Hamma SCOPUS`da maqola chiqarsin
Bu ta’lim yo‘nalishida turistik mahsulot, turistik xizmatlarni taqdim etishning texnologik jarayonlari, intellektual faoliyat natijalari, mulkchilik yoki boshqa qonuniy asoslarda turizm sohasi sub’ektlariga tegishli bo‘lgan nomoddiy aktivlar, turar-joy binolari, umumiy ovqatlanish joylari, ekskursiya faoliyati ob’ektlari, transport vositalari, turizm sanoatining boshqa korxonalari va turizm mahsulotini ishlab chiqish va sotish kabi masalalar kompleks tarzda o‘rganiladi.
barcha postlar Grammaire française
DELF/DALF sertifikatini olish uchun avvalo GRAMMATIKA kerak ✍ Bizning kanalimizda Fransuz tili GRAMMATIKASINI 0 dan oʻrganing Zero GRAMMATIKASIZ hech nimaga erishmaysiz Hamkor kanalimiz: @francophone5 @fransuz_tilin
Ko‘proq ko‘rsatish
Muallifga yozing
Obunachilar
1 post qamrovi
Bir oyda postlar
Telegram umumiy reytingi
2 830 348 joy
ning 6 948 478
53 174 joy
ning 196 900
Auditoriya
Eslatib oʻtishlar
Postlar arxivi
556 263 47.30%
Nusxalangan!
❌ Ne dis pas : “J’ai mangé beaucoup.”.mp4
556 263 47.30%
Nusxalangan!
Très bon groupe de français pour pratiquer l’écrit et l’oral. Soyez nombreux ://t/DialoguerEnFrancais
Dialoguer En Français
Ici, vous pouvez pratiquer l’écrit et l’oral pour parfaire votre français.
556 263 47.30%
Nusxalangan!
YOUNG LEADERS CONFERENCE Assalomu alekum barcha forum va konferensiyalardan o’zgacha, siz kutmagan yo’nalishlardagi Xalqaro andozalar asosidagi konferensiyani qarshi olishga tayyormisiz? Demak kutib oling: “Young Leaders Conference” 3-mavsumiga qabul jarayonlari boshlandi ✔️ Xalqaro bolarni himoya qilish dasturi UNICEF haqida yetarlicha ma’lumotlar ✔️ Chet eldagi Oliy ta’lim muassasalarda o’qishni orzu qilasizmi? ✔️ Turizm haqida ma’lumotlar olishni xohlaysizmi? Demak bizning Xalqaro andozalar asosida tashkillashtirilayotgan konferensiyamiz aynan siz uchun. 〽️ Bizning yo’nalishlar: © Unicef( Xalqaro bolalarni himoya qilish dasturi) © Xalqaro Taraqqiyot va Turizm © Xalqaro ta’lim Biz siz uchun harakatdamiz va albatta sizni konferensiyamizda kutib qolamiz ☑️ Ro’yhatdan o’tish uchun: @Young_Liders_Conference_2023 O’tkazilish vaqti: 27-28-fevral kunlari Forum manzili: telegram Bizni kuzatishda davom eting: ://t/Young_Leaders_Conference
Ko’proq ko’rsatish .
556 263 47.30%
Nusxalangan!
Yakshanba kuni obodonlashtirish va YPX hodimlariga va uysiz insonlarga bepul tushlik tarqatiladi. Kim o’z hissasini qo’shmoqchi bo’lsa: 8600300465685015 AJ “Ehsonning mukofoti faqatgina ehsomdur” (Ar-Rohman, 60)
556 263 47.30%
Nusxalangan!
Bizga xizmat qilish uchun mashinalar kerak, 5-6ta. Toshkent shahrida yakshanba kuni 12:00-14:00da ehson mahsulotlarini tarqatish uchun mashinalar kerak. Imkoni bor yigitlar bo’lsa, biz bilan bog’laning, ajriga sherik bo’ling: @BY_asoschisi
~20 yan, 18:44
556 263 47.30%
Nusxalangan!
Bugun soat 16.30 da yangi Beginner guruh ochilyapti, ingliz tilini 0dan organmoqchi boganla uchun, tanishla bosa etamiz!
556 263 47.30%
Nusxalangan!
Essai yozish uchun kerakli ma’lumot ekan
556 263 47.30%
Nusxalangan!
Qog‘ozning “ikkinchi hayoti” yoki makulatura haqida qisqacha Tarixda, 1799-yili fransuz Lui Rober ismli shaxs ajoyib ixtiro qilgan. Uning o‘ylab topgan uskunasi yordamida avval ishlab chiqarilgan va foydalanilgan qog‘oz mahsulotlarini maydalash, suyuq massa-bo‘tqa holiga keltirish va nihoyat, undan qaytadan qog‘oz ishlab chiqarish mumkin edi. Bir kecha kunduzda u uskuna bilan 100 kilogramm qog‘oz massasini qayta ishlasa bo‘lardi. Shu tariqa qog‘oz “ikkinchi hayot”ini boshladi. XIX asrdayoq Yevropada makulatura qabul qilish punktlari ochila boshladi. Qog‘oz mahsulotlarini ikkilamchi qayta ishlash butun-butun o‘rmonlarni kesilishdan asrab qoladi. Ayni damda makulatura yig‘ish bo‘yicha dunyo yetakchisi – Germaniya davlati hisoblanadi. U mamlakatda qog‘oz mahsulotlarini 70% ortig‘i qayta ishlanadi. Ushbu ko‘rsatkich Rossiyada 12%, AQSHda — 50% ni, Yevropada— 59,4% ni tashkil etadi. 60-yillarning boshlarida Sobiq Ittifoq mamlakatlarida ham qog‘ozni qayta ishlash uchun xomashyoga kuchli ehtiyoj sezildi. Shunda maktab o‘quvchilarini ushbu tadbirga jalb qilingan edi. Maktablarda sinflar aro musobaqalar tashkil etilgan, g‘oliblarga mukofotlar, turli sovg‘alar, kino biletlari berilardi. Bolalarga yoshliklaridanoq bir necha kilogramm makulatura butun daraxtlarni, tabiatni asrash va ehtiyotlash ekani tushuntirib borilardi. Har yili dunyo bo‘ylab 115 milliard dona ofis qog‘ozlari makulaturaga topshiriladi. Xitoyda bo‘lsa, ushbu vaqt mobaynida 10.000 tup daraxt faqat tabriknomalar tayyorlashga ishlatiladi. Dunyo bo‘ylab barcha kesilayotgan o‘rmonlarni deyarli yarmi qog‘oz ishlab chiqarishga ishlatiladi. P.S: Makulatura- (nemischadan, Makulatur, lotinchadan, maculo — kir qilaman, ma’nosida) — keyinchalik tola xomashyosi sifatida qayta ishlatish uchun mo‘ljallangan, qog‘oz va karton mahsulotlari chiqindilari. @kitob_ombori
Fransuz tili attestatsiya
Иллюстрация: Элдос Фозилбеков / «Газета»
Bir necha yillardan buyon ilmiy-tadqiqot institutlari olimlari, universitet o‘qituvchilari hamda doktorantlardan Scopus va Web of Sciences xalqaro ma’lumotlar bazalarida indekslangan jurnallarda maqolalar chop etish talab qilinmoqda. Ularsiz doktorantlar attestatsiyadan o‘tmaydi, o‘qituvchilar esa ishdan bo‘shatish bilan tahdid qilinadi. Nima uchun bu talablar asosli emas va bu mahalliy ilm-fan rivojiga qanday salbiy ta’sir ko‘rsatadi — «Gazeta» kolumnisti, faylasuf va antropolog, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti dotsenti Valeriy Xan bu haqda fikr yuritadi
Кириллчада На русском языке 10 fevral 2022, 11:38 Kolumnistlar Jamiyat
Fan yoki soxta fan?
Misli ko‘rilmagan axborotlar davrida yashayapmiz. Axborot miqdori, ba’zi hisob-kitoblarga ko‘ra har 10 yilda, boshqalarga ko‘ra har 5−7 yilda ikki baravarga ortib bormoqda. Ilmiy jurnallar soni shunchalik ko‘paymoqdaki, hatto ularni sanash ham ma’lum bir metodologiyani talab qiladi va murakkab ilmiy muammoga aylanmoqda.
Hozirgi vaqtda o‘n minglab ilmiy jurnallar mavjud (internetda 100 ming raqamni uchratishingiz mumkin). 2018 yilda dunyo bo‘yicha 1,6 mlndan ziyod ilmiy maqola Web of Science ilmiy ma’lumotlar bazasida e’lon qilindi. Ushbu ko‘rsatkich fan tarixidagi rekord natija bo‘ldi. Va bu tendensiya davom etmoqda.
Ushbu bazaga kiritilmagan qancha maqolalar e’lon qilindi? Millionlab. Olimlar o‘zlarining tor mutaxassisliklariga oid ma’lumotlarni ham kuzatishga vaqti yetmayapti. Tadqiqotchilar ma’lumotlar bilan ko‘milib qolmoqda.
Bundan tashqari, soxta olimlar soni ham ortdi. Rossiya Fanlar akademiyasi prezidenti Vladimir Fortovning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda dunyoda olimlar soni taxminan 6−7 mln nafarni tashkil etsa, soxta olimlar soni ham xuddi shuncha. Bu soxta olimlarning har biri o‘z maqolalarini yozib, internetga joylashtiradi, kitoblar va risolalar chop etadi (pul bo‘lsa bo‘ldi).
«Bular beozor narsalar emas, — degan Fortov bu mahsulotlar haqida, — ular xalqni esi past qiladi». Nature jurnalidagi maqolada ta’kidlanishicha, hatto nufuzli ilmiy jurnallar ham soxta taqrizlarga asoslangan soxta maqolalarni o‘tkazib yuborishadi.
Science ilmiy jurnali xodimi Jon Boannon turli jurnallarda retsenziyalash sifatini tekshirish maqsadida lishayniklar haqida tashqaridan qaraganda jiddiy, ammo tagi puch bo‘lgan yolg‘on maqola yozdi va turli ilmiy jurnallarga yubordi.
Yakunda 304 ta jurnaldan 157 tasi (50 foizdan ortig‘i) maqolani e’lon qilish uchun qabul qilishga rozilik bildirdi, ulardan 80 ga yaqini hech qanday tekshiruv o‘tkazmadi, faqat 98 tasi (40 foiz) rad etdi. Tekshirilgan nashrlarning taxminan uchdan bir qismi Hindistonda ro‘yxatga olingan, ulardan 64 tasi soxta maqolani qabul qilgan va faqat 15 tasi e’lon qilishga rad javobini bergan.
Shuniningdek, maxsus dastur — ilmiy matnlar generatori yordamida tayyorlangan maqolalar paydo bo‘ldi. Fransuz olimi Siril Labbe 2010 yilda SCIgen dasturi yordamida 102 ta soxta maqolani generatsiya qildi va ularni o‘ylab topilgan Ayka Antkare nomidan chop etdi. Maqolalar Google Scholar bazasiga tushdi, h-index iqtibos olish indeksi esa Antkare uchun 94 balgacha o‘sib, virtual qahramonni o‘sha vaqtda dunyoda iqtibos olinadigan olimlar ro‘yxatida 21-o‘ringa olib chiqdi.
Bug‘doyni somondan qanday ajratish mumkin?
Bunday sharoitda chinakam ilmiy, innovatsion va dolzarb ma’lumotlarni ajratib olish zaruratga aylandi. Lekin buni qanday qilish mumkin? Avvalo, bilimning turli sohalariga oid eng sifatli ilmiy jurnallar, kitoblar va boshqa shakllardagi ilmiy nashrlarning ma’lumotlar bazalarini yaratish kerak edi. Va bunday bazalar yaratila boshlandi.
Ulardan eng kattasi — Scopus bibliografik va referativ ma’lumotlar bazasi bo‘lib, Elsiever matbaa korporatsiyasi tomonidan yaratilgan va retsenziya qilinadigan ilmiy adabiyotlardan iqtibos olinishini kuzatib boradi. Hozirgi vaqtda Scopus ma’lumotlar bazasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- 23,7 mingdan ziyod nashr (shu jumladan, 4 mingdan ortiq ochiq jurnallar), shuningdek, 280 ta ixtisoslashtirilgan nashrlar;
- 166 mingdan ortiq kitob (har yili yana 20 ming kitob qo‘shiladi) va 560 kitob seriyasi;
- 8,3 mln konferensiya hisoboti;
- 71 mln yozuv;
- 39 mln patent yozuvlari.
Maqolalalarning o‘zaro iqtiboslarini hisobga oladigan yana bir referativ va qidiruv platformasi — Web of Science (WoS). U Thomson Reuters tomonidan ishlab chiqilgan va 2016 yilgacha unga tegishli bo‘lgan, hozirda esa Clarivate Analytics korporatsiyasi platformaga egalik qiladi. WoS platformasida turli ixtisoslashgan bazalar (Core Sollection, Data Citation Index va boshqalar) ma’lumotlari to‘plangan bo‘lib, 33 ming jurnal, 5 ming sayt, 7,4 mln konferensiyalar materiallaridan iborat 100 mlndan ortiq yozuvlar, 250 dan ziyod fanlar bo‘yicha 1 mlrddan ko‘proq havolalarni o‘z ichiga oladi.
Biroq ular 2 ta ilmiy-axborot va referativ platforma (eng kuchlilari bo‘lsa-da), xolos, dunyoda boshqa o‘nlab, jumladan ixtisoslashtirilgan bibliografik ma’lumotlar bazalari va ilmiy-axborot mahsulotlari mavjud.
Daraxtlar ortida o‘rmon ko‘rinmaydi
Oxirgi paytlarda O‘zbekiston, shuningdek, MDHning boshqa davlatlaridagi ilmiy muassasalar doktorantlari, universitet professorlari va tadqiqotchilardan aynan SCOPUS va WoS (ko‘pincha SCOPUS) da referlanadigan jurnallarda maqola chop etish talab qilinmoqda.
Nima uchun faqat ularda? Ilmiy hamjamiyat orasida yuqori obro‘ga ega bo‘lgan boshqa juda nufuzli ma’lumotlar bazalari ham mavjud bo‘lib, ilm-fan mutasaddilarimiz negadir ularni tilga olmaydilar.
EBSCO (ilmiy manbalar va ma’lumotlar bazalari EBSCO Publishing, EBSCO Host, EBSCO Information Services, EBSCO Knowledge Services, EBSCO Ultimate, EBSCO Search Ultimates, EBSCO Search Complete, EBSCO Source Complete, EBSCO eBook Academic Collection va boshqalar).
EBSCO 21 mamlakatda 32 ta filialga ega. EBSCO ma’lumotlar bazalari AQSh akademik va jamoat kutubxonalari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovda eng yaxshi o‘rinni egalladi (Library Journal ma’lumotlariga ko‘ra).
EBSCO Academic Search Complete ilmiy maqolalarning eng to‘liq ko‘p fanli ma’lumotlar bazasi bo‘lib, 8500 dan ortiq jurnallarning, qariyb 7,3 mingtasi retsenziya qilingan, to‘liq matnlarini o‘z ichiga oladi. Unda 12,5 mingdan ortiq jurnalning ko‘rsatkich va referatlari, shuningdek, 13,2 mingdan ortiq nashrlar, jumladan, monografiyalar, ma’ruzalar, konferensiya materiallari va boshqa ma’lumotlar mavjud. Ma’lumotlar bazasida 1887 yildan hozirgi kungacha bo‘lgan davrdagi PDF-materiallar mavjud. 1,4 mingdan ortiq jurnallar uchun iqtibos keltiriladigan manbalarni qidirish ta’minlangan.
EBSCO Publishing`ning INSPEC`iga elektronika, mashinasozlik, fizika va boshqa aniq fanlar bo‘yicha 2,5 mingdan ziyod anjumalarning 17 mlndan ziyod maqola va ma’lumotlari e’lon qilingan.
EBSCO eBook Academic Collection`ga Oxford University Press, Cambridge University Press, University of California Press, Harvard University Press va boshqa yetakchi nashriyotlarning 120 mingdan ziyod elektron kitoblari joylashtirilgan.
ProQuest — kutubxonalar uchun ilovalar va mahsulotlarni taqdim etuvchi global axborot va texnologiya kompaniyasi. Uning resurslari va vositalari tadqiqot va o‘qitish, nashr etish va tarqatish, shuningdek, kutubxona fondlarini sotib olish, boshqarish va ochishni qo‘llab-quvvatlaydi. Dissertatsiya va tezislar, elektron kitoblar, gazetalar, davriy nashrlar, tarixiy to‘plamlar, davlat va madaniy arxivlar va boshqa jamlangan ma’lumotlar bazalarini o‘z ichiga olgan kontentning umumiy hajmi 125 mlrddan ortiq raqamli sahifani tashkil etadi.
Science Direct jahon ilmiy nashrlarining 25 foizini o‘z ichiga oladi. Bazada Elsevier nashriyoti kolleksiyasiga kiritilgan 2500 dan ortiq jurnal va 1100 dan ortiq kitoblar, shuningdek, boshqa ilmiy tashkilotlar tomonidan nashr etilgan ko‘plab jurnallar indekslanadi.
Shuningdek, tematik tamoyil bo‘yicha yaratilgan ixtisoslashgan ma’lumotlar bazalari ham mavjud:
NASA/ADS — astronomiya va fizika bo‘yicha 15 mlndan ziyod hujjatlardan iborat ma’lumotlar bazasi.
AGRIS (International System for Agricultural Science and Technology) qishloq xo‘jaligi va unga yaqin fanlar bo‘yicha 7,5 mlndan ortiq bibliografik ma’lumotlarga ega xalqaro bibliografik ma’lumotlar bazasi.
EconLit — iqtisodiyotga oid 1,6 mlndan ortiq hujjatlar va 500 ga yaqin jurnallardagi maqolalarni o‘z ichiga olgan bibliografik referativ ma’lumotlar bazasi.
GeoRef — geologiya fanlari uchun ekspertlar tomonidan retsenziya qilingan bibliografik ma’lumotlar bazasi. Bu geologiya fanlari sohasidagi eng to‘liq ma’lumotlar bazasi (maqolalar, kitoblar, xaritalar, konferensiya ma’ruzalari, ma’ruza va ilmiy maqolalarning tezislariga 3,8 mln havola) va yiliga 100 mingdan ortiq havolaga oshib bormoqda.
MLA International Bibliography (Directory of Periodicals via EBSCO, Gale Cengage, ProQuest bilan birgalikda) — 2,3 mlndan ortiq bibliografik ma’lumotlar, 74 mingdan ziyod onlayn dissertatsiyalar, 6 ming jurnal va kitoblarga havolalar, 789 ta indekslangan ma’lumotlarga kirish ma’lumotlarini o‘z ichiga oladi. 50 dan ortiq mamlakatlarda nashr etilgan to‘liq matnli jurnallar, filologiya va pedagogika, teatrshunoslik va matbaa tarixi bo‘yicha XX asr boshidan keyingi ilmiy yozuvlarga 5,7 mln bibliografik havolalar.
PubMed — 3,8 mingga yaqin nashrlar va 32 mlndan ortiq iqtiboslarni o‘z ichiga olgan tibbiy va biologik nashrlarning ma’lumotlar bazasi. PubMed ma’lumotlar bazasi har yili 500 mingta hujjatga ko‘payadi.
Sociological Abstracts (ProQuest bazasida) — iqtisodiyot va sotsiologiyaga oid 1850 dan ortiq jurnallarning bibliografik ma’lumotlar bazasi.
APA PsycInfo — psixologiya bo‘yicha bibliografik ma’lumotlar bazasi bo‘lib, 3,5 ming jurnalning 5 mlndan ortiq yozuvlarini o‘z ichiga oladi.
Bundan tashqari, mintaqaviy-lingvistik prinsip bo‘yicha ma’lumotlar bazalari ham mavjud:
Sairn Info — ijtimoiy va gumanitar fanlar bo‘yicha fransuz tilidagi adabiyotlarning referativ ma’lumotlar bazasi. Fransiya, Belgiya va Shveysariyadan 500 dan ortiq jurnallar va 10 ming elektron kitoblar mavjud.
RINS — ilmiy iqtiboslarning bibliografik ma’lumotlar bazasi bo‘lib, unda rossiyalik mualliflarning 12 mlndan ortiq maqolalari, shuningdek, ushbu maqolalarda 6 mingdan ortiq rus jurnallari va 1,5 mln jilddan ortiq ilmiy kitob nashrlaridan iqtibos olingani haqidagi ma’lumotlar to‘plangan.
RSCI (Russian Science Citation Index) — Clarivate Analytics va eLIBRARY ilmiy elektron kutubxonasining qo‘shma loyihasi — Web of Science platformasidagi 1000 ta eng yaxshi rus jurnallari.
Chinese Science Citation Database — Clarivate Analytics va Xitoy Fanlar akademiyasining qo‘shma loyihasi bo‘lib, Web of Science platformasidagi 1200 ta jurnal va 5,2 mln yozuvni o‘z ichiga oladi.
Va shu kabi o‘nlab ma’lumotlar bazalari mavjud bo‘lib, ularning aksariyati xalqaro ilmiy hamjamiyat tomonidan tan olingan va munosib obro‘ga ega, faqatgina Scopus va Web of Sciences haqida gapiradigan Markaziy Osiyo mamlakatlari bundan mustasno.
Ikki yil muqaddam O‘zbekiston Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan maqolalari dissertatsiyalar uchun hisobga olinadigan jurnallarni o‘z ichiga olgan 43 nomdagi ma’lumotlar bazalari ro‘yxatini e’lon qilgan edi. Unda Scopus, Web of Sciences, Agris, Springer, GeoRef, PubMed va boshqalar kiritilgan. Biroq bu ro‘yxat hozirda OAK saytida mavjud emas.
Amaliyotda esa olimlar, o‘qituvchilar va doktorantlardan haligacha Scopus va Web of Sciences, birinchi navbatda Scopus talab qilinmoqda.
Nazarimda, ro‘yxat ustida olib borilayotgan ishlar rasmiyatchiliklar bilan emas, amalda qayta tiklanishi kerak. Ushbu ro‘yxatga har bir ma’lumotlar bazasi asoslangan holda kiritilishi lozim. Bundan tashqari, Rossiya Ilmiy iqtibos olish indeksiga (RINS) o‘xshash o‘zimizning milliy ma’lumotlar bazamiz ham yaratilishi zarur.
Qolaversa, ma’lumotlar bazasining boshqalaridan farqi bo‘lgani sababli ro‘yxatni tuzishga jiddiy yondashish kerak va shu yerda O‘zbekiston MDH davlatlarining referlanadigan ma’lumotlar bazasini yaratish tashabbusi bilan chiqishi mumkin.
Yakunda dissertatsiyalar va attestatsiyalar uchun maqolalarni hisobga olishga mo‘ljallangan jurnallar bazasi kengayib, yanada xilma-xil bo‘ladi hamda faqat Scopus jurnallariga tayanib qolinmaydi, ustiga-ustak oxirgi vaqtlarda Scopus niqobi ostida unga aloqasi bo‘lmagan jurnallar paydo bo‘lib, unda o‘zbekistonlik olimlar ham ommaviy ravishda maqolalarini e’lon qilgan holda milliy ilm-fanning ilmiy obro‘sini dunyo reytingining eng quyi pog‘onalariga tushirib yubormoqdalar.
Ommabop jurnallardagi maqolalar ilm-fandagi progressni anglatmaydi
Ilmiy jurnalda maqola chop etishdan maqsad nima? Eng avvalo, ular ilmiy jamoatchilikning mulkiga aylansin, fanning u yoki bu sohasi rivojiga xizmat qilsin. Shu munosabat bilan u yoki bu jurnaldagi maqolalarning roli va ahamiyati bir tomonlama bo‘lmaydi.
Ijtimoiy va gumanitar fanlar bo‘yicha fransuz adabiyoti ma’lumotlar bazasi hisoblangan Cairn Info`ni olaylik. Fransuz tili davlat, rasmiy yoki fan va ta’limda de-fakto dominant til hisoblangan Fransiya, Belgiya, Shveysariya, Lyuksemburg, Kanada Kvebeki, Afrika va Karib dengizining bir qator mamlakatlari, Polineziya (jami 30 dan ortiq davlat) olimlari uchun Cairn Info jurnallarida maqola e’lon qilish boshqa ma’lumotlar bazalariga qaraganda dolzarbroq turadi.
Shunga o‘xshab, Xitoyda «O‘zgarishlar kitobi» yoki Yaponiyada xokku she’riyati haqidagi maqolaning milliy retsenziya qilinadigan jurnalda e’lon qilinishi ingliz tilidagi jurnalga qaraganda obro‘si balandroq. Xuddi shu tarzda, qadimgi rus qo‘lyozmalari bo‘yicha g‘arb mutaxassislari yoki Pushkinshunos olimlar o‘zlarining rus jurnallarida nashr etishadi.
Scopus va Web of Sciences jurnallaridagi maqolalarning maqomi ushbu maqolalarni o‘qiydigan mutaxassislardan ko‘ra maqola mualliflari ishlayotgan universitetlar va ularning tashqi reytinglari uchun muhimroqdir. Mutaxassislar uchun asosiysi maqolaning qaysi jurnalda chop etilgani emas, balki uning matni va uning originalligida.
Buni o‘zimga juda tanish bo‘lgan ilmiy yo‘nalish misolida tushuntiraman. Koreyashunoslikda koreyashunoslik diasporologiyasi ilmiy yo‘nalishi mavjud. Uning ichida esa Yevroosiyo koreyslari — Chor Rossiyasi/SSSR/MDH koreyslarining tarixi va madaniyatini o‘rganish bilan bog‘liq bo‘lgan kichik yo‘nalish mavjud.
Mazkur diasporaga ixtisoslashgan jurnallar (Qozog‘istondagi ikkita jurnal) Scopus i Web of Sciences va yoki boshqa har qanday ma’lumotlar bazalariga kiritilmagan. Bundan tashqari, bir qator parametrlarda ular standart yaxshi jurnal darajasiga ham chiqa olmaydi; xususan, diasporologiyada koreyashunoslik sohasidagi deyarli har qanday maqola retsenziyasiz ham qabul qilinadi.
Biroq ushbu sohadagi barcha mutaxassislar (Kanada, Koreya, Yevropa va MDH mamlakatlari, AQSh, Yaponiyadan) bu jurnallarni o‘qiydilar va ularga murojaat qiladilar, chunki ushbu jurnallar Yevrosiyo koreyslarini o‘rganish uchun eng mukammal manba hisoblanadi. Va shu ma’noda, bu jurnallar koreys mavzulari bilan bog‘liq barcha Scopus va Web of Sciences jurnallaridan ko‘ra ko‘proq koreyashunoslik diasporologiyasini rivojlantiradi.
Yoki boshqa misol. Markaziy Osiyo tarixi va madaniyatini o‘rganish biz uchun ustuvor vazifadir. Xo‘sh, mintaqamizni o‘rganishga bag‘ishlangan qanday jurnallar bor? Central Asian Survey (Buyuk Britaniya), International Journal of Central Asian Studies (Janubiy Koreya), Journal of Central Asian Studies (Hindiston), Voices on Central Asia (AQSh), Central Asian Affaires (AQSh), Central Asian Analytical Network (AQSh), Central Asia and Caucasus (Shvetsiya), Central Asiatic Journal (Germaniya), Central Asia’s Affaires (Qozog‘iston), Journal of Central Asian and Eurasian Studies (Rossiya) va boshqa ayrimlari.
Ularning hammasi ham Scopus va Web of Sciences ro‘yxatida bormi? Albatta yo‘q. Ushbu jurnallar orasida eng ommaboplaridan bo‘lgan Central Asian Survey (Buyuk Britaniya) Scopus ro‘yxatidan 2021 yildagina joy oldi. Central Asia and Caucasus (Shvetsiya) va Central Asiatic Journal (Germaniya) jurnallari Scopus, Journal of Central Asian Studies (Hindiston) — EBSCO, International Journal of Central Asian Studies (Janubiy Koreya) — BLA International Bibliography, Journal of Central Asian and Eurasian Studies (Rossiya) — eLIBRARY, Central Asia’s Affaires (Qozog‘iston) — Rossiyaning Science Index ilmiy iqtibos olish indeksida indeksatsiya qilingan. Amerikaning Voices on Central Asia va Central Asian Analytical Network jurnal-platformalari birorta ham bazada mavjud emas, biroq yetakchi mutaxassislar ularda maqolalarini e’lon qiladilar.
Uшbu jurnallarning barchasi qaysi bazada indeksatsiya qilinganidan qat’i nazar, biz uchun muhim va ulardagi barcha maqolalar ahamiyatga ega.
Jurnallar — yaxshi, kitoblar — yomonmi?
Maqolalarni Scopus va Web of Sciences jurnallarida chop etish talabiga alohida munosabat bildirishni istar edim. Xo‘sh, nima uchun aynan jurnallar? Monografiyalar, broshyuralar, maqolalar to‘plamlari, konferensiya hisobotlari-chi? Axir ular nafaqat Scopus va Web of Sciences, balki boshqa xalqaro ma’lumotlar bazalarida ham e’lon qilinadi. Jumladan, SCOPUS ma’lumotlar bazasida jurnallardan tashqari, 166 mingdan ziyod kitob (har yili 20 mingtadan qo‘shilib boradi) va 560 kitob seriyalari hamda 8,3 mln konferensiya hisobotlari joy olgan.
EBSCO eBook Academic Collection ma’lumotlar bazasiga esa Oxford University Press, Cambridge University Press, University of California Press, Harvard University Press va boshqa yetakchi nashriyotlarning elektron kitoblari joylashtirilgan. Rossiya, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Koreya, Yaponiya, Xitoy va boshqa davlatlar milliy nashriyotlarida chop etilgan monografiyalar-chi?
Bularning barchasi to‘g‘ri kelmaydimi? Bunday tor yondashuv tufayli gumanitar fanlar olimining maqolalar chop etishdagi faolligining eng muhim tarkibiy qismi e’tiborsiz qoldirilmoqda.
Rossiya Fanlar akademiyasining Tarix-filologiya fanlari bo‘limi akademik-kotibi, Etnologiya va antropologiya instituti ilmiy direktori Valeriy Tishkov shunday yozadi: «2021yildan boshlab Ta’lim va fan vazirligi hisobot ma’lumotlarini hisobga olishning kitob nashrlarini ham hisobga olish mumkin bo‘lgan yangi tizimini ishga tushirdi. Tarixchilar, filologlar, sotsiologlar, faylasuflar, siyosatshunoslar va ular kabilar uchun aynan ilmiy kitoblar ularning mehnatini yuzaga chiqarishning asosiy ko‘rinishi hisoblanadi. Bu esa jahon me’yorlarida ham shunday: aynan ilmiy monografiyalar asosida talabalar tahsil oladi, olimlar baholanadi. WoS va Scopus jurnallarida maqolalar e’lon qilish poygasi, uning ustiga ingliz tilidagi badhazm (MDH mualliflari tomonidan taqdim etilgan inglizcha matnlarning past darajasi nazarda tutilmoqda — Valeriy Xan) maqolalarning chop etilishi ilmiy maqolalar sifatini yaqqol tushirib yubordi, yirtqich-jurnallar sanoatini vujudga keltirib, pulli maqolalar, soxta maqolalar tayyorlash, hammualliflikni sotish hamda ilmiy muhitni zaharlaydigan va Rossiya ilm-fani obro‘sini tushirib yuboradigan boshqa holatlarning urchishiga olib keldi».
Maqola hech qaysi jurnalda e’lon qilinmasdan, ilmiy maqolalar va preprintlar depozitariylari, masalan, arXiv, bioRxiv, ChemRxiv, SocArXive, engrXiv, PsyArXive, milliy arxivlarga (Fransiya, Hindiston, Indoneziya va boshqa davlatlarning) joylashtirilgan va buning ustiga ulardan katta talab bilan foydalanilayotgan, ularga havola qilinayotgan, g‘oyalari tatbiq etilayotgan bo‘lsa-chi? U hisobga olinadimi?
Shunday qilib, yetti ming yillik muammolaridan biri — Puankare muammosini yechgan rus matematigi Grigoriy Perelman Puankare gipotezasini isbotlashga doir uchta maqolasini ham arXiv`da e’lon qilgan. Arxiv ushbu maqolalar retsenziya qilinishi va jurnallarda chop etilishidan oldinroq xuddi nashr qilingandek talabgir bo‘lishiga erishdi.
2015 yilgi tadqiqotga ko‘ra, fiziklarning kondensatsiyalangan holatlar mavzusidagi ishlarining taxminan 75 foizi arXiv`da saqlanadi. Oklaxoma universiteti professor-o‘qituvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, matematika o‘qituvchilarining 92 foizi va fizika o‘qituvchilarining 67 foizi o‘z tadqiqotlarini qo‘llab-quvvatlash va tarqatish uchun arXiv preprintlaridan foydalanganlar. Va bu jiddiy holat. Ayni paytda arXiv saytida 2 007 279 ta maqola borligi, ularning yillik budjeti 2021 yilda 2,5 mln dollarga yaqinni tashkil etgani va omborini 30 mamlakatdan 243 tashkilot (universitetlar, tadqiqot institutlari va boshqalar) qo‘llab-quvvatlashini aytish kifoya.
Qirollikda hammasi joyidami?
Scopus ishlab chiquvchisi va egasi Gollandiyaning Elsiever nashriyot korporatsiyasi hisoblanadi. Undan tashqari, Springer, Wiley ham eng yirik nashriyotlardan hisoblanadi. Ushbu uch monopolistning ilmiy nashrlar bozoridagi ulushi 42 foizni tashkil etadi.
Elsiever korporatsiyasi haqiqatan ham benuqsonmi? Nashriyot jurnallariga obuna narxi shunchalik balandki, Kongress kutubxonasi, Garvard universiteti, Massachusets texnologiya instituti, Shimoliy Karolina shtat universiteti va boshqalar turli vaqtlarda Elsiever mahsulotlariga obuna bo‘lishdan bosh tortgan. 2012 yilda 10 mingdan ziyod olimlar Elsiever jurnallarini (demak Scopus jurnallarini) boykot qildilar, ularda nashr etmadilar, ular uchun ishlarni retsenziyalash va tahrir qilishdan bosh tortdilar.
Nashriyotning Merck farmatsevtika kompaniyasi loyihalarini to‘liq reklama qiluvchi soxta jurnalni nashr etayotgani ham aniqlangan. Nashr mustaqil ilmiy jurnalga o‘xshardi. Aslida esa u yerda avval boshqa nashrlarda chop etilgan maqolalargina qayta nashr qilingan; ularning deyarli barchasi Merck kompaniyasining dori-darmonlariga bag‘ishlangan.
Ilm-fan pardasi ortida yoxud maqolalarni saralashga geosiyosat qanday ta’sir ko‘rsatadi?
Va yana bir narsa. Bexabar o‘quvchi uchun fan — haqiqatni izlashdek yuksak maqsadli o‘ziga xos ma’baddir. Haqiqat va faqat haqiqat, mana shu — ilmning shiori.
Biroq ilmiy izlanishlar, ayniqsa, ijtimoiy-gumanitar tadqiqotlar doimo ko‘plab fandan tashqari omillar — iqtisodiy, siyosiy va mafkuraviy omillarga qaram bo‘lib kelgan. Zamonaviy ilm-fan shiddatli geosiyosiy kurash maydonidir.
Scopus va Web of Sciences, bular — eng avvalo ingliz tilidagi jurnallarga yo‘naltirilgan ma’lumotlar bazalaridir. 2016 yilda Web of Sciences jurnallarida ingliz tilidagi maqolalar 96,19 foizni tashkil etganini aytish kifoya. Boshqacha aytganda, ingliz tilidagi jurnallarning monopollashuvi mavjud; uning ustiga maqolalar yuqori sifatli ingliz tilida bo‘lishi kerak. Va ko‘p hollarda sifatli tarjima, bu — qimmat to‘lovni anglatadi.
Shunday qilib, maoshlari g‘arblik hamkasblarinikidan ancha past bo‘lgan rivojlanayotgan mamlakatlardagi ko‘plab olimlar uchun sifatli maqola tayyorlash juda qimmatga tushadi. Lekin ilm-fan manfaati, uni demokratlashtirish va insonparvarlashtirish nuqtai nazaridan bunday davlatlar uchun chegirmalar joriy qilinishi kerak edi. Ammo bu nufuzli ilmiy jurnallar ortidagi gigant-nashriyotlarning moliyaviy manfaatlariga mos kelmaydi.
Bundan tashqari, siyosiy va mafkuraviy omillar ham mavjud. Shunday qilib, Rossiya va Xitoy olimlari uchun, xususan, ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasida g‘arb jurnallari va nashriyotlarida chop etish unchalik oson emas. Bu yerda birgina sifatli tarjimaning o‘zi yetarli emas. G‘arbning konseptual apparati, G‘arb uslubi, G‘arb g‘oyalari, G‘arb uslubiy yondashuvlari va G‘arb baholaridan foydalanish kerak bo‘ladi. Bu esa Xitoy tarixi va rus-sovet tarixini G‘arbda qanday qabul qilingan bo‘lsa, xuddi o‘shanday ko‘rinishda taqdim etish kerakligini anglatadi.
Va ma’lum bo‘lishicha, Rossiyaning jamiyatshunoslikka oid ko‘plab jurnallari Scopus va Web of Sciences ro‘yxatiga kirmagan, Boltiqbo‘yi davlatlari va Sharqiy Yevropa — AQShning hozirgi ittifoqchilari va Yevropa Ittifoqi a’zolari jurnallari esa to‘satdan eng zamonaviy bo‘lib qoldi. Xuddi shunday holat Xitoy va Tayvan jurnallari bilan ham sodir bo‘lmoqda. Anglo-sakson monopoliyasi Scopus AQSh, Buyuk Britaniya va boshqa ingliz tilli davlatlarda tarqalgan tahliliy falsafaga yo‘naltirilgan falsafiy jurnallarining 1-kvartiliga (eng ommabop) tushishiga, boshqa falsafiy qadriyatlarga ega eng yaxshi Yevropa jurnallarining esa to‘rtinchi, oxirgi kvartilga tushishi yoki butunlay Scopus ro‘yxatidan o‘rin olmasligiga olib keldi.
So‘nggi paytlarda ko‘plab mamlakatlarda gigant nashriyotlarning monopoliyasini tanqid qilish va ilmiy maqolalardan ochiq foydalanishni ta’minlash harakati tobora keng tarqalmoqda. Nashriyotlarning korporativ manfaatlari fanning o‘zi, olimlar va butun insoniyat manfaatlari bilan to‘qnash kelmoqda.
Sifatli o‘z ilmiy jurnallarini yaratish
Agar faqat Scopus va Web of Sciences jurnallari tan olinadigan bo‘lsa, mahalliy jurnallar ustiga chiziq tortish kerak.
O‘zbekistonda ilmiy jurnallarning ilmiy qiymati o‘z davlati tomonidan tan olinmay tursa, ular qanday rivojlanadi? Nufuzli xalqaro jurnallarda maqola chmqarish haqida o‘ylayotganda milliy jurnallar obro‘sini ham oshirish kerak.
Nima qilish kerak?
Sifatsiz va vijdonsiz jurnallar ro‘yxatini tuzgan va «yirtqich jurnallar» atamasini kiritgan amerikalik professor Jeffri Bill nashriyot yoki jurnalni «sifatsiz» deb tasniflash mezonlarini shakllantirdi. Ushbu va boshqa mezonlarga ko‘ra, sifatli jurnalga qo‘yiladigan talablarni tavsiflash mumkin.
- Nashriyot yoki jurnal COPE (Committee on Publication Ethics), OASPA (Open Access Scholarly Publishing Association), STM (International Association of Scientific, Technical & Medical Publishers) kodekslarida bayon etilgan odob-axloq tamoyillari va qoidalariga rioya etishadi.
- Jurnalda tahrir hay’ati bo‘lishi, bunda uning har bir ishtirokchisi haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi kerak.
- Tahrir hay’ati a’zolari jurnal ishida haqiqatdan ham ishtirok etadilar va faqatgina o‘zining dongdor nomi tufayli ro‘yxatga kiritilmaydi.
- Nashriyot va/yoki jurnal mualliflardan haq oladigan bo‘lsa, ma’lumotni yashirmaydi. Nashriyot biznesida shaffoflikni ta’minlaydi.
- Jurnal nomi uning vazifasi va geografik joylashuviga mos keladi, mualliflarni chalg‘itmaydi.
- Jurnal notalabchan bo‘lmasligi kerak. O‘zining notalabchanlikka moyilligi tufayli u yuqori sifatli retsenziya bera olmaydi.
- Nashriyot jurnalning impakt-faktor qiymatini yashirmaydi va ko‘rsatkichlar qiymatini oshirib yubormaydi.
- Jurnal indekslanadi va referlanadi.
- Taqdim etilgan materiallar har doim fikriga noshir va/yoki jurnal ishonadigan (va agar zarurat tug‘ilganda doimo ularning malakasini tasdiqlashi mumkin) malakali mutaxassislar tomonidan retsenziya qilinadi.
- Jurnal va uning veb-saytida eng to‘liq aloqa ma’lumotlari (elektron pochta, telefon, veb-sayt manzili, pochta manzili) ko‘rsatiladi.
- Jurnal tematikasi juda keng va umumiy bo‘lmasligi kerak.
- Yaxshi nashriyot va/yoki jurnal saytini yangilab turadi va qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ymaydi.
- Jurnalning «ishonchliligi» mezonlaridan biri — mail, yandex, gmail kabi bepul pochta xizmatlaridan emas, balki sayt ro‘yxatdan o‘tgan domendagi elektron pochta manzillaridan foydalanish.
- Yaxshi muharrir va/yoki jurnal mualliflarga Open Access siyosati (nafaqat) tamoyillarini tushuntirishni ortiqcha deb hisoblamaydi.
- Sifatli jurnal o‘z obro‘sini kuzatib boradi va birinchi navbatda ilmiy maqolalar sifatini yaxshilashga intiladi, shuning uchun nashr etish rad etilgan taqdirda, muallifga asoslantirilgan rad javobini yuboradi.
- Jurnal o‘z saytidagi reklamadan daromad olishi mumkin. Lekin bu zarur ma’lumotlarni idrok etishga xalaqit beradigan darajada ko‘p bo‘lmasligi kerak.
- Yaxshi noshir har doim o‘zining yuqori professional darajasini saqlab qolish va hamkasblari bilan ma’lumot almashish uchun professional jamoalar va birlashmalarning a’zosi bo‘lishga intiladi.
- Tahrir hay’ati a’zolari o‘zlari nashr qiladigan jurnalda maqolalarini chop etadilar.
- Nashriyot va/yoki jurnal kataloglarda mavjud bo‘ladi va o‘z mavjudligini kengaytirishga intiladi.
Yoki Scopus ma’lumotlar bazasiga jurnalni kiritish uchun Scopus`ning o‘z nashrlariga qo‘yadigan tayanch talablarni olaylik:
- jurnal inglizcha nomga ega bo‘lishi va maqola tezislarining inglizcha versiyalarini nashr etishi kerak (inglizcha tezislarning sifati baholanadi); maqolalarning to‘liq matnlari istalgan tilda chop etilishi mumkin;
- jurnal yiliga kamida bir marta nashr etilishi kerak;
- nashrning sifati yuqori bo‘lishi kerak.
Sifatni baholash quyidagi mezonlarga muvofiq amalga oshiriladi:
- obro‘: shu jumladan nashr yoki ilmiy hamjamiyatning obro‘si; mualliflar ish joylarining xilma-xilligi, tahrir hay’ati yetakchi a’zolarining xalqaro ilmiy nufuzi va ish joylarining xilma-xilligi (Scopus tomonidan indekslangan jurnallarning tahrir hay’atlari va mualliflaridan iqtibos olinganligi hisobga olinadi);
- ommaboplik va qulaylik, shu jumladan Scopus ma’lumotlar bazasidagi nashrga qilingan havolalar soni, nashrga obuna bo‘lgan muassasalar soni; nashrni indekslaydigan ma’lumotlar agregatorlarining ma’lumotlar bazalari, nashrni Scopus`ga kiritish bo‘yicha so‘rovlar soni.
Nashr siyosati maqolalar sifati ustidan nazoratni o‘z ichiga olishi kerak (masalan, ilmiy retsenziyalash):
- Nashrning ingliz tilidagi sahifalarga ega veb-sayti bo‘lishi kerak (nashr asosiy sahifasining sifati baholanadi); veb-saytda maqolalarning to‘liq matni bo‘lishi shart emas, lekin Scopus sahifalaridan to‘liq matnli sahifalarga to‘siqsiz o‘tishga ruxsat berish maqsadga muvofiqdir («View at Publisher»).
Ekspertlar kengashi deyarli har doim quyidagilarga ega bo‘lmagan nashrlarni bazaga kiritish to‘g‘risidagi so‘rovlarni rad etadi:
- ISSN;
- yangi nashrlar chiqishining barqaror muntazamligi;
- maqolalarga oid bibliografiyalar ro‘yxati;
- har bir maqola uchun ingliz tilidagi annotatsiyalar;
- retsenziyalash apparati;
- o‘z veb-sayti.
Ushbu talablar ilmiy jurnallarni yaratish va rivojlantirish uchun amalga oshiriladimi? O‘ylaymanki, ha.
Sifatli jurnallarni yaratish va chop etish OTMlar va ilmiy-tadqiqot institutlari faoliyatining muhim yo‘nalishi bo‘lishi va bunga alohida mablag‘lar ajratilishi lozim.
Bosh muharrir, bo‘lim mudirlari, mas’ul kotib, texnik muharrir va musahhih jamoatchilik asosida ishlashlari hamda Nashr etikasi qo‘mitasi (Committee on Publication Ethics) kodeksiga muvofiq, oliy o‘quv yurtlari rektorlari, ilmiy-tadqiqot institutlari direktorlari, Fanlar akademiyasi, Oliy ta’lim vazirligi va boshqa davlat organlari rahbarlarining bosimidan xoli bo‘lishlari kerak. Va fanni amaldorlardan avtonom qilish — eng qiyin masala.
O‘zbek ilm-fanida maqolalar e’lon qilish strategiyasini butunlay o‘zgartirish kerak — jurnallarning avtonom veb-saytlarini yaratish, ularni retsenziyadan o‘tkazish (jumladan, anonim retsenziya formati), sharhlar chegarasini oshirish, taqdim etiladigan maqolalar sifatiga talablarni oshirish, tahrir hay’ati tarkibiga xorijlik olimlarni kiritish, dunyo tillarida maqolalar qabul qilish, xorijiy mualliflarning maqolalarini nashr etish, mualliflar va taqrizchilar bilan yozishmalarni hujjatlashtirish va h.k.
Chop etilayotgan maqolalar yuqori sifatga ega bo‘lishi va aynan ularning sifati chop etishga asos bo‘lishi kerak, tanish-bilishchilik emas. Va o‘shanda bizning mahalliy jurnallarimiz ham Scopus va Web of Sciences singari orzudagi xalqaro ma’lumotlar bazalariga kirishlari mumkin bo‘ladi va firibgar jurnallarda nashr qilishga hojat qolmaydi.
Muallifning fikri tahririyat nuqtai nazarini ifodalamasligi mumkin.
BAKALAVR TA’LIM YO’NALISHLARI
Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida zamonaviy va mumtoz sharq tillari va adabiyoti, matnshunosligi va manbashunosligi, Sharq mamlakatlari va mintaqalari tarixi, falsafasi, madaniyati, siyosatshunosligi, xalqaro aloqalari, iqtisodiyoti, mamlakatshunosligi, turizmi, gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati, xalqaro jurnalistika kabi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarida
KAMIDA BIR SHARQ VA BIR G‘ARB TILI MUKAMMAL O‘RGATILADI
va bu sizning mehnat bozoridagi boshlang‘ich ustunligingizni ta’minlaydi.
Sharq tillari: arab, fors, dariy, pushtu, hindiy, urdu, turk, uyg‘ur, xitoy, yapon, koreys, indonez, malay, vetnam.
Roman-german tillari: ingliz, nemis, fransuz.
UNIVERSITET TA’LIM YO‘NALIShLARINING TAVSIFI VA BITIRUVCHILARINING QAYSI SOHALARDA ISHLASHI MUMKINLIGI:
FILOLOGIYA VA TILLARNI O‘QITISH
Bu ta’lim yo‘nalishida Sharq mamlakati tili (fonetika, morfologiya, normativ grammatika, stilistika, tarjima amaliyoti), adabiyoti, tarixi, geografiyasi, etnografiyasi o‘rganiladi.
Bitiruvchilar maktabgacha, umumiy, o‘rta maxsus hamda professional ta’lim muassasalarida o‘rganilgan sharq va g‘arb tillaridan dars berish, badiiy, ilmiy asarlarni tarjima qilish, bibliografik materiallar tayyorlash, taqrizlar yozish, texnik va boshqa tarjima turlarini amalga oshirish, mehmonxonalarda va turistik firmalarda menejer va ma’muriy xodim sifatida ishlash, o‘rganilgan sharq va g‘arb tillarini intensiv shaklda o‘rgatish kabi kasbiy faoliyat turlarini amalga oshirishlari mumkin.
FILOLOGIYA VA TILLARNI O‘QITISH
(SHARQ MUMTOZ TILLARI)
Bu ta’lim yo‘nalishida mumtoz o‘zbek, arab va fors tillari, bu tillarda yaratilgan o‘tmish adabiy va madaniy meros birlamchi manbalar vositasida manbashunoslik va matnshunoslik nuqtai nazardan o‘rganiladi, sharq adabiyoti tarixi, tarixiy tilshunoslik, yozma adabiy tillar tarixi, qadimgi yozma yodgorliklar tili; matn tarjimasi va talqini; o‘rganilayotgan til va adabiyot metodikasi, dars berish mahorati, nutq madaniyati tamoyillaridan dars beriladi.
Bitiruvchilar maktabgacha, umumiy, o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida o‘z ixtisosligiga doir fanlar bilan bir qatorda o‘rganilgan sharq va g‘arb tillaridan dars berish, ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishidagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida kichik ilmiy xodim bo‘lib ishlash; davlat tashkilotlari va davlatga qarashli bo‘lmagan xususiy tashkilotlarda o‘rganilgan sharq va g‘arb tillaridan tarjimonlik qilish; qo‘lyozma fondlari, arxivlarda, axborot-resurs markazlarida, nashriyotlarda, ommaviy-axborot muassasalarida muharrir, musahhih bo‘lib ishlash; turli tadbirkorlik sub’ektlari, nodavlat, notijorat va jamoat tashkilotlari hamda boshqa muassasalarda faoliyat olib borish; mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari, joylardagi ma’naviyat va ma’rifat markazlari hamda maktabgacha tarbiya muassasalarida kasbiy faoliyat turlarini amalga oshirishlari mumkin.
MATNSHUNOSLIK VA ADABIY MANBASHUNOSLIK
Bu ta’lim yo‘nalishida matnshunoslik va adabiy manbashunoslikning nazariy va amaliy yo‘nalishlari; qo‘lyozmalarning paleografik belgilarini aniqlashning asosiy usullari va ularni baholash mezonlari; eng qadimgi yozuvlar, ularning turlari; kitobat san’ati; O‘zbekiston Respublikasi va chet ellardagi qo‘lyozmalar fondlari, ularda saqlanayotgan nodir manbalar; o‘rta asrlarda yaratilgan yozma manbalarning O‘zbekiston Respublikasi va chet ellardagi miqyosi o‘rganiladi.
Bitiruvchilar Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tekshirish institutlarida kichik ilmiy xodim, ilmiy xodim, katta ilmiy xodim, yetakchi mutaxassis sifatida ilmiy tadqiqot ishlari olib borish; umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalarida ixtisosliklari bilan bir qatorda sharq va g‘arb tillaridan dars berish; qo‘lyozma yodgorliklar arxeografiyasi, yordamchi ishlov va kataloglashtirish; qadimgi yozma yodgorliklar bilan ishlash, ularni tarjima qilish, bibliografik materiallar tayyorlash, taqrizlar yozish; texnik va boshqa tarjima turlarini amalga oshirish, o‘rganilgan tillarini intensiv shaklda o‘rgatish kabi kasbiy faoliyat turlarini amalga oshirishlari mumkin.
TARJIMA NAZARIYASI VA AMALIYOTI
(SHARQ TILLARI BO‘YICHA)
Bu ta’lim yo‘nalishida o‘rganilayotgan sharq tilining nazariy va amaliy asoslari va lug‘at boyligi, mazkur tilda badiiy va ilmiy adabiyotlarni tarjima qilish, o‘rganilayotgan tildagi tarjimalar va ularning rivojlanishi, sinxron tarjima va madaniyatlararo muloqot jarayonlari bilan bog‘liq kompleks masalalar, tarjimashunoslik, lingvistika, qiyosiy tilshunoslikka oid tadqiqotlar o‘tkazish, tarjimonlik sohalariga doir uslublari o‘rganiladi.
Bitiruvchilar maktabgacha, umumiy, o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida ixtisosligiga doir fanlar bilan bir qatorda o‘rganilgan sharq va g‘arb tillaridan dars berish; ommaviy axborot vositalarida tarjimonlik va muharrirlik qilish, davlat boshqaruvi organlari, xalqaro tashkilotlar, turizm bilan bog‘liq davlat va nodavlat muassasalarida tarjimonlik qilish; mehmonxonalarda va turistik firmalarda menejerlik va ma’muriy xodim sifatida ishlash, o‘rganilgan tillarini intensiv shaklda o‘rgatish kasbiy faoliyat turlarini amalga oshirishlari mumkin.
TARIX (SHARQ MAMLAKATLARI VA YO‘NALISHLARI BO‘YICHA)
Bu ta’lim yo‘nalishida umumiy tarix, o‘rganilayotgan Sharq mamlakati tili va lug‘at boyligi; mintaqa (mamlakat) tarixi, tarixiy manbashunosligi va tarixshunosligi, tarixiy tadqiqot metodlari, diniy munosabatlar tarixi, madaniyat va ma’naviyat sohalari, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, etnik jarayonlari tarixi, diniy-falsafiy va mafkuraviy dunyoqarash tizimlari, moddiy va ma’naviy madaniyat tarixi bilan bog‘liq kompleks masalalar o‘rganiladi.
Bitiruvchilar maktabgacha, umumiy, o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida ixtisosligiga doir fanlar bilan bir qatorda o‘rganilgan sharq va g‘arb tillaridan dars berish, ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishdagi ilmiy tadqiqot muassasalari va tashkilotlarida hamda oliy ta’lim tizimida kichik ilmiy va ilmiy-texnik xodim bo‘lib ishlash; arxivlar, muzeylar, qo‘lyozma fondlari, axborot-resurs markazlari, nashriyotlar, ommaviy-axborot muassasalar, turli tadbirkorlik sub’ektlari va boshqalarda ilmiy-texnik xodim, muharrir, bibliograf, tarjimonlik qilish kabi kasbiy faoliyat turlarini amalga oshirishlari mumkin.
TARIX (MARKAZIY OSIYO MAMLAKATLARI BO‘YICHA)
Bu ta’lim yo‘nalishida ixtisosligiga doir fanlar bilan bir qatorda sharq va g‘arb tillarini o‘qitish; ilmiy, tarixiy va ma’naviy masalalar, Markaziy Osiyo mamlakatlari tarixi bilan bog‘liq akademik, ilmiy-tadqiqot hamda ilmiy-ishlab chiqarish muassasalari va tashkilotlari; davlat boshqaruvi organlari; O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot institutlari, muzeylar, davlat va xususiy arxivlar; qo‘lyozma fondlari; nodavlat va notijorat tashkilotlari; xususiyligi istalgan shaklda bo‘lgan ishlab chiqarish birlashmalari; tarixiy, madaniy, ma’naviy merosni o‘rganish markazlarida ixtisosligi bilan bog‘liq kompleks masalalar o‘rganiladi.
Bitiruvchilar maktabgacha, umumiy, o‘rta maxsus, professional ta’lim tizimi muassasalarida ixtisosligiga doir fanlar bilan bir qatorda o‘rganilgan sharq va g‘arb tillaridan dars berish, ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishdagi ilmiy tadqiqot muassasalari va tashkilotlarida hamda oliy ta’lim tizimida kichik ilmiy va ilmiy-texnik xodim bo‘lib ishlash; arxivlar, muzeylar, qo‘lyozma fondlari, axborot-resurs markazlari, nashriyotlar, ommaviy-axborot muassasalar, turli tadbirkorlik sub’ektlari va boshqalarda ilmiy-texnik xodim, muharrir, bibliograf, tarjimonlik qilish kabi kasbiy faoliyat turlarini amalga oshirishlari mumkin.
SIYOSATSHUNOSLIK
Bu ta’lim yo‘nalishida jahon siyosatida kechayotgan zamonaviy jarayonlar; diplomatik aloqalar va munosabatlar; tashqi siyosiy va diplomatik faoliyat; O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy davlatlarning xalqaro munosabatlari, tashqi siyosati; xalqaro munosabatlarning asosiy aktorlari: davlatlar, xalqaro tashkilotlar, ittifoqlar va uyushmalar faoliyati bilan bog‘liq kompleks masalalar o‘rganiladi.
Bitiruvchilar O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarida, xorijiy davlatlarning O‘zbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarida; vazirliklar, davlat qo‘mitalari, hokimliklar va boshqa davlat idoralari, muassasalarining xalqaro bo‘limlarida mutaxassis; ilmiy-tadqiqot muassasalarida kichik ilmiy xodim; umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida mutaxassislikka oid fanlardan hamda o‘rganilgan sharq va g‘arb tillaridan dars berish; arxivlarda, axborot-resurs markazlarida, nashriyotlarda, ommaviy-axborot muassasalari, turli tadbirkorlik sub’ektlari, nodavlat notijorat va jamoat tashkilotlari hamda boshqa muassasalarda ilmiy-texnik xodim, bibliograf, tarjimonlik qilish kabi kasbiy faoliyat turlarini amalga oshirishlari mumkin.
FALSAFA (SHARQ FALSAFASI VA MADANIYATI)
Bu ta’lim yo‘nalishida sharq xalqlari falsafasi va madaniyati tarixi, sharq mamlakatlarida falsafiy fikr taraqqiyotining asosiy bosqichlari, ma’naviy meros va qadriyatlar; tabiat, jamiyat va tafakkur rivojining umumiy qonunlari; milliy ma’naviyat asoslari va sharq madaniyatining o‘ziga xos xususiyatlari, jahon sivilizatsiyasi rivojida tutgan o‘rni, o‘rganilayotgan sharq va ingliz tillarida falsafiy va badiiy adabiyotlarni o‘qish va talqin qilish; dars berish mahorati, nutq madaniyati bilan bog‘liq kompleks masalalar o‘rganiladi.
Bitiruvchilar maktabgacha, umumiy, o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida o‘rganilgan sharq va g‘arb tillaridan dars berish; O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy tadqiqot institutlari, arxiv va muzeylarida, davlat va mahalliy boshqaruv organlari, ma’naviyat va ma’rifat, milliy g‘oyani targ‘ib etish markazlari va bo‘limlari, turizm, madaniy aloqalarni rivojlantirish, tashkiliy-boshqaruv, tarjimonlik sohasida ilmiy-texnik xodim, muharrir, bibliograf, tarjimonlik qilish, xalqaro faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan davlat va nodavlat tizimlarida ishlash kabi kasbiy faoliyat turlarini amalga oshirishlari mumkin.
XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI VA MAMLAKATSHUNOSLIK
(MAMLAKATLAR VA MINTAQALAR BO‘YICHA)
Bu ta’lim yo‘nalishida Sharq mintaqasi mamlakatlari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining hozirgi holati, mavjud muammolari va istiqbollari, mintaqa mamlakatlarining tashqi iqtisodiy aloqalari, jahon xo‘jaligi tizimiga integratsiyalashuvi yo‘nalishlari, mintaqa mamlakatlarining tarixi, madaniyati, tili, ijtimoiy-siyosiy tizimi hamda ta’lim sohasiga mos o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim tizimidagi o‘quv-tarbiya jarayonlari bilan bog‘liq kompleks masalalar o‘rganiladi.
Bitiruvchilar vazirliklar, davlat qo‘mitalari, hokimliklar va boshqa davlat idoralari, muassasalarining iqtisodiy boshqarma va bo‘limlarida; xalqaro iqtisodiy tashkilotlar, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro iqtisodiy tashkilotlardagi vakolatxonalari va xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonalarida referent; iqtisodiyot va biznes yo‘nalishidagi ilmiy-tadqiqot muassasalarida kichik ilmiy xodim; umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida mutaxassislikka oid fanlardan hamda o‘rganilgan sharq va g‘arb tillaridan dars berish; turli mulkchilik shaklidagi korxonalarda tarjimon va ekspert-maslahatchi sifatida ishlash kabi kasbiy faoliyat turlarini amalga oshirishlari mumkin.
JURNALISTIKA: XALQARO JURNALISTIKA
(SHARQ TILLARI BILAN)
Bu ta’lim yo‘nalishida ommaviy axborot vositalari, davlat boshqaruvi organlari, davlat va nodavlat organlari axborot xizmatlari, PR (jamoatchilik bilan aloqalar) va reklama agentliklari, internet tarmog‘i, jamiyatni tezkor axborot almashinuv usullari va ishonchli axborot bilan ta’minlash kabi kompleks masalalar o‘rganiladi.
Bitiruvchilar matbuot nashrlari va jurnalistik materiallar; radio eshittirish va teleko‘rsatuvlar; axboriy, tahliliy va badiiy-publisistik janrlar; axborot agentliklari orqali tarqatiladigan yangiliklar; reklama agentligi maxsulotlari, ichki va tashqi reklama; internet jurnalistikasi materiallari, saytlar, ijtimoiy tarmoqlar, gipermatnlar; davlat boshqaruvi organlari, vazirliklar, korxona va idoralar matbuot markazlarining axborot materiallari, press-relizlar; jamoatchilik bilan aloqalar (PR) xizmatlari axborot materiallari; nashriyot-matbaa konsern va bosmaxonalarda chop etiladigan bosma mahsulotlar tayyorlash kabi kasbiy faoliyat turlarini amalga oshirishlari mumkin.
GID HAMROHLIGI VA TARJIMONLIK FAOLIYATI
(SHARQ TILLARI)
Bu ta’lim yo‘nalishida gid hamrohlik ishi, og‘zaki izchil tarjima va sinxron tarjima masalalari, tarjimashunoslik, lingvistikaga oid tadqiqotlar o‘tkazish, gid hamrohlik istiqbolini belgilash, kasbiy ko‘nikma, mutasaddilik qobiliyatiga yo‘naltirilgan ilmiy va tarjimonlik sohalariga doir usullar, uslublarni ishlab chiqish, turistlar va ekskursantlarni vaqtincha bo‘lish mamlakatidagi (joyidagi) turistik resurslar bilan tanishtirish uchun tarjima bo‘yicha xizmat ko‘rsatish, xalqaro tashkilotlar, turli davlat va nodavlat muassasalarida tarjima tizimini tashkillashtirish bilan bog‘liq kompleks masalalar o‘rganiladi.
Bitiruvchilar tarjima turlari, ikki tomonlama og‘zaki va yozma tarjima, sinxron tarjima, madaniyatlararo muloqot, gid hamrohligi va tarjimashunoslik muammolarini tahlil qila bilish; tarjima sohasida zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikasion texnologiyalarini qo‘llash; mamlakatning tarixi, madaniyati, etnografiyasi, iqtisodiyoti, turistik yo‘nalishni rejalashtirish va ekskursiyada hamrohlik qilish, xavfsizlikni ta’minlash, favqulodda vaziyatlarda amaliy harakat qilish, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, ixtisoslikka oid professional ta’lim muassasalarida gid hamrohlik ishi bo‘yicha dars bera olish kabi kasbiy faoliyat turlarini amalga oshirishlari mumkin.
TURIZM (FAOLIYAT YO‘NALISHLARI BO‘YICHA)
(SHARQ TILLARI BILAN)
Bu ta’lim yo‘nalishida turistik mahsulot, turistik xizmatlarni taqdim etishning texnologik jarayonlari, intellektual faoliyat natijalari, mulkchilik yoki boshqa qonuniy asoslarda turizm sohasi sub’ektlariga tegishli bo‘lgan nomoddiy aktivlar, turar-joy binolari, umumiy ovqatlanish joylari, ekskursiya faoliyati ob’ektlari, transport vositalari, turizm sanoatining boshqa korxonalari va turizm mahsulotini ishlab chiqish va sotish kabi masalalar kompleks tarzda o‘rganiladi.
Bitiruvchilar yangi turistik mahsulotlar taqdimotlarini, biznes muzokaralarini, reklama kampaniyalarini tashkil etish va o‘tkazish; turistik dasturni rejalashtirish va tuzish; tur bahosini hisoblash; mehmonxonalarni bronlash va chiptalarni sotish; ekskursiya dasturlarini va boshqa qo‘shimcha xizmatlarni tuzish; yo‘riqnomalar bo‘yicha ma’lumot berish; turistik hujjatlarni rasmiylashtirish; viza xizmatlari bilan shug‘ullanish; marketing ishlarini olib borish; sayyohlik agentliklari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qilish; turistik paketlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotish; agentlik va boshqa shartnomalarni tuzish; ma’muriy funksiyalarni bajarish; turistik sayohatlarni rejalashtirish dasturlarini ishlab chiqish; turoperator bo‘linmalarining kadrlar va moddiy resurslarga bo‘lgan ehtiyojlariin aniqlash; turistik mahsulotlar va ma’lumotlar agentliklari ma’lumotlar bazasini yaratish kabi kasbiy faoliyat turlarini amalga oshirishlari mumkin.
XALQARO MUNOSABATLAR YO‘NALISHI
Mazkur yo‘nalish xalqaro munosabatlar sohasini rivojlantirishga, tashqi siyosat istiqbolini belgilashga, jahon siyosati, xalqaro huquq, xalqaro munosabatlarda tahlil, xalqaro xavfsizlik, xalqaro munosabatlar tarixi va nazariyasi, xalqaro tashkilotlar nazariyasi va amaliyoti, diplomatik protokol va etiket, siyosiy texnologiyalar va menejment, davlat boshqaruv organlari va xalqaro munosabatlarning boshqa aktorlari bilan bog‘liq bo‘lgan nazariy va amaliy faoliyatni o‘zida qamrab oladi. Xalqaro munosabatlar yo‘nalishi Xalqaro munosabatlar va jahon siyosati magistratura mutuxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlash uchun baza bo‘lib xizmat qiladi.
JAHON IQTISODIYOTI VA XALQARO IQTISODIY MUNOSABATLAR (MINTAQALAR VA FAOLIYAT TURLARI BO‘YICHA) YO‘NALISHI
Ushbu yo‘nalish jahon iqtisodiyotini yaxlit shaklda tahlil qilish, xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohalarini kengaytirish va uning yo‘nalishlarini istiqbolda takomillashtirish, milliy va jahon xo‘jaligi, xalqaro moliya, mehnat, kapital va xizmatlar bozorini tadqiq etish, zamonaviy menejment va moliyaviy munosabatlar, marketing va tadbirkorlik yo‘nalishlari bilan bog‘liq bo‘lgan nazariy va amaliy faoliyatni o‘zida qamrab oladi. Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar (mintaqalar va faoliyat turlari bo‘yicha) yo‘nalishi Tashqi iqtisodiy faoliyat (tarmoqlar va faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha) magistratura mutuxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlash uchun baza bo‘lib xizmat qiladi.
ANTROPOLOGIYA VA ETNOLOGIYA YO‘NALISHI
Ushbu yo‘nalish Sharq mamlakatlarining tillari, tarixi, madaniyati, moddiy va ma’naviy merosini kompleks tarzda o‘rganib, zamonaviy antropologiya va etnologiyasi sohalarida zamonaviy bilimlarni mukammal egallagan, mehnat bozori uchun raqobatbardosh bo‘lgan kadrlarni tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lgan nazariy va amaliy faoliyatni o‘zida qamrab oladi. Antropologiya va etnologiya yo‘nalishi Etnografiya, etnologiya va antropologiya magistratura mutuxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlash uchun baza bo‘lib xizmat qiladi.
MAZKUR TA’LIM YO‘NALIShLARINI BITIRGAN TALABALAR UNIVERSITETDA QUYIDAGI IXTISOSLIKLAR BO‘YIChA MAGISTRATURADA O‘QIShNI DAVOM ETTIRIShLARI VA YuQORIDA QAYD ETILGAN KASBIY BILIM, KO‘NIKMA VA MALAKALARINI MUSTAHKAMLAB, KEYINGI FAOLIYATLARINI ILMIY TADQIQOT OLIB BORISH VA OLIY TA’LIM TIZIMIDA DARS BERISHGA YO‘NALTIRISHLARI MUMKIN:
70230104 – Adabiyotshunoslik (sharq tillari)
70230101 – Lingvistika (sharq tillari)
70230102 – Mumtoz filologiya (turlari bo‘yicha)
70230201- Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik (sharq tillari)
70230202 – Sinxron tarjima (sharq tillari)
70220301 – Tarix (yo‘nalishlar va faoliyat turlari bo‘yicha)
70220303 – Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari (mamlakatlar bo‘yicha)
70220502 – Sharq falsafasi va madaniyati
70230301 – Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik (tillar bo‘yicha)
70310802 – Xalqaro munosabatlar va jahon siyosati
70230501 – Etnografiya, etnologiya va antropologiya
70411801-Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik (mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha)
70411902 – Tashqi iqtisodiy faoliyat (tarmoqlar va faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha)
71010401 – Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha)
If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.
© 2022 Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti. Barcha huquqlar himoyalangan. TDSHU saytidagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.
100060, Toshkent shahri, Amir Temur ko‘chasi 20
+998 71 233 34 24
+998 71 233 52 24
Matnda xatolikni ko‘rsangiz, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.
Онлайн тестирование для аттестации педагогических работников
Сервис позволяет проверить уровень подготовки к аттестации педагогических работников организаций образования РК на присвоение (подтверждение) квалификационных категорий в 2023 году в виде прохождения квалификационного тестирования.
База тестовых заданий составлена на основе тестов, найденных на просторах интернета в свободном доступе, и не предназначена для заучивания и зазубривания. Цель данного онлайн тестирования — проверка знаний и уровня подготовки к аттестации. Администрация сайта FindHow не несет никакой ответственности за корректность тестовых заданий и их использование.
Нкт пробный тест онлайн бесплатно ▶
Аттестация педагогов 2023 рк пробный тест ▶
Нкт пробный тест для учителей 2023 ▶
Тесты для учителей с ответами ▶
- Как проходит аттестация педагогов
- Как проводится квалификационное тестирование
- Калькулятор зарплаты педагогов и прочих работников сферы образования (НОВОЕ!)
Онлайн тестирование педагогов
Русский Казахский
Аттестация ?
По модулю ?