Samarqand davlat universiteti
17-asrning 2yarmida fizik optika asoslari yaratila boshlandi, teleskop va boshqa optik qurilmalar yaratildi. Fizika Grimaldi yorugʻlik difraksiyasini, I. Nyuton esa yorugʻlik dispersiyasiik tadqiq qildi. 1676 yilda daniyalik astronom O.Ryomer yorugʻlik tezligini oʻlchadi. Shu davrdan yorugʻlikning korpuskulyar va toʻlqin nazariyalari yuzaga keldi hamda rivoj topa boshladi. I.Nyuton yorugʻlikni korpuskula (zarra)lar harakati orqali tushuntirsa, X.Gyuygens uni faraz qilinuvchi muhit — efirda tarqaladigan toʻlqinlar yordamida tushuntirdi.
Fizika
Fizika — tabiat xaqidagi umumiy fan; materiyaning tuzilishi, shakli, xossalari va uning harakatlari hamda oʻzaro taʼsirlarining umumiy xususiyatlarini oʻrganadi. Bu xususiyatlar barcha moddiy tizimlarga xos. Turli va aniq moddiy tizimlarda materiya shakllarining murakkablashgan oʻzaro taʼsiriga tegishli maxsus krnuniyatlarni kimyo, geologiya, biologiya singari ayrim tabiiy fanlar oʻrganadi. Binobarin, fizika fani bilan boshka tabiiy fanlar orasida bogʻlanish bor. Ular orasidagi chegaralar nisbiy boʻlib, vaqt oʻtishi bilan turlicha oʻzgarib boraveradi. Fizika fani texnikaning nazariy poydevorini tashkil qiladi. Fizikaning rivojlanishida kishilik jamiyatining rivojlanishi, tarixiy davrlarning ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa shartsharoitlari maʼlum ahamiyatga egadir.
Fizika fani eksperimental va nazariy fizikaga boʻlinadi. Eksperimental fizika tajribalar asosida yangi maʼlumotlar oladi va qabul qilingan qonunlarni tekshiradi. Nazariy fizika tabiat qonunlarini taʼriflaydi, oʻrganiladigan hodisalarni tushuntiradi va yuz berishi mumkin boʻlgan hodisalarni oldindan aytib beradi. Amal i y fizika ham mavjud (mas, amaliy optika yoki amaliy akustika).
Oʻrganilayotgan obʼyektlar va materiallarning harakat shakllariga qarab, fizika fani bir-biri bilan oʻzaro chambarchas bogʻlangan elementar zarralar fizikasi, yadro fizikasi, atom va molekulalar fizikasi, gaz va suyukliklar fizikasi, qattiq jismlar fizikasi, plazma fizikasi boʻlimlaridan tashkil topgan. Oʻrganilayotgan jarayonlarga va materiyaning harakat shakllariga qarab, fizika moddiy nuqta va qattiq jism mexanikasi, termodinamika va statistik fizika, elektrodinamika, kvant mexanika, maydon kvant nazariyasini oʻz ichiga oladi.
Fizikaning tarixiy rivojlanishi. Fizika tarixini 3 davrga boʻlib oʻrganish mumkin: 1) qad. zamondan 17-asrgacha boʻlgan davr; 2) 17-asrdan 19-asr oxirigacha boʻlgan davr. Bu davrdagi fizika fani, odatda, klassik fizika nomi bilan yuritiladi; 3) 19-asr oxiridan hozirgi paytgacha boʻlgan davr. Hozirgi zamon fizikasi (yoki eng yangi fizika) shu davrga mansub.
Turli xrdisalarni va ularning sababini oʻrganish qad. zamon olimlarining bizgacha yetib kelgan asarlarida aks etgan. Miloddan avvalgi 6-asrdan to milodiy 2-asrgacha boʻlgan davrda moddalarning atomlardan tashkil topganligi haqidagi tushunchalar va goyalar yaratildi (Demokrit, Epikur, Lukretsiy), dunyoning geotsentrik tizimi ishlab chiqildi (Ptolemey), elektr va magnit hodisalari kuzatildi (Fales), statika (Pifagor) va gidrostatikaning rivojlanishiga asos solindi (Arximed), yorugʻlik nurining toʻgʻri chizikli tarqalishi va qaytish qonunlari ochildi, miloddan avvalgi 4-asrda Aristotel oʻtmish avlodlar va zamondoshlarining ishlariga yakun yasadi. Aristotelning ijodi yutuklar bilan birga kamchiliklardan ham xoli emas. U tajribalarning mohiyatini tan oldi, ammo uni bilimlarning ishonchli belgisi ekanini inkor etib, asosiy eʼtiborni farosat bilan anglashda, deb bildi. Aristotel ijodining bu tomonlari cherkov namoyandalariga qoʻl kelib, uzok, davrlar fan taraqqiyotiga toʻsqinlik koʻrsatdilar. 9—16-asrlarda ilmiy izlanishlar markazi Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlariga siljidi. Bu davrga kelib, fan rivojiga, jumladan, fizikaning rivojiga Oʻrta Osiyo olimlari ulkan hissa qoʻshdilar. Fizika, matematika, astronomiya va tabiatshunoslikka oid masalalar Xorazmiy, Ahmad alFargʻoniy, Forobiy, Beruniy, Termiziy, Ibn Sino, Ulugʻbek, Ali Kushchi va boshqa oʻrta osiyolik olimlarning ishlarida oʻz aksini topgan. Bu olimlarning fizikaga oid ilmiy ishlari, mexanika, geometriya, osmon mexanikasi, optika va turli tabiat xrdisalarini oʻrganish bilan bogʻliqdir. Xorazmiy oʻrta ayerlarda, nazariy va amaliy tabiatshunoslik qali boʻlmagan davrda, dunyoviy fanlar, ilgʻor ijtimoiyfalsafiy fikrlar ijodkori boʻlib chikdi. U Sharqning dastlabki akademiyasi “Bayt ulHikma” (“Donolar uyi”)ning shakllanishida faol ishtirok etgan. Bu yerda uning raxbarligida arablar va boshqa xalklar vakillari bilan bir qatorda Ahmad alFargʻoniy, Axmad Abdulabbos Marvaziy kabi oʻrta osiyolik olimlar tadqiqotlar olib borganlar. “Algoritm” soʻzi “Xorazmiy” soʻzining lotincha transkripsiyasi boʻlib, bu soʻzni algebra masalalarini yechishda birinchi marta qoʻllagan edi. Ahmad alFargʻoniyning “Osmon jismlari harakati” kitobi 9-asrda bitilgan boʻlib, 12-asrda lotin tiliga, 13-asrda Yevropaning boshqa tillariga tarjima qilinib keng tarqalgan edi. Ahmad alFargʻoniy asarlari Yevropada Uygʻonish davri ilmiy tadqiqotchilarining asosini tashkil etgan asarlardan boʻldi. U yorugʻlikning sinishi va qaytishini aniklagan. Fargʻoniy stereografik proyeksiya nazariyasining asoschisi sifatida fazo jismlari harakatining tekisliklardagi proyeksiyalari nisbatlari asosida baʼzi bir kattaliklarni oʻlchash mumkinligini isbotladi. Bu fikr bugun ham astrofizika fanida oʻz qiymatini yoʻqotmagan.
Beruniy Yerning oʻz oʻqi atrofida aylanishini oʻzi yasagan asboblar yordamida isbotladi va Yer radiusi 6490 km ga yaqin ekanligini aniqladi. U dunyoning moddiyligi, harakatning turlari, atomning boʻlinishi, atomdan keyingi zarralarning oʻzaro taʼsir kuchlari, solishtirma ogʻirlikni aniklash usullari, jism inersiyasi, boʻshliq, atmosfera bosimi, suyuqliklar gidrostatikasi, qor, yomgʻir va doʻlning paydo boʻlish sabablari, energiya aylanishi, jismlarning elektrlanishi, dengiz hamda ummon suvlarining koʻtarilishi va pasayish sabablari, yorugʻlikning korpuskulyar hamda toʻlqin xossasi, tovush va yorugʻlik tezligi, yorugʻlikning qaytishi hamda sinishining sabablari, dispersiya xrdisasi, Yer va boshqa sayyoralarning Quyosh atrofidagi harakatlari ellips shakliga yaqinligi, fazoviy jismlarning vaznsizligi toʻgʻrisida fikrlar yuritdi. Abu Nasr alForobiyning tovush tezligi, tovushning toʻlqin tabiati, tovush chastotasi, tovush toʻlqinining uzunligi haqidagi fikrlari va ularga asoslanib yaratilgan musiqa notasi hamda optikaga oid koʻpgina ishlari fizika fanining rivojlanishiga qoʻshilgan katta hissa boʻldi. Ibn Sino harakatning nisbiyligi, inersiya, kuch, massa va tezlanish orasidagi bogʻlanish, aylanma harakat, markazga intilma kuch, chizikli tezlik, boʻshliq va atmosfera bosimi, konveksiya, issiqlikning tabiati, issiqlik uzatilishining turlari, yashin va yashinning turlari, momaqaldiroq hodisasi, tovush va yorugʻlik tezligi, yorugʻlik dispersiyasi, linza, atom tuzil ishi va boshqa mavzularga tegishli mulohazalarining aksariyati hozirgi zamon tushunchalariga juda moye keladi.
Hakim Termiziy dunyoviy fanlarning ungacha boʻlgan yutuqlarini qomusiy olim sifatida oʻrgandi, jumladan, tabiat hodisalari va jarayonlarini tahlil etuvchi “Solnoma”, “Haftanoma” kabi asarlari maʼlum. Mirzo Ulugbek 15-asrda jahonda yagona rasadxona qurdi. Uning “Ziji Koʻragoniy” asarida astronomiyaning nazariy asoslari yoritiddi va 1018 ta yulduzning joylashish koordinatalarini juda katta aniklikda beriddi. Uning qiymatlari hozirgi qiymatlarga juda yaqin.
Fizik hodisalarni tushuntirishda oʻrta osiyolik olimlarning mulohazalari qad. anʼanalar taʼsirida rivojlangan boʻlsada, ular matematik usullarni keng joriy etib, tajribalardan foydalanib, fanga katta hissa qoʻshdilar.
Klassik fizikaning rivojlanishi. 17-asrga kelib G.Galiley mexanik harakatni tajriba yoʻli bilan oʻrganib, harakatni matematik formulalar asosida ifodalash zarurligini aniqladi va bu fizika fanining keskin rivojiga turtki boʻldi. U jismlarning oʻzaro taʼsiri natijasida tezlik oʻzgarib, tezlanish hosil boʻlishiini, taʼsir boʻlmaganda harakat holatining oʻzgarmasligi, yaʼni tezlanishning nolga tengligini yoki tezlikning oʻzgarmasdan saklanishini qayd etib, Aristotelning shu masalaga qarashli fikrini, yaʼni taʼsir natijasida tezlik hosil boʻlishini inkor etadi. Keyinchalik Galiley aniqlagan qonun inersiya qonuni yoki Nyutonning mexanikaga oid birinchi qonuni degan nom oldi. 1600 yilda U. Gilbert elektr va magnit xrdisalarni oʻrganish bilan shuhrat qozondi hamda Yer tirik magnit ekanligini isbotladi. U kompas magnit milining burilishini Yerning katta magnitga oʻxshashi orqali tushuntirdi, magnetizm va elektrning oʻzaro bogʻlanishini tekshirdi. Galiley mexanikadagi nisbiylik prinsipini ochdi va erkin tushayotgan jism tezlanishi uning tezligi va massasiga bogʻliq emasligini isbotladi. E.Torrichelli yuqoridagi prinsipdan foydalanib, atmosfera bosimining mavjudligini aniqladi va birinchi barometrni yaratdi. R. Boyl va E. Mariott gazlarning elastikligini aniqladilar hamda gazlar uchun birinchi qonun —Boyl—Mariott qonunini yaratdilar. Gollandiyalik astronom va matematik V.Snellius (Snell) bilan R.Dekart yorugʻlik nurining sinish qonunini ochdilar.
17-asr Fizikasining eng katta yutuklaridan biri klassik mexanikaning yaratilishi boʻldi. I.Nyuton 1687 yilda Galiley va oʻz zamondoshlarining gʻoyalarini umumlashtirib, klassik mexanikaning asosiy qonunlarini taʼriflab berdi. Nyuton tomonidan jismlar holati tushunchasining kiritilishi barcha fizik royalar uchun muhim boʻldi, jismlar tizimining holatini mexanikada ularning koordinatalari va impulyelari orqali toʻla aniqlash imkoniyati yaratildi. Agar jiyemning boshlangich vaqtdagi holati hamda harakat davomida unga taʼsir etuvchi kuchlarning tabiati maʼlum boʻlsa, Nyuton qonunlariga asoslangan holda shu jiyemning harakat tenglamasini tuzish mumkin. Bu harakat tenglamasidan foydalanib, ushbu jiyemning istalgan vaqtda fazodagi oʻrnini, tezlik, tezlanish va fizik kattaliklarni aniklash mumkin boʻldi. Nyuton sayyoralar harakatlarini tushuntiruvchi Kepler krnunlari asosida butun olam tortishish qonunini ochdi va bu qonun orqali Oy, sayyoralar va kometalar harakatini isbotlab berdi. X. Poygens va G. Leybnits harakat miqdorining saklanish qonunini taʼrifladilar.
17-asrning 2yarmida fizik optika asoslari yaratila boshlandi, teleskop va boshqa optik qurilmalar yaratildi. Fizika Grimaldi yorugʻlik difraksiyasini, I. Nyuton esa yorugʻlik dispersiyasiik tadqiq qildi. 1676 yilda daniyalik astronom O.Ryomer yorugʻlik tezligini oʻlchadi. Shu davrdan yorugʻlikning korpuskulyar va toʻlqin nazariyalari yuzaga keldi hamda rivoj topa boshladi. I.Nyuton yorugʻlikni korpuskula (zarra)lar harakati orqali tushuntirsa, X.Gyuygens uni faraz qilinuvchi muhit — efirda tarqaladigan toʻlqinlar yordamida tushuntirdi.
Muhandislik fizikasi instituti
1988-1991 yillar Samarqand davlat pedagogika instituti ilmiy xodimi;
1991-1994 yillar Samarqand davlat universiteti fizika fakulteti molekular lyuminesensiya kafedrasi laboranti;
1998-2001 yillar Samarqand davlat universiteti ilmiy bo‘limi muhandis, katta ilmiy xodim;
2008-2011 yillar Samarqand davlat universiteti ilmiy bo‘limi muhandis-metrolog;
2011-2019 yillar Samarqand davlat universiteti ilmiy tadqiqot majmuasi direktori;
2020-2022 yillar Samarqand davlat universiteti optika kafedrasi doktoranti;
2022- iyul oyidan Samarqand davlat universiteti Muhandislik fizikasi instituti direktori.
INSTITUT HAQIDA
1927-yilda O‘zbek davlat universiteti (hozirgi SamDU) tashkil etilgan vaqtdan boshlab, fizika-matematika fakulteti ham faoliyatini boshlagan edi. Birinchi marta Samarqandda fiziklar tayyorlash ishiga Rossiyadan taklif etilgan olim prof.A.M.Titov rahbarlik qilib, 1933-yilda A.Yu.Pedder va N.P.Kuznesovlar bilan birgalikda «Umumiy fizika», 1935-yilda «Optika va nazariy fizika» kafedralarni tashkil etgan edi.
1933-yilda prof.A.M.Titov rahbarligida birinchi marta Quyosh energiyasidan foydalanish (Geliofizika) bo’yicha ilmiy ishlar olib borishdi va uning rahbarligida 1935-yilda K.T.Abdirashidov, A.G.Kochnevlar, 1936-yilda A.N.Tekuchyov, S.U.Sultonov, Muso Mo’minovlar nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildilar.
Fizika fanining rivojida prof. Muso Mo‘minovning xizmatlarini alohida e’tirof etish kerak. U 1944-yilda O‘zbek Davlat universitetiga rektorlik qilish bilan birga «Nazariy fizika» kafedrasi mudiri lavozimini ham bajardi va «Umumiy fizika», «Optika» kafedralarini tashkil etdi. 1951-yilda M.Mo‘minov, H.Haydarov bilan birga birinchi marta o‘zbek tilida «Molekulyar fizikadan» laboratoriya va o‘quv qo‘llanmalarini yaratdi.
1961-yil avgustda fizika-matematika fakulteti tarkibidan fizika fakulteti alohida ajralib chiqdi va fizika fani rivojida yangi davr boshlangan edi. 1959-yilda A.Q.Otaxo‘jayev (keyinchalik O‘zFA akademigi) Optika kafedrasiga mudir bo‘lib tayinlanishi, SamDUda Optiklar maktabining shakllanishiga olib keldi.
Fakultetda uzoq yillar davomida olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari asosida hozirgi kunda 6 ta ilmiy maktab yaratildi. 1.Optika (Asoschisi va ilmiy rahbari akademik A.Q.Otaxo’jayev), 2. Yadro fizikasi (Asoschisi prof. Muso Mo‘minov), 3. Magnetizm (Asoschisi va ilmiy rahbari prof.O.Quvondiqov), 4. Kosmos fizikasi va astrofizika (Asoschisi va ilmiy rahbari prof.B.Maxmudov), Nochiziqli optika yo’nalishi (Asoschisi va Ilmiy rahbari prof.L.M.Sobirov) va Molekulyar lyuminesensiya yo‘nalishi (Asoschisi va Ilmiy rahbari prof.N.Nizomov).
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-martdagi “Fizika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora tadbirlari to’g’risida”gi PQ-5032 qarori hamda 2022-yil 13-yanvardagi “Samarqand davlat universiteti faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo’shimcha chora tadbirlar to’g’risida”gi PQ-82 qarori asosida SamDUda fizika fakulteti negizida Muhandislik fizikasi instituti tashkil etildi.
Institutda 6 ta mutaxassislik kafedralari faoliyat ko’rsatmoqda: Optika va spektroskopiya (kafedra mudiri PhD .G’.Sharifov), Umumiy fizika (kafedra mudiri dos.R.Rajabov), Nazariy fizika va kvant elektronika (kafedra mudiri prof.N.Eshqobilov), Qattiq jismlar fizikasi (kafedra mudiri dos.S.Axrorov), Yadro fizikasi va Astronomiya (kafedra mudiri dos.R.M.Eshbo’riyev), Nazariy va amaliy mexanika (kfedra mudiri prof. X.Xudoynazarov). Shuningdek, 2022-2023-o’quv yilidan boshlab, institutda yangi yo’nalishlarda jumladan, Elektronika va asbobsozlik; Intellektual muhadislik tizimlari; Elektron apparaturalar ishlab chiqarish texnologiyasi; Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishni jihozlash va avtomatlashtirish; Tibbiyot fizikasi; Mexanika va matematik modellashtirish yo‘nalishlarida mutaxassislar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi.
Institutda ta’kidlab o’tilgan yo’nalishlar bo’yicha 1000 dan ko’proq talabalar tahsil olmoqdalar va 50 nafardan ortiq malakali magistr mutaxassislar tayyorlanmoqda.
Institutda ilmiy salohiyat 74%ni tashkil qiladi, kafedralarda 1 nafar O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, 17 nafar fan doktorlari, professorlar, 35 nafar fan nomzodlari, dosentlar hamda 16 nafar katta o’qituvchi, assistentlar bilan birgalikda 10 nafar xorijiy professor-o’qituvchilar faoliyat olib bormoqdalar.
MALAKA TALABLARI
- 60530900- Fizika(kunduzgi, kechki)
- 60531200-Tibbiyot fizikasi
- 60711200-Elektronika va asbobsozlik (tarmoqlar bo‘yicha)
- 60712000-Elektron apparaturalar ishlab chiqarish texnologiyasi
- 60711600-Intellektual muhandislik tizimlari (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
- 60720800-Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish
- 60531000-Mexanika va matematik modellashtirish
- 5110200-Fizika va astronomiya o‘qitish metodikasi
- 5141500-Biotibbiyot fizikasi
- 5140400-Astronomiya
- MAGISTRATURA
- 70530901 – Fizika (yo‘nalishlar bo‘yicha)
- 70530902 – Yadro fizikasi va yadro texnologiyalari (qo‘llash sohalari bo‘yicha)
- 70711201 – Elektronika va elektron texnikasi (tarmoqlar bo‘yicha)
- 70711801 – Tibbiy-biologik apparatlar, tizimlar va majmualar (qo‘llanish sohasi bo‘yicha)
- 70720801 – Mashinasozlik texnologiyasi va jihozlari (ishlab chiqarish bo‘yicha)
- 70711601 – Intellektual muhandislik tizimlari (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
- 70531001 – Mexanika va matematik modellashtirish
6-sinf NAZORAT ISHI №1
O’zbekiston RespublLkasi O liy va o’rta m axsus ta’lim vazirligi oliy o’quv yurtlari uchun o’ quv qo’llanm a sifatida nashrga tavsiya etgan.
Download Free PDF View PDF
PROSPECTS FOR THE DEVELOPMENT OF SCIENTIFIC PROGRESS IN THE TWENTY-FIRST CENTURY AND THE ROLE OF INNOVATION IN THIS PROCESS JULY editon
2017-2021 йилларда Ўзбекистон Республикасини ривожлантиришнинг бешта устувор йўналишлари бўйича Ҳаракатлар стратегиясида кўзда тутилган вазифа – илмий изланиш ютуқларини амалиётга жорий этиш йўли билан фан соҳаларини ривожлантириш, яъни халқаро илмий ҳамжамиятда эътироф этилишига хизмат қилувчи журналлар фаолиятини йўлга қўйиш мақсадида 16 та электрон журналларни қамраб олган www.tadqiqot сайти, “ХХI асрда илм-фан тараққиётининг ривожланиш истиқболлари ва уларда инновацияларнинг тутган ўрни” мавзусидаги Республика 6-илмий онлайн конференцияси
Download Free PDF View PDF
This is 2nd edition of the textbook of the special course “Actual problems of the historiography of the Central Asian history” written for MA students of the Department of the World Politics and History of the Tashkent State Institute of Oriental Studies (in Uzbek).
Download Free PDF View PDF
Annotatsiya Mazkur o‘quv qo‘llanma Oliy o‘quv yurtlarining I kurs bakalavr bo‘limi rusiyzabon talabalariga mo‘ljallab yozilgan. Uni tayyorlashda o‘zbek tilini davlat tili sifatida o‘qitish mezoni va «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablaridan kelib chiqildi. Asosiy e’tibor talabada so‘zlashuv tili ko‘nikmalarini hosil qilishga qaratil¬gan. O‘quv qo‘llanmani yaratishda mualliflarning ko‘p yillik shaxsiy tajribalaridan, til o‘qitishning yangi zamonaviy pedagogik texnologiyasi yutuqlaridan foydalanildi. O‘quv qo‘llanma talabaning har bir tovush talaffuzini to‘g‘ri o‘zlashtirishiga, so‘z zaxiralarini to‘plab borishiga, paronim so‘zlarni farqlash, so‘z birikmalari tuzish ko‘nikma¬larini hosil qilishiga, tayyor dialog, grammatik terminlar, murojat shakllari, matn va ish qog‘ozlari namunalarini puxta egallashiga yordam beradi. Аннотация Настоящее учебное пособие предназначено для русскоязычных студентов I курса бакалавриата высших образовательных учреждений. Критерием данного пособия является обучение узбекскому языку в качестве государственного языка, при этом основное внимание уделено выработке навыков устной речи. При создании учебного пособия были использованы как многолетний личный опыт автора, так и достижения новых современных педагогических технологий при обучении языку. Учебное пособие будет способствовать правильному произношению каждого звука, накоплению словарного запаса, различению паронимов, навыкам создания словосочетаний, составления деловых бумаг, тщательному усвоению готовых диалогов, грамматических терминов, форм обращения. Annotation This textbook is intended for Russian speaking. Students of Bacholars degree in High Educational Institutions. The criterion of this textbook is to study uzbek language as a national language and the great attention is given to spoken language. Many years of experiences as well as new/modern pedagogical technologies have been used in creating this textbook. The textbook will contribute: – clear pronounceation of each sound; – increasing vocabulary; – distinguishing paronyms; – word combihating skills; – forming business letters; – adopting dialogues; – grammar terms; – form of adress.
Fizika 6 sinf ish reja
Sayt test rejimida ishlayapti!
“Kartografiya” Ilmiy-ishlab chiqarish Davlat korxonasi
- Innovatsiyalar
- 2021- yil
- Katalog
- 4- Sinf
- 4-sinf yozuvsiz
- 5- Sinf
- 5- sinf yozuvsiz
- 6- sinf
- 6- sinf yozuvsiz
- 7-sinf
- 7- sinf yozuvsiz
- O’lkashunoslik Atlaslari
- Geografik atlaslari
- Tarix Atlaslari
- Tarixiy devoriy xaritalar
- Dunyo xaritalari
- Mavzuliy xaritalar
- Iqtisodiy xaritalar
- Shahar plani
- Materiklar xaritalari
Menyu
Ishonch telefon
Sayt xaritasi
- Davlat soliq qo’mitasi huzuridagi Kadastr agentligi
- Yagona interaktiv Davlat xizmatlari portali
- O’zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb sayti
Kontaktlar
Bizning tashkilot
© 2021 KARTOGRAFIYA ILMIY-ISHLAB CHIQARISH DAVLAT KORXONASI. BARCHA HUQUQLAR HIMOYALANGAN VA QONUN HIMOYASIDA. USHBU SAYTDAN MA’LUMOTLARNI ISHLATGANDA, KARTOGRAFIYASI ILMIY-ISHLAB CHIQARISH DAVLAT KORXONASINING RASMIY SAYTDAN OLINGANLIGINI KO’RSATISH KERAK.
© 2021 Barcha huquqlar himoyalangan.
O’zbekiston Davlat gerbi
O’zbekiston gerbi ko’p asrlik milliy va davlat tajribasi va an’analarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan. “O’zbekiston Respublikasining Davlat gerbi to’g’risida” qonun 1992 yil 2 iyulda O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o’ninchi sessiyasida qabul qilingan. Gerbning markazida qanotli Humo qushi tasvirlangan – o’zbek mifologiyasida bu baxt va ozodalik timsolidir. O’zbek shoiri Alisher Navoiy Humo qushini barcha tirik mavjudotlarning eng yaxshisi deb tasvirlagan. Gerbning yuqori qismida oktaedr, respublikaning tasdiqlanganligini bildiruvchi ramziy, ichida – yulduzli yarim oy. Quyosh tasviri O’zbekiston davlatining yo’lini yorituvchi, shuningdek, respublikaning betakror tabiiy-iqlim sharoitini aks ettiruvchi yorug’likni anglatadi. Qush ostida tasvirlangan ikki daryo Amudaryo va Sirdaryo bo’lib, ular O’zbekiston hududidan oqib o’tadi. Quloqlar – bu nonning ramzi, O’zbekistonning asosiy boyligini tavsiflovchi ochiq paxta po’stlog’i bor g’o’zapoyalar. Paxta quloqlari va davlat bayrog’ining lentasi bilan o’ralgan paxta qutilari respublikada istiqomat qilayotgan xalqlarning birlashishini anglatadi.
O’zbekiston davlat bayrog’i
1991 yil 18-noyabr O’zbekiston Respublikasi yangi Davlat bayrog’iga ega bo’ldi. U to’yingan ko’k, oq va yashil ranglarning uchta gorizontal izometrik chizig’idan iborat. Oq chiziq yuqorida va pastda qizil chiziqlar bilan qirrali. Uzunlikning kenglikka nisbati 2: 1. Yuqori ko’k chiziqda oq yarim oy va 12 oq yulduz mavjud. Bayroqning moviy rangi osmon va suvni – hayotning ikkita asosiy manbai. Bundan tashqari, ko’k – bu o’zbeklar yashaydigan turkiy xalqlarning asl rangidir. 14-asrning so’nggi o’n yilligi – 15-asr boshlarida mashhur Temur (Tamerlan) boshqargan poytaxti Samarqanddagi Markaziy Osiyo davlati bayrog’ining rangi ko’k edi. Shunday qilib, ko’k bar respublika hayotining timsoli va tarixiy davomiylik belgisidir. Bayroqning oq tasmasi respublika aholisi uchun an’anaviy tinchlik timsolidir, yaxshi sayohat qilish istagi (fikrlar va harakatlarning axloqiy pokligi). Yashil – bu tabiatning rangi, yangi hayot (Navro’z) va unumdorlik. Bundan tashqari, yashil rang Islomning rangidir. Uning paydo bo’lishi uzoq tarixga ega bo’lib, O’rta Osiyo VIII asrda A.D. Frantsiyadan Xitoygacha cho’zilgan Arab xalifaligining bir qismi bo’ldi. Yuqoridagi va pastdagi o’rta (oq) chiziq bilan qoplangan qizil chiziqlar har bir tirik organizmning hayotiyligini ta’kidlaydi. Bu kuch bizning yaxshi, pok fikrlarimizni abadiy osmon va erdagi haqiqiy harakatlar bilan bog’laydi. Bundan tashqari, odamlar bu ikki chiziqni “qon tomirlari” deb hisoblashadi – Amudaryo va Sirdaryo. O’zbekiston bayrog’idagi yosh hilol yangi tug’ilgan mustaqil musulmon respublikasining ramzi sifatida qabul qilinadi. Barcha millatlar bayrog’idagi 12 yulduz bulutsiz osmonning ramzi sifatida qabul qilingan. Tiniq osmon – tinchlik, yorug’lik, farovonlik. 12 yulduzning ulug’lanishi bahorning boshlanish vaqti bo’lgan Navro’zdan boshlangan quyoshli yilni eslatadi. Ushbu taqvimning barcha oylarining nomlari (Hamal, Sovr, Javza, Saraton, Asad va boshqalar) bir vaqtning o’zida osmondagi 12 burj burjining nomidir. Shuni ta’kidlash kerakki, 12 yulduzning ramziyligi diniy mazhablar va sezgi bilan hech qanday aloqasi yo’q. XV asr davlat arbobi va olimi va astronomi Ulug’bekning yulduzlar katalogiga ko’ra, yil davomida Quyoshning ufqda harakatlanishi 12 ta yulduzning joylashuvi bilan aniqlanadi. O‘zbekistonda 12 yillik quyosh aylanishi Muchal deb nomlangan. Sharq faylasuf olimlarining fikriga ko’ra, 12 raqami inklyuziya va mukammallikning belgisidir. Biz yashayotgan dunyo 4 unsurdan iborat, deb taxmin qilinadi: er, havo, suv va olov, uchta balandlikda: erda, osmonda va osmon bilan er o’rtasida. Uchta darajaga ko’paytirilgan 4 element 12 raqamini beradi, shu bilan hayot davom etayotgan butun koinotni qamrab oladi. Shu sababli, bayroqdagi 12 yulduzni qamrab olish va mukammallikni ramziy istak deb tushunish kerak. Faylasuf Mirsand Barakning ko’rsatmalari va taniqli tarixchi Xondemirning yozuvlari, shuningdek, davlatni boshqarishda davlat arboblari tomonidan boshqarilishi kerak bo’lgan 12 eng muhim qoidalar haqida gapiradi: rostgo’ylik, adolat, ixtiloflarga, bag’rikenglik, axloq, sadoqat va boshqa insoniy fazilatlar.
O’zbekiston Respublikasining madhiyasi
O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining matni va musiqasi O’zbekiston Respublikasining 1992 yil 10 dekabrdagi 768-XII-sonli “O’zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to’g’risida” gi Qonuni bilan tasdiqlangan. O’zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi O’zbekiston Respublikasining davlat suvereniteti timsolidir. O’zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasini chuqur hurmat qilish – O’zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining vatanparvarlik burchidir.
Musiqasi – Mutal Burxonov
So’zi – Abdulla Oripov
Серқуёш, ҳур ўлкам, элга бахт, нажот,
Сен ўзинг дўстларга йўлдош, меҳрибон!
Яшнагай то абад илму фан, ижод,
Шуҳратинг порласин токи бор жаҳон!
Олтин бу водийлар — жон Ўзбекистон,
Аждодлар мардона руҳи сенга ёр!
Улуғ халқ қудрати жўш урган замон,
Оламни маҳлиё айлаган диёр!
Бағри кенг ўзбекнинг ўчмас иймони,
Эркин, ёш авлодлар сенга зўр қанот!
Истиқлол машъали, тинчлик посбони,
Ҳақсевар, она юрт, мангу бўл обод!
Олтин бу водийлар — жон Ўзбекистон,
Аждодлар мардона руҳи сенга ёр!
Улуғ халқ қудрати жўш урган замон,
Оламни маҳлиё айлаган диёр!