Nilufar Usmonova ochiq kiyinishda Lolani ham ortda qoldirdi (Foto va video)
Bunday o’yinchoqlarning narxi ancha yuqori, shuning uchun hamma ham ushbu qo’g’irchoqlarni sotib olishga qodir emas. Har bir qo’g’irchoqlar mijozning xohish istaklarini inobatga olgan holda buyurtma asosida tayyorlanadi.
Eng mashxur va eng chiroyli qo’g’irchoqlar
Bizning maqolamizda keltirilgan eng chiroyli qo’g’irchoqlar, albatta, sizni hayratda qoldiradi. Ularga qaramasdan o’tib ketishning sira ilojisi yo’q! Eng axamiyatlisi qo’g’irchoqlar nafaqat bolalarni balki kattalarni ham diqqatini o’ziga jalb etadi.
Hozir biz sizlarga har hil ashyodan: daraxt, chinni, mato va turli hil plastmassalardan yaratilgan qo’g’irchoqlarni namoish etamiz. Marxamat ko’rib chiqing.
Qizil yonoqli Matryoshka qo’g’irchoqlar
XIX asrda ishlab chiqarila boshlangan Matryoshka qo’g’irchoqlari butun dunyoda mashhur. Ular rus madaniyatining ramzi sanaladi. Chet elliklar Rossiyaga kelganda, ko’pincha esdalik sifatida yog’och qo’g’irchoqlarni sotib olishlari bejiz emas.
Ushbu qo’g’irchoqlar odatda qayin yoki lipadan tayyorlanadi. Shundan so’ng, ular yorqin ranglar bilan bo’yalgan. Oxir oqibat, ular katta chiroyli ko’zli va qizil yonoqlari bo’lgan qizlarning qiyofasiga ega bo’ladilar.
Matryoshka qo’girchoqlarning ichida 3 tadan 20 tagacha qo’g’irchoqchalar bo’lishi mumkin. Qiziqarli ma’lumot :shu kunga qadar eng ko’p qo’g’irchoqni o’zida mujassimlashtirgan matryoshka 72 ta qo’g’ichoqqa ega.
Bugungi kunda siyosatchilar, aktyorlar yoki multfilm qahramonlari surati tushirilgan matryoshkalar ham sotib olishingiz mumkin.
Ichimatsu Yaponiya qo’g’irchog’i
Qadim zamonlardan buyon yaponlar bir birlariga sovg’a tariqasida qo’g’irchoq berishni hush ko’rishgan.
Ulardan eng keng tarqalgani Ichimatsudir. Yaponiyaliklar ushbu sovg’aga o’yinchoq tariqasida emas san’at asari deya qaraydilar. Ichimatsuni oldin qizlarga kimanoni chiroyli kiyishni o’rganishlari uchun hadya qilishgan. Bugungi kunda esa qo’g’irchoqdan intererni bezatish uchun qo’llaniladi.
Qo’g’irchoqning sochlari uzun , beli nozik, ko’zlari to’q rangli. So’nggi vaqtlarda qo’g’irchoq tanqidlarga ham uchragan. Boisi qizlar unga o’xshash niyatida qattiq o’zishga kirishganlar. Bu esa anoreksiya va boshqa salbiy oqibatlarga olib keladi. Lekin bunga qaramasdan ushbu qo’g’irchoq hanuzgacha eng chiroyli va mashxur qo’g’irchoqlardan biri bo’lib kelmoqda.
Larisa Isaevadan noyob asar
Mashhur hunarmand Larisa Isaeva noyob qo’g’irchoqlarini yaratadi. Shu bilan birga, u har bir mijozning individual buyurtmalari asosida o’yinchoqlar yasaydi.
Material sifatida, Larisa loy va simdan foydalanadi. Qiziqarli narsa shundaki, qo’g’irchoqlarining barcha bo’g’imlarida sharsimon bog’lanish bor. Shu orqali qog’irchoqlarni harakatlantirsa bo’ladi.
Larisa qo’g’irchoqlardagi barcha kichik detallarga katta e’tibor qaratgan. U qo’g’irchoqning yuz qismini diqqat bilan ishlagan. Hatto qo’g’irchoqni kichik zargarlik buyumlari bilan ham bezagan. U qahramonlarini turli xalqlarning falklyorlaridan nusxalar olib bezagan. Isaevaning qo’g’irchoqlari har qanday xonaning ichki qismini bezatishga qodir haqiqiy asardir.
Ukraina motankasi
Ukrainada eng chiroyli qo’g’irchoqlardan biri qo’lda yasalgan motanka qo’g’irchoq bo’lib, odamlar bir paytlar ushbu motankalar turli baxtsizliklardan saqlashiga ishonishganlar. Bugungi kunda esa u chiroyli bezak sifatida hizmat qilmoqda. Motankaning boshqa qo’g’irchoqlardan farqi yuz qismiga ega emasligidadir. Lekin bu umuman uning tashqi qiyofasini buzmaydi. Har bir qo’g’irchoq o’ziga yarasha go’zallikka ega.
Shvetsiya Tildasi
So’nggi paytlarda mato qo’g’irchoqlar tobora ommalashib bormoqda. Bunday o’yinchoqlarni uy sharoitida yaratish mumkin.
Tilda shved dizayneri Toni Finnanger tomonidan yaratilgan. Bir marta u turli tuman matolar qoldiqlaridan qog’irchoqning boshini yaratishi kerak bo’lgan. O’sha paytlarda Toni xonim keyinchalik qo’g’irchoqlari bu qadar mashxur bo’lib ketishini bilmagan bo’lsa ham kerak.
Bugungi kunda siz Tilda yasalish jarayoni yozilgan kitobni ham sotib olishingiz mumkin. Qo’l mehnati asosida yaratilgan buyumlar sotiladigan do’kondan har hildagi kichik taqinchoqlarni ham sotib olishingiz mumkin. Ular Tildaning ko’rkiga ko’rk qo’shadi.
Marina Bichkova qo’g’irchoqlari
Marina Bichkovaning qo’g’irchoqlari ta’riflab bo’lmas go’zalligi bilan ajralib turadi. U chinnidan yasaladi. Qo’g’irchoq hattoki eng kichik detallarigacha qo’lda bo’yalgan. Bundan tashqari, qo’g’irchoqda burama bo’g’inlar mavjud bo’lib, bu ularni harakatchan qiladi. Xozirgi kunda Marina Kanadada isteqomad qiladi va o’zi sevgan ishi bilan shug’ullanadi. Takidlab o’tish kerakki qo’g’irchoqlarning sochlari juda uzun va ularda kichik bezaklar ham bor.
Reborn – chaqaloq qo’g’irchoqlar
Chaqaloq qo’g’irchoqlar dunyodagi eng chiroyli qo’g’irchoqlardir. Qizig’i shundaki, 2012 yilgacha ular faqat shaxsiy to’plamlar uchun qilingan. Qo’g’irchoqlar yuqori sifatli tabiiy matodan ishlangan va shuning uchun ham u bir oz qimmat turadi. Qizig’i shundaki, har bir paketda chaqaloq qo’g’irchoqning balandligi,vazni va tug’ilgan sanasini ko’rsatadigan hujjat mavjud.
Bratz qo’g’irchoqlari
Dunyodagi eng chiroyli o’yinchoqlardan birini Bratz qo’g’irchoqlari deb atash mumkin. Ularni 2016 yilga qadar 15 yil mobaynida ishlab chiqarishgan. 2016 –yilda esa ishlab chiqarilishi to’xtagan. Qo’g’irchoqlarning har biri zamonaviy kiyingan, uzun sochli edi. Har birining ko’zlari katta , lablari esa shishgan. Zamonaviy olamda uni bezak sifatida harid qilishgan. Kolleksionerlarda yuzlab turli tuman qo’g’irchoqlarni ko’rishimiz mumkin. Ularning har biri o’ziga hos hususiyatga ega.
Bunday o’yinchoqlarning narxi ancha yuqori, shuning uchun hamma ham ushbu qo’g’irchoqlarni sotib olishga qodir emas. Har bir qo’g’irchoqlar mijozning xohish istaklarini inobatga olgan holda buyurtma asosida tayyorlanadi.
Diana Effnerdan amerika chaqaloq qo’g’irchoqlari
Dunyodagi eng chiroyli qo’g’irchoqlar birining muallifi Diane Effnerdir. Uning qo’g’irchog’i uzunligi 33 sm. U dastlab ushbu qo’g’irchoqlarini mehribonlik uyidagi qizchalarga atab yaratgan. 1990 yilda ayol qo’g’irchoqlar ishlab chiqaruvchi o’z kompaniyasini ochdi. Qo’g’irchoqlarni bezatish esa uning dugonasi Djeri Uribening zimmasiga yuklatildi.
O’shandan buyon ushbu qo’g’irchoqning chiqarilishi to’xtatilmagan. Bugun juda ko’p qizlar ushbu qo’g’irchoqni olishni orzu qiladi.
Qo’g’irchoq Fikon –Barbie qo’g’irchog’ining raqibi
Barbiega o’xshab ketadigan Fikon qo’g’irchog’i o’zida juda ko’plab zamonaviy kiyimlarni jamlagan. Bolalarga o’z qo’g’irchoqlarining kiyimlarini almashtirish, ularning ko’p bo’lishi bir olam zavq bag’ishlaydi. Bundan tashqari Fikon qo’g’irchog’ining soch turmagini o’gartirish mumkin.
Aslida shu kabi o’ziga xos hususiyatga ega go’zal qo’g’irchoqlarning mingdan ortiq turi mavjud. Ushbu maqolada biz eng chiroyli qo’g’irchoqlarning faqatgina kichik qismini yoritdik xalos.
Nilufar Usmonova ochiq kiyinishda Lolani ham ortda qoldirdi (Foto va video)
Xonanda Shahzoda o`zining Facebook`dagi sahifasiga hamkasbi, yaqin dugonasi Nilufar Usmonova va bir yigit bilan tushgan suratini joyladi. Nilufar Usmonovaning ochiq kiyimda tushgan mazkur surati internet foydalanuvchilarining keskin tanqidiga sabab bo`ldi.
Aksariyat foydalanuvchilar xonandaning kiygan libosini tanqid ostiga olib, salbiy munosabat bildirdi.
Ulardan biri “Biz ba`zan kimligimizni unutib qo`yamiz. Yana bir necha yildan so`ng shou-biznes vakillari yalang`och yursa ham ajab emas. Ko`zguga qarang, axir siz yoshlarga o`rnak bo`lishingiz kerak!”, – deya kuyinib gapirdi.
Ko`pchilik foydalanuvchilar Nilufar Usmonova o`zbekchilikka to`g`ri kelmaydigan tarzida kiyinganini, o`ziga yarashmagan ish qilganini ta`kidladi. Ayrimlar esa bunda Nilufarni qoralash noto`g`ri ekanligini, aslida mazkur surat Shahzodaning sahifasiga joylashtirilganini, uning esa Nilufarning bunday suratini joylashga haqqi yo`qligini aytdi. Yana bir foydalanuvchi Nilufar ochiq kiyinishda xonanda Lolani ham ortda qoldirganini aytib o`tdi.
Shahzoda esa izohlarni javobsiz qoldirdi. Suratni ham olib tashlashni lozim topmadi, go`yo xalq fikrining unga umuman ahamiyati yo`qday! Surat ostidagi izohlarni quyida o`qishingiz mumkin:
Bu erda Nilufarning surati tanqid bo`layotgan bir paytda xonandaning o`zi ham Facebook ijtimoiy tarmog`idagi shaxsiy sahifasiga mana shunday tarzdagi “ochiq” videoroligini joylashtirdi. Unda xonandaning raqsga tushish uchun mo`ljallangan zalda arabcha raqsga tushayotganini ko`rish mumkin. Raqs yoki sportning biror turi bilan shug`ullanayotganda xonandalar o`ziga xos, harakatlarni cheklamaydigan, erkin uslubdagi kiyimda bo`lishlari kerak, to`g`ri, ammo bu qadar ochiq kiyinganini butun ommaga ko`z-ko`z qilish qanchalik to`g`ri?
Quyidagi videoda Nilufar muxlislari bilan onlayn muloqot qilgan:
Video Nilufarning aksariyat muxlislariga manzur bo`ldi, ular xonandaning yaxshi raqsga tushishini e`tirof etishdi. Biroq uning ochiq-sochiq, o`zbek millatining hech bir qolipiga to`g`ri kelmaydigan kiyimini tanqid qilganlar ham bo`ldi. Ayrim foydalanuvchilar xonandaning turmush o`rtog`ida erkaklik ori yo`qligi qabilidagi izohlarni ham qoldirishdi.
Darhaqiqat, oilali, buning ustiga uch o`g`il farzandning onasi bo`lgan va eng avvalo o`zbek millatiga mansub ayolning yoshlarga o`rnak bo`lish o`rniga, mana shunday ochiq-sochiq kiyinishni targ`ib qilishi qanchalik to`g`ri? Xonandalarimiz bu kabi hatti-harakatlari bilan kimga nimani isbotlamoqchi? O`zbek estrada vakillari o`zini har qanday ko`yga solishni istasa bu ularning shaxsiy ishi, biroq bu noo`rin, milliyligimizga xos bo`lmagan hatti-harakatlarini minglab o`zbek yoshlari kuzatib boradigan ijtimoiy tarmoqlarga shu tarzda joylash to`g`rimikin? Yoshlarning san`atkorlarga taqlid qilishi azaldan bo`lgan, bas shunday ekan, o`zbek qizlari kiyinish-u, yurish-turishda siz kabi san`atkorlardan o`rnak oldigan bo`lsa, bu ketishda Evropani ham ortda qoldiramizku! O`zbek yoshlari ma`naviyatini shakllantirishda san`atkorlar bevosita ishtirok etishini estrada vakillarimiz unutib qo`yishmasa maqsadga muvofiq bo`larmidi! Biroq bunday noo`rin xatti-harakatlar bilan san`atkorlar nafaqat o`z nomiga balki butun o`zbek millati nomiga dog` tushirishlarini unutib qo`yishayotganday nazarimizda!