Homilador ayollar uchun liboslar
Agar kiyim tanlashda, siz sotib olgan tadbir turini va ayolning uslubini ko’rib chiqishingiz kerak. Eng mashhur modellar:
Homiladorlik kalendari va hisoblash kalkulyatori
Har bir ayol orziqib kutgan ajoyib davr hech bir shubhasiz homiladorlikdir. Bu davrdagi ruhiyatni, ichki his tuygʻularni umr davomida kamdan-kam hollardagina tuyish imkoni mavjud. Shunday ekan, bu lahzalarni unutilmas va esda qolarlik qilib oʻtqazish muhimdir. Homiladorlik davri davomida bu kabi tuygʻularni his qilishingizda homiladorlik taqvimi sizga yordam beradi.
Homiladorlik kalendari (taqvimi) sizga homiladorlikning butun muddati davomida oʻz tanangizda boʻlayotgan ajib oʻzgarishlar haqida oʻqib, his qilib borish imkoniyatini taqdim etadi.
Homiladorlik kalendari — hisob kalkulyatori
Homiladorlik kalendari hisoblash kalkulyatori orqali hozirgi homiladorlik muddatingizni, ayollar konsultatsiyasiga ro‘yxatdan o‘tish vaqtini, tug‘ruq kunini, shirin farzandchangizning birinchi yurak urush vaqtini bilib olasiz!
Ushbu homiladorlik kalkulyatori orqali qiziqarli maʼlumotlarni olish uchun uchta asosiy maʼlumotga tayanamiz, bu oxirgi hayz kelgan kun, urug‘lantirish sodir bo‘lgan kun yoki taxmin qilinayotgan tug‘ruq kuni bo‘lishi mumkin. Quyidagi formadan o‘zingizga maʼlum bo‘lgan maʼlumot turini tanlang va hisoblash tugmasini bosing.
Ma’lumot turi
So’nggi hayz kelgan kun ni belgilang
Boshqa natijalar
- Homiladorlikning hozirgi muddati:
- Ayollar konsultatsiyasida ro’yxatdan o’tish vaqti: 2021-yil 21-noyabrdan boshlab uch hafta ichida
- Tug’ruqqacha qolgan kunlar: 166 kun
- Homiladorlik testi natija ko’rsata boshlaydi: 2021-yil 10-oktyabrdan boshlab
- Homilaning birinchi yurak urishi vaqti: 2021-yil 24-oktyabrda
- Birinchi trimestr yakuni: 2021-yil 19-dekabr
- Homilaning birinchi qimirlashi vaqti: 2022-yil 16-yanvar
- Homilaning yashovchanligi boshlanish vaqti: 2022-yil 27-fevral
- Ikkinchi trimestr yakuni: 2022-yil 27-mart
- Taxminiy tug’ruq kuni: 2022-yil 19-iyunda
Quyida sizga homiladorlik davri mobaynida organizmingizda, boʻlajak shirintoyingizda yuz beradigan asosiy oʻzgarishlar haqida qisqacha maʼlumot berib oʻtamiz.
Homiladorlik davomida zaruriy barcha maʼlumotlarni esa, “Lalu — Homiladorlik maktabi” mobil ilovasi orqali topishingiz mumkin.
Ilovani yuklab olish orqali homiladorlikdagi ona va boladagi oʻzgarishlardan tortib, toʻgʻri ovqatlanish, muhim tibbiy tekshiruvlar, ginekolog maslahatlari, homiladorlik mashqlari, boʻlajak farzandga ism tanlash, homiladorlik muddati hamda boshqa homilador ayollar bilan suhbat qurish, farzand jinsini taxminiy aniqlash kabi foydali vositalarni bepul qoʻlga kiritishingiz mumkin.
Ilova sizni qiziqtirayotgan boʻlsa, mana bu yerdan yuklab olishingiz mumkin: https://bit.ly/lalu-app
Homiladorlik kalendari birinchi trimestr
1-hafta
Organizmingiz homiladorlikka tayyorgarlik ko‘rmoqda. Akusherlik muddatlaridan kelib chiqib hisoblansa, homiladorlikning birinchi haftasi oxirgi hayz koʻrilgan kundan boshlanadi.
2-hafta
Homiladorlikning 2-haftasida ayol organizmida ovulyatsiya jarayoni roʻy berib, organizm urugʻlanishga tayyor boʻladi, yaʼni tuxumdondan tuxum hujayra yetilib chiqadi. Ko‘pincha ayollar hayz siklining o‘rtasida, ya’ni 14-kunida homilador bo‘lishadi.
Agar tuxumdonlardan ikkita yetilgan tuxum hujayra ajralsa va ikkalasi ham urug’lansa, dizigota egizak homiladorlik yuz beradi.
Homiladorlik kalendari: 3-hafta
Homiladorlik testi salbiy natijani koʻrsatadi. Ammo, baʼzi ayollar oʻzlarida tez charchash, yengil koʻngil aynishi, koʻkrak bezlarining sezuvchan boʻlib qolishi, qonli ajralmalar yuzaga kelishi, peshob ajralishining koʻpayishi kabi homiladorlik alomatlarini sezishlari mumkin.
4-hafta
Homilaning kattaligi lolaqizgʻaldoq doni kabi boʻladi va u intensiv ravishda oʻsadi. 10-haftagacha homilaning barcha muhim organlari shakllanadi va baʼzilari ishlay boshlaydi. Mana shu davr ichida jadal oʻsayotgan embrion nozik boʻladi. Tashqi salbiy taʼsirlar uning oʻlimiga yoki tugʻilishdagi anomaliyalarga sabab boʻladi.
5-hafta
Homilador ayolning nerv tizimi va endokrin tizimidagi oʻzgarishlar va xorion (homilaning bir qavati)dan ishlab chiqariladigan xorionik gonadotropin (XG) sintezi hisobiga, koʻpchilik ayollarda birinchi uch oylikda toksikoz holati kelib chiqadi. Toksikoz belgilari – koʻp soʻlak ajralishi va qusishdir.
Homiladorlik kalendari: 6-hafta
Homilangizning uzunligi 0,51-0,64 sm.ga yetadi. Uning yuzi sekin-asta shakllanishni boshlaydi. Ikki nuqta paydo boʻladi va ulardan keyinchalik koʻz shakllanadi, yana ikki nuqtadan esa burun teshiklari shakllanadi. Bundan tashqari jagʻlar, ichki quloq, til va ovoz boylamlari hamda boʻyin va iyak farqlana boshlaydi. 6-haftalik embrionning boshi katta, tanasi esa “C” harfini eslatadi.
7-hafta
Homiladorlik – moslashish qiyin boʻlgan fiziologik jarayondir. Shu sababli ham 7-hafta ketayotgan boʻlsada, ayol kishida kayfiyat oʻzgaruvchanligi saqlanib qolgan boʻladi.
7-haftada kichik chanoq boʻshligʻiga qon oqimi koʻpayadi, buning natijasida peshob ajralishi oshadi, qorinda spazmlar yuzaga keladi.
8-hafta
Tugʻilajak bola organizmi jadal oʻsadi, homila uchun koʻp energiya qurilish materiallari kerak boʻladi. Shu sababli embrion yuragi koʻp marotaba qisqaradi, bir daqiqada 150-170 marotaba qisqaradi. Bosh miyada neyronlar shoxlanadi va yangi bogʻlamlar paydo boʻladi.
Homiladorlik kalendari: 9-hafta
Homiladorlik kalendari ning 9-haftasiga kelib ayol organizmida yogʻ toʻqimalari toʻplana boshlaydi – shu yoʻl bilan ayol organizmi sut orqali oziqlantirishga tayyorlanadi.
Koʻpchilik ayollarda relaksin gormonni taʼsirida – chanoq boylamlari boʻshashadi. Keyinchalik tugʻish jarayoni osonlashadi. Shu sababli ayol kishi chanoq sohasidagi ogʻriqlar va yurishdagi oʻzgarishlarni his etishi mumkin.
10-hafta
Bolakayingizning uzunligi 3-4 sm.dan koʻproq, tana vazni esa 4 gr.ni tashkil etadi. Yaqin haftalar ichida homila uch barobar kattalashadi, uning peshonasi boʻrtib chiqadi, chunki bosh miya ham kattalashadi. Homiladorlik vaqtida eng kerakli boʻlgan mikroelementlardan biri – ruhdir. Ruh koʻplab fermentlar tarkibiga kiradi va ular organizmdagi biokimyoviy jarayonlarda jadal qatnashadi. Ruh ishtirokida 300 dan ortiq turdagi oqsillar sintezlanadi.
Homiladorlik kalendari: 11-hafta
Homilador ayolning umumiy ahvoli yaxshilanadi. Endi gormonal “dovul” pasayadi va ayolni koʻpda bezovta qilavermaydi. Avallari bezovta qilgan toksikoz belgilari endi homilador ayolni bezovta qilmaydi.
Shunday boʻlsa ham homiladorlik barcha ayollarda turlicha kechadi, baʼzilarda 11-12 haftaga kelib, barcha belgilar namoyon boʻlishi “choʻqqiga chiqishi” mumkin.
12-hafta
Homiladorlik davrining 12-haftasiga kelib homilaning rivojlanishida eng muhim jarayonlardan biri – reflekslar shakllanadi. Uning barmoqlari va kafti bukiladi hamda yoziladi, mushaklar qisqara boshlaydi, ogʻiz, koʻz atrofidagi mushaklar ham harakatlana boshlaydi, soʻrish refleksi paydo boʻladi. Endi homila ona qorniga qoʻl bilan paypaslanganini sezadi va unga javoban harakatlar qiladi. Ammo, ona bu kabi harakatlarni hali sezmaydi.
Homiladorlik taqvimi: 13-hafta
Bu haftaga kelib, UTT (UZI) yordamida boʻlajak farzandingizning jinsini aniqlasa boʻladi. Shunday boʻlsada, toʻliq ishonch bilan aytish qiyin. Bolakayning harakatlanishi aktivlashadi: endi u bemalol qoʻl va oyoqlarini harakatlantira oladi, yutinadi, esnaydi va hiqichoq tutadi.
Tabriklaymiz!
Siz homiladorlikning eng nozik pallasini ortda qoldirdingiz. Endi yengil tortsangiz ham boʻlaveradi.
Agar homiladorlik davrini yana ham mazmunliroq oʻtqazishni istasangiz, “Lalu — Homiladorlik maktabi” mobil ilovasini yuklab oling.
Homiladorlik taqvimi ikkinchi trimestr
14-hafta
Homilaning uzunligi 9 sm.ni, tana vazni esa 35-45 gr.ni tashkil qiladi. Homilaning tanasi boshiga nisbatan tezroq o’sadi, bo’yin aniq ko’rina boshlaydi. Bolakay nafas harakatlarini bajaradi, shu yoʻl bilan nafas mushaklari rivojlanishi tezlashadi.
15-hafta
Homilador ayol tashqi koʻrinishi turlicha boʻlishi mumkin. Bu davrda ayol bachadoni kichik chanoqqa sigʻmay qoladi va qorin sezilarli darajada katta boʻladi.
Gormonal oʻzgarish taʼsiri ostida qon hajmi koʻpayadi va burun shilliq qavatida toʻplanishi hisobiga burun bitishi va qonashi mumkin.
Homiladorlik kalendari: 16-hafta
Bolakayda ichki quloq shakllangan, eshituv suyaklari bor. Endi u sizni eshita oladi va ovozingizni esda saqlab qoladi. Tugʻilgandan keyin ham sizning ovozingizni farqlay oladi. Ilmiy izlanishlar natijasiga koʻra, chaqaloq ona qornidaligida eshitgan musiqalarni eslay oladi.
17-hafta
Qorin kattalashishi natijasida tana muvozanati buziladi va shu sababli ayol “oyogʻida turishi qiyinlashadi”. 17-haftaga kelib barcha ayollar bolakaylarining harakatlarini his etishadi.
Koʻpchilik ayollar homiladorlikning ikkinchi uch oyligida noodatiy tushlar koʻrishadi.
Homiladorlik kalendari: 18-hafta
Boʻlajak farzandingizning sezgi aʼzolari funksiyasi ortadi: eshituv, koʻruv va taʼm bilish. Bolakay ona organizmidagi jarayonlarni eshitadi, agar ona yonida baland tovush eshitilsa u “choʻchib tushadi”.
19-hafta
Bu davrga kelib, ayrim homilador ayollar chanoq, qorin va qov sohasidagi oʻtkir ogʻriqlarga shikoyat qiladilar. Odatda, bu kabi ogʻriqlar keskin harakat qilganda namoyon boʻladi va bir necha daqiqalardan keyin oʻtib ketadi. Bu holatga yumaloq boylamning choʻzilishi sabab sifatida koʻrsatiladi.
Homiladorlik taqvimi: 20-hafta
Homilaning uzunligi 25,4 sm, tana vazni esa 300 gr boʻladi. Homiladorlikning 20-haftasigacha boʻlgan davrda homila oyoqlari yigʻilgan boʻlganligi sababli uning butunlay boʻy uzunligini oʻlchashning imkoni boʻlmaydi, shu sababli chanoqdan to boshgacha taxminan oʻlchanadi. 20-haftaga kelib esa uning boʻy uzunligini tovondan to boshgacha oʻlchash mumkin.
21-hafta
Belda va kichik chanoq sohasida tortishish hissi paydo boʻlishi mumkin. Bu holat ogʻriqsiz namoyon boʻladi, 1 daqiqa davom etib soʻng oʻtib ketadi va har 4-5 soatda takrorlanib turishi mumkin. Bular yolgʻon toʻlgʻoq (dard) hisoblanadi. Uning sababi toʻliq oʻrganilmagan, ammo bu kabi toʻlgʻoqlar xavfsiz va normal holat sifatida baholanadi.
Homiladorlikda bel og‘rig‘ini yengillatish borasidagi tavsiyalarni mana bu maqola orqali o‘qib olishingiz mumkin: Homiladorlikda bel og’rishi – sabablari va bartaraf qilish usullari
Homiladorlik kalendari: 22-hafta
22-haftadan boshlab bolakayning shaxsiy “kun tartibi” boʻladi, yaʼni u bir vaqtda uxlaydi (12-14 soat davomida) maʼlum bir vaqtda uygʻoq boʻladi. Sizning qorningiz kattalashgan va gormonlar taʼsirida koʻkrak sut bezlari hajmi ham ortadi.
23-hafta
Bolakayning koʻp harakatlanishi tufayli sizda baʼzida bezovtaliklar kuzatilishi mumkin. Bunday paytda koʻproq sayr qiling, bolangiz bilan suhbatlashing, unga eʼtiborni qarating. Agar farzandingizga haligacha, ism tanlamagan boʻlsangiz, “Lalu — Homiladorlik maktabi” mobil ilovasidan foydalanib, jajji shirintoyingizga ism tanlashingiz mumkin.
24-hafta
Homiladorlik kalendari 24-haftasiga kelib, boʻlajak farzandingizning kattaligi yumaloq qovun kabi boʻladi. Endi uning teri qoplamasi shaffof emas, chunki pigmentlar va teri osti yogʻ qavati shakllanadi. Mayda kapillyarlar koʻpayganligi sababli teri rangi pushtiga oʻzgarib boradi.
Homiladorlik kalendari: 25-hafta
Homiladorlikning bu vaqtga kelib, odatda homilador ayollar oʻzida biroz semirishni his qilishi mumkin. Agar siz ham oʻzingizda semirishni sezsangiz, bundan xavotirlanishingiz shart emas. Chunki organizmda suyuqlik ushlanib qolishi koʻpayishi natijasida ushbu holat kuzatiladi. Homiladorlik davri davomida vazningizni oʻlchab, mobil ilovamizning “Vazn nazorati” boʻlimida qayd qilib borishni unutmang.
26-hafta
26-haftaga kelib, bachadon tubi kindikdan 6 sm yuqorida joylashadi. Homila kattalashishi hisobiga uyqu vaqtida noqulayliklar kelib chiqadi. Birinchidan yotishning noqulayligi sababidan sizni homiladorlikda qanday yotish kerak, degan savol qiynay boshlaydi, ikkinchidan tugʻilajak bola haqida koʻp oʻylash sabab boʻladi. Ba’zida esa, bu holat homiladorlikda uyqusizlik darajasigacha borishi mumkin. Shuning uchun uyqu gigiyenasiga qat’iy amal qiling.
Bu kabi holatlarni bartaraf qilish hamda yengillatish uchun homiladorlik yostiqchalaridan foydalanishingiz mumkin.
Tabriklaymiz!
Siz va farzandingiz uzoq yoʻlni bosib, ikkinchi trimestrni ortda qoldirib, homiladorlikning uchinchi trimestri sari qadam qoʻyapsiz. Bu yoʻlni oson va muvaffaqiyatli bosib oʻtishingizda “Lalu — Homiladorlik maktabi” sizga hamroh boʻlishi mumkin.
Homiladorlik kalendari uchinchi trimestr
27-hafta
Kichkintoyingizning uzunligi 36-37 sm.ni tashkil qiladi. Bolakay uchun bachadon endi torlik qila boshlaydi, shu sababli uning harakatlari kuchli namoyon boʻlayotgandek tuyuladi.
Uning bosh miyasi murakkablashib boradi, reflekslar ham toʻliq shakllanadi. Bola barmogʻini soʻradi, koʻzlari yopiq holda, uxlaydi va uygʻonadi.
Illustrator: Yulduz Urazbayeva / Lalu.uz
Homiladorlik kalendari: 28-hafta
Farzand haqida koʻp oʻylash va gormonal oʻzgarishlar taʼsiri ostida uyqu muammolari kuzatiladi. Uxlash uchun yotganingizda siz uxlagingiz kelmay qandaydir yumushlar bilan shugʻullanishni istab qolasiz.
29-hafta
Bolakay tanasi tugʻiladigan chaqaloqlar kabi holatga keladi, uning boshi ham tanasiga nisbatan juda katta emas. Homila teri osti yogʻ qavati oʻsishi hisobiga “semiradi”. Bu vaqtga kelib, uning shaxsiy immun tizimi shakllanadi, ammo antitelolarni ona organizmidan qon orqali olib turadi.
Homiladorlik kalendari: 30-hafta
Baʼzi ayollarda aksa urganda, yoʻtalganda, kulganda siydik tuta olmaslik kuzatiladi. Oyoqlarda shish paydo boʻlib turadi. Bu kabi belgilar tugʻruqdan keyin yoʻqolib ketadi.
Uyqu bilan bogʻliq noodatiy holatlar kuzatiladi: uchinchi uch oylikda homilador ayollar uyqusida tez-tez bezovta boʻlib turishadi, har xil tushlar koʻradi. Bunga sabab gormonlar taʼsiri va tugʻilajak farzand haqida koʻp oʻylashdir.
31-hafta
Bu vaqtga kelib homilaning tana vazni boʻyining uzunligiga nisbatan koʻproq ortadi. Uning tana uzunligi 41 sm, tana vazni esa 1,5 kg ni tashkil etadi. 31-haftada ayrim bolakaylarning boshida sochlar juda koʻp boʻlsa, ayrim bolakaylar sochi umuman boʻlmasligi mumkin.
32-hafta
Jajji bolakayingiz tugʻilishini “kutib yotish” vaqtida – hayoti uchun muhim boʻlgan harakatlar, soʻrish, yutinish, nafas olish, boshini burish, oyoqchalari va qoʻlchalarini harakatlantiradi. U charchagan paytlarida uxlaydi, hatto tush ham koʻradi.
Homiladorlik kalendari: 33-hafta
Yolgʻon toʻlgʻoqlar yana-da koʻproq bezovta qiladi. Shu yoʻl bilan organizm tugʻruq jarayoniga tayyorlanib boradi. Chin toʻlgʻoq bilan yolgʻon toʻlgʻoqlarning farqi, yolgʻon toʻlgʻoqlar qisqa muddat ichida oʻtib ketadi.
34-hafta
Ushbu davrga kelib siz qorningizning biroz kichrayganligini sezishingiz mumkin. Buning ikki sababi bor. Birinchisi, homila biroz pastroqqa tushadi. Baʼzi hollarda bu holat ertaroq sodir boʻlsa, baʼzida esa tugʻruq jarayoniga bir necha soat qolganda roʻy beradi. Ikkinchisi esa, bachadonda amniotik suyuqlik kamayishi. Bunga oʻsayotgan homila uchun koʻproq joy ajratish lozimligi yoki organizmning kuchli suvsizlanishi sabab bo’lishi mumkin.
35-hafta
Homiladorlik kalendari 35-haftasiga kelib, bolakayingizning uzunligi 46 sm, tana vazni esa 2,4 kg.ni tashkil qiladi. Uning tana vazni teri osti yogʻ qavati qalinlashishi hisobiga ortadi. Kichkintoyingizning rivojlanishi deyarli toʻliq tugaydi.
Homiladorlik kalendari: 36-hafta
Homiladorlikning 36-haftasida va keyingi haftalarda homila biroz pastroqqa tushadi. Natijada jigʻildon qaynashi va hansirash yoʻqoladi, ammo siydik qopi ezilishi hisobiga peshob ajralishi kuchayadi, chanoq sohasida diskomfort namoyon boʻladi.
37-hafta
Bolakayning harakatlanishi kamayadi, agar harakat qilsa ham kuchli seziladi, chunki bachadon u uchun torlik qiladi. Homila tugʻilgandan keyin hayot uchun muhim boʻlgan barcha reflekslarni bajara oladi: nafas olish va chiqarish, yutish, soʻrish, koʻzlarini ochib yumish. U doim bu kabi harakatlarni takrorlab turadi.
Ma’lumot o’rnida, homiladorlikning 37-haftasi boshlanishidan oldin yuz bergan tug’ruq erta tug’ruq hisoblanadi.
38-hafta
Homilangizni – endi chaqaloq deb atasak ham boʻladi. Uning barcha aʼzolari toʻliq rivojlangan. U mustaqil ravishda yashashga toʻliq tayyor. Homila chanoq sohasiga tushadi va ayrim nerv tomirlarini ezib qoʻyishi mumkin.
39-hafta
Shoshilinch tugʻruq 38 va 42 haftalar oraligʻida roʻy beradi. Ilk bor farzand koʻrayotganlar odatda 41-haftada farzandlarini dunyoga keltiradilar. 39-haftada yolgʻon toʻlgʻoqlar bezovta qilib turadi. Agar chin toʻlgʻoq kuzatilsa, tug’ruq alomatlari haqida yetarlicha ma’lumotga ega bo’lsangiz, siz uni yolgʻon toʻlgʻoqdan qiyinchiliklarsiz farqlab olasiz: chin toʻlgʻoq ogʻriq bilan, belgilari kuchayib boruvchi xarakterli, uzoq muddat davom etadigan koʻrinishda namoyon boʻladi.
Homiladorlik kalendari: 40-hafta
Tug‘ruq jarayonini kutib, o‘zingizni xotirjam tuting. Agar quyidagi belgilar yuzaga kelsa, darhol tugʻruqxonaga borish kerak:
— Homila oldi suyuqligi kelsa. Siz oddiy qindan keladigan suyuqlikni homila oldi suyuqligidan bemalol farqlab olasiz, koʻpchilik ayollar peshob ajraldi deb oʻylashlari ham mumkin.
— Chin toʻlgʻoq boshlansa. Ular yolgʻon toʻlgʻoqlardan farqli ravishda ogʻriqli, davom etuvchi xarakterda va koʻproq diskomfort chaqiradi.
41-hafta
Homila uzunligi 50-56 sm, tana vazni esa 3,2-4,1 kg.ni tashkil etadi. Bu koʻrsatkichlar naslga va boshqa omillarga bogʻliq boʻladi. Bu koʻrsatkichlar oʻrtacha qilib olingan. 41-haftaga kelib homila organizmida aytarli oʻzgarishlar roʻy bermaydi. Barcha aʼzolar yetilgan, bola dunyoga kelishga tayyor.
Tug’ruq akusher-ginekolog tomonidan tabiiy tug’ruq yoki kesarcha kesish usulida amalga oshiriladi.
Homiladorlik taqvimi: 42-hafta
Tugʻruq har qanday vaqtda roʻy berishi mumkin va siz yaqin vaqtlar ichida farzandingizni qoʻlingizda tutishingiz, uni emizishingiz, belanchakka belashingiz va shu kabi yoqimli mashgʻulotlar bilan band boʻlasiz. 42-haftada ham roʻy bermagan tugʻruq jarayoni ayol va homila hayotiga xavf tugʻdiradi. Shu sababli shifokorlar tomonidan sunʼiy ravishda tugʻruq chaqiriladi.
Chaqaloq muborak boʻlsin!
Siz har bir ayol orziqib kutgan baxtga musharraf boʻldingiz, tabriklaymiz! Bunday baxtli onlaringizda sizga sherik boʻlganimizdan mamnunmiz!
Agar sizga “Lalu — Homiladorlik maktabi” mobil ilovasi yoqqan boʻlsa, boshqa homilador doʻstlaringizni ham ushbu maktabimizga taklif qiling.
Sizga esa chaqaloq parvarishi va tarbiyasida omad tilagan holda, bu kabi muhim vazifaga xuddi homiladorlik davringizdagi kabi masʼuliyat bilan yondashishingizni soʻrab qolamiz.
Chaqalogʻingizni parvarishlashda sizga “Lalu — Onalar maktabi” ilovamiz asqatadi, deb oʻylaymiz. Agar, bolangizning toʻgʻri oʻsib-rivojlanishini hamda parvarishlashni ishonchli maʼlumotlar asosida olib borishni istasangiz ushbu ilovamizni yuklab oling!
- Метки Homiladorlik, Maqolalar
Добавить комментарий Отменить ответ
Для отправки комментария вам необходимо авторизоваться.
Homilador ayollar uchun liboslar
Uzoq kutilgan homiladorlikning boshlanishi bilan ko’plab qizlar tashqi qiyofasini o’zgartirishni to’xtatib qo’yishdi, bu ko’rinishda, hatto kichik majmualarda ham kuchli o’zgarishlarga duch kelmoqdalar. Biroq, homiladorlik davrida ayol juda nozik va yoqimli bo’lib qoladi. Kiyimlarni mohirlik bilan tanlab olish bilan, bu fazilatlarni afzallik beriladi, deb ta’kidlash mumkin, u qorin bo’shlig’iga emas, balki hashamatli dekolte va nozik oyoqlarga qaratiladi. Buning uchun homilador ayollar uchun chiroyli ko’ylaklar yaxshi. Ular bu o’zgarishlarni yashirishadi, lekin ular hali ham moda bo’lib qolmoqda. Zamonaviy moda dunyosi taklif qilayotgan homilador ayollar uchun eng ko’p kiyimlar nima?
Homilador ayollar uchun uzun ko’ylak uslublari
Agar kiyim tanlashda, siz sotib olgan tadbir turini va ayolning uslubini ko’rib chiqishingiz kerak. Eng mashhur modellar:
- Homilador ayollar uchun uzoq kechki liboslar . Agar muhim bayram bo’lsa, unda sizning shaxsingizni ta’kidlaydigan hashamatli kiyimni tanlashingiz kerak. Yunoncha uslubda yaratilgan juda jozibali libos. Ko’tarilgan bel, qorin bo’shlig’idagi chuqur qavat va bo’yinbo’yi chizilgan ranglar o’zgarishi uchun idealdir. Bundan tashqari, plebat yoki bantlar bilan jihozlangan kiyimni tanlashingiz mumkin.
- Sarafan. Ushbu parametr kunlik yurish yoki dengiz tomonidan tasalli berish uchun ideal. Uzoq etak qiziqarli bosim bilan birga sizning yorqin tabiatingizni ta’kidlaydi va e’tiboringizni o’ziga xos uslubingizga jalb qiladi. Kichkina kamzulda sara badanni shlyapa va sandallarni birlashtir.
- Homilador ayollar uchun jinsdagi to’y liboslari . Kelinning qiyofasi tekis kiyim va to’shalgan matoni mukammal ravishda to’ldiradi. Korsetlar va noqulay keng yubkalardan tortib olishdan yaxshiroqdir, chunki ular kuchli noqulaylik tug’diradi. Bahsingizni soddalik va zeb-ziynatingizga qo’ying. Homilador ayollar uchun to’y liboslari nafaqat oq, balki boshqa nozik gullar – ayvori, xira pushti, ko’k, kumush va boshqalar bo’lishi mumkin.
Миллий Либослар Хомиладор Аёллар Учун – Скачать mp3 бесплатно
Для вашего поискового запроса Миллий Либослар Хомиладор Аёллар Учун мы нашли 50 песен, соответствующие вашему запросу. Теперь мы рекомендуем загрузить первый результат Хомиладор аёллар учун замонавий услубда тикилган либослар фасонлари который загружен LEMON PLUS размером 7.41 MB, длительностью 5 мин и 38 сек и битрейтом 192 Kbps.
Обратите внимание:
Перед загрузкой вы можете послушать любую песню, наведите курсор и нажмите «Слушать» или «Скачать» для загрузки mp3-файла высокого качества. Первые результаты поиска – с YouTube, которые будут сначала преобразованы, после чего файлы можно загрузить, но результаты поиска из других источников могут быть сразу же загружены в MP3 без какого-либо преобразования.
Слушают сейчас
Миллий Либослар Хомиладор Аёллар Учун
Special Love Re Tubed
Azizim Sherali Jo Raev To Rtliklar
Равон Шудан Чор Чавон Чонибек Муродов
Shoxruz Abadiya Aybla Bass Uz Remix 2019
Зульфия Рабаданова Мое Желание
Реакция На Короче Говоря Подарили Машину
Пропаганда Мелом Ремикс
Cartel Снова Пьяный По Дворам Ты Прости Меня Мадам
Челендж 24 Часа В Магазине
Harut Xachoyan Et Qo Nayvacqit Karotem Nazelis
Переписка Дарины Лизы И Леры Подстановка
Im Creator Modus Ein Stuntrennen Erstellen Framedex
Resident Evil 2002 Main Theme
Skyrim Special Edition Part 76 Stones Of Barenziah
Глюкozа Feat Artik And Asti Пахну Лишь Тобой Премьера Клипа
Скачивают
Мурат Тхагалегов Я С Ней Кайфую Премьера Трека 2020
Яхёчон Давлатов Модар Чону Дили Ман 2021 Yahyojon Davlatov Modar Jonu Dili Man 2021
Jaloliddin Ahmadaliyev Unut Deding Unutolmadim
Rednex Hold Me For A While Remix Techno
Мишари Рашид Сура Марьям
Kundalik Com Ga Kirish
Anikv Feat Saluki Mеня Не Будет Instrumental Karaoke Minus
Andrey Bo Dj Ramezz Tarzan Boy 2023
Ууу Что За Красотка Среди Этой Массовки Nkeeei Tiktok Remix
Новинки Музыка 2022 Клубная Музыка 2022 Популярные Песни Слушать Бесплатно 2022 Лучший Выбор Музыки
Светлана Иванова И Мария Зиброва Сама Иду Слепые Прослушивания Голос Сезон 6
Будильник Из Тик Тока
Песни Для Хорошего Настроения Попробуй Не Подпевать 2021
Самый Лучший Грустный Иранский Песня 2021 Top Mp3 15 Persian Music
Крутой Клипак Святая Русь Непобедима Автор Исп Андрей Ермаков Фартовый Парень
Бандитская Музыка Для Пацанов L Блатная Музыка L Лучшие Бандитские Треки
Фарахноз Шарафова Туйёна 2022 Farahnoz Sharafova Tuyona 2022
Copyright ©Mp3crown.top 2019
Все права защищены
На нашем музыкальном сайте вы можете бесплатно прослушать и скачать любимые, новые и популярные mp3 песни в хорошем качестве. Быстрый поиск любой композиции!
Почта для жалоб и предложений: [email protected]