Умиджон Обудов блоги
«Ey Rabbimiz, Uzing bizga jufti halollarimizdan va zurriyotlarimizdan kuzimiz quvonadigan narsa hadya et hamda bizlarni taqvodorlarga yulboshchi et»1.
Islomda bola – farzand tarbiyasi
Olamlar Rabbisi Ollohga hamdu sano, sayyidimiz as-sodiqul vadul amin Muhammadga salotu salomlar bulsin. Ey Olloh, bizni jaholat va gumrohlik zulmatlaridan marifat va ilm nurlariga, shahvatlar botqogidan qurbat bustonlariga chiqargin!
Muhtaram birodarlar, «Islomda farzand tarbiyasi» nomli darslarning birinchisini boshlaymiz.
Farzand — dunyo hayotining ziynati
Dastavval shuni aytib utishimiz darkor, bolalar hayot kurtaklari, umid uchqunlari, kuz quvonchi, ummat chechaklari va shonalaridir. Ular khushkhabar hisoblanadilar: «Ey Zakariyo, Biz senga bir farzand khushkhabarini berurmiz»1.
Ular kuz quvonchimizdir: «Rahmonning suyukli bandalari: «Parvardigoro, Uzing bizlarga jufti halollarimizdan va zurriyotlarimizdan shod-khurramlik hadya etgin va bizlarni taqvodorlarga peshvo qilgin», deydigan kishilardir».
Ular muhabbat, ular mehr va rahmatdirlar: «Uning oyatlaridan (yana biri) U zot sizlar hamdam bulishlaringiz uchun uzlaringizdan juftlar yaratishi va urtalaringizda oshnolik va mehr-muhabbat paydo qilishidir»2.
Tafsir olimlari oyatdagi mehr-muhabbatni “farzand”, deganlar.
Ular bu dunyo hayotining bezagidir: «Mol-mulk, bola-chaqa shu hayoti dunyo ziynatidir»3.
Farzand tarbiyasi — diniy vazifa
Azizlar, farzand tarbiyasi diniy vazifa bulib, ularni yakhshi kurish Ollohga yaqinlashtiradi, chunki ular Ollohning suygan bandalaridir. Buni oydinlashtirish uchun ramziy bir misol keltiraman: bir paygambar tandirning bir yoniga ugilchasini quyib, tandirga non yopayotgan ayolning yonidan utdi. Ayol tandirga har non yopishtirganida bolasini bagriga bosib, uni hidlab, upardi. Buni kurgan paygambar: “Ey Rabbim, bu qanday mehr bulsa?!” dedi. –Bu Olloh azza va jallaning rahmatidir.– Shunda Olloh taolo: “Usha mehrni undan olib quyaman (ushanda nima bulishini kurgin)”, dedi. Vaqtiki, onaning qalbidan rahmat olib quyilgach, bola yiglagan edi, onasi uni tandirga itqitib yubordi.
Bundan kurinadiki, ota-onalarning farzandlariga bulgan muhabbati, aslida Olloh bergan muhabbatdir: «Men sening ustingga Uz tomonimdan bir muhabbat tashladim»1.
Bu goyat nafis kalomdir. Demak, ota-onaning qalbini tuldirib turgan muhabbat, Olloh tomonidan usha insonga berilgan muhabbat ekan. Olloh uni ota-onaning qalbiga joylab quydi. Bolalar Ollohning suygan bandalari bulib, ularni yakhshi kurish kishini Ollohga yaqinlashtiradi, ularni tarbiyalash esa diniy vojib hisoblanadi.
Endi ushbu oyati karimaga tukhtalib utsak: «(Ey Muhammad), mana shu shahar bilan, siz muqim turgan bu shaharla qasam. Va ota va undan tarqalgan bolalar bilan qasam»1.
Otalik va farzandlik nizomi Ollohni tanishimizda yorqin misol buladi. Insonning birinchi uyi farzandining saodatidir, holbuki, u unga muhtojmas aslida. Insonning butun uy-khayoli esa farzandining ulgayishi, sogligi va saodatidir. Qarangki, ota-ona uchun bolasidan kura qadrliroq biror narsa yuq, u uchun bor butini, joni-yu molini ayamaydi. Ona bulsa bolam tuysin, deya och qoladi, khotirjam bulsin, deya bezovta buladi.
Ota va bola misolidagi borliq nizomi bizga Olloh azza va jallani tanitadi. Misol uchun, ona bolasini deb kechasi bilan mijja qoqmasligiga qarang! Agar bolasi betob bulsa, dunyo kuziga qorongu buladi. Bu, Olloh taolo onaning qalbiga joylab quygan rahmatdir. Endi rahmat sohibi bulgan Zotning rahmatini nechoglik ekanini bir tasavvur qiling!
Ushbu oyatlarga etibor qiling:
«(Ey Muhammad) Olloh tomonidan bulgan bir rahmat sababli ularga muloyim buldingiz»1.
«Va Rabbing sermagfirat va rahm-shafqat sohibidir»2.
Odamlar ichida ularga eng rahimli bulgani Rasulullohdir, shunga qaramay oyati karimada rahmat kalimasi noaniq holatda keldi, «(Ey Muhammad) Olloh tomonidan bulgan bir rahmat sababli ularga muloyim buldingiz»3. Olloh esa, «sermagfirat va rahm-shafqat sohibidir»4.
Oyati karimaga qaytsak, «(Ey Muhammad), mana shu shahar bilan, siz muqim turgan bu
shaharla qasam. Va ota va undan tarqalgan bolalar bilan qasam»1.
Otalik va farzandlik nizomi, Olloh taoloning rahmati va rioyasining eng buyuk tarifidir. Oyati karimada shunday keladi:
«Parvardigoringiz rahm qilgan kishilargina (haq yulda ittifoq bulib yasharlar). Ularni shuning uchun yaratgandir»2.
Olloh odamlarni ularga rahm qilish uchun yaratdi.
Endi ikkinchi oyatga quloq tuting:
«Olloh sizga farzandlaringiz haqida vasiyat qiladi»3.
Quroni Karim oyatlarining jamladagi oqimi, oldingi va keyingi oyatlarga boglangan manosi buladi. Agar siz bir oyatni oqimidan ajratib olsangiz, u zamon va makonlardan oshib, boshqa bir haqiqatga ishora qiladi.
«Kim Ollohga taqvo qilsa, U zot uning yulini ochib quyur»1.
Bu oyat «Taloq» surasida kelgan, uning siyoqiy manosi, kimda-kim khotinini taloq qilishda bir taloq berish bilan Ollohga taqvo qilsa va sunnatga muvofiq khotiniga bir taloq bersa, Olloh unga khotinini qaytarib olishiga yul ochib quyadi, deganidir. Endi bu oyatni oqimidan ajratib oling, shunda oyat boshqa bir haqiqatga ishora qiladi. Kim pul topishda Ollohga taqvo qilsa, U zot uning moliga baraka yulini ochib quyadi; kimki farzand tarbiyasida Ollohga taqvo qilsa, U zot unga farzandlarining itoatkor bulishi yulini ochib quyadi; kim kasb qilishda Ollohga taqvo qilsa…, kim jufti halol tanlashda Ollohga taqvo qilsa…; khullas, bu oyat ustida bir necha tom kitob yozish mumkin…
Demak, bir oyat jumladagi oqimidan ajratilsa, u umumiy qonunga aylanar ekan.
Yuqoridagi oyat meros mavzusida kelgan, uni siyoqidan ajrating, «Olloh sizlarga farzandlaringiz haqida vasiyat qiladi».
Osmonlaru Erning Kholiqi bizga farzandlarimiz khususida vasiyat-amr qilayapti.
Farzandning bakhtsizligi — ota-onaning bakhtsizligidir
Ollohga qasamki birodarlar, bu kalima balki alamlidir, lekin achchiq haqiqat, lazzatli khatodan ming marta afzaldir. Musulmonlar qulida farzandlaridek muhim narsa qolmadi. Har qancha mol-dunyo tuplamang, mansablarga kutarilmang, yuksak maqomlarga chiqmang, agar farzandingiz orzu qilganingizday bulmasa, siz odamlarning eng bakhtsizi hisoblanasiz. Shuning uchun Olloh taoloning kalomida shunday keladi:
«Bas, u (yani shayton) ikkovingizni jannnatdan chiqarmasin»1.
Khitob ikki kishi, yani Odam va Havvoga bulayapti,
«Bas, u (shayton) ikkovingizni jannatdan chiqarib, bakhtsiz bulib qolmagin»2.
Arab tili qoidalariga kura, bakhtsiz bulib qolmanglar, bulishi kerak edi. Oyatda esa, «Bas, u ikkovingizni jannatdan chiqarib, bakhtsiz bulib qolmagin»1, deyilayapti.
Lekin jumlaning oqimiga kura “bakhtsiz bulib qolmanglar” bulishi kerak. Khush, tafsir olimlari bu haqda nima deydilar?
Ular shunday deydilar: Bu katta mujizadir, chunki kishining bakhtsizligi jufti uchun ham hukmiy bakhtsizlikdir. «Bas, u ikkovingizni jannatdan chiqarib, bakhtsiz bulib qolmagin»2.
Ota-ona bunga qiyos qilinsa, ular bolalarining bakhtsizligi sabab bakhtsiz buladilar. Undan boshqa barhaq iloh yuq bulgan Ollohga qasamki, bazan ota-onalardan biri menga telefon qilib, farzandining tugri yuldan chiqib ketganini aytishadi. Ushanda ularni alamdan dunyo kuzlariga qorongu bulgan holida kuraman.
Ey ota-onalar! Agar farzandingizda tariflashga til ojiz bulgan bakhtni kursangiz yoki his qilsangiz, bilingki, usha kuz quvonchidir. Oyati karimada shunday keladi:
«Rahmonning suyukli bandalari: «Parvardigoro, Uzing bizlarga jufti halollarimizdan va zurriyotlarimizdan shod-khurramlik hadya etgin va bizlarni taqvodorlarga peshvo qilgin», deydigan kishilardir»1.
Okhiratdagidan tashqari shu dunyoda ham buyuk mukofoti bulgan ish — farzand tarbiyasidir. Okhiratdagi mukofoti esa buyukdir. Khush, bu mukofot nima?
«Uzlari iymon keltirib, zurriyotlari ularga iymon bilan ergashganlarning zurriyotini ularga qushdik»2.
Yani zurriyotlarining amallarini ularga qushdik. Agar solih bir farzand tarbiyalasangiz, uning barcha solih amallari sizning ham amal daftaringizda buladi. Uning farzandlarining ham barcha amallari sizning amal daftaringizda, uning bolalarining bolalarini ham barcha amallari sizning amal daftaringizda, khullas qiyomat kunigacha keladigan zurriyotlaringizning barcha amallari sizning amal daftaringizda buladi.
Shuning uchun, «Kishi kasbining eng afzali, farzandidir», deyilgan1.
Kasb-korlarining eng ulugi, uzingizdan keyin qoladigan farzandingizning solih bulishiga etibor berishingizdir.
Farzand tarbiyasi — inson borligining davomidir
Bundan ilgari ham aytgandim, inson uz borligini, uning salomatligini, mukammaligini, uning davom etishini yakhshi kurish tabiati bilan yaratilgan. Borligingizning salomat bulishi, Ollohning toati bilan buladi. Toat kupincha salbiy shaklda ifoda etiladi: men yolgon gapirmadim, men igvo qilmadim, men nuqsonga yul quymadim, deyiladi. Toat salbiy shaklda ifodalansa-da, natijasi saodatdir. Lekin solih amal esa, ijobiy shaklda
Tabaroniy rivoyati. Abu Burda ibn Nayyordan rivoyat qilgan.
ifodalanib, saodatni ruyobga chiqaradi. Istiqomat-toatda bardavom bulish, «mo» yani biror narsani qil«-madim» deyish bilan boshlansa, solih amal fido qildim, berdim, qurbon qildim, khizmat qildim, infoq qildim, yullantirdim bilan boshlanadi. Istiqomatda bulish bilan gunohlardan salomat bulsangiz, solih amal bilan bakhtli bulasiz va farzand tarbiyasi bilan esa borligingiz davom etadi.
Ulug bir olim kishi vafot etdi. Taziya kunlarining okhiri edi, uning ugli turib, ajoyib bir khutba qildi. Ushanda juda tasirlandim va «demak, u ulmabdi!» dedim. Modomiki, uziga ukhshab Ollohga davat qiladigan ugil tarbiya qilibdimi, demak, u ulmabdi!
Toatda bulish bilan gunohlardan salomat bulsangiz, solih amal bilan bakhtli bulasiz va farzand tarbiyasi bilan borligingiz davom etadi. Hadisi sharifda ham shunday keladi: «Farzandlaringiz kasblaringizning eng yakhshisidandir»1.
Lekin bunga vaqt kerak, uglingiz siz bilan birga bulishi, siz ham undan ajralmasligingiz, unga etibor berishingiz kerak. Hamma vaqtingizni oladigan ish katta yuqotish bulib, otaligingizni, farzandlarningizga tarbiya berishni-yu, ularga etiboringizni yuqotadi.
Sizlarga kup bor takidlaganman, hayotdagi muvaffaqiyat juziy-qisman bulmaydi. Katta daromadga ega bulib, farzandlaringizni beetibor tashlab quygan bulsangiz, bu hayotda yutuqqa erishgan sanalmaysiz. Katta daromatni qulga kiritib, amalingizga beetibor bulsangiz, bu hayotda muvaffaqiyatga erishgan hisoblanmaysiz. Farzandlaringizga ahamiyat berib, Rabbingiz bilan aloqangiz sust bulsa, yutuqqa erishgan sanalmaysiz. Bu hayotdagi muvaffaqiyat shumuliy-bir butun bulishi kerak. Kishi Olloh bilan munosabatida, ahli ayoli va
Abu Dovud rivoyati. Abdulloh ibn Amr ibn Osdan rivoyat qilgan.
farzandlari bilan, ishi va sogligi bilan bulgan munosabatida muvaffaqiyat qozonishi kerak.
«Farzandlaringiz kasblaringizning eng yakhshisidandir»1.
Qasamki, mubolaga qilmayapman, qilgan amalingizning eng ulugi, farzandingizni iymoniy, akhloqiy, ilmiy, ruhiy, ijtimoiy, jismoniy tarbiya qilishingizdir. Uglingizni mana shu tarbiyada tarbiyalasangiz, ushanda u kuzingiz quvonchi buladi.
Masjidda, bizning huzurimizda, darslarida ilgor, khulqi guzal, Quroni Karim urganib, muntazam talim olib kelayotgan boamal bir bolaning otasiga urni kelganda shunday dedim: vallohi, bu bola moddiy ulchovda yuz milliard dollar turadi. Agar yuz milliardingiz bor bulsa, bu bola usha mablagdan qimmatroqdir. Agar kuningiz uchma-uch utasa-yu, mana shu bolangiz bulsa, biron narsa yutqazmabsiz, dedim.
Abu Dovud rivoyati. Abdulloh ibn Amr ibn Osdan rivoyat qilgan.
Farzand tarbiyasi farzi ayndir
«Olloh sizga farzandlaringiz haqida vasiyat qiladi»1.
Buyuk Olloh shunday deydi:
«Ey muminlar, sizlar uzlaringizni va ahli-oilalaringizni utini odamlar va toshlar bulgan duzakhdan saqlangiz»2.
Farzand tarbiyasi, ushbu oyatga kura farzi ayndir, «uzlaringizni va ahli-oilalaringizni utini odamlar va toshlar bulgan duzakhdan saqlangiz»3.
Bazi rivoyatlarda kelishicha, bir qiz bulib, otasi unga tarbiya bermaydi. Qiz akhloqsiz bulib, qiyomat kuni duzakhga hukm qilinadi. Shunda usha qiz Rabbul izzaning qarshisida tukhtab, ey Rabbim! Mendan oldin otam duzakhga kirmagunicha men ham kirmayman, chunki u mening badbakhtligimga sabab bulgan, deydi.
Demak, insonning oliy illiyyinga kutarilishiga va asfali safiliynga tushib ketishiga farzandlarining tarbiyasi sabab bulishi mumkin ekan.
Muhtaram birodarlar! «Olloh sizga farzandlaringiz haqida vasiyat qiladi»1. «Ey muminlar, sizlar uzlaringizni va ahli-oilalaringizni utini odamlar va toshlar bulgan duzakhdan saqlangiz».
Buning muqobilida esa, «Ey muminlar, na mol-dunyolaringiz va na bola-chaqalaringiz sizlarni Ollohning zikridan (yani Ollohga ibodat qilishdan) yuz ugirtirib quymasin!»3 deyilgan.
Bu oyati karima keng kulamli manoni takidlaydi, «na mol-dunyolaringiz va na bola-chaqalaringiz sizlarni Ollohning zikridan yuz ugirtirib quymasin!».
Farzandlaringizga tarbiya berishingiz lozimki, Olloh azza va jalla sizga ularni vasiyat qildi. Va yana iymoningizga, toatda bulishingiz va solih amalingizga etiborli buling.
Agar qatl kalimasi tilga olinsa, aqlimizga faqat uldirish manosi keladi, aslida unday emas, mana Olloh taolo shunday deydi: «Fitnaga solish uldirishdan yomonroqdir».
Johiliyat zamonida tiriklayin kumilgan begunoh qizning oqibati nima? Oqibati jannat, tiriklayin kumilgan bulsa bulsin. Olloh azza va jalla aytadiki: «Tiriklay kumilgan (har bir) qizdan qanday gunoh sababli uldirilgani suralganida».
Olloh taoloning «Fitnaga solish uldirishdan yomonroqdir»3, degan suzidan kelib chiqib, uning manosi agar qizingizni tarbiya qilmasangiz, u akhloqsiz bulib, fitnalarga giriftor bulsa va Ollohning manhajidan uzoq bulib ulgaysa, bu bilan guyo siz qizingizni uldiribsiz. Bunga dalil «Fitnaga solish uldirishdan yomonroqdir»4. Shuning uchun oyati
karimada keladiki: «Bolalaringizni kambagallikdan (qurqib) uldirmangiz».
Oyatdagi «imloq», kambagallik deganidir. Bu oyatdan keng manoni tushunishimiz mumkin, yani katta daromadni kuzlab, uning dini-yu etiqodiga ahamiyat bermaysiz-da, farzandingizni boshqa bir ulkaga junatasiz. U katta daromadni qulga kiritaman deb diniga va ummatiga kofir bulib qaytadi. Bu narsa ota-onalar farzandlarining dunyosini uylab tushib qoladigan khatarli jarlikdir. Ular farzandlarining dunyosini uylaydi-yu, biroq u joyning fitna, fasod, erkak-ayol aralashib yuradigan, haqdan uzoq va olis ulka bulishini kuzdan qochiradi. U buzuq ishlardan tap tortmaydigan bulib qaytishi mumkin. Otaning bolasining topish-tutishiga va ishiga etibor berganidek, diniga ahamiyat berganini kurmaysiz. Bu narsa musulmonlar hayotidagi khatarli jarlikdir. Olloh taoloning «Bolalaringizni kambagallikdan (qurqib) uldirmangiz», degan suzidan shu manoni anglashimiz mumkin. Chunki «Fitnaga solish uldirishdan yomonroqdir»1, agar siz farzandingizning dini, etiqodi va toatda bulishiga parvo qilmasangiz hamda uning halolligi yoki yuldan adashishi sizni qiziqtirmasa, guyoinki siz uni uldiribsiz, «Fitnaga solish uldirishdan yomonroqdir».
Farzand — Olloh bergan hadyadir
Birodarlar! Keling endi boshqa masalaga utaylik: «Farzandlaringiz, sizlarga berilgan Ollohning hadyasidir»3. Ollohning hadyasi juda qiymatlidir. Mana men, vallohi, uttiz yildirki, ayollarga homilalarni oldirishlariga rukhsat bermayman. Agar homila 40 kunlik bulsa, bas, bu Ollohdan berilgan hadyadir, bu bola katta islohotchi yoki katta davatchi yoda ulug olim bulib etishishi mumkin, deb umid qilaman. Farzand Ollohdan bulgan hadyadir, hadyaga esa, etibor berilishi kerak. «Farzandlaringiz,
Hokim rivoyati. Oisha raziyallohu anhodan rivoyat qilgan.
sizlarga berilgan Ollohning hadyasidir». Bunga dalil:
«Unga (Ibrohimga farzandlari) Ishoq va Yaqubni hadya etdik».
«Va unga (Zakariyoga) Yahyoni hadya etdik».
«Biz Dovudga Sulaymonni hadya etdik».
Hadya Olloh azza va jalladan bulgan fazl-marhamatdir. Agar bir otaning solih ugli bulib, u sizga: vallohi, unga kup etibor bermaganman, lekin u solih va dindor, desa. Unga shunday deng: Ollohga shukr sajdasini qil, Unga shukr qilki, senga solih bir farzand beribdi. Zero, qancha-qancha intizomli, olim, boamal, ziyoli insonlar borki, ularning farzandi uzlari khohlaganlari kabi emas. Bu «Biz unga hadya qildik», oyatining bir manosidir. Yani agar uglingiz (yoki qizingiz) solih bulsa, uning solih ekanini uzingizga nisbatlamang, uni Olloh azza va
Hokim rivoyati. Oisha raziyallohu anhodan rivoyat qilgan.
jallaga nisbatlang, U bu solih farzand bilan sizni boshqalardan ortiq qilgandir…
Vallohi, birodarlar! Mubolaga qilmayapman, ota-ona farzandini solih holda kurganda qalblarida jushgan bakht-saodat tuygusidan kura kattaroq khursandchiligi bulmasa kerak.
Bir safar Los Anjelesdagi katta Islomiy konferensiyada nutq qildim. Gapimni tugatganimda yonimga hijobli bir ayol keldi va menga: «Men falonchining singilisiman», dedi. Falonchi esa mening Shomdagi dustimdir. Men: «Khush kelibsiz», dedim. Shunda u birdan uzini tutolmay yiglab yubordi. Men: «Sizga nima buldi?!» desam, u: «Ne kurgulik?! Qizim raqqosa, uglim esa mulhid-khudosiz», deb javob qildi.
Ha, Garb ulkalarida kenglik, mul-kullik va chiroyli joylarni topishingiz mumkindir, biroq bitta narsani — farzandlaringizni quldan boy berasiz.
Birodarlar, Paygambar alayhissalotu vassalom aytadilar: «Farzandlaringizga yakhshilik qilib, odoblarini guzal qiling»1.
Farzandlaringizga ehtirom kursating, Paygambar alayhissalotu vassalom minbarda khutba qilarkan, (nevaralari) Hasan va Husaynni qullariga olish uchun minbardan tushib, keyin yana khutbani davom ettirganlarini, Paygambar sadja qilib turganlarida (nevaralari) Hasan u kishining ustilariga chiqqanini va Paygambarimiz unga ehtirom kursatib sajdalarini uzaytirganlarini aqlimizga sigdira olamizmi?! U zot uylariga kirsalar, sertabassum, khushchaqchaq bulardilar. Aytardilarki: «Farzandlaringizga yakhshilik qilib, odoblarini guzal qiling»2.
«Kimning yosh bolasi bulsa, u uchun uzini bolalarcha tutsin»3.
Olamlar sayyidi, paygambarlar sayyidi bulgan zot, uylarida nevaralari bilan uynar,
Ibn Moja rivoyati. Anas ibn Molikdan rivoyat qilgan.
Ibn Moja rivoyati. Anas ibn Molikdan rivoyat qilgan.
«al-Jomi as-Sogir». Abu Muoviyadan rivoyat qilingan.
ularni orqalariga mindirar edilar. Shu otaday biror otani kurganmisiz?!
Farzandlar urtasida adolat
Nabiy alayhissalotu vassalom kursatmalaridan biri: «Ollohdan taqvo qilinglar va farzandlaringiz orasida adolat qilinglar!»1.
Vallohi, birodarlar, farzandlar urtasida hatto upishda-yu, tabassum qilishda ham adolat qilish lozim buladi. Bazan ota uzi sezmagan holatda bolalaridan biriga kuproq etiborli buladi. Biriga etiborliroq buladi, yoki biriga jilmayib boqib, boshqasiga khumrayib qaraydi. Ey ota, ikkinchi bolangizni sindirganingiz, fikrini chigallashtirganingiz va uni (qalb va jism) kasalliklarga mubtalo qilganingizni bilasizmi?! Bu bola ula-ulgunicha mana shu holatni unutmasligini-chi?! Men mumin kishi farzandlari urtasida hatto upishda-yu, tabassum qilishda ham adolat qilishini orzu qilaman.
Bukhoriy, Muslim, Abu Dovud, Termiziy va Nasoiy rivoyatlari. Numon ibn Bashirdan rivoyat qilishgan.
Kiyim-kechak, eb-ichish, mol-dunyodagi adolat uz yuliga, bular ochiq va aniq narsalardir. Lekin hech narsa emas, deb uylangan narsalar: upish, bittasini kutarib, boshqasini kutarmaslik, birini bagriga bosib, boshqasini qulga ham olmaslik, bittasiga tabassum qilib, ikkinchisiga tabassum qilmaslik tugri emas. Bu ajratishning sababi nima?
«Farzandlaringiz orasida adolat qilinglar!»1. Hatto upib quyishda bulsa ham.
Bir sahobiy: Ey Ollohning rasuli! Guvoh buling, men uglimga bu bogni hadya qildim, dedi. Undan boshqa bolang ham bormi? deb suradilar. U: ha, dedi. Unga ham bunisiga qilganingdek hadya qildingmi? dedilar. U: yuq, dedi. Shunda: Unda bunga mendan boshqani guvoh qilgin, chunki men zulmga guvoh bulmayman, dedilar.
Vallohi, menga bir masala arz qilindi, bir kishi olamdan utibdi va uzidan keyin bir milliard qoldiribdi. Uning bitta ugli yuk
Bukhoriy, Muslim, Abu Dovud, Termiziy va Nasoiy rivoyatlari. Numon ibn Bashirdan rivoyat qilishgan.
tashuvchilik ishida ishlasa, ikkinchisining qul ostida 80ta jamiyat bor ekan. Ikkinchi ugli solih ekan, uz haqqini tula-tukis akasiga berib yuboribdi.
«Kishi oltmish yil Ollohga ibodat qiladi, sungra vasiyatga zarar etkazadi va unga duzakh vojib bulib qoladi»1. «Ollohdan taqvo qilinglar va farzandlaringiz orasida adolat qilinglar!»2.
Boshqa hadisda: «Farzandlaringiz urtasida hadyani bir khil qilinglar»3, deyilgan.
Yana boshqa bir hadisda, Paygambar alayhissalotu vassalom aytadilar: «Farzandlaringizga yakhshilikda yordam bering!»4.
Bolasiga yakhshilik yulida yordam bergan otani Olloh rahmatiga olsin. Bazilar farzandini uzi ishlaydigan tijorat dukonida ishlatadi, buning hechqisi yuq. Uning
Osarda rivoyat qilingan.
Bukhoriy, Muslim, Abu Dovud, Termiziy va Nasoiy rivoyatlari. Numon ibn Bashirdan rivoyat qilishgan.
Horis, Abdulloh ibn Abbosdan rivoyat qilgan.
kharajatlariga yordam bersin. Yigit uylanmoqchi, uy kerak, uylanishga ham mablag kerak. Unga kharajatlarining urnini qoplaydigan haq bering. Agarchi u uglingiz bulsa ham.
Shu urinda goyat muhim bir narsaga etiboringizni qarataman: musulmonlar madaniyatida har bir ota mutlaqo hurmat qilinadi. Musulmonchilikda har bir ota muhtaramdir, lekin shunga qaramay har bir ota suyukli emas. Farzandlaringiz sizni hurmat qilishi, qahramonligingiz emas, farzandlaringiz sizni yakhshi kurishi, qahramonligingizdir. Muhabbat miqyosida, musulmonlar madaniyatida hamma ota hurmat qilinadi, lekin har bir ota yakhshi kurilavermaydi. Shunday ekan, «Farzandlaringizga yakhshilikda yordam bering!», «Bolasiga yakhshilik yulida yordam bergan otani Olloh rahmatiga olsin».
Boshqa hadisda, Paygambar alayhissalotu vassalom aytadilar: «Farzandlaringizga yakhshilik qilib, odoblarini guzal qiling».
Sayyidimiz Alining ham bu hadisga yaqin bir gaplari bor: «Farzandlaringizga yakhshilik qilib, tarbiyalarini guzal qiling, chunki ular sizlardan boshqa zamonda yaratildilar».
Bu urinda bir muammo tugiladi, ota elliginchi yillarda, muayyan bir davrning odami. Bugungi kunda ugliga kompyuter kerak, halol bir narsaga ehtiyoji bor, otaga esa bu yoqmaydi. Aslida ota farzandining hayotida mavjud bulgan narsalarga moslashishi lozim, chunki bu shariatga muvofiq ishdir. Sizni qoniqtirgan har qanday narsa yoki sizni qoniqtirmagan har bir narsa farzandingiz uchun munosib bulavermaydi. Chunki ular sizning zamoningizdan boshqa vaqtda tugildilar. Oqil ota shariat qoidalariga muvofiq holda farzandi bilan hamohang yuradi.
Yana boshqa bir kursatma bor, Paygambar alayhissalotu vassalom aytadilar:
Ibn Moja rivoyati. Anas ibn Molikdan rivoyat qilgan.
«Nafaqasidagilarni (yani qul ostidagilarni) zoe qilishi kishining gunohiga etarlidir»1.
Kishi farzandini ediradi, ichiradi, kiyintiradi, sogligiga ahamiyat beradi, biroq uning iymoniga etiborni kuzdan qochiradi, toatda bulishiga, namoz uqimasligiga ahamiyat qaratmaydi, u benamoz bulib ulgayadi. Faqat uning uqimishli bulishiga-yu, sog-salomatligiga etibor beradi, kholos. Shuni aytgim keladi, buni tugri deb umid qilaman: farzandlarni yakhshi kurish tabiiy hol, ota-onalarga yakhshilik qilish esa taklif, yani mashaqqatdir. Bularning orasidagi farq juda katta.
Tasavvur qiling, vazirlar mahkamasidan khalq nonushta qilishi shart degan qaror qabul qilinsa-ya! Kulguli, bu bulishi mumkin bulmagan narsadir, chunki taomga bulgan ehtiyoj tabiiy hol bulib, unga hecham buyruq qilishning keragi yuq.
Olloh azza va jalla farzandlarini tarbiya qilishlari uchun ota-onalarning qalblariga
Muslim va Abu Dovud, Abdulloh ibn Amr ibn Osdan rivoyat qilishgan.
muhabbatni solib quydi. Mumin-u kofir, tugri-yu egri, madaniyatli-yu madaniyatsiz kishi farzandini yakhshi kuradi. Buning yorqin dalili, ana bolalar kasalkhonasiga boring, hijobli ona ham, ochiq-sochigi ham, savodsizi ham, uqituvchisi ham, dashtligi ham yiglagan. Olloh azza va jalla ota-onalar qalbiga farzand muhabbatini joylab quygandir.
Endi etibor qiling, nozik bir gapni aytaman: farzandingizni yakhshi kurganingiz uchun ajr olmasligingiz mumkin. Agar nonushta qilsangiz, katta ish qilgan bulasizmi? Bu Ollohga qurbat buladimi? Ovqatdan keyin duo qilib yiglagan birini kurganmisiz?! Yuq, albatta! Chunki inson eyishga ehtiyoji bulgani uchun eydi. Yani agar bir narsa tabiiy holat hisoblansa, unda ajr yuq, degim keladi. Unda kishi farzand tarbiyasi bilan qachon ajrlanadi? Agar diniga, namoziga, aqidasiga, akhloqiga, ukhroviy kelajagiga etibor bersagina ajr oladi. Ammo faqat sogligiga, uqishiga etibor bersachi?! Hamma odam, sharq-u garbdagi barcha buni qilayapti, chunki farzandlarga gamkhurlik qilish tabiiy holatdir.
Shuning uchun ham etim qolgan farzandlar haqida merosga tegishli bulgan bittagina oyat bor: «Olloh sizga farzandlaringizga (tegishli meros) haqida bir ugil uchun ikki qiz ulushi barobarida meros berishni amr qilur».
Farzandlarni ota-onalariga yakhshilik qilishi esa taklif-mashaqqatdir: «Parvardigoringiz, yolgiz Uning Uziga ibodat qilishlaringizni hamda ota-onaga yakhshilik qilishlaringizni amr etdi. Agar ularning (ota-onangizning) birovi yoki har ikkisi sening qul ostingda keksalik yoshiga etsalar, ularga qarab «uf» tortma va ularning (gaplarini) qaytarma!»2.
Farzandlarning ota-onalariga yakhshilik qilishi taklifdir. Agar farzand otasiga yakhshilik qilsa, katta ajrga ega buladi, chunki otasini tashlab quyishi mumkin hamda unda otasiga yakhshilik qilishga tabiiy ehtiyoji yuq. Ayniqsa, hozirgi zamonda onasi ekanini unutib, unga qarab: hamma ayb sizda, deydiganlar
topiladi. Bu holat, bitta uyda yashagan qaynona kelin urtasida kelishmovchilik chiqqanda yuzaga keladi. Ugil khotinini tarafini oladi va uning foydasini kuzlaydi. Onasi ortiqchalik qilib boshlaydi, bazan unga qarab uf tortadi. Shuning uchun ota-onalarning farzandlarini yakhshi kurishlari ulardagi tabiiy holat bulsa, farzandlarning ota-onalariga yakhshilik qilishlari esa taklif, yani mehnat, mashaqqatdir.
Dindor, khushkhulq farzand uchun Olloh huzurida ulug ajr bordir. Lekin, ota-ona faqat bolaning sogligiga, talim olishiga ahamiyat berib, uning etiqodi, toatda bulishi, iymoni, namoziga etibor bermasachi?
Masalan, er kechqurun uyga kelib, khotinidan suraydi:
— Ha, bajardi. Shu bilan gap tamom, vassalom.
Namozlarichi?! Namozlarini kim suraydi?!
Shuning uchun oyatda: «Ahlingizni namoz uqishga buyuring va uzingiz ham (namoz uqishda) chidamli buling!»1 deyilgan. Ollohning dargohida farzandingizning diniga etibor bersangizgina yuksak darajaga erishasiz.
Farzand tarbiyasi ulug ishdir
«Kishi farzandiga obod berishi, bir so sadaqa berishidan yakhshiroqdir»1.
Tarbiya — ulug ishdir.
«Ota bolasiga guzal odobdan afzalroq hadyani bera olmaydi»2.
Bir kishining odobini kurib, u haqida odobli, uylab gapiruvchi, deyiladi, uning orqasida shu tarbiyani bergan otasining bulishi tabiiy. Shuning uchun etti osmon ustidagi Ollohga shikoyat qilgan ayol haqida Olloh azza va jalla shunday deydi: «(Ey Muhammad), darhaqiqat Olloh siz bilan uz jufti haqida
Termiziy, Jobir ibn Samuradan rivoyat qilgan.
Termiziy, Said ibn Osdan mursal sanad bilan rivoyat qilgan.
bahslashayotgan va Ollohga shikoyat qilayotgan (ayol)ning suzini eshitdi»1.
Usha ayol: Ey Rasulalloh! U menga yosh, nasabli, badavlat va guzal paytimda uylandi. Endi yoshim bir joyga borgan, chiroyim ketgan, oilamdan uzoqlashgan va davlatim bitgan paytda, u menga: sen men uchun onamning orqasi kabisan, dedi. Holbuki, undan bolalarim bor. – Shu joyda etibor qiling! – Agar ularni unga tashlab ketsam, khor bulishadi, chunki ularni men tarbiya qilaman-da. Agar ularni uzim bilan olib ketsam, och qolishadi, chunki erim ishlab, ularga rizq topadi, men esa ularni tarbiya qilaman, dedi.
Shuning uchun: «Ota bolasiga guzal odobdan afzalroq hadyani bera olmaydi»2.
Sungra Paygambar alayhissalotu vassalom aytadilar: «Farzandlaringizni uchta khislat
Termiziy, Said ibn Osdan mursal sanad bilan rivoyat qilgan.
bilan tarbiya qilinglar: Paygambaringizning muhabbati…»1.
Bu hadisning manosi: ey bolam, Rasulullohni yakhshi kur, deyishingizmi? Bu kulguli-ku! Siz farzandingiz bilan birga utiring va Rasululloh haqida, uning muhabbati, tavozesi, mehribonligi, bolalarni yakhshi kurishi haqida gapirib bering. Paygambar alayhissalotu vassalomning bolalar bilan bulgan holatlarni aytib bering.
— Bir safar taom keltirilganda u zotning yonida yosh bola utirgan buladi. Usha bola Paygambarning ung tomonida buladi. Shunda unga: Ey bolakay, (sening haqqing bulgan) bu ichimlikni (chap tomonimdagi) Abu Bakrga uzatishimga rukhsat berasanmi? deydilar. Bola: Yuq, qasamki, izn bermayman, deydi.
Qarang, Nabiyyul Karim yosh bolani hurmat qilib, unga kattalarday muomala qildilar.
Tabaroniy, Ali raziyallohu anhudan rivoyat qilgan. (Alboniy zaif deb chiqargan).
Bazan ota yosh bolasidan “Ey bolam, bu ish haqida nima deysan?” deya maslahat surasa, bola uzining salmoqli urni borligini his qiladi.
Bazida uzaro maslahat qilish, chuqur muhabbatni paydo qiladi. Bu narsa, ota farzandlari bilan maslahatlashib, qaror qabul qilishda ularni sherik qilsagina yuzaga keladi.
Buyruq, buyruq, buyruq va qattiqqullik emas, bazan “Ey bolam, bunga nima deysan”, deb ham surab turing.
Bir kishi menga malum bir joyga ochiq holda pul va daftar quyishini aytdi. U farzandlariga: khohlaganingcha ol, faqat yozib quy, deb urgatar ekan. Masuliyat quyadi, pul bor, mablag aniq. Hojatingga yarashasini ol va men 100 lira oldim, 50 lira oldim… deb yozib quy. Shunda ugil bu mablag bir oy uchun ekanini va bu bir oyga etishi kerakligini his qiladi. Uning uchta opa-singlisi ham bor. Buni his qilgan ugil urtacha miqdorda pul olib, kerakli narsalarnigina ola boshlaydi.
Bir safar bir kishi menga gapirib berdi: Uning oliy malumotli ugli bor. U yoshi bir joyga borib qolganda ugliga: Ey bolam, kup ter tukib, mana nihoyat vrach ham bulding, debdi. Bu davrning boshida u katta misdan bulgan doska olib «doktor» deb yozibdi, ushanda farzandi sakkiz yoshda ekan. Bu doskani uning uyiga quyibdi. Bola ertalab uyqudan turganda «doktor», ukhlaganda «doktor» degan yozuvni kurib katta bulibdi. Usha doska sabab, mana hozir u katta doktor.
Hajda kibor ulamolardan bir kishi bilan uchrashdim, u menga quyidagilarni aytib berdi: U Hims qishloqlarining biridan ekan. Onasining yaqinlaridan biri unga: Oddiy tabir bilan sen eng kamida professor bulishing kerak, debdi. Hims qishloqlaridan bir qishloqda, onasining bir yaqini unga: Sen eng kamida professor bulishing kerak, debdi. U menga: Ollohga qasamki, bu suz qalbimga urnashib qoldi, shu-shu butun umr uni amalga oshirishga harakat qilib kelaman, dedi.
Farzandingizga, uning talim olishiga, akhloqiga etibor berishingiz vojibdir.
Uning urtoqlarining kimligini biling, shikoyatlari nimaligini biling. U bilan muloyim bulingki, khursandchiligini sizga ochsin. Uglingizni urtoq qilib oling, u bilan orangizda tusiq bulmasin, hamma narsani sizga ochiq aytadigan bulsin. Ha, farzandingizni urtoq qilib oling.
Bolangiz etti yosh bulsa, u bilan birga uynang. Zero bir yoshdan etti yoshgacha birga uynalinadi, urish yuq! Va etti yoshida odob bering. Uziga tegishli bulmagan narsani qilsa, tanbeh bering. Agar ikkinchi va uchinchi bor qayta qilsa, jazolang. Namozni tark qilsa, tarbiya bering. Etti yoshida tekshiring-kuzating, sungra balogat yoshigacha bushroq quying. Bir yoshdan etti yoshgacha birga uynalinadi, ettidan un turt yoshgacha tarbiya beriladi.
Bir safar koferensiyada edik. Konferensiya azolaridan birining khonasiga kirdik, juda ajablanarli! Mehmonkhonada bulsa
ham, aql bovar qilmaydigan tartib. Odatda kishi mehmonkhonada bulsa, biror narsaga etibor bermaydi, chunki mehmonlari yuq. U menga: YOsh bolaligimdan oilamda kiyimlarimni takhlab quyish, ehtiyojlarimni bajarish va khonamni tozalab quyishni urgatgan, degandi.
Vallohi, bir kishi bilan kurishdim, unga ertaga qachon uchrashamiz?, desam, ertalab soat oltida, dedi. Qaerda?, desam, kutubkhonada, deb javob qildi. Men: soat oltidami?! Nimaga, dedim. U menga: Mening otam bor edi, u meni har kun uzi bilan bomdod namoziga olib borardi. Bu odat menga urnashib qolgan. Har kun bomdod namozidan oldin uygonaman, namozni uqiyman va kutubkhonamga boraman, dedi.
Ota bomdod namozini ugli bilan uqisa, bola bomdod namoziga etiborli bulib ulgayadi. Hech narsani arzimas deb hisoblamang, farzandingiz sizdan keyin, sizning kursatmalaringiz sabab odamlarga manfaat keltirishi mumkin.
Bir safar Izra1dagi jome masjidda edim, oldimda maktab uquvchilari. Bir kishi qulogimga: Bu Izra, Ibnul Qoyyim Javziyyaning yurti, deb pichirladi. Men unga: Mashaolloh! dedim. Men hayratlandim, bir paytlar Ibnul Qoyyim ham yosh bola bulgan, usha yosh bolaning kelajakda Ibnul Qoyyim bulishi kimning ham khayoliga kelibdi, deysiz?!
Mana Daroniy Darondan, Navaviy Navodandir. Kibor ulamolar ichida qishloqdan bulganlari talaygina bor, ular Islomning shanini oliy qildilar. Siz uglingizni buyuk inson bulishini, katta islohotchi, ulug olim, mutabar davatchi, oliy malumotli, vrach-khirurg, katta injener bulishini kuting. Uzingizni hozirlang, zero farzandingizning barcha amallari sizning amal daftaringizda buladi.
Suriyaning janubi-garbiy mintaqasidagi shahar.
Bismillahir rohmanir rohim
Olamlar Rabbisi Ollohga hamdu sano, sayyidimiz as-sodiqul vadul amin Muhammadga salotu salomlar bulsin. Ey Olloh, bizni jaholat va gumrohlik zulmatlaridan marifat va ilm nurlariga, shahvatlar botqogidan qurbat bustonlariga chiqargin!
Muhtaram birodarlar, «Islomda farzand tarbiyasi» nomli darslarning ikkinchisini boshlaymiz.
Jannat uchun yaratilgan ilk jonzot insondir
Inson ilk yaratilmish jonzot ekanligi haqiqat. Biz bu haqiqatni bilishimiz kerak. Siz uzingizni ilk yaratilgan jonzot ekaningizni bilib, Ollohga iymon keltirsangiz hamda yaratilishingizdan kuzlangan maqsadni ruyobga chiqarsangiz, siz farishtalardan ham uzib ketishingiz mumkin. Bu narsa ilk yaratilgan jonzotga berilgan. Shuning uchun aytishadiki:
“Uzingni kichik bir jism deb uylamagil, zero senda butun olam mujassam”.
“Uzini tanigan kishi Rabbisini taniydi”, deydilar. Inson aksariyat holatlarda uzining kimligini bilmaydi. Quyidagi suzlar bejiz aytilmagan: “Odamlar ichida biladigani hamda bilishini biladigani bor, bu olimdir, unga ergashinglar. Odamlar ichida biladigani, biroq bilishini bilmaydigani bor, bu gofildir, unga tanbeh beringlar. Ulardan bilmaydigani hamda bilmasligini biladigani bor, bu johildir, unga urgatinglar. Yana ulardan bilmaydigani hamda bilmasligini ham bilmaydigani bor, bu shaytondir, undan ogoh bulinglar”.
Siz uzingizni ilk yaratilmish ekaningizni va Olloh subhonahu va taolo sizni kengligi osmonlaru ercha bulgan jannati uchun yaratganini bilsangiz, dunyo hayoti qancha chuzilsa chuzilsin, okhiratga nisbatan hech narsaligi, uning umuman qiymati yuqligini bilasiz. Olloh subhonahu va taolo dunyoni biror kishi uchun mukofot bulishini, shuningdek undan
mahrum bulishni esa jazo bulishini khohlamadi. Dunyo mukofot yoki jazo bulishga arzimaydi.
Birodarlar! Etiboringizni dunyodan olib, okhiratga qaratishingizning uzidayoq okhirat sari tugri yulga qadam quygan bulasiz. Sizlarga juda muhim bir suzni aytmoqchiman: “Okhiratga iymon keltirganingizdan keyin, ulchovlaringiz aks holatga utmas ekan, okhiratga iymoningiz tugri bulmapti. Agar Ollohni tanishdan oldingi insonga tabiat qilib berilgan mezonlarga nisbatan mezonlaringiz uzgarmaptimi, okhiratga iymoningiz sahih bulmapti.
Aytgancha, Olloh taoloning «innal insan» suzini uqigansiz, agar “inson” suzi aniq holatda «al» artikli bilan kelsa, bunda insonning Ollohni tanishidan oldingi holati zikr qilinayotgan buladi.
«Darhaqiqat inson betoqat qilib yaratilgandir. Qachon unga yomonlik (kambagallik, kulfat) etib qolsa, u uta besabrlik qilguvchidir. Qachon unga yakhshilik
(boylik, salomatlik) etsa u uta man qilguvchi — bakhildir. Faqat namoz uqiguvchi zotlar (undoq emasdirlar)».
«(Zotan), inson ojiz qilib yaratilgandir».
«Inson (mana shunday) shoshqaloqdir».
Qaysi urinda “inson” kalimasi aniq holatda «al» artikli bilan kelsa, insonning Ollohni tanishidan oldingi holati tushuniladi. Lekin Ollohni taniganidan keyin butunlay boshqacha buladi. Inson Ollohni tanishidan oldin biror narsani olish bilan khursand bulsa, Uni taniganidan keyin berish bilan khursand buladi. Kurdingizmi, mezon-ulchov aks holatga uzgardi. Inson Ollohni tanishidan oldin birovlarning khizmatidan foydalanishni aqllilik deb bilsa, Ollohni taniganidan keyin birovlarning khizmatida buladi. Uni tanishidan oldin mol-dunyoni
hamma narsa deb bilsa, Uni tanigandan keyin mol-dunyoni hech narsa emas deb biladi.
Mana bu latif kalimaga quloq tuting: “Agar mezon-ulchovlaringiz, okhiratga iymon keltirganingizdan keyin aks holatga uzgarmasa, ishonchlingiz komil bulsinki, okhiratga bulgan iymoningiz mukammal emas va qaytadan nazar solishga muhtojdir”.
Farzand tarbiyasi mumin kishi uchun eng ulug amaldir
Okhirat ishlariga etibor qaratishingiz qahramonlikdir. Agar etiboringizni okhiratga qaratsangiz, farzand tarbiyasining qanchalar ulug amal ekani ravshan buladi. Okhiratga iymon keltirgan bulsangiz, Olloh subhonahu va taoloning ushbu suziga quloq tuting:
«Uzlari iymon keltirib, zurriyotlari ham ularga iymon bilan ergashgan zotlarga (usha) zurriyotlarini qushdik va ularga
qilgan amallaridan biron narsani ham kamitmadik».
Agar okhiratga iymon keltirsangiz, farzand tarbiyasining mutlaqo ulug amal ekanini bilasiz. Agar okhiratga iymon keltirsangiz, uglingizning davomchingiz ekanini kura olasiz. Agar okhiratga iymon keltirsangiz, farzandingiz, uning farzandi va qiyomat kunigacha ulardan dunyoga keladiganlarning solih amallari sizning amal daftaringizda ekanini kura olasiz. «Uzlari iymon keltirib, zurriyotlari ham ularga iymon bilan ergashgan zotlarga (usha) zurriyotlarini qushdik va ularga qilgan amallaridan biron narsani ham kamitmadik».
Okhiratga iymon keltirib, okhirat uchun amal qilib, diqqat-etiborlaringizni okhiratga qaratmogingiz qahramonlikdir. Nima uchun dunyoga kelganingizni bilmogingiz
qahramonlikdir. Khush, dunyoga nima uchun kelgansiz?
— Amal qilish uchun, Ollohni tanish, Uning manhajida yurish uchun, Uning khalqlariga yakhshilik qilish uchun…
— Marifat, intizom va ehson, «unda biror kuz kurmagan, biror quloq eshitmagan va basharning khayoliga ham kelmagan narsalar bulgan»1, kengligi osmonlaru ercha bulgan jannatning bahosi bulishi uchun deyiladi.
Yanada aniqroq aytsak: okhiratga iymon keltirmagan kishiga bola ortiqcha yukdir. Uni uzidan uzoq qilishni khohlaydi, chunki bola uni charchatadi, bola qarovga muhtoj, etibor, talim, yullanma, sarb, ortiqcha kuch lozim, kamiga uning orqasidan yurish ham kerak.
Siz dustlaringiz bilan safardasiz deylik, agar uglingizni uzingiz bilan olsangiz, ortiqcha yuk buladi. Qaerga ketgani,
1 Bukhoriy, Muslim va Termiziy Abu Hurayradan rivoyat qilgan.
nima qilgani, qayoqda qolganiga kuz-quloq bulish kerak. Uyda qoldirsangiz, bemalol bulasiz. Aksariyat otalar farzandini ortiqcha yuk deb biladi va unga ahamiyat bermaydi. Bola ulgaygan sayin otaning uni uzidan uzoqlashtirgani bilinib qoladi. U farzandini boy beradi. Agar bola tashlab quyilsa, urtoqlariga qushiladi, ota esa uning urtoqlari kimligini ham bilmaydi. Ular unga bir qator odatlarni, nomaqul ishlarni, beadab suzlarni, Olloh rozi bulmaydigan narsalarni urgatadi. Ota farzandini adashganini, notugri fikr va yanglish yuldaligini kurib, uni tugrilashga harakat qiladi, biroq vaqt utgan buladi.
Idora-boshqaruv fani mutakhassisi bulgan, muhtaram davatchilardan birining bizga aytgan gapini hech unutmayman. U shunday degandi: “Intizom, sadoqat, omonat, poklik, kiyimga etibor, maqsadlarga ahamiyat berish kabi farzandingizdan umid qilganingiz barcha sifatlar, unda bulishini orzu qilganingiz barcha khislatlar bir yoshdan etti yoshgacha urgatiladi, odatlantiriladi”.
U kishi yana shunday degan edi: “Etti yoshdan keyin, bekorga ovora bulasiz”.
Otalarning aksariyati farzandlariga hayotlarining dastlabki paytlarida ahamiyat bermaydilar. Uzi solih kishi-yu, lekin uning mana shu haqiqatlarga ahamiyat bermaganini kurasiz.
Kim farzandiga chiroyli tarbiya bersa, Olloh taolo unga shu dunyoning uzida mukofotini beradi
Khup denglar birodarlar! Hech mubolaga qilmayapman, solih farzand otasining diliga tariflashga suz ojiz bulgan khursandchilik, farogat va bakht-saodatni olib kiradi. Ey solih ota! Solih farzand etishtirish uta muhim bulganidan Olloh taolo siz uchun uni okhirat mukofotigina emas, balki dunyo va okhirat mukofoti qildi.
Khush, dunyodagi mukofot nima? Olloh taolo ularni siz uchun kuz quvonchi qilganidir.
Bu Olloh taoloning quyidagi suzida namoyon buladi:
«Ey Rabbimiz, Uzing bizga jufti halollarimizdan va zurriyotlarimizdan kuzimiz quvonadigan narsa hadya et hamda bizlarni taqvodorlarga yulboshchi et»1.
Mana bu uta latif muqaddimaga diqqat qiling: Farzand tarbiyasining qiymatini faqat okhiratga iymon keltirsangizgina, uglingizni davomchingiz deb bilsangizgina bilasiz. Men doim aytaman: “Inson uz borligini, borligining salomatligini, uning mukammalligini va uning davom etishini yakhshi kurish tabiatida yaratilgan”. Vujudingizning salomatligi Yaratuvchi zotning kursatmalariga egrashish bilan buladi. Rost gapirasiz, yolgon suzlamaysiz; omonatdor bulasiz, khiyonat qilmaysiz; mehribon bulasiz, qahri qattiq bulmaysiz; har bir narsani uz urniga quyasiz. Yaratuvchi zotning kursatmalariga egrashish bilan salomat bulasiz, kholos. Solih amal bilan esa bakhtli-saodatmand bulasiz.
«Bas, kim Parvardigoriga rubaru bulishidan umidvor bulsa, u holda solih-yakhshi amal qilsin».
Ammo vujudingiz-borligingizning davom etishiga kelsak, borligingiz farzand tarbiyasi bilan davom etadi.
Vallohi, Bani Umayya khotiblaridan birini hech unutmayman. Ancha eski voqea, 20 yillar bulgandir balki. U vafot etdi, Olloh uni rahmatiga olsin! Uning taziyasi Umaviy masjidida buldi. Taziyaning uchinchi kuni edi, uning ugli turib, qarshimizda khutba qildi. Ishoninglar dustlar, kuzlarim yoshlandi, yigladim va: “Demak, u ulmabdi”, dedim. U ulmabdi, urnini ugli bosibdi!
Inson borligining davomiyligi okhiratga iymon keltirishi va farzand tarbiyasi bilan buladi
Ich-ichingizdan uzun umr kurishni khohlaysiz, bu insonning tabiatidir. Sizni
khursand qiladigan narsa, Ollohni tanib, Uning buyruqlarini bajarsangiz, abadul-abad jannatda bulishingizdir. Okhiratga bulgan iymoningiz davomiylikka sabab buladi. Shuningdek, farzand tarbiyasi ham davomiylikka sabab buladi. Yani Olloh azza va jalla solih, mumin, khushkhulq farzandlari bulgan bir insonni vafot toptiradi. Farzandlari solih amallarni qilishadi, uzun zamon yakhshilik qilishadi, uni kurgan har bir kishi “otanga rahmat!” deydi. Modomiki, farzandi tugri yulda yurar ekan, usha otaning nomi unutilmaydi. Siz borligingizni davom etishini yakhshi kurish fitrati bilan yaratilgansiz. Borliqning davom etishining esa ikkita sababi bor: birinchisi okhiratga iymon keltirish, ikkinchisi farzand tarbiyasi.
Farzandi orzu qilganiday bulmagan kimsa odamlarning eng bakhtsizidir
Demak, biz farzand tarbiyasining qiymatini okhiratga iymon keltirsakgina bilishimiz mumkin ekan. Bu farzandning amallari, yakhshi ishlari uzingizniki ekanini,
uning bolasini, bolasining bolasini sadaqa-yu ehsonlari, ibodatlari uzingizning amal sahifangizda bulishini bilsangizgina farzand tarbiyasining qiymatini bilar ekansiz.
Bir safar Amerikada konferensiyada edim. Davatchilardan biri turib: “Agar bu mamlakatda bolangning bolasini bolasini (yani chevarangni) musulmon bulishiga kafolat berolmasang, bu joyda qolishing mumkin emas”, dedi. Bu kalima meni ajablantirdi, men ham uni kup urinda takror-takror aytib keldim. Bir safar Damashqda doktorlarning konferensiyasida edim. Ushanda Amerikaning Detroyt shahridan 100ta doktor Shomga kelgandi. Ulardan biri bu davrda qizini turmushga chiqardi va meni unashtiruv bazmiga taklif etdi. Usha marosimga keldim va nutq qildim, beikhtiyor haligi olimning gapini eslatdim, chunki bular ham Amerikadan edilar-da. Agar bolangning bolasini bolasini (yani chevarangni) musulmon bulishiga kafolat berolmasang, usha mamlakatda qolishing mumkin emas, dedim. Gapim tugab, marosim nihoyasiga etganidan keyin, Amerikada yashaydigan bir
doktor yonimga keldi, vallohi, kuzlari jiqqa yosh edi. Sizga nima buldi? — dedim. U menga: Sal oldin agar bolangning bolasini bolasiga (yani chevarangga) kafolat berolmasang, demadingizmi?! Mening uglim musulmon emas, pushti kamarimdan bulgan uglim musulmon emas! — dedi.
Usha erda ularga qarata: “Klinton davri edi ushanda, agar Klintonday mansabga, Onassisday mol-davlatga, Eynshteynday bilimga erishsangiz-u, uglingiz siz orzu qilganingizday bulmasa, unda siz odamlarning eng bakhti qarosidirsiz”, dedim. Ushbu suzga etibor beringlar, vallohi, sizlarga biror suzni aytayotgan bulsam, chin qalbimdan aytayapman. Agar oliy mansabga kutarilsangiz, behisob davlat tuplasangiz-u, bolangizning bolasini bolasi siz orzu qilganingizday bulmasa, unda siz odamlarning eng bakhti qarosi ekansiz. Saodatingiz va salomatligingiz bulgan farzand tarbiyasida izlaning, harakat qiling. Vaqtim yuq, demang! Chunki bu uzr Olloh taoloning huzurida qabul qilinmaydi. Agar bolangizning bolasining bolasini musulmon
bulishiga kafolat berolmasangiz yoki uglingiz siz orzu qilganingizday bulmasa, bilingki, siz odamlarning eng bakhti qarosi ekansiz.
Demak, okhiratga bulgan iymon farzand tarbiyasining qiymatini taqdim qilar ekan. Bu ugil sizning amal sahifangizda, uning khotini, bolalari sizning sahifangizda, uning solih farzandlari, ularning ham solih farzandlari sizning amal daftaringizda buladi.
Birodarlar! Men sizlarning oldingizga barcha darslarda kupdan buyon aytib kelganim bir haqiqatni quymoqchiman, u ham bulsa, muvaffaqiyat juziy-qisman bulmaydi, zero juziy omad yuq. Muvaffaqiyat shumuliy (bir butun) bulsagina muvaffaqiyat deyiladi. Yani kishi pul topishda mohir, uddaburon bulsa-yu, farzandlari Ollohning manhajidan uzoq bulsa, u kishi hayotida muvaffaqiyatga erishmapti. Kishi uzoq bir mamlakatga ketib, farzandlari tarbiyasining hisobiga katta boylik olib kelsa, bu yutuq emas. Bu jumlani kup bor takrorlaganman: “Muvaffaqiyat (yutuq, omad) juziy (qisman, bir tomonlama, bir bulak)
bulmaydi, muvaffaqiyat shumuliy (bir butun, komil, har tomonlama) bulsagina muvaffaqiyat (yutuq, omad) deyiladi”.
Tugri, keng qamrovda olganda insonning turtta muvaffaqiyati, yutugi bor. Birinchi, eng katta, eng ulug, dastlabki va bardavom yutuq, Ollohni tanishdagi yutugingizdir.
«Ey Odam farzandi! Meni qidirsang, topasan. Agar Meni topsang, hamma narsani topibsan. Agar yuqotsang, hamma narsani yuqotibsan. Vaholangki, Men senga hamma narsadan suyukliroq bulishim kerak».
Ayol kishi uchun ham birinchi, ham okhirigi yutuq solih bir insonga turmushga chiqishi bulishi mumkin. Ayol kishiga nisbatan turmush qurish hayotining hamma jihati deyishimiz mumkin, lekin turmush erkak kishiga nisbatan hayotining bir qismidir, uning ishi, talim olishi ham bor. Muvaffaqiyat turlarining har biri muvaffaqiyat sanaladi, faqat, barcha muvaffaqiyatning asosi bulgan birinchi muvaffaqiyat — Ollohni tanishdir.
Tasavvur qiling, bir uy bor, unda sovutqich, muzlatqich, kir yuvadigan mashina, kondisioner, ventilyator va boshqa ehtiyoj buyumlari bor, lekin elektr toki yuq bulsa, bu buyumlarning birortasining qiymati bulmaydi.
Masalan, Ollohni tanish «1», turmush qurish «0» noldir. Ollohning marifati va turmush qurish «10», Ollohni tanish va farzandlar «100», farzandlarning marifati va amaldagi muvaffaqiyati «1000» buladi. Mana shu “bir”ning hisobini bilsangiz, keyin birning orqasidagi nollargina qoladi. Shuning uchun quyidagi oyat juda latif bulib kelgan:
«(Ey Muhammad), ayting: «Sizlarga qilgan ish-amallaridan eng kup ziyon kurguvchi kimsalarning khabarini beraylikmi?! Ular (kofir bulganlari sababli) qilgan say-harakatlari hayoti dunyodayoq yuq bulib ketgan-u, ammo (nodonliklari sababli) uzlarini chiroyli — yakhshi amal qilayotgan kishilar, deb hisoblaydigan kimsalardir!».
Demak, bu muborak uchrashuvdagi avvalgi nuqta, okhirat kuniga haqiqiy iymon keltirish ekan, chunki:
«Albatta okhiratga iymon keltirmaydigan kimsalar bu yuldan ozguvchidirlar».
Sizlarga bu mavzuda hali juda muhim bir oyatni keltiraman.
Anavi odamlarga bir qarang! Arab dunyosidagi, Islom dunyosidagi davlatlargagina emas, beshta qitadagilarga qarang! Olti milliard odam bor-a? Ularga er qanday taqsimlangan? Mana shimoliy mintaqadagi davlatlar va janubiy mintaqadagi davlatlar. Shimoliy davlatlar er aholisining 20% ini
tashkil qilib, erning 80% boyligiga egadirlar. Janubiy davlatlar er aholisining 80% ini tashkil qilib, uning 20% boyligiga egadirlar.
Yana shimoliy davlatlar, janubiy davlatlar, sariq tanli, oq tanli, qora tanli, oriyanlar, somiylar, boylar, kambagallar, kuchlilar, kuchsizlar, ekspluatatorlar, khizmatkorlarga bulish mumkin, ularni sanab adogiga etolmaysiz. Lekin, bu bulinishlarning barchasi Ollohning huzurida bekordir. Ollohning huzurida ikkita bulinish bor:
1-qism. Ollohni tanib, Uning manhajida yurgan va Uning khalqlariga yakhshilik qilib, dunyo-yu okhiratda salomat va bakhtli bulgan inson.
2-qism. Ollohni tanimagan, Uning manhajida yurmagan va Uning khalqlariga yomonlik qilib, dunyo-yu okhiratda halokatga uchrab badbakht bulgan inson. Quronda uchinchi qismga misol topolmaysiz.
Etibor qiling:
«Ana endi kim (zakot va boshqa sadaqotlarni) ato etsa va (Ollohdan) qurqsa. Hamda guzal oqibatni (yani jannat bor ekanini) tasdiq etsa».
Teskari aks etgan tartib juda muhim hikmat uchun kelgan «Guzal oqibatni tasdiq etsa»2. Yani jannatni tasdiqlasa.
«Chiroyli amal qilgan zotlar uchun guzal oqibat bordir»3. Yani jannat bordir. Kishi jannat uchun yaratilganiga ishonsa, mana shu ishonchiga muvofiq Ollohga osiylik qilishdan qurqadi va toatda buladi. Mana shu toatga muvofiq yashab, hayotini molidan sadaqa va ehson berish ustiga bino qiladi. Uchta kalima: jannat uchun yaratilganini tasdiqlaydi, Ollohga osiy bulishdan qurqadi va hayotini molidan berish ustiga quradi.
Endi ikkinchi misol: «Endi kim (Olloh yulida khayr-sakhovat kursatishdan) bakhillik qilsa»1.
Hayotini birovlardan olish ustiga bino qiladi, chunki u Ollohning toatidan uzini bekhojat biladi va jannatni yolgon deydi.
Ikki misol:
— Biri guzal oqibatni tasdiqlab, Ollohga osiylik qilishdan qurqadi va hayotini molidan berish ustiga quradi.
— Ikkinchisi guzal oqibatni yolgon deb, Ollohga ibodat qilishdan uzini behojat sanaydi va hayotini birovlardan olish ustiga quradi.
Shuning uchun bashariyatning hammasi yo kuchlilar bilan, yo anbiyolar bilan birga buladi. Anbiyolar qalblarga, kuchlilar gardanlarga egalik qiladilar. Paygambarlar olish urniga beradilar. Kuchlilar berish urniga oladilar.
Paygambarlar odamlar uchun yashasalar, zuravonlarga kelsak, odamlar ular uchun yashaydilar.
Dunyoga qul bulgan kimsaga farzandning keragi yuq
Shuning uchun birodarlar! Islomdagi farzand tarbiyasining qiymatini, buyuk shanini, ulug tuhfaligini faqat okhiratga iymon keltirsakgina bilishimiz mumkin ekan. Agar dunyoga qul bulsak, ishonaveringlar, mubolaga qilmayapman, farzandga umuman ehtiyoj bulmaydi.
Mening Amerikada yashaydigan bir qarindoshim bor. Akasi uni kurgani boribdi. Uning amerikalik bir qushnisi bor ekan. Bir muddat utgandan keyin uni kurgani chiqishibdi. Ilib quyilgan kichik kiyimlarga kuzi tushgan mehmon usha amerikalikdan nechta farzandingiz bor, deb surabdi. Amerikalik unga: Meni bolalarim emas, itlarim bor, kichik kiyimlar itlarning kiyimlari, debdi.
Ha, agar inson guzal oqibat-jannatga ishonmasa, farzandli bulishni hecham istamaydi, chunki ortiqcha yuk-da! Garb olamining holatlari juda qurqinchli, ona bolalarini tashlab ketadi, hatto ular uyda jon beradilar.
Agar inson dunyoga qul bulsa, ugil unga ortiqcha yukdir. U bolasi bulishini umuman khohlamaydi. Endi okhiratga bulgan iymonning taqozolaridan kelib chiqsak, bu bola vujudingizning davom etishini amalga oshiradi, bu ugil bilan dunyo-yu okhiratda saodatga erishasiz.
Bir ulug sahobaning ajoyib, juda chiroyli ugli bor ekan. Unga shunchalar boglanib qolganidan elkasiga mindirib yurar ekan. Agar Rasulullohning oldilariga borsa, ugli elkasida holida utirar ekan. Paygambar alayhissalotu vassalom sahobalariga juda mehribon bulganlar, bir kuni uni chaqirib: “Ey falonchi, uglingni yakhshi kurasanmi? Uni yakhshi kurganing kabi Olloh seni yakhshi kuradi”, dedilar. Bir necha kundan keyin usha sahoba
kurinmay qoldi, Paygambar alayhissalotu vassalom uni yuqladilar. Uning ugli vafot etgani aytildi. Shunda uni chaqirib, taziya bildirdilar va unga: “Ey falonchi, hayotingda u bilan foydalanishing senga suyuklimi?” — dedilar, yani ulim kelguncha soyangday sendan ajralmasligini yakhshi kurasanmi? — dedilar.
Khushkhulq, khizmat qiladigan, itoatguy, mahbub, yordamchi ugil nodir holatlarda uzoq vaqt, to hayotingizning sunggi lahzalarigacha siz bilan birga bulishi mumkin.
Urni kelganda aytay, Fransiyada yashaydigan bir birodarimiz bizga aytib bergandi. Islom markaziga bir fransuz ayol qizini etaklab kelib, uni Islomni qabul qilishga kundirib beringlar, debdi. Ular:
— “Sizchi?” — deb surashibdi.
— “Yuq, men musulmon bulishni istamayman, faqat qizim musulmon bulsa, bas”, debdi ayol. Juda qiziq talab, u Islomga ishonibdida desak, yuq, men musulmon bulishni
istamayman, deyapti. Khush, unda sabab nima? Aytadiki: Uning musulmon qushnilari bor ekan. Ularning onasi bulib, onakhonning yoshi bir joyga borib qolgan, qizlari unga aql bovar qilmaydigan darajada parvarish qilib qarashar ekan. Fransuz ayol qizini ham usha musulmonlarning qizlari kabi bulishini orzu qilib, Islom markaziga olib kelgan ekan.
Paygambar alayhissalotu vassalom boyagi sahobaga:
— “Senga hayotingda u bilan foydalanishing suyuklimi yoki sendan oldin jannatga borib, uning qaysi eshigiga borsang, uni senga ochib turishimi?” — dedilar.
— “Ikkinchisi”, — dedi u.
— “Senga ushanisi bulsin”, — dedilar Paygambar alayhissalotu vassalom.
Agar kishi solih bulib, farzandi uning hayotligida ulsa, bu bola undan oldin jannatga
borib, otasiga jannat eshiklarini ochib berar ekan.
Okhiratga iymon nuqtai nazarida farzand eng qiymatli narsadir. Okhiratga iymon asosiga kura ugil otaning bakhtli bulishining eng buyuk sababidir. Okhiratga iymon nuqtai nazarida siz uchun solih amalning eng kattasini, eng ulugini jamlab beradigan farzanddir. Zero uning amallari sizning amal sahifangizda, uning ibodatlari, sadaqalari sizning sahifangizda buladi, chunki uni siz tarbiya qilgansiz. Hatto Hanafiy faqihlarining ajoyib fikrlari bor: “Badal hajining shartlaridan biri vasiyatdir”, chunki Olloh azza va jalla aytadiki:
«Inson uchun faqat uzi qilgan harakatigina bulur (yani uzgalarning qilgan yakhshi amallaridan unga biron foyda etmas)».
Agar bir kishi badal haji uchun vasiyat yozib qoldirmagan bulsa, uning uchun badal haji qilinmaydi, qilinishi uchun vasiyat bulishi shartdir. Hanafiylar faqat ugilni istisno
qilishganlar. Yani agar ugil otasi uchun vasiyat qilmasa ham badal hajini qilsa, otasi uchun qabul buladi, chunki unga tugri tarbiya bergan otasidir, bordi-yu unga tugri tarbiya bermaganda, otasi uchun badal hajini qilmagan bular edi.
Farzandning ulkan urni bor, lekin bu okhiratga iymon nuqtai nazaridandir. Ammo dunyoga iymon nuqtai nazarida esa, kishi uchun farzand tarbiyalashdan kura itlarni boqish afzal. Vaholangki, farzand sizning davomchingiz buladi, ismingizni muhofaza etadi, odamlar otasiga rahmat, deb sizning haqqingizga duo qiladi, uni uylantirasiz va nevara-chevarali bulasiz.
Quron olimlaridan biri menga: “Mening 38 ta nevaram bor, ulardan 13 tasi vrach, yana 13 tasi hofizi Quron”, degan edi. Mana bu haqiqiy oiladir.
YO farzandlarni tarbiya qilish bilan Ollohning Yuzini va okhirat diyorini umid qilasiz, yoki okhiratga iymon keltirishni
chekaga surib quyib, farzandlarni ortiqcha, keraksiz narsa deb hisoblaysiz.
Birodarlar! Endi oldimizda tarbiya masalasi qoldi. Iymoniy tarbiya, akhloqiy tarbiya, nafsiy tarbiya, ijtimoiy tarbiya, jismoniy tarbiya, ilmiy tarbiya, jinsiy tarbiya turlari bor.
Biroz oldin aytganimday, muvaffaqiyat juziy emas, bir butun-shumuliy buladi. Bu shumuliy muvaffaqiyatdagi birinchi masala Ollohni tanishdan boshlanadi.
2- Oila bilan mustahkam aloqa bulishi
Ikkinchi masala, turmush urtogingiz, farzandlaringiz va bu doiraga yaqin bulgan ijtimoiy muhit, yani aka-ukalaringiz, opa-singillaringiz, amma-kholalaringiz, amaki-togalaringiz bilan juda yakhshi munosabatda bulishingizdir. Yani tor va keng doiradagi oila bilan yakhshi munosabatda bulishingizdir. Mana shu ikkinchi masaladir.
3- Ishni pukhta va intizom bilan bulishi
Uchinchi, ishingizga taalluqlidir. Ishingizni pukhta, intizom bilan oliy darajada qilasiz, shunda ishingiz rivojlanadi va daromad yakhshilanadi.
4- Sihhat-salomatlikka etibor
Turtinchi, sihhat-salomatligingizga etibor berasiz.
Sizlarga nasihatim, mutlaqo bulishi shart bulgan dastlabi narsa, Olloh bilan orangizdagi aloqadir.
«Ollohdan qurqingiz va uz oralaringizni unglangiz!».
“Zata baynikum” (uz oralaringizni), yani Olloh bilan orangizdagi aloqani unglangiz, bu birinchi mano. “Zata baynikum”, atrofdagilar bilan aloqangizni unglangiz, bu ikkinchi mano. “Zata baynikum”, ikki kishi
orasidagi aloqani unglangiz, bu yana bir manodir. Siz bilan Olloh orasidagi aloqa birinchi urinda, siz bilan oilangiz orasidagi aloqa ikkinchi, ikki shakhs orasidagi aloqa bu uchinchi urindadir.
Shunday qilib, muvaffaqiyatingizda turtta asosiy narsa bor: birinchi Olloh bilan, ikkinchi oila va bola-chaqangiz bilan, uchinchi ishingiz bilan, turtinchisi sogligingiz bilan aloqangizdir.
Farzand tarbiyasi ham khuddi shunday, farzandingiz maktabni alo bahoga bitirgan bulsa-yu, namoz uqimasa, unda unga tarbiya berolmabsiz. U oliy malumotli, ziyoli bulaturib, badkhulq bulsa, unga tarbiya berolmabsiz. U odobli, khushkhulq bulaturib, ikkichi bulsa, unga tarbiya berolmabsiz. U khushkhulq, oliy malumotli bulsa-yu, lekin juda pala-partish va uziga qaramaydigan bulsa, unda unga tarbiya berolmabsiz.
Siz barcha asosiy urinlarda muvaffaqiyatga erishishga harakat qilayotgan
bulsangiz, sizga shuni takidlab aytishim kerak: “Farzandingizning tarbiyasida tarbiya har tomonlama bulsagina muvaffaqiyatga erishasiz”.
Kelasi darsdan boshlab katta sarlavhalardan biri, iymoniy tarbiyadan davom etamiz.
«Nafaqasidagilarni (yani qul ostidagilarni) zoe qilishi kishining gunohiga etarlidir»1.
Kishi farzandini ediradi, ichiradi, kiyintiradi, sogligiga, darslariga etibor beradi, biroq uning iymoniga, yakhshi amallariga, ibodatiga ahamiyat bermaydi. Agar shunday qilsangiz, shu farzandingiz qarshisida gunohkor bulasiz.
«Nafaqasidagilarni (yani farzandlarini) zoe qilishi kishining gunohiga etarlidir»1.
1 Muslim va Abu Dovud Abdulloh ibn Amr ibn Osdan rivoyat qilishgan.
Bu urinda Paygambar alayhissalotu vassalam uning edirib-ichirishini, kiyintirishini, sogligi va darslariga etibor berib, namozi va aqidasiga etibor bermasligini vasfladilar.
Bolaning dinsiz dusti bulib, unga moyil buladi, oqibatta tamoman dindan chiqadi. Undan uzga haq iloh bulmagan Ollohga qasam, bazan ota uglini mutlaq musulmon emasligidan shikoyat qilib, alamdan yuragi tilka-pora bulguday holda yonimga keladi. Bir safar bir kishi keldi va menga: “Uglim dinini tashlab, boshqa dinga kirdi”, dedi. Alamdan dunyo kuziga qorongu bulgan holda edi.
«Nafaqasidagilarni (yani farzandlarini) zoe qilishi kishining gunohiga etarlidir»2.
Agar uglingizni tarbiyalamoqchi bulsangiz, dastlab iymoniy tarbiya bering,
1 Muslim va Abu Dovud Abdulloh ibn Amr ibn Osdan rivoyat qilishgan.
2 Muslim va Abu Dovud Abdulloh ibn Amr ibn Osdan rivoyat qilishgan.
farzandlaringizga odob bering va urgating, chunki ular sizlarning davringizdan boshqa paytda dunyoga keldilar. Farzandlaringizga Paygambarimizni yakhshi kurishni urgatinglar!
Avtoulovning suv bakini bilasizlar-a? Farzand ham shunga ukhshaydi. Suv bakining tepasida qopqogi, pastida jumragi bor. Suv tepadan quyiladi va jumragidan olinadi. Bu tarafdagi oynali ekran esa, kursatgichdir, kholos. (Yani, bu kursatgich faqat ichiga quyilgan narsanigina kursatadi). (Endi tasavvur qiling, bolangiz bir bak) uning ekrandagi kursatkichida (yani, fikri-khayolida) bir aktyorning yoki bir futbolchining ismi bor! Sahobalar qaerda? Bola bunday ozuqani, yani iymoniy ozuqani olmagan. Uning urniga hayotda umuman qadri bulmagan shakhslarga etibor bergan. Farzandingizni islomiy ozuqa — Quron, sahoba, tobein ozuqasi bilan oziqlantirmasangiz, futbol va undan boshqa narsalar bilan oziqlanadi. Bu juda katta muammo. Farzandingizning ozuqasi iymoniy ozuqa bulishiga etibor berishingiz vojib va bu birinchi narsadir.
Oldimizda rostguylik, omonat, odob, tavoze, hayo, khijolat bulish kabi akhloqiy tarbiya turibdi.
«Otangning oldiga tushib yurma, undan yuqoriga utirma, uning ismini aytib chaqirma va unga gap eshittirma!».
Odamlarni otanga lanat ayttiradigan ishni qilmagin, paygambarona odobga bir qarang!
«Otangning oldiga tushib yurma, undan yuqoriga utirma, uning ismini aytib chaqirma va unga gap eshittirma!».
Bular iymoniy va akhloqiy tarbiya edi.
Sabr qilish, gazab qilish, muloyimlik, ehtiyotkorlik, shoshmaslik, uziga ishonish kabilar, nafsiy tarbiya jumlasidandir.
1 Tabaroniy Oisha raziyallohu anhodan rivoyat qilgan.
2 Tabaroniy Oisha raziyallohu anhodan rivoyat qilgan.
Salom berish, hurmat qilish, uzr surash, mutavoze bulish, uzaro yordamlashish, bular ijtimoiy tarbiya jumlasidandir.
Tartibli ovqatlanish, jismonan quvvatli bulish uchun sport bilan shugullanish, bular jismoniy tarbiya jumlasidandir.
Maktabga borish, uqish, oliy malumotli mutakhassis bulish, ilmiy tarbiya jumlasidandir.
Jinsiy tarbiyaga kelsak, bazan ota bolaning «men qaerdan chiqqanman», degan savoliga javob berolmay qiyin ahvolda qoladi. Uning javobi juda nozik va latifdir, uni urganing, uylanib boshingiz qotmasin. Savol berish uning haqqi. Bu savoli uchun uni koyib, urmang-da, undan kattaroq narsalarga ham etiborli buling. Miyasiga aylanib ayni savol kelaversa, u nima qilsin, nimaga siz uni ogziga urasiz?!
Khullas, jinsiy, ilmiy, jismoniy, ijtimoiy, nafsiy, akhloqiy va iymoniy tarbiya
turlari bor ekan. Bu mavzular haqida kelajak darslarimizda gaplasharmiz…
Valhamdulillahi robbil alamiyn.
Biznes reja nima: qanday tuzish va nimalarga e’tibor berish kerak
Salom do’stlar. Bugungi maqolamizda biznes reja nima ekanligi va uni mukammal tuzish uchun foydali maslahatlar berishga harakat qilamiz.
Bugungi maqolam biznesga ilk qadam bo’lmish, biznes reja tuzish haqida bo’ladi. Bu to’g’rida yozilgan oldingi maqolaga ko’plab savollar kelganligi va ayrim o’quvchilarning tushinmovchiliklariga javob berish maqsadida yana bu haqda yozishga qaror qildim.
Eng avvalo biznes reja nima degan savolga javob berib o’tsam.
Maqola mundarijasi ( Ochish / Yopish )
- Biznes reja nima o’zi
- Biznes reja tarkibiga nimalar kiradi
- Biznes reja tuzish uchun asosiy maslahatlar
- Endi mahsulotingiz haqida
- Xulosa
Biznes reja nima o’zi
Biznes reja — aniq tanlangan tadbirkorlik ishining barcha bosqichlari tavsiflangan va taxminan hisob-kitob qilingan loyiha. Unda aniq tanlangan tadbirkorlik ishining barcha jihatlari oʻz aksini topadi. Biznes reja oʻz tarkibiy jihatidan loyihaning afzalliklari va uni amalga oshirishdan kutiladigan moliyaviy natijalar bayon etilgan yakuniy xulosa.
Biznes reja tarkibiga nimalar kiradi
Biznes reja tarkibi asosan 10 boʻlimdan iborat asosiy qismga boʻlinadi:
- Biznes rejada loyiha boʻyicha ishlab chiqariladigan tovar (xizmat) larning tavsifi hamda uning xaridorgirligi va raqobatbardoshligini taʼminlaydigan omillar;
- Bozor hajmini baholash asosida sotish bozori, tadbirkor bozorning qaysi segmentida ish yuritishi, savdo hajmi, tovar(xizmat)lar narxi prognozlari;
- Ehtimoli boʻlgan raqobatchilar. Bunda ularning mahsulotlari sifati va xaridorgirligi, narxi toʻgʻrisida axborot beriladi;
- Marketing xizmatining asosiy unsurlari. Tovarning qanday yoʻl bilan sotilishi, tovar narxining shakllanishi, sotishni ragʻbatlantirish, reklamaning qaysi usullarini tanlash va boshqalar;
- Mahsulot ishlab chiqarish rejasi;
- Umumiy ishni, xodimlar ishini tashkil etish;
- Loyihaning tashkiliy-huquqiy shakllarini belgilaydigan yuridik reja;
- Loyiha boʻyicha barcha maʼlumotlarni umumlashtiradigan hamda ularning qiymat ifodalari koʻrsatilgan moliya rejasi;
- Ishlab chiqarish aloqalari, mahsulot sifatini nazorat qilish, ishlab chiqarish harajatlari va boshqalar;
- Loyihani moliyalash strategiyasi. Bunda vositalarni qayerdan va qanday shaklda olish, jami qancha pul kerakligi, uning qayerdan olinishi va harajatlarning qoplanishi, investorlarning daromad olish vaqti va boshqalar ko’rsatiladi.
Biznes rejani ishlab chiqishda tadbirkorning oʻzi ( ya’ni birinchi rahbar), firmalarning mutaxassislari ishtirok etadi. Tashqaridan maslahat va tavsiyalar olinadi va ekspertlar koʻrigidan oʻtkaziladi va olingan xulosalarga tayanib biznes reja yanada mukammallashtiriladi. Agar biznesingizni o’zingiz moliyalashtirishingizga qurbingiz yetmasa, biznes-reja kredit olish uchun ham asos boʻlib xizmat qiladi.
Biznes reja tuzish uchun asosiy maslahatlar
Har bir ishni boshlashdan oldin, u xoh biznes bo’lsin, xoh boshqa bir yumush, uni puxta rejalashtirish, yaxshi natijaga erishishning asosi deyish mumkin. Ishni boshlashdan oldin reja tuzish, sizni kelajakda kelib chiqishi mumkin bo’lgan ko’plab muammolarni oldindan ko’ra bilish va o’ylagan ishingizda yanada muvaffaqiyatli bo’lishingizda sizga yordam beradi.
Shunday ekan, bugun biznes reja yozayotganda e’tibor berishingiz kerak bo’lgan asosiy jihatlar haqida aytib o’taman.
Endi mahsulotingiz haqida
Xulosa
Bugungi maqolamda, biznes rejaning tasnifi haqida ma’lumotga ega bo’ldingiz degan umiddaman. Biznes nafaqat tug’ma talant yoki yuksak xohish natijasi, balki mashaqqatli mehnatning maxsuli hamdir. Shunday ekan, biznes reja sizning dastlabki qadamingiz hisoblanadi va bunday qoidalarga jiddiy amal qiling!
Kasb tanlashda nimalarga e’tibor qaratish kerak?
Psixologlar bunday mas’uliyatli qaror qabul qilishda faqatgina atrofdagilarning tavsiyasiga tayanish emas, tahlilning boshqa muqobil variantlarini ham qo‘llashni taklif qilishadi.
Kasbga yo‘naltirish psixologiyasi bo‘yicha mutaxassis Azizxon Bahodirov bu boradagi tavsiyalari bilan bo‘lishdi.
Psixologik testlar
O‘zingizda qaysi kasbga moyillik va qiziqish yuqori ekanini psixologik testlar orqali birlamchi bosqichda aniqlab olishingiz mumkin. Faqatgina bunda onlayn platformalarda duch kelgan testga emas, soha mutaxassislari ishlab chiqqan professional testlarga tayanish kerak.
Shuni esda tutish kerakki, test natijalariga «hukm» deb qarash kerak emas. Ular faqatgina moyillik yo‘nalishini belgilab beradi.
Bilimlaringizni kengaytiring
Turli kasbiy yo‘nalishlar, istiqbolli soha va mutaxassisliklar to‘g‘risida bilimlarni mustahkamlash kerak.
Har yili o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish bo‘yicha kitoblar nashr qilib boriladi. Ularda hattoki maktab o‘quvchilariga tanish bo‘lmagan kasblar bilan ham tanishish mumkin. Ehtimol, ulardan biri sizning tanlovingiz bo‘lishi mumkin.
Kasblar bilan yaxshiroq tanishib chiqing
Maktabni bitirish arafasida o‘spirin ko‘pincha kasblar haqida noto‘g‘ri tasavvurga ega bo‘ladi. Ular tanlagan kasblarining faqat ijobiy yoki aksincha salbiy jihatlarini ko‘rishadi. Bunda ota-onalar farzandlariga ko‘p narsalarni aniqlashtirishda yordam berishlari kerak.
9-sinfdan boshlab asta-sekin o‘zingiz tanlagan yo‘nalish bilan tanishish maqsadida institut va universitetlardagi «Ochiq eshiklar» kunlarida ishtirok etish maqsadga muvofiq.
Istaklarni tizimlashtiring
Qog‘oz oling. O‘zingizni qiziqtirayotgan kasblarni vertikal ravishda va tanlanajak kasbdan nimani istashingizni gorizontal ravishda joylashtirib chiqing. Jadvalni iloji boricha batafsil to‘ldirish kerak. Tanlangan kasb sohasi va kishi undan nimalarni kutayotgani bir-biriga mos kelsa, «+», mos bo‘lmasa «-» ishoralarini qo‘yishingiz lozim. Bu o‘z istaklarini aniqlashtirishga yordam beradi va shu istakka mos kasb haqidagi tasavvurni aniqlashtiradi.
Amaliyot
Qaysi kasbni tanlash haqida bir qarorga keldingiz, deylik. Endi o‘zingizni shu yo‘nalishda sinab ko‘rish kerak. Buning uchun turli o‘quv-guruhlari bo‘lgan ko‘plab ixtisoslashgan maktablar va kurslar mavjud bo‘lib, ular transport vositalari mexanikasidan tortib, tadbirkorlikkacha o‘zingizni sinab ko‘rish imkoniyatini beradi.
Zaxira aerodromi
Asosiy tanlovdan tashqari, qo‘shimcha ravishda e’tiborga olinuvchi «zaxira» tanlov ham bo‘lishi kerak. Chunki hayotni oldindan prognozlashtirib bo‘lmaydi, unda har qanday holat ro‘y berishi mumkin.
Tanlangan yo‘nalish bo‘yicha o‘qishga kira olmay qolgan taqdirda tushkunlikka tushmaslik, boshqa optimal variantlarni ham ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq.
Qaror faqat mustaqil qabul qilinadi
Ota-ona tomonidan beriladigan maslahatlar foydali, lekin ular yakuniy qaror bo‘lmasligi, yordamchi ta’sirga ega bo‘lishi maqsadga muvofiq.
Yoki ona/ota o‘z yoshligida egallay olmagan, armon bo‘lib qolgan kasbga farzandini yo‘naltirishi ham noto‘g‘ri. Farzand – alohida shaxs va uning o‘z istaklari bor. Bu istaklar avvalroq armon bo‘lgan xohishlar uchun qurbon bo‘lmasligi kerak.
Oilaviy an’analarni davom ettirish majburiy emas
Farzand onasi yoki otasining kasbini davom ettirmoqchi bo‘lsa, bu juda yaxshi. Lekin bunga uni majburlash noto‘g‘ri. Otaning shu kasbda o‘z baxti va muvaffaqiyatini topgani o‘g‘ilda ham xuddi shu ssenariy takrorlanadi degani emas.
Inson yoqtirmagan ishi bilan butun hayot davomida shug‘ullansa, o‘zini baxsiz his qiladi.
Umumiy xulosa qiladigan bo‘lsak:
– Sizni yaqindan biluvchi insonlar – oila a’zolaringiz, do‘stlaringiz bilan maslahatlashgan holda, o‘zingizga qaysi kasb ko‘proq mos kelishi haqida so‘rab olishingiz mumkin.
– Ommaviy axborot vositalari yangi kasb sohalari haqida ko‘proq ma’lumot olishga yordam beradi. Maxsus manbalar (adabiyotlar, onlayn platformalar) talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlar haqida ma’lumotlar beradi.
– Istaklaringiz va hayotdagi maqsadlaringizdan kelib chiqing.
– To‘plagan ma’lumotlaringizni chuqur tahlil qiling. «Hayotda menga nima kerak?» degan savolga javob berishga harakat qiling.
– Imkoniyat bo‘lsa, kasb tanlash bo‘yicha malakali mutaxassis bilan maslahatlashish maqsadga muvofiq.