Умиджон Обудов блоги
Formulalar yordamida hisoblashni boshlaymiz:
Excel: YAcheyka adresi to’g’ri yozilgan qatorni ko’rsating
Algoritmlar va algoritmik tilda dasturlash asoslari. Chiziqli, tarmoqlanuvchi jarayonlarga algoritm tuzish (blok sxemalar).
Algoritmlar va algoritmik tilda dasturlash asoslari. Takrorlanuvchi jarayonlarga algoritm tuzish (blok sxemalar).
– Chiziqli, tarmoqlanuvchi, siklik va aralash texnologik jarayonlarga dasturlar tuzish haqida slaydlar tayyorlash.
pochta manzili, soxa bo’yicha internetdan axborot qidirish
Dasturning informatsion uslubiy ta’minoti.
Mazkur fanni o’qitish jarayonida ta’limning zamonaviy metodlari, pedagogik va axborot-kommunikasiya texnologiyalarini qo’llash nazarda tutilgan:
Hozirgi zamonda fan va texnikani rivoji har bir sohani egallash uchun zamonaviy texnologiya yutuqlaridan foydalanish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Shunga asosan mazkur fanda faqatgina kompyuterdan foydalanmasdan balki kodoskop yordamida slaydlardan foydalanish, videoproektorlardan foydalanish va yangi chiqayotgan informatsion texnologiyalardan foydalanish ham maqsadga muvofiqdir. Undan tashqari mavjud elektron darsliklar, multimediya imkoniyatlaridan foydalangan holda ishlab chiqilgan o’rgatuvchi dasturlar va boshka masofali o’qitish vositalaridan keng foydalaniladi.Yangi chiqayotgan infarmatsion texnologiyalarni muntazam o’rganib borish, O’qituvchini talabchanligi, talabalarni fanga qiziqtirishi «Informatika va informatsion texnologiyalar» fanini o’rganishdagi eng muhim omildir. O’quv jarayonning samaradorligini oshirish uchun zamonaviy hisoblash vositalari va periferiya qurilmalari xamda fan buyicha ishlab chiqilgan O’quv-uslubiy qullanmalar bilan ta’minlangan sinf bulishi lozim.
Talabalarning informatika va axborot texnologiyalari fanini o’zlashtirishlari uchun o’qitishning ilg’or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o’zlashtirishda darslik, o’quv va uslubiy qo’llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar, virtual stendlar va maketlardan foydalaniladi. Ma’ruza va amaliy darslarda mos ravishdagi ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalaniladi. Muammoli o’qish, o’yinli texnologiyalar, tanqidiy fiklashni o’stiruvchi faol texnologiyalar, mualliflik texnologiyasi.
Microcoft Office Excel – nima degani va unda ishlashni nimadan boshlash kerak
Salom do’stlar. Bugungi maqolam Microdoft Office Excel dasturi haqida bo’ladi. Microsoft Office Word barchangizga, ayniqsa, kopirayterlarga juda tanish dastur hisoblanadi. Excel dasturini Word dasturidan farqi: bu dastur jadvallar orqali ishlaydi.
Oldingi maqolamizda Word dasturi bilan ishlashni o’rgangan edik. Bugungi maqolada esa Microsoft Office Excel dasturi haqida ma’lumot va undan qanday foydalanish mumkinligini bilib olasiz.
Internetda ishlashni endi boshlaganlar uchun qo’llanmalar |
Maqola mundarijasi ( Ochish / Yopish )
- Microsoft Excel nima?
- Excelni nimalarda ishlatish mumkin
- Sonlarning eng katta umumiy bo’luvchisini hisoblash (EKUB)
- Worddagi ma’lumotlarni Excelga qanday eksport qilish mumkin
- Xulosa
Microsoft Excel nima?
Microsoft Excel raqamli ma’lumotlarni yozib olish va tahlil qilish uchun foydalaniladigan elektron jadval dasturi. Siz bu dasturda Word dasturiga o’xshab jadval yaratib o’tirmaysiz. Bu dasturga kirishingiz bilanoq, tayyor elektron jadvalga ko’zingiz tushadi. MS Excelda fayllar “.xlsx” kengaytmaga ega. Bu dasturda moliyaviy ishlarda juda ko’p foydalanish mumkin.
Microsoft Office Excelda algebrik amal belgilari quyidagilar:
+ (qo’shish); – (ayirish); * (ko’paytirish); / (bo’lish); ^ (darajaga ko’tarish).
Aytib o’tishim kerak, Excelda diagrammalardan ham foydalanish mumkin. Ammo, bu dasturda Word dasturidagidek, referatlar yozib bo’lmaydi. Chunki, bu dastur jadvallar bilan ishlash uchundir.
Excelni nimalarda ishlatish mumkin
Excel ko’plab ma’lumot to’plamlarini saqlash va tartibga solish uchun ishlatilishi mumkin bo’lgan qulay dasturdir. Uning xususiyatlari va formulalaridan foydalanib, ma’lumotlaringizdan mantiqiy amallarni bajarishda ham foydalanishingiz mumkin. Masalan, ma’lumotni kuzatish va o’rtacha yig’indilarni avtomatik ravishda ko’rish uchun ham elektron jadvallardan foydalanish imkoni bor.
Yuqoridagi ma’lumotlar orqali Excel dasturi haqida tushunchaga ega bo’lgan bo’lsangiz kerak. Unda tushunganlarimizni amalda sinab ko’ramiz. Yaxshisi keling, siz Exceldan foydalanishni osonroq ishlar bilan boshlang.
Siz har qanday yaxshi ofis ishida ishlashingiz uchun, avvalambor, Excel dasturida ishlashni o’rganishingiz kerak. Chunki, ofisda ko’pincha jadvallar bilan ishlashga to’g’ri keladi.
Sonlarning eng katta umumiy bo’luvchisini hisoblash (EKUB)
Siz excelda ishlashni yaxshi o’zlashtirish uchun ko’proq amaliy mashg’ulot qiling. Robert Kiyosaki amaliyot haqida shunday deydi: “Kitobda qancha o’qiganingiz bilan velosiped uchishni o’rganolmaysiz”. Siz ham faqatgina ma’lumot o’qish bilan cheklanib qolmasadan o’qiganingizni amalda ham sinab ko’ring.
Biz hozir Excelning eng oddiy usullaridan foydalanib sonlarning eng katta umumiy bo’luvchisi (EKUB) ni hisoblashni o’rganamiz. Buning uchun birinchi navbatda Microsoft Office Excel dasturini ochamiz. Bu mashqni bajarishda, 4ta ixtiyoriy sonni oling. Misol uchun, 6; 10; 30; 60 sonlarini eng katta umumiy bo’luvchisini hisoblaymiz. Birgalikda bajaring, juda ham oson.
- A1 katakka 6 sonini, B1 katakka 10 sonini, A2 katakka 30 sonini, B2 katakka 60 sonini kiriting. Birinchi bo’lib, 6 va 10 sonini, keyin esa 30 va 60 sonini hisoblaysiz;
Formulalar yordamida hisoblashni boshlaymiz:
- Enter tugmasini bosing, natijada quyidagi oyna hosil bo’ladi:
Bu 6 va 10 sonlarining eng katta umumiy bo’luvchisi edi. Endi esa 30 va 60 sonini hisoblaysiz.
- C4 katakka yana yuqoridagi formulani kataklarni harfini o’zgartirgan holda, quyidagicha kiriting:
- Enter tugmasini bosasiz, quyidagi oyna hosil bo’ladi:
O’ylaymanki, bu oson mashqni a’lo darajada bajardingiz. Bu Excelning eng oddiy imkoniyatlaridan biri edi. Shunungdek, bu dasturning tayyor formula va funksiyalaridan ham foydalanib, turli xil hisob-kitoblarni amalga oshirish mumkin.
Worddagi ma’lumotlarni Excelga qanday eksport qilish mumkin
Sarlavhadan ham tushungan bo’lsangiz kerak, hozir wordni excelga o’tkazishni o’rgataman. Ya’ni Word dasturidagi tayyor jadvalingizni Excelga nusxalash. Buning uchun word dasturidagi tayyor jadvalingizni Ctrl+A tugmasini bosib, belgilang. So’ngra, Ctrl+C tugmalarini bosgan holda, nusxa qilib oling:
Nusxa olish nihoyasiga yetdi. Endi Excel dasturini ishga tushiring. Jadvalni joylashtirmoqchi bo’lgan katakni faollashtiring. Songra, klaviaturadan Ctrl + V tugmalarini birgalikda bosing. Qarabsizki, jadval tayyor.
Jadvalning yozuvlari kataklarga to’g’ri kelmasligi mumkin. Shuning uchun, ularni ideal holatga keltirish uchun, yuqoridagi surat kabi kataklarni uzaytirishingiz kerak. Mana jadval ham tayyor.
MS Exsel да математик амаллар ва функцияларнр куллаш
2-usul: Ekrandagi Excel dasturi tugmachasini ustiga strelkani qo’yib chap tugmani ikki marta bosib, dasturni faollashtiramiz 3-usul: Kompyuterda avval yaratilgan biror elektron jadvalni ustiga ko’rsatgichni qo’yib “Enter” tugmachasini bossak yoki sichqon chap tugmasini ikki bor bossak Excel dasturi faollashib, ushbu jadvalni ochib beradi
6. Excel dasturi ishga tushirilganda u shartli «Книга1» nomi bilan yangi hujjat hosil qilishni taklif etadi, tafsiya etilgan kitobda 3ta varaq (Лист1, Лист2, Лист3) bo’lib, zaruratga qarab yana varaqlar qo’shish mumkin bo’ladi. (O`tilgan mavzu bo`yicha oquvchilarni baholash uchun savollar: Ya’ni kim chaqqon musobaqasini o’tkazamiz qaysi guruh savollarning ko’piga javob bersa o’sha guruh yutgan hisoblanadi. Bu musobaqa orqali barcha o’tilgan mavzular qaytarilgan ya’ni takrorlangan bo’ladi. Bunda Kompyuterning asosiy qurilmalari, qo’shimch qurilmalari, MS Offise paketlari, Web Brauzerlarni ajratib ko’rsatish uchun doskada klaster usulida ko’rgazmani taklif etaman. )
Dars davomida qisqacha ma’naviyat soati ham o’tkaziladi, bunda bu yil nomi qanday?, bu oy qaysi fan oyligi?, bu oyda kimlarni tavalludini nishonlaymiz? Kabi savollarni o’rtaga tashlanadi, o’quvchilar javob berishadi.
Мs excel da
O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi
Surxondaryo viloyati xalq ta’limi boshqarmasi
Sariosiyo tumani xalq ta’limi bo’limi
9- maktabning
Informatika fani o’qituvchisi
Qudratov Nuriddin ning
« МS EXCEL DA MATEMATIK FORMULALAR BILAN ISHLASH»
Sariosiyo-2012
Informatika 8-sinf 23-dars
Мавзу: МS Excel да matematik formulalar bilan ishlash
Darsning maqsad va vazifalari:
Ta’limiy maqsad:O’quvchilarni elektron jadvalning matematik, mantiqiy, statistik va matn funksiyalari bilan tanishtirish. Excel elektron jadvalida bu funksiyalardan foydalanish ko’nikmasini hosil qilish.
Tarbiyaviy maqsad:O’quvchilarga estetik tarbiya berish, vaqtdan unumli foydalanish ruhida tarbiyalash
Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarda ilmiy dunyoqarashni oshirish, ularni hisobchilik kasbiga yo’llash
– o’quvchilar elektron jadval yacheykalariga sonli va matnli ma’lumotlar yoza olishlari,
– elektron jadvalda formulalarni qо‘llay bilishlari kerak.
Asosiy tushunchalar:
-matematik, mantiqiy, statistik va matn funksiyalari;
Darsga kerakli bo’lgan jihozlar:
Informatika va hisoblash texnikasi asoslari darsligi va plakat tayyorlab qo‘yiladi. Tarqatma materiallar tayyorlab qo‘yiladi O‘qituvchi tomonidan kompyuterlarga MS Excel dasturi ishga hozirlanadi. Mavjud elektron darslik va elektron qo‘llanmalar kompyuterga yuklab ishchi holatga keltiriladi.
Dars uslubi:
Savol-javob va munozara
DARS REJASI:
1. | O`qituvchining kirish so`zi. | 3( daqiqa) |
2. | Uyga berilgan МS Excel da matematik amallar va funksiyalarni qo‘llash hamda Takrorlash darsi mavzusiga oid bilimlarni tekshirish. | 8 (daqiqa) |
3. | O‘quvchilar bilimini tekshirish. Munozara orqali oldingi o’tilgan mavzuni mustahkamlash – | 3 (daqiqa) |
4. | Yangi mavzu bayoni. O‘qituvchining ma’ruzasi. Mavzuni kompyuter orqali amaliy ishlash bilan tushuntiriladi | 20(daqiqa) |
5. | Mavzuni mustahkamlash. (7 daqiqa) | 7 (daqiqa) |
6. | O`quvchilarni rag‘batlantirish, baholash (Baholash uchun rag’bat kartochkalari o‘qituvchi tomonidan rag‘bat doirachalari oldindan tayyorlab qo‘yiladi va ularni dars boshida tushuntirilib o’tadi. Bunda qizil ranglisi-5 ball, yashil-4 ball, binafsha-3 ball, ko’k-2 ball, sariq-1 ball bilan belgilanadi) | 2 (daqiqa) |
7. | Uyga vazifa berish | 2 (daqiqa) |
Microsoft Excel-da formulalar yaratish
Microsoft Excel dasturining asosiy xususiyatlaridan biri bu formulalar bilan ishlash qobiliyatidir. Bu umumiy yig’indilarni hisoblash va siz izlayotgan ma’lumotlarni namoyish qilish jarayonini ancha soddalashtiradi va tezlashtiradi. Keling, dasturda qanday formulalar yaratish va ular bilan ishlashni ko’rib chiqamiz.
Excelda eng oddiy formulalarni yaratish
Excelda eng oddiy formulalar kataklarda joylashgan ma’lumotlar orasidagi arifmetik amallarning ifodasidir. Shunga o’xshash formulani yaratish uchun, avvalo, arifmetik amaldan olingan natijani chiqarishi kerak bo’lgan katakchaga teng belgini yozamiz. Shu bilan bir qatorda siz katakchani tanlashingiz mumkin, ammo formulalar qatoriga teng belgini qo’shishingiz mumkin. Ushbu manipulyatsiyalar tengdir va avtomatik ravishda takrorlanadi.
Keyin ma’lumotlar bilan to’ldirilgan ma’lum bir katakchani tanlang va kerakli arifmetik belgini qo’ying («+», «-», «*»,«/» va hokazo.). Bunday belgilar formulalar operatorlari deyiladi. Endi keyingi katakchani tanlang va kerakli barcha kataklar ishlatilguncha amallarni birma-bir takrorlang. To’liq ifodani kiritgandan so’ng, tugmasini bosing Kirish hisoblarni ko’rsatish uchun klaviaturada.
Excel hisoblash misollari
Aytaylik, bizda mahsulot miqdori va uning birlik narxi ko’rsatilgan jadval mavjud. Har bir buyumning umumiy narxini aniqlashimiz kerak. Buni miqdorni buyum narxiga ko’paytirish orqali amalga oshirish mumkin.
-
Miqdor ko’rsatilishi kerak bo’lgan katakchani tanlang va uni o’sha joyga qo’ying =. Keyin tovarlarning miqdori ko’rsatilgan katakchani tanlang – unga ishora teng belgidan so’ng darhol paydo bo’ladi. Yacheykaning koordinatalaridan keyin arifmetik belgini kiritishingiz kerak. Bizning holatimizda bu ko’payish belgisi bo’ladi – *. Endi birlik narxi bilan ma’lumotlar joylashtirilgan katakchani bosamiz. Arifmetik formulasi tayyor.
Xuddi shunday, siz formulalarni bir nechta amallarda va turli xil arifmetik belgilar bilan hisoblashingiz mumkin. Aslida Excel formulalari matematikada odatdagi arifmetik misollar bilan bir xil printsiplarga muvofiq tuziladi. Bu deyarli bir xil sintaksisdan foydalanadi.
Keling, jadvaldagi tovarlar miqdorini ikkita lotga bo’lish orqali vazifani murakkablashtiramiz. Endi, umumiy narxni bilish uchun avval har ikkala tovar partiyasining miqdorini qo’shishingiz va natijani narxga ko’paytirishingiz kerak. Arifmetikada bunday hisob-kitoblar qavslar yordamida amalga oshiriladi, aks holda birinchi qadam ko’paytirish bo’ladi, bu esa noto’g’ri hisoblashga olib keladi. Excelda muammoni hal qilish uchun ularni ishlatamiz.
-
Shunday qilib, biz yozamiz = ustunning birinchi katagida “Miqdor”. Keyin qavsni oching, ustundagi birinchi katakchani bosing “1 ta to’plam”, qo’ydi +, ustundagi birinchi katakchani bosing “Ikkinchi tomon”. Keyin qavsni yoping va qo’ying *. Ustundagi birinchi katakchani bosing “Narx” – shuning uchun biz formulani oldik.
Excel dasturidan kalkulyator sifatida foydalanish
Dasturning asosiy vazifasi jadvallarda hisoblash bo’lsa-da, oddiy kalkulyator sifatida ham foydalanish mumkin. Biz tenglikni belgisini kiritamiz va kerakli raqamlar va operatorlarni varaqning istalgan katagiga yoki formulalar qatoriga kiritamiz.
Natijani olish uchun bosing Kirish.
Asosiy Excel Operatorlari
Microsoft Excel-da ishlatiladigan hisoblashning asosiy operatorlari quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- = (“Teng belgisi”) – teng;
- + (“Plus”) – qo’shimcha;
- – (“minus”) – ayirish;
- * (“Asterisk”) – ko’paytirish;
- / (“Slash”) – bo’linish;
- ^ (“Circumflex”) – eksponentatsiya.
Microsoft Excel foydalanuvchiga turli xil arifmetik amallarni bajarish uchun to’liq vositalarni taqdim etadi. Ular jadvallarni tuzishda ham, ayrim arifmetik amallarning natijasini hisoblashda ham alohida bajarilishi mumkin.