O‘zbekiston Mudofaa vazirligida yangi namunadagi harbiy kiyimlar qo‘shin amaliyotidan o‘tmoqda (foto)
Aslida harbiylar kiyimi ham, tibbiyot xodimlarining oq xalati ham soha xodimlarining ko‘zimiz uchun tanish bo‘lib qolgan ish kiyimlaridir. Shifokorlar, hamshiralar va hatto sanitarlar – klinika yoki shifoxonaning barcha xodimlari ko‘pincha oq kiyimda bo‘lishadi. Lekin har doim ham shunday bo‘lgan emas.
Harbiy forma Toshkentda
Ushbu sahifada siz kompaniyalarnin Harbiy forma kategoriyasidagi takliflari haqidagi ma’lumotlarni topishingiz mumkin. Toshkentda bozor narxlarni, batafsil tavsifni va aloqa ma’lumotlarini o’z ichiga oladi.
Prom.uz veb-saytida Harbiy forma kategoriyasidagi kompaniyalar haqida ma’lumot ularning har biri kiritilgan paytda tekshirilgan va to’g’ri.Hozirgi vaqtda ba’zi etkazib beruvchilar to’g’risida ma’lumot (manzil, telefon, joylashuv yoki.) tovarlar va xizmatlar ro’yxati) o’zgargan bo’lishi mumkin. Shuningdek, kompaniyalar ro’yxati doimiy ravishda ularning aloqa ma’lumotlari va boshqa ma’lumotlarga asoslanib doimiy ravishda yangilanib va kengaytirilib boriladi.
Harbiy forma toifasidan tovarlarni sotib olish to’g’risida tez-tez so’raladigan savollar
Harbiy forma Toshkentda qancha turadi?
Harbiy forma toifasidagi takliflar 19600 so’mdan boshlanib va 120000 so’mgacha.
Harbiy formani qanday tanlash mumkin?
Quyidagilarga e’tibor bering:
1. Sotuvchi reytingi
2. Ishlab chiqarilgan mamlakat
3. Taklif va uning asosiy xususiyatlarini diqqat bilan o’rganing.
4. Sotuvchi o’z mahsulotlarini Toshkentga yetkazib berishiga ishonch hosil qiling
Saytda nechta Harbiy forma takliflari taqdim qilingan?
Prom.uz saytida 12ta savdo takliflari mavjud.
Eng arzon Harbiy forma Toshkentda qancha turadi?
Harbiy forma uchun eng arzon narxlar 19600 so’mdan boshlanadi, shu bilan birga 1000 so’mdan kam bo’lgan taklif narxini aniqlashtirib olish tavsiya etiladi, chunki etkazib beruvchi oz miqdordagi mahsulotni nazarda tutgan bo’lishi mumkin.
Prom.uz saytida Harbiy forma toifasidan mahsulotni tanlashda nimalarni bilish kerak?
Harbiy forma toifasidan mahsulotni tanlashda siz etkazib beruvchilarning takliflarini, brend, ishlab chiqarilgan mamlakat, sotuv turi va yetkazib berish hududi bo’yicha filtrlashingiz mumkin.
O‘zbekiston Mudofaa vazirligida yangi namunadagi harbiy kiyimlar qo‘shin amaliyotidan o‘tmoqda (foto)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 28-avgustda Samarqand viloyatiga tashrifi davomida Kattaqo‘rg‘on umumqo‘shin poligonida harbiy xizmatchilar bilan uchrashuvida harbiy xizmatchilarning kiyim-kechaklari va anjomlarini ishlab chiqarishda past sifatli matolardan hamda eskirgan texnologiyalardan foydalanilayotgani tanqidiy baholanib, tegishli vazirlik va idoralarga 2018-yil davomida harbiy ust-bosh kiyimlarni tikish uchun O‘zbekiston Respublikasining tabiiy iqlim sharoitlariga mos keladigan yengil va pishiq tolalardan to‘qilgan maxsus matolar ishlab chiqarish vazifasi yuklatilgan edi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Foto: Mudofaa vazirligi
Shunga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Moddiy-texnik ta’minot bosh boshqarmasi tomonidan mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlikda Mudofaa vazirligi qo‘shinlari uchun yangi namunadagi kiyim-kechaklarni joriy qilish masalalari ishlab chiqildi.
Kiyim-kechak namunalarini ishlab chiqishda sohada ilg‘or tajribaga ega bo‘lgan rivojlangan xorijiy davlatlarning harbiy kiyim-kechaklari o‘rganildi (Turkiya, Pokiston, Rossiya, Ozarbayjon, Xitoy, Germaniya, Italiya). Ushbu kiyim-kechak namunalari mahalliy ishlab chiqaruvchilar “Apitekst” MChJda aralash tolali matoning tajribaviy partiyasidan foydalanib, ishlab chiqarildi. “Smart-Teks” (“Baxmal-Grup”) MChJda mazkur matoga rang berildi hamda “Ideal” va “Narimteks” MChJlarda yangi ko‘rinishdagi harbiy kiyimlarning namunaviy nusxalari tayyorlandi.
Foto: Mudofaa vazirligi
2018-yil 18-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Samarqand shahridagi harbiy qismlardan biriga amalga oshirgan tashrifi davomida Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiya qo‘shinlari uchun taklif qilinayotgan yangi namunadagi kiyim-kechak namunalarining taqdimoti bilan tanishtirildi.
Taklif qilinayotgan yangi kiyim-kechak namunalarini ko‘zdan kechirish vaqtida davlat rahbari tomonidan “Harbiy kiyim-bosh namunalarini ishlab chiqishda shoshilinch qarorlar qabul qilmasdan eng zamonaviy xorij tajribalari qo‘llansin. Harbiy xizmatchining yangi kiyim-boshi uning o‘ziga xos “tashrif qog‘ozi” bo‘lishi va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari nufuzi va obro‘sini yanada oshirishga xizmat qilishini nazarda tutsin. Zarurat bo‘lsa, yaratilgan yangi kiyim-bosh variantlari bo‘yicha mamlakat aholisining, ayniqsa chaqiriq yoshidagi o‘smirlarning fikrini o‘rganish maqsadida jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilsin”, — deb ta’kidlandi.
Foto: Mudofaa vazirligi
Prezidentning 2018-yil 31-mart kuni “Forish” tog‘-dala poligoniga tashrifi davomida yangi namunadagi taklif etilayotgan harbiy kiyim-kechaklarning namunaviy nusxalari kuch tuzilmalariga ega vazirlik va idoralarning alohida bo‘linmalarida 2018-yil mobaynida qo‘shinlar sinovidan o‘tkazilishi belgilandi.
Hozirgi kunda Mudofaa vazirligida taklif qilinayotgan yangi namunadagi dala kiyimlarining ikki xil namunaviy nusxalari Samarqand garnizonida joylashgan harbiy qismlarning harbiy xizmatchilariga shu yilning 1-aprel sanasidan qo‘shin amaliyotidan o‘tkazish uchun berildi.
Foto: Mudofaa vazirligi
Avvalroq O‘zbekiston Mudofaa vazirligi tomonidan harbiy kiyim rusumlarining namunaviy loyihalari keng jamoatchilikning muhokamasi uchun e’lon qilinishi xabar berilgan edi.
Nega shifokorlar oq xalat kiyadi?
Aslida harbiylar kiyimi ham, tibbiyot xodimlarining oq xalati ham soha xodimlarining ko‘zimiz uchun tanish bo‘lib qolgan ish kiyimlaridir. Shifokorlar, hamshiralar va hatto sanitarlar – klinika yoki shifoxonaning barcha xodimlari ko‘pincha oq kiyimda bo‘lishadi. Lekin har doim ham shunday bo‘lgan emas.
Xo‘sh, nima uchun butun dunyo bo‘ylab tibbiyot xodimlarining 75 foizi oq xalat kiyadi?
Dastlab oq xalatlar haqida XIX asrning ikkinchi yarmida gapirila boshlandi. Bundan oldin shifokorlarning standart formasi agar bu jiddiy jarrohlik amaliyoti bo‘lsa, bor-yo‘g‘i fartuk va qo‘lqopdan iborat edi. Qadim zamonlarda shifokorlar maxsus kiyimsiz ham bir ko‘rishda o‘z davrining qahramonlari sifatida tanilgan.
Birinchi bo‘lib oq xalatlardan foydalanish zarurligi haqida inglizlar gapirishdi. Ingliz shifokori Jozef Lister oq xalatning antiseptik xususiyatlari haqida butun bir nazariyani ishlab chiqdi va bu mavzu bo‘yicha ilmiy tortishuvlarni boshladi. Biroz vaqt o‘tgach, bu ilmiy tortishuvlarga hayotning o‘zi “aralashib”, o‘tgan asrning boshlarida, ya’ni 1918 yilda millionga yaqin odamning hayotida zomin bo‘lgan ispan grippi epidemiyasi davrida oq xalatlar ommaviy ravishda joriy etila boshlandi.
Bundan tashqari, o‘tgan asrda oq xalatlar orqali jarrohlar bajargan operasiyasida kiyimidagi qonning bor-yo‘qligiga qarab ularning professionalligi baholangan. Bizning davrimizda oq xalat hayotning barcha sohalarida poklik va mikroblardan xolilikni talab qiladigan kuchli pozisiyani egallaydi.
Yaqinda shifokorlar kiyimi haqidagi bahslar qaytadan boshlanib, Angliyada oq xalatlardan voz kechishga qaror qilindi. Biroq bemorlarning xalatsiz shifokorlarga ehtiyotkorlik, ishonchsizlik va hatto qo‘rquv bilan bo‘lgan munosabati tufayli bu tajriba muvaffaqiyatsizlikka uchradi.
Lekin nima uchun xalatlarning rangi qaymoqrang, limonrang yoki och ko‘k rangda emas, aynan oq rangda bo‘lishi kerak? Bu savolga ranglar fani – kolorimetriya ozmi-ko‘pmi tushunarliroq javob beradi. Masalan, u yoki bu rangni ko‘rganingizda kayfiyatingiz o‘zgarishi va bu ranglar sizda har xil his-tuyg‘ularni uyg‘otishini payqagan bo‘lsangiz kerak.
Kolorimetriyaga ko‘ra, oq rang odamga biror ishga bor kuchini sarflab ishlashiga, ochiqlikka, to‘liq fikrlashga, birlikka, pokizalik va halollikka moyillik tug‘diradi. Ya’ni, oq xalat kiygan odamlar bemorlarga foydali ta’sir ko‘rsata oladi, ularning alohida ishonchiga sazovor bo‘ladi.
Bundan tashqari, Buyuk Britaniya olimlari oq xalat tibbiyot xodimlarining o‘z ishiga konsentrasiyasi (e’tibori)ni oshirishini isbotlashdi. Shuningdek, oq xalat kiyib u kamroq xato qiladi, bu shifokor faoliyatida juda muhimdir.
Shunday qilib, rasmiy qabul qilingan uniforma shifokorga o‘z ishiga mas’uliyat bilan yondashishiga, bajarayotgan ishiga diqqatini yaxshiroq qaratishiga, kamroq xatolarga yo‘l qo‘yishiga yordam berar ekan – bu esa inson hayotini saqlab qolish demakdir.