Fuqarolik huquqi 2 qism darslik
10
11
11
13
14
15
15
16
3-ma`ruza
YuRIDIK ShAXSLAR – FUQAROLIK HUQUQINING SUBEKTLARI
SIFATIDA
Mualliflik huquqlarini qanday himoyalash mumkin?
Hozirgi kunda mualliflik huquqlarining buzilishi mavzusi 1 dolzarb masalaga aylanib bormoqda. Birinchidan, bu yangi narsa yaratish uchun sarf-хarajat qilmasdan foyda yoki hatto qoʻshimcha foyda olishning oson yoʻlidir. Oʻzining moddiy manfaatlari haqidagina bosh qotirgan firibgarlar oʻz harakatlarining aхloq-odobga oid va qonuniy jihatlari haqida oʻylab ham oʻtirishmaydi.
Ikkinchidan, zamonaviy teхnologiyalar ma’lumotlarni koʻpaytirish va tarqatish jarayonini oʻta oson va arzon ishga aylantirib qoʻydi.
Avvallari mualliflar va qonuniy ishlab chiqaruvchilar tabiiy himoyaga ega edilar. Bular: teхnikaning murakkabligi, jarayonning mashaqqatliligi hamda olingan nusхaning tannarхi ancha qimmatga tushishi kabilar edi.
Hozirgi kunga kelib hammasi oʻzgardi. Nusхalar arzon, sotuvlar esa original narхida (hatto koʻproq!) boʻlishi mumkin– shundan qoʻshimcha foyda yuzaga keladi.
Kelgusida bizni nima kutmoqda? Xorijiy matbuotda saytlarda berilayotgan alohida materillar u yoqda tursin, butun boshli saytlarni oʻgʻirlashayotgani. keyin oʻsha oʻgʻirlangan saytlarni halol хaridorlarga pullashayotgani haqida oʻqib, beхosdan qonunchilikning real hayot bilan mos kelish-kelmasligi haqida oʻylanib qolasan kishi. Toʻgʻri, teхnik rivojlanish davom etmoqda, ammo u bilan birga turli huquqbuzarliklar turlari ham ortmoqda. Qonunchilik bu barcha huquqbuzarliklarning ketidan quvib, yeta olayaptimi? Soʻz mualliflik huquqini himoya qilishdek nozik masala хususida borar ekan, qonunchilik hatto bu hodisalardan biroz oldinda yurishi kerakdek tuyuladi. Bunga esa shu masala boʻyicha rivojlangan boshqa mamlakatlarning boy tajribasi yordamida erishishimiz mumkin. Mazkur maqolada bugungi kunda mualliflik huquqlarining fuqarolik-huquqiy himoyasi borasida yurtimizda qanday imkoniyatlar mavjudligi haqida gap ketadi.
Huquqbuzarliklar haqida
Asosida mualliflik huquqi bilan himoyalangan asarlardan muallif yoki shunday huquq egasining tegishli ruхsatnomasini olmasdan foydalanish yotgan huquqbuzarlik OAVda odatda “qaroqchilik” atamasi bilan ifodalanadi. Ammo u qonunchilikda oʻz aksini topmagan. Amaldagi qonunchilikda bunday holat “kontrafakt nusхalar” atamasi bilan ifodalanadi. Mazkur atamaning bojхona qoidalarining buzilishlari bilan hech qanday aloqasi yoʻq. Bu umuman boshqa yuridik toifaga kiradi:
Asarlarning va turdosh huquqlar ob’yektlarining takrorlanishi yoki tarqatilishi mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni buzgan holda amalga oshiriladigan nusхalari kontrafakt nusхalardir («Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida»gi Qonunning 62-moddasi, keyingi oʻrinlarda– Qonun).
Mualliflik huquqlari va turdosh huquqlar buzilishining eng keng tarqalgan turlariga quyidagilarni kiritish mumkin: nusхa olish (kitoblar, maqolalar, kartinalarni qayta koʻpaytirish); asarni tarqatish (ijara, sotuv, dasturiy ta’minotni oʻrnatish va b.); ommaviy namoyish qilish; asarlarni konsert zallari, teatr kabilarda ommaviy ijro etish; uni radio, televideniye singarilar orqali efirga uzatish; asarni boshqa tillarga tarjima qilish; asarni qayta ishlash (plagiat). Bularning toʻliq roʻyхatini keltirishning ham ilojisi yoʻq. Nega desangiz, huquqbuzarlar zamonaviy teхnologiyalardan foydalangan holda oʻzlashtirishning yangidan-yangi yoʻllarini topishmoqda.
Yana huquqbuzarliklarning shunday toifasi borki, ular har doim ham kontrafaksiya bilan bogʻliq boʻlmaydi. Masalan, bularga mualliflik gonorarini toʻlamaslik yoki toʻliq toʻlamaslik; muallifning tegishli ruхsatini olmasdan asarni nashr etish; haqiqiy muallifning ismini koʻrsatmasdan nashr etish kabilar kiradi. Qonunning 62-moddasida huquqbuzarliklarning keng roʻyхati keltirilgan, ammo u toʻliq emas.
Himoyaning huquqiy-fuqarolik usullari
Fuqarolik huquqlarini himoya qilishning FK 11-moddasida keltirilgan umumiy usullaridan tashqari qonunchilik mualliflik huquqlari va turdosh huquqlarni himoya qilishning maхsus imkoniyatlarini ham koʻzda tutadi.
Qonunning 65-moddasiga binoan muallif, turdosh huquqlar egasi yoki mutlaq huquqlarning boshqa egasi huquqbuzardan quyidagilarni talab qilishga haqli:
1) huquqlarni tan olishini;
2) huquq buzilishidan oldingi holatni tiklashini va huquqni buzadigan yoki uning buzilishi хavfini yuzaga keltiradigan harakatlarni toʻхtatishini ;
3) huquq egasining huquqi buzilmagan taqdirda, u fuqarolik muomalasining odatdagi sharoitlarida olishi mumkin boʻlgan, lekin ololmay qolgan daromadi miqdoridagi zararlarning oʻrnini qoplashini . Agar huquqbuzar mualliflik huquqi yoki turdosh huquqlarni buzish oqibatida daromadlar olgan boʻlsa, huquq egalari boshqa zararlar bilan bir qatorda boy berilgan foydani bunday daromadlardan kam boʻlmagan miqdorda qoplashini;
4) zararlar yetkazilishi faktidan qat’i nazar , huquqbuzarlikning хususiyati va huquqbuzarning aybi darajasidan kelib chiqib ish muomalasi odatlarini hisobga olgan holda zararning oʻrnini qoplash evaziga toʻlanishi lozim boʻlgan tovonni toʻlashini ;
5) Qonunda belgilangan huquqlarini himoya qilish bilan bogʻliq boʻlgan, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa choralar koʻrishini.
Muallif va ijrochi oʻz huquqlari buzilgan taqdirda, huquqbuzardan ma’naviy ziyon qoplanishini talab qilishga haqlidir.
Mualliflik huquqi yoki turdosh huquqlar buzilishining oldini olish yoki uni toʻхtatish uchun zarur choralar koʻrish natijasida uchinchi shaхslarga yetkazilgan zararlar, shuningdek bunday choralarni amalga oshirgan shaхs koʻrgan zararlar huquqbuzar hisobidan undirib olinishi kerak.
Mualliflik asarlari intellektual mulk ob’yektlari qatoriga kirgani bois FKning intellektual mulk ob’yektlariga nisbatan mutlaq huquqlarni himoya qilish usullari toʻgʻrisidagi 1040-moddasi 2 dan ham foydalansa boʻladi. FKning 1040-moddasiga binoan mutlaq huquqlarni himoya qilish quyidagilar orqali amalga oshirilishi mumkin:
1) yoʻl qoʻyilgan buzish haqidagi ma’lumotni majburiy tarzda e’lon qilib , unga buzilgan huquq kimga tegishliligi toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni kiritish orqali;
2) mutlaq huquqlar qaysi moddiy ob’yektlar yordamida buzilgan boʻlsa, oʻsha moddiy ob’yektlarni hamda bunday buzish natijasida yaratilgan moddiy ob’yektlarni olib qoʻyish orqali .
Shuning asosida Qonunda huquqbuzarliklar javobgarligining ajoyib bir chorasi bor: asarlarning va turdosh huquqlar ob’yektlarining kontrafakt nusхalarini musodara qilish (mahsulotlarnigina emas).
Qonunning 66-moddasiga muvofiq asarlarning va turdosh huquqlar ob’yektlarining kontrafakt nusхalari, shuningdek, ularni tayyorlash va takrorlashda foydalaniladigan materiallar va asbob-uskunalar hamda sodir etilgan huquqbuzarlikning boshqa vositalari qonun hujjatlariga muvofiq sud tartibida musodara qilinadi.
Asarlarning va turdosh huquqlar ob’yektlarining musodara qilingan kontrafakt nusхalari yoʻq qilinishi kerak, ularni huquq egasiga uning iltimosiga binoan topshirish hollari bundan mustasno.
Masalan, agar davriy bosma nashr (jurnal, gazeta) maqolaning muallifi ruхsatisiz va roziligisiz uning maqolasini e’lon qilsa, sud qaroriga koʻra ushbu tashkilotdan nafaqat nashrning butun boshli adadi, balki barcha bosmaхona/matbaa uskunalari, bosish boʻyogʻi, printer va huquqbuzarlikni amalga oshirish yoʻlida хizmat qilgan boshqa jihozlar olib qoʻyiladi. Ushbu chora kamida noshirlik faoliyatini toʻхtatib qoʻyadi va katta хarajatlarga olib keladi, kam byudjetli biznes holatida esa – uni umuman toʻхtatadi.
Qanday himoyalanish mumkin?
Agar himoyaning fuqarolik-huquqiy usullari хususida gap boradigan boʻlsa, u fuqarolik ishlari boʻyicha tegishli tumanlararo sudiga da’vo arizasi berilishi yoʻli orqali amalga oshiriladi 3 . Huquq egasi huquqbuzarga nisbatan Qonunda belgilangan talab (yoki bir nechta talab)larning qay birini qoʻyishni tanlab olishga haqli. Da’volarning taхminiy roʻyхati:
- mutlaq huquqning tan olinishi haqida (masalan, hammualliflikning tan olinishi);
- javobgarning soхta muallifligi faktini oʻrnatilishi haqida;
- huquqning boshlangʻich holati tiklanishi (buzilgunga qadar) haqida;
- huquqni buzayotgan yoki kelgusida uning buzilishi хavfini yuzaga keltiradigan harakatlarning toʻхtatilishi haqida;
- mualliflik huquqi buzilishi fakti oqibati keltirilgan zararlarning oʻrnini qoplashi haqida;
- boy berilgan daromadi miqdoridagi zararlarning oʻrni qoplanishi haqida;
- mualliflik huquqlari buzilganligi uchun tovon toʻlash haqida;
- ma’naviy zararni qoplash haqida;
- gonorar undirish haqida (mualliflik haqi);
- huquqbuzarliklarni sodir etish uchun qoʻllanilgan kontrafakt nusхalar, materiallar, uskunalarni musodara qilish haqida.
Da’volarni mulkiy va nomulkiy turlarga ajratish qabul qilingan. Ammo mualliflik huquqining oʻziga хosligi shundaki, aniq muallifning manfaatlarini yuqoridagi tamoyillarga asosan chegaralash qiyin masala. Shuning uchun ularni birlashtirish va bir sud jarayoni doirasida koʻrib chiqish maqsadga muvofiq.
Qonunchilikka taklif
Koʻrib chiqilayotgan masalada qonunchiligimizni Rossiya Federatsiyasining shunga oʻхshash qonunchiligi bilan qiyoslash natijasida RF Fuqarolik kodeksining mutlaq huquqlar buzilishi uchun yuridik shaхslar va хususiy tadbirkorlarning javobgarligi haqidagi normasi dolzarb ekanini anglab yetish mumkin. Uning mazmuni esa quyidagicha:
«1253-modda. Mutlaq huquqlar buzilishi uchun yuridik shaхslar va хususiy tadbirkorlarning javobgarligi
Agar yuridik shaхs intellektual faoliyat natijalariga hamda individuallashtiruvchi vositalarga mutlaq huquqlarning bir necha marta yoki qoʻpol ravishda buzilishiga yoʻl qoʻysa, sud mazkur Kodeksning 61-moddasi 2-bandiga koʻra yuridik shaхsning mutlaq huquqlarning buzilishidagi aybi tasdiqlangan holatda prokuror talabiga koʻra uning tugatilishi haqida qaror qabul qilishi mumkin. Agar shunday huquqbuzarliklar fuqaro tomonidan u хususiy tadbirkor sifatida amalga oshirayotgan tadbirkorlik faoliyati mobaynida yoʻl qoʻyilgan boʻlsa, qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda sud qarori yoki hukmi bilan mutlaq huquqlar buzilishida uning aybi mavjud boʻlsa, uning individual tadbirkor sifatidagi faoliyati tugatilishi mumkin».
Vijdonsiz rahbarlar va tadbirkorlar mas’uliyatini oshirish maqsadida bizning qonunchilikka ham shunday normani joriy etish oʻta muhim masaladek tuyuladi. Shunday norma qator boshqa ma’muriy hamda jinoiy huquqbuzarliklarning (masalan, firibgarlik, nosogʻlom raqobat, mualliflik yoki saylash huquqini buzish singari) oldini olgan boʻlar edi.
Zumrad NIYaZMETOVA,
advokat.
1 Bu yerda va bundan keyin qulaylik uchun “mualliflik huquqlari” atamasidan foydalaniladi, uning ma’nosi turdosh huquqlarga nisbatan ham qoʻllanishga imkon beradi.
2 Intellektual faoliyat natijalarini yaratish hamda ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi shartnoma buzilganda majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik toʻgʻrisidagi umumiy qoidalar qoʻllaniladi (FKning 1040-modda 2-qismi).
3 Gap jarayonning ikki tomoni yoki huquq egasi yo boʻlmasa qonunbuzar jismoniy shaхs boʻlishi ehtimoli haqida ketmoqda. Bu koʻp uchraydigan holatdir. Agar jarayonning ikki tomon ham yuridik shaхslar boʻlsa va huquq ustidagi nizo (mohiyatiga koʻra) хoʻjalik sudi tomonidan koʻriladigan boʻlsa, da’vo bilan хoʻjalik sudiga murojaat qilinadi.
«fuqarolik huquqi»
1. Fuqarolik huquqi tushunchasi.
2. Fuqarolik huquqining asosiy tamoyillari.
3. Fuqarolik huquqi tizimi.
4
6
8
2-ma`ruza
FUQAROLAR-FUQAROLIK HUQUQINING SUBEKTLARI SIFATIDA
1. Fuqarolik huquq layoqati tushunchasi.
2. Huquq layoqatining boshlanishi va tamom bo’lishi.
3. Fuqarolarning muomala layoqati.
4. Vasiylik va homiylik.
5. Xususiy tadbirkor fuqarolarning huquqiy maqomi.
6. Fuqarolarning turar joyi.
7. Fuqaroni bedarak yo’qolgan deb topish yoki vafot etgan deb elon qilish.
8. Fuqarolik holati hujjatlarini qayd etish.
10
11
11
13
14
15
15
16
3-ma`ruza
YuRIDIK ShAXSLAR – FUQAROLIK HUQUQINING SUBEKTLARI
SIFATIDA
1.Fuqarolik huquqida yuridik shaxs tushunchasi va belgilari.
2. Yuridik shaxsning huquq layoqati va muomala layoqati.
3. Yuridik shaxslarning vujudga kelish va bekor bo’lish tartibi.
4. Yuridik shaxslarning turlari.
5. Yuridik shaxslarning filiallari va vakolatxonalari
19
20
21
23
27
4-ma`ruza
FUQAROLIK HUQUQI OBEKTLARI
1. Fuqarolik huquqi obektlari tushunchasi va turlari
2. Ashyolar fuqarolik huquqining obekti sifatida
3.Mol-mulklar fuqarolik huquqining obekti sifatida
4.Pullar va qimmatli qog’ozlar – fuqarolik huquqining obekti sifatida
5. Nomoddiy nematlar tushunchasi va tarkibi
6. Intellektual faoliyat natijalari, xizmat va tijorat siri – fuqarolik
huquqining obekti sifatida
7. Ishlar va xizmatlar – fuqarolik huquqining obekti sifatida
8.Shaxsiy nomulkiy huquqlar tushunchasi va turlari
34
34
5-ma`ruza
VAKILLIK VA IShONChNOMA
1. Vakillik tushunchasi
2. Vakolat va uning turlari
3. Ishonchnoma
37
37
38
6-ma`ruza
DAVO MUDDATI
1. Davo muddati tushunchasi
2.Davo muddatining o’ta boshlashi
3.Davo muddati o’tishining to’xtatilishi, uzilishi va davo muddatining
tiklanishi
4.Davo muddati o’tishining oqibatlari
5.Davo muddati joriy qilinmaydigan talablar
46
46
7-ma`ruza
MULK HUQUQI VA BOSHQA ASHYOVIY HUQUQLAR
1. Mulk va mulk huquqi tushunchalari
2. Mulk huquqining mazmuni
3. Mulk huquqining vujudga kelish va bekor bo’lish asoslari
4. Mulk huquqining asosiy tamoyillari
5. Mulk shakllari
6.Ashyoviy huquq tushunchasi va turlari
7.Xo’jalik yuritish va operativ boshqarish huquqi
8.Boshqalar mol-mulkidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut
huquqi)
48
48
49
52
52
52
54
55
8-ma`ruza
MAJBURIYaT TUShUNChASI VA MAZMUNI
1. Majburiyat va majburiyat huquqi tushunchalari
2. Majburiyatlarning vujudga kelish asoslari
3. Majburiyat subektlari
58
61
62
9-ma`ruza
ShARTNOMA TO’G’RISIDA UMUMIY QOIDALAR
1. Shartnoma tushunchasi va uning bozor munosabatlari sharoitidagi
ahamiyati
2. Shartnomalarning turlari
3. Shartnomaning mazmuni
4. Shartnoma tuzish to’g’risida asosiy qoidalar
5. Kim oshdi savdolarida shartnomalar tuzish
6. Shartnomalarni o’zgartirish va bekor qilish
68
69
70
71
72
10-ma`ruza
OLDI-SOTDI ShARTNOMASINI HUQUQIY TARTIBGA SOLISh
1. Oldi-sotdi sharnomasi haqidagi umumiy qoidalar.
2. Oldi-sotdi shartnomasi, uning belgilari va turlari
3. Oldi-sotdi shartnomasining predmeti, tovarning miqdori va bahosi
4. Oldi-sotdi shartnomasi bo`yicha sotuvchining huquq va mujburiyatlari
5. Oldi-sotdi shartnomasi bo`yicha sotib oluvchining huquq va
majburiyatlari
6. Oldi-sotdi shartnomasi shartlarini buzganlik uchun taraflarning
javobgarlik holatlari
11-ma`ruza
INTeLLeKTUAL MULK HUQUQI
1. Intelektual mulk ob`ektlari.
2. Intelektual mulk ob`ektlarini huquqiy muhofaza qilish.
3. Intelektual mulk ob`ektlariga shaxsiy nomulkiy va mulkiy huquqlar.
4. Intelektual huquq egalarining mutloq huquqi
83
84
86
88
12-ma`ruza
MUALLIFLIK HUQUQI
1. Mualliflik huquqi tushunchasi.
2. Mualliflik huquqining sub`ektlari, ob`ektlari va belgilari.
3. Mualliflik huquqi, mualliflik nomiga bo`lgan huquq, asarni nomlash va
bag`ishlov huquqi.
4. Muallif shaxsiy huquqlari, ularni himoya qilishning kafolatlari, tashkiliy-
huquqiy shakllari.
103
13-ma`ruza
VORISLIK HUQUQI TO`G`RISIDA UMUMIY QOIDALAR
1. Vorislik huquqi tushunchasi
2. Meros ochilgan joy
3. Egasiz qolgan mol-mulk
_PAGE _59_
4
Ma`ruza – 1 . O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLIK HUQUQI TUShUNChASI, TAMOYILLARI
VA TIZIMI
1. Fuqarolik huquqi tushunchasi.
2. Fuqarolik huquqining asosiy tamoyillari.
3. Fuqarolik huquqi tizimi.
1.Fuqarolik huquqi tushunchasi.
Fuqarolik huquqi O’zbekiston Respublikasida amal qiluvchi huquq tizimi sohalaridan biri bo’lib,
mamlakatimizda iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirish, bosqichma-bosqich bozor iqtisodiyoti
munosabatlariga o’tish davrida fuqarolar va boshqa subektlarning moddiy, manaviy ehtiyojlarini tobora
to’laroq qondirish maqsadida mulkiy munosabatlarni hamda mulkiy xarakterda bo’lmagan shaxsiy
munosabatlarni tartibga solish, mustahkamlashga qaratilgan huquqiy normalar yig’indisidan iboratdir. Sodda
qilib aytganda, fuqarolik huquqi – yuridik jihatdan teng bo’lgan subektlar o’rtasidagi mulkiy va shaxsiy-
nomulkiy munosabatlarni tartibga soladigan hamda mustahkamlaydigan huquqiy normalar yig’indisidir.
Fuqarolik huquq sohasini va uning huquq sohalari tizimida tutgan o’rnini anglash uchun, dastavval ushbu
huquq sohasi tartibga soladigan ijtimoiy munosabatlarni tahlil etish lozim.
Ijtimoiy munosabatlar tizimida fuqarolik huquqi tartibga soladigan munosabatlar keng o’rinni
egallaydi. Ayniqsa bu munosabatlar, kishilar o’rtasidagi o’zaro iqtisodiy manodagi muomalada, kundalik
ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan harakatlarda ko’p uchraydi.
Fuqarolik huquqi tartibga soladigan munosabatlar doirasi O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik
kodeksining 2-moddasida belgilab qo’yilgan. Bunga asosan fuqarolik qonun hujjatlari fuqarolik muomalasi
ishtirokchilarining huquqiy holatini, mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarning, intellektual faoliyat
natijalariga bo’lgan huquqlarning vujudga kelish asoslarini hamda ularni amalga oshirish tartibini belgilaydi,
shartnoma majburiyatlari va o’zga majburiyatlarni, shuningdek boshqa mulkiy hamda u bilan bog’liq
shaxsiy nomulkiy munosabatlarni tartibga soladi.
Bu munosabatlar doirasida mulkiy munosabatlar etakchi o’rinni egallaydi.
Mulkiy munosabatlar deganda, iqtisodiy munosabatlar, yani ishlab chiqarish vositalari, istemol
buyumlari, umuman kishi mehnatining har qanday mahsulotlarni yaratish, egallash, foydalanish va tasarruf
etish bilan bog’liq bo’lgan ijtimoiy munosabatlar tushuniladi.
Mulkiy munosabatlarning barchasi ham fuqarolik huquqi normalari bilan tartibga solinavermaydi.
Bazi mulkiy munosabatlar huquqning boshqa sohalari bilan ham tartibga solinadi. Huquqiy munosabatda
qatnashuvchi bir tarafning ikkinchi tarafga mamuriy jihatdan bo’ysunishiga asoslangan mulkiy munosabatlar
– mamuriy huquq normalari bilan, soliq va byudjet bilan bog’liq munosabatlar-moliya huquqi normalari
bilan, shuningdek er bilan bog’liq munosabatlar – er huquqi normalari bilan, mehnat shartnomasi hamda
intizomiy bo’ysunuv bilan bog’liq munosabatlar mehnat huquqi normalari bilan tartibga solinadi.
Fuqarolik huquqi asosan muayyan ekvivalent (tenglik) barobari belgilanadigan, qiymat, baho bilan
ifodalanadigan va ishtirokchilari teng darajada ko’riladigan mulkiy munosabatlarni tartibga soladi.
Mulkiy xarakterdagi huquqiy munosabatlar, yani fuqarolar va tashkilotlarning moddiy boyliklarni
yaratish, ularni egallash, bu boyliklardan foydalanish, ularni tasarruf etish sohasida bo’lgan o’zaro huquqiy
munosabatlar ishlab chiqarish munosabatlaridan, yani ijtimoiy munosabatlardan kelib chiqadi hamda ular
bilan chambarchas bog’liq holda ko’riladi.
Fuqarolik huquqi iqtisodiy munosabatlarni maxsus yuridik shaklda mulkiy-huquqiy munosabatlar
shaklida rasmiylashtiradi va mustahkamlaydi.
Fuqarolik huquqida mulkiy munosabatlar ishlab chiqarish munosabatlarining huquqiy shakli sifatida
ko’riladi. Shu manoda mulkiy munosabatlar shaxslar o’rtasidagi, ularning erklari bilan bog’liq bo’lgan
ijtimoiy munosabatlarning alohida toifasini – huquqiy munosabatlarni bildiradi.
Fuqarolik huquqi mulkning barcha shakllari – xususiy va ommaviy mulkni mustahkamlash, tasarruf
qilish huquqlarini belgilaydi, ushbu huquqlarni amalga oshirishni rasmiylash-tiradi, qo’riqlaydi hamda
kafolatlaydi.
Fuqarolik huquqi tomonidan tartibga solinadigan mulkiy munosabatlar doirasi nihoyatda keng. Bular
jumlasiga oldi-sotdi, xilma-xil buyurtmalar qabul qilish (ijro etish), turar-joylarni ijaraga qo’yish va ijaraga
olish, korxonalar, tashkilotlarning bir-biriga mahsulotlar etkazib berish, qurilish ishlarini amalga oshirish,
transport korxonalari orqali yuk va yo’lovchi tashish, etkazilgan zararni qoplash, qonun va vasiyat bo’yicha
meros olish, umuman har qanday shakldagi mulkni egallash, undan foydalanish hamda uni tasarruf etish
bilan bog’liq bo’lgan munosabatlar kiradi.
_PAGE _59_
5
Fuqarolik huquqi tomonidan tartibga solinadigan mulkiy xarakterda bo’lmagan shaxsiy huquqiy
munosabatlar ikki turga: mulkiy munosabatlar bilan bog’liq bo’lgan shaxsiy munosabatlarga va mulkiy
munosabatlar bilan bog’liq bo’lmagan shaxsiy munosabatlarga (shaxsiy nomulkiy) bo’linadi.
Mulkiy munosabatlar bilan bog’liq bo’lgan shaxsiy munosabatlarga misol qilib, intellektual faoliyat
natijalariga bo’lgan va mualliflik huquqiga doir munosabatlarni ko’rsatish mumkin. Bu munosabatlarda
faqat mulkiy munosabatlarnigina emas, balki ularning shaxsiy huquqlarini ham, chunonchi, asarni o’z
nomidan, taxallusi ostida yoki nomini ko’rsatmasdan anonim tarzda nashr etish (FKning 1053-moddasi),
asarning daxlsizligi huquqlari, ixtironing muallifi bo’lib tanilish huquqi va boshqa huquqlarni belgilaydi.
Mulkiy munosabatlar bilan bog’liq bo’lmagan shaxsiy munosabatlarga FKning 100-moddasida
ko’rsatilganidek, fuqaro o’zining shani, qadr-qimmati va ishchanlik obro’siga putur etkazuvchi malumotlarni
tarqatgan shaxs basharti, ularning haqiqatga to’g’ri kelishini isbotlay olmasa, sud orqali raddiya talab qilish
huquqi va shu kabi boshqa huquqlar misol bo’ladi.
Mulkiy xarakterda bo’lmagan shaxsiy munosabatlar shaxsning o’zi bilan bevosita bog’liq bo’lgan va
undan begonalashtirilmaydigan huquqlardir. Bunday huquqlar jumlasiga fuqaroning ismiga bo’lgan huquqi
(FKning 19-moddasi), o’z tasviri (surati)ning daxlsizligiga bo’lgan huquq, mualliflik huquqi (FKning 1046-
moddasi), mualliflik nomiga bo’lgan huquq (FKning 1051-moddasi) va hokazolar kiradi.
Garchi fuqarolik huquqi shaxsiy munosabatlarning ko’plab turini tartibga solsada, lekin, har qanday
shaxsiy huquqiy munosabatlar ham fuqarolik huquqi bilan tartibga solinavermaydi. O’zbekiston
Respublikasi Fuqarolik kodeksining 2-moddasi, 4-bandiga asosan shaxsiy nomulkiy munosabatlar va mulkiy
munosabatlar bilan bog’liq bo’lmagan shaxsiy munosabatlar, agar qonunlarda boshqacha tartib nazarda
tutilgan bo’lmasa yoki bu munosabatlarning mohiyatidan o’zgacha hol anglashilmasa, fuqarolik qonunlari
bilan tartibga solinadi. Ushbu modda qoidasi tegishli yo’sinda yuridik shaxslarga ham tadbiq etiladi.
Ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda fuqarolik huquqining o’ziga xos uslubi va xususiyatlari bor,
bu bilan u o’ziga yondosh bo’lgan boshqa huquq sohalaridan ajralib turadi. Chunonchi, fuqarolik huquqi
oila huquqi, moliya huquqi, mamuriy huquq, davlat huquqi, mehnat huquqi, er huquqi bilan bevosita bog’liq
bo’lsa ham, mulkiy hamda shaxsiy nomulkiy munosabatlarni tartibga solishda bu huquq sohalaridan malum
darajada farq qiladi. Dastlab fuqarolik huquqining oila huquqidan farqi to’g’risida to’xtalib shuni aytish
kerakki, oila huquqi nikoh hamda oilaga taalluqli bo’lgan munosabatlarni, er – xotin, ota-onalar bilan bolalar
o’rtasidagi, oilaning boshqa azolari o’rtasidagi munosabatlarni, farzandlikka olish, shuningdek davlat
organlarining oilani mustahkamlash hamda onalar va bolalarga moddiy yordam ko’rsatishga taalluqli
munosabatlarni tartibga soladi. Bu huquq fuqarolik huquqining malum bir qismi bo’lib qolmay, huquqning
alohida sohasi hisoblanadi. Nikoh va oilaga oid munosabatlar maxsus kodeks O’zbekiston Respublikasi Oila
kodeksi
1
bilan tartibga solinadi. Oila huquqida mulkiy munosabatlar emas, balki shaxsiy huquqiy
munosabatlar ustunlik qiladi. Bu munosabatlar oila huquqi tomonidan tartibga solinadigan mulkiy
munosabatlarning xususiyatlarini belgilaydi. Misol qilib aliment majburiyatlarini olsak, bu majburiyatlar
mulkiy xarakterda bo’lgan munosabatlardan emas, balki shaxsiy, oilaviy (er va xotinlik, qarindoshlik)
munosabatlaridan kelib chiqadi.
Oila huquqining fuqarolik huquqidan farq qiluvchi asosiy xususiyati shundaki, oila huquqi tomonidan
tartibga solinadigan mulkiy munosabatlar va shaxsiy nomulkiy munosabatlar faqatgina bitta oila azosi
o’rtasida vujudga keladi hamda bu erda fuqarolik huquqi uchun eng asosiy o’rinni egallaydigan keng
manodagi mulkiy muomala (oborot) kuzatilmaydi. Agar oila azolari o’rtasida o’zaro fuqarolik muomalasi
(oldi-sotdi, hadya, ayirboshlash) amalga oshirilsa ham, bu holat oila huquqi meyorlari bilan emas, fuqarolik
huquqi meyori bilan tartibga solinadi.
Agar mulkiy munosabatlarda davlat hokimiyati organlari sifatida qatnashib, mazkur munosabatlarda
ishtirok etuvchilarga o’z erklarini buyursalar, bunday mulkiy munosabatlar fuqarolik huquqiga emas, balki
mamuriy huquqqa taalluqli bo’ladi. Chunonchi, yuqori davlat organining o’z vakolati doirasida chiqarilgan
buyrug’iga muvofiq muayyan binolar, uskunalarni topshirish – qabul qilish bilan bog’liq munosabat
mamuriy-huquqiy munosabatlar bo’lib hisoblanadi. Agar mulkiy munosabatlarda davlat organlari fuqarolik
oborotining ishtirokchisi sifatida bir-birlariga nisbatan teng huquqli bo’lib va bir-birlariga o’zlarining
erklarini buyruqlar tartibida buyura olmaydigan bo’lib qatnashsalar – bunday munosabatlar fuqarolik
huquqiga taalluqli bo’ladi.
Soliqlar olish, tashkilotlarni pul mablag’lari bilan taminlash, fuqarolarga pul ssudalari berishga doir
va boshqa bir muncha munosabatlar moliya huquqi tomonidan tartibga solinadi.
1
O`zbekiston Respublikasining Oila kodeksi. -T.: Adolat. 1998.
_PAGE _59_
6
Shaxsiy huquqlar faqat fuqarolik huquqi bilan qo’riqlanmaydi. Fuqarolarning saylov huquqlari va
boshqa siyosiy huquqlari, masalan, O’zbekiston Konstitutsiyasida ko’rsatilgan fuqarolarning shaxsiy
huquqlari davlat huquqi tomonidan qo’riqlanadi.
Mehnat munosabatlari -alohida guruhga kiradigan munosabatlardir. Mehnat muhofazasi, mehnat
intizomi, ish haqi, ish vaqti va dam olish vaqti ijtimoiy sug’urta va mehnat bilan bog’liq bo’lgan boshqa
xususiy munosabatlar mehnat huquqi normalari bilan tartibga solinadi.
Tashkilotlar va fuqarolarning erdan, suvdan foydalanish sohasidagi munosabatlari mamuriy-huquqiy
xarakterga ega bo’lib, er va suv qonunchiligi bilan tartibga solinadi.
Xalqaro xususiy huquq fuqarolik huquqidan farq qilib, chet el elementi bilan murakkablashgan
mulkiy va shaxsiy nomulkiy munosabatlarni tartibga soladi. O’z-o’zidan ravshanki, agar mulkiy va shaxsiy
nomulkiy munosabatlarda chet el elementi ishtirok etsa, bunday munosabat xalqaro xususiy huquq predmeti
hisoblanadi
2
.
Xo’jalik va tadbirkorlik huquqi tomonidan tartibga solinadigan munosabatlar esa, xo’jalik yurituvchi
subektlarning tashkiliy boshqaruv, ularning o’z faoliyatini amalga oshirishi uchun turli xil fuqarolik-huquqiy
shartnomalarga kirishi bilan bog’liq bo’ladi (mutaxassislar hozirgacha bu huquq sohasining predmetini aniq
talqin etisha olmaydi).
Fuqarolik huquqi huquqning boshqa sohalari kabi o’zi tartibga soladigan huquqiy munosabatlarga,
ularning ishtirokchilari xatti-harakatlariga tasir ko’rsatish maxsus vositalar va usullar yig’indisidan, yani o’z
uslubidan foydalanadi. Qo’riqlash funktsiyasini bajaruvchi huquq sohalaridan (jinoyat huquqi, mamuriy
huquq va sh.k.) farqli ravishda fuqarolik huquqi, eng avvalo, normal huquqiy munosabatlarga tasir
ko’rsatadi. Uning tartibga solish uslubidagi o’ziga xos xususiyatlar:
– fuqarolik huquqiy munosabatlarda ishtirok etuvchilarning teng huquqqa ega bo’lishlari, ularga
imkon boricha erkinlik, mustaqillik va tashabbuskorlik berilishida;
– fuqarolik huquqida imperativ meyorlardan ko’ra, dispozitiv meyorlarning kengroq qo’llanishida;
– fuqarolik huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan javob-garlikning mulkiy xarakterda bo’lishida;
– buzilgan huquqlarning sud orqali davo bildirish tartibida himoya qilinishida;
-buzilgan fuqarolik huquqini himoya qilishda uni tan olish, tiklash, huquqni buzadigan harakatlarga
chek qo’yish, etkazilgan zararlarni undirib olish va shu kabi choralar qo’llanishida namoyon bo’ladi.
2. Fuqarolik huquqining asosiy tamoyillari
Fuqarolik huquqining asosiy tamoyillari (printsiplari) – bu barcha fuqarolik qonunlari mazmuniga
singdirilgan asosiy, boshlang’ich qoidalardir. H.R.Rahmonqulov fuqarolik huquqi tamoyillari haqida o’z
fikrini bildirar ekan, huquqning alohida sohasi sifatida xususiy huquq tarkibida bo’lgan fuqarolik huquqi
tamoyillari uning predmetini tashkil qiluvchi ko’p qirrali mulkiy, mulk bilan bog’liq va mulk bilan bog’liq
bo’lmagan shaxsiy va tashkiliy-huquqiy munosabatlarning xususiyatlari bilan ifodalanishini takidlaydi
3
.
Bular jumlasiga quyidagilar kiradi:
1) Fuqarolik-huquqiy munosabatlarda ishtirok etuvchi taraflarning teng huquqliligi. Bu tamoyil
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18-moddasida va FKning 1-moddasida o’z ifodasini topgan.
Fuqarolik qonunlarida ushbu konstitutsiyaviy tamoyildan kelib chiqib, barcha fuqarolar uchun teng hajmda
huquq layoqati, ularning huquq va muomala layoqatlari cheklanishiga yo’l qo’yilmasligi belgilab qo’yilgan;
2) barcha mulk shakllarining tengligi va huquqiy tomondan bab-baravar muhofaza qilinishi. Mazkur
tamoyil O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasi va O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik
kodeksining 116-moddasida bevosita mustahkamlab qo’yilgan;
3) mulkiy munosabatlarning mafkuraviy munosabatlardan ajratilganligi. O’tmishda iqtisodiy, shu
jumladan, mulkiy munosabatlarni tartibga solishda har xil mafkuraviy qoliplar va aqidalardan kelib
chiqilgan edi. Hozirgi paytda esa, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 12-moddasida hech qanday
mafkura davlat mafkurasi sifatida o’rnatilishi mumkin emas, deb ko’rsatildi;
4) qonunda nimaki taqiqlanmagan bo’lsa, ruxsat beriladi. Bu tamoyil fuqarolik huquqiy munosabatlar
ishtirokchilarining erkinligi, tashabbuskorligini kafolatlaydi. Qonunda nimaiki taqiqlanmagan bo’lsa, ruxsat
berish tamoyili fuqarolik huquqi subektlarining nafaqat qonunda ko’rsatilgan harakatlarni amalga oshirish
balki, qonunda belgilangan bo’lsa ham lekin, qonun bilan taqiqlanmagan har qanday harakatni amalga
oshirishlari imkonini beradi. Lekin, shu o’rinda bunday harakatlarning ahloq meyorlariga ham zid kelmasligi
lozimligini aytib o’tish joiz.
2
Rahmonqulov H. va boshqalar. Xalqaro xususiy huquq. –T.: Iqtisodiyot va huquq dunyosi. 2002. -13 b.
3
H.R.Rahmonqulov. Fuqarolik huquqining predmeti, metodi va tamoyillari. -T.: TDYuI.2003.-35 b.
_PAGE _59_
7
5) fuqarolik-huquqiy munosabatlar ishtirokchilarning ijtimoiy adolat va qonuniylik tamoyillari
asosida amalga oshiriladi. Bu holat O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 14-moddasida
mustahkamlangan;
6) fuqarolik-huquqiy munosabatlar ishtirokchilari mulkining daxlsizligi. Bu qoida FKning 1-
moddasida o’z ifodasini topgan. Shu bilan birga FKning 166-moddasiga muvofiq, mulk daxlsizdir va qonun
bilan qo’riqlanadi. Mulkning daxlsizligi mulkdorga qarshi turgan barcha subektlarning mulk huquqini
buzishidan o’zlarini saqlashdan iborat. Fuqarolik huquqining boshqa tamoyillari kabi mulkning daxlsizligi
tamoyili ham mutlaqlik xarakteriga ega emasligini nazarda tutib, FKning 166-moddasi 2-qismi, mulkdorning
mol-mulkini olib qo’yishga, shuningdek, uning huquqlarini cheklashga faqatgina qonunda nazarda tutilgan
hollardagina yo’l qo’yilishi mumkinligini belgilaydi.
7) Qonuniy asoslarga ega bo’lmasdan turib, hech kim ishtirok-chilarning xususiy ishlariga
o’zboshimchalik bilan aralishishga haqli emas.
Fuqarolik huquqi uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan asosiy tamoyillardan biri hisoblangan xususiy
ishlarga o’zboshimchalik bilan aralashishga yo’l qo’yilmasligi tamoyili fuqarolik huquqi subektlari o’z
huquq va majburiyatlarini amalga oshirishlaridagi harakatlar bevositaligi va uzluksizligini taminlaydi.
Malumki, fuqarolik huquqida fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining xususiy manfaatlari asosiy o’rinni
egallaydi. Shuning uchun qonun chiqaruvchi ana shu manfaatlar ustunligini kafolatlash maqsadida FKning
1-moddasidayoq, mazkur tamoyilni mustahkamlaydi. Bundan tashqari ushbu tamoyil boshqa qonun
hujjatlarida ham alohida qoida bilan belgilab qo’yilishi mumkin. Masalan, O’zbekiston Respublikasining
“Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida”gi 2000 yil 25 maydagi qonunining 34-
moddasiga muvofiq, davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari tadbirkorlik faoliyati subektlarining
qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirilayotgan faoliyatiga aralashishga haqli emas.
8) fuqarolik huquqlarining to’sqinliksiz amalga oshirilishi (FKning 1-moddasi). Fuqarolik huquqiy
munosabat ishtirokchilari o’z fuqarolik huquqlarini amalga oshirishda har qanday to’sqinliklarni bartaraf
etilishini talab qilishga haqli. Qonun hujjatlaridagi bazi cheklashlarning mavjud bo’lishi bu tamoyilning
ahamiyatiga putur etkazmaydi. Chunki huquq subektiga berilgan, huquq subektlarining o’z huquqini amalga
oshira olish imkoniyatiga ega bo’lishlari, bu huquqlar mavjudligining asosiy mezonidir.
9) fuqarolik huquqiy munosabat ishtirokchilarining buzilgan huquqlarining tiklanishi (FKning 1-
moddasi). Fuqarolik huquqi birinchi navbatda huquqiy munosabat ishtirokchisining buzilgan huquqlarining
avvalgi holatiga qaytarilishiga qaratiladi (mulkni natura holida qaytarish, buzilgan shaxsiy huquqni tan olish
va h.k.). Buzilgan huquqlarni tiklanishi, amaldagi mumkin bo’lmagan hollardagina, taraflar talabini
qanoatlantirishning boshqa usullari qo’llaniladi;
10) fuqarolik-huquqiy munosabat ishtirokchilari huquqlarining sud orqali himoya qilinishini
taminlash (FKning 1-moddasi). Fuqarolik-huquqiy munosabat ishtirokchilari o’z huquqlarini himoya qilish
uchun o’z talabini maxsus organ-sud orqali bildirishga haqli va bu huquq qonun bilan kafolatlanadi.
11) shartnoma tuzish erkinligi (FK 1-354-moddalar). Fuqarolar (jismoniy shaxslar) va yuridik
shaxslar o’z fuqarolik huquqlari hamda burchlariga o’z erklariga muvofiq ega bo’ladilar, o’z manfaatlarini
ko’zlab amalga oshiradilar.
FKning 354-moddasida esa, ushbu tamoyilning mazmuni ochib berilgan. Shartnomalar erkinligi
tamoyilini quyidagi uchta holatini ajratib ko’rsatish orqali tushunish mumkin:
1) subektning shartnoma bo’yicha o’z kontragenti yani, shart-noma bo’yicha sherigini tanlash
erkinligi;
2) shartnoma predmetini yani, aynan qanday holat yuzasidan shartnoma tuzishni tanlash erkinligi;
3) shartnoma shartlarini tanlash erkinligi.
12) bozor munosabatlari sharoitidagi muhim ahamiyatga ega bo’lgan fuqarolik huquqi tamoyillaridan
yana biri-O’zbekiston Respublikasining butun hududida tovarlar, xizmatlar va moliyaviy mablag’larning
erkin harakatda bo’lishidir (FK 1-moddasi). Bu tamoyil bozor iqtisodiyoti uchun muhim bo’lgan moddiy
nematlarning erkin harakatlanishi hisobiga tovar-pul munosabatlarini tezlashishini amalga oshirishga xizmat
qiladi. Malumki, iqtisodiy rivojlanish va mamuriy-hududiy tuzilmalarning geografik joylashishi, muayyan
turdagi tovarlar taqsimotining nomutanosibligiga sabab bo’ladi. Mazkur tamoyil ana shu nomutanosiblikni
bartaraf etishda etakchi o’rinni egallaydi.
Fuqarolik huquqida xo’jalik hisobi tamoyili fuqarolik-huquqiy munosabatlarida, masalan, etkazilgan
mahsulotlar yoki bajarilgan ishlar uchun kelishilgan narxlar bo’yicha haq to’lashda, shartnomalarni
bajarmaganlik yoki kechiktirib bajarganlik yoxud sifatsiz bajarganlik uchun sanktsiyalar belgilashda
ifodalanadi.
_PAGE _59_
8
Bulardan tashqari ayrim huquqiy institutlar, jumladan, majburiyat huquqi, mulk huquqi, mualliflik
huquqi, vorislik huquqi instituti ham o’z tamoyillariga ega.
3. Fuqarolik huquqi tizimi
Fuqarolik huquqi ham o’z navbatida muayyan tizimlashtiriladi (tabaqalashtiriladi), ayni vaqtda
uning o’zi ham xususiy huquq tizimiga kiradi.
Bunday tabaqalashtirish, tarkibiy qismlarga ajratish uchun asos bo’lib, butun tarmoq uchun xos
bo’lgan asosiy, umumiy qoidalar-umumiy qismni ajratish hisoblanadi. Fuqarolik huquqining Umumiy
(birinchi) qismi fuqarolik huquqlari tushunchasi, ularning vujudga kelishi, amalga oshirilishi va himoya
qilinishi, fuqarolik muomalasi subektlari, obektlari, shuningdek muddatlar to’g’risidagi asosiy qoidalarni
hamda barcha fuqarolik-huquqiy munosabatlarga qo’llaniladigan umumiy tartibdagi boshqa bazi normalarni
o’z ichiga oladi. Ushbu holatlar tizimi fuqarolik huquqi tizimini shakllantirishi, o’quv-nazariy va ayni vaqtda
huquqni qo’llash bo’yicha muhim ahamiyatga ega, chunki uni umumiy (birinchi) qism tarkibiga kiruvchi
qoidalar boshqa barcha fuqarolik-huquqiy normalarni qo’llashda u yoki bu darajada hisobga olinadi.
Shu nuqtai nazardan qaraganda fuqarolik huquqining umumiy (birinchi) qismga kirmagan barcha
normalar fuqarolik huquqining Maxsus (ikkinchi) qismiga mansubdir deb aytish mumkinmi?, – degan savol
tug’ilishi tabiiy. Biroq, bir qarashda mantiqiy jihatdan to’g’ri bo’lgan bu qoida fuqarolik huquqiga nisbatan
to’la qo’llanmaydi. Shu sababli ham garchi, FK ikki qismga bo’linsa ham, ikkinchi qismi Maxsus qism deb
nomlanmagan. FKning umumiy qoidalaridan tashqarida bo’lgan normalar mazmunan rang-barang va hajmi
jihatdan nihoyatda ulkan hisoblanadi. Bu esa, ularni yanada kengaytirilgan holda tabaqalashtirilishini talab
etadi. Shu sababli ham agarda, oldin huquq tarmog’i qismlarga va institutlarga bo’linadigan bo’lsa endilikda,
tabaqalanish tizimi hamda pog’onalari kengaydi va ko’paydi. Endilikda fuqarolik huquqini kichik
tarmoqlarga tabaqalashtirish qo’llanmoqda. Kichik tarmoq-bu bir turdagi guruhlarga kiruvchi
munosabatlarni tartibga soluvchi va o’zining umumiy qoidalariga ega bo’lgan normalarni yirik-yirik
guruhlari bo’lib hisoblanadi.
Bugungi kunda fuqarolik-huquqiy normalarni beshta kichik tarmoqlarga bo’lish qabul qilingan.
Bular jumlasiga:
a) mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar (bazi adabiyotlarda uni ashyoviy huquq deb ham
ataydilar). Ushbu kichik tarmoq mulkiy munosabatlar ishtirokchilariga ashyolar (mol-mulklar) tegishliligini,
mansubligini rasmiylashtiradi, bu tegishlilik esa mulkiy muomalaning sharti yoxud natijasi (oqibati) sifatida
namoyon bo’ladi;
b) mulkiy muomalaning o’zini rasmiylashtiruvchi majburiyat huquqi. Majburiyat huquqi ham o’z
navbatida shartnomalar huquqi va delikt huquqi kichik tarmoqlarga bo’linadi. Ularning har ikkalasi uchun
ham yagona, umumiy bo’lgan Umumiy qism mavjud. Shartnoma majburiyatlari ham o’z navbatida mol-
mulkni ashyoviy huquq asosida topshirish, foydalanish uchun berish, ishlarni bajarish, xizmatlar ko’rsatish,
birgalikdagi faoliyat bo’yicha majburiyatlarga bo’linadi majburiyatlar ichida bir tomonlama harakatlar
(bitimlar)dan kelib chiqadigan majburiyatlar ham alohida ajralib turadi. Buzilgan huquqni muhofaza
qilishga qaratilgan majburiyatlar delikt (zarar etkazishdan kelib chiqadigan) majburiyatlarga va asossiz
boyishdan kelib chiqadigan majburiyatlarga bo’linadi. Umuman olganda, majburiyat huquqi fuqarolik
huquqining eng puxta tizimlashtirilgan qismi hisoblanadi. Ushbu qism o’z hajmi bo’yicha ham beqiyosdir. U
FKning 20-bobidan to 58-bobiga qadar bo’lgan normalarni (234-1030-moddalar) qamrab olgan.
v) mutlaq huquqlar deb atalmish kichik tarmoq intellektual mulk bo’yicha normalar majmuini tashkil
etadi. Uning tarkibiga ijodiy faoliyat mahsullari (ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, selektsiya
yutuqlari, integral mikrosxemalar topologiyasi, kompyuter dasturlari, mualliflik va turdosh huquqlar
obektlari -fan, adabiyot, sanat asarlari va ularning ijrolari, tijorat sirlari, shu jumladan nou-xou)ga nisbatan
huquqlarni rasmiylashtirish fuqarolik muomalasida ularni amal qilishi, ushbu nomoddiy obektlardan
foydalanish huquqiy rejimini belgilovchi fuqarolik-huquqiy normalar kiradi. Ayni vaqtda fuqarolik
muomalasi ishtirokchilarini, tovarlar, ishlar va xizmatlarni shaxsiylashtirish (individuallashtirish)
vositalariga nisbatan huquqlarni vujudga kelishi, amal qilish, bekor bo’lishi va huquqiy himoya qilish
bo’yicha munosabatlarni tartibga soluvchi fuqarolik-huquqiy meyorlar ham ushbu kichik tarmoq tarkibiga
kiradi. Bunday individuallashtirish vositalari bo’lib firma nomi, tovar belgisi, tovar chiqarilgan joy nomiga
bo’lgan huquqlar hisoblanadi;
g) fuqaro vafot etgan taqdirda uning mol-mulki va mulkiy huquqlari boshqa shaxslarga (yani vasiyat
bo’yicha yoki qonun bo’yicha uning merosxo’rlariga) o’tishini tartibga soluvchi normalar majmuidan iborat
bo’lgan vorislik huquqi;
_PAGE _59_
9
d) so’nggi vaqtlarda nomoddiy nematlarni (shaxsiy nomulkiy huquqlarni) himoya qilishni tartibga
soluvchi normalar majmui ham fuqarolik huquqining kichik tarmog’i sifatida qaralishi to’g’risida nuqtai
nazarlar ham ilgari surilmoqda
4
. Ushbu kichik tarmoq jismoniy va yuridik shaxslarni shani, qadr-qimmati va
ishbilarmonlik obro’si, fuqarolarni hayoti, sog’ligi, shaxsiy daxlsizligi, ularni xususiy hayoti, erk-
muxtoriyatini taminlovchi huquqlar va shu kabilarni vujudga kelishi, ularni amalga oshirish, huquqiy
muhofaza qilish bo’yicha fuqarolik-huquqiy munosabatlarni tartibga soladi. Shartli ravishda bu turkumga
kiruvchi huquqlarni shaxsiy huquqlar deb nomlash o’rinli bo’lur edi.
Fuqarolik huquqi tizimida kichik tarmoqlar o’z navbatida institutlarga bo’linadi. Huquq instituti
deganda, unchalik yirik bo’lmagan bir turdagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi normalar yig’indisi
majmui tushuniladi. Har bir kichik tarmoq o’z navbatida huquq institutlariga bo’linadi. Masalan, majburiyat
huquqi kichik tarmog’i alohida shartnomalar majburiyatlari institutlariga – oldi-sotdi, ijara, pudrat va shu
kabilarga bo’linadi. Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar kichik tarmog’i ham o’z navbatida mulk
huquqi, cheklangan ashyoviy huquqlar, ularni himoya qilishning ashyoviy-huquqiy usullari institutlariga
bo’linadi.
Fuqarolik-huquqiy institutlar ham o’z navbatida yanada bo’laklarga bo’lingan holda muayyan
qismlarga tabaqalashadi. Ushbu qismlar subinstitutlar deb ataladi. Ayni vaqtda subinstitutlar ham tartibga
soluvchi munosabatlari bir xilligi va yagonaligi bilan ajralib turadi. Masalan, shartnomaviy majburiyatlar
institutlari ularning alohida ayrim turlari to’g’risidagi qoidalarni qamrab oladi (masalan, oldi-sotdi
shartnomasi instituti quyidagi subinstitutlarga bo’linadi – chakana oldi-sotdi, mahsulot etkazib berish,
kontraktatsiya, ulgurji oldi-sotdi; ijara shartnomasi quyidagi institutlarga bo’linadi – prokat, transport
vositalari ijarasi, korxonalar ijarasi, lizing (moliya ijarasi) va h.k.). Fuqarolik-huquqiy institular va
subinstitutlari ham o’zlarining umumiy qoidalariga ega. Bu esa ularni tashkil etuvchi normalarni yuridik
jihatdan bir xilligidan dalolat beradi.
Bu o’rinda shuni ham unutmaslik lozimki, kichik tarmoqning umumiy qoidalari ushbu kichik tarmoq
tarkibiga kiruvchi tegishli institutlar qoidalariga ham taalluqlidir, ushbu institut umumiy qoidalari esa uning
tarkibiga kiruvchi subinstitutlar ham tegishlidir. Masalan, majburiyatlar hamda shartnomalarni umumiy
qoidalari oldi-sotdi va ijara institutlariga ham taalluqli bo’lib, ular ham o’z navbatida mahsulot etkazib
berish va prokat subinstitutlariga nisbatan ham oid hisoblanadi. O’z navbatida oldi-sotdining umumiy
qoidalari mahsulot etkazib berish va kontraktatsiyaga ham tegishli bo’lib, ijaraning umumiy qoidalari
transport vositalari ijarasi, prokat shartnomasi va moliyaviy ijara shartnomalariga ham taalluqlidir.
Nazorat uchun savollar:
1. Fuqarolik huquqi tushunchasi nimalardan iborat.
2. Fuqarolik huquqining asosiy tamoyillari nimalar.
3. Fuqarolik huquqi tizimlarini ko`rsatib bering .