O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi 6-sinf uchun fizika fanidan laboratoriya ishlari elektron axborot-ta’lim resursidan foydalanish
Boshqaruv panelidagi “Interfaol tajriba” tugmasi bosilganda laboratoriya ishiga doir jarayonni izohlovchi harakat darchasi paydo bo`ladi. Har bir laboratoriya ishi uchun maxsus tayyorlangan animatsiya o`zining boshqaruv buyruqlariga ega. Ular ekranda tugmalar ko`rinishida tayyorlangan. Ushbu tugmalarni bosib, harakatni kuzatish kerak. Ayrim parametrlarni o`zgartirib, tajribalarni o`tkazish mumkin. Masalan, “Shayinli tarozi yordamida jism massasini o`lchash” laboratoriya ishidagi animatsiyada o`quvchi massasi o`lchanadigan jismni tanlab (jism ustida sichqonchaning chap tugmasini bosadi), uning massasini o`lchaydi. O`quvchi tarozining ikkinchi pallasiga massalari yozib qo`yilgan toshlarni tanlaydi. Toshlar ikkinchi pallada paydo bo`ladi. Toshlarni pallaga shunday tanlash kerakki, ikki palla teng (barobar) holatga kelishi lozim. Pallaga qo`yilgan toshlarning massalari yig`indisi jismning massasiga teng bo`ladi.
Fizika 6 sinf pdf
–>
Adabiyot [561] |
Arxitektura [40] |
Astranomiya [38] |
Axborot [71] |
Biologiya [387] |
Biznes [47] |
Bojxona [42] |
Davlat Huquq Asoslari [4] |
Dunyo din tarixi [32] |
Ekologiya [109] |
Estetika va Etika [30] |
Falsafa [48] |
Fizika [254] |
Fransuz-Tili [22] |
Geografiya [141] |
Geometriya [6] |
Huquqshunoslik [281] |
Informatika [643] |
Texnologiya [274] |
Internet [43] |
Ingliz tili [680] |
Iqtisodiyot [1133] |
Jahon tarixi [276] |
Jamiyatshunoslik [24] |
Kimyo [82] |
Kasbiy Ta’lim [11] |
Konsitutsiya [60] |
Ma’naviyat [48] |
Matematika [89] |
Milliy G’oya [128] |
Musiqa [2] |
Nemis-tili [30] |
Ona-tili [50] |
Oshpazlik [39] |
O’zbekiston tarixi [197] |
Pedagogika [104] |
Prezident Asarlari [17] |
Psixologiya [149] |
Rus-tili [44] |
Qishloq xo’jaligi [92] |
Siyosatshunoslik [25] |
Soliq va Soliqga tortish [18] |
Tilshunoslik [9] |
Tibbiyot [64] |
Turizm [172] |
va Boshqalar. [332] |
Sport [7] |
Sxemotexnika [13] |
–>
–>
–>Bosh bet » –>Referatlar » O’zbek tilida » Fizika |
–>Bo’limdagi referatlar soni : 254 –>Ko’rsatildi : 1-30 |
–>Sahifalar : 1 2 3 . 8 9 » |
–>Sortirovka : Дате · Названию · Комментариям · Загрузкам · Просмотрам
O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi 6-sinf uchun fizika fanidan laboratoriya ishlari elektron axborot-ta’lim resursidan foydalanish
Mazkur qo`llanmada O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi buyurtmasi asosida “KOMPYUTER-OSIYO” Ilmiy-texnika parki tomonidan ishlab chiqilgan 6-sinf uchun Fizika fanidan Laboratoriya ishlari elektron axborot-ta’lim resursidan foydalanish bayoni keltirilgan.
Qo`llanma umumta’lim maktablarining 6-sinf o`quvchilari va fizika fani o`qituvchilari uchun mo`ljallangan.
Nashr uchun mas’ul:
texnika fanlari nomzodi Abdurahmon Хundibayev
Тoshkent shahri, Mustaqillik maydoni, 5. tel. (998 71) 2391321.
Qisqartma: FizLab-6 – Umumta’lim maktablarining 6-sinfi uchun Fizika fanidan Laboratoriya ishlari elektron axborot-ta’lim resursi
Ushbu yo`riqnoma FizLab-6 yetkazib berilgan distributiv kompakt diskda keltirilgan. U FizLab-6 kompyuterga o`rnatilgandan keyin ushbu manzilda joylashadi: \ FizLab-6\Data\FizLab-6.doc.
- FizLab-6 ISHLASHI UCHUN KOMPYUTER TEXNIKASIGA QO`YILADIGAN MINIMAL TALABLAR
2. FizLab-6 NI KOMPYUTERGA O`RNATISH TARTIBI
FizLab-6 kompyuterga maxsus tayyorlangan distrubutiv kompakt diskdan o`rnatiladi.
Distributiv kompakt diskni kompyuterning kompakt disk qo`yiladigan qurilmasiga (DVDROMga) qo`ying va o`rnatish dasturi ishga tushishini kutib turing. Ekranda quyidagi menyu paydo bo`ladi.
Menyudagi bandlar tavsifi:
“ ^ FizLab ni o`rnatish” bandida Fizlab-6 kompyuterga o`rnatiladi.
“Chiqish” o`rnatish dasturidan chiqishga xizmat qiladi.
“FizLab ni o`rnatish” bandi bosilishi bilan o`rnatish boshlanadi. O`rnatish dasturi bir nechta bosqichdan iborat bo`lib, dastlab quyida tasvirlangan darcha hosil bo`ladi.
Bu darchada FizLab-6 ni o`rnatishdan avval qanday ishlarni bajarish kerakligi ko`rsatilgan.
Davom ettirish uchun darchaning pastki qismidagi “Davom” tugmasini bosing va keyingi bosqichga o`ting.
Bu bosqichda FizLab-6 o`rnatiladigan katalogni aniqlash lozim. O`rnatish dasturining avtomatik ravishda FizLab-6 o`rnatiladigan katalogni tavsiya qiladi. FizLab-6 ni boshqa katalogga o`rnatish “Tanlash” tugmasi bosiladi va kerakli katalog tanlanadi. Shu paytda darchada FizLab-6 ni o`rnatish uchun qancha bo`sh joy talab qilishi va kompyuterda qancha bo`sh joy borligini haqidagi ma’lumotlarni ham ko`rish mumkin.
Keyingi “Yorliqlar katalogi” bosqichiga o`tish uchun “Davom” tugmasini bosish zarur.
Bu “Yorliqlar katalogi” darchasida FizLab-6 Пуск menyusida joylashishi lozim bo`lgan katalog nomi tanlanadi. Bu yerda o`rnatish dasturi FizLab-6 mazmuniga mos yorliqlar katalogini tavsiya qiladi.
Keyingi bosqichga o`tish uchun “Davom” tugmasi bosiladi va yangi darcha paydo bo`ladi.
Bu darchada avvalgi bosqichlarda kiritilgan (tanlangan) ma’lumotlar ekranga yana bir bor chiqariladi. Ularning to`g`riligiga ishonch hosil qilinsa, “O`rnatish” tugmasini bosiladi va keyingi bosqichga o`tiladi, aks holda “Qaytish” tugmasi yordamida avvalgi bosqichlarga qaytib ma’lumotlarni o`zgartirish mumkin.
Navbatdagi o`rnatish bosqichida FizLab-6 fayllarini kompyuterga o`rnatish jarayoni kuzatiladi va oxirigacha kutib turiladi. O`rnatish jarayonini bekor qilish (to`xtatish) uchun “Bekor qilish” tugmasi bosiladi.
O`rnatish jarayoni tugagandan so`ng yakuniy bosqich faollashadi va o`rnatish jarayoni tugaganligi haqida ma’lumot ekranga chiqariladi.
Oxirgi “Yakunlash bosqichida” yakunlash tugmasi bosiladi va FizLab-6 ni o`rnatish tugatiladi.
FizLab-6 dagi videolavhalar namoyishini ta’minlash uchun distributiv diskda “DivX” dasturi keltirilgan (Soft/DivX.exe fayli). Uni kompyuterga o`rnatishda muloqat tili ingliz tilida kechadi. Barcha muloqat darchasida «Next» tugmasini bosish lozim. O`rnatish tugagach “Close” tugmasi bosiladi. Agarda kompyuteringizda bu dastur avval o`rnatilgan bo`lsa, uni qayta o`rnatish shart emas.
FizLab-6 ni kompyuterdan o`chirishga ehtiyoj tug`ulsa, ПУСК menyusidan kiriib “FizLab-6” ni o`chirish bandini tanlash lozim. Unda ekaranda quyidagi darcha paydo bo`ladi:
O`chirish jarayoni tugagandan so`ng “Yopish” tugmasi bosiladi.
^ 3. FizLab-6 DAN FOYDALANISH QO`LLANMASI
FizLab-6 NI ISHGA TUSHIRISH.
O`qituvchi uchun FizLab-6 ni ishga tushirish uchun Windows ish stolida mos yorliq faollashtiriladi va ishga tushiriladi, yoki ПУСК menyusidan
Программы FizLab-6 Fizlab-6
buyruqlar ketma-ketligi tanlanadi.
Ish stolidagi (rabochiy stoldagi) dastur yorlig`i:
FizLab-6 dan foydalanish samaradorligiga erishish uchun yo`riqnomani o`qib chiqing: (ПУСК menyusida Программы FizLab-6 Yo`riqnoma)
FizLab-6 bajarilishni boshlaganda kompyuter ekranida mundarija paydo bo`ladi.
Mundarijadan o`rganish uchun mavzu (laboratoriya ishi nomi) tanlanadi. O`rganiladigan mavzu ustida sichqoncha tugmasi bosilishi bilan tanlangan mavzu materiallari aks etgan FizLab-6 ning asosiy ish darchasi ekranda paydo bo`ladi.
FizLab-6 asosiy ish darchasining umumiy ko`rinishi quyidagicha:
Ekranning yuqori qismida o`rganilayotgan laboratoriya ishi nomi ko`rinib turadi (misol tariqasida “Laboratoriya ishi: Shayinli tarozi yordamida jism massasini o`lchash”). Ekaranning chap qismida FizLab-6 ning ^ Boshqaruv paneli o`rin olgan.
– FizLab-6 mundarijasiga o`tish.
Tugma bosilganda ta’lim resursi mundarijasi ekranda paydo bo`ladi. Unda keltirilgan mavzulardan (laboratoiya ishi nomilardan) ixtiyoriysi ustida sichqonchaning chap tugmasini bosish bilan mazkur mavzuni o`rganish faollashadi.
– Laboratoriya ishiga oid videolavhani nomoyish etish.
Mavzuni yanada chuqurroq o`zlashtirilishini ta’minlash maqsadida laboratoriya ishini bajarish tartibi va jarayoni to`g`risida maxsus videolavha tayyorlangan. Videolavha real maktab sharoitidagi fizika xonasi asbob-uskunalari va jihozlarida laboratoriya ishini o`tkazishga bag`ishlangan. Unda o`qituvchi laboratoriyani ishini bajarib ko`rsatadi. Ushbu videolavha asosida maktab o`qituvchisi o`zi ham laboratoriya ishini xonada bajarib ko`rsatishi lozim. “Video” tugmasi bosilishi bilan quyidagicha ekran paydo bo`ladi.
Video namoyishini boshqarish tugmalari ekranning quyi qismida keltirilgan.
Rasmdagi “2” raqamida ko`rsatilgan tugma videolavha namoyishni boshlashga/to`xtatishga xizmat qiladi. Tugma bir bosilganda namoyish boshlanadi va tugma shakli o`zgarib qoladi. Endi bu tugma bosilsa, namoyish to`xtaydi (pauza) va tugma yana ilk shakliga qaytadi.
“3” raqamida ko`rsatilgan buyruq ustida tugma bosilishi namoyish boshidan boshlanadi.
“4” raqam ostidagi guruh tugmalar video namoyishini orqaga yoki oldinga surishga xizmat qiladi.
“5” raqamida ko`rsatilgan guruh tugmalar video ovozini boshqarishga mo`ljallangan. Karnay tasviri tushirilgan tugmani bosib ovozni o`chirib qo`yish mumkin. Tugmani qayta boshish yana ovozning bo`lishini ta’minlaydi. tugmasi tovush balandligini boshqaradi. K`ok tugmani o`ngga surish ovozni ko`taradi, chapga surish esa pasaytiradi.
“1” raqami bilan rasmda ko`rsatilgan buyruq videolavhani ixtiyoriy qismidan ko`rishni boshlashni ta’min etadi. Buning uchun sichqoncha kursorini shu buyruq tugmasi ustiga joylashtirib, sichqonchaning chap tugmasini bosib sichqonchani gorizontal yo`nalishda harakatlantirish lozim. Buyruq tugmasi sichqoncha kursori bilan birgalikda harakatlanadi. Sichqoncha tugmasini qo`yib yuborish bilan buyruq tugmasining pozitsiyasi o`rnatiladi, ya’ni sichqoncha tugmasi qo`yib yuborilishi bilan videolavhani qayerdan boshlab namoyish etish lozimligi ko`rsatiladi va shu yerdan videolavha namoyishi boshlanadi.
– Mavzuga oid animatsiya ko`rinishidagi interfaol materialni ekranga chiqarish.
Boshqaruv panelidagi “Interfaol tajriba” tugmasi bosilganda laboratoriya ishiga doir jarayonni izohlovchi harakat darchasi paydo bo`ladi. Har bir laboratoriya ishi uchun maxsus tayyorlangan animatsiya o`zining boshqaruv buyruqlariga ega. Ular ekranda tugmalar ko`rinishida tayyorlangan. Ushbu tugmalarni bosib, harakatni kuzatish kerak. Ayrim parametrlarni o`zgartirib, tajribalarni o`tkazish mumkin. Masalan, “Shayinli tarozi yordamida jism massasini o`lchash” laboratoriya ishidagi animatsiyada o`quvchi massasi o`lchanadigan jismni tanlab (jism ustida sichqonchaning chap tugmasini bosadi), uning massasini o`lchaydi. O`quvchi tarozining ikkinchi pallasiga massalari yozib qo`yilgan toshlarni tanlaydi. Toshlar ikkinchi pallada paydo bo`ladi. Toshlarni pallaga shunday tanlash kerakki, ikki palla teng (barobar) holatga kelishi lozim. Pallaga qo`yilgan toshlarning massalari yig`indisi jismning massasiga teng bo`ladi.
– Mavzuga oid mashqlarni bajarish darchasini ochish, savollar va topshiriqlarni ekranga chiqarish.
Chap paneldagi “Mashq, Topshiriq” tugmasi ustida sichqoncha tugmasi bosilishi bilan o`rtadagi darchada laboratoriya ishiga doir mashqlar darchasi paydo bo`ladi. Unda o`quvchi mashqni ishlaydi va “Tekshirish” tugmasini bosadi. To`g`ri javoblar yashil rangda, xato javoblar esa qizil rangda namoyon etiladi. Javoblar katakchasi ustida sichqonchaning chap tugmasi bosilishi bilan to`g`ri javob talqini (tushuntirilishi) bayon etiladi.
– Laboratoriya ishiga oid tuzilgan test savollarini ishlashga o`tish.
Laboratoriyani bajarishdan olgan bilimni mustahkamlash uchun o`z-o`zini tekshirish testini bajarish lozim. Tugma bosilishi bilan alohida testni o`tkazish darchasi ekranda paydo bo`ladi. Unda savol va savolga keltirilgan javoblar varianti beriladi. Test savollari va javoblari har gal test bo`limiga kirganda o`rin almashgan holda taklif qilinadi.
O`quvchi keltirilgan javobdan birini tanlaydi. Savollarda ham va javob variantlarida ham matn bilan birga tasvirlar ham qatnasishi mumkin. Savolga javob berish uchun javob varianti oldidagi belgi ustida sichqonchaning chap tugmasi bosiladi. Javob oldidagi belgi o`zaradi. Barcha test savollariga javob berilgach, ekranning quyi qismidagi maxsus “YAKUNLASH” tugmasi bosiladi.
Ekranda barcha test savollari soni, javob berilgan savollar soni, to`g`ri javoblar soni va foiz hisobidagi miqdori paydo bo`ladi. Agar xato javob berilgan bo`lsa, qayta javob berish imkoniyati mavjud. O`quvchi o`z-o`zini tekshirish testini istagan marotaba bajarishi mumkin.
– Mavzuga oid tushuncha va atamalardan tuzilgan krossvordni ishlash darchasini ekranga chiqarish.
Chap paneldagi “Krossvord” tugmasi ustida sichqoncha tugmasi bosilishi bilan o`rtadagi darchada laboratoriya ishiga doir krossvord darchasi paydo bo`ladi.
Krossvordda tayanch so`zlar, nomlar, tushunchalar va atamalar yashiringan. Standart krossvordlarda bo`lgani kabi bu yerda ham bo`yiga va eniga kataklarni bosh harflar bilan to`ldirish lozim. (Eslatma: O`, G`, NG, YA, YO, YE, YU, CH, SH bitta katakka yoziladi).
Krossvordning quyi qismida keltirilgan “Yordam” tugmasi bosilganda, ayrim kataklar to`ldirib beriladi, ya’ni o`quvchiga yashiringan so`zni topishiga ko`maklashib yuboriladi. “Tekshrish” tugmasi bosilganda kataklarning to`g`ri to`ldirilganligi tekshiriladi. Agar katak to`g`ri to`ldirilgan bo`lsa, katak atrofidagi chiziqlar yashil rangga bo`yaladi, aksincha, qizil rangda bo`ladi. Bu haqida ekranga xabar chiqariladi. “Tozalash” tugmasi bosilishi bilan krossvord barcha kiritilgan harflardan tozalanadi.
– FizLab-6 dagi o`quv materiallari bilan ishlash tartibini ekranga chiqarish ta’min etiladi.
– Yozuvlarni kichiklashtirish va kattalashtirish amalga oshadi.
Ekranning yuqori qismida joylashgan bu tugmalar ekrandagi yozuvlarning mos ravishda kichiklashishi va kattalashishini ta’minlaydi.
– So`z, atama va tushunchalarni barcha mavzular matnlari ichidan topishga xizmat qiladi.
Ekranning yuqori qismida joylashgan bu tugma pozitsiyada kiritilgan so`zni, atamani barcha mavzular matni ichidan qiradi va topilgan mavzular ro`yxatini ekranga chiqaradi. Ro`yxatdagi istalgan mavzuga o`tish uchun mavzu ustida sichqonchaning chap tugmasini bosish yetarli.
– FizLab-6 mundarijasidan o`rin olgan ushbu tugma elektron axborot-ta’lim resursi haqidagi umumiy ma’lumotni ekranga chiqaradi.
Bu ma’lumotlar FizLab-6 mualliflari, ishlab chiquvchining manzili, telefon raqami, elektron pochtasi hamda mahsulotdan foydalanish uchun kerak bo`ladigan kompyuter texnikasiga qo`yiladigan minimal talablardan iborat.
FizLab-6 dan foydalanish bo`yicha yo`riqnomani olish uchun boshqaruv panelidagi “Yordam” tugmasidan foydalaning.
Похожие:
O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi 8-sinf uchun fizika fanidan laboratoriya ishlari elektron axborot-ta’lim resursidan foydalanish | O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi 9-sinf uchun fizika fanidan laboratoriya ishlari elektron axborot-ta’lim resursidan foydalanish |
O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi 9-sinf uchun fizika fanidan laboratoriya ishlari elektron axborot-ta’lim resursidan foydalanish | O’zbek tilidan ta’lim boshqa tilida olib boriladigan maktablarning 3-sinflari uchun lug`at toshkent -2011 O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublika |
Fanidan laboraтoriya ishlari (Тexnika oliy o’quv yurtlarining ixtisosligi kimyogar bo’lmagan ta’lim yo’nalishlari bo’yicha bakalavrlar uchun mo’ljallangan) «Kimyo» fanidan tuzilgan ushbu laboratoriya ishlari birinchi bosqich talabalariga kimyodan laboratoriya ishlarini mustaqil bajarishlariga. |
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Respublika ta’lim markazi |
O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublika ta’lim markazi | O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublika ta’lim markazi |
O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublika ta’lim markazi | O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublika ta’lim markazi |
Разместите кнопку на своём сайте:
Документы
База данных защищена авторским правом ©uz.denemetr.com 2000-2015
При копировании материала укажите ссылку.
обратиться к администрации