Press "Enter" to skip to content

Fizika 8 sinf elektron darslik skachat

Издательство: Просвещение, год издания: 2017

Физика 8 класс. В.В.Белага. Учебник — скачать бесплатно

Главными особенностями данного учебника отмечены лаконичность, жесткая структурированность текста, разнообразный иллюстративный ряд.

Скачать бесплатно Учебник физики 8 класс В.В. Белага (50,6 МБ)

После загрузки файла в правом верхнем углу страницы нажмите значок для скачивания файла на свой компьютер.

Издательство: Просвещение, год издания: 2017

Материал учебника направлен на формирование первых научных представлений о физических законах и явлениях и основывается на современных достижениях науки и техники.

Вся материалы (учебники и другие материалы) собраны из общедоступных публичных ресурсов сети интернет и предназначены исключительно для чтения с целью образования. Выставленные для ознакомления материалы не преследует никакой коммерческой выгоды, а служат исключительно для образовательных целей. Любое коммерческое и иное использование кроме чтения запрещено.
Все авторские права принадлежат их владельцам.
Если Вы являетесь автором какой-либо книги, и её распространение ущемляет Ваши авторские права свяжитесь с нами, и мы сразу удалим её с нашего сайта.

Fizika elektr Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8-sinfi uchun darslik

FIZIKA
Elektr
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining
8-sinfi uchun darslik
Ikkinchi nashri
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi
tomonidan tasdiqlangan
«O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»
Davlat ilmiy nashriyoti
Toshkent—2014

M a x s u s m u h a r r i r l a r :
K. TURSUNMETOV – fiz.-mat. fanlari doktori, Mirzo Ulug‘bek
nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti professori;
B. IBRAGIMOV – fiz.-mat. fanlari nomzodi, Nizomiy
nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti dotsenti.
T a q r i z c h i l a r:
A. T. MAMADALIMOV – fiz.-mat. fanlari doktori,
O‘zR FA akademigi, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston
Milliy universiteti kafedra mudiri;
N. SH. SAIDXONOV – fiz.-mat. fanlari doktori,O‘zR FA
«Fizika-Quyosh» IICHB Fizika-texnika instituti ilmiy kotibi;
U. RIXSIYEV – Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi
200-maktabning oliy toifali o‘qituvchisi, O‘zbekiston
Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi.
Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan
ijara uchun chop etildi.
© «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»
Davlat ilmiy nashriyoti, 2010, 2014
Shartli belgilar:


e’tibor bering va esda saqlang;

savollarga javob bering;

masalalarni yeching;

amaliy topshiriqni bajaring va daftaringizga yozing.
ISBN 978–9943–07–265–7
UO‘K:53(075)
22.3
B43
M u a l l i f l a r :
P. HABIBULLAYEV, A. BOYDEDAYEV,
A. BAHROMOV, M. YULDASHEVA

KIRISH
Kundalik turmushimizda elektr energiyadan muntazam foydalanamiz.
Jumladan, uyimizdagi lampochka, televizor, radio, dazmol, elektr
choynak, kompyuter kabilar elektr energiya bilan ishlaydi (1-rasm).
Ko‘chadagi tramvay-trolleybuslar, yer ostidagi metro poyezdlari ham
elektr energiya hisobiga yuradi. Turli korxona, muassasa kabi barcha
joylarda ham muntazam elektr energiyadan foydalaniladi.
Xullas, turmushimizni, kundalik faoliyatimizni elektr energiyasiz
tasavvur qila olmaymiz. Elektr hayotimizning ajralmas qismiga aylangan.
Umuman, elektrning kashf etilishi va undan foydalanish Yer yuzidagi
taraqqiyotni yuqori darajaga ko‘tardi.
Turmushimiz yanada farovon bo‘lishi uchun elektrotexnika, radio-
texnika, elektronika, avtomatika, axborot texnologiyasi kabi sohalarda olim-
lar, muhandislar va boshqa mutaxassislar tinmay izlanish olib bormoqdalar.
Olim va muhandislar tomonidan qilingan yangidan yangi kashfiyot va
ixtirolar natijasida bu tarmoqlar yuksak darajada taraqqiy etmoqda.
Shu bois, elektr haqida bilimlarga ega bo‘lish har birimiz uchun juda
muhimdir.
8-sinfda Siz elektr hodisalari, elektr va magnit maydon, elektr toki,
elektromagnit hodisalarni o‘rganasiz, elektr energiyasini ishlab chiqa-
rish va uzatish, oddiy elektr asbob va qurilmalarning ishlash prinsiði
bilan tanishasiz.
3
1-rasm

4
I BOB
ELEKTR ZARYADI. ELEKTR MAYDON
1-§. JISMLARNING ELEKTRLANISHI
Elektr hodisasi haqida dastlabki ma’lumotlar
Plastmassadan yasalgan taroq yoki ruchkani sochingizga ishqalab,
maydalangan qog‘ozga yaqinlashtiring. Ular qog‘oz qiyqimlarini o‘ziga
tortganini ko‘rasiz (2-rasm). Shisha tayoqchani qog‘oz varag‘iga ishqalab
qo‘limizga yaqinlashtirsak, chirsillagan tovush eshitiladi, qorong‘ida esa
mayda uchqunlar ko‘rinadi. Bunday hodisalar qadim zamonlardayoq
payqalgan edi. Qadimgi grek olimi Fales Miletskiy (mil. av. 625–547)
junga ishqalangan elektron smolasi ba’zi yengil narsalarni o‘ziga tortishini
yozib qoldirgan.
Elektron – bu juda qadim zamonlarda
Gretsiyada o‘sgan igna bargli daraxtlar
qoldig‘ining toshga aylangan smolasi.
Elektr so‘zi ham shundan kelib chiqqan.
Buyuk bobokalonimiz Abu Rayhon Beruniy (973–
1048) ham elektr hodisalari haqida yozib qoldirgan.
Jumladan: “Mushukni qo‘l bilan silaganda tushgan
yung qaytadan mushuk ustiga qo‘yilsa, u tik turgan
holda qo‘yuvchining kafti tomonga ko‘tariladi”, deb
yozgan. Beruniy “elektr”ni kahrabo deb atagan. Kah-
rabo so‘zi forschadan somon tortuvchi ma’nosini ang-
latadi. Haqiqatan ham, junga ishqalangan kahrabo
somon bo‘laklarini o‘ziga tortadi.
Ishqalangandan keyin boshqa jismlarni
o‘ziga tortadigan jism elektrlangan yoki
elektr zaryadlangan jism deb ataladi.
Elektrlangan jismlarga faqat qattiq jismlar emas,
boshqa holatdagi moddalar ham tortiladi. Masalan,
elektrlangan tayoqcha jildirab tushayotgan suvni
ham, sham alangasini ham o‘ziga tortadi (3-rasm).
2-rasm
3-rasm

5
1-§. Jismlarning elektrlanishi
Shisha tayoqcha shoyiga ishqalanganda shoyining
o‘zi ham (4-a rasm), tayoqcha ham (4-b rasm) yen-
gil buyumlarni o‘ziga tortish xossasiga ega bo‘lib qoladi.
Ikki jism bir-biriga ishqalanganda ularning
har ikkisi ham elektrlanadi.
Elektrlangan jismlar nisbatan yengil bo‘lmagan
buyumlarni ham o‘ziga tortadi. Masalan, o‘tkir
uchli tayanch ustida erkin aylana oladigan metall
sterjenga elektrlangan tayoqcha yaqinlashtirilsa,
sterjen buriladi (5-rasm).
Elektrlanishning ikki turi
Elektr hodisalarini o‘rganishda shisha tayoq-
chadan tashqari, ebonit tayoqchadan ham foydala-
namiz. Ebonit — bu oltingugurt aralashtirilgan
kauchuk (qattiq rezina)dan tayyorlangan material.
Ebonit tayoqchani junga ishqalab, iðga osib qo‘-
yaylik. Unga boshqa xuddi shunday elektrlangan
ebonit tayoqchani yaqinlashtirsak, osib qo‘yilgan
ebonit tayoqcha itariladi (6-a rasm).
Endi shisha tayoqcha olib, uni shoyiga ishqalaylik
va osib qo‘yilgan ebonit tayoqchaga yaqinlashtirsak,
bu holatda ebonit tayoqcha shisha tayoqchaga
tortilishini kuzatish mumkin (6-b rasm).
1-xulosa:
Elektrlanishning ikki turi mavjud: shoyiga
ishqalangan shisha tayoqcha musbat isho-
rali (+), junga ishqalangan ebonit tayoq-
cha manfiy ishorali (–) elektrlanib qoladi.
2-xulosa:
Bir xil ishorali elektrlangan jismlar bir-
biridan itariladi, turli ishorali elektrlangan
jismlar esa bir-biriga tortiladi.
1. Jismlarning elektrlanganligini tajribada qanday payqash
mumkin?
2. «Elektr» so‘zi qayerdan kelib chiqqan?
4-rasm
5-rasm
6-rasm
b
a
b
a

6
3. Ishqalangan jismlarning tortishish hodisasi birinchi bo‘lib kim tomondan aytilgan?
4. Beruniy ishqalangan jismlarning tortishishi haqida nimalarni yozib qoldirgan?
5. Jismni qanday qilib elektrlangan jismga aylantirish mumkin?
6. Elektrlanishning ikki turi mavjudligini tajribada aniqlash usulini aytib bering.
7. Qanday zaryadlangan jismlar o‘zaro itariladi? Qay holda o‘zaro tortiladi?
Plastmassa taroq yoki ruchkani sochingizga ishqalab, qog‘oz qiyqimlariga yaqinlashtiring.
Bunda sodir bo‘lgan hodisa yuzasidan fikr yuriting.
2-§. ELEKTROSKOP VA ELEKTROMETR.
O‘TKAZGICHLAR VA IZOLYATORLAR
Elektroskop
Plastmassali taglikka o‘rnatilgan simga ikki buklangan folgani 7-rasmda
ko‘rsatilganidek osib qo‘yamiz. Folga – bu yupqa metall qog‘oz. Odatda,
choy yoki shokolodlar o‘ralgan zarqog‘oz ham folga bo‘ladi.
Ebonit tayoqchani mo‘ynaga ishqalab elektr-
laymiz va uni simga tekkizamiz. Bunda sim ham,
unga osilgan folga yaproqchalar ham elektrlanib
qoladi va yaproqchalar bir-biridan itariladi. Bunga
yaproqchalarning bir xil ishorali elektrlanganligi
sabab bo‘ladi. Bu tajriba elektroskopning ishlashiga
asos qilib olingan. «Elektroskop» so‘zi grekcha
«elektron» va «skopeo» so‘zlaridan olingan. “Skopeo”—
kuzatmoq”, “payqamoq” demakdir.
Elektroskop – jismlarning elektrlangan-
ligini sezish, kuzatish uchun qo‘llaniladigan
asbob.
Eng sodda elektroskop 8-rasmda tasvirlangan.
Unda metall gardishga o‘rnatilgan plastmassa tiqin
orqali metall sterjen o‘tkazilgan. Sterjenning yuqo-
ri uchiga sharcha o‘rnatilgan, pastki uchiga esa folga
yaproqchalar mahkamlangan. Gardishning ikkala
tomoni oyna bilan berkitilgan.
Elektrometr
Jismlarning qay darajada elektrlanganligini
aniqlaydigan ko‘rsatkichli va darajalangan elektro-
skop – elektrometr deb ataladi.
7-rasm
8-rasm
I bob. Elektr zaryadi. Elektr maydon

7
Elektrometr – jismlarning elektrlanganlik dara-
jasini aniqlovchi asbob.
9-rasmda maktab elektrometri tasvirlangan. Elektro-
metrda metall sterjen (1) ga muvozanatlangan ko‘r-
satkich (2) o‘rnatilgan. Sterjen va ko‘rsatkichni tashqi
ta’sirlardan himoya qilish uchun metall g‘ilof (3) yer-
ga ulangan.
Elektrometrning ichiga ko‘rsatkich mahkamlangan.
Sharcha elektrlanganda sterjen va ko‘rsatkich bir xil
ishorali elektrlanadi. Natijada ko‘rsatkich sterjendan
itariladi. Ko‘rsatkichning holatiga qarab, sharchaning
elektrlanganlik darajasini aniqlash mumkin.
Elektr o‘tkazgichlar va izolyatorlar
Ikkita bir xil elektrometr olaylik. Ulardan birining
sharchasi elektrlangan bo‘lsin. Ularni yonma-yon
qo‘yib, elektrometrlar sharchalarini shisha tayoqcha
bilan o‘zaro ulaylik. Elektrlangan elektrometrning
ko‘rsatishi o‘zgarmaydi. Undagi elektr zaryadlari
ikkinchi elektrometrga shisha tayoqcha orqali o‘tmaydi
(10-a rasm). Bunga sabab, shisha elektrni o‘tkazmaydi.
Endi elektrometrlar sharchalarini metall tayoqcha
bilan o‘zaro ulaylik. Birinchi elektrometrdagi elektr
zaryadlari ikkinchi elektrometrga o‘tadi. Natijada birinchi
elektrometr ko‘rsatishi kamayadi, ikkinchisiniki esa
ortadi (10-b rasm). Bunga sabab, metall elektrni yaxshi o‘tkazadi.
Elektrni o‘zidan o‘tkazuvchi moddalar elektr otkazgichlar deb
ataladi.
Barcha metallar, tuz va kislotalarning suvdagi eritmalari hamda yer,
beton, ko‘mir va boshqalar elektr o‘tkazgichlardir. Odam tanasi ham
elektrni o‘tkazadi.
O‘zidan elektrni o‘tkazmaydigan moddalar dielektriklar deb
ataladi. Dielektriklardan tayyorlangan buyumlar esa izolyatorlar
deyiladi.
«Dielektrik» grekcha so‘z bo‘lib, «o‘tkazmas» degan ma’noni bildiradi.
«Izolyator» esa lotincha «izolyaro» so‘zidan olingan bo‘lib, «yakkalangan»
9-rasm
2-§. Elektroskop va elektrometr. O‘tkazgichlar va izolyatorlar
10-rasm
a
b

8
degan ma’noni anglatadi. Dielektriklarga barcha turdagi shishalar, plast-
massalar, rezina, kauchuk, sopol, havo kiradi.
1. 7-rasmda ko‘rsatilgan tajribani tushuntirib bering.
2. Elektroskop deb qanday asbobga aytiladi?
3. Maktab elektrometrining tuzilishi va qanday ishlashini aytib bering.
4. Elektr o‘tkazgichlar deb qanday moddalarga aytiladi? Unga misollar keltiring.
5. Qanday moddalar dielektriklarga kiradi? Izolyator nima? Unga misollar keltiring.
3-§. ELEKTR ZARYADI

Atom tuzilishi
Grek olimlari tabiatdagi barcha narsalar atom-
lardan tashkil topgan deb hisoblaganlar. «Atom»
so‘zini grek mutafakkiri Demokrit (mil. av. 460—
370) kiritgan. Bu so‘z «bo‘linmas» degan ma’noni
bildiradi. XX asrda olimlar atomning ham bo‘linishi
mumkinligini va u murakkab tuzilishga ega ekanli-
gini aniqladilar.
1911-yilda ingliz fizigi Ernest Rezerford (1871–
1937) tajriba asosida atom tuzilishining modelini
kashf etdi. Bu modelga ko‘ra:
Atom markazida yadro joylashgan bo‘lib,
u proton va neytronlardan tashkil topgan.
Atom yadrosi atrofida orbita bo‘ylab
elektronlar harakat qiladi.
Protonlar musbat, elektronlar esa manfiy isho-
rali elektrlangan zarralardir. Neytronlar — elektr-
lanmagan (neytral) zarralar. Atomdagi elektronlar
soni protonlar soniga teng bo‘ladi. Masalan, vodo-
rod (H) atomining yadrosi faqat 1 ta protondan
iborat bo‘lib, yadro atrofida ham faqat 1 ta elektron
harakatlanadi. Geliy (He) atomida 2 ta proton va
2 ta elektron, litiy (Li) atomida esa 3 ta proton va
3 ta elektron mavjud (11-rasm).
Atomning o‘zi elektr jihatdan neytraldir.
Elektr zaryadi haqida tushuncha
Ebonit tayoqchani elektrlab, elektrometr shar-
chasiga tekkizilsa, uning ko‘rsatkichi boshlang‘ich
I bob. Elektr zaryadi. Elektr maydon
11-rasm

12-rasm

9
vaziyatidan og‘adi (12-rasm). Tayoqchani yana bir bor ishqalab,
sharchani yana elektrlasak, uning ko‘rsatkichi kattaroq burchakka og‘adi.
Shu tariqa elektrometr ko‘rsatkichini yanada katta burchakka og‘dira borish
mumkin. Demak, jismning elektrlanganlik darajasi o‘zgarishi mumkin.
Elektrlanganlik darajasini tavsiflovchi fizik kattalik elektr zaryadi
deb ataladi va q harfi bilan belgilanadi. Xalqaro birliklar sistema-
sida uning asosiy birligi qilib kulon (C

) qabul qilingan.
Elektr zaryadi musbat yoki manfiy bo‘ladi. Shoyiga ishqalangan shisha
tayoqcha musbat zaryadlanadi, shoyining o‘zi esa manfiy zaryadlanib
qoladi. Bunga sabab nima? Sabab shuki, ishqalanish paytida shisha
tayoqcha atomlari elektronlarining bir qismi shoyiga o‘tadi. Shuning
uchun shoyida manfiy zaryadlar nisbatan ortib ketadi. Natijada shoyi
manfiy zaryadlanib qoladi. Shisha tayoqchada esa elektronlar nisbatan
kamayganligi uchun musbat zaryadlar nisbatan ortiq bo‘lib qoladi.
Oqibatda tayoqcha musbat zaryadlanib qoladi.
Junga ebonit tayoqcha ishqalanganda, jun atomlaridagi elektonlarning
bir qismi ebonit tayoqchaga o‘tganligi sababli tayoqcha manfiy, jun esa
musbat zaryadlanadi.
Bitta elektronning zaryadi q
e

10
–19
C ga, bitta protonning
zaryadi esa q
p

10
–19
C ga teng. Bu degani, elektron va protonning
zaryadlari miqdor jihatdan o‘zaro teng bo‘lib, ular bir-biridan faqat
ishoralari bilan farq qiladi. Bir jismdan ikkinchi jismga N ta elektron
o‘tgan bo‘lsa, birinchi jism +N