May oyining eng zo‘r smartfonlari reytingi
Asus kompaniyasi taqdim etgan flagman o‘zining noodatiy kamerasi bilan ajralib turibdi. Muhandislar bizni ekranni xunuklashtirib turadigan yoqimsiz kesimlardan xalos qilishdi. Buning o‘rniga kameralar ZenFone 6’ning suratga olish rejimida harakatga keluvchi moduliga joylashtirildi. Agar siz selfi olmoqchi bo‘lsangiz, ushbu modul avtomatik tarzda buriladi va asosiy kamera frontal kameraga aylanadi. Zarurat paydo bo‘lganda kamera burchagi qo‘lda ham boshqarilishi mumkin.
Mantiqiy savollar (javoblari bilan) — barcha uchun mos 77+ savol to’plami
Quyida sizga mantiqiy savollar javoblari bilan havola etiladi. Savollar oson yoki qiyin, kulgili yoki o’ta o’ylantiruvchi bo’lishi mumkin. Savolning javobini ko’rish uchun «Javobini ko’rish» tugmasi ustiga bosish kerak. Javobini yashirish uchun shu tugmani yana bir marta bosish talab etiladi.
Savollar shu tarzda tuzilganki, ularni bolalar oldida ham ovoz chiqarib o’qish mumkin, bemaza va kattalar uchun mo’ljallangan mavzudagi savollar kiritilmagan. Oila davrasiga quvnoqlik bag’sh etadigan mantiqiy savollar to’plami bilan tanishishni boshlashingiz mumkin.
Mantiqiy savollar va javoblar
Daraxtning shoxida qarg’a o’tiribdi. Qarg’ani cho’chitib yubormasdan shoxni arralash uchun nima qilish kerak?
Qarg’aning o’zi uchib ketishini kutish.
Javobini ko’rish
Undan qanchalik ko’p olaversangiz, u shunchalik kattalashib boraveradi. U nima?
Javobini ko’rish
Qafasda 3 ta quyon bor edi. Uchta qizcha ularga bittadan quyon berishlarini so’rashdi. Ularga so’raganlaridek bittadan quyon berildi. Lekin baribir qafasda bitta quyon qoldi. Buni qanday tushuntirish mumkin?
Qizchalarning biriga quyon qafasi bilan birga berilgan.
Javobini ko’rish
Kichkina, kulranggina, filga o’xshaydi.
Filning bolasi.
Javobini ko’rish
Merining otasining beshta qizi bor. Ularning ismlari Chacha, Cheche, Chichi, Chocho… Beshinchi qizining ismi nima bo’lishi mumkin?
Albatta Meri
Javobini ko’rish
Qaysi inson otni ham, filni ham hech bir qiyinchiliksiz ko’tarishga, ularni joyini o’zgartirishga qodir?
Shaxmatchi.
Javobini ko’rish
Nok osilib turibdi, lekin uni yeb bo’lmaydi. Lampochka emas.
Begonaning noki.
Javobini ko’rish
Qiziqarli mantiqiy savollar (javoblari bilan)
Kishiga uch marta beriladi: birinchi ikki marta bepul, ammo uchinchi marta yoki undan keyin pul to’lash kerak bo’ladi. U nima?
Javobini ko’rish
Shifokor bemorga 30 daqiqa oraliq bilan 3 ta ukol olishni belgiladi. Hamshira ukol qilishni soat 10:30 da boshlasa, bemor soat nechida ukollarni to’liq olib bo’ladi?
Soat 11:30 da, birinchisi 10:30 da, ikkinchisi 11:00 da, uchinchisi esa 11:30 da.
Javobini ko’rish
Qaysi yegulikni pishirishda qancha tuz solsa ham, u sho’r bo’lib ketmaydi?
Qaynatilgan tuxumni.
Javobini ko’rish
Elektropoezd sharqqa tomon 80 km/soat tezlik bilan harakatlanmoqda. Shamol esa sharqdan g’arbga qarab 15 km/soat tezlik bilan esmoqda. Poyezddan chiqayotgan tutun qaysi tomonga qarab harakatlanadi?
Elektropoezdlar tutun chiqarmaydi (albatta yong’in chiqmasa).
Javobini ko’rish
O’rdaklar suv ichishga qator bo’lib ketayotgan edi. O’rdaklardan biri oldinga qarab, 17 ta boshni ko’rdi. Ortiga qarasa — 42 ta panja kelayotgan ekan. Jami nechta o’rdak suv ichishga ketmoqda?
Javob: 39 ta. Oldinda 17 ta o’rdak. Ortida esa 21 ta. Shuningdek boshini orqa-oldinga burgan o’rdakning o’zi ham.
Javobini ko’rish
Bir kishi olmalarni 500 so’mdan sotib olib, ularni 300 so’mdan sotardi.
Bir muncha vaqt o’tgach, u kishi millionerga aylandi. Buning sababi nimada?
U odam dastavval milliarder bo’lgan.
Javobini ko’rish
Qanday holatda 3 ta yosh bola, 4 ta katta yoshli odam, 1 ta mushuk va 1 ta it bittagina soyabon tagida turib, yomg’ir ostida nam bo’lmaydi?
Yomg’ir yog’mayotgan bo’lsa
Javobini ko’rish
Kulguli va fikrlashni talab qiladigan mantiqiy savollar
Bir shox, bir ko’z, ammo karkidon emas.
Sigir burchakdan boshining yarimini chiqarib poylamoqda.
Javobini ko’rish
Umida qog’ozga 86 sonini yozib, dugonasidan «ushbu sonni qog’ozda hech narsani o’chirmasdan, bo’yamasdan va chizmasdan 12 ga oshira olasanmi» deb so’radi.
Dugonasi buni eplay oldi. Qanday qilib?
Qog’ozni teskari qilish orqali, bunda 86 -> 98 ga aylanadi
Javobini ko’rish
Yengil yoki og’ir bo’lishi mumkin. Lekin vaznga ega emas.
Tez va asta bo’ladi, ammo yugurishga, uchishga, suzishga ham qodir emas.
U nima?
Javobini ko’rish
Choyni qaysi qo’l bilan aralashtirish kerak?
Choyni qo’l bilan emas, balki qoshiqcha bilan aralashtirish maqsadga muvofiq.
Javobini ko’rish
U sizga tegishli, ammo boshqalar undan sizga nisbatan ancha ko’proq foydalanishadi. U nima?
Sizning ismingiz.
Javobini ko’rish
Kim o’tirgan holda yuradi?
Shaxmatchi.
Javobini ko’rish
Siz mashinaga o’tirdingiz va uni haydamoqchisiz, lekin oyoqlaringiz pedallarga yetmayapti. Bu holda nima qilish kerak?
Yo’lovchi o’rindig’idan haydovchining o’rindig’iga o’tish kerak.
Javobini ko’rish
U savol emas, lekin unga javob berish kerak.
Qo’ng’iroq yoki eshik jiringlashi.
Javobini ko’rish
Hamma narsani ko’rayotganda uni ko’rmaysiz.
Hech narsani ko’rmaganda esa uni ko’ra olasiz. U nima?
Qorong’ulik.
Javobini ko’rish
Professor do’stlarini o’zining maxsus salati bilan mehmon qilishni niyat qildi. Buning uchun unga: 3 ta bulg’or qalampiri va huddi shuncha pomidor, pomidorlardan ko’ra kamroq, ammo piyozdan ko’proq bodring kerak bo’ladi. Professor jami bo’lib necha dona turli xil sabzavotlar ishlatadi
May oyining eng zo‘r smartfonlari reytingi
Yakunlangan oy taniqli ishlab chiqaruvchilarning yangiliklariga boy bo‘ldi desak, adashmagan bo‘lamiz. ZenFone 6 deb nomlangan yangi avlod smartfoni dunyodagi birinchi aylanadigan kamerasi bilan yaqqol ajralib chiqdi.
OnePLus 7 Pro
Yangi OnePLus 7 Pro flagmani ekranning ramkasiz va har xil kesimlarsiz holati tendensiyasini davom ettirdi. Uning selfi-kamerasi oldinga suriladigan modulga o‘rnatildi va undan foydalanishga zarurat bo‘lmasa kamera shunchaki korpusga qaytib joylashadi. Shu sababli smartfon old panelda ortiqcha detallar yo‘q – uning ostki qismida barmoq skaneri optik datchiklari joylashgan AMOLED ekrani hajmi 6,7 dyumni tashkil etdi.
Flagmanning yuragi katta quvvatga ega Qualcomm Snapdragon 855 protsessoridir. Uskuna eng katta 12 GB operativ va 256 GB ichki xotira bilan ta’minlangan. Telefon qizib ketmasligi uchun esa uni suyuq sovitish tizimi bilan jihozlashdi.
Smartfonning orqa tomonida 48, 16 va 8 Mp moduldagi 3ta asosiy kamera mavjud. Kamera kutilgandan ham ko‘proq natijaga erishdi: DxOMark testlarida uning to‘plagan balli 111’ni tashkil etdi. OnePlus 7 Pro’ning frontal kamerasi esa 16 Mp.
Texnik tavsif
- Displey: 6,67 dyum, 3 120 × 1 440 piksel.
- Protsessor: Snapdragon 855.
- Xotira: tezkor xotira 6/8/12 GB, doimiy xotira 128/256 GB.
- Kameralar: asosiy — 48 + 6 +8 Mp, frontal — 16 Mp.
- Akkumulyator: 4 000 mA·s.
- OS: Android 9.0 Pie (OxygenOS 9).
OnePlus 7 Pro’ning korpusi ikki xil rangda ishlab chiqarilgan: kulrang va havorang. 6/128 GB varianti 669 dollar, 8/256 – 699 dollar, 12/256 GB esa 749 dollarga baholanmoqda.
Xiaomi Redmi K20 va K20 Pro
Xiaomi kompaniyasining o‘zi oz emas, ko‘p emas «qotil-flagmanlar» deb nomlagan so‘nggi smartfonlari ishlab chiqaruvchining ilk harakatlanuvchi 20 Mp frontal kameraga ega uskunasidir.
Ikki smartfon ham ko‘rinish jihatdan bir xil: old tarafda Full HD+’da ishlaydigan 6,39 dyumli AMOLED displey, orqa tarafda ko‘zni qamashtiruvchi qoplamaga ega shisha. Barmoq izi skaneri to‘g‘ridan-to‘g‘ri ekranda joylashgan.
Uskunalar ichi va kameralari esa farqli. Redmi K20 Pro’da Snapdragon 855, tezkor xotira 6/8 GB va 64/128/256 GB ichki xotira mavjud. Redmi K20’ning protsessori oddiyroq – Snapdragon 730, atigi 6 GB tezkor xotira va 64/128 GB’lik ichki xotiradan tashkil topgan.
Ularning har ikkisi ham 3 kamerali: 48 Mp (Sony IMX586, f/1.75), 8 Mp (ikki karra optik zum) va 13 Mp. Kichik modelda asosiy 48 Mp sensor Sony IMX582’ga almashtirilgan. Smartfonlar simsiz quvvatlash tizimiga ega bo‘lmasa ham, ularda NFC modul o‘rnatilgan.
Texnik tavsif
- Displey: 6,39 dyum, 2 340 × 1 080 piksel.
- Protsessor: Snapdragon 855 kattasida, Snapdragon 730 — kichik modelda.
- Xotira: katta modelda tezkor xotira 6/8 GB, doimiy xotira 64/128/256 GB, kichigida 6 GB va 64/128 GB.
- Kamera: asosiy — 48 + 13 + 8 Mp, frontal — 20 Mp.
- Akkumulyator: 4 000 mA·s.
- OS: Android 9.0 Pie (MIUI 10).
Redmi K20 Pro 6 GB OZU va 64 GB PZU 2499 yuan (362 dollar), Redmi K20 esa xuddi shunday sig‘im bilan 1999 yuan (290 dollar) etib belgilangan.
Honor 20 va 20 Pro
Huawei o‘ziga tortuvchi glubin effekt va 6,26 dyumli Full HD+ ekranga ega yangiligini taqdim etdi. Smartfon ikki xil talqinda ishlab chiqilgan: Pro qo‘shimchasiga ega katta va kichik. Ular bir-biridan xotira sig‘imi, batareya quvvati va asosiy kamera kuchi bilan farq qiladi, xolos.
Smartfon mobil fotograflik ishqibozlari ko‘nglidan joy oladi. Pro-versiya 4ta asosiy kamera bilan jihozlangan: 48 Mp, 16 Mp (kengburchakli), 8 Mp (3x zum) va 2 Mp (makro). Boshlang‘ich talqinda esa zum uchun mo‘ljallangan 8 Mp kamera o‘tkir kesimli 2 Mp kameraga almashtirilgan. DxOMark laboratoriyalari sinovida Honor 20 Pro uchinchi pog‘onani zabt etdi. Oldingi o‘rinlarda Huawei P30 Pro va Samsung Galaxy S10 5G.
Texnik tavsif
- Displey: 6,26 dyum, 2 340 x 1 080 piksel.
- Protsessor: Kirin 980.
- Xotira: tezkor xotira 6/8 GB, doimiy xotira 128/ 266 GB.
- Kameralar: asosiy – 48 +16+2+2 Mp kichik modelda, 48+16+8+2 Mp kattasida, 32 Mp frontal.
- Akkumulyator: 3 750 mA·s kichik modelda, 4 000 mA·s kattasida.
- OS: Android 9.0 Pie (Magic 2.1).
Pro-versiya uch xil rangda taqdim qilingan: yashil, liliya va qora. Kichik modifikatsiya — qora, oq va ko‘k ranglarda. Honor 20 Pro — 599 yevro, Honor 20 esa 499 yevro.
ZenFone 6
Asus kompaniyasi taqdim etgan flagman o‘zining noodatiy kamerasi bilan ajralib turibdi. Muhandislar bizni ekranni xunuklashtirib turadigan yoqimsiz kesimlardan xalos qilishdi. Buning o‘rniga kameralar ZenFone 6’ning suratga olish rejimida harakatga keluvchi moduliga joylashtirildi. Agar siz selfi olmoqchi bo‘lsangiz, ushbu modul avtomatik tarzda buriladi va asosiy kamera frontal kameraga aylanadi. Zarurat paydo bo‘lganda kamera burchagi qo‘lda ham boshqarilishi mumkin.
Smartfon ekrani hech qanday ramkalarsiz, Corning Gorilla Glass 6 shishasi bilan himoyalangan va diagonali 6,4 dyumli va 2340×1080 megapiksel IPS-matritsa bilan ta’minlangan. ZenFone 6’ning ichki qismi: Snapdragon 855 protsessor, 8GB’gacha tezkor xotira va 256 GB’gacha ichki xotira;
Quick Charge 4.0’da ishlaydigan tez quvvat oluvchi 5000 mA·s akkumulyator. Smartfondan Powerbank sifatida ham foydalanishingiz mumkin. U 200 GB’gacha microSD’ni ham qo‘llab-quvvatlaydi. Unda standart audio-port borligi ham katta ahamiyatga ega.
Texnik tavsif
- Displey: 6,4 dyum, 2 340 × 1 080 piksel.
- Protsessor: Snapdragon 855.
- Xotira: tezkor xotira 6/8 GB, doimiy xotira 64/128/256 GB.
- Kamera: asosiy — 48 + 13 Mp
- Akkumulyator: 5 000 mA·s.
- OS: Android 9.0 Pie (ZenUI 6).
P smart Z
Agar sizni yuqoridagi barcha ramkasiz va harakatlanuvchi kamerali smartfonlarni ko‘rib chiqqan holda xuddi shunaqasidan sinab ko‘rish fikri va uning kattagina summasi ikkilantirayotgan bo‘lsa, e’tiboringizni Huawei’ning narxi hamyonbop bo‘lgan P smart Z flagmaniga qarating.
Ushbu uskunaning ichki qismlari budjetbop: Kirin 710F protsessori, 4 GB operativ va microSD fleshka orqali kengaytirish mumkin bo‘lgan ichki 64 GB xotira. Lekin smartfon bular bilan emas, o‘zining ramkasiz ekrani va harakatlanuvchi selfi kamerasi bilan ahamiyatga ega. 16 Mp sensorli modul korpus yuqorisi ichkari tomonga joylashtirilgan va selfi rejimi ishga tushganda korpusdan ko‘tariladi. Orqa panelda 16 Mp va 2 Mp’da ishlaydigan asosiy kameralar mavjud.
Shu yechimda ishlab chiqarilgani sababli smartfon 2340x 1080 pikselli 6,59 dyumdagi LTSP displeyni qo‘llab-quvvatlovchi ramkasiz ekranga ega. Barmoq izi skaneri, USB Type-C va NFC moduli ham istisno emas.
Texnik tavsif
- Displey: 6,59 dyum, 2 340 × 1 080 piksel.
- Protsessor: Kirin 710F.
- Xotira: tezkor xotira 4 GB, doimiy xotira 64 GB PZU.
- Kameralar: asosiy – 16 +2 Mp, frontal – 16Mp.
- Akkumulyator: 4000 mA·s.
- OS: Android 9.0 Pie.
Google Pixel 3a va 3a XL
Google Pixel smartfonlarida shak-shubhasiz 2 yutuq mavjud: Androidning haqiqiy versiyasi va juda zamonaviy kameralar. Lekin ularning narxi juda qimmat baholangan. Mablag‘ini tejamoqchi bo‘lgan xaridorlarga esa Google Pixel 3a va 3a XL modellari taqdim etildi, ular ikki barobar arzonroq.
Mobil fotografiya ishqibozlariga uskunaning kamerasi manzur bo‘ladi – ular flagman modelidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘chirilgan. Lekin tan olish kerak, korpusda, namdan himoya dasturi va simsiz quvvat olish tizimida qisqartirishlar mavjud. Ichki jihozlar ham o‘rtacha: Snapdragon 670, 4 GB operativ va 64 GB ichki xotira. Quloqchinlar uchun audio-port mavjud. Smartfonlar ekran hajmi bilan bir-biridan farq qiladi: Pixel 3a XL’da 6 dyum diagonalli OLED-ekran, Pixel 3a’da esa 5,8 dyum. Google smartfon xaridorlariga bepul Google Photos dasturini taqdim etadi.
Texnik tavsif
- Displey: katta modelda 6 dyum, 5,8 kichigida 2 220 × 1 080 piksel.
- Protsessor: Snapdragon 670.
- Xotira: tezkor xotira 4 GB, doimiy xotira 64 GB.
- Kameralar: 12 Mp asosiyda, frontal – 8 Mp.
- Akkumulyator: 3700 mA·s.
- OS: Android 9.0 Pie.
Smartfon uch xil tusda taqdim etildi: qora, oq va yorqin liliya rangida. Narxlar kesimi Pixel 3a 399 dollar etib belgilangan bo‘lsa, Pixel 3a XL sotib olishingiz uchun 479 dollar talab etiladi.
Eng Zor Qoshiqlar Энг Зор Кошиклар – Скачать mp3 бесплатно
Для вашего поискового запроса Eng Zor Qoshiqlar Энг Зор Кошиклар мы нашли 50 песен, соответствующие вашему запросу. Теперь мы рекомендуем загрузить первый результат Eng Sara Qo Shiqlari To Plami 2022 Remix Yangi Uzbek Xit Qo Shiqlar 2022 который загружен MusicPro размером 101.93 MB, длительностью 1 ч, 17 мин и 27 сек и битрейтом 192 Kbps.
Обратите внимание:
Перед загрузкой вы можете послушать любую песню, наведите курсор и нажмите «Слушать» или «Скачать» для загрузки mp3-файла высокого качества. Первые результаты поиска – с YouTube, которые будут сначала преобразованы, после чего файлы можно загрузить, но результаты поиска из других источников могут быть сразу же загружены в MP3 без какого-либо преобразования.
Слушают сейчас
Eng Zor Qoshiqlar Энг Зор Кошиклар
California Girls Sped Up
Odil Axmedov Xitoy Tilini Tushinmasada Qalban Xisetmoqda
Ovamarz Now You See Me Now You Don T Official Video
Ушел От Нас Аркадий Кобяков Памяти Аркадия Кобякова Семен Лобазнов
Лаби Лаби Даболим
Sigma Male Song Instrumental
Funky Town Bass
Время И Стекло Speed Up
И Вперед По Новой Speed Up
Depeche Mode Slowed
Uncharted 4 Путь Вора Глава 9 Только Достойные Прохождение Игры На Русском 13
Barfuß Im Schnee
Snoop Doggy Dogg Feat Raphael Saadiq Daz Midnight Love
Александр Бедило Тоска По Родине
Әнші Гүлбаршын Тергеубекова Студияда Қонақта
Танец Цветов Песня
Eric Martin Give It To Me Good
Двойка По Поведению Габова
Скачивают
Free For Profit Pussykiller X Криспи X Экси Type Beat Отпускаю
Not Gonna Get Us Speed Version
Мультяшные Звуки Cartoon Sounds No Copyright
Бекжан Темирхан Кантем Official Music Video
Soska69 Басы Долбят Speed Up
Ман Чихел 7 Кг Хароб Шудам Диета Аз Диетолог Харобшави Бо Рохи Осон
Песенка Фронтового Шофёра Четвертое Видео Проекта 10Песенпобеды
Madinada Uyim Bo Lsaydi Go Zal Nashida Mishari Abdulloh Zakiylar
Depeche Mode Enjoy The Silence Slowed To Doomer Perfection
Shavkat Madumarov Yomg Ir Yog Ar Yog Ar Qor
Досвидошь Нркт Speed Up
Салам Алейкум Тик Ток Salam Aleikym Tik Tok Compilation 2020
Аскат Жетиген Зарыкканда
Равшанбек Туйда 1992 Йил Узган Шахри
Depeche Mode Never Let Me Down Again Slowed Reverb
Кино Виктор Цой Лучшие Песни
Freshmansound Incursion Dark Horror Thriller Orchestral Trailer