Fitratning adabiyot qoidalari kitobi
Rahimbiy. Abdumo‘min to‘rani xon ko‘targanimdan xabaringiz yo‘qmi?
Fitratning adabiyot qoidalari kitobi
64 tadan 1–9 lar ko’rsatilyapti
Sohilsiz dengiz
Oila
Ma`naviy Masnaviy (To’plam)
Islom iqtisodi. Global inqirozdan chiqish
Isyon va Itoat
Jangchi
Qur’oni karim va o’zbek tilidagi ma’nolar tarjimasi
Qarz va unga bog’liq masalalar
Keksalarni e’zozlash
Sohilsiz dengiz
“Sohilsiz Dengiz” kitobi Ahmad Muhammad Tursun qalamiga mansub bo’lib, bu kitob ulug’ ajdodimiz xadislar olami sultoni bo’lgan Muhammad Ibn Ismoil Buxoriy bobomizning xayot yo’llarini hikoya qilib beradi. Buxoriyning qadam yoʻllarini tasvirlagan muallifning ishlayotgan usullariyu, mukammal idroki huddi sizni oʻsha olam ichra qushdek parvoz qildiradi. Bu asarning juda tasirli joyi har bir tolibi ilmning qanday bilim olish, unga erishish, hayotda qanday yashash kerakligi buyuk ulamolarimiz va shayxlarimiz tilidan aytilgan. Bundan bir parcha: Tolibi ilm uchun 4ta» коф» kerak. Kissai padar- ota kissasi Kosai modar- ona kosasi
Kashishi ustoz- ustoz eʼtibori Koʻshishi shogird- shogird harakati.
Oila
Fitratning “Oila” asarida oilaviy xayotning islohotidan bahs yuritiladi. Fitratning oilaga nisbatan qarashlari zaminini Qur’onda shu masala bo‘yicha olg‘a surilgan fikr va g‘oyalar tashkil etadi. Bu kitob o‘z vaqtida taraqqiyparvar yoshlar tomonidan samimiy qarshi olingan. Oila asosini to‘g‘ri qurmasdan va yosh avlodni to‘laqonli to‘g‘ri yo‘lda tarbiyalamasdan turib, jamiyatni isloh qilish, uning rivojini tarqqiyot sari yo‘naltirish mumkin emas. Oxir oqibatda millat taqdiri uning oilasining xolatiga bog‘liq. Bu g‘oya Fitrat asarida o‘z ifodasini topgan: “Xar bir millatning saodati va izzati albatta shu xalqning ichki intizomi va totuvligiga bog‘liq. Tinchlik va totuvlik anashu millat oilalarining intizomiga tayanadi. Qayerda oila munosabati kuchli intizomga tayansa, mamlakat va millat xam shuncha kuchli va muazzam bo‘ladi.”
Ma`naviy Masnaviy (To’plam)
” Ma`naviy Masnaviy” (To’plam) asari Jaloliddin Rumiyning shoh asarlaridan biri hissoblanib, bu asarda sharq va gʻarb adabiyotida buyuk asarlardan biri sifatida taʼriflanadi. Oltita katta jilddan iborat ushbu asar 26840 baytdan (51370 misradan), Qur’onning 70 foiz maʼnosini oʻzida jamlagan va asar 690 ta hadisga sharh, 270 ta turli mavzudagi hikoyalardan iboratdi
Islom iqtisodi. Global inqirozdan chiqish
”Islom iqtisodi. Global inqirozdan chiqish” kitobi Turkiyaning mashhur ilohiyotchi olimi va doktori hissoblangan Ehson Shenojakning mazkur mavzudagi uzoq yillik izlanishlari mevasi boʼlib, kitobda “Islom iqtisodiyoti” mavzusi sodda holda, aniq dalillar asosida tushuntirib berilgan.
Isyon va Itoat
Ulug‘bek Hamdamning asarlari ichida “Isyon va itoat” romani kitobxonlarda, olim va adabiyotshunoslarda katta qiziqish uyg’otdi. Roman eʻtiqod va iymon masalalariga bagʻishlangan boʻlib,”Isyon va itoat” asari qaxramonlari tiriklik mantigʻi va ruh halovatini, ikki dunyo toʻgʻrisidagi mushohadalar yordamida idrok etishga urinadi.”Isyon va itoat” romanida dunyoning yaratilishi toʻgʻrisidagi rivoyatlar zamondosh insonning hayoti bilan mantiqiy uygʻunlashtiriladi. Roman professor tarjimon N. Vladimirova tomonidan rus tiliga tarjima qilingan va kitob holida chop etilgan. “Isyon va itoat”asarida bosh qahramon Akbar bo’lib, uning taqdiri va Xudoga isyoni,lekin uzoq izlanish va mashaqqatlardan so’ng itoatga kelish jarayonlari falsafiy-psixologik talqinda tasvirlangan.”Isyon va itoat” intellektual kitobxonga mo’ljallangan bo’lib, oddiy o’quvchi asardan to’la bahra ololmaydi, asardagi falsafiy mulohazalar uni zeriktirib qo’yadi. Boshqacha aytganda bu roman – yengil o’qilmaydi.
Jangchi
“Jangchi” qissasi o’z motivi bilan o’zbek adabiyotida yangi yo’nalishni ochdi. Payg’ambarlar – xalqning najotkorlari haqidagi timsollar zamonaviy adabiyotimizda deyarli uchramaydi.
Qur’oni karim va o’zbek tilidagi ma’nolar tarjimasi
Shukronalik- inson ziynati. Bugungi tinchlik-osoyishtalik, erkin va faravon hayotga shukrona keltirish, uning qadriga yetish xayru barakani yanada ziyoda qiladi. Ushbu kitob sizga ayni yaratganning bergan ne’matlariga shukrona keltirishni o‘rgatadi. Shukrona keltirib, qalblari nurga to‘lgan ayollarning hikoyalarini Mazkur kitob – kitobxonlarimiz tomonidan mamnuniyat bilan kutib olingan «Tafsiri Hilol»ning qisqartirilgan, maxsus nashri bo‘lib, unda faqat oyatlarning asli hamda ma’nolarning o‘zbekcha tarjimasi berilgan. Bu esa Qur’oni Karimni tilovat qiluvchilar uchun qiroat davomida oyatlarning mazmuni bilan ham tanishib borish imkonini beradi. «Qur’oni Karim va o‘zbek tilidagi ma’nolari tarjimasi»ning muqaddimasidan uning ushbu nashrning o‘ziga xos xususiyatlari haqida keng ma’lumot olishingiz mumkin. eshitib, ko‘zingizdan yosh chiqadi, ich-ichdan to‘lqinlanasiz, tilingizdan shukronalik tushmay qoladi. Eng muhimi, sizga tanish bo‘lgan psixolog, “Azizam” psixologik klubi rahbari Azizaxon Tashxodjayeva bilan qalban yaqinlikni his etasiz, uni xuddi oldingizda turgandek his etasiz. Kitob sizni shukronalikka o‘rgatar ekan, qalbingiz quvonchga, hayotingiz faravonlikka yuz tutadi.
Qarz va unga bog’liq masalalar
Bandalarini qarzi hasan berishga undagan Alloh taologa U Zotning jaloliga va jamoliga munosib hamdu sanolar bo‘lsin! Qarz muomalasini go‘zal ravishda olib borishni o‘rgatgan zot, Alloh taoloning oxirgi nabiysi Muhammad Mustafoga salavot va salomlar bo‘lsin! Qarz masalasi azal-azaldan, doimiy ravishda kishilarning boshini qotirib kelayotgani masalalardan biri ekanligi hech birimizga sir emas. Bu masalada musulmon kishi o‘zini qanday tutishi lozimligi xususidagi hukmlarni keragicha o‘rganish har bir musulmon uchun juda ham zarurdir. Zotan, inson kim bo‘lishidan qat’i nazar, hayoti davomida qarz muomalasiga duch kelishi turgan gap: kimdir qarz oladi, kimdir qarz beradi. Qarz olgan ham, qarz bergan ham, qarzga guvoh bo‘lgan ham bu ish bo‘yicha mavjud shar’iy ta’limotlarni, qarzning shariatdagi hukmlarini bilishi lozim. Qarz masalasi turli sabablarga ko‘ra bugungi kunimizning dolzarb masalalaridan biriga aylanib qoldi, desak mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz. Avvalgi tuzum davrida kishilarning iqtisodiy faoliyati qat’iy chegaralangan, xususiy mulkchilik deyarli man qilingan edi. Shu sababli qarz masalasi ham chegaralangan, odamlar bu muammoga hozirgichalik duch kelishmasdi. Yangi sharoitda ko‘pchilikda oson yo‘l bilan tezroq va ko‘proq boylik orttirish istagi avj oldi. Ularning xayoli bu maqsadga erishishning eng oson yo‘li qarz olib, tijorat qilish yoki biror tadbirkorlik bilan shug‘ullanish, degan fikr bilan band bo‘ldi. Odamlar «Falon miqdorda qarz olib, uni bir marta «aylantirsam», buncha foyda ko‘raman, ikki marta «aylantirsam», mana buncha bo‘ladi», qabilidagi hisob-kitoblarni qilishga tushdilar. Har kim qilmoqchi bo‘lgan ishini yaxshi biladimi-yo‘qmi, o‘ziga, hozirgi sharoitga to‘g‘ri keladimi-yo‘qmi, baribir, natijasi albatta zo‘r bo‘ladi, degan xayol bilan harakat boshladi. Ko‘proq «Falonchi-pistonchilar buncha qarz olib, chetdan mol olib kelib sotgan ekan, buncha foyda ko‘ribdi, men ham shunday qilmoqchiman», qabilida ish ko‘rish avj oldi. Falonchining ota-bobosi bu ishning ustalari bo‘lgani, u mazkur ishni ulardan o‘rganib o‘zlashtirib olgani haqida o‘ylash ularning xayoliga ham kirib-chiqmasdi. Chuqur o‘ylamay, shoshilib qilingan ana shunday ishlar oqibatida «tadbirkorlar» orasida ishni eplay olmay, qarzga botib qolish hollari asta-sekin ko‘paya bordi. Kishilar o‘rtasida bu borada kelishmovchiliklar, tortishuvlar, urush-janjallar paydo bo‘la boshladi. Qarz berganlar bergan qarzlarini qaytarib olish qiyin bo‘layotganidan, qarz olganlar esa «hisoblagich aylanib» turganidan tinmay shikoyat qilishardi. Bora-bora qarz olganidan tonayotganlar va qarzni qaytarib olish uchun odatdan tashqari chora-tadbirlar ko‘rayotganlar haqida gaplar urchiy boshladi. Odatdagidek, qilar ishni qilib qo‘yganidan, ko‘za sinib, suv to‘kilganidan keyin mullalarga murojaat qilish ham boshlanib ketdi. Qarz olib, qarz berayotganlarida shariat ham, ahli ilm ham yodiga kelmagan kishilar boshlariga ish tushganidan keyin muammoni hal qilish uchun shariatning hukmini, ahli ilmning aralashuvini istab qolishardi. Bu holat domlalarni ham qarz va unga bog‘liq masalalar bo‘yicha kitob titishga, so‘rab-surishtirishga majburladi. Avval bu kabi masalalar kam bo‘lganidan ulamolar ham ular haqida chuqur tahlil qilingan javoblarni tayyor holda topish ishida bir muncha qiynalishlari turgan gap edi. Eng qiyini, shariat ta’limotlariga amal qilmasdan olib borilgan moliyaviy muomalalarda paydo bo‘lgan muammolarni shariat hukmi bo‘yicha hal qilish kerak bo‘lardi. Mazkur masalalarning deyarli barchasida «Agar avvaldan so‘rab, shariat bo‘yicha ish tutganingizda, bu holga tushilmasdi», degan gaplar bo‘lar edi. Misol uchun, ikki tarafning gapi bir-biriga to‘g‘ri kelmay qolganda, «Orangizda bo‘lgan qarz muomalasini yozib qo‘yganmisizlar?» deb so‘ralsa, ikkisi ham «Yo‘q», degan javobni berardi. «Guvohlar bormi?» degan savolga ham xuddi shu javob olinardi. Qarz borasidagi mashmashalar hozirgi kunimizda ham davom etmoqda. Eng yomoni, qarz berish imkoni bor kishilar bo‘lib o‘tgan hodisalardan keyin birovga qarz berishga botina olmay qolishdi. Qarzdorlarning ba’zilari qarzni to‘lashga harakat qilish o‘rniga turli-tuman hiylalarni ishga solishga o‘tdilar. Qolganlari esa qarzni qanday uzish haqida o‘ylab, xayollari parishon bo‘lib yurishibdi. Qabulimga kiradigan kishilarimizning ma’lum qismi qarzdorlar bo‘lib, ular mendan qarzni uzish uchun nima qilish va o‘zlarini qanday tutish kerakligi borasida maslahat, bu boradagi duolarni so‘raydilar. Shuningdek, jamiyat miqyosida ham qarz muammosi haqida, qarz berib, qaytarib ololmay yurganlarning fig‘onlari, qarzni bermay yurganlarning firiblari borasidagi va shunga o‘xshash turli-tuman gaplar hali-hanuz ozaygani yo‘q. Mazkur muammolar va ularga bog‘liq holatlar bo‘yicha kerakli shar’iy ma’lumotlarni alohida risola shaklida taqdim qilish haqida kamina xodimingiz anchadan buyon o‘ylab, reja qilib yurar edi. Alloh taoloning irodasi ila shu kunlarda mazkur rejani amalga oshirish fursati kelganday bo‘lib qoldi. Haq subhanahu va taolodan yordam so‘ragan holda bu ishni amalga oshirishga qo‘l urdik. Alloh taoloning O‘zi bu ishda bizga yordamchi bo‘lsin!
Keksalarni e’zozlash
O‘zining abadiy dasturi bo‘lmish Qur’oni Karimda bandalarini keksalarni qadrlashga amr qilgan Alloh subhanahu va taologa jaloli va jamoliga mos hamdu sanolar bo‘lsin!
Keksalarni e’zozlashni sunnatlarida joriy qilgan va bu ishda barchaga o‘rnak bo‘lgan oxirzamon Payg‘ambari Muhammad Mustafoga mukammal va batamom salavot va salomlar bo‘lsin!
Keksalarni va o‘zidan kattalarni ehtirom qilish o‘z qadr-qiymatini bilgan har bir jamiyatning eng ahamiyatli qadriyatlaridan biri hisoblanadi. Bu qadriyatlar ularga amal qilgan jamiyatlarda o‘ziga munosib oliymaqom joy oladi. Mazkur jamiyatlarda har bir inson keksalarni e’zozlash bo‘yicha o‘zining mas’uliyatini yaxshi biladi va bajaradi. Ana shunda har bir ish va shaxs o‘z o‘rnini topadi.
Qadimda bobo va momolarimiz dinimiz ta’limotlariga amal qilish jarayonida bu boradagi ko‘rsatmalarni ham go‘zal tarzda amalga oshirganlar va barchaga o‘rnak bo‘lganlar.
Musulmonlar orasida keksalar doimo qadrlanib kelgan, chunki Islom shariatida bu ishga alohida ahamiyat beriladi. Zotan, qarilik inson hayotining ojizlik va zaiflik bosqichi hisoblanadi. Shuning uchun yosh, baquvvat chog‘ida jamiyatga xizmat qilgan kishilarga qarigan chog‘larida yaxshilik qilish ularning yaxshiligini yaxshilik bilan qaytarish sirasidagi ishlar qatoriga kiradi. Islom shariatida har bir qariyaga o‘ziga yarasha imtiyoz be-rilgan. Ularning har biri jamiyatda e’zozlanish va ehtirom qilinish haqqiga egadir. Mazkur holatlarning barchasi musulmon-lar yashaydigan jamiyatda yaqqol ko‘zga tashlanib turadi.
Biz, bugungi kun musulmonlari ham mazkur bobo va momolarimizga munosib bo‘lishimiz, barcha go‘zal odoblarimizga amal qilib, keksalarni e’zozlash, ularga izzat-ikrom ko‘rsatish ishlarini qoyilmaqom tarzda yo‘lga qo‘yib borishimiz lozimdir.
Kattalarni ulug‘lash, e’zozlash, avaylash barcha payg‘ambar alayhissalomlarning sunnati va musulmon jamiyatlarining aso-siy belgilaridan biridir. Hozirgi kunda insonparvarlik borasidagi dinimiz ta’limotlarini o‘rganib, ularga amal qilishni yo‘lga qo‘yib borish jarayonida keksalarni e’zozlashdek buyuk insoniy fazilatni yaxshilab yo‘lga qo‘yib borish hammamiz uchun nihoyatda foydali bo‘ladi.
Keksalarga ko‘rsatiladigan hurmat va e’zoz musulmonlar ja-miyatida shariat ta’limoti asosida amalga oshiriladi. Ya’ni bu borada Qur’oni Karim oyatlaridan, Nabiy alayhissalomning hadislaridan, ulamolarning ijmo’laridan va ulug‘larning amal-laridan dalillar, hujjatlar bordir.
Quyidagi satrlarda keksalarni e’zozlash borasida kelgan oyat, hadis va shar’iy ta’limotlarni qo‘ldan kelganicha o‘rganib chiqishga ojizona harakat qilamiz. Alloh taoloning O‘zi bu ishi-mizning oson va manfaatli bo‘lishini nasib etsin!
Fitratning “adabiyot qoidalari” qo’llanmasi va Cho’lponning “adabiyot nadur”maqolasida badiiy adabiyot masalalari
Fitratning “adabiyot qoidalari” qo’llanmasi va Cho’lponning “adabiyot nadur”maqolasida badiiy adabiyot masalalari
Tayyorladi:103-guruh talabasi Askaraliyeva Shaxzoda
Fitratning hayoti va ijodi
- Abdurauf Fitrat (1886, Buxoro shahri, Buxoro amirligi — 4-oktabr, 1938, Toshkent shahri, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbek tarixchisi, filolog, tarjimon, yozuvchi, dramaturg va shoir, zamonaviy oʻzbek tili va adabiyoti asoschilaridan biri, Oʻrta Osiyo jadidchiligining taniqli vakillaridan biri, birinchi oʻzbek professori (1926).
Cho’lponning qisqacha hayoti va ijodi
- Choʻlpon (taxallusi; asl ism-sharifiAbdulhamid Sulaymon oʻgʻli Yunusov) (1897, Andijon — 1938.4.10, Toshkent) — shoir, yozuvchi, dramaturg , tarjimon, tanqidchi va jamoat arbobi. Dastlab madrasada (1908-1912), soʻngra rus-tuzem maktabida (1912-1914) oʻqigan. Sharq mumtoz shoirlari asarlarini mutolaa qilish va jadid matbuotini kuzatish yoʻli bilan adabiy, ijtimoiy-siyosiy bilimini oshirgan.
“Adabiyot nadur”
- Adabiyot chin ma’nosi ila o’lgan , so’ngan , qaralgan ó chgan yarador kóngilga ruh bermak uchun , faqat vujudimizga emas , qonlarimizga qadar singishgan qora balchiqlarni tozalaydirg’on o’tkir yurak kirlarini yuvadirg’on marifat suvi , xiralashgan oynalarimizni yorug va ravshan qiladurgon , chang va tuproqlar tolgon koʻzlarimizni artib tozalaydirg’on buloq suvi bolgonlikdan bizga g’oyat kerakdir . ,
- Endi ey qardoshlar . ! Adabiyot o’quylik . Adiblar yetishdiraylik , ” adabiyot kechalari ” yasayluk . Ruh , his , tuygu , fikr , ong va o’y oylaylik . Agar ” bayoz ” va bemani bir ikki kitoblar ila qolsak mahvu inqiroziy bolurmiz . Yuragimiz kundan – kun toshdan ham qattiq bo’lur .
“Adabiyot qoidalari”qo’llanmasi
- Adabiyot – – fikr tuygularimizdagi to’lqinlarni soʻzlar gaplar yordami bilan tasvir qilib , boshqalardan ham xuddi shu to’lqinlarniyaratmoqdir . Bu tarif adabiyotning to’g’ri tarifidir . ,
E’tiboringiz uchun raxmat
Do’stlaringiz bilan baham:
Ma’lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma’muriyatiga murojaat qiling
Fitratning adabiyot qoidalari kitobi
Abdurauf Fitrat o‘zbek xalqi hayotida XX asr tongida boshlangan Yangi Milliy Uyg‘onish davri va uyg‘onish adabiyotining buyuk vakilidir.
Adibning hayoti va ijod yo‘li. Abdurahim o‘g‘li Abdurauf 1886-yil Buxoroda tug‘ildi. Mir Arab madrasasida o‘qidi. Turkiyaning Istanbul dorilfununidagi to‘rt yillik (1909-1913) tahsil Abdurauf dunyoqarashining shakllanishida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. «Yosh buxoroliklar»ning siyosiy kurashlaridagi faol ishtirok, maorifni isloh etish, jadidchilik harakatlaridagi jiddiy izlanishlar tufayli tug‘ilgan savollarga bu mamlakatning zamonaviy kechmishlaridan javoblar qidirdi.
Bu vaqtda u «tug‘ma iste’dod» ma’nosini anglatuvchi Fitrat taxallusi bilan ijod etayotgan shoir va yozuvchi sifatida el-yurtga taniqli edi.
1917-yil Fevral inqilobida Fitrat o‘z orzularini ham ko‘rgandek bo‘ldi, biroq Oktabr to‘ntarishi uning teran dunyoqarashiga yangi titroqlar soldi. Bir qarashda umidbaxsh ko‘ringan, aslida esa, zamirida bosqinchilik g‘oyalari, qatag‘onlik siyosati yashirin havolarda umidlarini goh ichiga yutib, goh oshkor etib yashadi.
Turkistonda til, adabiyot, san’at masalalari bilan ilk bor tashkiliy ravishda shug‘ullangan «Chig‘atoy gurungi» jamiyatiga rahbarlik qildi. Samarqanddagi Pedakademiyada dars berdi, Toshkentda Fan qo‘mitasi qoshidagi til va adabiyot institutida ilmiy xodim bo‘lib ishladi.
Buxoro Xalq Respublikasining Tashqi ishlar xalq noziri, maorif noziri singari lavozimlardagi faoliyatida Fitratning davlat arbobi sifatidagi fazilatlari namoyon bo‘ldi.
Fitrat o‘zbek adabiyotini istiqlol ruhidagi ajoyib she’rlar, publitsistik maqolalar, nasriy asarlar, dramalar hamda tilshunoslik va adabiyotshunoslikning dolzarb muammolariga bag‘ishlangan teran tadqiqotlar bilan boyitdi.
Uning «Chin sevish» (1920), «Hind ixtilolchilari»(1923), «Arslon»(1925), «Vose’ qo‘zg‘oloni»(1927), «Abulfayzxon»(1924), «Shaytonning tangriga isyoni»(1924) singari dramatik asarlari muallifga katta shuhrat keltirdi. Bulardan tashqari, Fitratning yana bir qator dramalar yozgani ma’lum, biroq ular bizgacha yetib kelmagan yoxud hozirgacha topilmagan.
Yozuvchi «Hindistonda bir farangi ila buxorolik bir mudarrisning bir necha masalalar ham usuli jadid xususida qilg‘on munozarasi»(«Munozara»), «Hind sayyohi bayonoti», «Qiyomat» nomli nasriy asarlarida zamonning dolzarb muammolarini yoritdi, xalqni ma’rifat va ziyoga chorladi, yurt va yurtdoshlarining taraqqiyparvar bo‘lishlarini orzu qildi.
Fitratning eng buy u k orzusi Vatanni ozod, elini erkin ko‘rish edi. Bu yo‘ldagi faoliyati va ijodi esa, mustabid tuzum maqsadlariga zid edi. U ana shu fidoyilikning qurboni bo‘ldi.
Fitrat tamomila nohaq ayblar bilan 1938-yil 4-oktabrda otib tashlandi.
Mustaqillik davriga kelib Fitratning buyuk nomi tiklandi. Hayoti va ijodini atroflicha va chuqur o‘rganish boshlandi.Uch jilddan iborat «Tanlangan asarlar»i bosilib chiqdi. Yuksak saviyadagi asarlari 1991-yilda Alisher Navoiy nomidagi Respublika davlat mukofotiga munosib deb topildi.
Milliy uyg‘onish jarchisi
Fitrat butun faoliyatini el va yurt ozodligi, taraqqiyot maqsadla-riga bo‘ysundirgan, shu zaylda davlatning boshqaruv tizimini, maorifni, jamiyatni, tuzumni isloh qilish g‘oyalarini ilgari surgan, faylasuf va davlat arbobidir.
Shularni amalga oshirajak qahramonlar qiyofasini, orzu, umid, armonlarini badiiy asarlarida gavdalantirgan ulug‘ san’atkordir. Olim sifatida uning tilshunoslik va adabiyotshunoslikda ham xizmatlari katta.
Bularning barchasini birlashtiruvchi va uyg‘unlashtiruvchi fazilat Fitratning Milliy uyg‘onish davri jarchisi va yalovbardori ekanidadir.
Adib «Munozara» asarida bir farangi va buxorolik mudarrisning bahsida o‘z ifodasini topgan muammolar orqali yurtdoshlarini shu vaqtgacha hukm surganidan farqlanuvchi hayotga e’tiborini tortadi. Xususan, maorifni isloh etishga, mehnatga yangicha munosabatda bo‘lishga da’vat etadi, dunyoning ilg‘or xalqlaridan o‘rganishga chorlaydi. Ma’lumki, Fitrat Turkistondagi jadidchilik harakatining eng peshqadam vakillaridan biri edi. Bu asarida uning ana shu jadidchilik g‘oyalari o‘zining yorqin ifodasini topdi.
Milliy uyg‘onish g‘oyalari, eng avvalo, shaxs erkinligi, ijtimoiy taraqqiyot muammolarini hal etishga qaratiladi. «Qiyomat» hikoyasi va uning bosh qahramoni Pochamir qiyofasida adib xuddi shu masalalarni talqin etdi. «Shaytonning tangriga isyoni» nomli she’riy dramasida bu muammo yanada keskinroq qo‘yildi. Go‘yoki diniy xurofot tanqid qilinayotgan yo‘sinda yozilgan dramada muallif o‘zining asl g‘oya va maqsadlarini tag zaminli, yashirin shaklda ifodalaydi. Tangri, Shayton, Malak, Odam aro bo‘lib o‘tgan o‘tkir munozara, bahslar asosida Fitrat asar yozilgan davrda o‘z xalqi uchun nihoyatda muhim bo‘lgan Vatan erki va shaxs erkinligi muammolarini badiiy gavdalantirdi.
Umuman, bu masala Fitrat dunyoqarashi va ijodining mehvaridan o‘rin tutishini ta’kidlash joiz. Shu ma’noda, «Yurt qayg‘usi» rukni ostida berilgan qator mansuralar, sochma she’rlar, mitti publitsistik da’vatnomalar muallifning Milliy uyg‘onish jar-chisi sifatidagi qiyofasiga abadiy o‘chmas nur sochib turadi. Mana, ona timsolidagi Vatanga murojaat etilgan ana shunday mansuralarning biridan kichik parcha: «Qayg‘u tutunlari ichra yog‘dusiz qolgan ko‘zlaring, u yosh yomg‘urlarin nechuk to‘kadir? Zulm zanjirlari bilan bog‘langan qo‘llaring nechun har yonga uzatiladir, nima tilaysan.
. Turonim, sendan ayrilmoq-mening uchun o‘limim,
Sening uchun o‘lmoq mening tirikligimdir.
Fitratning she’riy asarlari
Fitrat she’rlarining g‘oyaviy-badiiy yo‘nalishi rang-barang. Uning Turkiyada nashr etilgan (1912) forsiy tildagi «Sayxa» («Faryod») nomli to‘plamlari hamda ,,O‘zbek yosh shoirlari» (1922) nomli zamonaviy bayozga kiritilgan she’rlari asosini Vatan, erk, muhabbat, armon, orzu, tabiat, xullas, turfa tuyg‘ular tasviri tashkil etadi. Xususan, «Kim deyay seni», «Achchiqlanma degan eding», «Nega bo‘yla», «Yana yondim» singari she’rlari ana shulardandir.
«Shoir» she’ri inson ruhiyatidagi cheksiz tamannolarni, iztirob va evrilishlarni yoritishga bag‘ishlangan. So‘z ruhni nechog‘lik yaralamasin, inson umidsiz yashashi mumkin emas. Shoir esa, so‘z va run aro o‘ziga xos bir xilqatdir. Lekin, bu xilqat ishqning shunday bir “eng nozli, erka, injiq yog‘dusidir « ki, u ma’shuqasidan, ya’ni hayotdan shunga munosib marhamatni ko‘rmoq, topmoq istagi, izlanishi bilan yashab o‘tadi. Lekin, bularni u faqat o‘zi uchun qidirmaydi, o‘zi uchungina topmaydi. Bularni u “yoz gulining yaprog‘idan to‘qilgan “so‘zlar» bilan o‘rab, bizga topshirish uchun izlaydi». Shoir, Fitrat talqinicha, kichik, nozli qanotiga butun bashariyatni qo‘ya oladigan, «o‘ksuz, yo‘qsul ko‘ngillarni» ko‘taradigan bir bulbuldir. Ko‘ryapsizmi, uning mitti vujudida nechog‘lik xayrli maqsad va qudratli kuch bor. Hayotda esa tushunib-tushunmay, kimlar uni qarg‘ab, kimlar ustidan kulib yuradi. Holbuki, ingrab turgan bu mitti jon qo‘llashga, ko‘makka naqadar muhtoj.
Bu fikrlar qatiga Fitrat shoirning Vatan ozodligi, erki uchun fidoyi ishchi sifatidagi qiyofasini ham singdirgani shubhasiz. Bu she’rda, shuningdek, ma’lum darajada tasavvufiy g‘oyalar va obrazlar seziladi.
Mamlakat va millat erki uchun kurash shoir she’rlarining yetakchi g‘oyasidir.
Bu, ayniqsa, «Sharq» she’rida (1920) bo‘rtib ko‘rinadi. Asarda toptalayotgan, zo‘ravon mamlakatlar tomonidan ezilayotgan umumsharq haqida gap borsa-da, muallif uning timsolida, avvalambor, o‘z vatanini nazarda tutadi. Chunki, shu usulni tanlamasa, har tomondan talanayotgan yurt haqida ,Madaniyat degan g‘arbli olbosti, Boqing, buning ko‘kragidan o‘q bosdi» deb ochiqdan ochiq yozolmasdi. She’rdagi ,,O‘tlararo yonib turgan qishloqlar», «Tinch turg‘onlar talandilar omonsiz» singari o‘tli, g‘azabnok misralar mohiyat e’tibori bilan hayot haqiqatiga, kuni kecha kuli ko‘kka sovurilgan Qo‘qonga, yuholarcha talangan vodiy xalqiga ishora edi.
Fitrat she’rda bosqinchilarga nafratini nechog‘lik to‘kib solmasin, Vatanning, diyorning go‘zal manzaralarini chizishga nihoyatda usta.
Bosqinchilar toptamasdan burun bu o‘lkada turli xalqlar emin-erkin, ahil, hamjihat yashar edilar:
Bunda turdi har usulning har sasi, Butxonasi, o‘t uyasi, ka’basi.
Talonchilarga xomtalash bo‘lishdan avval bu yurt shunday edi:
Har yonida keng, yam-yashil o‘tloqlar, Jon suvidan yetishkandir gullari.
Bunday she’rlar elga, yurtga Milliy uyg‘onish g‘oyalarini keng yoyish, ko‘ngillarda isyon va tug‘yon alangalarini o‘t oldirish jihatidan muhim ahamiyatga ega edi.
Fitrat zamondosh va davradosh adiblardan farqli o‘laroq, asarlarida arab, fors so‘zlarini imkon qadar kamroq qo‘llashga urindi. Fikr, hissiyot, tushunchalarni, asosan, turkiy so‘zlar bilan ifodalashga harakat qildi. Zamonaviy til sandig‘idagi javohirlar yetishmay qolganda qadimgi, tarixiy turkiy so‘zlarga murojaat etdi.
Bu xususiyatlar birlashib, Fitrat asarlaridagi badiiy go‘zallikni ta’minlagan holda, o‘zbek adabiy tili mezonlarini shakllantirishda katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
Fitratning o‘zbek she’r tuzilishini isloh etishga qo‘shgan hissasi ham muhimdir. Ungacha shoirlarimiz asosan aruz vaznida yozgan bo‘lsalar, Fitrat she’riyatga faol ravishda barmoq vaznini olib kirdi. Aksar she’rlarini shu vaznda yozdi. Bu xalqona vazn she’rni hayotga yanada yaqinlashtirdi. Bu tamoyil boshqa taraqqiyparvar shoirlar ijodiga kuchli ta’sir ko‘rsatdi. U, xususan, Cho‘lpon, Elbek, Botu ijodida yorqin namoyon bo‘lib, XX asrning 20-30-yillaridan o‘zbek she’riyatidagi yetakchi vaznlardan biriga aylandi.
Fitrat o‘zbek she’r tuzilishini sochma, sarbast she’rlar bilan ham boyitdi. Shoir misralar vaznidagi erkinlik qatlamiga qofiyalanish tizimidagi keng erkinlikni ham olib kirdi. «Sharq», «Mening kecham», «Yana yondim» she’rlari «Yurt qayg‘usi» ruknidagi mansuralar ana shunday asarlardir.
O‘zbek she’r tuzilishidagi bu islohot qalb dramasini yanada teran ifodalashda, ayniqsa, qo‘l keldi. Qalb dramasi tasviri Fitrat she’riyatining asosiy xususiyatlaridan biridir. She’rlarida ko‘ringan bu uslub Fitrat dramaturgiyasida yanada teranroq namoyon bo‘ladi.
“Abulfayzxon dramasi» Fitratga qadar o‘zbek adabiyotida qator dramatik asarlar yozilgan. Dramaturgiyamiz tarixida ular o‘ziga yarasha o‘rin tutadi. Biroq, jahon adabiyotidagi mezonlar talabiga javob bera oladigan milliy ruh va milliy g‘oya bilan sug‘orilgan, teran qahramonlar aks etgan bu turdagi yetuk asarlarning muallifi sifatida Fitrat o‘zbek dramaturgiyasining asoschisi hisoblanadi.
Fitrat elni, yurtni ozod va obod ko‘rish dardini dramaturgiyada ham to‘kib soldi.
O‘tgan asrning 20-yillari boshida yozgan «Chin sevish» dramasiga Hindiston hayotidagi voqealarni asos qilib oldi. Chunki, Turkiston hayoti misolida bosqinchilarga qarshi kurash g‘oyasini ilgari surishning iloji yo‘q edi.
Asar ko‘proq ma’naviy-ishqiy yo‘nalish asosiga qurildi. Lekin, unda ijtimoiy dard yetarlicha ko‘rsatilmadi deb topdi, shekilli, muallif ko‘p o‘tmay shu yo‘nalish kuchaytirilgan boshqa bir asar yozishga kirishdi. Natijada, avvalgi asardagi bosh g‘oya va qahramonlar saqlab qolinib, milliy istiqlol ruhi kuchaytirilgan deyarli yangi drama-»Hind ixtilolchilari» dramasi paydo bo‘ldi. Asar markaziga vatanni bosqinchilardan ozod qilishni hayotning bosh mazmuni deb bilgan Rahimbaxsh va sevgilisi Dilnavoz obrazlari qo‘yildi.
Abdusubbuh, Badrinad, Fayziahmad va Mahmudxon-Rahimbaxshning hammaslaklari. Kelishmovchiliklarni, diniy, irqiy, g‘oyaviy, sinfiy va boshqa ixtiloflarni bir chekkaga yig‘ishtirib qo‘yib, birlashish va Ona tuproqni bosqinchilardan ozod etib, Hindistonni mustaqil qilish kerak, degan g‘oya asarning asosini tashkil etadi.
Fitrat shu tariqa, o‘z armonini Hindiston tasviri orqali ilgari surdi, yurtdoshlarini shu tarzda kurashga chorladi.
«Arslon» nomli besh pardali pyesasida (1925) Buxoro amirligidagi dehqonlarning og‘ir hayoti va qismatini tasvirladi.
Arslon-dramaning bosh qahramoni. U to‘yga yig‘ib yurgan pulini sarflab, bir bechora kambag‘al yigitni xonavayron bo‘lishdan saqlab qoladi. To‘lg‘inoyni cheksiz sevishiga qaramay, endi to‘y qilishning imkoni yo‘q.
Fursatdan foydalangan 50 yoshli sudxo‘r Mansurboy 18 yoshli To‘lg‘inoyga og‘iz soladi. Qiz sevgisida qat’iy, lekin Arslonga yetishishga u ham chorasiz.
Drama shu muhabbat iztiroblarini va adolat uchun kurash jarayonlarini ko‘rsatadi. Sinfiylik nazariyasiga qat’iy amal qilish, boylarni butkul qoralab, kambag‘allarni nuqul ulug‘lash talab qilingan bir sharoitda Fitrat bu mafkuraviy ko‘rsatmalarga amal qilmadi. Realist san’atkor sifatida o‘z e’tiqodiga sodiq qoldi. Ziddiyatlarni sinflar aro emas, shaxslar aro bo‘ladigan hayotiy qarama-qarshilik sifatida ko‘rsatdi. Bek, Yasovulboshi, Darg‘a singari amaldorlardagi xislatlar ham sinfiy mansubiyat sifatida emas, hayotdagi jonli odamlar tabiati tarzida talqin qilindi.
Qahramonlarni jonli, hayotiy, tarixiy haqiqatga mos tarzda realistik aks ettirish, ayniqsa, «Abulfayzxon» tragediyasida yorqin namoyon bo‘ldi.
«Abulfayzxon» nainki Fitrat ijodi, balki umuman, o‘zbek dramaturgiyasidagi shoh asarlardan biridir.
Tragediya badiiy jihatdan teran. U obrazlar tizimidagi puxtalik, kompozitsion qurilishdagi uyg‘unlik, badiiy tildagi jozibasi bilan ajralib turadi. Qahramon fikri va harakatidagi emotsionallik, g‘oyaning asardagi obrazlilik zamiridan sizib chiqishi, shakl va mazmundagi muxtasar tutum xarakterlar pafosi bilan to‘yingan holda ajib bir badiiy yaxlitlik kasb etadi. Asarning yetakchi g‘oyaviy-badiiy maqsadi zo‘ravonlik, o‘zgalarni qullarcha itoatda tutish, taxt va mansab dunyosi barcha razilliklar manbaidir degan muammoni yoritishga qaratilgan.
Dramada Buxorodagi Ashtarxoniylar sulolasining oxirgi namoyandasi Abulfayzxon hokimiyatining tanazzuli va mang‘itlar sulolasining hokimiyatga kelishi aks ettirildi.
Abulfayzxon taxtni egallagach, eng yaqin kishilaridan ham shubhalana boshladi, ko‘pini hibsga olib, birin-ketin qatl etdi. O‘tmishdagi bu tarixiy haqiqatni ko‘rsatish orqali muallif zamonaviy dardlarni ko‘t’arib chiqdi. Uning asar asosiga joylagan asl niyati yashirin zulm va zo‘ravonlik asosiga qurilgan, bu yo‘lda istibdodning hech qanday manfurligidan qaytmaydigan tuzumni fosh etish edi. Bir jihatdan, tarixning qora va og‘ir bir davri yorqin ko‘rsatib berildi. Ikkinchi bir jihatdan, taxtning yangi egalari bilan birga, o‘z yurtiga sotqinlik qilgan, yangi a’yonlar bilan og‘iz-burun o‘pishgan yerli amaldorlar ko‘magida boshqarilayotgan yangi tuzum va yangi jamiyatning kirdikorlari ham ochib tashlandi. Xayol tilidan asar nihoyasida taxtga nisbatan aytilgan: «Eng qop-qora saodat-sensan» deyilgan fikr Rahimbiy timsolidagi xonga nisbatangina emas, ayni vaqtda, asar yozilgan davr jamiyatining arkoni davlatiga ham ishoradir. Xususan, Xayol tilidagi: «tinchlik saqlamoq bahonasi bilan millionlarcha inson ko‘masini(Ko‘ma-to‘plam, uyum.) chuqurdan-chuqurga yumalatmog‘ining zamoni hanuzg‘acha bitmadimi?» deyilgan fikrda Fitrat o‘z zamonasiga nisbatan o‘zining qarashlarini ochiq-oydin aytib ham yuboradi. Bundan tashqari, bu fikr hatto, bizning XXI asr uchun ham o‘ziga yarasha qimmatli emasmi?
Tragediyaning obrazlar tizimidagi badiiy mantiq va o‘zaro bog‘lanish kuchli. Abulfayzxon-asarning bosh qahramoni. Uning kuchi aqlida emas, podsholigida, xolos. Podsholigi xayolidan ko‘tarilganda o‘ziga ishonmay qo‘yish, shundan. Abulfayzxon, aslida, nomard, qo‘rqoq, vahimachi odam. O‘ziga ishonmagani bois hammadan hayiqaveradi.
Uning atrofidagilar ham o‘ziga yarasha. Yanada to‘g‘rirog‘i, ishni va gapni unga yoqadigan yo‘sinda tutadiganlar. Katta amaldor Ulfatning «podshohlik qon bilan sug‘oriladigan og‘ochdir» deyishi, o‘zininggina gapi emas. Bu xonga juda ma’qul gapdir. Qozikalon Nizom, to‘qsabo Davlat, xonning otalig‘i Hakimbiylar ham shu yo‘nalishdagi kishilardir.
Bu qahramonlarning mohiyati bir yo‘nalishda. Lekin, muallif ularni har birini, xuddi hayotdagidek, o‘ziga xos bo‘lgan fe’l-atvor orqali ko‘rsatadi.
Ulfat va Davlat shu qadar ustamonki, aksar o‘rinlarda xon ularning yetagidan chiqolmay qoladi. Otaliq Hakimboy esa, ayyor, pixini yorganlardan. Nodirshoh bo‘lsa, uzoqni ko‘zlab ish tutadigan tadbirkor. Dushmanini tashqaridan emas, avval ichdan, qatoridagilarni qo‘lga olib, munofiq va xiyonatchilardan foydalanib, mahv etish yo‘lini tutadiganlar xilidan.
Bulardan farqli o‘laroq, Farhod otaliq mard, to‘g‘ri so‘z, e’tiqodidan qaytmaydigan kishi. U og‘ir vaziyatlarda, nainki g‘ururini saqlab qola biladi, balki kerak bo‘lsa, xonning ko‘ziga tik boqib haqiqatni ayta oladi ham. Fitrat bu qahramonlar orqali o‘zining realist san’atkorligini ko‘rsatadi. Xonga to‘g‘ri gapirib kim baraka topibdiki, Farhod otaliq topsa. Bu qahramon ham haqgo‘yligi uchun munosib jazosini oladi. Besh daqiqadayoq uning boshini laganga solib, xon oldiga keltirib qo‘yadilar. Holbuki, Farhod otalik xonni, uning o‘z tili bilan aytganda, “bir ota kabi asragan» zot edi.
Asar janr tabiatiga ko‘ra tarixiy tragediyadir. Uning asosini Ulfat, Davlat, qozi Nizom singari badiiy to‘qima obrazlardan tashqari, Nodirshoh, xonning inog‘i Hakimbiy, Ibrohimbiy otaliq, tarixchi Mirvafolar singari tarixiy shaxslar obrazlari tashkil etadi.
Tragediyaning bosh qahramoni-Buxoro xoni Abulfayzxon ham tarixiy shaxsdir.
Asarning so‘nggi-beshinchi pardasi yakunida Siyovush timsolidagi Xayol obraziga duch kelamiz. Muallif bu ramziy obrazni asarga zo‘ravonlik va shafqatsizlikdan iborat g‘ayri-insoniylikning alal-oqibati fojiadir, degan falsafiy ma’noga urg‘u berish uchun kiritadi.
Buyuk ingliz dramaturgi Vilyam Shekspir tajribalarining ta’siri sifatida o‘zbek dramaturgiyasida Fitrat asaridan boshlangan ruh timsolidagi obraz yaratish Shayxzodaning «Mirzo Ulug‘bek», Abdulla Oripovning «Sohibqiron» kabi asarlarida davom ettirildi.
Xayol obrazi munosabati bilan va umuman, «Abulfayzxon»da kompozitsion uyg‘unlikning muhim o‘rin tutishini ta’kidlash kerak.
Kompozitsiya bu, muallif bosh maqsadi va g‘oyasining uzviy ravishda ochilishini ta’minlash maqsadida asardagi ayrim qismlar voqealar obrazlarning joylashtirilish tartibidagi uyg‘unlikdir. San’atkor u yoki bu fikrni, muayyan bir falsafani,.harakatdagi qahramonni asarning asosiy g‘oyasini yechish uchun shunday bir tizimda, tartibda, bog‘lanishda joylashtiradi-ki, ular ayni shu joyda ham, alohida-alohida ham o‘zlarini va birlashib, muallifning asl niyatini yorqin tarzda yuzaga chiqara olsinlar. Kichik tafsilotlardan tortib, ko‘zga ko‘rinmas me’yorgacha kompazitsiya tartibotida muhim vazifani bajaradilar.
Demak, kompozitsion qurilishdagi mahorat asarning muvaffaqiyatini ta’minlaydigan eng muhim vositalardan biri bo‘lganidek, undagi noizchillik badiiy mantiqning buzilishiga olib keladi va asar hujayralaridagi joziba ta’sirini barbod qiladi.
E’tibor bersangiz, «Abulfayzxon»ning birinchi pardasi Qozi Nozim, Ulfat, Mirvafolarning shohmot surayotgan holati bilan ochiladi. Bu manzara boshdanoq asar yo‘nalishi, g‘oyasi, qahramonlari, yozuvchi maqsadi haqida darak beruvchi yog‘dudir. Uni asar o‘rtasiga yoxud oxiriga qo‘yish mumkin emas. Uning joyi xuddi shu yerda. Bu manzara shohmot ustidagilarning faqat taxta emas, Abulfayzxon saroyi hamda qismatining asosiy o‘yinchilari ekaniga ishoradir. Xonning uyi tarzida ko‘rsatilgan bu manzara, ayni vaqtda, hali sahnada paydo bo‘lmagan Abulfayzxonning o‘ziga tashlangan bir savoldir: U shohmot taxtasi yanglig‘ hayot maydonida, xonlik sarhadlarida oqilona va to‘g‘ri ot sura oladimi, yo‘qmi?
Yoki asar nihoyasida sahnaga kirib kelgan xayol obraziga nazar tashlaylik. Dramaturg uni birinchi, ikkinchi yoki uchinchi pardalarda ko‘rsatgani yo‘q. Nima uchun? Shuning uchunki, zimmaga yuklangan badiiy vazifa xayolning dastlabki pardalarda emas, so‘nggi pardalarda va buning ustiga, bu pardaning shu oxirgi sahnasida namoyon bo‘lishini taqozo etadi. Tragediya g‘oyasining cho‘qqisi ham xuddi shu-Xayol obrazining falsafiy mushohadalari zimmasiga qo‘yiladi. Inson «Esini bir joyga to‘plab» o‘z erki, o‘z huquqining qadriga o‘zi yetmog‘i lozim. Aks holda, zo‘ravonlikning, zulmning kushandasi bo‘lib qolaveradi.
«Abulfayzxon» dramasida Fitrat ezgulik, insof, adolat va shaxs erkini ulug‘ladi. Bu qadriyatlarni hokimiyat uchun turli-tuman, yolg‘on-yashiq va chirkin vositalarga keskin qarama-qarshi qo‘ydi.
Avvalambor, Abulfayzxonning o‘zi Buxoro taxtini razil yo‘llar bilan egallagan. Maqsadiga erishish uchun akasi Ubaydullaxonning joniga qasd qilgan. «Al qasos-ul minal haq» deganlaridek, o‘zi ham saroy fisq-u fujurlarining qurboni bo‘ladi: raqiblari tomonidan xoinlarcha o‘ldiriladi.
Dramaturg saltanat tanazzuli sababini Abulfayzxon tabiatini tahlil etish orqali ko‘rsatadi. Xon butun mamlakatni, barcha amaldorlarni qo‘rquv, titroq, dahshat ostida tutib turdi. Chaqimchilik, tuhmat, fisq-u fujur, odamlarni gij-gijlashni yurtni bosh-qarish tuzumida yetakchi qoidalar deb bildi. Mamlakatda o‘zaro ishonchsizlik, hadik avjiga chiqdi. Natijada, johillik zamiriga qurilgan, zo‘ravonlik siyosatiga yukungan saltanat uning egasi yanglig‘ inqirozga yuz tutdi. Lekin, yurtda ezgulik, insof adolatning qadr-qimmatini tushunadigan, ularning hayotdagi o‘rni va bahosini e’zozlaydigan kishilar yo‘q emas edi. Asardagi ana shunday obrazlardan biri Ibrohimbiy otaliqdir.
Rahimbiy. Abdumo‘min to‘rani xon ko‘targanimdan xabaringiz yo‘qmi?
Ibrohimbiy. Abdumo‘min to‘ra o‘n besh yashar bir bola. Uni
xon ko‘tardingiz nima, ko‘tarmadingiz nima?
Rahimbiy. Siz bo‘lg‘anda nima qilar edingiz?
Ibrohimbiy. Men bo‘lganda, Abulfayzxonni tushurg‘ach, qurultoy chaqirar edim. Yangi xon bilan uning otalig‘ini el boshliqlarining kengashlari bilan belgilar edim.
Ibrohimbiy adolatparvar qahramon. U qo‘rqmasdan, hatto, xonga qarshi kurash yo‘liga o‘tgan. «Elga yomonlik qilgan xon» ekani, yurtni talagani, hukumat ishlariga qaramagani mustaqil fikrga ega bo‘lmagani uchun Abulfayzxon bilan ziddiyatlarga kirishgan. U yurt egasini qurultoy yo‘li bilan saylash lozim, degan ilg‘or dunyoqarash egasidir.
Fitrat Ibrohimbiy qiyofasidagi bu to‘xtamga behuda urg‘u berayotgani yo‘q. Drama yozilayotgan 1924-yilda go‘yo xalq xohish-irodasi bilan amalga oshirilayotgandek, aslida esa, zo‘rma-zo‘rakilik bilan jumhuriyatlarni bo‘lish jarayoni kechmoqda edi. Jumhuriyatga olis markazning o‘z odami majburan tayinlanishi ham turgan gap edi. Yurt egasi qurultoy bilan, xalq ma’qul ko‘rganlar safidan saylanmog‘i kerak, deb qahramonni so‘zlatgan Fitrat dramaga elning shu zamondagi orzularini ham singdirib yuborgan edi.
«Abulfayzxon» dramasi orqali muallif o‘zbek adabiyotida ilk bor inson va tarix, shaxs va jamiyat munosabatlarini badiiy yo‘sinda gavdalantirish va bu masalalardagi badiiy idealni hal etish yo‘llarini izladi. Qay darajada jamiyat farzandi bo‘lmasin, ijtimoiy munosabat unda qay yo‘sinda o‘z muhrini qoldirmasin, shaxs, Fitrat talqinicha, eng avvalo alohida individdir. Shaxs kamolotida tarbiya va jamiyat ta’siri muhim bo‘lgani bilan shaxs tabiatida irsiyat va shundan kelib chiquvchi o‘ziga xoslikning o‘rni kuchlidir. Shuning uchun shaxs, Fitrat talqinida, tarixni harakatga keltira oluvchi kuch, jamiyatga faol ta’sir ko‘rsatuvchi siymo sifatida ko‘rsatiladi.
Tragediyada gavdalantirilgan Abulfayzxon ana shunday shaxs, biroq afsuski, tarixda salbiy iz qoldirgan shaxsdir. Lekin dramaturg qahramonini salbiy deb, faqat qora ranglar bilan chaplamaydi. U tarixan hayotda qanday bo‘lsa, shunday gavdalantiriladi. Badiiylik qonuniyatlari bilan xarakterini teranroq va tiniqroq qiladi, xolos. Fitrat jamiyat, muhit va sharoitning shaxsga ko‘rsatuvchi ta’sirini badiiy gavdalantirishni ham unutgani yo‘q.
Xonning xo‘jasaroyi Ulfat, Qozi kalon Nizom, Davlat to‘qsabo, Rahimbiy va Hakimbiy otaliqlarning Abulfayzxon tegirmoniga suv quyib, uni jaholat va razolatga sudrashdagi faolliklari haqida yuqorida gapirildi. Bu xuddi o‘sha muhitning, sharoitning, tarixiy vaziyatning shaxsga o‘tkazuvchi ta’siri va shu tarixiy jarayonning badiiy talqinlaridir. Ubaydullaxon, Abulfayzxon, Abdumo‘minxonlarning xiyonatkorona o‘ldirilishida ham tarixiy sharoitlarning inson taqdiriga ko‘rsatgan ta’siri yotadi. Asar so‘nggiga yaqin Abulfayzxon o‘z razilliklaridan pushaymon, nadomat chekkan holda beriladi. Bu bilan muallif tarix va shaxs aro munosabatlarning vovaylo qo‘ynida inson hech qachon faqat razillik timsoli bo‘lib qololmaydi, inson o‘zini-o‘zi anglash fursatini topmog‘i kerak, degandek bo‘ladi.
Asar tragediya janrida bo‘lgani uchun unda foj i alar ko‘p. Lekin hayot faqat foj i alardan iborat emas.
Dramaturg hayot nurlarini, nurli qahramonlarni hamda shaxs va jamiyat, inson va tarixning o‘zaro munosabatlarini shu qahramonlar talqiniga ham singdiradi.
Shaxs va jamiyataro munosabat masalasidagi o‘z idealini dramaturg, ayniqsa, Ibrohimbiy obrazida aks ettirdi.
«Abulfayzxon» XVII asr Buxoro hayotidan olib yozilgan, tarixiy haqiqat asosiga qurilgan birinchi tarixiy tragediyadir. Unda ilk bor o‘zbek dramaturgiyasida shekspirona teran tragik obrazlar yaratildi. U shu janrda jahon miqyosida tan olingan shoh asarlar qatoridan munosib o‘rin ola biladi.
Uning ahamiyati o‘zbek xalqi tarixidagi muhim hodisa va tarixiy shaxslar qismati haqqoniy aks ettirilishidagina emas. Zo‘ravonlik va shafqatsizlik mohiyati, zulm va istibdod asosiga qurilgan hokimiyatning barbod bo‘lishi, ezgulikning zavoli, uvoli va kamolidagi mangu muammolarning go‘zal badiiy talqinida namoyon bo‘luvchi fazilatlar bu asarni zamon va makonga bo‘ysunmas ravishda e’tiborli va qimmatli qiladi. Yuksak mahorat bilan yozilgan drama muallifning san’atkor, millatparvar, vatanparvar sifatidagi siymosini uyg‘unlashtiradi.
Asar yoshlarni istiqlol ruhida tarbiyalashda, mustaqilligimizning qadriga yetishda muhim ahamiyatga ega.
Fitrat XX asr o‘zbek adabiyoti taraqqiyotida alohida o‘rin tutadi. U Milliy Uyg‘onish adabiyotining jarchisi va asoschilaridan biri, jadidchilik harakatining ulkan arbobidir. U Yangi zamon she’riyatida barmoq vaznini mustahkamladi, erk va istiqlol g‘oyalarini kuyladi. Vatan ozodligi, yurt istiqboliga bag‘ishlangan maqolalari bilan o‘zbek publitsistikasining tamal toshini qo‘ydi. Hali hikoyachilik janr sifatida yetarlicha to‘liq shakllanib ulgurmagan bir davrda «qiyomat» singari asari bilan bu janrning qaror topishiga katta hissa qo‘shdi. Dramalari bilan o‘zbek adabiyotiga ko‘plab yangi qahramonlar kirib keldi. Ular qatag‘on davrining badiiy solnomalari sifatida adabiyotdan mustahkam o‘rin egalladi. «Abulfayzxon» tragediyasi nainki dramaturgiyamiz, balki, umuman XX asr o‘zbek adabiyotining ,,O‘tkan kunlar», «Kecha va kunduz», «Navoiy» singari mangu zavol bilmas namunalari qatoridan joy oldi. Fitrat asarlari o‘zidan keyingi adiblar uchun mahorat maktabi bo‘lib qoldi. Bu rang-barang merosda Fitratning adabiyotshunoslik, tilshunoslik, san’atshunoslik va siyosatshunoslikka bag‘ishlangan tadqiqot va maqolalari salmoqli o‘rin tutadi.
Fitratning ilmiy merosi
Fitrat badiiy asarlar bilan birga, maxsus ilmiy-nazariy yo‘nalishdagi asarlar ham yozdi. Uning «She’r va shoirlik» (1919) nomli maqolasidan tortib, «Bedil», «Aruz haqida» (1935) nomli risolalarigacha, barchasi badiiy adabiyot va u haqdagi ilmning dolzarb amaliy-nazariy masalalariga bag‘ishlangan. «Adabiyot qoidalari» (1926) nomli kitobi o‘tgan asarning 20-30-yillarida jumhuriyatimizda adabiyot nazariyasidan darslik Vazifasini o‘tadi. «Fors shoiri Umar Xayyom», «Firdavsiy zamoni va muhiti», «Ahmad Yassaviy», «Navoiyning forsiy shoirligi va uning forsiy devoni to‘g‘risida», ,,O‘zbek shoiri Turdi», «Mashrab» singari tadqiqot va maqolalarida sharq va o‘zbek mumtoz adabiyotining atoqli vakillari ijodi hamda ular bilan bog‘liq muammolar XX asr o‘zbek adabiyotshunosligida ilk bor maxsus tadqiq etildi.
Fitrat «Farhod va Shirin dostoni to‘g‘risida», «XVI asrdan so‘ng o‘zbek adabiyotiga umumiy bir qarash», «Hibat ul-haqoyiq» singari umumlashma, muammoviy xarakterdagi maqolalar yozdi. Ularda turli ijodkorlarga mansub ayrim asarlarni sharqda ilk bor qiyosiy yo‘sinda o‘rgandi. Muayyan davr ijodkorlarining o‘ziga xosligini, adabiyot tarixida tutgan o‘rnini yoritdi. Turkiy adabiyotga mansub shoh asarlardan birini nainki bir xalq badiiy adabiyoti ravnaqi, balki umuman kishilik falsafiy-estetik tafakkuri tarixida tutgan o‘rnini birinchilardan bo‘lib yechib berdi.
To‘g‘ri, Fitrat ilmiy qarashlarida. o‘z davri bilan izohlanuvchi ayrim cheklanishlar mavjud. «Ahmad Yassaviy», «Ahmad Yassaviy maktabi shoirlari to‘g‘risida tekshirishlar» nomli maqolalari shular jumlasiga kiradi. Bu cheklanishlar bilimdon, dono olimga sho‘ro mafkurasi zug‘umining ta’siri tufaylidir.
Fitrat tadqiqotlarining deyarli barchasi, beistisno ravishda, birlamchi manbalar, qadim va yaqin qo‘lyozmalar asosida amalga oshiriladi. Tadqiq va tahlil orqali Fitrat aksar o‘rinlarda badiiy asarni ilk bor muomalaga olib kiradi va ularni kitobxon mulkiga aylantiradi. So‘nggi, taxminan, yetmish yil ichida mumtoz adabiyot tarixi bo‘yicha yoritilgan u yoki bu ulkan muammolarning javhari Fitrat tadqiqotlarida yotadi. Shuning uchun XX asrda yetishib chiqqan qator ulkan adabiyot tarixi allomalari uchun Fitrat buyuk ustoz sanaldi.
Fitrat fidoyi adabiyotshunos olimdir.U jahon adabiyotining uzoq tarixiga doir eng noyob namunalardan biri «Qutadg‘u bilig» ning Qohira, Vena nusxalaridan keyingi Namangan nusxasini topib, ilm, madaniyat olamiga olib kirdi. Fitrat saralagan, tuzgan va nashr etgan ,,O‘zbek adabiyoti namunalari» (1928) majmuasi tufayli she’riyatimizning ko‘pdan-ko‘p namunalari xalq mulkiga aylandi, keng kitobxonlar qo‘liga tegdi.
Olimning tilshunoslik sohasidagi mehnatlari ham salmoqlidir. «Dunyoning eng boy, eng baxtsiz bir tili qaysi tildir? Bilasizmi? Turkcha! Shoirlik qilmoqchi emasman, so‘zning to‘g‘risi shudir!» deb yozadi u «Tilimiz» (1919) maqolasida va davom etadi: «Ming yildan beri ezila kelmishdir. Lekin bitmamishdir. Bitmas, yashamishdir, yashar. Negakim boydir».U ona tilining chuqur tadqiq etilmagani, boshqa xalqlar tomonidan siquvda bo‘lgani, unga chet so‘zlarning yopirilib kirgani uchun ko‘p qayg‘urgan edi. Shu bois «Etimologiya», «Nahv. O‘zbek tili qoidalari to‘g‘risida bir tajriba» (1930) singari kitoblari, darsliklari, bu yo‘nalishdagi qator maqolalari qalb ehtiyoji va davr talabi bilan maydonga keldi. U XX asr o‘zbek madaniyat arboblari ichida birinchilardan bo‘lib, «Devon-u lug‘atit turk»ni o‘rganishga kirishdi, mo‘g‘ul tilining lug‘atini tuzishga tayyorgarlik ko‘rdi. Yangi tojik alifbosining loyihasi yuzasidan takliflar bildirib, maxsus maqola yozdi.
Fitrat davrning muhim siyosiy masalalariga hech qachon befarq qaramadi, Turkistonning siyosiy hayotida faol ishtirok etdi. Muhim va dolzarb muammolarga chuqur bilimli siyosatchi sifatida o‘zining munosabatini bildirdi. Matbuotdagi bahslarda ishtirok etdi. Mamlakat taqdirida muhim ro‘l o‘ynaydigan muammolar yuzasidan o‘zining aniq takliflarini o‘rtaga tashladi. Uning «Siyosiy hollar», «Muxtoriyat», «Turkistonda ruslar», «Angliz va Turkiston», «Sharq siyosati» singari o‘nlab publisistik maqolalari o‘zbek siyosatshunosligida muhim o‘rin tutadi. Ular o‘zining amaliy ahamiyati jihatidan ham nihoyatda qimmatlidir. Shahar dumasiga saylov o‘tkazilishi munosabati bilan yozilgan «Musulmonlar, g‘ofil qolmang!» (1917) maqolasi yurtdoshlarini hushyorlikka chaqirsa, «Sharq siyosati» maqolasida (1919) Sharqni taraqqiy etib borayotgan g‘arb, Ovropa oldida qulluq qilibgina qolmay, yuksalishning izchil tadorigini ko‘rishga chaqiradi. Endi XX asr oxiri XXI asr boshlarida uzil-kesil hal bo‘lgan Yevropa Ittifoqi tuzilishi mum-kinligining dastlabki harakatlari boshlanayotganini Fitrat o‘sha vaqtdayoq anglab yetgan ekan.
«Yosh buxoroliklar»ning aksar muhim programm hujjatlari va Buxoroda islohotlar o‘tkazish dasturi loyihalari ham Fitrat qalamiga mansub ekani, Buxoro jumhuriyatida turkiy til davlat tili deb e’lon qilinishi lozimligi haqidagi takliflar boshida Fitrat turgani uning nechog‘lik o‘tkir siyosatshunos bo‘lganini ko‘rsatadi.
Fitrat ilmiy asarlari, ilmiy-nazariy qarashlari «yangilanish» va taraqqiyotning «murakkab va zug‘umli» yo‘llarini boshdan kechirayotgan mamlakatning madaniy-adabiy va ijtimoiy-siyosiy hayoti uchun o‘z vaqtida muhim ahamiyatga ega edi. Adabiyot, til, san’at, siyosat masalalariga doir bu ilmiy maqolalar keyingi bosqichlarda shu sohalarning ham amaliy, ham nazariy yo‘nalishlari rivojiga kuchli ta’sir ko‘rsatdi.
Fitrat tadqiqotlari keyingi avlod mutaxassislari shakllanishida muhim ro‘l o‘ynadi. Oliy maktab ehtiyoji, akademik yo‘nalishdagi salmoqli adabiyot nazariyalari, o‘zbek tili grammatikasi, san’atimiz tarixi, siyosatshunoslik taraqqiyoti tamoyillari o‘rganilgan tadqiqot va darsliklarning yuzaga kelishida, shubhasiz, Fitrat ilmiy merosining, adabiy asarlari va asar qahramonlarining ahamiyati kattadir.