Press "Enter" to skip to content

Elektron darslik strukturasi

axborotlarni va yana foydalanuvchilar uchun bosma xujjatlar yig’indisi. Elektron

Elektron kitob yaratuvchi dasturlar

4 tadan 1–4 lar ko’rsatilyapti

Oq nilufarlar yurtida

Mukammal dasturlash: HTML va CSS (1-kitob)

Mukammal dasturlash: JavaScript (2-kitob)

Pythonda dasturlash asoslari

Oq nilufarlar yurtida

Yozuvchi Grigoriy Petrov Yevropa bo‘ylab sayohat qilib, turli xalqlar hayotini o‘rganadi. Uning mashhur kitoblaridan biri “Oq nilufarlar yurtida” 600 yil mustamlakachilikda yashagan fin xalqining qanday oyoqqa turgani haqida hikoya qiladi. Yozuvchi 1900 yillarda Finlandiyaga qilgan sayohatlari davomida o‘zini anglayotgan, hayotini yaxshilashga urinayotgan finlar bilan suhbatda bo‘lgan. Uzoq yillar Shvetsiya va Rossiyaning qarami bo‘lgan Finlandiya 1917 yilda o‘z mustaqilligini e’lon qiladi. Kitobda shu davrgacha bo‘lgan hayot haqida so‘z boradi. Asarda odamlar hayotini yaxshilashga bel bog‘lagan qahramonlar va ular tutgan yo‘llar haqida bayon qilinadi.

Mukammal dasturlash: HTML va CSS (1-kitob)

«Mukammal dasturlash: 1-qism» HTML va CSS Veb-dizaynerlikni noldan mukammallik darajasigacha batafsil o‘rgatuvchi qo‘llanma. Ma’lumotlar o‘n yildan ortiq amaliy ish jarayonlaridan orttirilgan tajribalar asosida sodda va tushunarli bayon etilgan. Kitob dasturlash sohasi ostonasida turgan yoshlarga mustaqil o‘rganishdagi dastlabki eng kerakli bilim va ko‘nikmalarni ulashadi.

Mukammal dasturlash: JavaScript (2-kitob)

Mukammal dasturlash: JavaScript (2-kitob) Tavsifi Izohlar (0) 2020 yil ortda qoldi. Karantin, pandemiya, cheklovlar, bedavo dard yaxshigina saboq boʼldi. Uyda oʼtirib, ishlash, oʼqish, rivojlanish mumkinligini bildik. Qaysi kasb-hunar, sohaga talab yuqoriligi ham yaqqol sezildi. Dizayner, dasturchi, hisobchi, frilanser va hkz.ga ishimiz chandon tushsa tushdiki, kamaymadi. Demak, zamonga moslashish shart! Tez orada chop etilajak “Mukammal dasturlash: JavaScript” esa: • yangi qirralaringizni kashf etishga; • uyda oʼtirib, qoʼshimcha daromad topishga; • malakali veb-dizaynerlikdan tashqari; • “front-end” dasturlovchi, yana toʼlaqonli dasturiy taʼminot yaratish borasida yetuk bilimlarga ega boʼlishga koʼmaklashadi. Kitobda ortiqcha maʼlumotlar oʼrniga oʼn yillab yigʼilgan tajribalardan foydalanib, aniq koʼrsatmalar keltirilgan. Dasturchilik – serdaromad soha. Oʼzingiz tanlang – boʼsh vaqtda telefon titib, boshqalarning tanloviga boʼysungan afzalmi yoki oʼsha tanlov egasi boʼlish?! Ushbu kitob zamonaviy dasturlashni oʼrganmoqchi boʼlganlar, dasturlash bilan shugʼullanadiganlar va hatto dasturiy taʼminot varatish boʼyicha yetuk mutaxassislarga ham moʼljallangan boʼlib, ilm olish va uni mustahkamlash uchun eng kerakli boʼladigan zaruriy bilimlarni oʼzida jamlagan hamda sodda tushunarli tilda bayon etilgan. Ortiqcha maʼlumotlar oʼrniga oʼn yillab yigʼilgan tajribalardan foydalanib aniq koʼrsatmalar keltirilgan. Kitobdagi maʼlumotlarni oʼzlashtirgan oʼquvchi malakali vebdizayner sifatida keng faoliyat yuritshdan tashqari, nafaqat «front-end» (timusti) dasturlovchi boʼlishi mumkin, balki toʼlaqonli veb-dasturiy taʼminot yaratish borasida yetuk bilimlarga ham ega boʼladi. Kitobda yoritilgan mavzular boʼyicha fikr-mulohazalar, takliflar, savollar hamda oʼz amaliy dasturlash faoliyatingizda muammolar yuzaga kelsa, ilm.yurt.uz sayti orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Elektron darslik strukturasi

modul ishi yakunlagach boshqaruv yana 1-chi modulga o’tadi.

1.2.1- sxema. Elektron darsliklarning sxemasi.

1.3. Elektron darsliklarning afzalligi va kamchiliklari.

Bundan yigirma yil oldin elektron darsliklar haqida tasavvurga ham ega

emasdik. Bugun esa axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining taraqqiyoti bois

elektron darsliklardan foydalanish imkoniyatiga egamiz. O‘z navbatida, u bilan

bog‘liq muammolarni ham yechishga harakat qilyapmiz.

Elektron taqdimotlardan darsda namoyish va ko‘rgazmali material sifatida

foydalanish pedagogga katta yordam beradi. O‘quv materialining elektron

1-modul.

Ma’lumotnoma

2-modul.

Foydalanuvchilarni

ro’yxatga olish

3-modul.

Boshqaruv moduli

4-modul.

6-modul.

Test nazorati o’tkazish

9-modul.

Belgi o’rnatish va

belgiga o’tish moduli

5-modul.

Mavzuni bayon qilish

8-modul.

Animatsiyalarni

namoyish qilish

7-modul.

Ichki qism dasturga o’tish

10-modul.

Sozlash moduli

taqdimotda animatsiyalar shaklida berilishi o‘tilayotgan mavzuni tushunishni

yengillashtiradi va ko‘rgazmalilikni oshiradi. Namoyish slaydlarini o‘quvchilarga

tarqatma material sifatida ham berish mumkin.

Slaydlarga nisbatan o‘quvchilar o‘zlarining fikrlarini yozadi va bu orqali

ular axborotlar bilan ishlashning quyidagi malakalariga ega bo‘ladilar:

grafik axborotlarni matn shakliga keltirish yoki teskarisi;

muhokama etilayotgan mavzu bo‘yicha xulosalar va savollarni

o‘zining o‘quv-bilish faoliyatini rejalashtirish.

Bunday metodika o‘qituvchiga yangi axborotlarni ko‘paytirib borish,

o‘quvchilarning tayyorgarlik darajasi o‘zgarishi bilan ma’lum bir mavzuga

mo‘ljallangan slaydlarni takomillashtirib borish imkoniyatini beradi.

Metodik jihatdan o‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro muloqoti ikki turdagi

ta’sirdan iborat. Birinchisi — o‘qitishning ma’lum bosqichida o‘quvchiga shu

bosqichdagi masalani tushunishga yordam beruvchi yo‘naltiruvchi savollar.

Ikkinchisi — masalani aniqlashtiruvchi fikrlar va harakatlar usulini ko‘rsatish.

Savollar va ko‘rsatmalar soni nazariy va amaliy materiallarning o‘quvchi

tomonidan o‘zlashtirilishi hamda malakaning shakllanishiga bog‘liq ravishda

Amaliy tahlillar ta’lim jarayonida katta samaraga ega bo‘lishi uchun o‘quv

jarayonida interfaol didaktik o‘yinlar va mashq qildirgichlardan foydalanishni

taqozo etadi. Ular o‘quvchilarning jamoa bo‘lib yoki individual faoliyatini, kasbiy

malaka va ko‘nikmalarini shakllantirishga yordam beradi. Interfaol o‘yinlar

ma’lum bir kasbiy sifatlarga va malakaga ega bo‘lajak o‘qituvchi shaxsini

shakllantirish maqsadida kelajakda kasbiy faoliyati bilan bog‘liq vaziyatlarni

modellashtirish imkoniyatini beradi. Aynan didaktik o‘yinlar va mashq

qildirgichlarni yaratish elektron o‘quv-metodik majmualar yaratishda katta

qiyinchiliklar tug‘diradi. Bu qiyinchilik dasturiy-texnik va metodik qiyinchiliklar

Elektron darslik – kompyuter texnologiyalariga asoslangan ta’lim

metodlaridan foydalanishga mo‘ljallangan o‘qitish vositasi bo‘lib, undan mustaqil

ta’lim olishda va o‘quv materiallarini har tomonlama samarali o‘zlashtirishda

foydalanish mumkin. Elektron darslikda fanning o‘quv materiallari o‘quvchiga

interfaol usullar bilan, psixologik va pedagogik jihatlar, zamonaviy axborot

va video animatsiyalar imkoniyatlaridan o‘rinli

Elektron darsliklarni loyihalashtirish, ishlab chiqish va o‘quv jarayonida

keng foydalanish dolzarb masalaga aylanmoqda, chunki ulardan ommaviy ravishda

ta’lim sohasida qo‘llanila boshlandi. Oxirgi vaqtlarda elektron o‘quv nashrlarning

turli xillari yaratilib, ular o‘z tarkibiga oddiy gipermatn darslikdan tortib masofaviy

o‘qitishning kompleks tizimlarigacha qamrab olmoqda.

Elektron darsliklarni quyidagi turlarga ajratish mumkin:

matnning elektron versiyasi;

kitobning gipermatnli elektron versiyasi;

animatsiya, ovoz, grafik, jadval, rasmlar va gipermatnlar mavjud darslik;

animatsiya, ovoz, grafik, jadval, rasm, gipermatnli va test tizimlari mavjud

Ushbu sohaning yangiligi va o‘quv-uslubiy ta’minotning yo‘qligi ishlab

chiqilayottan elektron darsliklarning sifat darajasiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Bundan tashqari, darsliklarni yaratishning yagona standartlari majud emasligi va

dasturiy vositalarining turli ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratilishi elektron

darsliklarni o‘quv jarayonida samarali qo‘llashga to‘sqinlik qilyapti deyish

Shuning uchun ham yaratilayotgan elektron darsliklarni baholash

mezonlarini belgilab olish lozim. Avvalambor, elektron darsliklar o‘tilayotgan

darslar sifatini yuksaltirishiga qanday ta’sir ko‘rsatishini bilish kerak. Elektron

darsliklarning an’anaviy usullarga nisbatan quyidagi afzalliklarini keltirish

1. O‘quv axborotlarining taqdim etilish shakli.

2. Kerakli axborotlarni qidirish imkoniyati.

3. Olingan bilimlar darajasini nazorat qilish usullarining mavjudligi.

4. O‘qituvchi bilan teskari aloqaning mavjudligi.

Shulardan kelib chiqib, elektron darsliklarni yaratishning quyidagi

tamoyillarini keltirish mumkin:

multimedia ma’lumotlari (matn, grafik, audio, video, animatsiya) asosida

axborotlarni taqdim etish;

qidirish va yo‘llash imkoniyatlarini kiritish;

olingan bilimlar darajasini nazorat qilishning ob’yektiv tizimini kiritish;

tarmoq texnologiyalari asosida o‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro interaktiv

va teskari aloqasining yo‘lga qo‘yilishi.

Elektron darsliklardan o‘quv jarayonida keng foydalanishning asosiy

muammosi — bu kompyuter ekranidan katta hajmdagi axborotlarni o‘qishdir.

Ushbu muammoni hal qilish uchun elektron darsliklarni matn va ovoz shaklida

taqdim etish mumkin. Bu ikki usul bitta o‘quv materialini turli shaklda taqdim

etishi bilan farqlanadi, xolos.

1.4. Elektron darsliklar yaratish texnologiyasi.

Axborot asrida insoniyat tarixida sanoat va fan olamida olamshumul

yutuqlar qo’lga kiritildi. Dunyoda axborot eng qimmat narsaga aylandi.

Kompyuter ixtiro qilinishi insonlar bajaradigan yumushlarni yengillashishiga olib

keldi. Fan, ta’lim sohalarida o’qitish o’rganishning zamonaviy vositalari joriy

qilindi. Ushbu vositalarni biri va deyarli eng ko’p qo’llaniladigani bu elektron

darsliklardir. Hozirda deyarli barcha sohaga barcha sohaning elektron

qo’llanmalari mavjud. Lekin hammasini ham foydali deya olmaymiz. Ma’lumot

undan insonlar foydalangandagina foydali bo’lishi mumkin. Shunday ekan

elektron darsliklar tayyorlashda ham Ushbu jihatga e’tibor qaratish zarur bo’ladi.

Elektron dasrliklar yatuvchi dasturlarning nomlari har xil, lekin ularni

boshqarilish tamoyillari deyarli bir xil bo’ladi. Ularning ba’zilari qo’shimcha

imkoniyatlari mavjudligi va ularda darslik tayyorlash qulayligi bilan farqlanadi.

Dastlab elektron darsliklar o’ta sodda ko’rinishga ega bo’lgan bo’lsa endilikda turli

inson ruhiyatiga ta’sir etadigan tasviriy vositalar bilan boyimoqda. Bunday

vositalarga turli animatsiya va video fayllarni kitish mumkin. Dastlab bu

imkoniyatlar mavjud bo’lmagan. Vaqt o’tishi bilan Flash, 3D Max dasturlarini

ishlab chiqilishi elektron darsliklar tayyorlashni yanada mazmundorroq va

foydalanuvchiga mazmuni tushinarliroq bo’lishiga olib keldi. Bularning barchasi

axborotlarni elektron usulda tezkor almashish va o’zlashtirish imkonini beradi.

Elektron darsliklar iqtisodiy tejamkorlikka olib keladi. Buning uchun

tayyorlangan ma’lumotlar foydalanuvchiga kerakli bo’lishligi ahamiyatlidir.

Dunyoda axborot ko’payib keganidan keraklilarini tanlab olish muammo bo’lib

bormoqda. Ana shu holatlardan qochish maqsadida ko’plab nufuzli muassalar

o’zlarining elektron darsliklarini imkon qadar asosiy va talaba o’zlashtirishi

muhim bo’lgan ma’lumotlar bilan boyitmoqda. Albatta bu jarayonda elektron

darsliklar yaratuvchi dasturlarning o’rni ahamiyatlidir. Vaqt o’tishi bilan bunday

qo’llanilmoqda. Bunday dasturlar bozorida arzon bo’lgan, foydalanish uchun qulay

va sifatli elektron darslik tayyorlovchi dasturlar turli ko’rinishlarni olmoqda.

Elektron o’quv qo’llanma arxitekturasi kompyuterlashtirilgan axborot

texnologiyalarini egallashga qaratilgan sa’i xarakatdir. Taqdim etilgan ma’lumotlar

yangi shaklda, elektron o’quv qo’llanma da tasvirlanadi. Elektron o’quv

qo’llanmaning birinchi shakli matnli ko’rinishida ishlab chiqildi. Hozirda esa

uning ko’rinishi mukamal holga etib keldi. Elektron o’quv qo’llanmaga hozirda

matn, ovoz, musiqa, video va boshqa axborot texnologiyalari imkoniyatlari qo’shib

borilmoqda. U televizion va radio uzatish imkoniyatiga ega. Multimedia o’quvchi

va o’qituvchilarning ekran dizayniga bo’lgan bog’liqligini kamaytirdi. Hozirgi

kunda ma’lumotlar foydalanuvchilarga yangi imkoniyatlar bilan etkazib

berilmoqda. Shu bilan bir qatorda turli muammolar, bog’liqliklar, masalan, axborot

manbalari etishmaydigan, maxsus bilimlarning egallashning qiyinligi masalasi

ko’ndalang turadi. Bu muammoning echimini zamonaviy elektron o’quv

qo’llanmalar ko’rsatib berdi. Zamonaviy axborot texnologiyalari taraqqiyoti

strategiyasi ma’lumotdan bilimga o’tish yo’nalishini belgilaydi. Kompyuter

dasturlari bilimlarni tashish vazifasini bajaradi degan fikr, faqat ma’lumot yoki

uning shakli, belgilangan butunlik bilan ta’minlanadi. Darhaqiqat, birinchi elektron

o’quv qo’llanmada algoritmlash amalga oshirilib, muallif butun o’qitishni

o’quv qo’llanma evolyutsiyasiga

multimedianing taraqqiyoti sabab bo’ldi. Ammo aynan u foydalanuvchilar axborot

resurslarining kelajagini belgilaydi. Eng yaxshi elektron o’quv qo’llanmalarda

chuqur ma’no, yana metodik va pand — nasihat darajasi strategiya va algoritmiga

Landshaft. Elektron o’quv qo’llanma ma’lumotlar fazosining elementi

hisoblanadi. U foydalanuvchilar manbalari, boshqa elektron o’quv qo’llanma,

insoniyat yaralishi, davlat, nashriy va etkazib beruvchilarning madaniyatini

belgilab beradi. Tan olish kerak, o’qituvchi, o’quvchi, ona — ona, sinfdosh

yuzasidan insoniyat yaralishi maktab ta’limi uchun ma’lumot echimini bajaradi.

O’rta maktab darajasida yuqori obro’li shaxs vazifasini o’qituvchi bajarishini tan

olish kerak. Qanday zamonaviy elektron o’quv qo’llanma bo’lmasin, agar u, ota —

onalar yig’ilishida o’qituvchi tomonidan tavsiya etilmasa, o’quvchiga bu o’quv

qo’llanmadan hech qanday qo’shimcha imkoniyatlar etib bormaydi. Kamchiligi,

o’qituvchi o’quvchini, ota — onalar va o’quvchilarning o’zlari ham savdo

tarmoqlari yoki INTERNETga kirib qolishlariga sababchi bo’lshlari mumkin.

Bugungi kunda jiddiy nashriyotlar chetlatilib, elektron o’quv qo’llanmaga

bo’lgan, o’qitishga mo’ljallangan

ma’lumotlardan tashkil topgan bo’lishi kerak. Yagona mo’ljal narx va tijoriy

reklama, do’st va tanishlar maslahatlaridan iborat. O’qituvchi biladiki elektron

o’quv qo’llanma kichik uy kompyuterlariga ham mos bo’lib u tarmoqsiz ishlashi

ham mumkinligini hisobga olib o’quvchilarga mustaqil o’qishlarni uyga berishi

ham mumkin bo’ldi.

Asosiy shakllar. Elektron o’quv qo’llanma yaratish muallifning talanti va

ustaligiga bog’liq bo’lib, har qanday murakkab tizimlarni yaratish imkoniyatini

beradi. U albatta yaxshi jihozlangan va elementlari tartibli joylashgan bo’lishi

Test. Tashqaridan qaraganda u oddiy elektron o’quv qo’llanmaga o’xshaydi.

Asosiy qiyinchilikni savollarni yig’ish va shakllantirish, savollarga javoblarni

moslashtirish tashkil etadi. Yaxshi testdan bilim ob’ektiv kartinasini, fikrlash va

fan, belgilangan predmet sohasini egallashda foydalaniladi. Xuddi to’g’ri qo’yilgan

tashxis salomatlikning birinchi qadami sanalganidek, ob’ektiv testdan o’tkazish

bilim cho’qqisiga erishishning optimal yo’lini belgilaydi.

Entsiklopediya. Bu elektron o’quv qo’llanmaning ombor ko’rinishidir.

Tuzilish sathida entsiklopediya atamasi ma’lumot, elektron o’quv qo’llanmada

markazlashtirilishi tushunchasini beradi.

Elektron nashr — bu grafik, matn, raqamli, musiqali, video, foto va boshqa

axborotlarni va yana foydalanuvchilar uchun bosma xujjatlar yig’indisi. Elektron

nashrdan elektron tashuvchilar – magnitli (magnit tasma, magnit disk), optik (CD-

ROM, DVD, CD-R) va yana kompyuter tarmoqlaridan foydanish mumkin.

Elektron o’quv nashr – ilmiy malakaviy bilimlar maydonida

tizimlashtirilgan materiallarda tashkil topgan bo’lib, bu maydonda o’quvchi,

studentlarning bilimlarini faol ravishda o’stirib borish ta’minlanadi.Elektron o’quv

qo’llanma yuqori darajada foydalanish va badiiy ko’rgazmaga mo’ljallangan

bo’lib, to’liq axborot, metodik ko’rsatmalar sifati, texnik foydalanish sifati, aniqlik,

O’quv qo’llanma – o’quv nashri, o’quv tartiblari tizimi yoki uning bo’limi,

Elektron o’quv qo’llanma – asosiy elektron o’quv qo’llanma yuqori

metodik va ilmiy darajada yaratiladi. U elektron ko’rinishda bo’lib, bunda ilmiy

teznika rivoji va yuqori sifat mavjud.

Gipermatn – bu matn elektron shaklda va belgilangan tizimlar aloqasining

ko’rinishi. U daraxt ko’rinishida bo’ladi.

Kompyuterlashtirilgan tushuntirish – tushuntirish turi, aniqlik va

ravshanlikdan fodalanish, savollarga induktiv aqllilik va shakllantirilgan

tushunchalar yo’li bilan “ha” yoki “yo’q” tipidagi javoblardir.

Kompyuterlashtirilgan echim – echim metodi, oddiy va yagona yo’l bilan

bajariladi, kompyutersiz qabul qilib bo’lmaydi va shuning bilan yuqori tezlik va

hisoblash talab qilinadi.

Vizuallik – rasm, garfik va harakatlarning aniq shaklidagi ko’rinishi.

Elektron o’quv qo’llanmaga ta’rif. Zamonaviy ta’lim taraqqiyoti shunday

imkoniyatlarga yaratilgan kompyuter paketlaridan tashkil topishi mumkin, uyda

shaxsiy kompyuterlarda, mustaqil ishlash uchun jihozlangan oliygohlarda,

auditoriyalarda foydalanishimiz mumkin.

Elektron o’quv qo’llanma — o’quv adabiyotining yangi janri. Elektron

o’quv qo’llanma (hatto eng zo’r) kitob shakliga almashtirish shart ham, kerak ham

emas. Ekranlashtirilgan o’quv adabiyotining bu janri mutloqo yangidir. Kitobni

xuddi film tomosha qilgandek tushunish mumkin. Bu janrni yangilash ham oson,

ham qulay bo’lib, qidirish tizimiga ega. U o’zida boy ma’lumotlar video, kartinka,

ma’lumotnomalar, matnlar joy olgan.

Elektron o’quv qo’llanma maksimal darajada tushunish va tushuntirilishga

ega bo’lishi, inson miyasi, ongiga nafaqat eshitish balki ko’rish orqali etib borishi,

kompyuter tushuntirishidan foydalanish kerak.Tashkil qiluvchi matnlar hajmi

chegaralangan bo’lishi kerak.

II. LOYIHA QISM

2.1. Elektron darslik yaratuvchi dasturlar xarakteristikalari.

Elektron darslik bu mavjud o’quv qo’llanma, darsliknining undan

foydalanuvchiga qulaylik yaratish maqsadida maxsus dasturiy vositalar yordamida

ixcham holatga keltirilgan ma’lumotlar to’plamidan iborat. Elektron darslik

tayyorlashda taqdim etilayotgan ma’lumotlar undan foydalanuvchilarga qulay,

qiziqarli va kerakli bo’lishligi ahamiyatlidir.

Hozirgi kunda elektron darsliklarni bir necha xil tayyorlash usullari mavjud.

Ko’pchilik holatlarda tayyorlanayotgan elektron darslik ma’lumotlari dastlab

HTML sahifalari ko’rinishiga o’tkaziladi.

HTML tili imkoniyatlaridan foydalanib ham elektron darslik tayyorlash

mumkin. Bu sohaning hozirda imkoniyatlari kengaygan. HTML sahifalari

tayyorlovchi va ularga bezak berish imkonini beruvchi maxsus dasturlar ishlab

chiqilgan. Bunday dasturlarga misol sifatida Microsoft FrontPage, Dreamweaver

dasturlarini keltirish mumkin. Bu dasturiy vositalar yordamida osonlik bilan

elektron darsliklar tayyorlash va tahrirlash imkoniyatlari mavjud. Lekin bularda

ma’lumotlar .html yoki .htm kengaytmali ko’rinishda saqlanadi va elektron darslik

tarkibidagi ma’lumotlar ko’p bo’ladigan bo’lsa uni ma’lumot tashuvchi kompyuter

qurilma (fleshka) larga ko’chirish yoki ko’chirib olish ko’p vaqt talab etadi. Bu esa

doim ham hushlanavermaydi.

Anashu holatlardan qochish uchun maxsus dasturiy vositalar ishlab

chiqilgan bo’lib, ular yordamida mavjud HTML tilida tayyorlangan elektron

darsliklarni osonlik bilan exe yoki chm kengaytmali fayllar holatiga keltirish

mumkin. Bunday elektron darsliklar foydalanishga qulayligi va yuqoridagi

kamchliklardan holiligi bilan oddiy HTML ma’lumotlar to’plamidan iborat bo’lgan

elektron darsliklardan afzal hisoblanadi. Bu elektron darslikning afzalligi uning

hajmini oddiy HTML hujjatlari papkasidan iborat elektron darslik hajmidan

kichikligidir. Bunday elektron darsliklarni ko’chirish yoki ko’chirib olish oson va

qisqa vaqt talab etadi. Butun bir-biriga bog’langan HTML ma’lumotlar bitta exe

yoki chm fayli holatiga keltiriladi.

Bunday elektron darslik tayyorlovchi dasturlar orasida SbookBuilder va

htm2chm dasturlari o’ziga xos mavqega ega. Quyida anashu dasturlar

imkoniyalari bilan tanishib chiqamiz.

Elektron darsliklar yaratuvchi dasturlar sohasidagi yangiliklar. Biz

yuqorida ikki turdagi, ya’ni exe va chm ko’rinishda elektron darsliklar

tayyorlovchi dasturlar imkoniyatlari bilan tanishib chiqdik. Ushbu dasturlar bilan

ishlash jarayonida sodda elektron darslik tayyorlash bosqichlariga to’htalib o’tildi.

Axborot asrida insoniyat tarixida sanoat va fan olamida olamshumul

yutuqlar qo’lga kiritildi. Dunyoda axborot eng qimmat narsaga aylandi.

Kompyuter ixtiro qilinishi insonlar bajaradigan yumushlarni yengillashishiga olib

keldi. Fan, ta’lim sohalarida o’qitish o’rganishning zamonaviy vositalari joriy

qilindi. Endilikda elektron darslikarning bu sohadagi ahamiyati yanada oshmoqda.

Dastlab elektron darsliklar oddiy matn ko’rinishida bo’lsa hozirda turli tasviriy

ko’rinishlarini ham o’zida mujassamlashtirmoqda.

Bizga ma’lumki inson axborotni ko’rganda uni oddiy eshitib yoki

o’qigandan ko’ra ko’proq eslab qoladi. Anashu taraflarni hisobga olgan holda

elektron darslik tayyorlash uni yashash davrini uzoq bo’lishiga olib kelish

Turli animatsiya tayyorlovchi dasturlar ishlab chiqilishi elektron darslik

tayyorlash sohasida ham sifatli bo’lgan elektron darsliklar tayyorlashga olib keldi.

Endilikda elektron darslik yaratuvchi dasturlar yordamida Flash, 3D Max va

boshqa turdagi animatsiyalarni, turli video va audio fayllarni elektron darslik

tarkibida qo’llash imkoniyatlari paydo bo’ldi.

Bu imkoniyatlardan qay darajada qulay foydalanish elektron darslik

tayyorlovchining mahorati va psixologik tomondan yondoshishiga bo’g’liq.

Hozirda Internet tehnologiyalari ham jadallik bilan rivojlanmoqda. Internet

orqali ta’lim beruvchi maxsus repitiror va saytlar mavjuddir. Masofadan turib

o’qish tehnologiyalari hayotga joriy qilinmoqda. Bu ta’lim oluvchilarga ancha

qulayliklar tug’dirmoqda. Bunda talabalar o’z yurtida turib boshqa davlatning

oliygohlarida o’qishi va o’sha oliygoh diplomiga ega bo’lishi mumkin.

Albatta but ta’lim jarayonida elektron darslikning ahamiyati kattadir. Chunki

talaba doim ham Internetdan foydalana olmasligi mumkin. Ana shu paytda o’ziga

oliygoh yoki boshqa biror ta’lim muassasi tomonidan berilgan elektron darslik va

qo’llanmaklardan foydalanishga to’g’ri keladi.

AQSH va ko’plab G’arb davlatlarida bu sohaga jiddiy e’tibor qaratilgan.

O’zbekiston sharoitida ham ta’lim sohasida elektron darsliklar ishlab chiqish va

ularni amaliyotga tabiq etishning chora va tadbirlari ishlab chiqilgan.

Elektron darslik yaratish harajatlarini aniqlash texnologiyalari.

Zamonaviy axborot texnologiyalarining tez surhatlar bilan rivojlanishi va hayotga

kirib borishi, elektron darsliklar, ya’ni o’qituvchisiz o’qitish texnologiyasini joriy

etish va ishlab chiqish bilan bog’liq bo’lgan faoliyat sohasini rivojlantirmoqda.

“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning qabul qilinishi ta’limni halqaro darajaga

olib chiqish, uni jahon andozalariga mos qilib, tubdan isloh qilish eng ustivor

vazifalardan biri ekanligini belgilab berdi.

Elektron darslik yaratish vositalarini quyidagicha tasniflash mumkin:

dasturlash algoritmik tillari;

ommaviy qo’llanishga mo’ljallangan instrumental vositalar

gipermatn va gipermedia vositalari;

Dasturlash algoritmik tillarida tuzilgan elektron darsliklarning xususiyatlari:

– interfeysning xilma xilligi (rang palitrasi, interfeys, ED strukturasi,

materialning taqdim etilishi va h.k.);

– yangilash va nazorat qilib borishning murakkabligi;

– mashina imkoniyatlariga mos ED yaratish imkonyati.

Ommaviy qo’llanishga mo’ljallangan instrumental vositalar malakali

dasturchi bo’lmagan foydalanuvchilar uchun ED yaratishga xizmat qiladi. Bunday

vositalar yordamida EDlarni loyihalash quyidagi imkoniyatlarni beradi:

ED strukturasini shakllantirish;

matnni kiritish, tahrirlash va formatlash (matn tahrirlovchi);

statik illyustrativ qismini tayyorlash (grafik tahrirlovchi);

dinamik illyustrativ qismini tayyorlash (ovoz va animatsiya);

boshqa vositalarni bajaruvchi modullarini kiritish va b.

Ommaviy qo’llanishga mo’ljallangan instrumental vositalarning afzalliklari:

malakali dasturchi bo’lmagan foydalanuvchilar tomonidan ED yaratish

mehnat va vaqt sarfining qisqarishi;

kompyuter va dasturiy ta’minot yuqori darajada talab qilinmasligi.

Shu bilan birga bir qator kamchiliklarni ham aytib o’tish lozim:

multimedia va gipermedia tizimlariga nisbatan imkoniyatlarini kamligi;

masofaviy o’qitish dasturini yaratish imkoniyati yo’qligi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha materialni

o’zlashtirish darajasi o’qiganda 10%, eshitganda 20%, ko’rsa va eshitsa 50%,

boshqalar bilan muhokama qilganda 70%ni tashkil etadi. Demak, multimedia

axborot uzatishni bir necha usullarini – matn, statik tasvir (rasm va surat), dinamik

tasvir (multiplikatsiya va video) va ovoz (raqamli va MIDI) – interaktiv mahsulot

Audio axborot nutq, musiqa, ovoz effektlaridan iborat. Video axborotning

statik video qatorini ikki guruhga bo’lish mumkin: grafika (chizma tasvirlar) va

foto suratlar. Dinamik video qator statik elementlardan yahni kadrlar ketma-

ketligidan tashkil topgan.

Multimedia mahsulotlarining boshqa axborot resurslaridan farqli jihati katta

hajmda bo’lishidir. SHuning uchun xozirgi paytda bunday mahsulotlarning

tashuvchisi 650 Mbayt hajmli CD-ROM optik disklardir.

Gipermatn va gipermedia vositalari. Gipermatn – matn shaklidagi

materialga chiziqli bo’lmagan o’tish usuli, matnda ba’zi jumlalar ajratilgan bo’lib

ular boshqa matn fragmentlariga bog’langan. SHunday qilib, foydalanuvchi

nafaqat sahifalarni birin ketin ochishi mumkin balki yo’llovchi jumla yordamida

boshqa sahifaga o’ta oladi. Gipermedia tizimida rasmlar yordamida o’tishni

amalga oshirish mumkin, mahlumot sifatida matn, grafika, videotasvir yoki ovoz

Gipermatn texnologiyasi strukturasi oddiyligi va qo’llanishi qulayligi

jihatlari bilan darsliklarga qo’yilgan talablarga javob beradi. Lekin, uning dizayni

va shu kabi ba’zi jihatlarining kamchiliklari mavjud. Hozirgi paytda turli

gipermatn formatlari mavjud, bular (HTML, DHTML, ‘H’ va b.).

Elektron darslik seriyalab chiqariladigan dasturiy mahsulot hisoblanadi. Har

bir dasturiy mahsulotning harajatlari bo’lganligi kabi elektron darslik yaratishda

ham turli harajatlar mavjud. Harajatlar dasturning qiyinlik darajasi va qaysi sinfga

mansubligiga bog’liq. Dasturiy mahsulotning ta xayot tsikli davomidagi asosiy

harajatlari Sa quyidagi harajatlarni o’z ichiga oladi:

Sya – tya vaqt davomida dasturni yaratishga ketgan jami harajatlar va

dasturni yaratish davomida EHM qurilmalari va texnik tahminoti harajatlari;

Se – te vaqt davomida dasturiy mahsulotni tarqatishda qo’llaniladigan

dasturlarni ishlatishga va EHM qurilma vositalariga ketgan harajatlar;

Sn – tn vaqt davomida dasturiy mahsulotni nazorat qilib borishga ketgan

harajatlar, ularning butligi va nazorati, moderniztsiya va hatolarini tuzatish,

ko’paytirish va h.k.

Shunday qilib, SaqSyaQSeQSn.

Dasturiy mahsulotni yaratish harajatlari :

bevosita loyihalash, dasturlash, foydalanuvchi talablari asosida hatolarni

tuzatish va sinash – S1ya;

dasturiy mahsulotning tajriba nushasini yaratish – S2ya;

dasturiy mahsulot yaratishni avtomatlashtiruvchi dasturiy vositalar va

texnologiyalarni yaratish, qo’llash va tayyorlash – S3ya;

dasturiy mahsulot yaratishni avtomatlashtirishda foydalaniladigan EHM –

mutaxassislarni tayyorlash va malakasini oshirish – S5ya harajatlaridan

Asosiy harajatlar Syani tashkil etuvchilaridan S1ya va S2yalar dasturiy

mahsulot yaratishning bevosita harajatlari, S3ya va S4yalar esa dasturiy mahsulot

yaratish jarayonining (dasturiy va apparat)tahminoti harajatlari hisoblanadi.

Dasturiy mahsulotlarni yaratishga ketgan bevosita harajatlar – S1ya, dasturiy

mahsulot hayot tsiklining asosiy tashkil etuvchisidir. Bevosita harajatlarni dastur

hajmi(Dx)ning mexnat unumdorligi(M)ga nisbati va mehnat sarfining o’zgarish

koeffitsient(sij)lari ko’paytmasi ko’rinishida keltirish mumkin. Dasturiy

mahsulotning tajriba nushasini yaratish harajatlari – S2ya, tashuvchi (disk)lar,

nusaha olish va dastur komponentlarini yig’ish(S2ya1) harajatlari; hujjatlarning

to’liq komplektini ishlab chiqish(S2ya2) harajatlaridan iborat. Dasturiy mahsulot

yaratishni avtomatlashtiruvchi dasturiy vositalar va texnologiyalar harajatlari –

yaratish(S3ya1) harajatlari, avtomatlashtirish vositalari va texnologiyasini

o’zlashtirish va joriy etish(S3ya2) harajatlari, dasturiy mahsulot yaratish davomida

avtomatlashtirilgan dastur yaratish tizimidan foydalanish(S3ya3) harajatlaridan

Dasturiy mahsulot yaratishni avtomatlashtirishda foydalaniladigan EHM

harajatlari – S4ya, EHM sotib olish va o’rnatish, dasturiy mahsulot yaratish

davomida(tya) EHMdan foydalanish harajatlarini o’z ichiga oladi: S4yaqa4tya, bu

yerda a4-mashina vaqtining narhi.

Dasturiy mahsulotni yaratishga ketgan jami harajatlarni aniqlashning yana bir

bu yerda Ti – 1-darajali dasturchining dasturni yaratishga sarf qilgan vaqti,

Lkn.i – 1-darajali dasturchining ish haqi, so’m.G’kun;

Wi – 1-darajali dasturchilar soni;

Ku – ish haqiga ustiga qo’shilgan mablag’ koeffitsienti;

Kqh – qo’shimcha harajatlar koeffitsienti;

q –rentabellik normasi, dasturni tayyorlayotgan korxonaning daromadi;

Tmb – mashina vaqti, dasturni hatolarini tuzatishga ketgan, soat;

e – ekspluatatsiya harajatlari, mashina vaqtining 1 soatiga ketgan harajat, so’m.

Ekspluatatsiya harajatlari amortizatsiya (Ma) va elektrquvvati (Mel) harajatlaridan

Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi insoniyat

oldida yangi imkoniyatlar yaratibgina qolmasdan, yangi vazifalarni ham yukladi.

Biz bu maqolada shu vazifalardan biriga, yahni zamonav_iy axborot

texnologiyalarining multimedia vositalaridan foydalangan holda tahlim berishning

yangi bosqichiga, elektron darsliklarni tahlim jarayonida qo’llash imkoniyatlariga

va ularni yaratish harajatlarini aniqlash texnologiyalariga to’htalib o’tdik.

2.2. WEB dasturlash tili asoslari.

PHP dasturlash tilini vujudga kelishi. PHP –o’z nomini etarlicha tanitib

ulgurgan, dasturlash tili xisoblanadi. Gap shundaki, boshlanishda bu uncha qiyin

bulmagan shaxsiy WEB –saxifalarini yaratish uchun mo’ljallangan oddiy

makroslar to’plamidan iborat bo’lgan bo’lib, PHP-personal home page (shaxsiy uy

saxifasi) so’zlarining qisqartmasidan iborat.

Vaqt o’tishi bilan makroslar to’plami mukammal dasturlash tiliga aylanib

zamonaviy ma’lumotlar bazasi bilan ma’lumot almashish imkoniyatiga ega

bo’lgan WEB tarmoq sahifalarini yaratuvchi tilga aylandi. Tilning imkoniyatlari

o’sib bormoqda. Netcraft

) kompaniyasining ma’lumotlariga ko’ra 1999 yil noyabr

oyida RNR texnologiyasi Web tarmoqlarining bir milliondan ortig’idan

foydalanilgan 2000 yil 1400000 taga etgan.

RNRning 1-versiyasi Rasmus Lerdorf (Rasmus Lerdorf) ismli programmist

tomonidan yaratilgan bo’lib, Web sahifalarini yaratishni engillashtirish uchun

makroslar to’plamidan iborat bo’lgan.

Tez orada u foydalanuvchilar nazariga tusha boshladi, hamda tezlik bilan

takomillashib, ommalashib bordi. 1997 yildan bu til ustida programistlar guruxi ish

Mexnatlarning samarasida esa PHP3 keyingi versiya yaratildi. Bu PHP ning

takomillashgan va zamonaviy versiya bo’lib, unda matnlarining qayta ishlashning

yangi usullari yaratildi va bu usullar Zib Zuraski va endi Gutians (Zeev, Surasky,

Andi Ceutmans) ismli progromistlar tomonidan yaratildi. Shuningdek tilning

sintaksisida biroz o’zgarishlar kiritilib, yangi funktsiyalarqo’shildi. Yangi vertsiya

shu davrda sarver uchun dasturldash tillarining eng zo’ri xisoblanib, juda ham ez

MySQL ma’lumotlar bazasi va Apache serveri bilan ishlash uchun PHP ning

imkoniyatlari yanada kengayib bordi. Apeche serveri hozirgi kunda dunyodagi eng

keng tarqalgan Web -server xisoblanadi va PHP tili Apache serveri uchun modul

ko’rinishida qo’llanilishi mumkin. MySQL – bu zamonaviy ma’lumotlar bazasi

bo’lib pulsiz (tekin) tarqatiladi, shuning uchun ham PHP ning barcha funktsiyalari

shu bazaga bog’langan. Tan oligsh lozimki Apeche, MySQL va PHP larning

o’zaro bir-biri bilan bog’liq ravishda ishlashi o’rtadagi raqobatga barham beradi.

Bu esa PHP boshqa MBSI bilan ishlamaydi degani emas. Bu texnologiya

juda MBSI va Web serverlar bilan ishlash imkoniyatiga ega.

WEB saxifalarni va tarmoqni yaratish yo’llari o’zgarishi bilan PHP ham

takomillasha bordi. 1990 -yil o’rtalariga kelib katta tarmoqlarda ham HTML da

yozilgan yuzlab statik saxifalar ishlatilar edi. xozir esa jarayon o’zgarib bormoqda.

WEB saxifalarini yaratuvchilar ma’lumotlar bazasi bilan ishlovchi WEB

saxifalarni yaratish imkoniga ega bo’lib, foydalanuvchilarni qayta ishlash

imkoniga ega bo’lgan WEB saxifalarni yaratmoqdalar.

Ma’lumotlarni saqlash va ma’lumotlarga murojat qilish uchun ma’lumotlar

bazasidan foydalanish yanada aktuallashib, mobil telefonlar, raqamli televideniya

va hokazolar. Turli xil qurilmalarda ma’lumotlarni uzatishda sifatni o’sishiga

Bu fikrlar asosida aytish mumkinki, kelgusida PHP tili yanada takomillashib

o’zining o’ta yuqori darajadagi dasturlash tili ekanligini namoyon qiladi.

PHP tilini o’rganishga kirishishdan avval uning konfiguratsiyasini sozlash

va o’rnatishni o’rganib olish lozim. PHP xar xil sistemalarda va ko’plab

serverlarda ishlashi mumkin.

Sistemalar, serverlar va ma’lumotlar bazalari. PHP turli xil sistemalarda

ishlay oladi. U sistema Windows, Unix ning ko’plab versiyalari, shuningdek Linux

va xatto Macintosh bo’lishi mumkin. PHP ko’plab tarmoq serverlarida, xususan

Apache, Microsoft Internet Information Server, Web Site Pro, Iplanet Web Server

va Microsoft Personal Web Server – larda ishlashi mumkin. Agar o’zimiz tuzgan

dasturlarimizni Windows tizimida tekshirishni xoxlasak oxirgi sanab o’tilgan

serverdan foydalanishimiz mumkin, xatto Apache serveri Windows sistemasi

boshqaruvida ishlasa ham.

PHP interpretatori yordamida dasturni aloxida mustaqil ko’rinishda

kompilyasiya qilish mumkin. U xolda dasturni mustaqil ishga tushirish mumkin.

PHP tilini yaratishda ma’lumotlar bazasi bilan bog’lanish talablarini aloxida

e’tiborga olingan. Ko’plab ma’lumotlar bazalarini PHP da o’qish mumkin.

Masalan bularga Adabas D, InternetBase, Golid, dBase, mSQL, Sybase, Empress,

MySQL, Velosic, FilePro, Oracle, Unixdbm, Informix va xokazolarni keltirishimiz

mumkin. Shuningdek, PHP ODBC standartini ham o’qiy oladi. Ushbu qo’llanmada

esa biz Linux, Apahe va MySQL serverlar asosida fikr yuritamiz. Bu uchta

dasturlar majmualari keng foydalanish mumkin bo’lgan.

PHP ni kaerdan olish mumkin. PHP4 ni

olish mumkin. Buning uchun esa, aloxida kredit kartochka talab kilinmaydi.

PHP ni web-tarmog’i progromistlar uchun ajoyib manba xisoblanadi.

adresida boshka progromistlarning izoxlari, fikrlash va

tankidiy fikrlari keltirilgan ma’lumotlarni va ko’llanmalarni olish mumkin. Bu

ko’llanmalarni turli xil formatlarda olish mumkin.

PHP dasturlash asoslari. Biz yuqorida PHP ni o’rnatish va o’rganish

bo’yicha boshlang’ich ma’lumotlarni oldik. Endi esa, PHP da birinchi dasturimizni

yaratishga xarakat kilamiz. PHP da dastur tuzish uchun HTML dagi kabi WEB-

saxifa yaratishni bilishimiz lozim.

Ushbu dasturda esa, quyidagilarni o’rganishga xarakat kilamiz:

 PHP-programmalarini yaratish, setverga nusxasini ko’chirish va ishga

 PHP komandalari va HTML matnini bitta xujjatga bog’lash

 Dastur matnini tushintirish uchun izox keltirish

Birinchi dasturni yozamiz:

PHP-dasturni tuzish uchun ixtiyoriy matn redaktorini ishga tushiramiz. PHP

– dasturi HTML- xujjatlari kabi oddiy matndan tashkil topadi. Shuning uchun

dasturni ixtiyoriy matn redaktorida, agar unix bo’lsa, VI-yoki Emacs da ham

yozish mumkin. quyidagi dastur matnini kiritaylik va uni first.php deb saklaylik:

ushbu dastur kengaytmasi albatta .php bo’lishi shart. Agar dastur server emas,

balki klent kompyuterida tuzilgan bo’lsa, dastur faylini serverga kiritish uchun

FTP servisdan foydalanishga to’g’ri keladi. Agar dasturda xatoliklar mavjud

bo’lmasa, u xolda natijani brauzer oynasida ko’rish mumkin.

2.2.1-rasm. Dasturni bajarilish natijasi.

Agar dasturda yoki uning kengaytmasida xatolik mavjud bo’lsa, brauzer

oynasida dastur matnining o’zi namoyon bo’ladi.

HTML dasturi.

Internet tarmog’i gipermatn hujjatlarga asoslangan gigant ma’lumotlar

to’plamini o’z ichiga oladi. Har qanday gipermatn hujjat ANSI ASCII formatidagi

oddiy fayldir. Bu fayllar o’z ichiga matn va uning o’lchami uchun teglar, boshqa

shunday hujjatlar uchun murojaatlar, grafik tasvirlar va har qanday boshqa fayllar

ko’rinishida bo’lishi mumkin. Gipermatnni ko’rish uchun brouzer yuklanadi,

barcha fayllar brouzerda maxsus HTML(Hyper Text MarkUp Language-

Gipermatn o’lchamlarini o’rnatish tili) tili bilan birgalikda qayta ishlanadi. HTML

tili tarixidan ba’zi ma’lumotlar. HTML tili ishlab chiqaruvchilari uning bir nechta

versiyalarini ishlab chiqardilar. 1.0 va 2.0 versiyalar chiqarilgandan so’ng 1995

yilda 3.0 versiyaning qoralama varianti tayyorlandi. Bu 2.0 versiyaga anchagina

qoshimchalar qoshilgan versiya edi. Asosiy brouzer ishlab chiqaruvchilar

kengaytmalarini ishlab chiqdilar, bu kengaytmalar bir biriga tushmas edi. Hozirga

vaqtda Netscape Novigator ning 6.0 va Microsoft Internet Explorer ning 5.5

versiyalar deyarli bir xil bo’lib, kengaytmalri orasida deyarli tafovut yo’q.

Muvaffaqiyatsiz bo’lgan HTML ning 3.0 versiyasi 3.2 versiyaga almashtirildi. Bu

versiyasni ishlab ciqarishda Netscape Communications Corporation, Microsoft,

IBM, Novell, SoftQuad, Sun Microsystem va Spyglass kompaniyalari ishtirok

etdilar. Hozirga kunda HTML ning yana bir 4.0 versiyasi ishlab chiqarilgan bo’lib

o’zida ko’plab foydali kengaytmalarga ega. Shuni ta’kidlash kerakki HTML tili

hech qanday dasturlash tili emasdir. HTML- bu o’lchamlarni tipik tili, uning

yordami bilan hujjatlarni bezash, murojaatlar hosil qilish mumkin lekin dastur

tuziah emas. Hatto Web sahifalarda ko’radiganimiz maxsus harkatlar(effektlar)ni

ham HTML da tuzilmaydi, bunday harakatlar qo’shimcha vositalar ,masalan

JavaScript tilida tuziladi. HTMLda sahifa hosil qilish HTML sahifalar oddiy matn

fayllardir, shuning uchun sahifa tayyorlashda Microsoft Notepad sodda matn

redaktori o’zi yetarli. Sahifa tayyolash uchun Notepad dasturi ishga tushiriladi.