Press "Enter" to skip to content

Kontrakti arzon xalqaro universitetlar: University of Burgundy – fakultetlar, dasturlar, stipendiyalar va yashash xarajatlari

Fakultet yo‘nalish va mutaxassisliklari

Kimyo-biologiya fakulteti

Fakultet jamoasi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ga amal qilgan tarzda olib bormoqda. Fakultet faoliyati oliy ta’lim, kasb-hunar va o‘rta maxsus ta’lim, umumta’lim muassasalari uchun zarur bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan.

Kimyo-biologiya fakulteti 1960-yil 20-yanvarda ish boshlagan. Keyinchalik, ya’ni 1994-yil “Tabiatshunoslik” markaziga aylantirilgan. 2001-yilda markaz tarkibida “Ximiya-geografiya” hamda “Biologiya-tuproqshunoslik” fakultetlari tashkil etilgan. 2005-yil 26-avgustda har ikki fakultet birlashtirilib, “Kimyo-biologiya” fakulteti deb nomlangan.

2011-yil 5-noyabrdan “Tabiatshunoslik va geografiya” fakulteti nomi bilan, 2014-yil 8-iyuldan “Tabiiy fanlar” fakulteti deb yuritilgan.

2021-yilning 23-sentabridan qaytadan “Kimyo-biologiya” fakulteti deb nomlandi.

Fakultet ma’muriyati

Kimyo-biologiya fakulteti dekani, kimyo fanlari doktori, dotsent

Kamolov Luqmon Sirojiddinovich

Qabul vaqti: Har kuni 14.00 – 18.00

Telefon: (+99899) 413-03-71

O‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovini

Toshov O‘tkir Jumaevich

Qabul vaqti: har kuni 15.00-17.00

Telefon: (+99893) 931-81-41

O‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovini

Allanov Abdig’affor Berdiyorovich

Qabul vaqti: Har kuni: 14.00-18.00

Telefon: (+99891) 963-25-45

Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan muovini

Norchayev O‘tkir Toshkentovich

Qabul vaqti: Har kuni: 14.00-18.00

Telefon: (+99890) 444-74-04

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha dekan muovini

Raximov Abdixofiz Lutfullayevich

Qabul vaqti: har kuni 15.00–17.00

Telefon: (+99899) 957 32 38

Fakultet kafedralari

Organik kimyo kafedrasi

Anorganik kimyo kafedrasi

Mikrobiologiya va biotexnologiya kafedrasi

Fakultet yo‘nalish va mutaxassisliklari

Fakultet 3 ta bakalavr ta’lim yo‘nalishi va 4 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlaydi.

Bakalavriatura:

60510100 – Biologiya (turlari bo‘yicha)

60530100 – Kimyo (turlari bo‘yicha)

Magistratura:

70510101 – Biologiya (fan yo‘nalishi bo‘yicha)

70530101 – Kimyo (fan yo‘nalishlari bo‘yicha)

70510102 – Mikrobiologiya va virusologiya.

Fakultetda mavjud ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari uchun 6 ta – Botanika, Zoologiya, Fiziologiya, Organik kimyo, Anorganik kimyo hamda Mikrobiologiya va biotexnologiya kafedralari faoliyat ko‘rsatadi.

Fakultetda 1190 nafar talaba tahsil oladi. Shulardan 5 nafari Turkmaniston Respublikasi fuqarolari hisoblanadi. Bundan tashqari, sirtqi bo‘lim va ikkinchi mutaxassislik talabalariga ham ta’lim beriladi.

Ilmiy salohiyat

Fakultetda 6 ta kafedra mavjud bo‘lib, 70 dan ortiq professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritadi. Professor-o‘qituvchilar tarkibida 2 nafar fan doktori, professor, 20 nafar fan nomzodi, dotsent, 9 nafar falsafa doktori, 40 nafar katta o‘qituvchi va assisentlar talaba va magistrantlarga ta’lim berib kelmoqda. Fakultetning ilmiy salohiyati – 46%

Kontrakti arzon xalqaro universitetlar: University of Burgundy – fakultetlar, dasturlar, stipendiyalar va yashash xarajatlari

Qayerda: Fransiya
Qachon asos solingan:
1722-yilda;
Asoschi: Lyudovik XV;
Toʻliq tashkil etilgan: 1950-yilda;
Ta’lim tili: fransuz, ingliz;
Rasmiy sayt: http://en.u-bourgogne.fr; http://www.u-bourgogne.fr/;
Talabalar soni: 29 400 dan ortiq;
Manzil: Maison de lʻuniversité, Espl. Erasme, 21078 Dijon, Fransiya. Telefon: 03 80 39 50 00

Nima uchun University of Burgundy?

University of Burgundy Lyudovik XV tomonidan 1722-yilda asos solingan Yevropaning qadimgi taʼlim muassasalaridan biri hisoblanadi. Universitet ijtimoiy, gumanitar, texnika va tibbiyotga oid 400 dan ortiq akademik dasturlarda taʼlim beradi. Xalqaro oliygohlar reytingida (2018-2019-oʻquv yili boʻyicha) 520, Milliy reytingda 28-oʻrinni egallagan. Universitetda Rashida Dati, Jon Kennedi Yang, Rok Mark Kristian Kabore, Antanas Mokkus, Roje Giymen, Lourens Klark Pauell, Arno Montebur, Jan Jozef Jakoto, Jorj-Lui Leklerk de Byuffon, Edvard Benesh kabi turli sohalarning mashhur vakillari oʻqigan.

University of Burgundy tarkibidagi fakultetlar va institutlar:

  • Huquq, iqtisodiyot va siyosiy fanlar fakulteti;
  • Tillar va kommunikatsiyalar fakuteti;
  • Falsafa va sanʼat fakulteti;
  • Salomatlik fanlari (tibbiyot) fakulteti;
  • Sport faulteti;
  • Fan va texnologiya fakulteti;
  • Gumanitar fakultet;
  • Hayot, Yer va atrof-muhit fanlari fakulteti;
  • Moddiy tadqiqotlar va injenerlik maktabi (ESIREM);
  • Oʻqituvchilar taʼlimi maktabi;
  • Menejment maktabi;
  • Vinoshunoslik instituti (IUVV)
  • Avtomobil va transport instituti (ISAT);
  • Dijon-Auxerre Universitet Texnologiya instituti
  • Chalon-sur-Saône Universitet Texnologiya instituti;
  • Le Creusot Universitet Texnologiya instituti

Qaysi tilda va qancha muddat?

University of Burgundy hamda uning tarkibiga kiruvchi oliygohlarda oʻqish fransuz va/yoki ingliz tillarida olib boriladi. Parij universitetlari Bolonya tizimiga aʼzo:

Ingliz tilida oʻqitiladigan dasturlar:

Bakalavriat:

  • Xalqaro savdo va eksport menejmenti (DU ITEM);
  • Computer vision;

Magistratura:

  • Vision and robotics;
  • Automotive engineering for sustainable mobility;
  • Business studies;
  • Intercultural management;
  • Advanced electronic systems engineering;
  • Molecular chemistry and metals for health and sustainable development;
  • Control and durability of materials.

UBFC tomonidan taqdim etilgan magistratura dasturlari:

  • Physics, photonics, nanotechnology;
  • Mathematical physics;
  • Behavioral ecology and wildlife management;
  • Ecology, monitoring and management of ecosystems;
  • Physiological and psychological FOOD choices determinants;
  • Microbiology and physicochemistry for food and wine processes.

UFC tomonidan taqdim etilgan magistratura dasturlari:

Doktorantura dasturlari haqida maʼlumot: SHU YERDA.

Fransuz tilida oʻqitiladigan yoʻnalishlar va dasturlar: SHU YERDA.

Fransuz tilini qayerda oʻrganish mumkin?

Universitetda oʻqish davomida fransuz tilini:

  • Semestr davomida oʻtiladigan kurslar;
  • Intensiv fransuz tili kurslari;
  • Yozgi intensiv kurslar;
  • Universitet Til va madaniyat markazida oʻrganishingiz mumkin.

Qancha?

Yevropa Ittifoqiga kirmaydigan talabalar, jumladan O’zbekiston vakillari uchun University of Burgundyda magistrlik bosqichida deyarli barcha yo’nalishlar bo’yicha o’qish uchun bir yillik kontrakt 500 yevro hisoblanadi. Ba’zi magistrlik kurslarining yillik kontrakti esa 1500, 3500 va 4500 yevroni tashkil etadi (2018-yilning 13-noyabr holatiga koʻra). Batafsil SHU YERDA tanishing. Bakalavrlik kurslari uchun o’rtacha yillik kontrakt 500-1000 yevroni tashkil etadi.

Maʼmuriy roʻyxatdan oʻtish

Chet ellik talabalarga:

1. Roʻyxatdan oʻtishdan avval 90 yevro miqdorida badal (Student and Campus Life contribution fee ) toʻlash kerak. Toʻlovni onlayn, naqd pul shaklida pochta orqali yoki etudiant.gouv.fr saytidan karta orqali amalga shirish mumkin.

2. Roʻyxatdan oʻtish uchun hujjat yigʻish:

  • Registratsion fayl, faylni elektron yoki yozma shaklda toʻldirib, ma’muriyatga qabul kuni oʻzingiz bilan olib kelishingiz kerak;
  • Bitta pasport fotosurati;
  • Tugʻilganlik haqidagi guvohnoma nusxasi (fransuz tiliga tarjima qilingan va notarial tasdiqlangan);
  • Pasport yok ID karta nusxasi (Yevropa Ittifoqi aʼzosi boʻlmaganlarga uzoq muddatli viza yoki talabalik vizasi (agar mavjud boʻlsa));
  • Fuqarolik masʼuliyati sugʻurta shahodatnomasi nusxasi (fransuz bankidan 20 yevroga olinadi);
  • Student and Campus Life contributionfee (90 yevro) toʻlanganligi haqida kvitansiya;
  • Bakalavriat dasturiga hujjat topshirayotgan boʻlsangiz, attestat/oʻrta maʼlumot diplomingiz (erishgan muvaffaqiyatlaringiz haqidagi maʼlumotnoma, masalan, Baccalauréat, A-Level, High School Diploma, Abitur va hokazo) asli va nusxasi, rasmiy fransuz tiliga tarjima qilingan, notarial tasdiqlangan;
  • Magistratura uchun esa bakalavr diplomi asli va nusxasi, rasmiy fransuz yoki ingliz tiliga tarjima qilingan, notarial tasdiqlangan, shuningdek, avval fransuz oliygohida oʻqigan boʻlsangiz, talabali kartasi nusxasi yoki roʻyxatdan oʻtganlik haqida maʼlumotnoma, stipendiya olayotgan boʻlsangiz, stipendiya haqida maʼlumotnoma ilova qilish lozim;
  • Fransiyaga kirish va yashash uchun viza olishi kerak boʻlgan talabgorlar (jumladan, oʻzbekistonliklar) uchun Antituberkulyoz nazorat markazi va Vaksinatsiya markazi departamenti tekshiruvidan oʻtganligi haqida isbot (maʼlumotnoma). Tekshiruvdan oʻtish uchun telefon orqali roʻyxatga yozilish kerak, telefon: 03 80 28 14 62; manzil: Centre de Lutte Antituberculeuse et Centre Départemental de Vaccination – UPMI (Unité de prévention des Maladies Infectieuses apparait sur la signalétique) – CHU (Centre hospitalier universitaire) Dijon Bourgogne, Boulevard Maréchal de Lattre de Tassigny, “Urgences” binosiga kirib, “Urgences adultes”ning orqa tarafiga oʻtish lozim. Markaz Favqulodda vaziyatlar binosning chat tarafida, 1-qavatda joylashgan.

3. Xalqaro idorada administrativ registratsiyadan oʻtayotganda qayd uchun toʻlov (inscription fees)ni amalga oshirish zarur:

  • bakalavriat uchun: taxminan 170 yevro; injenerlik, texnik tadqiqotlar uchun 601 yevro atrofida;
  • magistratura uchun: taxminan 243 yevro; injenerlik, texnik tadqiqotlar uchun 601 yevro atrofida; hukumat stipendiyasi oladigan talabalar uchun tekin;
  • Ingliz tilida oʻqitiladigan dasturlar uchun (asosiy dasturga qoʻshimcha) Master in Advanced Electronic Systems Engineering: yiliga 1000 yevro; International master in Business Studies:bir yilga taxminan 3,000 yevro; Master in Intercultural Management: bir yilga taxminan 4,000 yevro. Aniq toʻlov summasini Xalqaro idoraga kelganingizda aytishadi.

4. Administrativ roʻyxatdan oʻtish Dijon campusda joylashgan Pôle AAFE binosida (2018 yil uchun 7-13 sentabrda boʻlib oʻtgan);

5. Talabalar ijtimoiy himoyasiga etudiant-etranger.ameli.fr orqali onlayn aʼzo boʻlish;

6. Fanlarni tanlash va boshqalar uchun tanlangan soha boʻyicha pedagogik qabul “scolarité” bilan bogʻlanish kerak.

Maʼmuriy registratsiya haqida barcha maʼlumot: SHU YERDA.

Yevropa Ittifoqiga kirmaydigan davlat vakillari, jumladan, oʻzbekistonliklar uchun topshiriladigan hujjatlarning umumiy tarkibi quyidagicha:

  • Ariza (onlayn shaklda toʻldirilgan, chop etilgan va imzo qoʻyilgan boʻlishi kerak);
  • Pasport nusxasi;
  • Pasport formatidagi fotosurat;
  • Imtihonlar muddati uch oydan koʻp boʻlgan universitetlar uchun viza haqidagi maʼlumotnoma (pasportga qoʻshimcha);
  • Attestat/kollej/litsey diplomi (fransuz tiliga tarjima qilingan va notarial tasdiqlangan nusxasi);
  • Motivatsion xat;
  • Iqtisodiyot va moliya yoʻnalishlari uchun GRE/GMAT sertifikati;
  • Til bilish darajasi sertifikati (ingliz tili uchun IELTS/TOEFL sertifikati);
  • Fransuz tilida oʻqishni tanlaganlar uchun fransuz tili testidan DALF (C1 darajasiga toʻgʻri keladi) yoki DELF (B1 yoki B2). Oʻzbekistonda topshirish uchun: BATAFSIL;
  • Ayrim universitetlar uchun esse, tavsiyanoma va rezyume talab qilinishi mumkin;
  • Tugʻilganlik haqidagi guvohnoma (fransuz tiliga tarjima qilingan va notarial tasdiqlangan).
  • Roʻyxatdan oʻtish badali tanlangan yoʻnalishga koʻra minimal 170 yevrodan boshlanadi (masalan, Panteon-Sorbonna universiteti uchun registratsiya badali haqida: SHU YERDA tanishing).

Hujjatlar, dedlayn va til imtihonlari

2019/2020-oʻquv yili uchun:

  • Hujjat topshirishdan oldin barcha ingliz va fransuz tilida oʻqitiladigan dasturlar bilan tanishing;
  • Attestat/diplomlaringizning tarjima qilingan va notarial tasdiqlangan nusxalari (fransuz tilidagi dasturlar uchun fransuz tilida, ingliz tilidagi dasturlar uchun ingliz tilida);
  • Yoʻllanma xati va rezyume;
  • Ingliz yoki fransuz tili testida oʻtish (yoki sertifikat) kerak bo’ladi.

Til imtihonlari:

Fransuz tilidagi dasturlar uchun TCF, DELF yoki DALF sertifikatlari qabul qilinadi. Ijtimoiy gumanitar fanlar uchun B2, huquq, iqtisodiyot, menejment, biologiya va hokazolar uchun C1 daraja majburiy.

Ingliz tilidagi dasturlar uchun daraja kamida B2 boʻlishi shart.

*Hujjatlar tarkibi va qoʻyiladigan talabalar qisman oʻzgarishi mumkin.

*Fransuz diplomiga ega boʻlmagan barcha chet ellik talabgorlar uchun murojaat yuqorida koʻrsatilgan Xalqaro idoraning maʼmuriy registratsiyasidan oʻtgandan keyin amalga olishiriladi. Ushbu saytda Xalqaro hujjat qabul qilish haqida 2018 yilning 15 noyabri (taxminan)da maʼlumot eʼlon qilinadi. Xalqaro idoraga murojaat qilishi zarur boʻlmagan shaxslarga qoʻyilgan talablar haqida batafsil SHU YERDAN yuklab oling.

Dedlayn: Yevropa Ittifoqi aʼzosi boʻlmagan davlat vakillari uchun:

Bakalavriat: 1-kursga hujjat topshirish 2018-yil noyabrning oʻrtalaridan 2019-yil yanvarning oʻrtasigacha; 2- va 3-kurslarga 2019- yil fevraldan aprelgacha

Magistratura: 2019-yil fevraldan aprelgacha.

Kirish imtihonlari:

Barcha imtihonlar Siz tanlagan (fransuz yoki ingliz) tilda oʻtkaziladi va tegishli darajadagi fransuz yoki ingliz tilini egallaganlik haqida sertifikat talab etiladi. *Imtihonlarni universitetdan tanlagan yoʻnalish boʻyicha aniqlashtiring.

Stipendiya bormi?

Stipendiya va imtiyozlar haqida universitet rasmiy saytida tanishish mumkin:

  • Eiffel Scholarship, talabani oyiga 1180 yevro miqdordagi stipendiya bilan taʼminlaydi. 2019/2020-oʻquv yili uchun dedlayn 2018-yil 9-dekabr.
  • Erasmus+ grant for studies;
  • Erasmus+ grant for internships;
  • Regional council of Burgundy-Franche-Comtéʻs bursary for international mobility;
  • Ministerial aid for international mobility;
  • Franco-German University scholarship;

Shuningdek, Fransiya hukumati stipendiyalari:

  • École Normale Supérieure International Selection 2-3 yil davomida oyiga 1000 yevrodan toʻlaydi;
  • Ampere Scholarships of Excellence at ENS de Lyon 12 oy davomida oyiga 1000 yevrodan pul bilan taʼminlaydi.

Yashash va viza xarajatlari qancha?

Turar joy: 250-700 yevro. Universitet talabalar uchun oʻz rasmiy saytlarida yotoqxonalar haqida maʼlumot joylashtirgan. CROUS Mahalliy talabalar markazi 4100 nafar talaba uchun turar joylar taklif qiladi. Talaba yotoqxona uchun moliyaviy yordam olishi va turar joy soligʻi toʻlashdin ozod etilishi mumkin. Bu haqida: BATAFSIL. Shuningdek, talaba oʻz xohishiga koʻra turar joy tanlay oladi: BATAFSIL.

Oziq-ovqat, oʻquv anjomlari va boshqa xarajatlar, transport, uyali aloqa va internet, madaniyat, sport va hk. uchun minimal 430-500 yevro sarflaydi. Universiteti talabalarga imtiyozli restoranlarda ovqatlanishni tavsiya etadi. 2018/2019-yil uchun talabalar restoranida ovqatlanish bir martaga 3,25 yevroni tashkil etadi.

*Maʼlumotlar 2018 yil uchun taxminan berilgan hamda valyuta kursi va muddatga qarab oʻzgarishi mumkin.

Viza xarajatlari. Imtihon topshirishga borish uchun sayohatchilar shengen vizasini olish kerak. Oʻqish davrida yashash uchun talabalik vizasini rasmiylashtirish lozim. 3 oylik Shengen vizasi va uzoq muddatli talabalik vizasi uchun Fransiya hukumatiga yoki yurtimizdagi Fransiya elchixonasi (Embassy of France in Tashkent)ga murojaat qilish lozim. Manzil: Istiqbol 25, Toshkent; Rasmiy sayt: http://www.ambafrance-uz/; Telefon: (+998 71) 233 53 82, (+99871) 233 53 84.

3 oydan 1 yilgacha beriladigan vizani rasmiylashtirishga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

  • Toʻldirilgan va imzo chekilgan anketa (arizaning elektron shakli: SHU YERDA);
  • 2 dona 3,5 x 4,5 mm formatdagi fotosurat;
  • Amaldagi pasport (oʻzbekistonlik talaba uchun zagranpasport);
  • Universitetga qabul qilinganlik haqida maʼlumotnoma;
  • 18 yoshdan katta talabaning hisob raqamida oyiga 430, yiliga taxminan 5 160 yevro boʻlishi lozim. Bu talabaning oylik xarajatlarini qoplash uchun zarur summa hisoblanadi;
  • Tibbiy sugʻurta;

3 oydan 1 yilgacha rasmiylashtiriladigan viza xarajatlari taxminan minimal 99 yevroni tashkil etadi. *Maʼlumotlar taxminan berilgan, muddat va valyuta kursiga qarab oʻzgarishi mumkin.

Xorijiy til faqat ingliz tili degani emas!

O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimida chet (ingliz, nemis, fransuz) tillari ta’limini rivoj­lantirish konsepsiyasini ishlab chiqqan va uni umumxalq muhokamasiga havola qilgan, hurmatli ustozlar va mutasaddi rahbarlar!

Hujjat loyihasi bilan tanishish jara­yonida ko‘zga tashlangan ayrim munozarali o‘rinlarni ko‘rib, o‘z fikr-mulohaza va takliflarimni bildirishni lozim topdim.

Konsepsiyada chet tili tushunchasi va siyosati qamrov va mohiyat jihatidan qiyomiga yetmagan. Chet tillar qatorida rus tili nega esga olinmagan. O‘z-o‘zidan biz uchun rus tili qanday maqomdagi til degan savol tug‘iladi? Rus tili chet mamlakat tili emasmi? To‘g‘ri, SSSR davrida u turli xalqlarning o‘zaro muloqot tili edi. Ammo Respublikada hozir qancha rus tilida so‘zlashadigan aholi bor? Nega mamlakatning tub milliy aholisining tili o‘zaro muloqot tili bo‘lolmaydi?

Rus tili endi chet tili maqomida va boshqa chet tillar kabi tanlov fani sifatida o‘rganilishi shart! Buni hatto referendum o‘tkazib ham aniqlasa bo‘ladi. Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatovning quyidagi gapi ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinib, ko‘pchilikning e’tirozi va hatto nafratiga sabab bo‘lmoqda: “Bundan buyon O‘zbekis­ton maktablarini bitiruvchilar rus tilini bilib bitirib chiqadilar”. Nega? U majburan o‘rgatiladigan tilga aylanib qoladimi? Unda xalqaro til maqomidagi 97% maktablarda o‘rgatilayotgan ingliz tilining taqdiri nima bo‘ladi? 10 000 dan oshiq maktablarimizda rus tili majburan o‘rgatilsa va bunga Rossiya har yili yuztadan mutaxassislarini yuborib tursa, qay ahvol yuz beradi? Har maktabda 4-5 nafar rus tili muallimi ishlasa, mamlakat bo‘yicha ularning soni 50–60 mingdan oshadi. Rus tili bilan birga bizning milliy mustaqillik g‘oyamizga yot rus siyosati ham kirib kelmasligiga kim kafolat beradi?

Chet tillarining ta’lim tizimida tutgan o‘rni

O‘zbekiston maktablarida, jumladan oliy maktablarda ham 90 foiz o‘qitilayotgan chet til hali ham ingliz tili bo‘lib turibdi. Bu noto‘g‘ri ta’lim siyosati. “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2012-yil 10-dekabrda­gi Prezident qaroridan keyin chet tillarni o‘qitish siyosatidagi vaziyat tubdan o‘zgardi. Mazkur Qarorga muvofiq umumta’lim maktablarida chet tillarni o‘rgatish avvalgiday 5-sinfdan emas, 1-sinfdanoq boshlanishi kerakligi ko‘zda tutilgan. Albatta, Qarorning bu moddasi mustaqil rivojlanayotgan mamlakatimiz uchun navbatdagi olg‘a qadam bo‘ldi. Biroq o‘rgatiladigan chet tili asosan ingliz tili bo‘lsin de­yilgan ko‘rsatma barcha bo‘g‘in va pog‘o­nadagi ta’limga mas’ul rahbarlar tomo­nidan urrapatriotizm ruhida noto‘g‘ri tushunilib, yaxshi qarorning biryoqlama va noto‘g‘ri ijrosi boshlandi. Natijada 2013–2020-yillar ichida umumta’lim maktablaridagi 5000 dan ortiq nemis va fransuz tili o‘qituvchilari yo ingliz tiliga qayta kvalifikatsiyadan o‘tishlari yoki ishdan ketishlari kerak bo‘ldi. Oliy o‘quv yurtlarida ham nemis va fransuz tili fakultetlari, bo‘limlari va kafedralari yo qisqartirildi, yoki batamom yo‘q qilindi. Bunday noto‘g‘ri til siyosatiga qarshi gapiruvchilar esa ta’qib ostiga olindi va hatto ishdan chetlatildi.

Gap shundaki, chet tili o‘qitishdan bosh maqsad — shu til yordamida tili o‘rganilayotgan mamlakat bilan aloqalar o‘rnatish va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yib, mamlakatga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishdir. Shu nuqtayi nazardan qaralganda, oxirgi 7-8 yil davomida barcha ta’lim tizimimizda 90% o‘qitilayotgan ingliz tili mamlakatlari bilan qo‘shma korxonalar foizi nolga teng, investitsiyalar ham deyarli yo‘q. Ammo tillari 10% atrofida o‘qitilayotgan olmonzabon va farangzabon davlatlardan kelayotgan investitsiyalar hajmi inglizzbon mamlakatlarnikiga nisbatan yer bilan osmon qadar farqli! Bunga guvohlik beruvchi dalillar bisyor.

Hozir Prezidentimiz mavjud salbiy holatlarga tanqidiy munosabatda bo‘lishni talab qilmoqda va yangicha tashqi siyosat olib bormoqda hamda xalq buni qo‘llab-quvvatlamoqda. Natijada mamlakatda vaziyat ijobiy tomonga o‘zgara boshladi. Biz ko‘targan masalada ham Vazirlar Mahkamasi 2019-yil 21-avgustda “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida xorijiy tillarni o‘qitishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Qaror qabul qildi. Albatta, vaziyatning bunday o‘zgarishiga Prezidentimizning Germaniyaga qilgan safari, Germaniya Prezidentining O‘zbekistonga qilgan tashrifi muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Shu yilning birinchi yarmidayoq ilgari kamsitilgan ikkala Yevropa tillari rag‘batlantirila boshladi. Hududlarda yangi nemis va fransuz tillari maktablari va markazlari tashkil etila boshlandi. O‘rgatilishi chuqurlashtirilgan nemis tili maktablariga Gyote, V.Humboldt va F.Shiller kabi mashhur olmon mutafakkirlarining nomlari berildi. Ammo bu qaror chala bajarildi, negaki o‘zgarish faqat 10–15 ta ixtisoslashtirilgan maktablardagina amalga oshdi xolos. Asosiy umumta’lim maktablarida hamon inglizparastlik davom etmoqda. Minglab ishdan bo‘shatilgan nemis va fransuz tili o‘qituvchilarining XTVga yordam so‘rab qilayotgan arz-dodlariga, vazir Sh.Shermatovga “Ma’rifat” gazetasi va ijtimoiy tarmoqlar orqali yuborilayotgan ochiq xatlarga vazirlik bepisandlik bilan javob bermayapti. Hatto O‘zbekiston nemis tili o‘qituvchilari assotsiatsiyasining shaxsan Xalq ta’limi vaziri Sh.Shermatovga 2020-yil iyul oyida yozgan xatiga ham javob berilmadi. Biz endilikda o‘z murojaatimizni bevosita Prezident Sh.Mirziyoyev va Bosh vazir A. Aripovning o‘zlariga yuboramiz. Chunki chet tillarga nisbatan bunday siyosat davom etsa, O‘zbekistonning tashqi siyosatida nemiszabon va farangzabon mamlakatlar, Yevropa Ittifoqi bilan olib borilayotgan xalqaro aloqala­rida salbiy o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin.

Bundan kim manfaatdor? Bu Yurtboshimiz ishonch bilan olib borayotgan tashqi siyosatga to‘g‘ri keladimi? 2020-2021-o‘quv yilidan boshlab 1-sinf­lardanoq barcha umumta’lim maktablarida hozirgiday asosan ingliz tilini (90 foiz) emas, har bir chet tiliga 20–30 foizdan o‘quv soatlari ajratish, ya’ni ingliz va rus tillariga 20 foiz sinflar ajratish, nemis va fransuz tillarini esa 30 foiz umumta’lim maktablaridagi sinflarda o‘qitish to‘g‘ri bo‘lardi. Qaysi chet tilini o‘qitishni ota-ona belgilay olmaydi.

Ta’lim — standartdan boshlanadi. Standartni esa predmetning o‘zinigina bilganlar emas, uni o‘qitishning didaktikasi va metodikasi bilimdonlari tuzishlari kerak, noshud amaldorlar emas. Hozirgi chet tillar bo‘yicha tuzilgan amal qilayotgan DTS chala va yuzaki. DTS asosida esa o‘quv va ishchi dasturlar, bular asosida esa o‘quv adabiyotlari va didaktik material­lar yaratiladi. Hozirgi darsliklarda chet tillar o‘qitish jarayonida o‘rgatilishi kerak bo‘lgan nutq faoliyati turlari prosentual mutanosibligi buzilgan, masalan 1-sinfda faqat gapirish va tinglab tushunishga e’tibor qaratilgan, o‘qish, yozish va tarjima qilish butunlay unutilgan. Bizningcha, va umuman, mantiq asosida 10 foiz o‘qish, 10 foiz yozish, 10 foiz tarjimaga, 30 foizdan gapirish va tinglab tushunishga ajratish kerak. Hozir-chi?! 1-sinf darsligini 1 yil (12 oy) o‘quvchi ushlaydi, ko‘tarib yuradi, biroq undagi mashqlarga chet tilida berilgan topshiriqlarni bechora o‘quvchi va ular­ning ota-onalari o‘qiy olmaydi! Va tarjima qila olmaydi ham. Demak, tushunmaydi. Tushu­nilmagan dars – o‘zlashtirilmaydi-da. Bu vazifani o‘yin metodining o‘zigina bajara olmaydi. Demak, barcha darsliklarni boshqatdan yaratish kerak, tanish-bilishlik asosida tuzilgan mualliflar guruhi tomonidan emas, albatta.

Darsliklarning nomlari ham g‘alati — “Deutsch mit Spass”, “Assalom, Deutsch”. Ayting-chi, “Assalom, fizika”, “Assalom, geometriya”, “Assalom, ona tili” degan fan bormi? Unda salomlarga alik oluvchi “Vaalaykum assalom, matematika” deb nomlanuvchi fan yaratishsin! Xullas, bu darsliklarni to‘la yangitdan yaratish kerak. Chunki ularda didaktik prinsiplar, jumladan uzviylik buzilgan, masalan, 4-, 5- va 6-sinf darsliklari o‘rtasida.

Bu kabi kamchiliklarga jumladan Res­publika ta’lim markazi ham aybdor. Undagi metod kengashda metodika va didaktikani mukammal biladigan mutaxassislar ishlashi kerak.

Konsepsiya bo‘yicha bildiriladigan fikrlar inobatga olinmog‘i lozim. Konsepsiyaning e’lon qilinishi va umumxalq muhokamasiga qo‘yilishi – yaxshi. Ammo bu ish xo‘jako‘rsinga o‘tkazilmasligi va navbatdagi aldov bo‘lmasligi kerak.

Konsepsiya bo‘yicha bildirilgan fikr-mulohazalar bo‘yicha men barcha mutasaddilar bilan suhbatlashishga tayyorman va ushbu takliflarimga javob kutaman.

Xurram RAHIMOV, O‘zbekiston nemis tili o‘qituvchilari assotsiatsiyasi raisi, professor

Xorijiy filologiya fakulteti

Xozirgi kunda fakultetda “5111400-Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili, 5111400-Xorijiy til va adabiyoti: nemis tili, 5120112-Filologiya va tillarni o’qitish: ingliz tili, 5120100- Filologiya va tillarni o’qitish: fransuz tili, 5120201- Tarjima nazariyasi va amaliyoti: ingliz tili, 5611500-Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati: ingliz tili” mutaxassisligi bo’yicha talabalar va magistrantlar talim va tarbiya olishadi. Hozirgi kunda fakul’tetda 2102 nafar talaba tahsil olishadi.

Fakultet tasarrufida 4 ta Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili, Xorijiy til va adabiyoti: nemis tili, Ingliz tili o’qitish metodikasi, Fakultetlararo ingliz tili – kafedralari faoliyat ko’rsatmoqda. Kafedralarda 2020-2021 o’quv yilida 98 nafar professor-o’qituvchi asosiy shtatda , 1 nafari dosent, 2 nafari fan nomzodi (PhD), 18 nafari katta o’qituvchi, 71 nafari o’qituvchi 9 nafari esa stajyor o’qituvchi lavozimida ishlab kelishmoqdalar. Fakultetning ilmiy salohiyati 3 % foizni tashkil etadi.

FAKULTET TARIXI:

Universitetda Xorijiy filologiya fakulteti fanlaridan mutaxassis kadrlar tayyorlash 1969 yildan, ya’ni tarix-filologiya fakulteti qoshida chet tillari bo’limlari ochilishi bilan boshlangan. Fakultet 1991 yilga kelib, Tarix-Filologiya fakultetidan ajralib, Chet tillari fakulteti tashkil qilingan. Yangi fakultet ikkita bo’lim (ingliz tili, nemis tili) bilan ishga tushadi.

Xorijiy filologiya fakultetining shakllanishi va har jixatdan kamol topishida fakultetga turli yillarda rahbarlik qilib dekan vazifasida ishlagan professor-o’qituvchilarning xizmatlari kattadir.

Foydali Havolalar

O’zbekiston Respublikasi ochiq ma’lumotlar portali

O’zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi

O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi

O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Senati

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palaasi

Yangiliklar

Viloyat hokimi TerDU talabalar turar joyidagi talabalarning yashash sharoiti bilan tanishdi

    Admin –>
  • 2023-01-28
  • 83

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi U.Qosimov TTJ larda istiqomat qiluvchi talabalarning yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishish maqsadida Termiz davlat universitetining 6- talabalar turar joyiga tashrif buyurdi.

Termiz davlat universitetida Yevrokomissiya vakillari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi

    Admin –>
  • 2023-01-27
  • 221

2023-yil 26-yanvar kuni Termiz davlat universitetiga Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Sharlotta Adrean va ittifoqning hamkorlik bo’limi boshlig’i Wim Riepma boshchiligidagi deligatsiya tashrif buyurdi.

“Siz qonun himoyasidasiz”, “Ayol e’zozda” mavzularida davra suhbati tashkil etildi.

    Admin –>
  • 2023-01-27
  • 71

Termiz davlat universiteti Xotin-qizlar masalalari bo’yicha kengash tashabbusi bilan 6-TTJ binosida istiqomat qiluvchi qizlar bilan “Siz qonun himoyasidasiz”, “Ayol e’zozda” mavzularida davra suhbati tashkil etildi.