Eng yaxshi kitobxon o quvchi ko rik tanlov ssenariysi
Shuning uchun deymanki,
Kitob mening do’stimsan.
Eng yaxshi kitobxon ssenariysi
Bugun poytaxtimizning Sayilgoh ko‘chasi har qachongidan-da gavjum. Bu yerda O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan qator vazirlik hamda idoralar, jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish — buyuk maqsadlarimizga erishishning muhim kafolatidir” shiori ostidagi an’anaviy respublika kitob bayramiga mamlakatimizning turli hududlaridan, hatto xorijdan kitobxonlar, adabiyot muxlislari, ijodkor-ziyolilar, yoshlar jam bo‘lgan.
Foto: Hakim Yo‘ldoshev /”Xalq so‘zi”.
Mazkur tadbir Prezidentimizning 2017 yil 13 sentyabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazilmoqda.
Foto: Hakim Yo‘ldoshev /”Xalq so‘zi”.
Davlatimiz rahbarining kitob ishlab chiqarish va kitobxonlik madaniyatini yanada yaxshilash masalasiga kuyunchaklik bilan yondashayotganida teran ma’no, ezgu maqsad mujassam. Chunki kitob nafaqat bilim manbai, balki tafakkur qayrog‘i, aql chirog‘i, ko‘ngil tabibi, ruhiyat ozig‘idir.
Foto: Hasan Paydoyev/”Xalq so‘zi”.
Kitob bayramining ochilish marosimida bu yilgi tadbir ham shaklan, ham mazmunan o‘ziga xoslik kasb etayotgani ta’kidlandi. Avvalo, uzoq yillar yozuvchiyu shoirlar, ziyolilar bilan uchrashuvlar, she’rxonliklar, suhbatlar va boshqa turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etib kelingan “Saylgoh” ko‘chasiga yana ma’naviyat, ma’rifat qaytdi. Xalqimiz bundan behad mamnun. Yozuvchi va shoirlar bilan suhbat qurayotgan yoshlar, turfa kitoblar to‘la rastalarni birma-bir ko‘zdan kechirayotgan kitobxonlar, maqol va shiorlar, turli ertak qahramonlari rasmlari tushirilgan bannerlarga o‘ziga xos ishtiyoq va qiziqish bilan boqib turgan jajji bolakaylar — barchaning yuz-ko‘zida xurramlikdan, kayfiyatida ko‘tarinkilikdan bu yaqqol sezilib turibdi.
Foto: Hasan Paydoyev/”Xalq so‘zi”.
Tadbirda “Namunali kitob do‘koni” tanlovining viloyat bosqichi g‘oliblari tantanali taqdirlandi.
Ikki kun davom etadigan bayramda mehmonlar uchun ko‘rgazmalarda bevosita ishtirok etish, kitob mahsulotlarini xarid qilish imkoniyati yaratiladi. Taniqli shoir va yozuvchilar, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindorlari ishtirokida mushoiralar, adabiy uchrashuvlar uyushtiriladi. Taniqli san’atkorlar va yosh iste’dod sohiblari, shuningdek, Respublika yosh tomoshabinlar teatri va Respublika qo‘g‘irchoq teatrining hamda turli bolalar san’at guruhlarining “Kitobsevarlarni qutlaymiz!” nomli chiqishlari tashkil qilinadi.
Foto: Hasan Paydoyev/”Xalq so‘zi”.
Shuningdek, “Eng yaxshi kitobxon oila”, “Eng yaxshi kitobxon” kabi sovrinli viktorinalar, “Kitob o‘qishni yoqtirasizmi?” mavzuida ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish rejalashtirilgan. “Mashhurlar kitob o‘qiydi” shiori ostida o‘zbek estrada namoyandalari, teatr va kino aktyorlari, sport ustalarining ishtirokchilar bilan muloqotlari tadbirning yana bir o‘ziga xos qismidir. Nashriyotlar, ijodiy uylar va matbaa korxonalari “Eng faol ishtirokchi”, “Eng yaxshi stend” nominatsiyalarida taqdirlanishi bayramga yanada ko‘tarinkilik bag‘ishlaydi.
Foto: Hasan Paydoyev/”Xalq so‘zi”.
“Kitob bayrami” tadbirlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyat markazlarida ham o‘tkazilmoqda.
Dilshod KARIMOV,
“Xalq so‘zi” muxbiri.
Eng yaxshi kitobxon o’quvchi ko’rik tanlov ssenariysi
Mazkur sahifada Eng yaxshi kitobxon o’quvchi ko’rik tanlov ssenariysi faylni pastroqda “Yuklab olish” tugmasi orqali ko’chirib olish imkoniyatiga egasiz. Ushbu material ZIP formatda bo’lib, 14.49 KB hajmga ega. Materiallar doimiy tarzda yangilanib boriladi. Fayl yangilanganda, bu haqida fayl versiyasi o’zgarganidan bilib olishingiz mumkin.
Bo’lim: | Tadbir senariylar |
Versiya: | 1 |
Hajmi: | 14.49 KB |
Fayl turi: | application/zip |
Ko’rishlar: | 78 marotaba |
Ko’chirishlar: | 14 marotaba |
Yuklovchi: | Ustoz |
Yaratilgan: | 26-07-2022 |
Yangilangan: | 26-07-2022 |
Yuklab olish
Fayl hajmi: 14.49 KB
Sifat bizning ustunligimiz! eng yaxshi kitobxon o’quvchi ko’rik tanlov ssenariysi faylni onlayn, mutlaqo bepul, ro’yxatdan o’tmasdan, reklama kutmasdan va to’g’ridan-to’g’ri havola orqali yuklab oling. Shuningdek tadbir senariylar bo’limida joylashgan boshqa materiallarni ham kuzatishingiz mumkin. Buning uchun bo’lim ismi ustiga bosing.
Dunyoda ikkita cheksiz narsa bor: Birinchisi koinot bo’lsa, ikkinchisi insonlarning ahmoqligi. Biroq, koinot haqida mening ishonchim komil emas. Istalgan inson bilishi mumkin, lekin bilish bilan tushunish o’rtasida ancha farq bor. Albert Einstein
“Kitob mening do’stimsan” tadbir ssenariysi
1-BOSHLOVCHI: – Assalomu alaykum hurmatli ustozlar. Har ishda chaqqon kichkintoylar, aziz kitobxonlar.
2-BOSHLOVCHI: – Mana bugun biz “Kitobxonlar bayrami”ga bag’ishlab “Kitob mening do’stimsan” tadbirini uyushtirdik. Bugungi davramizni ochiq deb e’lon qilamiz.
1-BOSHLOVCHI: – Inson ma’naviyatining yuksalishida, dunyoqarashining shakllanishida kitobning o’rni beqiyosdir. U nafaqat bilim bulog’i, tafakkur xazinasi, balki insonga do’st, to’g’ri yo’l ko’rsatuvchi tarbiyachi hamdir. Shuning uchun ham kitob qadrlanadi.
2-BOSHLOVCHI: – U yuraklarni-yuraklarga tutashtiruvchi, qalbga ajoyib nur, aqlga qudrat beruvchi vositadir. Kitobga oshno bo’lgan odam o’z umrini chiroyli o’tkazishga, odamlarga faqatgina yaxshilik tilashga harakat qiladi.
1-BOSHLOVCHI: – Allomalar va buyuklar ham barcha muvaffaqiyatlari, yaratgan kashfiyotlari uchun kitobdan minnatdor bo’ladilar.
1-BOLA: – Kitobdan yaxshiroq do’st yo’q, undan ortiq g’amxo’r yo’q, unda yuz rohat bor, hech qachon ozor yo’q.
2-BOLA: – Go’zal, dono xatti-harakatdan tug’iluvchi ezgu saxovatlarimizning asosiy qismi uchun kitobdan minnatdormiz.
3-BOLA: – Taraqqiyotning umumiy ko’lamida har bir xalqning o’rni o’sha xalq o’gitlari, kitoblarning soni bilan belgilanadi.
4-BOLA: – Kitobsiz uy – jonsiz toshday gap.
5-BOLA: – Kitoblar xazinasi, umuman olganda, hayotning o’ziga xos badiiy ko’zgusidir.
Qo’shiq. Kitob mening do’stimsan.
Yosh o’ynoqi ko’zlarim,
Shuur olar kitobdan.
Tarkib topib so’zlarim,
Baxtim kular kitobdan.
Shuning uchun deymanki,
Kitob mening do’stimsan.
Jovon ichra joylashgan
Quyosh sochib nur-ziyo.
Har yaxshilik, har yomon,
Qat-qatida joylashgan.
Shuning uchun deymanki,
Kitob mening do’stimsan.
Barcha bilmas qahramon,
El-yurtlarga men oshno.
Armonlarim tarqatib,
Qonib o’qish bir odat.
Shuning uchun deymanki,
Kitob mening do’stimsan.
1-BOSHLOVCHI: – Darhaqiqat, kitobni oftobga qiyos etishlari bejiz emas. U dillarni uyg’otib munavvar etish bilan birga mavjudot sirlaridan ogoh qiladi. Yashashdan saboq beradi, qiyinchiliklarni yengish yo’llarini, yaxshilik bilan yomonlikni, oq bilan qorani ajratishga o’rgatadi.
2-BOSHLOVCHI: – Kitob zehnlarni charxlab, bilimlar xazinasiga eshik ochadi.
1-BOSHLOVCHI: – Kitob bayrami nur quyosh bayramidir. Kitob yolg’izligingda hamroh, g’amginligingda tabib bo’ladi.
2-BOSHLOVCHI: – Barcha ilmparvar, odil podsholarning saroylari qoshida kutubxonalari bo’lgani bejiz emas. Odamzod kitobsiz johilga aylanadi, kitob nuridan bahra olmasa, jaholat botqoqiga g’arq bo’ladi.
“Kitob” rivoyati asosida sahna ko’rinish.
O’tgan zamonda bir podsho bo’lgan ekan. Kunlardan bir kun u vazirlarini chaqirib ularga: “Dunyoda eng zo’r, kerakli va hamma narsadan xabardor qiluvchi narsa nima?”, – deb savol beribdi. Vazirlar saroy a’yonlaridan so’rashibdi. Kishilar u deyishibdi, bu deyishibdi. Birovi dunyoda eng zo’ri qilich desa, ikkinchisi non debdi. Hamma o’z bilganini aytibdi. Bu xabarni vazirlar podshoga yetkazishibdi. Shunda podsho ularning bu javobi noto’g’ri ekanligini aytibdi.
Shunda vazirlar: – Podshohi olam bizga muhlat bering, – deyishibdi.
Podsho: – Sizlarga uch kun muhlat beraman, – debdi darg’azab bo’lib.
Qo’shni podsholikda ta’rifi yetti iqlimga ketgan donishmand yashar ekan. Undan vazirlardan birining xabari bor ekan.Vazir podshoning savollariga shu donishmand javob bera olishini bilibdi va uni izlab topibdi. Vazir unga podshoning savollarini aytibdi.
Donishmand hech ikkilanmay dunyoda eng zo’r, kerakli va hamma narsadan xabardor qiluvchi narsa bu – kitob, – deb javob beribdi. Donishmandning javobi podshoga ham ma’qul tushibdi.
1-BOSHLOVCHI:
– Kitob do’sting bo’lsin, undan bilmaganing bilib ol,
Dunyo ko’rib olim bo’lay desang faqat bilim ol.
2-BOSHLOVCHI:
– Kitob quyosh bo’lsa, maktab bir jahon,
Unda kamol topar haqiqiy inson.
1-BOSHLOVCHI: – Qadimda ota-bobolarimiz kitobni qo’llariga olgach, uni avval o’pib, keyin ko’zlariga surtganlar. Uning bir varag’ini ham yirtmaganlar. Har xil joylarga tashlamaganlar. Kitobni muqaddas deb bilganlar.
2-BOSHLOVCHI: – Kitob uni ko’p o’qigan odamga omad, quvonch olib kelishi, shubhasiz. Odamlarning yaxshi kunlarida kitobning hissasi bor.
She’r. Kitob deydi
Tanishaylik men kitob,
Asl bilimlarga kon.
Boylik beray behisob,
Bo’lsang agar qadrdon.
Lekin yirtib burdalab,
Kamaytirma varag’im.
Sendan yana bir talab,
Iflos qilma hech yog’im.
1-BOSHLOVCHI: – Yana donolar fikrlariga quloq tutaylik.
1-BOLA: – Kitoblar aql farzandlari.
2-BOLA: – Kitob fikrlash qobilyatimizni harakatga keltiruvchi ixchamgina quroldir. U aqliy tamballigimiz bilan kurashishimizda bizga ko’maklashuvchi tafakkur, quvvat.
3-BOLA: – Kitoblar jonsiz, ammo sodiq do’stdir.
4-BOLA: – Biror yaxshi kitobni o’qib o’z xayotlarida mutlaqo yangi lavha ochgan kishilar ozmunchami?!
5-BOLA:- Goho odam kitobni o’qib tugatganda mutlaqo o’zgarib qoladi. Eng mag’rur aql egalari-yu, o’ta nazokatli shaxslar ham bu joziba qarshisida bo’yin egadilar.
6-BOLA: – Kitobni qadrlamoq kerak, bu tafakkur qasriga izzat ehtirom bilan qadam qo’ymoq lozim.
7-BOLA: – Kitob yolg’izlikka do’st, uni o’qish bilan odam o’zligini anglaydi.
8-BOLA: – Yurakka tekkan birinchi kitob-bamisoli birinchi muhabbat.U kelgusida insonning butun tuyg’ular olamini beixtiyor o’ziga jalb etadigan jilvagar ko’zgudir.
1-BOSHLOVCHI: – Aziz bolajonlar, kitob haqida qancha gapirsak ozlik qiladi. Biz kitobning qadriga yetib, uni asrab-avaylashimiz kerak. Kitob aql chirog’i, kitob bebaho boylik. Kitob xazina, bilim.
2-BOSHLOVCHI: – Hurmatli ustozlar, aziz bolajonlar. Shu bilan bugungi “Kitob – mening do’stimsan” mavzusidagi tadbirimiz o’z nihoyasiga yetdi. Barchangizni kutubxonamizning faol kitobxonlari bo’lib qolasiz, deb umid qilamiz.