Press "Enter" to skip to content

Bolalarda ich ketishi (diareya) – sabablari, turlari, klinik ko‘rinishlari, diagnostikasi va davolash usullari

19-asr oxiri — 20-asr boshlarida qariyb barcha viloyatlarda kamzul, nimcha urf boʻldi, biroq turli viloyatlardagi xotin-qizlar ularni oʻziga xos bezaklar bilan boyitishgan. Hoz. takomillashgan Kiyimlarda ham mana shu oʻziga xoslikni farqlash mumkin.

Mehnat ta’limi va dizayn” kafedrasi G. S. Sharipova Kostyum dizayni

Loyihalashning modul usuli. Dizayn buyumlarini ishlab chiqishda modul loyihalash usuli – standartizatsiya sohasida eng samarali faoliyat. Bu usul buyumning tarkibiy elementlarini unifikatsiyalashga muxtojlik to‘g‘diradi. Unifikatsiyaning asosiy prinsipi – unifikatsiyalashgan elementlardan (modullar) foydalanganda har xil dizayn buyumlarini hosil qilish. Modulga oid loyihalash konstruktiv, texnologik va funksional yakunlikni barpo etadi.

Modul – meyor o‘lchovidir. Avval odam tanasining ayrim qismlari meyor o‘lchovi bo‘lgan: dyuym – katta barmoq bo‘g‘imining uzunligi; pyad – ikki tomonga surilgan katta va ko‘rsatkich barmoqlar orasidagi masofa; fut – odam oyoq kaftining o‘rtacha uzunligi va b. Masalan, Angliya – o‘rta asr me’morchiligida fut modul bo‘lgan, Italiyada – kvadrat va to‘g‘riburchak va h.k. Shu tarzda, me’morchilikda modul bilan foydalanish yaxlit va uning qismlarini uyg‘unligiga erishi uchun badiiy vositadir.

Modul – bu yaxlit shaklda takrorlanib, qoldiqsiz joylanadigan asos qilib olingan o‘lchov meyori. Karralik – modulni qoldiqsiz joylanishi. Zamonaviy me’morchilik moduli – 10 sm; quruvchilikda – 30 yoki 40 sm; stanoksozlik va asbobsozlikda – 5 sm; interer jihozlarida – 5 va 15 sm. Badiiy shakllarni variantligi – xalq ijodini o‘ziga xosligi. Masalan, xalq naqshi, odatda, bir necha takrorlangan elementlardan iborat. Dog‘iston zargarlarining naqshi 27 standart elementlardan tuzilgan, Ozarbayjon kashtalarida 3-5 bir xil mavzular qo‘llangan.

“Hozir barchasi shunchalik “kutyur” ko‘rinishda kimmatbaho bo‘lgani bois, yangicha o‘ylashni boshlash, qandaydir bir yangi narsani taqdim etish vaqti keldi” – degan mashhur yapon dizayneri I.Miyake. Mashhur dizayner Pako Rabane metall plastinkalaridan modul usuluda ajoyib kiyim kolleksiyasini yaratgan. Bu yangi moduldagi kiyimni taqdim etishdir.

Modul odamni tana o‘lchamlari va kiyimning optimal o‘lchamlari asosida tanlanadi. Odatda, modul oddiy geometrik shakllardan iborat. Kiyim dizaynida “ pechvork” usuli qo‘llanganda modulning asosiy xossasi – uning o‘ng va teskarisiga “toza” ishlov beriladi. Ularga qo‘llangan materiallari, biriktirish usullari, ranglari, geometrik shakllar turli variantli buyumlarni yaratishga imkon beradi.

Transformatsiya usulida buyum shaklini o‘zgartirishga imkon beradigan biriktirish usularni qo‘llash lozim. Buyum shaklini o‘zgartirish sabablari qo‘yidagilar bo‘lishi mumkin: kichkinadan katta qilish yoki kattani kichik qilish (bu modulni o‘rash yoki yozish usuli); oddiy shakldan murakkab shaklni hosil qilish, yoki murakkab shakldan oddiysini yaratish; shaklni o‘zgartirib, buyumni nimaga mo‘ljallangaligini o‘zgartirish.

Modul murakkab shaklli bo‘lgan holda (gul, yaproq, kapalak, qushlar va b.), ularni bir-biriga tikib qo‘yish, bir-biriga kashta usulida (“rishele” kashta elementi) yoki furnitura yordamida biriktirish mumkin. Har xil shaklli modullarni birining ustiga biri biriktirilganda murakkab kompozitsiyalarni yaratish mumkin.

Xalq amaliy-dekorativ san’atida modul prinsipi keng qullangan. Masalan, o‘zbek amaliy-dekorativ san’atida “qo‘roq usuli”da maishiy buyumlar (yostiq, choyshab va b), bolalar kiyimi ishlanardi.

Zamonaviy kostyum dizaynida modul usulida mashhur dizayner P.Rabbane modellar kolleksiyalari ishlangan. Modul sifatida har xil geometrik figuralar (kvadrat, to‘g‘riburchak, oval, doira, uchburchak va trapetsiya) va murakkab elementlarni qo‘llangan. Material sifatida asosan metallni olgan. Modul elementlari tunog‘ich, skrepka va b. furnituralar yordamida biriktirilgan yoki ustima-usti biriktirilgan.

“Pechvork” usuli ham zamonaviy dizaynerlar ijodida keng qo‘llanmoqda.

Dekonstruksiya usuli. 1980 yillarning boshida yapon dizayneri YO.Yamamoto va R.Kavakubo va keyin belgiyaliklar D.Van Notten va A.Dolmeysterlar dekonstruksiya usulini tavsiya etishdi. Jan Pol Gote va Djon Galyano bu usluni qo‘llashdi.

Libos modellashda dekonstruksiya usuli yangicha yondoshish, figurada buyumning o‘tirishini va uning shaklini erkin manipulyatsiya qilishini nazarda tutadi. Yaponiya dizaynerlarning ishlari yevropa dizaynerlariga kuchli ta’sir etdi. Ular qiziqish bilan nosimmetrik bichimni, buyumning chetini notekisligini, uzilishni, turlicha yirtiqlar va kesiklarni, konstruksiyaning chap va o‘ng tomoniga bo‘lishni, inversiyani (choklar buyumni o‘ng tomonida, latskanlar orqasida, taqilmalar noan’anaviy joylarda, vitochkalar o‘ng tomonida), tugallanmagan elementlarni, ana’naviy texnologiyani buzilishini modellarida keng qo‘llaydigan bo‘ldi.

Inversiya (lot. inversio – o‘rin almashtirish) o‘ziga xos qiziqarli usul – zidni asos qilib loyihalash usuli, o‘rin almashish usuli, ko‘pincha be’mani o‘rin almashishda.

Natijada kostyum dizaynida bu usulning ayrim misollari quidagilar: choklari o‘ngiga tikilgan buyumlar; ichi bo‘sh ko‘p sirtqi chuntakli sumkalar; ikkiyuzli buyumlar; firma leyblini (belgisi) buyumning o‘ng tomoniga chiqarish; va h.k.

Inversiya dizaynerni noan’anaviy fikrlashga, umuman yangi g‘oya paydo bo‘lishiga imkon beradi. Masalan, yoqa va latskanlar etagida joylashgan, ko‘ylak va galstuk yubkaga aylanadi, shimlar bluzkaga o‘xshab qo‘lga kiyiladi va b.

2000-2007 yilarda dekonstruksiya odatiy kiyim komlektlarnini buzish tomoniga o‘zgardi: bluza, mayka va bir yengli kurtka; bir pochali shim; faqat bir chap yoki o‘ng tomonli kurtkalar; ort bo‘laksiz va olinadigan yengli kurtka; yubkaning yarmidan bittasi ishton pochasi; yubkaning yarmi; cho‘zilishga oid kiyimga o‘tgan jaket; va b.

Libos kiyish usuli ham o‘zgardi. “Granj” uslubini kuchli ta’siri ko‘rindi: jo‘rtaga qilingan pala-partishlik, har xil uzunlikdagi buyumlarni qavat-qavat qilib kiyish.

2001 yil moda programmasining eng muhim dovrug‘i – trikotaj kiyimda, shimlarda, jaketlarda, yubkalarda va yenglarda kundalang ser burma qilish bo‘ldi.

Undan tashqari, an’anaviy klassik ansambl “jaket-yubka-bluzka” ham buzildi. Klassik pidjakka yubka o‘rniga ichki kiyim uslubidagi “pachka” turidagi yubka, jaket va shortlar, pidjak galstuk bilan trusilar, nimcha bilan futbolka va shortlar, pidjakning ikkiga bo‘linishi va h.k.

  1. Modul usulini ta’riflab bering.
  2. Dekonstruksiya usulini ta’riflab bering.
  3. Inversiya usulini ta’riflab bering.

7 Ma’ruza mashg’uloti

Kostyum dizayninning ijodiy-nazariy asoslari. Kiyim uslubiy yechimi turlari. Klassik uslub haqida ma’lumot

  1. Uslub tushunchasini ta’riflash.
  2. Uslublash tushunchasini ta’riflash.
  3. Katta uslublar.
  4. Firma uslubi.
  5. Klassik uslub:
  6. Klassik uslub turlari: ingliz kostyum, Shanel, minimalizm, animal, katak –katak.

Dizaynda uslub va uslublash. San’atda uslub asosiy tushunchalarnidan biri bo‘lib, vaqt mobaynida va jamiyatda kostyum evolyusiyasi bilan bog‘liq. Davr uslubi, tarixiy kostyum uslubi, moda uslubi, dizayner uslubi, firma uslubi tushunchalar ham uchraydi.

Uslub – badiiy fikrlashning eng umumiy kategoriyasi; san’atda muayyan davr yoki asarning tasviriy vositalarning g‘oyaviy birligi; buyum muhitining badiiy-plastik o‘xshashligi. Uslubda har bir davrni dunyoqarashlar, g‘oya va qarashlari aks etiladi. Uslub – davrning badiiy tili, davrning badiiy ifodasi. Unda muayyan tarixiy davrning estetik ideali namoyon bo‘ladi. Uslub barcha san’at turlariga o‘zgacha ta’sir etadi, uni “davrning katta badiiy uslubi” deb atashadi. San’at tarixida davrga mansub “katta uslublar” birin ketin bo‘lgan: Qadimiy Misr, Antik, Roman, Gotik, Renessans, Uyg‘onish, Barokko, Rokoko, Klassitsiizm, Ampir, Modern. Ushbu uslublar kostyum turini, shaklini, proporsiyalarini, qo‘llagan matolarini, kiyish usulini va h.k. belgilagan.

Har bir uslub rivojlanish jarayonida bir necha bosqichlardan iborat:

paydo bo‘lishi, avjga yetishi, inqirozga uchrashi. Shuni e’tiborga olish lozimki, har bir davrda bir necha uslublar birgalikda mavjud bo‘lgan: oldin bo‘lgan, ayni shu vaqtda xukumronlik qilgan va kelajak uslubning elementlari. Har bir mamlakatda badiiy madaniyati rivojlanish darajasi, siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, boshqa mamlakatlar madaniyati bilan aloqaligi bilan bog‘liq badiiy uslublarni evolyusiya dinamikasi o‘ziga xos bo‘lgan: masalan, XV asrda Italiyada Renessans uslubi avjiga chiqqan bo‘lsa, Fransiyada – kech Gotika, Germaniyada esa – Gotika XVI asrni o‘rtasigacha bo‘lgan, O‘rta Osiyoda esa – Renessans uslubi IX asrdan boshlab to XVII asrga qadar rivojlangan.

Katta uslub” doirasida “mikrouslublar” rivojlanishi mumkin. Masalan, Rokoko uslubi doirasida (1730-1750 yy.) “shinuazri” (xitoy uslubiga o‘xshash) va “tyurkeri” (turkcha uslub); modern uslubi doirasida (1890-1900 yy.) “neogotika”, “neorus” va geometrik uslublari; “art deko” uslubda (1920 yy.), Misr, rus, afrika, geometrik va b. mikrouslublar mavjud bo‘lgan.

Ammo, tarixiy davrlar o‘tishi bilan “katta uslub”lar o‘tmishda qoldi: jamoa va insonni turmush sur’ati tezlashishi, informatsion jarayonlarni rivojlanishi, yangi texnologiyalar va ommabop bozorni ta’siri, yagona uslubga emas, balki ko‘p uslubiy shakllar va plastik siymolarni mavjud bo‘lishiga olib keldi.

X1X asrda ilgari bo‘lgan uslublarga asoslangan uslubiy yo‘nalishlar paydo bo‘la boshladi (eklektizm, o‘tmishga berilish va b.). Eklektika – bu har xil uslublarni aralashmasi, bir necha uslubni baravariga mavjudligi. XX asrda eklektika madaniyatini muhim xususiyatlaridan biri bo‘ldi, ayniqsa asrni oxirida – postmodernizm madaniyati modaga ta’sir etgandi.

XX asrda “katta uslub”larni o‘rniga san’atda avangard san’atni innovatsion mohiyati bilan bog‘liq yangi konsepsiyalar keldi: abstraksionizm, funksionalizm, syurrealizm, pop-art, op-art va h.k. Modada har bir o‘n yillikda “mikrouslub”lar mavjud bo‘lgan: 1910 yy. – neo-grek va sharq uslubi; 1920 yy.- rus, misr, lotinamerika, afrika; 1930 yy.- neoklassitsizm, o‘tmishga berilish, lotinamerika, syurrealizm; 1940 yy.- kantri, vestern; 1950 yy.- Nyu Luk, Shanel; 1960 yy. – kosmik; 1970 yy. romantik, retro, folk, etnik, sport, djins, diffuz, militari, ichki kiyim, disko, safari, pank; 1980 yy. – ekologik, yangi qaroqchilar, neoklassik, neobarokko, seksi, korset; 1990 yy. – granj, etnik, neo-pank, kiberpank, glamur, o‘tmishga berilish, neo-xippi, minimalizm, dekonstruktivizm va b.

Har bir mavsumiy nashrlar yangi uslublarni targ‘ibot etadi, dizaynerlar esa o‘z uslubini yaratishga intilishadi. Ammo, barcha uslublar tasodifiy paydo bo‘lmaydi. Siyosiy voqealar, ijtimoiy muammolar va b. uslubni shakllanishiga ta’sir etib, uni aktual qiladi. Modali uslublarda insonning siymosi va turmush tarzini o‘zgarishi hozirgi zamonda uni o‘rni va va roli bo‘yicha tasavvuri ifodalanadi. Yangi uslublarni paydo bo‘lishiga yangi materiallar va ularga ishlov berish usullari ta’sir etadi.

Ko‘p uslublar orasida klassik uslubni ajratish mumkin: ular uzoq vaqt davomida aktualligini saqlab, modada bo‘ladi. Klassik uslub muayyan xususiyatlarga ega bo‘lishi mumkin: universallik, ko‘pfunksiyalik, shakl yaxlitligi va oddiyligi, odamni talablarini qondiradigan. Klassik uslubga, masalan, ingliz, Shanel uslublari kirishi mumkin.

Katta badiiy uslub”lar va “mikrouslub”lardan tashqari “muallif uslubi” yoki “ustaning individual uslubi” degan tushunchalar bor. Bu uslub turida muallifning mavzulari, g‘oyalari, qo‘llagan tasviriy vositalari va badiiy usullari namoyon etiladi. K.Shanel, K.Dior, A.Kurrej, Dj.Versache, K.Lakrua, V.Zaysev, V.Yudashkin va b. ijodi muallif uslubi bilan ajralib turadi.

Zamonaviy buyum muhitni badiiy-plastik bir xilligi “dizayn-uslub” deb ataladi. Bu uslub texnikaviy taraqqiyotni o‘zlashtirish natijasini namoyon etadi. U yangi mato va texnologiyalar bilan bog‘liq bo‘lib, buyumlarni tashqi ko‘rinishini faqat o‘zgartirmasdan, insonni hayotiga yangi xossalarni baxsh etadi va buyum va insonni o‘zaro aloqasiga ta’sir etadi.

Dizaynda “firma uslubi” degan tushuncha ham bor – bu firmani ishlab chiqargan mahsulotiga uslubiy birlik mansub. Firma uslubi konkret mualliflar tomonidan yaratiladi va subektiv xossaga egadir.

Uslub” tushuncha bilan “uslublash” tushunchasi chambarchas bog‘liq. Yangi san’at asrlari yaratilganda uslublash badiiy usul sifatida qo‘llanadi. Uslublash – ma’lum uslubning siymosi va formal belgilarini yangi, unga monand emas baddiy kontekstda g‘arazli maqsad bilan qo‘llash.

Bu usul timsol bilan erkin foydalanishni, transformatsiya etishni ko‘zda tutadi, asos qilib olingan uslub bilan aloqani uzmasdan. Bu holda ijodiy manba doimo tanish bo‘ladi. Badiiy vosita sifatida uslublash klassitsizmda, neoklassitsizmda va b. qo‘llangan.

Zamonaviy dizaynda ommabop iste’molchiga mo‘ljallangan mahsulot ishlab chiqarishda bu usul o‘z ahamiyatini saqlab qolgan, ayniqsa, kommersiyachilik dizaynida (“korporativ” dizaynda).

Dizaynda uslublash – bu birinchidan buyumni loyihalashda muayyan uslub xossalarini ongli qo‘llash (bu ma’noda ko‘pincha “stayling” tushunchasi qo‘llanadi); ikkinchidan – madaniy namunani ko‘rinarli xossalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri loyihalayotgan buyumga ko‘chirmoq, ko‘pincha bezakda; uchinchidan – tabiiy shakllar yoki muayyan buyumlarga taqlid etib, shartli dekorativ shakl yaratish.

Uslublash usulda ajoyib kolleksiyalarini Iv Sen-Loran 1960-1980 yy. (“Afrikanka”, “Rus balet-operalar”, “Xitoy ayoli”, “Ispan ayoli”, “Pikasso hotirasiga” va b.) yaratgan.

Modaga nisbatan uslub-og‘ishmasi ijtimoiy fenomen. K.Shanel etishi bo‘yicha: “Moda o‘zgaradi, haqiqiy uslub esa – xech qachon”.

Dizaynerlar, moda jurnallari, televideniye va Internet tavsiya etgan ko‘p uslublar orasida zamonaviy kostyum dizaynida asosiy yo‘nalishni aniqlash mumkin.

Bu yo‘nalishlardan biri – modani demokratizalyalanishi, o‘ziga xos “modani xukumdorligidan ozod bo‘lish”, barchaga majburiy yagona modali namunani yo‘qligi, turli mo‘ljal kiyimlarni farqlanmasligi, “yaxshi did” qonunlarni, turli buyumlarni birikmalarini, ranglar va materiallarni qo‘llash qoidalarni muqarrar emasligi.

Ikkinchi yo‘nalishi – buyum muhitini industrializatsiyalanishi, har bir insonga o‘z fikrini erkin ifodalashga sharoit yaratish.

Jamoani oldida turgan muammolarni yechishda kumak berishda dizaynni insonparvar roli kuchaymoqda, chunki u turmush tarzni shakllanishiga insonning talablar tarkibini aniqlashga ta’sir etishi mumkin, jamiyatda ekologik qiymatini tasdiqlashga imkon to‘g‘dirib.

Klassik uslubi. Klassik (odmiy, ishbilarmon, elegant) uslubiga modaga deyarli sig‘inmaydigan, turg‘un vaqt davomida tanlangan, deyarli o‘zgarmaydigan uslub. Klassik uslub – chiziqlarni sipoligi va oddiyligi, bichimni mantiqalagi. Odatda, klassik uslubdagi buyumlar – bu ko‘zga tashlanmaydigan juda oddiy siymo, e’tiborni uziga sifati bilan tortadi. Klassik uslubini asosida, uni ba’zi elementlarini kombinatsiya qilib, har xil mikrouslublar shaklllanadi. Klassik uslubga libosning barcha elmentlarini kiritish mumkin. Yangi klassika odatiy shakllarning sipoligini yuqotdi – modellar yumshoq, tabiiy va oliyjanob. Ammo, avalgiday klassika detallarni minimumi bilan farqlanadi. Ko‘pincha materiallar erkaklar modasida o‘zlashtirilgan – bu reps, gabardin, poplin va flanel, yupqa klassik yo‘l –yo‘l va “yolochka”, yumshoq jun gazlamalari. Uslub favoriti – shim va yubka, nimcha bilan klassik kostyum.

Ingliz uslub. Kiyimda klassik uslubni tipik namunasi – ingliz uslub. Bu uslub uch asr maboynida rivojlanadi va modani injiqligiga qaramasdan o‘z ommabopligini yo‘qotmadi.

Ingliz kostyum” tushunchasi XU111 asrda pado bulgan. Aynan shu vaqtda Angliyada shakli va rangi bo‘yicha sipo kiyim uslubi yuzaga kelgan.

XU111 asrni 80–chi yillarida otda yurish kostyum juda ommabop bulgan: movutdan frak, redingot – etagi to‘g‘ri ustki kiyim, tor pantalonlar, qaytarmali etiklar. Bu odmi kostyumni ingliz kostyumi deb atashadigan bo‘ldi.

Ingliz uslub ayollar kostyumiga xam ta’sir etdi: silueti o‘zgardi, ayollar kattiq moslamalarni (karkaslarni) kiymaydigan bo‘ldi, bu kiyimni qulay va oddyiroq qildi. X1X asrni 80–chi yillarida ayollar modasiga erkaklar kostyuminini bichimini eslatadigan kostyum kirdi: astarli jaket va to‘g‘ri shaklli taxlamali yoki taxlamasiz yubka. Shunday kostyumni odatda erkak ustalari tikishgan. Ingliz kostyumi ko‘zga tashlanmaydi, shuning uchun yorqin emas, yo‘l –yo‘l yoki kaktak –katak gazlamalari qo‘llanadi.

Shanel uslubi. Koko Shanel uslubi – bu erkin ayolnini elegant –amaliy uslubi. Tvidddan kostyumlar, qora duxobadan kichkina kuylaklar va yaltiroq bashang liboslar XX asr klassikasi deb hisoblanadi. Fransuz dizayneri Gabriel Shanelning nafis bichimi ayollarni korsetlardan voz kechishga va shimni go‘zallik ramzi qilishni majbur qildi. Bu uslub oddiy, go‘zal va internatsional. Madam Shanel kostyumida o‘z fikirini amalga oshirdi: “Men modaga qarshiman, chunki u tez utib ketadi. Baxor kelgani uchun kiyimlarni tashlanganini ko‘rishga toqatim yo‘q”.

Shanelning kostyumi to‘g‘ri yoki nim yopishgan siluetli, bel chizig‘i tabiiy xolda va o‘rta kenekda o‘tqazma yeng, yoqali yoki yoqasiz, qopqaqli qoplanma chuntakli, yirik tugmali. Bezakka maxsus e’tibor beriladi: yengning shlitsasida uch tugmadan kam bo‘lmasligi kerak, zarli yoki kumish, jun, to‘r tasma. Shanel gazlamalari – tvid, djersi. Shanel buyumlarni klassik uzunligi – tizzani sal berkitadi. Nafis elementlari tuqalar, zanjirli belbog‘lar, breloklar, bantlar, tug‘nog‘ichlar. Shanel ilk bor ikki rangli tuflilarni yaratdi, sumkalarni zanjirlar bilan bezatdi, eraklar smokinigini ayollar modasigi kiritdi va kichkina qora ko‘ylakni va sviterni kiritdi. Zamonaviy modada Shanelning sodiq davomchisi – mashhur dizayner Karl Lagerfeld.

Minimalizm uslubi. Minimalizm uslubi yoki purizm, oddiy etilganda – soddalik, odatda davrlar qirrasida ruy berdi, qachonki eskisi jonga tekgan, yangisi esa xali yaratilmagan. Aynan shu vaqtda jamoada “toza varaqdan xayotni boshlash” talab paydo bo‘ladi. Turli davrlarda va mamlakatlarda minimalizm o‘ziga xos bo‘lgan. Bu uslub komfortlikni xoxlaydi, uning shiori: qanchalik kam bo‘lsa, shunchalik yaxshi! Bu uslubda oddiy bichim, rang palitrasi ochiq, qora, kul va oq ranglar ko‘p qo‘llanadi; tabiiy ranglar kiyimni har xil qilib ko‘rsatadi. Bu uslub ayollarga taqinchoqlarni kiyishni, jingala sochni, aksessuarlarni kiyishni man etgan, modaga qora tuflini kiritgan. Siluet pret–a–porte moda tendensiyalariga rioya qilgan. Bu shaxar uslubda yumshoq siluetlar, tukilib turadigan va qalin materiallar (jun krep va krep –gabardin), neytral va pastel ranglar mavjud.

Animal uslub kiyimda charm va mo‘ynani qo‘llash. Animal uslub mododadan chiqmaydi, demak u klassik deb hisoblansa bo‘ladi. Zamonaviy moda bu uslubda xayvonlarning charmini imitatsiya qiladigan materiallar qo‘llanadi. Animal uslubi kundalik kiyim modasi emas.

Bugun tabiiy mo‘yna va charm dabdalik ramzidir. Sunniy charm va mo‘yna tabiiylaridan qolishmaydi. Bu uslubda murakkab bichimlar bo‘lmasligi lozim. Animal uslubida ansambl sidirg‘a buyumlar bilan elegant kurinadi.

Katak–katak uslubi. Katak–katak kiyimga moda kiradi va ketadi, ammo doimo qaytadi. Katak–katakni uzoq xayoti klassik uslubga kiritishga imkon beradi. Kundalik modani yangi siymosi – “shotlandka”, yorqin taxlamali katak–katak kilt yubkalari, djemperlar va beretlar. Kundalik kiyimda mayda katakli–vishi qo‘llanishi mumkin. Optimal variant – oq fon, qizil katak–katak. Kaktak–katak materiallar sidirg‘a materiallar bilan qo‘llanilishi yaxshi effekt beradi. Surilgan katak–katak “tovuqning panjachasi” naqshni Koko Shanel kiritgan.

Tayanch iboralari: dizayn, ijod, kompozitsiya, badiiy, usul, uslub, uslublash, kostyum, shakl, fikr, g‘oya, funksiya, kutyure, pret-a-porte.
Nazorat savollari
1. Dizaynning mohiyati.

2. Dizaynning funksiyalari tavsiflang.

3. Zamonaviy dizayn turlari .

4. Dizayn tarkibiga qanday elementlar kiradi ?

5. Dizayn loyihalash jarayonini asosiy omillarini ta’riflang.

6. Kostyum dizaynining funksiyalari qanday?

7. Kutyurelar ijodida dizaynning o‘rni.

8. Kostyum funksiyalarini tavsiflab bering.

9. Uslub va uslublash tushunchalar manosining farqi nimada?
8 Ma’ruza mashg’uloti

Dizaynda ijodiy metodlar. Sport uslubi haqida ma’lumot

  1. Sport uslubi
  2. Sport uslubi turlari: safari, denim. Militari, dengiz, kosmik. op –art, grafiti, fitness.

Sport uslubi. Sport uslubi qulay va go‘zal sport liboslarni modaga ta’sir etdi. Xozir sport uslubida libosning barcha elementlari qilinishi mumkin: uy kiyimidan bashang kostyumigacha. Eng oddiy sport usubining varianti kiyimda qoplonma chuntaklar, pogonlar, furnitura, koketkalar, xlyastik va patalar va b. Sport uslubiga bir necha mikrouslublar kiradi.

Safari uslubi. Safari – bu sport uslubining eng ommabop yo‘nalishi. “Safari” uslubi Afrikada ingliz xarbiylar ov safarida kiyigan liboslariga asoslangan. Bu uslubni targ‘ibotchisi 1980–chi yillarda Iv Sen–Loran bo‘lgan. Safari uslubdagi libos – bu asosan zig‘ir, ip, aralashma va djins gazlamalardan tikilgan kiyim. Safari uslubda barcha yechimlari qo‘laylikka qaratilgan: o‘rtasi taxlamali qo‘p qoplonma chuntaklar, uzun etiklar, shlemlar, charm belbog‘lar, yelkasiga osilgan sumkalar, xaki va qum rangliar. Bu uslubda tipik detallari portfel–chukntaklar yoki pogon va uqdonlar bo‘lgan. Yuqorida etilgan ranglar qatorida safari uslubida zirvorlar rangi, sarig‘ich–yashil, nuxat, yashil limon ranglar qo‘llangan. Sudralib yuradigan hayvonlarning terisiga o‘xshaydigan animal bosmalar va rasmlar keng qo‘llanadi. Gannover moda eksperti Tuula Zalo safari uslubini zamonaviy yo‘nalishini shunday tavsiflaadi: “Yangi safari uslubidagi liboslar yangi gazlamalaridan va animal bosmalarga asoslanadi. Bichimiga esa deyarli ahamiyat berilmaydi”.

Denim yoki djins uslubi. Bu uslub boshidan doimo ommabop, hashamatltli, yoki oddiy. Djins uslubida asosiy rang– to‘q–kuk. Ilk bor ishchilar uchun kiyim bo‘lib, xozir esa kuk denim “ot kutyur” va “pret–a–porte”da keng namoyish qilinadi. Indigoga bo‘yalgan ip gazlamasi dag‘alligini yo‘qotdi. Yangi texnologiyalar yordamida yangi xususiyatlarga ega bo‘ldi. Bugun djins uslubi sport uslubidan chiqib, bashang kiyimiga ham kirdi. Zamonaviy denim yaltiroq qoplonma va payetkalar bilan bezatilgan, kamalak ranglarga bo‘yalgan.

Militari uslubi. Militari–luk – 70–80–chi yillarda sport va dam olish uchin kiymlarida xarbiylashgan uslub. Bu uslubda ajralib turadigan detallari – pogonlar, pat va kopqoklar, uqdonlar, xaki rangli gazlamalar, xarbiy botinkaga uslublangan poyabzallar. Xarbiy formaga moda doimo qaytadi, chunki u uniformani namoyish etadi. Militari uslubda dizaynerlarni qiziqtiradigan xossa – uning utilitarligi va teatralligi. Bu uslub tartib va jasorat ramzi. 2001–2002 yyillarda militari uslubi keng tarqalgandi. Bu davrdagi militari modasi kuproq teatral tomonga intilgandi. Iv Sen–Loran Moda Uyi gusarlarni mundirlariga o‘xshagan paltoni taqdim etishdi. Dloche va Gabbana yelkani epoletlar bilan bezatishgan, ko‘kragini esa zargorli buyumlar va oltin tugmalar bilan bezatishgan.

Dengiz uslubi. Bu uslub ilk bor 1880 yillarda bolalar kiyimida paydo bo‘lgandi. Matros kiymini eslatadigan bolalar kiyimlari juda ifodali va qo‘lay bo‘lgan. Sung bu detallar ayollar modasiga kirgan. Dengiz uslubi bugun ham o‘z muhimligini yo‘qotmadi. Bu uslubni farqlaydigan detallari kvadrat shakldagi katta yassi yoqa va oq–kuk tasmalar. Dengiz uslubda tuq–kuk bleyzerlar, oltin tugmalar, oq shimlar, furajkalar va b. mavjud. Odatda bu uslubda yozgi kiyim yaratiladi. Unga taxlamali yubka yoki shim, keng bluza, matros yoqali jaket, yul–yul mayka yoki bluzka kiradi. Bu liboslarda asosan tabiiy zig‘ir va ip gazlamalari qo‘llanadi.

Kosmik uslub. Kosmik uslubni asosan kosmosni eslatadigan futuristik turdagi materiallar qo‘llanadi. Mavzuni ifoda etish uchun sport gazalamalari (elastik tolali sintetik gazlamalar) ham qo‘llanadi. Texno gazlamalar – bu yuqori texnologiyali gazlamalar, ular hashamatli ko‘rinadi va kiyilganda optimal komfortni bahsh etadi. Gazlamaning fakturasi ifodali bo‘lgani bois, rangi va bichimiga deyarli axamiyat berilmaydi. Nyuanslar asosiy bo‘ladi – bezak oq va kumish ranglar. Qora rang kam uchraydi. Siluetlar oddiy tug‘ri va tor. Ajralib turadigan uslubiy vositalar – yoqa o‘mizini sipo variantlari (“kemacha” shaklida, tik yoqa va baland yoqa–truba). Kosmik uslubida poyabzal o‘zgacha ma’noga ega – “lunoxod”turidagi, tumshig‘i dumaloq, qalin taglikli yoki tekstil gazlamalardan etiklar.

Opart uslubi. Gazlamalarni optimistik bosmalari op–art uslubini sport yo‘nalishiga kiritishiga imkon berdi. Op–art uslubi (optical art – optik san’at) ilk bor 60–chi yillarda modaga kirdi. Tasviriy san’atda op–art oqimining asoschisi vengriya rassosmi Viktor Vazarelli bo‘lgan. Bu uslubning o‘ziga hosligi – yassi va fazoviy figuralarni tasavvur qilinishiga asoslangan ko‘z aldanishlar. Optik rangtasvirda oddiy bir xil elementlar shunday joylanadi, qachonki shakl tarkibi yaxlit tasavvur etilmaydi, ya’ni ko‘z aldanadi. “Sof rang va sof shakl o‘ziga butun dunyoni sig‘dirish mumkin” – hisoblagan V.Vazarelli. Op–art uslubidagi liboslarda geometrik, abstarakt naqshlar, yorqin, bir–biri bilan kontrastli rangli gazlamalar qo‘llanadi (masalan oq–qora ranglar birikmasi).

Graffiti uslubi. Bu yoshlar uslubi 1960 yildagi op–art uslubining davomi. Graffiti (italian gruffiare – tirnamoq) – bu devorlarda rasm yoki yozuvlardan badiiy kompozitsiyani yaratadigan “kucha san’ati”. Pikasso graffitida odamning yuzini va qomatini ifodalash uchun minimal miqdorda grafik elementlari qo‘llanadi degan. Bu uslubning asosiy xossasi –jins yoqi yoz kiyimida shaxar folklori tasvirlagan kashta yoki shaxar folklori mavzudagi, matn, yozuvlar va bolalar rasmlarning imitatsiyasi bo‘yicha bosma.

Fitnes uslubi. Fitnes – bu sport bilan shug‘ullanish ma’nosini bildiradi. Ohirgi payitlarda moda yaratuvchilari soprt kostyumi g‘oyalariga nazarini tashlashgan. Ular velosipedistlar, suzivchilar, gimnast kostyumlariga o‘z e’tiborini qaratishdi. Fitnes uslubidagi liboslarida elastik materiallar, sport kostyumdan o‘zlashtirilgan lampaslar, tasma “molniyalar” va yorqin kontrast rang birikmalari qo‘llanadi.

Bolalarda ich ketishi (diareya) – sabablari, turlari, klinik ko‘rinishlari, diagnostikasi va davolash usullari

Diareya – najasning suyuq hamda bir kunda 2 martadan ko‘p marotaba kelishi. Bu holat axlat massasining ichaklardan tez harakatlanib o‘tib ketishidir. Deyarli barcha onalar o‘z farzandlarida ich ketish holatlariga duch kelishgan, bunday vaqtda nima qilish kerak: bu holat o‘zi o‘tib ketadimi yoki qandaydir chora tadbirlar ko‘rish kerakmi, balki xalq tabobatidan foydalanish kerakdir.

  • Bolalarda ich ketishi sabablari
  • Diareyaning turlari
    • Keltirib chiqaruvchi sababga ko‘ra
    • Kechish mexanizmi bo‘yicha
    • Och rangdagi najas
    • Suvli najas
    • Qonli najas
    • Rangsiz najas
    • Yashil rangli najas
    • Qora rangli najas
    • Ko‘pikli najas
    • Medikomentoz davo
    • Xalq tabobati
    • Diyeta

    Bolalarda ich ketishi sabablari

    Diareyaga sabab bo‘luvchi omillar bolaning yoshiga bog‘liq bo‘ladi. Bolaning yoshiga qarab ichaklarda funksiya buzilishi o‘ziga xos bo‘ladi.

    Ko‘krak yoshidagilarda ich ketishiga sabablar:

    • Oshqozon ichak tizimining shakllanishi;
    • Tishlar chiqishi;
    • Ferment laktoza yetishmasligi;
    • Ko‘krak suti bilan oziqlanadigan bollarda ich ketsa, onaning sutiga bo‘lgan reaksiyadir, bunda ona diyetaga rioya etmasa, uning suti suyulib yoki yog‘li bo‘lib ketishi mumkin;
    • Qo‘shimcha ovqatni noto‘g‘ri berish;
    • Sun’iy ovqatlanishga o‘tish.

    Har qanday yoshdagi bolalarda ich ketishining tashqi sabablari:

    • Sifatsiz mahsulot iste’mol qilganda zaharlanish;
    • Ichni yumshatuvchi meva va sabzavotlar iste’mol qilganda;
    • Antibiotiklar qabul qilgandan keyin ich ketishi;
    • Doimiy stress, asabiy holatlar;
    • Gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik; kir qo‘llar, mevalar va sabzavotlarni yuvmay iste’mol qilish;
    • Ortiqcha ovqatlanish.

    Diareyaga sabab bo‘luvchi ichki kasalliklar:

    • Infeksiyalar: salmonellez, dizenteriya, gastroenterit, rotavirus;
    • Oshqozon, qizilo‘ngach, ichaklar shilliq qavati yallig‘lanishi;
    • Allergiyalar;
    • Oshqozon ichak trakti kasalliklari: yara, surunkali kolit, enterit, qizilo‘ngach axaliyasi, oshqozon osti bezi yetishmovchiligi;
    • Ichki gemorroy;
    • Disbakterioz;
    • O‘sma kasalliklari;
    • Gelmentlar, gijjalar;
    • Kron kasalligi;
    • Buyrak yetishmovchiligi.

    Bolalarda diareyaga sabablar tuli xilda bo‘lishi va u bolaning yoshiga bog‘liq holda o‘ziga xos kechishi haqida bilib oldik. Demak, ich ketishi jiddiy kasalliklar natijasida kelib chiqib, uning davosi ko‘rilmasa, og‘ir asoratlarga olib kelishi mumkin. Ayniqsa, bolalarning ovqatlanish tartibi hamda shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etmasligi natijasida kelib chiqadigan diareyalar ko‘p uchraydi.

    Ota-onalarga eslatma: bolalarning psixo-emotsional zo‘riqishi, stress tufayli kelib chiqadigan diareya holatlari – «ayiqchalar» kasalligi deyiladi. Ular qandaydir sabab tufayli bog‘chaga, maktabga borishdan bosh tortsalar, ich ketishini bartaraf etish uchun tinchlantiruvchi vositalardan foydalanish kerak, yoki psixolog huzuriga borish lozim.

    Diareyaning turlari

    Keltirib chiqaruvchi omil, bola yoshi va diareyaning kechish mexanizmiga asoslanib, patologik holatni o‘ziga xos klassifikatsiyasi bor. Shifokorlar uchun bu klassifikatsiya tashxis qo‘yish va davolash uchun qulay hisoblanadi.

    Keltirib chiqaruvchi sababga ko‘ra

    Infeksion

    Har qanday infeksion kasallik bo‘lishi mumkin: dizenteriya, salmonnelez, ovqatdan zaharlanish, virus, amyobioz. 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qish mavsumida virusli ich ketishlar ham ko‘p kuzatiladi. Kasallikning inkubatsion davri bir necha kunga cho‘zilishi mumkin. Hammasi qayt qilishdan boshlanadi, so‘ng ich ketadi, natijada tana harorati ko‘tariladi, bosh va mushaklarda kuchli og‘riq paydo bo‘ladi. O‘rtacha davomiyligi 1 haftani tashkil etadi.

    O‘QING: Neonatal talvasalar (sudorgi) – sabablari, belgilari, diagnostikasi va davosi

    Alimentar

    Asosiy sabab – uzoq muddat ovqatlanish tartibi va tarkibining buzilishidir. Vitaminlar kam bo‘lgan mahsulotlar, ovqatlarga allergiyalar va ba’zi dori preparatlariga bo‘lgan allergiyalar bolaning ichi ketishiga sabab bo‘ladi.

    Dispepsik

    Ovqat hazm qilish tizimidagi kamchiliklar – jigar, oshqozon, ingichka ichak, oshqozon osti bezi sekretsiyalarining kam ishlab chiqarilishi.

    Toksik

    Bunga sabab jigar, buyrak yetishmovchiliklari yoki zaharlanish (otravleniye), ko‘pincha mishyak yoki simobdan zaharlanish natijasida ich ketishi.

    Medikomentoz

    Antibiotiklarni uzoq muddat qabul qilish natijasida (kam hollarda boshqa dori preparatlari) kelib chiqadigan diareya. Bunda ichak mikroflorasi buziladi.

    Nevrogen

    Stress, kuchli hayajon, qo‘rquv, xavotirlanish, depressiya holatlari.

    Kechish mexanizmi bo‘yicha

    Gipokinetik: bo‘tqasimon, suyuq, kam miqdorda, qo‘lansa hidli najas, ichaklar harakati sustlashganligi natijasida kelib chiqadigan diareya.

    Gipersekretor: ko‘p, suyuq najas – ichak bo‘shlig‘ida tuzlar va suvning ko‘p to‘planishi natijasida kelib chiqadigan diareya.

    Giperkinetik: kam miqdorda, suyuq, bo‘tqasimon – ovqat massasining ichaklardan tez o‘tib ketishi natijasida kelib chiqadigan diareya.

    Giperekssudativ: suyuq, suvli, ko‘p emas, qon yoki shilliq aralash, ichaklar yallig‘lanishi natijasida namoyon bo‘ladi.

    Osmolyar: yog‘li, ko‘p, hazm bo‘lmagan ovqat qoldiqlari bo‘ladi, ichaklarda tuz va suv so‘riishi kamayganda kelib chiqadi.

    Bundan tashqari, kasallikning kechishida shifokorlar diareyaning o‘tkir va surunkali shakllarini farq qilishadi. Ammo, kasallikning kechish muddati aniq emas, masalan tishlar chiqishi bilan bog‘liq diareya: ba’zilarda bir necha kun davom etsa, ba’zi bolalarda bu holat tish to‘liq chiqqunga qadar davom etadi.

    Oilaviy dam olish uchun boshqa joylarga sayohatga borilganda, bolalarda “sayohatchilar diareyasi” kelib chiqadi. Bu esa ob havo va tashqi muhit fizik omillari o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Bola organizmi adaptatsiya qilgandan so‘ng, ich kelishi normaga qaytadi.

    Bolalarda ich ketishining klinik ko‘rinishlari

    Barchaga ma’lum bo‘gan holat – bolaning ichi suyuq kelib ,sariq rangda bo‘lishi, bola organizmida jiddiy patologiya yo‘qligidan darak beradi deb o‘ylashadi. Ko‘p hollarda bunga sabab ovqat sifatining buzilishi hisobiga oshqozonda bo‘ladigan o‘zgarishlardir. Ammo, suyuq najasning rangi turli xilda bo‘lishi ham mumkin. Najasning sifatiga qarab bolada kuzatilayotgan o‘zgarishlar haqida taxmin qilsa bo‘ladi:

    Och rangdagi najas

    Och rangli najas ko‘p hollarda gepatit kasalligidan darak beradi.

    Suvli najas

    Shilliq aralashgan, suvli najas – ichaklardagi infeksiya, ortiqcha ovqatlanish, sigir sutini hazm qila olmaslik natijasida kelib chiqadi. Bolaning umumiy ahvoli o‘zgarmaydi. Ammo, organizm tez suvsizlanadi. Ko‘krak yoshidagi bolalar uchun xavfli.

    Qonli najas

    Najasga qon aralashishi bakterial infeksiyadan dalolatdir. Yashil moddalar va qizil qon hosilalari – dizenteriyada kuzatiladi. Yashi-sarg‘ish rangda bo‘lishi – salmonellez yoki koli-infeksiyada kelib chiqadi. Bunday holatlarning parchasida tana harorati ham ko‘tariladi.

    Rangsiz najas

    Ko‘krak yoshidagi bolalarda rangsiz (oqish) najas – bolaning ona sutiga bo‘lgan reaksiyasi natijasida kuzatilsa, kattaroq yoshdagi bolalarda esa gepatitdan darak berishi mumkin.

    Yashil rangli najas

    Bolaning ichi yashil kelsa, yashil rangli, o‘tkir hidli, tana harorati ko‘tarilishi, holsizlik, bosh og‘rishi, qorinda og‘riq, qayt qilish – infeksiyadan dalolat.

    O‘QING: Bolalarda appenditsit – sabablari, belgilari, tashxislash va davolash usullari

    Qora rangli najas

    Chaqaloqlar uchun hayotining 1 kunida qora rangli najas norma hisoblanadi, chunki ularda mekoniy ajraladi. Kattaroq yoshdagi bollarda esa najas rangining qora bo‘lishi, ichaklarda qon ketayotganidan yoki ayrim dori preparatlarini ko‘p qabul qilib yuborishdan darak beradi (faollashtirilgan ko‘mir, vismut).

    Ko‘pikli najas

    Agar bolakay 1 yoshdan kichik bo‘lsa va unda ko‘pikli najas ajralayotgan bo‘lsa, bolakayda laktoza fermenti yetishmayotgan yoki disbakterioz holati kuzatilayotgan bo‘ladi. Kattaroq yoshdagi bolalarda esa ko‘pikli najas – o‘tkir intoksikatsiya natijasida kelib chiqadi.

    Yuqoridagilarni inobatga olib bolada diareya kuzatilayotgan bo‘lsa, uning najasiga e’tibor bering. Shifokorga murojaat etganingizda najas harakteri haqida batafsil aytib bering. Agar bolada ich ketishi bilan birga qo‘shimcha quyidagi belgilar ham kuzatilayotgan bo‘lsa, zudlik bilan tez tibbiy yordamga murojaat qiling:

    • Ko‘ngil aynishi, qusish;
    • Qorinda og‘riq;
    • Holsizlik, kam harakatlilik;
    • Chaqaloqlarda ko‘krak sutini emmay qo‘yish va ko‘p yig‘lash bilan kechadi;
    • Ishtahaning pasayishi;
    • Uyquning buzilishi;
    • Chaqaloqlarda tish chiqishi bola tana harorati ko‘tarilishi bilan namoyon bo‘ladi;
    • Orqa chiqaruv kanali qichishishi – ichki gemorroydan dalolat;
    • Bosh og‘rishi.

    Bolalarda diareya diagnostikasi

    Ich ketishiga sabab jiddiy kasallik emasligini tasdiqlash uchun quyidagi bir qator tekshiruvlarni o‘tkazish kerak:

    • Najasni gelment va disbakteriozga tekshirish;
    • Ichaklarda ovqat massasining harakatini o‘rganish uchun – maxsus bariy sulfatli bo‘tqadan foydalangan holda rentgenografiya o‘tkazish;
    • Koprogramma;
    • Qon analizi – umumiy va bioximik;
    • UZI (UTT) qorin bo‘shlig‘I tekshiruvi;
    • Rektoromonoskopiya – to‘g‘ri ichakni tekshirish;
    • Qusuq va najas massasini bakterial tekshiruvi, bak.ekma;
    • Infeksiya omili haqida aniq ma’lumotni najasning bakterial ekmasi beradi. Ammo, bu tekshiruvning kamchiligi natija chiqishi uchun uzoq muddat sarflanishidir, 5 kundan 10 kungacha bo‘lgan vaqt.

    Bolalarda ich ketishini davolash

    Ko‘pchilik ota-onalar beradigan aktual savol – bolada ich ketishi kuzatilsa, nima qilish kerak, asoratlarini oldini olish uchun qanday chora tadbirlardan foydalansak bo‘ladi? diareyani davolash asosiy kasallikni bartaraf etishga qaratilgan bo‘lishi kerak.

    Medikomentoz davo

    • Bolaning ichi ketsa, birinchi navbatda – tuzli eritmalar shifokor tavsiyasi asosida qabul qilinadi, masalan: Regidron, Glyukosan, Oralit, Gastrolit, Enterodez yoki Sitrogyukosolan. Bu kabi vositalarning bir dona paketchasini toza suvda eritib, ichga qabul qilishga buyiriladi.
    • Tana harorati ko‘tarilganda – parasetamol saqlagan preparatlar tavsiya etiladi. Agar bola 1 yoshdan kichik bo‘lsa, shamchalardan foydalangan ma’qul, kattaroq yoshdagilar esa eritma, suspenziya holida ham qabul qilsalar bo‘laveradi.
    • Diareyada eng samarali preparatlar – adsorbentlardir: Smekta, Polifepan, faollashtirilgan ko‘mir, Polisorb, Neosmektin, Enterosgel.
    • Ich ketishida simptomatik tabletkalar: Kalsiy karbonat, Diarol, Imodium.
    • Agar diareyaga sabab disbakterioz bo‘lsa – ichak mikroflaorasini tiklash uchun Asitol, Kolibakterin, Bifiform, Lineks, Enterol, Bifilin, Laktobakterin, Bifidumbakterin, Enterojermino va boshqa probiotiklar.
    • Infeksiya sababli kelib chiqqan diareyada antibiotiklardan foydalaniladi, ulardan yuqorida va quyida sanab o‘tilgan preparatlar kabi mustaqil foydalanish mumkin emas, faqatgina shifokor ko‘rsatmasiga binoan qo‘llaniladi: Ersefuril, Furazolidon, Nergam, Gentamitsin,
      Kanamitsin, Rimfampisin, Meronam, Siprofloksatsin, Seftazidim.
    • Fermentoterapiya – Festal, pankurmen, Pnakreatin, abomin-pepsin, Mezim forte, Kreon.
    • Antiallergik vositalar (antigistamin).
    • Og‘riqni bartaraf etish uchun spazmolitiklardan foydalanish: papaverin, Spazmomen, Dotaverin.

    Xalq tabobati

    Agar diareya xavfli belgilar bilan namoyon bo‘lmasa, jiddiy patologiyalarga sabab bo‘lmasligiga ko‘zingiz yetsa, ich ketishini to‘xtatish uchun xalq tabobatidan foydalansa ham bo‘ladi. Ular bolaning umumiy ahvolini yaxshilashga yordam beradi:

    • Bolada ich ketishi sababli organizm suvsizlanib qolmasligi uchun uy sharoitida tayyorlangan eritmadan foydalansa bo‘ladi: 1 litr suvda – 2 osh qoshiq shakar, 1 choy qoshiq ichimlik sodasi va tuz eriting. Agar bolada ich ketishi kuchli bo‘lsa, 2 choy qoshiqdan har 10-15 daqiqada ichiring.
    • Yallig‘lanishga qarshi va antiseptik ta’sir etuvchi o‘simliklar: chernika, yalpiz, romashka, qora kunjutdan foydalansa ham bo‘ladi.
    • Nokning quritilgan urug‘idan foydalanish.
    • Karxmalli eritma: 1 choy qoshiq kraxmalni yarim stakan suvda eritib berish.
    • Anorning quritilgan po‘stlog‘idan berish.
    • Suvda eritilgan guruch berish.
    • Romashkali choy.
    • Yangi tayyorlangan sabzi pyuresi.

    O‘QING: Chaqaloqlarda sariqlik – turlari, sabablari, belgilari va davolash

    Bolalarda diareya holatida xalq tabobati vositalaridan foydalanishda ehtiyotkorlik talab etiladi. Ayniqsa, chaqaloqlarda ulardan foydalanishda qarshi ko‘rsatmalar bo‘lishi mumkin. Shu sababli ich ketishini bartaraf etish uchun shifokor tavsiyalarini olish shart!

    Diyeta

    Bolalarda ich ketishi holatida, ular nimalarni iste’mol qilishlari mumkinligi haqida ota-onalar yaxshi bilib olishlari zarur. Kam-kamdan, tez-tez ovqatlanish talab etiladi. Bunda uglevod va hayvon yog‘larini kamaytirish kerak. Ich ketishini bartaraf etishda diyetaga rioya etish ham yaxshi samara beradi.

    Iste’mol qilish mumkin bo‘lgan mahsulotlar:

    • Bug‘doy nonidan tayyorlangan suxariklar;
    • Yengil sho‘rvalar; perlovka, guruch, go‘shtli pyure, frikadelki;
    • Go‘shtlardan – mol, buzoq, indeyka va tovuq go‘shti;
    • Bug‘da pishirilgan yog‘siz baliq;
    • Tvorog;
    • Tuxumni qaynatib berish;
    • Guruch, grechka kashalari;
    • Meva sharbatlari (uzum, o‘rik, olxo‘ridan tashqari).

    Iste’mol qilish mumkin bo‘lmagan mahsulotlar:

    • Sut mahsulotlari;
    • Kofe;
    • Meva sabzavotlar;
    • Yog‘li sho‘rvalar;
    • Tuzlangan mahsulotlar;
    • Fast food, pop-korn, chips, yong‘oqlar;
    • Konfet, shokolad, muzqaymoq;;
    • Gazli ichimliklar.

    Bolalarda diareyani davolash kompleks ravishda olib borilishi kerak. Faqatgina medikomentoz davo bilan cheklanib qolmay, xalq tabobati va diyetadan ham foydalanish kerak. Ich kelishi yaxshilangandan so‘ng kamida 3 kungacha diyetaga rioya etib turiladi.

    Diareyaning asoratlari

    Diareyaning to‘liq davosi ko‘p narsalarga bog‘liq. Ko‘p hollarda bolalar umumiy ahvoli og‘irlashib qolishi va salbiy asoratlar kelib chiqishi kuzatiladi. Ular quyidagilar bo‘lishi mumkin:

    • Sudorgi (talvasalar);
    • Organizm suvsizlanishi;
    • Oshqozonning buzilishi;
    • Disbakterioz oqibatlari – dermatit, bronxial astma, surunkali gastroduodenit, ichaklar dikineziyasi, proktosigmoidit;
    • Ichak infeksiyalari neyrotoksikoz, miya shishi, elektrolitik buzilishlar, infeksion-toksik shok, sesis, gemolitik-uremik sindrom, toksiko-distrofik sindromlarga olib kelishi mumkin;
    • Dizenteriyaning asoratlari – ichaklardan qon ketish, perikolit, artrit, nevrit, ensefalit, gipotrofiya, anemiya, gipovitaminoz, pnevmoniya, otit, piodermiya;

    Xavfli kasallik fonida kelib chiqqan diareyani davolash qiyinchilik tug‘diradi, bunda kasallikning o‘zini bartaraf etish kerak bo‘ladi. Suvsizlanib qolmaslik uchun organizmga suyuqliklar quyiladi. Shu sababli diareyaning ilk belgilari namoyon bo‘lishi bilan shifokorga murojaat etish lozim.

    Bolalarda ich ketishi profilaktikasi

    Diareyaning asoratlarini bilgan holda, bolaning ilk dunyoga kelgan kunidan boshlab uni ehtiyot qilish va ich ketishiga olib keluvchi omillardan asrash kerak. Diareyaning profilaktikasi o‘z ichiga quyidagi chora tadbirlarni oladi:

    • Bolani shaxsiy gigiyena qoidalari rioya etishga o‘rgatish;
    • Tuxum, go‘sht, baliq kabi mahsulotlarni termik qayta ishlash;
    • Meva, sabzavot va rezavorlarni yuvib iste’mol qilish;
    • Tozalangan, qaynatilgan suv iste’mol qilish;
    • Mahsulotlarning yaroqlik muddati va sifatini tekshirish;
    • Hojatga chiqqandan keyin, uy hayvonlari bilan o‘ynagandan keyin qo‘llarni yuvish;
    • Ko‘krak suti bilan boquvchi onalarning o‘zlari diyetaga rioya etishlari;
    • Qo‘shimcha ovqatlanishga o‘tishdan oldin shifokor tavsiyalarini olish;
    • Sun’iy ozuqani to‘g‘ri tanlash;
    • Immunitetni oshirish;
    • Psixologik atmosferani yaxshilash;
    • Jamoat joylaridagi suv havzalarida foydalanmaslik.

    Bolalarda ich ketishning profilaktikasi kasallikdan 100 % himoya qila olmaydi, balki xavfli kasalliklar yuqish xavfini kamaytiradi. Bolaning dunyoga kelganidan boshlab uni asrang va shifokor ko‘rigidan o‘tib turing! Salomat bo‘ling!

    Diqqat, maqola davomida nomi keltirib o‘tilgan kimyoviy preparatlar faqatgina tanishish maqsadida sanab o‘tilgan. Bolangizda ich ketishi kuzatilayotgan bo‘lsa, darhol shifokor-pediatrga murojaat qiling, uning tavsiyalariga ko‘ra davolanish lozim!

    Homiladorlik davridagi oʻzgarishlarni kuzatib borish, foydali maslahat va tavsiyalardan koʻproq bahramand boʻlishni istasangiz, homilador ayollar uchun moʻljallangan “Lalu – Homiladorlik maktabi” mobil ilovasini telefoningizga oʻrnatib olishingizni maslahat beramiz.

    Bu ilova homiladorlik uchun zarur boʻlgan, homiladorlik kalendari, ratsional ovqatlanish, homilaning oʻlchamlari va embrionning haftalik rivojlanish illyustratsiyalari, Kegel mashqi va boshqa koʻplab muhim imkoniyatlarga ega.

    Kiyim

    Kiyim, kiyim-kechak deb badanni yopib turuvchi har qanday mato parchasiga aytiladi. Kiyimlar tikiladi, toʻqiladi, yoki boshqa usullar bilan tayyorlanadi. Kiyim kiyishdan maqsad avvalo tanani atrof-muhit taʼsiri: issiq-sovuq, shamol, chang-toʻzon, quyosh nurlari, yogʻin va hokazodan asrashdir. Bundan tashqari kiyim ijtimoiy sabablarga koʻra ham kiyiladi (jinsiy aʼzolarni berkitish uchun). Xuddi shu ijtimoiy va psixologik sabablarga koʻra kiyim-kechak koʻrimli, chiroyli qilib tayyorlanadi (masalan, boshqa odamlarni jalb qilish, ularga yoqish uchun).

    Kiyim — inson tanasini tashqi muhit (iqlim, ob-havo oʻzgarishlari, quyosh nuri va b.) taʼsiri va turli mexaniq taʼsirlardan asraydigan vositalar toʻplami; estetik vazifani bajaradi hamda jins, yosh, milliylik va b. xususiyatlarni oʻzida aks ettiradi. Keng maʼnoda “Kiyim” tushunchasi bosh Kiyimlar, oyoq Kiyimlar (poyabzal), qoʻlqop va b.ni ham oʻz ichiga oladi.

    Kiyim turiga koʻra — ichki Kiyim, ustki Kiyim, bosh Kiyimlar, oyoq Kiyimlar (poyabzal); vazifasiga koʻra— kundalik, uyda, dam olish paytida, bayram va toʻy marosimlarida kiyiladigan (kishilik) Kiyimlar, ish Kiyim (jomakor), sport Kiyim, rasmiy Kiyim (forma)lar, maxsus Kiyimlarga boʻlinadi; ayollar, erkaklar va bolalar Kiyimlariga ajratiladi.

    Kundalik Kiyim, odatda, xalqning madaniyati, kishining didiga mos boʻlib, turli modada, turli xil matolardan tikiladi; unda kasb, etnik va ijtimoiy guruhga mansublik oʻz ifodasini topadi. Dam olish paytida kiyiladigan Kiyim yumshoq va mayin matodan, erkin harakat uchun qulay qilib tikiladi. Bayram, marosim (kishilik) Kiyimlari milliy uslubda, qimmatbaho matolardan tayyorlanadi, turli bezaklar (kashta, munchoq va b.) bilan boyitiladi. Ish Kiyimi (jomakor) oddiy matolardan mehnat jarayoniga mos qilib tikiladi (mas, oʻt oʻchiruvchining ish Kiyimi oʻtga chidamli brezentdan, baliqchilarning Kiyimi suv oʻtkazmaydigan matodan tikiladi, traktorchining ish Kiyimi kombinezondan, tibbiyot xodimi, sartarosh, oshpazlarning ish Kiyimi asosan, oq xalatdan iborat va h.k.). Sport Kiyim jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanish uchun qulay qilib tikiladi. Rasmiy Kiyim (forma) harbiy Kiyim, matros, militsioner, aloqachi va rasmiy kishilar (prokuror va b.)ning maxsus nizomda belgilangan Kiyimlari. Maxsus Kiyim homilador ayollar, bemorlar va b. kiyadigan Kiyimlar. Bolalar K. i rang-barang pishiq matodan qulay qilib tikiladi, ular turli qoʻshimchalar bilan uqa, jiyak, kashta tikib, quroq usulida bezatiladi. Kiyim ixcham, iqlim va faslga, jins, yoshga moslashtirilgan, eng muhimi qulay boʻlishi, kishiga yarashib turishi lozim. Kiyimni bichish va tikish katta sanʼat. Kiyim tikish uchun oldin tabiiy (paxta, jun, jut, ipak) yoki sunʼiy (sintetik) matolardan tanlanadi, tikuvchilar uyda, atelyelar va fabrikalarda Kiyim tikishadi. Buning uchun avval matoni bichib olish kerak. Bu ishni bichiqchi bajaradi. Oʻnga modelyer rassom Kiyim rasmi (modeli)ni chizib beradi. Xullas Kiyim bitib magazinga tushguncha bir necha kishi mehnat qiladi.

    Yengil sanoat, xususan, toʻqimachilik sanoatining jadal rivojlanishi kishilar didining tinimsiz oʻsib borishi, xalqlar orasidagi aloqalarning kuchayishi Kiyim modasining tez-tez oʻzgarib turishiga olib keladi; hayot ham shuni taqozo qiladi. Ayniqsa, ayollar Kiyimlari modasi tez-tez oʻzgarib turadi. Hozir Kiyim inson tanasini tashqi taʼsirlardan asraydigan vosita boʻlish bilan birga oʻziga va atrofdagilarga estetik zavq bagʻishlaydigan badiiy sanʼat asariga ham aylanib bormokda. Kiyim tikishda turli-tuman bezak materiallardan, kashtalardan foydalaniladi.

    Kiyim inson yaratgan turar joy kabi eng qad. ixtirolardan; soʻnggi paleolit davridayoq mavjud boʻlgan Kiyim geografik muhit, xoʻjalik shakli, ijtimoiy munosabatlar, madaniyat, etnik qatlamlar va b.ga bogʻliq holda taraqqiy etgan. Paleolit davri yodgorliklari orasida terini ishlaydigan tosh va tikadigan suyak ignalar topilgan. Kiyim uchun matodan tashqari barglar, oʻtlar, daraxt poʻstloqlari ham xom ashyo vazifasini oʻtagan. Ibtidoiy odamlar hay-von terilari, daraxt poʻstloklari va barglarini suyak va hayvon shoxidan ishlangan “ignalar” bilan shunchaki chatib, badanlariga “ilib” olishgan. Neolit davrida ip yigirish va mato toʻqish sanʼatini oʻzlashtirgan inson Kiyimtikishda dastlab yovvoyi oʻsimlik tolalaridan foydalangan, chorvachilik va dehqonchilikning rivojlanishi mato tayyorlash uchun uy hayvonlarining juni va madaniy oʻsimliklarning tolalaridan foydalanish imkonini berdi. Barcha Kiyim turlari 2 boshlangʻich koʻrinishdan — yelkaga tashlab qoʻyiladigan teri, oʻt, barg va parlardan toʻqilgan yopqich va bel(boksa) bogʻlamlari (belbogʻ) dan rivojlanib shakllangan. Keyinchalik yopqichlar yopinchiq(plashch), koʻylak, kaftan kabi, bel bogʻlamlari ishton, yubka, fartuk kabi turli xil shakllarga ega boʻldi; shippak yoki oyoqni oʻrab turgan bir parcha hayvon terisi eng sodda qad. poyabzal turi boʻlgan, shuningdek, poyabzal uchun daraxt poʻstlogʻi va daraxtdan ham foydalanilgan.

    Estetik xususiyatlarga ega dastlabki Kiyim Qadimgi Misr Kiyimlaridir. Qadimgi Misrda erkaklar (bellariga mato yoki teri bogʻlagan) va ayollar (bogʻichli toʻgʻri koʻylak) K.larida burma (drapirovka)lar qoʻllanilgan; keyinroq nozik mato i.ch.ga erishilgach, plissirovka keng tarqalgan. Turli rangdagi nozik matodan tayyorlanib kashtalar bilan bezatilgan K.ni, odatda, hukmron tabaqa vakillari kiygan, qullar dagʻal mato yoki teridan tayyorlangan Kiyim kiygan. Qad. ossuriyaliklarda uzun koʻylak va hoshiya bezakli yopinchiq rasm boʻlgan. Yunonlar xiton (yengeiz koʻylak), tunika (kalta yengli koʻylak), gimatiy (yopinchiq) kiyishgan, bu Kiyimlar inson qiyofasiga ulugʻvor soddalik baxsh etgan, inson tanasining egiluvchanligini kursatgan (ular, asosan, oq jun va kanop matolardan tayyorlangan), toʻgʻnogʻich, belbogʻ va b. bilan boyitilgan. Oyoq Kiyim vazifasini boldirni oʻrab turadigan tasmali shippaklar bajargan. Qad. Rim Kiyimi ham yunonlarniki kabi burmali boʻlgan. Erkaklarning asosiy ustki Kiyimi togʻa (yarim aylana yoki oval shaklidagi mato boʻlagi) boʻlgan. Erkak va ayollarning ichki Kiyimi vazifasini tunika bajargan, ayollar uning ustidan stola(xiton koʻrinishidagi keng uzun Kiyim) va palla (gimatiyga oʻxshash) kiyishgan.

    Vizantiyada diniy tarkidunyochilik taʼsirida Kiyim qatʼiy, qomatni yashirib turadigan shaklga ega boʻlib, mato (parcha, shoyi) qalin, ogʻir, yirik gulli boʻlgan.

    14—15-asrlarda Gʻarbiy Yevropada chizmachilik ilmining taraqqiyoti hozirga qadar mavjud boʻlgan andazalarning barcha turlarini yaratilishini taʼminladi, matolarning nafisligi, iplarining joylashishi bichishni mukam-mallashtirdi. Bu yutuqlar Kiyimni aniq loyihalash va qomatga mos nafis Kiyimning paydo boʻlishida muhim ahamiyatga ega boʻldi.

    Xalqlar oʻrtasida iqtisodiy aloqalarning kengayishi natijasida Kiyim bichimlari bir mamlakatdan ikkinchisiga tarqalgan. Masalan, 11 — 14-asrlarda Gʻarbiy Yevropaga fransuz, 14— 16-asrlarda Flandriya va Burgundiya, 16-asr 2-yarmidan ispan, 17-asr 2-yarmidan yana fransuz modalari tarqalgan. Rus zodagonlari Sharqda tayyorlangan zarboft, kimxob toʻnlar, zardoʻzi telpak va b. buyumlarni juda qadrlashgan (mas, Monomax telpagi). 14-asrda Kiyim taraqqiyotiga maʼlum darajada meʼmorlik va tasviriy sanʼatdagi uslublar taʼsir etgan. Masalan, 10— 12-asrlarda Gʻarbiy Yevropada Kiyim bichimida roman uslubi aks etgan, yaʼni uzun koʻylak va yelkaga tashlab yuriladigan yopinchiq urf boʻlgan; 12—15-asrlarda gotika uslubida tikilgan kalta va tor Kiyim kiyishgan. Uygʻonish davri (15—16-asrlar) da kalta, lekin keng bichimdagi Kiyim rasm boʻlgan, 16— 18-asrlarda barokko, 18-asrda rokoko uslubidagi, yaʼni murakkab bichimli Kiyimlar kiyila boshlangan. Kiyim toʻr, burma, bantiklar bilan bezatilgan. 18-asr fransuz inqilobi davrida yuzaga kelgan erkaklar libosi Yevropa erkaklar Kiyimini shakllanishida muhim rol oʻynadi. 19-asrda yagona Yevropa Kiyimi shakllanishi yakunlandi, 19-asr 2-yarmidan Kiyimlarni ommaviy i.ch. natijasida quyi qatlamlar orasida ham yangi modali Kiyimlar keng tarqaldi. Angliya erkak Kiyimi yaratishda yetakchi boʻlib qoldi.

    20-asrda texnika taraqqiyoti va oʻnga bogʻliq holda oʻzgargan hayot tarzi, tikuvchilik sanoatining oʻsishi Kiyim tarixida yangi davrni ochib berdi, avtomobil va mototsiklda yurishning keng tarqalishi tufayli erkaklar Kiyimida oʻzgarishlar roʻy berdi: kalta shim, kurtka, rangli koʻylak, bosh Kiyim — keplar paydo boʻldi. 20-yillardan erkaklar yagona bichimdagi Kiyim kiya boshladi. 50-yil lardan erkin harakatga qulay boʻlgan Kiyim yuzaga keldi, ancha yengil va shaklan nafis Kiyim yaratildi, yenglari yaxlit bichimli koʻylaklar, pochasi tor shimlar paydo boʻldi, sport Kiyimlari keng tarqaldi.

    Ayollar Kiyimida 20-asr 10-yillar Kiyim shaklidagi bejamdorlik, chiziklar va bezakdagi asimmetriya yoʻqoldi, koʻylaklarda elastik matolarning erkin bur-malari bilan hosil qilinadigan chiziqlarning oquvchanligi paydo boʻldi.

    Urush yillarida kundalik Kiyim — yubka va bluza boʻlib, koʻylaklar kaltalashdi. Bu Kiyimda paypoq muhim oʻrin tutdi. 30— 40-yillarda nozik shaklda (egri ip yoʻnalishida bichilgan mato qomatga mos yotadi) qarbiy Kiyim xususiyatlari (yelkaning keng va balandligi boʻrttirilgan va b.) koʻzga tashlanadi, poyabzal qalin taglikka (platformaga) ega boʻldi; 50-yillarda ayollar Kiyimida uslubiy oʻzgarishlar roʻy berdi: qatʼiy shakldan mayin oquvchan chiziqlarga ega boʻlgan yangi bichim yaratildi; yengi bilan yaxlit bichimli qomatga mos Kiyimturi (beli va yubkasi tor koʻylak) va uchli, nafis va ingichka poshnali poyabzal yuzaga keldi. 60-yillar boshida yubkalar oʻrnini egʻallay boshlagan shimlar keng tarqaldi.

    60-yillarda oyoq Kiyimda oʻzgarishlar roʻy berdi: sport uslubidagi keng va oʻrtacha baland poshnali poyabzal paydo boʻldi. Qishki poyabzallardan etiklar keng tarqaldi. 60-yillardan erkak va ayollar Kiyimidan yoshlar libosi ajralib turadi: oʻsmir yigit va qizlar Kiyim bi-chimining oʻxshashligi deyarli bir xil boʻlgan buyumlar yaratishga olib keldi.

    70-yillardan Kiyim turi va uning shakllari juda rang-baranglikka ega. Modelyerlar ana shu xilma-xillikda ayrim qismlarni uygʻunlashtiruvchi oʻziga xoslikni koʻradilar.

    Kiyim modelini yaratishda zamonaviy Kiyimlarni loyihalash markazi shakllangan Fransiya yetakchi oʻrin egʻallaydi (G. Shanel, K. Dior, P. Karden va b.). 20-asr 2-yarmidan Angliya (M. Kuant), Italiya (opa-singil Fontanalar, Valentino), shuningdek, AQSH, Yaponiya va b. firmalar ular bilan erkin raqobatlashadi. ʻMDH hududida matodan tikilgan Kiyim neolit davridan maʼlum. Mil. av. 1-ming yillikda skif-sarmat qabilalarining erkaklari koʻylak va kaftan, uchli qalpoq, etik, ayollar keng koʻylak, ustki (yopinchiq) Kiyim kiyishgan. Rus, ukrain va beloruslar toʻgʻri bichimli uzun koʻylak, kamzul, poʻstin, moʻynali qal-poq, etik, piyma, boshmoq, lapta (chipta kavush) kiyishgan. Kavkazliklar (arman, gruzin, ozarbayjon) uzun koʻylak, cherkaska (kamzul), burka, papaxa, ayollar beligacha tor, etagi keng koʻylak, ixcham qalpoqcha kiyib, yupqa roʻmol oʻrab yurishgan. Oʻrta Osiyo xalqlari toʻgʻri bichimli uzun koʻylak, yaktak, chopon, doʻppi, salla, roʻmol, moʻynali qalpoq, mahsi, kavush, etik vab. Kiyim kiyishgan.

    Oʻzbek milliy Kiyimi. Oʻzbekiston hududida mahalliy Kiyim qadimdan iqlim, turmush sharoitlari va urugʻ-qabila anʼanalari asosida shakllangan. Respublika hududidan topilgan arxeologik yodgorliklar, devoriy rasmlar, yozma manbalar, qoʻlyozma kitoblarga ishlangan moʻʼjaz tasvir (miniatyura)larda oʻzbek milliy Kiyimining boy tarixi namoyon boʻladi.

    Sharq Uygʻonish davrida barcha sohalarda boʻlgani kabi liboslarga tus berishda ham gʻoyat ilgarilab ketilgan. Kishi qomatining goʻzalligini aniq koʻrsatadigan beli qisma liboslar tarqalgan. Biroq Kiyimning kishi qomatiga qarab bichish usuli bu yerda uncha rivojlanmagan. Kiyim shakli estetik ideal, ijtimoiy-iqtisodiy hayot, xususan, din, axloq bilan chambarchas bogʻliqdir.

    19-asr Kiyimlari (toʻn, koʻylak, yaktak, chopon va b.) keng, uzun, yaxlit bichimi, odam qomatini berkitib erkin toʻkilib turishi kabi qad. xususiyatlarni saqlagan. Qishki va yozgi, erkak, ayol va bolalar Kiyimlari bir xilligi, shakli va bichimi yaqinligi bilan ajralib turadi: oq yoki malla boʻzdan koʻylak, qalami yaktak yoki toʻn, olachi chopon, doʻppi oʻzbek erkaklari uchun, ayollar uchun keng koʻylak, uzun lozim, nimcha, kaltacha asosiy milliy Kiyim hisoblangan. Turmushga chiqmagan oʻzbek qizlari bilan ayollari Kiyimlari bichimida ayrim tafovutlar boʻlgan. Mas., qizlar koʻylagi yoqasi koʻndalang ochilib, chetlariga boshqa rangli matodan oʻqa yoki jiyak hoshiya tikilgan; ayollar koʻylagi yoqasi taxminan 25 sm uzunlikda boʻylama ochilgan. Oʻrta Osiyo Rossiyaga qoʻshib olingach, tik yoqa (noʻgʻoy yoqa)li koʻylaklar paydo boʻldi (Zarafshon vodiysida qozoqi koʻylak deb yuritilgan). Yosh juvonlar birinchi farzandlarini tuqqunlariga qadar parpara yoqali (yoki jimjima tik yoqali) koʻylak kiygan. 19-asr oxirlarida koʻkrak burma ayollar koʻylaklari paydo boʻldi, bunday bichimli koʻylaklar hozir ham milliy Kiyim sifatida asosiy oʻrin tutadi.

    Erkaklar toʻgʻri bichimli koʻylak, yaktak, toʻn, chakmon kiygan. Toʻnlar avraastarli yoki paxta solib qavilgan, oldi ochiq, uzun boʻlgan. Astarli toʻnlar baʼzi xrllarda kalta va keng yenglik qilib ham tikilgan. Toʻnlar avrasi beqasam, kimxob, baxmal, shoyi, qora satin, chit va b. matolardan, astari chit yoki satindan tikilgan. Turli viloyatlarda turlicha toʻnlar kiyilgan. Buxoro, Samarqand, Shahrisabz va b. joylarda toʻnlar qimmatbaho matolardan tikilib, yokasi, etagi, yeng uchlariga turli xil rangdagi zar iplarda kashta tikib, atroflariga toshlar qadab bezatilgan. Bunday toʻnlarni xon va amirlar boy va amaldorlarga yaxshi xizmatlari eva-ziga inʼom etishgan. Umuman hurmatli kishilar — ustozlar, qudalar, kuyovlar va sh.k.ga toʻn kiygazish udumi hozirgi koʻngacha saqlangan.

    Aslzodalarning bayram Kiyimlarida belbogʻ — kamarlari toʻqali, baxmaldan tayyorlangan yoki zardoʻzi kashtalar bilan tikib bezatilgan. Kundalik Kiyimlar ustidan uzun qoʻshoq va chorsi qiyiklar bilan bogʻlangan. Erkaklar ishtoni keng, uzun boʻlib, pochasi tomon torayib borgan. Bosh Kiyimlardan doʻppi, kuloh kiyilgan, ustidan salla oʻralgan, (aslzodalarning bosh Kiyimlari zar va kumush iplar bilan bezatilgan). Qish faslida moʻynali telpaklar kiyishgan.

    Oʻzbek xalqi orasida eng koʻp tarqalgan yengil bosh Kiyim doʻppidir. Asosan, baxmal, sidirgʻa shoyi, satin kabi matogʻa ip, ipak, zar bilan kashta tikib tayyorlangan.

    Oyoq Kiyimlaridan uzun qoʻnjli, poshnasiz, tag charmi yumshoq boʻlgan kavush bilan kiyiladigan mahsi, zodagonlar orasida uch qismi qayrilgan baland poshnali etik kiyish urf boʻlgan.

    Ayollar Kiyimlari koʻylak, lozim, kamzul, nimcha va sh. k. toʻgʻri bichimli boʻlgan. Ayollar lozimi keng, uzun, past (pocha)ga tomon torayib boruvchi shaklda boʻlib, ochiq rangli matolardan tikilgan. Lozimning pochasi jiyaklar bilan bezatilgan. Kelinchaklar oʻzgacha jiyak taqishgan. Bosh Kiyim sifatida asosan roʻmol oʻralgan. Yoshi va mavkeiga, oilaviy ahvoliga qarab turli xil roʻmol — doka roʻmol, shol roʻmol, gʻijim roʻmol va b. xil roʻmollar oʻralgan, oʻralish usuli ham turlicha boʻlgan. Qizlar uchun qulay bosh Kiyim doʻppi hisoblangan. Doʻppilardan iroqi chorgul, yoʻrmadoʻzi, munchoq gulli, zardoʻzi, iroqi doʻppilar mashhur. Bosh Kiyimlari ustidan chiroyli naqshlar bilan bezatilgan tillaqosh, boʻyinga ularga mos boʻyintumor, zebigardon, qoʻlga bilaguzuk, uzuk va b. taqinchoqlar taqilgan. Ayollar odmi matodan tikiladigan, ayol qomatiga yopishib, koʻylak etagidan bir oz yuqoriroq turadigan avra-astarli paxtalik chopon ham kiyishgan. Choponning yoqa oʻymasi chuqurroq, bagʻri tugmachasiz boʻlgan. Ayollar shariatga koʻra, begona kishilardan oʻz yuzlarini yashirishgan. Shuning uchun ular chodra, keyinchalik paranji yopinishgan.

    Bolalar Kiyimi, asosan, kattalar Kiyimi shaklini takrorlaydi. Chaqaloqning birinchi Kiyimi “chilla koʻylak” boʻlgan. 2—3 yoshidan boshlab koʻylak-ishton, choponcha kiydirilgan. Bola 6—7 yoshga kirgandan soʻng uning Kiyimi kattalar Kiyim i bichimida tikilgan.

    Ayrim urugʻ, tuman, viloyatlarning Kiyimlari (doʻppi, roʻmol, chopon va b.)da va uning bezaklarida ham farq boʻladi. Viloyatlardagi aholining kundalik Kiyimlarigina emas, bayram Kiyimlari ham farqlangan. Zarafshon vodiysi ayollarining yalang qavat delegay, rumchasi, toshkentliklarning mursagi, Shahrisabzning kaltachasi bayram va tantanalarda kiyiladigan kishilik liboslari hisoblangan.

    19-asr oxiri — 20-asr boshlarida qariyb barcha viloyatlarda kamzul, nimcha urf boʻldi, biroq turli viloyatlardagi xotin-qizlar ularni oʻziga xos bezaklar bilan boyitishgan. Hoz. takomillashgan Kiyimlarda ham mana shu oʻziga xoslikni farqlash mumkin.

    19-asrning 80-yillarigacha Kiyimlar toʻgʻri bichimli shaklni saqlagan. Kiyim shakllari milliy yoʻl-yoʻl, sidirgʻa va gulli matolar bilan moslashgan, oldi, etagi, yeng uchi, yoqasi gulli jiyaklar bilan hoshiyalangan.

    80—90-yillarda boy xonadonlarning Kiyimlarida qomatga moslab bichish kabi nafis oʻzgarish kuzatiladi. Shu davrda urf boʻlgan burama (koketkali —koʻkrak burma) koʻylaklar hozirgi kunda ham barcha oʻzbek ayollar koʻylagining asosini tashkil qiladi. Shuningdek, rus va tatarlar Kiyimi taʼsirida bichimning qomatga mos shakli yuzaga keldi, bichim murakkablashdi, biroq keng omma orasidagi Kiyim shakli kam oʻzgarishlarga uchradi, avvalgidek erkin toʻgʻri bichimli shakl saqlanib qoldi. Oʻzbek milliy Kiyimlari bichimi, asosan, 3 turga boʻlingan: Buxoro — Samarqand; Fargʻona — Toshkent; Xorazm turlari. Bu turlar bichimining keng-torligi, yengining uzun-qisqaligi va b. bilan birbiridan farq qiladi.

    20-asrning 20—30-yillarida Kiyim bichimi oʻzaro bir-biriga yaqin boʻlgan 2 yoʻnalishda oʻzgarib bordi. Oʻzbekiston shahar va qishloqlarida yevropacha bichimda tikilgan Kiyim-bosh rasm boʻla boshladi. Milliy Kiyimga yevropa Kiyim xususiyatlarining kiritilishi milliy koʻylakni shim b-n, ayollar koʻylaklarini nimcha bilan kiyilishiga olib keldi. Kiyimdagi avvalgi uygʻunlik yoʻqoldi. Bu tarixan hayot sharoitininng oʻzgarishi va ommaviy sanoat i.ch.ning hunarmandlikdan ustunligi tufayli kelib chikdi. Shu bilan birga qadimdan iqlim va ijtimoiy hayot sharoitlari belgilagan milliy Kiyim shakllari ham oʻsib bordi. Milliy bichimdagi Kiyimlar qomatning nisbatlariga yaqinlashdi, ayol koʻylaklari torayib va kaltalashib bordi, ilgariroq yuzaga kelgan koʻkrak burma (koketkali) va qaytarma yoqali koʻylaklar hayotga muqim kirib bordi, yengi kaltalashdi. Roʻmol bilan bir qatorda bosh Kiyim sifatida chiroyli doʻppilar keng tarqaldi.

    Erkaklarning ish Kiyimida ham oʻzgarishlar boʻldi. Umuman olganda, ommaviy milliy Kiyim tarkibiga kura soddaroq va chiroyli boʻlib bordi.

    40—50-yillar boshida Kiyim sanʼatida avvalgidek 2 yoʻnalish kuzatiladi. Kiyimning umum yevropa shakli qomatning qatʼiyligi va nisbatlar munosabatining umumiyligi bilan belgilandi: erkaklar Kiyimini toʻgʻri yelkali qomatga moslangan pidjak, keng shimlar, ayollar koʻylagini toʻgʻri yelkali erkin kesma lif, etakka tomon kengaygan yubka tashkil etdi.

    50-yillarning oʻrtasida Kiyimni modellashda yangi xususiyatlar yuzaga keldi. Kiyim qomatga toʻligʻicha moslandi, qomatga mayin yopishib, oquvchan qomat chizigʻini hosil qildi. Biroqumumiy yoʻnalish bilan birga milliy Kiyim ham urfdan qolmadi. Uning oʻziga xosligi shaklida va milliy mato koloritida namoyon boʻldi. Bu jihatdan ayollarning keng yozgi koʻylagi va erkaklarning ishchi Kiyimi diqqatga sazovor. Keksa odamlar orasida toʻnning saklanib qolishi anʼanaviy tus oldi. Modellar uyining ishga tushishi (1949) bilan andazalash sanʼati yuzaga keldi. Milliylikni saqlagan holda Kiyimning umumiy shakli yil sayin keng tarqala bordi.

    Oʻzbek Kiyimi rang-baranglikka ega. Unda 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida yaratilgan milliy Kiyim turlarini, shuningdek, eng soʻnggi andazadagi Kiyimlarni babbaravar koʻrish mumkin. 60-yil lardan an-dazalarni rejalash boshlandi. Rassomlar bilan hamkorlikda Kiyimni modellash va loyihalash, andazalash sanʼati taraqqiyoti yangi yoʻldan bormokda.

    Moda yoʻnalishi modelyer rassomlarning eng yaxshi yutuqlariga, asosan, yilning maʼlum mavsumini hisobga olgan holda ishlab chiqiladi. Turli kasbdagi kishilar uchun qulay ishchi Kiyim i yaratishga katta ahamiyat beriladi. Oʻzbek modelyer rassomlari yangi sharoitga toʻgʻri keladigan ifodali Kiyim shakllari ustida izlanmokda.

    Shuningdek, xalq orasida muqim saqlangan anʼanaviy milliy Kiyim shakli ustida ham ishlanmokda. 20-asr Boshida yuzaga kelgan yangi shaklli ayollar koʻylagi ayrim qismlaridagina oʻzgardi. Anʼanaviy milliy Kiyimning saqlanib qolishida tabiiy iqlim sharoitiga mosligi, har bir ayol uchun ijro usulining qulayligi, bichimining soddaligi, tikilishining osonligi muhim rol oʻynaydi. Oʻzbek modelyer rassomlari ishlarida andazalashda milliylik va baynalmilal xususiyatlar oʻz uygʻunligini topmoqda.