JIDUda navbatdagi frankofoniya ya ni Fransuz tili kuni bayrami bo‘lib o‘tdi
Otashin samba ixlosmandlari o‘zlarining ko‘cha festivali bayramlarini o‘tkazishgan, bu bayram bir necha yil ichida shahar aholisining mehrini qozonib, hammaga manzur bo‘lganidan keyin, uni ana’anaviy har yili Bremen hokimiyati qo‘llab-quvvatlashi bilan o‘tkaziladigan bo‘ldi.
Fransuz tilida notiqlik tanlovi; bosh mukofot – Fransiyaga 1 oylik bepul sayohat!
Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi Toshkent fransuz alyansi hamda Fransiyaning “Lions Clubs” xalqaro frankofon markazlari uyushmasi bilan hamkorlikda notiqlik tanlovini eʼlon qildi. Tanlov fransuz tilini B2 va undan yuqori darajada biladigan (DELF B2, DALF C1-C2 yoki TCF B2-C2) talabalar uchun mo’ljallangan.
Tanlovda ishtirokchilar quyidagi mavzuda fransuz tilida munozara qilishi kerak boʻladi: “Tout le monde veut que ça change, mais personne ne veut changer” (Tarjimasi: Hamma dunyoni oʻzgartirishni xohlaydi, lekin hech kim oʻzi oʻzgarishni xohlamaydi).
Munozarada bir ishtirokchi ushbu fikrni qoʻllab-quvvatlashi, ikkinchi ishtirokchi esa rad etishi kerak.
Grant kimlar uchun?
Fransuz tili boʻyicha B2 va undan yuqori darajadadagi til sertifikatiga ega bakalavriat va magistratura talabalari uchun
Batafsil ma’lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Tanlov gʻoliblari quyidagicha taqdirlanadi:
- 1-oʻrin: Fransiyaga 1 oylik sayohat uchun yoʻllanma.
- 2-oʻrin: Fransiyaga 1 oylik sayohat uchun yoʻllanma.
- 3-oʻrin: planshet.
- Barcha ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlanadi.
Talablar:
Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:
- Tanlovda Oʻzbekiston universitetlarida tahsil olayotgan bakalavriat va magistratura talabalari qatnashishi mumkin.
- Ishtirokchilar fransuz tilini B2 yoki undan yuqori darajada bilishi lozim (DELF B2, DALF C1-C2 yoki TCF B2-C2).
Dasturga qabul jarayoni:
Tanlovda ishtirok etish va nutqlarni baholash bir necha bosqichda amalga oshiriladi.
1. Ariza topshirish. Bunda 2 talaba jamoa sifatida 3 daqiqadan oshmagan video tayyorlaydi. Videoda tanlov mavzusidagi fikr boʻyicha munozara qilinadi. Bir talaba mavzudagi fikrni qoʻllav-quvvatlab, ikkinchisi rad etib oʻz vajlarini keltiradi. Bunda har bir talabaning nutqi 1 daqiqa 30 soniyadan oshmasligi kerak. Soʻng tayyorlangan videoni quyidagi hujjatlar bilan birga 2022-yil 21-martgacha elektron pochta manziliga yuborishi lozim:
- Ariza shakli.
- Fransuz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat (DELF B2, DALF C1-C2 yoki TCF B2-C2).
2. Nutqlarni baholash. Tashkilotchilar videolardagi nutqlarni baholab, 6 nafar ishtirokchini (3 ta jamoani) saralab oladi. Bu ishtirokchilar tanlovning keyingi bosqichi – final bosqichida qatnashadi. Barcha arizachilarga ushbu bosqich natijalari 2022-yil 24-martgacha email orqali xabar qilinadi.
3. Final bosqichi. Final bosqichi 2022-yil 30-mart kuni Toshkentda, fransuz alyansida boʻlib oʻtadi. Finalga saralab olingan 6 nafar ishtirokchi taklif etiladi. Bunda ishtirokchilar 2 nafardan boʻlib munozara qiladi: bir ishtirokchi tanlov mavzusidagi fikrni qoʻllab-quvvatlaydi, biri rad etadi. Ishtirokchilarning munozaradagi vajlari videoda keltirilgan bilan bir xil boʻlishi lozim. Munozara internetda jonli tarzda translyatsiya qilinadi. Munozara paytida turli qaydlarga qarab nutiqini soʻzlashi mumkin emas, hech narsaga qaramasdan nutq soʻzlashi kerak. Final bosqichida har bir ishtirokchining nutqi uchun 3 daqiqadan (bitta jamoa uchun jami 6 daqiqa) beriladi. Final bosqichida gʻoliblar aniqlanadi.
Nutqlar quyidagi mezonlar asosida baholanadi:
- Ogʻzaki ifoda sifati. Bu mezon ishlatilgan soʻzlar boyligi, nutq ravonligi, talaffuz kabilarni oʻz ichiga oladi.
- Vajlar sifati. Bu mezon aytilgan vajlarning ishonarli ekanligi, bildirilgan fikrlar, yondashuv, misollarning mavzuga mosligi, soʻzlarning aniqligi kabilarni oʻz ichiga oladi.
- Taqdimot. Bu mezon nutq soʻzlash vaqtida baholovchi hakamlarga nisbatan muloqot munosabati va tana harakatlarini oʻz ichiga oladi.
MUHIM: Nutq tayyorlashdan oldin tanlov nizomi
bilan batafsil tanishib chiqing (nizom fransuz tilida).
JIDUda navbatdagi frankofoniya ya’ni “Fransuz tili kuni” bayrami bo‘lib o‘tdi
2022-yil 29-aprel kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida JIDUda navbatdagi frankofoniya ya’ni «Fransuz tili kuni» bayrami bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi vakillari, xususan, madaniyat va hamkorlik bo‘yicha maslahatchisi – janob Loran Auriol, Fransiya alyansi direktori – Ahmedov Dilshod Komiljonovich va Campus France vakilllari – Maeva-Loren Godard va Belgiyaning O‘zbekistondagi faxriy konsuli – Jan-Klod Bojan ishtirok etishdi. Tadbirni universitetning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori – G.Ismoilova kirish so‘zi bilan ochib, barcha mehmonlar va talabalarni qutlab, fransuz tilining muhimligini alohida ta’kidladi. Ushbu qutlov so‘zidan so‘ng yig‘ilganlarga O‘zbekiston Respublikasi va Fransiya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligiga bag‘ishlangan videorolik namoyish etildi.Tadbir dasturi viktorina shaklida interfaol o‘yinlarga boy bo‘lib,unda talabalarning chiqishlari joy olgan bo‘lib, jonli ijrodagi an’anaviy va estrada fransuz qo‘shiqlari, an’anaviy Belgiya raqsi, Jazoir raqsi va nihoyat, zamonaviy fransuz raqsi o‘rin oldi.
Mehmonlar va barcha yig‘ilganlarga universitet talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Tur de Frans” velopoygasi haqida videorolik namoyish etildi.Yakunda janob Loran Auriol interaktiv viktorina va talabalar velopoygasi g‘oliblariga sertifikatlar topshirdi.
Tadbir yuqori saviyada o‘tdi, bu esa fransuz tiliga qaratilayotgan yuksak e’tiborning isboti bo‘ldi.
JIDUning rasmiy sayti
Manzil: 100007, Oʻzbekiston, Toshkent, Mustaqillik shoh koʻchasi, 54. Telefon: (+998 71) 267-39-50 Faks: (+998 71) 267-09-00 Email: rektorat@uwed.uz
Mualliflik asarlari va saytdagi maʼlumotlar uchun URL majburiy.
Xatolikni payqadingizmi? Bizga maʼlumot berish uchun, uni belgilab Ctrl yoki Cmd (MacOS) + Enter tugmalarini bosing.
Fransuz tili o‘qituvchilari kuni [fr] [ru]
28-noyabr kuni Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron tashabbusi bilan ilk bora tashkil etilgan Xalqaro fransuz tili o‘qituvchilari kuni O‘zbekistonda ham nishonlandi.
Ushbu bayram arafasida Fransiya elchxonasining madaniy va texnik hamkorlik bo‘limi Toshkent viloyatida faoliyat yuritayotgan fransuz tili o‘qituvchilari uchun navbatdagi malaka oshirish seminarini tashkil etdi.
Parkentdagi 9-son o‘rta umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan ushbu seminarni fransuz tilini o‘yinlar yordamida o‘qitish bo‘yicha mutaxxasis Ann-Mari Polo olib bordi. Seminar qatnashchilari fransuz tilini o‘yinlar orqali o‘qitishning yangi usullarini o‘rganib oldilar va Toshkent fransuz alyansida fransuz tili o‘qituvchilari kuniga bag‘ishlangan tadbirlar doirasida o‘z hamkasblariga bu o‘yinlarni namoyish qildilar.
Fransuz tili o’qituvchilari kuni dasturi turli xil o‘yinlarni, o‘quvchilarni ta’lim olishga rag‘batlantirish bo‘yicha konferensiyani va O‘zbekistondagi birinchi fransuz tili o‘qituvchilari uyushmasining ta‘sis yig‘ilishini o‘z ichiga oldi. Ushbu uyushma Fransuz tili o‘qituvchilarining xalqaro uyushmasiga a’zo bo‘lishi mumkin.
Kun yakunida Toshkent shahri va Toshkent viloyatining fransuz tili o‘qituvchilari Fransiya elchisi qarorgohida tashkil etilgan qabulga tashrif buyurdilar. Fransiyaning O‘zbekistondagi elchisi Izabel Servoz-Galluchchi xonim nutq so‘zlab, O‘zbekistonda o‘rta, o‘rta maxsus va oliy ta‘lim sohasida ishlaydigan 3 mingga yaqin o‘qituvchi qariyb 300 ming o‘quvchi va talabalarga fransuz tilidan saboq berishini ta‘kidladi. Jumladan O‘zbekistondagi 812 maktabda va 6 ta chet tili chuqurlashtirib o‘qitiladigan maxsus maktablarda fransuz tili o‘qitiladi. 8 ta universitetda fransuz tili yoki roman tillari kafedralari mavjud bo‘lib, ularda talabalar asosiy fan sifatida fransuz tilini o‘rganadilar, shuningdek, boshqa sohalarga ixtisoslashgan ko‘plab talabalar uni chet tili sifatida o‘rganadilar.
Bayram arafasida O‘zbekiston fransuz tili o‘qituvchilari uchun ajoyib bir xushxabar keldi. Xalqaro fransuz tili o‘qituvchilari kunini nishonlash tashkiliy qo‘mitasi tomonidan tanlab olingan 19 ta g‘olib loyihalardan biri Navoiy viloyatining Navbahor tumanidagi 13-sonli umumiy o‘rta ta‘lim maktabi fransuz tili o‘qituvchisi Doston Rahimov taqdim etgan loyiha bo‘ldi. Ushbu loyiha O‘zbekistondagi barcha fransuz tili o‘qituvchilari uchun mo‘ljallangan oylik jurnalni chop etish va tarqatishni ko‘zda tutadi.
21-fevral – Xalqaro ona tili kuni
YUNESKO tashkiloti tomonidan 21-fevral – “Xalqaro ona tili kuni” deb e’lon qilingan. Mazkur sana 2001-yildan buyon xalqaro miqyosda keng nishonlanib kelinmoqda.
Xalqaro ona tili kunining mazmun-mohiyatida har bir xalqning o‘z milliy tafakkuri, ma’naviyati, ruhiyatining o‘zagini tashkil etadigan tilga alohida muhabbatning belgisi o‘z aksini topadi. Mazkur kun ona tili bayrami sifatida nishonlanar ekan, bu bayram munosabati bilan har bir insonning o‘z Vatani va o‘z tiliga bo‘lgan muhabbati, unga bo‘lgan ehtiromi, qadrlash tuyg‘ulari yangilanadi.
XALQARO TILLAR — turli davlatlar xalqlarining aloqa vositasi bo‘lib xizmat qiladigan tillar. Tabiiy tillarga va suniy tillarga bo’linadi. Tabiiy Xalqaro tilning xalqarolik vazifasi aniq bo‘lsa-da, milliy yoki qabilaviy tillardan foydalanishga nisbatan ikkinchi darajali hisoblanadi. Sun’iy Xalqaro tilning xalqarolik vazifasi birlamchi hisoblansa-da, ular har doim ham ro‘yobga chiqmagan, chunki bunday tillarning hammasi ham millatlararo aloqa-aralashuv amaliyotida qo‘llanavermagan. Tabiiy Xalqoro til qadimda va o‘rta asrlarda mintaqaviy xarakterga ega bo‘lgan (ularning qo‘llanishi muayyan mintaqa, hudud bilan chegaralangan). Chunonchi, Qadimiy Sharq xalqlarida aloqa vositasi sifatida xitoy tili (ieroglifik shaklda), G‘arbiy Osiyoning qadimiy davlatlarida turli davrlarda shumer,akkad va oromiy tillari qo’llangan.Yunon tili ellinistik dunyoning, lotin tili esa turli tillarda so‘zlashuvchi Rim imperiyasining umumiy tili bo‘lgan. O‘rta asrlarga kelib Yaqin Sharq hududida arab va fors tillari, slavyan mamlakatlarida esa qadimiy slavyan tili Xalqoro til vazifasida qo’llana boshlagan. Yangi davrda, ma’lum ob’ektiv sabablar tufayli avvaldan saqlanib qolgan mintaqaviy Xalqoro til guruhi bilan bir qatorda dunyo miqyosida qo‘llanuvchi Xalqaro til (jahon tillari) ham paydo bo‘ldi. U yoki bu tilning Xalqaro til darajasiga ko‘tarilishi estralingvistik (siyosiy, iqtisodiy va madaniy) va lingvistik (til funksional tizimlarining rivojlanganligi, sohaviy terminologiyalarning mavjudligi va boshqa) omillar yig’indisi bilan belgilanadi. Jahon tillari soni tobora ortib bormoqda. 18-asrdan so‘ng («fransuz tili umumiy til bo‘lgan asr» deb ham nomlanadi) asta-sekin ingliz va nemis tillari, XX asrdan esa rus va boshqa bir qancha tillar jahon miqyosida qo‘llana boshladi. Xalqaro tilning xalqaroligi ularning xalqaro tashkilotlar yoki konferensiyalarning (BMT, YuNESKO) «rasmiy» yoki «ishchi» tili sifatida tan olinishi tufayli ushbu maqomda yuridik jihatdan mustahkamlanishi bilan belgilanadi (masalan, ingliz, arab, ispan, xitoy, rus, fransuz tillari BMTning rasmiy va ishchi tiilari hisoblanadi).
Xalqaro tilni ko‘p millatli davlat ichida qo‘llanuvchi, millatlararo aloqa vositasi hisoblanuvchi tillardan farqlash kerak. Ba’zi tillar ham xalqaro, ham millatlararo til sifatida qo‘llanishi mumkin (masalan, rus va xitoy tillari). Sun’iy Xalqaro til deganda aloqa-aralashuv uchun maxsus shakllantirilgan yasama kommunikativ tizimlar tushuniladi.Lotin tilining xalqarolik vazifasi susayishi munosabati bilan XVII asrdan boshlab sun’iy tillarning ko‘plab loyihalari paydo bo‘la boshladi. 1629-yilda fransuz faylasufi R.Dekart lingvoloyihalash nazariyasiga asos soldi. XVII-XIX asrlarda sun’iy tillarni yaratuvchilar ko‘pincha tabiiy tillarni nomukammal tillar sifatila tanqid qilib, sun’iy tillarni tabiiy tillarga almashtirilishi zarur bo’lgan universal tillar deb baholaganlar. XVIII asr o‘rtalarida xalqaro aloqaniing maxsuslashgan vositasi hisoblangan va tabiiy tillar bilan yonma-yon mavjud bo‘lgan sun’iy tilning yordamchilik, vositachilik xususiyati haqida tasavvur shakllandi. 1879-yilda yaratilgan volapyuk ham og‘zaki, ham badiiy ijod sohasidagi aloqa doirasida qo‘llangan dastlabki sun’iy tildir. 1884-89-yillarda volapyuk tarafdorlarining 3 ta xalqaro konferensiyasi o‘tkazilgan,unda dunyoning turli mamlakatlarida bir necha o‘nlab gazeta va jurnallar nashr etilgan bo‘lsa-da, bu harakatlar uzoq davom etmadi. Faqat esperantogina (1887-yilda yaratilgan) keng ommalashib, unda ko‘p kishilar so‘zlashadigan bo‘ldi. Shunday bo‘lsa-da, esperanto har doim tor doiralagi yordamchi, ikkilamchi til syfatida qo‘llangan. Sun’iy tillardan ido (1907), oksidental (1921-22) va interlingva (1951) ham u qadar muvaffaqiyat qozonmay, tor kommunikativ doirada qo‘llanib kelmoqda. Lekin mazkur suniy Xalqaro tilning barchasi g‘arbiy tillar materiallari negizida shakllangan bo‘lib, sharq tillari uchun begona hisoblanadi.
21-fevral – Butunjahon ekskursovodlar kuni
Bugungi kunda gidlar vazifasini o‘qimishlilar ayrim xollarda esa ilmiy darajasi yuqori kishilar bajarishmoqda. 21-fevralni bugungi kunda dunyo shaharlarining ko‘pchiligi – ayniqsa, turizm markazi hisoblanganlari – Butunjahon ekskursovodlar kunini nishonlaydilar. Bu kasb qachon paydo bo‘lganini aniq aytish qiyin, ammo u davlatlararo aloqalar paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. Odamlar turli shahar va davlatlarga sayohatlar uyushtira boshlaganlaridan so‘ng ular gidlar yordamisiz harakatlanishga qiynalishgan.
O‘tgan asrning o‘rtalarida tarixni yaxshi bilgan o‘qimishli har bir kishi o‘zini ekskursovod deb hisoblagan. Bu yo‘nalishda ilgari asosan tarixchilar, filologlar va shunga tegishli fakultet talabalari ishlashgan. Lekin XX-asrning 70-yillarida ekskursovodlarga bo‘lgan talab oshdi va maxsus tayyorgarlik darajasiga ega bo‘lgan kishilargina ekskursovod nomi bilan atala boshlandi. Xozirgi kunda dunyoda”Turizm”ga ixtisoslashgan bir necha oliy o‘quv yurtlarida ekskursovodlar tayyorlanadi. Oliy ma’lumotli kishilar bu ish bilan shug‘ullanishgan, ularga qshyilgan talablar esa quyidagilardan iborat edi: to‘g‘ri nutq va psixologiya negizi bilimlari. Ekskursovodlar kuniga bag‘ishlangan bayramda turli shaharlarda xilma-xil tadbirlar o‘tkaziladi. Latviya ittifoqi hamma talabgorlarga Riga bo‘ylab bepul ekskursiyalar uyushtirishadi, Arab Amirliklarida esa bu bayram munosabati bilan dunyo bo‘yicha eng chiroyli hisoblangan masjidni ko‘rib chiqish imkoniyatini yaratilgan. Rossiyada ham turistik soha vakillari bu bayramni nishonlashadi. Bayram munosabati bilan odatda, forum va seminarlar bo‘lib o‘tadi, mutaxassislar o‘zlarining bilim va malakalari, o‘z sohalari yutuqlari bilan fikr almashishadi. Ko‘pchilik ekskursovodlar yana bir katta bayram – 18may Xalqaro muzeylar kunini ham nishonlaydilar.
21-fevral – Bremenda Samba karnavali
21 fevral (2014 yil uchun sana) Bremenda Samba karnavali o‘tkaziladi. «Bremer Karnaval” – Bu Germaniyadagi yirik samba musiqa karnavalidir. Samba karnavali bu –otashin musiqali va serharakat braziliya raqsining yorqin tomoshasidir. Butun Germaniyadan raqqoslar ushbu ko‘cha karnavalida ishtirok etish uchun, minglab sayyohlar esa ushbu yorqin bayramni tomosha qilish uchun tashrif buyurishadi.
Bremen bu Germaniyaning qadimiy va tarixiy shahri bo‘lib, bu yerda ko‘plab yodgorliklar, muzeylar, gavjum shahar hayoti mavjud, biroq uning eng ajralib turadigan jihati bu har yili an’anaviy ravishda fevral oyida ikki bo‘lib o‘tadigan samba karnavalidir.
Samba – Yevropada XX asrda paydo bo‘lgan, biroq ikkinchi jahon urushidan keyingina mashhur bo‘lgan braziliya raqsi. Samba musiqasi marakami va do‘mbira ijrosida paydo bo‘ladigan o‘ziga xos ritmga ega.Bugun ushbu serharakat ritmli braziliya raqsi nafaqat zamonaviy Bal dasturlariga balki raqs ixlosmandlarining kundalik hayotiga kirib ulgurgan. Bremen karnavali tarixi chorak asrni tashkil etadi. U 1985-yili mahalliy musiqa maktabi samba klubi tashabbusi bilan braziliya musiqasi va raqsi bayrami o‘tkazilgan paytda paydo bo‘lgan.
Otashin samba ixlosmandlari o‘zlarining ko‘cha festivali bayramlarini o‘tkazishgan, bu bayram bir necha yil ichida shahar aholisining mehrini qozonib, hammaga manzur bo‘lganidan keyin, uni ana’anaviy har yili Bremen hokimiyati qo‘llab-quvvatlashi bilan o‘tkaziladigan bo‘ldi.
Karnaval bolalarning chiqishlari bilan boshlanadi. Bir necha yil ichida bu brazilcha kecha tezda haqiqiy karnavalga aylandi, samba sadolari uni hech qachon tark etmaydi.
Yildan-yilga uning ishtirokchilari soni ortib bormoqda, bular yana paydo bo‘lgan samba klublari raqqoslari, zarbli va duxovoy orkestrlar, teatr jamoalari, va Bremenlik, Germaniyaning boshqa viloyatlaridan va qo‘shni davlatlardan shunchaki xohlovchilardir.
Shimoliy Germaniya jo‘shqinligi bilan mashhur bo‘lmasada, karnaval shaharda hursandchilik qila olishlarini isbotlab turadi. Vazmin shaharliklar bayram kostyumlarni kiyib o‘zlarini raqs ixtiyoriga topshirishadi. Germaniyadagi eng katta samba karnavalining baraban musiqasi va maskarad raqslari shaharni larzaga soladi. Karnaval payti Bremen shahri aholisi va mehmonlari qanday telbaliklarga qodirligini tassavvur ham qilmaysiz.Bayramga tayyorgarlik o‘z ishiga puxta bo‘lgan nemislarda 11-noyabr roppa-rosa saot 11 dan 11 minut o‘tganda boshlanadi. Bu Bremen karnavaliga harakatlar boshlanishini o‘ziga xos ochilishidir. Ushbu kunda karnaval uyushmasi kelgusi karnaval dasturini, ishtirokchilar sonini, chiqishlarni va boshqalarni muhokama qilishadi.Karnavalning boshlanishidan avval ko‘pgina do‘konlarda kostyum, taqinchoqlar va grim sotishadi. Maxsus “birlashma” va “guruhlar” hazilkashlik bilan musiqa mashq qilishadi, hazillar yozishadi va kostyumlar o‘ylab topishadi.Karnavalning o‘zi juma kuni boshlanadi. U maskarad kostyumi kiygan bolalarning shahar markaziga tantanali yurishi, yosh musiqachi va raqqoslarning chiqishlaridan boshlanadi. Keyin esa tashabbusni kattalar qo‘lga olishadi.Ular uchun erta tongdan kechgacha samba yangraydi va raqs maydonchalari tayyorlashadi. Kechki payt esa shaharning bir necha ochiq maydonlarida samba guruhlarining chiqishlari va bellashuvlari bo‘lib o‘tadi. Har yili karnaval mavzusi o‘zgaradi, biroq samba ritmi va festivalning yorqin ranglari har doim qoladi. Kelgusi kuni katta ko‘cha paradi tashkil qilinib, unda ulkan qo‘g‘irchoqlar, rang-barang bayram liboslar, fantastik dekoratsiyalar tiklangan platformalar ya’ni “hayvonlar karnavali”, keyin esa barabanchilar bellashuvi bo‘lib o‘tadi.Kechki dastur klublarda va ochiq havoda bo‘lib o‘tadigan raqs kechalaridan iborat. Tunda esa aql bovar qilmas kostyumlarda ballar bo‘lib o‘tadi. Bu hammasi restoran va ko‘ngil ochar joylarda brazilcha musiqaga otashin raqslar bilan yakunlanadi. Qisman xursandchilik ko‘chalarga tarqalib yasanib olganlar tabiiy jarayonga aylanadi. Bremendagi samba karnavali bu – haqiqiy tentaklik, bunda shahar aholisi va mehmonlari masxaraboz va hayvon ko‘rinishlariga kirib, chin yurakdan xursandchilik qilish uchun Bremenko‘chalarida yog‘ilib ketishadi.Ha aytganday, nemislar faqat xursandchilik emas, yaxshigina mehmon ham qilishadi. An’anaviy ravishda bayramda dasturxoniga sosiska, toblab pishirilgan go‘sht, karam tortiladi. Har yili karnaval mavzusi o‘zgaradi, biroq samba ritmi va festivalning yorqin ranglari har doim qoladi.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo’lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma’muriga xabarnoma jo’nating.