Press "Enter" to skip to content

Tabobat ilmining sultoni Abu Ali Ibn Sino: hayoti va faoliyati

Olim shuningdek, psixologiya sohasiga ham katta hissa qo’shdi. U insonning mijozlari (issiq, sovuq, ho’l va quruq) masalasi bo’yicha o’z ta’limotini ishlab chiqdi. Olim mexanika, musiqa sohalariga ham o’z hissasini qo’shdi.

Abu Ali ibn Sinoning tabobat rivojiga qo`shgan ulkan hissasi.

Ibn Sinoning tibbiyot sohasidagi asosiy merosi „Tib qonunlari» bo`lib, bu kitob o`sha davrgacha tabobat borasidagi eng mukammal qo`llanma hisoblanadi. Bu ensiklopedik kitobda tibbiyotning barcha sohalari (anatomiya, fiziologiya, kasalliklar sababi, kasallikning belgilari, ularni aniqlash, davolash va h. k.) bo`yicha ilmiy izlanishlar yoritilgan. „Tib qonunlari» taxminan eramizning 101224-yillarida yozilgan deb hisoblanadi. Ibn Sino o`z asarini yozib tamomlaganidan keyin 150 yil o`tgach, Gerard Kremonskiy (1114-1187) uni birinchi marta lotin tiliga tarjima qiladi. Bu tarjima asl nusxadagi mazmun va ifodani o`zida to`la saqlab qola olmagan bo`lsa-da, taxminan 7 asr davomida g`arb mamlakatlarida tibbiy bilimlarning birdan-bir qo`llanmasi sifatida xizmat qildi.

O`zbekiston Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik instituti tomonidan

1958-1964- yillarda „Tib qonunlari»ning besh tomli kitobi o`zbek va rus tillarida birinchi bor nashr etildi. Ibn Sino tavalludining 1000 yilligi munosabati bilan ushbu asar o`zbek va rus tillarida 1981-1983- yillarda qayta nashr qilindi.

O`zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, buyuk yurtdoshimiz Abu Ali ibn Sino asarlari qayta tirildi desak mubolag`a bo`lmas. O`zbekiston

Respublikasi Prezidentining „Ibn Sino xalqaro jamg`armasini qo`llab-qo`vvatlash to`g`risida»gi 1999- yil 6- yanvardagi farmoni, hamda Respublika Sog`liqni Saqlash Vazirligining 1999- yil 23- apreldagi buyrug`i, bunga yana bir yorqin misoldir.

Yana bir muhim tadbir—tibbiyot oliy o`quv yurtlarida o`qitilayotgan fanlar bo`yicha o`quv dasturlariga Abu Ali ibn Sinoning tibbiyot fani bo`yicha qilgan ishlariga tegishli ma’lumotlar kiritilib, buyuk vatandoshimizning ta’limotini talabalarga yetkazish va muntazam o`qitishni o`z oldimizga maqsad qilib qo`ygan ekanmiz, bu borada talabalar, shifokorlar va qolaversa butun xalqimizga jahon tanigan va tan olgan buyuk olim, taniqli jamoat arbobi, mehribon ustoz va ajoyib insonning merosini keng targ`ib qilishdir.

Abu Ali ibn Sinoning ilmiy dunyoqarashlari

Ibn Sino birinchilardan bo`lib tabiiy muhit va inson hayoti o`zaro munosabatlarini har tomonlama tahlil qilish zaruratini fahmladi. Inson hayoti, uning salomatligi yoki xastalik holati organizmga tashqi muhit ta’sirini ifodalaydi. Bunday sharoitga ob-havo, turar joy, yashash joyining xususiyatlari, yil fasllari va ularning o`zgarib turishi va hokazolar kiradi.

Ibn Sino o`zining mashhur asari „Tib qonunlari» kitobida kishi organizmi holati sabablarining tasnifini beradi. Bunday sabablari uning fikricha,ovqatlanish, har xil ichimliklar, havo, suv, mamlakat, turar-joy, kasb, urf-odatlar, tan va ruh harakati, osoyishtaligi, jins, yosh, hayotda odat tusiga kirmagan hodisalarning yuz berishi va boshqalardan iboratdir. Organizmning turli ko`rinishda sodir bo`ladigan holatlari yuqorida aytilgan sharoitlarga bog`liqdir.

Odam organizmi faoliyati uchun muhim bo`lgan omillardan Ibn Sino yashash joyining geografik va meteorologik xususiyatlari, havosining toza va sofligi, xo`jalikda ishlatiladigan suvning ahamiyati katta ekanligini alohida ta’kidlaydi. Olim kishi organizmining turli fiziologik holatlarini ob-havoning o`zgarishiga bog’laydi. Meteorologik hodisalarning tez-tez o`zgarib turishi, joylarda ob-havoning beqarorligi, Ibn Sinoni kishi organizmi bilan ob-havo nisbatini o`rganishga undadi.

Muhitga nisbatan organizmning faolligi Ibn Sino tomonidan to`liq o`rganilgan edi. Organizm faolligi adaptatsiya (moslashish) tushunchasi orqali ifodalanadi. Ibn Sino ilmiy terminologiyasida „mizoj» tushunchasi organizmning o`ziga xos tabiati sifatida ishlatiladi. Natijada ko`pincha „bitta sabab turli odamlarda turlicha kasalliklarni, yoki turli vaqtlarda turli kasalliklarni keltirib chiqargan bo’ladi. Biror-bir sababning ta’siri kuchli yoki kuchsiz odamda, ta’sirchan yoki kam ta’sirchan odamda bir xil bo`lavermaydi Organizmning doim o`zgarish va harakatda bo’lgan tashqi muhitga moslashuvi borasida jismoniy mashqlarning ahamiyati kattadir. Ular tufayli organizm chiniqadi, muhitdagi o`zgarishlarga chidam va bardoshli bo’ladi. Olim jismoniy mashqlarni faol (aktiv), o`rtacha va sust (passiv) mashqlar deb tasniflaydi. Jismoniy mashqlarning faol turlariga, masalan, musht bilan turtishish, kamondan otish, tez yurish, balandga sakrash, bir oyoqda sakrab yurish, qilichbozlik, otda yurish, qo’l va oyoqlarni harakatga keltirish va qator boshqa mashqlar kiradi.

Tashqi muhit omillari keltirib chiqaruvchi sabablar har xil xususiyatga egadir. Bir xil sabablar kishilar organizmida turli-tuman kasalliklarni paydo qiladi.

Shunday qilib, Sharqning o`rta asr buyuk ensiklopedist olimi va mutafakkiri Ibn Sino asarlarida tabiatshunoslikning muhim muammolari ilgari surildi. Olim ushbu muammolarni o`sha davr sharoiti va tabiatshunosligi holati imkoniyatlari darajasidan bir qancha pog`ona yuqori turgan holda hal qilishga intildi va ko`p hollarda bunga erishdi.

Tabobat ilmining sultoni Abu Ali Ibn Sino: hayoti va faoliyati

Buyuk mutafakkir, faylasuf, tibbiyot, falakiyot sohasining bilimdoni va tilshunos olim Abu Ali ibn Sino barcha davrlarda o’tgan olimu-ulamolar ichida yetakchi o’rinlardan birini egallaydi. U insoniyat tarixida yorqin chuqur iz qoldira olgan buyuk dahodir.

Bolalik va yoshlik yillari

Abu Ali ibn Sino (to’liq ismi Abu Ali Husayn ibnAbdulloh ibn al-Hasan ibn Ali ibn Sino) 980 yil 21 avgust kuni Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog’ida dunyoga keldi. Uning otasi mansabdor shaxs bo’lib, o’z obro’siga ega bo’lgan.

Ularning oilasi Buxoroga ko’chib kelgandan keyin yosh, biroq ilmga chanqoq Husayn uchun ilm olishga keng imkoniyatlar eshigi ochildi,chunki Buxoro poytaxt shahar bo’lib, u yerga saroy kutubxonasidan foydalanish uchun turli soha vakillari – faylasuflar, tabiblar, shoirlar tashrif buyurar edilar.

Ibn Sino erta bolalik chog’laridanoq qiziqqonligi bilan ajralib turar, kattalarni o’z savollari bilan qiynab yuborar edi. U avvaliga oddiy musulmon maktabida 10 yil davomida tahsil oldi. Maktab dasturidan tashqari Husayn qo’shimcha ravishda savodxonlik, arab tili, stilistikani o’rgandi. Husayn 10 yoshligida Qur’oni Karimni butunlay yod oldi, qori darjasiga erishdi.

Husaynning atrofidagilar iqtidorli o’smirning erishgan yutuqlaridan hayratga tushar edilar. Otasi o’g’liga yanada kuchliroq ta’lim berish uchun uni maktabdan chiqarib olib, uyga alohida bilimi kuchli muallimni yolladi. Bu muallim ulug’ yoshdagi qariya bo’lib, Husaynga fizika, astronomiya, falsafa, geogafiya va boshqa shu kabi fanladan chuqur ta’lim berdi.

Husayn oilada yolg’iz farzand emas edi, uning ukasi ham bor edi. Otasi o’g’illarining ruhiy tarafdan ham bekamu ko’st bo’lishlariga e’tibor berar edi.

Ko’p o’tmay zehni o’tkir Husayn o’quvchi bo’lishiga qaramasdan, uy muallimi bilan bir darajadagi ilmga ega bo’ldi, shundan keyin u turli xil fanlarni mustaqil ravishda o’rganishga kirishdi. Bilim darajasida kattalarni ham ortda qoldira oladigan Husayn 14 yoshida tabobat bilan qiziqa boshladi. Shahardagi barcha ilmiy asarlarni o’qib-o’rgandi, ushbu sohaning sir-asrorlarini o’rganish uchun eng og’ir bemorlarni borib ko’rdi. Ibn Sinoning tabobat bilan shug’ullanishiga o’sha davrning tabibi va tabobat darsligining muallifi – Abu Sahl Masihiy sabab bo’ldi.

Bir kuni saroyda noodatiy holat yuz berdi: mamlakat amiri kasal bo’lib qoldi, biroq saroy tabiblaridan birortasi uni davolay olmadi. Shunda amirni davolash uchun yosh Ibn Sino taklif qilindi. U esa o’z navbatida to’g’ri tashhis qo’yib, kasallik turini aniqlay olgan va amirni muvaffaqiyatli davolagan. Bu paytda Husayn 17 yoshda edi, shunga qaramasdan u amirning shaxsiy tabibi etib tayinlandi.

Ibn Sino saroydagi yangi kitoblarni o’qib, chuqur bilim olishni davom ettirish bilan birga o’z shogirdlarini ham yetishtira boshladiva shu bilan birga 18 yoshda bo’lishiga qaramasdan Sharq va O’rta Osiyoning buyuk olimu-ulamolari bilan bahslasha olgan.

20 yoshida Ibn Sino bir necha kitoblar yozib ulgurgan edi: 1.Katta entsiklopediya 2.Etikabo’yicha nashr 3.Tabobat lug’ati

Biroq boshlangan urush shahardagi tinchlikni buzdi. Buxoro turk qabilalari tomonidan ishg’ol qilindi. Poytaxtda vayronalar, yong’inlar avj oldi. Husaynning otasi aynan shu davrda halok bo’ldi, va u savdo karvonlariga qo’shilib, Xorazmga yo’l oldi.

Tabobat

Xorazmda yosh tabib ko’plab do’stlar orttirdi, ko’p o’tmay esa uning ustozlari Masihiy va Beruniy ham yetib keldilar. Mahalliy shahar hokimi saroyda olimlarning yig’ilishib, samarali muloqot qilishlariga izn berar va shu bilan ilm-fan rivojiga hissasini qo’shar edi.

Shu yo’sin Husayn va uning safdoshlari bir necha yillar davomida ilm-fan tadqiqotlari va ishlari bilan xotirjam shug’ullandilar.

U davrlarda inson tanasining tuzilishini o’rganish maqsadida o’lgan odamlarning jasadini yo’rish ta’qiqlangan edi. Bu qonunni buzgan inson o’lim jazosiga mahkum qilinar edi, biroq Ibn Sino va Masihiy bu ishni xufyona qilib yurdilar. Biroz vaqt o’tgach, bu ikki olimni poytaxtga sulton huzuriga chaqirib qoldilar. Bunday chaqiruvlar olim va shoirlarni qatl qilish uchun uyushtirilar edi.

O’lim daragini sezgan ikki tabib qochishga qaror qildilar. Ular cho’ldan yurib borar ekanlar, qum bo’roniga duch kelib qoldilar, yo’ldan adashib, suv va ovqatsiz qoldilar. Keksa yoshdagi Masihiy bunday og’ir sharoitga bardosh bera olmay vafot etdi, Ibn Sino esa bu qiyin sharoitni yengib o’ta oldi. U uzoq yillar davomida jahldor sulton qahridan qochib, berkinib yurdi, ismini o’zgartirib, ishini davom ettirdi va kitoblar yozdi.

1016 yilda Ibn Sino Xamada shahrida qo’nim topdi. U paytda bu yerlarni savodi kam bo’lgan amirlar boshqargan, bu narsa esa Ibn Sinoga juda qo’l kelgan. Bu yerda u mahalliy amirning bosh tabibi lavozimini egalladi hamda bosh vazir unvoniga ega bo’ldi.

Xamada shahrida yashar ekan Husayn o’zining asosiy ishi – “Tib qonunlari” nomli kitobini yozib tugatdi. Ushbu kitob beshta tomdan iborat:

*1-tom: tibbiyot ilmi – o’tkir va surunkali kasalliklarning ta’rifi, ularning tashhisi, davolanishi, jarrohlik.

*2-tom: tabiiy giyohli dorilar haqida hikoyalar.

*3- va 4- tomlar: inson tanasidagi kasalliklar, a’zolardagi sinishlarni davolash bo’yicha tavsiyalar.

*5-tom: Ibn Sino tarafidan mustaqil tayyorlangan murakkab tarkibli dorilar xususiyatining ta’rifi hamda Yevropa va Osiyodagi qadimgi tabiblarning yozuvlaridan manba sifatida foydalanilganligi.

Ibn Sinoning aniqlashicha, viruslar infektsion kasalliklarning qo’zg’atuvchisi hisoblanadi, biroq bu faraz 800 yildan keyingina fransuz olimi Paster tomonidan tasdiqlandi.

Ibn Sinoning tomir urishi haqidagi falsafasi ham diqqatga sazovordir. U kitobida bu haqda kengroq ma’lumot bergan. Olim shuningdek, o’lat, gepatit, vabo va boshqa shu kabi kasalliklarga birinchilardan bo’lib, ta’rif bergan.

Qisqa davr ichida Ibn Sinoning “Tib qonunlari” kitobi barcha mamlakatlarda foydalanadigan dunyo miqyosidagi entsiklopediyaga aylandi.

Falsafa

Afsuski, Ibn Sinoning ko’pgina qo’lyozmalari yo’qolib ketgan yoki o’sha davrning kam savodli tarjimonlari tomonidan noto’g’ri tarjima qilingan. Bu narsa uning falsafiy fikrlari haqidagi tushunchani o’zgartirib yuborgan. Biroq uning ba’zi qo’lyozmalari saqlanib qolingan:

Adabiyot va boshqa ilmlar

Ibn Sino ba’zi jiddiy mavzularga she’riy tomondan yondoshgan. Shunday ishlarga “Muhabbat ta’rifi”, “Hay ibn Yakzan”, “Qush” vaboshqa shu kabi asarlar kiradi.

Olim shuningdek, psixologiya sohasiga ham katta hissa qo’shdi. U insonning mijozlari (issiq, sovuq, ho’l va quruq) masalasi bo’yicha o’z ta’limotini ishlab chiqdi. Olim mexanika, musiqa sohalariga ham o’z hissasini qo’shdi.

Ibn Sinoning kitob va qo’lyozmalari haqidagi ma’lumotlar turli manbalarda turlicha keltirilgan. Ba’zi tarixchilar uning kitoblari 453 ta desa, arab adabiyotlarida olimning 10ga yaqin ishi mavjud (astronomiya, kimyo va boshqa mavzularga oid). Hozirda bularning hammasi dunyoning turli mamlakat kutubxonalarida saqlanadi.

Shaxsiy hayoti

Afsuski, Ibn Sinoning shogirdlari yozib qoldirgan manbalarda buyuk olimning shaxsiy hayoti haqidagi ma’lumotlar keltirilmagan. Faylasuf, olim va shoir bo’lmish Ibn Sino tarafidan yozilgan ko’plab poemalarda ayol go’zalligi, uyg’unlik va mukammallik kuylangan. U hayoti davomida ko’h sayohat qilgan, muqim bir yerda yashamagan, shuning uchun uni bir oilaning boshi bo’lgan, deb aytish qiyin.

Vafoti

Ibn Sino juda boy ilmiy hayot yo’lini bosib o’tdi. U yuksaklikka ko’tarildi, pastga ham tushdi. Vatanidan qochib chiqib ketgan Ibn Sinoga o’z ona yurtiga qaytib kelish nasib etmadi, 1037 yilda begona yurtda vafot etdi. Buyuk ilm namoyondasi Hamaron shahrida dafn etildi, 8 oydan so’ng esa uning jasadi Isfaholga ko’chirib olib kelinib, shu yerga dafn etildi.