Harbiy qizlar
Ijro muddati
Pardoz qilgan harbiylar: Dunyodagi qaysi mamlakatlarda ayollar armiyaga chaqiriladi?
Zamonaviy qizlar jamiyatda yigitlar bilan teng huquqli bo‘lishni istashadi. Ammo, bunday tenglik ayrim mamlakatlarda kutilmagan oqibatlarga ham olib kelishi mumkin. Dunyoda shunday davlatlar ham mavjudki, bu yerdagi ayollar va qizlar ham qurolli kuchlar safida harbiy xizmat qilishga chaqiriladi.
Isroil – 18 yoshdagi chaqiruv
Ushbu mamlakatning ko‘chalarida harbiy libos kiyib olgan va qo‘liga qurol tutgan qizlarni uchratishingiz tabiiy holat. Gap shundaki, Isroil mamlakatdagi harbiy vaziyat tufayli qizlarni ham harbiy xizmatga chaqiradi. Buning uchun ularning yoshi 18 ga to‘lgan bo‘lsa kifoya.
Ammo, ularga bo‘lgan talablar nisbatan qulayroq. Agar qizlar 18 yoshga to‘lgunlariga qadar turmushga chiqqan bo‘lsalar, fuqaroning diniy e’tiqodi bunga yo‘l bermaydigan bo‘lsa, harbiy xizmatdan bosh tortishi mumkin. Isroilda yashovchi arab qizlari armiya safida xizmat qilishmaydi. Bundan tashqari, yigitlar 36 oy davomida harbiy xizmatda bo‘lsalar, qizlarda majburiy xizmat muddati 21 oyni tashkil qiladi.
Isroil ayollarining 30% i armiya tarkibida xizmat qiladi. Ularning odatiy kunlari harbiy o‘quv muassasalaridagi o‘qish jarayonini yodga soladi. Qizlarga xizmat davomida o‘z uylariga borish va yaqinlaridan xabar olib kelish uchun ruxsat beriladi, kerakli pul mablag‘lari bilan rag‘batlantiriladi, oliygohga kirishda ham ma’lum imtiyozlarga ega bo‘ladilar.
Shimoliy Koreyaning dahshatli tartiblari
Ushbuyopiqmamlakatdagi ayrim qoidalar haqiqatan inson vahmini keltiradi. Odamlar harbiy xizmatda yillab qolib ketishlari mumkin. Erkaklar uchun xizmat qilish muddati 10 yil, ayollar uchun esa 7 yilni tashkil qiladi. Ushbu mamlakat o‘ta sirli vayopiq bo‘lgani uchun ham qizlarning qurolli kuchlar tarkibida qanday xizmat qilishlariga oid ma’lumotlar deyarli mavjud emas.
Norvegiya – to‘laqonli gender tengligi
Norvegiya hukumati 2014 yildan boshlab ayollarni ham erkaklar bilan teng huquqli ekanliklarini isbotlash maqsadida ularni armiyaga chaqira boshlagan. 2016 yildan esa qurolli kuchlar safida xizmat qiluvchi xonimlar soni ko‘paydi. Eng qizig‘i, bu yerdagi harbiy yigit va qizlar umumiy kazarmalarga joylashtiriladi. Mamlakat ayollari harbiy xizmatga bajonidil yo‘l oladilar, bu yerda harbiylarga har kuni eng kamida 15 dollardan maosh to‘lab boriladi, insoning jismoniy va ruhiy chidamliligi oshiriladi.
Shuningdek, dunyodagi yana bir qator davlatlar, jumladan Kuba, Peru, Tayvan, Malayziya, Xitoy, Liviya, Rossiyada ham ayollar va qizlar harbiylar safida xizmat qilishadi.
Harbiy qizlar
Chora-tadbirlar nomi
Ijro muddati
Mas’ul ijrochilar
I. Mudofaa vazirligi qo‘shinlaridagi xotin-qizlar va harbiy xizmatchilarning oila a’zolari bilan ishlash bo‘yicha yetakchi mutaxassislar faoliyatini takomillashtirish
Xotin-qizlar va harbiylarning oilalari bilan ishlash bo‘yicha yetakchi mutaxassislarning (keyingi o‘rinlarda — yetakchi mutaxassislar) funksional vazifalarini yangi talablarni hisobga olgan holda qayta ko‘rib chiqish va tasdiqlash.
Yetakchi mutaxassislarning malakasini oshirish bo‘yicha tizimli ishlarni olib borish maqsadida ular bilan o‘quv-uslubiy yig‘inlar o‘tkazish.
2023-yil 1-yanvardan boshlab o‘quv yili rejasiga asosan
Mudofaa vazirligi, “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti
Harbiylar oilasini “xonadonbay” o‘rganishlar natijasida oilalarda sog‘lom muhitni barqarorlashtirish, xotin-qizlar ijtimoiy faolligini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.
2023-yil 1-yanvardan boshlab doimiy
Mudofaa vazirligi, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi
Yetakchi mutaxassislarni boy hayotiy tajribaga ega bo‘lgan, xotin-qizlar va oilalar bilan ishlay oladigan yuqori malakali mutaxassis kadrlardan jamlash.
Harbiylarning oilalarida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ijtimoiy-ma’naviy muhitni o‘rganish:
oiladagi ijtimoiy-iqtisodiy holat;
oila a’zolarining bandlik darajasi;
nogironligi bo‘lgan oila a’zolarining ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishi.
har yili iyun va dekabr oylarida
Mudofaa vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi
Xizmat faoliyatida alohida faollik va tashabbuskorlik ko‘rsatgan, o‘zining samarali xizmati bilan harbiylar oilasining shakllanishi va farovonligi mustahkamlanishiga, onalik va bolalik muhofazasiga munosib hissa qo‘shgan yetakchi mutaxassislarni munosib rag‘batlantirib borish.
2023-yildan boshlab har chorakda
Mudofaa vazirligi, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi
II. Mudofaa vazirligi qo‘shinlari xotin-qizlar va harbiy xizmatchilarning oila a’zolarini ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish
Harbiy xizmatchilarning mehnatga layoqatli va ishsiz bo‘lgan oila a’zolarini o‘zini o‘zi band qilish hamda bo‘sh (vakant) ish o‘rinlariga ishga joylashtirishda amaliy yordam ko‘rsatish.
2022-yil 1-noyabrdan boshlab doimiy
Mudofaa vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi
Harbiy xizmatchilarning ishsiz oila a’zolarini kasbga tayyorlash maqsadida “Ishga marhamat” monomarkazlari, kasb-hunarga o‘qitish markazlarida o‘qitish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etish hamda o‘qitishni tashkil etish.
2022-yil 1-noyabrdan boshlab doimiy
Mudofaa vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi
Harbiy xizmatchilarning ishsiz oila a’zolari uchun bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkalarini tashkil etib borish. Bunda, respublikaning tadbirkor ayollari ishtirokida xotin-qizlar va harbiylarning oilalariga kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishda faol ishtirok etishiga ko‘maklashish.
Har chorakda bir marta
Mudofaa vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi
Harbiy xizmatchilarning tadbirkorlik va hunarmandchilik bilan shug‘ullanayotgan oila a’zolari ish faoliyatini targ‘ib qilish orqali band bo‘lmagan xotin-qizlarni ushbu faoliyatga jalb etish maqsadida “Mahorat darslari”ni o‘tkazish.
Har chorakda bir marta
Mudofaa vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi
Xotin-qizlar va harbiylarning oilalarini kasb-hunarga o‘rgatish maqsadida harbiy shaharchalarda turli yo‘nalishdagi to‘garaklarni tashkil etish, ushbu to‘garaklarga oilalarni jalb etish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini olib borish.
2023-yildan boshlab har chorakda
Mudofaa vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi
III. Harbiy xizmatchilarning oilalaridagi muhitni yaxshilash
Harbiy xizmatchilarning oilalarida sog‘lom muhitni qaror toptirish, qaynona-kelin, er-xotin o‘rtasidagi munosabatlarni, ularning oiladagi o‘rinlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish maqsadida “Qaynona-kelin maktabi” mavzusida uchrashuv va jonli muloqotlarni tashkil etish.
2022-yil 1-noyabrdan boshlab doimiy
Mudofaa vazirligi, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar xokimliklari, harbiy qism va muassasalar rahbarlari
Yosh harbiy oilalar o‘rtasida sodir etilayotgan ajrimlarni oldini olish maqsadida “Oila-muqaddas qo‘rg‘on”, “Oilalarda nizoli holatlarning oldini olish usullari” mavzularida malakali huquqshunoslar, tibbiyot xodimlari ishtirokida uchrashuvlar tashkil etish.
2022-yil 1-noyabrdan boshlab har yili
Mudofaa vazirligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi
Soha mutaxassislari bilan hamkorlikda harbiy xizmatchilar oilalarining reproduktiv salomatligiga erishish uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirish:
“Sog‘lom avlod uchun” hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya fondi mutaxassislari ishtirokida zamonaviy diagnostika va davolash-tibbiyot uskunalaridan foydalanish;
harbiy xizmatchi ayollar va harbiy xizmatchilarning oila a’zolarini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish.
2022-yil 15-noyabrdan boshlab har chorakda
Mudofaa vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi
Mamlakatda yuz berayotgan demokratik islohotlarga muvofiq, xotin-qizlarning huquqlarini himoya qilish, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish ishlarining ahvolini tanqidiy o‘rganib chiqish, baholash va ularni takomillashtirish choralari ko‘rish.
2023-yil 1-yanvarga qadar
Mudofaa vazirligi, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi
Xotin-qizlarning faolligini qo‘llab-quvvatlash, farzand tarbiyasi, oila, xotin-qizlar ma’naviyatini yuksaltirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarning muammolarini o‘rganish va hal etishga ko‘maklashishda “Oqila ayollar harakati” va mahallalardagi “Ayollar maslahat kengashlari” bilan hamkorlikni amalga oshirish.
Mudofaa vazirligi, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi
Harbiy xizmatchilar oila a’zolarining ijodiy salohiyatini rivojlantirish, harbiy oilalarning hayotiy tajribasini ommalashtirish maqsadida “Ibratli harbiylar oilasi” ko‘rik-tanlovini tashkil etish.
har yili mart-may oylarida
Mudofaa vazirligi, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi
Xotin-qizlarning gender tenglik kafolatlarini ta’minlash, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi o‘rni va faolligini oshirishga qaratilgan tizimli ishlarni olib borish.
har yili alohida reja asosida
Mudofaa vazirligi, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi
Mudofaa vazirligi qo‘shinlaridagi xotin-qizlar o‘rtasida “To‘maris izdoshlari”, harbiy xizmatchilarning rafiqalari o‘rtasida bekalik san’atini rivojlantirishga qaratilgan “Balli ayollar” ko‘rik-tanlovlarini o‘tkazish.
har yili alohida reja asosida
Mudofaa vazirligi, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi
Din vakillarini jalb etgan holda xotin-qizlar va harbiy xizmatchilarning oilalari o‘rtasida oila-nikoh munosabatlarini huquqiy tartibga solish, nikoh bo‘yicha diniy marosimlarni faqat nikoh rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin amalga oshirish masalalari bo‘yicha tushuntirish ishlarini tashkil etish.
2023-yildan boshlab har chorakda
Mudofaa vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi hududiy boshqarmasi
Xotin-qizlar va harbiy xizmatchilar oila a’zolarining sog‘lig‘ini saqlash, sog‘lom oilani shakllantirish, ayollar va oila sportini rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish.
2023-yildan boshlab har chorakda
Mudofaa vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi
Harbiy qism va muassasalarda oilaviy qadriyatlarni mustahkamlashga bag‘ishlangan “Mustahkam oilani shakllantirishda ota-onaning mas’uliyati”, “Farzandning ota-ona oldidagi burchi”, “Oilaviy hayot saboqlari” mavzularida uchrashuv, seminar va davra suhbatlari o‘tkazish.
har yili alohida rejaga muvofiq
Mudofaa vazirligi, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi
Xotin-qizlar va harbiylarning oila a’zolarini ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirib borish, ularning mazmunli dam olishlarini tashkil etish maqsadida teatr, madaniyat va ma’rifat maskanlariga tashrif uyushtirish.
har yili alohida rejaga muvofiq
Mudofaa vazirligi, Respublika Ma’naviyat ma’rifat markazi
Mavlud nishonlayotgan qizlar, Tojikistonda boshlangan harbiy mashg‘ulot, fotoqopqonga tushgan jayron. 19-oktabr suratlari
O‘zbekiston va dunyo bo‘ylab olingan sara suratlarni namoyish etamiz.
Irlandiyaning Dublin shahridagi Feniks bog‘ida ko‘payish mavsumida ikkita bug‘u jang qilmoqda. Foto: AP Photo
Toshkent shahri Yunusobod tumani Qashqar (M-4) dahasida joylashgan 5-maktab binosidagi 519-saylov uchastkasi. Foto: Dilruh Isomiddinova
Vyetnamning Nintxuan viloyatida yashovchi aholi baliqlarni sotishdan oldin issiq quyoshda quritmoqda. Foto: Legion Media
Mirzo Ulug‘bek tumani Mustaqillik shohko‘chasida xazonlarni yig‘ayotgan obodonlashtirish xodimlari. Foto: Dilruh Isomiddinova
Shotlandiyada kiyik ovi mavsumi boshlandi. Mavsum fevral oyining o‘rtalariga qadar davom etadi. Foto: Getty Images
Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining Yakkasaroy va Sergeli tumanlarida qurilgan yangi yo‘lni ko‘zdan kechirdi. Shu yerda Prezidentga yo‘lsozlik, obodonlashtirish va kommunal sohalarda qo‘llaniladigan maxsus texnikalar namoyish etildi. Davlat rahbari ushbu texnikalarning biri bilan yaqindan tanishdi. Foto: Prezident matbuot xizmati
Pekinning Sanlitun tumanidagi savdo markazida Xitoy Kommunistik partiyasiga bag‘ishlangan videoni suratga olish paytida qizil sharlarni ko‘tarib yurgan qatnashchilar. Foto: Reuters
Gaitida zo‘ravonlikka qarshi g‘alayonlar bo‘lib o‘tdi. Shanba kuni AQSh va Kanadadan kelgan 17 ta nasroniy missioneri Port-o-Prensda o‘g‘irlab ketilgan. Foto: “TASS”
Tojikistonda Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti mamlakatlarining harbiy mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tmoqda. Foto: “TASS”
Qrimda desantlarning qirg‘oqqa hujum qilish mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Foto: “TASS”
Nyu-York markazida akril bilan bezatilgan ko‘p qavatli favvora o‘rnatildi. Foto: Getty Images
Sohil xavfsizlik xizmati xodimlari Liviya qirg‘og‘idan 35 milya uzoqlikda odamlar bilan to‘lgan qayiqdan muhojirlarni qutqardi. Foto: “TASS”
“Janubiy Ustyurt” milliy tabiat bog‘i hududiga o‘rnatilgan fotoqopqonga tushgan O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan jayron. Foto: Qoraqalpog‘iston ekologiya qo‘mitasi
Chilida jamoat transporti narxining oshishiga qarshi norozilik namoyishlari to‘xtamayapti. Namoyishchilar ijtimoiy va iqtisodiy tengsizlikni kamaytirish choralarini talab qilmoqda. Foto: Getty Images
Kanadaning Manitoba provinsiyasidagi ko‘lda janjallashayotgan oq ayiqlar. Foto: Legion Media
Manxettendagi Trump Tower tashqarisida avtomobiliga o‘tirayotgan AQSh sobiq prezidenti Donald Tramp. Foto: Reuters
Karachida payg‘ambar Muhammad (s.a.v.) tavallud topgan oylarini nishonlashga bag‘ishlangan bayramda qatnashayotgan qizlar. Foto: AFP
Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson Londondagi Ilmiy muzeyda Global investitsiya sammiti paytida Bill Geyts bilan suhbatlashdi. Foto: Getty Images
Moskvada koronavirusga chalinish holatlari avgust oyiga nisbatan to‘rt baravar ko‘paydi. Suratda: Leningradskiy temiryo‘l vokzalini dezinfeksiya qilish jarayoni. Foto: EPA
Londonda Denis Vilenevning “Dyuna” filmining navbatdagi premyerasi bo‘lib o‘tdi. Suratda: bosh qahramon rolini ijro etgan Zendaya. Foto: EPA
Qog‘ozdan tayyorlangan bosh suyaklari Neapol markazidagi haykallarda paydo bo‘ldi. Foto: EPA
Kambodjaning Chamkar-Man qishlog‘ida voleybol o‘ynayotgan bolalar. Foto: “TASS”
- Saylovchilar tomonidan o‘ldirilgan deputat, talabalarning “ko‘pikli urush”i, ortga qaytarilgan muhojirlar. 18-oktabr suratlari
- Masjiddagi namoyish, kul bilan qoplangan shahar, protez oyoq orzusidagi bola. 15-oktabr suratlari
- Yurakchalar bilan bezatilgan piyodalar o‘tish joyi, auksionga qo‘yilgan prezident ko‘ylagi, Afg‘onistonni tark etayotgan musiqachilar. 14-oktabr suratlari
- BAAda o‘tkazilgan haqiqiy “Kalmar o‘yini”, juft izlayotgan bug‘u, “yer yutgan” mashinalar. 13-oktabr suratlari
- “Zakovat”ni tomosha qilayotgan Mirziyoyev, ko‘chani to‘ldirgan futbol ishqibozlari, Xalqaro o‘liklar kunidagi parad. 12-oktabr suratlari
- Masjidga kirish uchun navbat, qariyalarni yo‘qlab kelgan hayvonlar, Marsga uchish oldidan qilingan mashg‘ulot. 11-oktabr suratlari
- Istanbulning go‘zal manzaralari, jang maydoniga aylangan Bayrut ko‘chalari, shampan bilan nishonlanayotgan Nobel mukofoti. Hafta fotolari