Press "Enter" to skip to content

Ushbu kitobga o xshash asarlar

v) Retseptda tayyorlanadigan dori vositalari yokimsiz hidga, achchiq va nordon ta’amga ega bo’lsa bu xolatlarni yaxshilash maqsadida doriga hid, ta’am va rang beruvchi vositalar– remedium corrigens qushiladi. Bunday paytda tayyorlanadigan dorini qaysi tur hayvonlariga berilishi hisobga olinadi.

Samarqand veterinariya meditsinasi instituti

Ushbu tarqatma material 5440100-Veterinariya, 5111000-Kasb ta’limi (Veterinariya) yo’nalishlari uchun mo’ljallangan.

AMALIY MASHG’ULOTLAR
1-Mavzu: Amaliy mashg’ulotlarni bajarish qoidalari, dorilarning lotincha nomlarini yozish tartibi.
Darsning maqsadi: Kafedrada farmakologiya fanidan amaliy mashg’ulotlarni o’tish, topshiriqlarni bajarish bo’yicha qoidalar va kerakli adabiyotlar bilan yaqindan tanishtirish.

Darsning o’tkazish usuli – kafedrada mavjud bo’lgan adabiyotlar, amaliy mashg’ulotlar uchun tayyorlangan ishlanmalar, har xil tayyor dori vositalaridan namunalar, dori tayyorlash uchun ishlatiladigan maxsus idish va jixozlar tanishtirilib ko’rsatiladi.

Amaliy mashg’ulotni o’tkazishda avvalo kafedrada mavjud bo’lgan farmakologiya fanidan asosiy va qo’shimcha adabiyotlar bilan tanishtirishdan boshlanadi.

Mavjud bo’lgan adabiyotlar ko’rsatib o’tiladi.

1.I.Ye.Mozgov «Farmokologiya» darslik Moskva,1985 g.

2.S.S.Azizova «Farmakologiya» darslik Toshkent, 1994, 2000,2006 y.

3.M.N.Maxsumov, M.M.Malikov «Farmakologiya» darslik,Toshkent 1997

4.M.I.Rabinovich «Praktikum po farmakologii i retsepture» uchebnik, 1983

5.M.D.Moshkovskiy «Lekarstvennыye sredstva» 1-2 tom Posobiye dlya vrachey «Medisina» 1993 g.

6. «Spravochnik lekarstvennыye sredstva» Moskva, «Medisina» 1990 g.

7.V.D. Sokolov. “Farmakologiya” Sankt-Peterburg 2010

8. S.M.Maxkamov va boshqalar «Tayyor dorilar texnologiyasi» Toshkent 1995 g.

9. Kovalev va boshqalar «Antibiotiki, sulfanilamidi i nitrofurani» Moskva 1989 g.

10.M.A.Klyuyev va boshqalar «Tabiatda ishlatiladigan dori-darmonlar» Toshkent 1995 g.

11.X.X.Xolmatov «Turli kasalliklarda dorivor o’simlik yigmalardan foydalanish» Toshkent, 1993 y

Yuqorida sanab o’tilgan barcha adabiyotlar mazmuni to’g’risida qisqacha tushintirishlar berilib, talabalar daftariga qayd qilib o’tiladi.

Farmakologiya fani (Pharmacon –dori darmon, logos-ta’limot) asosan dori darmonlar to’g’risidagi fan bo’lib, dori vositalarining hayvonlar organizmiga ta’sir mexanizmini hamda ushbu ta’siri natijasida vujudga keladigan fiziologik va bio-kimyoviy o’zgarishlar qonuniyatlarini o’rgatadi.

Dori vositalarini tayyorlash uchun asosiy xom ashyolar sifatida:

1.Birinchi bosqichda dori vositalarining umumiy qismi dorivor o’simliklardan tayyorlanar edi va bu usul hozirgacha yangilanib hamda to’ldirilib davom etib kelmoqda.

2.Keyingi paytlarda ko’proq mikroorganizmlardan olinayotgan kuchli va maxsus antibiotiklar, vitaminlar, aminokislotalar ishlab chiqarishga asos bo’lib xizmat qilmoqda va shu bilan birgalikda ilmiy izlanishlarga keng yo’l ochib bermoqda.

3. Hayvonlar dunyosi ham juda qimmatli vositalarni – (SJK, insulin va boshqalar) yaratishga omil bo’ldi, albatta bu boshlanishi .

4. Hozirgi paytda dori vositalarini ishlab chiqarishda kimyoviy sintez usuli keng qo’llanilib kelinmoqda.

Amaliy darsning ikkinchi qismida talabalarga erkin xolatda, o’zlari ishlatgan va bilgan dori vositalarining nomlarini o’zbek tilida daftarlariga yozishadi va ushbu dori vositalarining lotincha nomlarini mavjud bo’lgan adabiyotlardan topib yozishadi. Bu bilan talabalarga adabiyotlar bilan qanday ishlash kerakligi ham tushintirib o’tiladi.

  1. Analgin – Analginum
  1. Amidopirin-Amidopyrinum
  1. Allaxol-Allocholum
  2. Aloe-Aloe
  3. Aminazin-Aminazinum
  4. Bisillin-Bicillinum
  5. Biovit-Biovetinum
  6. Geparin-Heparinum
  7. Glyukoza-Glucosum
  8. Dibazol-Dibazolum
  9. Dimedrol- Dimedrolum
  10. Zookumarin-Soocumarinum
  11. Insulin-Insulinum
  12. Yod-Jodum
  13. Kamfora-Camphora
  1. Kofein-Coffeinum
  2. Levomisetin-Laevomycetinum
  3. Metilin kuki-Methylenum coeruleum
  4. Navshatir spirti-Ammonium causticum
  5. Novokain-Novacainum
  6. Norsulfazol-Norsulfazolum
  7. Penisillin-Penicillinum
  8. Kamfora spirti-Spiritus Camphoratus
  9. Streptomisin- Streptomycinum
  10. Sulfadimezin-Sulfadimezinum
  11. Tetrasiklin-Tetracyclinum
  12. Urotropin-Hehamethylentetraminum
  13. Farmalin-Formalinum
  14. Xlorofos-Chlorophosum
  15. Eritromisin-Erithromycinum

2- 3-4-5-Mavzular: Farmakopeya, dorixona.

Zamonaviy vetdorixonalar faoliyati bilan tanishuv.
Darsning maqsadi: Talabalarga farmakopeya t o’g’ risida tushuncha berish, dorixonalar va ularning tuzilishi, A (zaharli), B (kuchli ta’sir k o’ rsatuvchi) va bosh q a ro’yxatiga kiruvchi dori vositalari t o’g’ risidagi ma’lumotlar bilan tanishtirish va o’ rgatish.

Darsning o’ tkazish usuli – Darsga ta’lu q li b o’ lgan barcha ma’lumotlarni o’q ituvchi tomonidan talabalarga tushuntiriladi va daftarga yozib o’ rganiladi.

Amaliy dars uchun kerakli jixozlar : farmakopeya, A, B va boshqa guruh dori vositalari ko’rsatilgan jadvallar, dori saqlash uchun maxsus idishlar, har bir guruhga kiruvchi dori vositalaridan namunalar.

Farmakopeya ( yunoncha so’z b o’ lib pharmakon – dori va poieo – tayyorlayman ) asosan dori shakllarini bir necha xil tayyorlanishini va ularni qo’llash uchun layoqatligini belgilab beruvchi t o’ plam hisoblanadi.

H ar bir davlatning o‘z farmakopeyasi bo‘ladi. Ular jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkilotiga qarashli Xalqaro farmakopeya talablari asosida ish ko‘radi. Farmakopeyaga o’xshash kitob birinchi b o’ lib 840 yili arab vrachi Sabur-Ibn-Saxel tomonidan «Grabaddin» nomi bilan yozilganligi tarixdan ma’lum.

Ammo davlat farmakopeyasi sifatida 1498 yili Italiyada «Resettario fiorentino» nomi bilan nashr qilingan bo’lsa, Germaniyada 1698 yil «Branderburg dispensatoriyasi» nomi bilan, Rossiyada esa birinchi davlat farmakopeyasi 1778 yili «Pharmacopola Rossica» nomi bilan lotin tilida nashr etilganligi tushuntirib utiladi. Hozirgi paytda O’zbekiston Respublikasi Davlat farmakopeyasi tayyorlangan va nashrdan chiqarilish arafasida.

Davlat farmakopeyasi rasmiy dastur bo‘lib, uning talablariga dori moddalar ishlab chiqaradigan, sotadigan va qo‘llaydigan muassasalar rioya qilishlari shart.

Farmakopeyada dori moddalarining nomlari, kimyoviy formulalari, fizik-kimyoviy xossalari, sifati, saqlash qoidalari, bir martalik va sutkalik miqdor (doza)lari beriladi. Farmakopeya 3 qismdan iborat bo’lib, kirish q ismida dori vositalarning lotin nomlanishlari q is q artirilgan xolatida k o’ rsatilgan b o’ lib, s o’ ngra A va B ro’yxatga kiruvchi zaharli va kuchli ta’sir k o’ rsatuvchi vositalarning nomlanishi ro’yxati yozib berilgan.

Farmakopeyaning asosiy q ismida dori vositalari t o’g’ risidagi ma’lumotlar berilgan b o’ lib unda kimyoviy farmasevtika sanoatida ishlab chiqarishdagi erishilgan yutuqlar, har bir dori preparatining lotincha va o’ zbekcha nomlanishi, ularning sinonimi, fizikaviy va kimyoviy xususiyatlari, tozaligi va ha q i q iyligini ani q lash uchun o’ tkazilgan tajribalar, shuningdek ularni mi q dor k o’ rsatkichlari h amda sa q lash h olatlari va q anday shaklda ishlab chi q arilishi k o’ rsatib o’ tilgan.

Farmakopeyaning keyingi xulosa q ismida esa dorivor vositalarning fizik-kimyoviy, biologik izlanishlarning umumiy usullari, preparatlarning tozaligi va ularni tayyorlashdagi qo’shimcha vositalar miqdor k o’ rsatkichlari, flyuorometrik, polyarografik va xromatografik tekshiruvlar, dori vositalarning aktivligini biologik usulda h amda bakterial preparatlarni ani q lash usullari va sterillash q oidalari k o’ rsatib o’ tilgan. Qo’ shimcha q ilib esa odamlar va h ayvonlar uchun qo’ llaniladigan preparatlarning eng yuqori zaharli va kuchli ta’sir etuvchi miqdor k o’ rsatgichlari keltirilgan.

Suyuq dori vositalarining tomchilab berilish jadvali h amda kislota va uyuvchi ish q orlar erituvchilar si g’ imi t o’g’ risidagi ma’lumotlar berilgan.

Barcha dori vositalari q abul q ilingan standartlar asosida farmasevtika zavodlarida yoki retseptlarda yozib k o’ rsatilgan bo’lsa maxsus dorixonalarda tayyorlanadi va iste’molga beriladi.

Shu sababli dori shakllari ikki xil usul bilan tayyorlanadi.

1.Ofisinal usulda ( officina–dorixona, ustaxona ) – bu davlat farmakopeyasida k o’ rsatilgan standartlar asosida farmasevtika zavodlarida ishlab chi q arilgan dori shakllaridir.

2.Magistral usulda ( magister–o’qituvchi, rahbar ) – bu usulda davolovchi vrach tomonidan yozib berilgan retseptlar asosida maxsus dorixonalarda tayyorlangan dori shakllari h isoblanadi.

Veterinariya dorixonasi
Dorixona (lotin nomlanishi officina, yunoncha apotece) asosan davolovchi vrach tomonidan yozib berilgan retseptlar asosida dori shakllarini tayyorlash va iste’molga chiqarish bilan shug’ullanuvchi korxona. Dorixonalarda ofisinal hamda magistral usullarda tayyorlangan dori moddalari saqlanadi va sotiladi.

Bundan tashqari kasal hayvonlarni davolash jarayonida ishlatiladigan ba’zi asbob-uskunalar, bog‘lov materiallari va boshqalar ham sotiladi.

Dorixona toza, yorug’ va havo almashib turuvchi q uru q xonalardan iborat bo’lib, davolashga ixtisoslashgan ambulatoriya va klinika yonida b o’ lishi kerak. Bundan tash q ari dorixonalar maxsus jihozlangan dori vositalarni sa q lash uchun alo h ida xonalar, yer t o’ la va dori javonlari b o’ lishi shart.

Dori vositalari har xil tash q i va ichki muhitlar ta’sirida o’ zgarishi mumkin.

Misol uchun: Adrenalin va xloroform yoru g’ lik va nam b o’ lgan joyda tez buziladi.

Shu tufayli vositalarni q aron g’ u va q uru q joyda sa q lash tavsiya etiladi.
Dori moddalarini saqlash qoidalari
Dorixonalarda bo‘ladigan dorilar asosan zaharli – A ro‘yxatga kiradigan va kuchli ta’sir qilishga ega bo‘lgan moddalar – B ro‘yxatga kiritiladigan va boshqa moddalar bo‘ladi.

Zaharli moddalar – Venena deb ataladi, kuchli ta’sirga ega moddalar – Heroica deb ataladi.

Dorixonalarda A ro’yxatga kiradigan moddalar Venena deb yozib qo‘yilgan metall shkaflarda yoki seyflarda saqlanishi kerak. Seyf eshigining ichki tomoniga, «A» yoki «Venena» (zahar) so’zi oq qog’ozga qora rangda hamda zaharli moddalarning bir martalik va sutkalik eng katta dozalari ko‘rsatilgan ro‘yxat bilan yozib yopishtirib quyiladi.

«B» ro’yxatga kiruvchi «kuchli» ta’sir ko’rsatuvchi vositalar esa maxsus seyflarda saqlanib, seyf eshigining ichki tomoniga «B» yoki «Heroica» so’zi oq qog’ozga qizil rangli yozuv bilan hamda bir martalik va sutkalik eng katta dozalari ko’rsatilgan ro‘yxat bilan yozib yopishtirib quyiladi. Qolgan guruh vositalari esa oynali yog’och dori javonlarida saqlanishi belgilab qo’yilgan. Davolash muassasalarining bo‘limlari va xonalarida ham zaharli va kuchli ta’sirga ega bo‘lgan dori moddalarini saqlash shu qoidalarga asoslanadi. Barcha javobgarliklar esa ushbu dorixona mudiri zimmasiga yuklatiladi.

6 – Mavzu: Resept. Reseptlar yozish tartibi. Reseptning asosiy qismlari, ularni hujjatlashtirish.
Darsning maqsadi. Retseptura fani ha q ida q is q acha tushuncha. Dorixonalardan dori vositalarini olish uchun retsept yozishning q onun q oidalarini o’ rgatish va retseptlar yozish tartibi.

Darsning utkazish usuli – Dars o’q ituvchi bilan talabalar o’ rtasidagi mulo q at asosida olib borilib barcha ma’lumotlar yozib tushuntirib beriladi. Retseptlar yozish.

Darsni o’ tkazish uchun kerakli jixozlar . Retseptura faniga ta’alu q li adabiyotlar, retseptlarni q anday yozilishini k o’ rsatuvchi jadvallar va maxsus retsept blankalari.

Retseptura farmakologiya fanining bir q ismi b o’ lib, retseptlarda dori vositalari nomlarini to’g’ri yozilishi va dori tayyorlash texnologiyasini o’ rgatuvchi fan sifatida o’ rganiladi. Shunga muvofi q retseptura ikki q ismdan iborat.

1. Vrachlik retsepturasi – bu qismda dori vositalarini retseptlarda t o’g’ ri yozish q onun q oidalarini o’ rgansa.

2. Texnologik retsepturada esa dorixonalarda dori tayyorlash usullari h amda q oidalari, shuningdek tayyor dori shakllarini iste’molga chi q arish bilan shu g’ ullanadi.

Retseptura fani farmasevtika soxasi mutaxassislari uchun mukammal, t o’ li q o’ rgatilib, veterinariya mutaxassislariga esa umumiy tushuncha beriladi.

Retsept ( lotincha recipere – olmoq ) – davolovchi vrachning farmasevtga kasal odamga yoki hayvonlarga kerakli bo’lgan dori shaklini tayyorlash va uni qanday usulda qabul qilish to’g’risidagi yozma murojaatidir.

Retseptda qanday dori vositasining yozilishi, uning miqdori, qanday shaklda tayyorlanishi, qaysi hayvon turiga berilishi va qancha miqdorda necha marotabadan qabul qilinishi tuliq yozib ko’rsatiladi.

Retsept – yuridik hujjat hisoblanib, unda ko’rsatilgan dori vositalarining nomlari va miqdori, shuningdek qabul qilish usullari tuliq siyoxli rangda tushunarli qilib yozilishi shart.

Retseptlarni yozish uchun 8,5×15 sm li yoki 105×148 mm kattalikdagi maxsus blankalar qo’llaniladi.

Blankaning ikki yon tomonidan 1-2 sm kenglikda joy, har xil belgilar quyish uchun qoldiriladi.

Retsept asosan olti qismdan iborat bo’ladi:
1. Inscriptio – retseptning sarl a vxa q ismi b o’ lib, bu q ismda qo’ yidagilar k o’ rsatilib o’ tiladi.

a) Davolovchi korxonaning nomi va turar joyi yoki nomi h amda turar joyi k o’ rsatilgan muxri.

b) Datum – retsept yoziladigan kun va yil.

v) Kasal hayvonning turi, yoshi, laqabi, tusi va kimga tegishli ekanligi, agar hayvon shaxsiy bo’lsa egasining ismi, nasabi va turar joyi yozib ko’rsatiladi.

g) Retsept yozuvchi – davolovchi vrachning ismi va nasabi.

Misol uchun: Samarqand shahar

qarshi kurashish stansiyasi

S.Ayniy ko’chasi 11-uy, tel.234-43-25

Itga, laqabi «Olapar», 2 yosh egasi

Suxrob Shakarov, S.Ayniy ko’chasi 34-uy

Vet.vrach Tursunov Oxun

2. Proepositio seu Invocatio – Davolovchi vrachning farmasevtga yozma murojaati.

Bu xolat Recipere – olmoq yoki recipe – ol degan so’zlar bilan retseptda qisqartilib Rp.: xolatida yoziladi.

3. Designatio materiarum – retseptning asosiy qismi bo’lib, bu qismda kasallikni davolash uchun qo’llanadigan barcha kerakli dori vositalari va uning miqdorlari ta’sir xususiyatlariga qarab navbat bilan lotin tilida yozib ko’rsatiladi.

H ar bir dori vositasining nomlari bosh h arflari bilan yangi q atordan, qaratkich kelishigida yoziladi. Dori vositasining nomlanishi yozib k o’ rsatilgandan s o’ ng ularning kerak b o’ lgan mi q dorlari arab sonlarida.

Miqdorlar Gramm(g) Milligram(mg) Millilitir(ml)
1 500 500,0 0,5 500 ml
2 100 100,0 0,1 100 ml
3 50 50,0 0,05 50 ml
4 10 10,0 0,01 10 ml
5 5 5,0 0,005 5 ml
6 1 1,0 0,001 1 ml

Suyu q shakldagi dori vositalarining mi q dorlari retseptda tomchi h olatlarida berilishi mumkin. Bunday paytlarda tomchi mi q dorlari rim sonlari bilan retseptda guttas tomchi s o’ zi yozilib, s o’ ngra tomchi soni k o’ rsatiladi. Q isqacha gtts deb yozish ham mumkin.

Misol uchun: Solutiones Adrenalini hydrochloride 1:1000 – guttas X (qisqacha gtts.-X) – adrenalin gidroxloridning 1:1000 nisbatdagi eritmasidan – 10 tomchi.

Agarda bir retseptda olinadigan ikki xil dori vositasining mi q dorlari bir xilda b o’ lsa u xolatda ikkinchi dori vositasi nomi yozilgandan s o’ ng aia (aa) – teng so’zi yozilib mi q dori k o’ rsatiladi.
Misol uchun: Acidi lactici

Acidi salicylici aa – 10,0

Collodii elastici – 80,0

Retseptda dori vositasining aktivligi ta’sir birligida beriladigan b o’ lsa u xolatda grammda emas TB k o’ rsatiladi.

  • (benzilpenisillin natriy 500000 TB)

a) Asosiy dori vositasi – remedium basis , retseptda yozilgan bitta dori vositasi doimo keraklicha davolash samarasini bermaydi, shu tufayli asosiy dori vositasini ta’sir xususiyatini oshirish va uzaytirish maqsadida.

b) Yordam beruvchi vosita – remedium adivans qushib yoziladi.

v) Retseptda tayyorlanadigan dori vositalari yokimsiz hidga, achchiq va nordon ta’amga ega bo’lsa bu xolatlarni yaxshilash maqsadida doriga hid, ta’am va rang beruvchi vositalar– remedium corrigens qushiladi. Bunday paytda tayyorlanadigan dorini qaysi tur hayvonlariga berilishi hisobga olinadi.

Misol uchun: Sigirlarga beriladigan bo’lsa ( corrigens ) sifatida tuz, qo’ylarga – qalampir, it va mushuklarga esa shakar va sharbat qushiladi.

g) Yuqorida olingan barcha vositalarni qushib tayyorlanadigan dorini biron xil shaklga kiritish talab etiladi. Yani remedium constituens –shakl beruvchi vosita.

Shakl beruvchi vositalar asosiy dorining ta’sir etuvchanligini o’zgartirmasligi va hayvon organizmiga salbiy ta’sir ko’rsatmaydigan bo’lishi shart.

Suyuq dori shakllarini tayyorlashda shakl beruvchi vositalar sifatida – suv, spirt, moy olinsa, yumshoq dori shakllari uchun yog’, vazelin va boshqalar olinadi.

Bu vositalarning qushilishi kerak bo’lgan miqdorlari ko’rsatilishi ham mumkin ammo ko’p xolatlarda retseptda quantum satis (qisqacha q.s.) – kerakligicha olinsin deb yoziladi.

Bunday xolatlarda farmasevt o’zi miqdorini belgilab oladi.

Misol uchun: Rp.: Coffeini natrio-benzoici (basis)

Diuretim aa –0,1 (adivans)

Sacchari – 0,3 (corrigens)

Aquae destillatae – 10,0 (constituens)

(eritma tayyorlash ko’rsatilgan).

yoki Rp.: Folii Digitalis pulverati – 2,0 (basis)

Pulveris radicis Althaeae q.s. (constituens)

(Pilyula tayyorlash ko’rsatilgan)

4) Subscriptio – bu qismda vrach farmasevtga tayyorlanadigan dori qanday shaklda bo’lishligi to’g’risida ko’rsatma beradi.

Misce fiat – aralashtir biron xil shakl xosil bo’lsin.

Misce – aralashtir, fiat – hosil bo’lsin.

Retseptda qisqacha qilib M.f. ko’rsatiladi.

Misol uchun: Misce fiat (m. f.) pulvis – aralashtir kukun hosil bo’lsin yoki m.f. Solutio – aralashtir eritma xosil bo’lsin va xokazo.

Rp.: Phthalazoli – 10,0

Natrii salicylici – 15,0

M. (misce), f. (fiat) pulvis.

Agarda retseptda ko’rsatilgan dori shakli kasal hayvonga iste’mol uchun bir necha kunga belgilab beriladigan bo’lsa u holda (Misce fiat) dori shakli ko’rsatilgandan so’ng, talab qilinayotgan dori miqdori va soni tuliq ko’rsatilib utiladi. Retseptda Dentur tales doses Numero qisqacha ( D.t.d.N .), ya’ni – ber shunday miqdordagi dori sonini, deb yoziladi.

Misol uchun: Misce fiat. pulvis.

Dentur tales doses Numero 10.

qisqacha M.f. Pulvis. D.t.d. N 10.

bu yerda 10 dona kukun dori shakli

tayyorlab berilishi talab etilmoqda.

Rp.: Coffeini natrii-bensoatis – 0,2

  1. Dorini qabul qilish usuli (ichga, tashqi teri yuzasiga va xokazo).
  2. Dorini qanday miqdorlarda qabul qilish (1 kukundan, 2 osh qoshiqdan va xoqazo).
  3. Dorini necha martadan va qanday vaqtlarda qabul qilish (bir kunda 2 maxal, ertalab va kechqurun, ovqatdan oldin).
  4. Dorini nima bilan qabul qilish (suvga qushib ichirish, yemga aralashtirib berish va xokazo).

Dori vositalarini tavsiya etishda adashmaslik uchun, dorixonalardan tayyor dori shakllari –sanchish (inyeksiya) uchun bo’lsa kuk rangdagi yorliqda (etiketkada), ichga qabul qilish uchun – oq va tashqi tomonga qullanilsa sariq yoki qizil yorliqlarda (etiketka) chiqariladi.

6. Nomen medici – retsept davolovchi vrachning imzosi va muxri bilan yakunlanadi.

Bitta blankada zaharli yoki narkotik dori vositalaridan iborat bitta retsept yozish mumkin. Oddiy vositalardan iborat retseptlar bo’lsa bu xolatda bir retseptni ikkinchi retseptdan blankada ajratish uchun # belgi quyiladi.

Retseptda dori vositalarini tezda tayyorlab berilishi talab etilsa, retsept blankasining yuqori chap burchagiga quyidagi so’zlar yozib ko’rsatiladi.

Cito – tezda, Statim – usha vaqtning o’zida, Citissime – zudlik bilan.

Olinadigan dori zaharga qarshi qo’llash uchun bo’lsa – Antidotum (zaharga qarshi) so’zi yoziladi.

Retseptda bunday so’zlar yozib ko’rsatilganda dori vositalari dorixonalarda navbatsiz tezda tayyorlab beriladi.

Agar retsept tarkibi A ro’yxatga kiruvchi zaharli vositalardan tashkil topgan bo’lsa bu retseptlar yozilgan kunidan boshlab 5 kungacha, uyqu chaqiruvchi va neyroleptik vositalar bo’lsa 10 kungacha xaqiqiy hisoblanadi va dorixonalardan bir marta olish uchun ruxsat etiladi. Qolgan umumiy ta’sir etuvchi vositalardan iborat retseptlar esa yozilgan kundan boshlab 2 oygacha xaqiqiy xisoblanadi.

Agarda retseptda yozib ko’rsatilgan dori vositalarini qaytadan ikkinchi marotaba olish kerak bo’lsa, retsept blankasining bush joyiga Repetatur – qaytarilsin so’zi yozilib, qaytadan usha kun va vrach imzosi quyiladi. Retseptlar oddiy va murakkab bo’lishi mumkin.

Oddiy retseptlar tarkibi bitta dori vositalaridan iborat bo’lsa, murakkab retseptlarda bir necha xil dori vositalari yozib ko’rsatilgan bo’ladi.

Amaliyotda kuproq kukun, pilyula, tabletka, ampuladagi suyuq dori shakllari tayyor xolatida retseptlarda dispenzasion – (kupaytirish) usulida yoziladi. Dori shakllarini tayyorlash uchun retseptlarda tarkibiy qismlarini kursatib berish uchun kuproq divizion (bulinish) usulidan foydalaniladi.

7-8-Mavzular: Oddiy va murakkab reseptlar. Reseptda ishlatiladigan qisqartma so’zlar va belgilar. Reseptning sxemalari. Dorilarni bir biri bilan qo’shib tayyorlangandagi moslashmaslik.
Darsning maqsadi: Retseptning shakllari bilan talabalarni tanishtirish va har bir shaklda retseptlar yozish. Retseptda dori nomlarini lotincha so’z va ifodalarni qisqartirish qoidalarini urgatish.

Darsning utkazish tartibi–Dars o’qituvchi bilan talabalar o’rtasidagi muloqat asosida olib borilib, barcha ma’lumotlar yozib tushintirib beriladi. retseptlar yozish.

Darsni utkazish uchun kerakli jixozlar va vositalar. Retsept shakli va turli xil dori vositalarining lotincha nomlari qisqartirib yozilgan jadvallar. Kafedrada mavjud bo’lgan dori vositalari, retsept blankalari, adabiyotlar.

Retseptlar oddiy va murakkab, dozalarga bulingan va dozalarga bulinmagan bo’ladi. Dozalarga bulingan retseptda dori vositasidan 1 marta, dozalarga bulinmagan retseptda esa dori vositasidan bir necha maratoba qabul qilish kursatiladi.

Retseptning asosiy qismlaridan kurinib turibdiki, uning bir qismi o’zgarmas doimiy bo’lib (inscriptio, praepositio, nomen medici ), boshqa qismlari esa (designatio materiarum, subscriptio, signatura ) o’zgaruvchan bo’ladi.

Retsept qismlarining o’zgarishi asosan tayyorlanadigan dori shaklining nechta dori vositasidan iborat bo’lishligiga, qanday dozalarda va qaysi hayvon turiga, qay usulda berilishligiga bog’liq bo’ladi.

Shu tufayli retsept shakllari ham xar xil kurinishda va usulda yozib beriladi.

Amaliyotda asosan retseptning 5 xil shakli amal qiladi.

Rp.: Acidi borici – 25.0

D.S. Ko’zga har kuni 2 tomchidan 3 maxal tomizish uchun

D.S. teri ostiga 10 ml dan bir kunda 3 marta sanchish uchun.

Bu shaklda asosan bitta ofisinal va magistral usulda tayyorlangan dori vositasi yozib beriladi. Bu vositalarga hech qanday qo’shimcha ishlov berilmaydi.

Asosan kukun, maz, eritma, emulsiya, qaynatma va damlama shakldagi vositalar yoziladi.

Rp: Acidi: saliculici

Acidi borici aa 10,0

Misce fiat pulvis subtilissimus

Rp.: Norsulfazoli – 5,0

Bu kurinishda kukun, yig’ma, atala, maz, pasta, liniment, eritma, emulsiya, hamda xab dori, qaynatma va damlama shakldagi dori vositalari yozilishi mumkin.
3 shakl- Oddiy dozalarga bo’lingan retsept

Rp.: Streptocidi – 0,5

S. Ichga, 1 tabletkadan bir kunda 2 maxal

D.t.d.N. 3in ampullis

Bu kurinishda asosan kukun, tabletka va ampuladagi eritmalar shaklidagi ofisinal dori vositalari yoziladi.

4 shakl- Murakkab dozalarga bo’lingan retsept

D.t.d. N ____________

Streptocidi albi aa 3.0

Extracti et pulveris

Radicis Taraxaci q.s

S. Ichga, 1 ta pilyuladan har kuni

Yuqorida ko’rsatib utilgan 4 tala retsept shakllari dispenzasion (kupaytirish) usulida yoziladi.

5 shakl- Murakkab divizion (bo’linish)

M.f________ N ____

Rp.: Streptocidi albi

Sulfadimezini aa – 30,0

Farinae secalinae et

Aquae destillatae q.s.

D.S. Ichga, xar kuni 1 xab doridan

Bu ko’rinishdagi retseptlarda kukun, xab dori va pilyula dori shakllari yozib beriladi.

Retseptlar yozilishida dorining lotincha nomlari qisqartma so’zlar bilan ko’rsatilishi mumkin. Bunday paytlarda qisqartirilgan so’zlar tuliq manoni anglatishi shart.

Misol uchun: Misce, Da, Signa – M,D,S deb yoziladi.

Retseptlarda faqatgina zaharli va kuchli ta’sir etuvchi vositalarni nomlanishi qisqartirilmasdan yoziladi.

Farmakologiya darslik

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o’qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro’yxatdan o’tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to’ldirish mumkin, kerak bo’lgan kitob uchun qanday to’lovni amalga oshirish

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo’lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Farmakologiya asoslari

Ko‘rganlar, jami:
Hammuallif:
Nashr yili:
ISBN raqami:

Kitob mahsulotlarining xarakteristikalari, yetkazib berish shartlari, tashqi ko’rinishi va rangi haqidagi ma’lumotlar faqat ma’lumot uchun mo’ljallangan va joylashtirilgan paytda mavjud bo’lgan eng so’nggi ma’lumotlarga asoslanadi.

Elektron kitob:

Mavjud emas.
Buyurtma uchun: (90) 959-25-26

Do‘stlarizga tavsiya eting

  • Annotatsiya
  • Fikr va mulohazalar

Ushbu o‘quv qo‘llanmada farmakologiya fanining umumiy va xususiy qismlariga tegishli mavzular, chunonchi, fanning qisqacha tarixi, boshqa fanlar bilan aloqasi, nerv tizimiga (neyrotrop), bajaruvchi a’zolarga, modda almashinuviga, mikroblarga qarshi, immunobiologik sistemaga ta’sir etadigan, antiblastom va boshqa dori vositalariga oid ma’lumotlar o‘rin olgan. 

Farmakologiya darslik

Farmakologiya fani o`quv rejada paraklinik fanlar 2-blokiga kiritilgan bo`lib, unga 206 soat ajratilgan. U to`rt bo`limdan: kirish, umumiy va xususiy farmakologiya va umumiy retsepturadan iborat. Xususiy farmakologiya 12 ta bobdan iborat bo`lib, unda dori guruhlariga umumiy xarakteristika, tasnifi, asosiy dori vositalarining xossalari, qo`llashga ko`rsatmalar, ularni qo`llash mumkin bo`lmagan holatlar yoritilgan. Darslik amaliyotda uchraydigan xastaliklarning farmakoterapiyasi asoslarini o`zlashtirishga qaratilgan. Darslikdan tibbiyot institutlarining nafaqat bakalavr talabalari, balki magistrlari hamda shifokorlar, yangi dori yaratish va uni qo`llash bo`yicha faoliyat ko`rsatuvchi ilmiy xodimlar ham foydalanishlari mumkin.

Meni skanerlang
Bizni kuzatib boring

Elektron kutubxona

  • O’quv adabiyotlar
  • Monografiyalar
  • Badiiy adabiyotlar
  • Uslubiy qo’llanmalar
  • Avtoreferatlar va dissertatsiyalar
  • Tijoratlashtirish

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Bizning manzil

  • Samarqand sh., Amir Temur k., 18-uy
  • +998 (66) 233 28 63
  • sammu@sammu.uz

Xarita

Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdagi barcha huquqlar O’zbekiston Respublikasi qonunlariga, shu jumladan mualliflik huquqi va turdosh huquqlarga muvofiq himoya qilinadi. Sayt materiallaridan foydalanganda, Samarqand davlat tibbiyot universiteti saytiga havola ko’rsatilishi shart.
Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing