Press "Enter" to skip to content

Huquqshunoslik akademik litsey darslik

Ma’muriy huquqning subyektlariga davlat boshqaruvi jarayoni ishtirokchilari tushuniladi. Ma’muriy huquqiy munosabatlar subyektlariga :

Huquqshunoslik akademik litsey darslik

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti akademik litsey ma’muriyati.
�� Telegram:�� @tdiualadmin
�� Qabulxona:+998712452264
�� Admin: +998995143279

��Manzil: bit.ly/2AfHAHu Muqimiy teatri yonida.

About
Blog
Apps
Platform

TDIU Akademik Litseyi (Rasmiy)
1.04K subscribers

✍️ Yoshlar o’rtasida kitobxonlikni yanada shakllantirish maqsadida 10-noyabr kuni akademik litseyda “Eng yaxshi kitobxon” ko’rik-tanlovi bo’lib o’tdi. Ushbu tanlovda litseyning AF 11,12,13,14-guruh o’quvchilari kitobxonlari ishtirok etishdi. Kitobxonlar Tohir Malikning “Alvido bolalik”, O’tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi”, Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” va Said Ahmadning “Ufq” asarlari bo’yicha bellashishdi.Bir-biridan qiziqarli shartlar natijasida AF 14-guruhining “Adekvat” jamoasi 68 ball bilan faxrli I o’rinni va AF 11-guruhining “Humo” jamoasi 45 ball bilan faxrli II o’rinni va AF 13-guruhining “BMT” jamoasi 44 ball bilan faxrli III o’rinni qo’lga kiritishdi.
@TDIU_AL

1.8K views edited 14:16

2022-yilning 15-noyabr kuni TDIU akademik litseyida o’qituvchilar o’rtasida o’quvchilarning darslarga bo’lgan qiziqishlarini yanada shakllantirish va o’qituvchilarning pedagogik mahoratlarini yanada rivojlantirish, dars samaradorligini oshirish maqsadida zamonaviy dars o’qitish bo’yicha metodik tavsiyalar va amaliy texnologik metodlar haqida seminar trening tashkil qilindi.Ushbu trening ona tili fani o’qituvchisi Zuhra Tajiyeva tomonidan tashkil qilindi.Trening davomida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan “1 daqiqa”, “Puzzle”, “Soat millari”, “A4 format” metodlari va bir qancha dars jarayonida qo’llash mumkin bo’lgan turli enerjayzerlar haqida ma’lumot berildi va qo’llash metodikasi amalda qo’llab ko’rsatildi.
@TDIU_AL

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti akademik litseyida Oila va xotin-qizlar davlat qo’mitasi huzuridagi ayollarni reobilitatsiya qilish va moslashtirish Respublika markazi bosh psixologi Turg’unova U.U., Chilonzor tumani xotin-qizlar bilan ishlash bo’yicha katta inspektorlari mayor Mirzaeva Z. SH, mayor Saidxo’jaeva N.S, xotin -qizlar kengashi raisi Arzikulova M , YBIBDO Suleymanova D va “Beshyog’och” MFY mahalla faollari bilan birgalikda “Biz zo’ravonlikga qarshimiz” mavzusiga bag’ishlangan tadbir bo’lib o’tdi.
@TDIU_AL

17.11.2022 kuni Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti akademik litseyida “Men sog’lom hayotni tanlayman” mavzusidagi tadbirda litseyi xotin-qizlar kengashi raisi Arzikulova Mehri so’zga chiqib, yoshlarga reproduktiv salomatlik va sog’lom turmush tarzini shakllantirish tog’risida tushuncha bergandan so’ng so’zni 36-OP akusher ginekologi Shamatova Mahliyoga berdi. Akusher ginekolog o’z so’zida qizlarga salomatliklariga e’tiborsiz bo’lmasliklari, shaxsiy gigienaga rioya qilishlari to’g’risida gapirib, yana erta turmush, erta tug’uruqning salbiy oqibatlari to’g’risida tushuncha berib o’tdi.
@TDIU_AL

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti akademik litseyida Davlat dasturining “Kitob mutolaasi va yoshlar o’rtasida kitobxonlikni shakllantirish” va beshta muhim tashabbusda belgilab qo’yilgan o’quvchilar o’rtasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirish maqsadida litsey o’quvchilaridan iborat jami 6ta jamoa o’rtasida navbatdagi “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil qilindi. Ushbu tanlov juda qiziqarli bo’lib o’tdi.Tanlov oxirida I o‘rinni AF 14-guruhning “Dominance” jamoasi va II o’rinni esa “Sparta” jamoasi va III o’rinni AF 11 – guruhning ‘Humo” jamoalari qo’lga kiritishdi.
@TDIU_AL

2.0K views edited 02:17
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM

Joriy yilning 9-fevral kuni TDIU akademik litseyi o’quvchilari g‘azal mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy bobomizning 582 yillik tavalludi munosabati bilan “Buyuk siymolarga ehtirom” nomli chellenji uchun video roliklar tayyorladilar.
@TDIU_AL

Huquqshunoslik akademik litsey darslik

Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseyning faoliyatiga oid yangiliklar

About
Blog
Apps
Platform

Yuridik akademik litsey
1.79K subscribers
Forwarded from TDYU • ТГЮУ • TSUL

2️⃣ 2️⃣ 2️⃣ • TDYUda universitet qoshidagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litsey oʻquvchilari uchun uchrashuv tashkil etildi

2️⃣ 2️⃣ 2️⃣ 2️⃣ • Организована встреча для учащихся академического лицея имени М.С.Восиковой при ТГЮУ

2️⃣ 2️⃣ 2️⃣ • A meeting was organized for students of the Academic Lyceum named after M.S. Vosikova under TSUL

Please open Telegram to view this post

�� Gyote hayollari.

SAIDAKMAL MAMASOLIYEV

�� TDYU qoshidagi M.Vosiqova nomidagi akademik litseyning 1-bosqich o‘quvchisi

��“Bekajon plyus” oilaviy gazetasi

N⁰5 2023-yil 2-fevral.

Forwarded from TDYU • ТГЮУ • TSUL

�� �� �� • Islambek Rustambekov Springer va SCIRP tomonidan nashr etiladigan xalqaro nufuzli nashrlarning tahririyati a’zosi bo‘ldi

�� �� �� �� • Исламбек Рустамбеков стал членом редакционной коллегии авторитетных международных изданий, публикуемых Springer и SCIRP

�� �� �� �� • Professor Islambek Rustambekov became a member of the editorial board of the prestigious international publications Springer and SCIRP

Please open Telegram to view this post

�� O‘ZARO HAMKORLIK- SAMARALI NATIJADIR!

�� O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi “Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4910-son qarorida ko‘zda tutilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, Toshkent davlat yuridik universiteti bilan hamkorlikda bir qator ishlar amalga oshirildi.

Toshkent davlat yuridik universiteti Kriminalistika va sud ekspertizasi kafedrasi dotsenti, yu.f.d. Axmedova Guzalxon va mazkur kafedra o‘qituvchisi Abdullayev Rustam tomonidan akademik litseyning 1-bosqich 6-guruh o‘quvchilari uchun “Jinoyatchilikka qarshi kurashning zamonaviy tendensiyalari” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi.

Dars davomida o‘quvchilarda jinoyat tushunchasi, turlari, shakllari, jinoyatda ishtirokchilik, jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida muhim nazariy va amaliy ko‘nikmalar shakllantirildi.

��TDYU qoshidagi akademik litseyning Yetakchilar kengashi va To’garak rahbarlari tashabbusi bilan Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun munosabat bilan ijodroklar tanloviga start berildi !

�� Ijodkorlar tanlovi uch yo’nalish doirasida o’tkaziladi :

1.��Eng yaxshi devoriy gazeta(gazeta mavzuga mos bo’lishi va yakka tartibda yoki jamoaviy topshirish zarur)

2.��Eng yaxshi insho (insho ona tili daftarga yozilgan ravishda topshirilishi shart,tayyor ko’chirib olingan insholar qabul qilinmaydi!)

3.��Eng yaxshi jamoaviy videorolik (videorolik 5 daqiqadan oshmasligi va video boshida guruh yozilgan bo’lishi shart !)

��Ijodiy ishlaringizni @E_Ahmadjonova manziliga yuborishingiz mumkin

��Tanlov 07.02.2023 dan 15.02.2023 gacha davom etadi

��Barchasi faqat siz uchun

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM

Alisher Navoiy – millat quyoshi!

�� Bugun buyuk mutafakkir, olim, gʻazal mulkining sultoni, oʻzbek tilining asoschisi Alisher Navoiyning 582 yoshi respublikamizda keng nishonlanmoqda.

U bilan faxrlanishning oʻzi kifoya qilibgina qolmasdan, buyuk bobokalonimizga munosib voris boʻlish, uning boy adabiy merosini oʻrganish va kelgusi avlodlarga yetkazish biz uchun ham qarz, ham farzdir.

�� Nizomiy nomidagi TDPU “Umumiy psixologiya” kafedrasi dotsenti, p.f.d. S. Jo‘rayeva, o‘qituvchi G.Berdiqulova va S.Teshayev tomonidan akademik litsey o‘qituvchi-xodimlari uchun trening mashg‘ulot bo‘lib o‘tdi.

934 views edited 13:48

�� 9-fevral — buyuk bobokalonimiz shoir, mutafakkir, davlat arbobi millatimizning ulug‘ siymosi, o‘zbek tilining asoschisi hazrat Mir-Alisher Navoiy tavallud topgan kun munosabati bilan akademik litseyda Alisher Navoiyning 582 yilligi keng nishonlandi.

�� Akademik litseyning Axborot-kutubxona markazi, yoshlar yetakchisi, to’g’arak rahbarlari hamda iqtidorli o’quvchilari faol qatnashib tadbirni ko’tarinki ruhda o’tkazdilar.

861 views edited 06:47

�� TDYU qoshidagi M.Vosiqova nomidagi akademik litseyda 2-bosqich 2-guruh o‘quvchilariga Tillar kafedrasining katta oqituvchisi N.Sh.Xalilova tomonidan “Formal and informal letter” mavzusida ochiq dars bo’lib o’tdi .

Dars jarayonida akademik litsey ma’muriyati va Tillar kafedrasi o‘qituvchilari ekspert sifatida ishtirok etdilar.

Ochiq dars noan’anaviy usulda tashkillashtirilgan bolib, dars jarayonida o‘quvchilar kichik hamda juft guruhlarga bo‘linib, rasmiy hamda norasmiy xat yozuviga doir mahoratlarini baholash uchun turli interaktiv metodlar yordamida vazifalarni bajardilar.

Jumladan, ”Jigsaw reading”, “Matching”, “SMS language “, “Click-Clack“ kabi mashqlarni bajardilar. Dars davomida oquvchilarning ingliz tilida yozuv konikmalarini baholash maqsadida mavzuga doir rasmiy va norasmiy xat namunalarini yozdilar hamda o‘quvchilar guruhlarga bo‘lingan holda fikr almashdilar.

Forwarded from SAIDAKMAL MAMASOLIYEV SAIDAKBAR O’G’LI����

Joriy yilning 5-8-fevral kunlari Poytaxt sardorlari tomonidan tashkil etilgan “Yosh g’azalxon” ijodiy ishlar tanlovi o’z nihoyasiga yetdi.

��Quyidagi ishtirokchilar g’oliblikni qo’lga kiritdilar:

��Saidakmal Mamasoliyev – Shayxontohur tumani;
��Madina Murodjonova – Yashnobod tumani;
��Islombek Rustamov – Chilonzor tumani;

��G’olib ishirokchilarni chin dildan muborakbod etamiz!

��Jarayonlarni biz bilan birgalikda kuzatib boring!
Eng yaxshilari hali oldinda!

Forwarded from TDYU • ТГЮУ • TSUL
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM

• 11-fevral — Xalqaro ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar kuni

• 11 февраля – Международный день женщин и девочек в науке

• 11 February – International Day of Women and Girls in Science

Please open Telegram to view this post

�� DIQQAT! E’LON!

�� Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseyda tahsil olayotgan 1- va 2-kurs o’quvchilari diqqatiga!

�� Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litsey iqtidorli o‘quvchilariga “Akademik litseyimiz iftixori” stipendiyasini tayinlash bo‘yicha komissiya e’lon qiladi!

Quyidagi mezon talablariga muvofiq Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litsey iqtidorli o‘quvchilariga universitet stipendiyasini tayinlash va grant ajratish bo‘yicha komissiya murojaatlarni ko’rib chiqadi:

�� a) nomzodning akademik o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 86 va undan ortiq foizni tashkil qilishi;

�� b) chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi B1 va undan yuqori darajadagi davlat malaka sertifikatiga yoki chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi xalqaro sertifikatlardan kamida B1 darajasiga mos keluvchi CEFR (Common European Framework of Reference), IELTS (International English Language Testing System) bo‘yicha 5,0 ball, TOEFL (Test of English as a Foreign Language) bo‘yicha 70 ball yoki TestDaF bo‘yicha TDN3 (Test Deutsch als Fremdsprache für ausländische Studienbewerber) mavjud bo‘lishi;

�� v) nomzodning akademik litsey ijtimoiy hayotidagi faol ishtiroki (ma’naviy-ma’rifiy va jamoat ishlari, loyihalar va tanlovlarda ishtirok etishi va boshqalar);

�� g) nomzodning akademik litseyda o‘rnatilgan ichki tartib qoidalari, odob-axloq qoidalariga rioya etishi va namunali xulq-atvorga egaligi.

�� Mazkur bandda ko‘rsatilgan asosiy minimal talablarga tegishli masalalarni ko‘rib chiqishda, nomzodning litseydagi butun o‘qish davri hisobga olinadi.

Zarurat yuzaga kelganda nomzod suhbat uchun akademik litsey komissiyasi yig‘ilishiga taklif etilishi mumkin.

➡️ Akademik litsey komissiyasi tomonidan “Akademik litseyimiz iftixori” stipendiyasini tayinlash masalasini ko‘rib chiqishda xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari, sport musobaqalari g’oliblari, Davlat mukofoti sohiblari, to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog’idan mahrum bo‘lgan bolalar sirasiga kiruvchi hamda 1 va 2-guruh nogironligi bo‘lgan nomzodlar, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtojligi – “Yoshlar daftari”, “Temir daftar”ga kiritilganligi nomzodlarga ustunlik berilishi mumkin.

♻️ Nomzodlar 2023-yilning 17-fevral kuniga qadar t.me/Komissiyaga_murojaat telegram manziliga tegishli hujjatlarni elektron va hujjat ko’rinishida taqdim etishlari lozim.

Respublikamizda joylashgan barcha akademik litseylar ro‘yxati

2021-2022 o‘quv yili uchun akademik litseylarga qabul jarayoni boshlandi. Hujjat topshirish 20.06.2021 dan 30.06.2021 gacha onlayn ravishda davom etadi. Akademik litseylarning to‘liq ro‘yxati bilan quyida tanishib chiqishingiz mumkin.

Toshkent shahri

  1. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi akademik litseyi
  2. Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti akademik litseyi
  3. Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universiteti akademik litseyi
  4. “O‘zbekiston Milliy universiteti “Aniq va tabiiy” fanlarga ixtisoslashgan S.X.Sirojiddinov nomidagi respublika akademik litseyi”
  5. O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti akademik litseyi
  6. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti akademik litseyi
  7. Toshkent moliya instituti akademik litseyi
  8. Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti akademik litseyi
  9. Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti akademik litseyi
  10. Toshkent kimyo-texnologiya instituti akademik litseyi
  11. Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyi
  12. Toshkent shahridagi I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft¸ va gaz universiteti filiali akademik litseyi
  13. Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti akademik litseyi
  14. Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti akademik litseyi
  15. Toshkent davlat yuridik universiteti akademik litseyi
  16. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti akademik litseyi
  17. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litsey
  18. Toshkent arxitektura-qurilish instituti akademik litseyi
  19. Toshkent Davlat transport universiteti akademik litseyi
  20. Toshkent pediatriya tibbiyot instituti akademik litseyi
  21. Toshkent tibbiyot akademiyasi akademik litseyi
  22. Toshkent farmatsevtika instituti akademik litseyi
  23. Toshkent davlat stomatologiya instituti akademik litseyi
  24. TIQXMMI “International House – Tashkent” akademik litseyi

Andijon viloyati

  1. Andijon mashinasozlik instituti akademik litseyi
  2. Andijon davlat universiteti akademik litseyi
  3. Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti qoshidagi akademik litseyi
  4. Andijon davlat tibbiyot instituti akademik litseyi

Buxoro viloyati

  1. Buxoro davlat universiteti akademik litseyi
  2. Buxoro muhandislik texnologiya instituti akademik litseyi
  3. Buxoro davlat tibbiyot instituti akademik litseyi

Sirdaryo viloyati

  1. Guliston davlat universiteti akademik litseyi
  2. Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali akademik litsey

Jizzax viloyati

  1. Jizzax politexnika instituti akademik litseyi
  2. Jizzax davlat pedagogika instituti akademik litseyi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

  1. Qoraqalpoq davlat universiteti akademik litseyi
  2. Nukus davlat pedagogika instituti akademik litseyi
  3. Toshkent davlat agrar universitetining Nukus filiali akademik litseyi
  4. Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Nukus filiali akademik litseyi

Qashqadaryo viloyati

  1. Qarshi davlat universiteti akademik litseyi
  2. Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyi
  3. Toshkent davlat pedagogika universitetining Shahrisabz filiali akademik litsey
  4. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Qarshi filiali akademik litseyi
  5. Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Qarshi filiali akademik litseyi

Namangan viloyati

  1. Namangan davlat universiteti akademik litseyi
  2. Namangan muhandislik qurilish instituti akademik litseyi
  3. Namangan muhandislik texnologiya instituti akademik litseyi

Samarqand viloyati

  1. Samarqand davlat universiteti akademik litseyi
  2. Samarqand davlat chet tillari instituti akademik litseyi
  3. Samarqand iqtisodiyot va servis instituti akademik litseyi
  4. Samarqand veterinariya meditsina instituti
  5. Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti akademik litseyi
  6. Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Samarqand filiali akademik litseyi
  7. Samarqand davlat tibbiyot instituti akademik litseyi

Surxondaryo viloyati

  1. Termiz davlat universiteti akademik litseyi
  2. Toshkent davlat texnika universitetining Termiz filiali akademik litseyi
  3. Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filiali akademik litseyi

Farg‘ona viloyati

  1. Farg‘ona davlat universiteti akademik litseyi
  2. Farg‘ona politexnika instituti akademik litseyi
  3. Qo‘qon davlat pedagogika instituti akademik litseyi
  4. Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Farg‘ona filiali akademik litseyi

Xorazm viloyati

  1. Urganch davlat universiteti akademik litseyi
  2. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali akademik litseyi
  3. Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filiali akademik litseyi

Navoiy viloyati

  1. Navoiy davlat pedagogika instituti akademik litseyi
  2. Navoiy davlat konchilik instituti akademik litseyi

Toshkent viloyati

  1. Chirchiq davlat pedagogika instituti akademik litseyi
  2. Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali akademik litseyi
  3. Toshkent davlat agrar universiteti akademik litseyi

Mavzuga doir

Litseylarga kirish test sinovini o‘tkazish tartibi ma’lum qilindi

Abduqodir Toshqulov – mafkuralashgan ta’lim, ro‘mol bo‘yicha noqonuniy talab va yotoqxonalar muammosi haqida

To‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish muddati uzaytirilishi kutilmoqda

Magistratura mutaxassisliklariga qo‘shimcha qabul uchun ruxsat berildi

Rasman: 10-20-noyabr kunlari kollej va texnikumlarga KUNDUZGI taʼlim shaklida oʻqishga kirish uchun test sinovlari oʻtkaziladi

Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasi bakalavriatiga qabul boshlandi. Qabul 10 noyabrgacha davom etadi.

Sirtqi va kechki ta’lim oluvchilarga ham chegirma beriladi

Kontrakt to‘lashda 10 foizli chegirma kimlarga taalluqli ekani aytildi

Huquqshunoslik akademik litsey darslik

REJA:

1. Davlat boshqaruv organlari –ma’muriy huquq obyekti sifatida.

2. Davlat boshqaruv organlarining turlari va davlat xizmatchilari.

3. Davlat boshqaruv organlarining huquqiy holati.

Mavzu yuzasidan test savollari.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.

Ijtimoiy boshqaruvning asosiy turlaridan biri davlat boshqaruvidir. U davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari tomonidan amalga oshirirladi. Davlat boshqaruv organlari faoliyatining mazmuni istiqbolni belgilash, rejalashtirish, moliyaviy ta’minlash, kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo’yish, hisobga olish va nazorat qilishdan iborat.

Davlat boshqaruvini tashkil etish tartibi va boshqaruvni amalga oshirish jarayonida vujudga keladigan turli-tuman munosabatlarni tartibga soluvchi normalarni o’z ichiga olgan huquqning alohida tarmog’I ma’muriy huquq deb ataladi. Davlat boshqaruvi tizimini rivojlantirish, davlat apparatining ishini yaxshilash, boshqaruv faoliyatining samaradorligini oshirishga qaratilgan tadbirlarning deyarli barchasi ma’muriy huquq normalari yordamida amalga oshirirladi. Ya’ni aynan ma’muriy huquq normalari boshqaruv organlari, korxona, muassasa va tashkilotlarni tashkil etish, o’zgartirish yoki tugatish qoidalarini belgilab beradi.

Ma’muriy huquq davlatni boshqarishni tashkil etish va amalga oshirish jarayonida yuz beradigan munosabatlarni tartibga solib turuvchi huquqiy me’yorlar tizimidir.

«Ma’muriy» so’zi «boshqarish yoki boshqaruvchi», ya’ni shu ishni, vazifani bajaruvchi shaxs demakdir.

Ma’muriy huquq boshqarish organlarining tashkil etilishi, faoliyat tartibi, prinsiplari, shakl va usullarini, davlat xizmati, davlat xizmatchilarining huquq va burchlari, jamoat tashkilotlari, fuqarolarning davlat boshqaruv

sohasidagi huquq va burchlarini belgilaydi. Ma’muriy huquq davlatni boshqarish sohasidagi munosabatlarni, xususan, davlat boshqaruv organlarining

o’zaro munosabatlarini, shuningdek, ularning jamoat tashkilotlari va fuqarolar bilan munosabatlarini tartibga solish uchun hokimiyatning maxsus organlari belgilagan xatti-harakat qoidalari boshqarish jarayonini tashkil etishda

muhim ahamiyat kasb etadi. Ma’muriy huquq o’zining tabiatiga ko’ra davlat hokimiyatini amalga oshirishni tartibga solishga, barcha hokimlik organlarining faoliyatlarini qonunning aniq doirasiga kiritishga da’vat etadi. Hokimlik funksiyalari ning sarhadlarini, boshqaruvning buyruq bozlik shakllariga

qarshi turishga yordam beruvchi yuridik mexanizmlarni belgilash ma’muriy huquqning muhim elementlaridan biri hisoblanadi. Hokimlik qiluvchi tuzilmalarning ichki tashkiliy faoliyati sohasidagi munosabatlarni va davlatning nazorat faoliyatini ma’muriy huquq amalga oshiradi.

Davlat boshqaruv organlari — qonun bilan belgilangan tartibda tashkil topgan va uning funksiyalari hamda vazifalarini amalga oshirish uchun davlat tomonidan vakolat berilgan, bu maqsadda davlat-hokimiyat vakolati bilan ta’minlangan va belgilangan tartibda ish ko’ruvchi fuqarolar guruhidir.

Qonun chiqaruvchi hokimiyatni O’zbekiston Respublikasi Parlamenti — Oliy Majlis amalga oshiradi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi endilikda ikki palatalik organ tariqasida faoliyat ko’rsatmoqda. Parlament a’zolari har bir davlatda o’ziga xos xususiyatlar asosida saylanishi mumkin. Masalan, O’zbekiston Oliy Majlisining Senatiga senator 25 yoshdan, Qonunchilik Palatasi deputati ham saylov kunigacha 25 yoshga to’lgan, O’zbekiston hududida saylovgacha muqim 5 yil istiqomat qilgan, O’zbe kiston Respublikasi

fuqarosi ega bo’lishi mumkin.O’zbekiston Respublikasining ikki palatali parlament tartibi, vakolatlari, maqomlari va boshqa jihatlariga ko’ra quyi palata faqat doimiy asosda ishlovchi deputatlardan tarkib topdi. Vazirlar Mahkamasi barcha funksiyalarni, vazirliklar — ayrim yoki bir qator funksiyalarni bajaradi.

Faoliyatlarining hududiy miqyoslariga ko’ra davlat boshqaruv organlari yuqori, markaziy va mahalliy organlarga bo’linadi.

Yuqori organlarga O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi kiradi.

Markaziy organlarga vazirliklar, davlat qo’mitalari, idoralar kiradi.

Mahalliy boshqaruv organlariga hokimlar, shuningdek, ayrim vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralarning organlari, bir nechta ma’muriy-hududiy birliklar hududidagi obyektlar: sanoat birlashmalari, boshqarmalari, temi r –

yo‘llar va shu kabilar kiradi.

Tuzilish tartibiga ko’ra davlat boshqaruv organlari tomonidan bevosita tuziladigan davlat hokimiyati yuqori ijro etuvchi, boshqaruvchi organlari, vazirliklar, idoralar, hokimlar tomonidan tuziladigan davlat boshqaruv organlariga bo’linadi.

Tuzilish usuliga ko’ra davlat boshqaruv organlari tuziladigan (Vazirlar Mahkamasi) va tayinlanadigan davlat boshqaruv organlariga bo’linadi.

Hajmi va huquqiy tusiga ko’ra davlat boshqaruv organlari umumiy, tarmoq, tarmoqlararo huquqiy organlarga bo’linadi. Birinchi guruhga Vazirlar Mahkamasi, hokimliklar kiradi. Ikkinchisiga — vazirliklar, idoralar, hokimliklarning bo’linmalari va boshqarmalari kiradi.

Uchinchisiga — davlat qo’mitalari kiradi.

Idoralarga qarashli masalalarni hal etishga ko’ra boshqaruv organlari kollegiallik va yakkaboshchilik boshqaruv organlariga bo’linadi. Davlat boshqaruv organlari yagona tizimni tashkil etadilar. U respublika miqyosida xo’jalikka, ijtimoiy, madaniy va ma’muriy-siyosiy qurilishga kundalik har tomonlama rahbarlik qilishni ta’minlash zarurligidan kelib chiqadi. Davlat boshqaruv organlari tizimi respublikaning milliy-davlat tuzilishi va ma’muriy-hududiy bo’linishning o’ziga xosliklarini hisobga olib quriladi. Unga O’zbekiston Respublikasining, Qoraqalpog’iston Respublikasining xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlari va ovullar, shuningdek, ular tarkibidagi mahallalar fuqarolarining yig’inlari, o’zini o’zi boshqarish organlari, shahar, qishloq kiradi. Davlat boshqaruv organlari tuzilishini umumrespublika, markaziy va mahalliy organlar tashkil etadi.

Davlat boshqaruvining umumrespublika organlariga

· O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Oliy Majlis bilan kelishgan holda Prezident tomonidan tashkil etiladi va o’z huquq doirasida O’zbekiston Respublikasini boshqarishga tegishli barcha masalalarni hal etishga vakolatlidir.

· Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Jo’qorg’i Kengesi tomonidan tuziladi va o’z huquq doirasida Qoraqalpog’iston Respublikasiga tegishli masalalarni hal etish uchun vakolatlidir.

Markaziy boshqaruv organlariga O’zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog’iston Respublikasi vazirliklari va davlat qo’mitalari kiradi. Ular o’zlariga topshirilgan tarmoqlarga rahbarlik qiladilar yoki tarmoqlararo boshqaruvni amalga oshiradi. Ularga respublika vazirliklari va davlat qo’mitalari kiradi. Ular O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bo’ysunadilar. Ularning ixtiyorida respublikaga bo’ysunuvchi idoralar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar bor. Qoraqalpog’iston Respublikasi vazirliklari, davlat qo’mitalari Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga va O’zbekiston Respublikasining tegishli vazirliklari va davlat qo’mitalariga bo’ysunadilar.

Mahalliy boshqaruv organlariga:

· viloyatlar, tumanlar, shaharlarda vakillik qilish va ijro etish, boshqarishni o’zida mujassamlantirgan hokim liklar;

· joylarda xo’jalik, ijtimoiy-madaniy va ma’muriy siyosiy qurilishning ayrim tarmoqlarini boshqarish uchun hokimlar tomonidan tuziladigan hokimliklar ning bo’limlari, boshqarmalari kiradi. [1]

Ma’muriy huquqning subyektlariga davlat boshqaruvi jarayoni ishtirokchilari tushuniladi. Ma’muriy huquqiy munosabatlar subyektlariga :

Davlat boshqaruvi – davlat boshqaruv organlari va ularning mansabdor shaxslari tomonidan amalga oshiriladi. Davlat xizmati mehnat faoliyatining turlaridan biridir. U moddiy ne’matlar yaratish bilan bog’liq bo’lmay, ish jarayonida amalda davlat vazifalarini amalga oshiradi. Davlat xizmati davlat apparatidagi lavozimni belgilagan tartibda egallaydigan va davlat vazifalari hamda funksiyalarini amalga oshirishga oid o’zlariga yuklatilgan majburiyatlarni taqdirlash uchun bajaruvchi shaxslar tomonidan bajariladi.

Davlat faoliyati turlariga ko’ra davlat hokimiyati organlari, davlat boshqaruv organlari, odil sudlov organlari va huquqni himoya qilish organlari xizmatchilarini farqlaydilar. Mehnatning turiga ko’ra davlat xizmatchilari, rahbarlar, mutaxassislar va texnik xodimlarga bo’linadi. Rahbarlarga davlat organlari, shuningdek, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, ularning tarki biy bo’linmalarining rahbar xodimlari kiradi.

Oliy yoki o’rta maxsus ma’lumotga ega bo’lgan va maxsus bilimlar va mehnat ko’nikmalari talab qiluvchi ishlarni bajaruvchi xizmatchilar mutaxassislar deb tan olinadi. Texnik ijrochilar — hujjatlarni tayyorlash va rasmiylashtirish,

xo’jalik xizmati ko’rsatish, hisobga olish va nazorat qilish, ish yuritish bilan band bo’lgan xizmatchilardir. Vakolatlarining xususiyatiga ko’ra davlat xizmatchilari davlat, hokimiyat vakolatiga ega bo’lgan va bunday vakolatga ega bo’lmagan xizmatchilarga bo’linadilar.

Davlat organlari va davlat xizmatchilaridan tashqari jamoat birlashmalari ham ma’muriy-huquqiy munosabatlarning subyektlari bo’lishlari mumkin. Jamoat birlashmalari — xalqning o’zini o’zi boshqarish tizimi bo’g’inidir. Ular davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini tuzishda, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari qarorlarini ishlab chiqishda qatnashadilar, davlat va jamoatchilik organlarida o’z a’zolarining qonuniy manfaatlarini ifodalaydilar.

O’zlarining shaxsiy huquqlari va burchlarini davlat boshqaruvi sohasida amalga oshirib, xususiy shaxslar sifatida ishlovchi fuqarolar ham ma’muriy-huquqiy

munosabatlarning subyektlari bo’lishlari mumkin. Ma’muriy-huquqiy munosabatlarda qatnashish uchun fuqaro ma’muriy-huquqiy layoqatga va muomala layoqatiga ega bo’lishi kerak.

Davlat boshqaruvi O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida ko’rsatilgan quyidagi prinsiplar asosida amalga oshiriladi :

1. Davlat boshqaruvida xalqning keng ishtirok etishi;

2. Demokratik markazchilik;

3. Fuqarolarning tengligi;

Davlat organlari – davlat tomonidan tashkil etilib, davlat nomidan ish ko’radilar va uning manfaatini qo’riqlaydi. Davlat boshqaruv organlari davlat apparatining bir qismi bo’lib, o’z burchlarini bajarish uchun davlat tomonidan farmoyish berish huquqiga ega. Shuning uchun ular o’z vakolatlari doirasida faoliyat ko’rsatish, huquqiy aktlar qabul qilish va shu aktlarda ko’rsatilgan qoidalarni bajarilishini ta’minlash uchun tashkiliy ishlar olib borishi mumkin.

Davlat boshqaruv organlari xalq xo’jaligi, ijtimoiy-madaniy, ma’muriy – siyosiy sohalarda davlat vazifalarining amaliy bajarilishini tashkil etadi. Ular Prezidentga, hokimlarga va ular orqali xalq deputatlari kengashlariga bo’ysunadi.

Davlat boshqaruv organlarining quyidagi asoslarga ko’ra tasnif qilishi mumkin:

1. Qaysi hududda faoliyat ko’rsatishi bo’yicha;

2. Tashkil qilinishiga ko’ra;

3. Vakolatning xarakteri va hajmi asosida;

4. Rahbarlikni tashkil etish bo’yicha;

5. Moliyaviy mablag’ bilan ta’minlash sohasida.

1. Qaysi hududda faoliyat ko’rsatishi bo’yicha davlat boshqaruv organlari oliy, mahalliy va markaziy organlarga bo’linadi.

2. Davlat boshqaruv organlarining tashkil qilin ishiga ko’ra : Prezident farmoniga ko’ra tashkil qilinadigan organlar; hokimlarning qaroriga ko’ra tashkil qilinadigan organlar; Vazirlar Mahkamasi tomonidan tashkil qilinadigan organlar;vazirliklar va davlat qo’mitalari, assotsiatsiya, korpariya, konsern; uyushma kompaniyalar tomonidan tashkil iqlinadigan organlar; respublika miqiyosida banklar tomonidan tashkil qilinadigan organlarga bo’linadi.

3. Vakolatning xarakteri va hajmiga ko’ra: davlat boshqaruv organlari umumiy vakolatli ; bir tarmoq bo’yacha vakolatli organlarga bo’linadi. Umumiy vakolatli organga Prezidant boshchiligidagi hokimiyatlar, sohalararo vakolatli organga davlat qo’mitalari, bir tarmoq bo’yicha vakolatli organga vazirliklar kiradi.

4. Respublikani tashkil etish bo’yicha : boshqaruv organlari kollegial organga (davlat qo’mitalari, assotsiatsiyalar, korporatsiyalar, uyushmalar, banklar, aksionerlik jamiyatlari) hamda yakka boshqariladigan organglarga(Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, hokimiyatlar, ularning bo’lim va boshqarmalari, korxonalarning, muassasalarning va tashkilotlarning rahbarlari)ga bo’linadi.

5. Moliyaviy mablag’ bilan ta’minlanishiga ko’ra: davlat boshqaruv organlari budjet organlariga (Masalan, ichki ishlar organlari) va xo’jalik hisobidagi organlarga bo’linadi. Budjet organlar davlat tomonidan ta’minlanadi. Xo’jalik hisobidagi organlar o’z faliyati yoki o’zlari bo’ysunadigan korxonalarning xo’jalik faoliyati olingan foydadan ajratilgan mablag’ hisobiga ta’minlanadi.

Davlat boshqaruv organlari vazifasi umumiy bo’lgan tizimni tashkil etadi. Bu tizimning tashkiliy asosi – demokratik markazchilikdir. Bu prinsip umumiy davlat va mahalliy maqsadga yetishda asosiy rol o’ynaydi.

Davlat boshqaruv organlarini holatini ko’rib chiqamiz.

1. Oliy ijro etish va farmoyish berish faoliyatiga ega bo’lgan organ Prezident boshchiligidagi Vazirlar Mahkamasidir. Vazirlar Mahkamasi tarkibini Respublika Prezidenti tuzadi va u Oliy Majlis tomonidan tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasining tarkibiga Qoraqalpog’iston hukumatining boshlig’i ham kiradi.

2. Mahalliy ijro etuvchi va farmoyish beruvchi organlar-hokimiyatlardir. Hokimiyatlar o’z vazifalarini hokim rahbarligida bajaradilar. Mahalliy hokimiyat organlarining ixtiyoriga quyidagilar kiradi:

· Qonuniylik, huquqiy targ’ibotni va fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash;

· Hududlarda iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirish;

· Mahalliy budjetni shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy soliq yig’imlarni belgilash, budjetdan tashqari jamg’armalarni hosil qilish;

· Mahalliy kommunal xo’jalikka raxbarlik qilish’

· Atrof-muhitni muhofaza qilish;

· Fuqarolik holati aktlarini qayd etishni ta’minlash;

· Normativ hujjatlarni qabul qilish hamda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga zid kelmaydigan boshqa vakolatlarni amalga oshirish.

3. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning ma’muriyati. Ma’muriyat – bu mansabdor shaxslarning guruhi bo’lib, unga raxbar, uning yordamchilari, muxandis – texnik mutaxassislar va boshqaruv ishi bilan shug’ullanuvchi boshqa xizmatchilar kiradi.

Ma’muriy huququy munosabatlarning bir tomoni sifatidan davlat xizmatchilari ham qatnashadilar. Chunki ular davlat boshqaruv organi vazifasini bajaruvchi subyektlardir.

Davlat xizmatchilari hodimlardan (ishchilar, dehqonlar…) moddiy ishlab chiqarish hususiyatlari bilan ajratib turadi. Hodimlar ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lsalar, davlat xizmatchilari o’z faoliyati davomida hech qanday moddiy boylik ishlab chiqarmaydilar.

Davlat xizmatchisi o’z vazifalarini hajmiga ko’ra 4 guruhga bo’linadi:

1. Yordamchi hodimlar (kotiblar, o’qituvchilar…);

2. Mutaxassislar (shifokorlar, o’qituvchilar…);

3. Mansabdor shaxslar (rektor, direktor…);

4. Hokimiyat vakili (militsiya, soliq inspektori…).

Davlat boshqaruv organlari tomonidan o’z oldiga qo’yilgan vazifalarni bajarish jarayonida qo’llanilayotgan boshqaruv harakatlari ko’rinishi jihatidan davlat boshqaruvi shakllari deb ataladi. Boshqaruvni tashkil etish yuridik holatlarning kelib chiqishiga sabab bo’lishi mumkin, lekin bunday holatlar paydo bo’lmasligi ham mumkin. Shuning uchun boshqaruv shakllari 2 guruhga :

2. Nohuquqiy ga bo’linadi.

Ma’muriy huquqda davlat boshqaruvi quyidagi shakllarda namoyon bo’ladi:

1. Huquqiy aktlarni qabul qilish;

2. Tashkiliy ishlarni o’tkazish;

3. Moddiy texnik tadbirlarni qo’llash.

Boshqaruv jarayonidagi muayyan vazifalarni bajarishda shaxslarning irodasi va ongiga ta’sir ko’rsatuvchi turli usullardan foydalaniladi. Bu boshqaruv usullari deb ataladi. Ular quyidagilar:

Ishontirish – davlat boshqaruvining hamma qatnashchilariga nisbatan qo’llanishi mumkin bo’lsa, majburlash esa boshqaruv qoidalarini buzgan shaxslarga nisbatan qo’llaniladi. Boshqaruv jarayonida bir qancha hujjatlar qabul qilinadi.

Davlat boshqaruv aktlari quyidagi asoslar bo’yicha tasniflanadi :

1. Yuridik hususiyati bo’yicha huquqiy aktlar normative va yakka (ma’muriy) aktlarga bo’linadi. Normativ aktlar, asosan, uzoq vaqtga va ko’p marta qo’llanishga mo’ljallanadi. Yakka huquqiy aktlar esa bir marta yoki muayyan holatda qo’llanishga mo’ljallangan bo’ladi.

2. Makondagi (hududdagi) harakati bo’yicha davlat boshqaruv aktlari respublika miqiyosidagi aktlarga hamda mahalliy miqiyosdagi harakat qiluvchi aktlarga bo’linadi.

3. Qancha muddatgacha amalda bo’lishiga ko’ra davlat boshqaruv aktlari muddati cheklangan va cheklanmagan aktlarga bo’linadi.

4. Aktning qaysi organ tomonidan qabul qilinishiga ko’ra ham davlat boshqaruv aktlari bir necha turga bo’linadi(farmon, farmoyish, qaror..).

5. Akt qabul qiluvchi organlarning vakolatiga ko’ra boshqaruv aktlari : umumiy, sohaviy va tarmoqlararo aktlarga bo’linadi.

6. Shakli bo’yicha boshqaruv aktlari yozma va og’zaki aktlarga bo’linadi.

Shunday qilib, davlat boshqaruv organlarini ijro etuvchi hokimiyat tashkil qilib u O’zbekiston Respublikasi yagona davlat hokimiyatining mustaqil tarmog’i. Ijro etuvchi hokimiyat davlat boshqaruvi organlari tizimini tashkil etadi, ularga respublika hukumati, vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralari, mahalliy ijro etuvchi organlar, davlat muassasalari va korxonalari kiradi. Ijro etuvchi hokimiyat davlat xizmati orqali amalga oshiriladi. Ya’ni davlat xizmati fuqarolarning davlat organlaridagi davlat boshqaruvini amalga oshirishga qaratilgan professional faoliyatidir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1. O. KARIMOVA “Huquqshunoslik” Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun darslik Qayta ishlangan, to‘ldirilgan to‘rtinchi nashr «Sharq» nashriyot-matbaa Aksiyadorlik kompaniyasi Bosh tahririyati. Toshkent-2010

2. Toshkent Kimyo- texnologiya instituti. O’zbekiston tarixi va huquq kafedrasi. “Huquqshunoslik” fanidan ma’ruza matni. Toshkent-2011.

Internet saytlari:

Таълим / Образование

Хар йили умумтаълим мактабларида «сўнгги қўнғироқ” жаранглашини дилларида ҳаяжон ва эзгу орзулар билан кутаётган 9-синф ўқувчиларини таълимнинг кейинги босқичига тўлиқ қамраб олиш мақсадида ўқув йили давомида аниқ ва пухта режа асосида иш олиб борилади. Яъни, ўқув йили давомида уч марта сўровномалар ўтказилади. Бу сўровномаларда 9-синф битирувчилари, уларнинг ота-оналари, ота-она ўрнини босувчи шахслар, синф раҳбарлари, мактаб психологи ҳамда мактаб директорлари иштирок этишади.

Битирувчи-ёшлар сўровномаларда ўз фикрларини мустақил баён этишлари учун зарур имкониятлар яратилади. Аввало «Умумтаълим мактабларининг 9-синф битирувчиларини академик лицей ва касб-ҳунар коллежларига тўлиқ қамраб олинишини таъминлаш бўйича қўшимча чора-тадбирлар режаси” ишлаб чиқилиб, ушбу режага асосан 7-9-синфларнинг ўқувчи-қизлари ўртасида «Қиз боланинг касби – унинг бахти”, «Илм ол, ҳунар танла, Ватанинг кутар сени”, «Касб-ҳунар – қизлар келажаги”, «Ҳунарли қиз – юрт келажаги”, «Билимли қиз – фаришта, ҳунарли қиз – саришта” каби мавзуларда давра суҳбатлари ўтказилади, бу давра суҳбатларида 7-9-синфларнинг ўқувчи-қизлари иштирок этилади. Ўтказиладиган давра суҳбатларининг ўзиёқ битирувчи қизларнинг ва уларнинг издошлари бўлмиш 7-8-синф қизларининг ўзлари қизиққан соҳалар бўйича зарур маълумотларга эга бўлишларида муҳим аҳамият касб этади.

Бундан ташқари, ўқув йили давомида умумтаълим мактаблари, академик лицей ва касб-ҳунар коллежлари билан ҳамкорликда ташкил этиладиган «Касблар фестивали”нинг ўтказилиши битирувчи-ёшларнинг ўзлари танлаган касблар ва шу касблар орқали ҳаётда ўз ўрнини топиб, меҳнат қилаётган ёшлар ҳаёти билан яқиндан танишиш имконини беради. Битирувчи-ёшлар билан «Касблар фестивали” доирасида академик лицей ва касб-ҳунар коллежларига саёҳатлар уюштирилади. Бу эса касб танлашда иккиланаётган ёшлар учун қўшимча имконият яратади, албатта.

Эътиборингизга худудлар кесимида Республикамиздаги академик лицейлар руйхатибилан таништирамиз:

Ҳудудлар кесимида академик лицейлар тўғрисида маълумотлар