AMALIY GEOGRAFIYA
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo’lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma’muriga xabarnoma jo’nating.
Qiziqarli geografiya va qiziqarli ma’lumotlar
Geografiya faniga oid qiziqarli ma`lumotlar bilan tanishib chiqishni va dunyodagi sizni hayratga soluvchi ma`lumotlar va joylar haqida bilishni istaysizmi? Unda geografiya.uz ni kuzating! Geografiya faniga oid eng sara ma`lumotlar aynan shu yerda.
1. Yaponiyada axlat borki, albatta qayta ishlanadi. Shuning uchun yaponiyaliklar axlatni to‘rtta turga bo‘lib chiqishgan. Har bir axlat turini olib chiqib ketish uchun alohida kun belgilangan. Axlatning qaysidir turini boshqa kuni olib chiqsangiz, baloga qolasiz. Sizni mutasaddilar juda katta miqdordagi jarimaga tortishadi.
2. Mushuk daraxt ustidan pastga faqat orqasi bilan tusha oladi. Sababi, mushuklarning tirnog‘i faqat yuqoriga tirmashib chiqishga moslashgan.
3. Oqsil faqat odam ko‘zlarida mavjud. Boshqa jonzotlar ko‘zlarida oqsil umuman kuzatilmaydi.
4. Qisqichbaqa – Kalmarning uzunligi 20 metrgacha yetadi.
5. Dunyodagi eng kichkina ot «Thumbelina» laqabli ot bo‘lib, uning bo‘yi 43 sm, vazni 26 kilogrammga teng. Yer yuzidagi eng yirik ot esa «Big Jake» laqabli otdir. Uning bo‘yi 210,2 santimetr, vazni 1179 kilogrammni tashkil etadi.
6. Bir stakan sutdagi havo miqdori bir dona aspirin vazniga teng.
7. Yomg‘ir suvi «V12» vitaminiga boy.
8. Orangutan qarindoshlarini yaqinlashib kelayotgan xavfdan baland ovozda kekirish orqali ogohlantiradi. Afrikadagi ba‘zi davlatlar tilida Orangutan so‘zi «changalzorlik odam» ma‘nosini berarkan.
9. Osmondagi bulutning o‘rtacha vazni 500 tonnaga teng. Bu 80 ta ulkan fil deganidir.
10. Braziliyada «Sutli so‘rg‘ich» degan daraxt bor. Uning tanasiga tig‘ sanchsangiz, sut otilib chiqadi. Bitta shunday daraxt kuniga 4 litr sut beradi. Faqat uning sutini ichishdan oldin suv aralashtirib, qaynatib olinsa bas.
11. Kanadadagi Cherchill shahri aholisi ko‘chaga mashinasini qo‘yib uyga kirib ketayotganda, qulflamaydi. Ular ko‘chada yurganlardan kimdir oq ayiq ta‘qibiga uchrasa, mashina saloniga berkinib jon saqlashi uchun shunday yo‘l tutishadi.
12. Finlyandiyada odatiy quyondan sal kattaroq quyonlar shahar ko‘chalarini kezib yuradi, ko‘chada yashaydi. Ular odamlardan umuman qo‘rqishmaydi.
13. Tarixchilarning yozishicha, meksikalik general Santa Anna jangda bir oyog‘idan ayrilgach, o‘sha oyoq uchun alohida dafn marosimi tashkil etgan ekan.
14. Qadimda Gavay orollarida odamlar gladiatorlar janglarini tashkil etishgan. Bu jangda akula tishidan tayyorlangan xanjar bilan qurollangan jangchilar va akulalarning o‘zi ishtirok etgan.
15. Toshbaqa bir tuxum qo‘yganda, 200 donadan tuxum qo‘yadi. Tuxumdan chiqqan toshbaqachalar jinsi havoga bog‘liq. Agar sovuq bo‘lsa, erkak, issiq bo‘lsa, urg‘ochi toshbaqalar dunyoga keladi.
16. Bizning organizmimizda mavjud xlor beshta kattakon basseynni dezinfeksiya qilishga yetadi.
17. Ninachi atigi 24 soat umr ko‘radi.
18. Angliyada 24 soatlik format qo‘llanmaydi. Shu sababli inglizlar 20:00, yoki 15:00 kabi raqamlarni tushunishmaydi. Ularga vaqtni 8:00, yoki 3:00 ko‘rinishida so‘rash kerak. Shundagina savolga javob olish mumkin.
19. Odam oshqozonining ichki qavatlari har uch kunda yangilanib turadi.
20. IX-XVI asrlar oralig‘ida Angliyada bir qonun mavjud bo‘lgan. Bu qonunga ko‘ra angliyalik erkaklar har kuni kamondan o‘q otish mashqini bajarishi majburiy edi.
21. Faqat Peruda tirik qurbaqadan tayyorlangan ichimlik sotiladi. Uni tayyorlash qiyin emas. Qurbaqani asal, aloe sharbati, nasha tomiri bilan yaxshilab aralashtiriladi, vassalom. To‘g‘ri, ichimlik juda badbo‘y va yoqimsiz. Lekin u astma, bronxit kabi xastaliklarni davolashda muhim ahamiyatga ega. Erkaklarning jinsiy imkoniyatlarini kengaytiradi.
22. Yangi Zelandiyada yashovchi Kea to‘tiqushi juda gapdon bo‘lib, odamlardan umuman qo‘rqmaydi. Bu to‘tilar dengiz sathidan 1500 metr yuqorida yashaydi. Lekin tez-tez pastga tushib otellar ichkarisiga ham bemalol kirib boradi.
23. «Yog‘ochli qurbaqa» zotiga mansub jonivor qish kirishi bilan o‘zi mustaqil tarzda yuragini urishdan to‘xtatib, uyquga ketadi. Bahorda esa yana yuragini ishga tushirib, yashashda davom etadi.
24. Jon Kennedining halinchakli kursisi 442 ming dollarga sotilgan.
25. Dunyodagi eng ulkan, yirik ovqat sifatida qovurilgan tuya e‘tirof etiladi. Qadimda bu taom Marokashda saroydagi eng hurmatli va yuqori lavozimli shaxslar dasturxoniga tortilgan. Hozirgi kunda beduinlar to‘y dasturxoniga qovurilgan tuya tortishadi.
26. Lobster (qisqichbaqasimonlar) larning miyasi tomog‘ida, asab tizimi qornida, tishlari oshqozonida, buyragi boshida joylashgan. Bundan tashqari, lobsterlar tovushni oyoqlari orqali eshitadi, yemish ta‘mini panjalari yordamida aniqlaydi. Ular ham odamlar kabi chapaqay va o‘naqayga bo‘lingan.
27. Shveysariyada to‘rtta davlat tili mavjud. Bu mamlakatning poytaxti yo‘q. Millatchilik nimaligini shveysariyaliklar umuman bilishmaydi.
28. Qadimda Rossiyaliklar marvaridni tozalash uchun avval uni tovuqqa yutdirishgan. Keyin tovuqni so‘yib oshqozonidan tozalangan marvaridni chiqarib olishgan.
29. Akulaning ba‘zi turlari ona qornidalik paytida o‘ziga nisbatan zaif egizaklarini yeb bitiradi. Bir so‘z bilan aytganda, akulalar dunyosida kim kuchliroq bo‘lsa, o‘sha yashab qoladi.
30. Bilasizmi, akulaning qo‘shimcha oshqozoni bo‘lib, undagi ovqat 20 kungacha aynimas ekan.
31. Saudiya Arabistonida umuman daryo yo‘q.
32. Suvda o‘sadigan eng katta o‘simlik «Amazon Viktoriyasi» o‘simligi sanaladi. Uning bir dona bargi diametri 2 metrga teng va bu barg 50 kilogacha bo‘lgan yukni ko‘tara oladi.
33. Xom go‘shtdan oqadigan suyuqlik aslida qon emas. Xom go‘sht asosan suvdan iborat. Qizil rangni unga tarkibida mavjud bo‘lmish mioglobin oqsili hadya etadi.
34. Odam tanasi soatiga 180 millionta qon to‘qimalari ishlab chiqaradi.
35. Afrika va Amerikada jangchi chumoli turi mavjud. Bu chumoli yo‘lida uchragan jonzotni o‘ldira boradi. Hatto, sherlar ham bu chumoliga duch kelishdan qo‘rqadi.
36. Quyosh immunitetning eng yaqin do‘stidir. Organizm quyosh nuridan D vitaminini oladi. Immunitet bu vitamindan oqsil ishlab chiqaradi. Lekin quyosh nurini me‘yordan ortiq qabul qilish ham zararli ekanini unutmaslik kerak.
37. Eron bayrog‘iga «Ollohu Akbar» jumlasi 22 marta yozib chiqilgan.
38. Qo‘ylarning to‘rtta oshqozoni bor. Ularning birida chala chaynalgan yemish saqlanadi. Qo‘y o‘zi xohlagan paytda yemishni og‘iz bo‘shlig‘iga qaytaradi-da, kavsh qaytarishni boshlaydi. Yana ular umrining uchdan ikki qismini fikrlashga, osudalik sari intilishga sarflaydi.
39. Vengriyaliklar juda ijodkor va yaratuvchan xalq. Masalan, sharikli ruchkani vengriyalik Laslo Biro o‘ylab topgan.
40. Odamning miyasi yillar o‘tgani sayin yengillasha boradi.
41. Insonlar bir-birini quchsa, organizm o‘zidan oksitotsin ishlab chiqaradi. Oksitotsin esa har qanday jarohatning tez bitishini ta‘minlaydi.
42. Limonni kesing va unga qalampirmunchoq donalarini sanchib chiqing. Keyin bu limonni deraza tokchasiga qo‘ying va oynani bemalol ochib uxlayvering. Pashsha zoti sizga yaqinlasha ollmaydi.
43. Qushlarning iniga mabodo qo‘l tekkizsangiz, bu uyga keyingi safar qaytib kelmas ekan.
44. Yerning o‘z o‘qi atrofida to‘liq aylanib chiqishi uchun 23 soat, 56 daqiqa, 4 soniya vaqt zarur bo‘ladi.
45. Bitta qurbaqa uch oylik yoz mavsumi davomida jami 10 ming donadan ziyod chumoli yeydi.
46. Dunyoda chumolining 9000 ta turi mavjud. Darvoqe, chumolilar hech qachon uxlamaydi.
47. Yevropaliklar jirafani ilk bor ko‘rganda, u tuya va leopard gibridi deb o‘ylab, uni «tuyapard» deb atashgan ekan.
48. 1-aprel — Xalqaro kulgi kuni Fransiyada o‘ylab topilgan. Tamaki mahsulotlari fabrikasi ham ilk bor 1559-yili shu mamlakatda bunyod etilgan. Darvoqe, yangi yil archasini bezatish g‘oyasi ham aynan fransuzlarga tegishli ekan.
49. Yurak xastaligiga uchraganlar haftasiga 60 gramm bodom yeyishi lozim. Bodom tarkibida fosfor, kaliy va temir moddalari ko‘pchilikni tashkil etadi.
50. Yangi tug‘ilgan chaqaloq suvda bemalol suza oladi. Hatto, uzoq vaqt nafasni ushlab turishni, suvga sho‘ng‘ishni ham qoyillatadi. Bunga ularning ona qornida, suvda voyaga yetishi sababchidir.
51. Xitoy mamlakatining 90 million kishisi Li familiyasida yurar ekan.
52. Hayotimiz davomida bizning miyamiz 1 kvadrillon donadan ortiq axborotni o‘zida saqlab turadi.
53. Osiyo qora ayig‘ining o‘t pufagi Janubiy Koreyada 64 ming dollarga sotilgan.
54. Yerga tushgan eng yirik meteorit bu «Goba» meteoriti hisoblanadi. U qachonlardir Namibiyaga tushgan. O‘shanda hajmi 2,7 metr, vazni esa 60 tonnaga teng, 86 foiz qismi temirdan tashkil topganligi olimlar tarafidan aniqlangan.
55. Kalamushning xotirasiga biz odamlar havas qilsak arziydi. Jonivor xotirasi shu qadar kuchliki, bir marta ko‘rgan yerini o‘la-o‘lguncha unutmaydi.
56. Dunyodagi eng keksa daraxt Litva istirohat bog‘ida qad rostlab turgan “Qariya” nomli daraxtdir. U 2000 yoshda.
57. Somali aholisi hayvon, parranda go‘shti, baliq va tuxumni xarom hisoblaydi. Shuning uchun yuqorida sanab o‘tilgan mahsulotlarni iste‘mol qilmaydi.
58. Bulbulning urg‘ochisi sayrashni bilmaydi.
59. Dunyoning shamol eng kuchli esadigan hududi Antarktikadagi Viktoriya yerlari hisoblanadi. Bu yerda shamol soatiga 215 kilometr tezlikda esadi.
60. 1945-yili g‘alaba bayramida «Yo‘lbars» laqabli itni Stalinning kiteli ustiga o‘tqazgan holda olib o‘tishgan. Bu iskovuch it urushda 7468 ta mina va 150 ta snaryadni topib minglab askarlar va fuqarolarni o‘limdan asrab qolgan.
61. Kubada 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga sut tekinga beriladi. Bolasi yo‘qlar esa sutni bozordan sotib olishi kerak bo‘ladi.
63. Dunyodagi hech bir tozalash kukuni ro‘zg‘or buyumlarini, hatto, vannalarni «Koka-kola»chalik yaxshi tozalay olmaydi.
64. Ko‘k kit suv ostida ikki soat nafas olmay tura oladi.
65. Misrda bitmagan uy uchun soliq olinmaydi. Shuning uchun misrliklar ikki qavatli uy quradi-da, ikkinchi qavatini chala bitganicha qoldirishadi. Uy uchun soliq to‘lamasdan uzoq yillar xotirjam yashayverishadi.
67.Bolgariyaliklar pensiya jamg‘armasiga belgilangan miqdorda pul o‘tkazmasa, pul o‘tkazmagan oylar uchun jarima to‘lashga majbur etiladi.
68. Fil bir kecha-kunduzda 300 litr suv ichadi.
69. Odam tug‘ilgandan to 70 yoshga yetgunga qadar 50 kilo miqdorda teri tashlaydi.
70. Odam soatiga 160 kilometr tezlikda aksa uradi.
71. Odam umri davomida taxminan 60 tonna suv ichadi. Endi qarang, olimlarning hisob-kitobiga ko‘ra, 1 kilo kartoshka yetishtirish uchun 100 litr, 1 kilo guruch yetishtirish uchun 4000 litr, bir dona gamburgerni tayyor holatga keltirish uchun 2400 litr suv zarur bo‘larkan.
72. Qadimiy Misrda firavn olamdan o‘tsa, xizmatkorlari ham o‘ldirilib, u bilan birga dafn etilgan.
73. 2003-yili boks va shaxmatni o‘zida mujassam etgan sport turi rasman qabul qilingan. Bu sport turini «Shaxboks» deb atashadi.
74. «Zinger» tikuv mashinalari yaratuvchisi Isaak Zinger birvarakayiga 5 xotinga ega bo‘lgan. Bu xotinlardan 15 nafar farzandi bo‘lgan. Ularni bir-biri bilan adashtirib qo‘ymaslik uchun qizlarining barchasiga Meri deb ism qo‘ygan.
75. 1932-yili Niagara sharsharasi to‘liq muzlab qolgan.
76. Mushuklar miyasida ham xuddi odamlardagi kabi emotsiya uchun javobgar hudud mavjud.
77. Kakao Mayya va Astek qabilalari uchun valyuta vazifasini o‘tagan. Ya‘ni, ular oldi-sotdida pul o‘rniga xuddi shu kakaodan foydalanishgan.
78. Yer ustida yashovchi toshbaqa turi bilan uzoq muddat tillashsangiz, u sizning qiyofangizni xotirasida saqlab qoladi va olis masofadan turib ham suhbatdoshini taniydi.
79. Germaniyada ketayotib ko‘chada nemislardan «Falon yerga qanday borsa bo‘ladi?», deb so‘rasangiz, nemis shoshilmasdan kissasidan «Ayfon» smartfonini oladi, navigatsiyani yoqib, siz so‘ragan manzilni topib aytadi. Keyin esa mashinasida o‘sha yerga olib borib qo‘yishni taklif qiladi.
80. Xitoy qonuniga ko‘ra, pandani o‘ldirgan odam albatta o‘lim jazosiga hukm etiladi.
81. Bit bir yil ovqat yemasdan yashay oladi.
82. Odam qoni bir kunda 19 ming 312 kilometr yo‘l bosadi.
83. Makaronni aslida xitoyliklar o‘ylab topgan. Olimlar arxeologik qazish ishlari davomida bundan 4000 yil oldingi ichi to‘la makaron toshga aylangan mis idish topishgan.
84. Toshbaqa o‘ta jiddiy jarohat bilan ham ma‘lum muddat yashab qola oladi. Masalan, italiyalik olim Franchesko Redi XVII asrda toshbaqaning bosh miyasini olib tashladi. Jonivor shu ahvolda ham yarim yil yashay olgan.
85. «Nobel» mukofotini eng ko‘p olgan olimlar islandiyaliklardir. Bu davlatda bir million odamga 3 ta nobelchi to‘g‘ri kelar ekan.
86. Amazonka daryosida dunyoda yakkayu-yagona hisoblangan pushtirang delfin umrguzaronlik qiladi.
87. Sharqiy Afrikada joylashgan Mavrikiy orol davlatida har beshinchi ayol va har o‘ninchi erkak o‘qishni ham, yozishni ham bilmaydi. Bir so‘z bilan aytganda, savodsizlarcha umr kechiradi.
88. Mushuk qornini tepaga qilib yotishi – unga yaqinlashayotgan odam yoki hayvonni mensimasligini (o‘ziga ishonchni) anglatadi.
89. Tanasida holi ko‘p odamlar boshqalarga qaraganda ko‘proq umr ko‘rarkan.
90. «Tosh baliq» dunyodagi eng zaharli baliq turi hisoblanadi. Uning terisi haddan tashqari dag‘al va zaharli ignalardan iborat. Agar odam ehtiyotsizlik qilib ignalarga tegib ketsa, til tortmay o‘ladi.
92. Kalamush o‘zidan juda katta tezlikda ko‘payadi. Misol uchun ikki erkak va urg‘ochi kalamush 18 oy ichida bir milliondan ortiq kalamushchalarni dunyoga keltiradi.
93. O‘rgimchak o‘ljasini zahar yordamida o‘ldiradi. Keyin o‘lja tanasiga ovqat hazm qilishda yordam beruvchi sharbat purkaydi. Oradan bir necha soat o‘tgach, sharbat sharofati bilan o‘lja foydali ichimlikka aylanadi va o‘rgimchak uni ishtaha bilan ichib bitiradi.
94. O‘n beshinchi asr davomida yevropaliklar odam jasadini iste‘mol qilish organizm uchun foydali deb hisoblashgan.
95. Hindiston, Tailand va Xitoyda odamlar har yili bir millionga yaqin mushukni yeb bitiradi.
96. Janubiy Koreyada hatto bomjlar ham qimmatbaho smartfonga ega.
97. Olimlarning tahlillariga ko‘ra, odam uchun kunduzgi uyquning soat 14:00 dan 16:00 gacha davom etgani foydaliroq. Shu vaqtda uxlasak, organizmning charchoqdan to‘liq xalos bo‘lishi osonlashib, ijodiy salohiyatimiz yanada yuqorilarkan.
98. Amerikaning birinchi milliy bayrog‘i hamda «Levi’s» jinsilari nasha o‘simligidan tayyorlangan.
99. Odam faqat suv ichgan holda bir oydan ikki oygacha yashay oladi.
100.Shvetsiyada qiz bola turmushga chiqish uchun oldin homilador bo‘lishi shart. Aks holda cherkovda nikoh o‘qishmaydi. Ikki yosh rasman ZAGS dan ham o‘ta olmaydi. Bu odatni ular qiz bola kelgusida o‘zidan yangi avlod qoldirishga shay ekanini isbotlashi uchun o‘ylab topishgan.
101. Yangi Gvineyada papuaslar erkaklari soqolni «Putyang» o‘ti yordamida olishadi. Aytishlaricha, bu o‘tning barglari juda qattiq va o‘tkir ekan.
102. Bo‘rilar o‘ljani qo‘lga kiritish niyatida bir kunda yuz kilometrlab yo‘l bosishi mumkin. Har bir ona bo‘ri o‘rtacha 5-6 tadan bola tug‘adi. Bo‘ri erkagi bir kunda kilogrammgacha go‘sht yeya oladi.
103. Delfin har ikki soatda terisining eng birinchi qatlamini yangilab turadi.
104.Shri-Lankada do‘konga kirib mineral suv sotib olsangiz, uni muzlatkichda sovitib berishlari uchun alohida pul to‘lashingiz kerak.
105. Xorvard universiteti olimlari aniqlashicha, tog‘ jinslarining 0, 67 foizi Mars sayyorasiga tegishli ekan.
106. Peruda maysadan bunyod etilgan osma ko‘prik bor. U Kanas viloyatida qishloqlarni bir-biri bilan bog‘lash uchun qadimiy ink qabilalari tarafidan qurilgan. Bu yer odamlari har yili iyun oyida ko‘prik maysasini yangilashadi.
107. Vafo, sadoqatni burgutdan o‘rgansa bo‘ladi. U umrining oxirigacha o‘zi birinchi tanlagan urg‘ochisiga sodiq qoladi.
108. Delfin uxlaganda, miyasining yarim shari hushyor holatda va bitta ko‘zi ochiq qoladi.
109. Moskva Kremli o‘rta asrlarda eng katta qal‘a hisoblangan. Kreml devorining uzunligi 2 kilometr 235 metrga teng.
110. Yozda dunyo bo‘yicha hisoblasak, har 3 soniyada muzqaymoq sotib olinadi. Amerikada iyulning har uchinchi yakshanbasi muzqaymoq kuni deb e‘lon qilinadi. Bir yilda har bir amerikalik taxminan 20 kilo muzqaymoq iste‘mol qiladi.
111. Erkaklar yubkasi nafaqat Shotlandiya, balki Gretsiyada ham bayram libosi sifatida qadrlanadi.
112. Sezganmisiz, ayollar tosh yo boshqa narsani irg‘itmoqchi bo‘lsa, qo‘lini yongamas, orqaga tashlab mo‘ljal oladi. Shuning uchun armiyada ayollarga tankni portlatish vazifasi ishonib topshirishmas ekan.
113.Finlyandiyada velosipedni shlemsiz boshqarish taqiqlanadi.
114. Bir chashka kofe tarkibida 300 ta antioksidant mavjud. Bu organizmda bir oy davomida saqlanib qoladi.
115. Bundan bir necha o‘n yillar ilgari ruletka o‘yinining ashaddiy ishqibozlaridan biri bo‘lmish amerikalik erkak bisotida borini, kiyimlaridan tortib yeydigan ovqatigacha sotdi va 136 ming dollar pul yig‘di. Uning orzusi bir marta bo‘lsin Las-Vegasga borib ruletka o‘ynash edi. Tavakkal hamma pulini kissaga urib Las-Vegasga jo‘nadi. Ishonasizmi, birinchi o‘yindayoq yig‘gan pulini o‘ziga qaytarishdan tashqari, yana shuncha pul ham orttirib uyga qaytdi.
116. Amerikada ishlab chiqariladigan tuzning uchdan bir qismi yo‘llardagi muzlarni eritish uchun sarflanadi.
117. Ispanlar dunyoning boshqa xalqlaridan farqli o‘laroq kunduz soat 2:00 da nonushta qiladi. Kechqurun soat 22:00 da kechki ovqatni tanovul qilishga o‘tiradi.
118. Qahva xaridorgirlik borasida dunyoda ikkinchi o‘rinni egallaydi. Birinchi o‘rin barchaga ma‘lum. Bu neft hisoblanadi.
119. Odam agar o‘rtacha 70-80 yil yashasa, umri davomida jami 35 tonna ovqat iste‘mol qiladi.
120. Gollandiyada fohishalik qonunlashtirilgan. Ammo suyuqoyoqlar to‘laydigan soliq miqdori oddiy fuqarolarnikidan yuz barobar ko‘proqni tashkil etadi.
121. Antarktidada bittagina soy bor. Bu soy yiliga 60 kungina oqadi. Qolgan vaqtda suvi muzlab qoladi.
122. Agar biz umrimiz davomida yo‘qotadigan kipriklarni bir joyga yig‘sak, ularning uzunligi 30 metrga yetadi.
123. Oq akula bolalarini ov qilishga o‘rgatmaydi. Ular o‘zi mustaqil tarzda yashab qolish uchun intilishi kerak.
124. Kalamushning yuragi har daqiqada 500 marotaba uradi. Bu jonivor uchun me‘yoriy yurak urishi hisoblanadi.
125. Agar odamning ko‘zi raqamli fotokameraga aylansa, 576 megapiksel quvvatga ega bo‘lardi.
126. Dunyoda hech qachon kasal bo‘lmaydigan jonzot akuladir.
127. Avstraliya ramziga malla kenguru hamda «Emu» tuyaqushining surati chizilgan. Xo‘sh, nega? Ma‘lum bo‘lishicha, kenguru ham, tuyaqush ham ortga gavdasini oldinga qaratgan holda yura olmaydi. Demak, ular faqat oldinga yura oladi. Avstraliya faqat olg‘a qadam bosishi shu suratlar yordamida izohlab berilgan.
128. Agar «Windows» tezkor tizimida yuz beradigan har bir xatolik uchun Bill Geyts jabrlanuvchilarga 1 dollardan tovon puli to‘lasa, «Microsoft» korporatsiyasi uch yilda inqirozga yuz tutarkan.
129. Finlar qadimiy urf-odatga ko‘ra, saunada tug‘ilib, saunada rixlat qiladi. Finlyandiya bo‘yicha hisoblansa, bir kishiga uch-to‘rttadan sauna to‘g‘ri keladi.
130. Banan arabcha so‘z bo‘lib, tarjima qilinganda, “Barmoqlar” ma‘nosini beradi.
131. Dunyodagi eng uzun ildizli o‘simlik Afrika fikusi hisoblanadi. Uning ildizi 120 metrgacha cho‘zilib ketgan.
132. Odam qancha aqlli bo‘lsa, sochi tarkibida mis miqdori shuncha ko‘p bo‘larkan.
133. Dunyodagi eng yirik marvaridning vazni 6 kilogrammga teng.
134. Sekin yurar deb atalgan jonivor -273 daraja sovuqda, +151 daraja issiqda ham o‘lmaydi. Bundan tashqari, o‘limga sabab bo‘luvchi eng kuchli zaharni ham osongina hazm qilib yubora oladi.
135. Ispaniya so‘zi o‘zbekchaga tarjima qilinganda, “quyonlar yurti” degan ma‘noni beradi.
136. Dunyo bo‘yicha Barbi qo‘g‘irchog‘ining 200 xil turi ishlab chiqariladi.
137. Janubiy Koreyada muallimni faqat prezidentgina ishdan bo‘shata oladi. Muallimlik mamlakat miqyosida juda obro‘li hamda eng ko‘p maosh to‘lanadigan kasbdir.
138. Odam yo‘tali tezligi soatiga 900 kilometrgacha yeta oladi.
139. Osminoglarning uchta yuragi bor.
140. Ona kit bolasini emizish uchun bor kuchini to‘plab kuchangan holda siynasidagi sutni otilib chiqishga majbur etadi. Sut kelgach, yana bor bo‘yini ishga solib jajji kitning og‘ziga tutadi. (Jajji deya baholanadigan kit bolasining uzunligi 10 metr keladi) Kitning suti odamnikiga nisbatan 10 barobar yog‘liroq. Kit bolalari shuning uchunmi kuniga 90 kilodan vazn to‘playdi.
141. Dunyo tarixida qor ham turli ranglarda yog‘ganligi ko‘p marotaba kuzatilgan. Masalan, 1969-yili Shveysariyada qora rangli qor yog‘gan. 1955-yili esa Kaliforniyani yashil qor qoplagandi.
142. Eng tez harakatlanadigan baliq “elkanli” baliq hisoblanadi. U suvda soatiga 109 kilometr tezlikda suzadi.
143. Tonga davlatida odamlarning bevaqt o‘lim topish holatlari ko‘p. Bevaqt o‘lim topish boshga kokos mevasi tushishi sababli yuzaga kelarkan. Sababi, bu yerda har qadamga kokos ekib tashlangan. Shuning uchun ko‘chalarda ogohlantirish belgilari juda ko‘p. Qolaversa, Tongada yakshanba kuni hech qaysi tashkilot, bozor, do‘kon ishlamaydi. Bir so‘z bilan aytganda, davlat yakshanba kunlari rostakamiga dam oladi.
144. Odam tanasidagi jami haroratning 80 foizi uning bosh qismidan ajralib chiqarkan.
145. Chumolilar o‘z uyini isitish uchun, oldin oftobga chiqib isinib oladilar va shu tanadagi issig‘i bilan yugurib uyasiga kirib inlarini isitadilar. Indagi harorat tashqaridagi haroratdan 10 daraja yuqori bo‘lar ekan.
146. «Mersedes» avtomobili 40 ming dollar turadi. Vazni 2 tonnaga teng. Demak, uning har bir kilogrammi 20 dollardan to‘g‘ri keladi. Sport velosipedining bahosi 1500 dollarga teng. Vazni 7 kilogramm. Demak, har bir kilosi 200 dollarga to‘g‘ri keladi. Xulosa qanday? Albatta, velosiped «Mersedes»dan 10 barobar qimmat turarkan.
147. Amerikalik Jon Uintrop ismli shaxs dunyoda birinchi bo‘lib sanchqi yordamida ovqatlangan. Bu voqea 1630-yil 25-iyunda sodir bo‘lgan.
148. Dunyodagi eng katta va og‘ir sabzi Amerikaning Alyaska shtatida yetishtirilgan. Bu sabzining vazni 8,61 kilogrammni tashkil etgan.
149. 1836-yilga qadar Amerikaning Texas shtati Meksikadagi viloyatlardan biri bo‘lgan. 1836-1838-yillar oralig‘ida kechgan Meksika-Amerika urushi Texas amerikaliklar ixtiyoriga o‘tishini ta‘minlagan.
150. Koinotda olov yoqsangiz, alanga tepagamas, pastga va to‘rt tarafga qarab o‘ralaydi.
151. Asal hech qachon iste‘molga yaroqsiz holatga kelmaydi. Uni 3000 yildan keyin ham bemalol iste‘mol qilsa bo‘ladi.
152. O‘rgimchak uyasi qon ketishini to‘xtata oladi. Achinarlisi, o‘sha paytda u yonimizda bo‘lmaydi.
153 . «Kiti» laqabli dunyodagi eng keksa mushuk 30 yoshida ikkita mushukchani dunyoga keltirgan. Umri davomida esa jami 218 ta mushukcha tuqqan.
154. Quyosh tizimida eng ko‘p zahira suvga ega sayyora Quyoshning o‘zi sanaladi. Quyoshdagi dog‘lar aslida suv zahiralari bo‘lib, ular gaz ko‘rinishida saqlanadi. Dog‘lar joylashgan hududda havo harorati ancha past bo‘ladi.
155. Har oy to‘lganda Amazonka daryosidagi to‘lqinlar oqimga qarshi harakatlanadi. Ularning qudrati va tezligi shu kunlari bir necha yuz barobarga ortadi.
156. 1983-yili Vatikan yil bo‘yi bironta ham chaqaloq tug‘ilmagan yagona davlatga aylangan.
157. «Trioniks Trionyx cartilagineus» — bu toshbaqalarning o‘ta agressiv turidir. Bu toshbaqalar tanasi o‘ta yumshoq bo‘lishi bilan birga och qolishsa, to‘daga birlashgan holda har qanday yirik, yirtqich hayvonni ham o‘ldira oladi.
158. 1850-yili Levi Shtraus o‘zining ilk ishlab chiqargan jinsisini 6 dollar (oltin bahosida)ga sotgan.
159. Kofe ichimligi aspirin va paratsetamol dori vositasi ta‘sirini bir necha hissa kuchaytirish quvvatiga ega. Dorini kofe bilan ichsangiz, oshqozon uni katta tezlikda eritish pallasiga kiradi.
160. Dunyodagi eng zaharli o‘rgimchak sanalmish «Tarantul» ikki yilgacha yemishsiz och holda yashay oladi.
161. Karib dengizida joylashgan Trinidad orolida suyuq asfaltdan iborat alohida ko‘l bor. Shuning uchun orolda yashovchilar ko‘ldan suyuq asfalt olib yo‘llarni asfaltlashadi.
162. Tipratikonning ignalari soni o‘rtacha o‘n ming donadan iborat bo‘ladi.
163. Avstraliya fuqarosi albatta saylovlarda ishtirok etishi kerak. Agar ishtirok etmasa, u jarimaga tortiladi.
164. Dastlab otvertka devorga qoqilgan mixlarni sug‘urish maqsadlarida yaratilgan. Shurup esa otvertkadan keyin oradan 100 yil o‘tgachgina paydo bo‘ldi.
165. Tungi lochinlar qorong‘ida ov qilishga oshiftaligi uchun shunday nomga ega bo‘lgan. Bu lochinlar asosan tunda ko‘rshapalaklar bilan oziqlanadi.
166. Sportning basketbol turi Kanada milliy sport turi hisoblanadi.
167. Tarvuz tarkibidagi likopen moddasi to‘qimalarni ziyonlanishdan ehtiyot qiladi, odamni yurak xastaliklariga duchor bo‘lish xavfidan xalos etadi. Tarvuzdagi sitrullin hamda arginin moddalari ham tomirlarda qon aylanishini yaxshilaydi, organizmda ortiqcha yog‘lar yig‘ilishini bartaraf etib turadi. Ayniqsa, arginin moddasi yurak uchun koni foyda. Qolaversa, tarvuz iste‘mol qilish yordamida qon bosimini tushirish osonroq kechadi.
168. Eronlik erkak uylana olmasa, ota-onasi olamdan o‘tib ketgunga qadar o‘sha uyda yashab qoladi. Mamlakatda bunday erkakni «na-mard» — «Erkak emas» deb atashadi.
169. Quyon organizmida qon tomirlarning ko‘pligi unga o‘ta issiq havoda ham yashab qolish imkonini beradi.
170. Erkakning soqoli qancha yorqin, ochrang bo‘lsa, shuncha tez o‘sadi.
171. Dunyodagi eng uzoq vaqt yoqqan yomg‘ir Gavay orollarida kuzatilgan. Bu yerda yomg‘ir jami 247 kungacha tinmagan.
172. XVII asrga qadar termometrlar konyak bilan to‘ldirilgan.
173. Ko‘k kitning tili og‘irlikda bitta ulkan fil vazniga teng keladi.
174. Esnashni tilga barmoq tekkizish orqali to‘xtatsa bo‘ladi.
175. Tomirlardagi qonimiz bir kunda 19 ming 312 kilometr yo‘l bosadi.
176. Dominika orol davlati fuqaroligini qo‘lga kiritish uchun pasport stoli vakillariga 100 ming dollar pul to‘lansa bas. Bu mamlakatda fuqarolik ochiqchasiga sotiladi. Pasport sotish jinoyat hisoblanmaydi.
177. Baliq ovi juda uzoq yillik tarixga ega. Ma‘lumotlarga qaraganda, baliq ovlashga mo‘ljallangan ilk qarmoq 42 ming yil oldin yasalgan ekan.
178. «Kubik-Rubik» mashhur o‘yinini vengriyalik Erno Rubik ismli shaxs o‘ylab topgan. Bu o‘yinning hozirgi kunga qadar sotilgan nusxasi 350 million donani tashkil etgan.
179. Mashhur Xeops ehromini bunyod etish uchun bir-biriga mos keladigan 2, 3 millionta toshdan yasalgan bloklar zarur bo‘lgan.
180. Qadimiy Misrda firavnga pashsha qo‘nmasligi uchun yonidagi xizmatkorlarning badaniga asal surib chiqilgan.
181. Tuvalu aholisi ichimlik suvi muammo bo‘lgani sababli faqat yomg‘ir suvini ichib kun ko‘radi.
182. Yer yuzidagi eng sekin o‘suvchi daraxt sifatida Kanadada qad rostlagan Oq kedr daraxti e‘tirof etiladi. U 155 yilda atigi 10 santimetrga o‘sgani aniqlangan.
183.Filippinliklarning sevimli taomi nomi «Balut» deb ataladi. Bu o‘rdakning palag‘da tuxumi bo‘lib, oldin tuxumni qaynatib pishirishadi. So‘ngra birinchi navbatda ichidagi suyuqlikni ichib, ketidan o‘lik jo‘jani tuzga botirib yeyishadi.
184. Tarvuz tarkibidagi likopen — antioksidant o‘pka, oshqozon saratoni paydo bo‘lish xavfini keskin kamaytirish xususiyatiga ega.
185. Xitoydagi Tan sulolasi hukmronligi davrida bilimli, aqlli odamlar uchun maxsus qonun qabul qilingan. Bu qonunga ko‘ra, ular bir-birlari bilan she‘r yordamida salomlashishi shart bo‘lgan.
186.Olimlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, okean tubida jami 20 million tonna sof oltin bor. Yer yuzi aholisi esa shu kunga qadar atigi 161 tonna oltinni qazib olishga ulgurgan xolos.
187. 1872-yili Italiyada qizlarga 12 yoshdan turmushga chiqish huquqi berildi. Bunga qadar qizlar 12 yoshga yetmasdan turib ham turmushga chiqa olishgan.
188. Sigir suti tarkibida mavjud oqsillar organizmdagi o‘ta kuchli zaharni ham zararsizlantira olish xususiyatiga ega. Shu sababli sog‘liq uchun zararli joylarda ishlovchilarga har kuni tekinga sut tarqatiladi.
189. Akula o‘z o‘ljasiga hujum qilganda, ko‘zlarini yumib oladi. Bu ishni u o‘lja ko‘zlariga ziyon yetkazib qo‘ymasligi uchun amalga oshirarkan.
190. Qadimiy greklar tilida din ma‘nosini beruvchi so‘z bo‘lmagan.
191. Bir dona banan tarkibida 300 milligramm kaliy bor. U yurakni mustahkamlashda va qon bosimini tushirishda tengsizdir.
192. Xitoydagi deyarli barcha axlat idishlar har kuni asosan bir marta ovqat yeyiladigan tayoqchalar bilan to‘ladi.
193. Nonli stakandagi muzqaymoq ilk bor 1904-yili Sent-Luis shahrida namoyish etilgan.
194. Dunyoda eng ko‘p ko‘prik Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida qurilgan. Ular soni hozirda 539 tani tashkil etadi.
195. Gretsiyada barcha jamoat transporti davlatga qarashli. Har bir bekatda navbatdagi avtobus yoki yo‘nalish taksi qachon kelishi yozib qo‘yilgan.
196. Marokashliklar orasida ko‘pchilikni tashkil etgan kambag‘allar kambag‘alligiga o‘zlarining dangasaligi sababchi. Hozir ham Marokash aholisining 25 foizi ishsiz.
197. Dunyoning biror mamlakatida belgiyalik muhojirni uchratmaysiz. Chunki bu mamlakatda yashash tarzi oliy darajada tashkil etilgan.
198.Napoleonning ichimlik ichadigan chashkalaridan biri italiyalik avantyurist Kaliostro bosh chanog‘idan tayyorlangan.
199. 1981-yili Xitoyda maxsus qonun qabul qilingan. Bunga ko‘ra, 11 yoshga to‘lgan bolalar har yili belgilangan manzilda bittadan daraxt o‘tqazishi shart bo`lgan.
200. Har kuni dunyoda 60 nafar odam millionerga aylanadi.
201. Inson organizmi kuniga 1 litrdan so‘lak ishlab chiqaradi.
202. Dunyo xalqlari bayrog‘i orasida eng ko‘p tarqalgani bu qizil rangdir.
203. Yer yuzidagi ilk mototsiklning karbyuratori konserva idishidan yasalgan ekan.
204. Baykal ko‘li suvi shu qadar zilol va beg‘uborki, yuqoridan turib 40 metr chuqurlikdagi narsani ham bemalol ko‘rsa bo‘ladi.
205. Toza oltin shunaqangi yumshoq bo‘ladiki, uni qo‘llaringiz bilan ezishingiz mumkin.
206. Sabzining rangi ilgari siyohrangda bo‘lgan ekan. Seleksiyachilarning tinimsiz izlanishlari tufayli u sariq va qizg‘ish tusga kirgan.
207. Oddiy qurbaqa umri davomida pashsha va chivinga qiron keltirib, ularning 3 tonnasini ushlab olar ekan.
208. Singapurda avtomobil sotib olish rostakamiga muammo. Buning uchun oldin 10 yil muddatga mo‘ljallangan litsenziya sotib olish zarur. Litsenziya narxi 60 ming Singapur dollariga teng. Avtomobilning o‘zi ham juda qimmat. Bu ham yetmagandek, benzin qimmat turadi, harakatlanish uchun mo‘ljallangan yo‘llarning deyarli barchasi pullik. Demak, bu mamlakatda avtomobil sotib olish uchun kamida millioner bo‘lish kerak.
209. Xandon pistaning organizm uchun foydasini hamma biladi. Ammo bu mahsulotni me‘yoridan ko‘p yeyish tavsiya etilmaydi. Har bir odam kuniga 15 donagina pista yeyishi mumkin. Shunda pista oshqozon bilan bog‘liq xastaliklar, nafas yo‘llari, kamqonlik, gepatitni davolashda asqotadi. Homilador ayollar ham boshqorong‘ilik davrida pista iste‘mol qilsa, foydadan xoli bo‘lmaydi.
210. XIX asr o‘rtalariga qadar sut yuqumli xastaliklarni chaqiruvchi ichimlik sifatida qoralangan. Ammo mikrobiolog Lui Paster sutni qaynatish orqali yog‘sizlantirish usulini o‘ylab topgach, u organizm uchun eng foydali mahsulotga aylangan.
211. Toshbaqaning ba‘zi turlari kislorodsiz 10 soatgacha yashay oladi.
212. Poyafzal razmerini 1792-yili etikdo‘z Jeyms Smit o‘ylab topgan.
213. Boyqush boshini 360 darajagacha bura oladi.
214. Fransuzlar kabutarni «Qanotli kalamush» deb ataydi.
215. Inson 7000000000000000000000000000 (bu 7 oktillion deganidir) ta atomdan tashkil topgan. Bu atomlardan har birining yoshi o‘rtacha 1 milliard yilga teng.
216. Ilgari turk kuyovlari kelin bo‘lmishga uylanishdan oldin to‘ydan so‘ng ular bir umr albatta kofe bilan ta‘minlanishlarini va‘da qilishgan. Agar kuyov va‘dani bajarmasa, ish ajrashishgacha borib yetgan.
217. Ispaniya madhiyasida so‘zlar yo‘q. Madhiya faqat musiqadan iborat.
218. Gruzinlar o‘z mamlakatini Gruziya emas, balki «Sakartvelo» deb atashadi. Bu qachonlardir shu mamlakat hududida yashagan kartvellar nomidan olingan. «Gruziya» so‘zi XVII-XVIII asrlarda arablarning «Gurjiston» so‘zi orqali kirib kelgan.
219. Eng qisqa nomli manzil sifatida Shvetsiya hamda Norvegiyada joylashgan «E» qishloqlari hisoblanadi. Skandinaviya tilida «E» «Daryo» ma‘nosini beradi.
220. Kabutar ming kilometrlab havoda parvoz qila oladi. Shunda ham manzilni aniq topib boradi.
221. Jirafaning tishlari faqat pastki jag‘ida joylashgan. Dunyodagi eng yirik hisoblangan ko‘k kitning esa umuman tishi bo‘lmaydi.
222. Ilonlar hech narsa yemasdan uch yil qatorasiga uxlay oladi.
223. Senegal ayollari bir haftada ichimlik suvi olish uchun 17,5 soat vaqt sarflashadi.
224. Qora pashshaning eshitish a‘zolari yo‘q.
225. Amerika dollarini maydalashning jami 293 ta usuli bor ekan.
226. Agar kuniga 4 chashkadan kofe ichsangiz, jigar sirroziga uchrash va buyrakda tosh yig‘ilish xavfi kamayib borarkan. Bundan tashqari, kofe Alsgeymer va Parkinson xastaligiga chalinishni ham 60 foizga kamaytiradi.
227. Sherlar oilasida har 10 ta o‘ljaning to‘qqiztasini urg‘ochisi ovlab keladi.
228. Qurg‘oqchilik yil bo‘yi davom etadigan ba‘zi mamlakatlarda odamlar so‘rashganda bir-biriga sog‘liq emas, yomg‘ir tilashadi.
229. Kulgi allergik reaksiyalarni zaiflashtiradi. Afsuski, allergiya xuruj qilgan payt kulgi ko‘ngilga sig‘maydi-da!
230. Yangi tug‘ilgan chaqaloq daqiqasiga 40 marotaba nafas olib, nafas chiqaradi. Kattalarning bu xususdagi ko‘rsatkichi esa daqiqasiga 12-20 martani tashkil etadi.
231. Jinoyatchining jinoyatini bo‘yniga qo‘yishda barmoq izlaridan foydalanish amali dunyoda birinchi bo‘lib 1902-yili Daniyada paydo bo‘lgan.
232. Eronda agar qiz bolaning nomusi poymol qilinsa, mamlakat qonunlariga ko‘ra bu jinoyatda qizning onasi ayblanadi.
233. Agar odam tug‘ilgandan to umrining oxiriga qadar soch olmasa, sochlari uzunligi taxminan 725 kilometrga yetgan bo‘lardi.
234. Gretsiya yozuvida so‘roq belgisi vazifasini nuqtali vergul bajaradi.
235. 100 gramm asal yig‘ish uchun asalari Yer sharidagi ekvator uzunligidan ortiqroq masofani, ya’ni 46000 kilometr masofani bosib o‘tar ekan.
236. Quruqlikdagi toshbaqa juda chayir va chidamlidir. U yillab och-nahor yashay oladi.
237. Sichqonlar haddan ziyod pokizalikni sevishadi. Shu sababli ini sal ifloslanganini ko‘rsa, bu indan voz kechib boshqasini qura boshlaydi.
238. Bolg‘abosh akulalar to‘da-to‘da bo‘lib yashaydi. Bitta to‘da 500 ta akuladan iborat bo‘lib, ular yo‘lida uchragan jonzotni harakatlangan holatda yemishga aylantira boradi.
239. Malina gullari pastga qaragan bo‘ladi. Bu asalarilarga chang yig‘ish uchun qulay imkoniyat yaratadi. Bir gektar maydonda yetishtirilgan malina nektaridan 70 kilogramm asal olinadi.
240. Quyosh har soniyada bir milliontaga yaqin modda yo‘qotadi va tobora yengillasha boradi.
241. Ayiqning yuragi daqiqasiga o‘rtacha 40 marta uradi. Uyquga ketganda esa bu miqdor daqiqasiga 8 martanigina tashkil etadi.
242. Qurolsozlik sanoatida dinamitga albatta yeryong‘oq qo‘shiladi.
243. Mayya qabilasi vakillari xudolarga qurbonlik sifatida tirik odamning yuragini sug‘urib olishgan.
244. Kofe doni xomligicha quruq joyda bir yil saqlanishi mumkin. U o‘z xususiyatini yo‘qotmaydi. Agar qovurilgan donni quruq joyga berkitsangiz, ikki kunda kofening xususiyati yo‘qqa chiqadi.
245. Qora dengizda yashovchi Okun balig‘i hamisha urg‘ochi ko‘rinishda dunyoga keladi. Lekin besh yoshga yetgach, bu baliqlar jinsini mustaqil tarzda o‘zgartirib, erkak baliqqa aylanadi.
246. XX asrning eng dahshatli vulqon halokati sifatida G‘arbiy Hindistondagi Martinika orolida joylashgan Mon-Pele vulqonining uyg‘onishi hisoblanadi. Bu vulqon 1902-yili uyg‘ongan. Oqibatda jami 30 ming 121 kishi halok bo‘lgan. Faqat orol bo‘yicha ikki nafargina odam tirik qolgan. Biri etikdo‘z bo‘lib, orolning boshqa bir chetida yashagan va qochib qolishga ulgurgan. Ikkinchisi ulkan toshlar bilan mahkamlangan turma kamerasidagi mahbus bo‘lgan.
247. Sher hech qachon go‘shtni chaynab yemaydi. Aksincha butunicha yutib qo‘ya qoladi. O‘tkir tishlaridan esa o‘ljasini tilka-tilka qilishdagina foydalanadi.
248. Kuyaning ba‘zi turlari organizmini namlik bilan hayvonlarning ko‘z yoshlarini so‘rish orqali ta‘minlaydi.
249. Quritilgan smorodina yaproqlari ichketarga qarshi qabul qilingan antibiotik ta‘sirini ikki hissa oshiradi.
250. Agar koinotdagi galaktikalarni sanashga kirishsak va ularning har biri uchun 1 soniyadan vaqt sarflasak, sanashni 4755 yilda tugatishimiz mumkin.
251. Amerikada shokoladli tuxum «Kinder syurpriz» ishlab chiqarish va sotish qonunga zid hisoblanadi.
252. Uksus kislotasi marvaridni ham erita oladi.
253. Indoneziyadagi do‘konlarda sotiladigan mahsulot ustiga narx qo‘yilmagan bo‘lsa, sotuvchi bilan bemalol savdolashib, aytilgan narxni ikki-uch hissa tushirish mumkin.
254 Afrikada “Fil o‘ti” degan maysa bor. Maysaning bunday atalishiga sabab shuki, bo‘yi 5 metrgacha yetadi. Demak, fillar ham shu maysa ichiga kirib bemalol bekinmachoq o‘ynasa bo‘ladi.
255. 2011-yili 92 foiz qismi faqat olmosdan iborat yangi sayyora topilgan.
256. Sabzi tamaki mahsuloti iste‘mol qilmaydiganlarni o‘pka saratoniga uchrashdan asraydi. Kashandalarni esa aksincha shu xastalikka tezroq uchrashini ta‘minlaydi.
257. 1985-yilga qadar vrachlar chaqaloq og‘riqni his etmaydi deb hisoblashgan. Shuning uchun ba‘zi tarixiy ma‘lumotlarda chaqaloqlar ustida tashkil etiladigan jarrohlik amaliyotlari narkozsiz o‘tkazilgani yozib qoldirilgan.
258. Banan tarkibi «V6» vitaminlariga boy. Bu vitamin esa a‘lo kayfiyatni ta‘minlashda tengsizdir. Banan lotinchada «musa sapientum» deb nomlangan. Tarjima qilinganda, «aqlli odamning mevasi» ma‘nosini beradi.
259. Odam uxlaganda, tanasi paralich holatga kiradi. Xudoyim uxlab yomon tush ko‘rayotganda, noo‘rin va xavfli harakatlarni sodir etib qo‘ymasligimiz uchun shunday yaratgan bo‘lsa kerak.
260. Koala ayig‘i hech qachon suv ichmaydi.
261. Ahmoqroq, kaltafahmroq odamni Janubiy Afrikada «Babun» deb atashadi. Bu so‘z «Babuin» maymun turidan olingan.
262. «Trioniks Trionyx cartilagineus» — Bu yumshoq tanaga ega toshbaqa zoti. Bu toshbaqalar to‘dasi och qolsa, manaman degan ulkan mahluqlarni ham o‘ldirib yeb tashlay oladi.
263. Yer vazni har kuni 100 ming tonnaga ortib boradi.
264. Agar juda ko‘p miqdorda piyoz yesangiz, uyqungiz kela boshlaydi. Piyoz tibbiyotchilarning aytishicha, ko‘p holatlarda tinchlantiruvchi dori vazifasini bajaradi.
265.Kaliforniyaning Santa-An, yana Amerikaning bir nechta shaharlarida o‘ta og‘ir jinoyat sodir etmagan mahbuslar miqdori noma‘lum pul evaziga bir kishilik shohona turma kameralarida yashashi mumkin. Bu kamerada hech kim mahbusni ortiqcha bezovta qilmaydi.
266. Odam umri davomida o‘rtacha 35 tonna suv ichadi.
267. Immunitet bilan uyqu bir-biriga chambarchas bog‘liq. Shu sababli odam uyquga to‘ymasa, immuniteti jiddiy xavf ostida qoladi.
268. Dunyodagi eng yirik kapalak «Attacus Atlas» kapalagidir. Uning qanotlari yozilganda, 30 santimetrdan uzunlikka ega bo‘ladi.
269. Jirafning bo‘yni shu qadar kaltaki, pastga egilib suv ichishga imkon bera qolmaydi. Shuning uchun jonivor suv ichishga to‘g‘ri kelsa, turli holatlarga kirishga majbur bo‘ladi. Umuman olganda, jiraf haftasiga ikki marta suv ichadi xolos. Qolgan vaqtlarda yegan maysalaridan chanqog‘i qonadi.
270. Peru kalamushi «Shinshilla» dunyodagi eng qimmat turadigan kemiruvchi hisoblanadi. Bu kalamush erkagining vazni voyaga yetgach, yarim kilogrammgacha yetadi.
271.«ManchineeI Tree» (Mansinella) daraxti dunyodagi eng xavfli daraxt hisoblanadi. U Karib dengizi sohillarida va Florida botqoqliklarida o‘sadi. Agar daraxt tanasi inson tanasiga tegsa, tamom, o‘sha joyida kuyish jarohati paydo bo‘ladi. Sal o‘tmay, yiringli pufakchalar ko‘zga tashlana boshlaydi. Daraxtdan ajralib chiqadigan suv ko‘zga tegsa, odamni ko‘r qiladi. Bu daraxtning mevalari xuddi olmaga o‘xshaydi. Ularni yesangiz, tanada kuyish jarohatlari paydo bo‘ladi yoki shu kabi yoqimsiz yaralar toshib ketadi.
272. Har yili Yer va Oy oralig‘idagi masofa 3, 82 santimetrga uzoqlasha boradi.
273. Gretsiyada «Gippokrat daraxti» deb atalgan daraxt o‘sadi. Aytishlaricha, Gippokrat shu daraxt ostida shogirdlariga tibbiyotdan dars bergan ekan.
274. Fonarni ilk bor eramizdan avvalgi 250 yili xitoyliklar o‘ylab topgan. Ular fonarni omad va boylik ramzi sifatida qadrlashgan. Badavlat xonadonlardagi fonarlar shu qadar katta va og‘ir bo‘lganki, ishlatish kerak bo‘lganda, ularni bir necha o‘nlab odam ko‘tarib yurishi talab etilgan.
275.Norvegiyada «Do‘zax» degan shaharcha bor.
276. Nemis tilida ham sheva mavjud. Masalan, janubiy hududlarda namoyish etiladigan teleko‘rsatuvlar mamlakat shimolida yashovchi aholiga surdotarjima yordamida yetkaziladi.
277. Hali tibbiyot mavjud bo‘lmagan, qon tomirlar, qon aylanishi haqida hech kim hech qanday tushunchaga ega bo‘lmagan paytlarda odamlar qon chap qo‘ldagi jimjiloqdan yurakka qadar bitta tomir bo‘ylab chopib boradi deb hisoblashgan. Nikoh uzugini chap qo‘l jimjilog‘iga taqish urfi ham xuddi shundan kelib chiqqan.
278. Perudagi Lima shahrida bir favvora bor. Favvoradan suv o‘rniga spirt oqadi. Shubhasiz, bu ishni hatto Rossiya ham amalga oshira olmasa kerak.
279. Archaning atrof-muhit, biz odamlar uchun eng foydali jihati shuki, archazor o‘rmonda yoz oylari sovuq, qish oylari issiq harorat hukm suradi.280 To XIX asrga qadar hayvonlar ham qilmishi uchun sud qilinib, jinoiy javobgarlikka tortilgan.
281. Birinchi Jahon urushi boshlanish arafasida Amerika armiyasi ixtiyorida atigi 18 nafar uchuvchi bor edi.
282. Ba‘zi kapalaklarning qorin qismida alohida membranlar mavjud. Ular kapalakka atrofdagi tovushni a‘lo darajada eshita olish imkonini beradi.
283. Xitoyda ko‘rshapalakni omad elchisi sifatida e‘zozlashadi. Shu sababli qimmatbaho idish va buyumlarga ham ko‘rshapalak surati chizib qo‘yiladi.
284. O‘rta asrlarda tish protezlari jangda halok bo‘lgan askarlar tishidan tayyorlangan.
285.Yo‘lbarslar har qanday hayvon va qushning tovushini, sayrashini o‘xshatishga usta. Shu iste‘dodi unga o‘lja o‘z oyog‘i bilan unga yaqin kelishini ta‘minlab beradi.
286. Doim yolg‘on gapirishga odatlanish tibbiyotda «Myunxgauzen sindromi» xastaligi deb ataladi. Dunyodagi 80 foiz odam esa har kuni albatta yolg‘on ishlatmay tura olmaydi.
287.Germaniyalik fizik Gerxard Nisning hisob-kitobiga ko‘ra, dunyodagi jami sahrolar quyoshdan qabul qilib oladigan quvvat dunyo ahlini bir yil davomida shu quvvat bilan ta‘minlashga yetarkan.
288. Inglizcha «SET» so‘zi jami 464 ta ma‘noni beradi.
289. Tildagi oppoq dog‘lar har kuni ertalab ko‘zga tashlanadi-a? Ular aslida tun bo‘yi o‘lgan to‘qimalar ekan.
290.Chaqaloqlar bir oylik bo‘lguncha yig‘laganda ko‘zidan yosh chiqmaydi. Bundan tashqari, chaqaloq yig‘laganda onasining tovushini takrorlaydi. Bu ona qornidaligida ona tovushi xotirasiga muhrlangani bilan bog‘liq.
291. Amerikalik bolalar to maktabni tamomlaguncha qotillik namoyish etiladigan 40 mingtaga yaqin filmni ko‘rishga ulguradi.
292.Braziliyaning ba‘zi hududlarida ajabtovur qonun bor. Bu qonunga ko‘ra, restoranga kirgan mijoz buyurgan taomini oxirigacha yeb qo‘ymasa, jarimaga tortiladi.
293. Sigir yelinida 11 dan 23 litrgacha sut bo‘ladi.
294. Mavrikiya respublikasining o‘z armiyasi yo‘q. Politsiya bor-u, ammo jinoyat deyarli sodir etilmasligi sababli politsiyachilar esnab, uxlab, ovqatlanib kun o‘tkazadi.
295. Dunyoda eng qattiq daraxt Shmidt qayini hisoblanadi. Uni na bolta bilan chopib, na o‘q bilan teshib bo‘ladi.
296. Kayman toshbaqasi sovuqdan umuman qo‘rqmaydi. U qishda aynan muz ostiga kirib uyquga ketadi. Bahorda esa muzlab qolgan tanasi yana erib, asta tashqariga chiqadi.
297.Avstraliyada bug‘doydan har yili 20 million tonna hosil olinadi. Har bir avstraliyalikka bir tonnadan bug‘doy to‘g‘ri keladi. Hosilning asosiy qismi esa eksport qilinadi. Ajablanarlisi, bu mamlakatda ishga yaroqli aholi umumiy aholining atigi 3, 6 foizini tashkil etadi xolos.
298. Britaniya qirollik tojida 1783 dona brilliant bo‘lib, ular orasida eng mashhuri “Afrika yulduzi” brilliantidir. Bu brilliantning vazni 309 karatga teng.
299.Boyqushsifat to‘tilar Yangi Zelandiyada umr kechiradi. Ular haqiqatan tashqi ko‘rinishidan boyqushga o‘xshaydi. Boshqa to‘tilardan farqi shundaki, boyqushsifat to‘tiqushlar uchmaydi va yer ostida yoki ulkan daraxtlarning ildizlari orasida yashaydi.
300. Dunyo bo‘yicha hisoblaganda, har uch soniyada samolyot aeroportga kelib qo‘nadi.
301. Echkining ko‘z qorachig‘i to‘rtburchak bo‘ladi. Ba‘zi tuyoqli jonivorlar ko‘z qorachig‘i esa yurak shaklida bo‘larkan.
302. Finlyandiyada «Jeki» laqabli kuchuk yashaydi. U Gitler haqida gapira boshlashsa, o‘ng qo‘lini ko‘tarib, «Zig xayl!» belgisini namoyish etadi.
303. “Vasilisk” deb nomlanuvchi kaltakesaklar suvda ham bemalol yugura olishadi.
304. Bulbulning faqat erkagi kuylaydi. U qaerdadir yaqin atrofda o‘tirgan urg‘ochi sevgilisiga muhabbatini qayta-qayta isbotlash uchun to yoniga uchib kelmaguncha tinim bilmay kuylayveradi.
305. Sut tarkibidagi kazein oqsili tufayli oq rangga ega. Kazein sut tarkibida bo‘la turib mitsell deb atalgan sharsimon zarrachalar hosil qiladi. Xuddi shu mitsell zarrachalari sutga oq rang baxsh etadi.
306.Toshbaqaning ba‘zi turlari o‘zining kuchliligi bilan barchani hayratga sola oladi. Masalan, dengiz yashil toshbaqasi 5 kishini toshiga o‘tqazgancha manziliga yetkazib qo‘ya oladi.
307. Begemotlar o‘z farzandini suv ostida dunyoga keltiradi.
308. Hozir mobil telefonlar zamoni. Lekin bizning miyamiz shu darajada ko‘p elektron impulslar ishlab chiqaradiki, agar dunyodagi barcha mobil telefonlarni yig‘sangiz ham shuncha impuls yarata olmaydi.
309 Oq ayiqning oshqozoni o‘ziga birdan 68 kilogrammgacha go‘shtni sig‘dira oladi.
310. Amerikada ilk bor yaratilgan tanga kumush dollar edi. U 1794-yil 15-oktabrida zarb qilingan.
311. Dunyoda guruchning 7 ming xili mavjud ekan. Biz bozorlarimizda atigi 6-7 xilini bilamiz.
312. Ilgari AQSh qonunlariga ko‘ra pochta orqali nafaqat jo‘natma va xatlarni, balki yosh bolalarni ham u manzildan bu manzilga yuborish mumkin bo‘lgan. Ushbu qonun 1913-yildagina bekor qilindi.
313. Yer yuzida jami 1500 ta vulqon bor. Ammo ularning 30 taga yaqinigina har yili uyg‘onadi.
314. Dunyodagi eng qimmat mushuk Bengaliya va kalta yungli uy mushugini chatishtirish natijasida tug‘ilgan «Zevs» laqabli mushuk hisoblanadi. U bozorda 154 ming dollarga sotilgan.
315. Immunitetimiz oshqozon-ichak qismimizda yashaydi. Ular bakteriya ko‘rinishida bo‘lib, salomatlikni har taraflama qo‘llab-quvvatlash uchun xizmat qiladi.316Urugvayda «Freedom» («Ozodlik») deb nomlangan turma bor.
317. Amerikaning «Eng so‘nggi yangiliklar» gazetasi har soatda chop etilgan. Bu gazetaning ashaddiy muxlislari «Pan-Ameriken» aviakompaniyasi xizmatchilari bo‘lgan. Kompaniya laynerlari Vashington hamda Nyu-York o‘rtasida parvozlarni amalga oshirgan.
318. «Shaytonning qurti» deb nom olgan qurt 3,6 kilometr chuqurlikda yashaydi.
319. Dunyodagi eng keksa, qadimiy aloqa bo‘limi Shotlandiyaning «Sanquer» shahrida joylashgan. Bu aloqa bo‘limi 1712 yili ishga tushirilgan.
320. Qayin har qanday sharoitga moslashuvchan daraxtdir. U botqoqlikda ham, faqat toshlardan iborat sahrolarda ham ko‘karaveradi.
321. Har kuni inson yuragi shu qadar ko‘p quvvat ishlab chiqaradiki, bu quvvat bilan yuk mashinasi 32 kilometr to‘xtamay yo‘l bosishi mumkin. Agar bir umrlik yig‘ilgan quvvatni jamlasak, o‘sha yuk mashinasining yerdan oygacha yetib borishi va yana ortga qaytishi ta‘minlanadi.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo’lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma’muriga xabarnoma jo’nating.
AMALIY GEOGRAFIYA
AMALIY GEOGRAFIYA – hozirgi zamon geografik tadqiqot yo’nalishlaridan biri. Amaliy geografiya hududlar tabiiy sharoitlarini har xil amaliy maqsadlarda — yerdan qishloq xo’jaligida foydalanish, yo’l, shahar va sanoat inshootlari qurish odamlarning turmush sharoitlari va sog’lig’iga mos kelish-kelmasligi nuqtai nazaridan o’rganadi. Amaliy geografiya tadqiqotlari uch asosiy yo’nalishda: agrogeografik, muhandislik-geografik va tibbiy-geografik yo’nalishlarda olib boriladi. Agrogeografik tadqiqotlar yerlarni sug’orish yoki quritish, yaylov chorvachiligi, bahorikor dehqonchilik, tuproqni zararli tabiiy jarayonlar ta’siridan, suv va shamol eroziyasidan saqlash kabi masalalarni o’rganadi. Tuproqlari, relyefi, iqlimi, o’simliklari va yog’in miqdori kabi xususiyatlariga ko’ra muhim bo’lgan joylar maxsus xaritalarda alohida ajratib ko’rsatiladi. Agrogeografik tadqiqotlar O’zbekistonda — Makroiqtisodiyot va ijtimoiy tadqiqotlar instituti, Seysmologiya instituti tarkibidagi Geografiya ilmiy tadqiqot bo’limi, xususan, Toshkent, Samarqand, Farg’ona universitetlarining geografiya fakultetlarida olib boriladi. Muhandislik-geografik tadqiqotlar hududlarning tabiiy sharoitlariga har xil muhandislik inshootlarini joylashtirish imkonini o’rganadi. O’zbekistonda yo’l, kanal, shaharlar, sanoat binolarini qurishda, yerning qiyaligi va relefning notekisligi, lyoss gruntlarning cho’kish ehtimoli, qum ko’chishlari va tez-tez bo’lib turadigan kuchli shamollar hisobga olinadi. Bunda geograf tabiat hodisalari orasidagi bog’lanishlar va qonuniyatlarni aniqlaydi. Chunonchi, O’zbekistonning Janubidagi qurg’oqchil hududlarida lyoss ko’p qavatli uylar, zavod va boshqalar. Inshootlar uchun mustahkam zamin bo’la oladi. Lekin respublikaning sernam tog’oldi rayonlarida lyoss mustahkam emas, tez cho’kadi, natijada inshootlar deformasiyaga uchraydi. Qizilqumda yo’l qurish loyihalari tuzishda shamollar rejimini, qum harakatining tezligini va qum relefi shakllarini, qum ko’chishiga yo’l bermaydigan o’simlik turlarini bilish shart. Agar qurilish oldidan mutaxassis bunday ma’lumotlarga ega bo’lmasa, u holda yo’l qum keltiruvchi shamollar zonasiga tushib, tez-tez qum bosib qolishi mumkin. Tibbiy-geografik tadqiqotlar, ayniqsa, yangidan o’zlashtirilayotgan yerlarning tibbiy-geografik bashorat xaritasini tuzish muammolari bilan shug’ullanadi. Geografik tadqiqotning bu sohasi mahalliy geografik sharoit bilan bog’liq vabo, tulyaremiya, entsefalit, buqoq kasalliklarining tarqalish qonuniyatlarini o’rganishda muvaffaqiyatlarga erishdi. Potihkamol G’ulomov.
- Bilimingizni test orqali sinang
Telegram kanalimizga a’zo bo’ling
- Tasmiya
- Tasliya
- Taslim
- Taskin
- Tasalli