Ushbu kitobga o xshash asarlar
birligining o„zigina kifoya emas. Buning uchun millat sifatida uyushadigan jamoa
Hozirgi oʻzbek adabiy tili pdf
So‘zlarni adabiy til me’yorlari asosida to‘g‘ri yozish – savodxonlik madaniylikning muhim belgilaridandir. Savodxon bo‘lmoq uchun imlo qoidalarini bilish shartdir. Binobarin, imlo qoidalari – savodxonligimiz asosidir. Imlo adabiy tilning yozma shakli bilan aloqador bo‘lib, u to‘g‘ri yozish qoidalarini o‘rgatuvchi hamda ular haqida batafsil ma’lumot beruvchi tilshunoslikning alohida bir bo‘limidir. Imlo yozuv vositalari orqali so‘z va so‘z shakllarining bir xilda yozilishini tartibga soladi. Imlo tufayli so‘zlar yagona yozuv shakliga ega bo‘ladi.
Imlo muayyan qonun-qoidalarga asoslanadi. Bu qoidalarga unli va undoshlarning yozilishi, asos va qo‘shimchalarning yozilishi, qo‘shma so‘zlarning yozilishi, bosh harflarning qo‘llanishi, ko‘chirish qoidalari kabilar kiradi.
Imlo qoidalari til taraqqiyotining ma’lum bir bosqichini nazarda tutgan holda tuziladi. Tilning rivojlanishi hamda ba’zi hollarda yozuvning o‘zgarishi bilan imlo qoidalari ham shunga mos ravishda takomillashtirilib boriladi.
Imlo orfoepiya hamda alfavit bilan uzviy ravishda bog‘liqdir. Adabiy talaffuz me’yorlarining aniq ishlab chiqilishi o‘z navbatida imlo qoidalarining puxta va pishiq bo‘lishida yordam beradi. Alifbo adabiy tildagi fonemalarni to‘la va to‘g‘ri ifodalash uchun yetarli harfiy belgilarga ega bo‘lsa, imlo ham shunga muvofiq ravishda davr talablariga javob bera oladigan mukammal va qulay qoidalarni o‘zida tarkib toptiradi.
Har qanday yozuv tizimi ma’lum qonun-qoidalarga, ularning asosida yotuvchi imloviy tamoyillarga asoslanib ish ko‘radi. Imloviy tamoyillar yozuv me’yorlariga oid qoidalarni bir xilda, turg‘un shakllarda muayyan tartibda ushlab turuvchi asosiy omil sanaladi.
Hozirgi o‘zbek imlosi quyidagi tamoyillarga tayanadi:
1) fonetik tamoyil; 2) morfologik tamoyil; 3) tarixiy – an’anaviy tamoyil; 4) farqlash (differensiasiya) tamoyili; 5) etimologik yoki grafik tamoyil.
Fonetik tamoyil. Fonetik tamoyilga ko‘ra, so‘z va qo‘shimchalar jonli nutqda qanday aytilsa, yozuvda ham shunday ifoda qilinadi. Masalan, son so‘ziga -a, ong so‘ziga -la, ishla so‘ziga -v+chi qo‘shimchasi qo‘shilganda, bu so‘zlar sana, angla, ishlovchi deb aytiladi va shunday yoziladi.
Fonetik tamoyil imloni jonli nutqqa yaqinlashtiradi, yozuv bilan talaffuz orasida yaqin aloqa va munosabat borligini ko‘rsatadi.
Fonetik tamoyil so‘zlarning talaffuz shaklini asos qilib oladi. Lekin bu tamoyil milliy til doirasidagi har qanday talaffuzga emas, balki adabiy talaffuz me’yorlari doirasidagi holatlarga tayanadi. Masalan, ketyapti so‘zi o‘zbek milliy tili doirasida ketvotti, ketopti, ketutti, ketyapti shakllarida turlicha talaffuz qilinadi. Fonetik tamoyil keltirilgan talaffuz shakllaridan adabiy me’yor sifatida tan olingan ketyapti shakliga tayanadi.
O‘zbek imlosida fonetik tamoyilga amal qiluvchi holatlarga quyidagilarni keltirish mumkin:
1. Tilimizda bir qator fe’l asoslari a unlisi bilan tugaydi. Bunday fe’llarga -v qo‘shimchasi qo‘shilganda a tovushi o tarzida aytiladi va shunday yoziladi: chanqa+v = chanqov, teja +v = tejov, maqta +v = maqtov, qatna +v = qatnov, hayda +v = haydov, chayqa +v = chayqov, terga +v = tergov va boshqalar.
2. O‘zbek tilida bir qator fe’llar –la qo‘shimchasi bilan yasalgan. Shunday -la affiksli fe’llarga –v qo‘shimchasi qo‘shilganda so‘z oxiridagi a tovushi o ga o‘tadi va so‘z o‘sha shaklda talaffuz etiladi va yozilishda ham shunday holat saqlanadi: bag‘ishla+v = bag‘ishlov, sozla+v = sozlov, bog‘la+v = bog‘lov, aybla +v = ayblov, qishla+v = qishlov, oqla +v = oqlov kabilar.
3. Oxiri a tovushi bilan tugagan ba’zi so‘zlarga -q qo‘shimchasi qo‘shilganda ham a tovushi o bo‘lib aytiladi va so‘z mana shu o‘zgarishni hisobga olgan holda yoziladi: tarqa +q = tarqoq, so‘ra +q = so‘roq, yangra+q = yangroq, qaltira +q = qaltiroq, quvna +q = quvnoq, yumsha +q = yumshoq, yaltira +q = yaltiroq, sana +q = sanoq kabilar.
4. Tilimizdagi og‘iz, ko‘ngil, qorin, o‘g‘il, singil, o‘rin, bo‘yin, burun kabi so‘zlar egalik qo‘shimchasini olganda asosning ikkinchi bo‘g‘inidagi i yoki u unlisi tushirib talaffuz qilinadi. Bunday so‘zlar fonetik tamoyilga ko‘ra o‘sha talaffuz shaklida yoziladi: og‘iz+im= og‘zim, og‘iz+ing= og‘zing, og‘iz + i= og‘zi; singil+im= singlim, singil +ing= singling, singil +i = singli; burun+ im= burnim, burun + ing= burning, burun +i = burni; o‘rin +im = o‘rnim, o‘rin +ing= o‘rning, o‘rin +i = o‘rni kabilar.
5. Imloda fonetik tamoyilga amal qilish oxiri jarangsiz q va k undoshlari bilan tugagan so‘zlar imlosini qoidalashtirishda ham kuzatiladi:
1) oxiri q bilan bitgan so‘zlarga egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda q tovushi g‘ tovushiga o‘tadi va so‘z shunday shaklda yoziladi: qiyiq+im= qiyig‘im, qiyiq +ing= qiyig‘ing, qiyiq +i = qiyig‘i, oyoq +im = oyog‘im, oyoq +ing= oyog‘ing, oyoq +i = oyog‘i. Bularga yana bayrog‘i (bayroq +i ), ayig‘i (ayiq +i ), qozig‘i (qoziq+i ), qayig‘i (qayiq+i ), balig‘i (baliq+i ), qishlog‘i (qishloq+i ) so‘zlari misol bo‘la oladi. Ba’zan q bilan tugagan so‘zlarga egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda q tovushi o‘zgarishsiz qoladi. Bunday so‘zlar ham fonetik prinsipga binoan o‘sha shaklda yoziladi: axloq – axloqi, ittifoq-ittifoqi, mashq-mashqi, nutq – nutqi, huquq-huquqi, haq-haqi, xulq-xulqi, ishq-ishqi kabilar.
2) k undoshi bilan tugagan so‘zlarga egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda k undoshi jarangli g tovushiga o‘tadi. Talaffuzda ham, yozuvda ham shu holat saqlanadi: bilak +im = bilagim, bilak+ing=bilaging, bilak +i = bilagi; tilak +im = tilagim, tilak +ing= tilaging, tilak +i = tilagi. Tirgagi (tirgak +i ), bargagi (bargak +i ), bezagi (bezak +i ), o‘rdagi (o‘rdak +i ), yuragi (yurak +i ), ilgagi (ilgak+i ), kovagi (kovak+i ) kabilar ham shunday so‘zlarga misoldir.
Ammo k tovushi bilan tugagan bir qator so‘zlar egalik qo‘shimchasini olganda jarangsiz k tovushi g tovushiga o‘tmaydi, o‘zgarishsiz, o‘z holida aytiladi va bu so‘zlar talaffuziga ko‘ra yozilaveradi: nok+im = nokim,nok+ing= noking, nok+i = noki; chek+i =cheki, chok+i =choki, yuk+i =yuki, ishtirok+i =ishtiroki, tok+i =toki, tank+i =tanki, sirk+i =sirki, ocherk+i =ocherki, bank+i =banki, bak+i =baki kabilar shunday so‘zlar jumlasiga kiradi.
6. Tilimizda jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi asosan -ga tarzida yoziladi: maktabga, zavodga, ishga, uyga, shaharga, Buxoroga kabi. Ammo nutq jarayonida k, q tovushlari bilan bitgan so‘zlarga qo‘shilib kelganda fonetik o‘zgarishga uchraydi. Bu imloda aks etadi:
1) oxiri k bilan bitgan so‘zlarda -ga affiksi -ka tarzida aytiladi va imloda ham shunday yoziladi: kovak+ga =kovakka, tilak +ga = tilakka, bilak +ga = bilakka, katak +ga = katakka, tuvak+ga = tuvakka, danak+ga = danakka va boshqalar.
2) so‘z oxiri q undoshi bilan tugasa, -ga qo‘shimchasi -qa tarzida talaffuz qilinadi, bu shakl imloda ham saqlanadi: pichoq +ga = pichoqqa, yotoq+ga = yotoqqa, tovoq+ga = tovoqqa, so‘roq+ga = so‘roqqa, tayoq +ga = tayoqqa va boshqalar.
Aytilganlardan anglashiladiki , fonetik tamoyil yozuv bilan talaffuzni bir – biriga yaqinlashtiradi, ular o‘rtasida ma’lum darajada umumiylikni vujudga keltirish uchun xizmat qiladi.
Morfologik tamoyil. Bu tamoyilga ko‘ra, so‘zlar va ularning tarkibiy qismlari jonli so‘zlashuvdagi talaffuziga qarab emas, balki asl shakllariga muvofiq yoziladi. Masalan, uchta, kelib turibdi, shanba, go‘sht so‘zlari og‘zaki nutqda ushta, kep turipti, shamba, go‘sh shaklida aytiladi. Lekin morfologik tamoyilga asosan uchta, kelib turibdi, shanba, go‘sht tarzida yoziladi.
Morfologik tamoyil o‘zbek imlosining etakchi tamoyillaridan hisoblanadi. Imlo qoidalarining ko‘pchiligi morfologik tamoyilga asoslangan holda tuziladi. Bu tamoyil so‘z va morfemalarni yozishda bir xillikni ta’minlaydi.
Hozirgi o‘zbek imlosida morfologik tamoyil asosida yoziladigan so‘z va morfemalarga namuna sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
1. Jarangli b tovushi bilan tugagan so‘zlarda bu tovush talaffuzda jarangsizlashib p tarzida aytiladi, ammo imloda asliga ko‘ra jarangli b tovushi bilan yoziladi: kitob, maktab, mirob, javob, g‘olib, kosib, tartib, laqab, azob, asab, targ‘ib, mansab, maktub, choyshab kabilar.
2. Jarangli d undoshi so‘z oxirida jarangsizlanib t tarzida talaffuz qilinadi, lekin asliga binoan har vaqt d bilan yoziladi:obod, ozod, savod, mard, dard, maqsud, dilshod, daromad, iqtisod, murod, harid, nobud, mavjud, madad, qand, zumrad, maqsad, tanqid va boshqalar.
3. O‘tgan zamon fe’lining III shaxs ko‘rsatkichi -di, o‘rin kelishigi qo‘shimchasi -da, chiqish kelishigi qo‘shimchasi -dan jarangsiz tovush bilan tugagan so‘zlarga qo‘shilganda progressiv assimilyasiyaga uchrab -ti, -ta, -tan shaklida aytiladi, shunga qaramay morfologik tamoyilga binoan har doim -di, -da, -dan tarzida yoziladi: o‘tti-o‘tdi, ketti-ketdi, tutti-tutdi, ichti-ichdi, bitti-bitdi, ishta-ishda, ko‘kta-ko‘kda, o‘tta-o‘tda, ottan-otdan, boshtan-boshdan, o‘qishtan-o‘qishdan singarilar.
4. Og‘zaki nutqda ba’zan so‘z oxirida yonma-yon kelgan qo‘sh undoshlardan keyingisi tushirilgan holda aytiladi, ammo yozuvda saqlanadi. Masalan do‘st, go‘sht, musht, g‘isht, juft, to‘rt, dasht, past, sust, rost, Toshkent kabi so‘zlarda so‘nggi t tovushi va xursand, bahramand, ixlosmand, davlatmand, garchand, Samarqand singari so‘zlarda so‘nggi d tovushi talaffuzda tushib qoladi. Lekin asliga muvofiq bunday so‘zlar oxirida t va d undoshlari yozilaveradi.
5. Ayrim so‘zlarning birinchi bug‘inida u unlisi kelsa, ikkinchi bo‘g‘inida i tovushi eshitiladi, ammo yozuvda asliga ko‘ra u tovushi saqlanadi va yoziladi: uchqun, uzun, unum, turmush, tuzum, butun, turg‘un, mushkul, uzuk, uchqur, quzg‘un, surgun, bulut, bugun, guruh, kumush, uzuk, usul, sukut, chuqur kabilar.
6. So‘z o‘rtasida kelgan n undoshi o‘zidan keyingi b, m undoshlari ta’sirida m bo‘lib eshitiladi, ammo asli bo‘yicha doimo n bilan yoziladi: shamba, sumbula, tambal, mamba, aylamma, jomboz, yombosh, tambeh, yomma-yon (talaffuzda) –shanba, sunbula, tanbal, manba, aylanma, jonboz, yonbosh, tanbeh, yonma -yon (yozuvda) va boshqalar.
Shakliy an’anaviy tamoyil
Bu tamoyilga ko’ra boshqa tillardan o’zlashgan so’zlar hozir ham o’tmishdagi shaklga muvofiq yoki o’zi mansub bo’lgan tildagi skaklini o‘zbek imlosida ham saqlangan holda yoziladi. Bu tamoyil asosida quyidagi kabi imlo qoidalari ishlab chiqilgan:
1.Manfaat, matbaa, mutoalaa, taajjub, taassurot kabi arab tilida o’zlashgan so’zlarda bitta cho‘ziq a talaffuz qilinsa ham, arab imlosining saqlangan holda yozuvda ikkita a yoziladi.
2.Mubolag’a,muzokara, munosabat ,muhokama kabi arabcha so’zlarning urg’usiz bo’g’inida a og’zaki nutqda qisqa i tarzida aytilsa ham, an’anaga ko’ra a yoziladi.
3.Tadbir, tatbiq so’zlarining birinchi bo’g’ini oxiridagi d va t undoshlari bir xil t tovushi tarzida talaffuz qilinsa ham, yozuvda d va t undosh harflari saqlanadi.
Tarixiy-an’anaviy tamoyil. So‘z va morfemalarning yozuvda qadimdan odat bo‘lib qolgan shaklda yozilishi imloning tarixiy-an‘anaviy tamoyili deb ataladi. Bu tamoyilda so‘zlarning yagona shakli va talaffuzi e’tiborga olinmaydi. So‘zlar hozirgi holatiga qarab emas, balki qadimdan an‘ana tusiga kirib qolgan qoidalar asosida yoziladi. Masalan fikr, qadr, aql, ilm so‘zlari talaffuzda i tovushi orttirilgan holda fikir, qadir, aqil, ilim tarzida aytiladi. Ammo tarixiy-an’anaviy tamoyil bo‘yicha bu so‘zlar i tovushisiz yoziladi.
Tarixiy-an’anaviy tamoyilga ko‘ra yoziladigan so‘zlarga misol sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
1. O‘zbek tilidagi o‘zlashma so‘zlarda ko‘pincha ikki undosh tovush yonma-yon keladi. Bular talaffuz qilinganda ikki undosh orasida qisqa i unlisi paydo bo‘ladi. Ammo bu imloda hisobga olinmaydi. So‘zlar an‘anaga muvofiq avvalgi shakllari bo‘yicha yozila beradi: fahm, sharm, fasl, lahm, hatm, nasl, muhr, jabr, vazn, mehr, zulm, ayb, kibr, vasl, vazn, husn, sinf, jahl, naqsh, rasm kabilar.
2. So‘z o‘zaklarida ikki unlining qator kelishi aslida o‘zbek tiliga xos xususiyatlardan emas. Shuning uchun og‘zaki nutqda doim, oila, rais, oid, doira, maishat, qoida, doir, shoir, suiqasd, Noila, Naima, Raisa, Said, Saida kabi so‘zlarda ikki unli orasiga bir y undoshi orttirib talaffuz qilinadi. Ammo bu xil so‘zlar imloda tarixiy an‘anaga muvofiq –y tovushisiz yozila beradi.
3. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida ba’zi bir qo‘shimchalar ham tarixiy -an‘anaviy tamoyil asosida yozilishi mumkin:
1) sifatdosh yasovchi -r (-ar) qo‘shimchasining -ur shakli mumtoz adabiyotimizda keng qo‘llanilgan. Bu shakl she’riy asarlarda hozir ham uchrab turadi: Jismimiz yo‘qolur, o‘chmas nomimiz, G‘alaba to‘yida bo‘larmiz biz ham. (H. Olimjon). Agar kuylar esa sho‘x dilrabolar, havolardan kelur dilbar navolar (Vosit Sa’dulla).
2) buyruq -istak mayli qo‘shimchasi -gin o‘tmishdagi an‘anaga ko‘ra ayrim hollarda -gil shaklida yoziladi: Dilrabo, hijronni mendan so’rmagil, gul o‘zing bo‘stonni mendan so‘rmagil (H. Yahyoyev).
3) hozirgi o‘zbek tilida chiqish kelishigi qo‘shimchasi adabiy me’yorga muvofiq – dan shaklida yoziladi. Shu bilan birga she’riy asarlarda ba’zan o‘tmishdagi shakliga muvofiq -din tarzida ham ishlatiladi: Senga baxtdan taxt talarman, Toledin boshingga toj, Mulki husningga omonlik, Toju taxtingga rivoj (E. Vohidov).
4) harakat nomi qo‘shimchasi -moqning -mak shaklida yozilishi ham tarixiy an‘anaga muvofiqdir: Yuzlarimni ko’rmak istasang, Osmondagi oyga boq, Ko‘zlarimni ko’rmak istasang, Osmon to‘la yulduzga boq, Gar o‘zimni ko’rmak istasang, Yovni engib zafar bilan qayt (Uyg‘un).
Bundan tashqari, -dir qo‘shimchasining ayrim hollarda -dur, -ga qo‘shimchasining -g‘a, -gani qo‘shimchasining -gali, -mi affiks yuklamasining -mu shakllarida yozilishi ham tarixiy-an‘anaviy tamoyilga ko‘radir: boshindadur, ko‘rinadur, yoshindadur, qoshindadur; qo‘lg‘a, yo‘lg‘a, g‘amg‘a; ko‘rgali, kuydirgali, o‘qigali, tergali; sog‘indingmu, keldingmu, qoldimu, yozdimu kabi.
Shuningdek, u, bu , shu, o‘sha olmoshlari eski o‘zbek tilida ul, bul, shul, o‘shal shakllarida ishlatilgan. Bu shakllar hozirgi o‘zbek adabiy tilida ham uchrab turadi: O‘shal kun kelur (qo‘shiqdan). Tushda ko‘rdim ul parini ey sabo uyg‘otmagil (E. Vohidov).
Farqlash (differensiasiya) tamoyili. Bu tamoyilga ko‘ra og‘zaki tilda o‘xshash, yaqin talaffuz qilinuvchi bir qator so‘zlar yozuvda shaklan farqlangan holda yoziladi. Farqlashning bir necha ko‘rinishlari bor:
1) unli tovushlarga ko‘ra farqlash: jodi (asbob) – jodu (sehrli), oxir (so‘ng) – oxur (mollarning oziqlanadigan joyi), urish (fe’l) – urush (jang, muhoraba), tursin (fe’l) – Tursun (ism), kampaniya (ma’lum davr) – kompaniya (sheriklar, shirkat);
2) undosh tovushlarga ko‘ra farqlash: abzal (ot asbobi) –afzal (yaxshi), ganj (xazina) – ganch (qurilish materiali), paqir (chelak) – faqir (kambag‘al, bechora), xush (yaxshi) – hush (sezgi, es), xol (yuzdagi xol) – hol (ahvol), pakt (siyosiy bitim) – fakt (dalil , isbot), zond (medisina asbobi) – zont (soyabon);
3) urg‘u vositasida farqlash: atlas (geografik kartalar yig‘indisi) – atlas (mato, material), yangi (sifat) – yangi (ravish), olim (ilmiy kishi) – Olim (ism), guli (meva guli) – Guli (ism), bosma (ot) – bosma (fe’l), akademik (sifat) –akademik (ot), olma – olma, suzma – suzma, surma – surma, tugma – tugma, tortma – tortma kabilar;
4) unlining cho‘ziq-qisqaligi orqali, aniqrog‘i yozuvda tutuq belgisini qo‘llash orqali farqlash: davo – da’vo, ayon – a’yon, sava – sa’va, alam – a’lam, tana – ta’na, sher – she’r, tarif – ta’rif, taqib – ta’qib;
5) qo‘shimchalarga ko‘ra farqlash: bo‘shlik (yuvoshlik, ojizlik) – bo‘shliq (fazo), borlik (biror narsaga egalik, mavjudlik) – borliq (dunyo, koinot), otalik (otaga xos, otalik burchi) – otaliq (otaliqqa olish), tog‘lik (tog‘da yashaydigan kishi) – tog‘liq (tog‘li joy), oqlik (belgi oti) –oqliq (sut, qatiq), og‘alik (akalik) – og‘aliq (amal nomi). Misollarimizda -lik va -liq qo‘shimchalari ma’noni farqlash uchun xizmat qilgan. Bundan tashqari, -li va -lik qo‘shimchalari yordamida ham so‘zlar yozuvda farq qilinadi: bolali (bolasi bor kishi)- bolalik (yoshlik, bolalik vaqti), belbog‘li (belbog‘i bor kishi) – belbog‘lik (belbog‘ bo‘ladigan mato), kiyimli (kiyimi bor kishi) – kiyimlik (kiyim bo‘ladigan mato), tog‘li (tog‘li joy)- tog‘lik (tog‘likda yashovchi), onali (onasi bor) – onalik (onalik mehri) va boshqalar.
Etimologik yoki grafik tamoyil. Imloning etimologik yoki grafik tamoyili o‘zlashma so‘zlarning yozilishini qoidalashtirishda muhim rol o‘ynaydi. Bu tamoyilga ko‘ra o‘zlashma so‘zlar manba tilda qaysi shaklda yozilgan bo‘lsa, qabul qiluvchi tilda ham shunday shaklda yoziladi. Bunda o‘zlashma so‘zning o‘zi mansub bo‘lgan tildagi grafik shakli o‘zbek imlosida ham saqlanadi. Rus tili va u orqali boshqa tillardan o‘zlashtirilgan so‘z va atamalarning aksariyati o‘zbek tilida mana shu etimologik (grafik) tamoyil asosida yoziladi. Masalan, rus tilidagi ocherk, opera, tonna, nota, pochta, rota so‘zlari o‘zbek tilida o‘cherk, o‘pera, to‘nna, no‘ta, po‘chta, ro‘ta shaklida talaffuz qilinsa-da, rus tilidagi grafik shakli bo‘yicha ocherk, opera, tonna, nota, pochta, rota tarzida yoziladi. SHuningdek kombayn, kompot, montaj, motosikl, motor, obzor so‘zlarining urg‘usiz bo‘g‘inidagi o unlisi a unlisi tarzida; rektor, direktor, prorektor, transformator, traktor kabi so‘zlarning oxirgi bo‘g‘inidagi o unlisi i tarzida aytiladi, ammo bu so‘zlarda grafik tomoyilga ko‘ra yozuvda o unlisi saqlanadi.
Rus tilidan o‘zlashgan bir qator so‘zlar oxirida ikki undosh yonma-yon keladi. Bu so‘zlar talaffuz qilinganda ikki undosh orasida qisqa i tovushi orttiriladi. Ammo yozuvda bu tovush hisobga olinmaydi va so‘zlar etimologik tamoyil asosida ruscha shaklida yozila beradi: litr, semestr, keks, boks, bifshteks, gips, orkestr, filtr, punkt, teatr va boshqalar.
Vise-prezident, unter-ofiser, kilovatt-soat, eks-chempion, gramm-molekula, gramm-atom singari ruscha o‘zlashmalar o‘zbek tilida ruscha holatiga ko‘ra chiziqcha bilan yoziladi.
Tilimizdagi ayrim arabcha so‘zlar ham etimologik tamoyil asosida yoziladi. Chunonchi, muammo, maoniy, mutolaa, mudofaa, va’da, a’lo, she’r , ba’zan, ma’ruf, ta’lim, ta’zim, mash’al, qal’a, daf’a, shu’la, mo‘jiza, da’vat, hay’at, ma’rifat, ma’shuq, me’mor, ta’sis, daf’atan, ra’y, ne’mat, iste’fo, mo‘tadil singari so‘zlar etimologik tamoyilga ko‘ra arab tilidagi holaticha yoziladi. Tutuq belgili so‘zlar asli arabcha bo‘lib, arab alifbosi amal qilgan davrda ayn bilan yozilgan va talaffuz qilingan. Hozirda bu so‘zlar amaldagi imlo qoidalariga ko‘ra «’» belgisi bilan yozilmoqda. Yangi alifbo bo‘yicha bunday so‘zlarda tutuq belgisidan foydalaniladigan bo‘lindi.
Etimologik tamoyil imloning morfologik va tarixiy -an‘anaviy tamoyillariga yaqin turadi. Ular o‘rtasida qandaydir o‘xshashlik, umumiylik alomatlari mavjud. Lekin bu tamoyillar o‘zaro farqlarga ega.
Imloning yuqorida qayd etilgan besh tamoyili o‘zaro bog‘liq bo‘lib, ular bir-birini to‘ldirish uchun xizmat qiladi. Imlo tamoyillari yozuvning nazariy asosidir. Shu bois imlo tamoyillarini o‘rganish yozuv amaliyoti uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Hozirgi oʻzbek adabiy tili pdf
Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o’qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali
Kitobni qanday sotib olish mumkin?
Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro’yxatdan o’tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to’ldirish mumkin, kerak bo’lgan kitob uchun qanday to’lovni amalga oshirish
Siz muallifmisiz?
Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.
Savol-javoblar
Agar men O‘zbekistonda bo’lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.
Hozirgi O‘zbek adabiy tili
Ko‘rganlar, jami:
Hammuallif:
Nashr yili:
ISBN raqami:
Kitob mahsulotlarining xarakteristikalari, yetkazib berish shartlari, tashqi ko’rinishi va rangi haqidagi ma’lumotlar faqat ma’lumot uchun mo’ljallangan va joylashtirilgan paytda mavjud bo’lgan eng so’nggi ma’lumotlarga asoslanadi.
Elektron kitob
E’tibor bering “Sotib olingan kitoblar qanday o’qiladi?” bo’limi bilan tanishib chiqing!
Buyurtma berish uchun, avtorizatsiyadan o’ting
Do‘stlarizga tavsiya eting
- Annotatsiya
- Fikr va mulohazalar
“Hozirgi o‘zbek adabiy tili” o‘quv qo‘llanmasi o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olayotgan abiturient va talabalarga mo‘ljallangan. Qo‘llanma “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” kursining “Fonetika”, “Leksikologiya”, “Morfologiya”, “Sintaksis”, “Punktuatsiya”, “Uslubiyat” kabi bo‘limlarni o‘z ichiga olgan. Har bir bo‘limga oid mavzular atrofl icha yoritilgan.
1-Mavzu : Hozirgi o`zbek adabiy tilining shakillanishi, dialektal asoslari taraqqiyot omillari. Adabiy til tushunchasi
3.Hozirgi o`zbek tili va uning qarindosh turkiy tillar bilan aloqasi.
4.O`zbek tili va uning boshqa tillar bilan aloqasi.
5.Adabiy til .O`zbek tili va uning taraqqiyot bosqichlari.
1.Hozirgi o„zbek tili o„zbek xalqining milliy tilidir.
Hozirgi o„zbek tili shu tilda so„zlashuvchilarning hammasi uchun baravar
aloqa vositasi sifatida xizmat qiladigan umumxalq tilidir.
Hozirgi o„zbek tilining fonetik tizimi, asosiy lug„at tarkibi va grammatik
qurilishi qadim turkiy tillar manbaida yuzaga kelgan bo„lib, davrlar o„tishi bilan
uning tovushlar tizimida sifat va miqdor o„zgarishlari yuz bergan. Lug„at tarkibi
asosiy lug„at fondi negizida yasalgan yangi so„zlar hisobiga boyib, kengayib
borgan, grammatik qurilishi ham yangiyangi grammatik formalar vositasida
silliqlashgan va takomillashgan. Bu til o„zbek xalqining butun tarixi davomida shu
tilda so„zlashuvchi yuzlab avlodlar tomonidan yaratilgan til bo„lib, u shu til
vakillarining ijtimoiy ahvoli, sinfiy tabaqalanishi, yoshi, jinsi, kasbi va boshqa
xususiyatlaridan qat‟iy nazar, ularning hammasi uchun umumiy aloqa vositasi
sifatida xizmat qiladi.
Tarixiy ma‟lumotlar va yozma yodgorliklarga
qaraganda, o„zbek tili XI-XII asrlarda yozma shaklga ega bo„lgan xalq tili sifatida
shakllangan. XIII-XIV asrlar o„zbek adabiy tilining ilk davrlari bilan xarakterlanib,
o„zbek yozma adabiyoti o„z o„rnini barqaror egallagan.
Keyingi davrlarda uzoq tarixiy jarayon XIV-XV, XVII-XVIII, XVIII-XIX
va ayniqsa, XX asrning I yarmi o„zbek adabiy tilining takomillashuv va taraqqiyot
jarayonlari bo„ldi. Ana shu uzoq tarixiy jarayonda o„zbek tili o„zining barcha
xususiyatlari bo„yicha sifat o„zgarishlariga uchrab, milliy til shakliga kirdi.
Ma‟lumki, millatning eng muhim belgilaridan biri uning til birligidir. Har
qanday millat ijtimoiy jamoa a‟zolarining barchasi uchun umumiy bo„lgan til
birligiga ega bo„lmay turib millat sifatida uyushishi, uning tili milliy til shakliga
kirish mumkin emas. Biroq millatning millat sifatida shakllanishi uchun faqat til
birligining o„zigina kifoya emas. Buning uchun millat sifatida uyushadigan jamoa
o„zining har tomonlama chegaralanmagan, tayziqsiz hududiy butunligi, iqtisodiy
turmush, madaniy va, eng avvalo, ma‟naviy barqarorligiga ega bo„lishi lozim. Ana
shu sifatlarning barchasi mavjud bo„lgandagina millat-millat sifatida qaror topadi,
tili esa uning yagona milliy tili bo„lib qoladi. Ammo bu sifatlar birdaniga vujudga
kelmaydi. Ular uzoq vaqt mobaynida tarkib topib, rivojlanib, ma‟lum davrda
yuzaga kelgan qulay shartsharoit natijasida millatni tarkib topdiruvchi muhim
belgiga aylanadi. Xalqning millat sifatida, xalq tilining milliy til sifatida tarkib
topishi milliy adabiy tilning asosiy qurilishining o„zgarishigagina emas, balki
tilning bajaradigan vazifasi doirasini ham kengayishiga sabab bo„ladi.
2.Hozirgi o„zbek tili ko„p dialektli milliy tildir.
Har qanday tilning boy dialektal tarkibga ega bo„lishi, uning qurilish
jihatdan boyligini, salobatini, ulug„vorligini ko„rsatadi. O„zbek adabiy tili
tarkibidagi yirikyirik lahjalar, mahalliy dialektlar va ko„plab shevalar o„zbek
tilining quyi formasi hamda tarmoqlaridir. Ular o„zbek tilining doimiy takomilini
ta‟minlovchi manbadir, shuning uchun ular o„zlarining yuqori formasi bo„lgan
yagona o„zbek milliy adabiy tiliga bo„ysunadi va uning taraqqiyoti uchun xizmat
O„zbek tilshunoslari orasida o„zbek dialektlari hozirgacha
turlicha tasnif qilinib kelindi:
til xususiyati jihatidan;
Til xususiyatiga ko„ra o„zbek mahalliy dialektlari dastlab “o” lovchi
a) “y” lovchi, ya‟ni “y” undoshi bilan yo„q deb gapiruvchi shevalar;
b) “j” lovchi, ya‟ni “j” undoshi bilan jo„q deb gapiruvchi shevalar.
Hududiy jihatdan o„zbek dialektlari uch guruhga ajratiladi.
1. Markaziy dialekt. Bunga asosan O„zbekiston respublikasining
markaziy shaharlarida yashovchi xalqi shevalari kiradi.
2. Xorazm dialekti. Bunga hozirgi Xorazm viloyati janubida va
Janubiy Qozog„iston viloyatining Iqon, Qornoq, Qorabuloq, Mankent
qishloqlarida yashovchi o„zbeklar shevasi kiradi.
3. Janubiy o„zbek shevalari yoki qishloq shevalari. Bunga
Toshkentning sharqiy tomonida, Ohangaron vodiysi va Chirchiq daryosi
bo„ylarida, Farg„ona vodiysidagi qishloqlarda, Jizzax va Samarqand
shaharlari atrofida, Xorazmning shimoliy, Surxondaryo va Qashqadaryo
viloyatlarida, Janubiy Qozog„iston viloyatining shimoliy qismida
yashaydigan aholi shevalari kiradi.
Etnik xususiyatiga ko„ra o„zbek
dialektlari Chig„atoy, qipchoq, o„g„uz dialektlariga bo„linadi.
Mahalliy o„zbek dialektlari, bundan tashqari, singarmonizmli va
singarmonizmsiz, eronlashgan va eronlashmagan o„zbek shevalariga ham
bo„linadi. Bu bo„linish o„zbek dialekt va shevalarining xususiyatlarini to„liq
ko„rsata olmaydi, chunki singarmonizmli o„zbek shevalari til xususiyatiga
ko„ra faqat “a” lovchi shevalargagina xos bo„lsa, boshqa hamma dialekt va
shevalarda bu xususiyat yo„q. O„zbek dialektlarining eronlashish
eronlashmaslik xususida ham shunday deyish mumkin, chunki O„zbekiston
hududlaridagi hamma dialekt vakillari juda qadim zamonlardan boshlab
tojiklar bilan hamnafas yashab kelgan, ularning ijtimoiy turmush sharoitlari,
madaniyati va urfodatlari deyarli bir xil bo„lgan. Ularning birbiriga qarshi
qurol ko„tarib chiqqanini tarix eslolmaydi, lekin bosqinchi yovlarga qarshi
har vaqt bir jon, bir tan bo„lib qarshi kurashganlar. Ularning hududiy,
siyosiyiqtisodiy va madaniy yaqinligi tilda ham o„z ifodasini topmay
qolmagan. Tojik tili o„zbek tiliga qanday ta‟sir ko„rsatgan bo„lsa, o„zbek tili
ham tojik tiliga shunday ta‟sir ko„rsatgan. Tojik va o„zbeklar aralash, zich
joylashgan ayrim hududlarda esa hatto o„zbek va tojik, tojik va o„zbek
ikkitilliligi tarkib topgan. Bu ikkitillilik o„zbek va tojiklar uchun ham
umumiy, tojik va o„zbek tili elementlarini o„zida aks ettirgan o„ziga xos
qurama grammatik qurilishiga ham ega bo„lgan.
Mahalliy o„zbek dialektlarini hududiy jihatdan chegaralab ko„rsatish
ham qiyin, chunki bunday tasnifning u qadar ma‟qul emasligini shunda ham
ko„rish mumkinki, birgina “a” lovchi sheva va dialekt vakillari faqat
O„zbekiston Respublikasining qishloq tumanlarida emas, Qozog„iston va
Tojikistonning Janubiy viloyatlarida ham hayot kechiradi, va asosan, shu
dialekt va shevalarda o„zaro muloqotda bo„ladilar.
Mahalliy o„zbek dialektlarini tekshirish va o„rganish hamda ularni
tasnif qilishning eng to„g„ri yo„li dialektlarni o„z til xususiyatlariga qarab
guruhlashtirishdir. Bu dialektlararo umumiylikni va har bir dialektning
boshqa dialektlardan o„ziga xos xususiyatlari bilan farqlanishini ochib
beradi. Dialektlararo bu farq va o„xshashliklarni o„zbek tilshunosligining
maxsus sohasi dialektologiya fani o„rgatadi.
3.Tillar o„rtasidagi aloqa til taraqqiyotini belgilab beradigan eng
muhim omillardan biridir. Bu sohada, ayniqsa, qarindosh tillar o„rtasidagi
munosabat shu tizimdagi barcha tillarning umumiy taraqqiyotiga samarali
ta‟sir ko„rsatadi. O„rta Osiyo va Qozog„iston hududlaridagi o„zbek,
qoraqalpoq, qozoq, qirg„iz va turkman tillari o„zaro aloqalari buning yorqin
Eslatma: tillar o„rtasidagi aloqalar haqida gap borganda, qarindosh
tillar o„rtasidagi aloqa, qardosh tillar o„rtasidagi aloqa hamda noqardosh
tillar o„rtasidagi aloqalarni birbiridan farqlash kerak. Bu aloqalarning
hammasida ham – tillarning qisman fonetik tizimida, grammatik qurilishida,
ko„proq leksik tarkibida o„zaro ta‟sir va o„zgarishlar yuz beradi, lekin bu
o„zgarishlarning tabiati ma‟lum darajada birbiridan farqlanadi.
Qarindosh tillar etnik – kelib chiqish jihatidan bir negizdan tarqalgan,
bir oilaga mansub tillardir. Bunday tillar o„rtasidagi aloqa azaliy va adabiy
bo„ladi, masalan, o„zbek va qoraqalpoq, o„zbek va ozarbayjon, o„zbek va
oltoy tillari o„rtasidagi aloqa shunday aloqadir.
Qardosh tillar aloqasi ikki yo undan ortiq qadimiy hamdo„st, uzoq
davrlar davomida o„zaro hamjihat yashab kelayotgan, hududiy yondosh
xalqlar tillari o„rtasidagi aloqadir. O„zbek va tojik tillari aloqasini shunday
aloqa deyish mumkin, chunki bu ikki xalq uzoq asrlar mobaynida birga,
hamnafas yashab kelayotgani uchun ularning tillari ham doimiy o„zaro
munosabatda bo„lib, o„zbek tili tojik tilidan kirib kelgan olinmalar, tojik tili
o„zbek tilidan qabul qilingan olinmalar hisobiga boyib, o„zgarib kelgan.
Noqardosh tillar o„rtasidagi aloqa zo„rlik, hukmronlik siyosatiga
asoslangan aloqadir. Bunda bir mamlakat boshqa bir mamlakat yo yurtlarni
istilo qilib bosib olingan mamlakat va yurtlar ustidan o„z hukmronlik
siyosatini o„rnatadi, ana shu hukmronlik siyosatini mustahkamlash
maqsadida mazlum xalq tillari ustidan o„z tillarining hukmronlik mavqeini
tiklaydi. Masalan, o„tmishda arab va o„zbek, arab va forstojik, keyinchalik
rus va o„zbek, arab va ayrim kavkaz tillari, aksincha, bularning ta‟sirida
turkiy va hind tillari o„rtasidagi munosabat ana shunday zo„rlik siyosati
asosiga qurilgan. Tillar o„rtasidagi bunday noqardoshlik aloqasining
ahamiyatli tomoni shundaki, bunda tillarning o„zaro ta‟siri mavjud
bo„lmaydi, balki ta‟sir faqat bir tomonlama bo„ladi, arab tilining o„zbek
tiliga ta‟siri kabi. Qarindosh tillar o„rtasidagi aloqa, ayniqsa, bu tillarni qiyos
qilganda yanada yaqqolroq namoyon bo„ladi. Qarindosh tillarning qiyosi bu
tillar asos e‟tibori bilan bir oilaga mansub bo„lgani uchun ularning fonetik
tizimi, leksik tarkibi va grammatik qurilishi, ayrim farq va tafovutlarni
hisobga olmaganda, asosan bir xil bo„ladi. Bu farq va tafovutlar qarindosh
tillarning fonetikasi va leksikasida ko„proq bo„lib, grammatik qurilishida u
qadar sezilarli bo„lmaydi, chunki tilning leksikasi o„ta o„zgaruvchan bo„lib,
grammatik qurilishda o„zgarishlar astasekinlik bilan yuz beradi.
Qarindosh tillar, jumladan, hududiy, siyosiyiqtisodiy jihatdan
birbiriga yaqin bo„lgan Qozog„iston va O„rta Osiyo turkiy tillari va o„zbek
tili fonetik tizimi, asosiy fonemalarning son va sifatiga ko„ra qisman bir
Tovushlar tasnifidagi chalkashlik “Ona tili” darsliklarida qachon bartaraf etiladi?
Fan o‘qituvchisi darslikka tayanib 5-sinf o‘quvchilariga bir ma’lumotni aytdimi, u o‘sha fikrda to 11-sinfgacha qat’iy turishi lozim. Maktab darsliklari o‘quvchilar uchun eng asosli va ishonchli manba hisoblanadi. Ammo darsliklarda ham ayrim xatoliklar uchrab turibdi. Ona tili fanida bahs-munozaraga sabab bo‘lgan mavzulardan biri:
5-sinf “Ona tili” darsligi (Toshkent, “Ma’naviyat”, 2015. Mualliflar: N.Mahmudov, A.Nurmonov, A.Sobirov, V.Qodirov, Z.Jo‘raboyeva)ning 143-sahifasida quyidagi ma’lumot bor:
“1-topshiriq. Quyida berilgan undoshlarning jarangli-jarangsizlik juftligiga e’tibor bering. Qaysilarining jufti yo‘qligini ayting.
Jarangli: b v z g d j g‘ y l m n ng r – –
Jarangsiz: p f s k t sh x – – – – – – q h”.
Bu tasnifdan kelib chiqadiki, demak, b-p, v-f, z-s, g-k, d-t, j-sh, g‘-x tovushlari o‘zaro juftlik hosil qila oladi. Y, l, m, n, ng, r jarangli tovushlarining jarangsiz jufti, q, h jarangsiz tovushlarining jarangli jufti yo‘q. Shu kunlarda aksariyat o‘qituvchilar darslikdagi mazkur xatoni aynan shundayligicha o‘qitib kelmoqda. Sababi, darslik — har qanday holatda birlamchi, to‘g‘ri, asosiy manba. Boz ustiga, unda yozilgan har bir qoida test savoliga aylanishi mumkin. Hatto shu tasnif asosida abituriyentlarga ham test taqdim qilinyapti. Nega yillar davomida j ning jarangsiz jufti ch, g‘ ning jarangsiz jufti — q deb yod olgan qoidalarimiz o‘zgarib ketdi? Aslida darslikda xatoga yo‘l qo‘yilib, biz o‘quvchilarimiz ongiga shu xatoni muhrlayotgan bo‘lsak-chi?
Jarangli-jarangsizlik tasnifi ovoz paychalarining harakatiga asoslangan. Qiziq, o‘zbek tilida so‘zlashuvchilarning ovoz paychalari o‘zgarib qoldimikan?
Fikrimcha, bu darslik mualliflarining texnik xatosi tufayli kelib chiqqan. Chunki bu tasnif berilgan mavzuning o‘zida g‘ va q undoshlari juftligiga ishora qilingan. Shu mavzudagi qoidaga e’tibor bering: “So‘z oxirida g va k hamda g‘ va q jarangli va jarangsiz undoshlari o‘rtasidagi farq yo‘qolib, har ikki undosh bir xil k va q holida talaffuz qilinsa ham, yozuvda g va k, q va g‘ harflari orqali yoziladi” (5-sinf “Ona tili” darsligi, 143-bet).
Bu ta’rifdanoq, g undoshining jarangsiz jufti k, g‘ undoshining jarangsiz jufti q undoshi ekanligiga ishora qilingan.
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining 1-kurs “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” (Mualliflar: A.Nurmonov, A.Sobirov, N.Qosimova) darsligidagi undoshlar tasnifini aynan keltiramiz:
“Undosh tovushlarning hosil bo‘lishida bo‘g‘iz, og‘iz bo‘shlig‘i va til muhim ahamiyatga ega. O‘pkadan chiqayotgan havo xuddi mana shu joylarda turli xil to‘siqlarga duch keladi. Buning oqibatida esa undosh tovushlarning hosil bo‘lishi uchun yetarli shart-sharoitlar yaratiladi. Ba’zi hollarda unga jarang ham qo‘shiladi.
Masalan, b undoshining talaffuzida o‘pkadan chiqayotgan havo lablar to‘sig‘iga uchraydi. P undoshining hosil bo‘lishida ham shunday holat bor, lekin uning b dan farqi talaffuzida jarang ishtirok etmaydi.
O‘zbek tilida undosh tovushlar 23 ta: b, v, g, d, z, j, y, k, l, m, n, p, r, s, t, f, x, ch, sh, q, g‘, h, ng. Bu undosh tovushlardan bittasi — ng yozuvda maxsus belgilar bilan berilmaydi.
Undosh tovushlar uch tomondan tasnif qilinadi:
I. Hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra:
1. Lab undoshlari:
a) lab-lab undoshlari: b, p, m;
b) lab-tish undoshlari: f, v.
2. Til undoshlari:
a) til oldi undoshlari: d, t, z, s, sh, j, ch, n, l, r;
b) til o‘rta undoshi: y;
d) til orqa undoshlari: g, k, ng;
e) chuqur til orqa undoshlari: q, g‘, x.
3. Bo‘g‘iz undoshi: h.
II. Hosil bo‘lish usuliga ko‘ra:
a) portlovchilar: b, p, d, t, g, k, j, q, m, n, ng;
b) sirg‘aluvchilar: v, f, z, s, y, r, l, sh, g‘, x, h;
d) qorishiqlar: ch.
III. Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra:
1. Jarangli undoshlar: b, v, g, d, z, j, y, g‘, l, m, n, ng, r.
2. Jarangsiz undoshlar: p, f, k, t, s, ch, sh, q, x, h (1-kurs “Hozirgi o‘zbek adabiy tili”, 13-dars).
Endi har ikki darslikda berilgan ana shu qoidalardagi chalkashliklarni ko‘ramiz:
— o‘zbek tilida 24 ta undosh tovush bor (5-sinf “Ona tili”, 124-bet);
— ular ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra, jarangli va jarangsiz turlarga ajratilgan (aslida “tovush paychalarining ishtirokiga ko‘ra” bo‘lishi kerak);
— portlovchilar, sirg‘aluvchilar va qorishiq undoshlar hosil bo‘lish usuliga ko‘ra tasnif qilingan (ammo qorishiq undoshlar undoshlarning tarkibiga ko‘ra tasniflanadi”.
Navbatdagi qoida darslikdagi shu sahifaning o‘zidayoq, o‘zgacha aks ettirilganini ko‘ramiz: “Shuningdek, ular tarkibiga ko‘ra, sof va qorishiq, ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra, sonorlar va shovqinlilar deb ham tasniflanadi. Qorishiq undoshlar bitta: ch. Sonorlar esa beshta: l, m, n, ng, r. Bularning ichidan l yon tovush, r titroq tovush sanaladi. (1-kurs “Hozirgi o‘zbek adabiy tili”, 13-dars).
E’tiborimizni 2-kurs “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” darsligidagi 7-mashqqa qaratamiz:
1. Paydo bo‘lish o‘rniga ko‘ra:
a) lab undoshlari;
b) til yoki til-tish undoshlari;
d) bo‘g‘iz undoshlari.
2. Aytilish usuliga ko‘ra:
3. Тovush paychalarining ishtirokiga ko‘ra:
a) jarangli undoshlar;
b) jarangsiz undoshlar.
4. Ovozning ishtirokiga ko‘ra:
5. Тarkibiga ko‘ra:
a) sof undoshlar;
b) qorishiq undoshlar.
Akademik litseylarning 2-kurs “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” darsligida aniq bir to‘xtamga kelingan tasnif bor, ammo unda aynan qaysi undoshlar qaysi tasnifga oid ekanligini to‘ldirish uyga topshiriq tariqasida berilgan.
Demak, bu masalada ham darslikda uzviylik yetishmaydi. Fikrimizcha, 5-sinf darsligidayoq fonetik tasnifni to‘laligicha keltirish o‘rinli bo‘lar edi.
Gulnoza XOLDOROVA, Namangan shahridagi 21-IDUMI o‘qituvchisi