Press "Enter" to skip to content

Mudofaa vazirligi harbiy kiyimlarning namunaviy loyihalarini muhokamaga qo‘ydi (foto)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 28-avgustda Samarqand viloyatiga tashrifi davomida Kattaqo‘rg‘on umumqo‘shin poligonida harbiy xizmatchilar bilan uchrashuvida harbiy xizmatchilarning kiyim-kechaklari va anjomlarini ishlab chiqarishda past sifatli matolardan hamda eskirgan texnologiyalardan foydalanilayotgani tanqidiy baholanib, tegishli vazirlik va idoralarga 2018-yil davomida harbiy ust-bosh kiyimlarni tikish uchun O‘zbekiston Respublikasining tabiiy iqlim sharoitlariga mos keladigan yengil va pishiq tolalardan to‘qilgan maxsus matolar ishlab chiqarish vazifasi yuklatilgan edi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

O‘zbekiston Mudofaa vazirligida yangi namunadagi harbiy kiyimlar qo‘shin amaliyotidan o‘tmoqda (foto)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 28-avgustda Samarqand viloyatiga tashrifi davomida Kattaqo‘rg‘on umumqo‘shin poligonida harbiy xizmatchilar bilan uchrashuvida harbiy xizmatchilarning kiyim-kechaklari va anjomlarini ishlab chiqarishda past sifatli matolardan hamda eskirgan texnologiyalardan foydalanilayotgani tanqidiy baholanib, tegishli vazirlik va idoralarga 2018-yil davomida harbiy ust-bosh kiyimlarni tikish uchun O‘zbekiston Respublikasining tabiiy iqlim sharoitlariga mos keladigan yengil va pishiq tolalardan to‘qilgan maxsus matolar ishlab chiqarish vazifasi yuklatilgan edi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Mudofaa vazirligi

Shunga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Moddiy-texnik ta’minot bosh boshqarmasi tomonidan mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlikda Mudofaa vazirligi qo‘shinlari uchun yangi namunadagi kiyim-kechaklarni joriy qilish masalalari ishlab chiqildi.

Kiyim-kechak namunalarini ishlab chiqishda sohada ilg‘or tajribaga ega bo‘lgan rivojlangan xorijiy davlatlarning harbiy kiyim-kechaklari o‘rganildi (Turkiya, Pokiston, Rossiya, Ozarbayjon, Xitoy, Germaniya, Italiya). Ushbu kiyim-kechak namunalari mahalliy ishlab chiqaruvchilar “Apitekst” MChJda aralash tolali matoning tajribaviy partiyasidan foydalanib, ishlab chiqarildi. “Smart-Teks” (“Baxmal-Grup”) MChJda mazkur matoga rang berildi hamda “Ideal” va “Narimteks” MChJlarda yangi ko‘rinishdagi harbiy kiyimlarning namunaviy nusxalari tayyorlandi.

Foto: Mudofaa vazirligi

2018-yil 18-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Samarqand shahridagi harbiy qismlardan biriga amalga oshirgan tashrifi davomida Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiya qo‘shinlari uchun taklif qilinayotgan yangi namunadagi kiyim-kechak namunalarining taqdimoti bilan tanishtirildi.

Taklif qilinayotgan yangi kiyim-kechak namunalarini ko‘zdan kechirish vaqtida davlat rahbari tomonidan “Harbiy kiyim-bosh namunalarini ishlab chiqishda shoshilinch qarorlar qabul qilmasdan eng zamonaviy xorij tajribalari qo‘llansin. Harbiy xizmatchining yangi kiyim-boshi uning o‘ziga xos “tashrif qog‘ozi” bo‘lishi va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari nufuzi va obro‘sini yanada oshirishga xizmat qilishini nazarda tutsin. Zarurat bo‘lsa, yaratilgan yangi kiyim-bosh variantlari bo‘yicha mamlakat aholisining, ayniqsa chaqiriq yoshidagi o‘smirlarning fikrini o‘rganish maqsadida jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilsin”, — deb ta’kidlandi.

Foto: Mudofaa vazirligi

Prezidentning 2018-yil 31-mart kuni “Forish” tog‘-dala poligoniga tashrifi davomida yangi namunadagi taklif etilayotgan harbiy kiyim-kechaklarning namunaviy nusxalari kuch tuzilmalariga ega vazirlik va idoralarning alohida bo‘linmalarida 2018-yil mobaynida qo‘shinlar sinovidan o‘tkazilishi belgilandi.

Hozirgi kunda Mudofaa vazirligida taklif qilinayotgan yangi namunadagi dala kiyimlarining ikki xil namunaviy nusxalari Samarqand garnizonida joylashgan harbiy qismlarning harbiy xizmatchilariga shu yilning 1-aprel sanasidan qo‘shin amaliyotidan o‘tkazish uchun berildi.

Foto: Mudofaa vazirligi

Avvalroq O‘zbekiston Mudofaa vazirligi tomonidan harbiy kiyim rusumlarining namunaviy loyihalari keng jamoatchilikning muhokamasi uchun e’lon qilinishi xabar berilgan edi.

Mudofaa vazirligi harbiy kiyimlarning namunaviy loyihalarini muhokamaga qo‘ydi (foto)

Harbiy xizmatchilarni zamonaviy, barcha talablarga javob beradigan harbiy kiyim rusumlari bilan ta’minlash Qurolli Kuchlarimiz ta’minotini yaxshilanishining muhim shartidir. Shu bois davlatimiz rahbarining Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan tarkibdagi majlisidagi ma’ruzasida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, harbiy kiyim rusumlarining yangi modellari ustida izlanishlar olib borildi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmatining Kun.uz’ga ma’lumot berishicha, harbiy kiyim rusumlarining namunaviy loyihalari keng jamoatchilikning muhokamasi uchun e’lon qilinmoqda.

Taklif va mulohazalaringizni quyidagi manzillarga yuborishingiz mumkin:

Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi 100-uy. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi moddiy-texnik ta’minot bosh boshqarmasi buyum ta’minot boshqarmasiga.

Telefonlar: (0371) 269-86-14, 269-86-09, (998 90) 349-29-65 (telegramm).

Elektron manzil: libos@mudofaa.uz

Sizning takliflaringiz har jihatdan puxta tayyorlangan, murakkab iqlim sharoitlariga chidamli bo‘lgan harbiy kiyimlar ishlab chiqarilishiga asos bo‘ladi.

TANTANALI KIYIM

KUNDALIK KIYIM

O‘zbekistonda harbiylarning yangi dizayndagi kiyim-boshlari yaratilmoqda (foto)

Foto: «Uza.uz»
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilari uchun yangi ko‘rinishdagi, zamonaviy, qulay va ixcham kiyim-boshlar yaratilmoqda, deb xabar berdi «O‘zA».

Qayd etilishicha, Prezidentning harbiy xizmatchilar va soha xodimlari uchun yangi namunadagi harbiy kiyim-bosh yaratish bo‘yicha bergan topshiriq va tavsiyalariga binoan 2018 yilning dekabr oyida harbiy xizmatchilar va xodimlar uchun yangi namunadagi harbiy kiyim-bosh yaratish bo‘yicha maxsus ishchi guruhi shakllantirildi.

Mazkur guruhga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi ma’sul xodimlari boshchiligida Vazirlar Mahkamasi, Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Harbiy prokuratura, Prezident Davlat xavfsizligi xizmati, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati, DXX Davlat chegarasini qo‘riqlash qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Mudofaa sanoati bo‘yicha davlat qo‘mitasi vakillari, «Istiqlol» dizayn markazi mutaxassislari, malakali dizayner va olimlar, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti professor-o‘qituvchilari va ekspertlari jalb qilingan.

Foto: «Uza.uz»

– Harbiy xizmatchilar va soha xodimlari uchun yangi namunadagi harbiy kiyim-bosh ishlab chiqish jarayoniga g‘oyat katta mas’uliyat bilan jiddiy va puxta o‘ylab, uzoqni ko‘zlagan holda yondashilmoqda, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi boshqarma boshlig‘i Rustam Mahmudov.

Foto: «Uza.uz»

Harbiy kiyim-boshni yaratish bo‘yicha ishlar Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti qoshidagi Formali kiyim-boshni loyihalashtirish bo‘yicha ilmiy laboratoriyada sohaning malakali xodimlari ishtirokida ish olib borilmoqda. Hozirgi kunga kelib Mudofaa vazirligi, Harbiy prokuratura, Prezident Davlat xavfsizligi xizmati, Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat xavfsizlik xizmati, DXX Davlat chegarasini qo‘riqlash qo‘mitasi harbiy xizmatchilari va xodimlari uchun dastlabki namunadagi harbiy kiyim-bosh hamda farqlovchi belgilarning (atributikalar) eskiz loyihalari tayyorlandi.

Foto: «Uza.uz»

Hozirda qayd etilgan barcha fikr va tavsiyalarni hamda kamchiliklarni inobatga olgan holda ishchi guruh tomonidan harbiy xizmatchilar va soha xodimlari kiyim-boshlarining dastlabki eskizlari va dizaynlari ishlab chiqilgan.

Foto: «Uza.uz»

Yaratilgan kiyim-boshlarning birlamchi namunalari harbiy qismlarda ilk qo‘shinlar sinovidan (aprobatsiyadan) o‘tkazilishi, bunda soha vakillari, harbiy xizmatchilar, yoshlar, xalq, keng jamoatchilikning fikrini chuqur o‘rganish, tahlil etish, taklif va mulohazalarni umumlashtirib, shundan so‘ng harbiy kiyim-boshlarni keng assortimentda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish mo‘ljallangan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring