Fizika oliy o’quv yurtlari uchun darslik
2. Ilgarilanma va aylanma harakatda tezlik va tezlanish.
Oliy o`quv yurtlari uchun darslik G’afurov K. X., Shomurodov T. R. Oziq–ovqat sanoati jihozlarini
Prezidentimiz I.A.Karimov “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O`zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo`llari va choralari” kitobida quyidagilarni yozganlar: “Biz istiqlolning dastlabki yillarida qabul qilgan, mashhur besh tamoyilga asoslangan ijtimoiy yonaltirilgan erkin bozor iqtisodiyotiga o`tish modeli yildan-yilga ilgarilab borganimiz sari o`zini amalda oqlab, naqadar to`g’ri va puxta ekanini isbotlamoqda, deb aytish uchun bugun barcha asoslarimiz bor.
Bugungi kunda mamlakatimizni, avvalo, iqtisodiyottimizni isloh etish, erkinlashtirish va modernizatsiya qilish, uning tarkibiy tuzilishini diversifikatsiya qilish borasida amalga oshirilayotgan, har tomonlama asosli va chuqur o`ylangan siyosat bizni inqirozlar va boshqa tahdidlarning salbiy ta`siridan himoya qiladigan kuchli to`siq, aytish mumkinki, mustahkam va ishonchli himoya vositasini yaratadi”.
Haqiqatdan ham hozirgi kunda Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan oqilona sotsial-iqtisodiy siyosat o`z samarasini beryapti. Asosiy e`tibor ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, eksportbop va import o`rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarishga qaratilgan.
1997 yilda qabul qilingan “Ta`lim to`g’risidagi” qonyn” va “Kadrlar tayyorlash milliy” dasturiga asosan O`zbekiston Respublikasida ta`lim sohasini tubdan isloh qilish ishlari amalga oshirilmoqda. Respublikada rivojlangan demokratik davlatlar talablari darajasida, kadrlarni tayyorlash imkonini beradigan ta`lim tizimi yaratildi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ko`rsatilganidek, fan, texnika, yuqori texnologiyalar rivoji jadallashgan hozirgi zamon sharoitida, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, o`qitishning hozirgi zamon tizimlari va pedagogik texnologiyalar asosida amalga oshirilishi lozim.
Ilm-fan texnika va texnologiyani jadal rivojlanish sharoitida ta`lim tizimiga quyidagi talablar qo`yiladi:
– individual va mustaqil ishlash, hamda ilmiy-texnikaviy axborot bilan ijodiy ishlash ko`nikmalarini rivojlantirish;
– o`ziga xos va nostandart fikrlash hamda ishchanlik qobiliyatini rivojlantiriish;
– talabalarning o`qishga qobiliyati har xil bo`lgani uchun ta`limni individuallashtirish;
– bilimning harakatchanligi tandiqiy fikrlashni, ishdagi ijod va epchillikni o`zgaruvchan ishlab chiqarish sharoitiga moslashuv chanligini shakllantirish.
Mexanizatsiyalashgan va avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishda korxona ish faoliyati va u ishlab chiqarayotgan mahsulot sifati texnologik va boshqa jihozlarning texnik holati bilan uzviy bog’liq. Mashina va qurilmalarning nosozligi ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifatiga ta`sir qiladi, natijada, hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida, iste`mol qilish talabini pasayishiga sabab bo`ladi. Bu o`z navbatida korxonlarning iqtisodiy ko`rsatgichlarini pasaytiradi. Jihozlarni to`g’ri ishlatish, o`z vaqtida sifatli texnik ko`ruv va ta`mirlash ishlarini olib borish barcha mashina va apparatlarning to`satdan buzilmasdan va texnik sabablarga ko`ra ishlamasdan qolishini oldini oladi. Bundan tashqari, jihozning foydali va xavfsiz ishlashiga o`rnatish ishlarining barcha qoidalariga rioya qilgan holda sifatli amalga oshirish o`z ta`sirini ko`rsatadi. Ayni paytda ushbu texnologik jihoz va tizimlarni mukammal ishlatish uchun zamonaviy texnika va texnologiyani chuqur biladigan, yuqori saviyali kadrlar tayyorlash ushbu korxonalarni raqobatchilikda foyda olib ishlashida asosiy omil hisoblanadi.
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni hayotga tadbiq etish uchun Respublikamiz oliy o`quv yuratlarida tahsil olayotgan talabalar uchun o`zbek tilida darslik va o`quv qo`llanmalar tayyorlash dolzarb vazifadir. Shunga asoslanib mualliflar tomonidan “Oziq–ovqat sanoati jihozlarini o`rnatish, sozlash va ta`mirlash texnologiyasi” darsligi yaratildi.
Ushbu darslikda jihozlarni o`rnatish, sozlash va ta`mirlashning asosiy tushunchalari, oziq–ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda qo`llaniladigan texnologik jihozlar, qurilmalar, transportlash uskunalari va quvurlarni o`rnatish va ta`mirlash ishlarining qoidalari va tartibi, nazariy va amaliy asoslari yoritilgan. Har bir mavzu bo’yicha asosiy tayanch uboralar va tushunchalar, takrorlash va munozara uchun savollar, o`quv-uslubiy tarqatma materiallariga misollar keltirilgan. Har bir bob yakunida uning rezyumesi, shu bob mavzulari bo’yicha amaliy mashg’lotlar va talabalar o’zlashtirishini nazorat etish uchun test savollari berilgan. Darslikda mustaqil o’qish uchun tavsiya etilayotgan adabiyotlar ro’yxati va texnik atamalarning izohli lug’ati keltirilgan.
Ushbu darslik oliy o`quv yurtlarining «Oziq–ovqat sanoati mashina va agregatlari» va “Texnologik mashinalar va jihozlar” yonalishlariida hamda shunga turdosh yo`nalishda tahsil olayotgan talabalar uchun mo`ljallangan bo`lib, undan soha bo`yicha o`qituvchilar, magistrlar va bevosita ishlab chiqarish korxonalarida mutaxassislar foydalanishlari mumkin.
I-bob. JIHOZLARNI O`RNATISH VA SOZLASH ISHLARINI TASHKIL QILISH VA TEXNOLOGIYASI
§ 1.1. TEXNOLOGIK JIHOZLARNI O`RNATISH ISHLARINI
TASHKIL ETISH
O’rnatish yoki montaj ishlari (montaj so’zi frantsuzcha “montage” so’zidan olingan bo’lib, “ko’tarish, yig’ish, o’rnatish” ma`nosini anglatadi) korxona yoki tashkilot asosiy fondlarini yaratish jarayonlari ketma-ketligida jihozlarni yasash, tayyorlashdan keyingi bosqichda turadi.
Texnologik mashina va jihozlarni o’rnatish ishlari yangi ishlab chiqarish korxonalari qurishda, faoliyat yuritayotgan korxonalarni kengaytirishda va texnologik jihozlarni kapital ta`mirlashda amalga oshiriladi.
Yangi sanoat korxonalarini qurish va ishlab turganlarini rekonstruktsiya qilishda bajariladigan montaj ishlarida texnologik jihoz loyihada ko`rsatilgandek vaziyatda texnik talablar bo’yicha o`rnatiladi; u nazorat va avtomatika vositalari, shuningdek xom-ashyo, suv, bug’, siqilgan havo, elektr energiya va boshqa bilan ta`minlaydigan hamda mahsulot va ishlab chiqarish chiqindilarini chiqarib tashlash uchun kommunikatsiyaga ulanadi, ya’ni texnologik jihoz undan ishlab charishda foydalanish darajasigacha keltiriladi.
Texnologik jihozlarni o’rnatish ishlari maxsus tayyorlanadigan o’rnatish ishlarini tashkil etish loyihasi bo’yicha amalga oshiriladi.
- umumiy montaj ishlarini bajarish rejasi, shu jumladan asosiy ob`ekt va jihozlarni o’rnatish rejasi, alohida holda;
- o’rnatish ishlari maydonchasining ust ko’rinish chizmasi;
- o’rnatish ishlari uslublari, usullari va ularni mexanizatsiyalash; texnika xavfsizlik qoidalariga rioya qilish tadbirlari;
- ayrim texnologik jihoz, gururlarini o’rnatish texnologik sxemalarini ustdan ko’rinishi va qirqim chizmasi;
- ko’tarish-transportlash mashinalariga, qurilmalariga, mexanizmlariga, tayanch moslamalariga va asboblarga bo’lgan ehtiyoj;
- ishchi va mutaxassislarga bo’lgan ehtiyoj;
- o’rnatish, qurilish va maxsus-montaj ishlarini birlashtirish va bir vaqtda olib borish sxemalari;
- o’rnatish ishlarini bajarish smetalari.
Pudrat uslubi qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishning eng mukammal uslubi hisoblanadi. Bu uslubda qurilish-montaj ishlarini bajaruvchi tashkilot – Pudratchi qurilayotgan yoki rekonstruktsiyalanayotgan ob`ektni Buyurtmachiga ishlatishga tayyor holida topshirishi kerak. Buyurtmachi va Pudratchi o’rtasida bosh pudrat shartnomasi tuziladi. Bu pudrat shartnomasida barcha qurilish-montaj ishlarining bajarilish muddati, bu ishlarning ijrochisi, narxi va tayyor ob`ektni Buyurtmachiga topshirish muddati va shart-sharoitlari ko’rsatilgan bo’ladi. Agar qurilish-montaæ ishlari 2 va undan ortiq yil muddatni egallasa, unda Bosh pudratchi va Buyurtmachi 1 yillik shartnoma tuzib, bu shartnomada mazkur yilda bajariladigan ishlar turkumi, bajarilish muddati va h.k. ko’rsatiladi. Ba`zi bir maxsus montaj ishlarini bajarish uchun bosh pudratchi maxsus montaj korxonalarini ushbu qurilishga shartnomalar asosida jalb qilishi mumkin. Bu shartnoma subpudrat shartnomasi deb ataladi, jalb qilinadigan maxsus montaj korxonalari esa subpudratchilar deyiladi. Bu korxonalar maxsus montaj ishlarini bajaradilar (masalan, sovuchgich jihozlarini o’rnatish).
Xo’jalik uslubida barcha qurilish-montaj ishlarini korxona o’z kuchi bilan, ya`ni o’ziga qarashli bo’lgan qurilish-ta`mirlash yoki mexanika-ta`mirlash bo’linmalari yordamida bajaradi. Bunday uslub, odatda qurilish-montaj ishlari hajmi uncha katta bo’lmaganda, faoliyat ko’rsatayotgan korxonalarda qo’llaniladi (asosan korxona texnik jihatdan qayta jihozlanishda yoki kengaytirishda). Bunda barcha qurilish-montaj materiallari va texnikasi korxona tomonidan ta`minlanadi.
Korxona texnik jihatdan qayta jihozlanayotganda yoki kengayyotganda qurilish ishlarini korxona xo’jalik uslubida bajarib, texnologik va boshqa jihozlarni o’rnatish va sozlash ishlarini korxona direktsiyasi boshqa maxsus montaj korxonalari bilan tog’ridan-tog’ri shartnoma tuzib, ularni jalb qilishi mumkin. Bunday ishni tashkil qilishga qurilish-montaj ishlarining aralash uslubi deyiladi. Bu uslubning yana bir turi shefmontaj hisoblanadi. Shefmontaj bu – korxana o’z kuchi bilan o’rnatilayotgan texnologik jihozning o’rnatish, sozlash va ishga tushirish texnik shart va talablarini bajarishini boshqa korxona mutaxassislalari tomonidan kuzatib, yo’l-yo’riq ko’rsatib borish jarayonidir. Shefmontaj asosan texnologik jihozning zavod-tayyorlovchi mutaxassislari yoki uning mahalliy vakillari tomonidan amalga oshiriladi.
Murakkab montaj ishlarini bajarilishini maxsuslashtirish, ya`ni ba`zi texnologik jihozlar yoki ob`ektlarni o’rnatish va sozlash ishlarini (masalan, murakkab yoki katta hajmga va vaznga ega bo’lgan jihozlarni va ular bilan birikkan quvurlarni, texnologik jarayonlarni avtomatik boshqarish va kuzatish sistemalarini o’rnatish, elektromontaj ishlarini bajarish va h.k.) shu sohaga mutaxassislashtirilgan tashkilotlar tomonidan bajarilishi bu ishlarning sifatini, ish unumdorligini va ishlarni mexanizatsiyalash darajasini oshirishiga olib keladi. Chunki bu korxona mutaxassislari shu soha bo’yicha katta tajribaga, yuqori malakaga va maxsus texnikaga ega.
O’rnatish ishlari usullari. Texnologik jihozlar, konstruktsiyalar va quvurlarni o’rnatish qurilish-montaj ishlari bajarilish ketma-ketligiga qarab oqim-aralash va ketma-ket usullariga, mexanik-montaj ishlarini tashkil qilishiga qarab yirik blokli, oqim-agregat yoki oqim-tugunli va tiqinsiz(podkladkasiz) usullariga ajratiladi.
Oqim-aralash usuli o’rnatish usullari ichida eng progressiv va tejamkor hisoblanadi va muhandislik va iqtisodiy tayyorgarlikni puxta olib borilishini talab qiladi. Bunda barcha ishlar qurilish-montaj olib boradigan tashkilot, texnologik jihozlarni va materiallarni etkazib beruvchi tashkilot va buyurtmachi o’rtasida kelishilgan va shu ob`ekt uchun tuzilgan qurilish-montaj ishlarini olib borish grafigiga qattiq rioya qilgan holda olib boriladi.
Montaj ishlari quyidagicha olib boriladi: birinchi binoning asosiy kolonnalari o’rnatiladi va texnologik jihozlarni o’rnatish uchun poydevor, temirbeton yoki temir maydonchalar o’rni belgilanadi va ular quriladi; keyin texnologik jihozlar, metall konstruktsiya va sex ichidagi quvur qismlari loyiha holatiga ketarilib o’rnatiladi, undan keyin esa bino devorlari va qavatlarni ajratuvchi beton plitalar o’rnatiladi.
Bu usul bilan asosan katta hajm va vaznga ega bo’lgan texnologik jihozlar o’rnatiladi (masalan, un saqlanadigan siloslar, idish yuvuvchi mashinalar, bug’latgich apparatlari, pechlar va boshqalar).
Oqim-aralash usulining samaradorligi quyidagi omillar bilan belgilanadi:
- texnologik jihoz, metallkonstruktsiya va quvurlarni loyihaga ko’rsatilgan o’rnatish joyida emas, balki yig’ish uchun mo’ljallangan maxsus maydonchalarda yig’ish va birlashtirish ishlari amalga oshiriladi (yig’ish maydonchalarida maxsus takelaj qurilmalari va boshqa yig’ish va birlashtirish mexanizmlari bor, bu yig’ish ishlarini mexanizatsiyalash darajasini ko’taradi);
- yuk ko’taruvchi kran va mexanizmlardan yuqori darajada foydalanish (bu usulda katta hajm va vaznga ega bo’lgan jihozlarni loyiha joyiga o’rnatishda og’ir yuk ko’tarish quvvatiga ega kranlarni ishlatish imkoniyati bor, chunki binoning devorlari va qavatlar o’rtasidagi beton pltitalar hali o’rnatilmagan);
- sex ichida maxsus ko’tarish va takelaj moslamalarni qurish hojati yoqligi;
- montaj ishchilari ish unumdorligining oshishi va mexanik-montaj ishlari tannarxining kamayishi;
- ob`ekt qurilish-montaj ishlari muddatining kamayishi.
Ketma-ket usuli. Bu usul texnik sharoitlarga ko’ra faqat qurib bitkazilgan binolarda o’rnatilishi kerak bo’lgan jihozlar uchun yoki o’rnatish ishlari hajmi kam bo’lgan holatlarda (masalan, tsex ichni qayta jihozlashda) ishlatiladi. Boshqacha qilib aytganda, bu usul barcha qurilish ishlari tugatilgandan keyin jihozlarni o’rnatishni ko’zda tutadi. Bu usulda ko’pincha kompressor va nasos stantsiyalari jihozlari, metall kesuvchi stanoklar o’rnatiladi.
Yirik blokli usul. Bu usul bilan zavod-tayyorlovchidan transportlash uchun qulay komplekt bloklar shaklida o’rnatishga keladigan jihozlar uchun ishlatiladi. Bu usulda birinchi navbatda “nolinchi belgida”, ya`ni o’rnatish maydonchasida jihozni ayrim bloklardan yirik blokka yig’adilar, barcha chilangarlik va payvandlash ishlarini bajaradilar va undan keyin jihozni loyiha holatiga o’rnatadilar. Bu usul yig’ish-payvandlash ishlarini yuqorida emas (masalan, loyiha bo’yicha jihoz poldan ancha balandda yoki devorga osilib qo’yiladigan bo’lsa), balki yig’ish uchun qulay bo’lgan joyda o’tkazishga imkon beradi va shu bilan o’rnatish ishlari samaradorligini oshirishga olib keladi.
Oqim-agregat yoki oqim-tugunli usul. Bu usul bilan zavod-tayyorlovchidan zavod tayyorgarligi juda past bo’lgan jihozlar, ya`ni jihoz zavod-tayyorlovchidan ishlab chiqarish korxonasiga detal va tugunlar holida keladigan jihozlar o’rnatiladi. Masalan, noriya, osilib turuvchi konveyer yo’llar va boshqalar. Bunda jihozni agregat yig’ish va o’rnatish ishlari bir vaqtda, uzluksiz va bir maromda olib boriladi.
Tiqinsiz (podkladkasiz) o’rnatish usuli. Bu usul bilan texnologik jihozlarni o’rnatishda ularning gorizontallik va vertikallik holatini rostlash uchun temin tiqinlar bilan emas, balki mashina asosiga o’rnatilgan maxsus rostlovchi qurilmalar yoki rezbali vint-oyoqlar yordamida amalga oshiriladi. Polda fundament boltlarisiz o’rnatiladigan jihozlarning zamonaviy modellari zavod-tayyorlovchidan vint-oyoqlar o’rnatilgan holda chiqarilyapti, bu, albatta, o’rnatish vaqtini kamayishiga va jihozning gorizontallik va vertikallik holatini juda aniq rostlashga imkon yaratadi.
Texnologik mashina va jihozlarni o`rnatish ishlarini rejalash. O`rnatish ishlarini amalga oshirish uchun uni tog`ri rejalab bilish kerak. Rejalash hamma ishlarni turiga qarab bo`linadi hamda uni bajarish ketma-ketligi, hajmi va bajarish vaqtini aniqlab olinadi.
Qurilish-montaj ishlarini rejalashda asosan kalendar va to`rli rejalash usullari qo`llaniladi.
Yangi qurilayotgan korxonalarda qurilish-montaj ishlarining kalendar grafigi tuziladi. U davom etish vaqtiga qarab 4 ga bo`linadi: yig’ma umumqurilish, kvartal, oylik va hafta-kunlik grafiklar.
Yig’ma umumqurilish grafigida boshlanf’ich ishlardan tortib, to ob`ektni ishga tushirishgacha bo`lgан hamma ishlar, ularning hajmi, bajarish vaqtining normasi, mehnat of’irligi, brigadalar tarkibi, ishni bajarish ketma-ketligi ko`rsatiladi.
Kvartal va oylik grafigi qurilish montaj korxonalari uchun tuziladi va unda 1 kvartal va 1 oyda bajariladigan ishlar ko`rsatiladi.
Hafta-kunlik o`rnatish ishlarining reja-grafiklari kompleks brigadalar uchun o`rnatish ishlarini operativ rejalash va kuzatib tekshirish maqsadida tuziladi. Faoliyat ko`rsatayotgan korxonalarda bu grafikni bosh mexanik tuzadi va bosh muhandis tasdiqlaydi. Kerak bo`lganda haftalik ish hajmi sutkalarga bo`linadi. O`rnatish ishlarining hafta-kunlik reja-grafigi 1.1.1-jadvalda keltirilgan.
To’rli rejalash sistemasi asosan qurilish ishlarida ko’proq qo’llaniladi. Uning asosiy qismini aylanacha va ko’rsatgichlar yordamida tuziladigan to’rli grafik tashkil qiladi.
Aylanacha bilan bajariladigan ish belgilanadi. Aylanacha 4 ta sektorga bo’linadi: yuqorigi sektorda bajariladigan ish raqami ko’rsatiladi: 01, 02, 03 va h.k. (1.1.1-rasm); chapdagi sektorda 01-02 ishning minimal bajarish muddati (masalan, 4 kun); o’ngdagi sektorda 01-02 ishning maksimal bajarish muddati (masalan, 6 kun) ko’rsatiladi; pastgi sektorda ish minimal muddatda bajarilgan taqdirda zahirada qoladigan kun soni ko’rsatiladi: 6-4=2 kun.
1.1.1-jadval. Montaj ishlarining hafta-kunlik reja-grafigi
“Tasdiqlayman”
_________________________
Montaj ishlarining hafta-kunlik reja-grafigi
“____” ____________ 20_ yildan “____” ____________ 20_ yilgacha
N. A. Sultanov fizika kursi
0 ‘ ZBEKISTON R E SPU B L IK A SIO L IY VA 0 ‘RTA M AXSUS
T A ’LIM VAZIRLIGI
N.A.SULTANOV
FIZIKA KURSI
O ‘zbekiston Respublikasi O liy va o ‘rta maxsus ta’lim
vazirligi tomonidan oliy texnika o ‘quv yurtlari uchun
darslik sifatida tavsiya etilgan
TOSHKENT – 2007
N. A. Sultanov. Fizika kursi. Oliy o ‘quv yurtlari uchun darslik. –
Т., «Fan va texnologiya», 2007. 304 bet.
Darslikda oliy texnika о ‘quv yurtlari uchun tasdiqlangan о ‘quv
dasturi asosida umumiy fizika kursirting nazariy asoslari qisqa
bayon etilgan. M uallif bu darslikni tayyorlashda о ‘zining oliy о ‘quv
yurtlarida talabalarga dars berish jarayonida orttirgan boy
tajribasidan foydalandi, Darslik oliy texnika o’quv yurtlari uchun
mo ‘Ijallangan bo ’lib, undan shu sohada ishlovchi mutaxassislar ham
foydalanishi mumkin.
Taqrizchilar: M. Ulug’bek nomli O’zbekiston Milliy universiteti,
fizika fakulteti, umumiy fizika kafedrasi mudiri,
prof. U. Abdurahmonov;
Farg’ona Davlat universitetining umumiy fizika
kafedrasi professori, f-m., f.d., Beruniy muko-
fotining lauriati B.Otaqulov; «Nazariy fizika»
kafedrasi mudiri, f-m., f.d., professor R. Rasulov;
Farg’ona
Politexnika
institutining
«Elektr
yuritma» kafedrasi mudiri, tf.d., N. Aripov;
«Fizika» kafedrasi mudiri, fiz-m at f.d., prof.
N.X. Yuldashyev, dots. A.X.Haydarov
ISO N 9 7 8 – 9 9 4 3 – 1 0 – 0 3 5 – 0
© «Fan va texnologiya» nashriyoti, 2007.
SO‘Z BOSHI
Oliy texnika o’quv yurtlari uchun mo’ljallangan ushbu darslikda umumiy
fizikaning uslubiy dasturida ko‘zda tutilgan nazariy asoslari bayon etilgan.
Fizika kursini qisqa muddatda bir yoki ikki semestr o‘qitiladigan yo’nalishlami
inobatga olgan holda uslubiy dastur asosida eng zarur bo’lgan nazariy va amaliy
m a’lumotlarni qisqa muddat ichida samarali o’zlashtirib olishga imkon bera
oladigan fizika kursi darsligi zaruriyati tug’ildi,
Shu munosabat bilan tavsiya qilinayotgan «fizika kursi» kichik hajmda (bir
tomlik) yozilgan va unda oliy matematikaning eng sodda hosilalar va
integrallarining jadvallarida berilgan formulalaridangina foydalanilgan xolos.
Ko’pgina fizikaviy qonuniyatlaming matematik ko’rinishlarini keltirib chiqarilishi
sodda shaklda berilgan. 0 ‘rganilayotgan fizik jarayonlar va hodisalami yaxshiroq
tushunib olish uchun keltirilgan misollar ishlab chiqarishi bilan bog’liq bo’lgan
sohalardan olingan.
Ushbu darslikda fizikaviy kattaliklarning faqat bitta birliklar sistemasi (Sl)dan
foydalanilgan bo‘lib, bu birliklar bilan bir qatorda sistemaga kirmaydigan (litr,
millimetr, simob ustini, angstrem, elektronvolt va shunga o’xshashlar) berilgan.
Taqdim qilinayotgan kitob yetti bo’limdan iborat. Birinchi boiim da
klassik
mexanikani fizik asoslarining sistemali bayoni va nisbiylik nazariya asoslari
berilgan. Ikkinchi bo’lim, asosan, statistik fizika va termodinamikaga bag’ishlanadi.
Uchinehi bo’limda elektrostatika, o’zgarmas elektr toki va elektromagnetizm
o’rganiladi. T o‘rtinchi bo’lim tebranishlar va to‘lqinlar, elektromagnit va mexanik
tebranishlarni parallel qarab chiqishga bag‘ishlanadi. Beshinchi bo’limda to’lqin
optika va nurlanishning kvant tabiati qarab chiqiladi. Oltinchi bo‘lim atomlar.
molekulalar va qattiq jism kvant fizikasi elementlariga bag’ishlanadi. Yettinchi
bo’limda yadro va elemental- zai’rachalar fizikasi bayon etiladi.
Muallif ushbu kitobni yozishda, uning sifatini yaxshilash maqsadida o’zlarining
qimmatli fikr va ko’rsatmalarini bergan hamda katta yordam ko’rsatgan Farg’ona
politexnika instituti «fizika» kafedrasining barcha professor – o’qituvchilariga va
yordamchi xodimlariga chuqur minnatdorchilik bildirishni o’zining burchi deb
hisoblaydi.
Darslikni ikkinchi nashriga muallifning so‘z boshi
Ushbu ikkinchi nashrda «Fizika kursi» darsligini yangitdan qayta ishlandi.
B a’zi paragraflarga qo’shimchalar kiritildi. Birinchi nashrda yo’l qo’yilgan ba’zi
kamchiliklar bartaraf qilindi.
Masalan. IV bobni oxiriga 4.4-qilib, «Uzluksizlik. Bernulli tenglamasi»
mavzusi kiritildi. Chunki 4.2- Energiya. Energiya saqlanish qonuniga bag’ishlanadi.
Suyuqliklarda esa energiya saqlanish qonunini bajarilishi Bernulli tenglamasida o’z
aksini topadi.
Bulardan tashqari har bir bobni oxirida o’zlashtiruvchi savollar va shu
yuqoridagi boblar temalariga muvofiq masalalar yechish namunalari berilgan.
Bularni
berilishi,
birinchidan,
yuqoridagi
temalami
mustahkamlasa,
ikkinchidan, talabalarni shu mavzularga qiziqishini, e ’tiborini orttiradi. masalalar
yechishga bo’lgan harakatlarini jonlantiradi, qizilishlarini esa kuchaytiradi.
Masala yechish namunalarini berganimizda biz, bizgacha bo’lgan masala
yechish namunalaridagi berilgan fizik kattaliklar bilan, ulaming o’lchov birliklarini
aralashtirib yozilishiga yo‘l qo’ymadik, ya’ni berilganlami yozganda, biz avvalo,
uiami bir sistemaga keltirib oldik. so’ngra masala yechishga kirishdik. Bu holda son
qiymatlari bilan o’lchov birliklarini ifodalovcKi qisqartirilgan harflar (metr – ra:
kilograinmni – kg: sekundni – s va hokazo) aralashib ketmaydi va fikrni chalg’it-
maydi.
Bularni e ’tiborga olib biz ana shu usulga qat’iy yondashdik va yaxshj natijalar
beradi degan umiddamiz.
Masalalar tanlashda juda murakkab masalalar etnas, balki «soddadan-
murakkab»ga prinsipini saqlashga harakat qildik.
Shunungdek, tanlangan
masalalami berilgan mavzlaiga mosligi nazarda tutildi va hokazo.
M uallif bu nashrni tayyorlashda ba’zi kamchiliklami ko‘rsatgan va ulami
yo’qotishga yaqindan yordam bergan fizika kafedrasi professor-o‘qituvchilariga va
taqrizchilarimiz
prof.
N.X.
Yuldashyev
dots.
A.X.
Haydarovga
o‘z
minnatdorchiligini bildirishni lozim deb topdi.
4
KIRISH
Fizika fani va uning boshqa fanlar bilan aloqasi
Biz yashab turgan, hayot kechirayotgan gallaktikamiz (Quyosh va uni atrofida
aylanayotgan to’qqizta planeta va yulduzlar sistemasi) juda ko’p asrlardan beri
mavjud. Yerimiz, tabiatimiz, yetti osmonimiz gallaktikaning bir bo iag i bo iib , tirik
organizmlar va odamzod maskani sifatida paydo bo‘ldi. Tabiat hodisalarini,
jarayonlarini va qonunlarini o ‘rganish juda qadimdan boshlangan. Tabiat sirlarini
o’rganish, qonunlarini ochish asosida insoniyat o ‘zining turmush sharoitini, yashash
imkoniyatlarini yaxshilab bordi. Tabiat sirlarini o’rganish o ‘z navbatida, o ‘z
zamonidagi fikrli, mulohazali, ilg‘or kishilarni o‘ziga tortdi. Qadimgi Yunonistonda
tabiat hodisalarini o ‘rganuvchi tabiatshunoslik fani vujudga keldi.
Fizika yunoncha so‘z b o iib , «phusis» – tabiat degan m a’noni anglatadi. Fizika
fanini birinchi bo’lib, qadimgi yunon mutafakkiri Aristotel (eramizdan avvalgi 384—
322-yil) o’zining kitoblarida bayon etgan. 0 ‘sha davrda fizikaning tarkibiga hozirgi
kimyo, astronomiya, biologiya, geologiya deb nom olgan bir qator tabiiy fanlar
kirgan. Keyinchalik, ular mustaqil fanlar bo’lib ajralib chiqqan, lekin ular o ‘rtasida
keskin chegara yo‘q, ular doimo bir-birlarini to’ldirib hamisha aloqada bo‘ladilar.
Bu so‘zlarni isboti sifatida tabiatdan yangi-yangi hodisalarning kashf qilinishi va
ularning amalda qoMlanishi natijasida fizikaviy-kimyo, astrofizika, geofizika,
biofizika kabi birlashgan fanlarning vujudga kelishini ko’rsatish mumkin. Shuning
uchun fizika – barcha tabiiy va amaliy fanlarning poydevoridir deyish mumkin.
Fizika fanining boshqa fanlar bilan aloqasi ikki tomonlamadir: Bu fanlar fizika
asboblari yordamida taraqqiy qilib, yangi fan cho‘qqilarini egallashsa, o’zining
yutuqlari bilan fizikani ham boyitadi va uni oldiga yangi vazifalar, yangi mukammal
asboblar yaratishni qo’yadi, shu tariqa o ‘zi ham, fizika ham livojlanib boradi.
M asalan: astranomlarga yangi teleskoplarni yaratib berish, osmon jismlarini
mukammalroq o’rganishga, biologlarga elektron mikroskoplarni yaratilishi, hayotni
qanday paydo bo‘lish sirini ochilishiga olib keldi, ximiklarga spektroskopni yasab
berilishi davriy sistemadagi 24 ta elementni kashf etilishiga sabab bo‘ldi va hokazo.
Fizika fani rivojlanishida buyuk o ‘zbek mutafakkir olimlarimizning boy ilmiy
meroslarni ham ahamiyati katta bo’lgan. Ayniqsa, Abu Rayhon Beruniyning falsafiy
qarashlari, dunyo xaritasini yaratishdagi urinishlari «Amerika»-qit’asi borligini
bashorati (Kolumbning Amerikani ochishida asos bo’lgan), shuningdek, Ahmad al-
Farg’oniyning Yer meridianini o’lchab chiqishlari, tutash idish qonunidan
foydalanib Nil daryosi suvini o’lchab beradigan qurilmani yaratgani (u hozirgacha
saqlanganligi), Al-Xorazmiy bilan birgalikda osmon jismlarini o‘rganishdagi
tadqiqotlari hozirgacha ham o’z qiymatini yo‘qotganicha yo‘q.
Bizning atrofimizni o ‘rab olgan moddiy dunyo doimo uzluksiz harakatda
bo’lgan materiyadan iboratdir. Materiya ikki ko’rinishda namoyon bo’ladi:
1) modda ko’rinishda, masalan, qattiq, suyuq, gazsimon va plazma holatidagi
jismlar;
2) maydon ko’rinishida, masalan,
gravitatsion maydon, elektromagnit
maydon, yadroviy kuchlar maydoni va boshqalar.
Fizika fani materiyaning tuzulishini va materiya harakatining eng oddiy
ko’rinishidan tortib, to eng umumiy ko’rinishlarigacha o’rganadi: mexanik, atom-
molekular, gravitatsion, elektromagnit, atom va yadro ichidagi jarayonlar.
5
Harakat deganda, materiyaning tabiatda bo‘ladigan barcha o ‘zgarishlari, bir
turdan ikkinchi turga aylanishlari, barcha jarayonlar tushiniiadi.
Fizikaviy tadqiqot usullari. Fizika hodisalarini tabiat sharoitida o ‘rganish
kuzatishdan boshlanadi. Hodisalarni sun’iy ravishda laboratoriya sharoitida amalga
oshirib, tajriba o ‘tkazishni eksperiment deb ataladi. Eksperimentni kuzatishga
qaraganda, bir qator afzal tomoni bor, chunki tabiiy sharoitlarda biror hodisa ro‘y
berishi uchun sutkalab, oylab, hatto, yillab kutishga to’g ‘ri keladi. Laboratoriya
sharoitida esa bu hodisani xohlagan qisqa vaqtda amalga oshirish mumkin.
Kuzatish va tajriba natijalaridan hodisani tushuntirish uchun mulohaza va
mantiqiy umumlashtirishlar asosida gipoteza (iltniy faraz) lar yaratiladi. Agar
gipoteza eksperimentda tasdiqlansa, u haqiqiy fizik nazariyaga aylanadi, aks holda
gipoteza sinovdan o ‘tmagan gipotezaligicha qoladi.
Fizik nazariya atrofimizda sodir boMayotgan bir qator hodisalarni, ularning
mexanizmi va qonuniyatlarini tushuntira olishi kerak. Eksperiment asbob –
uskunaiarini zamonaviylashuvi va o ‘sishi bilan yangi hodisalar kashf etiladi, bu esa
o‘z navbatida yangi fizik nazariyaiaryaratilishini taqozo qiladi.
Fizik kattaliklarni o ‘lchash uchun o’lchov birliklari tanlab olinadi. 0 ‘lchash
mumkin bo‘lgan fizik kattaliklaming birliklari etalon (namuna) larga ega. Fizik
kattaliklarning qiymati deganda, mazkur kattalik etalondan (eski uning nusxasidan)
necha marta farql&mshini ko‘rsatadigan son tushuniladi. Har bir fizik kattalik
o ‘lchov birligini boshqa fizik kattaliklarga bog’liq boMmagan holda mustaqil tanlash
mumkin.
Masalan, yettita fizik kattalik uchungina, o’lchov birligi ixtiyoriy tanlanadi. Bu
fizik kattaliklarning o’Ichov birliklari asosiy birliklar deb yuritiladi. Qolgan barcha
fizik kattaliklarning o ‘lchov birliklari bu ularni asosiy kattaliklar bilan boglovchi
qonunlar (formulalar) asosida tanlanadi. Bunday kattaliklarning o ‘lchov birliklari
hosilaviy birliklar deb yuritiladi.
1960-yil oktabrda Xalqaro sistema qabul qilindi.
1961-yilning 24-avgustida sobiq Sovet Ittifoqida «Sistema Internatsionalnaya»
so’zlarini bosh harflari bo’yicha SI «Es-I»deb o ‘qiladi) tarzda belgilangan birliklar
sistemasi tasdiqlandi. SI da yettita asosiy birlik va ik ki qo’shim cha birlik qabul
qilingan:
Asosiy birliklar
Uzunlik, metr (m). Kripton -86 atomining 2rI0 va 5ds sathlari orasida o ‘tishga
mos bo‘lgan nurlanishning vakuumdagi to‘lqin uzunligidan 1650763,73 marta katta
bo’Igan uzunlik 1 metr deb qabul qilingan.
Massa, kilogramm (kg). Kilogrammni xalqaro prototipining massasi 1 kilogramm
deb qabul qilingan.
Vaqt, sckund (s). Seziy – 133 atomi asosiy holatining ikki o ‘ta nozik sathlari
orasidagi o’tishga mos bo‘lgan nurlanish davridan 9192631770 maita katta vaqt / sekund
deb qabul qilingan.
Elektr tokining kuchi, Amper (A).
1 amper tok vakuumdagi bir-bividan lm masofada joylashgan ikki parallel
cheksiz uzun, lekin kesimi juda kichik to‘g‘ri o‘tkazgichlardan o‘tganda
o’tkazgichning har bir metr uzunligiga 2*1 O’7 N kuch ta’sir qiladi.
Termodinamik tcmperatura, Kelvin (K).
Suvning uchlanma nuqtasini xarakterlovchi termodinamik temperaturaning
1/273,16 ulushi 1 kelvin deb qabul qilingan.
Modda miqdori, mol(mol).
Uglerod -12 atomining 0,012 kg massasidagi alomlar soniga teng strukturaviy
element (masalan, atom, molekula yoki boshqa zarra)lardan tashkil topgan
sistemadagi moddaning miqdori 1 mol deb qabul qilingan.
Yorug‘lik kuchi, kandela (kd).
540
1012 Gs chastotali monoxromatik nurlanish chiqaravotgan manba
. yorug’Ugining energetik kuchi 1/683 Vt/sr ga teng bo’lgan yo’nalishdagi yorugMik
kuchi 1 kandela deb qabul qilingan.
Qo‘shimcha birliklar
Yassi burchak, radian (rad).
Aylanma uzunligi radiusga teng bo‘lgan yoyni ajratadigan ikki radius orasidagi
burchak I radian deb qabul qilingan.
Fazoviy burchak, steradlan (sr).
Uchi sfera markazida joylashgan va shu sfera sirtidan radius kvadratiga teng
yuzli sirtni ajratuvchi fazoviy burchak 1 steradian deb qabul qilingan.
Hosilaviy biriiklar
Tezlik, mctr taqsim sekund (m/s).
lm/s tezlik bilan to‘g ‘ri chiziqli tekis harakat qilayotgan moddiy nuqta Is
davomida lm masofaga ko’chadi.
Tezlanish, m etr,taqsim sekund kvadrat (m/ s1)
lm/s2 tezlanish bilan to‘g ‘ri chiziqli tekis o’zgaruvchan harakat qilayotgan
moddiy nuqtaning tezlanishi Is da lm /s1 ga o’zgaradi.
Impuls, kiiogramm – metr taqsim sekund (kg.m/s). Ikg.m/s -lm /s tezlik
bilan harakatlanayotgan 1kg massali jism ning impulsi
Kuch, Nyuton (N).
IN- massasi lk g bo’lgan jism ga ta ’sir qilib, unga ta ’sir y o ‘nalishida lm /s2
tezlanishni beradigan kuck.
Kuch impulsi, Nyuton sekund (N.S).
IN .s-Is davomida ta ’sir etuvchi I N kuchning impulsi.
1
M exanika – fizika bo‘limi bo’lib, materiya harakatining eng sodda va eng
umumiy shakllarini o ‘rganar ekan, u jismlarning yoki jismlar qismlarining fazoda
bir-biriga nisbatan siljishini ifodalovchi mexanik harakat haqidagi ta’limotdir.
Mexanikani fan sifatida rivojlanishi eramizdan oldingi III asrlarga borib
taqaladi. 0 ‘sha davrdayoq qadimgi yunon olimi Arximed (287-212 eramizdan
oldingi yillar) richagning muvozanatlik qonunini shakllantirishi uning mexanika
fanini rivojlanishiga dastlabki qo’shilgan hissasi deb qarash mumkin. Mexanikaning
asosiy qonunlarini Italiya olimi Galiley (1564-1642) aniqlagan boisa, ingliz olimi
Nyuton (1643-1727) bu qonunlarni uzil-kesil ta’riflab berdi va fundamental qonun
sifatida shakllantirdi.
Galiley va Nyuton mexanikasi klassik m exanika deb yuritiladi va yorug’lik
tezligiga qaraganda ancha kichik tezliklarda harakat qilayotgan makroskopik jismlar
harakat qonunini o’rganadi.
Yorug’lik tezligiga yaqin tezliklarda harakat qilayotgan makroskopik jismlar
harakat qonunlarini A.Eynshteyn (1879-1955) kashf etgan nisbiylik nazariyasi
o‘rganadi. Mikroskopik jismlar (alohida atomlar va elementar zarrachalar) harakat
qonunlariga kelsak, bularni klassik mexanika tushuntira olmaydi. Ularni kvant
m exanika o ‘rganadi.
Mexanika quyidagi uch bo’limni o‘z ichiga oladi: kinematika, dinamika va
statika.
K inem atika – jismlar harakatini uni vujudga keltirgan sabablarga qarab emas,
balki ularni harakat davomida qoldirgan izlariga (trayektoriyasiga) qarab o’rganadi.
Dinamika – jismlarning harakat qonunlarini uni vujudga keltirgan sabablarga qarab,
ya’ni kuch ta’siridajismlar harakatini o‘tganadi.
S tatika – jismlar sistemasining muvozanatlik qonunlarini o’rganadi. Agar
jismlar harakat qonunlari ma’lum bo‘lsa, ulardan muvozantlik qonunlarini ham
aniqlash mumkin.
I bob. KINEM ATIKA ASOSLARI
1. MEXANIKANING F IZ IK ASOSLARI
1.1. Sanoq sistemasi. M oddiy nuq ta kinem atikasi
Mexanik harakatda bir jismning vaziyati boshqa jismlarga nisbatan o‘zgaradi.
Mexanik harakatning eng sodda ko‘rinishi sifatida moddiy nuqta harakatini
ko‘raylik. K o‘rilayotgan masalalarda shakli va
o’lchamlari hisobga olinmaydigan jism moddiy
nuqta deb ataladi. Moddiy nuqta tushunchasi’
abstrakt tushuncha bo‘lib, tabiatdagi real jismlarni
ideallashtirish natijasida vujudga keladi va uni
kiritilishi
tekshirilayotgan
aniq
masalalami
yechishni yengillashtiradi.
Masalan: Yerning va boshqa planetalaming
Quyosh
atrofida
harakatlarini
o’rganayot-
ganimizda Yer planetalar va Quyoshni moddiy
nuqtalar deb hisoblash mumkin.
Jismlar harakati fazo va vaqtda amalga
oshadi. Fazo abadiy mavjud, cheksiz katta,
qo‘zg‘almas materiya ko’rinishida tasvirlanadi.
Fazoning xossalari vaqt o’tishi bilan o’zgarmaydi.Vaqt fazoning istalgan nuqtasida
birday o ‘tadi deb hisoblanadi, ya’ni o ‘z-o‘zicha, tekis va biror boshqa borliqqa
bogMiq bo’lmagan holda o’tadi deb qaraladi. Наг qanday fizik hodisa yoki jarayon
fazoning qayerdadir va qachdihdir sodir bo’ladi. Mexanika nuqtayi nazarida harakat
jismlarning fazodagi vaziyatini vaqt o‘tishi bilan o’zgarishidan iboratdir. Moddiy
nuqtaning fazodagi holatini biror ixtiyoriy tanlab olingan sanoq sistemasiga
nisbatan qaraladi.
Fazoda moddiy nuqta holatini to‘g ‘ri burchakli uch o‘lchovli D ek art x, y,
z-
k oord in atalar sistemasi yordamida aniqlash mumkin (1.1-rasm). Bu holda
M
moddiy nuqtani vaqtning istalgan payitidagi vaziyati x, y, z koordinatalar bilan yoki
koordinata boshidan
M
nuqtaga o’tkazilgan radius vektor
r
– orqali, ya’ni sferik
k o o rd in atalar bilan aniqlanadi. Radius vektoming moduli r – kesma bilan,
yo‘nalishi esa в va
burchaklar yordamida ifodalanadi. Bu ikkala koordinatalar
sistemasi moddiy nuqta vaziyatini koordinatalar va radius – vektor orqali ifodalashga
ekvivalentdir. Shuning uchun ham sferik koordinatalardan Dekart koordinatalarga va
aksincha o ‘tishlarni amalga oshirish mumkin.
1)
sferik koordinatalar -г, в,
lard an Dekart koordinatalar -x, u, z larga o ‘tish
quyidagicha amalga oshiriladi:
2) x,u,z lardan /-, в, (p larga o’tish uchun quyidagi ifodalardan foydalanish kerak:
x = rsin ^co s^5
у = rsinOsinq) ’
z = rcos&
(
1
.
1
)
1
z
(
1
.
2
)
J
Harakatlanayotgan moddiy nuqta qoldirgan izi trayektoriya deb ataladi.
Agar trayektoriya to‘g ‘ri chiziqdan iborat
AS
bo‘lsa, harakat to ‘g ‘ri chiziqli, trayektoriya egri
chiziqdan iborat bo’lsa, harakat egri chiziqli delb
ataladi.
Ixtiyoriy trayektoriya bo1 у lab harakatlana
yotgan moddiy nuqtani kuzataylik. Kuzatishni
moddiy nuqta
A
nuqtadagi holatidan boshlaymiz.
0
1.2-rasm.
Biror
At vaqtdan keyin moddiy nuqta V
nuqtaga kelib qolsin, u AS yo’lni
o ‘tadi (1.2-
rasm). Moddiy nuqtaning boshlang‘ich (A) va
oxirgi (V) vaziyatlarini ifodalovchi r va r0 radius
vektorlar ayirmasi
9
r – r 0 = A r
(i.3)
vektor moddiy nuqta ko’chishini ifodalaydi. Moddiy nuqta ko’chishining shu
ko’chishni o’tilgandagi vaqt oialig’iga nisbati harakatning o ‘rtacha tezligi u0v
deyiladi.
Ar
w-
= д Г
( U |
Vaqt oralig‘ini cheksiz kichraytira borsak, ya’ni Дt —Ю deb olsak, (1.4) ifoda
intilgan limitni moddiy nuqtaning oniy tezligi yoki haqiqiy tezligi deb ataladi.
Fizika oliy o’quv yurtlari uchun darslik
Powered by Phoca Download
Saytimiz rivojiga hissa
Uzcard: 8600 5504 8563 9786
© 2004-2020 – Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.
- Bosh sahifa
- Portal haqida
- Portal tarixi
- Sayt xaritasi
- Muallif haqida
- Tafakkur gulshani
- Mumtoz faylasuflar hikmati
- Ibratli hikoyatlar
- Jahon xalqlari maqollari
- Jadid matbuoti
- Sovet davri matbuoti
- Qayta qurish davri matbuoti
- Mustaqillik matbuoti
- Hozirgi davr matbuoti
- Tarix
- O‘zbekiston hukmdorlari
- Temuriy malikalar
- Yurt bo‘ynidagi qilich.
- Qomusiy olimlar, sarkardalar
- Reytinglar
- O‘zbek xalq og‘zaki ijodi
- O‘zbek xalq maqollari
- O‘zbek xalq ertaklari
- O‘zbek xalq topishmoqlari
- O‘zbek mumtoz adabiyoti
- Zamonaviy o‘zbek she’riyati
- Muxlislar ijodidan
- Barcha kitoblar
- Ziyouz jurnalxonasi
- Ziyouz audiokutubxonasi
- Mobil kutubxona
- Maktab darsliklari
- Oliy va OMTM darsliklari
- Durdona to‘plamlar
- Android uchun kitoblar
- Videogalereya
- Узбекская библиотека
- Islomiy sahifamiz
- Forum
- Kross-shou
- Foydali sahifalar
- Saytdan qidirsh
- Ziyouz viktorinasi arxivi
Abituriyentlar va o’quvchilar uchun fizika fanidan unikal o’quv qo’llanma
Fizika fanidan o‘rta ta’lim maktablarining 9–10–11–sinf o‘quvchilari, akademik litsey va kasb–hunar kollejlari o‘quvchilari hamda oliy ta’lim muassasalariga kiruvchilar uchun mo‘ljallangan yangi o‘quv qo‘llanmasi Qarshi DU qoshidagi Shaxrisabz akademik litseyi direktori fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent Abduqaxxor Gadoyevich G‘aniyev tomonidan yaratildi. O‘quv qo‘llanmasi 3 ta qismdan tashkil topgan:
I-qism. Mexanika va molekulyar fizika.
II-qism. Elektromagnetizm.
III-qism. Optika. Atom va yadro fizikasi.Qo‘llanmada umumta’lim maktablarining 6-7-8-9 sinflari darsliklaridan o‘rin olgan, аkademik litsey va kasb-hunar kollejlari, tashkil qilinayotgan 10,11-sinflar uchun “Fizika” fani o‘quv dasturlarida belgilangan va ushbu dasturlarga mos zamonaviy fizika yutuqlari haqidagi eng so‘nggi ma’lumotlar bayon qilingan. Har bir mavzudan keyin:
– sinov savollari;
– o‘zbekcha-ruscha-inglizcha asosiy atamalar lug‘ati
– masalalar va ulalrning yechimlari;
– test savollari berilgan.Lug‘atni to‘la o‘zlashtirgan o‘quvchi qo‘llanmadagi ma’lumotlarni rus va ingliz tillarida o‘qib o‘rganishi va fikrini bayon qila olishi mumkin.
Qo‘llanmada V. I. Lukashik, Ye. V. Ivanovalarning, “Сборник задач по физике” (“Fizikadan masalalar to’plami”), A. P. Rimkevichning “Физика-задачник 10-11″ (“Fizikadan masalalar to’plami 10-11″) kitoblaridagi masala va mashqlarning o‘zbek tilidagi yechimlari, shuningdek, inglizcha, ruscha va o‘zbekcha adabiyotlarda, jurnallarda keltirilgan besh yuzga yaqin qiziqarli savollar javoblari bilan, oxirgi besh yilda DTM sinov testlarida foydalanilgan testlar javoblari bilan, III qism oxirida 2017-yilda test sinovlarida foydalanilgan testlar tahliliy yechimlari bilan va so‘nggi sinovlar uchun o‘ttiz oltitalik testlar keltirilgan.
Kirish imtihonlariga mustaqil tayyorlanadigan abituriyentlarda ushbu qo‘llanmadan boshqa hech qanday adabiyotga ehtiyoj bo‘lmaydi!
Qo‘llanmani sotib olish bo‘yicha +998 90 615-90-09 va +998 97 772-92-26 telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.
Qo‘llanma bo‘yicha barcha mulohazalarni fizika.1011@mail elektron pochtaga yuborishingizni so‘raymiz. O‘quv qo‘llanmaning namunaviy mavzularini quyidagi havola orqali yuklab olishingiz mumkin:
1. Dinamika. Jismlarning o‘zaro tasiri. Yuklab olish
2. Elektrodinamika asoslari. Elektr zaryadining saqlanish qonuni. Yuklab olish
3. Optika. Yorug‘lik haqidagi ta’limotning rivojlanishi. Yuklab olish
Muallif haqida
Muallif fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent Abduqaxxor Gadoyevich G‘aniyev. Qarshi DU qoshidagi Shaxrisabz akademik litseyi direktori.
Fizik a fani bo`yicha ishchi o’quv dasturi 2019/2020 O’quv yili kunduzgi ta’lim shakli, 1-kurslari uchun
Fanning ishchi o’quv dasturi NamDU Fizika-matematuka fakulteti Fizika kafedrasining 2019-yil « » avgustdagi « »-sonli yig’ilishidagi muhokamadan o’tgan va fakultet kengashida muhokama qilish uchun tavsiya etilgan.
Fizika kafedrasi mudiri: B.Qo’chqarov
Fanning ischi o’quv dasturi “Fizika-matematika” fakultetining 2019- yil « » avgustdagi « »-sonli kengash bayonnomasida muhokama qilingan va foydalanishga tavsiya qilingan
Fakultet kengashi raisi: Fizika -matematika fakulteti
dekani D.A. Boytillayev
Ishchi o’quv dasturi NamDU o’quv-uslubiy kengashida ko’rib chiqilgan va tasdiqlangan.
2019- yil «_____» «_____» dagi «_____» sonli majlis bayoni.
«K e l i s h i l d i»
O’quv-uslubiy boshqarma boshlig’i: v.v.b. Z.Mo’minov
O’quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o’rni
Umumiy fizika, boshqa tabiiy fanlar kabi, bizni o’rab olgan moddiy dunyoning obyektiv xossalarini o’rganadi. Fizika so’zi grekcha bo’lib, tabiat demakdir. Fizika materiya harakatining eng umumiy (mexanik, issiqlik, elektromagnit va h.k.) formalarini va ularning bir-birlariga aylanishlarini o’z ichiga qamrab oladi. Harakatning fizikada o’rganiladigan formalari harakatning oliy va ancha murakkab bo’lgan hamma formalarida (geofizik, biologik va boshqa jarayonlarda) ishtirok etadi va ularning ajralmas qismidir.
Ushbu dastur umumiy fizikaning asosiy hodisalari, qonunlari, qonuniyatlarini o’rganish, ularning texnikada va hayotda qo’llanishi, tabiatdagi jarayonlarni hayotga ta’sirini qamraydi.
O’quv fanining fanining maqsadi va vazifasi
Fanining o’qitishning maqsadi – Umumiy fizika fanining asosiy vazifasi talabalarni asosiy fizik hodisalar, ularning mexanizmlari, qonuniyatlari va amaliy qo’llanishlari bilan tanishtirishdir.- Asosiy fizika qonunlarini va ularning formulalarini, asosiy fizik prinsiplarni ma’nosi, mazmuni, harakat qonuniyatlari va ularning grafiklarini tahlil qilish, fizik kattaliklarning ma’nosini, birliklarini va ularni taqqoslashni, asosiy fizik qonun va prinsiplarni mexanik hodisalarga qo’llay bilish, fizik tajribalar, namoyishlar va hodisalarni fzik qonun va prinsiplar asosida tavsiflash, fizikada qo’laniladigan fizik qonunlar, prinsiplar, ideallashtirilgan modellar to’g’risida tasavvurga ega bo’lishi;
- Umumiy talab darajasidagi masalalarni yechish va tahlil qilish, fizikaviy masala va tajriba natijalarini har xil o’lchov sistemalarida hisoblashda matematik fizikaviy masala va tajriba natijalarini har xil o’lchov sistemalarida hisoblash usullarini qo’llay bilish o’quviga ega bo’lish. Fizik qonun va formulalarni nostandart masalalarga tadbiq etish ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak.
- Oddiy mexanik laboratoriya ishlarini sozlashni, o’lchashni bajarishni va natijalarni hisoblashni, ekspriment hatoliklarini hisoblash va tajriba sifatini xulosalashni bilishlari kerak. Tajribalarda ishlatiladigan o’lchov asboblaridan to’g’ri va aniq foydalanish malakalariga ega bo’lishi kerak.
Umumiy fizika fanining aniq chegarasini ko’rsatish mumkin emas. Chunki, xozirgi zamon fanida fanlararo bog’lanish keng rivojlangan. Mazkur fan matematika, biologiya, kimyo, geografiya, geodeziya, falsafa kabi qator fanlar bilan o’zaro uzviy bog’liqdir. Shu sababli tabiiy fanlar oralig’ida yangi ilmiy yo’nalishlar vujudga kelgan. Masalan, kimyo fizikasi, biofizika, geofizika, geoakustika va boshqa yo’nalishlar shular jumlasidandir. Fanni egallashda elementar matematika kursini bilishlari hamda differentsial va integral tushunchalarga ega bo’lishlari kerak. Harakatning oliy, ancha murakkab formalarini boshqa fanlar – ximiya, biologiya va boshqalar o’rganadi
Fanni o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
Umumiy fizika fanini o’qitishda dasturda ko’rsatilgan mavzular ma’ruza, amaliy mashg’ulotlar va seminar shaklida olib boriladi, seminarlarda asosan mustaqil o’zlashtirish materiallari muhokama qilinadi. Zamonaviy fan yutuqlarini namoyish qiluvchi o’quv kinofil’mlar, simulyatsion dasturlar, mul’timedia imkoniyatlari, Internet manbalari, ko’rgazmali materiallar, shuningdek, ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalanish mumkin. Jumladan, fizika fakul’teti resurs markazi OO’IM serverlarida joylashgan elektron adabiyotlar bazasidan foydalanish imkoniyatlari mavjud.
O’quv jаrаyoni bilаn bоg’liq tа’lim sifаtini bеlgilоvchi hоlаtlаr quyidаgilаr: yuqоri ilmiy-pеdаgоgik dаrаjаdа dаrs bеrish, muаmmоli mа’ruzаlаr o’qish, dаrslаrni sаvоl-jаvоb tаrzidа qiziqаrli tаshkil qilish, ilg’оr pеdаgоgik tехnоlоgiyalаrdаn vа mul’timеdiа vоsitаlаridаn fоydаlаnish, tinglоvchilаrni undаydigаn, o’ylаntirаdigаn muаmmоlаrni ulаr оldigа qo’yish, tаlаbchаnlik, tinglоvchilаr bilаn individuаl ishlаsh, erkin mulоqоt yuritishgа, ilmiy izlаnishgа jаlb qilish.
“Umumiy fizika” kursini lоyihаlаshtirishdа quyidаgi аsоsiy kоntsеptuаl yondоshuvlаrdаn fоydаlаnilаdi:
Shахsgа yo’nаltirilgаn tа’lim. Bu tа’lim o’z mоhiyatigа ko’rа tа’lim jаrаyonining bаrchа ishtirоkchilаrini to’lаqоnli rivоjlаnishlаrini ko’zdа tutаdi. Bu esа tа’limni lоyihаlаshtirilаyotgаndа, аlbаttа, mа’lum bir tа’lim оluvchining shахsini emаs, аvvаlо, kеlgusidаgi mutахаssislik fаоliyati bilаn bоg’liq o’qish mаqsаdlаridаn kеlib chiqqаn hоldа yondоshilishni nаzаrdа tutаdi.
Tizimli yondоshuv. Tа’lim tехnоlоgiyasi tizimning bаrchа bеlgilаrini o’zidа mujаssаm etmоg’i lоzim: jаrаyonning mаntiqiyligi, uning bаrchа bo’g’inlаrini o’zаrо bоg’lаngаnligi, yaхlitligi.
Fаоliyatgа yo’nаltirilgаn yondоshuv. Shахsning jаrаyonli sifаtlаrini shаkllаntirishgа, tа’lim оluvchining fаоliyatni аktivlаshtirish vа intеnsivlаshtirish, o’quv jаrаyonidа uning bаrchа qоbiliyati vа imkоniyatlаri, tаshаbbuskоrligini оchishgа yo’nаltirilgаn tа’limni ifоdаlаydi.
Diаlоgik yondоshuv. Bu yondоshuv o’quv munоsаbаtlаrini yarаtish zаruriyatini bildirаdi. Uning nаtijаsidа shахsning o’z-o’zini fаоllаshtirishi vа o’z-o’zini ko’rsаtа оlishi kаbi ijоdiy fаоliyati kuchаyadi.
Hаmkоrlikdаgi tа’limni tаshkil etish. Dеmоkrаtik, tеnglik, tа’lim bеruvchi vа tа’lim оluvchi fаоliyat mаzmunini shаkllаntirishdа vа erishilgаn nаtijаlаrni bаhоlаshdа birgаlikdа ishlаshni jоriy etishgа e’tibоrni qаrаtish zаrurligini bildirаdi.
Muаmmоli tа’lim. Tа’lim mаzmunini muаmmоli tаrzdа tаqdim qilish оrqаli tа’lim оluvchi fаоliyatini аktivlаshtirish usullаridаn biri. Bundа ilmiy bilimni оb’еktiv qаrаmа-qаrshiligi vа uni hаl etish usullаrini, diаlеktik mushоhаdаni shаkllаntirish vа rivоjlаntirishni, аmаliy fаоliyatgа ulаrni ijоdiy tаrzdа qo’llаshni mustаqil ijоdiy fаоliyati tа’minlаnаdi.
Ахbоrоtni tаqdim qilishning zаmоnаviy vоsitаlаri vа usullаrini qo’llаsh – yangi kоmpyutеr vа ахbоrоt tехnоlоgiyalаrini o’quv jаrаyonigа qo’llаsh.
O’qitishning usullаri vа tехnikаsi. Mа’ruzа (kirish, mаvzugа оid, vizuаllаsh), muаmmоli tа’lim, kеys-stаdi, pinbоrd, pаrаdоks vа lоyihаlаsh usullаri, аmаliy ishlаr.
O’qitishni tаshkil etish shаkllаri: diаlоg, pоlilоg, mulоqоt hаmkоrlik vа o’zаrо o’rgаnishgа аsоslаngаn frоntаl, kоllеktiv vа guruh.
O’qitish vоsitаlаri: o’qitishning аn’аnаviy shаkllаri (dаrslik, mа’ruzа mаtni) bilаn bir qаtоrdа – kоmpyutеr vа ахbоrоt tехnоlоgiyalаri.
Kоmmunikаtsiya usullаri: tinglоvchilаr bilаn оpеrаtiv tеskаri аlоqаgа аsоslаngаn bеvоsitа o’zаrо munоsаbаtlаr.
Tеskаri аlоqа usullаri vа vоsitаlаri: kuzаtish, blits-so’rоv, оrаliq vа jоriy vа yakunlоvchi nаzоrаt nаtijаlаrini tаhlili аsоsidа o’qitish diаgnоstikаsi.
Bоshqаrish usullаri vа vоsitаlаri: o’quv mаshg’ulоti bоsqichlаrini bеlgilаb bеruvchi tехnоlоgik kаrtа ko’rinishidаgi o’quv mаshg’ulоtlаrini rеjаlаshtirish, qo’yilgаn mаqsаdgа erishishdа o’qituvchi vа tinglоvchining birgаlikdаgi hаrаkаti, nаfаqаt аuditоriya mаshg’ulоtlаri, bаlki аuditоriyadаn tаshqаri mustаqil ishlаrning nаzоrаti.
Mоnitоring vа bаhоlаsh: o’quv mаshg’ulоtidа hаm butun kurs dаvоmidа hаm o’qitishning nаtijаlаrini rеjаli tаrzdа kuzаtib bоrish. Kurs охiridа tеst tоpshiriqlаri yoki yozmа ish vаriаntlаri yordаmidа tinglоvchilаrning bilimlаri bаhоlаnаdi.
“Fizika” fаnini o’qitish jаrаyonidа kоmpyutеr tехnоlоgiyasidаn, virtuаl lаbоrаtоriyalаrdаn fоydаlаnilаdi. Аyrim mаvzulаr bo’yichа tаlаbаlаr bilimini bаhоlаsh tеst аsоsidа vа kоmpyutеr yordаmidа bаjаrilаdi. “Intеrnеt” tаrmоg’idаgi оnlаyn vа оfflаyn tizimdа vеb rеsurlаrdаn fоydаlаnilаdi, tаrqаtmа mаtеriаllаr tаyyorlаnаdi, tеst tizimi hаmdа tаyanch so’z vа ibоrаlаr аsоsidа оrаliq vа yakuniy nаzоrаtlаr o’tkаzilаdi.
“Umumiy fizika ” fanidan mashg’ulotlarning
mavzular va soatlar bo’yicha taqsimlanishi:
“Fizika” fanidan mashg’ulotlarning mavzulari va soatlar boyicha taqsimlanishi.
Kuchlarning ishi. Kuchlarning potentsial maydoni. Kinetik va potentsial energiya. Mexanikadagi energiyaning saqlanish qonuni.
Tebranishlar. Garmonik ostsillyator. Erkin tebranishlar tenglamasi. Matematik va fizik mayatnika. So’nuvchi va majburiy tebranishlar. Rezonans.
Qaytar va qaytmas jarayonlar. Karno tsikli. Entropiya haqida tushuncha.
Suyuqliklarda molekulalarning harakati. Yaqin tartib. Sirt tarangligi va kapillyarlik hodisalari.
Kuchlanganlik vektorining oqimi. Gauss teoremasi. Elektrostatik maydon kuchlarining ishi. Potentsial. Elektr sig’imi. Kondensatorlar.
Metallarning klassik elektron nazariyasi va uning qo’llanish chegaralari. Qattiq jismdagi energiyaviy sathlar.
Atom uchun Bor nazariyasi. Bor postulatlari. Frank va Gerts tajribasi. Atom spektri. Ridberg doimiysi va uning fizikaviy ma’nosi. Spin to’g’risida tushuncha. Bor nazariyasining kamchiliklari. Elementar zarralar. Zarralarning asosiy tavsifnomalari, ularni hosil qilish va qayd etish usullari.
Laboratoriya mashg’ulotlarini bo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar.
Ushbu mashg’ulot turi o’quv dasturidagi bo’limlarga tegishli laboratoriya ishlarini bajarish, fizik qurilmalar bilan bevosita tanishish, yuqori aniqlikda natijalar olish, tajriba natijalarini hisoblash, grafiklar chizish va tegishli xulosalar chiqarish orqali amalga oshirilib, har bir laboratoriya ishi joriy nazorat orqali tegishli ballar bilan baholab boriladi.Fizika fanining tegishli bo’limlari bo’yicha quyidagi laboratoriya ishlari tavsiya etiladi:
Amaliy mashg’ulot bo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar
Ushbu mashg’ulotlar turi o’quv yili davomida talabalarni mustaqil ishlashiga tegishli bo’lib, o’quv dasturidagi bo’limlar bo’yicha masalalar yechish ulardan tegishli xulosalar chiqarish orqali amalga oshiriladi.
Amaliy mashg’ulotlarni tashkil etish bo’yicha kafedra professor o’qituvchilari tomonidan ko’rsatma va tavsiyalar ishlab chiqiladi. Unda talabalar asosiy ma’ruza mavzulari bo’yicha olgan bilim va ko’nikmalarini amaliy masalalar yechish orqali yanada boyitadilar. Shuningdek darslik va o’quv qo’llanmalar asosida talabalar bilimlarini mustahkamlashga erishish, tarqatma materiallardan foydalanish orqali talabalar bilimini oshirish, masalalar yechish, mavzular bo’yicha ko’rgazmali qurollar tayorlash va boshqalar tavsiya etiladi.
Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar
Tavsiya etilayotgan mustaqil ish mavzulari bevosita talabalar tomonidan bajarilib, uning nazorati referat yozish, tanlangan mavzu bo’yicha ma’ruza qilish, barcha talabalar ishtirokida o’zaro savol- javoblar, hamda mustaqil ish mavzularini talabaning nazariy bilimlarini nazorat qilishning asosiy turlaridan hisoblangan oraliq baholash savollariga kiritish orqali ham amalga oshirilib, talabalar bilimi muntazam ravishda joriy baholash orqali amalga oshiriladi.Talaba mustaqil ishni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:
- Darslik, o’quv qo’llanmalar va o’quv uslubiy majmua bo’yicha fan boblari va mavzularni o’rganish;
- Mahsus adabiyotlar bo’yicha fan bo’limlari yoki mavzulari ustida ishlash;
- Fan mavzulari bo’yicha referat yozish;
- Fan mavzulari bo’yicha ma’ruza qilish;
- Tanlangan mavzu bo’yicha o’zaro savol-javoblar o’tkazish;
Izоh: Hаr bir tаlаbа kаfеdrа o’qituvchisining tаvsiyasigа binоаn 1 tа mаvzu bo’yicha mustаqil rаvishdа risоlа tаyyorlаydi vа guruх yoki klаstеri tаlаbаlаri huzuridа uni o’qib, tushuntirib bеrаdi vа bu mustаqil ishni bаhоlаsh bаllаri hisоbidаn tеgishlichа bаhоlаnаdi.
Dаsturning infоrmаtsiоn-uslubiy tа’minоti
Mаzкur fаnni o’qitish jаrаyonidа tа’limning zаmоnаviy mеtоdlаri, pеdаgоgiк vа ахbоrоt-коmmuniкаtsiya tехnоlоgiyalаri qo’llаnilishi nаzаrdа tutilgаn.
-“Umumiy fizika” fani bo’limlаrigа tеgishli mа’ruzа dаrslаridа zаmоnаviy коmpyutеr tехnоlоgiyalаri yordаmidа prеzеntаtsiоn vа elекtrоn didакtiк tехnоlоgiyalаridаn;
-“ Umumiy fizika” fani bo’limlаrigа tеgishli mа’ruzа dаrslаridа tаnqidiy tаfаккur, fiкrlаy оlаsаnmi? pеdаgоgiк tехnоlоgiyalаridаn;
-“ Umumiy fizika” bo’limlаridа o’tкаzilаdigаn аmаliy mаshg’ulоtlаrdа аqliy hujum, guruхli fiкrlаsh pеdаgоgiк tехnоlоgiyalаridаn.
– Elекtrоn dаrsliкlаr vа intеrnеt mаtеriаllаri:
- Fiziка “Fiziкоn”
- http://eqworld.ipmnet/ru/library/physics/quantum.html
Umumiy fizika fanidan oraliq va yakuniy nazorat ishlari uchun savolnoma:
Mexanika bo’limi
1. Moddiy nuqta kinematikasi.
2. Ilgarilanma va aylanma harakatda tezlik va tezlanish.
3. Moddiy nuqta dinamikasi.
4. Mexanikada kuchlar.
5. Nyuton qonunlari.
6. Impuls. Impulsning saqlanish qonuni.
7. Kuchlarning ishi. Kuchlarning potensial maydoni.
8. Kinetik va potensial energiya.
9. Mutloq qattiq jism. Massalar markazi.
10. Qattiq jismning inersiya momenti, Impuls momenti, kuch momenti.
13. Garmonik ossillyator.
14. Erkin tebranishlar tenglamasi.
15. Matematik va fizik mayatnik.
16. Garmonik ossillyator energiyasi.
17. So’nuvchi va majburiy tebranishlar.
- Gazlarning molekulyar-kinetik nazariyasi.
- Ideal gaz modeli.Ideal gazning holat tenglamasi.
- Gaz qonunlari. Molekulaning erkinlik darajalari.
- Molekulalararo o’zaro ta’sir kuchlari to’g’risida tushuncha.
- Real gaz.Ideal gazning ichki energiyasi.
- Gazlarning issiqlik sig’imlari.
- Termodinamika qonunlari.
- Adiabatik jarayon.
- Entropiya.
- Qattiq jism.
- Elektr zaryadi. Kulon qonuni.
- Elektr maydon kuchlanganligi.
- Maydonlarning superpozitsiya prinsipi.
- Potensial.
- Elektr sig’imi. Kondensatorlar.
- Elektr maydon energiyasi.
- Dielektriklarda elektr maydon. Dielektrik sindiruvchanlik va dielektriklarning qutblanishi.
- Pezoelektriklar va segnetoelektriklar to’g’risida tushuncha.
- O’zgarmas elektr toki qonunlari.
- O’zgarmas tokning ishi va quvvati.
- Joul-Lens qonuni.
- Tarmoqlangan zanjirlar, Kirxgof qoidalari.
- Turli muhitlarda elektr toki.
- Metallarda tok tashuvchilarning tabiati.
- Elektrolitlarda elektr toki. Elektroliz. Faradey qonunlari.
- Elektrolitik o’tkazuvchanlik.
- Gazlarda elektr toki.Gaz razryadining turlari.
- Metallar, yarim o’tkazgichlar va elektrolitlarda elektr o’tkazuvchanlikning haroratga bog’liqligi.
- O’ta o’tkazuvchanlik to’g’risida tushuncha.
- Elektron mikraskopning tuzilishi.
- Toklarning bo’shliqdagi magnit maydoni.
- Tok elementlarining o’zaro ta’siri, Amper qonuni.
- Magnit maydonining induktsiyasi va kuchlanganligi, Bio-Savar qonuni.
- Lorents kuchi. Elektr va magnit maydonlarining o’zaro aylanishi.
- Elektr konturidagi tebranishlar.
- O’zgaruvchan tok. O’zgaruvchan tok zanjiridagi sig’im va induktivlik.
- Magnit dipol’ momenti. Muhitning magnit singdiruvchanligi.
- Dia-, para-, ferromagnetizm. Magnit maydon oqimi.
- Elektromagnit induktsiya hodisasi, Faradey qonuni.
- Lents qoidasi, o’zinduktsiya.
- Elektromagnit to’lqinlar shkalasi.
- Yorug’likni tavsiflovchi kattaliklar.
- Yorug’lik interferentsiyasi.
- Kogerent to’lqinlar.
- Yorug’lik difraktsiyasi.
- Difraktsion panjara.
- Rengen nurlari.
- Yorug’likning qutblanishi.
- Yorug’likning yutilishi va dispersiya.
- Atom va molekulalarning kvant mexanikasi.
- Moddalarning issiqlik nurlanishi.
- Fotoeffekt va uning qonunlari.
- Yorug’likning issiqlik va kimyoviy ta’siri.
- Atom fizikasi. Rezerford tajribalari.
- Bor nazariyasi.
- Lazerlar.
- Moddaning to’lqin xususiyatlari.
- De-Broyl’ gipotezasi.
- Pauli printsipi.
- Kvant nazariyasi.
- Elementar zarralar.
- Atom yadrosi.
- Tabiiy va sun’iy radioaktivlik.
- Yadro reaktsiyalari.
- Zanjir reaktsiyalar.
Asosiy va qo’shimcha adabiyotlar hamda axborot manbalari
1. Douglas C.Giancol.Phyusics principles with applications.2014
2. Jearl Walker, David Hallidey., R.Resnick.Fundamentals of physics ISBN 978-8808-08797, 2014.
3. И.В.Савельев, Умумий физика курси.Т.1, Т.2, Т.3 Москва.;Аптрель.2011
4. Д.В.Сивухин Умумий физика курси. Москва.: физ.мaт.лит.2005
5. К.П.Абдурахмонов, Ў.Эгамов “ Физика курси ” дарслик, Тошкент, 2010 й
6. В.С.Волкенштейн.Умумий физика курсидан масалалар тўплами.2008 Санк-Петербург. “ Книжний мир”
1. SH.M.Mirziyoyev “ Erkin va farog’on, demokratik o’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz ” Toshkent- O’zbekiston-2016. 56 bet
2. SH.M.Mirziyoyev. “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib –intizom va shaxsiy javobgarlik har – bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak” Toshkent: “O’zbekiston”.2017.-104 b
3. SH.M.Mirziyoyev “ Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz ” Toshkent: “O’zbekiston”. 2017. 488 bet
4. SH.M.Mirziyoyev “ Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi ” Toshkent- “O’zbekiston”. 2017. 48 bet
5. I.Bo’riboyev, R.Karimov. Elektr va magnitizmdan fizpraktikum. Universitet.T.2002y
6. M.N.Valixonov.Tabiatshunoslik asoslari.T.2004 y
7. I.Rahimov, A.O’tamurodov. Fanlarning falsafiy masalalari. Toshkent.2005 yil
8. I.I.Hamdamov, S.A.Abidov. Tabiiy fanlar konsepsiyasi. 2007y
9. U.Abdurahmonov, M.Msak, B.J.Yusupov. Mexanika. Molekulyar fizika va termodinamika asoslari.T.Universitet. 1993
10. U.Abdurahmonov, M.Msak, B.J.Yusupov. Qo’zg’almas zaryadlar elektr maydonidagi o’tkazgichlar va dielektriklar. Universitet. 1994
11. U.Abdurahmonov, M.Msak, B.J.Yusupov. O’zgarmas elektr toki va uning maydoni. Moddalarning magnit xossalari . Universitet. 1996
12. M.A.Mag’rupov, M.Msak, B.J.Yusupov Mexanika. Molekulyar fizika va termodinamika asoslari. T.Universitet. 1996
13. U.Abdurahmonov, M.Msak, B.J.Yusupov Elektromagnit induksiya, elektr va magnit maydonlardagi zaryadlangan zarralarning harakati, elektromagnit tebranishlar. T.Universitet. 2002.
14. B.D.Yusupov, Fizika fanini o’qitish jarayonida zamonaviy ta’lim metodalarini qo’llash. Metodik ko’rsatma.T.Universitet. 2002.
15. U.Abdurahmonov, M.A.Zakhidova, A.A. Mo’minov , B.D.Yusupov “ Elektr” (Uslubiy qo’llanma).T.Universitet. 2010.
16. A.V.Umarov, U.Abdurahmanov. Mexanika. Uslubiy qo’llanma.T.2011, 45 b
Internet saytlari.
1. Animatsion rolik (http:www.upscale.utorouto.ca. va html, http:tical ua.es).2. Fizika “Physicon”.
3. “ Physics online”.
4. Fizikadan o’quv kinofilmlari(E.G.Xasanov va boshqalar)
5. Ko’rgazmali rangli rasmlar(http:www.hord Wareandlysis com.)
6. www physicon. ru-“Молекуляр физика на компьютере”
Fizika fаnidаn tаlаbаlаr bilimini
baholash turlari va shakllari
- Baholash turlari, shakllari, mezonlari va namunaviy savollar kafedra mudiri tavsiyasi bilan oliy ta’lim muassasasi (fakultet)ning o’quv-uslubiy kengashida muhokama qilinadi va tasdiqlanadi hamda har bir fanning ishchi o’quv dasturida mashg’ulot turlari bilan birgalikda ko’rsatiladi.
- Baholash turlari, shakllari, soni hamda mezonlari haqidagi ma’lumotlar talabalarga professor-o’qituvchilar tomonidai fan bo’yicha birinchi mashg’ulotda e’lon qilinadi.
- Talabalarning fan bo’yicha o’zlashtirishini aniqlash uchun quyidagi baholash turlari o’tkaziladi:
yakuniy baholash (YaB) – semestr yakunida talabaning muayyan fan bo’yicha nazariy bilim va amaliy ko’nikmalarni o’zlashtirishini baholash usuli. U asosan tayanch tushuncha va iboralarga asoslangan yozma ish (tibbiyot oliy ta’lim muassasalari uchun yozma ish yoki OTKS (ob’ektiv tizimlashtirilgan klinik sinov), og’zaki so’rov, test, ijodiy ish va boshqa shakllarda o’tkaziladi.
- Baholashlar yozma ish shaklida o’tkazilganda, talabaning yozma ishlarini tekshirish identifikatsiya raqamlari berish orqali amalga oshiriladi.
Mualliflikni o’zlashtirish (plagiat)ga yo’l qo’yilmaydi. Yozma ish matnidagi o’zganing mualliflik ishidan olingan har qanday matnda muallif, ishning nomi va ishning boshqa rekvizitlarini ko’rsatgan holda havolalar keltirilishi shart. Yozma ishni tekshirishda plagiat holatlari aniqlanishi, shuningdek ikki yoki undan ortiq yozma ishning mustaqil yozilganligiga shubxa uyg’otadigan darajada o’xshash bo’lishi ushbu barcha yozma ishlarga nol ball qo’yish yoki oldin qo’yilgan ballarni bekor qilishga asos bo’ladi.
- O’quv rejasidagi fanlar buyicha belgilangan baholash turlarini barcha talabalar topshirishlari shart. Yakuniy baholashlar jadvali fakultet dekani tomonidan tayyorlanib, baholash boshlanishidan bir oy oldin oliy ta’lim muassasasi rektori (prorektori) tomonidan tasdikdanadi.
- Oraliq baholash jarayoni kafedra mudiri tomonidan tuzilgan komissiya ishtirokida davriy ravishda o’rganib borilishi mumkin va uni o’tkazish tartiblari buzilgan hollarda, oraliq nazorat natijalari bekor qilinib, oralik nazorat qayta o’tkaziladi.
- Oliy ta’lim muassasasi rahbarining buyrug’i bilan ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi yoki o’quv-uslubiy boshqarma (bo’lim) boshlig’i rahbarligida tuzilgan komissiya ishtirokida yakuniy nazoratni o’tkazish jarayoni davriy ravishda o’rganib boriladi va uni o’tkazish tartiblari buzilgan hollarda, yakuniy nazorat natijalari bekor qilinadi hamda yakuniy nazorat qayta o’tkaziladi.
- Talabalarning fanlarni o’zlashtirishi 5 ballik tizimda baholanadi.
- Talabaning fan bo’yicha o’zlashtirishini baholashda mezonlari:
bilish, aytib berish, tasavvurga ega bo’lish.
4 ( ya xshi ) baho: mustaqil mushohada yurita olish, olgan bilimlarini amalda qo’llay olish, mohiyatini tushunish, bilish, aytib berish, tasavvurga ega bo’lish.
3 (qoniqarl i) baho: mohiyatini tushunish, bilish, aytib berish, tasavvurga ega bo’lish.
- Namunaviy mezonlar asosida kafedra tomonidan muayyan fandan baholash
- Baholash turlari bo’yicha tuzilgan savollar (topshiriqlar) mazmuni (oddiydan
Savollar (topshiriqlar) tarkibiga fan dasturidan kelib chi qq an holda nazariy materiallar bilan birga mustakil ish, laboratoriya va hisob – grafika ishlari, amaliy va seminar mashg’ulotlari materiallari ham kiritiladi.