Press "Enter" to skip to content

Fransuz tili haqida malumot

9. Fransiya bayrog‘i uchburchak bo‘lib, unda oq rang Burbonlar qirollik oilasini, qizil va ko‘k ranglar Parij kommunasini anglatadi. Ular mana shu tarzda monarxiya va revolyutsiyani birlashtirishga harakat qilishgan.

Fransiya haqida 50 ta qiziqarli fakt

Fransiya – romantika, sevgi-muhabbat mamlakati. Uning hududida siz hamma narsani: chiroyli sohillar, mashhur Elizey maydoni, Eyfel minorasi, Versal va boshqa diqqatga sazovor joylarni topishingiz mumkin.
Fransiyaning xilma-xilligi uni ideal sayyohlik joyiga aylantiradi. Bundan tashqari, bu mamlakat boy tarixga ega va ko‘p asrlar davomida Yevropadagi eng nufuzli davlatlardan biri bo‘lgan!

1. Mamlakat nomi german qabilasi vakillari franklar nomidan kelib chiqqan. “Frank” so‘zi “erkin”degan ma’noni anglatadi.

2. Ushbu mamlakat turizm bo‘yicha yetakchi hisoblanadi. Har yili u yerga boruvchi sayyohlar soni mamlakat aholisi sonidan oshib ketadi.

3. Fransiya – Yevropa Ittifoqidagi eng katta mamlakat (643,801 km²). Hududi olti burchakli shaklga o‘xshaydi, shuning uchun ko‘pincha uni “L’Hexagone” deb atashadi.

4. Fransiya shiori 1789-yildagi Buyuk inqilob davrida paydo bo‘lgan “Liberté, Egalité, Fraternité” (ma’nosi – “Erkinlik, tenglik, birodarlik”)ni hozir hamma joyda uchratish mumkin.

5. Gall xo‘rozi Fransiyaning norasmiy ramzi hisoblanadi. Rimliklar Fransiya hududiga kelishganida, uning aholisini gallar deb atashadi, chunki ularning sochlari qizil jingalak bo‘ladi va soch turmaklari xuddi xo‘roznikiga o‘xshardi (“xo‘roz” lotin tilida “gallus”deyiladi), mamlakat o‘zini Galliya deb nomlaydi. XVIII asrdagi Fransiya inqilobi davrida yangi yigirma frankli tangalar chiqariladi. Tangalarga xo‘roz surati tushiriladi. Mana shundan keyin xo‘roz Fransiya ramzi bo‘lib qoladi. O‘shandan boshlab xo‘roz surati markalar, medallar, plakatlar ustida paydo bo‘ladi va hatto Fransiya Milliy Olimpiya qo‘mitasining emblemasiga aylandi. Ularning fikricha xo‘roz fransuz jangovar ruhi va g‘ayratining eng yaxshi ramziy ifodasidir.

6. Fransiyaning yana bir ramzi – bu Marianna, burmali shapka kiygan yosh ayol. U Fransiya “Erkinlik, Tenglik, Birodarlik” shiorining ramzidir. Uning byusti barcha muassasalarda bo‘lishi kerak. Mariannaning prototipi turli yillarda Fransiyaning eng chiroyli aktrisalari ichidan tanlangan. Bular Brijit Bardo, Katrin Deno‘v, Laetitiya Kasta, Sofi Marso va boshqalar.

7. Fransuzlar aholi jon boshiga sharob iste’mol qilish bo‘yicha birinchi o‘rinni egallaydi. Fransuzlar sharob ishlab chiqarish bo‘yicha Italiya bilan raqobatlashib turadi. Fransuzlarda 450 dan ortiq sharob turlari mavjud. Mahalliy aholi sharob turlarini yaxshi bilmasliklarini tan olishadi.

8. Ko‘pchilik yaxshi biladiki, fransuzlar maxsus uzun, ingichka non – bagetni yaxshi ko‘rishadi. Aytishlaricha bunday nonlar Fransiya metrosi qurilishi vaqtida paydo bo‘lgan ekan. Ma’lum bo‘lishicha qurilish vaqtida ishchilar o‘rtasida ko‘plab nizolar chiqib turgan. Bunday vaziyatlarda non kesish uchun cho‘ntaklarda olib yurilgan pichoqlar ko‘plab ko‘ngilsizliklar kelib chiqishiga sabab bo‘lgan. Shuning uchun nonvoylardan pichoq bilan kesmasdan qo‘l bilan ushatib yeyish mumkin bo‘lgan non chiqarishlarini so‘rashgan. Fransuzlar haligacha bagetni qo‘llari bilan sindirib yeyishadi. Hozirgi kunda Parijning o‘zida har kuni 500 mingga yaqin baget sotiladi!

9. Fransiya bayrog‘i uchburchak bo‘lib, unda oq rang Burbonlar qirollik oilasini, qizil va ko‘k ranglar Parij kommunasini anglatadi. Ular mana shu tarzda monarxiya va revolyutsiyani birlashtirishga harakat qilishgan.

10. Mamlakatning madhiyasi “Marselyeza” Fransiya inqilobi yillarida yozilgan. Nomiga qaramay, u Marselda emas, balki Strasburgda harbiy muhandis Klod Jozef Ruje de Lil tomonidan askarlarning kayfiyatini ko‘tarish uchun yaratilgan. Qo‘shiq “Reyn armiyasining harbiy marshi” deb nomlangan, ammo qo‘shiq Marsel batalyoniga shu qadar yoqib qoladiki, uni o‘z batalyonlari uchun tanlab oladilar. Hech kim qo‘shiq muallifini tanimaganligi uchun qo‘shiq Marsel batalyonida yangraganida hamma odamlar qo‘shiq Marselda yozilgan deb o‘ylashadi. 1973-yilga kelib bu qo‘shiq Fransiya madhiyasiga aylanadi.

11. Fransuzlar eng depressiv xalq hisoblanadi. Ular antidepressant dorilar ichish bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinni egallashadi.

12. Fransiyada (dengiz hududlarini hisobga olganda) 12 ta vaqt zonasi mavjud, bu dunyoning boshqa mamlakatlariga qaraganda ko‘proq.

13. Fransiya adabiyot bo‘yicha eng ko‘p Nobel mukofotiga (15) ega, undan keyin AQSh (13 laureat) va Buyuk Britaniya (10) turadi.

14. Fransuz armiyasi xat tashuvchi kabutarlarga ega bo‘lgan Yevropadagi yagona harbiy kuch. Ular biron bir ofat yuzaga kelganda ishlatish uchun zaxirada saqlanadi.

15. Fransiya aholi jon boshiga yadro qurollari soni bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinni egallaydi. Undan keyin Yaponiya va AQSh turadi.

16. Fransiya jamoat transport tizimi paydo bo‘lgan dunyodagi birinchi mamlakatdir. 1660-yilda transport vositalari 5 yo‘nalishda sayohatchilar uchun xizmat qilgan. Bundan tashqari marshrutlar mahalliy aholining kvartallararo yurishlariga yordam bergan. Ushbu tizim olim Blez Paskal tomonidan ixtiro qilingan.

17. Ikkinchi jahon urushidan oldin Fransiya soati London vaqti bilan bir xil bo‘lgan. Ishg‘ol qilish vaqtida soat Berlin vaqti bilan yura boshlagan va bu vaqt mintaqasi hozirgacha saqlanib qolgan.

18. Fransuz kommunalaridan biri Y deb ataladi va uning aholisi Ipsilon deb ataladi.

19. Fransiyada aholi yashamaydigan ammo o‘z merlariga ega oltita kommunalar bor. Ushbu kommunalar Birinchi jahon urushi paytida vayron qilingan va merlar u yerdagi tartibni saqlash uchun tayinlangan.

20. Fransiyaning bayramona taomlari, barcha marosim va taom tortish an’analari YUNESKO’ning nomoddiy-madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan.

21. Fransiyada juda g‘alati qonunlar mavjud. Masalan, cho‘chqalarni Napoleon deb atash taqiqlanadi. Shuningdek, temir yo‘l relslarida o‘pishish taqiqlanadi. Ayollarga shim kiyish taqiqlangan qonun 2012-yili bekor qilingan. Provansdagi Shatonef-dyu-Pap shahrida Noma’lum uchar jismlarga qo‘nish taqiqlangan.

22. Fransiyada 400 ga yaqin pishloq turlari ishlab chiqariladi!

23. Parijning eng qadimiy ko‘prigi Yangi ko‘prik (Le Pont Neuf) deb nomlanadi.

24. Parijdagi eng ommabop joy ko‘pchilik o‘ylaganidek Eyfel minorasi yoki Luvr muzeyi emas balki Parij Disneylendidir.

25. Fransiyada vafot etgan kishi bilan rasmiy ravishda turmush qurish mumkin, nikohdan keyin turmush qurgan odam shu zahotiyoq beva bo‘lib qoladi. Bunday nikohga ruxsat beradigan qonun shaxsan mamlakat prezidenti tomonidan imzolangan.

26. Fransuzlar kruassansiz nonushtani tasavvur qila olishmaydi. Biroq kruassan ularning milliy pishirig‘i emas. Bu yegulik Fransiyaga Avstriyadan kirib kelgan.

27. 1964-yilgacha fransuz ayollari erining ruxsatisiz pasport ololmagan va bankda hisob raqami ochtira olmagan.

28. Fransuzlarning mashhur “fua gra” taomi Misrda taxminan 4500 yil oldin paydo bo‘lgan. Keyin u Qadimgi Yunonistonga kelgan va nihoyat, rimliklar bilan birgalikda Fransiyaga kirib kelgan.

29. Nikotin nomi fransuzlar bilan bo‘g‘liqligini bilarmidingiz. 1559-yilda Portugaliyadan tamaki olib kelgan fransuz elchisi Jan Nikon sharafiga nikotin nomi paydo bo‘lgan.

30. Fransiyada 40 000 qasr va saroy bor, Luvr dunyodagi eng katta saroy hisoblanadi.

31. Olimpiya o‘yinlarini o‘tkazish bo‘yicha Fransiya AQShdan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Fransiyada 5 ta yozgi, 3 ta qishgi olimpiya o‘yinlari o‘tkazilgan.

32. Fransiyada har kuni ikkita oshpazlik kitobi nashr qilinadi.

33. Fransiyada odamlar bir-birlari bilan o‘pishib ko‘rishishadi. O‘pichlarning soni odamlarning qaysi mintaqadan ekanligiga bog‘liq. (Masalan, bretonlar bir marta, shimolliklar 4 martta, korsikaliklar esa 5 marta)

34. Fransuz tezyurar poyezdlari dunyodagi eng tezyurar poyezdlar hisoblanadi, ularning o‘rtacha tezligi soatiga 263 kilometrni tashkil etadi.

35. Oddiy fransuz yiliga besh yuzga yaqin shilliqurt yeydi.

36. Fransiyagi chorrahalar dunyoning boshqa mamlakatlariga qaraganda ko‘p (taxminan 30,000).

37. Fransuz savdogarlari xaridorlarga qaytim qaytarishga majbur emaslar. Shuning uchun xaridorlar narsalarni aniq bir pulga olishga harakat qilishadi.

38. Fransiyaning Grass shahri butun dunyo parfyumeriya shahri hisoblanadi. Aynan shu yerda atir-upa sohasidagi ta’limlar olib boriladi va aynan shu yerda mashhur Chanel-5 paydo bo‘lgan.

39. 1889-yilda qurilgan Eyfel minorasi 40 yil davomida insonlar tomonidan qurilgan eng baland bino bo‘lib qoldi. Uning balandligi 342 metrga yetadi va unda 1665 zina bor.

40. Fransuz kurortlari o‘zining she’riy nomlari bilan ajralib turadi. Ularning aksariyatiga qimmatbaho tosh nomlari berilgan: Zumrad qirg‘og‘i, Alebastr qirg‘og‘i, Rubin qirg‘og‘i, Opal qirg‘og‘i, Pushti granit qirg‘og‘i. Bundan tashqari, Kumush qirg‘og‘i, Sevgi qirg‘og‘iga va, albatta, dunyoga mashhur Moviy qirg‘og‘iga tashrif buyurishingiz mumkin.

41. Fransuz ayollari Yevropa Ittifoqidagi eng uzoq umr ko‘ruvchi ayollar hisoblanadi. Fransuz erkaklari bu ro‘yxatda uchinchi o‘rinda turishadi.

42. Fransiyada hisoblash mashinasi, havo kemasi, parashyut, suv osti kemasi, tez yordam xizmati, fotografiya va kino ixtiro qilingan.

43. Fransiya moda aksessuarlari, kosmetika va parfyumeriya ishlab chiqarish bo‘yicha dunyodagi yetakchi mamlakat hisoblanadi.

44. Nitsa shahridagi “Petite Syrah” fransuz kafesida qahvaning narxi mehmonning qanday muomala qilishiga bog‘liq. Agar siz salom berishni va “iltimos” deyishni unutsangiz, bir necha baravar ko‘p pul to‘lashingizga to‘g‘ri keladi.

45. Fransiyada bolalarning go‘zallik tanlovlarida qatnashishi taqiqlanadi.

46. Fransiyadagi McDonald’s kompaniyasi eng katta daromad olish bo‘yicha AQShdan keyingi o‘rinda turadi. Mamlakatda McDonald’sning 1000 ga yaqin restoranlarni topish mumkin.

47. 2011-yilda Monparnas temir yo‘l stansiyasida bo‘lib o‘tgan kichik bir konsert dasturidan so‘ng bitta pianino qolib ketadi. Yo‘lovchilar uni ko‘ngil ochish uchun qo‘yilgan deb o‘ylab chala boshlaydilar. Bu ish Temir yo‘l kompaniyasi rahbariyatiga yoqib qoladi. Shundan so‘ng boshqa stansiyalarda ham pianino qo‘ya boshlashadi.

48. Fransiyada 1981-yili o‘lim jazosini bekor qiluvchi qonun qabul qilinmaguncha gilyotina ishlatilgan.

49. 2016-yili supermarketlarda sotilmasdan muddati o‘tgan mahsulotlarni tashlashi taqiqlangan edi. Endi fransuzlar ularni xayriya jamiyatlariga topshirishga majbur.

50. XVIII asrda kartoshka Fransiyada o‘lat tarqatuvchi mahsulot hisoblangan. Shuning uchun uni 24 yil davomida iste’mol qilish taqiqlangan.

Fransiya har yili millionlab sayyohlarni jalb qiladigan ajoyib mamlakat. Bu yerda ko‘rish kerak bo‘lgan narsalar juda ko‘p: noyob tabiiy boyliklardan tortib, ajoyib me’moriy yodgorliklargacha bor. Mamlakatga tashrif buyurib, hamma narsani o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rib chiqsangiz olam-olam zavq olishingiz aniq!

  • Ulashing

Bu video ko’rinishi uchun sizning brauzeringiz JavaScript’ni qo’llab quvvatlashi kerak

Fransiya

Rasmiy nomi — Fransiya Respublikasi. Poytaxti — Parij. Hududi – 549,2 ming km.kv. Aholisi – 62 lmn kishidan ortiq (2012). Davlat tili — fransuz. Dini — katolik (90%). Pul birligi — yevro.

Geografik joylashuvi va tabiati. Yevropaning g‘arbidagi davlat. Janubda Ispaniya (chegara uzunligi — 623 km) va Andorra (60 km), janubi sharqda Monako (4,4 km), shimoli sharqda Belgiya (620 km) va Lyuksemburg (73 km), sharqda Shveysariya (573 km) va Italiya (451 km) davlatlari bilan chegaradosh. Janubda mamlakat 0‘rtayer dengizi, g‘arbda Biskay ko‘rfazi, shimoli g‘arbda La-Mansh va Pa-de-Kale bo‘g‘ozlari bilan tutashgan. 0‘rtayer dengizidagi Korsika oroli, to‘rtta dengizorti departamentlari — Martinika, Gvadelupa, Reyunon, Fransuz Gvianasi hamda dengizorti hududlari — Fransiya Polineziyasi, Yangi Kaledoniya, Sen-Pyer va Mikelon, Tinch okeanidagi bir qator arxipelaglar Fransiyaga tegishli. Chegarasining umumiy uzunligi (metropoliya va Korsika) — 28924 km, sohil bo‘ylab chegara uzunli­gi — 3427 km. Mamlakatning g’arbi va shimoli tekisliklardan iborat. Markaz va sharqda o‘rta balandlikdagi Markaziy massiv, Vogez, Yura togiari joylashgan. Janubi g‘arbda Ispaniya bilan tabiiy chegara hosil qilgan Pireney tog‘lari yotadi. Bu tog‘ tizmasining eng baland nuqtasi — Pik-de-Vinmal (3298 m). Mamlakatning janubi sharqida Fransiya va G‘arbiy Yevropaning eng baland cho’qqisi — Monblan tog‘i (4807 m) joylashgan Fransuz Alplari yotadi. Asosiy daryolari — Sena, Rona, Luara, Garonna. Ko‘llar Fransiyada ko‘p emas, eng yirik ko‘l — Jeneva (katt qismi Shveysariyada joylash­gan). Asosiy tabiiy boyliklari: ko‘mir, temir rudasi, boksitlar, rux, baliq, yog’och. Haydaladigan yerlar hududning 32% ini, o‘rmon va to‘qaylar 27% ini, o‘tloq va yaylovlar 23% ini tashkil etadi.

Iqlimi — mo‘tadil, Korsika orolida subtropik. Mamlakatning to‘rtdan bir qismini o’rmonlar tashkil etadi. 0‘rmonlarda eman, qarag‘ay, qoraqayin, qayrag‘och, oq qayin, archa, kashtan kabi daraxtlar, O‘rtayer dengizi bo‘ylarida zaytun, tok, palma, agavalar o‘sadi. Hayvonot dunyosini ayiq, tog‘ echkisi, muflon, tulki, bo’rsiq, ohu, kosulya, to‘ng‘iz, olmaxon, kaklik, burgut, flamingo (janubda) tashkil etadi.

Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — prezidentlik respublikasi. Mamlakat tarkibiga 96 departamentga bo‘lingan 22 ta viloyat kiradi. Bundan tashqari dengizorti departamentlar va dengizorti hududlar ham Fransiya tarkibiga kiradi. Birinchi respublika 1792-yilda e’lon qilingan. So’nggi Konstitutsiya (V res­publika) 1958-yil 28-sentabrda qabul qilingan. Milliy bayram 14-iyul — Bastiliya olingan kun (1789). Davlat boshlig‘i — prezident. Prezident Bosh vazir (Ministrlar Kengashi raisi)ni tayinlaydi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat Senat (yuqori palata) va Milliy Majlis (quyi palata)dan iborat parlament tomonidan amalga oshiriladi. Yirik siyosiy partiyalari: Respublikani qoMlash birlashmasi, Fransuz demokratik ittifoqi, Respublikachilar par­tiyasi, Fransuz sotsialistik partiyasi, So‘l radikal harakat, Fransiya kommunistik partiyasi, Milliy front.

Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Fransiya dunyoning yuqori taraqqiy etgan sanoat, katta qishloq xo’jaligi resurslariga ega bo‘lgan mamlakatlaridan biridir. Sanoatning asosiy tarmoqlari (YIMning 1/4 qismi): mashinasozlik, kimyo, avtomobil, samolyotsozlik, elektronika, metallurgiya, tog‘-kon, to’qimachilik, oziq-ovqat. Unumdor yerlarning katta maydonlari, zamonaviy texnologiyalarning qo’llanilishi, hukumat subsidiyalari Fransiyani G‘arbiy Yevropada qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi yetakchi davlatga aylantirdi. Mamlakat iqtisodida tobora xizmat ko’rsatish sohasining salmog’i ortmoqda. 2012-yil YIM miqdori 2064,5 mlrd AQSh dollarni (aholi jon boshiga – 33,5 ming AQSH doll.) tashkil etgan. Asosiy savdo hamkorlari: YH davlatlari, AQSH, Yaponiya.

Temiryo’llarining umumiy uzunligi — 34568 km (11674 km elektrlashtirilgan), avtomobil yo‘llari — 1551400 km (803000 km asfaltlangan), ichki suv yo‘llari — 15000 km. Asosiy portlari: Bordo, Gavr, Dyunkerk, Nant-Sen-Nazer, Ruan.

Tarixi. М. a. I asrning o‘rtalarida Galliya (hoz. Fransiya) qadimgi Rim tomonidan bosib olinadi. Franklar Galliyaga V asrda kirib kelishadi. Frank qirolligi Karolinglar sulolasi vakili Karl Buyuk davrida qudrat cho‘qqisiga ko‘tariladi. 987-yilda hokimiyatga Kapetinglar sulolasi keladi. G’arbiy Yevropada Fransiyaning ta’siri XIII asrda Fillip II Avgust va Lyudovik IX davrida ortadi. XIV asrda hokimiyatga Valua sulolasi keladi. 1337-yildan 1453-yilgacha Fransiya Angliya bilan «Yuz yillik urush» olib boradi. Shu davrda ingliz qo‘shinlariga qarshi ozodlik kurashini Janna d’Ark boshlaydi. XVIII asrning oxirida absolyutizmning inqirozga uchrashi avvaliga podsho hokimiyatining cheklanishiga (1789-yilda Bastiliyaning olinishi, Milliy Assambleyaning tuzilishi), keyinchalik esa I respublikaning tuzilishiga (1792) olib keldi. 1793-yilda krepostnoylik huquqi bekor qilindi. 1799-yili Napoleon Bonapart davlat to‘ntarishi o‘tkazib diktatura o’rnatdi va 1804-yilda o‘zini Napoleon 1 nomi bilan imperator deb e’lon qildi. Bosqinchilik urushlari natijasida Fran­siya deyarli butun Markaziy va G‘arbiy Yevropani o‘ziga bo‘ysundirdi. 1812-yilgi Rossiyaga yurish «Buyuk armiyaning» yakson qilinishi bilan tugadi. 1814-yilda rus qo‘shinlari Parijni bosib olishdi, bu holat Fransiyada Burbonlar restavratsiyasiga olib keldi. 1815-yilda Napo­leon qisqa muddatga hokimiyatga qaytdi («100 kun») va Vaterloo magMubiyatidan so‘ng u butunlay hokimiyatni qo’ldan boy berdi. Fransiya inqilobdan oldingi chegaralarga qaytdi. 1830-yilgi inqilob burjua monarxiyasining o’rnatilishiga olib keldi. Navbatdagi 1848-yilgi inqilob natijasida Fransiyada II respublika e’lon qilindi. Imperator Napoleon III 1852-yili monarxiyani qayta tikladi. 1853- 1856-yillarda Fransiya Rossiyaga qarshi Qrim urushida ishtirok etdi. 1870-1871-yillardagi Fransiya-Prussiya urushi Elzas va Lotaringiyaning boy berilishi bilan tugadi. 1871-yil-Parij Kommunasining tuzilishi va halokati. Ill Respublika Konstitutsiyasi 1875-yilda qabul qilindi. 1914-1918-yillarda Fransiya I Jahon urushida ishtirok etdi va g‘alaba qozondi. Uning natijalariga ko’ra, Versal shartnomasi bo‘yicha Elzas va Lotaringiyani o‘ziga qaytarib oldi. Shuningdek, Saar viloyati, Togo va Kamerun ham Fransiyaga o‘tdi. I Jahon urushi davrida Fransiya nemis qo‘shinlari tomonidan okkupatsiya qilindi: mamlakat 2 qismga bo’lindi (bosib olingan hududlar va Muxtor Fransiya davlati). 1944-yili Normandiyaga ittifoqchi qo’shinlar tushirildi va Fransiya ozod qilindi. 1946-yili IV Res­publika Konstitutsiyasi qabul qilindi. Fransiya 1949-yili NATOga a’zo bo‘lib kirdi. 1945- 1954-yillarda Vyetnamdagi mustamlaka urushlari natijasida Fransiya Hindixitoyni boy berdi. 1957-yilda mamlakat YI a’zosi bo’ldi. 1958-yilda ijroiya hukumat huquqlarini kengaytirgan yangi Konstitutsiya (V Respublika) qabul qilindi. 1960-yili Fransiyada mustamlaka tizimining parchalanish jarayoni boshlandi. 1962-yili Jazoir mustaqillikka erishdi. 1966-yili Fransiya NATO harbiy tashkilotidan chiqdi. Fransiya 1970-1990-yillarda Yevropa integratsiyasining faol tarafdori bo‘lib keldi. 2005-yilda kelib chiqishi Osiyo va Afrikadan bo‘lgan muhojirlarning morozilik chiqishlari qator tartibsizliklarni keltirib chiqardi. 2007-yil may oyidagi prezidentlik saylovlarida N. Sarkozi g’olib chiqdi.

Fransiya bilan O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida diplomatiya munosabatlari 1992-yilda o‘rnatildi va ular o‘rtasida iqtisodiyot, fan-texnika, madaniyat sohalaridagi hamkorlik samarali tus oldi.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti kirish ballari, qabul kvotalari

O`zbekiston davlat jahon tillari universiteti (O`zDJTU) 1949-yilda Toshkent chet tillari pedagogika instituti nomi bilan faoliyatini boshlagan. Universitet 70 yillik tarixga ega.

1992-yili Toshkent chet tillari pedagogika instituti hamda Respublika Rus tili va adabiyoti instituti birlashib, O`zbekiston davlat jahon tillari universiteti maqomiga ega bo`ldi.

Bugungi kunda universitetda 9 000 ga yaqin talaba 20 ga yaqin xorijiy tilni jahon ta’lim standartlari asosida o`rganmoqda. Har yili universitetda 15 ta ta’lim yo`nalishida bakalavr, 13 ta ta’lim yo`nalishida magistrlik darajasiga ega mutaxassislar tayyorlanadi.

Universitetda 7 ta: ingliz tili birinchi, ingliz tili ikkinchi, ingliz tili uchinchi, roman-german filologiyasi, rus filologiyasi, xalqaro jurnalistika, tarjima nazariyasi va amaliyoti fakul’tetlari va kafedralarning umumiy soni 29 taga teng.

FAKULTETLAR: Xalqaro jurnalistika fakulteti, Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti, Rus filologiyasi fakulteti, Roman-german filologiyasi fakulteti, Ingliz tili 3-fakulteti, Ingliz tili 2-fakulteti, Ingliz tili 1-fakulteti

Fransiya haqida qiziqarli 23 fakt

#1. Frantsuz tilida erkin gapiradigan kishi frantsuz tilida so’zlashuvchi sifatida tanilgan.

#2. Frantsiya yigirma ikki xil mintaqaga bo’lingan.

#3. Dastlab, uning shahrida Frantsiyada Denim liboslari ishlab chiqilgan.

#4. Frantsuz bolalarining 94% ingliz tilini ikkinchi til deb biladi.

#5. To’y uchun oq libos kiyish odati Fransiyada 1499 yilda tug’ilgan.

#6. Aprel Ahmoqlar kuni yoki kulgu kuni dastlab Fransiyada paydo bo’lgan. Bu holat fransuzlarning Gregorian Kalendariga amal qilishni boshlaganida paydo bo’lib, aynan o’sha vaqtda ular yangi kalendarga to’liq amal qila olmaganlarida kulguli holatlar kelib chiqqan.

#7. Frantsiyaning poytaxti Parijdir, lekin dastlab Parij “Lutetiya” deb nomlanganini bilasizmi?

#8. Frantsiyada 200 000-dan 1 milliongacha noqonuniy muhojirlar borligi taxmin qilinmoqda.

#9. Fransiyada 130 telekanallari mavjud.

#10. Nyu-Yorkdagi Ozodlik haykali AQShga Frantsuz xalqining sovg’asi bo’lgan.

#11. Frantsuz Alp tog’laridagi Mont Blanc Yevropaning eng yuqori cho’qqisidir. Uning balandligi 4810 metr.

#12. Frantsiyada pishloqning 400 turidan ko’prog’i ishlab chiqariladi!

#13. Eyfel minorasi 1889da Gustav Eyfel tomonidan qurilgan. Uning balandligi 324 metr.

#14. Frantsiyada temir yo’llarda o’pishish noqonuniy hisoblanadi.

#15. 2002 yilning 8 noyabrida Eyfel minorasiga 200 million mehmon tashrif buyurgan!

#16. “Etik kiygan mushuk”,”Uyqudagi go’zal”,” Zolushka” va “Qizil qalpoqcha” ertaklari Charlz Perrault ismli frantsuz tomonidan yozilgan.

#17. 2019da Fransiya aholisi 67 million kishini tashkil qilgan.

#18. Politsiya yoki politsiya mashinasini suratga olish qonun bilan taqiqlangan.

#19. Frantsiyaning Grass shahri Jahon Parfumeriya Poytaxti deb tanilgan.

#20. Frantsiyaning rasmiy nomi-frantsuz Respublikasi va uning shiori “erkinlik, tenglik, birodarlik”.

#21. Fransuz tilida dunyoning 24 mamlakatida rasmiy til sifatida so’zlashadilar.

#22. Frantsiya bayrog’i ko’k, oq va qizil va u “Le Drapeau Tricolore”deb nomlanadi, bu” uch rangli bayroq” degan ma’noni anglatadi.

#23. Frantsuzlar Inglizlarni les rosbifs deb chaqirishadi, bu jumla “pishirilgan mol go’shti” ma’nosini beradi.