Press "Enter" to skip to content

Fransuz tili

Fransuz Tilida Oson Ranglarni Yodlash Usuli Eng Foydalisi Siz Uchun

Fransuz tili alifbosi pdf

Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasi e’lon qilindi. Alifboda mavjud harf birikmalarini (“sh” va “ch”), shuningdek, “o‘” va “g‘” harflarini diaktrik belgili harflar bilan almashtirish taklif etilmoqda. Kolumnist Komil Jalilov so‘nggi yuz yil ichida alifbo qanday o‘zgargani, bu til va jamiyatning rivojlanishiga qanday ta’sir ko‘rsatgani va taklif etilayotgan o‘zgarishlar qanchalik asosliligini tahlil qildi.

Masalaning tarixi

XX asr o‘zbek yozuvi uchun o‘zgarishlarga boy bo‘ldi. 1920 yillarning boshlarida asrlar davomida foydalanib kelingan arab yozuviga o‘zgartirishlar kiritildi. Ushbu o‘zgartirishlar arab tiliga xos tovushlarni alifbodan chiqarish va unli tovushlarni anglatuvchi belgilarni kiritish bilan bog‘liq edi. (Arab alifbosi konsonant (“abjad”) yozuv turiga mansub bo‘lib, bunday alifbolarda so‘z ichidagi unlilar odatda yozuvda aks etmaydi.) Alifboga o‘zgartirishlar rasman Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi Maorif Xalq Komissarining buyrug‘i bilan 1923 yil 18 oktyabrda tasdiqlandi.

Isloh qilingan arab yozuvidan ko‘p ham foydalanilmadi. 1929 yilda Samarqandda — o‘sha paytda O‘zbekiston SSR poytaxtida — Respublika imlo konferensiyasi bo‘lib o‘tdi va unda lotin alifbosiga asoslangan yangi o‘zbek alifbosi (“yanalif”) tasdiqlandi. 1930 yillarning lotin alifbosi 34 belgidan iborat bo‘lib, biz hozir ishlatayotgan lotin alifbosidan tubdan farq qilar edi — taqqoslash uchun 1933 yilda chop qilingan jurnaldagi e’lonni o‘qib ko‘ring.

Biroq tez orada lotin alifbosi ham almashtirildi. 1940 yilda O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi kirill alifbosiga asoslangan o‘zbek alifbosini tasdiqladi. Bu alifboga keyinchalik kiritilgan ayrim o‘zgarishlarni (masalan, 1956 yilda apostrofning “ъ” harfiga almashtirilishini) hisobga olmasa, hanuzgacha shu alifboda qonunlar va farmonlar e’lon qilinmoqda, kitoblar va davriy adabiyotlar chop etilmoqda, saytlar sahifalanmoqda.

1993 yilda “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Adliya vazirining maslahatchisi, bloger Shahnoza Soatova yaqinda “lotin alifbosiga o‘tishga siyosiy motivlar — “sovetcha anglashdan qochish” sabab bo‘lgan”, degan fikrni bildirdi. Mamlakat Oliy Kengashining qarori bilan 2000 yilgacha yangi alifboga to‘liq o‘tish yakunlanishi kerak edi. Biroq, 1995 yilda alifboga o‘zgartirishlar kiritildi (u biz hozir foydalanayotgan shaklga kirdi) va to‘liq o‘tish muddati 2005 yilgacha, keyin esa 2010 yilgacha uzaytirildi. 2010 yilga kelib ham o‘tish nihoyalanmadi va mamlakat hali ham bir paytning o‘zida ikkita alifbodan foydalanmoqda. Yaqinda hukumat 2023 yil yanvarni yangi “oxirgi muddat” etib tasdiqladi — shu vaqtgacha hamma “takomillashtirilgan” lotin o‘zbek alifbosiga o‘tishi kerak.

Demak, taklif qilinayotgan islohot alifboning so‘nggi yuz yil ichida beshinchi marta o‘zgartirilishi bo‘ladi, bu hali alifbo almashishlari orasida imlo qoidalariga kiritilgan o‘zgarishlarni hisobga olmasak.

Yana bir qiziqarli tomoni — ko‘pgina tillar, ushbu til qayerda ishlatilishidan qat’iy nazar, bir xil alifbodan foydalanadi. Erondan tashqarida yashovchi eronliklar xuddi Eronda bo‘lgani kabi arab yozuvida yozadilar. Rus tili uchun Rossiyaning o‘zida, MDH davlatlarida va butun dunyoda birdek kirill alifbosi qo‘llaniladi.

Bu borada o‘zbek tili istisno bo‘lib qolmoqda. O‘zbekistonda yashovchi o‘zbeklar bir paytning o‘zida ham kirill, ham lotin yozuvlarini ishlatadilar. MDH mamlakatlaridagi o‘zbeklar kirill alifbosida yozishadi. Masalan, Qirg‘izistonda o‘zbek tilida o‘qitiladigan maktablar uchun darsliklar hanuzgacha kirill yozuvida nashr etilmoqda. Afg‘onistonda o‘zbek tili uchun arab yozuvidan foydalaniladi — misol uchun BBCning ushbu mamlakatda yashovchi o‘zbeklarga mo‘ljallangan sahifasiga ko‘z tashlash kifoya.

Bitta tildagi matnlarni yozish uchun turli alifbolarning ishlatilishi turli mamlakatlardagi yashovchi til egalari o‘rtasidagi muloqotga, shuningdek, kompyuter lingvistikasi sohasidagi (masalan, mashina tarjimasi bo‘yicha) tadqiqotlarga salbiy ta’sir ko‘rsatmay qo‘ymaydi.

Ozgina nazariya

Mulohazalarni davom ettirishdan oldin ozgina nazariyaga “sayohat” qilamiz. Bu bizga, alifboga o‘zgartirish kiritish zarurmi yoki yo‘qmi, agar zarur bo‘lsa, aynan qanday o‘zgartirishlar zarur ekanligini tushunishga yordam beradi. O‘qish va tushunish jarayonini tadqiq qiluvchi olimlar shunday xulosaga kelishganki, o‘qiyotganda biz so‘zni tushunishimiz uchun miyamiz har bir harfni alohida qabul qilmaydi, balki butun so‘zni idrok etadi. Kichik tajriba. Mana bu gapni o‘qib ko‘ring: “Ytigga yetmish hnar ham oz”. Ayrim harflardagi xatolarga qaramay, siz jumlani o‘qiy va tushuna oldingiz, chunki miya alohida harflarni emas, balki butun so‘zlarni qabul qiladi.

Alifbo — matematik belgilar yoki zamonaviy emodzilar singari shartli belgilar tizimidir. Bu tizimda tildagi tovushlarga (aniqrog‘i, fonemalarga) ma’lum belgilar mos keladi. Tilni o‘rganayotgan kishi o‘zi uchun qaysi belgilar qaysi tovushlarga mos kelishini o‘zlashtirib, “tovush — belgi” bog‘liqligini (assotsiatsiyasini) hosil qilishi bilanoq, bu belgilarning ma’nosi yo‘qoladi. Ya’ni, masalan, “sh” tovushi turk tilidagi yoki taklif qilinayotgan o‘zbek alifbosidagi kabi “ş” belgisi bilan yoziladimi, ingliz tilidagi yoki amaldagi o‘zbek alifbosidagi kabi “sh” bilanmi, nemis tilidagi kabi “sch” yoki fransuz tilidagi kabi “ch” bilanmi — hech qanday farqi yo‘q. Jamiyatda qaysi belgi yoki belgilar yig‘indisi qabul qilingan bo‘lsa, inson o‘shani eslab qoladi va kelajakda shundan foydalanadi.

Boshqa muhim bir jihat. Tillar ko‘p va har bir til o‘ziga xos fonemalar tizimiga ega. Ushbu tillardagi matnlarni qayd qilish uchun ishlatiladigan yozuv tizimlari (alifbolar) esa ancha kamroq. Bugungi kunda eng keng tarqalgan yozuv tizimlari ma’lum bir til uchun yaratilganligini hisobga olsak (masalan, lotin yozuvi lotin tili uchun), tabiiyki, bu yozuvlar keyinchalik qaysi tillar uchun qo‘llanila boshlangan bo‘lsa, o‘sha tillardagi barcha fonemalarini aks eta olmaydilar.

Masalan, ingliz tilidagi 44ta tovush lotin alifbosining atigi 26ta harfi yordamida (boz ustiga, hech qanday maxsus harflar va diaktrik belgilardan foydalanmagan holda) ifodalanadi. Shuning uchun ham bir nechta harflarning birikmasi bitta tovushga mos kelishi mumkin (masalan, “sh”, “ch” yoki “th”), shuningdek, ayni bir harf yoki harflar birikmasi turli o‘rinlarda kelganda turli xil tovushlarni bildirishi ham mumkin (masalan, “can” va “call” so‘zlaridagi “a” harfi har xil tovushlarni anglatadi).

Rus tilidan misol. “Молоко” so‘zida birinchi “o” va oxirgi “o” har xil tovushlarni bildiradi, ya’ni har xil fonemalar bir xil belgi bilan yozilmoqda.

Alifbo — bu har bir fonemaga faqat bitta belgi to‘g‘ri kelishi kerak bo‘lgan fonetik transkripsiya emas. To‘g‘ri, alifbolarida deyarli mukammal “tovush-harf” mosligi aks etgan tillar ham yo‘q emas, ammo bunday tillar nisbatan kam. Ko‘p tillarda, turli sabablarga ko‘ra, bu nisbat buzilgan. Masalan, o‘zbek kirill alifbosida ham turli xil tovushlar bitta harf bilan yozilishi yoki bitta harf bir nechta tovushlarni anglatishi mumkin.

Masalan, bir-biridan mutlaqo farq qiladigan ikkita tovush (“жўжа” va “журнал”) uchun bir xil “ж” harfi olingan, turkiy tillar uchun xos bo‘lgan ŋ tovushi esa ikki harf birikmasi — “нг” bilan yoziladi (masalan, “сингил”). Darvoqe, xuddi shu holatni amaldagi va taklif qilinayotgan o‘zbek lotin alifbolarida ham ko‘rishimiz mumkin.

Yoki o‘zbek kirill alifbosidagi “е” harfi, qaysi o‘rinda kelishiga qarab, bitta tovushni yoki ikkita tovushni bildirishi mumkin (taqqoslang: “бер” — “ер”).

Bunday holatlar uchun “alifbo tamoyili” tushunchasi mavjud bo‘lib, unga ko‘ra alifbodagi belgilar va tovushlar o‘rtasidagi munosabatlar “bitta tovush — bitta harf” tamoyiliga amal qilishi shart emas, ammo bu munosabatlar tizimli va tushunarli bo‘lishi kerak. Ya’ni, biz tilda so‘zlarni qanday yozishimiz va talaffuz qilishimizni belgilaydigan ma’lum qoidalar mavjud.

Alifbo tamoyilining o‘zbek tilida ishlashiga misol. “Maktab”, “kitob” va “maktabim”, “kitobim” so‘zlaridagi “b” harfi turli xil tovushlarni bildiradi, ammo ikkala holatda ham bitta harf yozilishi kerakligini belgilaydigan qoida mavjud.

Yuqoridagilarni umumlashtiramiz. Bitta tovushni ifodalash uchun bitta belgidan emas, balki bir nechta belgilar birikmasidan foydalanish normal holatdir. Shuningdek, alifbodagi bitta belgi tilning turli xil tovushlarini bildirishi ham normal holatdir.

Bahslarga sabab alifbo

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qilish portalida ushbu qonun loyihasi fikr va mulohazalar soni bo‘yicha yetakchi o‘rinlardan birini egallab turibdi. Bu tushunarli holat — har bir kishi alifbodan foydalanadi, o‘zgartirishlar u yoki bu tarzda har birimizga daxldor. Muhokamada ishtirok etayotganlar orasida o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlovchilar ham bor va keskin qarshi bo‘lganlar ham ko‘p. Hatto o‘zlarining muqobil alifbo variantlarini taklif qilayotganlar ham mavjud. “Gazeta” telegram-kanalida o‘tkazilgan so‘rovnomada va sayt sahifasidagi sharhlarda ham fikrlar keskin bo‘linganini ko‘rish mumkin.

Mutaxassislar ham bu masalada yakdil emaslar. Tilshunos va antropolog Eldar Asanov alifboning taklif qilinayotgan versiyasi mukammal emas va mukammalroq alifboni joriy etish imkoniyati paydo bo‘lguncha hozirgi alifbodan foydalanishni davom ettirish yaxshiroq, degan fikrni bildirdi. Unga ko‘ra, taklif etilayotgan versiyadagi muammolardan biri — singarmonizm (unli tovushlar uyg‘unligi) hodisasining alifboda o‘z aksini topmaganligi.

Men suhbatlashgan mutaxassislardan biri — xususiy noshir ham alifboning taklif qilingan versiyasi mukammal emas, o‘zbek tiliga xos barcha tovushlarni aks ettirmaydi, degan fikrga qo‘shildi. Biroq, uning fikricha, o‘zbek lotin alifbosining taklif qilinayotgan versiyasi teskari apostroflar yo‘qligi sababli sahifalardagi matnning ko‘rish uchun yaxlitligini ta’minlaydi.

Men suhbatlashgan ilmiy darajaga ega bo‘lgan boshqa bir mutaxassis, filolog singarmonizm haqidagi fikrga qo‘shilmadi. Uning fikricha, singarmonizm hodisasi o‘zbek tilining ayrim shevalaridagina saqlanib qolgan, ammo adabiy tilda emas, shuning uchun alifboga qo‘shimcha unlilar kiritishga hojat yo‘q. Aytgancha, O‘zbekiston milliy ensiklopediyasida ham zamonaviy o‘zbek tilida singarmonizm qoidasiga rioya qilinmasligi qayd etilgan.

Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti professori, maktablar uchun o‘zbek tili darsligi mualliflaridan biri Baxtiyor Mengliyev Facebookdagi sahifasida “bironta tilning alifbosi mukammal emas” va o‘zbek tilining murakkab tarkibi (lahjalarning ko‘pligi) alifboni mukammallashtirishga bo‘lgan har qanday harakatlarini yo‘qqa chiqaradi, deya ta’kidladi. Uning fikriga ko‘ra, alifbo islohotida barcha ijobiy va salbiy tomonlarini hisob-kitob qilmay turib, “ola-ta’sir” ish ko‘rish yaramaydi, taklif qilinayotgan islohotning esa “foydadan ko‘ra zarari ko‘proq”dir.

Muammoga befarq bo‘lmaganlarni ikki qutbga ajratgan yana bir masala — kirill alifbosidagi “ц”ga to‘g‘ri keladigan harfning yo‘qligi. Ba’zilar “ц” tovushi o‘zbek tiliga xos emas va buning uchun alohida harf kerak emas, deb hisoblashadi. Boshqalar esa “ц” mavjud bo‘lgan juda ko‘p miqdordagi so‘zlar (shu jumladan ilmiy atamalar) o‘zbek tiliga kirib kelganligini ta’kidlaydilar. Bundan tashqari, “ц” turli millat vakillarining atoqli nomlarida ishlatiladi (masalan, “Цой”). Shu sababli, ularning fikriga ko‘ra, alifboga lotincha “c”ni kiritish lozim. (O‘rni kelganda aytish joiz, amaldagi lotin o‘zbek alifbosida ham “c” yo‘q).

Alifbo borasidagi munozaralar ishtirokchilarini ajratgan yana bir masala. O‘zbek lotin alifbosining amaldagi va taklif etilayotgan versiyalarida kirill yozuvidagi “ҳ” va “x” harflariga “h” va “x” harflari mos keladi. Ayrimlar faqat “h”ni qoldirib, “x”dan voz kechishni taklif qilishmoqda. Ular o‘z fikrlarini “x” tovushi turkiy tillarga xos bo‘lmaganligi va ko‘p o‘zbeklar “ҳ” va “x”ni farqlamasliklari sababli yozishda xatolarga yo‘l qo‘yishi bilan asoslamoqdalar. Masalan, ushbu nuqtai nazarni tadbirkor va noshir Firuz Allayev ham o‘zining Telegram-kanalida qo‘llab-quvvatladi. Biroq, tanganing boshqa tomoni ham bor. “ҳ” va “x” orasidagi farq yetkazilmoqchi bo‘lgan fikr mazmuniga ta’sir qilishi mumkin. Masalan, “шох” — daraxt shoxi va “шоҳ” — hukmdorni taqqoslang.

Ijtimoiy tarmoqlardagi munozaralar paytida ayrimlar amaldagi alifboning yana bir muammosiga — apostrofli so‘zlarning kompyuter tizimlari tomonidan noto‘g‘ri qabul qilinishi (so‘zni bo‘lib yuborishi) masalasiga e’tibor qaratdilar. Masalan, “O‘zbekiston” (noto‘g‘ri kiritilgan bo‘lsa), “ta’lim” kabi so‘zlar kompyuter tizimlari tomonidan bitta so‘z sifatida qabul qilinmaydi. Bu kompyuter lingvistikasi sohasidagi mutaxassislar va dasturchilar uchun muayyan muammolarni keltirib chiqaradi, shuningdek, ma’lumotlarni avtomatik qidirish va tizimlashtirishni murakkablashtiradi.

Men suhbatlashgan filologlar va o‘qituvchilar esa asosan taklif qilinayotgan o‘zgarishlarga qarshi chiqishdi. Suhbatdoshlardan biri taklif qilinayotgan o‘zgarishlarda mantiq yo‘qligini aytdi. Ona tilini o‘zlashtirish jarayonlarini o‘rganadigan mutaxassis sifatida u kiritiladigan o‘zgarishlar hamma uchun — kirillda o‘qishni o‘rganganlar uchun ham, amaldagi lotin alifbosida o‘qiganlar uchun ham yozma matnni idrok etish bilan bog‘liq jarayonlarning sekinlashishiga olib keladi deb hisoblaydi.

Boshqa bir suhbatdoshim — maktab o‘qituvchisi alifboni o‘zgartirish uchun sarflanadigan xarajatlar masalasini ko‘tardi. Axir, barcha hujjatlar, blankalar, muhrlar, shtamplarni, ko‘chalar, binolar, aholi punktlariga kiraverishdagi yozuvlarni almashtirish, darsliklarni, kitoblarni, lug‘atlarni, xaritalarni qayta nashr etish kerak bo‘ladi.

Uchinchi suhbatdoshimning fikriga ko‘ra esa, o‘zgartirishlar “o‘zini ko‘rsatishni istagan odamlar” tomonidan taklif qilingan va birmuncha vaqt o‘tgach, qaysidir bir amaldor yangi bir taklif bilan chiqsa, alifboning yana o‘zgarmasligiga kafolat yo‘q. U alifboni juda ko‘p marotaba almashtirishimizga to‘g‘ri kelganini, bu esa yaxshi holat emasligini eslatdi.

Filologiya fanlari doktori, professor Aziz Jo‘rayev o‘zining “Standart o‘zbek tili” (2016) nomli monografiyasida shunday yozgan edi: “Deyarli bir asr davomida o‘zbek yozuvi va imlosini isloh qilish yoki almashtirish bilan bog‘liq tadbirlar (1922, 1929, 1934, 1940, 1956, 1993, 1995 yillar) yozma o‘zbek tilini surunkali beqarorlikka duchor etdi. Har safar lingvodidaktik namuna sindirilib, yangisini yaratish uchun vaqt, mehnat va pul sarf qilinaverdi, har safar o‘zbeklarning lisoniy ongiga o‘zgarirtirish kiritildi. Bu hol standart o‘zbek tilining (yozma va og‘zaki lingvodidaktik namunaning) mavjudlik shakliga ta’sir etmay qolmadi. Uning hech bir davrda to‘laqonli rivoj topa olmagani ham shundandir” (8−9-betlar).

“Xo‘ja Ali”ni “Ali Xo‘ja”ga o‘zgartiryapmiz (mi)?

Qonun loyihasiga ilova qilingan tushuntirish xatida loyiha mualliflari alifboni takomillashtirish zaruratini lotin alifbosiga to‘liq o‘tishni ta’minlash zarurati, shuningdek, o‘zbek tilining mamlakat ichkarisidagi va jahon miqyosida nufuzi va mavqeini oshirish maqsadi bilan izohlashgan.

Tilning nufuzidan boshlasak. Yuqorida aytganimdek, alifbo shunchaki shartli belgilar tizimidir. Mamlakat ichkarisida ham, dunyoda ham o‘zbek tilining obro‘si uchun qaysi tovushlarni qanday belgilar bilan ifodalashimiz hech qanday ahamiyatga ega emas.

Ingliz tilining yer yuzidagi obro‘si alifbo bilan belgilanmaydi. Yuqorida men inglizcha tovushlarning hammasi ham bitta harf bilan aks etmasligini yoki aksincha, bir xil harflar har doim ham bir xil tovushni anglatmasligini misol keltirdim. Ingliz tilining obro‘sini ushbu tildagi ilmiy, ilmiy-ommabop, texnik va boshqa adabiyotlarning (shu jumladan media — filmlar, qo‘shiqlar, kompyuter dasturlari va o‘yinlarning) ko‘pligi va ularning sifati, shuningdek inglizzabon mamlakatlarning jahon iqtisodiyoti, siyosati, ilm-fani va ta’limidagi mavqei mustahkamlaydi.

Shuning uchun, agar biz o‘zbek tilining obro‘sini ko‘tarmoqchi bo‘lsak, nazarimda, bu tildagi turfa adabiyotlar, manbalarning miqdori va sifati haqida o‘ylashimiz lozim. Alifboning tez-tez o‘zgarib turishi esa tilning obro‘sini mustahkamlashga ijobiy hissa qo‘shmasligi aniq, bundan tashqari, keyingi avlodlarni oldingi alifboda (yoki oldingi alifbolarda) qayd etilgan ma’lumotlardan ajratib qo‘yadi.

Lotin alifbosiga to‘liq o‘tishni ta’minlash zaruratiga kelsak. Tushuntirish xatida, mening fikrimcha, amaldagi lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi bilan bog‘liq qanday muammolar lotin yozuviga to‘liq o‘tishga to‘sqinlik qilayotgani va taklif qilingan alifbo bu muammolarni qanday bartaraf etilishi borasida aniq tushuntirishlar berilsa, maqsadga muvofiq bo‘lardi.

Taklif qilinayotgan alifbo nimasi bilan hozirda ishlatilayotgan alifboga qaraganda o‘zbek tiliga yaqinroq, tilimiz uchun qulayroq, mukammalroq? Taklif etilayotgan alifbo chorak asrga cho‘zilgan yangi alifboga o‘tish masalasiga nuqta qo‘yishga qodirmi? Ikki alifbo o‘rtasidagi arosatga barham berish o‘rniga, biz endi uchta alifbo o‘rtasida sarson bo‘lmaymizmi? Biroz vaqt o‘tgach, taklif qilinayotgan alifbodagi muammolar haqida savollar tug‘ilmaydimi? Afsuski, loyiha mualliflari bu savollarni ochiq qoldirganlar.

Bu savollar aslo yo‘q joyda tug‘ilmagan va ular faqat menda tug‘ilayotgani ham yo‘q. Masalan, Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi “O‘zbek tili jonkuyarlari guruhi”da “sh” va “ch”ni almashtirish qanchalik zarur, “oʻ” va “gʻ”ni to‘g‘ri kiritish uchun klaviatura ishlab chiqish mumkin-ku, singari savollar o‘rtaga tashlangan. Bu kabi savollardan qochish yaramaydi, ularga asoslangan javoblar berish kerak. Axir alifbo va imlo masalasi, yuqorida ta’kidlaganimdek, barchaga daxldor.

Mening fikrimcha, agar amaldagi lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi qaysidir ma’noda nuqsonli, o‘zbek tilidagi barcha ma’nolarni yetkaza olmaydigan bo‘lganida edi, shu vaqt ichida, biz hujjatlarni bu alifboda chop eta olmasdik, kitoblar, darsliklar, gazetalar, jurnallar nashr eta olmasdik, e’lonlar yozolmasdik, ijtimoiy tarmoqlarda muloqot qilolmasdik, saytlarni lotin yozuvida sahifalay olmasdik. Axir, bunday emas-ku.

Qulaylik yoki go‘zallikka kelsak, bu tushunchalar nisbiydir. Bir tomondan, amaldagi lotin alifbosi har qanday kompyuterda yoki smartfonda mavjud bo‘lgan standart QWERTY klaviaturasida matn terish imkoniyatini yaratishi bilan qulaydir. Diaktrik belgili harflarni esa alohida o‘rnatish kerak. Bundan tashqari, agar “ş” yoki “ç” harflari klaviaturaning turk yoki ozarbayjon nusxalarida (raskladkalarida) mavjud bo‘lsa, amaldagi “oʻ” yoki “gʻ”ning o‘rniga taklif qilinayotgan harflarni esa (ustida to‘g‘ri chiziqli (makron belgili) “o” va “g”) hali izlab ko‘rish kerak. Vikipediyadagi ma’lumotlarga ko‘ra, lotin yozuvidan foydalanadigan boshqa tillarning alifbolarida bunday harflar yo‘q.

Ko‘plab e’lon yoki taxtalarda xatolarni ko‘rish mumkin. Foto: Shuxrat Latipov / “Gazeta”.

Boshqa tomondan, so‘zlardagi teskari apostroflarning (bir tirnoqlarning) ko‘pligi (masalan, “qo‘rg‘on”) so‘zlarni idrok etishni qiyinlashtirishi, ayrimlar uchun bunday yozish xunuk ko‘rinishi mumkin. Bundan tashqari, masalan, ijtimoiy tarmoqlardagi yozishmalarni kuzatsak, ko‘pchilik “oʻ” va “gʻ” harflarini yozishda teskari vergul o‘rniga boshqa har xil belgilarni ishlatib, xatoga yo‘l qo‘yayotganlarini payqash mushkul emas.

Filolog sifatida, alifboning taklif qilinayotgan versiyani tahlil qilar ekanman, uni ishlab chiqishda qaysi tamoyilga amal qilinganligi men uchun mavhum qoldi. Agar mualliflar “bir tovush — bir harf” tamoyiliga amal qilishgan desak, bu tamoyilga doim ham amal qilinmagan. Ma’lumot uchun: bu tamoyilga kirill yozuviga asoslan o‘zbek alifbosida yoki amaldagi lotin alifbosida ham amal qilinmagan (yuqoridagi “ж” (“j”) va “нг” (“ng”) bilan bog‘liq misollarga qarang).

Diaktrik belgilarni tanlash tamoyili ham tushunarsiz. Agar biz alifboga diaktrik belgili harflarni kiritishga qaror qilgan bo‘lsak, nima uchun bitta klaviatura tartibida (raskladkasida) mavjud bo‘lgan harflardan foydalanish mumkin emas? Shunday qilsak, matn terish osonlashardi-ku?

Boshqa qiziqarli tomoni. Taklif qilinayotgan alifboda “c”dan yasalgan “ç” mavjud, ammo “c” harfining o‘zini kiritmaslikka qaror qilingan. Bu alifboni o‘rganishda muammolar tug‘dirmaydimi?

Alifbo — bu yoqmagan paytda almashtirish mumkin bo‘lgan kiyim-kechak yoki texnika emas. Aks holda, nemislar, ehtimol, davlatlari nomi — “Deutschland” (Germaniya) so‘zida birgina “ch” tovushi uchun to‘rtta harfni yozishga majbur qiladigan alifboni allaqachon o‘zgartirgan bo‘lar edilar.

Alifboni, hattoki undagi ayrim harflarni o‘zgartirish, katta byudjet xarajatlaridan tashqari, avlodlar o‘rtasida uzilishga, to‘plangan bilimlar bazasidan foydalanish imkoniyatining yo‘qolishiga va tilning rivojlanishidagi ma’lum bir sekinlashishlarga olib keladi, shuningdek, odamlarning tilga bo‘lgan munosabatini o‘zgartiradi.

Ehtimol, 1993 yilda lotin alifbosiga o‘tish qarori siyosiy sababga ega edi. 1995 yilda alifboga kiritilgan o‘zgartirishlar ortida ham siyosiy sabablar turgan bo‘lishi mumkin. Ammo alifboni o‘zgartirish masalasi ma’lum vaqtdan keyin yana paydo bo‘lishini istamasak, alifbo va imlo bilan bog‘liq masalalarni siyosiylashtirmaslik kerak. Har qanday qaror, har qanday o‘zgarish aniq ilmiy asoslangan, puxta o‘ylangan bo‘lishi kerak.

Muallif fikri tahririyat nuqtayi nazarini ifodalamasligi mumkin.

Fransuz tili

Fransuz tili — xindevropa tillari oilasining roman guruxiga mansub til; Fransiya, Fransiya Gvianasi, Gaiti, Monako, Benin, BurkinaFaso, Gabon, Gvineya, Kongo Demokratik Respublikasi, Kongo Respublikasi, Kot d’Ivuar, Mali, Markaziy Afrika Respublikasi, Niger, Senegal, Togo, Chad davlatlarining rasmiy tili; Belgiya Kirolligi, Shveysariya Konfederatsiyasi, Kanada, Lyuksemburg , Andorra, Kamerun, Madagaskar, Burundi, Ruanda, Komor Orollari Federativ Islom Respublikasi, Jibuti, Vanuatu, Seyshel Orollari davlatlaridagi rasmiy tillardan biri. Italiya va AQShning belgili xududlarida ham tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 100 mln. kishidan, Fransiyaning oʻzida 57 mln. kishidan ortiqroq (oʻtgan asrning 90-yillari). BMTning rasmiy va ishchi tillaridan biri.

Asosiy lahjalari: frans (hozirgi Fransuz tilining tarixiy negizi), shim. (Belgiyadagi normand, pikard, vallon va boshqalar), gʻarbiy (anjuy, gallo va boshqalar), jan.gʻarbiy (puatevin), markaziy, jan.sharkiy (burgund, franshkont), sharkiy (lotaringiya, shampan), frankprovansal.

Fransuz tili istilochilar tili (lotin tili) va Galliya tub aholisi tillarining oʻzaro taʼsiri jarayonida shakllangan. Fransuz tili tarixi quyidagi davrlarga boʻlinadi: gallroman (5—8-asrlar), eski fransuz (9—13-asrlar), oʻrta fransuz (14—15-asrlar), ilk yangi fransuz (16-asr), yangi fransuzklassik (17—18-asrlar) va hozirgi fransuz (19-asrdan). Oʻrta asrlarda umumfransuz yozma tili maydonga keladi, 16-asrda milliy til (1539 yildan davlatning rasmiy tili) shakllanadi. 17-asrda adabiy til meʼyori barqarorlashadi. 20-asrda adabiy va ogʻzaki nutq oʻrtasida sezilarli farq paydo boʻladi. Dastlabki yozma yodgorliklari 8—9-asrlarga mansub.

Fonetik xususiyatlari sifatida urgʻusiz, ayniqsa, soʻz oxiridagi unlilarning reduksiyasi, urg`uning asosan soʻnggi boʻgʻinga tushishi, urg`u ta`sirida unlilarning oʻzgarishi, unlilar oʻrtasidagi va soʻz oxiridagi undoshlarning tushib qolishi va boshqalarni koʻrsatish mumkin. Fransuz tili morfologiyasi uchun analitizm xarakterlidir (murakkab zamon, nisbat, qiyosiy darajalarning analitik shakllari). So`zlarning morfologik jihatdan oʻzgarmaslikka moyilligi kuzatiladi. Bir kancha fammatik ma`nolar (jins, son, shaxs)ning ifodalanishi koʻpincha sintaksis sohasiga koʻchiriladi, yordamchi soʻzlar keng qo`llanadi. Fe`l sohasida 4 mayl, 3 nisbat va keng tarmokdi zamon shakllari mavjud. Leksikasida gallardan sakdanib qolgan so`zlardan tashqari franklar tilidan sakdanib qolgan muayyan qatlam ham mavjud. Fransuz tili rivojida adabiy lotin tili katta rol oʻynagan; undan koʻplab soʻzlar, soʻz yasalish qoliplari, sintaktik tuzilmalar o`zlashgan.

Yozuvi bir qancha diakritik belgilar qoʻshilgan lotin alifbosi asosida shakllangan. Fransuz tili Belgiya, Shveysariya va Kanadada milliy variantlarga, Afrika mamlakatlarida esa, asosan, fonetik va lugʻaviy oʻziga xosliklarga ega.

Adabiyot [ править | править код ]

  • Balli Sh., Obshaya lingvistika i voprosi fransuzskogo yazika, per. s frans., M., 1955; Balli Sh., Fransuzskaya stilistika, per. s frans., M., 1961; Referovskaya Ye. A., Formirovaniye romanskix literaturnix yazikov. Fransuzskiy yazik, L., 1980; Gak V.G., Teoreticheskaya grammatika fransuzskogo yazika, ch. I—II, M., 1986.

Abduvahob Madvaliyev, Ibodulla Mirzayev.

Fransuz tili (-français>-) asosan Fransiya, Belgiya, Luksemburg va Shveytsariyada kelib chiqqan, bugungi kunda esa dunyoning 54 mamlakatidagi 300 million odam [1] uchun ona tili yoki ikkinchi til bo`lmish roman tildir.

Fransuz tili alifbosi pdf

Fransuzcha Salomlashish Bonjour Bonsoir Français French Fransuz Tilini O Rganamiz

1 FRANSUZ TILINI O RGANISHNING ENG OSON USULI

Fransuz Tili Haqida Qisqacha

Fransuzcha Lug At Boshlang Ich Maktabi Golearn

OZ MUDDAT ICHIDA FRANSUZ TILINI O RGANISH 3

FRANSUZ TILIDA O ZINGIZNI TANISHTIRISH INTRODUCE YOURSELF IN FRENCH

FRENCH NUMBERS Fransuz Tilidagi Raqamlarni O Rganamiz

Immigratsiya Balini Oshirish Yo Li Fransuz Tili Ahamiyati

Француз тилида танишув

Kishilik Olmoshlari Fransuz Tili Ali Education

Uxlashdan Oldin Oʻrganing Fransuzcha Til Tashuvchisi Musiqasiz

My Progress Of Learning French Language Mening Fransuz Tilini O Rganishdagi 1 Oylik Progresim

Fransuz Tilida Oson Ranglarni Yodlash Usuli Eng Foydalisi Siz Uchun

ФРАНЦУЗ ТИЛИ 1 ДАРС

Fransuz Tili Darsidan Lavhalar

French Alphabet Fransuz Alifbosi

Saisons Françaises Fransuz Tilida Fasllar

2 TA TILNI BIR VAQTDA INGLIZ VA FRANSUZ TILINI 7 KUN DAVOMIDA O RGANDIM VA MANA NATIJASI

Etre Бор бўлмоқ

Koreys Tili Fransuz Tili Bilan Bir Xil Mi

T Harfi Boshlang Ich Sinf Uchun

FRANSUZ TILI Fanidan Online Dars Test Yechish Namunalari Online Repetitor O Zbek Tilida

7 DAQIQADA TIL O RGANAMIZ FRANSUZ TILI

Til O Rganish Sirlari Hamma Uchun Birdek To Gri Keladi

Chetilida Sonlarni O Rganish Fransuz Tilida

FRANSUZ TILI Fanidan Online Dars Test Yechish Namunalari Online Repetitor O Zbek Tilida

Француз тили 47 кунда 4 кун

Chetilini O Rganamiz Fransuz Tilidan

Chettilini O Rganish Fransuz Tilining Alifbosi

FRANSUZ TILI Fanidan Online Dars Test Yechish Namunalari Online Repetitor O Zbek Tilida

FRANSUZ TILI Fanidan Online Dars Test Yechish Namunalari Online Repetitor O Zbek Tilida Ma Lumot

Cefr Olish Sirlari 0 DAN 4 OYDA B2 DARAJA

Испанская скороговорка испанский испанскийязык Español Shorts испанскийонлайн испанскийонлайн

Andijon Viloyati Buloqboshi Tumani 10 Maktab Fransuz Tili O Qituvchisi Turgunova Zardilxon

Milliy Sertifikatning Imtiyozlari

Ustoz 2021 Yangiariq Tumani 12 Maktab Fransuz Tili Oʻqituvchisi Raximova Sayyoraning Videoroligi

Nemis Tilini 0 Dan O Rganish 1 Dars

FRANSUZ TILI Fanidan Online Dars Test Yechish Namunalari Online Repetitor O Zbek Tilida Ma Lumot

Француз тили 47 кунда 7 кун Катта ва кичик

تعلم اللغة الفرنسية نطق الاعداد الأعداد بالفرنسية الأرقام بالفرنسية

Fransuz Tilidagi C Va C Cédille ç

Француз тилида ўзининг шахсий фикрларини баён этиш

Andijon Viloyati Buloqboshi Tumani 10 Maktab Fransuz Tili O Qituvchisi Turg Unova Zardil

Milliy Sertifikat Nima

Здесь Вы можете прослушать и скачать песни по запросу Fransuz Tili Boshlang Ich в высоком качестве. Для того чтобы прослушать песню нажмите на кнопку «Слушать», если Вы хотите скачать песню или посмотреть клип нажмите на кнопку «Скачать» и Вы попадете на страницу с возможностью скачать песню, прослушать ее и посмотреть клип. Рекомендуем прослушать первую композицию Alphabet Français длительностью 25 мин и 11 сек, размер файла 33.14 MB.

Сейчас слушают

Fransuz Tili Boshlang Ich

Cassie Ainsworth It S Not Like Anybody Cares

Murda Runnin Feat Jonna Fraser

Outros Luís Represas

Delo Da Pro Thank You Momma

Eigentlich Wollte Johann Auf Dem Mond Den Andern Jazz Kennenlernen

Da Tweekaz Drknss

Ах Как Ты Хотела Groove

Martina Cia Estrella Azul Feat Martina Cia

Rocking With The Best Thedjlawyer

Steel Commanders Andrey Kulik Remix Wot Music Team

Хэлен Ничек Синен Димилэр

To The Other Woman I M The Other Woman Doris Duke

Write This Song Redd

Resource Pack Inferno 16X Очень Красивый Красный Ресурспак Для Пвп Jetmine

An Index Of Metals Iii Robert Fripp Brian Eno

Диловар Сафаров Кадри Падару Модар

Fransiya Alifbosi – Скачать mp3 бесплатно

Здесь Вы можете прослушать и скачать песни по запросу Fransiya Alifbosi в высоком качестве. Для того чтобы прослушать песню нажмите на кнопку «Слушать», если Вы хотите скачать песню или посмотреть клип нажмите на кнопку «Скачать» и Вы попадете на страницу с возможностью скачать песню, прослушать ее и посмотреть клип. Рекомендуем прослушать первую композицию French Alphabet Fransuz Alifbosi длительностью 1 мин и 35 сек, размер файла 2.08 MB.

Сейчас слушают

Sarayma Lo Prometido

Uyg Urcha Nashida Uyg On Turkiston Уйғурча Нашида Уйғон Туркистон

Ray Mono Esperanza Brandub Space Remix

Мне К Южному Морю Не Хочется

Ямыч Восточный Округ До Сих Пор Feat Rasta Валеко Атри

Preacherman Down For Watever

Teebin Lights Out

Speedy Jordi K Stana

Mind In The Sky Quincy Mumford The Reason Why

Pyrolysis Geometry Dash

Kokos Song Ruggedman

Zumba Tchu Tcha Tcha Mike Moonnight Dm Boys Tik Tok Remix