Orbita. U Z
Biz ulug‘ “Ona zamin” farzandlarimiz!
Fizika “Mahorat maktabi”
p.f.n. X.X. Tajiboeva
So‘zboshi
Mustaqillik tufayli yosh avlodni savodxon, har tomonlama yetuk madaniyatli, savodxon qilib tarbiyalash, ijodiy ishga o‘rgatish har bir fan o‘qituvchisining burchi hisoblanadi. Bugungi yoshlarni erkin fikrlash, mustaqil ishlash ko‘nikmasini hosil qilishda ijodiy ishlashga yo‘naltiruvchi topshiriqlarni samarali tashkil etish asosiy o‘rin tutadi.
O‘quvchilarni mustaqil fikrlashga, ijodiy ishlashga o‘rgatishda sinfdan tashqari tashkil etiladigan to‘garak, konferensiya, kechalar tadbirlarning o‘rni beqiyosdir.
Darsdan tashqari tashkil etiladigan tadbirlar bevosita o‘qituvchini rahbarligida, reja asosida ma’lum maqsadni ko‘zlab, o‘quvchilarni hohishlarini hisobga olib uyushtiriladigan mashg‘ulot turi hisoblanadi.
Darsdan tashqari tashqari tashkil etiladigan tadbirlarning maqsad va vazifalari:
1.O‘quvchilarni bilim darajasini, ilmiy dunyoqarashini rivojlantirish;
2.O‘quvchilarni fanga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish;
3.Uning mehnat faoliyatidagi o‘ziga xos xususiyatlari;
4. O‘quvchilarni shaxsiy qobiliyatini rivojlantirish;
5. O‘quvchilarda amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish;
6. O‘quvchi qobiliyatiga qarab kasbga yo‘naltirish.
Ma’ruzani olib borish texnologiyasi
b) Fizikadan o‘tkaziladigan sinfdan tashqari ishlarning shakllari.
(yoki proektor va LD panel)
1.O‘quvchilarni bilim darajasi;
2.O‘quvchilarni bilishga qiziqishi;
3.Uning mehnat faoliyatidagi o‘ziga xos xususiyatlari;
4. Aqliy taraqqiyot darajasi;
5.Shaxs sifatida shakllanish darajasi;
1.O‘quvchilarni ilmiy dunyoqarashini rivojlantirish;
2.O‘quvchilarni umumiy ta’lim olish yo‘nalishini rivojlantirish;
3. O‘quvchilarni umumtexnikaviy rivojlanishini ta’minlash;
4.O‘quvchilarni shaxsiy qobiliyatini rivojlantirish;
5.O‘quvchilarda amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish;
6.Kasbga yo‘naltirish.
Fizikadan darsdan tashqari ishlarni tashkil etishda umumta’lim maktablarida-amaliyligiga, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida ilmiyligiga hamda kelajakdagi kasblariga e’tibor qaratish kerak.
Fizikadan darsdan tashqari ishlar:
-O‘quvchilarni mehnatga ongli munosabatda bo‘lishga, amaliy ko‘nikmalarini shakllantirishda, estetik didni rivojlantirishda, vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda axamiyati beqiyos.
Fizikadan darsdan tashqari ishlarda shuningdek, buyuk mutafakkirlar: Ibn Sino, Beruniy, Ulug‘beklar va XX asrda fizika sohasidagi olimlar U.Aripov, S.Azimov, R.Bekjanovlar hayoti va faoliyati yoritilishi, ular to‘g‘risida hayotiy lavhalar ko‘rsatish, devoriy gazetalar ma’lumot berish va hozirgi kunda chet el olimlari bilan birga faoliyat olib borayotgan yurtimiz olimlarining yutuqlarini o‘quvchilarga yetkazish lozim.
Fizikadan darsdan tashqari ishlarning bir turi– to‘garak dir.
To‘garak-bu darsdan tashqari ishlarning muntazam shaklidir. To‘garak tartibli o‘tkaziladigan, a’zolari o‘zgarmas, to‘garak a’zolarining umumiy majlislarda qabul qilingan va avvaldan tayyorlangan dastur bo‘yicha, jadval asosida olib boriladigan hamda maktab rahbari buyrug‘i asosida olib boriladigan mashg‘ulot turidir. To‘garakning o‘tkazilish vaqti, xonasi bir necha kun oldin e’lon qilinadi va to‘garak a’zolari 10-15 kishidan iborat bo‘ladi. |
To‘garak dasturi o‘quvchilarning qiziqishi asosida tanlanib qaysi kuni o‘tkazilishi kelishib olinadi.
To‘garak turlari: raketa texnikasi, kosmonavtika, radiotexnika, elektrotexnika va h.k.o.
Fizikadan darsdan tashqari ishlar olib borish natijalari:
frontal laboratoriya ishlari, fizikadan praktikum ishlari, eksperimental masalalar, fizika xonalarini elektr simlari o‘tkazib jihozlash, qo‘ng‘iroqni avtomatik chalish, maktabni radiolashtirish .
Fizika kechalari-bu maktabda darsdan tashqari ishni avj oldirib borish uchun ko‘p mehnat talab qiladigan samarali tadbirlardan biri.
Fizika kechalarining vazifasi- o‘quvchilar bilimlarini chuqurlashtirish va kengaytirishdir.
Fizika kechalarida o‘quvchilar: zalni bezatadilar, dokladlar, devoriy gazeta demonstratsion tajribalar va modellar tayyorlaydilar.
Fizikdan darsdan tashqari ishlarning ko‘rinishlari:
-O‘quv va ilmiy-ommabop kinofilmlarning namoyishi;
Fizikaviy haftaliklar.
Fizikdan darsdan tashqari ishlarning tashkil qilish prinsiplari:
-O‘quvchilarni individual xususiyatlarini xisobga olib;
-ishlarning ijtimoiy foydali yo‘naltirilishi;
-Har qanday topshiriqni bajarishning majburiyligi;
Darsdan tashqari ishlarning o‘quv ishlari bilan aloqasi.
1. “Assalom fizika”kechasi
Bosqichlar va topshiriqlar
1.Salomlashish erkin holda amalga oshiriladi.
2. Fizik asboblar haqida
“Assalom fizika” kechasining qisqacha matni
1-O‘quvchi: Stol ustida turgan fizik asboblardan menzurkani toping, vazifasini tushuntiring.
2-O‘quvchi: Menzurkani qo‘liga oladi va uning hajmini, o‘lchashdagi vazifasini tushuntiradi.
1-O‘quvchi:Kishi tanasining harorati qanday asbob bilan o‘lchanadi?
2-O‘quvchi: Termometr kashf etilguncha tana harorati qo‘l bilan aniqlangan, keyinchalik esa termometr bilan o‘lchanadi deb termometrni ko‘rsatadi.
1-O‘quvchi: Adialak qanday asbob, vazifasichi?
2-O‘quvchi: Adialak jismlar sirtining tekisligini aniqlaydigan fizik asbobdir.
1-O‘quvchi: Kuch qanday asbob bilan o‘lchanadi, uni toping va qayerlarda ishlatilishini tushuntiring?
2-O‘quvchi: Kuch dinamometr bilan o‘lchanadi. U muskul kuchlarini aniqlashda, ikki jism orasidagi tortishish kuchini aniqlashda ishlatiladi.
Shunga o‘xshash savollar davom ettiriladi. Savol-javob, munozaralarda kim ko‘proq ball yig‘sa, shu o‘quvchi g‘olib hisoblanadi
- Fizika nimani o‘rganadi?
- Mexanika nimani tushuntiradi?
- Oddiy mexanizmlar deganda nimani tushunasiz?
- Impuls nima?
- Energiya nima?
- Energiya turlarini ayting.
- Energiyaning aylanishi va saqlanishini tushuntirib bering.
- Fizikaning bo‘limlarini ayting.
- Fizik jarayon nima?
- Izojarayonlarni tushuntiring.
Bosqichlar va topshiriqlar
- Kechki ovqatda fizika munozarasi
2-o‘quvchi: Nonning qotib qolish sabablaridan biri, non tarkibidagi suvning bug‘lanishdir.
1-o‘quvchi: Issiq ovqatni yog‘och qoshiq bilanmi yoki metall qoshiq bilan ichish afzal? Nega?
2-o‘quvchi: Yog‘och qoshiq bilan ichish afzal, chunki yog‘och issiqlikni metallga nisbatan kam o‘tkazadi, shuning uchun u issiq bo‘lmaydi.
1-o‘quvchi: Piyoladagi issiq choyni qanday sovutish mumkin?
2-o‘quvchi: Choyga metall qoshiq solinsa metall issiqlikni yaxshi o‘tkazgani uchun choy tezroq soviydi. Bug‘lanishni kuchaytirish uchun choyni puflash kerak.
1-o‘quvchi: Nima uchun chovgumdagi suv qaynash oldidan ovoz chiqaradi?
2-o‘quvchi: Suvda havo pufakchalari mavjud. Qizish natijsida suv pufakchalari kattalashadi va yuqoriga ko‘tariladi. Qaynash oldidan pufakchalar soni ko‘payadi, ularning yorilishi natijasida suvning o‘ziga xos ovozi chiqa boshlaydi.
1-o‘quvchi: Nima uchun chovgumdagi suv qaynayotganda uning qopqog‘i sakraydi?
2-o‘quvchi: Isish natijasida hosil bo‘lgan bug‘ bosimi qopqoni ko‘taradi, bug‘ning bir qismi tashqariga chiqqach bosim bir oz pasayadi va qopqoq joyiga tushadi.
- Energiya nima?
- Fizika nimani o‘rganadi?
- Fizikani bo‘limlarini ayting.
- Energiyaning aylanishi va saqlanishini tushuntirib bering.
- Mexanika nimani tushuntiradi?
- Oddiy mexanizmlar deganda nimani tushunasiz?
- Mexanik ish nima?
- Energiya turlarini ayting.
- Fizik jarayon nima?
- “Fizika kechasi” mushoira kechasi
“Zuxro yulduzi” tabrigi:
Bizni bellashuvga taklif etgan “Ona zamin”ga salom, assalom!
- “Ona zamin”kuchlimi, “Zuxro yulduzi”mi?
- Rayim Farxodiyning she’rida tilga olingan marvarid-marjonlar suv tomchilaridir.
- Ular havo tarkibidagi suv bug‘larining kondensatsiyalanishi tufayli hosil bo‘ladi.
- Ra’noning gul bargida ko‘rgan marvaridlari suv tomchilaridir. Quyosh chiqishi bilan bu tomchilar bug‘lanib ketdilar.
- Metallni bolg‘a bilan tez-tez urib isitish mumkin. Bu mexanikaviy ish nimaga sarf bo‘ladi?
- Quvvat birliklarini ayting?
- Choynak qancha ko‘p isitilsa undagi suv shuncha sekin qaynaydi. Nimaga shunday?
- Elektromagnit induksiya hodisasini kim qachon kashf qilgan?
- Daraxt bargiga tuproqdan ildiz orqali ko‘p miqdordagi suv uzluksiz kelib turadi. Bu suv qaerga ketadi?
- Bug‘ turbinalarida suv bug‘ining qanday tur energiyasidan foydalaniladi?
- Siz issiqlik dvigatellarining qanday turlarini bilasiz?
- O‘quvchilarga muammoli savollar beriladi (havo massaga egami, uning ahamiyati nimada deb o‘ylaysiz).
- O‘quvchilarning fikrlari va g‘oyalari tinglanadi.
- O‘quvchilar tomonidan berilgan fikr va g‘oyalari umumlashtiriladi.
- Nima uchun nay ichidagi suyuqlik butunlay oqib tushmaydi?
- Stakan ichiga suv solib, qog‘oz bilan berkitib, stakan to‘nkarilsa suv to‘kilmaydi. Sababi nimada?
Bugun mushoirada ayon bo‘lg‘usi.
2. Had-xududi yo‘q olamda yo‘nalish bormi?
3. Poyoni yo‘q koinotni o‘lchab bo‘lurmi?
yerga olib tushar,
b aland osmonni ham
f izika faniga bog‘liq tabiat ham
i ntilish, inersiya, xatto tortishish,
z arurat bo‘lganda barcha fanlar ham
i ntiladi fizika tomon.
Keltirib bu fanga shavkatu shuxrat,
b iz sodiq qolamiz abadul-abad.
Keyin tabrik uchun so‘z “Ona zamin” komandasi a’zolariga beriladi.
Raqibimiz bo‘lmish “Zuxro yulduzi” ga salom, assalom!
1. Olam juda zimiston,
Nurafshon ayladi uni Nyuton,
Arximed, Demokrat etdi guliston
Ulug‘bek yulduzi porlar charog‘on
2. Ko‘ring havas qiling “Zuxro yulduzi”
Biz ulug‘ “Ona zamin” farzandlarimiz!
3. Gullar bilan to‘lgan bahoring, yozing,
Sevinch bilan jo‘shib chiqar sozing
Mehmonlar ustozlar sizga ming rahmat!
Xush ko‘rdik, xakamlar bo‘lingiz ogoh!
Sizdan iltimos shu qaysi bir tomon
Noto‘g‘ri ketmasin baholar nogoh!
Birinchi guruh sardriga savollar.
Chiroqchalar o‘chgan qishloqda
Jimlik cho‘kkan o‘rmon, so‘qmoqda
Bug‘imikan shoshgan suvloqqa,
Mayda yomg‘ir barglarni yuvar.
Shoxchalarni tebratib shamol.
Iliq kumush bir zumlik tuman,
Daryo uzra suzadi behol.
Tong saharlab qanday tirik jon?
Daraxtlarda shudring dona-dona
Taqib qo‘yar marvarid-marjon.
1-savol: Rayim Farxodiyning ushbu she’ridagi “taqib qo‘yar marvarid-marjonlar” nima?
2-savol: Bu marvarid-marjonlarining paydo bo‘lishini tushuntiring.
Ikkinchi guruh sardoriga savollar:
Ra’no ko‘rgan marvarid.
Ra’no chiqdi gulboqqa,
Ertalab gul uzmoqqa,
Gulni xadya qilmoqqa,
Gullar bargida ko‘rdi
Gulning shoxi, navdasi.
Mana asl marvarid
Bog‘da ekan bilmabmiz,
Nega har kun ertalab
Gul ko‘ziga ko‘rinmas.
Endi teray deganda,
Marvarid qo‘lda turmas.
Undan keyin Ra’nooy
Guldan uzdi bir dasta.
Quyosh chiqdi marvarid
Uchib ketdi bir pastda.
1-savol: Ra’no gul bargida ko‘rgan marvarid nima?
2-savol: Quyosh chiqqandan so‘ng ular qayoqqa uchib ketishdi?
Sardorlarga berilgan savollariga javoblar.
4. “Tebranishlar va to‘lqinlar” mavzusida o‘tiladigan kecha
Har bir guruhga:
a) fizik kechaning mavzusiga oid guruh nomini o‘ylab topish;
b) raqib komanda va jyuri a’zolari bilan tanishuv;
v) dasturni tayyorlash topshiriladi.
Tayyorlanish uchun 2 hafta vaqt beriladi.
Hay’at (jyuri) tarkibi tajribali o‘qituvchilarni jalb etish mumkin.
Har bir xay’at a’zosi kechaning dastur topshiriqlari va baholash mezonlari bilan tanishtirilishi lozim.
Kechani o‘tkazish bosqichlari va topshiriqlari quyidagilardan iborat:
Bosqichlar va topshiriqlar
Salomlashish (uyga vazifa). O‘quvchilar guruh nomini kechaning mavzusidan kelib chiqqan holda (masalan, “Mayatnik”) deb tanlashlari, salomlashishda ham “Tebranish” mavzusiga asoslanishlari mumkin. Bu ijodiy topshiriq bo‘lib, har bir guruh o‘z qiziqishi bilimi va quvnoqliklarini namoyon etishadi.
Kechaning mazmunida quyidagilar bo‘lishi mumkin, ya’ni bunda 1-guruh klassik tanishtirish, 2-guruh “Qishli qirovli kunlarning birida . ” deya nomlangan she’rni kechaning mavzusiga moslab fizikchasiga o‘zgartirishi, 3-guruh va 4-guruh sahna ko‘rinishini tayyorlashi, shuningdek, guruhlardan biri formulasini bosh mavzu qilib olib, yana biri esa metronom tovushlari (urishlari) ostida “. vals” o‘ynashi mumkin.
O‘quvchi tomonidan quyidagi she’r o‘qilishi ham mumkin:
Sizlar – g‘am va anduhlar.
Mexanik, elektrik – har xil tebranishlar.
Mana endi ikkinchisi ham
Qanchalik u charchaydi,
Qanchalik u jonga tegdi.
2-bosqich:
Hayot formulasi. Bunda guruhlarga oq qog‘oz tarqatiladi va unga o‘quvchilar tebranishlarga doir formulalarni yozib borishlari kerak. Qanchalik ko‘p formula yozishsa, guruh shuncha ko‘p ball to‘playdi.
3-bosqich:
Krossvord. Guruhlarga “Tebranish” mavzusiga oid krossvordlar tarqatiladi va hay’at a’zolari o‘quvchilar ishni boshlashlaridan oldin vaqtni belgilab oladilar. Qaysi guruh birinchi bo‘lib topshiriqni bajarsa, o‘sha guruh g‘olib hisoblanadi. Krossvordni o‘qituvchilar kollektivi yoki hay’at a’zolari tomonidan tuzish mumkin.
4-bosqich:
“Kim ko‘p?”. Guruhlarga “yelektromagnetizm” so‘zi yozilgan varaq tarqatiladi. Bunda “Tebranish” mavzusining har bir harfiga iloji boricha ko‘p so‘z tuzish kerak. Kim ko‘p yozsa, o‘sha g‘olib hisoblanadi.
5-bosqich:
Sardorlar bellashuvi. Har bir sardor rasmda tasvirlangan asbobni oladi. Topshiriq: olgan asbob yordamida turli xil tebranish jarayonlarini ko‘rsatish va tushuntirish kerak. Kim ko‘p hodisani ko‘rsatsa va tushuntirsa, o‘sha g‘olib bo‘ladi.
6-bosqich:
“Bir mayatnik diskatekadan qaytayotib ketvorgan tezlikni uchratib qoldi. U poyezd oldida ko‘zlari to‘rt bo‘lib Rezonansni kutardi. Biroq, Rezonans. ” kelmadi.
Tezlik katta chastotada bezovtalana boshladi, biroq shu payt uning cho‘ntagidagi uyali telefoni jiringlab qoldi. Bu qo‘ng‘iroqni fazalar siljishi qildi. U Rezonans bilan Grafik to‘qnashib qolib, avtomobil halokatida halok bo‘lganini yetkazdi. Tezlik xonim Rezonanssiz yashay olmasligini bilardi. Nima qilish kerak? Uning hayotida eng qiyin . davr boshlandi.
7-bosqich:
Pantomimo. Guruh sardori qura topshiriq oladi. Undagi topshiriqda guruh sahna ko‘rinishi o‘ynab ko‘rsatishi (masalan, rezonans, harakatlanayotgan mayatnik, tebranish konturini tasvirlashi) kerak, boshqa guruhlar nima tasvirlanganini o‘ylab topishlari kerak.
8-bosqich:
Aytishuv. Bu konkurs dasturning qo‘shimcha qismi hisoblanadi. Uning maqsadi shundan iboratki, taqdim etilgan har bir ibora yoki ma’nosi bo‘yicha teskarisini iloji boricha tez aytish kerak. Bunday ibora (yoki so‘zlarni) guruhlar oldindan tayyorlaydilar, ularning javoblarini esa raqib-guruhlar yozadilar. Masalan, “tebranuvchi harakat” iborasi beriladi, uning teskarisi “takrorlanmaydigan tinchlik” iborasi bo‘ladi.
Bosqichlar va topshiriqlar
1.Salomlashish, tanishtiruv erkin holda amalga oshiriladi.
2. “Turli muhitlarda diffuziya hodisasi”ga oid munozara
“Turli muhitlarda diffuziya hodisasi” mavzusi bo‘yicha o‘quvchilar ma’lumotlar tayyorlab keladi.
Masalan: Tayyorlanib kelgan o‘quvchi shu mavzuni gapirib tushuntirib beradi. Qo‘lidan kelgancha tajriba ham qilib ko‘rsatadi. U o‘rtoqlariga gaz, suyuqlik va qattiq jismlarda diffuziya xodisasiga doir misollar, animatsiyalar, xodisalarni izohlash va amalda foydalanish haqida tushuncha beradi. Boshqa o‘quvchi shu mavzuga doir tajriba ko‘rsatadi.
Tajriba, oddiy sovuq suvga margansovka solib diffuziya hodisasini ko‘rsatadi. So‘ngra issiq suvga margansovka solib diffuziya hodisasini yuqori haroratda tez sodir bo‘lishiga o‘rtoqlarining e’tiborini qaratadi. Bunda jismning harorati yuqori bo‘lsa, molekulalarning tezligi katta bo‘ladi va aksincha, degan xulosa chiqadi.
Rivoyat. Bir podsho ulamolariga ko‘p narsa qo‘limdan keladi, deb maqtanadi. Shunda vaziri shoxim unday demang, ba’zi narsalar borki, uni siz qila olmaysiz, deb nasixat qiladi. Baribir podsho o‘z so‘zida turib oladi. O‘sha kuni podshoning besh yosh o‘g‘il nabirasi bobosini oldiga kelib suv so‘raydi. Bobosi suv oldirib kelib nabirasiga beradi. Nabirasi suv ichmayman, sut keltiring deydi. Bobosi sut keltirishni buyuradi. Bola sutni ichib ko‘rib ichmayman, deb xarxasha qiladi. Shunda podsho nima qilsam tinchiysan deydi. Bola suvni sutga qo‘shing, deydi. Podsho noiloj suvga sutni qo‘shadi. Bola bu suyuqlikni ichib ko‘rib to‘polon qila boshlaydi. Bobo buni ham ichmayman, bu suyuqlik bemaza ekan deydi. Bolam nima qilsam sen tinchiysan, deydi podsho. Bola bobo suvdan sutni ajratib bering, deb iltijo qiladi. Afsuski, suvga aralashib ketgan sutni endi ajratib bo‘lmaydi.
3.Sardorlar bellashuvi
1.Moddaning agregat holatini tushuntiring.
2. Moddaning suyuq holati qanday xarakterlanadi.
3. Moddaning gaz holati qanday xarakterlanadi.
4. Moddaning qattiq holati qanday xarakterlanadi.
6. Qattiq jism molekulalarini joylashish holatini tushuntiring.
7.Konveksiya hodisasini tushuntiring.
9.Fizika nimani o‘rganadi?
10.Fizikani bo‘limlarini ayting
4.Sahna ko‘rinishi erkin tayyorlanadi.
РТМ “Табиий ва аниқ фанлар” бўлими бош методисти
Fizika 6-sinf, II-chorak 21-dars
ATMOSFERA BOSIMI. TORRICHELLI TAJRIBASI
Mavzuning texnologik xaritasi
Vosita: 6-sinf fizika darsligi, kompyuter, slaydlar, tarqatma materiallar, video tasvir, manometr, barometr.
Nazorat: Og‘zaki nazorat, baholash.
Atmosfera bosimi. Torrichelli tajribasi mavzusini tushuntirish va atmosfera bosimi hisoblash formulalari bilan masalalar yechish orqali yuqori samaradorlikka erishadi. Interfaol metodlardan foydalanish orqali o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, faolligi, darsga, fanga nisbatan qiziqishni orttiradi.
O‘quvchilar mustaqil o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq tushunarli bayon qila oladi. Mavzudan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya oladi, o‘z ustida ishlashni o‘rganadilar, eslab qolish, ayta olish, ko‘rsata olish ko‘nikma va malakalarga va kommunikativ, axborot bilan ishlash, shaxs sifatida o‘zini o‘zi rivojlantirish, matematik savodxonlik kompetensiyalari shakllantiriladi.
O‘quvchilarni fizika faniga qiziqtirish yo‘llari va pedagogik texnologiyalarni darsda tadbiq etish uchun o‘z ustida ishlash, mavzuni kundalik turmush va fan-texnikada qo‘llanilishi bilan tajribasini boyitish.
O‘quvchilar atmosfera bosimi mavjudligi, Torrichelli tajribasi, atmosfera bosimi o‘lchash usuli, atmosfera bosimining ahamiyatini haqida bilim , ko‘nikma, malaka va fizik jarayon va hodisalarni kuzatish, tushunish va tushuntirish, fizik bilimlar va asboblardan amaliyotda foydalanish, matematik savodxonlik kompetensiyalariga ega bo‘ladilar.
Mashg‘ulotning borishi
Asosiy atamalar va tushunchalar:
– normal atmosfera bosimi;
– millimetr simob ustuni;
Darsning blok-chizmasi
№ | Dars bosqichlari | Vaqti |
1 | Tashkiliy qism | 2 minut |
2 | Uy vazifalarini tekshirish va o‘tilganlarni takrorlash | 10 minut |
3 | Fil’m ko‘rsatish | 6 minut |
4 | Yangi mavzu ustida ishash | 18 minut |
5 | Darsni mustahkamlash | 7 minut |
6 | Uyga topshiriqlar | 2 minut |
Darsning borishi
I. Darsning tashkil etilishi: (2 minut)
a) salomlashish, davomatni aniqlash;
b) o‘quvchilarni darsga hozirligini ko‘rib chiqish.
II. Uy vazifalarini tekshirish va o‘tilganlarni takrorlash
O‘qituvchi tomonidan “Fizik diktant” o‘tkaziladi.
1.Tezlik formulasi:
2. Bosib o‘tilgan yo‘l formulasi:
3. Harakat vaqtini hisoblash formulasi:
4. Bosim formulasi:
5. Zichlik formulasi :
Savollardan namunalar
1.Suyuqlikning idish tubiga bergan bosimi nimalarga bog‘liq?
2.Dengiz tubida nima sababdan odam skafandrsiz (havo berib turilsa ham) tura olmaydi?
3.Gidrostatik bosim nima?
III. Yangi mavzu bayoni:
Atmosfera bosimi. Torrichelli tajribasi
1. Atmosfera bosimi mavjudligini qanday tajribalar tasdiqlaydi?
2. Normal atmosfera bosimi nimaga teng?
3. Nima sababdan atmosfera bosimi o‘zgarib turadi?
4. Torrichelli tajribasida nimani o‘lchaydi?
Siz suyuqlikning idish tubiga bosim berishini bilib oldingiz. Gazlar ham xuddi shunday bosim beradimi? Ular bosim berishi uchun massaga, ya’ni og‘irlikka ega bo‘lishi kerak. Buni tekshirish uchun quyidagicha tajriba o‘tkazamiz.
Yaxshi damlangan koptokni olib, tarozining bir pallasiga qo‘yib, ikkinchi pallasiga toshlari bilan muvozanatga keltiramiz. So’ngra koptokni olib, ichidagi havoni to‘liq chiqarib yuboramiz. Taroziga koptokni qo‘yamiz. Bunda tarozining muvozanati buzilganligi kuzatiladi. Tarozini muvozanatga keltirish uchun bir qism toshlarni olamiz (1-rasm).
Demak, havo ham ma’lum og‘irlikka ega ekan. Sizga ma’lumki, Yerni havo qatlami o‘rab turadi. U atmosfera deb ataladi. Demak, havo o‘z og‘irligi bilan Yer yuzasiga bosim berishi kerak. Bu bosim atmosfera bosimi deb ataladi. Atmosfera bosimini aniqlash uchun p = ρ · g · h formulasidan foydalanib bo‘lmaydi. Chunki atmosfera tarkibi turli gazlar aralashmasidan iborat bo‘lib, aniq balandlikka ega emas. Havo tarkibida 78% azot, 21% kislorod va boshqa gazlar bor. Yer sirtiga yaqin joyda 0°C temperaturada o‘lchangan havo zichligi 1,29 kg/m 3 ga tengligi aniqlangan.
Havo qatlamlarining zichligi balandlik ortishi bilan tez kamayib boradi. Masalan, Yer yuzidan 5,4 km balandlikda havoning zichligi uning Yer yuzidagi zichligidan 2 marta kichik, 11 km balandlikda 4 marta kichik bo‘ladi. Yuqorilashgan sari havo siyraklasha borib asta-sekin havosiz fazoga o‘tadi. Atmosferaning aniq chegarasi yo‘q. Havoni tashkil etgan zarrachalar og‘irlikka ega bo‘lsa, nima sababdan ularning hammasi Yer sirtiga tushib qolmaydi? Sababi shundaki, ular to’xtovsiz harakatda bo‘ladi. Unda nima sababdan raketa kabi ochiq kosmosga uchib ketmaydi? Gap shundaki havo zarrachalarining tezligi Yer tortish kuchini yengishga yetmaydi. Buning uchun ularning tezligi 11,2 km/s dan kam bo‘lmasligi kerak.
Atmosfera bosimining mavjudligini quyidagi tajribalarni o‘tkazib ishonch hosil qilish mumkin.
Ishlatilgan meditsina shprisini olib porshenini eng quyi holatga keltirib, igna uchini suvga tushiramiz. Porshen yuqoriga ko‘tarilsa, suv ham porshen ortidan ko‘tariladi (2-rasm). Suv nima sababdan ko’tariladi? Ko’zga dori tomizishda ishlatiladigan tomizgich (pipetka) uchini suvga tushirib, orqa rezinasini bir siqib olinsa, pipetka ichiga suv kiradi. Pipetka suvdan olinganda, undagi suv to‘kilmasdan turadi. Nega suvning og‘irligi bo‘lsa ham suv to‘kilmaydi?
Bularning sababi, atmosfera bosimining ta’siridir. Shpritsda porshen ko‘tarilganda, suv ko‘tarilmasa porshen va suv orasida bo‘shliq paydo bo‘lar edi. Bo‘shliq suvga hech qanday ta’sir ko’rsatmaydi. Pastdagi idishdagi suvga atmosfera bosimi ta’sir ko’rsatib, suvni porshen orqasidan ko‘tarilishga majbur qiladi. Pipetkadagi suv ham atmosfera bosimi tufayli to‘kilmaydi.
Atmosfera bosimini birinchi marta italiyalik olim E. Torrichelli (1608–1647) o‘lchagan. Buning uchun uzunligi 1 m bo‘lgan bir uchi berk shisha nay olinib, uni simob bilan to‘lg‘aziladi. So‘ngra ochiq uchini qo‘l bilan berkitib, to‘nkarilgan holda simobli idishga tushiriladi. Barmoq olinganda shisha naydagi simobning bir qismi to‘kiladi. Nayning yuqori qismida havosiz bo’shliq qolib, to‘kilmagan qismining balandligi taxminan 760 mm bo‘ladi (pastki idishdagi simob sathidan o‘lchanganda). Bunda ham naydagi simobning to‘kilmasligiga sabab, simob ustunining idishdagi simobga bergan bosimining, atmosfera bosimi bilan muvozanatlashishidir. Demak, atmosfera bosimini naychadagi simob ustuni bergan bosim bilan o’lchash mumkin ekan. Hozirgi kunda 0°C da turgan balandligi 760 mm bo‘lgan simob ustunining bosimini normal atmosfera bosimi sifatida qabul qilingan. Radio yoki televideniyeda ob-havo ma’lumotlari berilganda, atmosfera bosimini mm. sim. ust. larida ifodalab aytiladi. p = ρgh formuladan foydalanib normal atmosfera bosimini Paskallarda ifodalash mumkin. p0 = 13595,1 kg/m 3 ·9,81 m/s 2 · 0,76m ≈ 101360 Pa. 1 atm=760 mm.sim.ust = 101360 Pa.
Torrichelli o‘z tajribasida naychadagi simob ustunining ob-havo o‘zgarishi bilan o‘zgarishiga e’tibor bergan. Bundan tashqari atmosfera bosimi balandlik ortishi bilan ham kamayib boradi. Uncha katta bo‘lmagan balandliklarda har 12 m ko‘tarilganda, bosim 1 mm. sim. ust. ga kamayishi aniqlangan.
Atmosfera bosimini o‘chaydigan asbobga barometr deyiladi. Torrichelli tajribasini simob o’rniga boshqa suyuqlik bilan o‘tkazilsa nima bo’ladi? Boshqa suyuqliklarning zichligi simobnikidan ancha kichik bo‘lganligidan, suyuqlik ustunining balandligi katta bo‘ladi. Shunday suvli barometrda suyuqlik ustunining balandligi 10 m dan ko‘p bo‘ladi.
Atmosfera bosimiga nisbatan kattaroq yoki kichikroq bosimlarni o’lcnashda manometrdan foydalaniladi. Manometrlar suyuqlikli va metalli bo’ladi.
Suyuqlikda ishlaydigan oddiy manometr U ko’rinishdagi naydan iborat bo‘lib, uning yarmigacha suyuqlik quyiladi (3-rasm). Nayning bir uchi ochiq, ikkinchisi esa bosimi o‘lchanadigan idishga rezina shlang orqali ulanadi. Shlang uchiga silindr shaklida idish kiydirilib, yupqa rezina plyonka qoplanishi ham mumkin. Plyonkaga bosilsa, naylardagi suyuqlik ustunlari farqi hosil bo’ladi.
Metall manometrning asosiy elementi (1) yoy shaklidagi truba bo‘lib, bir uchi berk (4-rasm). Ikkinchi uchi (4) kran orqali bosimi o‘lchanadigan idishga ulanadi. Kran ochilganda truba ichidagi bosim ortib egiladi. Egilish tishli g‘ildiraklar (3) orqali strelkaga (2) beriladi.
IV. Mustahkamlash:
1.Nima uchun porshinning yuqoriga harakatlanishi natijasida suv ham
V. O‘quvchilarni rag‘batlantirish.
O‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarning javoblari tinglangach rag‘batlantiriladi.
VI.Uyga vazifa: Mavzuni o‘qish bosim to’g’risida “sinkveyn” yozib kelish.
Fizika 6-sinf
IV- chorak 54 – dars
Fizikadan masalalar to’plami (Rimkevich)
Kitobni ta’riflashga hojat bo’lmasa kerak. Fizika bo’yicha o’rta maktab o’quvchilari uchun mo’ljallangan masalalar to’plamlari orasida eng mashhuri bo’lsa ajab emas. Kitobda o’rta maktab fizika kursining deyarli barcha yo’nalishlari – dinamika, kinematika, elektr va magnit hosdilalari, va ho kazolar bo’yicha masalalar keltirilgan. Kitob uzoq yillar davomida, shuningdek bugungi kunda ham maktab va kollejlar o’quvchilari uchun fizikadan bilimlarni mustaxkamlash borasida muhim ahamiyatga molik manba bo’lib kelmoqda.
Muallif: Rimkevich A.P.
Tematik yo ‘ nalishi: Fizika. Masalalar to’plami.
Tarixi: Toshkent, “O’qituvchi” nashriyoti, 1993-yil.
Orbita.Uz taqdim etayotgan elektron nusxa: Djvu va .pdf formatlaridagi variantlarda, sifatli skanerlangan.
Grafikasi: O’zbek tili kirill alifbosida.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring: