O’qituvchi uchun adabiyotlar
4. Mashhur kishilar til haqida.
Tayanch so’z va iboralar: Nutq, nutq motivi, ichki belgi, tashqi belgi, ma’no, shakl, til vositalari, til, gap qurilishi, tnunosavat ifodasi, grammatik normalar, tafakkur, adabiy til, milliy madaniyat shakli, inson nutqi, fikrlash, nutqiy faoliyat, til va tafakkut munosavali.
Tafakkur so’zi aslida arab tilidan olingan bo’lib, “fikrlar”, “ong”, “fikrlash”, “fikr yuritish”, “o’ylash”, “mulohaza” kabi ma’nolarni ahglatadi.
Hozirgi o’zbek adabiy tili akademik litsey kitobi skachat
Gʼiyosiddin Xondamirning «Makorim ul-axloq» («Olijanob xulqlar») asari buyuk oʼzbek shoiri va mutafakkiri, davlat va jamoat arbobi Аlisher Navoiyning hayoti hamda adabiy, ilmiy va ijtimoiy-siyosiy faoliyati toʼgʼrisidagi qimmatli manba hisoblanadi. «Makorim ul-axloq» asarining ilmiy-izohli toʼliq tarjimasi mustaqillik davrida asarning turli nusxalarini oʼzaro solishtirish asosida OʼzR FА Sharqshunoslik instituti tomonidan ilk bora amalga oshirildi.
Otamdan qolgan dalalar
Tog‘ay Murodning ilk romani “Otamdan qolgan dalalar” adib ijodidagina emas, milliy adabiyotimiz tarixida muhim hodisa bo‘lgan. Asar ramziy roman bo’lib , 1986—1991-yillarda yozilgan. Birinchi marotaba „Yoshlik“ jurnalining 1993-yildagi sonida e’lon qilingan. Toʻliq tarzda 1994-yilda Sharq nashriyot-matbaa konsernining bosh taxriryati tominidan 272 betli qattiq muqovada 75000 nusxada nashr etilgan. Soʻnggi marotaba 2018-yilda Oʻzbekiston nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan 360 betli 5000 nusxali qattiq muqovada nashr etildi. Togʻay Murod 1993-yilda Qodiriy nomidagi davlat mukofotini “Otamdan qolgan dalalar” romani uchun qo’lga kiritgan. Asar asosida 1998-yilda rejissor Shuhrat Abbosov tomonidan shu nomli toʻliq metrajli film suratga olingan.
Odamlardan tinglab hikoya
Iste’dodli yozuvchi Xayriddin Sultonning “Odamlardan tinglab hikoya” to‘plamini mutolaa qilish mobaynida kitobxon asar maʼnaviy mulkimiz yokida bir umrlik hamrohimiz balkida, do‘stimiz, darddoshimizga aylanib qolganini yurakdan his etamiz. Muallif hassos shoir Hamid Olimjonning bizni bolalikning sirli, sehrli olamiga yetaklovchi, har birimizning qalbimizda iliq va qadrdon xotiralarni uyg‘otuvchi go‘zal satrini kitobga nom sifatida tanlab olgan.
Sudxo’rning o’limi
1939-yilda yozilgan Sadriddin Ayniyning “Sudxo’rning o’limi” asari birinchi tojik romani hisoblanadi. Asar orqali kitobxon har xil obrazlarga guvoh bo’lishlari mumkin: sudxo’rlar, kambag’al dehqonlar, madrasa mullavachchalari, savdo-sotiq qiluvchi savdogarlar va boshqalar. Asarni o’qib bu obrazlar balki to’qimadir, odam shunchalik ham insofsiz, vijdonsiz bo’ladimi deb o’yga tolasiz. Balki barchasi hayottan olingandir, haqiqatdir bu obrazlar ham deysiz. “Sudxo’rning o’limi” asar qahramoni Qori Ishkamba bo’lib, u o’z manfaatini hamma narsadan ustun qo’yadi. Asarni o’qish mobaynida Qori Ishkambadan nafratlanasiz, yomon ko’rasiz, xatto qarg’ashingiz ham mumkin, lekin asar so’nggida esa xatto unga rahmingiz ham keladi. U faqat qorni uchun yashaydiganlar toifasidan, hammadan shubhalanadi, hech kimga ishonmaydigan odam. Faqat Qori Ishkambadan emas barcha sudxo’rlardan nafratlanasiz, ular shu darajaga yetganki boylik orttirish uchun oddiy xalqni talaydi, turli xiylalar bilan ularni mol-mulklarini, uy-joylarini tortib oladilar.
Nur borki, soya bor
Iste’dodli adib O’tkir Hoshimov qalamiga mansub bo’lgan “Nur borki soya bor ” asari 1976 yilda yozilgan va ushbu asar O’tkir Hoshimovning ilk romani bo‘lib, kitobxonni chuqur mushohadaga chorlaydi va mazkur asarda yuqori mansabdagi va oddiy inson sifatida el orasida qadr topib yashayotgan bir-biriga qarama-qarshi, lekin qaysidir ma’noda tutashgan taqdirlarni o‘zida to‘liq mujassamlashtirgan. Bularning zamirida kishilar hayotining adib ko‘zi bilan ko‘rilgan aniq va ravshan tafsilotlari huddi bugungidek yorqin ifoda etiladi. Inson taqdiri, uning hayot va mamot o‘rtasidagi oniy lahzalik davr mobaynida boshidan kechirganlari, tiriklik atalmish daryo o‘zanida hamma qatori birdek oqish kerakmi yoki aksincha oqimga qarshi suzmoq darkormi, mana shunday savollar o‘z javobini topgan ko‘ngilga yaqin asar bu.
Turkiy guliston yohud axloq
Abdulla Avloniy qalamiga mansub bo’lgan «Turkiy Guliston yoxud axloq» asari o’zbek klassik pedagogikasining ajoyib namunasi hisoblanadi. Abdulla Avloniy mazkur asarni fors klassik shoiri shayx Muslihiddin Sa’diyning «Guliston» asaridan ta’sirlanib, unga taqlid qilib yozganligi haqida shunday deydi: «Ban bu asari nochizonami bir necha muallim birodarlarimning iltijolari ila yozmoq va nashr qilmoqg’a g’ayrat va jasorat qilmish edim. Alhamdu lilloh val minna ikkinchi tab’ihada muvaffaq o’ldum, chunki Turkiston maktablarida o’z shevamizda (o’zbek tilida demoqchi) yozilmish mukammal «Axloq kitobining shunday asarga tashna va muhtoj ekanlig’i o’zum muallimlar jumlasidan o’ldig’imdan manga ham ochiq ma’lum o’ldi. Shuning uchun ko’p vaqtlar tajriba so’ngidan adibi muhtaram shayx Sa’diy usulida yozmoqni, garchi og’ir ish bol’sa ham, o’zimga muqaddas bir vazifa ado qilaroq bu kamchilikni oradan ko’tarmakni munosib ko’rdim». Demak, aytish mumkinki, «Turkiy Guliston yoxud axloq» Sa’diyning «Guliston» asari usulida o’zbek tilida yozilgan axloq kitobidir.
Mantiq ut-tayr
“Mantiq ut-tayr” fors tilida yozilgan bo’lib, uning forscha nomi– منطق الطیر, oʻzbekcha nomi esa– “Qushlar nutqi”. Asar eronlik shoir Fariduddin Attorning fors tilida yozilgan 4500 misradan iborat sheʼriy toʻplamidir. Ushbu asar tasavvufiy shayx ramzida Hudhud nomli qushning boshqa 30 turdagi qushlar guruhi bilan boʻlgan majlisi va ularning safarlari haqida hikoya qiladi. Asar masnaviy shaklida yozilgan.
O’qituvchi uchun adabiyotlar
4. Mashhur kishilar til haqida.
Tayanch so’z va iboralar: Nutq, nutq motivi, ichki belgi, tashqi belgi, ma’no, shakl, til vositalari, til, gap qurilishi, tnunosavat ifodasi, grammatik normalar, tafakkur, adabiy til, milliy madaniyat shakli, inson nutqi, fikrlash, nutqiy faoliyat, til va tafakkut munosavali.
Tafakkur so’zi aslida arab tilidan olingan bo’lib, “fikrlar”, “ong”, “fikrlash”, “fikr yuritish”, “o’ylash”, “mulohaza” kabi ma’nolarni ahglatadi.
Tafakkur falsafiy kategoriyalardan biri bo’lib, tilshunoslikda u ijtimoiy hodisa sifatida o’rganiladi. Tafakkur biz ko’rib turgan zohiriy olamning inson miyasida umumlash aksidir.
Til esa insonning so’zlash, gapirish qobiliyati, fikr ifodalash va o’zaro aloqa qilish vositasi bo’lib xizmat qiladigan tovushlar, so’zlar va grammatik vositalar tizimidir.
Demak, odam avval tashqi yoki ichki borliqni ongi bilan anglaydi. So’ngra o’sha anglagan narsasini til vositasi yordamida ifoda etadi. Agar tafakkur bo’lmasa so’zimizga ma’no kirmaydi, gapimiz bema’ni tus oladi. Agar til bo’lmasa, fikrimiz, o’y-xayolimizni sunvatdoshimishga yetkaza olmaymiz. Til va tafakkur bir-biriga bog’liq hodisadir. Lekin, ular boshqa-boshqa faoliyat yuritadi, turli vazifalarni vajaradi.
Til umumisoniy imkoniyat bo’lsa-da, har bir tilning milliy shakli mavjud. Masalan, o’zbek xalqining so’zlashishi, firklash tarsi, fikr bildirishi, nutq odobi kabi madaniyati o’zbek tilida namoyon bo’ladi. Uning ma’naviy boyliklari va tafakkur mevalarini o’zida aks ettiradi.
Fikrimiz isboti uchun o’zbekcha tafakkur tarzini boshqa millatlat fikrlashiga qiyoslaymiz: ozbekcha fikrlash jarayonida avval katta hajmli, katta yoshli, katta ahamiyatli narsalar oldin keladai. Shuning uchun sana aytilayotganda sentabrning 1- kuni deymiz, 2-sentabr deyish esa ko’proq ingliz, rus tafakkur tarzi hisoblanadi.
Har qanday kishi atrof borliqni ko’radi, eshitadi, his etadi, ta’m biladi. Ana shu ma’lumotlar uning ongida aks eladi. O’sha aks etgan narsani vayon qilish uchun til vositalari – tovush, morfema, bo’g’in, soz, gap kabilardan foydalanamiz. Tushuncha ongda tug’iladi. U tafakkur mahsuli, ammo uni tashqi olamga chiqarmoqchi bo’lsak, alvatta til vositalaridan foydalanamiz: aytamiz, so’zlaymiz, gapiramiz – bunda tovush, fonema, so’z va gaplardan foydalanamiz. Boshqa hollatlarda yozuvdan ham foydalfnishimiz mumkin. Bular til va tafakkurning o’zaro munosavatlaridir.
Til milliy madaniyatning shakli sifatida tafakkurdagi fikrlar va ma’naviy ne’matlarni zamon va makonda avadiylashtiradi. Ular doimo bir-birini taqazo etadi. Bir-birining yashashi va rivojlanishiga yordam beradi. Tafakkur faqat insonlarga xos xususiyatdir. U kishining mehnat va nutq faoliyati bilan bog’liq holda mavjud. Inson tafakkuri nutq bilan yuzaga chiqadi va uning natijalarini tilda qayd etiladi. Demak, tafakkur jarayonining natijasi hamisha biror-bir fikrdan iborat bo’ladi. Bu fikr tushuncha, hukm, xulosa tarzida til vositasida namoyon bo’ladi. Til fikrni reallashtiradi, kishilarning fikir almashishiga imkon tug’diradi. “Nutq” so’zi arabchadan olingan bo’lib, fikrni so’z orqali ifodalash qobiliyati, mahoratidir. Til so’zlashish vositasi, ya’ni nutq sifatida namoyon bo’lgandagina ma’lum vazifani vajaradi. Nutq til unsurlari-tovush, harf, bo’g’in, so’z, sintagma, gap, matn kabilardan nutqiy jarayonda foydalanish natijasida yuzaga chiqadi. Demak, til vositalari nutqni amalga oshirish uchun xizmat qiladi. Til bilan nutqni qiyoslash orqali ularning quyidagi farqlarini ajratish mumkin:
1. Til aloqa materiali bo’lsa, nutq aloqa shaklidir. 2. Tilni xalq, millat yaratadi, nutqni esa har bir kishi yarata oladi. 3. Tilning hayoti xalq, millatning hayoti, taraqqiyoti bilan bog’liq boladi. Nutqning, ayniqsa, og’zaki nutqning davomiyligi qisqa bo’ladi. Ya’ni gapirib bo’lishimiz bilan nutq tugaydi. Ammo yozma nutqning umri nisvatan uzoqroq bo’lishi mumkin. 4. Til anchayin turg’un, varqaror bo’ladi. Nutq esa doimo harakatda bo’lib, o’zgaruvchan hodisa sanaladi. 5. Tilning hajmi noaniq, uni taxmin qilish mumkin xolos. Nutqning hajmi aniq u monolog, dialog, polilog yoki matn shaklida bo’lishi mumkin.
Nutqni amalga oshirish uchun so’zlovchi tildan foydalanadi. Nutq kishining kimligini, psixologiyasini, madaniyatini, kayfiyatini belgilaydi. Til esa bunday imkoniyatga ega emas. Shuning uchun chiroyli, odob bilan so’zlasn varcha zamonlarda qadrlangan. Tarixiy shaxslar bu haqda o’z fikrlarini bildirishgan. Masalan, Insonni so’z ayladi jido hayvondin, Bilkim, guhari sharifroq yo’q andin. (A.Navoiy) 1. Ki har neni bilmish odamizod, Tafakkur birla qilmish odamizod. (A. Navoiy) 2. So’zni ko’p so’zlamay, sizlab, ayt, oz-oz, Tuman so’z tugunin shu bir so’zda yoz. (Yusuf Xos Hojib) 3. Kishi so’ztufayli bo’ladimalik, Ortiq so’z bu boshni etadi egik. (Yusuf Xos Hojib) 4. Har kimki chuchuk so’z elga izhor aylar, Har nechaki ag’yor durur yor aylar. So’z qattig’i el ko’nglig’a ozor aylar, Yumshog’i ko’ngullarni giriftor aylar. (A.Navoiy) 5. Ona tilim, sen borsan shaksiz, Bulbul kuyin she’rga solaman. Sen yo’qolgan kuni, shubhasiz, Men ham toti bolib qolaman. (A.Oripov).
So’z deganda tovush yoki tovushlardan iborat, biror ma’noni ifodalovchi nutq birligi, gap bol’gi tushuniladi. So’zning ma’no jihaldan qo’llanishi, turlari keng bo’lib, ular ysama so’z, tub so’z, kirish sozi, qo’shma so’z, juft so’z, so’zning o’zagi, m&al, maqol, ibora, nutq, gap kabi ma’nolarda kclishi mumkin.
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar.
1.Til deganda nimani tushunasiz?
2. Tafakkur haqida nimalar bilasiz?
3. Til va nutqning o’ziga xos xususiyatlari ayting?
4. Mashhur kishilar til haqida.
5. So’zga ta’rif bering.
6. Mustaqil ravishda avval og’zaki, so’ngra yozma nutq namunasi tuzing. Nutqinizdagi so’zlarni ma’no jihatdan tahlil qiling.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxat
1. A. Rafiyev. N.G’ulomova. Ona tili va adabiyoti. Kasb-hunar kollejlari uchun darslik. “SHARQ” NMAK. 2002 yil. 2. G’.Abdurahmonov. H. Rustamov. Onatili. 10-11 sinflar uchun darslik. Toshkent. “O’qituvchi”. 1995 yil. 3. G’.Abdurahmonov va boshqalar. Hozirgi o’zbek adabiy tili. Oliy o’quv yurtlari studentlari uchun qo’llanma. Toshkent. “O’qituvchi” 1981 yil. 4. A.Nurmonov, N.Mahmudov, A.Sobirov, SH. Yusupova. Hozirgi o’zbek adabiy tili. Akademik litseylarning 3-bosqich talavalari uchun darslik. Toshkent. A.Qodiriy nomifagi xalq merosi nashriyoti. 2003 yil. 5. Yo’ldosh Solijonov. NUTQ VA USLUB. Toshkent. “CHO’LPON” nashruyoti. 2002 yil. 6. O’zbektili va adabiyoti jurnali 2005 yil. 3-son. 121-bet.
“Til va tafakkur. Ularning o’zaro munosavati. Tilning ijtimoiy mohiyati” mavzusidagi uslubiy qo’llanmaga ilova
Qiz bolalarning yurish-turishi, gap-so’zi nazokatli, dilvar bo’lsin. Bundaylarga ortiqcha harakat, qo’pol qo’l siltashlar yarashmaydi.
Nazokat, dilvarlik deganda muloyimlik, nozik xatti-harakat, yumshoqlik tushuniladi. Qattiq gapirish, qattiq kulish, qo’llarni sillab, hammani o’ziga qaratib turish nazokatdan yiroqdir. Darhaqiqat, tili shirin, chehrasi gulgun qiz-ayollar o’z oilasining vaxtu saodati, ota-onasininig faxri bo’libgina qolmay, o’z elining ko’rki hamdir.
Demak, qizlarda, ayol kishida, birinchi navvatda aql-u farosat, idrok-u
nazokat bo’lishi kerak. Ana shu bilan u past-valandni, achiq-chuchukni,
bor-yo’qni, oila sharoitini, imkoniytlarni fahmlay oladi, idrok etadi, aql-hush bilan ish yurgizib, kam-kostlami vartaraf qiladi. Zotan, ayollargaxos bo’lgan o’lmas nazokat atrofdagilarga hamisha qanot vag’ishlab kelgani haqida hayotda misollar bisyor.
Nazokat hamisha mehr bulog’idan suv ichadi. (115 ta soz.)
Hozirgi o’zbek adabiy tili akademik litsey kitobi skachat
O’zbek adabiy tili haqida
Adabiy til – har qaysi xalq va millat ma’naviyatida ulkan ahamiyat kasb etadigan,uning ruhiy olamini moddiy shaklda yuzaga chiqarish va umumbashariy taraqqiyot uchun xizmat qildirish, el-yurtni birlashtirish, o’zlikni anglashda muhim vosita bo’ladigan buyuk ijtimoiy hodisa.Adabiy til umumxalq tilining sayqallangan,lekin, fonetik va grammatik juhatdan shu xalq shevalaridagi eng yaxshi xususiyatlarni o’zida mujassam etib,sayqallangan, hamma uchun tushunarli va ma’qul me’yorga solingan umummilliy muloqot vositasidir.Tarix va taraqqiyot jarayonida adabiy til o’zgarib,takomillashib boradi.Masalan, Alisher Navoiy davridagi o’zbek adabiy tili hozirgi zamon o’zbek adabiy tilidan farq qiladi. Istiqlol davrida adabiy tilning ma’naviy hayotimizdagi o’rni va ahamiyati tobora ortib bormoqda.Ayniqsa, 1989 yil 21oktabrda o’zbek tiliga davlat maqomining berilishi adabiy tilimiz rivojida mutlaqo yangi sahifa bo’ldi.Hozirgi davrda o’zbek adabiy tili milliy madaniyatimizning haqiqiy ko’zgusiga aylanib bormoqda.
O’zbek tili – turkiy tillarning qarluq guruhiga mansub tillardan; yangi uyg’ur tili bilan birgalikda qarluq-xorazm guruhchasini tashkil etadi.O’zbek tili asosan, O’zbekistonda, shuningdek,Afg’oniston, Tojikiston,Qirg’iziston,Qozog’iston,Turkmaniston,Rossiya, Turkiya,Saudiya Arabistoni, Xitoy,AQSH, Germaniya va boshqa mamlakatlarda tarqalgan.
O’zbek tili qipchoq, o’g’uz,qarluq-chigil-uyg’ur kabi 3 ta til birligi sifatida shakllanib, murakkab dialektal tarkibi bilan ajralib turadi.
Unda 3 ta asosiy lahja bor, bular:
1) qarluq-chigil-uyg’ur lahjasi;
2) qipchoq lahjasi;
Bu lahjalar tarkibidagi ko’plab shevalar fonetik,leksik va qisman morfologik jihatdan o’zaro farqlansa-da, ularning barchasi ham milliy O’zbek tilining, adabiy o’zbek tilining shakllanishida muayyan darajada ishtirok etgan. O’zbek tilining lahjalari orasida, odatda, qarluq-chigil lahjasi hamda uning tarkibiga kirivchi shevalar (Toshkent, Andijon, Farg’ona,Namangan, Qo’qon, Jizzax,Samarqand, Kattaqo’rg’on, Buxoro, Qarshi, O’sh, Marg’ilon, Jalolobod va boshqa shaharlarning shevalari) o’zbek adabiy tilining tayanch shevalari hisoblanadi. O’zbek adabiy tilining me’yorlarini belgilashdaToshkentshevasi fonetik jihatdan, Farg’ona, Andijon shevalari morfologik jihatdan tayanch shevalar deb olingan.
Turkiy xalqlar uchun mushtarak obida hisoblangan O’rxun-Yenisey tosh bitiklari,O’rta Osiyo turkiy xalqlarining umumiy adabiy tili namunalari bo’lgan “Devonu lug’otit turk”,”Qutadg’u bilig” kabi o’lmas asarlar o’zbek xalqining dastlabki yozma yodgorliklari hisoblanadi.Eski o’zbek adabiy tilining shakllanishi XIV asr oxirlari va XV asrga to’g’ri keladi.Bu davr adabiy tilining shakllanishi va rivojlanishida buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiyning hissasi beqiyosdir. O’zbek adabiy tili Lutfiy,Sakkokiy, Navoiy, Bobur ijodi bilan boshlanib, Ogahiy, Furqat, Muqimiylar ijodida rivojlandi, sayqal topdi.
1993 yil 2 sentabrda O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi “Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosini joriy etish to’g’risida” Qonun qabul qilindi.Ushbu qonun
1995 yil 6 mayda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tegishli o’zgartirishlar bilan qayta qabul qilindi va “Davlat tili haqida”gi Qonun bilan bir qatorda , uning davomi sifatida bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Hozirgi o‘zbek adabiy tilining tarixiy ildizlari va dialektal asoslari
chiqib, o‘zbek milliy tilining oliy formasi darajasiga ko‘tarilgan.
O‘zbek tilshunosligida o‘zbek adabiy tilining taraqqiyot bosqichlarini boshqacharoq tasnif
qilish holatlari ham uchraydi.
O‘zbek tilining taraqqiyot bosqichlarini ko‘zdan kechirish qadimgi turkiy tildan Hozirgi
o‘zbek adabiy tiligacha bo‘lgan lisoniy taraqqiyot dinamikasini kuzatish, Hozirgi o‘zbek adabiy
tilining qadimgi turkiy, eski turkiy va eski O‘zbek adabiy tillaridan farqlarini aniqlash imkonini
beradi. Bunday farqlarning paydo bo‘lishi, odatda, ikki omilga asoslanadi: 1) muayyan tilning
ichki taraqqiyot qonuniyatlariga – tilning o‘zidagi sistemaviy va strukturaviy hodisalar
munosabatiga; 2) ikki yoki undan ortiq tillar o‘rtasidagi kontaktga (interstrat munosabatiga).
O‘zbek tili taraqqiyotida eng qadimgi turkiy til va qadimgi turkiy til substrat (asos til) vazifasini,
arab, tojik-fors va rus tillari esa superstrat (ustama til) vazifasini ota’gan. Substrat va superstrat
tillar o‘rtasidagi aloqa odatda bilingvizm (ikki tillilik) yoki polilingvizm (ko‘p tillilik) sharoitida
yuzaga keladi va tillar substratsiyasi deb ataladi: turkiy-arab, turkiy-fors, o‘zbek-arab, o‘zbektojik,
o‘zbek-rus ikki tilliliklari sharoitida asos til bilan ustama tillar o‘rtasida bog‘langan
aloqalar ana shunday substratsiyalar sanaladi. Ayni shu omillar (ichki taraqqiyot qonuniyatlari
bilan birga) qadimgi turkiy tildan hozirgi o‘zbek adabiy tiligacha bo‘lgan davrda til
strukturasida qator o‘zgarishlarni yuzaga keltirgan. Buni til sathlari va tizimlari bo‘yicha
keltirilgan quyidagi ma`lumotlardan anglab olsa bo‘ladi:
1.Tilning fonetik-fonologik sathida: a) qadimgi turkiy til vokalizmida 8 unli bo‘lgan (a,
ы, о, u – orqa qator, yo‘g‘on unlilar; ə, i, ө, ү – old qator, ingichka unlilar); b) eski turkiy til va
eski O‘zbek tillarida ham shu 8 unli saqlangan, ammo eski o‘zbek tilida old, qator lablanmagan e
unlisi hisobiga vokalizm tizimi 9 unlidan iborat bo‘lgan; v) qadimgi turkiy, eski turkiy va eski
о‘zbek tillarida unli tovushlarning yo‘g‘onlik-ingichkalik ziddiyati (oppozitsiyasi) bo‘lgan: i-ы,
ə-a, ү-u, ө–о kabi; g) нozirgi o‘zbek adabiy tili vokalizmida unlilar miqdori 6 taga tushib qolgan
(i, e, a, u, ө, o). Bu tizimda yo‘g‘onlik- ingichkalik oppozitsiyasi yo‘q, ayrim tovushlarning sifat
belgilari ham o‘zgargan. Masalan, orqa qator, lablanmagan a ornida kuchsiz lablangan o (с )
unlisi paydo bo‘lgan. Qiyoslang: ata-ota, at-ot kabi; d) qadimgi turkiy til konsonantizmida b, m,
p, v, s, z, t, d, n, l, r, ch, ch, y, q(k), g‘ (g),n undoshlari bo‘lgan, bu undoshlarning ko‘pchiligi
palatal (ingichka yoki yumshoq) va velyar (qalin) variantlarga ega edi; e) eski O‘zbek adabiy
tilida undoshlar 24 taga etgan (b, m, p, v, f, s, z, t, d, n, l, r, ch, ch, j, ,j ,y, q, k, g‘, g, n, x, h ).
Konsonantizm tarkibida undoshlar miqdorining ortishi o‘sha davrdagi o‘zbek-arab va o‘zbekfors
ikki tilliligi (bi-lingvizmi) ta`sirida, shuningdek, ayrim undoshlarning divergentsiyasi (bir
fonemaning ikki fonemaga ajralishi) natijasida sodir bo‘lgan; j) Hozirgi o‘zbek adabiy tili
konsonantizmida yuqoridagi 24 undoshning barchasi bor. Ayrim tilshunoslarning (masalan, prof,
A. Abduazizovning) fikricha, rus tilidan o‘zlashgan so‘zlarda uchraydigan qorishoq «ts» ham
o‘zbek tili undosh fonemalari qatoridan o‘rin olgan deb qaralishi kerak.1 Yuqoridagi ma`lumotlar
tahlilidan quyidagilar ma`lum bo‘ladi: a) qadimgi turkiy til konsonantizmida f,x,h,j,j undoshlari
bo‘lmagan. Ular eski turkiy til va eski o‘zbek adabiy tili davrida turli lisoniy (lingvistik) va
nolisoniy(ekstralingvistik) omillar ta`sirida paydo bo‘lgan; b) qadimgi turkiy tilda q va k
undoshlari bir fonemaning nutqdagi ikki ko‘rinishi-ottenkalari bo‘lgan, keyinchalik bu fonema
divergentsiyaga uchrab, ikki mustaqil fonemaga aylangan; g‘ va g undoshlari rivojida ham ayni
shu jarayon (divergentsiya) bo‘lganligini – «g»ning «g‘» va «g»ga parchalanganligini ko‘ramiz.
2.Nutq tovushlarining pozitsion va sintagmatik xususiyatlaridagi o‘zgarishlar: a)
qadimgi turkiy tilda r, l, v, g‘(g), z, d, n undoshlari so‘z boshida qo‘llanmagan. Eski o‘zbek
adabiy tili va Hozirgi o‘zbek adabiy tilida esa bu tovushlar («n» dan boshqalari) so‘z boshida
ham ishlatiladi; b) m undoshi qadimda so‘z boshidagi «b» ning varianti sifatida qo‘llangan,
1 Qarang: Abduazizov A. O’ zbek tili fonologiyasi va morfonologiyasi. – T.: O`qituvchi”, 1992, 19-20-b.
ammo so‘z o‘rtasida va oxirida mustaqil fonema bo‘lgan. Uning mustaqil fonema sifatida so‘z
boshida qo‘llanishi eski o‘zbek tilida bir qadar uchrab turadi, Hozirgi o‘zbek adabiy tilida esa
uning so‘z boshida qo‘llanishi ancha keng tarqalgan; v) qadimgi turkiy tilda undosh tovushlar
so‘z boshida qatorlashib kelmagan. Bu xususiyat eski o‘zbek tilida ham saqlangan, ammo
Hozirgi o‘zbek adabiy tilida esa undoshlarning so‘z yoki bo‘g‘in boshida qatorlashib kelishi
me`yoriy holatga aylangan; bu hodisa o‘zbek tiliga rus tilidan o‘zlashtirilgan so‘zlarga xos
(brom, professor, shkaf, traktor, trolleybus, tramvay kabi); g) qadimgi turkiy tilda undosh
tovushlarning so‘z oxirida qatorlashib kelishi juda kam uchraydi: qirq, alp(«mergan ovchi»),
art(«elka») kabi. Eski o‘zbek tilida undosh tovushlarning so‘z oxirida qatorlashib kelishi bir oz
ko‘paygan (fors-tojik va arab tillaridan so‘z o‘zlashtirish hisobiga): do‘st (forscha o‘zlashma),
hamd (arabcha o‘zlashma:»maqtov»), g‘isht (tojikcha o‘zlashma), go‘sht (tojikcha o‘zlashma)
kabi. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida bo‘g‘in yoki so‘z oxirida ikki undoshning qatorlashib kelishi
rus tili orqali o‘zlashgan so‘zlar hisobiga ancha ko‘paygan: boks, kodeks, kort, iks kabi; d)
qadimgi turkiy va eski o‘zbek tillarida so‘z oxirida ikkita bir xil undoshning qavatlanishi
(geminatsiya) bo‘lmagan. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida esa ikkita bir xil undoshning so‘z oxirida
qavatlanishi uchrab turadi: gramm, klass, vatt, ball kabi ruscha-baynalmilal o‘zlashmalar buning
dalilidir; e) qadimgi turkiy tilda so‘zning birinchi bo‘g‘inidan keyingi bo‘g‘inlari faqat undosh
bilan boshlangan: o-na, o-ta, o-g‘a, i-ni, bo-la kabi. Bu hol so‘z tarkibida ikki unlining yonmayon
kela olmasligiga sabab bo‘lgan. Eski o‘zbek tilida arab tili o‘zlashmalarining paydo bo‘lishi
bu qonuniyatga chek qo‘ygan: saodat, oila, maorif, soat, foiz, mutolaa kabi. Hozirgi o‘zbek
adabiy tilida esa ruscha-baynalmilal leksik o‘zlashmalar hisobiga bu hodisa yanada kengaygan:
biologiya, zoologiya, geometriya, geografiya kabi.
3.Singarmonizm: 1) qadimgi turkiy til va eski o‘zbek tilida singarmonizm (so‘z
tarkibidagi o‘zak va qo‘shimchalarda unlilarning uyg‘unlashuvi) mavjud bo‘lgan. qiyos qiling:
kelduk («kel» dagi «e» – old qator, ingichka unli q «-duk» dagi «u» ham old qator, ingichka
unli) va barduk («bar»dagi «a» – orqa qator, yo‘g‘on unliq»-duk» dagi «u» ham orqa qator
yo‘g‘on unli). Bu misollardagi unlilar til garmoniyasi qonuniyati asosida uyg‘unlashgan. Kelip
va korup so‘z shakllarining birinchisida («kelqip»da) o‘zak va qo‘shimchadagi unlilar
lablanmagan, ikkinchisida («korqup» da) esa o‘zak va qo‘shimchadagi unlilar lablangandir.
Demak, ikkinchi misolda unlilar lab garmoniyasi qonuniyati asosida uyg‘unlashgan; 2) Hozirgi
o‘zbek adabiy tilida singarmonizm o‘z mavqeini ancha yo‘qotgan. qiyos qiling: konlunuz (eski
o‘zbek tilida) –ko‘nglingiz (hozirgi o‘zbek adabiytilda), korup (eski o‘zbek tilida) – ko‘rib
(hozirgi o‘zbek adabiy tilida) kabi.
Izoh: singarmonizm qonuniyati hozirgi paytda qipchoq va o‘g‘uz dialektlariga mansub
o‘zbek shevalarida saqlangan: olgan (adabiy tilda)-alg‘an( qipchoq lahjasi shevalarida), borgan
(adabiy tilda ) – barg‘an (qipchoq lahjasi shevalarida), kelgan (adabiy tilda) kelgan (qipchoq
lahjasi shevalarida), o‘ttiz (adabiy tilda) – o‘ttuz (qipchoq lahjasi shevalarida), uyimga (adabiy
tilda) – uyuma (O‘g‘iz lahjasi shevalarida) kabi.
4. Tilning lug‘at boyligida : 1) qadimgi turkiy tilda fors-tojik va arab so‘zlari bo‘lmagan.
Eski turkiy tilda fors-tojik va arab so‘zlari qo‘llana boshlagan, eski O‘zbek tilida bunday
o‘zlashmalar ancha ko‘paygan: gul, gavhar, guruch, gO‘r (fors-tojik so‘zlari), madrasa, oila,fikr,
firoq, hosil(arabcha so‘zlar). Hozirgi o‘zbek adabiy tili da bunday o‘zlashma so‘zlarning
ayrimlari eskirgan (masalan, muvallidulhamuza, handasa, tarh kabilar), ularning ornida bir qator
ruscha o‘zlashma termin va atamalar paydo bo‘lgan ( kislorod, geometriya, avtobus, tramvay va
b.lar); g‘) qadimgi turkiy tildagi ayrim so‘zlarning eski O‘zbek tilida tojikcha sinonimlari paydo
bo‘lgan: chechak (turkiy)- gul (tojikcha), yog‘och, yig‘och (turkiy)- daraxt (tojikcha), oltin
(turkiy)- tilla ( tojikcha), buloq (o‘zbekcha)-chashma (tojikcha), qirov (o‘zbekcha)- shabnam(
tojikcha) kabi; q) qadimgi turkiy, eski turkiy va eski o‘zbek tillarida qisqartma so‘zlar
(abbreviaturalar) bo‘lmagan. Hozirgi o‘zbek tilida bunday qisqartmalar anchagina bor: BMT,
TDPU, SamDU kabi. Keyingi yillarda o‘zbek tili leksikasida IIB (Ichki ishlar bo‘limi), IIBB
(Ichki ishlar bo‘limi boshqarmasi), IIV (Ichki ishlar vazirligi), DAN (Davlat avtoinspektsiya
nazorati), O‘zMU (O‘zbekiston Milliy universiteti), BuxDU (Buxoro davlat universiteti),
QarMII (qarshi Muhandislik-iqtisodiyot instituti) kabi yangi qisqartma nomlar ham paydo bo‘ldi;
4)O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi, shuningdek, mustaqil O‘zbekistonda amalga
oshirilayotgan iqtisodiy va ma`rifiy islohotlar o‘zbek tili leksikasida yana bir qator yangi
so‘zlarning yuzaga kelishiga yoki ayrim eskirgan so‘zlarning qayta tiklanishiga sabab
bo‘lmoqda: supermarket, fermer, aktsiyador, vazirlik, nozir, devonxona, ta`til kabilar shular
jumlasidandir; O‘) rus tili va rus yozuvi ta`sirida yuzaga kelgan tok («elektor toki») va tok
(«uzum toki») kabi omograflar, to‘rt («miqdor son»)va tort («konditer mahsuloti») kabi
omofonlar ham ko‘proq Hozirgi o‘zbek adabiy tiliga xosdir.
5.Tilning grammatik qurilishida: 1) qadimgi turkiy va eski o‘zbek adabiy tillarida ot,
sifat, son, olmosh, fe`l va ravish kabi mustaqil so‘z turkumlari bo‘lgan. Bunday mustaqil so‘zlar
Hozirgi o‘zbek adabiy tilida ham bor; 2) qadimgi turkiy va eski o‘zbek adabiy tillarida
yordamchi so‘zlar – ko‘makchilar, bog‘lovchilar va yuklamalar bo‘lgan. Bunday turkumlarga
xos so‘zlar Hozirgi o‘zbek adabiy tilida ham mavjud; q) qadimgi turkiy va eski o‘zbek tillarida
undovlar va modal so‘zlar bo‘lgan. Ular Hozirgi o‘zbek adabiy tilda ham bor; 4) qadimgi turkiy
tilda ham, eski O‘zbek tilida ham har bir so‘z turkumining o‘ziga xos grammatik kategoriyalari
(otlarda-egalik, kelishik, son; sifatlarda- daraja; fe`llarda – shaxs-son, mayl, nisbat, zamon va
b.lar) bo‘lgan. Bu xususiyatlar Hozirgi o‘zbek adabiy tiliga ham xos. Biroq, Hozirgi o‘zbek
adabiy tilida qadimgi turkiy va eski o‘zbek tillaridan farq qiladigan yangi jihatlar ham uchraydi:
1) Hozirgi o‘zbek adabiy tilida morfemalar qadimgi turkiy va eski o‘zbek adabiy tillaridagiga
nisbatan miqdoran ko‘p va mazmunan boydir. Masalan: qadimgi turkiy tilda o‘zakdan oldin
qo‘shiluvchi affiks morfemalar (prefikslar) bo‘lmagan. Bu tipdagi morfemalar eski O‘zbek tilida
va Hozirgi o‘zbek adabiy tilida uchraydi: bebosh, bevosita, bavosita (bilvosita), noo‘rin, sersuv,
sergap kabi; b) eski O‘zbek adabiy tilida «-ov»,»-ev», «-ova», «-eva», «-ovna», «-evna», «-
ovich», «-evich» kabi familiya va otchestvo yasovchi qo‘shimchalar bo‘lmagan. Hozirgi o‘zbek
adabiy tilida bunday qo‘shimchalar bor; v) eski o‘zbek adabiy tilida «-lar» affiksi ko‘plikni
(odamlar, qishloqlar kabi), birgalikni (Karimlar kelishdi), ma`no kuchaytirilishini (suvlar oqib
yotibdi), chama yoki taxminni (qirq yillar bo‘ldi kabi) ifodalagan. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida
esa «-lar» affiksining so‘zlarni terminlashtirish funktsiyasi ham paydo bo‘lgan:
qirqquloqsimonlar, sutemizuvchilar. kabi; 2) qadimgi turkiy va eski O‘zbek adabiy tillarida
singarmonizm mavjud bo‘lganligidan ko‘pchilik morfemalarning yo‘g‘on va ingichka turlari
saqlangan: «-mi’z» va «-miz» ( barami‘z va kelamiz kabi), «-gan» va «-g‘on» ( kelgan va
borg‘on), «-cho‘» va «-chi» (yog‘cho‘ «azani boshqaruvchi « va bedizchi- « naqqosh» kabi).
Hozirgi o‘zbek adabiy tilida esa ulardan faqat bittasi standart forma sifatida saqlangan (
boramiz, kelamiz, borgan, kelgan, qo‘riqchi va ishchi kabi), «-lO‘q» va «-lik» haqida ham shu
fikrni aytish mumkin; q) eski O‘zbek adabiy tilidagi ba`zi affikslar Hozirgi o‘zbek adabiy tilida
qo‘llanmaydi. Masalan, «-vul» affiksi eski O‘zbek adabiy tilida qorovul, yasovul, kabi so‘zlarni
yasagan, hozir esa bu affiks so‘z yasash xususiyatini yo‘qotgan; 4) qadimgi turkiy tilda bosh
kelishik, qaratqich kelishigi, tushum kelishigi, vosita kelishigi («-n», «-i‘», «-in», «-un», «-
un», «-on», «-en»), jo‘nalish kelishigi, o‘rin-payt kelishigi, chiqish kelishigi bo‘lgan. Hozirgi
o‘zbek adabiy tilida shulardan bittasi – vosita kelishigi yo‘q. U qadimgi turkiy tilda «bilan»
ko‘makchisi funktsiyasiga teng bo‘lgan: masalan, tilin sozlep, qolaq‘n eshidip («tili bilan
so‘zlab, qulog‘i bilan eshitib. ») kabi.
Hozirgi o‘zbek adabiy tilining dialektal asoslari. O‘zbek tili bir qator shevalarni O‘z
ichiga oladi, bunday shevalar etnolingvistik nuqtai nazardan uchta katta lahjaga -qarluq, qipchoq
va O‘g‘uz lahjalariga birlashtiriladi. Hozirgi o‘zbek adabiy tilining tarkib topishida ana shu
uchta lahja shevalarining ishtirok etganligi tabiiy bir holdir, ammo ulardan qaysi biri adabiy tilga
ko‘proq darajada asos bo‘lganligi masalasida tilshunoslar orasida yakdillik yo‘q. KO‘pchilik
manbalarda Hozirgi o‘zbek adabiy tilining tayanch dialekti sifatida qarluq lahjasi, xususan, uning
Toshkent-Farg‘ona tipidagi shahar shevalari ishtirok etganligi ko‘rsatiladi1. Ammo ayrim
1 Bu haqda qarang: Reshetov V.V., Shoabduraμmonov Sh.Sh O’ zbek tili dialektologiyasi –Toshkent:
Ukituvchi”, 1978, 43- bet. Abduraμmonov G., Mamajonov S. O’ zbek tili va adabiyoti.- Toshkent: “O’ zbekiston”,
tilshunoslar (masalan, prof. X. Doniyorov, dotsent B. To‘ychiboyev) adabiy tilning tayanch
dialekti masalasiga boshqacharoq yondashadilar: ularning fikricha, Hozirgi o‘zbek adabiy
tilining tarkib topishida qipchoq lahjasiga mansub shevalar ham faol qatnashgan, shunga ko‘ra
adabiy til me`yorlariga oid ayrim masalalar (xususan, vokalizm tizimi, alifbo tuzilishi) qayta
ko‘rilishi kerak. Bu mualliflarning ta`kidlashicha, Hozirgi o‘zbek adabiy tili vokalizmida 6 ta
emas, 8-9 ta unli fonema bor, ular i/O‘, a/a, u/u,O‘(o) /O‘(o) kabi kontrast juftliklarni hosil
Hozirgi o‘zbek adabiy tilining grammatik qurilishida otning jO‘nalish, o‘rin-payt va
chiqish kelishiklaridagi shakllari Toshkent- Farg‘ona gruppa shevalariga asoslanadi: «-ga»(j.k),
«-da»(O‘-p.k) va «-dan»(ch.k) kabi. Boshqa shevalarda otning bu kelishiklaridagi shakllari
quyidagicha bo‘ladi: Samarqand shevasida «-ga» formanti jO‘nalish va o‘rin-payt kelishiklari
ma`nosini ifodalaydi: Buxoroga ketopti («Buxoroga»- otning jO‘nalish kelishigidagi shakli),
Buxoroga O‘qopti ( «Buxoroga» – otning o‘rin-payt kelishigidagi shakli) kabi. O‘g‘uz lahjasi
shevalarida «-ga» ornida «-g‘a» (qurvaqag‘a), «-ye»(tangeye), «-ne»( erkine), «-na(yanO‘na),»-
e»(uyime) formantlari ishlatiladi. Bunday har xillik tushum va qaratqich kelishiklarida ham
mavjud: «-ni»/»-nO‘», «-ning»/»-nO‘ng» (qipchoq lahjasi shevalarida), «-ning»/»-ing»,»-
nO‘ng»/»-O‘ng» (Iqon, qorabuloq, hazorasp shevalarida), «-ni»/»-ti»/»-pi»/»-yi»/»-mi»
(Toshkent shevasida) kabi. Bunday ko‘p variantlilik adabiy tilga ko‘chirilmagan.
Shuni ham aytish kerakki, ko‘pchilik shevalarda tushum va qaratqich kelishiklari deyarli
farqlanmaydi. Shuning uchun ham kelishiklar soni Toshkent, Farg‘ona, Xeva-Urganch
shevalarida -ota’, qarshi shevasida 4tadir. qipchoq lahjasining j-lovchi shevalarida, qarluqchigil-
uyg‘ur lahjasining Iqon-qorabuloq dialektida esa ularning soni 6 taga etadi. Hozirgi
o‘zbek adabiy tilining 6 kelishikli tizimga asoslanishida ana shu lahjalarning morfologik
xususiyati hisobga olingan.
«Hozirgi o‘zbek adabiy tili» kursi tilshunoslikning quyidagi bo‘limlarini O‘z ichiga oladi:
1.Fonetika va fologiya. Bu bo‘limlarda Hozirgi o‘zbek adabiy tilining fonetik-fonologik
sathiga oid tizimlar (vokalizm, konsonantizm), segment va supersegment birliklar ( fonema,
bo‘g‘in, urg‘u, intonatsiya, fraza, takt), prosodik elementlar
(temp, tembr, ritm, melodika, pauza va b.lar), ularning til va nutqdagi roli haqida fikr
2.Grafika va orfografiya. Bu bo‘limlarda Hozirgi o‘zbek adabiy tilining yozuv tizimlari
(kirillcha va lotincha O‘zbek yozuvlari), ularning asosiy komponentlari va belgilari, orfografiya
printsiplari va qoidalari xususida bahs yuritiladi.
3.Orfoepiya. Bu bo‘limda O‘zbek tilining to‘g‘ri (adabiy) talaffuz me`yorlari, ularni
belgilovchi omillar haqida ma`lumot beriladi.
4.Leksikologiya va frazeologiya. Bu bo‘limlarda O‘zbek tilining lug‘at boyligi, uning
rivojlanish qonuniyatlari, lug‘aviy birliklarning qatlamlanishi, turlari, leksik-semantik va
tematik guruhlari, leksema va frazemalarning semantik tarkibi, qo‘llanish xususiyatlari
5.Leksikografiya. Bu bo‘limda lug‘atchilik, lug‘at tiplari va turlari, lug‘atlarning tuzilish
printsiplari, lug‘at maqolalarining sxemalari, lug‘atlarning amaliy ahamiyati xususida bahs
6.Morfemika. Bu bo‘limda so‘z yoki so‘zning grammatik shakllari tarkibidagi ma`noli
qismlar – morfemalar xususida, morfemalarning funktsional-semantik, strukturaviy va pozitsion
tavsifi haqida ma`lumot beriladi.
7.So‘z yasalishi. Bu bo‘limda O‘zbek tilining so‘z yasash usullari, ularning so‘z
turkumlari bo‘yicha tavsifi, tarixiy va hozirgi so‘z yasalishi kabi masalalar yoritiladi.
2 Bu haqda qarang: Daniyarov X. Opыt izucheniya djekayuщix dialektov v sravnenii s o’ zbekskim
literaturnыm yazыkom.- Tashkent:.”Fan”, 1975, s.224-225. ego je: Vostochno-kыpchakskie (djekayuщie) govorы i
ix uchastie v razvitii o’ zbekskogo literaturnogo yazыka. – ADD, Tashkent, 1977, s 46-47. Yana qarang:
Tuchiychiboev B.O’ zbek tilining tarakkiyot boskichlari- Toshkent:”U³ituvchi” ,1996, 174-б.
8.Morfologiya. Bu bo‘lim grammatikaning bir qismi bo‘lib, unda grammatik ma`no va
grammatik shakllar, shular orasidagi aloqadorlik asosida yuzaga kelgan grammatik kategoriyalar,
so‘zlarni turkumlarga birlashtirish printsiplari, har bir so‘z turkumining ma`no turlari,
morfologik belgilari, gapdagi funtsional xarakteristikasi haqida fikr yuritiladi.
9.Sintaksis. Bu bo‘lim grammatikaning ikkinchi qismi bo‘lib, unda so‘z birikmalari va gap
turlari, so‘zlarning grammatik munosabatga kirishish yo‘llari O‘rganiladi.
10.Punktuatsiya. Bu bo‘limda yozuv sistemasining uchinchi komponenti(birinchi
komponenti-grafika, ikkinchi komponenti-orfografiya) xususida ma`lumot beriladi. U sintaksis
bilan parallel` ravishda O‘rganiladi, chunki tinish belgilarining qo‘llanishi, asosan, gap ichida va
nutqda namoyon bo‘ladi.
Tekshirish savollari
1.«Hozirgi o‘zbek adabiy tili» kursi nimani o‘rganadi?
2.Kurs oldiga qanday maqsad va vazifalar qo‘yilgan?
3.Nima uchun adabiy til milliy tilning oliy formasi sanaladi? Belgilari?
4.Adabiy til bilan dialekt, sheva va funktsional stillar o‘rtasidagi
munosabatlar va tafovutlar nimadan iborat?
5.Adabiy tilning og‘zaki va yozma shakllari qanday farqlanadi?
6.Til taraqqiyotini belgilovchi lingvistik va ekstralingvistik omillarni qanday
7.Adabiy tilning vazifa doirasi?
8.Hozirgi o‘zbek adabiy tilining qanday tarixiy ildizlari bo‘lgan?
9.Bunday tarixiy ildizlar va jarayonlardan xabardor bo‘lishning amaliy ahamiyati nimada?
10.Qadimgi turkiy til vokalizmi qanday unlilardan tarkib topgan?
11.Eski turkiy va eski o‘zbek adabiy tillari vokalizmi haqida nimalarni bilasiz?
12.Vokalizm tizimidagi kontrast juftliklarni qanday tushunasiz?
13.Hozirgi o‘zbek adabiy tili vokalizmida nechta unli bor? Ular yo‘g‘onlik-ingichkalik
belgisiga ko‘ra kontrast juftliklarni hosil qiladimi?
14.Qadimgi turkiy til konsonantizmi qanday undoshlardan tarkib topgan? Eski O‘zbek
adabiy tili konsonantizmi-chi?
15.Hozirgi o‘zbek adabiy tili va qadimgi turkiy til undoshlari tizimining asosiy farqlari
16.Qadimgi turkiy tildan Hozirgi o‘zbek adabiy tiligacha bo‘lgan tarixiy taraqqiyot
jarayonida fonemalarning paradigmatik va sintagmatik xususiyatlarida qanday o‘zgarishlar yuz
17.Singarmonizm nima? Hozirgi o‘zbek adabiy tilida singarmonizm bormi? Shevalardachi?
18.qadimgi turkiy tildan Hozirgi o‘zbek adabiy tiligacha bo‘lgan davrda tilning leksik
sathida (lug‘at boyligida) qanday o‘zgarishlar bo‘lgan?
19.Tilning grammatik qurilishida bo‘lgan o‘zgarishlar haqida nimalarni bilasiz?
20.Hozirgi o‘zbek adabiy tilining dialektal asoslari haqida qanday fikrlar bor?
21.O‘zbek tili shevalari qanday lahjalarga birlashadi?
22.Hozirgi o‘zbek adabiy tili kursining qanday bo‘limlari bor?
Adabiyotlar
1. H.Jamolxonov. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Toshkent, 2005.
2. U.Tursunov va boshqalar. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Toshkent. 1992.
3. G‘.Abdurahmonov, S.Mamajonov. O‘zbek tili va adabiyoti. Toshkent, 1995.
4. S.Otamirzaeva, M.Yusupova. O‘zbek tili. Toshkent, 2004.
5. Sh.Ranmatullayev. Hozirgi adabiy o‘zbek tili. Toshkent, 2007.
6. R.Sayfullaeva va b.Hozirgi o‘zbek titi. Toshkent, 2009.