Press "Enter" to skip to content

Fransuz tili grammatikasi pdf скачать

Birinchi guruh fellari uchun oʻtgan zamon sifatdoshi:

Fransuz tili

Fransuz tili — hindevropa tillari oilasining roman guruxiga mansub til; Fransiya, Fransiya Gvianasi, Gaiti, Monako, Benin, BurkinaFaso, Gabon, Gvineya, Kongo Demokratik Respublikasi, Kongo Respublikasi, Kot d’Ivuar, Mali, Markaziy Afrika Respublikasi, Niger, Senegal, Togo, Chad davlatlarining rasmiy tili; Belgiya Kirolligi, Shveysariya Konfederatsiyasi, Kanada, Lyuksemburg, Andorra, Kamerun, Madagaskar, Burundi, Ruanda, Komor Orollari Federativ Islom Respublikasi, Jibuti, Vanuatu, Seyshel Orollari davlatlaridagi rasmiy tillardan biri. Italiya va AQShning belgili xududlarida ham tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 100 mln. kishidan, Fransiyaning oʻzida 57 mln. kishidan ortiqroq (oʻtgan asrning 90-yillari). BMTning rasmiy va ishchi tillaridan biri.

Quick facts: Fransuz tili, Milliy nomi, Mamlakatlar, .

Fransuz tili
Milliy nomi français
Mamlakatlar Fransiya, Fransiyaning dengizorti qaram yerlari , Kanada, Belgiya, Shveytsariya, Livan, Lyuksemburg, Monako, Jazoir, Tunis; Kot-d’Ivuar, Kongo demokratik respublikasi , Niger, Senegal; Gaiti, Mavrikiy; Laos, Kambodja, Vyetnam; Meksika; AQShning shtati Luiziana
Rasmiylik holati 29ta mamlakat, ular ichida Fransiya, Belgiya, Kanada, Shveytsariya
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 270 million
Turkumlanishi
Til oilasi Hind-Yevropa
Alifbosi lotin
Til kodlari
ISO 639-1 fr
ISO 639-2 fre (B); fra (T)
ISO 639-3 fra

Close

Asosiy lahjalari: frans (hozirgi Fransuz tilining tarixiy negizi), shim. (Belgiyadagi normand, pikard, vallon va boshqalar), gʻarbiy (anjuy, gallo va boshqalar), jan.gʻarbiy (puatevin), markaziy, jan.sharkiy (burgund, franshkont), sharkiy (lotaringiya, shampan), frankprovansal.

Fransuz tili istilochilar tili (lotin tili) va Galliya tub aholisi tillarining oʻzaro taʼsiri jarayonida shakllangan. Fransuz tili tarixi quyidagi davrlarga boʻlinadi: gallroman (5—8-asrlar), eski fransuz (9—13-asrlar), oʻrta fransuz (14—15-asrlar), ilk yangi fransuz (16-asr), yangi fransuzklassik (17—18-asrlar) va hozirgi fransuz (19-asrdan). Oʻrta asrlarda umumfransuz yozma tili maydonga keladi, 16-asrda milliy til (1539-yildan davlatning rasmiy tili) shakllanadi. 17-asrda adabiy til meʼyori barqarorlashadi. 20-asrda adabiy va ogʻzaki nutq oʻrtasida sezilarli farq paydo boʻladi. Dastlabki yozma yodgorliklari 8—9-asrlarga mansub.

Fonetik xususiyatlari sifatida urgʻusiz, ayniqsa, soʻz oxiridagi unlilarning reduksiyasi, urg`uning asosan soʻnggi boʻgʻinga tushishi, urg`u ta`sirida unlilarning oʻzgarishi, unlilar oʻrtasidagi va soʻz oxiridagi undoshlarning tushib qolishi va boshqalarni koʻrsatish mumkin. Fransuz tili morfologiyasi uchun analitizm xarakterlidir (murakkab zamon, nisbat, qiyosiy darajalarning analitik shakllari). So`zlarning morfologik jihatdan oʻzgarmaslikka moyilligi kuzatiladi. Bir kancha fammatik ma`nolar (jins, son, shaxs)ning ifodalanishi koʻpincha sintaksis sohasiga koʻchiriladi, yordamchi soʻzlar keng qo`llanadi. Fe`l sohasida 4-mayl, 3 nisbat va keng tarmokdi zamon shakllari mavjud. Leksikasida gallardan sakdanib qolgan so`zlardan tashqari franklar tilidan sakdanib qolgan muayyan qatlam ham mavjud. Fransuz tili rivojida adabiy lotin tili katta rol oʻynagan; undan koʻplab soʻzlar, soʻz yasalish qoliplari, sintaktik tuzilmalar o`zlashgan.

Yozuvi bir qancha diakritik belgilar qoʻshilgan lotin alifbosi asosida shakllangan. Fransuz tili Belgiya, Shveysariya va Kanadada milliy variantlarga, Afrika mamlakatlarida esa, asosan, fonetik va lugʻaviy oʻziga xosliklarga ega. [1]

Abduvahob Madvaliyev, Ibodulla Mirzayev.

Fransuz tili () asosan Fransiya, Belgiya, Luksemburg va Shveytsariyada kelib chiqqan, bugungi kunda esa dunyoning 54 mamlakatidagi 300 million odam [2] uchun ona tili yoki ikkinchi til bo`lmish roman tildir .

Fransuz tili grammatikasi pdf скачать

Powered by Phoca Download

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 – Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.

  • Bosh sahifa
  • Portal haqida
    • Portal tarixi
    • Sayt xaritasi
    • Muallif haqida
    • Tafakkur gulshani
    • Mumtoz faylasuflar hikmati
    • Ibratli hikoyatlar
    • Jahon xalqlari maqollari
    • Jadid matbuoti
    • Sovet davri matbuoti
    • Qayta qurish davri matbuoti
    • Mustaqillik matbuoti
    • Hozirgi davr matbuoti
    • Tarix
      • O‘zbekiston hukmdorlari
      • Temuriy malikalar
      • Yurt bo‘ynidagi qilich.
      • Qomusiy olimlar, sarkardalar
      • Reytinglar
      • O‘zbek xalq og‘zaki ijodi
        • O‘zbek xalq maqollari
        • O‘zbek xalq ertaklari
        • O‘zbek xalq topishmoqlari
        • O‘zbek mumtoz adabiyoti
        • Zamonaviy o‘zbek she’riyati
        • Muxlislar ijodidan
        • Barcha kitoblar
        • Ziyouz jurnalxonasi
        • Ziyouz audiokutubxonasi
        • Mobil kutubxona
        • Maktab darsliklari
        • Oliy va OMTM darsliklari
        • Durdona to‘plamlar
        • Android uchun kitoblar
        • Videogalereya
        • Узбекская библиотека
        • Islomiy sahifamiz
        • Forum
        • Kross-shou
        • Foydali sahifalar
        • Saytdan qidirsh
        • Ziyouz viktorinasi arxivi

        Fransuz tili grammatikasi pdf скачать

        –>

        Adabiyot [561]
        Arxitektura [40]
        Astranomiya [38]
        Axborot [71]
        Biologiya [387]
        Biznes [47]
        Bojxona [42]
        Davlat Huquq Asoslari [4]
        Dunyo din tarixi [32]
        Ekologiya [109]
        Estetika va Etika [30]
        Falsafa [48]
        Fizika [254]
        Fransuz-Tili [22]
        Geografiya [141]
        Geometriya [6]
        Huquqshunoslik [281]
        Informatika [643]
        Texnologiya [274]
        Internet [43]
        Ingliz tili [680]
        Iqtisodiyot [1133]
        Jahon tarixi [276]
        Jamiyatshunoslik [24]
        Kimyo [82]
        Kasbiy Ta’lim [11]
        Konsitutsiya [60]
        Ma’naviyat [48]
        Matematika [89]
        Milliy G’oya [128]
        Musiqa [2]
        Nemis-tili [30]
        Ona-tili [50]
        Oshpazlik [39]
        O’zbekiston tarixi [197]
        Pedagogika [104]
        Prezident Asarlari [17]
        Psixologiya [149]
        Rus-tili [44]
        Qishloq xo’jaligi [92]
        Siyosatshunoslik [25]
        Soliq va Soliqga tortish [18]
        Tilshunoslik [9]
        Tibbiyot [64]
        Turizm [172]
        va Boshqalar. [332]
        Sport [7]
        Sxemotexnika [13]

        –>
        –>

        –>Bosh bet » –>Referatlar » O’zbek tilida » Fransuz-Tili
        –>Bo’limdagi referatlar soni : 22
        –>Ko’rsatildi : 1-22

        –>Sortirovka : Дате · Названию · Комментариям · Загрузкам · Просмотрам

        Fransuz tili grammatikasi

        Soʻzlovchiga oldindan malum boʻlgan va dunyoda yagona hisoblangan (quyosh , osmon ,togʻ ,daryo kabilar oldidan ishlatiladi bu kabi otlar hammaga birdek malum boʻlib aniq hisoblanadi ) otlar oldidan ishlatiladi, uning rodi va sonida moslashadi
        Le (masculin (m/r otlar uchun)) par exemple : le père le stylo

        La( féminin (j/r otlar uchun)) par exemple : la République

        NOANIQ ARTIKL
        Soʻzlovchiga oldindan malum bolmagan birinchi marta tilga olinayotgan sizlar oldidan ishlatiladi , uning rodi va sonida moslashadi
        Masalan gapda biron soʻz birinchi marta ishlatilsa
        Un (m/n)
        Une(f/n)
        QISQARTMA ARTIKL
        Le , la aniq artikllaridan keyin unli yoki oʻqilmaydigan (h) harfi bilan boshlanuvchi soʻzlar kelsa le ,la aniq artikllaridagi (e,a) unlilari tushib qoladi va (l) apastrof (‘)belgisini qabul qiladi
        Par exemple :
        L’équipe
        L’entreprise
        L’ arbre
        L’heure
        L’herbe
        PARTITIF ARTIKL
        Sanab boʻlmaydigan va mavhum otlar oldidan ishlatiladi va uning faqat rodida moslashadi
        Du (m/n)
        De la (f/n)
        TUTASH ARTIKL
        à +le =au
        à+les= aux
        de+le=du
        de+les=des

        Au Au Japon
        Aux Aux États-Unis
        Du Du mondes
        Des Des langues

        Fransuz tilida koʻrsatish olmoshlari otdan oldin qoʻyilib otning rodi va sonida moslashadi , predmetni koʻrsatib keladi
        Ce , cet (m/n)
        Cette (f/n)
        Cet koʻrsatish olmoshi unli yoki oʻqilmaydigan h harfi bilan boshlanuvchi (m/n) soʻzlar oldidan ishlatiladi

        Ce Ce cahier
        Cet Cet homme
        Cette Cette fille

        Olmoshli egalik sifatlari

        Bu yerda shaxs ega predmet esa shaxs ga tegishli O.E.S koʻrsatib kelayotgan ot

        Shaxs birlik predmet koʻplik da shaxs bir kishi predmet koʻp masalan mening ruchkalarim shaxs men predmet esa ruchkalar

        Shaxs koʻplik predmet birlik da esa shaxs koʻp predmet bitta. Masalan bizning ruchkamiz

        Shaxs koʻplik predmet ham koʻplik bunda

        Bizning ruchkalarimiz shaxs biz predmet ruchkalar
        Mustaqil boʻlmagan kishilik olmoshlari
        Mustaqil boʻlmagan kishilik olmoshlari doimo feʼldan oldin ishlatiladi ular 3 turga bólinadi
        1) ega vazifasida
        2) vositali toʻldiruvchi vazifasida
        3) vositasiz toʻldiruvchi vazifasida
        1) ega vazifasida
        Je -men. Nous-biz
        Tu-sen. Vous-siz
        Il(elle)- u. Ils(elles)-ular
        2) vositali toʻldiruvchi vazifasida
        me -menga. Nous-bizga
        te-senga. Vous-sizga
        lui-unga leur-ularga
        3) vositasiz toʻldiruvchi vazifasida
        me-meni. Nous-bizni
        te-seni. Vous-sizni
        le(la) -uni. Les-ularni
        F’el
        Fransuz tilida feʼllar tuslanish xususiyatiga koʻra 3 guruhga bolinadi
        Birinchi guruh fellari (-er _ moq qoʻshimchasi bilan tugovchi fellar)
        Par exemple : Monter -chiqmoq appeler-chaqirmoq
        Ikkinchi guruh fellari (-ir_moq qoʻshimchasi bilan tugovchi)
        Uchinchi guruh fellari (-oir , -ir, -re moq qoʻshimchasi bilan tugovchi)
        Uchinchi guruh fellari shakli oʻzgaruvchan , notoʻgʻri tuslanuvchi fellar sirasiga kiradi
        Zamon
        Fransuz tilida 8 ta asosiy zamon mavjud
        Hozirgi zamon
        Ish harakatning ayni paytda boʻlayotganligini va davomiyligini bildirgan zamonga hozirgi zamon deyiladi
        Fransuz tilida hozirgi zamonni yasash uchun tuslanuvchi feʼlning noaniq formasi olinib undagi -moq qoʻshimchasi tushirib qoldiriladi va hozirgi zamon shaxs-son qoʻshimchasi qoʻshiladi
        Hozirgi zamon shaxs-son qoʻshimchasi:
        Birinchi guruh fellari uchun (-er)

        |. -e. -yapman -ons -yapmiz
        ||. -es. -yapsan -ez. -yapsiz
        |||. -e. -yapti -ent. -yaptilar

        Ikkinchi guruh fellari uchun (-ir)

        -is -issons
        -is -issez
        -it -issent

        Uchinchi guruh fellari uchun (-oir,-ir,-re)

        -s -ons
        -s -ez
        -t(yoki -d) -ent

        Ish harakatning kelajakda boʻlmoqchi login bildirgan zamonga kelasi zamon deyiladi
        Fransuz tilida kelasi zamonni yasash uchun tuslanuvchi feʼlning noaniq formasiga kelasi zamon shaxs-son qoʻshimchasi qoʻshiladi

        -ai -chiman -ons -chimiz
        -as -chisan -ez -chisiz
        -a. -chi -ont -chilar

        Uchinchi guruh fellari kelasi zamonda shakli oʻzgarib ketadi

        Oʻtgan zamon
        Ish harakatning boʻlib oʻtganligi va tugallanganligini bildirgan zamonga oʻtgan zamon deyiladi
        Fransuz tilida oʻtgan zamonni yasash uchun (avoir va être)yordamchi fellarining hozirgi zamon tuslanishi olinib asosiy tuslanuvchi feʼlning oʻtgan zamon sifatdoshi qoʻyiladi
        avoir -ega boʻlmoq hozirgi zamon

        J’ai Nous avons
        Tu as Vous avez
        Il a Ils ont

        Être-bolmoq hozirgi zamon

        Je suis Nous sommes
        Tu es Vous êtes
        Il est Ils sont

        Birinchi guruh fellari uchun oʻtgan zamon sifatdoshi:

        F’el oxiridagi (r)tushib qoldiriladi va (e) unlisi aksantegu belgisini oladi
        Ikkinchi guruh fellari uchun oʻtgan zamon sifatdoshi:
        Fellar oxiridagi (r)tushib qoldiriladi
        Uchinchi guruh fellari uchun oʻtgan zamon sifatdoshi:
        OʻTGAN ZAMON DAVOM FELI
        Ish harakatning oʻtgan zamonda davom etayotganligini bildirgan zamonga oʻtgan zamon davom feʼli deyiladi
        Masalan: men qishloqqa qaytganimda qor yogʻar edi
        Fransuz tilida oʻtgan zamon davom feʼlini yasash uchun tuslanuvchi feʼlning nozirgi zamonda birinchi shaxs formada tuslangan shakli olinib undagi -ons qoʻshimchasi tushirib qoldiriladi va oʻtgan zamon davom feʼlining shaxs-son qoʻshimchasi qoʻshiladi
        Bular;

        -ais -ions
        -ais -iez
        -ait -aient

        Oʻtgan zamondagi kelasi zamon

        Ish harakatning oʻtgan zamonda boʻlmoqchiligini bildirgan zamonga oʻtgan zamondagi kelasi zamon deyiladi
        Masalan : Karim menga teatrga bormoqchiligini aytdi
        Fransuz tilida oʻtgan zamondagi kelasi zamonni yasash uchun tuslanuvchi feʼlning noaniq formasiga oʻtgan zamon davom feʼlining shaxs-son qoʻshimchasi qoʻshiladi
        -ais
        -ions
        -ais
        -iez
        -ait
        -aient
        Uzoq oʻtgan zamon
        Ish harakatning otgan zamondan oldin boʻlib oʻtganligi bildirgan zamonga uzoq oʻtgan zamon deyiladi
        Masalan: Men maktabga borganimda dars boshlangan edi
        Fransuz tilida uzoq oʻtgan zamonni yasash uchun (avoir va être) yordamchi fellarining oʻtgan zamon davom feʼlida tuslangan shakli olinib asosiy tuslanuvchi feʼlning oʻtgan zamon sifatdoshi qoʻyiladi
        Avoir-ega boʻlmoq ó/z d/f

        J’avais Nous avions
        Tu avais Vous aviez
        Il avait Ils avaient

        Être-bolmoq. Ó/z d/f

        Je étais Nous étions
        Tu étais Vous étiez
        Il était Ils étaient

        Yaqin oʻtgan zamon

        Ish harakatning yaqinda boʻlib oʻtganligini bildirgan zamonga yaqin oʻtgan zamon deyiladi
        Masalan: men hozir maktabdan keldim
        Fransuz tilida yaqin oʻtgan zamonni yasash uchun venir-kelmoq felining hozirgi zamon tuslanishi olinib asosiy tuslanuvchi feʼlning noaniq formasi qoʻyiladi undan oldin de predlogi qoʻyiladi

        Je viens de..(noaniq forma) Nous venons de. (rire)
        Tu viens de. (manger) Vous venez de.
        Il vient de. (aller) Ils viennent de.

        Yaqin kelasi zamon

        Ish harakatning yaqinda boʻlmoqchiligini bildirgan zamonga yaqin oʻtgan zamon deyiladi
        Masalan :. Men hozir maktabga boraman
        Fransuz tilida yaqin kelasi zamonni yasash uchun aller-bormoq felining hozirgi zamon tuslanishi olinib asosiy tuslanuvchi feʼlning noaniq formasi qoʻyiladi
        Aller-bormoq

        J’irai Nous irons
        Tu iras Vous irez
        Il ira Ils iront

        Asosiy Zamonlarning fransuzcha nomlanishi:
        1) le présent de l’indicatif hozirgi zamon
        2) futur simple. Kelasi zamon
        3) passé composé. Oʻtgan zamon
        4) Imparfait. Davom feʼli
        5) le plus que parfait. Uzoq oʻtgan zamon
        6) le futur dans le passé. Oʻtgan zamondagi kelasi zamon
        7) Passé récent. Yaqin oʻtgan zamon
        8) futur proche. Yaqin kelasi zamon