayt yaratish maqsadini aniqlab olishimiz kerak. Sayt shaxsiy foydalanish uchun kerakmi yoki tovarlar va xizmatlar sotishgami?

Birinchi variant uchun internetdagi bepul dasturlardan foydalanishingiz mumkin. Ular yordamida, siz, andozalar asosida Web-resurs yaratishingiz mumkin, buning uchun faqat bir necha daqiqa sarflashingiz kerak bo’ladi.

Ikkinchi variant uchun bir oz harakat qilish va ozgina sarmoya kiritishingiz kerak bo’ladi. Faqatgina bir nechta maxsus dasturlarni o’rganib chiqib, saytni ro’yxatdan o’tkazish, to’ldirish va targ’ib qilishni boshlashingiz mumkin.

Maqola mundarijasi ( Ochish / Yopish )

  1. Sayt yaratishni boshlash uchun 7 muhim qadam
  2. CMS platformasini tanlash
  3. Bosqichma-bosqich bepul sayt yaratish
  4. Xulosa

Sayt yaratishni boshlash uchun 7 muhim qadam

Web-resursni yaratish istagi sizda paydo bo’lgandan so’ng, buning uchun qancha mablag’ talab etilishini va qanday vositalarni ishlatish mumkinligini bilib olishingiz shart.

1-qadam. To’g’ri g’oya toping

Web-resurs bazasi, shu jumladan, har qanday masala g’oyaga asoslanadi. U qanchalik yaxshi va original bo’lsa, biznes yanada foydali va muvaffaqiyatli bo’ladi. Shuning uchun, tanlovda adashmaslik kerak va boshqalardan ko’ra yaxshiroq yoki, hech bo’lmaganda, muvaffaqiyatli kontseptsiyani yaratish juda muhimdir.

Maslahat! G’oya, birinchi navbatda, sizga yoqishi va ayni paytda odamlar uchun qiziqarli bo’lishi kerak. Bunday tandem har qanday muvaffaqiyatli loyihani, shu jumladan, web-resursni yaratish uchun kuchli asosdir.

2-qadam. Sayt mavzusi va nomini tanlash

Agar foyda keltiradigan loyiha rejalashtirgan bo’lsangiz, u holda uning nomi asosiy domen maydonlaridan birida paydo bo’lishi kerak. Masalan, .com, .net yoki .org. Bu qidiruv tizimlarida yuqori o’rinlarni egallashda ancha yordam beradi.

Maslahat! Domenni tanlayotganda, u birinchi navbatda esda qolarli bo’lishi kerak, ya’ni har bir kishi uni osongina eslab qoladigan bu’lishi kerak. Bu esa, foydalanuvchiga sizni qidirib topishda qulaylik yaratadi.

Bundan tashqari, sayt yaratishda hostingga e’tibor qaratishingiz kerak. Bu ishning barqarorligi, interfeysning qulayligi, tanlagan tilingizni qo’llash xizmati, xizmatlarning narxi va boshqalarni nazarda tutadi.

Agar, hostingni noto’g’ri tanlasangiz, sayt qidiruv tizimlarida umuman topilmasligi mumkin.

3- qadam. Sayt uchun CMS tanlash

CMS atamasi internetda juda keng tarqalgan. Ammo bu atama nimani anglatadi? Ba’zilarning aytishicha, bu saytning «mexanizmi» va «yuragi», boshqalar fikricha, axborotni joylashtirish va tahrir qilish yoki, bo’limlarni yaratish uchun muntazam vazifalarni samarali hal qilish vositasidir.

Aslida, CMS tushunchasi (inglizcha Content Management System) – kontentni boshqarish tizimi – sayt mazmunini yaratish, boshqarish va tahrirlash jarayonini tashkil qilish va ta’minlash uchun foydalaniladigan kompyuter dasturi yoki axborot tizimidir.

Bugungi kunga kelib, web-resurslarning aksariyati tayyor «mexanizm» asosida yaratilgan bo’lib, uni noldan o’rnatmaslikka imkon beradi va bunday holatda texnik xatolar juda kam bo’ladi.

Hozirda, asosan WordPress, Joomla, Drupal CMSlarini ishlatishadi.

4- qadam. Tegishli shablonni tanlash

Internetda sayt ochish uchun tayyor andozalar mavjud. Lekin, ular mustaqil ravishda ishlab chiqilishi mumkin, bu ularni boshqalardan ajratib turadi va qidiruv tizimlari tomonidan yaxshiroq qabul qilinadi.

Shu bilan birga, dizaynda ortiqcha narsa bo’lmasligi kerak. Jadvalning ko’pligi yaxshi, lekin saytning yuklanishini sezilarli darajada sekinlashtiradi. Shuning uchun asosiy sahifalarning vazni 50-60 kb dan oshmasligi kerak.

Tasvirlar mavzu bilan uyg’un bo’lishi kerak, lekin saytni qidirishda kalit so’zlarni o’z ichiga olgan matn asosiy rol o’ynaganligi sababli, unchalik katta ahamiyatga ega emas. Web-resursni loyihalashda haddan tashqari yorqin ranglardan foydalanishdan voz kechish kerak, chunki bunday tasvirlar, mehmonning ko’zini charchatadi.

5-qadam. Kontent bilan to’ldirish va kalit so’zlarni tuzish

Internet, birinchi navbatda, axborot almashish uchun ishlatilganligi sababli, saytning mazmuni har doim hal qiluvchi rol o’ynaydi. Bu saytga bo’layotgan tashriflar sonini aniqlab beradigan omil.

Shuning uchun, loyihaning boshidanoq uni sifatli materiallar bilan to’ldirish kerak. Ko’proq samaradorlik uchun kontent haftada kamida uch marta yangilanishi lozim.

Buning uchun matnlar mustaqil ravishda yozilishi yoki professional kopirayterlarni yollash mumkin.

Kontent yaratilgach, kalit so’zlarni tuzish vaqti keladi. Ular yordamida bir necha soniya ichida kerakli saytni topishingiz mumkin.

7-qadam. Saytni reklama qilish

Sayt yaratilgandan so’ng keyingi muhim qadam– saytni reklama qilish usulini tanlash. Bu ish bilan o’zingiz shug’ullanishingiz yoki, mutaxassis xizmatlaridan foydalanishingiz mumkin.

CMS platformasini tanlash

CMS platformasini tanlashda siz saytni yaratish maqsadiga tayanishingiz kerak. Har bir platforma (CMS) muayyan maqsadga mos keladi. Barcha CMS-mehanizmlar 2 turga bo’linadi: pullik va bepul.

Bugungi kunda eng ommabop va bepul CMSlar orasida quyidagilar mavjud:

Shubhasiz, saytlar uchun eng mashhur CMS WordPress hisoblanadi. Bundan tashqari, sayt bilan bog’liq muayyan vazifani hal qilishda sizga yordam beradigan ko’plab webmasterlar mavjud.

Pullik CMS platformalari quyidagilarni o’z ichiga oladi:

Ushbu platformalarning har biri haqida Internetda batafsil ma’lumot bor. Yoki, saytimizdan xabardor bo’lib turing, bir ozdan keyin bu platformalar to’g’risidagi batafsil malumotlarni taqdim etamiz!

Web-saytingizni bepul yaratishda sizga, konstruktor saytlar yordam berishi mumkin. Ushbu konstruktor saytlardan foydalansangiz, sizga tartiblash, dizayn, dasturlash va kodni tahrirlashni o’rganishni keragi bo’lmaydi.

Bosqichma-bosqich bepul sayt yaratish

Quyidagi bosqichlar, sayt yaratish uchun ajoyib qo’llanma bo’ladi, chunki ular qaysi tartibda harakat qilish kerakligini yaxshiroq tushunishga yordam beradi. Bu ma’lumotlardan foydalanib, saytni o’zingiz yoki mutaxassislar jamoasi bilan birgalikda yaratishingiz mumkin.

1-bosqich. Saytning maqsad va vazifalari

Shunday qilib, siz saytni yaratishga qaror qildingiz va, albatta, undan to’g’ridan-to’g’ri yoki, bilvosita foyda olishni xohlaysiz.

Saytning asosiy vazifalari:

  • Jamoatchilikda inson, kompaniya yoki boshqa tashkilotning ijobiy imidjini shakllantirish.
  • Tovarlar yoki xizmatlarni sotish.
  • Kelgusi tadbirlarni e’lon qilish.
  • Yangiliklar joylashtirish.
  • Foydalanuvchiga qaror qabul qilishda yordam berish (masalan, mahsulot bahosini yoki xususiyatlarini taqqoslash).
  • Onlayn xizmatlar (elektron pochta, Internet — bank, kalkulyator va h.k.).

2-bosqich. Saytning ko’rinishi va mexanizmi

Quyidagi jadval yordamida sayt mehanizmini tanlashingiz mumkin:

Web-saytingiz oldida turgan vazifalarni aniqlab, sayt mehanizmini tanlashga o’ting.

3-bosqich. Saytni to’ldirish uchun materiallarni tayyorlash

Ikkinchi bosqichni tugatib, tegishli qaror qabul qilib, sayt uchun materiallarni tayyorlashga kirishishingiz kerak. Saytning mazmuni quyidagilarni o’z ichiga olishi mumkin: fotosuratlar, videolar, matnlar (pdf va boshqa formatdagi hujjatlar, kitoblar, referatlar va h.k.), audiolar shuningdek yuklab olish uchun mo’ljallangan fayllar.

Maslahat! Ma’lum bo’lishicha, saytlarni ishlab chiqish bilan shug’ullanadigan mutaxassislarning aksariyati bir global muammoga duch kelishadi: mijozlar saytni to’ldirish uchun yetarli materiallarga ega emaslar. Korporativ identifikator, logotip, mahsulot fotosurati va kompaniyaning tavsifi yo’q. Shuning uchun sizlarga bu muammoni oldindan hal qilishni tavsiya etardim.

4-bosqich. Dizayn va prototipni ishlab chiqish

Prototip– web-saytning tuzilishini ifodalovchi grafik tartib.

Prototip yaratish uchun siz avval varoqda sayt elementlarini bloklarga ajratib beradigan mutaxassisga murojaat qilishingiz kerak va keyin Adobe Photoshopda prototipning yanada mukammal versiyasini yaratasiz. Endi web-saytingiz tartiblash bosqichiga to’liq tayyor bo’ldi.

5-bosqich. Tartiblash.

Yuqoridagi bosqichda yaratilgan maketga asoslanib tartiblovchi mutaxassis ishni boshlaydi. Agar, ehtiyoj mavjud bo’lsa, u ba’zi tahrirlarni amalga oshirishi va yangi funksiyalarni yaratish uchun qo’shimcha dasturchini jalb qilishi mumkin.

Saytlarni yaratish uchun eng aniq va mashhur dasturlarning ro’yxatini taqdim etamiz:

  • Notepade ++;
  • PhpDesigner;
  • Adobe Dreamweaver;
  • Adobe Muse;
  • Balsamiq Mockups.

6- bosqich. Domen va hosting.

Domen sotib olish – boshqacha qilib aytganda, ro’yxatdan o’tish domen nomini sotib olishdir. Deyarli barcha ro’yxatga olish kompaniyalari hosting xizmatlariga ega va foydalanuvchilarga ro’yxatdan o’tishda yordam beradi.

To’g’ridan-to’g’ri ro’yxatga olish uchun pasport ma’lumotlari kerak bo’ladi, chunki sayt sizga qonuniy ravishda beriladi.

Diqqat! Agar ro’yxatdan o’tish yuridik shaxs tomonidan amalga oshirilsa, yuridik shaxsning ma’lumotlarini ko’rsatish kerak bo’ladi.

7- bosqich. Ishga tushirish

Saytni ishga tushirgandan va sozlaganingizdan so’ng, materiallaringizni saytga joylashtirishingiz mumkin.

Tabriklaymiz! Shu paytdan boshlab web-saytingiz har bir kishi uchun ochiq va siz nihoyat barcha maqsadlarni amalga oshirishingiz mumkin.

Xulosa

Aslida, web-saytlarni yaratish va targ’ib qilish haqida barcha ma’lumotlar internetda mavjud. Lekin, u malumotlarni har joydan va qilinishi kerak bo’lgan ishlarning ketma ketligi buzilgan holda olishingiz mumkin. Shularni hisobga olgan holda, barcha malumotlarni bir joyga yig’ish maqsadida, blogimizda «Sayt tuzish» ruknini ochganmiz. Kerakli barcha malumotlarni shu bo’limdan yoki manabu maqoladan topishingiz mumkin. Bir qarashda qiyin tuyilgan, sayt yaratish, oxir-oqibat nihoyatda tez va qiziqarli bo’lishi va kelajakda, ko’p daromad olib kelishi aniq.

Agar siz o’qigan barcha maslahatlardan so’ng, saytni yaratish va ishga tushirish jarayoni hali ham murakkab va amalga oshirilmaydigan deb o’ylasangiz, unda biz, onlayn maktabimizda sizning qo’lingizdan ushlab natijagacha olib chiqishimiz mumkin. Buning uchun onlayn maktabimizga kirib ro’yxatdan o’tishingiz kerak bo’ladi.

Savollar va fikrlaringizni izohlarda kutib qolaman. Blogimizga ,obuna bo’lib, zamon bilan hamnafas bo’ling!

E’tiboringiz uchun rahmat!

Noan`anaviy darslar qanday tashkil etiladi?

Munozarali darslar ham muammoli ta’lim texnologiyalariga asoslanadi. Munozarali darslar mazmuni va mohiyatiga ko’ra:

1. Ilmiy munozara darslari;
2. Erkin fikrlash darslariga ajratiladi.

Ilmiy munozara darslari dasturdagi muayyan bir mavzuni o’rganishga bag`ishlanadi. M azkur dars oldida qo’yidagi vazifalar turadi:

1. O’quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish orqali tahsil olishga va fanga qiziqishlarini orttirish, bilimlarini kengaytirish.

2. O’quvchilarning avval o’zlashtirgan bilim, ko’nikma va malakalarini odatiy, tanish va kutilmagan yangi vaziyatlarda qo’llanishi orqali yangi bilimlarni egallashlariga erishish.

3. O’quvchilarning bilimidagi mavhum tushunchalarni aniqlash va ularga barham berish, bilim olishga bo’lgan intilishlarini rivojlantirish.

4. O’quvchilarni nutq madaniyatini o’stirish, o’z fikrlarini lo’nda va mantiqan to’g`ri bayon etish, ularda dalillash ko’nikmalarini hosil qilish.

Masalan: Geografiya fanidan munozarali darslar «Atrof muhitning ifloslanishi», «Yerda hayot paydo bo’lishi va dastlabki rivojlanish» kabi mavzulardagi umumlashtiruvchi darslarda foydalaniladi.

Ilmiy munozarali darslarning tuzilishi quyidagicha bo’ladi:

I. O’qituvchining kirish so’zi. Bunda o’qituvchi dars mavzusi, maqsadi va vazifalari, ilmiy munozara o’tkaziladigan muammolarning umumiy obzori, darsda o’quvchilar guruhi bajaradigan topshiriqlar bilan tanishtiradi.

II. O’quvchilar faoliyatini munozarali va muammoli vazifalarni bajarish va hal etishga yo’llash.
III. O’quvchilar guruhi o’rtasida o’quv bahsi va munozarani tashkil etish.

IV. O’quv bahsi va munozara yakuni. O’qituvchi dars davomida bahs va munozara keltirib chiqargan muammolar yechimidagi asosiy g`oya va tushunchalarni takidlab, xulosalar chiqaradi.

IV. O’quvchilarni baholash. O’quv bahsi va munozaralarda faol ishtirok etgan o’quvchilar rag`batlantiriladi va reyting tizimiga muvofiq baholanadi.

V. Uyga vazifa berish.
VI. Darsni yakunlash.
KONFERENSIYA DARSLARI

Didaktik o’yinli darslar orasida konferensiya darslari ham muhim o’rin tutadi. Konferensiya darslari o’quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirishda, ilmiy dunyoqarashini kengaytirishda, ilmiy va ilmiy­ ommabop adabiyotlar bilan mustaqil ishlash ko’nikma va malakalarini orttirish, mustaqil hayotga ongli tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

O’qituvchi konferensiya darsini o’tishdan avval dars mavzusini, maqsad va vazifalarini belgilab, shu mavzuga oid qo’shimcha ilmiy va ilmiy-ommabop adabiyotlarni ko’zdan kechiradi. Mazkur dars o’tishdan 10 kun oldin dars mavzusi e’lon qilinib, unga tayyorgarlik ko’rish uchun adabiyotlar tavsiya etiladi. E’lon qilingan didaktik o’yinli darsda «Olimlar» rolini tanlash, mavzuni har tomonlama yoritish, ma’ruza tayyorlash o’quvchilarning ixtiyorida bo’ladi. Darsga tayyorgarlik davrida o’qituvchi tomonidan ijobiy rag`batlantirish va muloqot madaniyati, o’quvchilarning darsga qizg`in ishtiroki muhim omil sanaladi.

Ilmiy konferensiya darsini quyidagicha o’tkazish tavsiya etiladi:

I. O’qituvchining kirish so’zi. Bunda o’qituvchi dars mavzusi, maqsadi va vazifalari, tegishli rollarni bajaruvchi «Olimlar» bilan tanishtiradi.

II. Ilmiy ma’ruzalarni tinglash. «Olimlar» mavzuci yuzacidan tayyorlangan ma’ruzalarni ko’rgazmali qurollar asosida bayon etadilar.

III. Ma’ruza muhokamasi. Bunda «Olimlar» va sinfdagi boshqa o’quvchilar o’rtasida mavzu yuzasidan bahs-munozara o’tkaziladi.

IV. Ilmiy konferensiya yakuni. O’qituvchi mavzu yuzasidan eng muhim tushuncha va g`oyalarni ta’kidlab, yakunlaydi.

V. O’quvchilarni baholash. Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar rag`batlantiriladi va reyting tizimiga muvofiq baholanadi.

VI. Uyga vazifa berish.
VII. Darsni umumiy yakunlash.

Matbuot konferensiyasi sinfdagi barcha o’quvchilarning o’quv bilish faoliyati faollashuvi bilan ko’zga tashlanadi.

SEMINAR DARSLARI

Seminar darslari o’quvchilar o’quv materialini o’qituvchi tavsiya etgan reja asosida, manbalardan foydalanib, mustaqil o’rganadilar. Bunday darslar o’quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirishda, bilimlarni mustaqil egallashlarida katta imkoniyatlarga ega. Bu jarayonda o’qituvchining vazifasi, o’quvchilarning seminar mashg`ulotlariga tayyorgarligi, o’quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish hisoblanadi.

Seminar mashg`ulotini o’tkazishda ikki xil yondashish mavjud. Birinchi xil yondashish-ma’ruza seminar tizimidagi ta’lim jarayonidir. Bunda o’qituvchi o’quv materialini turli ko’rgazmali vositalardan foydalangan xolda ma’ruza shaklida bayon qiladi. Shundan so’ng, o’quvchilar seminar rejasiga asoslanib, o’quv materialini qayta ishlab chiqadi va seminar mashg`ulotida muhokama qiladilar. Bu xildagi yondoshuvni mavzu atamalarga boy bo’lgan paytda qo’llash maqsadga muvofiqdir.

Ikkinchi xildagi yondoshuvda seminar darslaridan mustaqil ish shaklida foydalaniladi, ya’ni o’quvchilar hali o’zlariga noma’lum bo’lgan o’quv materiali asosida mustaqil tayyorgarlik ko’radilar.

Bunday yondoshuv o’quv materiali o’quvchilar uchun oson, mustaqil o’zlashtirish imkoniyati bo’lganda qo’llaniladi. Bunday seminar darsning didaktik vazifasi o’quvchilarning yangi mavzu materialini o’zlaridagi mujassam bo’lgan bilimlar asosida o’zlashtirishga erishishdir.

Seminar darslariga hamma o’quvchilar yetarli tayyorgarlik ko’rib, tavsiya etilgan adabiyotlar bilan tanishib, bahs va munozarada faol ishtirok etgandagina ko’zlangan maqsadga erishish mumkin.

Buning uchun fan xonalarida «Seminar mashg`ulotlariga mustaqil tayyorgarlik ko’rish burchagi»ni tashkil etish lozim. Bu burchakda seminar mavzusiga oid qo’shimcha ilmiy ommabop maqolalar, qo’llanmalar qo’yiladi va ular vaqti-vaqti bilan seminar mashg`ulotlari mavzusiga bog`liq holda yangilanib, almashtirilib boriladi.

Bu burchakdagi «ko’rsatmalar» bo’limida seminar darsning maqsadi mavzusi o’quvchilar uchun tabaqalashtirilgan yangi dastur materiali asosida hamma o’quvchilar bajarishi lozim bo’lgan savol-topshiriqlar bilan birga o’z bilimlarini mustaqil kengaytirmoqchi bo’lgan o’quvchilar uchun qo’shimcha savollar ham beriladi. Biz quyida ana shunday ko’rsatmadan namuna keltiramiz.

O’quvchilar seminar darsiga tayyorlanish uchun quyidagilarga amal qilishi kerak.
1. Seminar darsida bajariladigan topshiriq yoki savollarni diqqat bilan o’qib chiqishi.
2. Bu savollarga darslikdan foydalanilmasdan, o’z bilimiga tayangan holda javob berishga harakat qilishi.
3. Seminar topshirig`i yoki savollarga binoan darslik yoki tavsiya etilgan adabiyotlardan kerakli betni topishi, matndan savollarga javob izlashi, o’qiganlarini idrok etishi, mag`zini chaqishi, yodda saqlashga harakat qilishi.
4. O’quv reja tuzib shu reja asosida javob yozishga harakat qilishi javob qisqa va aniq bo’lishiga erishish.
5. Javoblar yakunida xulosa chiqarishi va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatini yozishi.

Seminar darsining tuzilishi taxminan quyidagicha bo’lishi mumkin.
1. O’qituvchining kirish so’zi. Unda seminar darsning vazifasi, rejasi va dars davomida hal qilinishi lozim bo’lgan muammolar bayon etiladi.
2. Seminar savollariga binoan o’quvchilarning javoblari tinglanadi.
3. Munozarali ahborotlar mazmuni muxokama qilinadi.
4. Seminar mashg`ulotlarini yakunlash unda o’quvchilar javobi taxlil qilinib, ularning munozaradagi ishtiroki baholanadi. Seminar mazmuni umumlashtirib, yakun yasaladi.

SINOV DARSLARI

Sinov darsi ma’lum bir bobni o’rganib bo’lgandan so’ng o’tkaziladi. O’quvchi bu darsni o’z iqtidori va malakasiga qarab uni quyidagicha o’tkazishi mumkin:
a) og`zaki yoki yozma savol-javob;
b) didaktik kartochkalar;
v) o’zaro nazorat varag`i;
g) testlar;
maxsus EHM nazorat dasturlari.

Biz quyida o’zaro nazorat varag`i hamda mahsus EHM nazorat dasturlari yordamida o’tkaziladigan sinov darslariga to’xtalamiz. Sinov darslarni EHM nazorat dasturi orqali o’tkazgan o’qituvchi maxsus bob bo’yicha savollar tuzib uni EHM xotirasiga yozib qo’yadi.

EHM variantlar tuzib, o’quvchilarning bilimini shu variantlar asosida tekshiradi. O’quvchilarning javobini EHM tahlil qilib, baho mezoniga muvofiq, haqqoniy baholaydi.
O’quvchilarning mavzulardan olgan bilimlarini tekshirish maqsadida o’qituvchi quyidagi EHMning nazorat dasturidan foydalanishi maqsadga muvofiq. Bu nazorat dasturi 17 variant bo’lib, har bir variantda o’quvchilar javob berishi lozim bo’lgan 8 ta savol-topshiriq bor.

O’quvchilar bu savollarga o’z bilim zahiralariga tayanib javob beradilar. Agar o’quvchi savolga javob bera olmasa, unda EHM displeyida «Yana bir urinib ko’ring» degan yozuv paydo bo’ladi.

Ikkinchi marta ham savolga to’g`ri javob berilmasa, unda displeyda «Javob noto’g`ri» degan yozuv va savolning javobi ko’rinadi. O’quvchi shu javobni o’qib, o’z kamchiligini anglashi mumkin. Shuni qayd etish lozimki, EHM o’quvchining har bir xatosini hisobga olib boradi va baholaydi. Kuzatishlar shuni ko’rsatadiki, o’quvchilarning EHM bilan muloqoti ularning darsga, fanga va tahsilga bo’lgan qiziqishlarini orttiradi.

Sinov darslari nazorat varag`i yordamida o’tkazilganda, o’qituvchi ma’lum bir bob bo’yicha savollar tuzib, mazkur bobni o’rganishdan oldin o’quvchilarga tarqatadi.

TEST SINOV DARSLARI

O’qituvchi o’quvchilarga 2 xil variantda test materiallarini tarqatadi. Bunda test materiallari variantlar bo’yicha sinf o’quvchilariga teng yetadigan darajada bo’lishi kerak. Bir xil variantdagi o’quvchilarning joylashuvi va munosabatlari dars davomida e’tiborga olinadi. Testlarni yechishda o’quvchilarni nazorat qilishni 2 ta a’lochi o’quvchiga bolalar sonini teng ikkiga bo’lib topshiriladi. O’z-o’zini nazorat qilish natijasida test savollarini yechishga kirishiladi. Yakunlangan testlarni tekshirish uchun yig`ishtirib olinib, almashtirib tarqatiladi. Javoblar 2 ta o’quvchi tomonidan o’qib beriladi. Guruhdoshlari esa tekshirishni amalga oshiradi. Darsning o’z-o’zini boshqarishi va natijalarni baholashga 10-15 minut vaqt sarflanadi. Qolgan vaqtlarda darsning boshqa bosqichlari amalga oshiriladi. Bunda o’quvchilarni 100 foiz baholashga erishiladi.

MODIFIKATSIYALANGAN – SHAKLI O’ZGARTIRILGAN MA’RUZA

Bu o’qitish usulidan o’qituvchi mavzu mazmunini og`zaki nutq orqali o’quvchilarga yetkazadi, o’quvchilar bilan muloqot olib boradi. Ammo, an’anaviy ma’ruzadan farqi – o’qituvchi va o’quvchi orasida muloqot ketadi.

  • o’quvchilarga umumiy axborot berish uchun;
  • fanga kirish va asosiy materiallarni berish uchun;
  • qaysidir turdagi faoliyatni boshlashdan oldin namoyish qilish, rolli o’yinlar va boshqa turdagi usullarni qo’llashdan oldin;
  • ta’rif, qoida, formulalarni masala yoki laboratoriya ishlarida qo’llashni namoyish qilish uchun.
  • tezkorlik bilan amalga oshirilishi;
  • darsga kerak bo’lgan ko’rgazmali qurollar, ko’rsatma materiallarni tayyorlanishi;
  • katta guruhlarda samaradorligi;
  • kam resurslarni talab qilishi;
  • boshqa usullar bilan birgalikda qo’llash mumkinligi;
  • vaqtni yengil boshqara olishi;
  • guruhni birgalikda ishlash imkonini berishi.

TRENING DARSLARI

Darslarda o’qituvchi va o’quvchilar o’rtasidagi o’zaro aloqadorlikni ta’minlash hamda dars samaradorligini oshirish uchun trening darslarida katta imkoniyatlar mavjud.

Trening darslari qayta aloqa asosida olib boriladi. Ya’ni o’qituvchi o’quvchilarning fikrlarini bilib, bilimlarini yanada boyitib o’zlariga qaytarib beradi. Ya’ni, dars davomida faqat o’qituvchi ishlamasdan o’quvchilar ham tengma-teng ishlaydilar.

Yuqorida aytganimizdek, bu usulda o’qituvchi va o’quvchi o’rtasida erkin munosabatlar vujudga keladi va o’quvchilar erkin, mustaqil fikrlay boshlaydilar. O’quvchilarning o’zlarini erkin xis qilib, erkin fikrlay boshlaganlaridan so’ng bilimlarni qabul qilish imkoniyati ham kengayadi. Demak, o’qituvchi bermoqchi bo’lgan bilimlarni to’liq bera oladi.

Trening darslar davomida o’quvchilarning tartib buzarliklarini, o’zaro suhbatlashib halaqit berishlarini oldini olish uchun o’quvchilar bilan birgalikda mashg`ulotlarda amal qilinishi lozim bo’lgan tartib-qoidalarni ishlab chiqish va hammaga ko’rinadigan joyga ilib qo’yish mumkin.

Shuningdek, dars davomida fanga aloqador bo’lgan turli xil o’yinlarni o’tkazish dars samaradorligini yanada oshiradi. Bunday o’yinlar o’quvchilarning charchaganligi xis qilingan vaqtlarda o’tkazilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. O’quvchilar tetiklashadi, fikrlari bir nuqtaga jamlanadi.

Mazkur darslarning samarali tomonlaridan yana biri nazariy ma’lumotlar bilan amaliy mashg`ulotlarni birgalikda olib borilishidir. O’quvchilar kichik guruhlarda ishlab, nazariy olgan bilimlarini amalda sinab ko’radilar. Misol qilib, iqtisod fanidan «Bozor tushunchasi» mavzusini olaylik.

Mashg`ulotni o’qituvchi aqliy hujum bilan boshlaydi. O’quvchilarning javoblari doskaga yoziladi va tayanch so’zlar tagiga chizilib umumiy qoidalar ishlab chiqiladi: «Bozor sotuvchi bilan oluvchi o’rtasidagi vosita». Shundan so’ng o’qituvchi bozor turlari to’g`risida batafsil gapirib beradi.

O’qituvchi so’raydi: «Bozorda qanday holatlar bo’ladi? Bozorda mahsulot olib chiqishdan oldin nimalarga e’tibor berish lozim?»

Bozorda raqobat, sotish va sotib olish kabi holatlar bo’ladi. Mahsulotni sotishdan yoki ishlab chiqarishdan oldin talab va taklif o’rganiladi.

O’quvchilar bozor to’g`risida chuqurroq tushunchaga ega bo’lishlari uchun «Bozordagi holat» nomli o’yin olib boriladi. Buning uchun sinfdagi o’quvchilar uch guruhga bo’linadi. Birinchi va ikkinchi guruh kanselyariya mollari, uchinchi guruh esa o’quv darsliklarining ishlab chiqarib, reklama asosida sotishlari lozim bo’ladi. O’z mahsulotini yaxshi reklama qilgan guruh g`olib bo’ladi.

Shundan so’ng birinchi va ikkinchi guruh o’z mahsulotlarini (sinfda bor mahsulotlardan kelib chiqqan holda) sotadilar. Uchinchi guruh esa o’qituvchi tomonidan tarqatib berilgan shartli (yasama) pullar asosida mahsulotlarni sotib oladilar.

Bunda «xaridorlar» qancha ko’p mahsulot sotib olsalar, «sotuvchilar» esa qancha ko’p sotsalar g`olib hisoblanadilar.

So’ngra o’qituvchi o’quvchilardan o’yin davomida nimalarni his qilganlarini, hayotda nimalarga e’tibor berish lozim ekanligini so’raydi va umumiy xulosa chiqariladi.

Ushbu trening usuldagi mashg`ulotlar o’quvchilarni erkin fikrlashga, o’z fikrlarini kichik guruhlar o’rtasida bemalol ayta olishlariga imkoniyat yaratadi. Demak, trening darslarining samaradorligi yuqori bo’lib, boshqa fanlarda ham bu usuldan foydalanish mumkin.

FSMU texnologiyasi

Trening haqida tushuncha.
Ushbu texnologiya munozarali masalalarni xal etishda, baxs-munozaralar o’tkazishda yoki o’quv-seminari yakunida (tinglovchilarning o’quv-seminari haqidagi fikrlarini bilish maqsadida), yoki o’quv rejasi asosida biron bo’lim o’rganib bo’lingach qo’llanilishi mumkin, chunki bu texnologiya tinglovchilarni o’z fikrini himoya qilishga, erkin fikrlash va o’z fikrini boshqalarga o’tkazishga, ochiq holda bahslashishga, shu bilan qatorda o’quvchi talabalarni, o’quv jarayonida egallagan bilimlarini tahlil etishda, qay darajada egallaganliklarini baholashga hamda tinglochilarni bahslashish madaniyatiga o’rgatadi.

Maqsad.
Ushbu texnologiya tinglovchilarga tarqatilgan oddiy qog`ozga o’z fikrlarini aniq va qisqa holatda ifoda etib, tasdiqlovchi dalillar yoki inkor etuvchi fikrlarini bayon etishga yordam beradi.

  • trener tinglovchilar bilan birga bahs mavzusini yoki muhokama etilishi kerak bo’lgan muammoni, yoki o’rganilgan bo’limni belgilab oladi;
  • trener o’quv mashg`ulotida avval har bir tinglovchi yakka tartibda ishlashi, keyin esa kichik guruhlarda ish olib borilishi va nihoyat dars oxirida jamoa bo’lib ishlanishi haqida tinglovchilarga ma’lumot beradi;
  • mashg`ulot davomida har bir tinglovchi o’z fikrini erkin holda to’liq bayon etishi mumkin ekanligi eslatib o’tiladi.

Har bir tinglovchi yakka tartibda qog`ozdagi FSMU-ning 4-bosqichini o’z fikrlarini yozma bayon etgan holda to’ldiradi.

  • Har bir tinglovchi o’z qog`ozlarini to’ldirib bo’lgach, trener ularni kichik guruhlarga bo’linishlarini iltimos qiladi yoki o’zi turli guruhlarga bo’lish usullaridan foydalangan holda tinglovchilarni kichik guruhlarga bo’lib yuboradi;
  • trener har bir guruhga FSMU texnologiyasining 4-bosqich yozilgan katta formatdagi qog`ozlarni tarqatadi;
  • trener kichik guruhlarga har birlari yozgan qog`ozlardagi fikr va dalillarni katta formatda umumlashtirgan holda 4-bosqich bo’yicha yozishlarini taklif etadi.
  • kichik guruhlarda avval xar bir tinglovchi o’zi yozgan har bir bosqichdagi fikrlari bilan guruh a’zolarini tanishtirib o’tadi. Guruh a’zolarining barcha fikrlari o’rganilgach, kichik guruh a’zolari ularni umumlashtirishga kirishadi;
  • guruh a’zolari FSMU ning 4-bosqichini har biri bo’yicha umumlashtirib, uni himoya qilishga tayyorgarlik ko’radilar;
  • Fikrlarni umumlashtirish vaqtida har bir tinglovchi o’z fikrlarini himoya etishi, isbotlanishi mumkin.
  • kichik guruhlar umumlashtirilgan fiklarini himoya qiladilar: guruh vakili har bir bosqichni alohida o’qiydi iloji boricha izoh bermagan holda. Ba’zi bo’limlarni isbotlashi, ya’ni guruhlarning aynan nima uchun, shu fikrga kelganini aytib o’tishi mumkin.
  • trener mashg`ulotga yakun yasaydi, bildirilgan fikrlarga o’z munosabatini bildiradi;
  • quyidagi savollar bilan tinglovchilarga murojat qiladi:
  • ushbu trening yordamida nimalarni bilib oldingiz va nimalarga o’rgandingiz?
  • ushbu texnologiyani o’quv jarayonida qo’llanilishi qanday samara berdi?
  • ushbu texnologiyani qo’llanilishi o’quvchi-talabalarda qanday xislatlarni tarbiyalaydi, nimalarni shakllantiradi, ularning qanday fazilatlarini rivojlantiradi?
  • ushbu texnologiyaning o’quv jarayonining qaysi bosqichida qo’llanilgani ma’qul va nima uchun?
  • ushbu texnologiyani dars jarayonida qo’llanilishi o’quvchi talabalarga nima beradi va nima o’rgatadi?
  • ushbu texnologiyani yana qanday tartibda yoki qanday shaklda o’tkazish mumkin?
  • ushbu treningning asosiy vazifasi nimadan iborat.

FSMU TEXNOLOGIYASI
(F) – fikringizni bayon eting
(S) – fikringizni bayoniga biron sabab ko’rsating
(M) -ko’rsatilgan sababni tushuntiruvchi (isbotlovchi) misol keltiring
(U) – fikringizni umumlashtiring.
Masalan:
F – Men odamlar xonada chekishiga qarshiman.
S -Shifokorlar ta’kidlashicha, passiv kashandalik saraton kasalligiga chalinish va nafas olish yo’llari xastalanishiga maydon yaratadi.
M – Tamaki tutuniga yaqin borsam, har doim boshim aylanadi.
U – Shuning uchun ham men odamlar xonada chekishiga qarshiman.

RESPUBLIKA TA’LIM MARKAZI TOMONIDAN TAVSIYA ETILGAN. Innovatsion texnologiyalar: nazariya va amaliyot “An’anaviy ta’lim va zamonaviy pedagogik texnologiyalarga asoslangan ta’lim jarayoni tahlili” TOSHKENT -2011

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo’lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma’muriga xabarnoma jo’nating.