Press "Enter" to skip to content

Hijob oyatining tafsiri va nozil bo`lish sabablari

Konstitutsiyaviy sudga masalalarni ko’rib chiqish uchun fuqarolar, nodavlat tashkilotlar, muassasa va idoralar to’g’ridan-to’g’ri murojaat qila olmaydi. Shunga qaramasdan, fuqarolar, nodavlat va notijorat tashkilotlar va boshqa Konstitutsiyaviy sudga bevosita murojaat qilish huquqiga ega bo’lmagan yuridik va jismoniy shaxslar Konstitutsiyaviy sudga bilvosita, ya’ni Bosh prokurorga qonunlardagi noaniq atamalarga sharh berish taklifi bilan Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilishini so’rab, amaliyotda sodir bo’layotgan qonunga zid holatlar va tushunmovchiliklarni asoslantirgan holda ariza yozib murojaat etishlari mumkin. O’zbekiston Respublikasi ”Fuqarolarning murojaatlari to’g’risida”gi qonunning 7 va 11-moddalari qoidalariga muvofiq, Bosh prokuror ariza kelib tushgan kundan boshlab bir oy muddat ichida arizadagi masalani mohiyatan hal etishi, qo’shimcha o’rganishlar va tekshirishlar talab qilmaydigan masalalarni esa 15 kundan kechiktirmay hal etishi va arizalarni ko’rib chiqish natijalari to’g’risida fuqarolarga ma’lum qilishi hamda arizada bayon etilgan talablarni qondirish rad etilganda, fuqarolarga rad etishning sabablari ko’rsatilgan holda yozma tarzda ma’lumot berishi shart.

Тикувчилик саноатини қандай йўлга қўйиш мумкин?

Бугунги кунда тикув саноатидаги тадбиркорликда муваффақиятга эришишининг асосий шарти ижодий ёндошувдир. Дизайнерлик либослари салони, юмшоқ қўғирчоқлар ишлаб чиқариш, махсус кийим тайёрлаш цехи – хуллас, имкониятларни фақат тасаввур оламигина чеклаши мумкин.

Тикув корхонасини очишдан аввал ишлаб чиқариш йўналишига аниқлик киритиб олиш даркор:

  • либослар – маиший, махсус, кундалик, болалар учун, катталар учун;
  • матоли ўйинчоқлар;
  • уй учун текстиль маҳсулотлари;
  • бошқа аксессуарлар.

Сўнгра ишлаб чиқариш хажми режалаштирилади, шу танланган рақам бизнесга киритиладиган маблағ миқдори, бино катта-кичиклиги ва ишчилар сонини белгилаб беради.

Иш йўналишини танлагандан кейин тижорат тузилмаси МЧЖ, ЯТТ ёки оилавий корхона тарзида рўйхатдан ўтказилади.

Бизнес тури қандай танланади?

Кичик корхона учун ишлаб чиқаришнинг ўртача хажми кунига – 25–50 та маҳсулотни ташкил этади. Кичик хажмдаги тикув бизнеси капитали чекланган ҳамда эксклюзив маҳсулотларни бозордаги ўртача маҳсулотлар нархидан бироз баландрок баҳода сотиш ниятидагиларга тўғри келади.

Кунига 150–200та маҳсулот тикувчи каттароқ цех маҳсулотларнинг улгуржи сотилиши ҳисобига тезроқ фойдага киради. Цех очишдан олдин бозорни, ҳаридорларнинг таъбини ва чўнтагини яхшилаб ўрганиб чиқиш зарар қилмайди. Бозорда ҳаридорлар сиз ишлаб чиқаришни мўлжаллаётган товарни тахминан қанчадан ҳарид қилишини суриштиринг. Ўз ресурсларингиз ва ҳаридорларнинг талабларидан келиб чиққан ҳолда товарлар ассортиментини кенгайтириб борасиз.

Хонадонда тикувчилик ательесини ташкил этиш анча осон. Бунинг учун замонавий тикув ускуналарини олиш ва асосан рекламага урғу бериш даркор. Флаерлар тарқатиш, сайт ёки ижтимоий тармоқларда маҳсулотларни тарғиб қилиш яхши ёрдам бериши мумкин.

Кичик ателье гарчи қисқа фурсат ичида ўзини қопласа-да, катта даромад келтирмайди. Бундай ҳолатда даромадни ошириш учун юқори нархлар бўйича эксклюзив либосларни ишлаб чиқаришга эътибор қаратиш жоиз.

Тикув корхонаси технологиялари

Тикув маҳсулотларини ишлаб чиқариш жараёни қуйидаги босқчилардан иборат:

  • моделни лойиҳалаштириш;
  • моделни конструкциялар ва матога кўчириш;
  • матони бичиш;
  • тикиш, ишлов бериш, безаш.

Моделлаштириш билан модельер шуғулланади. У бўлғуси маҳсулотнинг эскизини яратади, рангини, мато турини танлайди. Конструктор эскизни чизмага тушириб, деталлар хажми ва материал ўлчовини ҳисоблайди. Андоза ва техник ҳужжатлаштиришни ҳам у амалга оширади. Ателье ёки кичикроқ тикув цехида модельер ва конструктор ишини бичиқчи бажаради – мижоз билан мулоқот қилади, ўлчамларни олади, деталларни бичади. Сўнгра тайёр ҳолатга келтириб тикиш учун тикувчиларга топширади

Бинога қўйиладиган талаблар

Юқорида айтганимиздек, цех жойлашадиган майдон ишлаб чиқариладиган товарларнинг сонига боғлиқ. Масалан, кунига 100та товар ишлаб чиқариш учун 60–70 кв.м. майдон зарур. Бинони ижарага олишдан аввал ёнғин ва санитаря назорат органлари вакилларини чақириб, фаолият юритишга рухсат олиш керак.

Бино ёнғин хавфсизлиги нормаларига жавоб бериши учун уни ёнғин сигнализацияси, авария чиқиши ва ўтўчиргич билан жиҳозлаш даркор.

Ускуналар

Бино ижараси билан боғлиқ муаммолар ўз ечимини топганидан кейин ускуналар рўйхатини тузиш керак:

  • тикув машинаси;
  • оверлок;
  • матони бичиш учун машина;
  • маиший дазмол;
  • буғ генератори;
  • бичиш учун қайчи;
  • тугма солиш аппарати;
  • столлар ва стеллажлар, манекенлар;
  • бошқа ҳаражҳатлар – ип, тикувчилик қайчилари, бўр ва бошқалар.

Зарур ходимлари

Тикув бизнеси муваффақиятининг яна бир калити – ходимлар малакаси. Кичик ишлаб чиқаришни йўлга қўйишда:

  • 1-2 нафар бичғич;
  • 2-3 нафар тикувчи;
  • фаррош;
  • буюртмалар қабул қилувчи керак бўлади.

Кейинчалик модельерлар, дизайнерлар, тор доирада ихтисослашган тикувчиларни ишга қабул қилиш мумкин.

Муҳим маслаҳатлар

  • Мато ишлаб чиқарувчилар базасини ўрганинг. Агар мато ишлаб чиқарувчилар билан тўғридан-тўғри алоқа ўрнатсангиз, чиқимларни сезиларли равишда камайтиришга эриша оласиз.
  • Қандай маҳсулотга талаб катта бўлишини аниқлаш учун бирваракайига бир нечта йўналишда иш бошланг. Оқшом либослари, матолардан сувенирлар, махсус кийим-бош, турли аксессуалар чиқаришга уриниб кўринг.
  • Товарларнинг илк партиясини бозорган чиқаргандан кейин талабни яна бир бор ўрганиб чиқинг. Шундан келиб чиқиш асосий йўналишни қандай товарлар эгаллаши бўйича қарор қабул қилсангиз бўлади.
  • Бозордаги талаб бўйича ҳам, таклиф бўйича ҳам аниқ тасаввурга эга бўлишингиз талаб этилади. Рақобатчилар дўконларига киринг: улар қандай маҳсулотлар ишлаб чиқаришмоқда ва нархлари қандай? Аммо рақибларнинг ғояларини ўғирламанг, ҳаридорларни жалб этиш учун ўз ёндошувингизни, маҳсулотларингизнинг ўзига хос жиҳатини ўйлаб топинг.

Вақт чақаларни пулга айлантиради, пулларни эса бойликка

Бизнес йўлга қўйилмасидан “тагига олиб” кетмаслиги учун унинг ўз-ўзини қоплаш муддатини тахминан ҳисоблаб чиқинг. Бунда ҳаражатлар ва даромадлар ҳисобидан келиб чиқиш мумкин.

Инобатга олиниш керак бўлган ҳаражатларни қуйидаги жадвал бўйича аниқлашингиз мумкин:

Дастлабки ҳаражатлар

Рўйхатдан ўтиш ва рухсат берувчи ҳужжатларни олиш

Hijob oyatining tafsiri va nozil bo`lish sabablari

Alloh taolo Ahzob surasining 59-oyatida quyidagicha marhamat qiladi:

“Ey Payg‘ambar, xotinlaringizga, qizlaringizga va mo‘minlarning ayollariga ayting: ustlariga yopinchiqlarini tashlab olishsin. Shunda ular tanilishadi va ozorlanishmaydi. Alloh mag‘firatlidir, rahmlidir” .

Ibn Kasir aytadilar: “Alloh taolo Rasuli sollallohu alayhi vasallamga mo‘mina ayollarni, xossatan sharafli bo‘lganlari uchun o‘z ayollari va qizlarini cho‘rilar va johiliyat ayollarining belgilaridan ajralib turishlari uchun yopinchiqlarini tashlab olishga amr etmoqda”.

Yopinchiq so‘zi oyatda jilbob, deb kelgan. Jilbob haqida Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf “Tafsiri Hilol”da quyidagicha yozganlar: “Ushbu oyatda Alloh taolo Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga avvalo o‘z juftlari va qizlariga jilboblarini o‘zlariga yaqinlashtirishni buyurishga amr etmoqda. Chunki, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning zavjai mutohharalari va qizlarining sharaflari ulug‘ bo‘lgani uchun bu ishni hammadan oldin ular qilmoqlari lozimdir.

Jilbob ustdan kiyiladigan yoki yopiladigan keng ko`ylak yoki libosdir.

Mo‘mina ayolni boshqa ayollardan ajratib turadigan bu kiyim turli musulmon o‘lkalarda turlicha bo‘lgan. Lekin hammasi ham mo‘mina ayolni yomon ko‘zdan saqlash, uni boshqa ayollardan ajratish kabi vazifalarni ado etgan. Johiliyat davrida ayollar ochiq-sochiq yurishar edi. Turli kiyimlar kiyib, ko‘cha-kuyda erkaklarning eʼtiborini o‘zlariga tortishga harakat qilishardi. Shuning uchun, fosiq va fojirlar duch kelgan ayollarning ortlaridan tushishgan, gap otishgan, turli qiliqlar qilishgan. Usha fosiq va fojirlarga mo‘minlar eʼtiroz bildirib, Islom dini mo‘mina ayollarga bunday munosabatda bo‘lishni man qilganini aytganlarida, ular, biz bularning mo‘mina ekanini bilmabmiz, mo‘mina emas, balki cho‘ri bo‘lsa kerak, deb o‘ylabmiz, deyishgan.

Ushbu oyati karima nozil bo‘lganidan keyin esa, sharoit tamoman o‘zgargan.

Imom ibn Abu Hotim Ummu Salama onamizdan qilgan rivoyatda u kishi roziyallohu anho: “Jilboblarini o‘zlariga yaqin qilsinlar” oyati nozil bo‘lganidan keyin, ansoriylarning ayollari qora rangli kiyim yopinib, xuddi boshlarida qarg`a o‘tirgandek sokinlik bilan chiqardilar”, deganlar.

Ha, islomiy hijob kiyimi mo‘mina ayollarning mo‘minalik alomatlari – belgilaridir. Bu narsa oyatda ham taʼkidlanmoqda.

Shayx Usmonxon Temurxon “Tafsiri Irfon”da quyidagilarni keltirganlar: “Alloh taolo O‘z Rasuli Muhammad sollallohu alayhi vasallamga xitob qilib aytyaptiki, ey Payg‘ambar, avvalo o‘z juftlaringiz va qizlaringizga, so‘ngra barcha mo‘mina ayollarga aytingki, ular yopinchiqjilboblarini ustlariga tashlab yurishsin. Chunki sizning zavjai mutohharalaringiz va qizlaringizning sharafi ulug‘ bo‘lgani uchun ular bu ishni hammadan oldin qilishlari zarur. Alloh taolo kechiruvchi va rahmli bo‘lgani uchun ularning hozirgacha qilgan xatolarini kechirib yuboradi. Ushbu oyati karimadagi “yopinchiq” deb tarjima qilingan “jilbob” so‘zi boshqa kiyimlarning ustidan kiyiladigan yoki yopiladigan keng ko‘ylak yoki libosni anglatadi. Mo‘mina ayolni boshqa ayollardan ajratib turadigan bu kiyim turli musulmon o‘lkalarda turlicha ko‘rinishda bo‘lgan. Lekin hammasi ham mo‘mina ayollarni yomon ko‘zdan saqlash, ularni boshqa ayollardan ajratish kabi vazifalarni ado etgan. Islom kelmasidan oldin ayollar ochiqsochiq yurishar edi. Turli jalb qiluvchi kiyimlar kiyib, ko‘cha-ko‘yda erkaklarning eʼtiborini uzlariga tortishga harakat kilishardi. Shuning uchun fosiq va fojirlar duch kelgan ayolning ortidan tushishgan, gap otishgan, turli bemaza qiliklar kilishgan. Mo‘minlar o‘sha fosiq va fojirlarga eʼtiroz bildirib, Islom dini mo‘mina ayollarga bunday munosabatda bulishni taqiqlaganini aytishganida, ular “Biz bularning mumina ekanini bilmaymiz mӯmina emas, balki cho‘ri bo‘lsa kerak deb uylabmiz”, deyishgan. Bu oyati karima nozil bo‘lganidan keyin esa sharoit tamoman o‘zgargan. Ummu Salama roziyallohu anhodan qilingan rivoyatda u kishi “Yopinchiqlarini ustlariga tashlasinlar” oyati nozil bo‘lganini keyin ansoriylarning ayollari kiyim yopinib, huddi boshlarida qarg‘a o‘tirgandek sokinlik bilan chiqishar edi”, deganlar (Ibn Abu Xotim rivoyati). Ushbu oyati karima tafsirida mashhur mufassirlardan Suddiy quyidagilarni aytadi: “Madina ahlining baʼzi fosiqlari kechasi bo‘lishi bilan shahar ko‘chalariga chiqib, ayollarning yo‘llarini to‘sishar edi. Madina ahlining maskanlari tor edi, Ayollar qazoi hojatga kechasi tashqariga chiqishardi. Fosiqlar shuni kutib turar edi. Keyin jilbob yopingan ayolni kurishsa, bu hur ekan, deb o‘zlarini tiyadigan, jilbobi yo‘q ayolni ko‘rishsa, bu cho‘ri ekan, deb, unga tashlanadigan bo‘lishdi”.

Islom dini mo‘mina ayollarning shaʼn va qadrlarini, iffat va sharaflarini qattiq himoya qiladi. Dinimiz musulmon ayollarning jamiyatdagi martaba-maqomini yuksak ko‘targaniday, ularning qadrqimmatini ham nihoyatda ulug‘laydi. Islom mumina ayollarning oilada, ko‘cha-ko‘yda, jamoat orasida, boshqalar bilan munosabat va muomalalarda o‘zlarini qanday tutishlari kerakligi haqida odob qoidalarini ham ishlab chiqqan. Shularga ko‘ra, har bir musulmon ayol nomahramlar qarshisiga chiqqanda o‘zini ko‘z-ko‘z qilmay, ziynatlarini yashirib, iffatlarini oshirib, hayo chegarasidan chiqmasliklari talab qilinadi. Ayol kishi tabiatan o‘ziga oro berishga, ziynatlanishga va o‘z ziynatini boshqalarga ko‘rsatishga intiluvchan qilib yaratilgan. Ulardagi bu tabiat oilaning hayotiyligi va mustahkamligi uchun juda ham muhim. Shu bois, Islom ayollarga o‘zlarining ushbu xususiyatlarini o‘z erlariga, jufti halollariga qaratishga buyuradi va uni maqsadsiz yoki nopok maqsadlarda boshqalarga ko‘z-ko‘z qilishdan qaytaradi. Shu bilan birga, ushbu ziynatlarini ularning suisteʼmol qilinishi, turli fitnalarga sabab bulishi ehtimoli bo‘lmagan o‘rinlarda – ayollar, yosh bolalar va mahramlari oldida ko‘rsatishlariga ijozat beradi. Ayol kishining ustki kiyimi ham hammani o‘ziga tortadigan darajada ziynatli bo‘lmagani maʼqul. Chunki, bu ham fitnaga sabab bulishi mumkin. Shuningdek, ko‘chada piyoda yuradigan ayollar begona nazarlarni jalb qiladigan kiyimlar kiyishdan, har xil bezak, ziynatlar taqishdan, eʼtiborni jalb qilish darajasida xushbo‘ylanishdan ham saqlanishlari kerak. Muslima ayollarga shuningdek, ko‘cha o‘rtasiga tushib olib yurish yarashmaydi. Ularning har bir harida islomiy odoblari, hayo va iffatlari barq urib turishi kerak. Shuningdek, muslima ayol o‘z jufti haloli bilan birga yurganida uning ortidan yurishi ham odobdan hisoblanadi. Abu Saʼid Xudriy roziyallohu anhu aytadilar: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam masjiddan chiqib turganlarida, erkaklarning ayollarga aralashib yurganini ko‘rib, ayollarga qarata: “Orqaroqda yuringlar, yo‘lning o‘rtasini egallab olish sizlarga emas, yo‘lning chekkasini lozim tutinglar”, dedilar. Ayol kishi ko‘chaga chiqqanida yo‘ldagi erkaklarni nazar qilishlariga undaydigan darajada atir yoki boshqa xushbo‘ylik sepishi ham joiz emas. Abu Muso roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Ayol kishi agar xushbo‘ylanib olib, odamlar o‘tirgan joydan o‘tadigan bo‘lsa, u bundaydir, bundaydir”, dedilar”. Alloma Muborakfuriy aytadi: “Chunki u o‘zining hushbo‘yligi bilan erkaklarning shahvatini qo‘zg‘aydi va ularning unga nazar qilishlariga undaydi. Agar ular unga qarashsa, ko‘z bilan zino qilgan bo‘lishadi va ayol ko‘z zinosiga sabab bo‘lib, gunohkorga aylanadi”. Imonli ayol yana begona erkaklarning nazarini tortadigan barcha hatti-harakatlardan saqlanishi zarur. Bu ham ayol kishi uchun o‘z qadrini, ayollik qiymatini va iffatini saqlashi uchun zarurdir. Xalqimizda “g‘unajin ko‘zini suzmasa, buqa ipini uzmaydi” degan maqol bejizga aytilmagan. Shu bois, muslima ayol ko‘chada yurganida o‘zining viqorini, salobatini saqlashi, turli nopok nazarlardan o‘zini yuqori tutishi lozim. Qurʼoni karimda ayol kishi hatto so‘zlashishda ham ushbu ehtiyotkorlikni qattiq ushlashi zarurligi taʼkidlangan” .

Xadichai Kubro ayol-qilzar o`rta

maxsus islom ta`lim muassasasi

3-kurs talabasi Turg`unboyeva Ruhsora

Hijob ibodat libosimi?

Saytimizga oxirgi paytlarda hijob haqida ko’plab savollar kelib tushmoqda. Ularda, asosan, hijob o’rash O’zbekistonda qonuniymi, qonunchilikda bu haqda nima deyilgan, mutasaddilar tomonidan hijobga qarshi xatti-harakatlar sodir etilganda nima qilish kerak, kabi masalalar so’ralyapti. Bu haqda bir necha savolga alohida javob ham yozdik. Lekin mavzu, nazarimizda, kengroq tahlil va sharhga muhtoj. Chunki qonunchilikda ibodat libosi haqida band bor. Mavzuni to’la o’rganishimiz uchun, avvalo, shu qonun normalarini to’g’ri tushunishimiz kerak bo’ladi.

Hijob haqida qonun bormi?

O’zbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida”gi qonunining 14-moddasi 5-bandida shunday norma belgilangan:

O’zbekison Respublikasi fuqarolarining (diniy tashkilotlarning xizmatidagilar bundan mustasno) jamoat joylarida ibodat liboslarida yurishlariga yo’l qo’yilmaydi”.

O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining (diniy tashkilotlarning xizmatidagilar bundan mustasno) jamoat joylarida ibodat liboslarida yurishlari – eng kam ish haqining besh baravaridan o’n baravarichaga miqdorda jarima solishga yoki o’n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo’ladi”.

Yuqoridagi qonun normalaridan ma’lum bo’ladiki, O’zbekiston Respublikasida fuqarolarning jamoat joylarida ibodat liboslarida yurishlari taqiqlanadi va bu harakat tegishli javobgarlikni keltirib chiqaradi.

Bu moddalarda tilga olingan ibodat libosi nima? Unga hijob ham kiradimi? Buni qayerdan bilamiz? Agar hijob shu moddada taqiqlangan ibodat liboslari qatoriga kirsa, bu vijdon erkinligi prinsipiga zidmi yoki buni asoslaydigan boshqa qonun normalari bormi? Quyida shu savollarga javob topishga harakat qilamiz.

O’zbekiston Respublikasi Davlat Konstitutsiyasida fuqarolarning din va vijdon erkinligi to’la ta’minlangan[1]. “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida”gi qonunning 3-moddasida ham ushbu konstitutsiyaviy prinsip yana bir bor mustahkamlangan:

“Vijdon erkinligi fuqarolarning har qanday dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslikdan iborat kafolatlangan konstitutsiyaviy huquqidir.

Fuqaro o’zining dinga, dinga e’tiqod qilishga yoki e’tiqod etmaslikka, ibodat qilishga, diniy rasm-rusumlar va marosimlarda qatnashish yoki qatnashmaslikka, diniy ta’lim olishga o’z munosabatini belgilayotgan paytda uni u yoki bu tarzda majbur etishga yo’l qo’yilmaydi”.

O’zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlarida ham diniy asoslarga ko’ra ajratish, kamsitish va haq-huquqlarni cheklash mumkin emasligi qat’iy belgilab qo’yilgan.

Hijob musulmon ayollarning nomahram erkaklar huzurida doimo kiyishi lozim bo’lgan libos hisoblanadi [2]. Din talablariga ko’ra, u faqat ibodat payti kiyiladigan kiyim bo’lmay, musulmon ayol uchun diniy amallarning ajralmas bir qismi hisoblanadi. Ulamolarga ko’ra, uni kiyish shart emas, deyish odamni Islomdan chiqaradi [3].

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo’yicha qo’mitaga ko’ra, hijobda yurish “ibodat libosi” hisoblanmaydi, chunki Islom dinida “ibodat libosi” tushunchasi mavjud emas (QARANG: Hijobli ayollar o’z huquqlarini qanday himoya qilishi kerak?).

Yuqoridagi asoslarga ko’ra, hijobga taqiq qo’yish dinga erkin e’tiqod qilish huquqini cheklash bo’lib, bu boradagi mavjud konstitutsiyaviy prinsiplarga zid hisoblanadi.

Qonun darajalari

O’zbekiston Respublikasi “Normativ-huquqiy hujjatlar to’g’risida”gi qonunining 5-moddasiga binoan, O’zbekiston Respublikasida normativ hujjatlar yuridik kuchi jihatidan quyidagi darajalarga bo’linadi:

b) O’zbekiston Respublikasining qonunlari;

c) O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari;

d) O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari;

e) O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari;

f) Vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralarining hujjatlari;

g) Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari.

O’zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to’g’risida”gi qonunining 7-moddasiga asosan Respublikada Konstitutsiya va qonunlar ustun mavqega ega:

“O’zbekiston Respublikasida O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so’zsiz tan olinadi.

O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi oliy yuridik kuchga ega va O’zbekiston Respublikasining butun hududida qo’llaniladi.

O’zbekiston Respublikasida qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi asosida va uni ijro etish uchun qabul qilinadi hamda normalari va prinsiplariga zid kelishi mumkin emas”.

Shu qonunning 14-moddasiga ko’ra, turli normativ-huquqiy hujjatlarning yuridik kuchi O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan organning vakolatiga va maqomiga, shuningdek, hujjatlarning turlariga muvofiq belgilanadi:

“Normativ-huquqiy hujjat o’ziga qaraganda yuqoriroq yuridik kuchga ega bo’lgan boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq bo’lishi shart.

Normativ-huquqiy hujjatlar bir-biriga to’g’ri kelmagan hollarda yuqoriroq yuridik kuchga ega bo’lgan normativ-huquqiy hujjat qo’llaniladi.

Teng yuridik kuchga ega bo’lgan normativ-huquqiy hujjatlar bir-biriga to’g’ri kelmagan hollarda keyinroq qabul qilingan hujjat qoidalari amal qiladi.

Normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan vazirlik, davlat qo’mitasi yoki idorasining ijtimoiy munosabatlarning muayyan sohasini tartibga solish uchun maxsus vakolati bo’lsa, ushbu organ qabul qilgan hujjat bir xil darajadagi boshqa vazirlik, davlat qo’mitasi yoki idorasining normativ-huquqiy hujjatiga nisbatan yuqoriroq yuridik kuchga ega bo’ladi”.

Demak, o’quv yurtlari nizomlarida yoki korxona va idoralar ichki tartib-qoidalarida hijob o’rashni taqiqlovchi normalarning qabul qilinishi vijdon erkinligi to’g’risidagi konstitutsiyaviy huquqni poymol etishi bois noqonuniy hisoblanadi. Ushbu o’quv muassasalari yoki idora-tashkilotlar shunday ichki qoidalar asosida musulmon ayollarning hijob o’rashiga qarshi harakatlaridan to’xtamasa, buzilgan haq-huquqlarni tiklashni va ushbu qoidalarni noqonuniy deb topishni so’rab sudga murojaat etish kerak bo’ladi. (Sudga murojaat qilish tartibi haqida bu yerda O’QING: “Maktab ichki nizomlarida hijobga taqiq qo’yish qonuniymi?”)

Qonunni kim sharhlaydi?

“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida”gi qonunning yoki Ma’muriy Javobgarlik to’g’risidagi kodeksning diniy liboslarni jamoat joylarida taqiqlovchi bandlarini qanday tushunish kerak? Ular din va e’tiqod erkinligini poymol etuvchi, konstitutsiyaga zid moddalarmi?

Muammo shundaki, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida”gi qonunda yoki jamoat joylarida ibodat libosini taqiqlovchi modda kelgan Ma’muriy Javobgarlik to’g’risidagi kodeksda nima ibodat libosi bo’lishi mumkinligi haqida hech qanday tushuntirish berilmagan. Boshqa biror qonunchilik hujjatida ham diniy libosga ta’rif berilmagan yoki hijob diniy libos hisoblanishi haqida hech qanday gap yo’q. Lekin Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo’yicha Qo’mita ibodat libosi tushunchasiga rasmiy izoh bergan. Unga ko’ra, Islom dinida maxsus “ibodat libosi” mavjud emas va Islom dini talab qiladigan ayollar yopib yurishi lozim bo’lgan kiyimni muslima ayollar har doim, ibodat paytida ham, undan boshqa paytda ham kiyib yurishi mumkin. Ammo ushbu xatda musulmon ayollarning kiyinishi bo’yicha Islom dini talab qilgan qoidalar nimalardan iborat ekani haqida tushuntirish berilmagan.

Yuridik terminlar noaniq bo’lgan holatlarda, ularga rasmiy sharh berish kerak bo’ladi. Huquq normalarini sharhlash masalasi – huquqning mazmunini ochish, tushuntirish va huquqiy hujjatlar yuridik mohiyatini yortishga qaratilgan faoliyatdir.

Huquq normalarini sharhlash ularni qo’llaydigan sub’yektiga qarab ikki guruhga: rasmiy va norasmiy sharhlashga bo’linadi.

Rasmiy sharhlash vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi. Bu sharh barcha sub’yektlar uchun majburiy kuchga ega bo’ladi.

O’zbekiston Respublikasida huquqiy normalarni sharhlash bilan o’z vakolati doirasida quyidagi davlat organlari shug’ullanadi: O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Prezident, Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, davlat qo’mitalari, Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi va Vazirlar Kengesi.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 109-moddasi 3-qismiga asosan, O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi Konstitutsiya va qonun normalarini yuridik kuchiga qarab sharhlaydigan yagona organdir. Bu sharhlash rasmiy normativ bo’lib, uni qabul qilish barcha davlat organlari, korxonalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiydir.

Sud organlarining fuqarolik, jinoiy, ma’muriy va boshqa ishlarni ko’rayotganda tegishli huquqiy normalarni sharhlashi kazual sharhlash deyiladi. Sudning har bir fuqarolik ishi bo’yicha chiqargan qarori yoki jinoiy ishlar bo’yicha chiqargan hukmi huquqiy normani kazual sharhlash asosida amalga oshadi. Bu norasmiy sharhlash hisoblanadi. Sudning sharhlashidan va natijada qabul qilingan qarordan norozi bo’lgan taraf yuqori turuvchi instansiyaga shikoyat bilan murojaat etishi mumkin.

O’zbekiston Respublikasi “Sudlar to’g’risida”gi qonunining 16-moddasi 4-bandiga asosan, O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi sud amaliyotini umumlashtirib ko’rib chiqadi va qonun hujjatlarini qo’llash masalalari bo’yicha sharh beradi.

Huquq normalarini norasmiy sharhlashga, shuningdek, ilmiy sharhlash kiradi. Tatbiq etilayotgan huquqiy normalarni ilmiy sharhlash ilmiy xodimlar, olimlar, jamoat va davlat arboblari tomonidan darsliklarda, ma’ruzalarda, kitoblarda va ilmiy maqolalarda amalga oshirilishi mumkin.

Norasmiy ilmiy sharhlash natijalari davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxona, muassasa, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiy bo’lmasa-da, huquqiy normalarning mazmunini sharhlashda ular rasmiy sharhlash vakolatiga ega organlarga ta’sir o’tkazishi mumkin. Bu sharhlash huquqiy normalarni amaliyot bilan bog’lab, kishilarning huquqiy ongini va huquqiy madaniyatini rivojlantirishda muhim rol o’ynaydi. Norasmiy sharhlash qonunlarni takomillashtirishga, huquqni muhofaza etuvchi organlar faoliyatini yaxshilashga yordam beradi.

O’zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to’g’risida”gi qonunining 31-moddasida sharhlash haqida shunday deyiladi:

“Normativ-huquqiy hujjatlarni sharhlash normativ-huquqiy hujjatda noaniqliklar topilganda, u amaliyotda noto’g’ri yoki mantiqqa zid tarzda qo’llanilgan hollarda amalga oshiriladi.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq qonunlarning normalariga O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi sharh beradi.

Qonunosti hujjatlariga ularni qabul qilgan organlar rasmiy sharh beradi.

Sharhlash jarayonida normativ-huquqiy hujjatlarga tuzatishlar, qo’shimchalar va aniqlashtiruvchi normalar kiritilishiga yo’l qo’yilmaydi”.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Sudi qonunlarni sharhlash bo’yicha eng oliy davlat organi hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasining “Konstitutsiyaviy sud to’g’risida”gi qonunining 1-moddasiga ko’ra, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Sudining sharhlash funksiyasi quyidagi tarzda amalga oshadi:

“O’zbekiston Respbulikasining Konstitutsiyaviy sudi qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlarning hujjatlari Konstitutsiyaga qanchalik mosligiga doir ishlarni ko’radigan sud hokimiyati organi hisoblanadi;

O’zbekiston Respublikasi qonunlarining va O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlarining, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlarining, hukumat va mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlarining, O’zbekisotn Respublikasi davlatlararo shartnomaviy va boshqa majburiyatlarining O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga mosligini aniqlaydi;

Qoraqalpog’iston Respublikasining Konstitutsiyasi O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, Qoraqalpog’iston Respublikasining qonunlari O’zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiqligi to’g’risida xulosa beradi;

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining normalariga sharh beradi;

O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari bilan o’zining vakolatlari doirasiga kiritilgan boshqa ishlarni ko’rib chiqadi.

Konstitutsiyaviy sud faqat O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga amal qilgan holda ishlarni hal etadi va xulosalar beradi”.

O’zbekiston Respublikasi ”Konstitutsiyaviy sudi to’g’risida”gi qonunga binoan, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O’zbekistion Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Spikeri, Oliy Majlis Senatining raisi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida to’rtdan bir qismidan iborat deputatlar guruhi, Oliy Majlis Senati a’zolari umumiy sonining kamida to’rtdan bir qismidan iborat senatorlar guruhi, O’zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi, Oliy xo’jalik sudining raisi va Bosh prokuror Konstitutsiyaviy sudga ko’rib chiqish uchun masalalarni kiritish huquqiga ega. Masala Konstitutsiyaviy sudning kamida uch sudyasi tashabbusi bilan ham kiritilishi mumkin.

Konstitutsiyaviy sudga masalalarni ko’rib chiqish uchun fuqarolar, nodavlat tashkilotlar, muassasa va idoralar to’g’ridan-to’g’ri murojaat qila olmaydi. Shunga qaramasdan, fuqarolar, nodavlat va notijorat tashkilotlar va boshqa Konstitutsiyaviy sudga bevosita murojaat qilish huquqiga ega bo’lmagan yuridik va jismoniy shaxslar Konstitutsiyaviy sudga bilvosita, ya’ni Bosh prokurorga qonunlardagi noaniq atamalarga sharh berish taklifi bilan Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilishini so’rab, amaliyotda sodir bo’layotgan qonunga zid holatlar va tushunmovchiliklarni asoslantirgan holda ariza yozib murojaat etishlari mumkin. O’zbekiston Respublikasi ”Fuqarolarning murojaatlari to’g’risida”gi qonunning 7 va 11-moddalari qoidalariga muvofiq, Bosh prokuror ariza kelib tushgan kundan boshlab bir oy muddat ichida arizadagi masalani mohiyatan hal etishi, qo’shimcha o’rganishlar va tekshirishlar talab qilmaydigan masalalarni esa 15 kundan kechiktirmay hal etishi va arizalarni ko’rib chiqish natijalari to’g’risida fuqarolarga ma’lum qilishi hamda arizada bayon etilgan talablarni qondirish rad etilganda, fuqarolarga rad etishning sabablari ko’rsatilgan holda yozma tarzda ma’lumot berishi shart.

Bosh prokurorga yo’llanishi nazarda tutilgan arizani fuqarolar o’zlari saylagan deputatlar va senatorlarga ham yuborib, amaliyotdagi qonunga zid holatlar va tushunmovchiliklardan ularni asoslantirilgan holatda yetarli xabardor qilsalar va ushbu deputatlar va senatorlar soni Parlamentdagi jami deputatlar yoki jami senatorlarning to’rtdan bir qismiga teng bo’lsa, unda deputatlar guruhi yoki senatorlar guruhi ham fuqarolarning qilgan murojaatlariga asoslangan holda Konstitutsiyaviy sudga tegishli qonunlardagi atamalarga sharh berish taklifi bilan chiqishlari mumkin.

Konstitutsiyaviy sud ustidan shikoyat qilish mumkinmi?

Agar Konstitutsiyaviy sud hijobni ibodat libosi qatoriga kiritib, jamoat joylarida hijob bilan yurishni noqonuniy deb topsa va buni Konstitutsiyadagi vijdon erkinligi huquqiga zid emas deb talqin etsachi? Unda nima qilish kerak?

Konstitutsiyaviy sud O’zbekiston Respublikasida eng oliy instansiya, eng so’nggi shikoyat bilan murojaat qilinadigan joydir. ”Konstitutsiyaviy sud to’g’risida”gi qonunning 27-moddasiga ko’ra, Konstitutsiyaviy sudning to’xtami qat’iy va uning ustidan shikoyat qilishga o’rin yo’q. Ya’ni, Konstitutsiyaviy sud qaroriga amal qilish barcha davlat idoralari va fuqarolar uchun majburiydir. Demak, Konstitutsiyaviy sud jamoat joylarida hijob bilan yurishga qo’yilgan taqiqni to’g’ri deb topsa, O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko’ra, fuqarolarda bunga bo’ysunishdan boshqa chora qolmaydi. Ammo haq-huquqni talab etish harakati bu yerda ham to’xtamaydi.

Yuridik kuchi milliy yurisdiksiyadan ham yuqori turuvchi yana bir instansiya mavjud. Bu xalqaro tashkilotlar yurisdiksiyasi. O’zbekiston Respublikasi qo’shilgan va shartlariga amal qilish majburiyatini olgan bir necha xalqaro tashkilot va normativ-huquqiy hujjatlar mavjud.

O’zbekiston Respublikasi Birlashgan Millatlar Tashkilotinning to’laqonli a’zosi hisoblanadi va BMT tarkibida qabul qilingan ko’plab xalqaro hujjatlarga imzo chekib, ularning milliy qonunchilikdan ustun turishini tan oladi. O’zbekiston Respublikasi Davlat Konstitutsiyasi Muqaddimasida xalqaro huquqning umum e‘tirof etilgan qoidalari ustun ekanligi tan olingan.

Biz ko’rayotgan mavzuga aloqador Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risida Xalqaro Paktga biroz to’xtalib o’tsak.

Ushbu hujjatning 18-moddasida e’tiqod erkinligi to’la ta’minlangan:

“Har kim din, e’tiqod va fikr erkinligiga ega. Ushbu huquq o’zi istagan dinni qabul qilish yoki unga amal qilish hamda mustaqil yoki boshqalar bilan birgalikda jamoat joyida yoki xoli qolganda o’z diniga amal qilish, ibodat qilish yoki dinini o’rgatish erkinligini o’z ichiga oladi”.

O’zbekiston 1995-yil bu Paktga qo’shilgan hamda shu yili Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risidagi Xalqaro Paktga Qo’shimcha Protokolga imzo chekkan. Bu bilan u ushbu shartnoma doirasidagi barcha shartlarga amal qilish majburiyatini olgan.

Ushbu Pakt unga qo’shilgan davlatlar uchun majburiy xarakterga ega bo’lib, a’zo davlatlar ustidan tushadigan shikoyatlarni o’rganish uchun Qo’shimcha Protokol asosida maxsus Inson Huquqlari Qo’mitasi tuzilgan. Ushbu Qo’mitaga oddiy fuqarolar ham shikoyat bilan murojaat etishlari mumkin. Agar Qo’mita davlat organlari tomonidan Xalqaro Paktda ta’minlangan inson huquqlari poymol etilgan deb topsa, ushbu davlatga huquqlarni qayta tiklashni so’rab talabnoma jo’natadi. Davlat ushbu qaror talablarini ijro etib, 90 kun ichida Inson Huquqlari Qo’mitasiga yozma javob qaytarishi kerak.

Xudoyberganova O’zbekistonga qarshi

Shu o’rinda O’zbekiston Respublikasi fuqarosi Rayhon Xudoyberganovaning O’zbekistonda haq-huquqlari poymol etilishi yuzasidan Inson Huquqlari Qo’mitasiga qilgan shikoyatini ko’rib chiqish maqsadga muvofiq bo’ladi.

Qo’mita qarorida keltirilgan ma’lumotga ko’ra, Rayhon Xudoyberganova hijob o’raganligi bois Toshkent Davlat Sharqshunoslik instituti talabalari safidan chetlashtiriladi[4]. U shikoyat bilan Toshkent shahar Mirobod tuman sudiga murojaat etadi. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Diniy ishlar bo’yicha qo’mita raisi Islomda maxsus ibodat libosi yo’q, deb sharh beradi. Sud Rayhon Xudoyberganovaning shikoyatini qanoatlantirmaydi. Ikkinchi instansiya sifatida Toshkent shahar sudi ham Mirobod tuman sudi qarorini o’z kuchida qoldiradi. Natijada Rayhon Xudoyberganova Oliy Sudga murojaat etadi. Oliy Sud quyi sud qarorini bekor qilish haqidagi shikoyatni yetarli darajada asosli emas, deb topadi.

O’zbekistonda barcha instansiyalardan foydalanib bo’lgach, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risidagi Xalqaro Paktga Qo’shimcha Protokol bandlari asosida Rayhon Xudoyberganova Inson huquqlari Qo’mitasiga shikoyat bilan murojaat etadi. 2004-yil ishni o’rganib chiqqan Qo’mita Rayhon Xudoyberganovaning diniy e’tiqodiga ko’ra hijob o’raganligi bois o’qishdan chetlatilishi oqibatida O’zbekistonda inson huquqlari poymol etilgan, deya qaror qabul qiladi.

Inson Huquqlari Qo’mitasi O’zbekistonga Rayhon Xudoyberganovaning da’volarini Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risidagi Xalqaro Paktning 2-moddasi a-bandiga muvofiq samarali ravishda qondirishni hamda kelajakda bunday huquq buzilishlarining oldini olish uchun choralar ko’rish majburiyatini yuklaydi.

Xulosa

O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida din va e’tiqod erkinligi to’la ta’minlangan. Agar o’quv muassasalari va boshqa idora-tashkiltolar ichki nizomlarida hijob kiyishni taqiqlovchi bandlar bo’lsa, ular din va vijdon erkinligiga zid bo’lgani bois noqonuniydir va ular ustidan shikoyat bilan tegishli joylarga murojaat etish lozim.

“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida”gi qonunning 14-moddasi 5-bandida yoki Ma’muriy Javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 184-1-moddasida ibodat libosinning taqiqlanishi bu hijobga taqiq degani emas. Agar shu qonunlar ro’kach qilingan holda hijobga qarshilik qilinadigan bo’lsa, belgilangan tartibda sudga yoki boshqa tegishli idoralarga murojaat etish lozim. Sud hijob kiyishni taqiqlovchi normalarni o’z kuchida qoldiruvchi qaror qabul qilsa yoki hijobni ibodat libosi deya talqin etsa, bu qaror diniy erkinlikni ta’minlovchi konstitutsiyaviy prinsipga zid ekanligini ko’rsatib yuqori turuvchi sud instansiyalariga murojaat etish lozim. Shuningdek, arizachi yuqoridagi bo’limlarda tushuntirilgan tartibda Bosh Prokurorga yoki Qonun chiqaruvchi organ deputatlari va senatorlariga diniy libos to’g’risidagi qonun normasini sharhlashni Konstitutsiyaviy sudga kiritishini so’rab murojaat etishlari mumkin.

Diniy e’tiqodi bois ayollarning hijob kiyishini taqiqlash, avvalo, Konstitutsiyaga zid bo’lgani uchun, qolaversa, xalqaro huquq normalarini qo’pol tarzda buzishi sababli, O’zbekiston Respublikasining yuqori instansiya sudlari, xususan, Oliy Sud yoki qonunlarni sharhlash bo’yicha eng oliy organ – O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi bunday noqonuniy huquq normalarining O’zbekiston qonunchiligiga kirib kelishiga yo’l qo’ymaydi, deb ishonamiz.

[1] O’zbekiston Respublikasi Davlat Konstitutsiyasi, 29-modda.

[2] Islom ensiklopediyasi. Zuhriddin Husniddinov tahriri ostida, Toshkent, 2004-yil.

[3] Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Islom.uz, Zikr ahlidan so’rang. http://savollar.islom.uz/smf/index.php/topic,4021.0.html

[4] Сообщение № 931/2000, Худайберганова против Узбекистана. http://www.ohchr.org/Documents/Publications/SelDecVol8_ru.pdf

Aloqador maqolalar:

  1. Hijob o’rash jinoyatmi?Savol: Aytishlaricha bu yildan maktablarga ro’molda kelgan qizlarning ota onalarini Jinoyat.
  2. Uyimga O’zbekiston bayrog’ini osib qo’ysam bo’ladimi?Savol: Men AQSh va boshqa Yevropa davlatlarida bo’lganimda oddiy xonadonlar.
  3. AQSh Oliy sudi ro’molli musulmon ayolni ishga olmaslikni diskriminatsiya deb topdiAQSh Oliy sudi ro’mol o’ragani uchun ishga olinmagan amerikalik ayolning.
  4. Tashkilot nizomlari qonunlarga zid kelsa nima qilish kerak?Savol: Bir tashkilot, idora, o’quv muassasasi o’z doirasida ichki qonunlarini ishlab.