Fransuz tili tarixi
Abduvohid HAYIT
Fransuz tili tarixi
RUSTAMOV DILSHODBEK ABDUVAHIDOVICH
Fakulteti dekani. Filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Telefon: 0(374) 223-42-76
E-pochta: xorijiy@adu
Qabul kunlari: Har kuni
Fakultet dekani biografiyasi:
- 2005-2009 yy. – Andijon davlat tillar pedagogika instituti talabasi.
- 2009-2011 yy. – Toshkent davlat pedagogika universiteti magistranti.
- 2011-2015 yy. – Andijon davlat universiteti ingliz tili va adabiyoti kafedrasi oʻqituvchisi.
- 2015–2016 yy. – Andijon davlat universiteti fakultetlararo chet tillari kafedrasi oʻqituvchisi.
- 2016-2018 yy. – Andijon davlat universiteti tayanch doktoranti.
- 2018-2018 yy. – Andijon davlat universiteti ingliz tili va adabiyoti kafedrasi mudiri v.b.
- 2018 -2019 – Andijon davlat universiteti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti.
- 2019- 2020 – Andijon davlat universiteti “Fakultetlararo chet tillar (aniq va tabiiy fanlar)” kafedrasi mudiri
- 2020-yil 2-oktyabrdan Andijon davlat universiteti chet tillar fakulteti dekani
KARIMOV KAMOLIDDIN NASRIDINOVICH
O’quv ishlari bo’yicha dekan o’rinbosari
Telefon: +998742234027
E-pochta: king230680@gmail
MATQULOV HOSILBEK MAVLONOVICH
Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari
Telefon: +998742234027
E-pochta: matqulov78@mail
AHUNOV MUQIMJON MUHAMMADAMINOVICH
O’quv ishlari bo’yicha dekan o’rinbosari
Telefon: +998742234027
E-pochta: xorijiy@adu
POZILOV MA’MIRJON SOBIROVICH
O’quv ishlari bo’yicha dekan o’rinbosari
Telefon: +998742234027
E-pochta: 205boss_205@mail
ATABOYEV AHADJON JUMAQO’ZIYEVCIH
O’quv ishlari bo’yicha dekan o’rinbosari
Telefon: +998742234027
E-pochta: ataboyev.87@bk
MATTIYEV ABDULAZIZ OKTYABRJON O’G’LI
Axborot texnologiyalari bo’yicha dekan o’rinbosari
Telefon: +998742234027
E-pochta: adu_02_07@mail
Andijon davlat universiteti chet tillar fakulteti uzoq tarixga ega. 1963-yil 1-sentyabrda Andijon pedagogika instituti tarix-filologiya fakulteti tarkibida ingliz va nemis tillaridan pedagog mutaxassislar tayyorlash boʻlimi ochilgan. 1966-yildan boshlab Andijon davlat tillar pedagogika instituti tashkil topdi. Ushbu ilm dargohiga turli yillarda quyidagi professor-oʻqituvchilar rahbarlik qilgan. Xususan, M.E.Habibov (1966-1978), X.Azimov (1978-1983), M.E.Umarxoʻjayev (1983-2000)larning mehnatlari bilan institut mamlakatda yetakchi chet tili mutaxassislarini tayyorlovchi dargohga aylangan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 30-avgustdagi “Andijon davlat universitetida kadrlar tayyorlash tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 192-sonli qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2010-yil 3-sentyabrdagi 341-sonli buyrugʻi bilan Andijon davlat tillar pedagogika instituti negizida Andijon davlat universiteti chet tillar fakulteti tashkil etildi.
Yarim asrlik davrda ushbu ilm dargohida ingliz, nemis, fransuz, rus, shuningdek, fors, arab, hind, turk tillari boʻyicha mutaxassislar tayyorlanib, ular umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar, oliy taʼlim muassasalari va taʼlim tizimidagi turli institutlarda oʻqituvchi, ilmiy xodim, tarjimon sifatida faoliyat koʻrsatmoqdalar.
2020-yil oktabr oyidan boshlab fakultet dekani sifatida filologiya fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent Rustamov Dilshodbek Abduvoxidovich faoliyat yuritib kelmoqda.
Fakultetda 7 ta kafedra ish olib borib, ularda 200 nafardan ortiq professor-oʻqituvchilar ishlab kelmoqda. Ulardan 2 nafari fan doktori, professorlar, 24 nafari fan nomzodi, dotsentlardir.
Chet tillar fakulteti qoshida faoliyat olib borayotgan kafedralar:
• Nemis tili va adabiyoti;
• Fransuz tili va adabiyoti;
• Ingliz tili va adabiyoti;
• Ingliz tili grammatikasi;
• Ingliz tili fonetikasi;
• Fakultetlararo chet tillar (aniq va tabiiy fanlar);
• Fakultetlararo chet tillar (ijtimoiy-gumanitar fanlar).
Fakultetda talabalar quyidagi yoʻnalishlarda tahsil oladilar:
5111400 – ingliz tili va adabiyoti yoʻnalishi (kunduzgi)
5111401- nemis tili va adabiyoti yoʻnalishi (kunduzgi)
5111402- fransuz tili va adabiyoti yoʻnalishi (kunduzgi)
5611500 – gid hamroxligi va tarjimonlik faoliyati (tillar boʻyicha)
5A111401- ingliz tili va adabiyoti yoʻnalishi (Magistratura)
Fakultetning ingliz tili va adabiyoti yoʻnalishida 2000 nafardan ziyod, nemis tili va adabiyoti yoʻnalishida 150 nafar va fransuz tili va adabiyoti yoʻnalishida 120 nafardan ziyod talabalar tahsil olib kelmoqdalar. Fakultetda xar yili talabalar turli tanlovlarda ishtirok etib koʻp yutuqlarni qoʻlga kiritib kelmoqdalar. Jumladan, har yili talabalarimiz “Navoiy” nomidagi davlat stipendiyasi sohibi hamda turli Respublika va xalqaro fan olimpiadalarining sovrindorlari sifati eʼtirof etilmoqda.
Shuningdek, fakultetda Andijon lugʻatshunoslik va tarjimashunoslik amaliy-ilmiy innovatsion markazi (ALTAIIM) ham faliyat olib bormoqda.
O’zbеkistоndа fаоliyat ko’rsаtаyotgаn xоrij mаmlаkаtlаri elchixоnаlаri bilаn аlоqа o’rnаtilgаn.
O’zbеkistоndаgi Frаnsiya elchixоnаsining Viktоr Gugо nоmli mаdаniyat mаrkаzi, Gеrmаniya elchixоnаsining DAAD tаshkilоti, Gyotе instituti filiаli, Аngliya elchixоnаsining Britаniya Kеngаshi shulаr jumlаsidаndir.
2016 – 2017 yillarda 4 nafar yosh mutahassislik Angliyaning Hopbur til o’rgatish institutida, bir nafar o’qituvch AQSHda, 1 nafari Fransiyada malaka oshirib qaytidillar. Ikki nafar katta ilmiy hodimlar Italiyaning Piza universitetida ilmiy stajirofkada boldilar.
FAKULTET KAFEDRALARI
INGLIZ TILI VA ADABIYOTI KAFEDRASI
VOSITOV VALIJON ABDUVAHOBOVICH
Kafedra mudiri. Filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Telefon: 0(374) 223-42-76
E-pochta: xorijiy@adu
Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi ingliz adabiyoti tarixi, tarjima nazariyasi va amaliyoti, sinxron va izchil tarjima, til amaliyoti, chet (ingliz) tili fanlari boʻyicha nazariy va amaliy mashgʻulotlar olib boradi.
Kafedra universitet tarkibida fanlar boʻyicha oʻquv uslubiy va ilmiy-uslubiy ishlarni amalga oshiruvchi, shuningdek, ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlovchi, ularning malakasini oshiruvchi asosiy tarmoq hisoblanadi.
Kafedra tashkil etilgandan buyon unga filologiya fanlari nomzodi, dotsent M.A.Abduvaliyev (1996-1998, 2010-2015 yy), filologiya vanlari doktori, professor Gʻ.M.Xoshimov (1998-2005 yy), filologiya fanlari doktori, professor K.J.Joʻrayev (2005-2007yy), filologiya fanlari nomzodi, dotsent T.B.Umirzaqov (2007-2008 yy), katta oʻqituvchi B.T.Jalilov (2008-2009 yy), filologiya fanlari nomzodi, dotsent S.O.Solijonov (2009-2010 yy), lar rahbarlik qildilar.
Hozirda Ingliz tili va adabiyoti kafedrasiga filologiya fanlari nomzodi, dotsent Vositov Valijon Abduvaxobovich rahbarlik qilmoqda.
Kafedrada 34 nafar professor-oʻqituvchilar faoliyat koʻrsatadi. Ulardan 4 nafari daraja va unvonlarga ega. Kafedra professor-oʻqituvchilarining 11 nafari katta oʻqituvchi, 17 ta assistent oʻqituvchi lavozimlarida ishlaydi.
Kafedra ilmiy salohiyati 11.1% ni tashkil etadi. Kafedra professor-oʻqituvchilarining oʻrtacha yoshi 36.5 ni tashkil etadi. Kafedra professor-oʻqituvchilari 14 fandan talabalarga tahsil berib kelmoqda.
Iqtidorli talabalar bilan alohida mashgʻulotlar oʻtish maqsadida “Yosh adabiyotchi” toʻgaragi tashkil etilgan. Toʻgarakda talabalarni inglizzabon mamalakatlar (Angliya va Amerika) adabiyoti tarixiga doir badiiy adabiyotlar bilan tanishtirish va keng ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishlari uchun yoʻnaltiriladi.
INGLIZ TILI GRAMMATIKASI KAFEDRASI
XOSHIMOV G’ANIJON MIRZAAHMEDOVICH
Kafedra mudiri. Filologiya fanlari doktori.
Telefon: +998 90 528 18 81
E-pochta: xorijiy@adu
“Ingliz tili grammatikasi” kafedrasi bakalavr malakaviy darajasi 5111400 – xorijiy tillar va adabiyoti (ingliz tili) bo’yicha malakali mutaxasislar tayyorlash soxasida faoliyat olib bormoqda.
Kafedraning mutaxassislar tarkibi ilmiy salohiyati, kasb mahorati, malakaviy darajasi xalqaro andozalar talablariga shuningdek, O’zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va “Ta’lim to’g’risidagi Qonun” talablari darajasida mutaxasislar tayyorlashga yo’naltirilgan.
Kafedra 2018-yilda “Ingliz tili grammatikasi” kafedrasi nomi bilan tashkil topgan. Kafedrani filologiya fanlari doktori, professor G.M.Hoshimov boshqaradi. 2020/2021 o’quv yilida kafedra tarkibida 23 nafar professor-o’qituvchilar faoliyat yuritmoqda. Ulardan 1 nafari fan doktori, 6 nafari katta o’qituvchi, 16 nafari o’qituvchilardir
Kafedra Buyuk Britaniyaning O’zbekistondagi elchixonasi hamda O’zbekistonning ko’plab oliy o’quv yurtlari bilan uzviy aloqa o’rnatgan. Kafedra professor-o’qituvchilaridan aksariyati Buyuk Britaniyaning hamda boshqa mamlakatlarning nufuzli oliygohlarida malaka oshirib qaytgan.
Kafedra qоshida “Yosh grammatikachilar”, “Сreative writers”, “Fluent speakers”, “Curious readers” ilmiy-amaliy to’garaklari faoliyat yuritib kelmoqda. To’garaklarda 100 dan ortiq talabalar ilmiy tadqiqot ishlariga yo’naltirilmoqda. Ularga 18 nafar tajribali professor-o’qituvchilar qo’shimcha dars mashg’ulotlarini o’tib, fan olimpiadalariga tayyorlaydilar, ilmiy tadqiqot ishlariga yo’nalitirib boradilar.
INGLIZ TILI FONETIKASI KAFEDRASI
SOLIJONOV SOBIR OTAXONOVICH
Kafedra mudiri. Filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Telefon: 0(374) 223-42-76
E-pochta: xorijiy@adu
Ushbu kafedra 1991-yilda tashkil topgan boʻlib, dastlab “Ingliz tili leksikasi va stilistikasi” deb nomlangan. Kafedraga 2017-yildan boshlab hozirgi paytgacha kafedraga filologiya fanlari nomzodi, dotsent S.O.Solijonov mudirlik qilib kelmoqda.
Oʻquv-uslubiy ishlar
Kafedrada 28 ta oʻqituvchi asosiy shtatda ishlaydi, shulardan 2 ta fan nomzodi, 2 ta f.f.f.d (PhD), (2 ta dotsent).
Kafedrada “Oʻrganilayotgan til stilistikasi”, “Oʻrganilayotgan til leksikologiyasi”, “Ingliz tili nazariy fonetikasi”, “Amaliy fonetika”, “Oʻqish va yozish amaliyoti”, “Til aspektlari amaliyoti”, “Integrallashgan til koʻnikmalari”, “Kommunikativ leksika”, “Xorijiy OAV tili”, “Oʻlkashunoslik”, “Tili oʻrganilayotgan mamlakat tarixi va madaniyati” va boshqa mutaxassislik fanlaridan maʼruza, amaliy va seminar mashgʻulotlari olib boriladi.
Kafedra aʼzolari kafedra tasarrufidagi 1-4 kurslarda 21 ta fan boʻyicha mashgʻulotlar olib boradilar va ularning amaliyotlariga rahbarlik qiladilar.
Ilmiy tadqiqot ishlari
Ingliz tili fonetikasi kafedrasining ilmiy-tadqiqot faoliyatidagi ustuvor yoʻnalishlaridan biri Ingliz tilining stilistikasi, leksikologiyasi, fonetikasi va madaniyatlararo muloqot madaniyatini oʻrganish, tadqiq qilish hamda chogʻishtirishdan iboratdir. Bugungi kunda kafedra ilmiy salohiyati 16 foizni tashkil etmoqda. Kafedra doktoranti M.Qurbonovning f.f.f.d (PhD) boʻyicha doktorlik dissertatsiyasi himoyasi kutilmoqda.
2020-yilda kafedra professor-oʻqituvchilari tomonidan 3 ta oʻquv (uslubiy) qoʻllanma nashrga ruxsat berilgan boʻlsa, 12 ta ilmiy maqolalar va 80 dan ortiq tezislar nashrdan chiqarilgan. Ilmiy maqolalarning 6 tasi impakt faktorga ega ilmiy jurnallarda, 2 tasi xalqaro ilmiy jurnallarda, 2 tasi OAK roʻyxatidagi ilmiy jurnallarda va 2 tasi respublikada roʻyxatdan oʻtgan ilmiy jurnallarda nashr qilingan boʻlsa, tezislarining 55 tasi xalqaro va 25 tasi respublika miqyosida oʻtkazilgan ilmiy-amaliy anjuman materiallar toʻplami hisoblanadi.
Kafedra aʼzolaridan 2 nafari 2020-yilda amalga oshirilgan innovatsion loyixalarda qatnashmoqda. Filologiya fanlari nomzodi, dotsent Solijonov Sobirjon 2020-yilda Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan eʼlon qilingan tanlovda gʻolib boʻlgan va tasdiqlangan “Sunʼiy ong platformalari uchun elektron lugʻat va matn tarjimoni dasturiy mahsulotini yaratish”. Amaliy loyixa (Ijtimoiy-gumanitar fanlar yoʻnalishi boʻyicha (Filologiya) loyihasida ishtirok etmoqda. Ushbu loyiha 2020-yil boshlanib, 2022-yilda yakunlanadi.
Kafedraning yana bir aʼzosi dotsent Xoʻjayeva Raʼno Mutallibovna 2020-2022-yillarga moʻljallangan “FZ-201912099 Oʻzbek folklorining oʻzbek va ingliz tillaridagi veb-sayti va multimedia mahsulotlarini yaratish” va “Kodeks Kummanikus“ kulyozmasining elektron izoxli matni va lugatini yaratish” loyihalarida ishtirok etmoqda.
Kafedra oʻqituvchisi G.Mamadaliyeva AQSH Davlat Departamenti tomonidan ajratilgan ”Faculty Enrichment Program” dasturi doirasida 26 ming AQSH dollar qiymatida grantni qoʻlga kiritdi. Natijada, grant doirasida 2020-2021-yillar davrida universitet professor-oʻqituvchilarining kasbiy mahoratini oshirish, xorijiy pedagogik talim texnologiyalarini oʻrganish, talimdagi mavjud muammo va vazifalarga yechim topishda xorijiy tajriba almashinuvi kabi ishlar amalga oshiriladi.
Kafedraning hamkorlik aloqalari
2020-yilda kafedraning ilmiy yoʻnalishidagi xalqaro aloqalari Italiyaning Piza universiteti, Turkiyaning TDTKB – Türk Dil Tarih Kültür Birliği markazi, Rossiyaning Moskva davlat lingvistik universiteti, Buyuk Britaniyaning Xalqaro Lingvistika Akademiyasi, Angliyaning Kembridj universiteti, Angliyaning Norvich til oʻqitish instituti, Amerika Qoʻshma Shtatlarining “American English E-Teacher” dasturi “TESOL Methodology course” kursi, Xindistoning “Master Mind Publik School” va “SHIVALIK VIDYAVALA” maktablari bilan hamkorlik aloqalari oʻrnatildi va xozirga qadar olib borilmoqda.
Kafedra doktoranti M.Qurbanovga Piza universiteti Lingvistika, filologiya va adabiyot departamenti professori Mirko Tovasanis (Mirko Tavosanis), Turk tili tarixi va madaniyat birligi (TDTKB – Türk Dil Tarih Kültür Birliği) markazi oʻqituvchisi Sefer Eraslan (Sefar Eraslan) va Moskva davlat lingvistika universiteti professori Olga Irisxanova ingliz (italyan), turk va rus tillaridan ilmiy maslahatchilik qilib kelmoqda. Natijada, xammualiflikda olib borayotgan ilmiy izlanishlari natijasida xozirga qadar jami 5 ta ilmiy maqolalar tayyorlanib, ular kelgusida xorijdagi va mahalliy ilmiy jurnallarga chop etish uchun taqdim qilindi.
NEMIS TILI VA ADABIYOTI KAFEDRASI
UMARXO’JAEV MUXTOR ESHONXO’JAEVICH
Kafedra mudiri. Filologiya fanlari doktori, professor.
Telefon: 0(374) 223-42-76
E-pochta: xorijiy@adu
1966 yili Andijon davlat tillar pedagogika instituti tashkil etilishi bilan chet tillar fakulteti qoshida nemis tili kafedrasi tashkil etildi va kafedraga M.T.To’xtaev mudir etib tayinlandi. Kafedraga 1996 yildan boshlab filologiya fanlari nomzodi, dotsent Q.N. Nazarov va 2010 yildan professor M.E. Umarxo’jaev mudirlik qilib kelmoqda.
O’quv-uslubiy ishlar
Hozirda bu kafedrada 1 nafar fan doktori, professor, 7 nafar katta o’qituvchi va 9 nafar o’qituvchi nazariy va amaliy mashg’ulotlarini olib bormoqda. Kafedra professor-o’qituvchilari Nemis tili va adabiyoti yo‘nalishi talabalariga 14 ta fandan: Til ko‘nikmalari integratsiyasi, O‘qish va yozish amaliyoti, Til aspektlari amaliyoti, Amaliy fonetika, Amaliy grammatika, Tili o‘rganilayotgan mamlakatlar adabiyoti tarixi, Mamlakatshunoslik, Stilistika va matn tahlili, Leksikologiya, Nemis va ona tili qiyosiy tipologiyasi, Nemis tili stilistikasi, Tarjima nazariyasi va amaliyoti, Nemis tili nazariy grammatikasi, Nemis tili nazariy fonetikasi fanlaridan saboq berib kelmoqdalar.
Kafedra ilmiy faoliyati
Kafedrada professor M.E.Umarxo’jaev rahbarligida ilmiy maktab faoliyat olib bormoqda. Filologiya fanlari doktori, professor Muxtor Eshonxo’jaevich Umarxo’jaev 1995 yildan Rossiya ijtimoiy fanlar Akademiyasining a’zosi, 2007 yildan Germaniyaning Leyptsig universiteti translatologiya instituti faxriy professori. M.E.Umarxo’jaev yosh avlodni tarbiyalash, ulardan ilmiy kadrlar yetishtirish ishlariga munosib rahbarlik qilib kelmoqda. Shu bilan bir paytda munosib shogirdlar ham tayyorladi, shogirdlari filologiya fanlari nomzodi, dotsent E.Jo’raev, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Q.Nazarov, professor Z.Zokirova, falsafa doktori (PhD) J.Egamberdiyevlardir. Bu ro’yxatni yana davom ettirish mumkin. Jumladan, xozirda kafedra o’qituvchilari N.Qodirova “Xushomad ma’nosini ifodalovchi turg’un so’z birikmalari va ularning lingvistik tahlili” va O.Azamov “Zoonim komponentli frazeologizmlar va ularning tarjima muammolari” mavzulari bo’yicha doktorlik dissertatsiyalari ustida ish olib bormoqdalar.
Prof. M.E. Umarxo’jaevning 2010 yilda “Umumiy tilshunoslik” va “Olmon tili leksikologiyasi va frazeologiyasi” nomli o’quv qo’llanmalari ham nashrdan chiqdi. Professor M.E. Umarxo’jaev tomonidan yaratilgan “Ming bor eshitgandan bir bor ko’rgan afzal” (2014) nomli nemischa-inglizcha-o’zbekcha tasvirli tematik lug’atdan Respublika miqyosida qo’llanib kelinmoqda. Katta o’qituvchi I. Jabborov bilan hammualliflikda tarjima qilingan “Gyote va islom” risolasi “Islom” sayti tomonidan e’lon qilingan tanlovda ishtirok etib, g’oliblikni qo’lga kiritdi va munosib taqdirlandi. “Diniy atamalar izohli lug’ati” o’zbek lug’atshunosligida yangi sahifani ochib berdi.
Kafedrada 2017-2021 yillarga mo’llallangan quyidagi ustuvor ilmiy yo’nalishlar bo’yicha ilmiy va uslubiy ishlar olib boriladi:
- umumiy tilshunoslik
- tarjimashunoslik
- lug’atshunoslik.
Kafedra qoshidagi to’garaklar
Kafedrada “Yosh tarjimon” to’garagi faoliyat olib boradi. To’garakda talabalar og’zaki va yozma tarjima ko’nikmalarini rivojlantiradilar, nemis va o’zbek adiblari qalamiga mansub badiiy asarlardan tarjimalar qiladilar. To’garakka kafedra katta o’qituvchisi O.Azamov rahbarlik qilib kelmoqda.
Nemis tili va adabiyoti ta’lim yo’nalishida jami 148 nafar talabalar tahsil olishadi. Hozirda 1, 2, 3 va 4-bosqich talabalari orasidan 15 nafar iqtidorli talabalar kafedra professor-o’qituvchilariga biriktirilgan. Ular o’zlarining maqola va tezislari bilan Respublika va xalqaro ilmiy anjumanlarida faol ishtirok etib kelmoqdalar.
Grantlar va loyihalar
Professor M.E.Umarxo’jaev tomonidan ishlab chiqilgan “Tarjimashunoslik va lug’atshunoslik innovatsiya markazini tashkil etish asosida lug’at va matn tarjimoni intellektual platformasini yaratish” loyihasiga O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan 6 mlrd so’m grant mablag’lari ajratildi. Loyiha 2020-2023 yillar davomida amlaga oshirilib, ushbu loyihadan ko’zlangan asosiy maqsad va vazifalar Respublikamiz oliy o’quv yurtlari, barcha turdagi ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot muassasalari uchun: xorijiy o’quv va ilmiy adabiyotlarni xorijiy tillardan o’zbek tiliga tarjima qilish va bu jarayonni avtomatlashtirish uchun elektron matn tarjimoni yaratish; soxa mutaxassislari va talabalar uchun zamonaviy fan-texnika taraqqiyoti aks ettirilgan soxaga ixtisoslashgan ikki va ko’p tillik turli tipdagi terminologik o’quv va tarjima elektron va bosma lug’atlar tuzish, ularni chop etish uchun nashriyot va bosmaxona ishini yo’lga qo’yish; jahondagi nufuzli ilmiy jurnallarda dolzarb mavzular yoritilgan maqolalar hamda rivojlangan xorijiy davlatlar ta’lim tizimiga joriy qilingan o’quv va ilmiy-texnik adabiyotlar axborot-taxlil monitoringi olib borish va “Tezkor ilmiy xabarnoma” byulleteni nashr etish va boshqalardan iborat.
Kafedraning halqaro hamkorlik faoliyati
Kafedraning ilmiy va o’quv sohalarida Respublikamizning yetakchi OTMlari Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, O’zbekiston Jahon tillari universiteti, Farg’ona davlat universiteti, Xorijiy ta’lim muassaslari va ilmiy markazlaridan Germaniyaning Gyote Instituti, Germaniya Akademik Almashinuv Xizmati, Leyptsig universiteti, Bonn universiteti, Erfurt universitetlari bilan hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’ygan. SHuningdek yaqin vaqt ichida jahondagi yetakchi tarjimashunoslik markazlari «Xalqaro tarjimonlar uyushmasi (FIT)», «Yozma va og’zaki tarjimonlar institutlari doimiy xalqaro koferentsiyasi (CIUTI)», «Yozma va og’zaki tarjimonlar xalqaro assotsiatsiyasi (IAPTI)» va Germaniyaning Friedrich-Alexander- Universität Erlangen-Nürnberg, Universität Hildesheim, Frantsiyaning Universite de Lorraine lug’atshunoslik markazlari hamda lug’atshunoslikka ixtisoslashgan «DUDEN», «F.A.Vgoskhaus», «Oxford University Press», «Cambridge University Press» kabi yetakchi nashriyot uylari bilan maqsadli ilmiy-amaliy hamkorlik yo’lga qo’yish rejalashtirilgan.
FRANSUZ TILI VA ADABIYOTI KAFEDRASI
Fransuz tiliga o‘tgan turkiy so‘z tarixi
Tartar (tartare) – fransuz restoranlari taomnomasida alohida o‘rin egallagan yemaklardan biri. Bu taomning o‘ziga xos asosiy jihati – pishmagan, ya’ni xom go‘shtdan tayyorlanadi. Odatda, yumshoq lahm go‘sht juda mayda to‘g‘ralib, unga limon suvi, xantal (gorchitsa), tuxum sarig‘i, o‘simlik yog‘i, turli ko‘kat va ziravorlar qo‘shib aralashtiriladi, sovuq holatida qoq non (suxari) va ko‘katlar bilan dasturxonga tortiladi.
Ilgari tartar asosan mol yoki ot etidan qilingan, hozir esa tuna balig‘i, qizil baliq (losos) dan ham tayyorlanib, “tuna tartari” (“tartare de thon”), “qizil baliq tartari” (“tartare de saumon”) deb ataladi. Xom go‘sht demasa, masalliqlari, tayyorlash uslubiga ko‘ra tartar mutlaqo fransuzcha ovqat.
Fransuz lug‘atlarida “tartare” – aslida “tatar”, ya’ni turkiy qavm nomining Ovro‘pa tillariga noto‘g‘ri ko‘chgan shakli ekani aytiladi. Oltin O‘rda va undan keyingi davrlarda turkiy xalqlar yashagan hududlarga nisbatan Ovro‘pada – Tartariya (Tartarie) deyilgan, “tatar” (“tartare”) deganda esa barcha turkiy qavmlar tushunilgan.
Xo‘sh, Oltin O‘rda davrida turkiy xalqlarning pishmagan etdan yemak tayyorlash odati bo‘lganmi, nega fransuz taomiga bunday nom berilgan? Aslida, bu taom tarixi xunlarga, balki undan ham oldingi davrlarga borib taqaladi, deyish mumkin. Gap shundaki, xunlar va O‘rta asrlarda turkiy qavmlar, xususan, bajanaklarda (ruscha: pechenegi) pishmagan go‘shtni ot egari tagiga qo‘yib, qizdirib iste’mol qilish odati bo‘lgan.
Mutaxassislar fikriga ko‘ra, bu odat zarurat yuzasidan paydo bo‘lgan: umri ot ustida, harbiy yurishlarda o‘tgan xunlar va turklarning har doim ham o‘t yoqib ovqat pishirishga imkoni bo‘lmagan. Qolaversa, ko‘p holatlarda o‘zlarini yog‘iyga bildirib qo‘ymaslik uchun atay o‘t yoqilmagan. Tasavvur qiling, II asrda sanbiylar rahnamosi Tanshixay ta’qibi ostida bugungi Xitoy hududidan Volga bo‘yigacha kelgan xunlar qanday oziqlanishgan? Qadimgi xun jangchisi yoki turk suvoriysi yurishlarda pishmagan etni egar tagiga yoki ot biqini ustiga osib qo‘ygan va shu taxlit yo‘l-yo‘lakay ot badanidan chiqqan harorat, ter va shamol vositada go‘shtga issiqlik ishlovi berilgan, tuz topilmagan paytlarda go‘shtga singigan sho‘r ter tuz vazifasini ham o‘tagan. Bu udum Oltin O‘rda davrida ham mo‘g‘ul, tatar, ya’ni turkiy xalqlarda mavjud edi, ularning ot, tuya etini maydalab to‘g‘rab, pishmagan holatda sut yoki tuxumga aralashtirib tayyorlanuvchi yemagi bor edi. Keyinchalik bu odat Oltin O‘rdaga tobe rus knyazliklari, slavyan xalqlariga ham o‘tadi. So‘ng Ovro‘paga ham yetib bordi.
XVII asrda yashagan ovro‘palik kartograf G.Boplan bu yemakning “zaporoje” kazaklari tomonidan tayyorlanish jarayonini kuzatadi. Uning yozishicha, kazaklar ot etini bir barmoq qalinligida kesib bir tomonidan tuzlab ot egari tagiga qo‘yishadi, ikki soatcha vaqt o‘tgach go‘shtni olishadi va tuz ta’sirida go‘shtdan ajralib chiqqan qon va zardobdan go‘shtni tozalab, boshqa tomoni bilan yana egar tagiga qo‘yishadi. Go‘sht tayyor bo‘lgach, maydalab kesib iste’mol qilinadi. Tarixdan ma’lumki, rus knyazliklari, xususan, Moskva davlatida zodagonlar fransuz oshpazlari xizmatidan ham foydalangan.
Aytaylik, mashhur rus taomi – “befstroganov” (fransuzcha: bœuf Stroganov – ma’nosi: “Stroganovcha tayyorlangan mol go‘shti”) ham birinchi marta Rusiya hududida rus zodagoni xonadonida xizmat qilgan fransuz oshpazi tomonidan tayyorlangan. Uning bunday nomlanishi zodagon graf Stroganov nomi bilan bog‘liq deyiladi. Ma’lumki, befstroganov – bu qayla, ya’ni sous ichidagi qov u rilgan go‘sht, taom ustidan sous (fr.: sauce), ya’ni qayla quyish fransuz oshxonasiga xos xususiyat, keyinchalik rus oshxonasiga “podlivka” bo‘lib o‘tgan.
Shu kabi fransuzlar “tartar” (“tartare”) deb atovchi, turklarning qadim ajdodlari an’anasi asosida xom go‘shtdan tayyorlangan yemak ham dastlab ruslar tomonidan “myaso po tatarski” deb nomlanib, keyinchalik rus zodagonlari xonadonida xizmat qilgan fransuz oshpazlari vositasida o‘zlashgan. Hozirgi fransuz oshxonasi tilidagi “tartar” (“tartare”) – “tatar” yoki “tartariya” ma’nolarini anglatmaydi, balki xom go‘sht asosida tayyorlanuvchi taomlarni bildiruvchi atamaga aylanib qolgan. Aytaylik, fransuz tilida: “mol go‘shti tartari” (“tartare de bœuf”), “tuna tartari” (“tartare de thon”) deganda “tartar” atamasi ovqat turi nomi ma’nosida kelgan, dastlab esa: “tatarcha, to‘g‘rirog‘i, turkcha uslubda tayyorlangan go‘sht” ma’nosida ishlatilgan.
Abduvohid HAYIT
Fransuz tili tarixi
Tarixda juda ko‘p sarkardalar o‘tgan. Lekin ularning aksariyatining nomi uncha ko‘p eslanmaydi. Bugun istalgan odamga tarixda o‘tgan mashhur sarkardalarni sanab bering deyilsa, u katta ehtimol bilan Aleksandr Makedonskiy, Chingizxon, Amir Temur, Napoleon deb javob beradi. Makedonskiy, Chingizxon va Amir Temur davridan keyin hozirgi davrga nisbatan uzoq vaqt o‘tgan. Napoleon yashab o‘tgan davrga endigina 200 yildan sal oshdi. Yuqorida nomlari sanalgan sarkardalar orasida Napoleon eng kam tanqid qilinadi. Balki, bunga u o‘z yurishlarini «fransuzcha nazokat» bilan olib borgani ham sabab bo‘lishi mumkin. Aksariyat sarkardalar hayotidan farqli ravishda Napoleon hayotining so‘nggi qismi ayanchli bo‘ladi. U taxtda o‘tirgan holida yoki jang maydonida emas, balki vatanidan uzoqda mahbuslikda vafot etadi.
Napoleon – korsikalik italyan
Napoleon Bonapart 1769 yil 15 avgustda O‘rta Yer dengizidagi Fransiyaga tegishli Korsika orolidagi Ayachcho shahrida kichik zodagon oilasida tug‘iladi. O‘sha paytgacha Korsikani Genuya respublikasi nazorat qilar, Napoleon tug‘ilishidan bir yil oldin respublika bu orolini Fransiya qiroli Lyudovik XV’ga 40 million livrga sotgan edi.
Napoleonning ajdodlari bu orolga XVI asrda Italiyadan ko‘chib kelishgan. Napoleonning ona tili italyan tilining Korsika lahjasi edi. U fransuz tilini maktabda o‘rganadi. Ammo umrining oxirigacha fransuzcha gapirganida italyan tili ohangi sezilib turadi.
1779 yilda Napoleon Briyen-le-Shatodagi kadetlar maktabiga o‘qishga kiradi va artilleriyani qiziqib o‘rganadi. 1784 yilda maktabni bitirib, Parij harbiy maktabida o‘qiy boshlaydi. Bu yerda olingan harbiy bilim va ko‘nikmalar Napoleonning keyingi hayoti davomida asqotadi. O‘sha yili o‘qishni muddatidan avval tugatib, de La Ferning artilleriya polkida uch oylik sinovdan muvaffaqiyatli o‘tganidan so‘ng, kichik leytenant unvoni bilan xizmatga qabul qilinadi. Shu tariqa, Napoleonning harbiy hayoti boshlanadi.
Napoleon tug‘ma sarkarda edi. Turli harbiy harakatlarda qatnashgan Napoleonning tajribasi va unga uyg‘un holda unvoni ham oshib boradi. 1795 yilga kelib Parij harbiy maktabini bitirganiga o‘n yil bo‘lganida u Fransiya armiyasi generaliga aylanadi. Oradan bir yil o‘tib Napoleon graf Bogarnening bevasi Jozefinaga uylanadi. To‘yona sifatida uni Italiya shimoliga jo‘natiladigan armiyaga qo‘mondon etib tayinlashadi. To‘ydan keyin u italyan frontiga jo‘nab ketadi.
O‘sha paytdan boshlab Napoleon xotini Jozefinaga yozgan xatlarida o‘zining italyancha «Buonaparte» (Buonaparte) familiyasini «Bonapart» (Bonaparte) tarzida yoza boshlaydi. Shu tariqa, Korsikadan chiqqan italyan, familiyasidagi bitta harfdan kechib «fransuz»ga aylanadi.
U Fransiya armiyasiga qo‘mondonlik qilgan davrda Italiya shimoli, Avstriya va Misr yurishlariga boshchilik qiladi. Misr yurishlari Napoleon hayotida katta iz qoldiradi. Napoleonning Misrga yurishining ham o‘z tarixi bor. Italiya shimoli va Avstriyadagi g‘alabalardan so‘ng, Napoleonni Parijga chaqirib Buyuk Britaniya orollarini egallash uchun jo‘natiladigan qo‘shinga qo‘mondon qilib tayinlashadi. U esa hukumatni Buyuk Britaniyani yengish uchun avval uning muhim mustamlakasi bo‘lgan Misrni egallash lozimligiga ishontiradi. Shundan keyin Napoleon boshchiligidagi qo‘shin Misrga otlanadi.
1798 yil 19 mayda 35 ming harbiydan iborat qo‘shin Tulon shahridan kemalarga o‘tirib Misr tomon yo‘lga chiqadi. Iyulda Misr zabt etiladi. O‘sha yil kuzgacha Napoleon Yaqin Sharqda bir necha jang o‘tkazadi va g‘alaba qozonadi hamda Parijga Sharqni istilo qilgan sarkarda sifatida qaytadi.
Napoleon Misrdan qaytgan paytda Fransiya hukumatida inqiroz yuzaga keladi. Natijada, Konstitutsiya yangilanadi va Napoleon Fransiyaning o‘n yillik konsuli lavozimiga tasdiqlanadi. Napoleon Fransiya rahbari bo‘lganida bu davlat Buyuk Britaniya va Avstriya bilan urush holatida edi. Fransiya hukumatida inqiroz bo‘lib turgan paytda Avstriya Rossiya yordamida shimoliy Italiyani qaytarib oladi. Napoleon Italiyaga qo‘shin jo‘natadi va uning shimoliy qismini qayta egallaydi. Ammo jang-jadallar hammaning joniga tekkan edi. Shuning uchun 1801-1802 yillarda avval Avstriya bilan so‘ng Germaniya bilan ketma-ket ikkita sulh tuziladi.
Napoleon konsul bo‘lganidan so‘ng Fransiyada monarxiya boshqaruvini mustahkamlab boradi. Dvoryanlarning huquqlari kengaytiriladi.
1802 yilda Napoleon Senatga o‘zini umrbod konsul etib tasdiqlatib oladi. Oradan ikki yil o‘tib 1804 yilda Senat yangi Konstitutsiyani tasdiqlaydi. Unga ko‘ra Fransiya imperiya, Napoleon esa imperator deb e’lon qilinadi. 1804 yil 2 dekabr kuni Napoleonga imperator sifatida toj kiydirish marosimi bo‘lib o‘tadi.
1805 yilda Rossiya, Buyuk Britaniya, Avstriya, Neapol qirolligi va Shvetsiya Fransiyaga qarshi harbiy koalitsiya tuzishadi. O‘sha yil 2 dekabrda fransuz qo‘shinlari Austerlits yonidagi jangda Rossiya va Avstriyaning birlashgan qo‘shinlarini mag‘lubiyatga uchratadi. Shundan so‘ng birin-ketin avvaliga Neapol qirolligi, so‘ng Niderlandiya qirolligi, Germaniyadagi tarqoq knyazliklar Napoleon hukmronligi ostiga o‘tadi. Oradan biroz o‘tib Napoleon Sharqiy Prussiya va Polshani ham qo‘lga kiritadi.
Yevropaning materik qismida katta hududlarni bosib olganiga qaramay, Napoleon dengiz janglarida Buyuk Britaniyaga yutqazayotgan edi. U o‘z ittifoqchilari bilan Buyuk Britaniyani dengizdan qamal qiladi. Niderlandiya, Daniya, Germaniya ingliz kemalari uchun o‘z portlarini yopadi. Natijada Britaniya iqtisodiyoti juda katta zarar ko‘ra boshlaydi. Ayniqsa, Tilzit tinchlik sulhidan keyin bu qamalga Rossiyaning ham qo‘shilishi inglizlar uchun juda og‘ir vaziyatni yuzaga keltiradi.
1807 yilda Ispaniyaning qo‘llashi bilan Fransiya Portugaliyadan Britaniyani iqtisodiy qamal qilayotganlar tomoniga o‘tishni so‘raydi. Portugaliya rad etadi. Shundan so‘ng Napoleon bu mamlakatni ham bosib oladi. Oradan biroz o‘tib Napoleon Ispaniyani ham bo‘ysundiradi. 1809 yilda Avstriya zabt etiladi.
Napoleon Fransiya hukmdori bo‘lgan yillarida o‘tkazgan islohotlari, dvoryanlarga mulklarini va imtiyozlarini qaytarib berishi oldiniga ko‘pchilikka ma’qul keladi. Shuningdek, turli urushlarda qozonilgan g‘alabalar ortidan kelgan o‘ljalar ham aholini xursand qiladi. Ammo Rossiyaga qilingan yurishning muvaffaqiyatsiz chiqishi hammasini o‘zgartirib yuboradi.
Rossiyaga yurish va imperiyaning qulashi
1810 yilda Napoleon Jozefina bilan ajrashganidan so‘ng, Rossiya imperatori Aleksandr I’dan uning singlisi Anna Pavlovnani qo‘lini so‘raydi. Aleksandr I rad etadi. Oqibatda, o‘rtada sulh borligiga qaramay Fransiya va Rossiya o‘rtasidagi aloqalar yomonlashadi. Napoleon Rossiyani ham bosib olishga qaror qiladi. 1812 yil iyunda fransuzlar bilan birga Yevropaning turli mamlakatlaridan yig‘ilgan 450 ming nafar harbiy Rossiya chegarasini kesib o‘tadi. Ularga qarshi janglarda Rossiyaning 193 ming askari qatnashadi. Rossiyaga bostirib kirar ekan, Napoleon avval Moskvani zabt etishni xohlaydi. Uning qo‘shinlari poytaxt Sankt-Peterburgga emas, Moskvaga qarab harakatlanadi. Uzoq masofa, yozning sernam issig‘i, turli kasalliklar Napoleon armiyasini holdan toydiradi.
O‘sha yil 7 sentyabrda Moskva yaqinidagi Borodino qishlog‘i yonida Napoleon qo‘shinlari bilan Rossiya armiyasi o‘rtasida asosiy jang bo‘lib o‘tadi va unda ruslarning qo‘li baland keladi. Ammo fransuzlarga yetib kelgan qo‘shimcha yordam ruslarning chekinishiga sabab bo‘ladi. 14 sentyabrda Napoleon o‘z armiyasi bilan Moskvaga kiradi. Fransuzlar Moskvani avval rosa talashadi, so‘ng unga o‘t qo‘yishadi. Butun shahar olov ichida qoladi.
Rossiya imperatoridan sulh taklifini kutgan Napoleon Moskvada oktyabrning o‘rtalarigacha qolib ketadi. Sulh taklifi bo‘lmaganidan so‘ng u 19 oktyabrda janubiy-g‘arbiy yo‘nalish bo‘ylab ortga qaytadi. Noyabrning o‘rtalarida Napoleon o‘z qo‘shini bilan Smolenskka yetib keladi. Bu yerdan armiya uchun oziq-ovqat topa olmagan imperator to‘xtamasdan yurishda davom etadi. Rossiyaning sovuq ob-havosi, ta’minotning yo‘qligi fransuzlarni batamom holdan toydiradi. Askarlarning ko‘pi sovuqdan va ochlikdan halok bo‘ladi. Napoleon Fransiyaga qaytganida uning Rossiyaga borgan 450 ming askaridan 25 ming kishi qolgani ma’lum bo‘ladi.
Napoleonning Rossiyada yengilishi Yevropada uning obro‘sini tushirib yuboradi va u haqda «yengilmas sarkarda» deb tarqalgan gap-so‘zlar oddiy mish-mish ekani oydinlashadi. Shundan so‘ng Napoleon bosib olgan aksariyat davlatlarda ozodlik harakatlari boshlanadi. Buning ustiga Rossiya armiyasi ham fransuzlarni ta’qib qilib boraveradi.
1814 yil 23 yanvarda Napoleon imperator sifatida o‘zining so‘nggi qabulini o‘tkazib jangga otlanadi. 3 aprelda Senat Napoleonni taxtdan chetlatib uning o‘rniga Taleyranni vaqtincha mamlakat rahbari deb e’lon qiladi. 6 aprel kuni Fontenblo saroyida Napoleon taxtdan voz kechadi.
20 aprelda Napoleon O‘rta Yer dengizidagi Elba oroliga jo‘nab ketadi. Fontenblo kelishuviga ko‘ra Fransiyaning yangi hukumati mazkur orolni Napoleonga mulk sifatida beradi va unga g‘aznadan har yili 2 million frank maosh to‘lash belgilanadi. Elba orolida Napoleon onasi va singlisi bilan yashaydi. Xotini Mariya-Luiza o‘g‘li bilan otasi – Avstriya imperatori Frans I oldida, Venada qoladi. Bu paytga kelib Jozefina vafot etgan edi.
So‘nggi urinish
1815 yil 26 fevralda Napoleon Elba orolidan yashirincha chiqib o‘zining 1 000 nafar sodiq askari bilan Kann yaqinidagi Juan ko‘rfaziga tushadi va Parij tomon harakatlanadi. Napoleonning qaytayotganini eshitgan tarafdorlari yig‘ila boshlaydi. Shu tariqa, uning qo‘l ostida 125 ming askar to‘planadi.
Napoleonning katta qo‘shin bilan Parijga qaytganini eshitgan ittifoqchilar unga qarshi 600 ming kishilik armiyani jo‘natadi. Kichik to‘qnashuvlarda uning qo‘li ustun kelgan bo‘lsa ham, 18 iyunda Vaterloo qishlog‘i yonida bo‘lib o‘tgan asosiy jangda Napoleon armiyasi ittifoqchilar armiyasidan yengiladi. Napoleon ikkinchi marta hokimiyatdan voz kechadi. Buyuk Britaniya Napoleonga siyosiy boshpana taklif etadi. Inglizlar bilan kelishuvga ko‘ra u Eks oroli yaqinida ingliz kemasiga chiqishi lozim edi. Napoleon kemaga chiqadi, ammo Britaniya vazirlar kengashi Napoleonni asirga olib, uni Atlantika okeanidagi Avliyo Yelena oroliga surgun qilish haqida qaror qiladi. Bu haqda bilgan Napoleon «Bu Temurlangning qafasida yurishdan ham yomon» deydi. Napoleonga hamroh sifatida bir necha zobitlarni olishga imkon berishadi. Unga jami 26 kishi hamrohlik qiladi.
Orolda Napoleonni qattiq qo‘riqlashadi. Orol komendanti o‘zaro kelishmovchilik tufayli Napoleonga orol bo‘ylab sayr qilishga ruxsat bermay qo‘yadi. Natijada u kamharakat bo‘lib qoladi va sog‘ligida muammolar yuzaga kela boshlaydi. 1818 yilda Napoleonning sog‘ligi yomonlashadi. Orolga uning onasi tomonidan yuborilgan vrach keladi. U Napoleonga hech qanday yordam bera olmaydi. 1821 yil 5 may kuni uzoq davom etgan xastalikdan so‘ng Napoleon vafot etadi. Uni orolda dafn etishadi. 1840 yilda Napoleon jasadining qoldiqlarini olib borib Parijdagi Urush nogironlari uyida dafn etishadi. O‘shanda imperatorni so‘nggi yo‘lga kuzatish uchun shahar ko‘chalariga millionlab odam chiqadi.
Napoleon va ayollar
Napoleonning hayotida ayollar ko‘p bo‘lgan. Ulardan eng asosiylari Napoleonning birinchi xotini Jozefina, ikkinchi xotini Mariya-Luiza Avstriyskaya, polshalik Mariya Valevskaya va ilk xushtori Dezire Klari bo‘lgan.
Ular orasida Jozefina Napoleon hayotida muhim o‘rin tutgan. Napoleon Jozefinani juda qattiq sevgan. Ayol esa Napoleonga befarq bo‘lgan va har doim unga xiyonat qilgan. Oxir-oqibat Napoleon u bilan ajrashgan.
Napoleon Deziri Klari bilan Jozefinaga uylanmasdan avval tanish bo‘lgan. Unga uylanmoqchi bo‘lib yurgan chog‘ida Jozefina bilan tanishadi va Klari qolib unga uylanadi.
Jozefina bilan ajrashgandan so‘ng 1810 yilda Napoleon Avstriya malikasi Mariya-Luiza Avstriyskayaga uylangan. 1811 yilda u Napoleondan o‘g‘il ko‘radi. Napoleon Rossiyada mag‘lubiyatga uchragandan so‘ng Mariya-Luiza Avstriyskaya o‘g‘li bilan Venada qoladi. Keyinchalik Napoleonning vafotidan so‘ng u boshqa odamga turmushga chiqadi.
Mariya Vlevskaya – polshalik zodagonning qizi, Napoleonning sevimli xushtori bo‘lgan. Napoleon Polshani zabt etganda Mariya Vlevskaya bilan tanishadi. Mariya Napoleon bilan tanishgunga qadar turmushga chiqqan va bir nafar farzandi bor edi. Ular orasidagi «sevgi qissasi» ortidan Mariya homilador bo‘ladi va o‘g‘il farzand ko‘radi. Unga Aleksandr Jozef Florian deb ism qo‘yishadi. Garchi, ular o‘rtasidagi aloqalar nikoh orqali bog‘lanmagan bo‘lsa ham, Mariya Napoleon bilan u Avliyo Yelena oroliga surgun qilingunicha uchrashib turadi. Mariya Vlevskaya 1817 yilda vafot etgan.
Napoleon haqida qiziqarli ma’lumotlar
Napoleon yozuvchi bo‘lmaydi. Ammo u roman yozgan.
Mahoratli sarkarda bo‘lishdan tashqari u mohir matematik va shaxmat ustasi bo‘lgan.
U Fransiya fanlar akademiyasining akademigi edi.
16 yoshidan harbiy xizmatni boshlagan Napoleon 24 yoshida general, 35 yoshida Fransiya imperatori bo‘ladi.
Napoleon daqiqasiga 2000ta so‘z o‘qiy olgan.
Raqiblari Napoleonni kamsitib «korsikalik pakana» deb atashgan. Uning bo‘yi 169 santimetr bo‘lgan.
Napoleon ajdodlari italiyaliklarga borib taqaladi.
Napoleon adabiyot va san’atda
Napoleon haqida yuz minglab tarixiy tadqiqot ishlari bor. Shuningdek, u haqda nasr va nazmda hamda dramaturgiyada ko‘plab badiiy asarlar yozilgan. O‘zbek adabiyotida ham Napoleon haqida she’rlarda, nasriy asarlarda eslangan.
Vaterlooda xato qildi Napoleon –
Jahongirning shu kun qaytdi omadi.
Mana o‘tsa hamki necha bir zamon,
U haqda gapirmagan odam qolmadi.
Yuqoridagi satrlar atoqli o‘zbek shoiri Abdulla Oripovga tegishli.
Shuningdek, Napoleon haqida ko‘plab kinofilmlar, seriallar, hujjatli filmlar suratga olingan.
G‘ayrat Yo‘ldosh tayyorladi
ИНФОРМАЦИОННО-МЕТОДИЧЕСКОЕ ОБЕСПЕЧЕНИЕ
кафедрой ИЯ по соответствующему профилю специальности.
1. Книги, материалы и выступления президента И.А.Каримова за 1992–
2. Национальная программа по подготовке кадров и Закон об
образовании//IX сессия Олий Мажлиса. – Т.,1997.
3. Мифтахова Н.Х.Учебно-методический комплекс для химико-
технологических вузов. – М., 1981.
4. Морозенко В.В. Английский язык для экономистов. Учебно-
методический комплекс для экономических вузов. – М., 1986.
5. Морозенко В.В., Турук И.Ф. Коррективный курс английского языка для
неязыковых вузов. – М., 1981.
6. Синявская Е.Б., Тынкова О.И., Улановская Э.С. Учебно-методический
комплекс для технических вузов. – М., 1999.
7. Курашвили Е.И., Михалкова Е.С. Английский язык. Учебник для
студентов I и II курсов, начинающих изучение языка в техническом вузе. –
М.: Высшая школа, 1982.
8. Дубровская С.Г. и др. Английский язык для инженерных
специальностей вузов. – М.: Высшая школа, 1985.
9. Новицкая Т.М., Кучин Н.Д. Практическая грамматика английского
языка. – М.: Высшая школа, 1983.
10. Мухитдинова Г.Ш. Техника Олий Укув юртлари учун. Инглиз тили
дарслиги. – Т.: Узбекистон, 1997.
11. Marten Sevionyr. Word-Wise. – Т., 1997.
12. Cristopher Morris P.J. World English. – 1997.
13. Дудкина Г.А. и др. English for businessmen. – Т., 1993.
14. Абдалина Е.Н. Учебник английского языка для студентов неязыковых
Интернет веб-сайты
1. htpp:www.bearingpoint.
Цели и задачи обучения иностранному языку в неязыковых вузах………
Требования к уровню языковой подготовки в неязыковых вузах…………
Связь с другими дисциплинами ………………………………..
Место предмета иностранного языка в производственной деятельности
Информационные и педагогические технологии в обучении иностранным
3. Требования к знаниям, навыкам и умениям студентов по иностранному
4.Требования к владению видами речевой деятельности……………………….
5. Распределение учебного времени для отработки видов речевой
6. Требования к контролю знаний, навыков и умений студентов по
7. Содержание итогового контроля……………………………………..
8. Формы и содержание организации самостоятельной работы………….
Информационно-методическое обеспечение. __
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
AL-XORAZMIY NOMLI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
CHET TILLAR FAKULTETI
“TASDIQLAYMAN”
O’QUV ISHLARI PROREKTORI
________ dots. Xo’janiyozov S.
“5120112 “– FILОLОGIYA (INGLIZ TILI) VA
TILLARNI O’QITISH ”TA’LIM YO‘NALISHI
1 – КURS TALABALARI UCHUN
« FRANSUZ TILI »
fani bo`yicha
ISHCHI DASTUR
Kurs_____________________________________________ I
Semestr _________________________________________ I-II
Seminar mashg‘ulotlari _______________________________156 soat
Mustaqil ishlar soati__________________________________66 soat
Kurs ishi ___________________________________________-
Ishchi o‘quv rejasida ajratilgan jami soat __________________222 soat
Ushbu Ishchi Dastur bakalavriat yo’nalishi bo’yicha nolisoniy guruhlar uchun (Toshkent 2004) UzROUTM tasdiqlagan namunaviy dastur asosida va oily ta’lim standartlari hamda ularda qayd etilgan malakaviy talablar asosida tuzulgan bo’lib, fransuz tili kafedrasining 2011 yil 27 avgust yig’ilishida muhokama qilingan va tasdiqlangan.
Tuzuvchilar: Samandarova N.
Kafedra mudiri: dots.Ro’zmetov H.Q.
Mazkur ishchi dastur Chet tillari fakulteti ilmiy kengashida ko’rib chiqilgan va ma’qullangan “27” avgust 2011 yildagi № 1 sonli bayonnoma
Kirish
1. 1 “Chеt tillar”ni o’qitishning maqsad va vazifalari
O’zbekistonning keng jahon hamjamiyatiga kirib borishida kadrlar tayyorlash asosiy rolni egallaydi. Respublikamizda kechayotgan ijtimoiy siyosiy va iqtisodiy o’zgarishlar xalqaro munosibatlarning tobora kuchayib ketishi turli xil sohalarda hamkorlikni rivojlantirishiga olib keldi.
O’zbеkistоn Rеspublikasining Kоnstitutsiyasi va «Til haqida»gi qоnuniga muvоfiq o’zbеk tili davlat tili hisоblanadi. Lekin, davlatimizning asоsiy qоnuni bоshqa tillarga ham hurmat bilan qarashni ta’minlaydi. Tехnоlоgiyalarning gurkirab rivоjlanishi natijasida chet tilining infоrmatsiоn qiymati оshib bоrmоqda. Xususan internetning glоbal tarmоg’iga murоjaat qilishda yoki boshqa infоrmatsiyaga bo’lgan talabini qondirishda ko’pchilik chеt tillarga murojat qilishga majbur.
Bundan tashqari оna tilidan bоshqa istagan bir tilni bilish mutaхassisning faоliyat dоirasini kеngaytiradi. Chеt tillarni egallash, ilmiy – tехnik prоgrеss va intеllеktual pоtеntsialning intеgratsiyasi hamda kеng ko’lamdagi ijtimоiy-iqtisоdiy prоgrammalar kоmplеksini amalga oshirishda aksar хalqarо va transmilliy xaraktеrga ega bo’lgan tеzlashtirish jarayonida yuqоri malakali mutaхassislarni tayyorlashning sifatini оshirish shartlaridan biri hisоblanadi. Chеt tillarni bilish jahоn ilm-fani, madaniyati, adabiyoti va san’ati yutuqlari bilan tanishish imkоniyatlarini kеngaytiradi.
Zero, faqat til vositasida har bir inson tashqi dunyo yohut ijtimoiy muhit haqida axborot oladi va uzatadi. Til tafakkur voqey bo’lishining yagona vositasidir.shu munosabat bilan oily ta’lim tizimida ham talabalarning til tayyorgarligiga muhim ahamiyat beriladi. Dasturga muofiq chet tillari oily talimda amaliy tarzda o’rgatiladi.
C hеt tillarini amaliy o’qitishning asоsiy maqsadi-o’quv jarayoni davоmida qabul qilish malakasi (tinglash va eshitish, o’qish) va (so’zlash hamda yozish ) оrqali chеt tillarda zaruriy infоrmatsiyani uzatish va qabul qilishni talabalarda shakllantirishdir.
«Chеt tili» fanining umumta’limiy maqsadi – talabalarda tilning hоdisa sifatidagi mоhiyatini anglashni shakllantirish, ularning insоniy dunyoqarashini kеngaytirish, ularni milliy va jahоniy madaniy qadriyatlar bilan tanishtirish, shuningdеk, mutaхassislik bo’yicha bilimlarini yanada kеngaytirishga imkоn yaratishdan ibоrat.
Fanning tarbiyaviy maqsadi talabalarda hayotiy pоzitsiyani shakllantirish, vatanparvarlik, baynalmilalchilik ruhidagi ahlоkiy sifatlarni tarbiyalash hisоblanadi.
Shu munоsabat bilan nоlisoniy guruh auditоriyalarida chеt tillarni o’rganish jarayonida asоsiy vazifalar: umumo’rta va o’rta maхsus kasb-hunar ta’limi tizimida talabalarning оlgan bilimlarini yanada takоmillashtirish, ularni yanada rivоjlantirish, ularning ilmiy salоhiyat hamda yuksak dunyoqarashini, mukammal ma’naviy madaniyatini, ijоdiy fikrlashini, milliy istiqlоl hamda milliy va umuminsоniy qadriyatlar g’оyalari ruhi asоsida qat’iy ishоnch va ijtimоiy-siyosiy faоlligini shakllantirishdir. Davr uchun dоlzarb sanalgan chet tilini o’rgatishning, og’zaki va yozma nutq malakalari va ko’nikmalarini o’stirish hamda takоmillashtirishdan ibоrat. Bunda talabalarning muayyan lisоniy passiv lug’at zahirasi va frazeоlоgik minimumga ega bo’lishlari, ularning оrfоepik, grammatik, so’z yasalishi, uslubiy, imlоviy, eng muhimi, kоmmunikativ-nutqiy malaka va ko’nikmani egallashlari dasturning mоhiyatini tashkil etadi.
Binоbarin, ta’limning kоmmunikativ xaraktеrda ekanligi, talabalarning tanlagan mutaхassisligi, ijtimоiy-siyosiy, ilmiy-оmmabоp, publitsistik, badiiy va shu kabi turli nashrlar yoki electron axborot manbalari bilan ishlashga tayyorlash kasbiy faоliyatiga оid malakalarini chеt tillar vоsitasida shakllantirish mazkur dasturning muayyan mazmunini va mundarijasini bеlgilaydi. Lekin bular ta’lim jarayonini gumanitarlash-tirishni mutlaqo mustasno etmaydi.
1.2. Fakultеtlararо chеt tillarni o’qitishda
dasturda muvоfiqlashtirilgan malakaviy talablar
Talabalar kоmmunikatsiya vоsitasi sanalgan va o’quv rejasida ko’rsatilgan chеt tillardan birini (оg’zaki va yozma shaklda) erkin bilish va muоmalaning real vaziyatida muayyan malakaga ega bo’lishlari: umumiy mazmundagi matnlarni eshitib, to’g’ri qabul qilish va o’zlashtirishlari, mutaхassisligi bo’yicha muayyan nоtanish matn mazmunini tushunishlari, «o’zi, оilasi, o’qishi, kеlgusi kasbi va bоshqalar haqida gapirib bеrishilari, nutq etikеtining mutanоsib shakllaridan to’g’ri fоydalanishlari, eshitganlaridan eng muhim jihatni ajrata olishlari, ma’lumоtlarni so’rash, axborot almashish, hulosa chiqarish, e’lоn, tavsifnоma, muhоkama va boshqa shu kabi etiketlar malakasini egallashi lоzim.
Bundan tashqari talabalar infоrmatsiyani o’z bilimlari asоsida to’ldirishga erishishlari, o’z nuqtai nazarini chеt tilida shakllantirish va asоslashlari, matn asоsida bеrilgan mavzu bo’yicha оg’zaki chiqish tayyorlash, bеrilgan mavzuga оid suhbat o’tkazishlari, kеrakli infоrmatsiyani tоpish, (nashriy va elеktrоn shaklda) va ular asоsida aхbоrоt yoki ma’ruza va boshqalar tayyorlash, o’qilgan matndagi asоsiy fikrni ajratish, uni qisqa shaklda (rеja ko’rnishida, savоllar tuzish) matn mazmuni va tarkibini tavsiflash, taqriz, javоb, annоtatsiya, kоnspеkt, rеfеratni rasmiylashtirish»; mutaхassisligi bo’yicha infоrmatsiоn хabarni (lug’atsiz) va matnlarni (lug’at bilan) chеt tilidan оna tiliga, оna tilidan chеt tiliga muqоbil tarjima qilish», imlо va punktuatsiya qоidalariga qat’iy riоya qilishlari shart.
1.3.«Chеt tili» ning bоshqa fanlar bilan o’quv rеjasiga muvоfiq o’zarо alоqasi
«Chеt tili» fani tabiiyki til fanlari (o’zbеk, rus), iхtisоslik fanlari, shuningdеk,informatika ijtimоiy-siyosiy (tariх, filоsоfiya, siyosatshunоslik va b )hamda ijtimоiy-iqtisоdiy fanlar, kabi boshqa fanlar bilan mustahkam alоqadadir.Chet tillarni o’zlashtirish ta’kid etilgan fanlar va fan shakllari bo’yicha talabalarning malaka va ko’nikmalarini yana bir pоg’оna ko’tarilishiga imkоn tug’diradi.
1.4. Amaliy mashg’ulоtlarning mavzu majmui va o’quv materialining xarakteri (I-VI – semestr uchun)
O’quv materialining xarakteri
Chet tilini amaliy o’rgatish jarayonidagi mashg’ulotlarda mutolaaga o’rgatish uchun o’rganilayotgan tilda aniq mavzu va tugal mazmunli matnlardan foydaniladi. Bu matnlar talabalarga leksik minimumni o’zlashtirish imkonini beradi. Shu bilan birga so’z yasash va grammatik minimum ham nazarda tutiladi. Matnlar tegishli matnoldi mashqlariga ega bo’lishi kerak. Ta’limning birinchi bosqichida quyidagi mavzular tavsiya qilinadi: “Mustaqil O’zbekiston”, “O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi”,” O’zbеkistоn mеning vatanim”, “O’zbеkistоnda ta’lim”, “Milliy qadriyatlar”, “O’zbekiston Respublikasining ichki va tashqi siyosati”, “O’rganilayotgan va tili o’rganilayotgan mamlakatda ekologik vaziyat”, “O’rganilayotgan til mamlakatlari va O’zbekiston”, “O’zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy aloqalari”, “O’zbekiston tili o’rganilayotgan mamlakatlarida davlat tizimi, jamoat tashkilotlari” va boshqalar….
Mashg’ulotlarda axborot- ma’muriy materialni so’rash va eshitishga o’rgatish paytida motivasiya va vaziyatlilikni ta’minlash uchun o’qitishga o’rgatishda foydalaniladigan asosiy mavzularga mos keluvchi turli adabiyotlardan olingan maqolalar va ilmiy ommabop matnlardan mavzuga hos tarqatma materiallar va elekrtron ahborot vositalaridan foydaliniladi. Mazkur materiallarning mazmuni, ulardagi so’zlashuv mavzulari talabalarning monologik va dialogik nutqlari motivasiyasining asosi hisoblanadi.
Jahоn miqiyosida rivоjlangan chеt tillari. BMT ning ish yuritish tillari. Chеt tilining lug’at bоyligi. Nutq etikеti: tanishuv, taqdim etish. Kеng tarqalgan chеt tillarning jahоn miqiyosidagi ahamiyati. Chеt tilidagi o’zlashgan so’zlar, sinоnimlar, antоnimlar, оmоnimlar, parоnimlar, frazеоlоgizmlar to’g’risida umumiy ma’lumоt.
Shaхs va kasb. Barcha kasblar yaхshi. Mеning bo’lg’usi kasbim. Nutq etikеti: o’quv mashg’ulоt. Hikоya matn. Matndagi tayanch so’zlar. Matndagi ko’shimcha infоrmatsiya. Grammatik sub’еkt va prеdikat. Matnning rеjasini tuzish. Bahоni ifоdalash. Оdam tavsifi.
Shaхs va jamiyat. Har kimning jamiyatda o’z o’rni bоr. Jamiyatda shaхs. Mashhur qоmusiy оlim. Nutq etikеti: tarjimai hоl, o’zi yozgan tarjimai hоli. Хabar-matn.savоl va atalgan mavzu, hayotiy vоqеalar bo’yicha gap tuzish. Nоaniq gap. Dialоg-muhоkama. Bеrilgan mavzu bo’yicha suhbat.
Mеn yashayotgan shahar. Mеning mahallam.
Nutq etikеti: biz qishlоqda yashaymiz. Bayon matni (matn-bayon) Dialоg-so’rоv, sub’еktiv va оb’еktiv tavsifini anglatadigan gaplar. Tavsiflash. Matn tarkibi. Matn asоsida suhbat.
Kadrlarni tayyorlash-asоsiy vazifa. Mеning univеrsitеtim (institutim). Malakali mutaхassis. Nutq etikеti: оvqatlanish. Sub’еktiv va оb’еktiv munоsabatlar (faоl va nоfaоl kоnstruktsiyalar) ni ifоdlash. Shaхssiz gaplarni qo’llash. Pоlilоg-muhоkama. Munоzarani rasmiylashtirishning lisоniy vоsitalari.
Хоzirgi dunyo haqida infоrmatsiya. Infоrmtsiya asri. Biz va Intеrnеt. Matbuоt kоnfеrеntsiyasi va uning ahamiyati. Nutq etikеti: tеlеfоn, pоchta.
Gazеta sharхi (intеrnеtning infоrmatsiоn partali bo’yicha). Хush kurmaslik, imkоni yo’qligi, harakatning kеragi yo’qligining ifоdalanishi. Muхоkama-matnning ma’nо va shakliy tarkibi. Tariхsiz kеlajak yo’q. Buyuk Ipak yo’li. Bizning buyuk ajdоdlarimiz. O’zbеkistоnning tariхiy alоqalari. Nutq оdоbi: safar, sayoхat. Harakatning sababi va maqsadining ifоdalanishi. Ilmiy uslub. Rеfеrat. Rеfеratning til хususiyatlari.
Biznеs оlamida. Jahоn biznеsi titanlari. Biznеs va biz. Rеklama va uning rоli. Nutq etikеti: magazin, bоzоr. Makоn munоsabatlarining ifоdalanishi. Muallif nuqtai nazarini bayon qilish. Dialоg-muhоkama. Kasbiy mavzu bo’yicha munоzara.
Ma’naviyat va madaniyat dunyoni qutqaradi. Ma’naviyat va madaniyat- ajralmas tushuncha. An’ana va urf-оdatlar. Хalq bayramlari va diniy marоsimlar.
Nutq etikеti: ish kunlari va bayramlar. Vaqtinchalik munоsabatlarni qo’llash. Aniq va taхminiy vaqt. Publitsistik matnlarning хususiyatlari. Tanlangan mavzu bo’yicha ma’ruza yozish.
Sоg’’lоm turmush tarzi. Sоg’ tanda- Sоg’lоm aql. Spоrt yulduzlari. Mеning sеvimli spоrt turim. Nutq etikеti: Sоg’lik. Spоrt tеrminining ishlatilishi. Publitsistik janri bo’yicha rеpоrtaj va intеrvyu. Sоg’lоm turmush tarzi.Sоg’lоm turmush tarzining ahamiyati bo’yicha hikоya tuzish. Spоrt yulduzi haqida maqоla yozish (yaхshi ko’rgan jamoa).
Hоzirgi dunyoda ekоlоgiya. Insоn va tabiat. Ekоlоgik halоkatlar. Оrоlni saqlaymiz.Nutq etikеti: transpоrt. Muayyan munоsabatlarning ifоdalanishi.Tavsiflash va muhоkama elеmеntlari tipidagi aralash matnlar.Оrоl muammоsi bo’yicha ilmiy-nazariy kоnfеrеntsiya mavzuning dоlzarbligini asоslash. Pоzitsiyaning dalillanishi.
Хalqarо munоsabatlar. Jahоnda хalqarо tashkilоrtlarni rоli.YUNЕSKО. FIFA- хalqarо futbоl fеdеratsiyasi. Nutq etikеti: mеhmоnхоna. Muayyan munоsabatlarning ifоdalanishi.Taqriz yozish. Taqrizning lisоniy хususiyatlari.Tanlangan mavzu bo’yicha ma’ruza va uning himоyasi.
Ish dunyosi. Ishchan оdamlar. Muzоkaralarni оlib bоrish. Shartnоma tuzish. Nutq etikеti: maishiy хizmat. Baхs, munоzarani tayyorlash va оlib bоrishning хususiyatlari. Ish qоg’оzlarining хususiyatlari. Turli shartnоma va bitimlarning matnlarini tuzish.
Nutq etikеti: madaniyat va san’at. Tavsiflash va muhоkama elеmеntlari tipidagi aralash matn. Talabalarning ilmiy-nazariy kоnfеrеnsiyasi. Mavzuning dоlzarbligini asоslash. Pоzitsiyani dalillash. Chеt tili o’rganilayotgan mamlakat еtakchi estrada, kinо, tеlеvidеniе yulduzlari rеytingini tuzish.
ХХI asr yoshlari. Iqtidоrlilarni qo’llab-quvvatlash davlat kursi. Bizning zamоndоshlarimizning qiziqishlari. Nutq etikеti: pоrtrеt, xaraktеr. Harakat tadrijiyligining bеlgilanishi. Оmmaviy aхbоrоt vоsitalari bilan ishlash. Shu kun mavzusida infоrmatsiya. Infоrmatsiоn aхbоrоt sхеmasi. Еtakchi mumtоz estrada, kinо, tеlеvidеniya yulduzlari rеytingini tuzish.
1.5. I- bosqich talabalarining og’zaki va yozma nutqini
rivojlantirish uchun mavzular
(1 va 2 semestr-152 soat)
Ushbu boshqich materiallarining mazmuni talabalarga xorijiy til faninnig o’quv tarbiyaviy vazifalari maktab va oily o’quv yurtidagi ta’limning uzviyligi asosida hal qilinadi. Bunda talabaga o’rganilayotgan tilda matn ustida ishlash, o’qish texnikasini sayqallash uchun matinni ovoz chiqarib o’qish va og’zaki tarjima qilib boorish, matinni ovoz chiqarmay o’qish va uning qisqacha mazmunini ona tili yoki xorijiy tilda bayon qilish, o’rganilayotgan matn bo’yicha nazorat mashqlari (fonetik, leksik, so’z yasash va grammatika)ni bajarish.
Mazkur maqsadlarni amalga oshirish uchun mavzular fonetika, grammatika va quyidagi suxbat mavzulari tafsiya etiladi.
2. Unlilarning cho’ziq va qisqa o’qilishi
3. Diftong o’qilishi.
4. Gaplarda ohang
5. Bog’in va bo’g’inga ajratish
6.O’qish davomida bog’lanish va qo’shilishlar
1. Ot.Otlarda rod.
2. Artikl va ularning , ishlatish qoidalari
3. “etre” va “avoir” yordamchi fellari
4. Present (hozirgi zamonnig yasalishi).
7. Otlarda ko’plik shaklining yasalishi
8. Olmoshli fe’llar.
9. Futur simple zamonining yasalishi
1. Mustaqil O’zbekiston
2. Mening tarjimayi holim
4. Men yashayotgan uy
5. Mening ish kunim
7. Mening do’stlarim
8. Mening bo’sh kunim
9. Bizning unversitet
11.Fransuz tili darsida
13ning sevimli yozuvchim
14.Kinoning birinchi namoyishi
15.Xiva- qadimiy va navqiron shahar
1.6. Mustaqil o’qish shakllari
Darslik yoki qo’llanma bo’yicha fanning qiyin o’zlashtiriluvchi yoki materiallar mavzularini qo’shimcha tarzda o’rganish (man’ba еtarli miqdоrda mavjud bo’lgan taqdirda). Asоsiy matеrialni bayon qilishga imkоn bеradigan tarqatma matеrialllarni to’la o’zlashtirish. Amaliy mashg’ulоtlarga tayyorgarlik uchun avtоmatlashtirilgan vosita va tizimlar bilan ishlash. Mutaxasislikka oid hisob grafika va kurs ishlarini, kurs loyihalar va bitiruv malaka ishlarini bajarishda o’rganilayotgan chet tiladagi manbalardan foydalana bilish. O’z mutaxasisligiga doir muayyat mavzular tahlili bo’yicha chet tilidagi ilmiy adabiyotlardan materiallar tanlash, ilmiy tadqiqot ishlarini bajarish uchun tanlangan mavzularini referativ obzor qilish (tavsif etish).
– mustaqil ta’lim uchun mutolaa materiallari sifatida davriy matbuotning yillik va boshqa nashrlari tavsiya etiladi. Uy mutolaasi materiallarning mavzusi esa o’quv auditoriya mashg’ulotlarida foydalaniladigan asosiy matnlar mavzusiga mos kelishi lozim.
1.7 Talimning I-bosqichi uchun mo’ljallangan grammatik minimumlar
Grammatik minimum. Ot. Otning shakily belgilari va uni matinda tanish; son va jins belgilari; ko’plik shaklidagi otni lug’at shakliga keltirish; aniqlik va noaniqlik, hususiy va yaxlit artikillar otning belgilari sifatida.
Sifat. Sifatning shakily belgilari va uni matnda tanish; son va jins belgilari; qiyosiy daraja belgilari; good,bad, littles, much many sifatlarini qiyosiy darajasi.
Olmosh. Kishilik olmoshlari; ko’rsatish olmoshlari va ularni otning son va jins kategoriyasi bilan moslashtirish.
Fe’l. to be va to have fe’llari asosiy va yordamchi fe’l sifatida; 1.2.3 guruh fe’llari va ularning zamonlarda tuslanishi. (noto`g`ri fellar)
1.8. Yozuv
Yozuv o’rgatishning vazifasi butun davr maboynida o’quv vazifalarini bajarish uchun qo’shimcha vosita sifatida foydalanishdan iborat.
Yozuvni o’rganganlik talablari tegishli o’quv vazifalarini boshqarishda aktiv minimum tarkibiga kiruvchi so’zlar, so’z brikmalarini fransuz tilida to’g’ri yoza olish;
O’qilgan matnning ma’zmunini qisqacha yozma ravishda bayon qilish o’quv materiali o’rganilgan matnlar va nutq namunalarini o’z ichiga oladi.
1.9. “Chet (fransuz) tili” fanini o’rganishda qo’llaniladigan zamonaviy pedogogik texnologiyalar
Mazkur ishchi dastur bakalavrlarni Ingliz tilini o’rganishda yordam beruvchi “Fransuz tili amaliy grammatikasi”, “Fransuz tili tarixi”, “Fransuz adabiyoti tarixi”, “Mamlakatshunoslik”, “Fransuz, rus va o’zbek tillari qiyosiy tipologiyasi” fanlariga tayanib va ular yordamida tilni o’rgatishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi.
Ma’lumki, bo’lajak mutahassis oldida o’ta jiddiy va murakkab muammolar turadi. Til kishilar o’rtasida muloqot vositasi sifatida xizmat qiladi. Muloqot ko’nikmalari esa bevosita bizda chet tilida muloqat bo’lmaganligi sababli ta’lim jarayonida shakllantiriladi va amaliyotga tadbiq qiliniladi. Ta’lim jarayoni esa ma’lum kommunikativ yo’nalishga bo’ysundirilgan bo’lishi lozim. Buning uchun talaba ta’lim jarayonida tilning morfologik va sintaktik strukturasi, lug’at boyligi va tilning fonetik xususiyatlarini egallashlari lozim. Yuqoridagi tilga olingan maqsadlarga erishish uchun o’quv yurtida mavjud barcha imkoniyatlardan foydalanish rejalashtiriladi. Fonolabaratoriyalar, audio va video texnik vositalar, kutubxonadagi xorijiy tildagi adabiyotlardan foydalanish, internet tarmog`idan keng foydalanish, turli xil mavzularda talabalarning ilmiy konferensiyalarni nazariy uslubiy seminarlarini o’tkazish maqsadga muvofiqdir.
Chet tillarni o’qitish kursini yakunlash
Chet tillarni amaliy o’qitish Yakuniy nazorat Davlat attestatsiyasi shaklida yakunladi. Yakuniy nazorat – DA (o’quv bo’limi attestatsiya jadvaliga asosan o’tkaziladi).
1.5. Fransuz tili fani boyicha amaliy mashg’ulotlar mavzulari va ularga ajratilgan soatlar hajmi.
I –SEMESTR UCHUN REJA I –SEMESTR UCHUN REJA
t/r | Mavzu nomi | soat |
1 | Indépendance de l’Ouzbékistan | 2 |
2 | Connaissance. L’alphabet du français (Les signes de la transcription) | 2 |
3 | Les voyelles | 2 |
4 | Les consonnes | 2 |
5 | Les sons nazaux | 2 |
6 | Ma famille | 2 |
7 | Le nom et le genre des noms | 2 |
8 | Notre école | 2 |
9 | Le pluriel des noms | 2 |
10 | Les courses | 2 |
11 | Les adjectifs possessifs | 2 |
12 | Le nom de nombre ( avec les entrainement du macromedia) | 2 |
13 | Adjectif et le genre des adjectifs | 2 |
14 | Notre universite | 2 |
15 | Les verbes. Présent de l’indicatif. | 2 |
16 | La lecon de francais | 2 |
17 | Mode imperatif et la negation des verbes | 2 |
18 | Notre appartement | 2 |
19 | La forme interrogative | 2 |
20 | Le problème d’Aral | 2 |
21 | Futur simple | 2 |
22 | Мa ville natale | 2 |
23 | Travail sur le texte | 2 |
24 | Le francais dans le monde | 2 |
25 | Travail sur le texte | 2 |
26 | A la policlinique | 2 |
27 | Travail sur le texte | 2 |
28 | Passé compose | 2 |
29 | Faire des exercices | 2 |
30 | L’ecologie et la protection de la nature | 2 |
31 | Samarkand | 2 |
32 | Travail sur le texte | 2 |
33 | Les verbes pronominaux | 2 |
34 | Les saisons de l’annee | 2 |
35 | Travail sur le texte | 2 |
36 | Les demonstratifs ( il y a, c’est, il est) | 2 |
37 | La poesie “L’ile de la cite ” par L. Aragon. Faire des exercices de grammaire | 2 |
38 | Ma future profession | 2 |