Press "Enter" to skip to content

Etika va estetika kitob

ETIKA (Yunoncha egpoz — xulq, odat) — axloq va uning shaxs hamda jamiyat hayotidagi o’rnini o’rganuvchi falsafiy fan. Etika axloqshunoslikning falsa-fiynazariy muammolarini va axloqqa doir didaktik-amaliy asarlarni o’z ichiga oladi. U insoniyat o’z tajribasi orqali erishgan donishmandlik namunalarini hikoyatlar, hikmatlar, naqllar, maqollar tarzida bayon etadi, kishilarga axloqning mohiyatini tushuntirib, falsafiy xulosalar chiqaradi, ularga axloqiy qonunqoidalarni o’rgatadi. Etikaning quyidagi mezoniy tushunchalari — kategoriyalari bor: fazilat va illat, yaxshilik va yomonlik, halollik, rostgo’ylik, kamtarlik, adolat, burch, vijdon, nomus, ideal, baxt, hayotning ma’nosi va boshqalar axloq inson va jamiyat hayotining barcha (shaxsiy, jamoaviy, kasbiy va hokazolar) jabhalarini qamrab olganligi tufayli uni o’rganuvchi Etika barcha fanlar bilan aloqador. Ayniqsa, uning ma’naviyat tizimidagi fanlarga ta’siri katta. Etikaning estetika bilan bog’liqligi san’at vositasida ro’y beradi; har bir san’at asarida axloqning dolzarb muammolari ko’tariladi, san’atkor o’z davri axloqiy darajasini va unga munosabatini badiiy qiyofalar orqali bevosita yoxud bilvosita aks ettiradi. Demak, estetika o’rganayotgan har bir badiiy asar ayni paytda Etika nuqtai nazaridan ham tadqiq etilayotgan bo’ladi. Etikaning dinshunoslik bilan munosabati har ikkala fanning axloqiy mezonlar muammosini hal etishga qaratilgani bilan bog’liq. Bunda din — vosita, axloq — maqsad tarzida namoyon bo’ladi. Har bir dinning muqaddas kitobi Xudoning bandalarini ham e’tiqodiy, ham axloqiy insonlar qilib tarbiyalashga yo’naltirilgan. Shuningdek, komil inson muammosi har ikkala fan uchun umumiy hisoblanadi; farq shundaki, Etika bu muammoga zamonaviy tarbiya nuktai nazaridan yondashadi. Etika huquqshunoslik bilan chambarchas bog’liq; ko’p hollarda axloqiy va huquqiy me’yorlar mohiyatan bir xil bo’ladi, ular faqat yondashuvda — sanktsiyalarning joriy etilishidagi usul orqali farqlanadi. Shunga ko’ra, axloqni jamoatchilik asosidagi huquq, huquqni esa qonuniylashtirilgan axloq deb atash mumkin. Etikaning huquqshunos odobi deb atalgan maxsus sohasi ham mavjud. Etika o’zining nazariy va ayniqsa, amaliy jihatlari bilan pedagogika fanining asosi hisoblanadi; ta’lim tizimidagi ta’lim-tarbiya o’zini har qadamda axloqiy tarbiya sifatida namoyon qiladi. Shuningdek, Etika psixologiya, sotsiologiya, siyosatshunoslik, ekologiya kabi qator fanlar bilan ham mustahkam aloqador, ular muammolarini hal qilishda axloqiy nuqtai nazar, axloqshunoslik nazariyalari muhim ahamiyatga ega. Etikaga doir dastlabki tushunchalar shumerliklarning “Me” qonunlar majmuida uchraydi. Undagi “namlul” tushunchasi insonparvarlik, ezgulik ma’nolarini anglatgan. Bobil podshosi Xammurapi qonunlarida, “Pxatoten o’gitlari”, “Misr mayyitlar kitobi”, Avesto kabi qadimiy yodgorliklarda axloqiy tamoyillar va me’yorlar qonunlar, e’tiqodiy da’vatlar shaklida berilgan; Hindistonning “Manuqonunlari”, “Dhammapada”, “Patanjali” kabi yodgorliklarida esa pandnoma va hikmat usuli ustuvor. qadimiy Xitoy daochidonishmandlari insonni tabiatning bir qismi sifatida olib qaraydilar va uning vazifasi fazilat yo’lidan borish ekanini, barcha yovuzliklar, baxtsizliklar insonning tabiat joriy etgan qonunlardan chekinishi oqibati ekanini ta’kidlaydilar. Konfutsiy va uning izdoshlari fazilat egasi bo’lishni urf-odatlarga so’zsiz bo’ysunishda ko’radilar. qadimiy Sharqdagi, xususan, Misr va Hindistondagi axloqiy g’oyalar, qarashlar antik davr estetikasiga ilmiynazariy asos bo’ldi; yunon mutafakkirlari Sokrat va Platon qarashlarida ilohiylik axloqning asosi, insonga axloqiylik azaldan berilganligi ta’kidlansa, Aristotel inson kamolotga bilish faoliyati, voqelikka faol munosabati orqali, hirsu ehtiroslar ustidan hukmronlik qila olishi tufayli erishadi, deydi. Tsitseron, Seneka, Epiktet singari qadimiy Rim axloqshunoslarining qarashlarida esa qullik, erk, hayotning ma’nosi, baxt muammolari o’rtaga tashlanadi. O’rta asrlar Etikasida qadimgi Sharq mutafakkirlari (Roziy, Forobiy, Ibn Sino, Ibn Rushd) asarlari va fikhiy tasavvufiy yo’nalishlarda Abu Lays Samarqandiy, G’azzoliy, Rumiy, Aziziddin Nasafiy, Navoiy, Koshifiy tomonidan yozilgan kitoblar Etika taraqqiyotiga katta hissa bo’lib qo’shildi; Uyg’onish davri faylasuflari o’z axloqiy qarashlarida ulardan samarali foydalandilar (Valla, Monten). Bu ta’sirni yangi davr axloqshunosligida ham yaqqol sezish mumkin; Gobbs, Spinoza, Gelvesiy, Golbax, Russo kabi ma’rifatchilar axloqning shaxs va jamiyat hayotidagi o’rniga, demokratik o’zgarishlarning axloqiy ildizlariga e’tiborni qaratdilar. Bu davrda nemis mumtoz axloqshunosligi alohida ahamiyatga ega bo’ddi; u bir tomondan rasional nazariyalarni (Kant, Shiller, Fixte, Shelling, Gegel, Feyerbax), 2-tomondan, noratsional qarashlarni (Kerkegor, Shopengauer, Nisshe) o’rtaga tashladi; Kant burchga asoslangan imperativ (qat’iy amr) g’oyasini ilgari surdi, Gegel axloqning miqyosiyligini, huquqning asosi, jamiyatning qoni va joni ekanini, Feyerbax axloqiy hatti-harakatlarda hissiyotning, ayniqsa, muhabbat hissining ahamiyatini ta’kidladilar. Norasional yo’nalish tarafdorlari insonni tushunchalar (aql) yordamida bilish mumkin emasligini, yovuzlikning ezgulikdan g’olib kelayotganligi axloqsizlikni axloqiy niqob bilan berkitishga doimiy urinish bilan bog’liqligiga, inson ixtiyor iskanjasida, manfaat va hukmronlik yo’lida hech narsadan toymaydigan jonzotga aylanib borayotganiga diqqatni qaratdilar. 19-asrning 2-yarmi — 20-asr boshlaridagi rus mumtoz axloqshunosligi axloqiylikni diniylik bilan yaxlitlikda olib qaradi (V.Solovyov, F.Dostoevskiy, N.Berdyaev, B.Visheslavtsev), ezgulik bilan yovuzlikning dialektik aloqadorligi masalasini o’rtaga tashladi. Etik tafakkurlar tarixida axloq tabiati haqidagi turli ta’limotlar vujudga kelgan. Hozirgi paytda g’ayrizo’ravonlik axloqshunosligi (Gandi, King, Sharp, Guseynov) muhim ahamiyatga ega. U yovuzlikka qarshi zo’ravonlik ishlatmasdan kurashishni tavsiya etadi — terror qilish, qon to’kish, isyon ko’tarish bilan emas, muhabbat, kechirimlilik, yuksak axloqiylik, ezgu ixtiyor va Iroda vositasida ish tutish lozim. Shuningdek, bugungi kunda hayotga ehtirom yoki universal Etika (A.Shveytser), yangi tasavvuf Etikasi (M.Qutqu, M.Jo’shon) insoniyat oldiga dolzarb axlokiy vazifalarni qo’ymoqda. Hayotga ehtirom insondan mavjudlikdagi har bir jonzotga — o’simlikka ham, hayvonlarga ham o’z hayoti kabi oliy qadriyat deb qarashni talab etsa, yangi tasavvuf axloqshunosligi industrial jamiyatda nafsga qarshi kurashishning muhimligini isbotlab beradi. Endilikda Etika oldida qator global muammolar turibdi; insoniyat hozir noosfera (texnikaviy muhit)da yashab, biosfera (biologik muhit)dan tobora uzoqlashib bormoqda, inson tafakkuri vujudga keltirgan fantexnika taraqqiyoti endilikda insonning o’ziga, uning mavjudligiga qarshi xavf sifatida ham maydonga chiqmoqda: atom, vodorod, neytron bombalarning, yadroviy kallakli ballistik raketalarning yaratilishi, olamiy okeanning, yer osti va yer usti suvlarining zaharlanishi kabi hodisalar ekologik tozalikdan ham ko’ra axloqiy poklikni talab qilmoqda. Klonlashtirish, bir inson a’zosini boshqa insonga ko’chirib o’tkazish, evtanaziya (bemorning o’z o’limini tezlashtirish to’g’risidagi iltimosini qondirish) va boshqalar muammolar ham axloqiy aralashuvga muhtoj. O’zbek milliy Etikasi boshqa falsafiy fanlar kabi mintaqaviy tabiatga ega bo’lib, uning ildizlari Avestot borib taqaladi. Avestoda ilgari surilgan 3 fazilat — ezgu fikr, ezgu so’z, ezgu amal yaxlitligidan iborat axloqiy g’oya barcha davrlar o’zbek Etikasi uchun umumiy tadqiqiy asos bo’lib keldi. Tasavvufiy Etikada mazkur yaxlitlik 4 fazilat yaxlitligi (ezgu fikr, ezgu so’z, ezgu amal va ma’rifat) shaklida namoyon bo’ldi (Aziziddin Nasafiy, Koshifiy). Naqshbandiya tariqati axloqshunosligida esa asosiy e’tibor insonning zamon va makondagi roliga, axloqiy hatti-harakatning zamon ehtiyojlarini hisobga olishi, ilohiy va insoniy fazilatlarning uyg’unligi masalasiga qaratildi (Bahouddin Yaaqshband, Alisher Navoiy). O’rta asrlar o’zbek Etikasida nazariy fikrlar bilan pandnoma usulidagi hikoyatlar omuxtaligi ko’zga tashlanadi (Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Yassaviy, Poshshoxoja). Bu jihatdan Temuriylar davridagi pandnomalar, ayniqsa, Navoiyning “Mahbub ulqulub” asari noyob hisoblanadi. Keyingi davrlardagi eng e’tiborli pandnoma Gulxaniyshsht “Zarbulmasal” asaridir. Jadidchilik harakati davrida axloqshunoslikka e’tibor yanada kuchaydi; jadidlar milliy ozodlikka erishish yo’lini xalq axloqiy darajasini va ma’rifatni yuksaltirishda ko’rdilar; Anbar Otinning “qarolar falsafasi”, Avloniyshtg “turkiy Guliston yoxud axloq”, Fitratnit “najot yo’li”, “oila” asarlarida shaxs axloqiy hayotining jamiyat taraqqiyotiga ta’siri, yangicha turmush tarzining axloqiylik bilan bog’liqligi masalalari ko’tarildi. Axloqiylikni sinfiylik va partiyaviylik kabi tamoyillarga bo’ysundirgan sho’rolar davri Etikasi soxta fan sifatida o’z vazifasini o’tay olmadi. O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng, kechmish axloqiy qadriyatlari, an’anaviy urf-odatlar, milliy va axloqiy tamoyil hamda me’yorlar jamiyatda o’z o’rnini egallagach, Etika fani ham taraqqiyot yo’liga kirdi, Etika tarixi va nazariyasiga doir yirik tadqiqotlar e’lon qilindi (Y.Jumaboev, E.Yusupov). O’zbekiston milliy untida etika va estetika kafedrasi mavjud; barcha oliy o’quv yurtlarida Etika fani o’qitiladi. Hozirgi paytda olimlar (X.Shayxova, A.Sher, F.Zagritdinova, M.Mahmud va boshqalar) Etika tarixi va nazariyasining dolzarb muammolariga doir yangi tadqiqotlar olib bormoqda. L L. Aristotel, Nikomaxovaetika (soch. v 4x t., t. 4), M., 1983; Navoiy A., Mahbub ulqulub (Mukammal asarlar to’plami, 20 j.li, 14j.), T., 1998; Forobiy, Fozil odamlar shahri, T., 1993; Avloniy A., Turkiy Guliston yoxud axloq, T., 1992; Jumaboev yil, O’zbekistonda falsafa va axloqiy fikrlar taraqqiyoti tarixidan, T., 1997: Yusupov E., Inson kamolotining ma’naviy asoslari, T., 1998; Zagritdinova F ., Nekotorne problemn biomedisinskoy etiki, T., 2005. Abdulla Sher.

ETIKA

–>

Adabiyot [561]
Arxitektura [40]
Astranomiya [38]
Axborot [71]
Biologiya [387]
Biznes [47]
Bojxona [42]
Davlat Huquq Asoslari [4]
Dunyo din tarixi [32]
Ekologiya [109]
Estetika va Etika [30]
Falsafa [48]
Fizika [254]
Fransuz-Tili [22]
Geografiya [141]
Geometriya [6]
Huquqshunoslik [281]
Informatika [643]
Texnologiya [274]
Internet [43]
Ingliz tili [680]
Iqtisodiyot [1133]
Jahon tarixi [276]
Jamiyatshunoslik [24]
Kimyo [82]
Kasbiy Ta’lim [11]
Konsitutsiya [60]
Ma’naviyat [48]
Matematika [89]
Milliy G’oya [128]
Musiqa [2]
Nemis-tili [30]
Ona-tili [50]
Oshpazlik [39]
O’zbekiston tarixi [197]
Pedagogika [104]
Prezident Asarlari [17]
Psixologiya [149]
Rus-tili [44]
Qishloq xo’jaligi [92]
Siyosatshunoslik [25]
Soliq va Soliqga tortish [18]
Tilshunoslik [9]
Tibbiyot [64]
Turizm [172]
va Boshqalar. [332]
Sport [7]
Sxemotexnika [13]

–>

–>

–>Bosh bet » –>Referatlar » O’zbek tilida » Estetika va Etika
–>Bo’limdagi referatlar soni : 30
–>Ko’rsatildi : 1-30

–>Sortirovka : Дате · Названию · Комментариям · Загрузкам · Просмотрам