Поиск материала «Davlat va huquq asoslari, 10 sinf, Kostetskiy V, 2017» для чтения, скачивания и покупки
Sotvoldiev: “Davlat dindan ajralgan bo’lib, davlat boshqaruvi dinga tayanmasdan olib boriladi.”
Davlat va huquq asoslari (Huquqshunoslik) fani
Davlat va huquq asoslari va huquqshunoslik fanlarini o‘qitishning asosiy vazifasi:
o‘quvchilarda konstitutsiyaviy burch, majburiyatlarni bilish va ularga rioya qilish ko‘nikmasini hosil qilish;
o‘quvchilarda o‘z xatti-harakatlarini belgilangan me’yorlar doirasida tartibga solish va boshqara olishni tarbiyalashdan iborat.
o‘rta ta’limi muassasalarida davlat va huquq asoslari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida huquqshunoslik fani bo‘yicha ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan malaka talablari
1. Huquqiy ongga ega bo‘lish kompetensiyasi
Konstitutsiya, davlat, huquq, burch, majburiyat, fuqaro, inson, qonun, axloq, odob kabi huquqiy tushunchalarning mazmunini bila oladi;
huquq va huquqqa zidlik haqida ma’lumot bera oladi;
axloq va huquq qoidalarini biladi;
bola huquqlari, voyaga yetmaganlik, mehnat huquqi, oila huquqi, fuqarolik huquqi kabi tushunchalarning mazmunini bila oladi.
Jamiyat, davlat va huquqning paydo bo‘lishi, huquqbuzarlik va ularning belgilari haqida ma’lumot bera oladi;
inson va fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va burchlarini biladi;
hokimiyat va uning bo‘linish prinsiplari, belgilari, fuqarolik jamiyati, huquqiy davlat va uning asoslarini tushuntira oladi;
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik, mehnat, ma’muriy va jinoyat qonunchiligida belgilangan voyaga yetmaganlarga oid huquqlarni va cheklovlarni biladi;
O‘zbekiston Respublikasining protsessual qonunchiligida belgilangan voyaga yetmaganlarning huquqlarini biladi;
huquq sohalari haqida ma’lumotga ega bo‘ladi;
huquqiy voqea va hodisalarni idrok qiladi, tushunadi, tushuntirib bera oladi;
kundalik faoliyatida vujudga keladigan turli vaziyatlarni huquqiy jihatdan to‘g‘ri baholab, maqbul qaror qabul qila oladi.
huquq manbalarini biladi;
voyaga yetmaganlar bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlarning huquqiy asoslarini tushuntira oladi;
huquqiy voqea va hodisalarni idrok qiladi, tushunadi, tushuntirib beradi.
jamiyat, davlat, huquq, huquq sohalari, normativ-huquqiy hujjatlar mohiyati va belgilarini tushuntira oladi;
xalqaro umume’tirof etilgan konvensiyalarning mazmun-mohiyatini tushuntirib bera oladi;
davlat organlari va muassasalariga murojaat qilish tartibi va qoidalarini biladi;
tanlagan kasbining huquqiy asoslari haqida ma’lumot bera oladi;
o‘z kasbiga oid normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlashni biladi.
2. Huquqiy madaniyatli bo‘lish kompetensiyasi
fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida belgilangan huquqlarini hurmat qiladi;
huquqiy ko‘nikma hosil qiladi;
huquqiy masalalar yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda kichik maishiy bitimlarni tuza oladi.
voyaga yetmaganlarga oid qonunchilikda belgilangan me’yorlarga rioya etadi;
o‘quvchilarning ongi va tafakkurida inson va fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq, burch va majburiyatlariga rioya qilish refleksi shakllanadi (kundalik faoliyatiga aylanadi);
o‘z xatti-harakatlarini huquq talablariga moslashtiradi;
qonunchilikda belgilangan tartibda o‘z huquq va manfaatlarini himoya qila oladi;
korrupsiyaga qarshi toqatsizlikni namoyon eta oladi.
huquqiy qoidalarni bajaradi, huquqiy munosabatlarda ishtirok etadi;
huquqiy voqea va hodisalarga munosabat bildirishda huquqiy madaniyatini namoyon eta oladi.
fuqarolik burchlari va majburiyatlarini anglaydi, ularga rioya qiladi;
huquq manbalaridan foydalana oladi;
o‘z huquq va manfaatlarini qonuniy himoya qila oladi;
huquqiy voqea va hodisalarga oid to‘g‘ri xulosa chiqara oladi;
korrupsiyaning jamiyat hayotida salbiy oqibat ekanligi to‘g‘risidagi tushunchalarni biladi, unga qarshi kurashishga oid huquqiy normalar asosida korrupsiyaga qarshi kurashishni his qila olish ko‘nikmasiga ega bo‘ladi;
jamiyat va davlat hayotidagi siyosiy jarayonlarda faol ishtirok etadi;
huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini amalga oshirishda to‘g‘ri qaror qabul qila oladi.
O‘RTA TA’LIMNING
10-11-SINFLARI UChUN
O‘QUV DASTURI
68 soat
Uqtirish xati
10-11-sinf Davlat va huquq asoslari (Huquqshunoslik) fani o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq, umumta’lim fanlarini o‘qitishning uzluksizligi va izchilligini ta’minlash, zamonaviy metodologiyasini yaratish, davlat ta’lim standartlarini kompetensiyaviy yondashuv asosida o‘quv-metodik majmualarning yangi avlodini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishni tashkil etishga yo‘naltirilgan.
Shu bilan birga mazkur dastur O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi “Umumiy o‘rta va O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-sonli qarori bilan tasdiqlangan Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining umumta’lim fanlari bo‘yicha malaka talablari asosida tayyorlangan.
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va huquq-tartibotni, davlatimiz chegaralari daxlsizligini, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik muhitini ta’minlash uchun muhim poydevor bo‘ldi, xalqimizning munosib hayot kechirishi, fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi.
Globallashuv sharoitida inson ongi uchun kurash tobora kuchayib borayotgan davrda, jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish, diniy ekstremizm va terrorizmga, uyushgan jinoyatchilikning boshqa shakllariga qarshi kurashish bo‘yicha tashkiliy-amaliy choralarni kuchaytirish masalalari kun tartibidagi eng dolzarb masalalardan biri bo‘lib qoldi Shu ma’noda mustaqillikning dastlabki yillarida boshlangan ishlarning matniqiy davomi sifatida aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish va huquqiy ongini oshirish masalalari ham alohida tamoiyl sifatida 2017—2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida o‘z aksini topdi.
Huquqshunoshlik o‘quv fanini o‘qitishning o‘z oldiga qo‘ygan asosiy maqsadi o‘quvchilarning huquqiy madaniyatini yuksaltirishdan iboratdir.
Konstitutsiyaviy burch va majburiyatlarni bilishga hamda ularga rioya qilishga o‘rgatishdan iborat mazkur masalani amalga oshirishda ta’lim-tarbiya jarayonida davlat va huquq asoslari fani mazmuniga oid huquqiy ong hamda huquqiy mananiyatga ega bo‘lish kompetensiyalarni shakllantirish orqali amalga oshiriladi.
Fanga oid kompetensiyalar orqali o‘quvchilarda kommunikativlik, axborot bilan ishlash, o‘zini-o‘zi rivojlantirish, ijtimoiy faol fuqarolik, milliy va umummadaniy, matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyalari shakllantiriladi.
Davlat va huquq asoslari fani 10-11-sinf: “Huquqshunoslik” fani (34 soat)ni o‘z ichiga oladi. Uzviylik va uzluksizlik tamoyiliga asosan o‘quvchilarning quyi sinflarda olgan bilimlari asosida huquq sohalariga oid bilimlar beriladi.
(B1 34 soat)
O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari:
Kommunikativ kompetensiya — ijtimoiy vaziyatlarda ona tilida hamda birorta xorijiy tilda o‘zaro muloqotga kirisha olishni, muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — mediamanbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayot davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallashni nazarda tutadi.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi — aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy rejalarni tuza olish, kundalik faoliyatda turli diagramma, chizma va modellarni o‘qiy olish, inson mehnatini yengillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan, qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan foydalana olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. Mazkur kompetensiyalar umumta’lim fanlari orqali o‘quvchilarda shakllantiriladi.
I BO‘LIM. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING
XALQARO HUQUQ SUB’EKTI
1-mavzu. Kirish. Huquq – shaxs va davlat munosabatlarining mustahkam asosi. (B1 1 soat)
Huquq – shaxs va davlat munosabatlarining mustahkam asosi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining asosi sifatida. Shaxsning huquqiy madaniyati.
2-mavzu. Qonunning ustuvorligi. (B1 1 soat)
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mamlakatning asosiy qonuni. O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasida xalqaro huquqning umume’tirof etgan prinsiplari.
3-mavzu. Xalqaro huquq (B1 1 soat)
Xalqaro huquqiy munosabatlar va ularning prinsiplari. Xalqaro huquq manbalari. Chet el fuqarolarining huquqiy maqomi. Jahonning huquqiy xaritasi.
4-mavzu. Birlashgan millatlar tashkilotnining maqsad va vazifasi (B1 1 soat)
Birlashgan Millatlar tashkilotining tashkil topishi, maqsad va vazifalari. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi. Bola huquqlari himoya qilishda BMTning faoliyati
5-mavzu. Inson huquq va erkinliklarning himoya qilish mexanizmi. (B1 1 soat)
Inson huquqlarini himoya qilishga oid xalqaro huquqiy hujjatlar. Milliy qonunchiligimizda inson va fuqarolar huquq va erkinliklarining himoya qilinishi. Apatritlar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquqlari.
Amaliy mashg‘ulot (B1 1 soat)
II BO‘LIM. KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ – HUQUQNING BOSH SOHASI
6-mavzu. O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzum asoslari. (B1 1 soat)
Konstitutsiyaviy tuzumning tarkibi. Konstitutsiyaviy tuzum va konstitutsiyaviy tamoyillar. Konstitutsiyaviy tuzum va huquq tartibot.
7-mavzu. O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumining asosi sifatida insonparvarlik tamoyili. (B1 1 soat)
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida inson huquq va erkinliklarining belgilanishi. Xalq hokimiyatchiligi. Shaxsiy huquq va erkinliklar. Fuqarolarning konstitutsiyaviy burch va majburiyatlari.
III BO‘LIM. MA’MURIY HUQUQ
8-mavzu. Ma’muriy huquq sohasining Konstitutsiyaviy asoslari. (B1 1 soat)
Ma’muriy huquq sohasining konstitutsiyaviy asosi. Ma’muriy huquq tizimi va manbalari. Ma’muriy huquqning sub’ektlari. Davlat xizmati tushunchasi va o‘ziga xosxususiyatlari.
9-mavzu. Ma’muriy huquqbuzarlik va ma’muriy javobgarlik. (B1 1 soat)
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari. Ma’muriy huquqbuzarlik. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksi. Ma’muriyjavobgarlikvauningxususiyatlari.
10-mavzu. Ma’muriy jazo va uning turlari. (B1 1 soat)
Ma’muriy jazo belgilashning huquqiy asoslari. Jarima, musodara qilish, berilgan maxsus huquqdan mahrum etish tartiblari.
Amaliy mashg‘ulot. (B1 1 soat)
IV BO‘LIM. FUQAROLIK HUQUQI
11-mavzu. Fuqarolik huquqi manbalari. (B1 1 soat)
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi fuqarolik huquqining asosi. Fuqarolik huquqiy munosabatlar ishtirokchilari. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksi. Fuqarolik huquqining obyekti.
12-mavzu. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi. (B1 1 soat)
O‘zbekiston Respublikasi Fuqaroligiga ega bo‘lish va uni yo‘qotishning huquqiy asoslari. Fuqarolik qonun hujjatlari. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik to‘g‘risidagi Qonuni.
13-mavzu. Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar. (B1 1 soat)
Mulk huquqining Konstitutsiyaviy asoslari. O‘zbekiston Respublikasida mulk shaklari. Mulk huquqining subyektlari va obyektlari. Mulk huquqining amalga oshirish shartlari.
14-mavzu. Bitimlar va vakillik. (B1 1 soat)
Bitimlar tushunchasi, turlari va shakllari. Bitimning haqiqiy emasligi. Vakillik va ishonchnoma tushunchasi. Ishonchnomaning shakli, muddati, bekor bo‘lishi. Ishonchnomani qaytarish majburiyati.
15-mavzu. Shartnoma tushunchasi va shartlari. (B1 1 soat)
Shartnomalarning asosiy shartlari. Shartnoma tuzish erkinligi. Shartnomaning amal qilishi. Shartnomaning namunaviy shartlari. Sharnoma tuzish haqidagi asosiy qoidalar.
16-mavzu. Iste’molchilar huquqlari va majburiyatlari. (B1 1 soat)
Iste’molchi. Tovar haqida ma’lumot olish va sertifikatini so‘rash huquqi. Sotib olingan tovarni qaytarish yoki almashtirish huquqi. Iste’molchilarning majburiyatlari. O‘zbekiston Respublikasining iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘risidagi qonuni.
17-mavzu. Ishlab chiqaruvchi tomonidan tovar sifatini kafolati. (B1 1 soat)
Tovarning kafolat, yaroqlilik muddati. Sotib oluvchining tovarni qabul qilish majburiyati. Tovarning bahosi. Tovarni sug‘urtalash.
18-mavzu. Intelektual mulk huquqi. (B1 1 soat)
Intelektual mulk ob’ektlari. mualliflik huquqi.mualliflik huquqi ob’ektlarining turlari. Mualliflik huqquqining amal qilish muddati. mualliflik huquqi manbalari. mualliflik huquqini buzganlik uchun javobgarlik.
19-mavzu. Fuqarolik ishlarini sudda ko‘rish bosqichlari. (B1 1 soat)
Fuqarolik sudida ko‘riladigan ishlar. Fuqarolik ishini sudda ko‘rish tartibi. Sud protsessi ishtirokchilari. Sudning hal qiluv qarori. Sud qarorlari ustidan shikoyat berish tartibi.
Amaliy mashg‘ulot. (B1 1 soat)
V BO‘LIM. MEHNAT HUQUQI
20-mavzu. Mehnatga oid munosabatlar. (B1 1 soat)
Mehnatga oid munosabatlarning Konstitutsiyaviy asoslari. Mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining vazifalari. Mehnat huquqining sub’ektlari. Mehnatni muhofaza qilish.
21- mavzu. Ishga qabul qilish va mehnat shartnomasi. (B1 1 soat)
Ishga joylashish huquqi. Ishga joylashishga davlat yo‘li bilan ko‘maklashish. Ishsiz deb e’tirof etish. Ishsizlik nafasini to‘lash. mehnat shartnomasi tushunchasi va talablari. Mehnat shartnomasining shakli. Mehnat shartnomasining muddati.
22-mavzu. Mehnat shartnomasini tuzish. (B1 1 soat)
Ishga qabul qilishga yo‘l qo‘yiladigan yosh. Mehnat daftarchasi. Dastlabki sinov muddati. Mehnat shartnomasini o‘zgartirish va bekor qilish tartibi.
23-mavzu. Ish vaqti va dam olish vaqti. (B1 1 soat)
Ish vaqti tushunchasi. Ish vaqtining normal va qisqartirilgan muddati. to‘liqsiz ish vaqti. Ish vaqtini jamlab hisoblash. Tanafusslar, dam olish va bayram kunlari. Ta’tillar.
24-mavzu. Mehnatga haq to‘lash. Mehnat intizomi. (B1 1 soat)
Mehnat haqi miqdorini belgilash. Ish vaqtidan tashqari ishlar hamda dam olish kunlari va bayram kunlaridagi, tungi vaqtdagi ishlar uchun haq to‘lash. Mehnatga haq to‘lash muddatlari. Ish haqidan ushlab qolish. Mehnat intizomi. Mehnat uchun rag‘batlantirish. Intizomiy jazolar va ularning amal qilish tartibi.
25-mavzu. Mehnatni muhofaza qilish. Qo‘shimcha imtiyoz va kafolatlar. (B1 1 soat)
Mehnatni muhofaza qilish talablari. Ayrim toifadagi xodimlarga beriladigan ko‘shimcha kafolat va imtiyozlar. Yoshlar uchun qo‘shimcha kafolatlar.
26-mavzu. Mehnat nizolari. (B1 1 soat)
Yakka mehnat nizolarining taraflari va mazmuni. Mehnat nizolarini ko‘rib chiqish tartibi. Mehnat nizolarini ko‘rib chiquvchi organlar va komissiyalari va ularning qarorlari.
Amaliy mashg‘ulot (B1soat)
Takrorlash (B1soat)
Nazoratishi (B1soat)
Jami mavzular 26 soat
Amaliy mashg‘ulot 4 soat
Takrorlash 3 soat
Nazorat ishi 1 soat
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar elementlari:
Huquqiy ongga ega bo‘lish kompetensiyasi:
jamiyat, davlat, huquq, huquq sohalari, normativ-huquqiy hujjatlar mohiyati va belgilarini tushuntira oladi;
xalqaro umume’tirof etilgan konvensiyalarning mazmun-mohiyatini tushuntirib bera oladi;
davlat organlari va muassasalariga murojaat qilish tartibi va qoidalarini biladi;
tanlagan kasbining huquqiy asoslari haqida ma’lumot bera oladi;
o‘z kasbiga oid normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlashni biladi.
Huquqiy madaniyatli bo‘lish kompetensiyasi
fuqarolik burchlari va majburiyatlarini anglaydi, ularga rioya qiladi;
huquq manbalaridan foydalana oladi;
o‘z huquq va manfaatlarini qonuniy himoya qila oladi;
huquqiy voqya va hodisalarga oid to‘g‘ri xulosa chiqara oladi;
korrupsiyaning jamiyat hayotida salbiy oqibat ekanligi to‘g‘risidagi tushunchalarni biladi, unga qarshi kurashishga oid huquqiy normalar asosida korrupsiyaga qarshi kurashishni his qila olish ko‘nikmasiga ega bo‘ladi;
jamiyat va davlat hayotidagi siyosiy jarayonlarda faol ishtirok etadi;
huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini amalga oshirishda to‘g‘ri qaror qabul qila oladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
- Karimov I.A. O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. T. 1. – T.: O‘zbekiston, 1996. – 364 b.
- Karimov I.A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. T. 2. – Toshkent: O‘zbekiston, 1996. – 380 b.
- Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. T. 3. – Toshkent: O‘zbekiston, 1996. – 366 b.
- Karimov I.A. Bunyodkorlik yo‘lidan. T. 4. – Toshkent: O‘zbekiston, 1996. – 394 b.
- Karimov I.A. Yangicha fikrlash va ishlash – davr talabi. T. 5. – Toshkent: O‘zbekiston, 1997. – 384 b.
- Karimov I.A. Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo‘lida. T. 6. – Toshkent: O‘zbekiston, 1998. – 429 b.
- Karimov I.A. Biz kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan quramiz. T. 7. – Toshkent: O‘zbekiston, 1999. – 413 b.
- Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot pirovard maqsadimiz. T. 8. – Toshkent: O‘zbekiston, 2000. – 525 b.
- Karimov I.A. Vatan ravnaqi uchun har birimiz masulmiz. T. 9. – Toshkent: O‘zbekiston, 2001. – 439 b.
- Karimov I.A. Xavfsizlik va tinchlik uchun kurashmoq kerak. T. 10. – Toshkent: O‘zbekiston, 2002. – 432 b.
- Karimov I.A. Biz tanlagan yo‘l – demokratik taraqqiyot va ma’rifiy dunyo bilan hamkorlik yo‘li. T. 11. – Toshkent: O‘zbekiston, 2003. – 320 b.
- Karimov I.A. Tinchlik va xavfsizligimiz o‘z kuch-qudratimizga, hamjihatligimiz va qat’iy irodamizga bog‘liq. T. 12. – Toshkent: O‘zbekiston, 2004. – 400 b.
- Karimov I.A. O‘zbek xalqi hyech qachon, hyech kimga qaram bo‘lmaydi. T. 13. – Toshkent: O‘zbekiston, 2005. – 448 b.
- Karimov I.A. Inson, uning huquq va erkinliklari – oliy qadriyat. T. 14. – Toshkent: O‘zbekiston, 2006. –280 b.
- Karimov I.A. Jamiyatimizni erkinlashtirish, islohotlarni chuqurlashtirish, ma’naviyatimizni yuksaltirish va xalqimizning hayot darajasini oshirish – barcha ishlarimizning mezoni va maqsadidir. T.15. – Toshkent: O‘zbekiston, 2007. –320 b.
- Karimov I.A. Mamlakatni modernizatsiya qilish va iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirish yo‘lida. T.16. – Toshkent: O‘zbekiston, 2008. –368 b.
- Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: “Ma’naviyat”, 2008. –174 b.
- Karimov I.A. “Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish – mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy mezonidir”. 19-tom, T.: “O‘zbekiston” NMIU, 2011
- Mirzieyov, Shavkat. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan quramiz.– Toshkent: “O‘zbekiston” NMIU, 2017. –488 b.
- Mirziyoev Shavkat Miromonovich. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marsosimdagi ma’ruza. 2016 yil 7 dekabr. Toshkent: “O‘zbekiston” NMIU, 2016. –48 b.
- Mirziyoev Sh.M. Erkin va farovon demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Toshkent: “O‘zbekiston” NMIU, 2016. –56 b.
- O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2015 – 40 b.
- O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – 2014 yil. “O‘zbekiston”
- O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida // O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining axborotnomasi. – 1992. – № 2. – B. 42–43.
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 13 iyundagi “Yoshlarning huquqiy ta’limini takomillashtirishning Kompleks dasturi to‘g‘risida”gi Qarori // O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari to‘plami. 1994. –№6. –B.204-205
- O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonuni // O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi. 1997. –№. –225-modda.
- Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi // O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi. 1997. –№8. B. 23-33.
- O‘zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”.// O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi. 1997. –№8.
- O‘zbekiston Respublikasi Kodekslari. to‘plam T.: “Adolat” 2014. – 1056 bet.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 25 iyundagi “Huquqiy tarbiyani yaxshilash, aholining huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirish, huquqshunos kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, jamoatchilik fikrini o‘rganish ishini yaxshilash haqida” gi Farmoni // O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi. 1997. –№7. –179-modda.
- Davlat va huquq asoslaridan umumiy o‘rta ta’lim o‘quv dasturi. Ta’lim taraqqiyoti. 1999 y, 2-son, 264-301 betlar.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001 yil 4 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o‘rganishni tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoyishi // “Xalq so‘zi” gazetasi. 2001. –5 yanvar.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 23 iyundagi “O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga ko‘maklashish borasidagi chora – tadbirlar to‘g‘risida”gi 107 sonli Qarori // O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi. 2005. –№6
- O‘z DSt 1157:2008 Hujjatlarni unifikatsiyalashtirish tizimi. Tashkiliy-farmoyish hujjatlar tizimi. Hujjatlarni rasmiylashtirishga bo‘lgan talablar.
- Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi 2013 yil 4 iyun 28/qq, Xalq ta’lim vazirligi 2013 yil 04. № 27, O‘rta maxsus kasb-hunar ta’lim markazlarining 2013 yil 04. № 30/qq.
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi 187-qarori.
3.1. AbdullaAvloniy. TurkiyGulistonyoxudaxloq. – T.: O‘qituvchi, 1992. – B. 33.
3.3. Абзалов Э. М. Правовое воспитание и формирование правовой културы молодёжи. – Т.: Академия МВД РУЗ, 1996. – 24 с.
3.4. Аграновская е. В. Правовая култура и обеспечение прав личности. – М.: Наука, 1988. – 142 с.
3.5. Azizxo‘jaev A.A. Davlatchilik va ma’naviyat. – T.: Sharq, 1997. – 112b.
3.10. Белский К. Т. Формирование и развитие правового сознания в
гражданском обществе. – М.: Изд-во МГУ, 1992. – С. 30–31.
3.23. Jo‘raev S. Fuqarolikjamiyati: nazariyavaamaliyot. – T.: TDShI, 2003.– 364 b.
3.26. Зокиров Х. Правовая култура и правовые правосудия. – Т., 1998. – 28 с.
3.27. Зокиров Э. Правовое воспитание и формирование правовой културы молодёжи. – Т.: Академия МВД РУз, 2002. – С. 67.
3.29. Исломов З. Механизм существления государственной власти. – Т.: Адолат, 1997. – 56 с.
3.30. Islomov Z. M. Fuqarolik jamiyati: kecha, bugun, ertaga. – T., 2002. – 84 b.
3.31. Islomov Z. M. Davlat va huquqning umumnazariy muammolari: huquqni tushunish, huquqiy ong va huquq ijodkorligi. – T., 2005. – 188 b.
3.45. Матузов Н. Н. Правовая система и личност. – Саратов, 1997. – 222 с.
3.46. Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. – T.: O‘zbekiston, 2000. – 77 b.
3.47. Milliy g‘oya va mafkura tushunchalarining o‘ziga xos xususiyatlari. – T.: O‘zLiDep, 2006. – 88 b.
3.48. Odilqoriev X. Konstitutsiya va fuqarolik jamiyati. – T.: Sharq, 2002. – 320 b.
3.57. Tadjixanov U., Saidov A. Huquqiy madaniyat nazariyasi. T. 1. – T., 1998. – 316 b.
3.58. Tadjixanov U., Saidov A. Huquqiy madaniyat nazariyasi.T. 2. – T., 1998. – 448 b.
3.61. Turdiboeva R. Talaba yoshlar huquqiy madaniyatini shakllantirishning nazariy va amaliy masalalari. – T.: Adolat, 2002. – 164 b.
3.71. O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy huquqi/Prof. A. Saidovning umumiy tahririda. – T.: Adolat, 2005. – 479 b.
3.73. Qirg‘izboev M. Fuqarolik jamiyati: siyosiy partiyalar, madaniyatlar va mafkuralar. – T.: Sharq, 1997. – 160 b.
3.74. Husanov O.T. O‘zbekiston Respublikasi davlat organlari. -T.: Adolat, 1996.-181b.
3.75. Tuychieva H.N. Huquqni o‘qitish metodikasi. –T.: Toshkent islom universiteti, 2008. – 78 b.
3.76. Nasiriddinova O.T. Huquqiy madaniyat – fuqarolik jamiyatini shakllantirishda muhim omil (yoshlar misolida): Yurid. fan. nomz. . dis. avtoref. – T.: TDYuI, 2009, -22 b.
3.77. A. Saidov. U.Tojixonov “Huquqiy madaniyat nazariyasi”.Darslik IIV Akademiyasi-1998 yil.
3.78. Zokirov I. O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik huquqi. darslik. T.: “Adolat” 1996. 296 b.
3.79. Rustamboev M.H. Jinoyat huquqi (Umumiy qism) Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik. T.: “Ilm ziyo” 2005 -480 b.
Kafedrasi huquq fani o‘qituvchisi
Поиск материала «Davlat va huquq asoslari, 10 sinf, Kostetskiy V., 2017» для чтения, скачивания и покупки
Найденные материалы, документы, бумажные и электронные книги и файлы:
Ниже показаны результаты поиска поисковой системы Яндекс. В результатах могут быть показаны как эта книга, так и похожие на нее по названию или автору.
Search results:
© V . А. Kostetskiy , 2017. © «Yangiyo‘l Poligraf Servis», 2017. O‘QUVCHILARGA. Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va huquq -tartibotni, davlatimiz chegaralari daxlsizligini, jamiyatda qonun ustuvor-ligini, inson huquq va erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikeng lik muhitini ta’minlash uchun muhim poydevor bo‘ldi, xalqimizning munosib hayot kechirishi, fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqa rish uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi. iht.uz
© V . А. Kostetskiy , 2017. © «Yangiyo‘l Poligraf Servis», 2017. O‘QUVCHILARGA. Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va huquq -tartibotni, davlatimiz chegaralari daxlsizligini, jamiyatda qonun ustuvor-ligini, inson huquq va erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikeng lik muhitini ta’minlash uchun muhim poydevor bo‘ldi, xalqimizning munosib hayot kechirishi, fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqa rish uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi. n.ziyouz.com
Канцтовары: бумага, ручки, карандаши, тетради. Ранцы, рюкзаки, сумки. И многое другое. my-shop.ru Купить
© V . А. Kostetskiy , 2017. © «Yangiyo‘l Poligraf Servis», 2017. O‘QUVCHILARGA. Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va huquq -tartibotni, davlatimiz chegaralari daxlsizligini, jamiyatda qonun ustuvor-ligini, inson huquq va erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikeng lik muhitini ta’minlash uchun muhim poydevor bo‘ldi, xalqimizning munosib hayot kechirishi, fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqa rish uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi. ziyouz.com
© V . А. Kostetskiy , 2017. © «Yangiyo‘l Poligraf Servis», 2017. O‘QUVCHILARGA. Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va huquq -tartibotni, davlatimiz chegaralari daxlsizligini, jamiyatda qonun ustuvor-ligini, inson huquq va erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikeng lik muhitini ta’minlash uchun muhim poydevor bo‘ldi, xalqimizning munosib hayot kechirishi, fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqa rish uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi. hasanboy.uz
O‘rta umumta’lim muassasalarining 10 – sinflari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darslik. — Toshkent: Yangiyo‘l poligraf servis, 2017. — 144 b. — ISBN 978-9943-4936-0-5. Aziz o‘quvchi! Quyi sinflarda siz davlat va huquqning kelib chiqishi, davlat shakllari, xalq hokimiyatchiligi, huquqiy normalar, huquq sohalari, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, uning tuzilishi, maqsad va vazifalari haqida bilimlarga ega bo‘lgansiz. O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi. Inson huquq va erkinliklarini himoyalash mexanizmi. Konstitutsiyaviy huquq asoslari . Davlatda qonunning ustuvorligi. b.eruditor.one
Siz bu sahifada O`zbekistonning (Toshkent) 10 sinf uchun Davlat va huquq asoslari kitobini tekinga ko`chirishingiz mumkin. Bundan tashqari, kitob bilan tanishish uchun bu kitobga prevyu yuklab olish mumkin. www.Test-uz.ru
V . А. Kostetskiy DAVLAT VA HUQUQ ASOSLARI O‘rta ta’lim maktablarining 10 – sinfi va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari uchun darslik 1-nashri О‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tasdiqlagan Toshkent «Yangiyo‘l Poligraf Servis» 2017. SHARTLI BELGILAR – yodda tuting – topshiriq – huquqiy vaziyat – bilimingizni sinang – Konstitutsiya va qonun hujjatlaridan ko‘chirmalar Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan chop etildi. fayllar.org
Davlat va huquq asoslari . 10 – sinf (2017, V . Kostetskiy ). Ma’naviyat asoslari . 10 – sinf (2017, V .Qo’chqorova, O.Mahmudov). n.ziyouz.com
10 – sinf elektron darsliklar barcha fanlardan pdf varianti. 10 – sinf darsliklari barcha fanlardan ixtisoslashtirilgan davlat maktablari va umumta’lim maktablari uchun . Ushbu ma’lumot ziyouz.com portalidan olindi. bilimlar.uz
Олдинги макола 10 – sinf Algebra fanidan barcha o’quv materiallari. Agar siz birinchilardan bo’lib, investitsiyalar, daromadlar, daromadli loyihalar haqida yangi maqolalardan xabardor bo’lishni xohlasangiz, saytimizga va ijtimoiy tarmoqlarga obuna bo’lishni unutmang! uzinterbiz.com
Darslik davlat va huquq sohasidagi zamonaviy ilmiy konsepsiyalarni inobatga olgan holda tayyorlangan bo‘lib, uning mavzulari an’anaviy yondashuvlar bilan bir qatorda yangi muammolar hamda nuqtayi nazarlar talqini asosida yoritilgan. Unda mamlakatda shaklla-nayotgan fuqarolik jamiyati, demokratik davlatchilik va huquqiy tizim xususiyatlariga oid nazariy xulosalar o‘z ifodasini topishi barobarida, davlat va huquqning vujudga kelishi, mohi-yati, mexanizmi, funksiyalari, shakllari, ularning jamiyatni modernizatsiyalashdagi roli jonli tarzda bayon etilgan. sudyalaroliymaktabi.uz
Рефераты, слайды, разработки уроков, IELTS всё в одном AIM.UZ Referatlar, Dars ishlanmalar, Testlar, Taqdimotlar, Tadbir va bayram senariylari. davlat _ va _ huquq – 10 (2.0 Mb). aim.uz
Etiboringizga 10 – sinf maktab darslik larini taqdim etamiz. 10 – sinf barcha fanlardan darsliklar pdf shaklda yuklab oling. Yuklab olish yo’riqnomasi. Kerakli 10 – sinf darslik ustiga bir marta bosasiz va bosilgan fayl sizning qurilmangizga yuklanadi. Вопросы олимпиады по экономике. Чтобы загрузить вопросы об Олимпийских играх, щелкните один раз нужный файл или нажмите кнопку « скачать ». 9-iqtisod-yozma скачать 9-iqtisod-test скачать iqtisodiy-bilim- asoslari скачать Iqtisod fanidan olimpiada. mbaza.uz
Рефераты, слайды, разработки уроков, IELTS всё в одном AIM.UZ Referatlar, Dars ishlanmalar, Testlar, Taqdimotlar, Tadbir va bayram senariylari. Davlat va huquq asoslari . aim.uz
Huquqshunoslik 10 sinf kasb-hunar ta’limi muassasalari oquvchilari uchun darslik. DAVLAT VA HUQUQ ASOSLARI O‘rta ta’lim maktablarining 10 -sin〼 va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari uchun darslik 1-nashri О‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tasdiqlagan Toshkent «Yangiyo‘l Poligraf Servis» 2017 Kostetskiy , Vasiliy. m.apkpure.com
Huquq – shaxs va davlat munosabatlirining mustahkam asosi Xalqaro huquq Birlashgan Millatlar Tashkilotnining maqsad va vazifasi O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi Inson huquq va erkinliklarning himoya qilish mexanizmi Amaliy mashg‘ulot Davlatda qonunning ustivorligi O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzum asoslari . O‘zbekistonRespublikasi fuqarolik huquqi Bitimlar va vakillik Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar Fuqarolik huquqiy shartnomalar shartlari. Amaliy mashg‘ulot. Xizmat ko‘rsatishga (ishlarni bajarishga) Namunaviy shartnoma tuzish shartlari. mbaza.uz
Автор: Javoxir Muslimov. Родительская категория: Разработка уроков. Категория: 10 -Класс. Чтобы скачать этот файл зарегистрируйтесь или войдите на сайт. Please register or login to download this file. 10 – sinf Davlat va huquq asoslari (3.3 Mb). aim.uz
Huquq – shaxs va davlat munosabatlirining mustahkam asosi Xalqaro huquq Birlashgan Millatlar Tashkilotnining maqsad va vazifasi O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi Inson huquq va erkinliklarning himoya qilish mAmexaalniyizmmai shg‘ulot Davlatda qonunning ustivorligi O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzum asoslari . O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumining asosi O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy huquq Ma’muriy huquqbuzarlik va ma’muriy javobgarlik Ma’muriy jazo va uning turlari Amaliy mashg‘ulot Takrorlash Nazorat ishi-I. baxtiyor.uz
Barcha fanlardan 10 – sinf darsliklar. 10 – sinf darsliklarning elektron shakllari.Pdf formatida yuklab oling. Darsliklarni yuklab oling va ulardan foydalaning. Darsliklar foydalanish uchun bepul. Sizga 10 – sinf darsliklar dan boshqa darsliklarni ham etiboringizga havola etamiz. 5- sinf darsliklar, 7- sinf darsliklar, 8- sinf darsliklar, 9- sinf darsliklar, 10 – sinf darsliklar, 11- sinf darsliklar ro’yxati abiturtest.uz
Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ijara uchun chop etildi. © G. M. Tansikbayeva, V . A. Kostetskiy , 2010, 2014. © “Sharq” NMAK Bosh tahririyati, 2010, 2014. Konstitutsiya olamiga sayohat. Sizning qo‘lingizda murakkab, ko‘p qirrali va qiziqarli huquqlar dunyo-si to‘g‘risida ma’lumot bеruvchi kitob turibdi. O‘zbеkiston Rеspublikasida mustaqillikning e’lon qilinishi va suveren demokratik davlat qurilishi huquqiy asoslar – davlat va shaхsning o‘zaro munosabatlarini bеlgilovchi qonunchilik va huquqshunoslik poydеvorini shakllantirishdan boshlandi. n.ziyouz.com
Davlat va huquq asoslari . O‘rta ta’lim muassasalarining 11- sinfi va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari. uchun darslik 1-nashr. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tasdiqlagan. Taqrizchilar: B. Axrorov — yuridik fanlari doktori, professor; H. To‘ychiyeva — yuridik fanlar nomzodi, dotsent; H. Tojiboyev — Toshkent shahar Yakkasaroy tumanidagi 144-o‘rta. umumta’lim maktabining « Davlat va huquq asoslari » fani o‘qituvchisi. Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan chop etildi. ziyouz.com
Давлат ва ҳуқуқ асослари фанидан 11 синф дарслик pdf. Школьные учебники. Навигация по записям. Previous Post. Чақирувга қадар бошлангич тайёргарлик 11- синф дарслик. Дарсликларнинг електрон шакллари. foydali-fayllar.uz
Huquq – shaxs va davlat munosabatlirining mustahkam asosi Xalqaro huquq Birlashgan Millatlar Tashkilotnining maqsad va vazifasi O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi Inson huquq va erkinliklarning himoya qilish mAmexaalniyizmmai shg‘ulot Davlatda qonunning ustivorligi O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzum asoslari . O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumining asosi O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy huquq Ma’muriy huquqbuzarlik va ma’muriy javobgarlik Ma’muriy jazo va uning turlari Amaliy mashg‘ulot Takrorlash Nazorat ishi-I. bilimlar.uz
Олимпиада по вопросам права. Чтобы загрузить вопросы об Олимпийских играх, щелкните один раз нужный файл или нажмите кнопку « скачать ». 9- 10 -11- huquq скачать 11- huquq -yozma скачать 11- huquq -test скачать 10 – huquq -yozma скачать 10 – huquq -test_ скачать 9- huquq -yozma. mbaza.uz
Siz bu sahifada O`zbekistonning (Toshkent) 11 sinf uchun Davlat va huquq asoslari kitobini tekinga ko`chirishingiz mumkin. Bundan tashqari, kitob bilan tanishish uchun bu kitobga prevyu yuklab olish mumkin. www.Test-uz.ru
Скачайте приложение APKPure, чтобы получить последнее обновление Davlat va huquq asoslari 11 и любого приложения на Android. N. ISMATOVA, O. KARIMOVA DAVLAT VA HUQUQ ASOSLARI O‘rta ta’lim muassasalarining 11- sinfi va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darslik 1-nashr Тoshkent «Yangiyul Poligraph Service» 2018. apkpure.com
Huquq – shaxs va davlat munosabatlirining mustahkam asosi Xalqaro huquq Birlashgan Millatlar Tashkilotnining maqsad va vazifasi O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi Inson huquq va erkinliklarning himoya qilish mexanizmi Amaliy mashg‘ulot Davlatda qonunning ustivorligi O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzum asoslari . O‘zbekistonRespublikasi fuqarolik huquqi Bitimlar va vakillik Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar Fuqarolik huquqiy shartnomalar shartlari. Amaliy mashg‘ulot. Xizmat ko‘rsatishga (ishlarni bajarishga) Namunaviy shartnoma tuzish shartlari. baxtiyor.uz
Siz bu sahifada O`zbekistonning (Toshkent) 8 sinf uchun Ozbekiston davlati va huquqi asoslari kitobini tekinga ko`chirishingiz mumkin. Bundan tashqari, kitob bilan tanishish uchun bu kitobga prevyu yuklab olish mumkin. www.Test-uz.ru
DAVLAT VA HUQUQ ASOSLARI ish reja word variantda (.docx). 8-sinf–davlat–va–huquq–asoslari.docx [7,96 Kb]. 5-6-7-8-9-10-11 классные тесты по родному языку и литературе. bellashuv.uz
Рефераты, слайды, разработки уроков, IELTS всё в одном AIM.UZ Referatlar, Dars ishlanmalar, Testlar, Taqdimotlar, Tadbir va bayram senariylari. Barchasi birda. Чтобы скачать этот файл зарегистрируйтесь или войдите на сайт. Please register or login to download this file. Davlat va huquq asoslari 11- sinf darslik (2.0 Mb). aim.uz
Чтобы загрузить книги, щелкните ссылку для загрузки, и книга будет загружена на ваше устройство. 8-класс O‘zbekiston davlati va huquqi asoslari учебники – скачать . Вопросы олимпиады по биологии. Чтобы загрузить вопросы об Олимпийских играх, щелкните один раз нужный файл или нажмите кнопку « скачать ». 9-biologiya-test скачать 9- sinf -biologiya-yozma скачать 9- sinf -biologiya-yozma скачать 9- 10 -11- sinf -olimpiada biologiya скачать 9-biologiya-yozma. mbaza.uz
Davr talabiga javob bera oladigan sadoqatli , huquqiy ongi yuksak yoshlarni tarbiyalashda huquqiy kitoblar ,ommaviy axborot vositalari hamda ta`lim dargohlarida o`zlashtirilayotgan huquqiy bilimlarni ahamiyati katta . Sizga havola etilayotgan ushbu o`quv uslubiy qo`llanmada 8- sinf davlat va huquq asoslari fanidagi mavzular bo`yicha savol –javoblar hamda ularga doir testlar taqdim etildi. Bu qo`llanma huquq fanidan dars beruvchi o`qituvchilar hamda o`z ustida ishlovchi, iqtidorli o`quvchi yoshlar va boshlang`ich huquqiy bilimlarni o`rganish istagida bo`lgan aholi uchun mo`ljallangan. kopilkaurokov.ru
На данной странице Вы можете найти лучшие результаты поиска для чтения, скачивания и покупки на интернет сайтах материалов, документов, бумажных и электронных книг и файлов похожих на материал «Davlat va huquq asoslari, 10 sinf, Kostetskiy V., 2017»
Для формирования результатов поиска документов использован сервис Яндекс.XML.
Нашлось 2 млн ответов. Показаны первые 32 результата(ов).
Huquqshunoslik
Huquqshunoslik: Akademik litsey va kasb- hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma. — T.:
«Sharq», 2010. — 176 b.
Sarlavhada: O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta max- sus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi.
BBK 67ya722
ISBN 978-9943-00-033-9
© «Sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi Bosh tahririyati, 2004, 2007, 2009, 2010.
SO‘ZBOSHI
O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi, o‘z taqdirini o‘zi belgilashdek buyuk baxt bugungi yosh avlodga nasib etdi. Respublikamizda demokratik huquqiy davlat quril- moqda. Bunday davlatni barpo etish uchun esa jamiyat, xalq, ayniqsa, yoshlar yuksak darajada huquqiy bilimli, madaniyatli bo‘lishi kerak.
Keyingi yillarda respublikamizda mustaqillikni mustahkam- lash, ta’limni rivojlantirish borasida juda ko‘p ishlar qilinmoqda. Bunga O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qo- nuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 13-mayda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasida umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida»gi Nizomi, «O‘zbekiston Respublikasida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 29-avgustdagi qarori bilan tasdiqlan- gan «Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy das- turi», 2001-yil 4-yanvarda Prezidentimiz tomonidan qabul qi- lingan «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o‘rganishni tashkil qilish to‘qrisida»gi farmoyishi va boshqa bir qancha huquqiy hujjatlar misol bo‘la oladi.
Mamlakatimizning rivojlanishi, dunyo miqyosida hurmat va e’tiborga sazovor bo‘lishi kelajak avlodni har tomonlama kuchli va bilimdon qilib tarbiyalashni taqozo etadi. «O‘zbe- kiston Respublikasida yoshlar va turli yoshdagi balog‘atga yet- maganlarning huquqiy ta’limi haqida»gi Nizomga asosan huquqiy ta’lim respublikadagi barcha oliy o‘quv yurtlarida, maktablarda, gimnaziyalarda, litseylarda, professional va ixti- soslashtirilgan texnika bilim yurtlarida (o‘rta maxsus, kasb- hunar ta’limi) maxsus dastur asosida olib borilishi lozim.
Yuksak huquqiy madaniyatni shakllantirishda res- publikamiz ta’lim tizimida o‘qitilayotgan «Huquqshunoslik» fanining o‘rni va imkoniyati cheksizdir.
Ushbu darslik talabalarga davlat va huquqning kelib chiqishi, jamiyat taraqqiyotida ularning o‘rni, davlat, huquq, davlat shakllari, Konstitutsiya huquqi, uning maqsadi, vazi- fasi, boshqa huquq sohalari, ularning inson hayotidagi o‘rni to‘g‘risidagi bilim asoslarini berishni nazarda tutadi.
Jamiyatning borlig‘i, kelajagi, hozirgi davrning qay daraja- da shakllanishi shu jamiyatda yashovchi fuqarolarning xatti- harakatlariga bog‘liq. Bu harakat foydali yoki foydasiz bo‘lishi mumkin.
Har bir davlat o‘z fuqarosini har tomonlama o‘qimishli, ongli, tarbiyali ko‘rishni istaydi, shunday bo‘lishi uchun sharoit yaratadi, imkoniyat beradi.
Huquqiy davlat sari qadam qo‘yayotgan O‘zbe- kistonimizdagi har bir shaxs o‘z huquqlarini, erkinliklarini, burchlarini bilibgina qolmasdan, balki qonun qabul qilish jarayonida, davlat, jamiyat ishlarida faol ishtirok etishi kerak.
Jamiyat va davlatning yetakchi kuchi uning qonunlaridir. Qonun nimani o‘z ichiga olgan, kimni, qanday himoya qiladi, insonga qanday yondashadi? Bu masalalar yillar davomida xalqni qiziqtirib kelgan.
Bir davrlarda podshohlar, shohlar, imperatorlar, qirollar qabul qilgan qonun, qarorlar hammaga jarchilar orqali yetkazi- lar edi. Kinofilmlardan jarchilarning: «Odamlar-u odamlar, eshitmadim demanglar, podshohimiz shu buyruqni e’lon qilish- ni buyurdilar», deb jar solib yurganlarini ko‘rgansizlar.
Demak, maxsus odamlar ko‘chama-ko‘cha, mahallama- mahalla, bozorlarda yurib xalqni yangi qonun, qaror, farmon- lar bilan tanishtirgan. U davrda xalqning ko‘pchiligi o‘qishni uncha bilmagan bo‘lsa ham podshohning amrini bilishi shart edi. Hozirgi davrda O‘zbekiston aholisi yoppasiga o‘qimishli, bilimli. Har bir yangilikni matbuot, televideniye, radio orqali eshitadi, o‘qiydi. Lekin hammani ham, ayniqsa, yoshlarimizni siyosiy, huquqiy, iqtisodiy jihatdan ongli, yuksak darajada bi- limli deyish qiyin.
Mazkur darslikda biz yoshlarimiz huquqiy bilimlarni egallashlari uchun yetarli ma’lumotlar berishga harakat qildik. Shu davlat bizniki. Demak, davlatimizning har
tomonlama rivojlanishi siz va bizga bog‘liq. Davlat, jamiyat ishlarini mukammal bilish uchun huquqiy bilimli, ongli, madaniyatli bo‘lish — davr talabi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 1997- yil 20-may kuni Respublika huquq tartibot idora rahbarlari, huquqshunos olimlar, ommaviy axborot vositalari vakillari bi- lan uchrashuvida xalqimizning huquqiy madaniyatini yuk- saltirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilishi lozimligini, mus- taqillik so‘zining zaminida katta, ulug‘ huquqqa ega bo‘lish degan tushuncha yotganini aytgan edi.
Mazkur darslikdan siz respublikamizning huquq fani so- halariga taalluqli bilimlarni va yangi qonunlar, qonuniy akt- larning sharhlarini bilib olasiz.
Yangi fuqarolik jamiyatini qurishda har bir shaxs qonun- larni, demokratiya, mustaqillik tushunchasini, davlat boshqaru- vidagi ulkan o‘zgarishlarni, inson, fuqarolarga berilgan erkinlik- larni mukammal bilishi lozim. Bu jamiyatni qurishda, islohot- larni amalga oshirishda «yangilash jarayonini boshqaradigan va ta’minlaydigan , yangich a fikrlaydiga n odamlarn i tarbiyalash» 1 davr talabi bo‘lib qolmoqda.
Eski dasturlar, darsliklardan voz kechib, yangi, zamon ta- labiga javob beradigan usullarda dars o‘tish ancha murakkab izlanishni, muayyan qiyinchiliklarni keltirib chiqarsa ham tabi- iy, obyektiv hollardan kelib chiqib ishlash zarur. Respublikamiz Prezidenti bu to‘g‘rida shunday fikrlar bildirgan: «Hayotda har bir narsaning bahosi bo‘lganidek, farovon turmushga eri- shishning ham, albatta, o‘z tosh-tarozisi bor. Boshqacha ayt- ganda, odamzod bir narsaga erishmoq uchun ma’lum vaqt huzur-halovatidan voz kechishiga ham to‘g‘ri keladi. Buni ha- yotnin g o‘z i tasdiqlaydi» 2 . Shunda y ekan , qanchali k murakkab bo‘lmasin, ta’lim sohasida ham ulkan islohotlarni amalga oshi- rish bilan bir qatorda, ta’limning negizi bo‘lgan o‘quv dasturla- rini, ular asosida yoziladigan darslik, o‘quv qo‘llanmalarni ham tubdan takomillashtirish lozim. Ta’lim uzluksizligini inobatga
1 Karimov Islom. O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda. T.: O‘zbekiston, 1999. 7- bet.
olgan holda tinglovchi, o‘quvchi, talaba har bir o‘tiladigan darsni, ma’ruzani, suhbatni yangicha usulining bayonini, muammosini bilib olsin, qiziqsin, izlansin.
Mazkur darslikda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi ting- lovchilariga dastur, amaliy mashg‘ulotlar mavzusi, mustaqil ish mavzusi, talabalarning bilimini aniqlash uchun savollar, testlar, referatlar mavzulari ham tavsiya etiladi.
Dasturda «Huquqshunoslik» bo‘yicha o‘tiladigan huquq sohalarini bosqichma-bosqich o‘rgatilishi nazarda tutiladi.
Muallif 8—9-sinflar, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limiga dasturlarni yozganligi uchun fan sohalari takrorlanmasligiga ahamiyat qaratdi.
Darslikda yoritilgan mavzularda tinglovchini mustaqil ish- lashga jalb qiladigan, unda qiziqish, izlanish uchun ishtiyoq tug‘diradigan yo‘llar qo‘llangan.
Darslik to‘g‘risidagi fikr-mulohazalaringizni, taklif va is- taklaringizni kutib qolamiz va avvaldan minnatdorchilik bildiramiz.
I b o b. Davlat va huquq nazariyasi 7
Huquqshunoslik fani darslik
Foto: Shuhrat Latipov / «Gazeta.uz»
Toshkent davlat yuridik universitetiga o‘qishga kirishda 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab test sinovlarining 2-bloki, ya’ni yurisprudensiya bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos fanlar bo‘yicha tarix fani o‘rniga huquqiy fanlarni kiritish masalasi universitet kengashida ko‘rib chiqildi va ma’qullandi.
Кириллчада 30 oktabr 2021, 17:28 Jamiyat
2023/2024 o‘quv yilidan Toshkent davlat yuridik universitetiga o‘qishga kirishda huquqiy fanlardan test topshirish amaliyoti joriy etiladi. Bu haqda universitet matbuot xizmati xabar berdi.
Bugungi kunda Toshkent davlat yuridik universitetiga o‘qishga kirishda abituriyentlar 2 ta bo‘limdan iborat 5 ta fan majmuasidan test sinovlari topshiradi. Bular:
- 1-bo‘limda barcha yo‘nalishlar uchun majburiy 3 ta fan — ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili), matematika va O‘zbekiston tarixi;
- 2-bo‘limda yurisprudensiya ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 2 ta fan — tarix va chet tili fanlari.
“Mazkur holat, ya’ni „yurisprudensiya“ ta’lim yo‘nalishiga mos fanlar bo‘limida nomutaxassislik (tarix) fanining belgilanishi umumiy o‘rta ta’lim va oliy yuridik ta’lim o‘rtasida uzviylikning ta’minlanmasligiga, maktabda huquqshunoslik faniga bo‘lgan qiziqishnining pasayishga hamda oqibatda oliy ta’limga kelgan talabada huquqiy fanlar bo‘yicha zarur bilim shakllanmayotganligiga olib kelmoqda”, — deyiladi xabarda.
Toshkent davlat yuridik universitetiga o‘qishga kirishda 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab test sinovlarining 2-bloki, ya’ni yurisprudensiya bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos fanlar bo‘yicha tarix fani o‘rniga huquqiy fanlarni kiritish masalasi universitet kengashida ko‘rib chiqildi va ma’qullandi.
Mazkur taklifning joriy etilishi bir qator ijobiy natijalarga xizmat qilishi aytildi, xususan:
- maktab yoshidanoq bolalarning huquqiy fanlarni chuqur o‘zlashtirishiga, konstitutsiya va qonunlarni puxta o‘rganishiga;
- maktablarda sifatli, xalqaro standartlarga mos yuridik darsliklarning yaratilishiga;
- huquqshunoslik fanlaridan ta’lim beruvchi o‘qituvchilarga nisbatan qo‘yiladigan talablar oshishi natijasida ularning malakasini doimiy oshirib borishi uchun mustahkam zamin yaratishga;
- TDYUga dastlabki huquqiy bilimlarga ega yosh avlod vakillari kirib kelishiga erishiladi.
Ma’lumot uchun, bugungi kunda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 4 yil davomida yuqori sinflarda Davlat va huquq asoslari hamda Konstitutsiyaviy huquq asoslari fanlari o‘qitib kelinmoqda. Test savollari ushbu darsliklar asosida tuziladi.
«Газета.uz» 2 533
Huquqni qanday o’qish kerak (Talabalarga maslahatlar)
Quyidagi maslahatlar bugungi kunda huquqshunoslik bo’yicha tahsil olayotgan talabalarga mo’ljallangan. Ushbu maslahatlarning aksariyati O’zbekiston va AQShda huquqshunoslik sohasida 4 yil davomida olib borgan kuzatishlarga tayangan holda yozildi. Maslahatlar talaba hayotining mazmunliroq va unumliroq o’tishini ta’minlash bilan birga, yuqori malakali huquqshunos bo’lib yetishishiga ham yordam beradi, deb umid qilaman.
[1] Yodlash o’rniga o’qish
Talabalik davrimda kodeks moddalarini yoddan bilish huquqiy saviyaning yuqoriligidan dalolat berardi. Jinoyat huquqidan dars bergan domlamizga barchamiz alohida hurmat bilan qarardik. Sababi, u hammamizni O’zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining barcha moddalarini yod olganligi bilan hayratga solardi. Chet ellarda esa, xususan AQShda, kodeks va qonun moddaralarini yod bilishga uncha ahamiyat berilmaydi. Yod olishdan ko’ra tushunish, tahlil va to’g’ri tatbiq qilish zarurroq hisoblanadi. Huquqshunosning qobiliyati va mahorati u kodeks moddalarining nechtasini yod olganligi bilan emas, balki ularning qaysi huquqiy munosabatlarni tartibga solishini bilishi, tegishli huquqiy me’yorlarni sinchkovlik bilan tahlil qilishi va amalda qo’llay olishi bilan baholanadi.
Yodlash o’rniga o’qish uchun talaba kodeks va qonun moddalarini o’qish bilan birga, ularga yozilgan sharhlar va huquqshunos olimlar yozgan darsliklarni ham o’qimog’i lozim. AQSh umumiy (anglo-sakson) huquq tizimiga kirgani uchun talabalar asosan Oliy Sud (Supreme Court) tomonidan ko’rib chiqilgan ishlarni sinchkovlik bilan o’rganishadi. O’zbekiston huquq tizimi esa romano-german (sivil) huquq tizimiga kirgani uchun, Oliy Sud tomonidan ko’rib chiqilgan ishlarni o’rganish keng tarqalmagan. Shuning uchun O’zbekistondagi huquqshunos talabalar uchun kodeks va qonunlarga yozilgan sharhlarni o’qish alohida ahamiyat kasb etadi.
Huquqiy normalarni tahlil qilish qobiliyatini rivojlantirishda huquqiy masalalarni o’qish ham muhim ahamiyatga ega. Bunday qo’llanmalarda muallif huquqiy masala keltirish bilan birga, uni qanday hal qilish kerakligi haqida ham o’z fikr-mulohazalarini bildirib o’tadi. AQSh huquq maktablarida tahsil olayotgan talabalarning deyarli barchasi shunday qo’llanmalardan foydalanadi (ayniqsa yakuniy imtihonlar uchun). Masalan, ingliz tilida chop etilgan shunday qo’llanmalardan birining nomi “Examples and Explanations: Constitutional Law,” Aspen Publishers, 2009 (“Masalalar va Sharhlar: Konstitusiyaviy huquq”). Rus tilida chop etilgan qo’llanmalar orasida esa “Сборник задач по уголовному праву,” Издательство: Щит-М, 2008 (“Jinoyat huquqi bo’yicha masalalar to’plami”) ni namuna sifatida ko’rsatish mumkin.
[2] Mantiq asoslarini o’rganish
AQSh huquq ta’limi mantiq asoslariga tayanadi. Masalan, AQShdagi abiturientlar universitet huquq bo’limiga kirish uchun LSAT (Law School Admission Test) deb nomlanadigan test topshirishlari kerak. Ushbu test taxminan 100 ta savoldan iborat bo’lib, 2.5 soatcha davom etadi. Savollarning deyarli barchasi abiturientning mantiq asoslari bo’yicha bilmini sinaydi. Mantiq asoslariga tayanish huquq bo’limiga o’qishga kirgandan keyin ham davom etadi.
Afsuski, O’zbekistoda huquqshunos talabalarga mantiq asoslaridan dars berish hali yo’lga qo’yilmagan. Shunga talabaning o’zi bu ilmni egallash uchun mantiq asoslari bo’yicha qo’llanma topib, eng kamida xulosa chiqarishning deduktiv (asosan sillogizmlar) va induktiv (asosan analogiyalar) ko’rinishlarini o’rganib chiqishi kerak. Shu bilan birga, mantiqiy xulosa chiqarishdagi xatolarni (ingliz tilida “fallacy” deb ataladi) o’rganishlari kerak.
[3] Ma’ruza mavzusini oldindan o’qish
AQSh huquq ta’limida professor “Sokrat usuli” (Socratic method) deb ataladigan dars berish usulidan foydalanadi. Ushbu usulga ko’ra, professor darsda ma’ruza o’qish o’rniga talabalarga mavzu bo’yicha savollar berish yordamida jonli bahs yuritishga jalb qiladi. Albatta, bunday dars berish uslubidan samarali foydalanish uchun talabalar yangi o’tiladigan ma’ruzaga tegishli materiallarni oldindan o’qib, tahlil qilib chiqqan bo’lishi kerak. Buning uchun professor talabalarga oldindan o’qishlari kerak bo’lgan mavzu, tegishli adabiyot va ulardagi betlar va boshqa qo’shimcha materiallarni beradi. Professorning dars davomida savollari ham shu o’quv materiallariga tayanadi.
Sokrat usuli yordamida Konstitusiyaviy huquq darsi mavzularidan birini o’qitish taxminan quyidagicha tus oladi:
Professor: “Sotvoldiev, dunyoviy davlat nima?”
Sotvoldiev: “Davlat dindan ajralgan bo’lib, davlat boshqaruvi dinga tayanmasdan olib boriladi.”
Professor: “O’zbekiston dunyoviy davlatmi?”
Professor: “Nimaga bunday deb o’ylaysiz?”
Sotvoldiev: “Masalan, Milliy Istiqlol G’oyasi O’zbekistonni dunyoviy davlat deb ta’riflaydi.”
Professor: “Milliy Istiqlol G’oyasi huquqiy hujjatmi?”
Sotvoldiev: “Yo’q, huquqiy hujjat emas, ammo ushbu hujjat davlatimiz mustaqillikka erishgandan keyin qaysi asoslarga tayangan holda siyosat yuritishini belgilab beruvchi asosiy hujjatlardan biri hisoblanadi.”
Professor : “Aminova, ushbu masala bo’yicha siz nima deb o’ylaysiz?”
Aminova : “Men ham O’zbekistonni dunyoviy davlat deb hisoblayman. Ammo Milliy Istiqlol G’oyasiga emas, balki Konstitutsiyamizga tayangan holda. Milliy Istiqlol G’oyasi faqatgina mafkuraviy hujjat bo’lib, O’zbekistonning dunyoviy davlat deb xulosa chiqarishga yetarli dalil emas. Menimcha, O’zbekiston dunyoviy davlat ekanligiga Konstitutsiyamiz eng asosiy hujjat bo’lib xizmat qiladi.
Professor : “Konstitutsiyamiz davlatimizni dunyoviy yoki diniy deb belgilaydimi?”
Aminova : “Yo’q, dunyoviy yoki diniy deb belgilamaydi. Konstitutsiyamiz bu haqda ochiq oydin gapirmasada, uning moddalarini o’qib bunday xulosaga kelish mumkin.”
Professor : “Konstitutsiyaning qaysi moddalari O’zbekiston dunyoviy davlat ekanligiga ishora qiladi, deb o’ylaysiz?”
Aminova : “Masalan, 31-modda hamma uchun vijdon erkinligini kafolatlanishini va har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega ekanligini belgilaydi.”
Professor : “Dunyoviy davlat deb hisoblanish uchun hamma xohlagan dinga e’tiqod qilishi yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega deb belgilab o’tish yetarlimi?”
[4] Chet tillarini mukammal bilish
Yuqori darajali huquqshunos bo’lib yetishish uchun talaba albatta o’zbek tiliga qo’shimcha ravishda kamida bitta chet tilini mukammal bilishi kerak. Nazarimda, chet tillardan eng avval rus tilini o’rganish lozim. Davlatimiz mustaqillikka erishganiga endigina 20 yil to’layotgani uchun huquqshunoslik sohasida o’zbek tilida yozilgan kitob va maqolalar soni juda kam. Shu sababli, tabiiy ravishda, mustaqillikdan avval yozilgan yuridik adabiyotga murojaat qilishga ehtiyoj tug’iladi. Bunday adabiyot asosan Sovet davrida yozilgani uchun, ularning aksariyati rus tilida. Shuning uchun, agar talaba mustaqillikdan oldin yozilgan yuridik adabiyotdan foydalanmoqchi bo’lsa (bu esa, Sho’ro davrini ham hisobga olganda, qariyb 130-150 yillik davr), rus tilida yozilgan yuridik adabiyotga murojaat qilishi talab etiladi.
Zamonaviy huquqshunosga faqatgina o’zbek va rus tillarini bilishning o’zi yetarli emas, albatta. Bugungi kunda huquqshunoslikka tegishli eng sara adabiyot ingliz tilida yozilmoqda. Dunyoning ko’zga ko’ringan huquqshunos olimlarning aksariyati o’z kitob va maqolalarini ingliz tilida yozib ommaga taqdim qilishga intiladi. Bunday adabiyotdan foydalanish uchun yo ularni tarjima qilinishni kutish yoki bo’lmasa bevosita ingliz tilida o’qish kerak. Albatta, yuridik adabiyot qaysi tilda yozilgan bo’lsa shu tilda o’qishning afzalliklari cheksiz. Ingliz tilida chop etilayotgan yuridik jurnallarning soni va turlari haqida tasavvurga ega bo’lish uchun ushbu veb-sahifadagi ro’yxatni ko’zdan kechirib chiqishingiz mumkin: http://www.washlaw.edu/lawjournal/.
Bo’lajak huquqshunoslar uchun ingliz tilini bilishning yana bir asosiy ustunligi shundaki, u talabaga chet elda magistratura yoki doktorantura darajalarida ta’lim olish uchun imkoniyat yaratadi. Ingliz tili bilan nafaqat AQSh, Buyuk Britaniya, Kanada va Avstraliyada, balki Niderlandiya, Shvetsiya, Singapur va Yaponiya kabi rivojlangan davlatlarning ilg’or universitetlarida ta’lim olish mumkin.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, rus tili amaldagi huquq tizimiga tegishli bo’lgan va ilgari chop etilgan yuridik adabiyotni o’qishga imkon bersa, ingliz tili zamonaviy huquqiy adabiyoti bilan tanishish imkoniyatini beradi. Bundan tashqari, bakalavr diplomini qo’lga kiritgandan so’ng, chet elda magistr darajasini olish uchun ham ingliz tilini mukammal bilish kerak.
[5] Huquqiy yozuv uslubini mukamallashtirish
Huquqshunosning nutqi ravon bo’lishi mumkin, ammo huquqiiy uslubda mahoratli yoza olish alohida qobiliyat hisoblanadi. Huquqshunos ishining eng asosiy qismi huquqiy yozishmalar orqali amalga oshiriladi. AQShda huquqiy yozuv uslubini va qobiliyatini rivojlantirish uchun barcha talabalar “Legal Writing” deb nomlanadigan dars o’tadilar. Bu darsni o’zbek tiliga “rasmiy uslub” yoki “huquqiy yozuv uslubi” deb tarjima qilsa bo’ladi. Ushbu dars huquqshunoslik bo’yicha tahsil olayotgan talabalarning birinchi o’quv yilida majburiy fanlar qatorida o’tiladi. Afsuski, O’zbekistonda hozirgi kunga qadar bakalavriatda huquqiy yozuv uslubi bo’yicha darsliklar yoki darslar mavjud emas.
Huquqiy yozuv uslubini rivojlantirishni istagan har bir talaba mustaqil ravishda quyidagilarni amalga oshirishi mumkin. Birinchidan, iloji boricha qisqa va lo’nda yozishga harakat qilish lozim. Haligacha talabalar va huquqshunoslar orasida uzun va murakkab jumlalar qurish huquqshunosning savodini belgilab beradigan jihatlardan biri deb hisoblaydiganlar talaygina. Aksariyat hollarda bunday jumlalarni tushunish qiyin bo’ladi va natijada o’quvchining huquqiy hujjatda huquqshunosning asosiy iddaosi nimadan iboratligini tushunishini qiyinlashtiradi. Masalan, quyidagi jumlaga e’tibor bering: “Fuqarolarning hamda yuridik shaxslarning moddiy huquqini (fuqarolik, mehnat, oila va boshqalar) turli sohalarga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan sub’ektiv huquqlarini himoya qilishga qaratilgan sud faoliyati manfaatdor shaxsning javobgarga nisbatan bildirgan moddiy huququqiy talablarini o’zida ifoda etgan da’vo arizasida javobgarga nisbatan bildirilgan moddiy huquqiy talabi bo’yicha javobgarning harakatini huquq normalarida ko’rsatib qo’yilgan talabga moslashtirish borasida hal qiluv qarori chiqarishni so’raydi.” Ushbu jumla 58-ta so’zdan iborat bo’lib, unda gap nima haqda ketayotganini anglash mushkil. Bunday jumlalarni iloji boricha 2 yoki 3 ta kichikroq jumlaga bo’lsa, maqsadga muvofiq bo’ladi.
Ikkinchidan, ingliz tilini biladigan talabalarga British Council (Britaniya Kengashi) kutubxonasida “legal writing” yoki rus tilida “юридическая техника” bo’yicha kitoblarni o’qib chiqishni tavsiya qilishimiz mumkin. Shu bilan birga, Oliy Sud axborotnomasini o’qib borish ham huquqiy yozuv uslubni mukammallashtirishda yordam berishi mumkin.
Huquqiy yozuv uslubini rivojlantirish uchun AQSH huquq maktablarida keng tarqalgan uslubdan ham foydalansa bo’ladi. Bu usul IRAC (Issue, Rule, Application, Conclusion) deb nomlanadi. Bu uslub quyidagi 4 bosqichni o’z ichiga oladi: [a] Huquqiy muammo (Issue); [b] Qoida (Rule); [c] Tahlil (Application); [d] Xulosa (Conclusion). Ushbu bosqichlarning ketma-ketligi albatta saqlanishi kerak. Ya’ni, birinchi bo’lib huquqiy muammo bayon etiladi, so’ngra huquqiy muammoni tartibga soluvchi huquqiy norma, undan keyin huquqiy normaning huquqiy muammoga nisbatan qanday qo’llanilishi va nihoyat, huquqiy tahlil xulosasi yoziladi.
[6] Professor bilan ishlash
Chet el univeresitetlarida talabalar professor va o’qituvchilarga “research assistant” (RA) bo’lib yollanishga harakat qilishadi. “Research assistant”ni “yordamchi tadqiqotchi” deb tarjima qilsa bo’ladi. Bunday ish uchun ba’zan pul to’lanadi, ba’zan esa yo’q. O’zbekiston sharoitida professorlar bunday ish uchun talabalarga pul to’lashlari hali amalga kirmadi. Yordamchi tadqiqotchilar asosan professorlar yozayotgan kitob yoki maqola uchun yordam beradi. Bunga qisqa tarjima ishlari, maqola matnini tekshirish, ma’lum bir mavzu ustida tegishli adabiyotni o’rganib chiqish kabi vazifalar kiradi. Yordamchi tadqiqotchi bo’lib ishlashning foydalari talaygina: talaba ma’lum bir huquq sohasida e’tiborli bo’lgan professor bilan ishlash imkoniyatiga ega bo’ladi, professordan ish o’rganadi, o’qish mobaynida va yakunida professordan tavsifnoma olish imkoniyatiga ega bo’ladi. Tavsifnoma o’qish mobaynida chet el universitetlariga magistraturada o’qish uchun hujjatlarni topshirish jarayonida, amaliyot o’tash uchun yoki ishga yollanish maqsadida obro’li yuridik firmaga yoki davlat muassasasiga hujjat topshirilayotganda kerak bo’ladi.
[ 8] O’qishdan tashqari faoliyatlarda qatnashish
O’qishdan tashqari faoliyat deganda konferensiya, seminar, tanlov va boshqa shu kabi tadbirlar nazarda tutiladi. Bunday faoliyatlar talabaga eng avvalo huquqshunoslik sohasidagi zamonaviy taraqqiyotni kuzatib borishga, o’z qiziqishi doirasiga kiradigan soha haqida ko’proq ma’lumot olishga, ma’lum bir mavzu bo’yicha izlanish olib borib, izlanish natijalarini ommaga taqdim qilishga, omma qarshisida nutq so’zlashga, boshqa universitet talabalari, professorlar va huquqshunoslar orasidagi hamkorlar doirasini kengaytirishga imkoniyatlar yaratadi. Huquqshunoslik sohasi bo’yicha tahsil olayotgan talabalar uchun tashkil etiladigan tadbirlar haqida ma’lumotni kutubxonalardan (British Council), yuridik klinikalardan, xalqaro tashkilotlardan (Birlashgan Millatlar Tashkiloti vakolatxonalaridan, JICA), professorlardan va universitet xalqaro bo’limidan olish mumkin.
Yuqorida sanab o’tilgan o’qishdan tashqari faoliyatlarni albatta bugungi kunda barcha ishga qabul qilish e’lonlarida talab qilinayotgan rezyumega qo’shib qo’yish kerak. Shubhasiz, bunday faoliyatlarni rezyumega qo’shib qo’yish orqali talaba o’zini boshqa talabalardan qaysi tomonlari bilan ajralib turishini ko’rsatishi mumkin.
[9] Amaliy tajriba orttirish
Amaliy tajriba orttirish deganda o’qish davomida yuridik klinikada, firmada, davlat korxonasi yoki xalqaro tashkilot vakolatxonasining yuridik bo’limida huquqshunosga yordamchi sifatida ishlash nazarda tutiladi. Ko’pincha, amaliy tajriba orttirish uchun ishga qabul qilingan talabaga pul to’lanmasada, bunday ishning ko’pgina foydali tomonlari mavjud. Birinchidan, talaba huquqshunosning kundalik ish faoliyati nimadan iboratligi, huquqshunos ishining mohiyati va o’ziga xos qiyinchiliklari bilan tanishadi. Ikkinchidan, talaba universitetda o’rgangan huquqiy tushuncha va me’yorlarni ma’lum holatlarga nisbatan qo’llanishidan kelib chiqadigan qiyinchiliklar, davlat huquq tizimi qanday ishlashi va shu kabi boshqa masalalar bilan tanishadi. Uchinchidan, talaba o’zi qiziqqan yo’nalishni tanlashga va kelajakda qaysi huquqiy soha bo’yicha ishlamoqchiligini o’zi uchun belgilab olishiga yordam beradi. To’rtinchidan, xususiy yuridik firmada yoki davlat korxonasida amaliy tajriba orttirish davomida talaba ularda o’ziga nisbatan yaxshi taasurot qoldirish orqali kelajakda mazkur joylarga ish taklif qilinishi ehtimolini oshiradi.
[10] Xorijda magistr va/yoki doktorlik darajasi uchun ta’lim olish
O’zbekistonda huquqshunoslik bo’yicha bakalavr darajasini qo’lga kiritgandan keyin xorijiy universitetlarining birida magistr va/yoki doktorlik darajasini qo’lga kiritish uchun tahsil olishning ko’pgina foydalari bor. Birinchidan, xorijiy davlatlarda joylashgan ilg’or universitetlardan birida huquqiy ta’lim olish talaba uchun yangi huquqiy ta’lim tizimida o’qishga imkon tug’diradi. Bu esa talabaga chet davlat huquqiy tizimi bilan tanishishga, uning ustunliklari va kamchiliklarini o’rganishga imkoniyat yaratadi. Xorijiy yuridik universitetlarida tahsil olgan talabaning kelajakda yaxshi ish topish ehtimoli ham ko’payadi. Chet eldagi universitet diploma bilan nafaqat O’zbekistondagi ilg’or yuridik firmalar va xalqaro tashkolotlar vakolatxonalarida, balki chet elda ham yuridik faoliyat olib borish mumkin bo’ladi.
[*] Notr Dam universiteti huquq fakulteti talabasi
*Muallif ushbu maqola yuzasidan fikr-mulohazalarini ayamaganlari uchun Umida Khikmatillaeva, Rahmatjon Sobirov va Nodir Zakirovlarga o’z minnatdorchiligini bildiradi.
Aloqador maqolalar:
- Futbol muxlislari stadionda o’zini qanday tutishi kerak?Yaqinda O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Futbol federatsiyasi tomonidan.
- Hijobli ayollar o’z huquqlarini qanday himoya qilishi kerak? (Birinchi maqola)O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy Javobgarlik to’g’risidagi Kodeksining 1841-moddasida jamoat joylarida ibodat.
- “Propiska”ni ko’chirish uchun qanday hujjatlar kerak?Savol: Shahardan kvartira sotib olganman, propiskamni tumandan shaharga ko’chirmoqchiman, buning.
- Hijobli ayollar sudda o’zini qanday himoya qilishi kerak? (Ikkinchi maqola)Birinchi maqola: Hijobli ayollar o’z huquqlarini qanday himoya qilishi kerak.