Press "Enter" to skip to content

Hamshiralik ishi kitob pdf

Вы используете браузер, который Facebook не поддерживает. Чтобы все работало, мы перенаправили вас в упрощенную версию.

Hamshiralik ishi kitob pdf

OITS (Orttirilgan Immunitet Tanqisligi Sindromi) — davolanilmagan taqdirda ‘OIV'(Odam Immunitet-tanqisligi virusi)ning immunitetni ishdan chiqishiga yo’l ochgan bir sindromdir.

OIV tashiganlarga, OIV musbat deb ataladi. OIV musbat va OITS farqlidir. Har bir OIV musbat bo’lgan kishi OITS lar orasiga qo’shilmaydi. Hozirgi kunda OIV musbatlar turli hil yo’llar bilan davolanib, OITSlarni orasiga qo’shilmasdan yashab kelmoqdalar. OIV musbat bo’lgan kishilar ortiq o’limlarini kutmayaptilar. Hozirgi kundagi davolanish yo’llari bilan, OIV/OITS ortiq surunkali bir kasallikdir.

OIV virusi qonga yuqqandan so’ng bir necha yil davomida o’zini sezdirmaydi. Virus yuqqandan so’ng test qildirilgan taqdirda, faqatgina 3 oydan so’ng to’g’ri javobni ko’rsatadi.

Orttirilgan immun tanqisligi sindromi (OITS) — ret-rovirus guruhiga mansub virus qoʻzgʻatadigan kasallik; ikki davrga boʻli-nadi: OITV infeksiyasi va bevosita OITS (SPID) davri. . Ещё OITS (Orttirilgan Immunitet Tanqisligi Sindromi) — davolanilmagan taqdirda ‘OIV'(Odam Immunitet-tanqisligi virusi)ning immunitetni ishdan chiqishiga yo’l ochgan bir sindromdir.

OIV tashiganlarga, OIV musbat deb ataladi. OIV musbat va OITS farqlidir. Har bir OIV musbat bo’lgan kishi OITS lar orasiga qo’shilmaydi. Hozirgi kunda OIV musbatlar turli hil yo’llar bilan davolanib, OITSlarni orasiga qo’shilmasdan yashab kelmoqdalar. OIV musbat bo’lgan kishilar ortiq o’limlarini kutmayaptilar. Hozirgi kundagi davolanish yo’llari bilan, OIV/OITS ortiq surunkali bir kasallikdir.

OIV virusi qonga yuqqandan so’ng bir necha yil davomida o’zini sezdirmaydi. Virus yuqqandan so’ng test qildirilgan taqdirda, faqatgina 3 oydan so’ng to’g’ri javobni ko’rsatadi.

Orttirilgan immun tanqisligi sindromi (OITS) — ret-rovirus guruhiga mansub virus qoʻzgʻatadigan kasallik; ikki davrga boʻli-nadi: OITV infeksiyasi va bevosita OITS (SPID) davri. OITV infeksiyasi davri odam organizmida virus bor, lekin kasallik alomatlari hali na-moyon boʻlmagan davr. Virus deyarli bir vaqtda Parijda prof. Lyuk Montanye hamda AQShda prof. Gallo boshchili-gidagi olimlar tomonidan kashf etilgan (1983 y.). Bu virus odamning immunitet tizimiga tanlab taʼsir koʻrsata-di, ayniqsa, SD4+ immun hujayralariga qirgʻin keltiradi. Virus odam organizmiga tushgach, 2—3 kundan soʻng , 25—30% hollarda birlamchi infeksiya davriga xos alomatlar kuzatilishi mumkin. Bu “oʻtkir serokonversiya sin-dromi” deb ataladi, bunda harorat koʻtariladi, tunda terlash, boʻgʻimlar va bosh ogʻrigʻi, loxaslik, qayt qilish, ich ketishi, badanda, ayniqsa, uning yuqori qismida toshmalar paydo boʻlishi mumkin. Bu alomatlar odam organizmiga tushgan virus taʼsiriga immunitet tizimi maʼlum darajada javob qaytarish reaksiyasi bilan bogʻliq. Lekin bu davrda antitelolarni aniqlash natija bermaydi, chunki immunitet tizimining javobi hali toʻliq shakllanmagan boʻladi. Kasallikning bu davri 8—10 y.gacha, baʼzan undan ham uzoq davom etishi mumkin. Hoz. kunda amaliyotda OITV infeksiyasi tashhisini qoʻyish qonda kasallik virusiga qarshi paydo boʻlgan antitelolarni aniqlash — immun ferment taxlili (IFT) reaksiyasiga asoslangan. Dastlabki antitelolar virus organizmga tushgach, 3 haftadan soʻng shakllana boshlasa ham, qoʻllanadigan diagnostikumlar ularni ilgʻay olmaydi. Shu bois, odamga ushbu infeksiya ilashgani toʻgʻrisida virus organizmga tushganidan soʻng 90 kun oʻtkazib olingan tek-shirish natijasiga qarab xulosa chiqarish mumkin.

Facebook

Вы используете браузер, который Facebook не поддерживает. Чтобы все работало, мы перенаправили вас в упрощенную версию.

Страница «munis_kitob» есть на Facebook. Войдите, чтобы связаться с munis_kitob.
Страница «munis_kitob» есть на Facebook. Войдите, чтобы связаться с munis_kitob.

�� HAMSHIRALIK ISHI ASOSLARI

�� Ushbu o’quv qo’llanma tibbiyot kollejlarining “Hamshiralik ishi” yo’nalishi o’quvchilari uchun yozilgan bo’lib, unda hamshiralik ishining tarixi va rivojlanishi, kundalik hayot faoliyatida, shifoxonada, infeksiyaning oldini okishda hamshiralik parvarishi, salomatlik darajasini baholash, hamshiralik etikasi va deontologiyasi kabi qator mavzular yoritilgan. Shu bilan birga ushbu o’quv qo’llanmani tibbiyot sohasida mustaqil ta’lim olish va tibbiyotga qiziquvchilar foydalanishi mumkin.

���� O’zbekiston Respublikasi bo’ylab yetkazib beramiz ��

�� Narxi: 34 000 so’m (QQS siz)

�� Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating ��

INSTAGRAM | FACEBOOK | TELEGRAM | �� INTERNET | �� Bizning manzil

B. M. Mamatkulov, X. E. Rustamova jamoada hamshiralik

Ushbu darslik Respublikamiz sog’liqni saqlash tizimini takomillashtirish, aholi
salomatligini yahshilash, aholi orasida kasalliklarni, o’limni kamaytirish, axolini
sanitariya madaniyatini oshirish va aholi orasida sanitariya-statistik tadqiqot usullarini
qo’llash orkali taxlil qilish va olingan natijalarni xayotga tadbiq etish xakida ma’lumotlar
beradi. Shu o’rinda barcha belgilangan vazifalarni shifokorlar bilan birgalikda
hamshiralar ham bajarishini esdan chiqarmasligimiz lozim. Darslikni tayyorlashdan
asosiy maksad bo’lg’usi hamshiralarga aholi salomatligini o’rganishda unga bevosita
yoki bilvosita ta’sir etuvchi muxit, mexnat va turmush sharoitlari bilan bog’lagan xolda
o’rgatishdir
***
Данный
учебник
освещает
вопросы
совершенствования
системы
здравоохранения в республике, улучшения здоровья населения, пути снижения
заболеваний и смертности, повышения санитарной грамотности населения,
применения санитарно-статистических методов для проведения социально-
гигиенических исследований среди населения и их анализа. При этом мы должны
помнить, что в выполнении поставленных перед здравоохранением задач наряду с
врачами большой вклад вносят и медсестры. Основная цель данного учебника это
научить будущих медсестер анализировать состояние здоровья населения с учетом
условий жизни, труда и окружающей среды.
***
This manual provides information on the development of the health care system in
our country, improving health, reducing disease and mortality among the population, and
the application of its sanitary survey of statistical methods of research and improve health
of the population and to demonstrate how the ethics of them in our lives. Also do not
forget that doctors and nurses have to cope with the problems together. The main purpose
of this manual to teach future nurses, research, health care, which struck him a direct or
indirect impact on the environment, working and living conditions of the case.

Taqrizchilar:
Razikova I.S. – Toshkent tibbiyot akademiyasi, «Hamshiralik ishi» kafedrasi
mudiri professor, t.f.d.
Muhamedxonova Sh.T. – Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, Oliy ma’lumotli
hamshira fakulteti dekani,t.f.n.

ISBN 978–9943–

© «Fan va texnologiya» nashriyoti, 2016.

3
So’z boshi

O’zbekistonda aholi salomatligini himoya qilish davlat siyosati
darajasiga ko‘tarilgan. «Jamoada hamshiralik ishi» fani aholi
salomatligini mustahkamlash, qariyalar salomatligini himoya qilish,
atrof muhit omillarini inson salomatligiga ta’sirining muammolarini,
bolalar va o‘smirlar salomatligini, balog‘atga etmagan qizlar va ayollar
salomatligini muhofaza qilishni, katta yoshdagilar va qariyalar
salomatligini himoya qilishni, jamoada aholining ruhiy holatlarini,
favqulotda vaziyatlarni oldini olishni, yashash va ish joylarida inson
salomatligini himoya qilishni hamda jamoadagi aholi o’rtasida
tarqaladigan yuqumli va boshqa kasalliklarning oldini olishni o‘rgatadi.
Respublikada xozirgi kunda sog’liqni saqlash ko’rsatkichlari
rivojlangan mamlakatlar darajasiga etkazish, tibbiy yordamni ommabop,
sifatli va samaradorligini yanada yahshilash bo’yicha davr talablariga
mos bo’lgan o’rta va oliy ma’lumotli hamshira mutaxasislarini
tayyorlash va malakasini oshirish, ularni ish usullari va shakillarini
takomillashtirishga katta etibor berilmokda. Aholi salomatligini
muxofaza qilish va axoliga kursatilayotgan tibbiy xizmatlarni jahon
andozalariga muvofiq tashkil etish sog’liqni saqlash tizimida faol ishlab
kelayotgan
oliy ma’lumotli hamshiralarning vazifalaridan biri
xisoblanadi. Jamoada hamshiralik ishi fani ma’lum bir tarixiy davrlarni,
uziga xos xususiyatlarni kamrab olgan xolda ijtimoiy shart-sharoit tashqi
muxit omillarini inson salomatligiga ta’sirini o’rganish bilan birgalikda
axolini salomatligini, uning turmush tarzini va shunga o’xshash
ko’rsatkichlarini bir biri bilan bog’lab o’rganishda yordam beradi. Bu
fan axolini salomatligi xolati, kasallanishi, insonlarning jismoniy
rivojlanishi, demografik jarayonlar va ularga ta’sir etuvchi ijtimoiy-
iqtisodiy omillarni yoritib berish bilan birgalikda ilmiy asoslab beradi.
«Jamoada hamshiralik ishi» fani hamshiralik ishiga oid barcha maxsus
fanlar uchun umumlashtiruvchi fandir va u dasturi mazmunida boshqa
maxsus fanlar bilan organik bog‘liqlikdir. Mazkur fanda o‘zlashtirilishi
lozim bo‘lgan nazariy bilim, amaliy ko‘nikmalar avval o‘tilgan maxsus
fanlarning tayanch bilimlariga asoslanadi. Shu jamoada hamshiralik
ishini amalga oshirish va hamshiralik parvarishini to‘liq anglab etishni
kengaytirish va yanada chuqurlashtirishga yo‘naltirilgan muammoli
masalalarni taxlil qilish katta ahamiyat kasb etadi.
Darslik oliy tibbiy muassasalarida taxsil olayotgan oliy ma’lumotli
hamshira
fakultet
talabalari
tomonidan
davolash–profilaktik

4
muassasalarida bajariladigan vazifalari va faoliyatini o’rganish uchun
asosiy adabiyotlar qatoriga kiradi.
Darslikda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari,
qarorlari, davlat qonunlari, sogliqni saqlash soxasiga aloqador qarorlar
va dasturlari, Sogliqni saqlash vazirligi buyruqlari va yoriqnomalari
keng qullanilgan.

5
Qisqartirilgan so’zlar

AB – arterial bosim
BMT – Birlashgan Millatlar Tashkiloti
JSST – Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti
FXDYo fuqoralar holatiga dalolatnoma yozish
DSENM davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markaziga
HKT Xalqaro kasalliklar tasnifi
VMEK Vrachlik mehnat ekspertizasi
QVP – qishloq vtachlik punkti
OP -oilaviy poliklinika
BTSYo – birlamchi tibbiy sanitariya yordami
UASh – umumiy amaliyot shifokori
FAP – feldsher-akusherlik punkti

VKK – vrachlik konsultativ komissiyasi

TTB – tuman tibbiyot birlashmasi
DPM – davolash profilaktik muassasasi
EKG – elektrokardiogramma
TMSH tuman markaziy shifoxonasi

VKTTM – viloyat ko`p tarmoqli tibbiyot markazi

RIIATM – respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy – amaliy tibbiyot markazi

6
I bob: JAMOADA HAMSHIRALIK ISHI– FAN
SIFATIDA O’QITILISH ASOSLARI

1.1.

“Jamoada hamshiralik ishi” fanining qisqacha tarixi va
uning rivojlanishi

Hamshiralik ishi degani bu — avvalom bor davlatning iqtisodiy,
ijtimoiy va geografik joylashuvi bilan bog’liq mavjud sog’liqni saqlash
tizimi va uning rivojlanish darajasiga nisbatan funktsional majburiyatlari
aniq belgilangan hamshiralarning, tibbiyot xodimlari va jamoaning
hamshiralik ishiga munosabati va inson shaxsiy dunyoqarashining
yig’indisidir. 1980- yillarda JSSTning ekspertlari «Hamshiralik ishi»
tushunchasiga quyidagicha ta’rif berishgan: «Hamshiralik ishi — bu
insonlar o’rtasidagi munosabatning amaliyotidir, tibbiy hamshira esa, har
bir bemorni individual shaxs sifatida o’rganib, kasallik tufayli ularda
yuzaga kelgan ehtiyojlarni aniqlay bilishi lozim».
1859- yilda ushbu yunalishning asoschisi Florens Naytingeyl
o’zining mashhur «Bemorlar parvarishi to’g’risidagi yozuvlar» kitobida
hamshiralar ishiga quyidagicha ta’rif bergan: «Hamshiralik ishi —
bemorni qurshab turgan muhitni, uning sog’ayishi yo’lida qollash uchun
yo’naltirilgan harakatidir. Hamshiraning vazifasi bemorga shunday
sharoit yaratib berishdan iboratki, bunda tabiat o’zining davolovchi
qudratini namoyon qilsin».
Agar shifokor o’z amaliy faoliyatida, davolash ishi, barcha bilim
va harakatlarini ma’lum bir bemorning aniq bir kasalligini davolashga
qaratsa. Hamshiralarning etiborlari kasallikdan ko’ra ko’proq bemorga
yoki odamlar guruhiga, jamoaga, oilaga qaratilgan bo’lib, aholi sog’lig’i
bilan bogliq bo’lgan muammo va ehtiyojlarni hal qilishga yo’naltirilgan
bo’ladi va shu bilan ularning faoliyati shifokorlar faoliyatidan ajralib
turadi.
Jamoada hamshiralik ishi fanining rivojlanishiga Viktorian
davridagi eng ma’lumotli va noyob shaxslardan biri, ko’zga ko’ringan
ingliz hamshirasi F.Naytingeyl (1820-1910) katta hissa qo’shgan. Inson
tabiati haqidagi o’zining chuqur va ko’p tomonlama bilimlarini u
bemorlarni parvarishlash amaliyotlarida qo’llagan, uni hamshiralik
ishiga aylantirgan hamda buni nazariy bilimlar va ilmiy prinsiplarga
asoslangan kasb darajasigacha olib chiqa olgan.

7
Naytingeyl o’z g’oyalarini kasbiy tayyorgarlik va ilmiy
uslublardan foydalanish, harbiy tibbiy shifoxonalarni tashkil qilish va
tuzish sohalarida rivojlantirdi. Uning qarashlari va maslahatlari
hamshiralar kasbi haqidagi jamoatchilikning fikri va tasavvurini qat’iy
o’zgartirgan holda, ko’p mamlakatlardagi tibbiyot hamshiralari orasida
keng tarqalgan va tan olingan. O’z kuzatuvlarini Florens Naytingeyl 150
ta pamflest (broshura), 6 ta kitob va 13 mingdan ko’proq maktublarida
yozib qoldirgan.
F.Naytingeylning asosiy merosi hozirgi kunda ham o’z
dolzarbligini yo’qotmagan asari „Bemorlar parvarishi haqida qaydlar”
kitobidir, u 1860-yilda nashr etilgan va shu vaqtgacha dunyoning o’nlab
tillariga tarjima qilingan.
Naytingeyl o’zining ushbu amaliy qo’llanmasida „Har bir ayol
bolalar va kattalarni ularning sog’lik va bemorlik damlarida yanada
yaxshiroq parvarish qilishni o’rganishi shart”, deb yozadi. Naytingeyl
ushbu asrni yozganda u o’quv quroli o’rnini egallashi to’grisida
o’ylamagan, lekin shunga qaramasdan bu kitob asosida ko’plab yuqori
malakali tibbiyot hamshiralari yetishib chiqdi va shakllandi.
„Qaydlar” kitobi butun Yevropa bo’ylab tezda tarqalib ketdi.
Ushbu kitob chiqqan yilning o’zidayoq Italyancha tarjimasi bir vaqtning
o’zida Turin, Milan va Florensiyada nashr qilingan.
Rus tiliga V.D.Volfson 1905-yilda ingliz tilidagi nashrdan tarjima
qilgan va u „Bemorlarni qanday parvarish qilish kerak?” deb atalgan.
Bugungi kunda, zamonaviy ilm – fan nuqtayi nazaridan qaraganda
F.Naytingeylning bundan qariyb bir yarim asr oldin yozilgan bu kitobi
xuddi sodda asardek tuyuladi. Shunday bo’lsa-da uni o’qir ekansiz,
muallifming iqtidori, kuzatuvchanligi, ziyrakligi va o’z ishiga
fidoyiligini ko’rib, hayratga tushasiz.
Xalqaro hamshiralar kengashi tomonidan 1971-yildan boshlab, 12-
may Florens Naytingeyl tugilgan kuni munosabati bilan uning xotirasi
uchun „Hamshiralar kuni” deb e’lon qilindi. Aynan Naytingeylning
zamonida ham bir nechta pog’onani bosib o’tgan bu soha bugunga kelib
ancha rivojlandi.
O’zbekistonlik xalqimiz, shu jumladan, ,,Qizil yarim oy”
jamiyatining 17 mingta a’zosi urush yillari front orqasidagi yaradorlarga, 4
mingta hamshirasi va sandrujinachisi esa bevosita frontdagi jangchilarga
yordam ko’rsatdilar. Ulardan ko’plari mardlik va qahramonliklari uchun
orden hamda medallar bilan taqdirlandilar. O’zbek hamshiralari Rixsi
Mo’minova, Salima Kubanova, Matluba Eshonxo’jayevalar Xalqaro „Qizil

8
Xoch”ning oliy mukofoti „Florens Naytingeyl” medaliga sazovor
bo’lganliklari buning yaqqol dalilidir. Urushdan keyingi davrda ana shu
mukofot mehr – shafqat hamshirasi, Samarqandlik Antonina Pixteyevaga
ham berilgan edi.
Amerikalik hamshira, o’qituvchi va tadqiqotchi Virdjiniya
Xenderson 1958 yilda Halqaro hamshiralar kengashi iltimosiga ko’ra
“Bemorni parvarish qilish asoslari” to’grisida kitob yozgan. Ushbu kitob
25 tilga tarjima qilingan, unda muallif hamshiralik ishi tushunchasiga
o’z ta’rifini berib o’tgan. Virdjiniya Xenderson hamshiraning asosiy
vazifasi kasal yoki sog’lom shahsga o’z sog’ligini saqlab qolishga bor
kuchini, bilimini va irodasini ishga solgan holda yordam berishdan
iboratdir deb takidlagan. Ushbu hamshiralik ishi asoschilari tomonidan
hamsiralik ishiga bergan ta’rifi hozirgi kungacha o’z dolzarbligini
yoqotmagan.
Respublikamizning
mustaqilligidan
keyin
Prezidentimiz
I.A.Karimov tomonidan ushbu sohaga katta e’tibor qaratilganligini tibbiyot
oliygohlarida „Oliy ma’lumotli hamshira” fakulteti ochilishi misolida
ko’rishimiz mumkin. Bundan ko’zlangan maqsad hamshiralik ishini
yanada chuqurroq takomillashtirirsh va tibbiyot sohasida oliy darajadagi
bilimlarga ega bo’lgan kadrlarni yetkazib berishdan iboratdir.
2007-yil 19 sentabrdagi davlatimiz rahbarining „Sog’liqni saqlash
tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va unu rivojlantirish Davlat
dasturini amalga oshirishning asosiy yo’nalishlari to’g’risida”gi farmoni va
sog’liqni saqlash tizimidagi barcha islohotlar tibbiyot sohasining yanada
rivojlanishiga keng yo’l ochib berdi, bu hamshiralar uchun katta
imkoniyat demakdir.
Mustaqillikka erishgandan keyin respublikamizda tibbiyot sohasida
hamshiralik ishiga e’tibor kuchaytirilib borilmoqda, ularning chet
davlatlarda o’tkazilayotgan anjumanlarda ishtirok etishi va malakalarini
oshirishi, tibbiyot institutlarida oliy ma’lumotli hamshiralik ishi
bo’limlarining ochilishi, Respublikada O’rta tibbiyot va dorishunos
xodimlar assotsiatsiyasining tashkil etilishi, tibbiyot amaliyotini keng ko’
lamda yo’lga qo’yilishi tibbiy ta’ lim tizimini isloh qilishni taqozo etadi.
Respublikada hamshiralik ishini rivojlantirish, O’rta tibbiyot
xodimlarining nazariy va amaliy bilim, g’oyaviy va umum madaniy
darajasini ko’tarishga ko’maklashish, ularning amaliy ishlarni tashkil
etishining sifat darajasini oshirish maqsadida O’rta tibbiyot
xodimlaridan iborat hamshiralar maslahat kengashi tuzilgan.

9
Muslaqil hamkorlik davlatlari hamshiralarining „Sog’liqni saqlash
tizimining islohoti, birinchi tibbiy sanitariya yordamini ko’rsatish va
hamshiralik ishi” bo’yicha IV yig’ilishining O’zbekistonda o’tkazilishi,
bu sohada erishilgan yutuqlardan biridir. Jahon sog’liqni saqlash
tizimida Jamoada hamshiralik ishi alohida o’ringa ega.
1999-yil may oyida O’zbekiston O’rta tibbiyot va dorishunos
xodimlari assotsiatsiyasiga 50 mingga yaqin O’rta tibbiyot xodimlari
a’zo bo’lib, uyushma viloyatlarda o’zining bo’limlarini ochdi. U yil
davomida 10 dan ziyod seminarlar o’tkazib, hisobot bulutenlari va
amaliy qo’llanmalar joriy etdi. Qisqa vaqt ichida assotsiatsiya xalqaro
tashkilotlar bilan aloqalar o’rnatib, xalqaro hamshiralar kengashiga a’zo
bo’ldi. 1999-yil Londonda o’tkazilgan xalqaro hamshiralar kengashining
100 yilligiga bag’ishlangan seminar-kengashda O’zbekistondan ham
vakillar ishtirok etdi.
Hamshiralik ishini jahon andozalari darajasiga ko’tarish maqsadida
tezis dasturi orqali Isroil davlati hamshiralarining ish tajribalari, o’quv
jarayonlarini o’rganish uchun joriy yilning noyabr oyida Respublika
kurslari tashkil etildi. Hamshiralik ishini sifat jihatidan yaxshilash, ko’p
mutaxassislikka ega bo’lgan hamshiralar safini kengaytirish maqsadida
O’rta Osiyo davlatlarining muvofiqlashtiruvchi kengashi tuzildi.
O’zbekistondan 7 nafar tajribali hamshira kengashga a’zo bo’lib kirdi. U
2001-yilda O’zbekistonda yig’ilib o’z ish faoliyatini respublikamizda
davom ettirdi.
Jamoada hamshiralik ishi bo’yicha o’tkazilgan anjumanlarda
hamshiralik assotsiatsiyasi a’zolari Amerika, Angliya va Yaponiya
davlatlarida ishtirok etib, ularning ish faoliyati bilan tanishib qaytdilar.
Va ortirb kelgan tajribalari, ko’rgan bilganlari bo’yicha viloyatlardagi
bosh mutaxassislarni chaqirib bir necha marta o’quv seminarlari
o’tkazdilar.
1999-yilning sentabr oyida Bishkekda bo’lib o’tdgan O’rta tibbiyot
xodimlarining seminarida Qozog’iston, Tojikiston, Qirg’iziston va
O’zbekistonning Jamoada hamshiralik ishi bo’yicha vakillari ishtirok
etishdi. Ushbu anjumanning asosiy maqsadi hamshiralik ishidagi, birinchi
tibbiy sanitariya yordamidagi islohotlar, oliy ma’lumotli hamshiralar
tayyorlash, hamshiralar mavqeyini ko’tarish uchun hamshiralik ishlari
bo’yicha muovinlik vazifalarini kiritish, O’rta tibbiy va dorishunos
xodimlar assotsiatsiyasining faoliyatini kuchaytirish, malakali hamshiralar
tayyorlashga e’tiborni jalb qilish oilaviy hamshiralar foliyatini yo’lga

10
qo’yishga qaratildi. Seminarda O’rta tibbiyot xodimlari faoliyatini yanada
yaxshilash bo’yicha dekloratsiya qabul qilindi.
Olmata shahrida esa 2-4 fevral 2000-yilda Jamoada hamshiralik ishi
bo’yicha O’rta Osiyo mamlakatlarini muvofiqlashtiruvchi kengashning
navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tgan edi. Ushbu kengashda O’rta Osiyo
davlatlari hamshiralari O’rtasida o’zaro tajriba almashish, hamshiralik
xizmatida tashkilotchilik ishlarini yo’lga qo’yish, fan yangiliklarini keng
joriy qilish, Jamoada hamshiralik ishi bo’yicha muallimlar tayyorlash,
hamshiralaming milliy jamoatchilik birlashmalari assotsiatsiyalari
O’rtasida o’zaro hamkorlikni rivojlantirish eng asosiy vazifa ekanligi
alohida uqdirilib, shu vazifalar yuzasidan muhim qarorlar qabul qilindi.
2001-yil fevral oyida Toshkentda o’tkazilgan anjumanda „Oila
hamshirasi”ni tayyorlash -masalasi ko’rildi. 2002-yil 23-26 aprel kunlari
Olmata shahrida „O’rta Osiyo respublikalarida birlamchi tibbiy sanitariya
yordami hamshirasi” mavzusida xalqaro anjuman bo’lib o’tdi. Anjumanda
Jamoada hamshiralik ishi bo’yicha O’rta Osiyo mamlakatlarini
muvofiqlashtiruvchi kengash a’zolari, xalqaro ekspertlar va Jamoada
hamshiralik ishi bo’yicha amerikalik mutaxassislar, O’rta Osiyo tibbiyot
kollejlari direktorlari, tibbiyot bilim yurti va sog’liqni saqlash xodimlari
ishtirok etdilar. Bunda eng asosiy masala sifatida O’rta Osiyo
respublikalarida oila hamshiralarini tayyorlash ishlari o’rganib chiqildi.
Shu maqsadda, O’rta Osiyo Respublikalarida „Hamshiralik ishi” dasturi
asosida „Oila hamshirasi” qo’llanmasini ishlab chiqish va oila
hamshiralarini tayyorlovchi o’quv kurslarini tashkil qilish rejalashtirildi.

Ushbu anjumanning asosiy vazifalari quyidagilar edi:

O’rta Osiyoni oila hamshiralarini tayyorlovchi hududga aylantirish;

mavjud masala yuzasidan tajriba almashish;

mutaxassislar yordamida oila hamshirasini tayyorlash borasida zarur
o’quv dasturlarini ishlab chiqish;

oila hamshiralarini tayyorlash va hamshiralar malakasini oshirish uchun 10
oylik kurslarni tashkil qilish markazlarini ochish.

1.2. «Jamoada hamshiralik ishi» haqida tushuncha, uning maqsad va
vazifalari

«Jamoada hamshiralik ishi» fani sog’liqni saqlash jarayonida
hamshiralar o’rnini o’rganuvchi fandir. U asosan, aholi salomatligini
mustahkamlash, qariyalar salomatligini himoya qilish, reproduktiv
yoshdagi ayollar, bolalar va o’smirlar salomatligi, atrof muhitning

11
salomatlikka ta’siri, ish joyida insonlar salomatligini himoya qilish hamda
aholi o’rtasida tarqalayotgan yuqumli va boshqa kasalliklarni bartaraf etish
kabi quyidagi muammolarni o’rganadi.
1. Kasalliklarning oldini olish va aholi salomatligini ta’minlash.
2. Oilaviy poliklinikalar (OP), qishloq vtachlik punktlari (QVP) lar va
boshqa muassasalarda ayollar, ayniqsa tug’ish qobiliyatiga ega bo’lgan
ayollar, salomatligini muhofaza qilish, ayollarda uchraydigan ekstragenital
kasalliklarning oldini olish.
3. Maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar sog’lig’ini himoya qilish va
bolalarning o’ziga xos xususiyatlari, ularda kasalliklarning oldini olish,
profilaktik emlashlar, ular salomatligidagi muammolarda hamshiralik
jarayonlari.
4. Kattalar va qariyalarning o’ziga xos ruhiy va jismoniy xususiyatlari, ular
salomatligidagi muammolar va ularga sog’lom turmush tarzini targ’ib
qilish.
5. Ishlab chiqarish korxonalarida ishchilar uchun maxsus tibbiy xizmatni
tashkillashtirish, kasbga aloqador kasalliklar va ularning oldini olish.
6. Aholining ruhiy salomatligini saqlash va himoya qilish.
7. Jamoada yuqumli kasalliklar klinikasi, tarqalish yo’ llari va ularga qarshi
kurashish chora – tadbirlarida hamshiraning vazifalari.
8. Favqulodda vaziyatlar kelib chiqishining omillari, manbalari, sabablari
va ularda yordam ko’rsatish turlari, favqulodda vaziyatlarda aholini
himoya qilish.