Press "Enter" to skip to content

Ingliz tili

Предложения рекламы или обмен баннеров: @sadikov_uz

Fransuz tili, Salut 1, 1 sinf, Nishonboyev Sh., 2021

Учебник по французскому языку для 1 класса на узбекском языке.

Aynan siz uchun yaratilgan “Salut 1” nomli darsligimizni e’tiboringizga havola etyapmiz!
Aziz bolajonlar, siz fransuzcha so‘zlarni tushunishni, bu tilda gapirishni boshlar ekansiz, yangi til va madaniyatning qiziqarli tomonlarini kashf etish orqali tasavvuringizni yanada boyitasiz. Ushbu majmua siz uchun yaratilgan darslik, mashq daftari, multimedia ilovasi bilan bir qatorda sevimli ustozlaringiz uchun metodik qoʻllanmani ham oʻz ichiga oladi. Bu darslik siz uchun yaqin doʻst va hamrohingiz boʻlib qoladi deb umid qilamiz.

LE JARDIN POTAGER DE KAMOL.
1. Regarde l’image et dis ce qu’il y a.
2. Classifie les légumes et les fruits dans les cases.
3. Écoute et chante la comptine «Pomme, pêche, poire, abricot».

Tableau des contenus.
Bonjour!.
Famille idéale.
Vive l’école!.
Bienvenue chez moi!.
En forme?.
Youpi! C’est l’été!.
Manger sain.
Bon appétit!.
Au monde des animaux.

Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Fransuz tili, Salut 1, 1 sinf, Nishonboyev Sh., 2021 – fileskachat, быстрое и бесплатное скачивание.

Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России. Купить эту книгу

ingliz tili

Bu yerda siz ingliz tilidagi eng uzun so’z haqida bilib olishingiz mumkin.

Ushbu qiziqarli savolga javob berishdan oldin quyidagilarni ta’kidlash kerak, ingliz tilidagi eng uzun so’zni tanlash bu tildagi so’z deb hisoblanadigan narsaga bog’liq.

Язык Узбекский

Ingliz tilida zamonlar tushunchasi va zamonlar

Опубликовано ср, 07/07/2021 – 09:38 пользователем Nasim Sadikov

Dars #1. Dunyodagi deyarli barcha tillarda zamon kategoriyasi mavjud. Ingliz tilida zamon tushunchasi “tense” atamasi bilan ifodalanadi. Macmillian English Dictionary for Advanced Learners lug’atida ‘tense’ – zamon so’zi quyidagicha izohlangan:

– tense – a form of verb used for showing when something happens. For example, ‘I goʻ is the present tense and ‘I went’ is the past tense.

Язык Английский

Future Perfect Tense

Опубликовано ср, 02/10/2021 – 00:31 пользователем Nasim Sadikov
Future Perfect Tense
Язык Английский

Turli fanlardan sinflar uchun blok testlar to’plami

Опубликовано чт, 12/24/2020 – 21:03 пользователем Nasim Sadikov

Format: doc(x), pdf

Язык Английский

Barcha fanlardan olimpiada testlari to’plami

Опубликовано сб, 01/04/2020 – 22:46 пользователем Nasim Sadikov

Quyida siz uchun turli xil fanlardan, turli sinflar uchun mo’ljallangan olimpiada testlar to’plamini taqdim qilmoqchiman. Barcha testlar o’z mualliflariga tegishli. Ulardan faqat tanishish uchun foydalanib qolishingizni so’rab qolaman.

Fayl turi: zip

Fayl mb: 14.1 mb

Xujjatlar soni: 95 ta

Язык Английский

Fanlardan olimpiada testlari (javoblari bilan)

Опубликовано сб, 01/04/2020 – 22:37 пользователем Nasim Sadikov

Informatika, ingliz tili, rus tili, nemis tili, fransuz tili, tarix, biologiya, o’zbek tili, geografiya, iqtisod, kimyo, ona tili va adabiyot, matematika fanlaridan 9, 10- sinflar uchun olimpiada testlari.

Fayl turi: zip

Fayl mb: 2.6

Xujjatlar soni: Tahminan 14 ta

Язык Английский

Barcha fanlardan attestatsiya savollari va javoblari

Опубликовано чт, 12/26/2019 – 10:20 пользователем Nasim Sadikov

Iqtisod, MIG’, huquq, psixologiya, pedagogika, biologiya, boshlang’ich ta’lim, geografiya, davlat tili, jismoniy tarbiya, ingliz tili, informatika, kimyo, matematika, musiqa, ona tili va adabiyot, rus tili va adabiyoti, tarix, tasviriy san’at, nemis tili, texnologiya, fizika kabi fanlardan attestatsiya savollari. Barcha savollarga javoblar mavjud.

Fayl turi: zip

Fayl o’lchami: 14 mb

Язык Английский

Helpful words and phrases for CEFR writing

Опубликовано чт, 12/19/2019 – 21:58 пользователем Nasim Sadikov

Stating Your Opinion

Язык Английский

Ingliz tilida gapirishni qanday boshlash mumkin?

Опубликовано вс, 11/03/2019 – 21:46 пользователем Nasim Sadikov

Ma’lumki, ingliz tilini o’rganish va unda so’zlashish hozir ko’pchilik insonlarning diqqat markazida. Globallashuv davrida xorijiy tilni bilishlik bu har bir kasb uchun o’ziga yarasha obro’ desam adashmagan bo’laman. Shuning uchunmi, hozirgi kunda ingliz tilini o’rganish va unda muloqot qilish uchun ko’pgina yurtdoshlarimiz o’quv markazlari yoki repetitorlarning doimiy mijoziga aylanmoqdalar.

Язык Английский

Nega ingliz tili xalqaro til bo’lib qoldi?

Опубликовано чт, 01/17/2019 – 21:32 пользователем Nasim Sadikov

Hozirgi kunda 7 – 10 ta til xalqaro til sifatida tan olingan. Lekin ularning orasida eng mashhuri va birinchi o’rinda turadigani bu Ingliz tilidir. Bunday bo’lishiga bir nechta sabablar bor. Quyida ularning eng muhim sabablarini ko’rib chiqamiz:

Язык Английский

Ginnes

Facebook guruh:

При публикации информации из моего веб сайта на другие сайты обязательно указывать адрес сайта www.sadikov. © Sadikov

Аудио, видео и документальная информация в моем сайте принадлежат своим владельцам. Они сохраняют свои авторские права. Информация размещена на сайте с целью ознакомления. Пожалуйста, уважайте работу авторов. Если Вы являетесь автором материала или обладателем авторских прав на него и против его использования или Ваше авторство не было указано на сайте, пожалуйста свяжитесь с по адресу uzbeknasim@yahoo

Предложения рекламы или обмен баннеров: @sadikov_uz

Для контактов: uzbeknasim@yahoo

Telegram: @sadikovuz

Fransuz tili cefr

Karshiyeva Tursunoy Shodiyorovna,

SamDChTI tayanch (PhD) doktoranti

Kalit so’zlar: nofilologik ta’lim muassasalari, harakatlar strategiyasi, xalqaro standartlar, lingvistik ma’lumot, eksrtalingvistik ma’lumot.

Hozirgi davrning dolzarb masalalaridan biri xorijiy tillarni o’qitish orqali yosh avlodni ona-Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy g’urur, yuksak axloq va ma’naviyat, qadimiy va boy merosimizga iftixor tuyg’usi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashdir. Jahon ta’lim tizimidagi tub islohotlar talabalarning chet tillarni mukammal o’rganishlari, barcha sohalarda chet tilini bilgan holda o’zlarini namoyon eta olishlari uchun zarur shart- sharoit yaratib berish, ularning xorijiy tilda og’zaki va yozma nutqlarini rivojlantirish muammolarini ilgari surmoqda. Ta’lim oluvchilarning chet tilida fikr yuritish, erkin nutqni amalga oshira olish qobiliyatlarini rivojlantirish, intellektual faoliyatini shakllantirish, ularning tayyorgarligini baholash masalalari bilan YUNESKO, YUNISEF, Yevropa Universitetlari Assotsiyatsiyasi, Oliy Ta’lim Sifatini Ta’minlash Yevropa Tarmog’i kabi tashkilotlar shug’ullanmoqda. Bu masalaning umumiy tendensiyalarda rivojlanishi zamonaviylik va yosh avlodda chet tiliga oid malakalarning shakllanishida katta ahamiyat kasb etib, zamonaviy tarbiya muammolari bilan bog’liq holda talabalarning ijodiy qobiliyatlarini oshirishga xizmat qilmoqda.

Respublikamiz ta’lim tizimini isloh qilishda xorijiy tajribalarga asoslangan xalqaro standartlarga mos keluvchi o’quv dasturlari bilan muvofiqlashtirish oliy pedagogikta’lim tizimini takomillashtirishga asos bo’ldi. O’zbekiston sharoitida milliy mintalitetimiz, urf-odatlarimizni inobatga olgan holda xorijiy tajribalar asosida ta’lim sifatini tubdan isloh qilish davr talabidir. Bu borada 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida mamlakatimizda “ …ta’lim va o’qitish sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy qilish asosida oliy ta’lim muassasalari faoliyatining sifati hamda samaradorligini oshirish, ilmiy tadqiqotva innovatsion faoliyatni rag’batlantirish, ilmiy va innovatsion yutuqlarni amaliyotga joriy qilishning samarali mexanizmlarini yaratish…”, kadrlar tayyorlashning sifat darajasini oshirish, xalqaro standartlar asosida malakali mutaxassislar tayyorlash uchun zarur shart- sharoitlarni yaratish, har bir oliy ta’lim muassasasi jahonning yetakchi ilmiy-ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari o’rnatishi va talabalarning kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirish, yoshlar auditoriyasi bilan ish olib borishda interfaol usullardan samarali foydalanish, ularga chet tilidan sifatli ta’lim bera olish, oliy ta’lim darajasini namunali bosqichga olib chiqish va tubdan takomillashtirish asosiy vazifalar sifatida belgilandi[1].

Shu bois respublikamiz oliy ta’lim tizimida bo’lajak kadrlarni ishlab chiqarish va ilmiy maqsadlar uchun zarur bo’lgan axborotni topish jarayonida mutaxassislik bo’yicha original adabiyotni o’qish, xorijiy tildagi og’zaki muloqotda ishtirok etish ko’nikmasini shakllantirish maqsadida chet tili darslari o’tilmoqda.

Har bir mustaqil O’zbekiston Respublikasi fuqarosi o’z kasbiga oid chet tilidagi adabiyotlarning asl nusxasini o’qiy olishi, o’qilgan matnni tushunishi va uni o’z kasbida qo’llay olishi lozim. Bundan tashqari, u berilgan mavzuda suhbatdoshi bilan chet tilida erkin fikr almasha olishi kerak. Zero, chet tillarini o’rganish bugungi globallashgan davr talabidir.

Yurtimizda ham mustaqillik sharofati bilan chet tillar o’qitilishiga alohida e’tibor berilmoqda. Minglab chet tili o’qituvchilari tayyorlanganligi, kadrlarning ona vatanimizda va xorijda malaka oshirishlari uchun barcha sharoitlar yaratib berilganligi, ingliz, nemis, fransuz tillari bo’yicha multimediya darsliklari, ingliz tilini o’rganish bo’yicha elektron resurslar tayyorlanganligi, ta’lim muassasalarida zamonaviy lingafon xonalarining tashkil etilganligibuning yaqqol isbotidir. Yosh avlodni chet tillarda o’qitish hamda shu tillarda erkin so’zlasha oladigan mutaxassislarni tayyorlashni takomillashtirish negizida, yoshlarning jahon tamadduni yutuqlari hamda butun dunyo axborot resurslaridan foydalanishlari, xalqaro hamkorlik va muloqotni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish asosiy maqsad qilib qo’yildi. Mashhur nemis olimi Y.V. fon Gyote aytganidek: “Kim chet tillarini bilmasa, u o’z tilini ham bilmaydi”. Shu sababdan nafaqat chet tili mutaxassislari, balki tilga ixtisoslashmagan oliy o’quv yurtlarida tahsil olayotgan barcha bo’lajak kadrlar chet tillarini o’rganib, ularda erkin fikr almasha olish g’oyat muhim vazifalardan sanaladi. Xalqimizda ham bir maqol bor: “Til bilgan el biladi”. Haqiqatdan ham, xorijiy tilni bilgan kishi ko’p tomonlama imkoniyat va ustunliklarga ega bo’ladi. Bugungi kunda kadrlar oldiga qo’yiladigan asosiy talablardan biri chet tillarini mukammal bilishdir.

Barcha sohalarda mutaxassislar tayyorlash jarayonlarida ta’lim tizimi ustuvorligini, jumladan, chet tillarini o’qitishning yangi texnologiya- mexanizmlarini joriy etishni ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, xalqlar o’rtasidagi aloqa, ma’naviy va boshqa muloqotlar til orqali namoyon bo’ladi.

Dunyoda tillarga ixtisoslashmagan oliy ta’lim muassasalari talabalariga chet tillarni o’rgatish bo’yicha quyidagi ustuvor yo’nalishdagi tadqiqotlar olib borilmoqda: Umumyevropa CEFR talablari asosida talabalarga chet tillarni o’rgatishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish; o’qitish mazmuni, ta’lim texnologiyalari, nazorat obyektivligini kuchaytirish, auditoriya va auditoriyadan tashqari mustaqil ta’limni tashkil qilish.

Chet tilini o’qitish maqsadlari jamiyat talabi, ijtimoiy buyurtmasi, sharoiti, siyosatidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Chet tili o’qitish maqsadlari jamiyat taraqqiyotigava rivojlanishiga bog’liq. Oliy ta’lim muassasalarida chet tilini o’qitish o’z maqsadlariga ega, chet tilidan ta’lim berayotgan barcha murabbiylar, albatta, uni oldindan aniqlab olmog’i darkor. Zero, olimlar O’.Hoshimov va I.Yoqubov “Ingliz tili o’qitish metodikasi” kitobida aytganidek, ‘chet tili o’qitish maqsadlari o’qitish mazmunini, vositasini, metodlarini, tamoyillarini aniqlaydi” [2, 31].

Oliy o’quv yurtlarida ingliz tili o’rgatishni maqsad va vazifalari hisobga olingan holda, ularni 2 guruhga ajratish mumkin:

  1. Chet tili –ingliz tili bo’yicha mutaxassis tayyorlovchi universitet, institut, fakultetlar.
  2. Chet tili- ingliz tili bo’yicha mutaxassis tayyorlamaydigan nofilologik ta’lim muassasalari.

Bu 2 guruhda ingliz tili o’qitish maqsadlari turlicha bo’lib, birinchi guruhdagi oliy o’quv yurtlarida ingliz tilidan mutaxassis tayyorlanishi sababli ingliz tili chuqur har tomonlama mukammal, ham nazariy, ham amaliy o’rgatiladi. Ikkinchi guruhdagi, ya’ni nofilologik ta’lim muassasalarida esa ingliz tili bo’yicha kompleks maqsad ko’zda tutiladi. Talaba ingliz tilidan umumta’lim olib, yana mutaxassisligi bo’yicha ingliz tilini kelajakda o’z ish faoliyatida qo’llashga o’rgatish maqsadi yotadi. Kasbi bo’yicha qisman muloqot qilish, mutaxassisligiga oid so’zlarni o’rganib, matnlarni o’qib tarjima qilishga o‘rgatiladi.

Oliy ta’lim muassasalarida chet tillar o’qitish o’z oldiga 1) amaliy yoki kommunikativ, 2) umumta’lim berish, 3) tarbiyalash, 4) hosil qilingan malaka va ko’nikmalarni boshqa maqsadlarda ishlatilishni, ya’ni rivojlantirish maqsadlarini qo’yadi. Umumta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlar kommunikativ maqsadni amalga oshirishda sodir bo’ladi. Bu 4 ta maqsadlarni kengroq ko’rib chiqamiz:

1. Kommunikativ (amaliy) maqsad: Bu maqsad orqali talabalarda ingliz tili materiallari bo’yicha malaka, ko‘nikma hosil qilinadi. Talabalar leksik, grammatik talaffuz materiallarini nutqda o‘zlari mustaqil qo‘llay olishlari kerak. Inglizcha og‘zaki nutq, o‘qish, yozuv ko‘nikmalari hosil qilinadi.

2. Umumta’limiy maqsadi: Bu maqsad orqali o‘quvchilarning tafakkurini yanada o‘stirish, ingliz tilidan ma’lumot olish va berish, ingliz tilini yanada chuqurroq anglab olish, ingliz tili haqidagi yangi bilimlar hamda tili o‘rganilayotgan mamlakat xalqining tarixi, adabiyoti va madaniyati haqida tushuncha va ma’lumotlar olish hisobiga talaba o‘quvchilar dunyoqarashini kengaytirish tushuniladi. Talabalarning anglash, fikrlashini o‘stirish, dunyoqarashini kengaytirish chet tili hisobiga yoki ingliz tilida bo‘ladi.

3. Tarbiyaviy maqsad: Bu maqsad chet tili — ingliz tili darsida baynalminal, axloq va estetik tarbiya berish hamda mehnatga munosabatini tarbiyalashni ko‘zda tutadi. Albatta, bular ingliz tili — materiallari orqali inglizcha nutq mavzusini, inglizcha matnlar mazmunini tahlil qilish orqali amalga oshiriladi.

4. Rivojlantiruvchi maqsad: Bu maqsad o‘quvchi, talabalarni shaxsan bilish o’rganish, o‘rgatish yo‘l-yo‘riqlarini belgilab beradi. U til faktlarini tahlil qilish, umumlashtirish, mustaqil xulosa chiqarish, tinglash, nutq, harakat malakalarini rivojlantiradi. U tasavvur qilish, nutq vaziyatini tuzish orqali o‘rgatishni, nutqda mantiqiy bog‘liqlik bo‘lishini, mustaqil fikr qila olishni, so‘zlar ma’nosini fahmlab topishni, lug‘at, qo‘llanmalar bilan mustaqil ishlashni hamda fakultativ mashg‘ulotlarga, sinfdan tashqari ishlarga mustaqil tayyorlanishni, ularni o‘tkazishni rivojlantiradi. Yuqoridagi to‘rtga maqsad doimo bir-birini to‘ldirib turadi, bir-biri bilan aloqada bo‘ladi. Har bir darsda o‘rgatiladigan, qaytariladigan inglizcha til materiallari, nutq faoliyatlari orqali shu to‘rtta maqsadlar amalga oshirilishi kerak.

Talabalar oliy ta’lim muassasasini tugatayotganlarida inglizcha fikrni og‘zaki, yozma qabul qila olishi, tushunaolishi va og‘zaki, yozma ravishda bayon qila olishi talabqilinadi. Tillarga ixtisoslashmagan oliy ta’lim muassasalarida dars soatlarining soni shu muassasalarga oid dasturlarda beriladi. Nofilologik ta’lim muassasalarda chet tillari maxsus dastur vadarsliklar asosida o‘qitiladi. Bunday ingliz tili maxsus nofilologik ta’lim muassasalarimiz uchun hali dastur va darsliklarishlab chiqilmaganligi uchun o‘zbek tilida o‘qitiladigan bunday ta’lim muassasalarida o‘qituvchilar o‘zlari yo‘nalishning xususiyatinihisobga olib, turli xil darsliklar, qo‘llanmalarni tanlab foydalanmoqdalar.

O‘qitish mazmuni metodikaning muhim masalalaridan biridir. Hozirgi davrda tillarga ixtisoslashmagan oliy ta’lim muassasalarida chet tili o‘qitishmazmuni deganda: talabalar oladigan tarbiyaning maqsad va vazifalari bilan aniqlanadigan bilimlar, materiallar, mashqlar va ko’nikmalar xususiyatihamda hajmi tushuniladi. O‘quv predmetning mazmunini belgilashda asosan 2 ta umumiy talabni va ularning bir-biriga bog‘liqligini esdan chiqarmaslik kerak:

1) tanlangan o‘qitish mazmunini oldimizga qo‘ygan maqsadimizga erishish yoki erisha olmasligimiz talabi;

2) shu bizning aniq, sharoitimizda tanlangano‘qitish mazmunining talabalar tomonidan o’zlashtirish yoki o‘zlashtira olmaslik talabi. Bu 2 tatalabni hisobga olib chet tili o‘qitish predmetining mazmunini belgilash mumkin. Oliy ta’lim chet tillar dasturi loyihasida ingliztili o‘qitish mazmuni belgilab ko’rsatiladi. Har bir chet tili o‘qituvchisi o‘z ishini shu dastur asosida tashkil qilishga majburdir. O’.Hoshimov va I.Yoqubov hozirgi davrda chet tilini o‘qitish metodikasi predmetining mazmuniga quyidagilarni kiritadi.

1. Mavzu: (tematika) og‘zaki nutq va o‘qish mavzulari.

2. Til materiallari (fonetika, leksika, grammatika.)

3. Leksik, grammatik, orfografik, talaffuz ko‘nikmalarini shakllantirish, rivojlantirish;

4. Nutq malakalari (tinglab tushunish, gapirish, o‘qish, yozuv malakalari)ini shakllantirish, o’rgatish,o‘stirish.

5. Ingliz tilining ustida ishlaganda qo‘shimcha adabiyotlarbilan ishlash ko‘nikmalarini o‘rgatish.

Mavzuga asosan matnlar tanlanadi. Nutq malakalarini, faoliyatini egallash chet tili o‘qitish amaliymaqsadining mazmunidir. Chet tili o‘qitish mazmuni chet tilidan nimalarniva nimalarga o‘rgatish savollariga javob beradi.

Hozirgi paytda oliy ta’lim muassasasi uchun chet tillari (ingliz, nemis, fransuz) bo’yicha til materiallari tanlab olingan. To‘g‘ri tanlangan mazmun maqsadga erishishda katta yordam beradi. Mazmunni tanlashda o‘qitish maqsadi hisobga olinadi hamda u yetakchilik qiladi. Mazmun tanlanganda til materiallari bilan birga nutq namunalari ham tanlanadi. Ular nutqni urgatishda asos bo‘ladi. Mazmunni tanlashda o‘qitish, o‘rgatishni metodik tashkil qilish hisobga olinadi. O’qitish mazmuni, o‘qitishning shart-sharoiti bilan bog‘liqdir. Chet tili o‘qitish maqsadi o‘qitish mazmunining hajmiga ham ta’sir etadi.

Hozirgi davrda chet tili o‘qitishni tubdan o‘zgartirishni ko‘zda tutadi. Uning quyidagi 3 ta talabi bor.

1. Chet tili o‘qitish ilmiy saviyasini va amaliyyo‘nalishda bo‘lishini oshirish;

2. Chet tili predmetining tarbiyaviy tomonini kuchaytirish;

3. Chet tili o‘quv predmetini mustaqil egallash.

Birinchi talab 2 xil yo‘l bilan amalga oshirilish mumkin.

1-yo‘l. O‘qitish mazmunini o‘zgartirish.

2-yo‘l. Chet tili o‘qitish metodikasini qayta qurish.

Qayta qurishda hozirgi davrda javob bermaydigan eski metod, yo‘lusullarni chiqarib tashlab ta’lim-tarbiya berish, o‘qitish tizimini mukammallashtirishdir. Chet tili metodikasining ilmiy saviyasini oshirishilg‘or tajribalarni ommalashtirish, lingvistikani, psixologiyani, pedagogika, psixolingvistika yangiliklari asosida metodikani qayta qurishdir. Chet tili o‘qitishni amaliy yo‘nalishda bo‘lishi uchun o‘quvchi, talaba diqqatini chet tili ustida mustaqil ishlash va malaka ko‘nikmasiga qaratish lozim. Chet tili o‘quv predmetining tarbiyaviy tomoninioshirish, kuchaytirish, mazmunli, tarbiyaviy xarakterdagi matnlarni, ro‘znoma, oynoma maqolalarinio‘qitish orqali, ijtimoiy-siyosiy, tarbiyaviy masalalarni tahlil qilish, matnning asosiy g‘oyasini aniqlash orqali hamda sinfdan, oliy ta’limdan tashqari ishlar orqali amalga oshiriladi. Ular talabalarni vatanparvarlik, baynalminalchilik, do‘stlik ruhida tarbiyalaydi, dunyo qarashini kengaytiradi.

Hozirgi davr talablarini amalga oshirishning yana bir yo‘li talabalarga ortiqcha material berishni kamaytirish, o‘quv jarayonini oddiy holatga keltirishdir. Bular yangi chet tillar dasturida hisobga olingan. O’qituvchi buning uchun talabalar tomonidan materialni har tomonlama amaliy egallash jihatidan yondashadi. Shu sababdan talaba ishlarinitil materiallarini produktiv (gapirish, fikrni yozma bayon qilish) va retseptiv (tinglab tushunish, o‘qishda) o‘zlashtirishga, talabalar potensiallug‘atini kengaytirishga qaratadi. Mustahkam bilim berishning asosi o‘qitish jarayonining unumli umumlashgan, takomillashgan bo‘lishidadir. Keyingi paytlarda yana optimallashtirishdan ham keng foydalanilmoqda. Optimallashtirish chet tili o‘qitilayotgan vaziyat, sharoit, oliy o’quv yurtlari talabalari va ularning tanlagan sohalariga mos, oson, qulay metod, yo‘l, usul, tizim, tamoyil, vosita, mashqlarni izlash va tanlay bilish, qo‘llashdir. Optimallashtirish turli tipdagi oily o‘quv yurtlari uchun o‘ziga xosdir, chunki dars soatlari turlicha bo‘ladi, talabalarning ona tili xususiyatlari ham turlicha ta’sir qiladi. Hozirgi davr kommunikativ malaka, kunikma chet tilida ma’lumot berish (gapirish, fikrni yozmabayon qilish orqali) va ma’lumot olish (o‘qish, tinglab tushunish orqali) malaka va ko‘nikmalarni yanada o‘stirishni, ta’lim bilan tarbiyani birga olib borishni talab qiladi.

Xulosa qilib aytganda, tillarga ixtisoslashmagan oliy ta’lim muassasalarida chet tilini o’rgatish juda zarur, chunki talabalarni har tomonlama yetuk qilib tayyorlashda chet tilining ahamiyati katta.

Adabiyotlar ro’yxati:

  1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida/ O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2017-yil, 6-son, 70-modda.
  2. O’.Hoshimov. I.Yoqubov. Ingliz tili o’qitish metodikasi.- Toshkent-2003.
  3. www.ziyonet

Karshiyeva T. The purpose of teaching foreign languages in non-linguistic educational institutions. In this article it was clarified the purpose of teaching foreign languages in non-linguistic educational institutions.

Каршиева Т. Цель преподования иностранных языков в неязыковых учебных заведениях. В этой статье разьяснена цель преподования иностранных языков в неязыковых учебных заведениях.

O`zbekistonda fransuz tilini o`qitishni yangi bosqichga olib chiqish harakatlari boshlandi

Respublika ta`lim markazida Fransiya elchixonasi bilan hamkorlikda O`zbekistonda fransuz tilini o`qitishni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda Respublika ta`lim markazi mutaxassislari, Fransiyadagi O`zbekiston elchixonasining mintaqaviy hamkorlik bo`yicha attashesi Serj Bellini, Filologiya va madaniyatlarni o`qitish bo`yicha Yangi Sorbona universitetining faxriy professori, tillarni chet tili sifatida o`qitish bo`yicha xalqaro ekspert Jan Klod Beakko ishtirok etdi, deya xabar bermoqda markaz.

Qayd etilishicha, O`zbekistonda 2019 yilda 1187 ta maktabda fransuz tili o`qitilgan. Biroq bugunga kelib esa bu maktablar soni sezilarli darajada qisqargan. Fransuz tilining chet tili sifatidagi obro`sini tiklash maqsadida tashkil etilgan bu seminarda fransuz tilini chet tili sifatida o`qitish uchun o`quv dasturi ishlab chiqish, Fransuz tili darsliklarini mintaqamiz madaniyatiga moslashtirgan holda takomillashtirish masalasi ko`rib chiqilgag.

Shuningdek, tillarni chet tili sifatida o`qitish bo`yicha xalqaro ekspert Jan Klod Beakko o`zbek tilini chet tili sifatida CEFR tizimida o`qitishni joriy qilish uchun amalga oshirilayotgan tadqiqot va tajribalarda ham o`zining mutaxassis sifatidagi yordamini ayamasligini bildirgan.

Seminar davomida Fransiya vakillari bilan ta`limdagi islohotlar uchun doimiy hamkorlikni yo`lga qo`yishga kelishib olingan.