Fransuz tili tarjima
Fakultetda nufuzli horijiy oliy ta’lim muassasalaridan taklif etilgan mutaxassislar:
Professor Simon Kretschmer – DAAD (0.5 shat birligi);
Filologiya fanlari doktori, Yevgeniy Аnatolevich Yermolin – M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti hamda Yaraslavl Pedagogika universiteti professori, (0.25 shtat birligi);
Filologiya fanlari doktori, Аleksandr Viktorovich Markov – Rossiya davlat gumanitar universiteti professori, (0.25 shtat birligi);
Pedagogika fanlari nomzodi, dotsenti Proxorova Lyudmila Lvovna – Rossiya davlat gumanitar universitetining Xalqaro rus tili ilmiy – o’quv markazi direktori (1 shat birligi);
Professor Marion Depart (Marion Départ) – Frantsiyaning Avr Normandiya universiteti (0,25 shtat birligi);
Professor Pol Loyrett (Paul Loyrette) – Frantsiyaning Sorbonna IVuniversiteti (0,25 shtat birligi).
Xorijiy filologiya
Xorijiy filologiya fakulteti Mirzo Ulug‘bek nomidagi O’zbekiston Milliy universitetining nufuzli fakultetlaridan biri.
Xorijiy filologiya fakulteti 1994-yili roman – german filologiyasi va rus filologiyasi fakultetlarining birlashishi natijasida tashkil topgan. Roman-german filologiyasi fakulteti 1962-yilda tashkil etilgan. Rus filologiyasi kafedrasi universitetning keksa kafedralaridan hisoblanib, u 1941-1942 yillarda tarix-filologiya fakulteti tarkibida tashkil etilgan. 1943 yildan filologiya fakulteti alohida fakultet boʼlib ajralib chiqadi.
Fakultetining tashkil topishida Ikkinchi Jahon urushi yillarida Oʼrta Osiyo universitetida mehnat qilgan rus olimlari akademiklar V.M.Jirmunskiy va V.F.Shishmarevning xizmatlari katta bo’lgan. Ularning tashabbuslari bilan 1943 yil universitetning filologiya fakulteti tarkibida roman-german filologiyasi kafedrasi ochilgan. Roman-german filologiyasi fakultetiga turli yillarda dotsentlar Ye.F.Vaganov (1963-1981), Z.B.Sattarova (1981-1985), J.А.Bobojonova (1985-1992) va f.f.d., professor А.А.Аbuduazizov (1992-1994) rahbarlik qildilar. Rus filologiyasi fakultetini dotsent P.P.Filippov boshqargan (1980-1994). Yangidan tashkil etilgan xorijiy filologiya fakultetini Oʼzbekistonda xizmat koʼrsatgan fan arbobi, professor А.А.Аbduazizov rahbarlik qilgan (1994-2007). 2007 yil 20 avgustdan 2008 yil iyulgacha fakultetni f.f.d., professor А.E.Mamatov boshqargan. 2008 yil iyuldan 2012 yilgacha fakultetga f.f.n., dotsent Sh.S. Imyaminova rahbarlik qilgan. 2012 yil noyabrdan 2013 yil iyulgacha f.f.n., dotsent J.Sh.Djumabaeva boshqargan. 2013 yil iyuldan shu vaqtga qadar f.f.n., dotsent I.А.Joʼrayeva rahbarlik qilib kelmoqda.
Fakultet professor-o’qituvchilarining bugungi kundagi asosiy vazifalari – talabalarga kelajakda jamiyatda o’z o’rinlarini topishiga, bir nechta xorij tillarini mukammal biladigan, mustaqil, ijodkor va yetuk mutaxassislar bo’lib etishishlariga yordam berish. Bugungi kunda fakultet jamoasining diqqat e’tibori respublikamizda ilm-fanni rivojlanishiga katta hissa qo’shish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, hamkorlikdagi ta’lim loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan.
2. Professor-o’qituvchilar to’g’risida
2.1. Professor-o’qituvchilar soni umumiy: 209 nafarni tashkil etadi.
- 10 nafar fan doktori
- 25 nafar fan nomzodi, dosent
- 20 nafar PhD,
- 154 nafardan ortiq katta o’qituvchi va o’qituvchilar
2.2. Professor-o’qituvchilar tarkibi:
- 25 nafari erkak, 184 nafari ayol.
3. Ta’lim dasturlari soni:
- Bakalavr ta’lim yo’nalishlari soni – 10
- Magistratura mutaxassisligi – 6
- Ilmiy daraja beruvchi kengash -1
- 2- ta ixtisoslikda (DSc, PhD)
3.1. Bakalavr ta’lim yo‘nalishlari (kunduzgi):
- 60230100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili)
- 60230100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (nemis tili)
- 60230100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (fransuz tili)
- 60230100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (rus tili)
- 60111800 – Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)
- 60111700 – O‘zga tilli guruhlarda rus tili
- 60230200 – Tarjima nazariyasi va amaliyoti (ingliz tili)
- 60230200 – Tarjima nazariyasi va amaliyoti (nemis tili)
- 60230200 – Tarjima nazariyasi va amaliyoti (fransuz tili)
- 60111500 – Ona tili va adabiyoti (rus tili va adabiyoti o’zga tilli guruhlarda)
3.3. Bakalavr ta’lim yo‘nalishlari (kechki):
- 60230100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili)
- 60230100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (rus tili)
4. Magistratura mutaxassisligi:
- 70230101 – Lingvistika (ingliz tili)
- 70230101 – Lingvistika (nemis tili)
- 70230101 – Lingvistika (fransuz tili)
- 70230101 – Lingvistika (rus tili)
- 70230201 – Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik (ingliz tili)
- 70230502 – Adabiyotshunoslik (rus adabiyoti)
5. Talabalar kontingenti: 3851
Bakalavriat:
Jami 3627 nafar
- 1-kurs 885 nafar
- 2-kurs 1174 nafar
- 3-kurs 936 nafar
- 4-kurs 632 nafar
Magistratura:
- 1-kurs 142 nafar
- 2-kurs 82 nafar
5.2. Yigitlar – 652 nafar / qizlar – 3199 nafar
5.3. Iqtidorli talabalar (sifatli fotolari bilan)
- Baxtiyarova Maftuna – Ingliz tilshunosligi kafedrasi 2-kurs magistrаnti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi sohibi (2018);
- Bekmurodova Feruzabonu – Ingliz tilshunosligi kafedrasi 2-kurs magistranti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi sohibi (2020);Oripov Alijon – Fransuz filologiyasi kafedrasi 3 – kurs talabasi, Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sohibi (2019);
- Nigmatova Olima – Nemis filologiyasi kafedrasi 4-kurs talabasi, Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sohibi (2020);
- Karimova Maftuna – Fransuz filologiyasi kafedrasi 4-kurs talabasi, Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sohibi (2020);
2021-yil ingliz tilshunosligi kafedrasi 3-kurs talabasi Abdukarimov Valixon “Yilning eng yaxshi video roligi” – “Men sevgan adib” tanlovida go’lib bo’ldi. 2021 yilda xorijiy til va adabiyot kafedrasi 2-kurs talabasi Abdullayev Abdulaziz “Medsenat” granti sohibi bo’ldi.
6. Fakultet tarkibidagi kafedralar
- Ingliz tilshunosligi
- Tarjima nazariyasi va qiyosiy tilshunoslik
- Nemis filologiyasi
- Fransuz filologiyasi
- Rus adabiyotshunosligi
- Rus tilshunosligi
- Xorijiy til va adabiyot
- Fakultetlararo ingliz tili
- Fakultetlararo rus tili
- Amaliy ingliz tili va adabiyotshunoslik
7. Ilmiy maktablar:
Fakultetda tilshunoslik, adabiyotshunoslik, tarjimashunoslikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy maktablar mavjud.
- O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, filologiya fanlari doktori, professor G‘aybulla Tadjitdinovich Salomovning “Tarjima nazariyasi” maktabi.
- O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, filologiya fanlari doktori, professor Abduzuxur Abdumajitovich Abduazizovning “Turli tizimli tillarda fonetika va fonologiya, qiyosiy tipologiya” ilmiy maktabi.
- Filologiya fanlari doktori, professor O‘tkir Qurbonovich Yusupovning “Qiyosiy – chog‘ishtirma tilshunoslik” maktabi.
- Filologiya fanlari doktori, professor Aleksandra Nikolaevna Davshanning “Aziya v russkoy literature” nomli ilmiy maktabi.
- Filologiya fanlari doktori, professor Anna Gennadevna Sheremetevaning – “Rus tilida so‘z yasalishi” ilmiy maktabi.
- Filologiya fanlari doktori, professor Abdi Eshankulovich Mamatovning “Til normasi, adabiy tilda leksika va frazeologik norma muamolari” ilmiy maktabi.
8. Xalqaro aloqalar
– Xorijiy professor-o’qituvchilar
Fakultetda nufuzli horijiy oliy ta’lim muassasalaridan taklif etilgan mutaxassislar:
Professor Simon Kretschmer – DAAD (0.5 shat birligi);
Filologiya fanlari doktori, Yevgeniy Аnatolevich Yermolin – M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti hamda Yaraslavl Pedagogika universiteti professori, (0.25 shtat birligi);
Filologiya fanlari doktori, Аleksandr Viktorovich Markov – Rossiya davlat gumanitar universiteti professori, (0.25 shtat birligi);
Pedagogika fanlari nomzodi, dotsenti Proxorova Lyudmila Lvovna – Rossiya davlat gumanitar universitetining Xalqaro rus tili ilmiy – o’quv markazi direktori (1 shat birligi);
Professor Marion Depart (Marion Départ) – Frantsiyaning Avr Normandiya universiteti (0,25 shtat birligi);
Professor Pol Loyrett (Paul Loyrette) – Frantsiyaning Sorbonna IVuniversiteti (0,25 shtat birligi).
Xorijiy talabalar
Talabalar quyidagi xorijiy davlatlardan kelib tahsil olmoqdalar:
Xalqaro talabalar almashinuv
– Qirg’iziston Respublikasining Qirg’iz – O’zbek Xalqaro Universiteti (8 nafar talaba).
-Erishilgan natijalar
Keyingi yillarda professor-o’qituvchilardan 5 nafar DSc, 12 nafar falsafa PhD muvoffaqiyatli himoya qildilar.
Fakultet professo-o’qituvchilari xorijiy tillar bo’yicha ham ma’ruzalar ham amaliy mashg’ulotlar olib boradilar. Bundan tashqari fakultetning ko’plab professor-o’qituvchilari AQShning Origona universiteti, Buyuk Britaniyaning Norvich til o’qitish instituti, Fransiyaning nufuzli universitetlarida, V.M.Lomonosov nomidagi MDU, Toshkentdagi Gyote instituti va boshqa xorijiy universitetlarda malakalarini oshirganlar va oshirmoqdalar. Ular tomonidan shu kunga qadar 100 dan ortiq darsliklar, o‘quv, o‘quv –uslubiy qo‘llanmalar va 20 dan ortiq lug‘atlar yaratildi. Professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘zbek tilidan chet tillariga va aksincha chet tillaridan o‘zbek tiliga 30 dan ortiq badiiy asarlar tarjima qilindi. Nemis filologiyasi kafedrasi katta o‘qituvchisi X.Qo‘chqorova shvetsariyalik nemis zabon zamonaviy yozuvchilaridan Jenni Erpenbekning “Makon istab”, Elke Haydenrayh va Bernd Shrederning “Azaliy ishq” asarlarini bevosita o‘zbek tiliga tarjima qildi. Iqtidorli talabalar o‘zbek shoirlari Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Muhammad Yusufning she’rlarini o‘zbek tilidan ingliz, nemis,fransuz va rus tillariga tarjima qildilar.
– Davlatning yuksak medal va unvonlari bilan taqdirlangan professor-o’qituvchilar:
Filologiya fanlari doktori, dosent Ermatov Bahodir Sodiqovich respublikada fan, madaniyat, ta’lim sohalarini rivojlantirishga, yosh avlodni vatanparvarlik, mustaqillik va ijtimoiy adolat g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashga qo‘shgan hissasi uchun 1997 yil “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.
Filologiya fanlari doktori, professor Abduzuxur Abdumajitovich Abduazizov O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1998) unvonini olgan.
Rus adabiyotshunosligi kafedrasi professori, filologiya fanlari doktori Aleksandra Nikolayevna Davshan “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlangan (2007).
Rus tilshunosligi kafedrasi professori, filologiya fanlari doktori Anna Gennadiyevna Sheremeteva ilmiy hamda pedagogik faoliyati uchun “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi (2008). Anna Gennadiyevna 2018 yilda “Пушкин” ordeni bilan mukofotlangan. Rossiya Federatsiyasining chet eldagi vatandoshlari bilan ishlash hukumat komissiyasining faxriy yorlig’i, Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi fan va madaniyat markazi (Rossotrudnichestvo) vakolatxonasining faxriy yorlig’i, Moskva hukumatining faxriy yorlig’i, Toshkentdagi Rus madaniyat markazining «За вклад в развитие русской культуры в Узбекистане» faxriy belgisi bilan taqdirlangan.
Filologiya fanlari doktori, professor Raima Xakimovna Shirinovaning fransuz tilini o‘qitish va o‘rgatish, fransuz madaniyatini targ‘ib qilishda qo‘shgan xizmati Fransiya hukumati tomonidan yuqori baholanib 2019 yil 27 martda fransuz til va madaniyatini rivojlantirishdagi buyuk xizmatlari uchun – “Palmes Academique” ordeni bilan mukofotlandi.
Fransuz tili tarjima
Powered by Phoca Download
Saytimiz rivojiga hissa
Uzcard: 8600 5504 8563 9786
© 2004-2020 – Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.
- Bosh sahifa
- Portal haqida
- Portal tarixi
- Sayt xaritasi
- Muallif haqida
- Tafakkur gulshani
- Mumtoz faylasuflar hikmati
- Ibratli hikoyatlar
- Jahon xalqlari maqollari
- Jadid matbuoti
- Sovet davri matbuoti
- Qayta qurish davri matbuoti
- Mustaqillik matbuoti
- Hozirgi davr matbuoti
- Tarix
- O‘zbekiston hukmdorlari
- Temuriy malikalar
- Yurt bo‘ynidagi qilich.
- Qomusiy olimlar, sarkardalar
- Reytinglar
- O‘zbek xalq og‘zaki ijodi
- O‘zbek xalq maqollari
- O‘zbek xalq ertaklari
- O‘zbek xalq topishmoqlari
- O‘zbek mumtoz adabiyoti
- Zamonaviy o‘zbek she’riyati
- Muxlislar ijodidan
- Barcha kitoblar
- Ziyouz jurnalxonasi
- Ziyouz audiokutubxonasi
- Mobil kutubxona
- Maktab darsliklari
- Oliy va OMTM darsliklari
- Durdona to‘plamlar
- Android uchun kitoblar
- Videogalereya
- Узбекская библиотека
- Islomiy sahifamiz
- Forum
- Kross-shou
- Foydali sahifalar
- Saytdan qidirsh
- Ziyouz viktorinasi arxivi
Fransiyada tahsil olish: University of Paris
Qachon asos solingan: 12-asrda;
Asoschi: Rober de Sorbon;
Qayta tashkil etilgan: 2018-yilda;
Til: fransuz, ingliz;
Rasmiy sayt: http://sorbonne-universite.fr/;
Prezident: Jean Chambaz;
Talabalar soni: 53 400;
Tarkibi: 13 ta mustaqil universitetlardan iborat;
Qayerda joylashgan: 28 Rue Serpente, 75006 Paris, Fransiya; Telefon: 01 44 27 44 27.Nima uchun Parij Universiteti?
Parij universiteti (University of Paris, hozirda Sarbonne University) Rober de Sorbon tomonidan 12-asrda asos solingan Yevropaning eng qadimgi taʼlim muassasalaridan biri hisoblanadi. Koʻp asrlar davomida universtitet ilmiy tafakkur markazi boʻlgan va Foma Akvinskiy, Pyer Kyuri, Ignatiy de Loyola, Simona de Bovuar, Emmanyuel Makron, Anri Puankare, Jan Kalvin, Iren Jolio-Kyuri, Deni Didro, Jan Bodriyyar, Fransua Mitteran, Jan Fransua Liotar, Xabib Burgiba, Bernard Lyuis, Maksimilian Robespyer, Mayster Ekxart, Edgar Dega, Jyul Mishle kabi oʻrta asrlar hamda hozirning buyuk shaxslarini yetishtirgan. 1968-yilda Parij universiteti 13 ta alohida yoʻnalishlarga ega universitetlarga ajratildi.
Parij Universiteti hozirda bir nechta OTMlarni o’z ichiga oladi. Ular quyidagilar:
- Universitet Parij I, Panteon-Sorbonnanomi bilan mashhur, huquq, boshqaruv, sanʼat va tarixga ixtisoslashgan. Qisman Sorbonnaning tarixiy inshootlaridan birida joylashgan. Tarkibida iqtisod, demografiya, amaliy matematika, kommunikatsiya va ijtimoiy fanlar boʻyicha 15 ta fakultet mavjud.
- Universitet Parij II yoki Panteon-Assa huquqshunoslik va yurisprudensiya boʻyicha Yevropaning eng yaxshi oliygohlaridan biri hisoblanadi. Tarkibida Fransuz jurnalistika instituti va bir qancha boshqa fakultetlar bor. Panteon-Assa mashhur Lyuksembers bogʻi roʻparasida joylashgan.
- Universitet Parij III yoki Yangi Sorbonna, adabiyot, tillar, teatrshunoslik, kommunikatsiya, kino sanʼati va sivilizatsiya tarixi kabi yoʻnalishlar boʻyicha 13 ta fakultetda kadrlar tayyorlaydi. Sena daryosi boʻyidagi Lotin kvartalida joylashgan.
- Universitet Parij IV yoki Parij-Sorbonna, Parijning asosiy gumanitar oliygohi. Jurnalistika, tilshunoslik, tarix, arxeologiya kabi 16 ta fakulteti bor. Sorbonna binosida joylashgan.
- Universitet Parij V yoki Parij Dekart davlat tibbiyot universiteti. Bulon-Bilankur va Monrujda joylashgan. Parij Dekart 8 fakultet, Psixologiya instituti va yuzlab tibbiy laboratoriyalarini oʻz ichiga oladi.
- Universitet Parij VI, Pyer va Marii Kyurinomida, Parijning aniq va tabiiy fanlari boʻyicha bosh oliygohi. 7 fakultet va 5 ta institutdan iborat. Tarkibiga 180 ta ilmiy laboratoriyalar kiradi. 20% talabalari chet elliklar hisoblanadi.
- Universitet Parij VII, Deni Didro nomi bilan ataladi, tabiiy, aniq va gumanatar qanlarga ixtisoslashgan. Oʻquv binolari Parijning turli qismlarida, shuningdek, shahar tashqarisidagi Myodone va Fontenbloda joylashgan.
- Universitet Parij VIII yoki Vinsan-Sen-Deni asosan gumanitar fanlarga ixtisoslashgan, ammo informatika va huquq, falsafa, kino sanʼati, gender tadqiqotlarga oid fakultetlari mavjud. Sen-Deni tumanida joylashgan.
- Universitet Parij IX yoki Parij-Dofin, iqtisodiyot fanlari boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. NATO tashkilotining avvalgi binosida joylashgan.
- Universitet Parij X — Nanter-lya-Defans —Parijdan bir necha km uzoqlikdagi Nanter shahrida joylashgan, huquq va iqtisod boʻyicha kadr tayyorlaydi. Tarkibida 9 fakultet, universitet teatri, olimpiya basseyni mavjud.
- Universitet XI yoki Parij-Janub, aniq fanlar boʻyicha Fransiyaning eng yaxshi universitetlaridan biri hisoblanadi. Parij janubidagi Orse shahrida joylashgan, 5 ta fakultet iva yuzlab laboratoriyalari bor.
- Universitet XII – Val de Marn Parij tashqarisidagi Kretey shahrida joylashgan. Universitet administrativ fanlar, menejment, adabiyot, huquq va aniq fanlar boʻyicha kadr tayyorlaydi. 7 ta fakultet va tadqiqot institutlari, shuningdek, oliy maktablar tarkibiga kiradi.
- Universitet XIII – Parij-Shimol 5 ta fakultetdan tashkil topgan, adabiyot, huquq, kommunikatsiya, tibbiyot va biologiyaga yoʻnaltirilgan. Parijning Sen-Deni tumanida joylashgan.
Qaysi tilda va qancha muddat?
Parij Universiteti hamda uning tarkibiga kiruvchi oliygohlarda oʻqish fransuz va ingliz tillarida olib boriladi. Agar fransuzchani qisman tushunsangiz, yaxshisi, taʼlim ingliz tilida olib boriladigan guruhlarni tanlaganingiz maʼqul.
Parij universitetlari Bolonya tizimiga aʼzo, hamda qaysi bosqichligidan qatʼiy nazar, yiliga 60 kreditdan toʻplash talab etiladi:
- Bakalavriat: 3-4 yil;
- Magistratura: 1-2 yil;
- Doktorantura: 3 yil.
Fransuz tilini qayerda oʻrganamiz?
Fransiyada erkin oʻqish va yashash uchun hech boʻlmasa kundalik hayotda va universitet faoliyatida fransuz tilida gaplasha olishingiz zarur. Buning uchun bir necha variantlar mavjud:
- Fransuz tili kurslarida oʻqish;
- Fransuz millatiga mansub talaba bilan yotoqxonaga joylashish (bunda oʻquv kurslariga nisbatan tezroq va tabiiy gaplashishni oʻrganishingiz aniq);
- Oʻqiyotgan universitetingizda mavjud fransuz tili kurslarida ishtirok etish;
- Universitetda oʻtiladigan fanlardan tushunishingiz uchun osonroqlarini fransuz tilida, qolganini ingliz tilida oʻqishingiz mumkin. Masalan, Panteon-Sorbonna universiteti fransuz tili kurslari haqida toʻliq SHU YERDA
Qancha?
Parij universitetlarida 2018-yilning 6-noyabr holatiga koʻra Yevropa Ittifoqiga kirmaydigan talabalar, jumladan yurtimiz vakillari bir oʻquv yiliga ming yevrodan 10 ming yevrogacha toʻlab oʻqiydi. Masalan, Panteon-Sorbonna universiteti Iqtisodiyot, Matematika, Huquq dasturlari uchun toʻlov 5000-6500 yevroni tashkil etadi: BATAFSIL.
Qanday hujjatlar topshiriladi?
Avval Siz istagan mutaxassislik boʻyicha dasturni aniqlash lozim. Oʻzingizga maʼqul dasturni tanlash uchun yuqorida koʻrsatilgan universitetlarning rasmiy saytlariga murojaat qiling. Masalan Panteon-Sorbonna universiteti ingliz tilidagi kurslarni tanlash uchun maʼlumot: SHU YERDA.
Yevropa Ittifoqiga kirmaydigan davlat vakillari, jumladan, oʻzbekistonliklar uchun topshiriladigan hujjatlarning umumiy tarkibi quyidagicha:
- Ariza (onlayn shaklda toʻldirilgan, chop etilgan va imzo qoʻyilgan boʻlishi kerak);
- Pasport nusxasi;
- Pasport formatidagi fotosurat;
- Imtihonlar muddati uch oydan koʻp boʻlgan universitetlar uchun viza haqidagi maʼlumotnoma (pasportga qoʻshimcha);
- Attestat/kollej/litsey diplomi (fransuz tiliga tarjima qilingan va notarial tasdiqlangan nusxasi);
- Motivatsion xat;
- Iqtisodiyot va moliya yoʻnalishlari uchun GRE/GMAT sertifikati;
- Til bilish darajasi sertifikati (ingliz tili uchun IELTS/TOEFL sertifikati);
- Fransuz tilida oʻqishni tanlaganlar uchun fransuz tili testidan DALF (C1 darajasiga toʻgʻri keladi) yoki DELF (B1 yoki B2). Oʻzbekistonda topshirish uchun: BATAFSIL;
- Ayrim universitetlar uchun esse, tavsiyanoma va rezyume talab qilinishi mumkin;
- Tugʻilganlik haqidagi guvohnoma (fransuz tiliga tarjima qilingan va notarial tasdiqlangan).
- Roʻyxatdan oʻtish badali tanlangan yoʻnalishga koʻra minimal 170 yevrodan boshlanadi (masalan, Panteon-Sorbonna universiteti uchun registratsiya badali haqida: SHU YERDA tanishing).
*Topshiriladigan hujjatlar va ularning shaklini tanlagan universitetingizdan aniqlashtiring.
*Dedlayn: topshirilayotgan yoʻnalish va semestrga qarab turlicha, masalan, Penteon-Sorbonna universiteti Iqtisodiyot magistratura yoʻnalishi uchun 15-oktyabrdan 1-maygacha.
*Chet ellik talabalarni oʻqishga qabul qilish, stipendiya dasturlari, yordam kabi har qanday qoʻshimcha savol va yordam olish uchun Parij Xalqaro universitetlari saytiga yoki Crous Paris tashkilotiga murojaat qiling. Ular xalqlar integratsiyasi va chet ellik talabalarning Fransiya muhitiga adaptatsiyasini taʼminlash bilash shugʻullanadilar.
Kirish imtihonlari:
Barcha imtihonlar Siz tanlagan (fransuz yoki ingliz) tilda oʻtkaziladi va barcha hollarda tegishli darajadagi fransuz yoki ingliz tilini egallaganlik haqida sertifikat talab etiladi. *Imtihonlarni tanlagan universitetingizdan aniqlashtiring.
Stipendiya bormi?
Stipendiyalar haqida Parij universiteti tarkibiga kiruvchi universitetlarning rasmiy saytlarida tanishish mumkin. Masalan, Parij-Sorbonna universiteti taqdim etadigan stipendiyalar quyidagilar:
- Eiffel Scholarship, talabani oyiga 1180 yevro miqdordagi stipendiya bilan taʼminlaydi. Dedlayn 27-oktyabr, murojaat uchun freemover1@univ-paris1.fr;
- Scholarship Master Ile-de-France / Scholarship Master Ile-de-France-Europe, talabani 450 yevro hajmda stipendiya bilan taʼminlaydi: BATAFSIL;
Shuningdek, Fransiya hukumati stipendiyalari:
- École Normale Supérieure International Selection 2-3 yil davomida oyiga 1000 yevrodan toʻlaydi;
- Ampere Scholarships of Excellence at ENS de Lyon 12 oy davomida oyiga 1000 yevrodan pul bilan taʼminlaydi.
Oʻqish mobaynida ishlash mumkinmi?
Oʻzbekistonlik talabalar oʻqish davrida haftasiga 20 soat ishlashlariga ruxsat beriladi. Ishlash uchun Bandlik bilan taʼminlash xizmatiga murojaat qilish lozim.
Yashash va viza xarajatlari qancha?
Turar joy: 250-700 yevro. Parij universitetlari talabalar uchun oʻz rasmiy saytlarida yotoqxonalar haqida maʼlumot joylashtirganlar. Masalan, Penteon-Sorbonna universiteti talabalar yotoqxonalari haqida batafsil: SHU YERDA tanishing. Shuningdek, Parij AILE tashkiloti talaba uchun bir martalik 900 yevro miqdorda yotoqxonaga joylashish yordami koʻrsatadi: BATAFSIL.
Oziq-ovqat, oʻquv anjomlari va boshqa xarajatlar, transport, uyali aloqa va internet, madaniyat, sport va hk.:uchun minimal 430-500 yevro sarflaydi. Masalan, Panteon-Sorbonna universiteti talabalarga imtiyozli restoranlarda ovqatlanish, WiFi xizmatidan foydalanishni tavsiya etadi.
*Maʼlumotlar 2018 yil uchun Panteon-Sorbonna universiteti misolida olindi. Toʻliq maʼlumot: SHU YERDA. Narxlar taxminan berilgan hamda valyuta kursi va muddatga qarab oʻzgarishi mumkin.
Viza xarajatlari. Imtihon topshirishga borish uchun sayohatchilar shengen vizasini olish kerak. Oʻqish davrida yashash uchun talabalik vizasini rasmiylashtirish lozim. 3 oylik Shengen vizasi va uzoq muddatli talabalik vizasi uchun Fransiya hukumatiga yoki yurtimizdagi Fransiya elchixonasi (Embassy of France in Tashkent)ga murojaat qilish lozim. Manzil: Istiqbol 25, Toshkent; Rasmiy sayt: http://www.ambafrance-uz.org/; Telefon: (+998 71) 233 53 82, (+99871) 233 53 84.
3 oydan 1 yilgacha beriladigan vizani rasmiylashtirishga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
- Toʻldirilgan va imzo chekilgan anketa (arizaning elektron shakli: SHU YERDA);
- 2 dona 3,5 x 4,5 mm formatdagi fotosurat;
- Amaldagi pasport (oʻzbekistonlik talaba uchun zagranpasport);
- Universitetga qabul qilinganlik haqida maʼlumotnoma;
- 18 yoshdan katta talabaning hisob raqamida oyiga 430, yiliga taxminan 5 160 yevro boʻlishi lozim. Bu talabaning oylik xarajatlarini qoplash uchun zarur summa hisoblanadi;
- Tibbiy sugʻurta;
3 oydan 1 yilgacha rasmiylashtiriladigan viza xarajatlari taxminan minimal 99 yevroni tashkil etadi. Masalan Panteon-Sorbonna universtiteti talabasi uchun viza haqida SHU YERDA tanishing. *Talabalik vizasini rasmiylashtirish haqida umumiy maʼlumot: SHU YERDA.
tarjimalar narxlari statistikasi
Bu betda faqat ikki til juftligiga nisbatan tarjima xizmatlari narxlari na’muna sifatida ko’rsatilgan. Agar siz izlagan tillar juftligiga nisbatan tarjima xizmati narxlarni ko’rish uchun avval veb-sayta yoziling va o’zingiz kutgan narxni kiriting.
fransuz tili > ingliz tili (na’munaviy hajm: 6 584)
fransuz tili > ingliz tili (na’munaviy hajm: 6 584)
(na’munaviy hajm; standart og’ish)
Bu betda TrasnlatorsCafe.comga yozilgan tarjimonlarning belgilagan eng minimal narxlari haqidagi ma’lumotlar statistikasini topasiz. Agar siz izlagan tillar juftligini topolmasangiz, demak bu til juftligiga nisbatan tarjima xizmati narxini 10 tadan kamroq tarjimonlar yozgan.
Forumlarda ohirgi sharxlar: RE: The year of an ox – Lilian Baland tomonidan 3 daqiqa oldinoldin Off-Topic Chit-Chat nomli forumda chop etilgan RE: Royalties for translating an author’s work – Joseph Grill tomonidan 4 daqiqa oldinoldin Viewpoints, Questions, Comments, Advice nomli forumda chop etilgan RE: Royalties for translating an author’s work – Joseph Grill tomonidan 6 daqiqa oldinoldin Viewpoints, Questions, Comments, Advice nomli forumda chop etilgan RE: Royalties for translating an author’s work – Lilian Baland tomonidan 59 daqiqa oldinoldin Viewpoints, Questions, Comments, Advice nomli forumda chop etilgan RE: Free online glossaries for hunting fishing camping and outdoor – Lilian Baland tomonidan oldin Translator Resources and Web Links nomli forumda chop etilgan
Keling, hamkorlik qilamiz!