FIZIK KIMYO
ilm-fan rivojiga hissa qo’shgan kashfiyotchi olimlar va ixtirochilar hayoti .
Fizik kimyo kitob
Kashfiyotlar va ixtirolar, fan texnika yangiliklari, fizik va ximik olimlar, qurilamlarning ishlashi, turli dvigatellar haqida, fizik hodisalar, Flash dasturida tayyorlangan o’yinlar, fizik hodisalar virtual labaratoriyasi, Flash test o’yinlari, jahon ilmiy tadqiqot markazlari, eng qiziqarli masalalar, Matematika, fizika, astronomiya, geometriya, ilm-fan haqida hikmatlar, hadislar, oyatlar va boshqa ko’plab malumotlar hamda maqolalar
ilm-fan rivojiga hissa qo’shgan kashfiyotchi olimlar va ixtirochilar hayoti .
Bu sayt endi AQL.uz saytiga ko’chdi.
Maqolalar davomi www.aql.uz saytida
Isaak Nyuton
Ingliz fizigi va matematigi, klassik mexanikaning asoschisi Isaak Nyuton tarixdagi eng mashhur olimlardan biri edi. Nyuton 1661 �yil Angliyaning Linkolnshir shahrida fermer oilasida tug�ildi. U Kembrij universitetining matematika fakultetiga o�qishga kirdi va uni 1665-yil tamomladi. O�sha yili chuma epidemiyasi kasalligi keng tarqala boshladi va bu kasallik Kembrij shahrigayam yetib keldi, natijada universitet yopildi. Keyinchalik Nyuton o�z shahri Linkolnshirga qaytdi. 1668 yilda Nyutonga magistr unvoni berildi va shundan so�ng u Kembridj universitetida fizika-matematika kafedrasiga boshchilik qila boshladi. 1672 yilda u London Qirollik jamiyatining a�zosi qilib saylandi, 1703 yilgacha esa uning prezidenti bo�ldi.
Isaak Nyutonning ilm- fanga, xususan matematika, fizika faniga qoshgan hissasi benihoyat ulkandir. U fizika va matematika fanlariga juda ko�plab qonunlarni va teoreyalarni kiritdi. Harakat va tortishish qonunlarini, butun olam tortishish qonuni, yorug�lik qonuniyatlari, yorug�likning tarqalishi ni o�rgandi. Nyuton matematik hisoblarni qo�llab ko�p asrlik muammo bo�lgan koinotdagi samoviy jismlar harakati muammolarini hal etdi . Yerning tortish kuchi borligini isbotladi, Aytishlaricha uning bu boradagi izlanishiga sabab: daraxt tagida o�tirganda boshiga olma tushgani ekan. O�zi kashf qilgan butun olam tortishish qonunini Nyuton muvaffaqiyatli ravishda osmon jismlarining harakatini tushuntirishga tadbiq qildi. U ishlab chiqqan mexanika va fizikaning asosiy vazifalari zamonasining ilmiy muammolari bilan uzviy bog�langan edi. Masalan, optika sohasidagi tadqiqotlar optik asboblarning kamchiliklarini bartaraf qilishga qaratilgan edi. �Yorug�lik va ranglarning yangi nazariyasi� (1672) nomli optikaga oid qarashlarini bayon qildi. Bu ish qizg�in bahsga sababchi bo�ldi. Nyutonning yorug�lik tabiati haqidagi korpuskulyar qarashlariga ingliz olimi R.Guk qarshi chiqdi. U vaqtda Nyuton yorug�lik haqidagikorpuskulyar va to�lqin tasavvurlarni o�z ichiga oluvchi gipotezani olg�a surdi. 1704-yilda nyuton o�zining ko�plab mehnati natijasida yozgan �Optika� deb nomlangan kitobini chiqardi. Unda yorug�likning xususiyatlari, uning tarkibi, umuman olganda bu kitob optikaga bag�ishlangan edi. Nyutonning optika sohasidagi tajribalaridan biri, u quyosh nurini shisha prizma orqali qorong�i xonaga o�tkazib spektrdagi 7 xil rangni hosil qildi. U shuni isbotladiki: Oq yorug�lik tarkibida 7 xil rang mavjud ekan.
Nyuton barcha sayyoralar quyosh atrofida aylanishini ilmiy ravishda isbotlab, Keplerning sayyoralar harakati haqidagi qonunlarini tasdiqladi. Nyuton matematika faniga ko�plab qonunlar kiritdi, masalan, kombinatorika elementlari, guruhlash, yoki sonlarni o�rnini almashtirishdagi usullar soni va hokazolarni fanga kiritdi. Aytishlaricha, Nyuton yoshligidan o’ta kamgap inson bo’lgan ekan. hech qanday ortiqcha yoki behuda gaplar aytishni xush ko’rmas ekan.
Maykl Faradey
Maykl Faradey 1791 �yil London (Angliya) atrofida istiqomad qiluvchi temirchi oilasida tug�ildi. Dastlabki mehnat faoliyatini kitob do�konida boshladi. 1813-yilda u Londondagi qirollik tadqiqot institutida laborant lavozimida ishga joylashdi. 1833-yil shu institutda professor darajasiga erishdi. Faradey, o�zidan avval magnetizmni o�rgangan olim Ersted ning kashfiyoti haqida eshitib, quyidagi so�zlarni yozgan edi: �Elektr magnetizmni vujudga keltirar ekan, magnetizm elektrni vujudga keltirmasmikan ?� Agar boshqacha aytadigan bo�lsak : �Agar elektr toki magnit maydonni hosil qilsa, magnit maydon yordamida elektr tokini hosil qilib bo�lmasmikan�.
Faradey buning amalgam oshishiga ishonar edi, lekin qanday amalgam oshirishni bilmas edi. 1822-yilda boshlab, tajriba ketidan tajriba o�tkazib, u qo�yilgan masalani hal qilishga intildi, lekin tezda muvaffaqiyatga erisha olmadi. Faqat oradan to�qqiz yil o�tgach ya�ni 1831-yilda mehnati va tirishqoqligi natija berdi: u tajribada magnit yordamida elektr tokini hosil qildi ya�ni g�altak orasiga doimiy magnitni harakatlantirib induksion tok hosil qildi. Faradey o�zining ilm fan yo�lida bardoshligi va tirishqoqligi bilan boshqa olimlarga o�rnak bo�la oldi. Ushbu kashfiyotini qo�llab mexanik energiyani elektr energiyaga aylantirib beruvchi qurilma yaratdi. Uning bu kashfiyoti hozirgi turmush hayotimizda juda keng qo�llaniladi.
Nobel Alfred Bernxard
Nobel Alfred (1833-1896) mashhur Shved injener �kimyogari. 1853- yildan boshlab Rossiya armiyasiga qurol yetkazib beradigan otasiga qarashli �Nobel� fabrikasida ishlagan. 1865-yili fabrikada portlash yuz berib, bir qancha insonning hayotiga zomin bo�lishidan keyin Nobel portlashga qarshi chora ko�rish maqsadida himoya vositalari chiqarish ustida ishladi. Shvetsiya, Angliya va Aqsh patentlagan dinamitni kashf etdi (1867). Tutunsiz poroxning tarkibini ishlab chiqdi. 33 millionga yaqin shved kronini (pul birligi) fizika, kimyo, fiziologiya, tibbiyot, adabiyot sohasidagi ishlarga hamda tinchlikni mustahkamlash yo�lidagi faoliyatlarga vasiyat qilib qoldirdi. Bu nobel mukofoti deb nomlanib har yili kimyo, fizika, adabiyot, tibbiyot va jahonda tinchlikni o�rnatish kabi sohalarda qilingan ishlar uchun berilib kelinmoqda
ilm fan rivojiga hissa qo’shgan olimlar hayoti |
kashfiyotchilar va ixtirochi olimlar. |
FIZIK KIMYO
FIZIK KIMYO — kimyoviy hodisalarni tushuntirish va ularning qonunlarini fizikaning umumiy printsiplari asosida aniqlab berish bilan shug’ullanadigan fan sohasi. Kimyoviy termodinamika, kimyoviy kinetika, kataliz, sirt hodisalari, eritmalar, kvant kimyosi haqidagi ta’limotlar, molekulalar, ionlar, radikallarning tuzilishi va xossalari to’g’risidagi ta’limotlar Fizik kimyoning asosiy bo’limlari hisoblanadi. Fizik kimyo deyarli mustaqil bo’lim sifatvda elektrokimyo, fotokimyo, kristallokimyo, radiasion kimyo, fizik kimyoviy analiz kabi bo’limlarni ham o’z ichiga oladi. 1840 yilda G.I.Gess Fizik kimyoning asosiy qonunlaridan biri — kimyoviy o’zgarishlarda issiqlik yig’indisining doimiyligini kashf qildi. 19-a.sr o’rtalarida P Bertlo va daniyalik termokimyogar X.Tomsen reaktsiya issiqliklari haqidagi tasavvurlari bilan Fizik kimyoga katta hissa qo’shdilar. Nemis olimi V. Ostvald 1887 yil Leypsig universitetida ilk bor Fizik kimyo kafedrasini tashkil qildi. Fizik kimyo 19-asr oxirlarida mustaqil fan sifatida ajralib chiqdi. Fizik kimyoning 19-asrning 2-yarmi va 20-asr boshlarida rivojlanishining o’ziga xos tomoni makroskopik, ya’ni bevosita tekshirilayotgan sistema va jarayonlarni o’rganishdan iborat bo’ldi. Ideal gazlar holat tenglamasi uzilkesil aniklab berildi (B. Klapeyron, Ts.I.Mendeleev). Termodinamika qonunlari kimyoviy va fazalar muvozanatlariga tatbiq etildi (J.Gibbs, Ya.VantGoff, V.Nernst, A.Le Shatele, N.S.Kurnakov, G.Tamman), makroskop ik kinetika asoslari (K.Guldberg, P.Vaage, N.I.Beketov, Ya.VantGoff) ishlab chiqildi, reaktsiyaning aktivlanish energiyasi xakidagi tasavvur kiritildi (S. Arrenius). M.Faradey asos solgan kataliz haqidagi tasavvur yanada rivojlantirildi. Adsorbtsiyaning asosiy krnunlari ta’riflab berildi (J.Gibbs).Suyultirilgan eritmalarning termodinamik nazariyasi olg’a suriddi (F.Raul’, Ya.VantGoff, Ts.P.Konovalov). Elektrolitik dissosiasiya nazariyasi yaratildi (S.Arrenius). Galvanik elementlar uchun elektrod potentsiallari tushunchasi kiritildi (V. Nernst). Fizik kimyoning shu taraqqiyot bosqichida qo’lga kiritilgan tadqiqot natijalari sanoatga tatbiq etildi (ammiak sintezi, tuz qazib olish, ba’zi metallurgiya jarayonlari, haydash, rektifikatsiya va boshqalar). 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida tibbiyot fanlari sohasidagi yirik kashfiyotlar — rentgen nurlari, elektron, radioaktivlik hodisasining ochilishi, spektroskopiyaning rivojlanishi Fizik kimyoning yangi bosqichi uchun zamin bo’ldi. Elektronlarning atom va molekulalarda harakatlanishi qonunlarining (kvant mexanika krnunlari) ochilishi kvant kimyosining paydo bo’lishiga olib keldi, bu o’z navbatida, kimyoviy bog’lanish, valentlik, kimyoviy birikmalarning tuzilishini yangicha talqin qilib berishga imkoniyat tug’dirdi. Fizik kimyo turli fizikaviy eksperimental tadqiqot usullaridan foydalanib, kimyoviy reaktsiyalarning molekulyar mexanizmini mufassal tushuntirib berdi. Fizik kimyo anorganik, organik va analitik kimyo sohasidagi tadqiqotlar uchun ham, kimyoviy texnologiyaij ishlab chiqarish uchun ham nazariy asos bo’ldi. 20-asrning 50— 70-yillarida Fizik kimyoning ko’pgina sohalari tez rivojlandi va molekulalar, ionlar, radikallarning turli fizikkimyoviy jarayonlardagi tabiatini muftassal o’rganadigan yangi yo’nalishlar vujudga keldi. Dissotsiatsiya, ionizatsiya va fotoionizatsiya energiyasi tadqiq qilindi. Elektr razryadlaridagi reaktsiyalar, quyi temperaturali plazmadagi jarayonlar (plazmalar kimyosi), sirt hodisalarining qattiq jismlar xossalariga ta’siri (fizik kimyoviy mexanika) muvaffaqiyatli o’rganildi, polimerlar Fizik kimyosi gazlar elektrokimyosi va boshqalar rivojlandi. O’zbekistonda Fizik kimyoning rivojlanishida Q.U.Usmonov, H.R.Rustamov, N.A.Parpiyev va boshqalarning xizmatlari katta. Ad.: Etkins P., Fizicheskaya ximiya, Per. Sang.,t. 12, M., 1980; Axmerov K. O’zbekiston kimyogarlarining muvaffaqiyatlari, T., 1987; Rustamov H.R., Fizik kimyo, T., 2000. Qudrat Axmerov.